1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, Respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 17 apreldagi 214-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-apreldagi PF-5392-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek, uning tarkibi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom, shuningdek, uning namunaviy tarkibi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 343-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/343/0687-son)
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri A.X. To‘xtayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-iyul,
603-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi tartibini, shuningdek, uning rahbariyatining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
6. Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va uning tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, g‘aznachilik shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlarga ega bo‘ladi.
7. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, qisqartirilgan nomi — Qurilish vazirligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Ministerstvo stroitelstva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Minstroy;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Ministry of Construction of Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministry of Construction.
8. Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili) Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 6-uy.
2-bob. Vazirlikning tuzilmasi
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari;
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi;
qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyalari;
“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi;
Qurilishda standartlashtirish respublika markazi;
Qurilishda texnik me’yorlash markazi;
Qurilish sohasida axborot-komunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
Toshkent arxitektura-qurilish instituti;
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti;
arxitektura-qurilish ixtisosligi bo‘yicha texnikumlar;
arxitektura-qurilish ixtisosligidagi kollejlar;
tanlov savdolarini tashkil etish bo‘yicha konsalting markazlari;
“O‘zbekiston bunyodkori” nashriyot uyi;
“O‘zbekiston arxitekturasi va qurilishi” jurnali.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-texnika siyosatini olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovatsion loyihalar va yechimlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;
respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish;
shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o‘rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;
arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilashga, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, seysmik xavfsizlikni ta’minlashni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 102-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son)
11. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-texnika siyosatini olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovatsion loyihalar va yechimlarni qurilish faoliyatiga joriy etish sohasida:
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-texnika siyosatini olib boradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlari davlat fondini shakllantiradi va to‘ldiradi;
energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovatsion loyihalarni, yechimlarni, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni qurilish faoliyatiga joriy etadi;
pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ular faoliyati monitoringini olib boradi;
ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish haqidagi ma’lumotlarni yuritish, shu jumladan ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarni elektron ro‘yxatga kiritish va shartnomalarni hisobga qo‘yish;
(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish uchun ilmiy-texnika va texnik kengashlar faoliyatini tashkil etadi;
kapital qurilishda islohotlarni yanada chuqurlashtirishga hamda pudrat ishlari bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarini baholashning mezonlari va mexanizmini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini joriy etadi;
qurilish sohasida yangi texnika, texnologiya va mexanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshiradi;
manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatadi;
qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi;
qurilish-montaj ishlari texnologiyalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi;
tanlov savdolarini o‘tkazish bo‘yicha konsalting markazlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
b) respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;
shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini va Toshkent shahrining, viloyat markazlarini va madaniy meros obyekti ahamiyatiga ega bo‘lgan shaharlarning markaziy qismlarini bosh rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi, tasdiqlanishi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli bo‘lgan shaharlarning bosh rejalari bundan mustasno;
shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, hududlarning rivojlanishini rejalashtirish va qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni va davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi;
aholi punktlari bosh rejalari, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatdan tashkil etish loyihalaridan barcha foydalanishini O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi saytida ularning ochiq grafik qismini e’lon qilish yo‘li bilan ta’minlaydi;
v) shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o‘rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish sohasida:
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o‘rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
shaharsozlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilashda qatnashadi;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha respublika maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo‘limlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
aholini shaharsozlik faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
o‘z vakolati doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
g) loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish sohasida:
loyihalashtirish va qurilish sohasida yangi konsepsiyalarni yaratadi;
loyihalash ishini va qurilish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
o‘z vakolatlari doirasida monitoring olib boradi, tekshirishlar o‘tkazadi, ularning natijalarini umumlashtiradi, shuningdek, yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi;
loyiha tashkilotlari va ular faoliyatining natijalari to‘g‘risidagi hisobot va axborot materiallarini, statistik va boshqa ma’lumotlarni o‘rganishni tashkil etadi;
yetakchi loyiha tashkilotlarining ish rejalari va biznes-rejalarini tahlil qiladi va ular faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshiradi;
zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha-qidiruv tashkilotlari mintaqaviy tarmoqlarini kengaytirish choralarini ko‘radi;
o‘z vakolatlari doirasida litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
o‘rganish natijasi yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar beradi;
shaharsozlik hujjatlari bajarilishi bo‘yicha mualliflik nazoratining roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish choralarini ko‘radi;
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi to‘g‘risidagi axborot bilan to‘ldirib boriladigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini tashkil etadi;
Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qiladi;
(11-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
d) shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish sohasida:
o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etadi;
qurilishda me’yorlash tizimidagi va innovatsion texnologiyalarni joriy qilishdagi muammolarni o‘rganib boradi;
qurilish sohasidagi xalqaro normalar, qoidalar va standartlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida milliy normativ hujjatlarni ular bilan uyg‘unlashtirib boradi;
binolar, inshootlar va ularning alohida elementlariga bo‘lgan xavfsizlik talablarini, shuningdek, bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
normativ, shu jumladan xorijiy hujjatlarlarning ilmiy-texnik kutubxonasi va elektron bazasini tashkil qiladi va yuritadi;
xorijiy va xalqaro tashkilotlar, konsultantlar va mutaxassislar bilan hamkorlik qilish hamda ularni milliy normativ hujjatlar bazasini takomillashtirishga jalb qiladi;
(11-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qaroriga asosan uchinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi, shuningdek, belgilangan tartibda ularni ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi bo‘ladi;
qurilish industriyasi korxonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantiradi;
kapital qurilish sohasidagi normativ baza bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini tizimli ravishda tashkil etadi;
qurilish, qurilish industriyasi, jumladan, loyihalashtirish va konstruktorlik sohasida standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;
shaharsozlik faoliyatida mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga qo‘yiladigan majburiy talablarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasida ishlar bajarilishini ta’minlaydi;
shaharsozlik tizimida, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish materiallarini olib kelish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda muvofiqlikni baholash sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi;
o‘z vakolatlari doirasida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek, mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi faoliyatini mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, mahalliy raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va assortimentini kengaytirish, shuningdek, sifatli qurilish materiallarining yangi turlariga bo‘lgan ichki talabni qondirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan muvofiqlashtiradi;
(11-bandning “d” kichik bandi o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 416-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son)
e) arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilashga, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish sohasida:
arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga tizimli asosda ko‘maklashishni ta’minlaydi;
ixtisoslashtirilgan muassasalari, texnikumlar va kollejlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, o‘quv jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;
(11-band “e” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
mutaxassis kadrlarni tayyorlashda shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish tendensiyalari va xorijiy tajribani inobatga olgan holda o‘quv-metodik hujjatlar, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatadi, shuningdek, malaka talablarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi;
yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirishda, o‘quv jarayoniga shaharsozlik faoliyati sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb etishda, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etishni hisobga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda bevosita ishtirok etadi;
belgilangan tartibda vakolatli organga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, texnikumlar va kollejlarga talabalar qabul qilish kvotalari bo‘yicha takliflar kiritadi. Bunda qurilish sohasida mutaxassislarga bo‘lgan talabni o‘rganadi, shuningdek, yangi zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha takliflar kiritadi;
(11-band “e” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
Vazirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisoblan rag‘batlantiriladigan ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari, texnikumlar va kollejlar o‘quvchilari jumlasidan bo‘lgan Vazirlik stipendiatlarini aniqlaydi;
(11-band “e” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
texnikumlar va kollejlar o‘quvchilari o‘rtasida quruvchilik kasblari bo‘yicha respublika miqyosida kasb mahorati ko‘rik-tanlovlarini, milliy arxitektura loyihalari mualliflari tanlovlarini tashkil qiladi va g‘oliblarni taqdirlaydi;
(11-band “e” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qurilish obyektlarida ko‘chma darslar tashkil etadi;
amaliyot darslari samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, texnikumlar va kollejlar bitiruvchi bosqich talabalarini ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga taqsimlashga ko‘maklashadi, ularga tajribali mutaxassislarga biriktiradi;
(11-band “e” kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, texnikumlar va kollejlarda yetakchi loyiha tashkilotlari, yirik qurilish tashkilotlarining tajribali mutaxassislari ma’ruzalarini tashkil etadi;
(11-band “e” kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning malakasini oshiradi va ularni, shu jumladan, xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida qayta tayyorlashni tashkil etadi;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi, ta’lim muassasalari uchun kasbiy amaliy imtihonlarni zamonaviy qurilish-pudrat tashkilotlari bazasida o‘tkazishga ko‘maklashadi;
qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning doimiy asosda malakasini oshiradi va ularni tayyorlashni tashkil etadi.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi;
j) O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, seysmik xavfsizlikni ta’minlashni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholaydi hamda nazorat qiladi;
elektron texnik pasportlar asosida binolar va inshootlarni seysmik jihatdan zaifligi bo‘yicha tasniflashda, shuningdek, binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvida hamda ularning zilzilabardoshligini oshirishda ishtirok etadi;
seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek, ko‘p qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga oladigan elektron texnik pasportlarni shakllantiradi;
seysmik xavfsizlik ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda muntazam ravishda takomillashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasidagi qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash, shuningdek, mavjud binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar ko‘radi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 102-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son)
12. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, uning tizimiga kiradigan tarkibiy va hududiy bo‘linmalar orqali hal etadi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarilishini ta’minlash;
arxitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyat sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish;
Vazirlik xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
markaziy apparat va hududiy bo‘linmalar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijasi bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligi, sifatliligi va ochiqligini ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ish samaradorligini ta’minlash, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Vazirlik xodimlari va rahbariyatining ularning faoliyatida faol ishtirok etishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonalaridan tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlar o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
loyiha-qidiruv tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
arxitektura va qurilishni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni, arxitektura va qurilish sohasi dasturiy-metodik va boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Vazirlik vakillarining xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, arxitektura va qurilish sohasida xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro xorijiy tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash;
Vazirlik hay’ati qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining (keyingi o‘rinlarda Vazir deb ataladi) buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning professionalizmi, bilimi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ish va odob-axloq sifatlari kafolatlanishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
mamlakatda arxitektura va qurilishni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
arxitektura va qurilish sohasida ilg‘or xorij tajribasini va ilmiy-texnik taraqqiyotga erishishni o‘rganishni tashkil etish, ushbu tajribani respublikada qurilishni yanada rivojlantirish uchun joriy etish;
xalqaro miqyosda an’anaviy (milliy) arxitektura va qurilishni keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga ko‘maklashish;
konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlash.
14. Vazirlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy ta’minlashni amalga oshiradi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, hay’atning qarorlari, Vazirlikning buyruqlari va normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlaydi;
Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini tashkil etadi;
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshiradi;
Vazirlikning faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasida huquqiy ta’minlashni amalga oshiradi;
Vazirlik vakolatiga kiradigan operativ, tashkiliy, kadrlarga oid, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa masalalar hal qilinishini ta’minlaydi;
Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyat sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha hamkorlik qilinishini ta’minlaydi;
(14-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlaydi;
ilg‘or xorij tajribasini inobatga olgan holda respublikada arxitektura va qurilishning rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilishini ta’minlaydi;
Vazirlikning samarali faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
respublikada arxitektura va qurilish rivojlanishining monitoringini olib boradi, respublikada arxitektura va qurilishni yanada rivojlantirishning har yilgi prognozlarini shakllantiradi;
mamlakatda qurilishni rivojlantirishni rag‘batlantirishning tizimli choralarini ko‘radi;
loyiha va qurilish tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ko‘maklashadi;
arxitektura va qurilish masalalari bo‘yicha xalqaro aloqalarni rivojlantiradi va ko‘maklashadi;
O‘zbekiston hududida va uning tashqarisida arxitektura va qurilish sohasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
3-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
15. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarish;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish;
o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik hujjatlari va shaharsozlik kadastrining amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
tegishli hududlarda shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish va muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish;
bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish;
loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada shakllantirishga ko‘maklashish;
shaharsozlik, ishchi va loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, davlat xaridlarini tashkil qilish va o‘tkazish;
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va mutaxassislarning malakasini doimiy asosda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish;
tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshqaradigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;
arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mintaqadagi qurilish tashkilotlarini yuqori malakali quruvchilar, loyihachilar va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlashni tashkil qilishda ishtirok etish.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aholi punktlarining bosh rejalariga asosan kompleks qurilish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzadi va yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishlarida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun materiallarni sudga beradi;
inson sog‘lig‘i va hayotiga ziyon yetkazilishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar beradi;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda davlat standartlari buzilganligi aniqlangan holatlarda qonun buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi;
hududlarni rivojlanishini rejalashtirish va qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish sxemalarini, tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi;
umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;
bosh rejalarda va batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilmagan obyektlar joylashtirilishini shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqaruvchilar (mualliflar) bilan kelishadi;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyati obyektlari, bino-inshootlar, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlari qurilishini yoki rekonstruksiyasini, shuningdek, hududlarni obodonlashtirishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va quruvchi — shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi;
(16-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
davlat shaharsozlik kadastri yuritilishida ishtirok etadi;
yer ajratish va imorat qurishga oid, shuningdek, yer osti muhandislik kommunikatsiyalari joylashishi navbatchi rejalarini yuritadi;
yer uchastkalarini ajratish, loyiha-rejalashtirish hujjatlarini saqlashga doir yagona texnik arxivni tashkil etadi;
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hududiy maqsadli dasturlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo‘limlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
aholini shaharsozlik faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
tegishli hududni rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Vazirlik bilan kelishgan holda qurilish qoidalarini ishlab chiqadi;
shaharsozlik faoliyati, investitsiya jarayonini boshqarish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini takomillashtirish, yangi texnika va qurilish-montaj ishlariga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda tegishli hududdagi korxona va tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatadi, xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishda ko‘maklashadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qurilish obyektlarini joylashtirish, barcha turdagi qurilish obyektlari uchun yer tanlash va ajratish to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida ajratilgan yer maydonlarini naturada belgilash va chegaralash ishlarini amalga oshiradi;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi yerlardan samarali foydalanish, shuningdek, tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;
madaniy meros obyektlarining muhofaza hududlarini aniqlash chora-tadbirlarini belgilaydi;
kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini muvofiqlashtiradi va uning monitoringini olib boradi, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimligi va Vazirlikka taqdim etadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga shahar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-texnik siyosatni olib borishda ishtirok etadi;
yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etadi;
tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini, shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun qurilish pasportini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi;
manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatadi;
qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi;
qurilishning texnik darajasi va industriyalashtirilishini oshirish, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, resurslarni tejash, materiallar va mehnat sarfini kamaytirish, kapital qurilishda ishlarning sifatini yaxshilash ishlarini tashkil etishda qatnashadi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va obyektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilarning reyting baholarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar faoliyati samaradorligini oshiradi;
kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, pudrat ishlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;
qurilish industriyasi korxonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantiradi;
shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
qurilish sohasida yangi texnika, texnologiya va mexanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshiradi;
tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha obyektlar qurilishining joriy narxlardagi shartnomaviy qiymati shakllantirilishini ta’minlaydi, shuningdek, tender (tanlov) savdolarini tashkil etishda va o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishi monitoringini olib boradi;
sohaga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etadi;
ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, texnikumlar hamda kollejlarga talabalar qabul qilish kvotalari bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlikka takliflar kiritadi. Bunda qurilish sohasiga oid mutaxassisliklarga bo‘lgan talabni o‘rganadi;
(16-bandning qirq oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida mintaqalarda amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida ko‘chma darslar tashkil etishda ko‘maklashadi;
oliy ta’lim muassasalari, texnikumlar va kollejlar talabalarining ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash bazasi sifatida ularni loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga joylashtirishga ko‘maklashadi;
(16-bandning qirq sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi mutaxassislarning malakasini muntazam oshiradi va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
arxitektura va qurilish rivojlanishi holati monitoringini olib boradi, mintaqada kelajakda ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;
mintaqadagi arxitektura va qurilish sohasidagi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hududiy bo‘linmalari ishini muvofiqlashtiradi;
mintaqada arxitektura va qurilishni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, arxitektura va qurilish sohasiga oid dasturiy-metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan arxitektura va qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi;
mintaqadagi loyihalashtirish va qurilish tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
mintaqadagi iqtidorli va kelajagi porloq arxitektorlar va loyihachilarni tanlash, tayyorlash va ularning malakasini oshirishning uzluksiz tizimini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil qiladi;
arxitektura va qurilish sohasida o‘zini ko‘rsatgan xodimlarni, shuningdek, arxitektura va qurilishni rivojlantirishga ko‘maklashgan boshqa shaxslarni idoraviy ko‘krak nishonlari bilan mukofotlash haqida taklif tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi;
mintaqada obyektlar va inshootlardan yuqori darajada va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida yangi obyektlar va inshootlar qurilishini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;
mintaqada arxitektura va qurilish sohasidagi kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, ularni stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazishni ta’minlaydi;
mintaqada arxitektura va qurilishga doir ilmiy, o‘quv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etishni, arxitektura va qurilish sohasidagi foto- va videomateriallar chiqarilishini tashkil qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-§. Tuman (shahar) qurilish bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari
17. Quyidagilar tuman (shahar) qurilish bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli tumanda (shaharda) Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qilishda ishtirok etish;
tuman hududini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini tashkil etish;
o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik hujjatlarini amaliyotga tatbiq etish monitoringini olib borish;
shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish, shuningdek, tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etishda ishtirok etish;
loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
tumanda (shaharda) arxitektura va qurilishni rivojlantirish holati monitoringini olib borish, tumanda (shaharda) ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha har yilgi prognozlarni shakllantirish.
18. Tuman (shahar) qurilish bo‘limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tuman (shahar)dagi arxitektura va qurilish sohasidagi tashkilotlar ishini muvofiqlashtiradi;
tumanda (shaharda) arxitektura va qurilishning rivojlanish holati monitoringini olib boradi, tumanda (shaharda) ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;
aholi punktlarining bosh rejalarga asosan kompleks qurilish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarishda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirilishida ishtirok etish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda shaharsozlik faoliyatidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzadi;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini ko‘rish uchun materiallarni mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga beradi;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar beradi;
aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
tegishli hududlarda shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish va muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflarni kiritadi;
shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarida davlat shaharsozlik kadastri ma’lumotlarini kiritadi;
yer ajratish va shaharsozlik obyektlarini qurishga oid, shuningdek, yer osti muhandislik kommunikatsiyalari joylashishi navbatchi rejalarini yuritadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hududiy dasturlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik bo‘limlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
tegishli hududni rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang‘ich ma’lumotlarni jamlashda ko‘maklashadi va bevosita ishtirok etadi;
aholini shaharsozlik faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida tuman (shahar) hududida yerlardan samarali foydalanish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;
yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlarini, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni tatbiq etishda ishtirok etadi;
tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;
loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarining reyting baholarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;
loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishda ko‘maklashadi;
qurilish industriyasi korxonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantirishda qatnashadi;
qurilish sohasida zamonaviy texnologiyalar va mexanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshirishda ishtirok etadi;
arxitektura va qurilish sohasida foto- va videomateriallarni chiqarish ishlarini tashkil qilishda ishtirok etadi.
Tuman (shahar) qurilish bo‘limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.
4-bob. Vazirlik va uning bo‘linmalarining huquqlari va majburiyatlari
1-§. Vazirlikning huquqlari va majburiyatlari
19. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat statistika organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni bepul asosda olish;
o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati hamda kapital qurilish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
Vazirlik va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar mutaxassislarini ilg‘or tajribani o‘rganish va malaka oshirish maqsadida xorijga yuborish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida eng muhim muammolarni aniqlash va ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi eng yaxshi ilmiy-texnik ishlanmalarni hamda hududlarni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash uchun tanlovlar e’lon qilish;
shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub tuzilmalar mol-mulkini o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga tekin foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda berish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini, tegishli sohadagi faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari parametrlari ular tomonidan bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish;
arxitektura va qurilishni rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish doirasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rib chiqilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
olimlarni, vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini maslahatlar, ilmiy va ekspert ishlarini o‘tkazish, arxitektura va qurilishga oid dolzarb masalalarni ishlab chiqish, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni Vazirlik tizimiga kiruvchi ta’lim muassasalarida o‘qitish va mahorat darslari o‘tkazish uchun shartnoma asosida taklif etish;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
arxitektura va qurilishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qarorlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirish;
arxitektura va qurilish sohasini reklama qiluvchi va targ‘ib qiluvchi boshqa mahsulotlarni (mamlakatda arxitektura va qurilishni yanada ommalashtirishga yo‘naltirilgan reklama audio-, videomateriallari va broshyuralar, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallarini) bosish, ko‘paytirish, tayyorlashga buyurtmalarni mustaqil ravishda yoki o‘ziga qarashli tashkilotlar orqali joylashtirish;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan, chet el olimlari va mutaxassislarini jalb etish;
qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
20. Vazirlik:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning lozim darajada va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosati amalga oshirilishi;
tegishli sohadagi faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari parametrlariga va belgilangan indikatorlarga erishishning so‘zsiz ta’minlanishi;
joriy etilayotgan innovatsiyalar, g‘oyalar va texnologiyalar, shuningdek, Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
tegishli sohani rivojlantirish dasturlari, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlar samarali amalga oshirilishi hamda hududlardagi muammoli masalalar hal etilishi;
fuqarolar va tegishli sohadagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlar va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning himoya qilinishi ta’minlanishi uchun javob beradi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarliklari
21. Vazirlikning markaziy apparati yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalaridan va unga idoraviy mansub tashkilotlardan Vazirlik markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan masalalarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni so‘rash va olish;
zarur hollarda belgilangan tartibda Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari hamda uning unga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni qayta ishlash, axborot va tahliliy materiallar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash, ushbu maqsadlar uchun ekspert guruhlari va ishchi guruhlar tashkil etish;
zarur hollarda Vazirlikning hududiy bo‘linmalari hamda unga idoraviy mansub tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlashni talab qilish, ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari hamda unga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida majlislar o‘tkazish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari hamda unga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga tezkor hal etilishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari hamda unga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari ular tomonidan belgilangan tartibda ijro etilishini o‘rganish va tekshirish;
Vazirlik markaziy apparati boshqarma va xodimlarining faoliyatini tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq tashkil etish;
Vazirlikning tuzilmaviy tashkilotlari boshqarmalari va muassasalari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalarni o‘rganishni tashkil etishga doir takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
Vazirlik tizimida buxgalteriya hisobini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq hamda zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yuritishni tashkil etishni ta’minlash, tizimga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritish ustidan nazoratni amalga oshirish;
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan aniq maqsadlar uchun budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar saqlanishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
arxitektura va qurilish sohasi masalalarini sifatli o‘rganish va monitoring olib borishni tashkil etish uchun komissiyalar, ishchi va ekspert guruhlarini tuzish;
olimlar, vazirliklar, idoralar, ta’lim va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini ilmiy va ekspert ishlari, maslahatlar o‘tkazish uchun, arxitektura va qurilish sohasining dolzarb masalalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlik tarkibiga kiruvchi ta’lim muassasalarida o‘qitish va mahorat darslarini o‘tkazish uchun xorijiy mutaxassislarni taklif etish.
Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
22. Vazirlikning markaziy apparati:
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari hamda unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha ishini tashkil etish;
Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni sifatli tayyorlash;
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
tarkibiy va hududiy bo‘linmalar tomonidan arxitektura va qurilish sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni amalga oshirishni tashkil etish uchun javob beradi.
3-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga arxitektura va qurilishni rivojlantirish maqsadida zarur sharoitlarni yaratishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida majburiy ko‘rib chiqish uchun taqdimnomalar kiritish;
o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan, chet el olimlari va mutaxassislarini jalb etish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida muhim muammolarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish;
shaharsozlik, ekologik talablarga va arxitektura organlari tomonidan berilgan arxitektura-rejalashtirish topshiriqlariga (ART-1 va ART-2) javob bermaydigan loyihalarga rozilik berishni rad etish;
shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari bo‘yicha tanlov savdolari va tuzilgan shartnomalar shartlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar va obyektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini olib borish;
shaharsozlik faoliyati sohasida eng yaxshi loyihaning ilmiy-texnik ishlanmalarini hamda hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, manfaatdor tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar o‘tkazish va tanlov komissiyalarini tashkil etish;
o‘z faoliyatida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan o‘zaro ijodiy hamkorlikni amalga oshirish;
Vazirlikka shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzgan holda ishlayotgan shaharsozlik faoliyati subyektlarining qurilish sohasidagi hamda arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyati huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish to‘g‘risida takliflar kiritish;
olimlar, vazirliklar, idoralar, ta’lim va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini ilmiy va ekspert ishlari, maslahatlar o‘tkazish uchun, arxitektura va qurilish sohasining dolzarb masalalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlik tarkibiga kiruvchi ta’lim muassasalarida o‘qitish va mahorat darslarini o‘tkazish uchun Vazirlik bilan kelishgan holda xorijiy mutaxassislarni taklif etish;
o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
mintaqada arxitektura va qurilishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan hamkorlikni belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari:
Vazirlikning tuman (shahar) hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik hududiy bo‘linmalarining faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash;
Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni sifatli tayyorlash;
tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida arxitektura va qurilish sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida arxitektura va qurilish sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish uchun javob beradi.
4-§. Tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlarining huquqlari va javobgarligi
25. Tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Vazirlikning yuqori turuvchi bo‘linmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga arxitektura va qurilishni rivojlantirish va ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratishda doirasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida majburiy ko‘rib chiqish uchun taqdimnomalar kiritish;
tuman (shahar) hokimining shaharsozlik masalalari bo‘yicha qaror loyihalarini belgilangan tartibda kelishish;
shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
o‘zboshimchalik bilan imorat qurishda, shaharsozlik intizomini, qurilish va arxitektura sohasidagi amalda bo‘lgan qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslarni hamda hududlarida mazkur huquq buzilishlarini sodir etgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlarini belgilangan tartibda tegishli javobgarlikka tortish to‘g‘risida manfaatdor davlat organlariga takliflar kiritish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, manfaatdor tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar o‘tkazish;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, tumanda (shaharda) boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish.
Tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
26. Tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalariga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni sifatli tayyorlash;
tumanlar (shaharlar)da arxitektura va qurilish sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, muammoli masalalarni hal etish uchun javob beradi.
5-bob. Vazirlik rahbarining asosiy funksional vazifalari
27. Vazirning asosiy funksional vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
yakka boshchilik tamoyiliga asoslangan holda Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan arxitektura va qurilish sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha tasdiqlangan kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yig‘ilishlarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
(27-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikaning Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashni tashkil etish;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarini taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
(27-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentida va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
(27-bandning o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, zarurat bo‘lganda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;
o‘z o‘rinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Vazirlik markaziy apparati shtat jadvalini xodimlarning tasdiqlangan shtat birliklarining belgilangan soni asosida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari nizomlarini, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
belgilangan tartibda quyidagilarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish:
markaziy apparat xodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini, shuningdek, Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining prorektorlarini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri o‘rinbosarlarini, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlari o‘rinbosarlarini, shuningdek, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasi bo‘yicha tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish bo‘limlarining boshliqlarini;
(27-bandning o‘ttiz birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi 290-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son)
Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining rektorlarini tayinlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
tegishli tarzda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi va viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vazirini, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taqdimnomalar kiritish;
arxitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, vazirliklar, idoralar, ijro etuvchi hokimiyat organlari va arxitektura va qurilish sohasidagi boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
arxitektura va qurilish sohasida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish.
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalariga ham ega bo‘lishi mumkin.
28. Quyidagilar vazir o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazir vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Vazirlik rahbari tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik rahbarlari topshirig‘iga binoan ishtirok etish”;
(28-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
arxitektura va qurilish sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, Vazirlikda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini tashkil etish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, texnik boshqaruv sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida shaharsozlik norma va qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni ta’minlash;
qurilish industriyasi tashkilotlari va investitsion faoliyatning boshqa ishtirokchilari ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar to‘g‘risida axborot ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ta’minlash;
kapital qurilish sohasidagi normativ bazani bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq tizimli asosda qayta ko‘rib chiqishni tashkil etish;
texnik boshqaruv sohasida normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirishda ishtirok etish;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi faoliyatini mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan qurilish mahsulotlari hajmlarini oshirish va assortimentini kengaytirish bo‘yicha dasturiy choralarni ishlab chiqish qismida muvofiqlashtirishni ta’minlash;
(28-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 416-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son)
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni tayyorlash;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli davlat dasturlari, tarmoq va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
shaharsozlik bo‘limlarining respublika maqsadli dasturlari, uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida aholi joylashuvining Bosh sxemasini ishlab chiqish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar (viloyat guruhlari) hududlarini rejalashtirishning chizmalari va umumdavlat ahamiyatidagi alohida boshqariladigan obyektlarning shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqishni ta’minlash;
qurilish uchun shaharsozlik va muhandislik-texnik tadqiqotlar sohasida yagona ilmiy-texnik siyosatni olib borish, qurilish faoliyati sohasiga mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini pasaytirishni, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlovchi energiya jihatidan samarali va resurslarni tejaydigan loyihalar va yechimlarni joriy etish;
shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini tayyorlashda qatnashish;
loyihalash ishlari va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlari ishining samaradorligini oshirish va mintaqaviy tarmog‘ini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, qayta foydalaniladigan va tajriba loyihalar loyihaviy yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalashtirish, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni olib borish;
arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashda, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni darajasi va sifatini keskin tubdan oshirishda, loyihalovchilar va qurilish tarmog‘i mutaxassislarini qayta tayyorlashda va shu jumladan, xorijdagi yetuk ilmiy-tadqiqot muassasalarida malakasini oshirishda ko‘maklashish;
shaharsozlik faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish.
29. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirlik rahbarining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
hay’at qarorlari hamda buyruqlar, Vazir va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Vazirlik rahbariyatiga takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbarlarining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
(29-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etishni, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqishni tashkil etish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga muvofiq tashkil qilish;
boshqarmalar vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga tahliliy materiallar tayyorlash;
Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini o‘rganishni tashkil etish va ularga amaliy ko‘maklashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
30. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari va Vazirlikning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
tarkibiy va hududiy bo‘linmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, vazirning va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
arxitektura va qurilish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarini taqsimlash, hududiy bo‘linmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy bo‘linmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Vazirlik hududiy bo‘linmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik hududiy bo‘linmalari va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
Vazirlik hududiy bo‘linmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy bo‘linmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Vazirlik markaziy apparatining nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy bo‘linmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
hududiy bo‘linmalar xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
hududiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
Vazirlikning tuman (shahar) bo‘linmalari va hududiy bo‘linmalar tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
hududiy bo‘linmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
31. Quyidagilar tuman (shahar) qurilish bo‘limlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
qurilishning tuman (shahar) bo‘linmasiga rahbarlik qilish;
faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tuman va shahar bo‘linmalari xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
arxitektura va qurilish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari rahbariyatiga, ularning o‘rinbosarlariga tuman (shahar) qurilish bo‘limida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Vazirlik rahbariyatiga takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tuman (shahar) bo‘limida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini, ko‘rsatilgan qoidalarga tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari xodimlari rioya etishini ta’minlash;
tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
32. Vazir:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
33. Vazirning o‘rinbosarlari:
Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
34. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari;
tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari rahbarlari:
hududiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun;
ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan hududiy bo‘linmalarning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
36. Tumanlar (shaharlar)dagi qurilish bo‘limlari rahbarlari:
tuman (shahar) bo‘linmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun;
ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning tuman (shahar) bo‘linmalari javobgarligi sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Vazirlik rahbariyati
37. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
Vazir o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.
38. Vazirning besh nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
39. Vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
40. Vazir bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
41. Quyidagilarni:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda vazirning taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarini, shuningdek, tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasi bo‘yicha qurilish vazirining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
42. Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining rektorlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan vazirning taqdimnomasi bo‘yicha lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
43. Texnikumlar hamda kollejlarning direktorlari Qoraqalpog‘iston qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari tavsiyasiga binoan vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
44. Vazirlik markaziy apparatining boshqa xodimlari, shuningdek, boshqa idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari belgilangan tartibda vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
2-§.Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning hududiy bo‘linmalari bilan hamkorligi tartibi
45. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorligini ta’minlash markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
46. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hududiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qilgan holda:
topshiriqlarni hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi va ularning bajarilishi borishini nazorat qiladi;
tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlarni Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga yuboradi va ularning bajarilishi borishini nazorat qiladi;
tekshirishlarni va o‘rganishni amalga oshiradi, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini umumlashtiradi va uni takomillashtirishga qaratilgan choralarni ko‘radi;
tashkilot to‘g‘risidagi hisobot va axborot materiallarini, statistik va boshqa ma’lumotlarni hamda Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati natijalarini o‘rganishni tashkil qiladi;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil qiladi, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
47. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Vazirlik rahbariyatining topshiriqlari ijrosi to‘g‘risida axborot beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonunchilikni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar va ishdagi huquqbuzilishlarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida xabar beradi;
Vazirlikning markaziy apparatiga belgilangan tartibda va muddatlarda o‘zining ish natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etadi;
Vazirlikning markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik natijalari to‘g‘risida xabar beradi;
o‘z faoliyatini vakolatli organlar tomonidan tekshirish natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi.
48. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar vazirning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ushbu ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular bo‘yicha qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
49. Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
50. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolati doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan yaqin hamkorlik qiladi.
51. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiradi va (yoki) uning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy bo‘linmalari mutasaddilik qiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
4-§. Vazirlikning hay’ati, boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari
52. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, asosiy faoliyat yo‘nalishlariga mutasaddilik qiluvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tarkibida hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi vazirning taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
53. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlikning ushbu Nizom bilan belgilangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan o‘zlariga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rgan holda tizimli asosda tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini eshitishni tashkil etish;
Vazirlik faoliyati sohasida hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishning borishi natijadorligini har chorakda va tizimli ko‘rib chiqish;
joylarda Vazirlik faoliyat sohasining dolzarb masalalarini muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan ko‘chma majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash va Vazirlikning rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
54. Hay’at majlislariga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
55. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda huquqiy vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
56. Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
57. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.
58. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
8-bob. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
59. Vazirlikning samaradorligi muntazam ravishda baholanadi.
60. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
61. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Vazirlikning rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Vazirlikning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari qabul qilinadi.
62. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilikda belgilanadi.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
63. Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
64. Vazirlik xodimlarining ish haqi, lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haq, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va rag‘batlantirish tusidagi qo‘shimcha to‘lovlar vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi.
65. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar Vazirlik xodimlariga ish haqi to‘lash va moddiy rag‘batlantirishni amalga oshirish manbalari hisoblanadi.
10-bob. Vazirlikning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi
(10-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
66. Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oldida Vazirlik faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot beradi.
67. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarish bo‘yicha ular faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga xolis baho beradi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
68. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish choralari ko‘riladi, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan egallagan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
69. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Kengash davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, loyiha-qidiruv tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududlari, uning qismlari, shu jumladan, aholi punktlari va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik jihatdan rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi va o‘z ishini Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida olib boradi.
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini shakllantirish, ko‘rib chiqish va amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
shaharlar, shahar posyolkalari va arxitektura komplekslarining bosh rejalari loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishib olish, ularning amalga oshirilishi, arxitektura-rejalashtirish hujjatlari, muhim shaharsozlik norma va qoidalari, davlat standartlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
ilmiy asoslangan holda aholini joylashtirish, hududlarni rejalashtirish va qurish, zamonaviy talablarni, milliy arxitektura-madaniy an’analarni, shahar hududlaridan samarali foydalanish, tabiiy muhitga ziyon yetkazmaydigan munosabatda bo‘lishni hisobga olgan holda aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish tuzilmasini uyg‘un rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
aholi punktlarining ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasini kompleks yangilash, zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish, eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni hamda tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
5. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari shakllantirilishini, ko‘rib chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi.
shaharsozlik va arxitektura sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni muhokama qilish va kelishish ishlarini tashkil etadi hamda ularning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining shaharsozlikka oid qismlarini ko‘rib chiqadi va kelishadi;
shaharlar, shahar posyolkalarining va arxitektura komplekslarining bosh rejalari loyihalarini ko‘rib chiqadi, kelishadi hamda ularni tasdiqlash uchun tavsiya etadi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shu jumladan, shaharlar va tumanlar markazlarining bosh rejalariga asosli o‘zgartirishlar kiritilishiga rozilik beradi;
shaharlar, shahar posyolkalari va arxitektura komplekslarining bosh rejalari loyihalari amalga oshirilishida arxitektura-rejalashtirish hujjatlariga, shuningdek, muhim shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, kompleks ravishda qurish, ijtimoiy, muhandislik va transport infratuzilmasini ta’minlash bo‘yicha aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarining asosiy qoidalari bajarilishi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining hamda vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi hamda O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ko‘rib chiqadi va ularni tasdiqlash, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan takliflar va tavsiyalarni vakolatli organlarga kiritadi;
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida, shu jumladan, tabiiy va suv obyektlari zonalarini, rekreatsion, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan, foydali qazilmalar joylashgan va boshqa hududlarning chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyati tartibotini o‘rnatish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi;
mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini tashkil etadi;
hududlarni rivojlantirishga doir loyiha yechimlarini ko‘rib chiqadi;
aholi punktlarining ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasini kompleks yangilash, zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar kiritadi.
3-bob. Kengashning huquqlari va javobgarligi
6. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
vaqtincha ishchi guruhlar tuzish va ularda ishlash uchun mutaxassislarni jalb etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Kengash faoliyatiga doir hujjatlarni so‘rab olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sohasida olib borilgan ishlar holatini o‘rganish, shuningdek, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
7. Kengash ushbu Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish
8. Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari raislik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Kengash majlisining kun tartibini belgilash va majlisni chaqirish;
Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qilish;
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish;
Kengashga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha Kengash a’zolarining faoliyatini nazorat qilish;
Kengash a’zolari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Kengash a’zolarining shaxsiy tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Kengashning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
9. Kengash a’zolari:
Kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;
shaharsozlikning dolzarb masalalari bo‘yicha Kengashga takliflar kiritadilar;
Kengashda muhokama qilinadigan masalalar bo‘yicha xulosalar beradilar.
Kengash a’zolari Kengashdagi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
10. Kengash majlisining o‘tkazilish vaqti, joyi va kun tartibi to‘g‘risida Kengash a’zolari majlis o‘tkazish kunidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi.
11. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash raisi bo‘lmagan taqdirda uning o‘rinbosari boshqaradi.
Kengash, agar majlisda uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
12. Kengash majlisiga unda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning ahamiyatiga ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
5-bob. Kengashning ishchi organi va kotibi
13. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Kengashning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
14. Ishchi organ:
Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi;
ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasi bajarilishini ta’minlaydi;
Kengash majlisiga zarur bo‘lgan materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallar va ekspert xulosalarini oladi;
Kengash majlisi kun tartibidagi masala bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishini tashkil etadi;
tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi hamda Kengash vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar loyihalarini tayyorlaydi.
15. Kengash kotibi:
Kengash majlisiga zarur bo‘lgan hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, Kengash majlisiga materiallar tayyorlash bo‘yicha ishchi organning ishini tashkil etadi;
Kengash raisi bilan majlis o‘tkazish muddatlari va joyini, shuningdek, taklif etiladiganlar ro‘yxatini kelishadi, Kengash a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning o‘tkaziladigan sanasi, vaqti, joyi to‘g‘risida xabardor qiladi;
kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Kengash majlislari o‘tkazilishini tashkil qiladi, Kengash majlisi bayonlarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonlarning Kengash a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborilishini ta’minlaydi;
Kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning yakunlarini ko‘rib chiqish uchun Kengash majlisiga taqdim etadi.
6-bob. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini ta’minlash
16. Kengash qarori Kengash majlisida qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
17. Kengash raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Kengashning alohida masalalar bo‘yicha Kengash a’zolari bilan kelishilgan qarorlarini so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashi mumkin.
18. Kengash qarorlari Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni ishchi organ rahbari va Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Kengash a’zolari hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
19. Kengash bayonining asl nusxasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatida saqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
20. Kengashining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
21. Kengashning ishchi organi va kotibi Kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda o‘rganadilar va ko‘rib chiqadilar, zaruriyat bo‘lganda Kengash raisiga tegishli axborotlar va takliflar kiritadilar.
22. Kengashning ish tartibi uning Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Reglamentida belgilanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qaroriga 2a-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi
tarkibi
Ramatov A.J.
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Kengash raisi
Zakirov B.I.
—
Qurilish vaziri, Kengash raisining o‘rinbosari
Xashimov Sh.R.
—
Qurilish vazirining o‘rinbosari
Soliyev M.X.
—
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri
Abdullayev A.X.
—
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi
Qo‘chqorov B.T.
—
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudiri o‘rinbosari
Qurilish vazirligi hududlar arxitekturasi va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Kengash kotibi
Hududiy ahamiyatga ega masalalarni ko‘rib chiqishda Kengash tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari kiradi.
Izohlar:
Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli majburiyatlarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Kengash zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Kengash Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish bosh boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda hududiy qurilish organlari deb ataladi)ning kollegial organi hisoblanadi hamda shaharsozlik va loyiha hujjatlarini kelishish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish jarayonida ularning professional jihatdan asoslanganligi, shaffofligi va ochiqligini ta’minlaydi.
4. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga hisobot beradi va o‘z ishini Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, bepul asosda amalga oshiradi.
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanlar (tuman guruhlari)ni rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari hamda o‘z tasarrufidagi hududlarda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishib olish;
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishib olish;
aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish to‘g‘risida davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini ko‘rib chiqish;
bosh rejalarni, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish, shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududlarda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish.
6. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
o‘z hududida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari, tuman (tumanlar guruhlari)ni rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarni ko‘rib chiqadi, kelishadi va tasdiqlash uchun vakolatli organlar tomonidan tasdiqlashga tavsiya qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining shaharsozlikka oid qismlarini, shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi, ularni ko‘rib chiqadi va amalga oshirilishida bevosita ishtirok etadi;
Kengash belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari, shu jumladan, shaharlar va tumanlar markazlarining bosh rejalariga asoslangan o‘zgartirishlar kiritilishiga o‘z vakolati doirasida rozilik beradi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishi uchun loyiha hujjatlarini mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish, turar joy muhitining shinamligini sifat jihatdan oshirish va tarixiy-arxitektura merosi obyektlarini saqlab qolish nuqtai-nazaridan kelib chiqib ko‘rib chiqadi, ma’qullaydi yoki qayta ishlash bo‘yicha tavsiyalar beradi;
aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish to‘g‘risida, jumladan arxitektura va shaharsozlik komplekslari, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini ko‘rib chiqadi hamda asoslangan takliflar asosida vakolatli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar kiritadi;
bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari asosida aholi punktlarini qurish va qismlarini rekonstruksiya qilish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va yangilash bo‘yicha takliflarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalariga kiritadi;
zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish, eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini va qismlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalariga tavsiyalar kiritadi;
hududiy ahamiyatga molik alohida, shu jumladan, tabiiy va suv obyektlari zonalarini, rekreatsion, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan, foydali qazilmalar joylashgan va boshqa hududlarning chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyati tartibotini o‘rnatish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi.
3-bob. Kengashning huquqlari va javobgarligi
7. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish va ularda ishlash uchun mutaxassislarni jalb etish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlardan Kengash faoliyatiga doir hujjatlarni so‘rab olish;
shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman va shahar hokimlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish.
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
8. Kengash ushbu Namunaviy nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish
9. Kengashga hududiy qurilish organi rahbari raislik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Kengash a’zolarining shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Kengash majlisi kun tartibini belgilash va majlisni chaqirish;
Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish;
Kengash a’zolari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Kengashning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Bosh arxitektor — hududiy qurilish organi rahbarining o‘rinbosari Kengash raisining o‘rinbosari hisoblanadi.
10. Kengash a’zolari:
Kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etadilar;
shaharsozlikning dolzarb masalalari bo‘yicha Kengashga takliflar kiritadilar;
Kengash muhokama qiladigan masalalar bo‘yicha xulosalar beradilar.
Kengash a’zolari Kengashdagi faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
11. Kengash majlislari haftada bir marta o‘tkaziladi. Kengash majlisini o‘tkazish vaqti, joyi va kun tartibi to‘g‘risida Kengash a’zolari majlisni o‘tkazish kunidan uch kun oldin xabardor qilinadi.
12. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash raisi bo‘lmagan taqdirda majlisni uning o‘rinbosari boshqaradi.
Kengash majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi. Majlisni o‘tkazish uchun kvorum bo‘lmaganda Kengash yangi majlis o‘tkazish sanasini e’lon qiladi.
13. Kengash majlisiga unda ko‘rib chiqilayotgan masalalar ahamiyatidan kelib chiqib davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlar rahbar va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
5-bob. Kengashning ishchi organi va kotibi
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari Kengashning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
Ishchi organ:
Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi;
Kengash ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini ta’minlaydi;
Kengash majlisiga zarur bo‘lgan materiallarning tayyorlanishini ta’minlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallarni oladi;
kun tartibi masalasi bo‘yicha Kengash majlisi o‘tkazilishini tashkil etadi.
15. Kengashning mas’ul kotibi vazifasini bajarish hududiy qurilish organining Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘limi boshlig‘i zimmasiga yuklanadi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Kengash majlisiga zarur bo‘lgan hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash, Kengash majlisiga materiallar tayyorlash bo‘yicha ishchi organ ishini tashkil etish;
Kengash raisi bilan majlis o‘tkazish muddatlari va joyi, shuningdek taklif etiluvchilar ro‘yxatini kelishish, Kengash a’zolari va taklif etilgan shaxslarni majlis o‘tkaziladigan sana, vaqti, joyi to‘g‘risida xabardor qilish;
kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Kengash majlislari o‘tkazilishini tashkil qilish, Kengash majlisi bayonlarini rasmiylashtirish va tasdiqlangan bayonlarning Kengash a’zolari va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborilishini tashkil etish;
Kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib borish va uning yakunlarini ko‘rib chiqish uchun Kengash majlisiga kiritish.
6-bob. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini ta’minlash
16. Kengash qarori Kengash majlisida qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
17. Kengash a’zosi yig‘ilishda ishtirok etmagan bo‘lsa loyiha (loyihalar) Kengash a’zosi vakili bo‘lgan tashkilot bilan kelishilgan deb hisoblanadi (uzrli sabablarga ko‘ra holatlar bundan mustasno). Bunday holatlarda ushbu tashkilot vakolatidagi masalalar bo‘yicha mas’uliyat vakili ishtirok etmagan tashkilotga yuklanadi.
18. Kengash qarorlari Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda Kengash a’zolari hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Bayonda ko‘rib chiqilgan loyiha (masala)ni, asoslangan sabablarini ko‘rsatgan holda, kelishish, kelishishni rad etish yoki uni qayta ishlash uchun qaytarish to‘g‘risida aniq xulosa aks ettiriladi.
Kengash a’zolari muhokama etilgan loyiha (masala) xususida bayonga o‘zining alohida fikrini kiritishga haqli.
Kengash bayonining asl nusxasi hududiy qurilish organida besh yil mobaynida saqlanadi.
Kengash bayoni (bayondan ko‘chirma) yo‘qolgan yoki buzilgan holatlarda loyiha tashkilotning murojaatiga ko‘ra uch kun muddatda unga bayon nusxasi (dublikati) beriladi.
19. Kengashning loyihani kelishish to‘g‘risidagi ijobiy qarori (bayoni) loyiha (shaharsozlik) hujjatlarining keyingi bosqichlarini loyihalash va loyihalarni davlat ekspertizasiga taqdim etish uchun asos bo‘ladi.
20. Kengash vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar barcha vazirlik, idora, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
21. Kengash qabul qilingan qarorlarning bajarilishi holatini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.
22. Kengashning ish tartibi uning Kengash tomonidan qabul qilingan Reglamentida belgilanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
23. Mazkur Namunaviy nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qaroriga 3a-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarining
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i — Arxitektura-shaharsozlik kengashi raisi
Kengash a’zolari:
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish hududiy boshqarmasi boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi, hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh sanitariya vrachi
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, hududiy Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri, hududiy Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri, viloyatlar suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
avtomobil yo‘llari bo‘yicha hududiy boshqarma boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy boshqarma boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiya boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
“Suvoqava” DUK direktori
Lavozimi bo‘yicha
—
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi direktori, “O‘ztransgaz” AJ hududiy boshqarmasi direktori
Lavozimi bo‘yicha
—
Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlari bo‘yicha hududiy inspeksiya boshlig‘i
Lavozimi bo‘yicha
—
bosh loyiha institutlari filiallari direktorlari
Lavozimi bo‘yicha
—
tuman (shaharlar) qurilish bo‘limlari boshliqlari
Lavozimi bo‘yicha
—
viloyatlar qurilish bosh boshqarmalari aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘limlari boshliqlari, Kengash mas’ul kotibi
Lavozimi bo‘yicha
—
hududiy ahamiyatga molik masalalarni ko‘rib chiqishda tegishli shaharlar va tumanlar hokimlari
Izohlar:
Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli majburiyatlarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Kengash raisi zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar rahbarlari va mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/36/2488-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 343-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/343/0687-son)
(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 343-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/343/0687-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining (keyingi o‘rinlarda Qurilish vazirligi deb ataladi) tegishli g‘aznachilik hisob raqamlarida jamlanadi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ularni sarflash tartibi
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalari, qurilishdagi tanlov savdolari bo‘yicha, konsalting markazlari hamda Qurilish vazirligi huzuridagi va muassisligidagi davlat unitar korxonalarining shaharsozlik sohasida amalga oshirgan faoliyati va ko‘rsatadigan xizmatlaridan olingan daromadlarning 15 foizi miqdorida yo‘naltiradigan ajratmalari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi 290-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son)
litsenziya talabgorlarining qurilish sohasida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘lish yuzasidan murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘imlarning bir qismi;
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, loyiha-qidiruv tashkilotlari bajargan loyiha-qidiruv ishlari qurilish-pudrat tashkilotlari bajargan qurilish-montaj ishlari hajmining 0,1 foizi miqdoridagi majburiy ajratmalari;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
ko‘p kvartirali uylarni qurishga mo‘ljallangan yer uchastkasiga va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarni elektron ro‘yxatga kiritish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda shartnomani hisobga qo‘yish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘imlar;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
xalqaro (xorijiy) tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va xayriya ehsonlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:
qurilish faoliyati sohasidagi davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etishni moliyalashtirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
qurilish materiallari va konstruksiyalarini loyihalash, qurish va ishlab chiqarish, qurilish ishlab chiqarishini tashkillashtirish va boshqarish, qurilish faoliyati ishtirokchilari mehnati samaradorligini oshirish bo‘yicha narxni belgilash va iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish, ushbu faoliyatning avtomatlashgan tizimini yaratish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish;
davlat ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining shaharsozlik me’yorlari va qurilish faoliyatiga doir qoidalari bo‘yicha ishlanmalarini moliyalashtirish;
ilmiy va loyiha tashkilotlarining respublikada ilmiy-tadqiqot natijalari ilk bor tekshiriladigan (ishlanadigan) tajriba obyektlarini ilmiy loyihalash va qurishga ilmiy hamrohlik qilishga doir qo‘shimcha sarf-xarajatlarini qoplash;
shaharsozlik faoliyati sohasida ilmiy-texnik va ilmiy-uslubiy adabiyotlarni (jumladan davriy nashrlarni) tayyorlash va chop etish, ushbu faoliyatning ilmiy-uslubiy va axborot-tahlil ta’minotini tashkillashtirish;
ilmiy-texnik simpozium, anjuman, seminar-trening, ko‘rgazmalar, davra suhbatlari, amaliy mashg‘ulotlar, mahorat darslarini tayyorlash va o‘tkazish, shaharsozlik faoliyatiga ilmiy-texnik yutuqlarni joriy etish va ularni targ‘ib etish maqsadida ilmiy, me’yoriy, uslubiy, texnik, texnologik hujjatlar va boshqa ilmiy-texnik axborot manbalarini xarid qilish;
Qurilish vazirligi markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlariga qo‘shimcha va ustama haq, mukofot pullari va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Qurilish vazirligiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida konsalting tashkilotlaridan va boshqa tashkilotlardan mutaxassislarni, jumladan xorijiy maslahatchilarni Qurilish vazirligiga jalb qilish;
Qurilish vazirligiga qarashli bino va inshootlarni qurish va ta’mirlash kommunal-foydalanish xarajatlarni qoplash, shuningdek, ularni zarur uskunalar, mebel, aloqa vositalari, kompyuterlar, orgtexnika bilan ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalarining aniqlangan iqtidorli talabalari, texnikumlar va kollejlar o‘quvchilariga Vazirlik stipendiyalarini to‘lash.
(4-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi 290-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son)
Inspeksiya va ularning hududiy bo‘linmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning joriy va boshqa xarajatlarini moliyalashtirish;
Qurilish vazirligi, Inspeksiya va ularning hududiy bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Inspeksiya va ularning hududiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 588-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son)
Qurilish vazirligi xodimlarining mamlakat ichida va xorijga xizmat safarlariga chiqishi bilan bog‘liq xizmat safari xarajatlarini to‘lash;
Qurilish vazirligi tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarni qo‘shimcha o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
ilg‘or o‘qitish shakli va uslublari, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
tarmoq xodimlari malakasini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganishni tashkil qilish;
qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan jamg‘armaga yo‘naltirilgan mablag‘larning 0,01 foizi — Inspeksiya va uning Hududiy inspeksiyalari ehtiyojlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 343-sonli qaroriga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/343/0687-son)
Qurilish vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalari faoliyatini qisman moliyalashtirish;
vakillik xarajatlarini moliyalashtirish;
qonunchilikka muvofiq xodimlarga, jumladan xorijiy konsultantlarga uy-joy xizmatlari (ijara) uchun har oylik kompensatsiya to‘lash;
jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshirish;
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bo‘yicha jalb qilingan mutaxassislarga to‘lovlarni amalga oshirish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan yigirma birinchi — yigirma beshinchi xatboshlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Qurilish vazirligi va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlar.
5. Mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan majburiy ajratmalar, badallar va mablag‘lar tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechikmay Jamg‘armaga yo‘naltiriladi.
6. Jamg‘armaga majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida yo‘naltirish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik tegishli tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Qurilish vazirligiga hisobot davridan keyingi oyning 1-sanasi holatiga ko‘ra, Jamg‘arma hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tashkilotlar bo‘yicha yozilgan majburiy to‘lov ajratmalari miqdori hamda mazkur to‘lov ajratmalari bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarni va har chorakda hisobot davridan so‘ng 10 kun muddat ichida, grant mablag‘lari va xayriya ehsonlari bo‘yicha ma’lumotlarni hisobot yilidan keyin taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Davlat soliq qo‘mitasidan Jamg‘armaga majburiy ajratmalardan tushumlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rashga haqli.
3-bob. Jamg‘armani boshqarish
8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs Jamg‘arma mablag‘larining tasarrufchisi hisoblanadi.
9. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Qurilish vazirligi g‘aznachiligi hisob raqamiga kelib tushgan kirim mablag‘lari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan daromadlar va xarajatlar bo‘yicha tasdiqlangan smetaga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Jamg‘armaning tasdiqlangan smetasida nazarda tutilgan miqdordan ortiq kirim mablag‘idan foydalanish smetaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
11. Daromadlar va xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan va joriy moliya yilida sarflanmagan mablag‘lar olib qo‘yilishi mumkin emas va kelgusi moliya yilida mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish, ulardan foydalanishni hisob-kitob va nazorat qilish
12. Qurilish vazirligi Jamg‘arma mablag‘lari tushumlari va harakati yuzasidan alohida hisob yuritadi.
13. Qurilish vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanganlik haqidagi hisobotlarni hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
14. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibiga rioya qilish bo‘yicha javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri va Qurilish vazirligining bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.
15. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasiga yuklanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob berishadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qaroriga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT 2003-y., 12-son, 128-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan Respublika komissiyalari va kengashlari rahbarlarining tarkibi to‘g‘risida” 2004-yil 9-fevraldagi 60-son qarorining 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 15-son, 177-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 17-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 6-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga 2-ilovaning 31-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 31-maydagi 138-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 31-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2005-y., 45-son, 341-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 28-dekabrdagi 336-son qaroriga ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 52-son, 574-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 17-dekabrdagi 301-son qaroriga ilovaning 22-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT 2010-y., 12-son, 69-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 67-modda), shuningdek, qarorga ilova.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2012-yil 23-fevraldagi 48-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 11-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek, qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 4-iyundagi 154-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 357 modda) 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova.
13. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 18-apreldagi 97-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 36-modda).
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
15. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 50-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda).
16. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 4-maydagi 138-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 36-modda).
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi 412-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 12-son, 109-modda).
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va uning tizimidagi tarkibiy bo‘linmalar hamda respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-avgustdagi 571-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 31-son, 781-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 16.01.2019-y., 09/19/36/2488-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son; 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son; 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; 29.05.2020-y., 09/20/343/0687-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son; 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)