Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini taʼminlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini taʼminlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin.
Davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar:
oʻz faoliyatida yuqorida koʻrsatilgan talabni hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
oʻz vazifalari va vakolatlarining tanqidiy tahlili asosida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish hamda ularga yoʻl qoʻymaslik borasidagi chora-tadbirlarni takomillashtirishga va ularning samaradorligini oshirishga doir asoslangan takliflarni ikki oy muddatda, belgilangan tartibda kiritsinlar;
tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va toʻsqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz toʻxtatib qoʻyganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari talablari qatʼiy bajarilishini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini taʼminlasinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik vazirliklar va idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab:
tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari boʻyicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq oʻtkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi;
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlari yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sogʻligʻi va hayotiga zarar yetkazilgan holatlar bundan mustasno, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qoʻllanilishidan ozod etiladilar;
noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan eʼtiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladilar;
tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qoʻllanilmaydi;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalariga ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida amalda boʻlgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini (resurs va bojxona toʻlovlari bundan mustasno) besh yil mobaynida qoʻllash huquqi beriladi;
tadbirkorlik subyektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza bergan taqdirda davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qoʻyish borasidagi talab valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilinadi;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son)
eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat ilgari xuddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan arizachiga bir ish kuni mobaynida beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga quyidagi asosiy vakolatlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil institutini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin:
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qoʻllab-quvvatlash;
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda roʻyobga chiqarilayotganligini oʻrganish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga taʼsiri samaradorligini baholash;
davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarga yoʻnaltirilgan asoslangan takliflar kiritsinlar:
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni yigʻish xarajatlarini kamaytirish, masofaviy nazoratni keng joriy etish va soliq toʻlovchilarning huquqiy savodxonligini oshirishni taʼminlaydigan soliq maʼmurchiligi sifati va samaradorligini yanada yaxshilash;
respublikaning eksport salohiyati oʻsishini, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishni va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishni ragʻbatlantiradigan valyutani tartibga solishning va valyutalar kursi siyosatining ilgʻor bozor mexanizmlarini joriy etish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazishning aniq huquqiy asoslari hamda mezonlarini nazarda tutgan holda qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining kameral nazorati samaradorligini oshirish orqali tekshirishlarni oʻtkazish soni va muddatlarini qisqartirish;
huquqbuzarliklarning oldini olish va qonunga itoatkor tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyati kafolatlarining asosiy mexanizmlaridan biri sifatida, auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilari koʻrsatayotgan xizmatlar sifati va taqdim etayotgan xulosalarining haqqoniyligi uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish;
bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, davlat organlari tomonidan tijorat banklari faoliyatiga, birinchi navbatda, kredit siyosatiga maʼmuriy aralashuvlarning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik;
bankning samarali faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi gʻovlarni tugatish, shuningdek, mijozlarning oʻz pul mablagʻlarini erkin tasarruf etish huquqi toʻliq roʻyobga chiqarilishini taʼminlash.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
barcha texnik talablarni (sanitariya, ekologiya, shaharsozlik normalari va qoidalari, yongʻin xavfsizligi qoidalari, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar va texnik normativlarni) xatlovdan oʻtkazsin hamda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlarining oʻrnini egallab olgan normalarni bartaraf etadigan tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqsinlar va qabul qilsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlardan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan tuzilgan bitimlar hamda qoidalar doirasida foydalanish maqsadida ularni jahon Internet axborot tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini va doimiy yangilab borilishini taʼminlasinlar.
(6-bandning oʻchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 06/21/6240/0514-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlariga nisbatan maʼmuriy jazolarni qoʻllash borasidagi funksiya va vakolatlarini bosqichma-bosqich sud organlariga oʻtkazish yuzasidan takliflar kiritsinlar;
iqtisodiy jinoyatlar sodir etish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish oqibatida yetkazilgan zararni aniqlashning asoslangan yagona mezonlari va asoslarini ishlab chiqsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek, korrupsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq normalarini yanada liberallashtirish boʻyicha takliflarni;
qonun hujjatlariga, eng avvalo, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlashga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishga va ularning faoliyati toʻxtatib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvlarini (taftishlarni) tayinlash, oʻtkazish va ularning muddatini uzaytirishning aniq protsessual tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tadbirkorlar huquqlarining sud orqali ishonchli himoya qilinishini, shaffoflik va xolislikni taʼminlash maqsadida uch oy muddatda sud majlislariga audio va video qayd etish mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishini, shuningdek, qabul qilingan sud qarorlari veb-saytlarda joylashtirilishini nazarda tutuvchi dasturning ishlab chiqilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlariga faqat davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar orqali “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish yuzasidan takliflar kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziya berish va tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga normativ-huquqiy hujjatlar qanchalik muvofiqligini tanqidiy oʻrganish asosida Vazirlar Mahkamasiga eskirib qolgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan ruxsat beruvchi hujjatlarni bekor qilish hamda ruxsat berish tartib-taomillarining muddatlarini qisqartirish yuzasidan takliflar kiritsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-oktabr,
PF-4848-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul bajaruvchilar

I. Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasida

1.

Davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning vazifa va vakolatlarini tanqidiy tahlil qilish hamda tadbirkorlikni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish, ularga yoʻl qoʻymaslik borasidagi tadbirlarning samaradorligini oshirish va takomillashtirishga doir asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2016-yil noyabr

Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari

2.

Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va toʻsqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz toʻxtatib qoʻyganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari talablari qatʼiy bajarilishini, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini taʼminlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2016-yil dekabr Doimiy ravishda kompleks chora-tadbirlar ijrosi

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek korrupsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2016-yil noyabr

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

“Davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagilarni nazarda tutish:

DXSh tushunchasi, vazifalari va asosiy yoʻnalishlari;

DXSh ishtirokchilari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari;

DXSh ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, tadbirkorlik subyektlari mablagʻlarining sarflanishi shaffofligi va samaradorligi kafolatlari;

DXSh loyihalari amalga oshiriladigan ustuvor sohalar;

DXSh ishtirokchilarini ragʻbatlantirish hamda ushbu sohada nazoratni amalga oshirish tartibi va shartlari.

Qonun loyihasi

2017-yil III choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagilarni nazarda tutish:

davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmi, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olish choralari;

davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish;

davlat xaridlari tizimini qoʻllash majburiy boʻlgan subyektlar doirasini kengaytirish, ularning qatoriga davlat korxonalari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan ziyod boʻlgan tijorat tashkilotlarini qoʻshish;

davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish;

elektron xaridlarni yanada rivojlantirish, natijalarini tahlil qilish uchun maʼlumotlar yagona bazasini, xaridlarning zaruriy parametrlarini joriy etish.

Qonun loyihasi

2017-yil II choragi

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.

“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagilarni nazarda tutish:

davlat organlari boshqaruv faoliyati tashkil etilishini takomillashtirish;

asosli va tezkor qarorlar qabul qilish orqali samarali davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash;

yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etish.

Qonun loyihasi

2017-yil II choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DBQ, DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Tadbirkorlik subyektlarini jahon Internet axborot tarmogʻi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini takomillashtirish va soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil I choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Axborot texnolo-

giyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, DSQ

8.

Quyidagi asosiy vakolatlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil institutini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish:

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qoʻllab-quvvatlash;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda roʻyobga chiqarilayotganligini oʻrganish;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga taʼsiri samaradorligini baholash;

davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tadbirkorlik subyektlarini huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasi

2017-yil I choragi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

II. Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni qisqartirish va ularning faoliyatiga asossiz aralashishning
oldini olish sohasida

9.

Tadbirkorlik subyektlarining rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlarini bekor qilish, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari boʻyicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq oʻtkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2016-yil dekabr

DSQ, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

10.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlarini bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2016-yil dekabr

DSQ, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

Eng avvalo, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlashga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishga va ularning faoliyati toʻxtatib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvlarini (taftishlarni) tayinlash, oʻtkazish va ularning muddatini uzaytirishning aniq protsessual tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016-yil noyabr

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

Davlat organlari, shu jumladan nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar huzurida jamoatchilik maslahat kengashlarini tashkil etish va ular tarkibiga tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek ularning uyushmalari vakillarini kiritish.

Id�raviy hujjatlar

2016-yil dekabr

Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari

III. Tadbirkorlik subyektlarining javobgarligini yanada liberallashtirish sohasida

13.

Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi m�rta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlari yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sogʻligʻi va hayotiga zarar yetkazilgan holatlar bundan mustasno, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qoʻllanilishidan ozod etish tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016-yil dekabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan eʼtiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016-yil dekabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

15.

Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qoʻllamaslik tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2016-yil dekabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

16.

Iqtisodiy jinoyatlar sodir etish, shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish oqibatida yetkazilgan zararni aniqlashning asoslangan yagona mezonlari va asoslarini belgilash.

Oliy sud Plenumining qarori loyihasi

2016-yil dekabr

Oliy sud, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat qonunchiligi normalarini yanada liberallashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2016-yil noyabr

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, IIV, MXX, DSQ, DBQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

IV. Moliyaviy hamda soliqqa tortish tizimi va bojxona ishini takomillashtirish sohasida

18.

Quyidagilarga yoʻnaltirilgan asosli takliflar kiritish:

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni yigʻish xarajatlarini kamaytirish, masofaviy nazoratni keng joriy etish va soliq toʻlovchilarning huquqiy savodxonligini oshirishni taʼminlaydigan soliq maʼmuriyatchiligi sifati va samaradorligini yanada yaxshilash;

�espublikaning eksport salohiyati oʻsishini, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishni va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishni ragʻbatlantiradigan valyutani tartibga solishning va valyutalarkursisiyosatining ilgʻor bozor mexanizmlarini joriy etish;

tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazishning aniq huquqiy asoslari hamda mezonlarini nazarda tutgan holda qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatining kameral nazorati samaradorligini oshirish orqali tekshirishlarni oʻtkazish soni va muddatlarini qisqartirish;

huquqbuzarliklarning oldini olish va qonunga itoatkor tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyati kafolatlarining asosiy mexanizmlaridan biri sifatida, auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilari koʻrsatayotgan xizmatlar sifati va taqdim etayotgan xulosalarining haqqoniyligi uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, davlat organlari tomonidan tijorat banklari faoliyatiga, birinchi navbatda, kredit siyosatiga maʼmuriy aralashuvlarning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik;

bankning samarali faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi gʻovlarni tugatish, shuningdek mijozlarning oʻz pul mablagʻlarini erkin tasarruf etish huquqi toʻliq roʻyobga chiqarilishini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2016-yil dekabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

19.

Naqdsiz pul aylanmasini, avvalambor terminallar va plastik kartochkalar sonini koʻpaytirish orqali kengaytirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar

2016-yil dekabr

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari

20.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalariga ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida amalda boʻlgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini (resurs va bojxona toʻlovlari bundan mustasno) besh yil mobaynida qoʻllash huquqini berish.

Qonun loyihasi

2016-yil dekabr

Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV

21.

Tadbirkorlik subyektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza bergan taqdirda davlat boji toʻlashdan ozod etish.

Qonun loyihasi

2016-yil dekabr

Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi

22.

Tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qoʻyish borasidagi talab, valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalariningyagonaelektronaxborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilish boʻyicha kontraktlar mustasno.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, TIAISV, DBQ, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

23.

Eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat ilgari xuddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan arizachiga bir ish kuni mobaynida berish tartibini belgilash

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

TIAISV, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzbekekspertiza” AJ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

24.

“Eksport” bojxona rejimga amalga oshirilmaydigan joylarda joylashtirilgan tovar uchun bojxona rasmiylashtiruvi yigʻim stavkalarini amaldagiga nisbatan ikki marta kamaytirish (eng kam oylik ish haqining 10 foizidan 5 foizgacha).

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

Moliya vazirligi, TIAISV, DBQ, Iqtisodiyot vazirligi

V. Tadbirkorlarning sud orqali himoya qilinishini kuchaytirish, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash, investitsiyaviy jozibadorligini va respublikaning xalqaro reytingini oshirish sohasida

25.

Nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlariga nisbatan maʼmuriy jazolarni qoʻllash borasidagi funksiya va vakolatlarini bosqichma-bosqich sud organlariga oʻtkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

Oliy sud, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, MXX, manfaatdor vazirliklar va idoralar

26.

Tadbirkorlar huquqlarining sud orqali ishonchli himoya qilinishini, shaffoflik va xolislikni taʼminlash maqsadida sud majlislariga audio va video qayd etish mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishini, shuningdek qabul qilingan sud qarorlari veb-saytlarda joylashtirilishini nazarda tutuvchi dasturning ishlab chiqish.

Dastur loyihas� Dastur ijrosi

2016-yil dekabr 2017-2018-yy.

Oliy xoʻjalik sudi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

27.

“Yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari tizimining samarali faoliyat olib borishi uchun idoralar�ro axborot almashinuvi mexanizmini takomillashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil IV choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

28.

Tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi, gaz va suv bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida shahar (tuman)larning muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil I choragi

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzavtoyul” AJ, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

29.

Ruxsat beruvchi va litsenziyalash tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni oshirish, ularning soni va koʻrib chiqish muddatlarini optimallashtirish, shu jumladan korrupsion omillar shakllanishi imkonini bartaraf etish va byurokratiya holatlarini tugatish maqsadlarida.

Ayrim litsenziya turlarining amal qilish muddatlari boʻyicha talablarni bekor qilish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017-yil I choragi

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

30.

Tadbirkorlik subyektlariga faqat davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar orqali “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2016-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

31.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) bilan integratsiyalashgan “Yagona darcha” markazlari faoliyatiga oid yagona veb-saytni yaratish va unga quyidagilarni kiritish:

markazlar faoliyati haqidagi umumiy maʼlumotlar hamda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxati;

taʼsis hujjatlarining (tashkiliy-huquqiy shakllari boʻyicha) standart namunalari;

xizmatdan foydalanish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati, xizmatlar pulli boʻlgan taqdirda, ularning qiymati, toʻlovni amalga oshirish tartibi hamda bank rekvizitlari haqidagi maʼlumotlar;

davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” elektron resursi (saytni YIDXP bilan integratsiyalashtirish orqali).

Normativ-huquqiy hujjat lo�ihasi

2017-yil III choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

32.

“Elektron hukumat” tizimi doirasida davlat xizmatlari koʻrsatishning asosiy tartib-taomillari elektron shaklga oʻtkazishni jadallashtirish, bunda:

tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish, litsenziyalash va boshqa ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshiradigan vakolatli davlat organlari maʼlumotlar bazasining “Litsenziya” axborot tizimi majmuasi bilan integratsiyalashuvi�i jadallashtirish;

2017-yil yakuniga qadar yer uchastkalari hamda qurilishga ruxsat berish, mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga oid tartib- taomillarni interaktiv shaklga oʻtkazishni yakunlash;

barcha tartib-taomillardan oʻtish hamda “yagona darcha” tamoyili boʻyicha elektron shaklda davlat xizmatlari koʻrsatish va tranzaksion xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradigan “Soliq” va “Bojxona” axborot tizimlari majmuining idoralararo integratsiyalashgan platformasi orqali bosqichma-bosqich integratsiyalashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil IV choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ, DBQ, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

33.

Tovarning kelib chiqish sertifikatini, veterinariya, fitosanitariya, ekologik, sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik subyektlariga ruxsat beruvchi tartib-taomillardan oʻtish jarayonini interaktiv kuzatish imkonini beradigan “Yagona darcha” idoralararo axborot tizimini toʻliq joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil I choragi

DBQ, “Oʻzstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, TIAISV, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

34.

“Oʻzbekekspertiza” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlariga eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmati koʻrsatish yagona portalini integratsiyalash yoʻli bilan:

tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirish;

mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishning t�xnologik jarayonida foydalaniladigan texnologik uskunalarni va uning ehtiyot qismlarini, shuningdek tarkibiy qismlari, xomashyo hamda materiallarini olib kirishda xulosa berish boʻyicha elektron xizmatlarni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil I choragi

TIAISV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DBQ, Iqtisodiyot vazirligi

35.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlanishini yanada ragʻbatlantirish, bunda:

davlat organlari tomonidan Yoshlar tadbirkorligini tashkil etilishiga koʻmaklashish;

tadbirkorlik faoliyatiga yoshlarni jalb qilish maqsadida imtiyozli kreditlar berish;

yoshlarga tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish, taʼlim muassasalari bilan ish beruvchilar oʻrtasida shartnoma asosidagi hamkorlikni rivojlantirish;

yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni koʻzda tutish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy

Yoshlar ittifoqi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Barcha texnik talablarni (sanitariya, ekologiya, shaharsozlik normalari va qoidalari, yongʻin xavfsizligi qoidalari, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar va texnik normativlarni) xatlovdan oʻtkazsin hamda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlarining oʻrnini egallab olgan normalarni bartaraf etadigan tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Normativ hujjatlar loyihalari

2016-yil dekabr

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, “Oʻzstandart” agentligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, manfaatdor vazirliklar va idoralar

37.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlardan moneliksiz va bepul foydalanish imkonini berish maqsadida ularning jahon Internet axborot tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini va doimiy yangilab borilishini taʼminlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2016-yil dekabr

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, “Oʻzstandart” agentligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, manfaatdor vazirliklar va idoralar

38.

“Oʻzbekiston” MTRK telekanalida doimiy namoyish etiladigan “Tadbirkor davri” koʻrsatuvini tashkil etish yoʻli bilan aholiga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish bilan bogʻliq boʻlgan tartib-taomillarni tushuntirishga bagʻishlangan interaktiv telekoʻrsatuvlarni tashkil etish.

Teledasturlar rukni

Doimiy

MTRK, Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish tartibini takomillashtirish, bunda:

murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra tekshirishlarni tayinlashnin� aniq mezonlarini;

tekshirishlarni oʻtkazish (nazorat funksiyalarini amalga oshirish) tartibi va muddatlarini;

oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari boʻyicha taraflarning javobgarligini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil II choragi

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

40.

Tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga “tayyor holda topshirish” sharti bilan ulash mexanizmini yanada takomillashtirish, bunda:

ARTni ishlab chiqish muddatlari va qiymatini (II qismi);

topografik kartani ishlab chiqish tartibi, muddatlari va qiymatini;

shartnoma tuzish uchun obyektning shartnoma qiymatini aniqlash tartibini belgilash.

Tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga “tayyor holda topshirish” sharti bilan ulashda obyektning shartnoma va smeta qiymatini tayyorlash boʻyicha “amal qilish hujjati”ni ishlab chiqish, unda:

shartnoma va smeta hujjatlarida minimal boshqa xarajatlar (haqiqiy xarajat asosida);

qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun har bir hududiy birlikka zarur boʻlgan xodimlar shtatining cheklangan sonini nazarda tutish.

Monitoring natijalarini “Oʻzbekenergo” AJ rasmiy veb-saytida doimiy ravishda yangilab borgan holda, (SAIDI va SAIFI indekslari asosida) energiya taʼminoti monitoringini joriy etish, shu jumladan rejadan tashqari oʻchirib qoʻyishlar, rejadan tashqari oʻchirib qoʻyishlarning davomiyligi va chastotasini hisobga olish, shuningdek rejadan tashqari oʻchirib qoʻyishda elektr energiyasi berishni tiklash tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

“Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi

41.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan banklararo savdo sessiyasida sotib olingan xorijiy valyutadan foydalanish muddatini 7 kundan 15 kunga uzaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2016-yil dekabr

Markaziy bank, Adliya vazirligi

42.

Kredit-axborot xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda xalqaro kredit byurosini “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi taʼsischilari tarkibiga jalb qilish masalasini ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil davomida

Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga
ShARH

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qabul qilingan Farmoni, eng avvalo, xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yoʻnaltirilgan va ushbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajaga oʻtishidan dalolat beradi.

Xususan, Farmon “kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga aralashuvni tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini taʼminlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmaslik”ni eng muhim ustuvor yoʻnalish va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida mustahkamlaydi.

Ushbu maqsadlarda davlat organlariga, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalarga:

oʻz faoliyatida belgilangan talablarning hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlash, shu munosabat bilan oʻz vazifalarini va vakolatlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish;

tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va toʻsqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz toʻxtatib qoʻyganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari talablari qatʼiy bajarilishini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini taʼminlash topshirildi.

Ushbu norma davlat organlariga aybdor xodimlarga nisbatan nafaqat intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikning eng qatʼiy choralarini qoʻllash majburiyatini yuklabgina qolmasdan, balki tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararning bevosita ushbu xodimlardan undirilishini taʼminlashni ham yuklaydi.

Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi noqonuniy tekshirishlarni tashkil etishga va ularni oʻtkazishga, ayniqsa, davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati asossiz toʻxtatilishiga va zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltirilgan.

Farmonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishdan ishonchli huquqiy kafolatlarni taʼminlashga yoʻnaltirilgan davlat nazoratining prinsipial jihatdan yangi bir qator mexanizmlari belgilanmoqda.

Jumladan, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab quyidagi ilgari koʻrilmagan choralar joriy etiladi:

tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, bundan yuridik shaxsning tugatilishi bilan bogʻliq tekshirishlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga muvofiq oʻtkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar mustasno;

shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi.

Shunday qilib, nazorat qiluvchi organlar endilikda rejadan tashqari tekshirishlar oʻtkazishni tashkil qilish huquqiga ega emas. Bunda fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini taʼminlash maqsadida faqat jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida qisqa muddatli tekshirishlar oʻtkazishning cheklangan imkoniyati saqlanib qoladi. Bunday tekshirish faqat Respublika kengashining qaroriga muvofiq oʻtkazilishi mumkin va tekshirish muddati bir ish kuni bilan cheklangan.

Shu bilan birga, Farmon maʼmuriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish yoʻlini davom ettirib, moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlarini hamda tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirayotgan shaxslarni, ular tomonidan yetkazilgan zararni qoplagan va huquqbuzilishi oqibatlarini belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etgan taqdirda, javobgarlikning barcha turlaridan ozod qilish kabi tubdan yangi choralarni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qoʻllash taqiqlangan.

Koʻrsatib oʻtilgan normalar tadbirkorlik subyektlarini ikki marta jazolashni istisno etibgina qolmay, balki birinchi marta huquqbuzarlikni sodir etgan va oʻz aybini yuvgan fuqarolarga oʻzining tadbirkorlik faoliyatini salbiy oqibatlarsiz davom ettirish imkonini beradi, bu chora ularning ishbilarmonlik faolligini ragʻbatlantirishga ham yoʻnaltirilgan.

Shu munosabat bilan Jinoyat kodeksiga, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga, Soliq kodeksiga va bir qancha boshqa qonunlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalariga besh yil mobaynida ular roʻyxatdan oʻtkazilgan sanada amalda boʻlgan soliq stavkalari va boshqa majburiy toʻlovlarni qoʻllash huquqi beriladi.

Shuni qayd etish zarurki, ushbu imtiyoz investitsiya sifatida kiritilgan mablagʻlar miqdoridan qatʼi nazar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha korxonalarga tatbiq etiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida qonunlar ijrosi ustidan Parlament nazorati shakllarini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil institutini tashkil etish moʻljallanmoqda.

Xorijiy tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, ushbu institut tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilishni taʼminlashda, davlat tuzilmalari bilan munosabatlarda ularning manfaatlarini ifodalashda muhim oʻrin tutadi.

Farmon qoidalarini amalda roʻyobga chiqarish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, xususiy mulkchilikni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash borasida beshta eng ustuvor soha boʻyicha 42 ta aniq chora-tadbir amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat va biznesning oʻzaro hamkorligidagi maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, davlat resurslaridan foydalanishning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash doirasida umumiy eʼtirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator qonunlarni, shu jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”, “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida” va “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonunlarni qabul qilish nazarda tutilmoqda.

Dasturga muvofiq jinoyat ishlari boʻyicha tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish tartibining aniq huquqiy tartibotini belgilash uchun “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonu�ga, Jinoyat-protsessual kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasida tergov qilishni amalga oshirishda noqonuniy aralashish imkonini beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga koʻmaklashadi.

Bundan tashqari, Dastur tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq jinoyat qonunchiligi normalarini yanada erkinlashtirish, jinoyatlar sodir etilishi natijasida yetkazilgan zararni aniqlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashishning yagona mezonlari va asoslarini belgilash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqilishini nazarda tutadi.

Soliqqa tortish tizimi va bojxona ishini takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini va xalqaro reytingini oshirish sohasida Dasturda quyidagilarga yoʻnaltirilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga doir tadbirlar moʻljallangan:

valyutani tartibga solish va valyutalar kursi siyosatining ilgʻor bozor mexanizmlarini, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, bank faoliyatini samarali amalga oshirishga toʻsqinlik �iluvchi gʻovlarni bartaraf etish;

soliq maʼmurchiligining sifati va samaradorligini yanada yaxshilash;

tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini bojxona organlarida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi talabni bekor qilish;

huquqbuzilishlarining oldini olishning asosiy mexanizmlaridan biri va qonunga itoatkor tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyati kafolati sifatida auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilarining xizmatlar sifati uchun javobgarligini oshirish va ular tomonidan taqdim etiladigan xulosalarning ishonchliligi yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Dasturda tadbirkorlik subyektlariga va ularning xodimlariga nisbatan maʼmuriy jazolarni qoʻllash borasidagi vazifa va vakolatlarni bosqichma-bosqich sud organlariga oʻtkazish yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud tomonidan himoya qilishni kuchaytirish choralari rejalashtirilgan.

Ushbu choraning amalga oshirilishi tadbirkorlik subyektini tekshirgan nazorat qiluvchi organ tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni mustaqil koʻrib chiqish va bu orqali maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishdagi betaraflik va xolislikka taʼsir koʻrsatuvchi amaliyotning bartaraf etilishiga yoʻnaltirilgan.

Dastur, shuningdek, xoʻjalik sudlari tizimiga sud majlislarini audio va video qayd etish mexanizmlarini joriy etish tadbirlarini, qabul qilingan qarorlarning veb-saytlarda eʼlon qilinishini, hakamlar sudi qarorlarini majburiy ijro etishga ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza berishda tadbirkorlik subyektlarini davlat boji toʻlashdan ozod etishni ham oʻz ichiga oladi.

“Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorligining bevosita muloqot qilmaydigan shakllarini kengaytirish boʻyicha kompleks tadbirlar moʻljallangan. Xususan, Dastur tadbirkorlik subyektlariga faqat davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar orqali “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirishni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda texnik talablar (sanitariya, ekologiya, shaharsozlik normalari va qoidalari, yongʻin xavfsizligi qoidalari, standartlashtirish va boshqalar) kabi maxsus normativ hujjatlarni, samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlarining oʻrnini egallab olgan normalarni bekor qilish yuzasidan tanqidiy qayta koʻrib chiqish nazarda tutilmoqda.

Farmonning amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omili sifatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yoʻlidagi maʼmuriy gʻovlar va sunʼiy toʻsiqlarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan belgilangan yoʻlning uzviyligi va izchilligini taʼminlash imkonini beradi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 467-modda; 2017-y., 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 06/21/6240/0514-son)