Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 12-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Shanxay konvensiyasi (2001-yil 15-iyun, Shanxay)
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ekstremizm (ekstremistik faoliyat) — quyidagilar bilan bogʻliq faoliyat:
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzish, qonuniy ravishda saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan zoʻrlik ishlatib chetlatish, shunday harakatlarni rejalashtirish, tayyorlash, ragʻbatlantirish yoki ularni amalga oshirishga oshkora daʼvat qilish;
hokimiyat vakolatlarini egallash yoki oʻzlashtirish, shunday harakatlarni rejalashtirish, tayyorlash, ragʻbatlantirish yoki ularni amalga oshirishga oshkora daʼvat qilish;
qonunga xilof qurolli tuzilmalarni tuzish yoki ularda ishtirok etish, shunday harakatlarni rejalashtirish, tayyorlash, ragʻbatlantirish yoki ularni amalga oshirishga oshkora daʼvat qilish;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga oshkora daʼvat qilish;
zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatishga oshkora daʼvat qilish bilan bogʻliq holda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish;
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish, shuningdek ekstremistik tashkilotlarning atributlarini yoki ramziy belgilarini tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish;
biror-bir ijtimoiy guruhga nisbatan siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy adovat yoxud dushmanlik sababli ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirish, shunday harakatlarni ragʻbatlantirish yoki ularni amalga oshirishga oshkora daʼvat qilish;
adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, fuqarolarning ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targʻib qilish;
ekstremizmni moliyalashtirish — ekstremistik faoliyatning mavjud boʻlishini va faoliyat koʻrsatishini, shaxslarning ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishini yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini taʼminlashga, ekstremistik tashkilotlarga yoxud ekstremistik faoliyatga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻlarni, resurslarni berishga yoxud yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat;
ekstremizmga oid jinoyatlar — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-moddasida, 159-moddasida, 244-moddasi birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida, 2441 va 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar (ekstremistik faoliyatga taalluqli qismida);
ekstremistik guruh — oldindan til biriktirib ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilayotgan ikki yoki undan ortiq shaxs;
ekstremistik material — ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga oshkora daʼvat qiladigan yoxud shunday faoliyatni amalga oshirish zarurligini asoslab beradigan yoki oshkora oqlaydigan, tarqatish uchun moʻljallangan hujjat yoki har qanday vositadagi boshqa axborot;
ekstremistik tashkilot — ekstremistik faoliyatni amalga oshirganligi tufayli oʻziga nisbatan faoliyatini tugatish yoki taqiqlash toʻgʻrisida sudning qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarori qabul qilingan tashkilot yoxud norasmiy tuzilma.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
4-modda. Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
Oldingi tahrirga qarang.
ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlarning ustuvorligi;
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
oshkoralik;
javobgarlikning muqarrarligi.
5-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni taʼminlash, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, shuningdek uning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha dasturlarni qabul qilish hamda ularning ijrosini taʼminlash;
ekstremistik faoliyatni oʻz vaqtida aniqlash va unga chek qoʻyish, uning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash;
ekstremizmga oid xavf-xatarlar va tahdidlarni doimiy ravishda monitoring qilish hamda baholash;
ekstremizmga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51-modda. Ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha dasturlarni qabul qilish hamda ularning ijrosini taʼminlash
Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini samarali tashkil etish va amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha dastur ishlab chiqiladi hamda mazkur dastur Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:
ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashishning, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ekstremizmga qarshi kurashishning samarali tizimini joriy etish;
yoshlarni turli milliy madaniyatlarga va dinlarga nisbatan bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash;
ijtimoiy, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni taʼminlashga doir ishlarni tashkil etish;
ekstremizmning yangi koʻrinishlari kirib kelishining oldini olish va xavflarini bartaraf etish;
aholi orasida ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish;
jamiyatda ekstremistik faoliyatning yoki ekstremistik mafkuraning, millatlararo, konfessiyalararo, dinlararo va boshqa ixtiloflarning, adovatning qoʻllab-quvvatlanishiga yoxud targʻib qilinishiga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish.
Ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha boshqa dasturlar ham qabul qilinishi mumkin.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52-modda. Ekstremistik tashkilotlarning, materiallarning (manbalarning) elektron reyestri
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Ekstremistik tashkilotlarning, materiallarning (manbalarning) elektron reyestri (bundan buyon matnda Elektron reyestr deb yuritiladi) yuritiladi. Elektron reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va hamma tanishib chiqishi uchun ochiq hisoblanadi.
Elektron reyestrga quyidagilar kiritiladi:
ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati toʻxtatib turilgan tashkilotlar;
ekstremistik tashkilot deb topilgan tashkilotlar;
ekstremistik material deb topilgan materiallar;
telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi yoki Internet jahon axborot tarmogʻidagi tizimli ravishda (bir yil mobaynida ikki va undan ortiq marotaba) ekstremistik materiallar joylashtirilgan va tarqatilgan elektron manbalar.
Tashkilotni yoki materiallarni (manbalarni) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida mazkur tashkilot yoki materiallar (manbalar) haqidagi maʼlumotlar Elektron reyestrga kiritiladi.
Elektron reyestr yangi maʼlumotlar bilan toʻldirilgan, shuningdek Elektron reyestrdagi mavjud maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritilgan kundan eʼtiboran bir kun ichida bu haqda ommaviy axborot vositalarida va Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilinadi.
Tashkilotni yoki materiallarni (manbalarni) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi qarorning bekor qilinishi tashkilotni yoki materiallarni (manbalarni) Elektron reyestrdan chiqarish uchun asos boʻladi.
(52-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53-modda. Ekstremizmga oid xavf-xatarlar va tahdidlarni monitoring qilish hamda baholash
Ekstremizmga oid xavf-xatarlar va tahdidlarni monitoring qilish ekstremizm koʻrinishlarining paydo boʻlishi uchun shart-sharoit yaratuvchi jarayonlarning rivojlanishi toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash, tahlil qilish va baholash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Ekstremizmga oid xavf-xatarlar va tahdidlarni monitoring qilish ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek qonunchilik bilan vakolat berilgan boshqa organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ekstremistik materiallarni (manbalarni) aniqlash, ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga daʼvat qilish yoki qoʻllab-quvvatlash holatlarini aniqlash maqsadida ommaviy axborot vositalariga, telekommunikatsiya tarmoqlariga va Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladigan axborot belgilangan tartibda monitoring qilinadi.
Ekstremizmga oid xavf-xatarlar va tahdidlarni monitoring qilish natijalari ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining faoliyatida hamda ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda inobatga olinadi.
(53-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekstremistik faoliyatni taqiqlash
Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagilar taqiqlanadi:
ekstremistik faoliyatning har qanday koʻrinishlari;
yuridik shaxslar tashkil etilganda ularni ekstremistik tashkilotlarning nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki oʻxshash boʻlgan belgilarni oʻz ichiga olgan nomlardan foydalanish.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PF-5542-sonli “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
2-bob. Ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari
7-modda. Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar
Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
ekstremistik faoliyatga oid holatlar toʻgʻrisida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish va ularning himoya qilinishini taʼminlash;
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida rasmiy ogohlantirish chiqarish;
yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish;
ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash;
ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash;
yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatib turish;
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilotni (norasmiy tuzilmani) ekstremistik tashkilot deb topish;
(7-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ekstremizmga oid jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan muayyan cheklovlar joriy etish.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
tushuntirish ishlarini olib borish;
huquqiy tarbiya va taʼlimni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida va Internet jahon axborot tarmogʻida olib boriladigan ekstremistik mafkura targʻibotiga qarshi kurashish;
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
ekstremizmga qarshi kurashish masalalari boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
madaniy anʼanalarni, maʼnaviy, axloqiy va vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani mustahkamlash;
ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda taʼlim dasturlarini takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish qonunchilikka muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. Ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari ilmiy tashkilotlarga va oliy taʼlim tashkilotlariga ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar doirasida zarur statistika maʼlumotlarini hamda boshqa maʼlumotlarni taqdim etadi, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi, fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga, huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi maʼlumotlar mustasno.
Ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy qilish borasida ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
82-modda. Ekstremistik faoliyatga oid holatlar toʻgʻrisida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish va ularning himoya qilinishini taʼminlash
Ekstremistik faoliyatga oid holatlar toʻgʻrisida xabar bergan shaxslar davlat tomonidan himoya qilinadi.
Ekstremistik faoliyatga oid holatlar toʻgʻrisida xabar bergan shaxslar, shuningdek ularning oila aʼzolari “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan xavfsizlik choralaridan foydalanishga haqli.
Ekstremistik faoliyatga oid holatlar toʻgʻrisida xabar bergan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha hududiy komissiyalar tomonidan ragʻbatlantirilishi mumkin.
Ekstremistik faoliyatga oid holatlar toʻgʻrisida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(82-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
9-modda. Ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi rasmiy ogohlantirish
Ekstremistik faoliyat belgilarini oʻz ichiga olgan, tayyorlanayotgan gʻayriqonuniy harakatlar toʻgʻrisida yetarlicha va avvaldan tasdiqlangan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hamda javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining mansabdor shaxsi ekstremizmning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslarga va jismoniy shaxslarga bunday faoliyatga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida yozma shaklda rasmiy ogohlantirish chiqaradi, ogohlantirishda uni chiqarishning aniq asoslari koʻrsatiladi.
Rasmiy ogohlantirish eʼlon qilingan shaxs undan norozi boʻlgan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tegishli davlat organining yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga yoki sudga ushbu ogohlantirish ustidan shikoyat qilishga haqli.
10-modda. Yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi taqdimnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs tomonidan uning faoliyatida ekstremizm belgilari mavjudligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi qonun buzilishi sodir etilgan taqdirda, prokuror yoki ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining boshqa mansabdor shaxsi mazkur yuridik shaxsning mansabdor shaxsiga koʻrsatib oʻtilgan qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi va ularni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Taqdimnoma darhol koʻrib chiqilishi va tegishincha taqdimnoma kiritgan prokuror yoki ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinishi lozim. Taqdimnoma kollegial organ tomonidan koʻrib chiqiladigan hollarda, taqdimnoma koʻrib chiqiladigan kun haqida tegishincha prokurorga yoki ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organiga xabar beriladi va ular taqdimnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishga haqlidir. Agar ushbu qonunbuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, shuningdek taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida ekstremizm belgilari mavjudligi haqida dalolat beruvchi yangi faktlar aniqlansa, prokurorning yoki ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi boshqa mansabdor shaxsining taqdimnomasiga asosan yuridik shaxsning faoliyati olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan taqiqlanadi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida oʻziga taqdimnoma kiritilgan shaxs undan norozi boʻlgan taqdirda, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuqori turuvchi davlat organiga, uning mansabdor shaxsiga yoki sudga ushbu taqdimnoma ustidan shikoyat qilishga haqli.
11-modda. Ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash
Oʻzbekiston Respublikasining hududiga ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda ekstremistik materiallar deb topiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekstremistik materiallar qonunchilikda taqiqlanmagan usullar orqali, shu jumladan quyidagilar orqali aniqlanadi:
ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari yoxud qonunchilik bilan tegishli sohada tekshirish va (yoki) nazorat qilish vazifalari oʻz zimmasiga yuklatilgan davlat organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar va oʻrganishlar;
ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek qonunchilik bilan vakolat berilgan boshqa organlar tomonidan oʻtkazilgan ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifalari yoxud boshqa axborot resurslarining monitoringi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish;
ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlarni oʻrganish.
Materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.
Iltimosnomaga materialda (manbada) ekstremistik material mavjud ekanligini tasdiqlovchi ekspertiza xulosasi ilova qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi hujjatlarning asosliligini tekshiradi, unga rozi boʻlgan taqdirda, materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan materialni (manbani) ekstremistik deb topish ushbu Qonunning 41-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sudning materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ekstremistik deb topilgan material (manba) ushbu Qonunning 52-moddasida belgilangan tartibda Elektron reyestrga kiritiladi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan uchinchi — toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekstremistik materiallar, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilari belgilangan tartibda yoʻq qilinishi yoki olib tashlanishi kerak. Ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi yoki Internet jahon axborot tarmogʻidagi manbalarda joylashtirilgan ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlarini va ramziy belgilarini yoʻq qilish yoki olib tashlash imkoni boʻlmaganda ulardan foydalanish cheklanadi, shuningdek bunday manbalarni qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
(11-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining ekstremistik materiallarni yoʻq qilish, olib tashlash yoki ulardan foydalanishni cheklash toʻgʻrisidagi talabining telekommunikatsiya tarmoqlariga va Internet jahon axborot tarmogʻiga kirish boʻyicha xizmatlar taqdim etuvchi shaxs tomonidan bajarilmaganligi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-aprel “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 180-son qarori
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 194 moddasi.
(11-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekstremizmni moliyalashtirish taqiqlanadi.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ekstremizmni moliyalashtirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar nazoratini, ichki nazoratni amalga oshiradi hamda tegishli tarzda tekshirish choralarini koʻradi.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar zudlik bilan va oldindan xabardor qilmagan holda ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyasini, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisob raqamiga kelib tushgan pul mablagʻlarini oʻtkazishga doir operatsiyalar mustasno, toʻxtatib turishi va (yoki) pul mablagʻlarini yoxud boshqa mol-mulkini muzlatib qoʻyishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini muzlatib qoʻyish, shaxslarning operatsiyalarini tiklash, muzlatib qoʻyilgan pul mablagʻlaridan yoki boshqa mol-mulkidan foydalanish huquqini taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadi.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-iyundagi PF-6252-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish” Strategiyasi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyun “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi oʻzbekiston respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi 402-son qarori
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may)
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatib turish
Yuridik shaxs ekstremistik faoliyatga aloqador boʻlgan taqdirda, shu jumladan ekstremizmni moliyalashtirishda ishtirok etganda uning faoliyati ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining arizasiga koʻra sudning qarori bilan bir yilgacha muddatga toʻxtatib turiladi.
Yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.
Iltimosnomaga yuridik shaxsning faoliyati ekstremistik faoliyatga aloqadorligini tasdiqlovchi ekspertiza xulosasi ilova qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi hujjatlarning asosliligini tekshiradi, unga rozi boʻlgan taqdirda, yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kiritiladi.
Sud tomonidan yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish ushbu Qonunning 41-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sudning yuridik shaxs faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi Kodeksning 53-moddasi
Siyosiy partiyalar faoliyatini toʻxtatib turish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi qonunning 10-moddasi
Ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati toʻxtatib turilgan yuridik shaxslar ushbu Qonunning 52-moddasida belgilangan tartibda Elektron reyestrga kiritiladi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Tashkilotni (norasmiy tuzilmani) ekstremistik tashkilot deb topish
Oʻzbekiston Respublikasida tashkilotni (norasmiy tuzilmani) ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi.
Tashkilot (norasmiy tuzilma), agar uning tarkibiy tuzilmalaridan hech boʻlmasa bittasi (boʻlinmasi, filiali va vakolatxonasi) ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan boʻlsa, ekstremistik tashkilot deb topiladi.
Tashkilotni (norasmiy tuzilmani) ekstremistik tashkilot deb topish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.
Iltimosnomaga tashkilot (norasmiy tuzilma) ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotganligini tasdiqlovchi ekspertiza xulosasi ilova qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tashkilotni (norasmiy tuzilmani) ekstremistik tashkilot deb topish toʻgʻrisidagi hujjatlarning asosliligini tekshiradi, unga rozi boʻlgan taqdirda, tashkilotni (norasmiy tuzilmani) ekstremistik tashkilot deb topish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tashkilotni (norasmiy tuzilmani) ekstremistik tashkilot deb topish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning faoliyatini taqiqlash ushbu Qonunning 41-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ekstremistik tashkilot deb topilgan tashkilotlar (norasmiy tuzilmalar) ushbu Qonunning 52-moddasida belgilangan tartibda Elektron reyestrga kiritiladi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
141-modda. Ekstremizmga oid jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan muayyan cheklovlar joriy etish
Ekstremizmga oid jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslar maʼrifiy faoliyat, psixologik yordam koʻrsatish faoliyati, jurnalistlik faoliyati bilan shugʻullana olmaydi, ommaviy axborot vositasining muassisi boʻla olmaydi, shuningdek ularga ommaviy tadbirni oʻtkazish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlar shaxsning sodir etgan ekstremizmga oid jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanishiga yoki sudlanganligi olib tashlanishiga qadar amalda boʻladi.
Ekstremizmga oid jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilishi cheklovlarning muddatidan oldin bekor qilinishi uchun asos boʻladi.
(141-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
3-bob. Ekstremizmga qarshi kurashish subyektlari
15-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi;
(15-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari hamda boshqa subyektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada koʻrsatilgan davlat organlari ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni qonunchilikda berilgan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Ekstremizmga qarshi kurashishga doir tadbirlarda boshqa davlat organlarining, oʻzga subyektlarning ishtirok etishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning 15-moddasida koʻrsatilmagan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar ekstremizmga qarshi kurashishga doir tadbirlarda oʻz vakolatlari doirasida hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar, shu jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlariga ekstremizmning oldini olishga va unga qarshi kurashishga doir vazifalarni bajarishda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi shart.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
4-bob. Ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik
17-modda. Jismoniy shaxslarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxs ekstremistik faoliyatda ishtirok etishni oʻz ixtiyori bilan rad etgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining va ekstremistlarning maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod etiladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
18-modda. Tashkilotlarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi
Tashkilotlar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun tugatiladi, ularning faoliyati esa taqiqlanadi.
Tashkilotni tugatish sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
Ekstremistik tashkilot deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara qilinadi hamda davlat mulkiga oʻtkaziladi.
19-modda. Mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotlarning ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarligi
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻyxatga olingan mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremistik tashkilot deb topilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilotning (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasining) faoliyati taqiqlanadi hamda bu tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning boʻlinmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mol-mulk esa musodara qilinadi hamda davlat mulkiga oʻtkaziladi.
Mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotning (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasining) faoliyatini taqiqlash:
belgilangan tartibda akkreditatsiyani bekor qilishga;
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mazkur tashkilot vakillari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishini taqiqlashga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida har qanday moliya-xoʻjalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni yuritishni taqiqlashga;
ommaviy axborot vositalarida ushbu tashkilot nomidan har qanday materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida eʼlon qilishni taqiqlashga;
taqiqlangan tashkilotning materiallarini, shuningdek uning materiallarini oʻz ichiga olgan axborot mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatishni taqiqlashga;
ommaviy tadbirlar oʻtkazishni, shuningdek ularda taqiqlangan tashkilot vakillarining ishtirok etishini taqiqlashga sabab boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining mintaqaviy, xalqaro yoki xorijiy tashkilotni (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasini) ekstremistik tashkilot deb topish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning faoliyatini taqiqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bunday tashkilotning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qarori koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran tegishli chet davlatni bu haqda taqiq sabablari va taqiq bilan bogʻliq oqibatlarni koʻrsatgan holda diplomatik kanallar orqali belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
191-modda. Ekstremizmga oid jinoyatlar sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish
Ekstremizmga oid jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ijtimoiy moslashtirish choralari qoʻllaniladi.
Ekstremizmga oid jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslarga ijtimoiy, huquqiy, tibbiy, psixologik yordam koʻrsatish, ularning taʼlim olishiga, kasb-hunar oʻrganishiga va ishga joylashishiga koʻmaklashish vositasida jamiyatning toʻla huquqli aʼzosiga aylanishiga qaratilgan faoliyat ijtimoiy moslashtirish choralaridir.
Ijtimoiy moslashtirish jazoni oʻtash davridagi va jazo oʻtab boʻlinganidan keyingi choralarni qamrab oladi.
Ekstremizmga oid jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxs jazoni oʻtayotganda individual ijtimoiy-psixologik moslashtirish dasturlari orqali uni ekstremistik qarashlardan qaytarish jazoni oʻtash davridagi ijtimoiy moslashtirish hisoblanadi.
Jazoni oʻtab boʻlinganidan keyingi ijtimoiy moslashtirish ekstremizmga oid jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari tomonidan individual dastur asosida koʻpi bilan bir yil davomida amalga oshiriladi.
Ekstremizmga oid jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(191-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41-bob. Yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish, tashkilotni (norasmiy tuzilmani) yoki materialni (manbani) ekstremistik deb topish tartibi
192-modda. Ariza berish
Yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish, tashkilotni (norasmiy tuzilmani) ekstremistik tashkilot deb topish yoki materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Arizada qaysi tashkilotning (norasmiy tuzilmaning) yoki materialning (manbaning) ekstremistik deb topilishi kerakligi, oʻsha tashkilotning (norasmiy tuzilmaning) faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻxtatib turilishi yoki taqiqlanishi koʻrsatilgan boʻlishi, tashkilot (norasmiy tuzilma) ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotganligini, materialda (manbada) ekstremistik material mavjudligini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlishi kerak.
Arizaga yuridik shaxs faoliyatining ekstremistik faoliyatga aloqadorligini, ekstremistik faoliyat amalga oshirilganligini yoki ekstremistik material mavjudligini tasdiqlovchi ekspertiza xulosasi ilova qilinadi.
193-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish, tashkilotni (norasmiy tuzilmani) yoki materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilingan materiallar kelib tushganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi ishni sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisida oʻn kun muddatda ajrim chiqaradi.
Ish koʻrib chiqiladigan kun toʻgʻrisida tashkilotning (norasmiy tuzilmaning) vakili, materialning (manbaning) egasi (agar ular maʼlum boʻlsa), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari xabardor qilinadi.
194-modda. Ishni koʻrib chiqish
Yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish, tashkilotni (norasmiy tuzilmani) yoki materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi ish sud majlisida tegishincha tashkilotning (norasmiy tuzilmaning) vakili, materialning (manbaning) egasi hamda uning vakili (agar ular maʼlum boʻlsa), shuningdek prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Tegishli tarzda xabardor qilingan tashkilot (norasmiy tuzilma) vakilining yoki material (manba) egasining hamda uning vakilining sud majlisida hozir boʻlmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi.
195-modda. Sud qarori
Yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish, tashkilotni (norasmiy tuzilmani) yoki materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha sud qaror chiqaradi.
Sud arizani qanoatlantirgan taqdirda, sudning bu qarori tegishincha yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatib turish, ekstremistik tashkilotni (norasmiy tuzilmani) tugatish va uning faoliyatini taqiqlash, ekstremistik materiallarni (manbalarni), ekstremistik tashkilotlarning atributlarini va ramziy belgilarini belgilangan tartibda yoʻq qilish yoki olib tashlash yoxud ulardan foydalanishni cheklash uchun asos boʻladi.
Yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish, tashkilotni (norasmiy tuzilmani) yoki materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish, tashkilotni (norasmiy tuzilmani) yoki materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqt va joy haqidagi maʼlumotlar, qarorni qabul qilgan sudning nomi, sudyaning, taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
tashkilotning nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), tashkilotning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami, materialning (manbaning) nomlanishi yoki sarlavhasi (agar mavjud boʻlsa), uning tavsifi va xususiyatlariga oid maʼlumotlar;
tegishli qarorni qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar.
Sudning qarori oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro etiladi.
Sudya taraflarga qaror ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatini tushuntiradi.
Sud qarorining koʻchirma nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga uning ijrosini tashkil etish uchun, shuningdek tegishincha tashkilotning vakiliga yoki materialning (manbaning) egasiga darhol topshiriladi.
Agar taraflar sud majlisiga kelmagan boʻlsa, sud qarorining koʻchirma nusxasi ularga bir sutka ichida pochta orqali yuboriladi.
196-modda. Yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish, tashkilotni (norasmiy tuzilmani) yoki materialni (manbani) ekstremistik deb topishga oid sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish, tashkilotni (norasmiy tuzilmani) yoki materialni (manbani) ekstremistik deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan taraflar, ularning advokati tomonidan yetmish ikki soat ichida kassatsiya tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼatiga shikoyat qilinishi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan protest keltirilishi mumkin.
Yuridik shaxsning faoliyatini ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan toʻxtatib turish, tashkilotni (norasmiy tuzilmani) ekstremistik tashkilot yoki materialni (manbani) ekstremistik material (manba) deb topish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinishi uning ijro etilishini toʻxtatib turmaydi.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga belgilangan tartibda zarur axborotni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuborish va ularning soʻrovlariga javob berish, shuningdek boshqa hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Shanxay konvensiyasi (2001-yil 15-iyun, Shanxay)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(23-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
24-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-iyul,
OʻRQ-489-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 03/18/489/1593-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 03.11.2026-y., 03/26/1185/1094-son)