1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq, shuningdek Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
birinchi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlash, tayyorlash, moslashtirish tadbirlarini o‘tkazish va xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish hamda nazorat qilish orqali ularga xorijda mehnat faoliyatini olib borishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
ikkinchi, tashqi mehnat migratsiyasini kompleks tahlil qilish, shu asosda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga ishga joylashishda ko‘maklashish;
uchinchi, mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini tartibga solish va ularning mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari yuzasidan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish;
to‘rtinchi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish va ularning faoliyatini nazorat qilish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
beshinchi, yuridik shaxslarga va xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni belgilangan tartibda berish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida mehnat qilayotgan xorijiy fuqarolar hisobini yuritish.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasb malakasini tasdiqlash faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlashtartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda himoya qilish jamg‘armasining Kuzatuv kengashi tarkibi 6-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda himoya qilish jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Agentlikning asosiy vazifalarini va faoliyati yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, uning tashkiliy tuzilmasini va markaziy apparati tuzilmasini ikki hafta muddatda tasdiqlasin;
respublika tashqarisida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Agentlikning ma’lumotlar bazasida ixtiyoriy ravishda masofadan ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmini bir oy muddatda joriy etsin.
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xorijga uyushgan holda tanlash bo‘yicha ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini bojxona va pasport nazoratidan Agentlikning talabnomalariga asosan uyushqoqlik bilan o‘tkazish hamda jo‘natishni ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri D.A. Ko‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasining bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 2-ILOVA
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining malaka, bilim va ko‘nikmalarga egaligini baholash tartibini belgilaydi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishni tashkil etish bo‘yicha xalqaro shartnomalarni amalga oshirish doirasida.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash — talabgor malakasining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradigan xorijiy davlatlarda qabul qilingan kasbiy standart qoidalari yoki malaka talablariga muvofiqligini shu jumladan, chet tilini bilish darajasini tasdiqlash jarayoni;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
talabgor — o‘z malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini ushbu Nizomda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun bilimni baholash markaziga, shu jumladan ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha murojaat qilgan xodim yoki muayyan turdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun da’vo qilayotgan jismoniy shaxs;
malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash vositalari — kasb bo‘yicha imtihon o‘tkazishda bilimni baholash markazlari tomonidan foydalaniladigan vazifalar, baholash mezonlari majmui;
bilimlilik to‘g‘risida sertifikat — malaka, bilim va ko‘nikmalarga ijobiy baho berilganini hamda ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish bo‘yicha kasbiy standartlar yoki malaka talabida nazarda tutilgan tegishli malaka darajasi berilganini tasdiqlovchi hujjat shuningdek, chet tilini bilish darajasini aniqlash;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
professional standart — muayyan turdagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun xodimga zarur bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradigan xorijiy davlatlarda tasdiqlangan malaka, bilim va ko‘nikmalar tavsifi;
bilimni baholash markazi — ushbu Nizomga hamda kasbiy va malaka standartlari talablariga muvofiq malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash bo‘yicha faoliyat olib boradigan va ushbu Nizomda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik shaxs;
akkreditatsiya — xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy bilimga egaligini, shu jumladan kasb ko‘nikmalari va chet tillarni bilish darajasini tasdiqlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga da’vo qiluvchi yuridik shaxsga bilimni baholash markazi maqomini berish tartib-taomili;
ariza beruvchi — akkreditatsiyadan o‘tishga yoki akkreditatsiya muddatini uzaytirishga da’vo qilayotgan yuridik shaxs;
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi (bo‘linmalari);
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestri — ishchi kasblari va mutaxassislar toifalari bo‘yicha tasdiqlangan kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalarga ega jismoniy shaxslar to‘g‘risida muntazam yangilab boriladigan axborot resursi, ma’lumotlar bazasi;
Bilimni baholash markazlari reyestri — xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakalarini, shu jumladan kasbiy ko‘nikmalarini va chet tillarini bilish darajasini tasdiqlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun akkreditatsiyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risida muntazam yangilab boriladigan axborot resursi, ma’lumotlar bazasi (keyingi o‘rinlarda bilimni baholash markazlari deb ataladi).
2-bob. Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash tizimi
3. Quyidagilar baholash tizimi ishtirokchilari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda normativ-huquqiy tartibga solish funksiyalarini amalga oshiruvchi vakolatli organ sifatida;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi;
bilimni baholash markazlari;
ish beruvchilar;
talabgorlar.
4. Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash bo‘yicha xizmatlar bilimni baholash markazlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan xorijiy davlatlarda tasdiqlangan ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish bo‘yicha kasbiy standartlar va malaka talablari asosida ko‘rsatiladi.
5. Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash yakunlari bo‘yicha talabgorga bilimga egaligi to‘g‘risida sertifikat beriladi va u talabgorni Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga kiritish uchun asos hisoblanadi.
6. Bilimni baholash markazlari o‘zlari tomonidan beriladigan bilimga egalik to‘g‘risidagi sertifikatlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan xorijiy davlatlarda tan olinishi uchun malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash vakolatiga ega organlar yoki tegishli xorijiy davlatlarning ish beruvchilari bilan hamkorlik bitimlari tuzadi.
7. Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Akkreditatsiyadan o‘tkazish yoki akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarorlar Kasbiy malakalar va bilimlar bo‘yicha kengash taqdimnomasiga binoan vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi, uning tarkibi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Kasbiy malakalar va bilimlar bo‘yicha kengashning qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Kasbiy malakalar va bilimlar bo‘yicha kengashning qarorini so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan rasmiylashtirish mumkin.
Kasbiy malakalar va bilimlar bo‘yicha kengashning majlislariga Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tegishli ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari vakillari taklif etilishi mumkin.
Kasbiy malakalar va bilimlar bo‘yicha kengashning qarorlari tavsiya xususiyatiga ega.
8. Akkreditatsiyaga da’vo qiluvchi ariza beruvchi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishi;
shtatida (o‘rindoshlik bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi) oliy ma’lumotli va ariza beruvchi malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashga da’vo qilayotgan yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha oliy ta’lim muassasasini bitirgandan keyin kamida 3 yillik amaliy ish stajiga (shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ega bo‘lgan kamida bir nafar xodimning bo‘lishi;
tasarrufida xo‘jalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi yoki boshqa qonuniy asosda malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash uchun baholash vositalariga, shuningdek, malaka imtihonini tashkil etish va o‘tkazish uchun mo‘ljallangan moddiy-texnik bazaga ega bo‘lishi;
malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashda olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashi;
malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi;
malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashda mustaqillik, oshkoralik va xolislikni ta’minlashi;
malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash to‘g‘risida ishonchli axborot taqdim etishi kerak.
9. Akkreditatsiyaga da’vo qiluvchi ariza beruvchi umumiy foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalangan holda, ishchi organga bevosita yoki pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda elektron imzo qo‘yilgan quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shtatida va/yoki fuqarolik huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida ariza beruvchi malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashga da’vo qilayotgan yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassisning (mutaxassislarning) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
tasarrufida xo‘jalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi yoki boshqa qonuniy asosda malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash uchun baholash vositalari, shuningdek, malaka imtihoni tashkil etish va o‘tkazish uchun mo‘ljallangan moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Bilimni baholash markazida kasb malakasini va chet tilini bilish darajasini (TOEFL, IELTS va hokazolar) baholash uchun tegishli akkreditatsiya mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha akkreditatsiya talab etilmaydi.
10. Ariza beruvchidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
12. Akkreditatsiya olish uchun ariza ishchi organ tomonidan ushbu ariza va akkreditatsiya olish uchun taqdim etiladigan zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ishchi organ xulosa tayyorlaydi. Xulosa vakolatli organga beriladi.
13. Akkreditatsiya olish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun ishchi organ tomonidan to‘lov kuni O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
14. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida ishchi organ ariza beruvchilarning malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash bo‘yicha rejalashtirilayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mazkur Nizomda belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini joyning o‘ziga borib o‘rganishi mumkin.
15. Vakolatli organ ishchi organning xulosasini olgan kundan boshlab besh kun mobaynida akkreditatsiyadan o‘tkazish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
16. Ishchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun davomida ariza beruvchini qabul qilingan qarordan xabardor qilishi shart.
17. Akkreditatsiya cheklanmagan muddatga beriladi.
18. Akkreditatsiya namunaviy blankda rasmiylashtiriladi. Uning shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Blanklar zarur himoya darajasiga ega, qat’iy hisobot beradigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasi va raqamiga ega.
Blanklarni olish, hisobga olish va saqlash ishchi organ zimmasiga yuklanadi.
19. Vakolatli organ:
yuridik shaxs tomonidan tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilsa;
yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lsa;
yuridik shaxs ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablar va shartlarga mos kelmasa, yuridik shaxsni akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etishga haqli.
Boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sabablari bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma asoslangan bo‘lishi kerak va ariza beruvchiga rad etish sabablari va yuridik shaxs ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
21. Yuridik shaxsga akkreditatsiyadan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
22. Hujjatlar yuridik shaxsning arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan sanadan boshlab besh ish kuni ichida vakolatli organ tomonidan takroran ko‘rib chiqiladi. Yuridik shaxsning arizasini takroran ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
23. Yuridik shaxsning arizasini takroran ko‘rib chiqishda akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada avval ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
24. Akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etishga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etish uchun berilgan muddat nihoyasiga yetgach, yuridik shaxsning akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasi yangi taqdim etilgan hisoblanadi.
25. Ariza beruvchi vakolatli organ qaroridan norozi bo‘lgan, akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, ishchi organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
4-bob. Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash
26. Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash ish beruvchilarga malaka razryadini va mutaxassislarga malaka toifasini berish, shuningdek, chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha malaka imtihoni (keyingi o‘rinlarda malaka imtihoni deb ataladi) shaklida o‘tkaziladi;
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Bunda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari malakani baholashda ixtiyoriy asosda ishtirok etadi.
27. Malaka imtihoni bilimni baholash markazi tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
28. Malaka imtihoni boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslar mablag‘lari hisobiga talabgorning tashabbusi bilan yoki ish beruvchi mablag‘lari hisobidan ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha o‘tkaziladi.
29. Malaka imtihonidan o‘tish uchun bilimni baholash markaziga talabgor tomonidan bevosita yoki pochta aloqasi orqali yoki umumiy foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalangan holda elektron shaklda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
malaka imtihonida ishtirok etish to‘g‘risida ariza;
(29-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Mazkur hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Ushbu bandda nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
pasportning yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxasi;
tegishli ruxsat to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalari.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
30. Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymati bilimni baholash markazlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat bozoridagi bandlik bilan bog‘liq vaziyatdan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni tashkil etish bo‘yicha xalqaro shartnomalarni bajarish zaruratidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda chet tili bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilashga haqli.
Bunda chet tili bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatini to‘lashdan tushgan mablag‘larning 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
31. Malaka imtihonini topshirishni rad etish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
32. Malaka imtihonidan o‘tish yakunlariga ko‘ra, talabgorga uch kun muddatda bilimni baholash markazi tomonidan bilimga egalik to‘g‘risida sertifikat beriladi, malaka imtihonidan o‘tishda qoniqarsiz baho olgan taqdirda esa malaka imtihonidan o‘tganlik to‘g‘risida tavsiyalarni o‘z ichiga olgan xulosa beriladi.
33. Bilimga egalik to‘g‘risida berilgan sertifikatlar haqidagi ma’lumotlar Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga vakolatli organ tomonidan kiritiladi.
34. Bilimni baholash markazi tomonidan malaka imtihonidan o‘tish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlardan norozi bo‘lgan talabgor yoki ish beruvchi ular malaka imtihonidan o‘tish natijalari to‘g‘risida xabardor qilingan sanadan boshlab o‘n kalendar kun davomida vakolatli organga yoki Kasbiy malakalar va bilimlar bo‘yicha kengashga yozma shikoyat berishga haqli.
Malaka imtihonini o‘tkazish natijalari va bilimga egalik to‘g‘risidagi sertifikatni berish bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
5-bob. Sifatga hamda o‘rnatilgan talablar va shartlarga rioya etilishini nazorat qilish
35. Vakolatli organ bilimni baholash markazi tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini ishchi organ orqali nazorat qiladi.
36. Bilimni baholash markazlari har oy ishchi organga vakolatli organ tomonidan belgilanadigan shakllar bo‘yicha o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
37. Vakolatli organ bilimni baholash markazlarining sifatga va shartlarga rioya etishini nazorat qilishda o‘z vakolati doirasida:
baholash sifatiga va shartlarga oid talablarga rioya etilishini tekshirish, shu jumladan, malakasi haqida sertifikat olgan va Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga kiritilgan shaxslar bilimlari darajasini saralab tekshirish, bu jarayonga, zaruratga ko‘ra, milliy va xorijiy ekspertlarni pulli asosda jalb qilish. Bunda malakani baholovchi muayyan markazda malakasi haqida sertifikat olgan hamda Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga kiritilgan shaxslarning ko‘pi bilan 3 foizi (biroq kamida besh nafar shaxs) saralab tekshiriladi;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
tekshiruvlar o‘tkazishda yuzaga keladigan masalalarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan tushgan shikoyatlarga doir zarur axborotni bilimni baholash markazlaridan so‘rash va olish;
tekshiruvlar natijalari asosida dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish, ularda bilimni baholash markazlari tomonidan o‘rnatilgan talablar va shartlar buzilgan aniq holatlarni ko‘rsatish;
aniqlangan qonunbuzarliklarni bilimni baholash markazlari tomonidan bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, bunday qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lgan muddatlarni belgilash;
qonun hujjatlari buzilgan holatlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish va sudga murojaat qilish huquqiga ega.
38. Akkreditatsiya bilimni baholash markazi tomonidan o‘rnatilgan talablar va shartlar buzilganligi aniqlangan, shuningdek aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida vakolatli organning ko‘rsatmalari ular tomonidan bajarilmagan hollarda to‘xtatilishi mumkin.
Vakolatli organ akkreditatsiyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay bu haqda bilimni baholash markazini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
39. Vakolatli organ bilimni baholash markazi uchun akkreditatsiyaning amal qilishini to‘xtatishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish muddatini belgilaydi.
40. Bilimni baholash markazi tomonidan akkreditatsiyaning amal qilishini to‘xtatishga olib kelgan holatlar bartaraf etilsa, vakolatli organ mazkur holatlarni bartaraf etish to‘g‘risida yozma tasdiqnoma olgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda akkreditatsiyaning amal qilishini davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
41. Bilimni baholash markazlari akkreditatsiyaning amal qilishi to‘xtatilgan davrda faoliyat olib borishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-sonli “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
42. Akkreditatsiyaning amal qilishi vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda tugatiladi:
bilimni baholash markazi akkreditatsiyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilsa;
bilimni baholash markazining tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi natijasida o‘z faoliyatini to‘xtatganda, shuningdek, yangi tashkil qilingan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada qayta tashkil etiladigan yuridik shaxslar bir xil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lganda ular qo‘shilgan taqdirda, markaz qayta tashkil etilgan holat bundan mustasno;
litsenziatning tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi oqibatida o‘z faoliyatini tugatganda, shuningdek, qayta tashkil etiladigan yuridik shaxslar yangi tashkil qilingan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada bir xil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lganda qo‘shilgan taqdirda;
bilimni baholash markazi tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablar va shartlar muntazam yoki bir marta qo‘pol tarzda buzilganda;
vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatda akkreditatsiya amal qilishining to‘xtatilishiga olib kelgan holatlar bilimni baholash markazi tomonidan bartaraf etilmaganda;
agar o‘tkazilgan saralash tekshiruvi yakunlari bo‘yicha malakani baholovchi muayyan markazda malakasi haqida sertifikat olgan hamda Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga kiritilgan shaxslarning 50 foizidan ortig‘ining bilim darajasi kasbiy standartining belgilangan qoidalariga yoki malaka talablariga, shu jumladan, chet tilini bilish darajasiga qo‘yilgan talablarga mos kelmasa;
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
akkreditatsiya to‘g‘risidagi vakolatli organ qarorining noqonuniyligi aniqlanganda.
Vakolatli organ akkreditatsiyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay bilimni baholash markazini bu haqda asoslangan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
bilimni baholash markazi akkreditatsiyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan;
soxta hujjatlardan foydalangan holda akkreditatsiya olinganligi aniqlangan hollarda bekor qilinadi.
Ushbu bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda akkreditatsiya sudning qarori bilan, boshqa hollarda esa vakolatli organning qarori bilan bekor qilinadi.
44. Vakolatli organ akkreditatsiyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin uch kun ichida bu haqda bilimni baholash markazini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Akkreditatsiya bekor qilinganda to‘langan yig‘imlar qaytarilmaydi.
45. Vakolatli organning akkreditatsiya, uni to‘xtatish, davom ettirish, tugatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlari vakolatli organning rasmiy internet saytida yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida chop etilishi lozim.
6-bob. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestri
46. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestri vakolatli organ tomonidan yuritilib, vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
47. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestrining elektron platformasi, shuningdek, malakani baholash markazlari faoliyatining dasturiy ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishlab chiqiladi va qo‘llab-quvvatlanadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
48. Bilimni baholash markazining talabgorga malaka imtihonidan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha berilgan bilimga egalik to‘g‘risidagi sertifikati Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga kiritish uchun asos hisoblanadi.
Bilimni baholash markazlari tomonidan tegishli axborotni Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga avtomatik kiritish mexanizmini joriy etishga yo‘l qo‘yiladi.
49. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
tartib raqami;
identifikatsiya raqami (avtomatik hosil bo‘ladigan noyob raqam);
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
talabgorning pasport ma’lumotlari;
malaka, bilim va ko‘nikmalar baholangan kasb (mutaxassislik);
malaka, bilim va ko‘nikmalar baholangan kasb (mutaxassislik) kodi;
tegishli kasb (malaka) bo‘yicha malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash;
chet tillarini bilish darajasini baholash — agar bilsa;
xorijiy davlatning qonun hujjatlari bazaviy asoslarini bilish darajasini baholash — agar bilsa;
xorijiy davlat madaniy-etnik asoslarini bilish darajasini baholash — agar bilsa;
bilimni baholash markazi nomi va joylashgan joy (pochta manzili);
telefon raqami (faks);
tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
akkreditatsiya berilgan sana va akkreditatsiya raqami.
Vakolatli organ Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga joylashtirish uchun talab qilingan axborot turlarini kengaytirishi mumkin.
50. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestridagi axborot vakolatli organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
51. Bilimni baholash markazlarining akkreditatsiyasini to‘xtatish, tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan taqdirda, vakolatli organ tegishli bilimni baholash markazi tomonidan bilimga egalik to‘g‘risida berilgan akkreditatsiya muddati to‘xtatilgan, tugatilgan yoki bekor qilingan sertifikatga ega talabgor(lar)ning malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini baholash natijalarini Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestridan chiqarib tashlashga haqli.
Bunda vakolatli organ bilimni baholash markazi tomonidan talabgorlar malakasi, bilimi va ko‘nikmalariga berilgan baho sifatini, shu jumladan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga uchinchi tomonni jalb qilgan holda tekshirishga va shundan so‘ng Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestrida shaxsni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
7-bob. Vakolatli organ qarorlari yuzasidan shikoyat qilish
52. Yuridik shaxslar vakolatli organning qarorlari, shuningdek, vakolatli organ va ishchi organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
53. Vakolatli organning akkreditatsiyani to‘xtatish, tugatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlari bo‘yicha sudga shikoyat qilish mumkin. Sud akkreditatsiyani bekor qilish asosli emas deb e’tirof etsa, ishchi organ bilimni baholash markazi oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Ushbu Nizomga muvofiq undiriladigan yig‘imlar vakolatli organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
55. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish
SXEMASI
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini, shu jumladan kasbiy ko‘nikmalarini va chet tillarni bilish darajasini tasdiqlash faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini olishga akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun
Berilgan sana: 20 ___ y. “____” _______________________
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-sonli qaroriga 3-ILOVA
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ish izlovchi shaxs (talabgor) — mos keladigan ish joyini tanlash va xorijda ishga joylashishga ko‘maklashish xizmatlaridan foydalanish uchun yuboruvchi tashkilotga murojaat qilgan jismoniy shaxs, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
yuboruvchi tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi), shuningdek, uyushgan holda tanlash tartibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs;
litsenziya — yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash va xorijga ishga joylashtirish uchun yuborish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
tanlash — xorijiy ish beruvchilar va (yoki) ularning xorijiy ishchilarni ishga joylashtirish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi vakolatli xorijiy tashkilotlarining buyurtmanomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni ta’minlash maqsadida yuboruvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
xorijiy ish beruvchi — ishga joylashtiriladigan davlatning qonun hujjatlarida mehnat migrantlarni yollash huquqi berilgan xorijiy davlatning jismoniy yoki yuridik shaxsi;
ishga joylashtiriladigan davlat — mehnat migranti mehnat faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy davlat;
xodimlar yagona ma’lumotlar bazasi — Agentlikning maxsus veb-saytida ro‘yxatga olishning elektron tizimi bo‘lib, uning yordamida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, Agentlik, yuboruvchi tashkilotlar hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish markazlari (keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklashish markazlari deb ataladi) talabgorning zarur ma’lumotlarini kiritishi mumkin;
mehnat migrantlari — xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari va diplomatik missiyalarida ishlovchi shaxslar bundan mustasno;
Ish beruvchilar reyestri — O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini ushbu Nizomga muvofiq uyushgan holda tanlash va xorijda ishga joylashtirishda ishtirok etuvchi xorijiy ish beruvchilar ro‘yxati.
3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga uyushgan tartibda jo‘nab ketish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-sonli “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
4. Fuqarolarni xorijda ishlash uchun uyushgan holda tanlash yuboruvchi tashkilotlar tomonidan ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Uyushgan holda tanlash tartibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Uyushgan holda tanlash tartibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomaning matni uyushgan holda tanlash tartibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxsning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Uyushgan holda tanlash tartibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomani tuzmasdan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishi taqiqlanadi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
Yuboruvchi tashkilot xorijda ishga joylashish uchun qonun hujjatlari shartlari va talablari to‘g‘risida aholi o‘rtasida tizimli tushuntirish ishlarini olib boradi.
5. Agentlikka tanlash faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab etilmaydi.
6. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Nizomda nazarda tutilganidan boshqa qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
2-bob. Xodimlar yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish
7. Xodimlar yagona ma’lumotlar bazasi talabgor to‘g‘risida quyidagi axborotni o‘z ichiga oladi: F.I.O., pasport ma’lumotlari, tug‘ilgan sanasi va yili, yashash joyi, telefon raqamlari, ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, boshqa ko‘nikmalari, fotosuratlari.
8. Quyidagilar ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan axborot manbalari hisoblanadi:
talabgor tomonidan mustaqil tarzda kiritilgan axborot;
talabgorning roziligi bilan yuboruvchi tashkilot tomonidan kiritilgan axborot;
Talabgorning roziligi bilan bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan kiritilgan axborot.
9. Yagona ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan har bir talabgorga ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsiy raqam beriladi.
91. Talabgor xodimlar yagona ma’lumotlar bazasiga kiritilishidan oldin unga uyushgan holda tanlash tartibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs tomonidan yozma shaklda bildirishnoma beriladi.
Bildirishnomada uyushgan holda tanlash tartibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq undirilmasligi, shuningdek, shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, murojaat qilish uchun xususiy bandlik agentligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining pochta manzillari hamda aloqa bog‘lash uchun telefon raqamlari ko‘rsatiladi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
10. Talabgorning tegishli talabiga ko‘ra, shaxsiy ma’lumotlar haqidagi axborot uchinchi shaxslar uchun yopiq bo‘lishi kerak.
11. Talabgorlarning murojaatlari asosida yuboruvchi tashkilot ularning ma’lumotlar bazasini mustaqil ravishda shakllantirish huquqiga ega.
12. Bandlikka ko‘maklashish markazlari talabgorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishga joylashtirish uchun yagona ma’lumotlar bazasidan foydalanishi mumkin.
13. Xodimlar yagona ma’lumotlar bazasida taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javobgarlik talabgorga yuklatiladi.
3-bob. Xorijda ish beruvchilarni izlash
14. O‘zbekiston Respublikasining talabgorlarini xorijda ishga ish beruvchilar reyestriga kiritilgan ish beruvchilar bilan birgalikda joylashtirish tavsiya etiladi.
15. Xorijiy ish beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
Agentlikdan;
Agentlik ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuborilgan talabnoma asosida bir ish kuni davomida yuboruvchi tashkilotlardan va O‘zbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari bo‘yicha attashesidan olingan axborot asosida Ish beruvchilar reyestriga kiritiladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
16. Ish beruvchilar reyestri Agentlik tomonidan yuritiladi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hamda Agentlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
17. Ish beruvchilar reyestri ma’lumotlari ochiq hisoblanib va ulardan barcha yuboruvchi tashkilotlar bemalol foydalanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Agentlik saytida e’lon qilinadi.
18. Ish beruvchilar reyestriga kiritilmagan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ham, ishga joylashtiriladigan davlatlarda ham avval mehnat to‘g‘risidagi va boshqa qonun hujjatlarini buzgan xorijiy ish beruvchilar uchun talabgorlarni xorijda ishga joylashtirish uchun tanlash tavsiya etilmaydi.
19. Agentlik xolis, ochiq va ishonchli axborotni shakllantirish maqsadida yuboruvchi tashkilot, O‘zbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari bo‘yicha attashesi doimiy asosda:
mehnat migrantlarini boshqa mamlakatlarda ishga joylashtirish imkoniyatlari to‘g‘risida axborot to‘playdi;
bo‘lajak ish beruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazadi;
xorijiy ish beruvchining oldiga borib, mehnat shartnomasi shartlarini, mehnat migranti mehnat qilish va yashash shart-sharoitlarini batafsil tekshiradi;
Ish beruvchilar reyestrini va bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotni tegishli veb-saytlarga joylashtiradi.
20. Xorijiy ish beruvchi tomonidan qoidabuzarliklar to‘g‘risida axborot olingan hollarda Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari bo‘yicha attashesi bilan birgalikda fuqarolar ishga joylashtirilgan joylarga borib o‘rganadi va o‘rganish yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi.
21. O‘rganish yakunlari bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma qoidabuzarlik mavjudligi tasdiqlangan taqdirda, Agentlik xorijiy ishonchsiz ish beruvchini Ish beruvchilar reyestridan chiqarish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘radi.
22. Ish beruvchilar reyestridan chiqarilgan tashkilotlarda avval ishga joylashgan va mehnat faoliyatini davom ettirishni xohlovchi mehnat migrantlariga nisbatan talabgor va yuboruvchi tashkilot o‘rtasidagi barcha kelishilgan shartlar to‘liq bajarilgunga qadar saqlab qolinadi.
23. Xorijiy ish beruvchining aybi bilan ishsiz qolgan mehnat migrantlariga nisbatan ularni takroran ishga joylashtirish yoki vataniga qaytarish choralari ko‘riladi.
4-bob. Talabgorlar tanlab olinishini tashkil etish va amalga oshirish
24. Yuboruvchi tashkilot talabgorlarni ularning ma’lumotlar bazasi, o‘z marketing ishlanmalari asosida xorijiy ish beruvchi bilan oldindan kelishuv bo‘yicha tanlaydi.
Uyushgan holda tanlash tartibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs shartnoma asosida talabgorga ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ishga joylashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida taqdim etiladigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
25. Uyushgan holda mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan talabgorlar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitiladi, xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan talabgorlar bundan mustasno.
Yuboruvchi tashkilot talabgordan uning malakasini va chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni so‘rash huquqiga ega.
Agar talabgorning malakasini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmasa, u davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
26. Agentlik talabgorning chet tilini bilishini va kasbga yaroqliligini ushbu turdagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatni olmay turib tekshirishi mumkin.
27. Xorijiy ish beruvchi tomonidan bildirilgan malaka va til bilish darajasi bo‘yicha talablarga javob bermaydigan, shuningdek chet elga chiqishi cheklangan talabgorlarni uyushgan holda olish mumkin emas.
5-bob. Talabgorlarni ketishdan oldin moslashtirish
28. Yuboruvchi tashkilot xorijiy ish beruvchi bilan kelishuvlarga erishgach, ishga joylashtiriladigan davlatga talabgorlarni yuborish uchun guruh tuzadi.
29. Guruh tuzish yakunlari bo‘yicha yuboruvchi tashkilot xorijda ishga joylashtirish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida talabgor bilan shartnoma tuzadi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Yuboruvchi tashkilot tomonidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” axborot tizimida real vaqt rejimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
30. Talabgordan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq undirish taqiqlanadi (ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari bundan mustasno).
Talabgorni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
31. Yuboruvchi tashkilot yuborilayotgan mamlakatlarning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, mehnat migrantlarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ularning o‘quv-tayyorgarlik, moslashtirish tadbirlaridan dastlabki tarzda o‘tkazilishini ta’minlaydi, shu jumladan:
talabgorni xorijiy ish beruvchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi loyihasi, yashash va mehnat sharoitlari bilan tanishtirishi, uning roziligini olishi;
talabgorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi, shu jumladan sil, ruhiy, tanosil kasalliklari bor yoki yo‘qligi va giyohvand moddalar iste’mol qilish yoki iste’mol qilmasligini tekshirishi;
zarurat bo‘lsa, chiqish vizasini olish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda talabgorga ko‘maklashishi;
ishga joylashtiriladigan davlat tilini, an’analari va qonun hujjatlarini o‘rgatish, xavfsizlik texnikasi, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, tanosil kasalliklari va OIV-infeksiyasi tarqalishining profilaktikasi bo‘yicha qisqa muddatli kurslar o‘tkazishi;
talabgorlar hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urta qilish jarayonini tashkil etishi shart.
32. Talabgorda atrofdagilarga xavf uyg‘otadigan kasalliklar va vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar aniqlansa, talabgor to‘liq sog‘ayib ketguniga qadar ketishdan oldin moslashtirishdan chetlatiladi.
6-bob. Talabgorlarni jo‘natish
33. Talabgorlar uchun qulay shart-sharoitlar va qulayliklar yaratish maqsadida yuboruvchi tashkilot temir yo‘l, avia va avtotransportga yo‘l chiptalarini bron qiladi va xarid qiladi.
34. Talabgorlarni respublikadan tashqarida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga xavfsiz kuzatib qo‘yish, yo‘lda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida talabgorlar tegishli litsenziyaga ega yo‘lovchilar orqali yuboriladi.
35. Talabgorlar ishga joylashtiriladigan davlatga xorijiy ish beruvchi bilan kelishgan holda yuboruvchi tashkilotning xodimi hamrohligida guruh bo‘lib jo‘natiladi.
36. Belgilangan joyga kelgach, yuboruvchi tashkilot talabgorlar ishga joylashtirilgunga qadar ularni zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi (patent, kirish yo‘riqnomasi, yashash, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va hokazo.)
37. O‘tkazilgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha ushbu Nizomning 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha talabgorni ishga joylashtirish to‘g‘risida hujjat tuziladi. Unga shuningdek talabgor va xorijiy ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomalarining nusxalari ilova qilinadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
Ishga joylashtirish to‘g‘risidagi hujjatning ikkinchi nusxasi mehnat shartnomalari nusxalari ilova qilingan holda, yuboruvchi tashkilot tomonidan Agentlikka elektron shaklda taqdim etiladi va elektron imzo bilan tasdiqlanadi.
38. Xorijiy ish beruvchi talab qilingan ijtimoiy va maishiy shart-sharoitlarni, mehnatga haq to‘lash shartlarini ta’minlamasa yoki ish beruvchi mehnat migrantini ishga joylashtirishni rad etishiga sabab bo‘lgan boshqa masalalar yuzaga kelsa, yuboruvchi tashkilot talabgorni boshqa xorijiy ish beruvchida ishga joylashtirish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘radi.
39. Talabgorni avval kelishilgan talablarga muvofiq ishga joylashtirish imkoni bo‘lmasa, yuboruvchi tashkilot uning o‘z vataniga qaytarilishini ta’minlashi shart.
Yuboruvchi tashkilot tomonidan mazkur majburiyat bajarilmagan taqdirda, Agentlik talabgorni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida yuboruvchi tashkilotning zaxiralangan mablag‘lar hisobiga o‘z vataniga qaytarish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar ko‘radi.
7-bob. Mehnat migrantlari faoliyatining monitoringi
40. Ishga joylashtiriladigan davlatda mehnat migrantlari faoliyatining monitoringi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish:
O‘zbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari bo‘yicha attashesi;
Agentlikning xorijiy vakolatxonalari;
Agentlikning davlat va nodavlat xorijiy hamkorlari;
yuboruvchi tashkilotlar;
nodavlat notijorat tashkilotlari;
boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
41. Agentlik mehnat migrantlarini vijdonsiz ish beruvchidan himoya qilishda va mehnat migrantlari tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishda quyidagi barcha jihatlar monitoringini olib borish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh vakolatli organi hisoblanadi:
vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida mehnat migrantlarini jalb qilish uchun o‘z mamlakatining vakolatli organlarida rasman ro‘yxatga olingan yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan xorijiy ish beruvchilar bilan bitimlar tuzish;
talabgorlarni tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun yuboruvchi tashkilotlar tomonidan tuziladigan shartnomalarning va mehnat migrantlari tomonidan xorijiy ish beruvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarining qonun hujjatlariga hamda xalqaro huquq va boshqa qonun hujjatlari normalariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida nazorat qilish;
ishga joylashtiriladigan davlatda xodimlarning tegishli toifasi uchun belgilangan ish haqidan kam bo‘lmagan darajada mehnat migrantlarini ish haqi bilan ta’minlash normalariga rioya etish;
ishga joylashtiriladigan mamlakatda belgilangan munosib yashash va ishlash shart-sharoitlarini ta’minlash normalariga rioya qilish.
42. Zarurat bo‘lsa, Agentlik va uning xorijdagi vakolatxonalari mehnat migrantlari manfaatdor bo‘lgan turli masalalar yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazadi, tibbiy xizmatlardan foydalanishda ko‘maklashadi, mehnat migrantlarining huquqlari ish beruvchi tomonidan buzilishining oldini oladi.
43. Mehnat migrantlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish tartib-taomillari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
44. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy vakolatxonalarining, O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari mehnat masalalari bo‘yicha attashesining, yuboruvchi tashkilotlarning xorijiy ish beruvchini Xorijda ishga joylashtirish uchun ish beruvchilar reyestriga kiritish BUYURTMANOMASI
Agentlik xorijiy vakolatxonalari, mehnat masalalari bo‘yicha attashesining, yuboruvchi tashkilotning nomi)
Ishga joylashtiriladigan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq mehnat migrantlarini ishga joylashtirish huquqini olgan va tekshirilgan xorijiy ish beruvchini xorijda ishga joylashtirish uchun Ish beruvchilar reyestirga kiritish uchun u to‘g‘risida quyidagi axborotni taqdim etadi:
Tashkilot nomi
Faoliyat turi
Joylashgan joyi (pochta manzili)
Telefon
E-mail
Veb sayt
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana va raqami
Ustav kapitali
Telefon
E-mail
Litsenziya raqami
Ishga joylashgan mamlakat va shahar
Boshqa muhim axborot
Bog‘lanish mumkin bo‘lgan shaxs, FIO, lavozimi, telefon raqami
Tashkilot raqami, FIO, lavozimi, telefon raqami
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirish to‘g‘risida
DALOLATNOMA
201__ yil “___” ______________
_____________ shahri
Ushbu dalolatnoma O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida Ustav va ___________-son litsenziya asosida faoliyat ko‘rsatuvchi __________________________________________________________ hamda _____________________________________
(yuboruvchi tashkilot)
(xorijiy ish beruvchi)
o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini _________________________________________________________
(ishga joylashtiradigan mamlakat)
hududida ishga joylashtirish uchun uyushgan holda tanlash tizimi doirasida imzolangan 20___ yil “____” _____ dagi ______-son shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasining quyidagi tarkibdagi fuqarolari kelgani to‘g‘risida tuzildi:
T/r
F.I.O.
Tug‘ilgan sanasi
Pasport seriyasi va raqami
Faoliyat turi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatining tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) respublika milliy manfaatlarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va ularni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish sohasida xalqaro huquq normalari va qoidalariga asoslangan faoliyatni amalga oshiradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agentlikning ta’sischisi hisoblanadi.
4. Agentlik davlat tasarrufida bo‘lgan va unga operativ boshqaruvga berilgan mulk negizida tashkil qilingan davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga ega, o‘z nomidan huquqlarga ega bo‘lishi, majburiyatlarni qabul qilishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Agentlik o‘ziga operativ boshqarish huquqi asosida tegishli bo‘lgan mulkka, shuningdek, o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida xarid qilinadigan (olinadigan) va Agentlik tasarrufida bo‘lgan boshqa mulkka qonun hujjatlarida hamda ushbu Nizomda belgilangan tartibda egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
5. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, hay’at qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
6. Agentlik va uning vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, o‘z nomi yozilgan shtamplar, blanklarga ega. Agentlik o‘z emblemasiga ega.
Agentlik Toshkent shahri, Qamariniso ko‘chasi, 1-uyda joylashgan.
Agentlikning elektron pochta manzili: info@migration.uz.
7. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi;
qisqartmasi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi;
b) ingliz tilida:
to‘liq — The Agency of External Labour Migration under the Ministry of Employment and Labour Relations of the Republic of Uzbekistan;
qisqartmasi — The Agency of External Labor Migration;
v) rus tilida:
to‘liq — Agentstvo po vneshney trudovoy migratsii pri Ministerstve zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan;
qisqartmasi — Agentstvo po vneshney trudovoy migratsii;
8. Agentlik o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida amalga oshiradi.
9. Agentlik respublika hududlarida o‘z filiallarini va xorijda vakolatxonalarini belgilangan tartibda tashkil etadi.
2-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash, tayyorlash, moslashtirish tadbirlarini o‘tkazish va xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish va nazorat qilish orqali ularga xorijda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
tashqi mehnat migratsiyasini kompleks tahlil qilish, shu asosda normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirishda ko‘maklashish;
mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish va ularning mehnat huquqlarini ta’minlash jarayonlarini tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati uchun tasdiqnomalarni belgilangan tartibda berish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida mehnat qilayotgan xorijiy fuqarolarning hisobini yuritish.
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
11. Agentlik o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘natish maqsadida xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini o‘rganadi, xorijiy ish beruvchilarni topadi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash to‘g‘risida xorijiy ish beruvchilar va xususiy agentliklar bilan shartnomalar tuzadi hamda ularning amalga oshishini ta’minlaydi;
o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib boradi, xalqaro, davlatlararo va idoralararo shartnomalar, bitimlar va bayonnomalar loyihalarini tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar va boshqa hujjatlardan kelib chiqadigan tegishli qarorlar va majburiyatlarning xorijiy hamkorlar va ish beruvchilar tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi;
xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni ishga joylashadigan davlatning qonun hujjatlari asoslari, an’analari va u yerda o‘zini tutish normalaridan xabardor qiladi;
xorijga ishga yuborish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy ish beruvchilar va rekruting tashkilotlar bilan shartnomalar asosida tanlab oladi, ularni ketishdan oldin tayyorlaydi va jo‘natadi;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar reyestrini yuritadi;
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ketishdan oldin moslashtiradi, kasbga tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi, ularga chet tillarni, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarishda mehnatni himoya qilish qoidalarini o‘rgatadi;
xorijiy ish beruvchilar talablarini hisobga olgan holda, ishga joylashtirish uchun xorijga yuborilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini vakolatli tibbiyot muassasalarini jalb qilgan holda kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika hududidan transportda ketayotganda ularning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishda ishtirok etadi, avia va temir yo‘l transportida imtiyozli yo‘l chiptalarini sotish bo‘yicha Agentlik huzurida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan kassalar ishini muvofiqlashtiradi;
(11-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni beradi hamda ularning muddatini uzaytiradi;
(11-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchidan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga ish beruvchilar rioya etishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaga ega xorijiy fuqarolar tomonidan respublika hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishini huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda nazorat qiladi;
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin moslashtirish markazlari, o‘qitish, qayta o‘qitish va malaka oshirish markazlari, til o‘rgatish markazlari faoliyatini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etadi va boshqaradi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari orqali xorijda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat faoliyati monitoringini olib boradi;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalari bilan hamkorlikda huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, moddiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi;
mehnat migrantlarini qayta integratsiyalashtirish bo‘yicha dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi, xorijda vaqtincha mehnat faoliyati nihoyasiga yetgach, vataniga qaytib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi hududida keyinchalik ishga joylashtirish uchun ularning ro‘yxatlarini aholini ishga joylashtirishga ko‘maklashuvchi hududiy organlarga taqdim etadi.
Agentlikning hududiy filiallariga mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi, xorijiy mehnat bozori hamda salohiyatli ish beruvchilar to‘g‘risida ma’lumot beradi, xodimlarini rag‘batlantiradi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
3-bob. Agentlik huquqlari va javobgarligi
12. Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijda ishlash uchun kadrlarni tanlab olish, ularning chet tillarni bilishini va kasbga loyiqligini tekshirish, shuningdek, ishga joylashadigan mamlakatning asosiy qonunlarini tushuntirish;
xorijiy hamkorlar bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijga ishga yuboriladigan nomzodlar haqida axborot olish uchun vakolatli organlarga murojaat qilish;
xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan bitimlarni (shartnomalarni) hisobga olgan holda, dastlabki saralashdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan ularni xorijda ishga joylashtirishda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish;
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari (kontraktlari) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur yuridik shaxslardan zaruratga qarab olish;
xorijiy ishchi kuchini yollovchi yoki bunga ko‘maklashuvchi xorijiy tashkilotlar bilan o‘z vakolati doirasida bevosita o‘zaro hamkorlik qilish;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan ayrim funksiyalarni bajarish uchun o‘qituvchilarni, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari mutaxassislarini, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni zarur bo‘lganda shartnomalar (kontraktlar) bo‘yicha jalb qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet tillarga o‘qitish va kasbga tayyorlash yakunlari bo‘yicha ularga ilovaga muvofiq sertifikatlar berish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishda ko‘maklashish va chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini samarali tartibga solish sohasidagi yuridik shaxslar faoliyati monitoringini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda bo‘sh pul mablag‘larini banklar va boshqa tashkilotlarning depozit hisob raqamlariga joylashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda, xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ketishdan oldin tayyorlash, chet tiliga o‘qitish va imtihonga tayyorlashga ixtisoslashgan hududiy filiallarni, markazlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning xorijiy vakolatxonalarini tashkil etish va tugatish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik va uning tarkibiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga o‘zgartirishlar kiritish.
13. Agentlik o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Agentlik mol-mulki va moliya-xo‘jalik faoliyati
14. Agentlik mol-mulkini asosiy jamg‘armalar va aylanma mablag‘lar, shuningdek, qiymati mustaqil balansda aks ettirilgan boshqa qimmatliklar tashkil etadi.
15. Agentlik mol-mulki unga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agentlik mol-mulkini tasarruf etish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-bobi.
16. Agentlik xo‘jalik hisob-kitobi asosida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga temir yo‘l chiptalarini, aviachiptalarni xarid qilishda va boshqa transport-logistika masalalarini hal qilishda ko‘maklashish;
xorijda ishga joylashish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish;
xususiy va yuridik shaxslar talabnomalari bo‘yicha ish jarayoniga jalb etilmagan Agentlik transport vositalarini jalb qilish orqali transport xizmatlarini ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va chet el fuqarolarini mehmonxonalarga joylashtirish bo‘yicha shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish.
17. Daromad Agentlik moliya-xo‘jalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi hisoblanadi.
18. Quyidagilar Agentlik moliya resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
xo‘jalik faoliyatidan tushgan foyda (daromad);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan tarifga ko‘ra yuridik shaxslarga, chet el fuqarolariga O‘zbekiston hududida vaqtincha mehnat faoliyati huquqini beruvchi tasdiqnomalar berish (uzaytirish) uchun olingan mablag‘lar;
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
xususiy kontraktlar bo‘yicha xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqini undirishdan olinadigan daromad;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan tariflar asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirish, ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish, ularga chet tillarini, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha Agentlik tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan olingan mablag‘lar;
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Agentlik ixtiyorida qoladigan sof foydadan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaroriga muvofiq, shu jumladan Mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasiga yo‘naltirish orqali foydalaniladi.
19. Agentlik pul mablag‘larini saqlash va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan barcha turdagi hisob-kitob va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat banklarida hisob raqam, valyuta va boshqa hisob raqamlarni ochish huquqiga ega.
20. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
21. Xo‘jalik faoliyatidan tushgan valyuta tushumi qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi, Agentlikning valyuta hisob raqamiga o‘tkaziladi va undan Agentlik rahbariyatining topshirig‘iga ko‘ra foydalaniladi.
22. Agentlik o‘z faoliyatining operativ va buxgalteriya hisobini, shuningdek, statistika hisobotini yuritadi.
5-bob. Agentlikka rahbarlik qilish
23. Agentlikka Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. Agentlik boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimidan ozod etiladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
Agentlik boshlig‘i:
umumiy rahbarlik qiladi, Agentlikning joriy faoliyatini tashkil etadi va o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi;
davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Agentlik nomidan ish yuritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning shtatlar jadvalini, uni saqlash uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
yuridik shaxslarga va chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida ishga joylashtirish bo‘yicha vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni qonun hujjatlariga muvofiq beradi (uzaytiradi);
(23-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 30-bobi.
yuridik shaxslarga va (yoki) chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berishni (uzaytirishni) ta’minlaydi;
(23-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning hududiy filiallari, xorijga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin moslashtirish va o‘qitish markazlari rahbarlarini, bo‘linmalar rahbarlarini va xodimlarni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
Agentlikka yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Agentlik boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan uch nafar o‘rinbosarga, jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega. Agentlik boshlig‘ining o‘rinbosarlari bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimidan ozod etiladi.
(23-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
6-bob. Yakunlovchi qoida
24. Agentlik qonunda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 18-martdagi 206-son qarorida nazarda tutilgan holatlar va qoidalarga tatbiq etilmaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamiga, ramziga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan shtamplari, blanklari va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhriga va boshqa rekvizitlarga ega.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Jamg‘arma joylashgan joy: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 47-uy.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30 iyuldagi PQ-5205-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 07/21/5205/0736-son)
3. Jamg‘arma xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni huquqiy, ijtimoiy himoya qiladi va ularga moddiy yordam ko‘rsatadi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan beg‘araz moliyaviy yordam;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan tuzilgan litsenziya bitimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuboruvchi tashkilotlarning bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi mablag‘larini zaxiralash, bunda zaxiralangan summa sarflab yuborilgan taqdirda mablag‘larni to‘ldirish, shuningdek, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish huquqi uchun litsenziyaning amal qilishi tugatilgan va bekor qilingan taqdirda, mablag‘larni qaytarish sharti belgilab qo‘yiladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
Jamg‘armaning tijorat banklari depozitlaridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslar, xayriya jamg‘armalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ixtiyoriy xayriya mablag‘lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma hisob raqamlariga tushadi, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning tartib-taomillarida yoki xorijiy grantlarni taqdim etish shartlarida boshqa tartib belgilangan hollar bundan mustasno.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi
6. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor bo‘lgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz, mablag‘larsiz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish hamda ularga moddiy yordam ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda jarohat olishi, baxtsiz hodisaga uchrashi, og‘ir kasallikka chalinishi tufayli tibbiy yordam talab etilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat migranti mablag‘lari yoki tibbiy sug‘urta hisobidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar qiymatini to‘lash imkoni bo‘lmaganda tibbiy xizmat ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida mayib bo‘lgan yoki og‘ir jarohat olgan fuqarolarni olib kelish;
avval uyushgan holda tanlash doirasida xorijga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzishi natijasida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, keyinchalik to‘langan mablag‘larni mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha kelishilgan sharoitlar bilan ta’minlanmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ketish oldidan moslashtirish, kasbga tayyorlash, ularga chet tillarni o‘qitish va chet tillarni bilishini imtihon qilish, ularning kasbiy malakasini tasdiqlash markazlarini respublika hududlarida tashkil etish va jihozlash;
“Labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini to‘lab berish, xorijga ketish uchun yo‘l transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya to‘lash;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5205-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 07/21/5205/0736-son)
fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalariga doir axborot-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
xorijda Agentlik vakolatxonalari tashkil etish, jihozlash va saqlab turish;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ish bilan ta’minlanishining ular ishga joylashgan joylarga borish orqali monitoringini yuritish;
Agentlik xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
7. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan xarajatlar uchun Jamg‘arma mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining Mablag‘lar sarfini tashkil etish sxemasiga muvofiq ushbu Nizomga ilovaga binoan tasdiqlangan yo‘nalishlarga asosan foydalaniladi.
Ushbu Nizom 6-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshlarida ko‘rsatilgan xarajatlarni tez va shoshilinch moliyalashtirish zarurati yuzaga kelsa, Agentlik vakolatxonasi va Agentlik xarajatlarni belgilangan limit doirasida mustaqil moliyalashtirish vakolatiga ega. Shoshilinch xarajatlarni moliyalashtirish uchun Agentlik vakolatxonasiga Agentlikning har bir vakolatxonasi uchun belgilanadigan umumiy limit doirasida korporativ bank kartasi ochiladi.
Agentlik vakolatxonasi Jamg‘arma mablag‘laridan ushbu Nizomning 6-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda foydalanishda Agentlik hamda Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi bilan kelishgan holda, boradigan mamlakatning qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, Agentlik vakolatxonalarini, shu jumladan marosim xizmatlarini ko‘rsatuvchi agentliklar, transport va logistika kompaniyalari, tibbiyot muassasalari, sug‘urta kompaniyalari, yuridik xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar, huquqni himoya qilish tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarni Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma asosida jalb qilish huquqiga ega.
Agentlik tasdiqlangan hujjatlar asosida ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplash maqsadida Jamg‘arma mablag‘larini olish uchun talabnoma rasmiylashtiradi va uni Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasiga yuboradi.
Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi Agentlikning taqdim etilgan talabnomalari bo‘yicha xarajatlarni maqsadli transhlar bilan moliyalashtiradi.
8. Jamg‘arma mablag‘laridan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini yuborgan tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda Yuboruvchi tashkilot deb ataladi) aybi bilan yuzaga kelgan va ushbu Nizomning 6-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan xarajatlar uchun foydalanilsa, Jamg‘armaning foydalanilgan mablag‘lari Yuboruvchi tashkilotlarning Jamg‘armada zaxiralangan mablag‘lari hisobidan qoplanishi lozim.
Jamg‘arma xarajatlarini Yuboruvchi tashkilotlarning zaxiralangan mablag‘lari hisobidan qoplash to‘g‘risidagi qaror Ijro etuvchi direksiya taqdimnomasiga binoan Jamg‘arma Kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Yuboruvchi tashkilot zaxiralangan summadan foydalanilgan mablag‘larni bir hafta muddatda qoplashi shart.
9. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasini saqlash, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lash, asosiy vositalar, inventar xarid qilishga sarflanadigan xarajatlar, xonalarni, aloqa vositalari va axborot-kommunikatsiya uskunalarini saqlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xo‘jalik xarajatlari va boshqa xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
10. Kelgusi yil uchun xarajatlarning oyma-oy bo‘lib chiqilgan prognoz smetasi Jamg‘arma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
11. Joriy yilda Jamg‘armaning foydalanilmagan mablag‘lari qoldiqlari keyingi moliya yiliga o‘tadi va keyingi yilga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
4-bob. Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish va mablag‘larini boshqarish
12. Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma Kengashi deb ataladi) Jamg‘arma oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
Jamg‘arma Kengashi:
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini, Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari balansining prognoz parametrlarini har yili ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Jamg‘arma faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmlarining foiz nisbatini belgilaydi;
Jamg‘arma mablag‘larining daromadlar va xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi, zarur hollarda tasdiqlangan smetalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi, daromadlarni shakllantirish va mablag‘larning maqsadli taqsimlanishini ta’minlash yuzasidan Jamg‘arma faoliyatini nazorat qiladi;
Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni muntazam ravishda eshitadi va tasdiqlaydi;
Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish va monitoringi samaradorligini oshirish, Jamg‘arma mablag‘larini moliyalashtirishni tashkil etish va maqbullashtirish mexanizmlarini yaxshilash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
Jamg‘arma faoliyati bilan bog‘liq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Jamg‘arma Kengashining qarorlari ochiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
13. Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan boshqariladi.
14. Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiya:
Jamg‘arma Kengashiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbariyatiga tasdiqlash uchun Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari bo‘yicha oyma-oy hisobot kiritadi;
yuboruvchi tashkilotlarning sug‘urta depoziti shaklidagi pul mablag‘larini qabul qiladi hamda ular bo‘yicha hisob va hisobot yuritadi;
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan vazifalar moliyalashtirilishini ta’minlaydi;
aholini va yuboruvchi tashkilotlarni tashqi mehnat migratsiyasi masalalari yuzasidan axborot bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarida fuqarolar ishtirokini hisobga olish bo‘yicha axborot-kompyuter tizimlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Ijro etuvchi direksiya Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga, shuningdek, Jamg‘arma Kengashi qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
15. Ijro etuvchi direksiya o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun:
Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish;
yuboruvchi tashkilot aybi bilan mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlari buzilgan hollarda yuzaga kelgan oqibatlarni bartaraf etish uchun yuboruvchi tashkilotning Jamg‘armada zaxiralangan sug‘urta depoziti mablag‘laridan akseptsiz foydalanish va bu haqida akseptsiz foydalanishdan keyin bir ish kunidan kechikmasdan yuboruvchi tashkilotni xabardor qiladi;
zarurat bo‘lsa, shakllantirilgan ustav kapitali va zaxira mablag‘larini Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlarni (ma’lumotnomalarni) yuboruvchi tashkilotlardan so‘rash va olish;
Jamg‘arma faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish, o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uslubiy xulosalarni ishlab chiqish huquqiga ega.
16. Ijro etuvchi direksiyaga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi.
17. Ijro etuvchi direktor:
Jamg‘arma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ijro etuvchi direksiya xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan mehnat shartnomalarini bekor qiladi, ularning lavozim majburiyatlari va vakolatlarini taqsimlaydi;
vakolatlari doirasida yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Jamg‘arma pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarining buxgalteriya hisobi yuritilishini, moliyaviy va statistika hisoboti belgilangan tartibda tuzilishini va taqdim etilishini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni va vakolatlarni amalga oshiradi.
18. Ijro etuvchi direksiya Jamg‘arma Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hisobot beradi.
5-bob. Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish, ular bo‘yicha hisobot tuzish va ulardan foydalanishni nazorat qilish
19. Mablag‘larni shakllantirish va ularning Jamg‘armaga tushishini prognoz qilish bo‘yicha hisobni yuritish va hisobot tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
20. Ijro etuvchi direksiya Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni (elektron va qog‘oz shaklida), O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakllar bo‘yicha xarajatlar smetasi parametrlarini bajarish ko‘rsatkichlarini Jamg‘arma Kengashiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechikmay har oyda taqdim etadi.
21. Jamg‘armaga mablag‘lar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi Ijro etuvchi direksiya tomonidan nazorat qilinadi.
22. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish Jamg‘arma Kengashiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklanadi.
23. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Ijro etuvchi direksiyaga yuklanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Jamg‘arma faoliyati doirasida, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
25. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.
26. Jamg‘arma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘larining tasdiqlangan yo‘nalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo‘lgan va kamsitilgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablag‘siz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ularga moddiy yordam berish.
1. Huquqiy va ijtimoiy himoya, moddiy yordam so‘rab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik) boshlig‘i nomiga ariza.
2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar yo‘qolgan hollar bundan mustasno).
3. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi).
4. Murojaat qilgan shaxs xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo‘lgani va kamsitilgani, mehnat va boshqa huquqlari buzilgani, murakkab moliyaviy ahvolda qolgani va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablag‘siz qolgani to‘g‘risida ishga joylashtirilgan mamlakat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlari, vakolatli xalqaro tashkilotlar tasdiqnomasi (agar mavjud bo‘lsa).
1. Murojaat qilganlarni himoya qilish maqsadida advokatning, yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlariga haq to‘lash.
3 ming AQSH dollarigacha
2. Xostellar va sutkalik mehmonxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash (mablag‘siz va yashash joyisiz qolgan fuqarolar uchun).
0,3 ming AQSH dollarigacha
3. Murojaat qilgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha ishga joylashtiriladigan mamlakatning vakolatli organlariga murojaatlar yuborish.
–
4. O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun avia (ekonomklass) va temir yo‘l (platskart vagonlar) chiptalari haqini to‘lash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
5. Xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish.
–
6. Bir martalik moddiy yordam to‘lash.
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida
2.
Mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrida jarohat olgan, baxtsiz hodisaga duch kelgan, o‘tkir yoki og‘ir kasalga chalingan fuqarolarga, agar ular mehnat migranti mablag‘lari yoki tibbiy sug‘urta hisobiga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar haqini to‘lay olmasa, tibbiy xizmat ko‘rsatish.
1. Mablag‘lar yoki tibbiy sug‘urta polisi yo‘qligi sabablarini ko‘rsatgan holda Agentlik boshlig‘i nomiga ariza (shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatilgan hollar mustasno).
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tish muddati 7 va undan ortiq kunni tashkil etsa, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi).
4. Ishga joylashtirilgan mamlakatning sog‘liqni saqlash organlari tomonidan berilgan tibbiy yordam olish zaruratini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (hujjat).
1. Ishga joylashtirilgan mamlakatning sog‘liqni saqlash muassasalariga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar haqini to‘liq yoki qisman to‘lash, shu jumladan mehnat migratsiyasiga yuborilayotgan/undan qaytayotgan shaxslar yo‘l-transport hodisalariga uchragan bo‘lsa, ularga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish.
1,5 ming AQSH dollarigacha
2. Sug‘urta polisi hisobiga xarajatlar to‘lanmaganligi sababi to‘g‘risida xorijiy ish beruvchiga va sug‘urta kompaniyasiga so‘rov yuborish.
–
3. O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun, shu jumladan og‘ir kasalga chalingan odamlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari tashilishini hisobga olgan holda transport kompaniyalari (zaruratga qarab, tez tibbiy yordamning ko‘chma brigadalari) haqini to‘lash.
Transport kompaniyalari, tibbiy muassasalar narxlariga muvofiq
4. Tibbiyot xodimi kuzatuvi ostida fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarishda tibbiyot xodimining xizmat safari haqini to‘lash.
Transport, yashash va sutkalik xarajatlarni belgilangan normalarga muvofiq
3.
Mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jasadlarini, shuningdek, mehnat faoliyati vaqtida mayib bo‘lgan yoki og‘ir jarohatlar olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini olib kelish.
1. Agentlik boshlig‘i nomiga ariza (fuqarolar vafot etgan bo‘lsa — yaqin qarindoshlar yoki boshqa shaxslar murojaati, bunda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi).
2. Vafot etgan fuqaro pasportining nusxasi.
3. Agar mehnat migranti ishga joylashtirilgan mamlakat hududida vafot etgan bo‘lsa, ushbu mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan o‘limni tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
4. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi).
5. Og‘ir jarohatlar olganligi va mayib bo‘lganligi to‘g‘risida tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi (ko‘chirmalar, xulosalar, kasallik tarixi).
1. Vafot etgan shaxs jasadini olib ketish uchun uni urf-odatlarga ko‘ra tayyorlash xizmatlari va boshqa xizmatlar haqini to‘lash.
1 ming AQSH dollarigacha
2. Vafot etgan shaxsning jasadini O‘zbekiston Respublikasiga tashish bo‘yicha transport kompaniyalari xizmatlari haqini to‘lash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
3. O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun, shu jumladan og‘ir kasalga chalingan odamlar tashilishini hisobga olgan holda transport kompaniyalari haqini to‘lash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
4.
Avval xorijga uyushgan holda olish doirasida ishlashga yuborilgan va ishga joylashtirilgan mamlakat qonun hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, to‘langan mablag‘larni keyinchalik mazkur fuqarolar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha kelishilgan shartlar bajarilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish.
1. Agentlik boshlig‘i nomiga ariza.
2. Ariza beruvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.
3. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma, mehnat shartnomasi yoki mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi).
4. Ishga joylashtirilgan mamlakat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining deportatsiyani (chiqarib yuborishni) tasdiqlashi (qaror, xulosa, ma’lumotnoma va boshqalar).
5. Xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha kelishilgan shartlar buzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (Agentlik, O‘zbekiston rekruting tashkilotlari, ishga joylashtirilgan mamlakatning mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organlari xulosalari).
1. O‘zbekiston Respublikasiga qaytgunga qadar mehmonxonalar va sutkalik mehmonxonalar xizmatlari haqini to‘lash (mablag‘siz va yashash joyisiz qolgan fuqarolar uchun).
1 ming AQSH dollarigacha
2. Fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha ishga joylashtirilgan mamlakatning vakolatli organlariga murojaatlar yuborish (xorijiy ish beruvchi ishga joylashtirish shartlarini buzganda).
–
3. O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun avia (ekonomklass) va temir yo‘l (platskart vagonlar) chiptalari haqini to‘lash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
4. Xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish (deportatsiya va chiqarib yuborish holatlari bundan mustasno).
–
5. Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelgach, ularni qaytarishga sarflangan mablag‘larni qoplash to‘g‘risida shartnoma tuzish.
–
5.
Ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, o‘qitish va chet tillarni bilishini sinash markazlarini tashkil etish, jihozlash va ta’minlash, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash.
1. Agentlikning markaz tashkil etish zarurati to‘g‘risidagi iltimosi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, o‘qitish va chet tillarni bilishini sinash markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash.
3. Qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash (zarur bo‘lsa) va jihozlash bo‘yicha xarajatlar smetasi, shuningdek, asbob-uskunalar yetkazib berish uchun kontraktlar (loyihalashtiruvchilar, pudratchilar va yetkazib beruvchi belgilangan tartibda saralangandan keyin).
1. Qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha loyihalashtiruvchilar va pudratchilarni, shuningdek, asbob-uskunalar yetkazib beruvchilarni tanlash.
2. Moliyalashtirish:
tasdiqlangan rejalarga muvofiq zarur bo‘lsa, parallel loyihalashtirish va qurish shartlari asosida qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash ishlari;
tasdiqlangan shartnomalarga muvofiq asbob-uskunalar yetkazib berish.
Tasdiqlangan smetalar va tuzilgan kontraktlarga muvofiq
6.
“Labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini to‘lab berish, xorijga ketish uchun yo‘l transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya to‘lash.
1. Xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini to‘lab berish.
Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida
2. Xorijga ketish uchun yo‘l transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya to‘lash***.
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida
7.
Rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga mazkur mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish.
Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorigacha
8.
Xorijda fuqarolarni uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish
1. Agentlikning axborot-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomasi.
2. Axborot-ma’rifiy mahsulotlar tayyorlash va joylashtirish uchun shartnomalar (roliklar, maqolalar, e’lonlar, flayerlar, risolalar, bukletlar, bannerlar va boshqalar).
1. Reklama-ma’rifiy mahsulotlar tayyorlovchilarni tanlash.
2. Tuzilgan shartnomalarga muvofiq axborot-ma’rifiy mahsulotlar tayyorlash va joylashtirishni moliyalashtirish.
10 ming AQSH dollarigacha
9.
Xorijda Agentlik vakolatxonalarini tashkil etish, jihozlash va saqlab turish
1. Agentlikning xorijdagi vakolatxonalarni tashkil etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyrug‘i.
3. Vakolatxona tashkil etishga sarflanadigan xarajatlar smetasi.
4. Vakolatxonaning shtat jadvali.
1. Agentlikning vakolatxona tashkil etish, jihozlash va saqlab turish to‘g‘risidagi iltimosnomasi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining vakolatxona tashkil etish to‘g‘risida TIV bilan kelishilgan qarorlari.
3. Moliyalashtirish:
vakolatxona binolari va xonalarini kapital hamda joriy ta’mirlash (zarur bo‘lsa);
vakolatxona xodimlari uchun avtotransport vositalarini xarid qilish;
mebel va idora texnikasi bilan jihozlash, tuzilgan ijara shartnomalariga muvofiq vakolatxona binolari va xonalari hamda xodimlarning uy-joyi uchun ijara haqi to‘lash.
Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq
10.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishga joylashtirilayotgan joylarni borib ko‘rish orqali monitoring o‘tkazish.
1. Agentlikning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishga joylashtirilayotgan joylarni borib ko‘rish orqali monitoring o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomasi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlikning monitoring o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i.
3. Safarga yuborish uchun reja-vazifa va xarajatlar smetasi.
Xarajatlarni 5 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘lashni moliyalashtirish.
Transport, yashash va sutkalik xarajatlarni belgilangan normalarga muvofiq
11.
Agentlik xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish.
1. Agentlikning xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va (yoki) Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik boshlig‘ining Agentlik xodimlarini uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i.
3. Xizmat safarga yuborish uchun reja-vazifa, xarajatlar smetasi.
1. O‘zbekistondan uzoq muddatli xizmat safariga yuboriladigan Agentlik xodimlarining ish haqi, sug‘urta, xizmat safari, ijara (ofis va turar joy uchun), asosiy vositalar va jihozlar uchun xarajatlarini moliyalashtirish.
2. Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslarga ish haqi to‘lash uchun xarajatlarni moliyalashtirish.
Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq
* O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarorlari bilan ushbu sxemaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
**Limitlar oshirilishi mumkin:
1,5 baravar — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan kelishilgan holda;
2 baravar — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda.
*** Xorijga ketish uchun yo‘l transport chiptasini mahalliy tashuvchilardan xarid qilish tavsiya qilinadi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi Kuzatuv kengashining
TARKIBI
1.
Sh.D. Kudbiyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Kengash raisi
2.
E.M. Muxitdinov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari, Kengash raisi o‘rinbosari
3.
B.Z. Asadov
—
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari
4.
R.R. Ibragimov
—
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i, Kengash raisi o‘rinbosari
5.
A.R. Karimov
—
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari
6.
Sh.Z. Davronov
—
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi direktorining o‘rinbosari
7.
A.R. Islamov
—
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari
8.
Sh.G. Rasulov
—
“Mikrokreditbank” ATB raisining o‘rinbosari
9.
C.C. Xolxujayev
—
“O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasi raisining o‘rinbosari
10.
lavozimi bo‘yicha
—
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining ijro etuvchi direktori, Kengash mas’ul kotibi
Izoh: Kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 6 nafar
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 11-son, 117-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga 6-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 8-son, 71-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 17-noyabrdagi 307-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-yil, 47-son, 489-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 48-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 11-son, 79-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 15-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 3-son, 24-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga 1-ilovaning 15-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 37-son, 990-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 09/18/725/1874-son; 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 04.06.2020-y., 10/20/3238/0712-son; 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son; 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 07/21/5205/0736-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)