1-ILOVA
|
T/r |
Agentlik vakili lavozimi tashkil etiladigan hududlar |
Vakillar soni |
Vakilga biriktiriladigan qoʻshimcha hududlar |
|
Rossiya Federatsiyasi | |||
|
1. |
Tula oblasti |
2 |
Lipetsk oblasti |
|
2. |
Voronej oblasti |
2 |
Belgorod oblasti |
|
3. |
Krasnodar oʻlkasi |
2 |
Stavropol oʻlkasi |
|
4. |
Volgograd oblasti |
2 |
Astraxan oblasti |
|
5. |
Nijegorod oblasti |
2 |
Kostroma oblasti |
|
6. |
Xanti-Mansiysk avtonom okrugi-Yugra |
2 |
Yamal-Nenetsk avtonom okrugi |
|
7. |
Irkutsk oblasti |
2 |
Buryatiya Respublikasi |
|
8. |
Amur oblasti |
2 |
Xabarovsk oʻlkasi |
|
9. |
Krasnoyarsk oʻlkasi |
2 |
Kemerovo oblasti |
|
10. |
Perm oʻlkasi |
2 |
Udmurtiya Respublikasi |
|
Jami: |
20 |
||
|
Qozogʻiston Respublikasi | |||
|
1. |
Turkiston oblasti (Chimkent shahri) |
2 |
Jambul va Qizil-Oʻrda oblastlari |
|
Jami: |
2 |
||
|
Turkiya Respublikasi | |||
|
1. |
Istanbul shahri |
2 |
Bursa, Izmir va Antalya shaharlari |
|
|
Jami: |
2 |
|
|
Umumiy soni |
24 |
| |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Masʼul ijrochilar | |
Vazirlik va idoralardan | Vazirlar Mahkamasidan | ||||
I. Xorijiy davlatlarning hududlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari faoliyatini tashkil etish, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada amalga oshirishi uchun ularga qulay shart-sharoitlar yaratish | |||||
1. | Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasining hududlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakili (keyingi oʻrinlarda — vakil) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) shtatlar jadvaliga vakillar faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritish. | 2022-yil 1-aprel | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 2022-yil 1-aprel | ||||
2. | Vakillarni tanlash, kelishish va ishga qabul qilish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasidan ishga yuborilayotgan vakil lavozimiga nomzodlarni oʻrnatilgan tartibda mutasaddi tashkilotlar bilan kelishish. | 2022-yil 1-aprel | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Vakil lavozimiga nomzodlarni tayinlash va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish. | 2022-yil 1-may | ||||
3. Xorijga uzoq muddatli xizmat safariga yuboriladigan xodimlarni Tashqi ishlar vazirligida suhbatdan oʻtkazish. | Doimiy | ||||
3. | Qabul qiluvchi davlatda vakillarni oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 1. Vakillarni Rossiya Federatsiyasida — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari sifatida, Turkiya Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasining ushbu davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlari sifatida rasmiylashtirish. | 2022-yil 1-iyun | Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Vakillarning qabul qiluvchi davlatda akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash. | Xorijiy tomon bilan kelishuvga koʻra | ||||
4. | Xorijdan jalb etiladigan vakil lavozimiga tegishli hududlarda yashovchi obroʻ-eʼtiborli, keng dunyoqarashga ega vatandoshlar yoki zarur malaka va tajribaga ega boshqa shaxslar orasidan tanlab olish. | 1. Nomzodlarni tanlash va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga taklif kiritish. | 2022-yil 1-aprel | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Nomzodlarni mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2022-yil 15-aprel | ||||
3. Nomzodlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish. | 2022-yil 1-may | ||||
5. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan Agentlikning xorijdagi vakolatxonasi va vakillari faoliyatini moliyalashtirish. | 1. Agentlikning xorijdagi vakolatxonasi va vakillari faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha 2022-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2022-yil 1-aprel | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Xarajatlar smetasiga muvofiq Jamgʻarmadan vakillar faoliyati tashkil etish uchun zarur mablagʻlarni ajratish. | Zaruratga qarab | ||||
3. Vakillar faoliyatini Agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasida amaldagi tartib boʻyicha, Turkiya Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasida esa Tashqi ishlar vazirligi orqali moliyalashtirish choralarini koʻrish. | 2022-yil 1-may | ||||
6. | 2023-yildan boshlab Vakillar faoliyatini moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlash. | 1. 2023-yil uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Jamgʻarmaga zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutish. | 2022-yil 1-dekabr | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) | Bosh vazir oʻrinbosari (J. Qoʻchqorov) |
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslantirilgan hisob-kitoblarga koʻra vakillar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga zarur mablagʻlar ajratish. | 2023-yil davomida | ||||
7. | Vakillar faoliyatini tashkil etish va ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. | 1. Vakillar faoliyat olib boradigan hududlarda ofis va turarjoy binolarini topish hamda oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻrish. | 2022-yil 15-aprel | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Vakillar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish. | 2022-yil 1-may | ||||
8. | Vakillar faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining koʻp sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy korxonalar yoki tahsil olayotgan taʼlim tashkilotlari negizida tashkil etish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining koʻp sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy korxonalar yoki tahsil olayotgan taʼlim tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish. | 2022-yil 1-iyul | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Mazkur korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan oʻzbekistonlik mehnat migrantlari uchun uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish boʻyicha kelishish. | Kelishuvga muvofiq | ||||
3. Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari soni 5 ming nafardan oshadigan korxona va tashkilotlarda ularning rahbariyati bilan kelishgan holda vakillar uchun alohida xizmat xonalarini ajratish choralarini koʻrish. | Kelishuvga muvofiq | ||||
4. Ish beruvchi korxona va taʼlim tashkilotlarda mehnat migrantlari bilan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. | Kelishuvga muvofiq | ||||
9. | Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan xorijiy davlatlarda vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan biriktirilgan hududlarda vakillarning samarali faoliyat yuritishi uchun ularga amaliy yordam koʻrsatish. | Doimiy | Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan vakillar faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish. | Doimiy | ||||
10. | Xorijiy davlat hududlaridagi mahalliy hokimiyat organlari, oʻzbek milliy-madaniy tashkilotlari va vatandoshlar bilan aloqalar oʻrnatish. | 1. Vakillar tomonidan mahalliy hokimiyat organlari, xorijdagi oʻzbek milliy-madaniy tashkilotlari va vatandoshlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatish hamda ularni hamkorlikka jalb etish. | Doimiy | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Mazkur tashkilot va shaxslar bilan kelgusida oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Doimiy | ||||
11. | Vakillar tomonidan faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari bajarilishini monitoring qilish maqsadida ularga “Labor-migration” dasturiy majmuasida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish imkonini yaratish. | 1. Vakillarga “Labor-migration” dasturiy majmuasidan foydalanish uchun alohida veb-sahifa tashkil etish. | 2022-yil 1-may | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Vakillar tomonidan amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmuaga kiritib borilishini taʼminlash. | Doimiy | ||||
II. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda mehnat migrantlarining oila aʼzolarini moddiy-maʼnaviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etish | |||||
12. | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan mehnat migrantlarining oila aʼzolarini moddiy-maʼnaviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy Kengashlari oʻrtasida mehnat migrantlarining oila aʼzolarini moddiy-maʼnaviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 2022-yil 1-aprel | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Mehnat migrantlaring oila aʼzolariga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan koʻrsatilayotgan yordamlar boʻyicha keng koʻlamli targʻibot ishlarini oʻtkazish. | Doimiy | ||||
13. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish. | 1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga “Labor-migration” dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan oilalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib borish. 2. Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga u tomonidan mehnat migrantlari oila aʼzolariga yordam koʻrsatilishida har tomonlama koʻmaklashish. | 2022-yil 1-maydan boshlab har oyda | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
14. | Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish. | 1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga “Labor-migration” dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib borish. 2. Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, esh?tish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish va yetkazib berishda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har tomonlama koʻmaklashish. | 2022-yil 1-maydan boshlab har oyda | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
15. | Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanmalar berish. | 1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga “Labor-migration” dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib borish. 2. Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolarini kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga yuborishda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har tomonlama koʻmaklashish. | 2022-yil 1-maydan boshlab har oyda | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
16. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar berish. | 1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga “Labor-migration” dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib borish. 2. Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalarini mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga yuborishda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har tomonlama koʻmaklashish. | 2022-yil 1-maydan boshlab har oyda | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
17. | “Labor-migration” dasturiy majmuasini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) uchun ishlab chiqilgan axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. | 1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda “Labor-migration” dasturiy majmuasini hokim yordamchilari uchun ishlab chiqilgan axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. | 2022-yil 1-may | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (M. Ubaydullayev) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov), Bosh vazir oʻrinbosari (J. Qoʻchqorov) |
2. “Labor-migration” dasturiy majmuasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mehnat migrantining oila aʼzolariga koʻrsatiladigan yordamlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi maxsus sahifa yaratish. | 2022-yil 1-iyun | ||||
III. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish koʻlamini kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish, ushbu davlatda?? salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish | |||||
18. | Xorijiy ish beruvchilar ishtirokida “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi afzalliklari” mavzusida forumlar oʻtkazish. | 1. Xalqaro forumni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tuzish. | 2022-yil 1-iyun | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Ishchi guruh tomonidan forum dasturini ishlab chiqish va boshqa tashkiliy-texnik vazifalarni amalga oshirish. | 2022-yil 1-sentabr | ||||
3. Forumni xorijiy ish beruvchilar, ularning uyushmalari, xorijiy vakolatli davlat organlari, mehnat migratsiyasi sohasidagi ekspertlarni jalb qilgan holda oʻtkazish. | 2023-yil 1-yanvar | ||||
4. Forum doirasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish boʻyicha shartnomalar tuzish. | Xorij tomoni bilan kelishuvga koʻra | ||||
19. | Xorijiy ish beruvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi xorijiy ish beruvchi” nominatsiyasida tanlov oʻtkazish. | 1. Tanlov oʻtkazish boʻyicha mutasaddi vazirlik va idoralar masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzish va tasdiqlash. | 2022-yil 1-iyun | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Tanlov shartlari, baholash mezonlari, taqdirlash boʻyicha Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2022-yil 1-sentabr | ||||
3. Tanlovni xorijiy ish beruvchi kompaniyalar ishtirokida oʻtkazish. | 2023-yil 1-yanvar | ||||
4. Tanlovda gʻolib boʻlgan xorijiy ish beruvchilarini taqdirlash. | 2023-yil 1-yanvar | ||||
20. | Har birhududda muntazam ravishda xorijiy ish beruvchilar va rekruting kompaniyalari ishtirokida mehnat yarmarkalarini tashkil etish. | 1. Mehnat yarmarkalarini tashkil etish boʻyicha joylarda ishchi guruhlar tuzish. | 2022-yil 1-may | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Mehnat yarmarkalariga keng miqyosda ishsizlarni, kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish markazlari tinglovchilarini, hokim yordamchilari va mahalladagi yoshlar yetakchilarini jalb qilish. | 2022-yil 1-iyul | ||||
3. Mehnat yarmarkalarini xorijiy yirik ish beruvchi kompaniyalarni jalb qilgan holda oʻtkazish. | 2022-yil sentabr-oktabr | ||||
21. | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida faol targʻibot ishlarini olib borish uchun PR-markazni tashkil etish. | 1. PR-markazni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy asoslarini shakllantirish. | 2022-yil 1-aprel | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. PR-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shu jumladan uning ish rejasini va ustuvor vazifalarini belgilash. | 2022-yil 1-may | ||||
3. PR-markazga malakali kadrlarni jalb etish, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kuchaytirish. | Doimiy | ||||
22. | Mehnat migrantlari uchun “LabourMigrant.uz” mobil ilovasining yangi versiyasini ishlab chiqish. | 1. Mehnat migrantlari uchun “LabourMigrant.uz” mobil ilovasining yangi, foydalanish uchun qulay versiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2022-yil 1-may | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) | Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. “LabourMigrant.uz” mobil ilovasida qaytib kelgan mehnat migrantlarini reintegratsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlarni yaratish. | 2022-yil 1-iyul | ||||
3. “LabourMigrant.uz” mobil ilovasiga vakillar joylashgan hududlar xaritasi va ular bilan bogʻlanish uchun kerakli maʼlumotlarni kiritish. | 2022-yil 1-iyul | ||||
23. | Xalqaro aeroport va temir yoʻl vokzallarida targʻibot ishlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish. | 1. Xalqaro aeroport va temir yoʻl vokzallarining kutish zallarida maxsus joy ajratish va targʻibot materiallarini joylashtirish uchun burchaklar tashkil etish. | 2022-yil 1-aprel | Transport vazirligi (I. Mahkamov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) | Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari (A. Ramatov), Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Mehnat migrantlari uchun berilayotgan imtiyozlar, xorijda ular duch kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar, jumladan, odam savdosi, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik boʻyicha targʻibot materiallarini joylashtirish. | Doimiy | ||||
24. | Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. | 1. Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida m?daniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish, jumladan, oʻzbek sanʼatkorlari ishtirokida konsertlar, oʻzbek madaniy merosiga oid koʻrgazmalar, mashhur sportchilar ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2. Chora-tadbirlar dasturining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash. | 2022-yil davomida | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizm va madaniy meros vazirligi (U. Azamov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) | Bosh vazir oʻrinbosari (A. Abduxakimov) |
25. | Oʻzbek mehnat migrantining ijobiy imijini yaratish boʻyicha qisqa metrajli hujjatli filmlar va videoroliklar suratga olish. | 1. Oʻzbek mehnat migrantining ijobiy imijini yaratish boʻyicha qisqa metrajli hujjatli filmlar va videoroliklar suratga olish. | 2022-yil 1-iyul | Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) | Bosh vaziri oʻrinbosari (A. Abduxakimov) |
2. Hujjatli filmlar va videoroliklarning davlat va nodavlat telekanallarda namoyish etilishini taʼminlash. | 2022-yil davomida | ||||
26. | Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun maxsus turkum telekoʻrsatuvlar va davra suhbatlarini uyushtirish, PR-markaz tomonidan taqdim etiladigan materiallarni muntazam ravishda efirga uzatib borish. | 1. Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun maxsus turkum telekoʻrsatuvlar va davra suhbatlarini uyushtirish. | Doimiy | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) | Bosh vazir oʻrinbosari (A. Abduxakimov), Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov) |
2. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining PR-markazi tomonidan taqdim etilgan videolavhalar, infografika va boshqa profilaktik targʻibot materiallarini efirga uzatib borish. | Doimiy | ||||
3-ILOVA
|
“ |
11. |
Agentlik xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish. |
1. Agentlikning xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va (yoki) Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi. 2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik boshligʻining Agentlik xodimlarini uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi. 3. Xizmat safarga yuborish uchun reja-vazifa, xarajatlar smetasi. |
1. Oʻzbekistondan uzoq muddatli xizmat safariga yuboriladigan Agentlik xodimlarining ish haqi, sugʻurta, xizmat safari, ijara (ofis va turar joy uchun), asosiy vositalar va jihozlar uchun xarajatlarini moliyalashtirish. 2. Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslarga ish haqi toʻlash uchun xarajatlarni moliyalashtirish. |
Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq |
”. |