

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3761061">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6362"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;</span></div><div id="LBC6464"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-3761061">[<b>TSZ:</b><div id="LS3697"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-3763107">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3763108">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-3763109">Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3763114"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-5903193">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/acts/-5877863?ONDATE=01.03.2022 02#-5880462">qaroriga </a>asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763115">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son <a href="/acts/-3459498">qaroriga </a>muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763116">1. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="javascript:scrollText(-3763128)">1-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763117">2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="javascript:scrollText(-3765134)">2-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763118">3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763120">4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-3763123">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-3763124">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-3763125">2018-yil 31-may,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-3763127">406-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3763128"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3763130">Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 406-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga</a><br />1-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-3763131">Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3763132">NIZOM</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3763133"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3763134">1-bob. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763135">1. Ushbu Nizom qonun hujjatlariga muvofiq formali kiyim-bosh kiyib yurish nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni (keyingi oʻrinlarda formali kiyim-bosh savdosi boʻyicha faoliyat deb ataladi) litsenziyalash tartibini belgilaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763136">2. Formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyat tuman (shahar) hokimliklari tomonidan litsenziyalanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763137">3. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyat ushbu Nizomga <a href="javascript:scrollText(-3765125)">1-ilovaga </a>muvofiq sxema boʻyicha litsenziyalanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763138">4. Formali kiyim-bosh savdosi boʻyicha faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy savdo tarmoqlarining ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari tomonidan va tegishli litsenziya va sertifikatga ega tadbirkorlik faoliyatining boshqa subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4362078"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4362079">Bunda harbiy qism bilan tuzilgan shartnomaga muvofik, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga maishiy-savdo xizmatlari koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy savdo tarmogʻining ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari hamda boshqa vakolatli tadbirkorlik subyektlari yopiq harbiy shaharchalar hududida formali kiyim-bosh, yordamchi ashyolar va boshqa predmetlarini tegishli litsenziya olmasdan sotadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4362084">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-martdagi 189-sonli <a href="/acts/-4348914#-4349599">qaroriga </a>asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763139">5. Ishlab chiqaruvchi tashkilotlar oʻzlari ishlab chiqargan formali kiyim-boshni faqat:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763140">vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763141">vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilarining formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) ega tadbirkorlik subyektlariga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763142">jismoniy shaxslarga, ushbu Nizomning <a href="javascript:scrollText(-3763179)">9-bandida </a>koʻzda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilgan holda oʻzlariga qarashli chakana savdo tarmogʻi orqali realizatsiya qilishlari mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763146">Formali kiyim-bosh ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga litsenziya olish talab qilinmaydi, oʻzlariga qarashli chakana savdo tarmogʻi orqali realizatsiya qilish bundan mustasno.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763157">6. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza bilan litsenziyalovchi organga murojaat qilgan va Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor litsenziya talabgori (keyingi oʻrinlarda talabgor deb ataladi) boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763160">7. Formali kiyim-bosh savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun ushbu Nizomga <a href="javascript:scrollText(-3765132)">2-ilovaga </a>muvofiq shaklda namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763164">8. Formali kiyim-bosh savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3763168">2-bob. Litsenziya talablari va shartlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763179">9. Formali kiyim-bosh savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari quyidagilardan iborat:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763183">vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari va xodimlarining formali kiyim-bosh, shuningdek, savdo faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763186">namunalari belgilangan tartibda tasdiqlangan formali kiyim-boshni realizatsiya qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763190">talabgorda formali kiyim-bosh savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan mulk huquqi asosida yoki boshqa mulkiy huquq asosida tegishli boʻlgan binoning (keyingi oʻrinlarda bino deb ataladi) mavjud boʻlishi;</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4421731"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4421733">binoning texnik jihatdan mustahkamligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlimlarining texnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) ulanganligi, yopiq harbiy shaharchalar va harbiy qismlarda joylashgan binolar bundan mustasno;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4421738">(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-sonli <a href="/acts/-4412686#-4414483">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son) </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763197">binoda yongʻin signalizatsiyasining mavjudligi, binoning yongʻin xavfsizligi qoidalari va talablariga, shuningdek, sanitariya qoidalari, gigiyena normalari va talablariga muvofiqligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763198">binoda vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshni qonunga xilof ravishda kiyganligi uchun javobgarlik haqida ogohlantiruvchi yozuvlar joylashtirilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763200">formali kiyim-boshni vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlariga faqat ular harbiy guvohnomalarini taqdim etganda sotish.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3763209">3-bob. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763214">10. Talabgor litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763226">a) litsenziya berish haqida quyidagilar koʻrsatilgan ariza:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763253">yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), joylashgan joyi (pochta manzili), faoliyatini amalga oshirish joyi, bank boʻlimi nomi va bankdagi hisobraqami, telefon raqami, elektron pochta manzili, veb-sayti — mavjud boʻlsa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763255">yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlsa), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), joylashgan joyi (pochta manzili), faoliyatini amalga oshirish joyi (manzili), aloqa maʼlumotlari (telefon, elektron manzil);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763256">arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumot;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763405">b) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan binoga mulk huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763408">11. Litsenziya olish uchun talabgor hujjatlarni litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali taqdim etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763413">Litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga bevosita taqdim etilgan hujjatlar litsenziyalovchi organning masʼul xodimi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va roʻyxatning nusxasi talabgorga hujjatlar qabul qilingan sana qayd etilgan holda topshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763417">Litsenziya berish haqidagi ariza mazkur Nizomning <a href="javascript:scrollText(-3763214)">10-bandida </a>nazarda tutilgan maʼlumotlarni ilova qilgan holda elektron shaklda YIDXP orqali taqdim etilganda ariza talabgorning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763423">Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada talabgorning elektron manzili koʻrsatilgani uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqidagi xabarnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763426">Litsenziya talabgori tomonidan Yagona portal orqali elektron shaklda taqdim etilgan litsenziya berish haqidagi ariza, litsenziyalovchi organning masʼul xodimi tomonidan qabul qilinadi va uning olinganligi xabar qilinadi, shuningdek, avtomatik tarzda YIDXP roʻyxatga olinadi va roʻyxatga olish raqami beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763429">12. Talabgordan mazkur Nizomning <a href="javascript:scrollText(-3763214)">10-bandida </a>nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763440">13. Litsenziya berish uchun mazkur Nizomning <a href="javascript:scrollText(-3763214)">10-bandida </a>nazarda tutilmagan qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlar olish zarurati mavjud boʻlganda, litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda ularni boshqa vakolatli organlardan, jumladan, elektron shaklda mustaqil ravishda soʻraydi va oladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3763444">14. Talabgor ishonchli boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgani uchun qonunchilikka muvofiq javob beradi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3763447">4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish haqida qaror qabul qilish</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3763449"></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4716729"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716730">15. Talabgordan litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun ariza taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan karrali miqdorda yigʻim undiriladi:</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4716745">(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli <a href="/acts/-4671960?ONDATE=29.12.2019 00#-4684327">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4716747"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716749">yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4716754">(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli <a href="/acts/-4671960?ONDATE=29.12.2019 00#-4684327">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4716755"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716758">yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4716761">(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli <a href="/acts/-4671960?ONDATE=29.12.2019 00#-4684327">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4716824"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716831">YIDXP orqali murojaat qilinganda, tegishliligi boʻyicha ushbu bandning <a href="javascript:scrollText(-4716747)">ikkinchi</a> va <a href="javascript:scrollText(-4716755)">uchinchi xatboshilarida</a> koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716834">Toʻlov Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida bank kartalari va “SMS-xabardor qilish” xizmati yordamida, Oʻzbekiston Respublikasi banklarining kassalari orqali — naqd va naqdsiz toʻlanishi mumkin.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4716843">(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli <a href="/acts/-4699930?ONDATE=15.01.2020 00#-4702492">qaroriga </a>asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4716847"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716850">16. YIDXP orqali murojaat qilinganda, arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716855">yigʻimning summasining 11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716856">yigʻimning summasining 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716859">qolgan qismi litsenziya beruvchi organning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716861">Talabgor taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yigʻim miqdori qaytarib berilmaydi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4716867">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli <a href="/acts/-4699930?ONDATE=15.01.2020 00#-4702499">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764425">17. Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgor arizasi olingandan soʻng oʻn ikki kundan oshmaydigan muddatda, uning taqdim etilgan shaklidan qatʼi nazar, zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda qabul qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764430">Agar, litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, litsenziya talabgori koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda arizada koʻrsatilgan faoliyat turini amalga oshirishga haqlidir. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya daʼvogarining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764433">18. Litsenziyalovchi organ talabgorni tegishli qaror qabul qilingan kundan soʻng ikki kun muddatda xabardor qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764437">Litsenziya berish haqidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma talabgorga yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda YIDXP orqali bank hisobraqami va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish haqida qaror qabul qilinganligi boʻyicha talabgorga xabar berilgan bir vaqtda litsenziya shartnomasi imzolash uchun yuboriladi (topshiriladi).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764439">19. Litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764444">shartnomani imzolovchi mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764446">tomonlarning rekvizitlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764449">litsenziatdan talab etiladigan litsenziya talablari va shartlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764453">amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764459">litsenziya shartnomasining talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764463">litsenziya shartnomasining talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764468">Litsenziya shartnomasi ikki nusxada litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764470">20. Litsenziyalar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764472">Berilgan, toʻxtatib turilgan, yangilangan, qayta rasmiylashtirilgan, va bekor qilingan, shuningdek, amal qilishi toʻxtatilgan litsenziyalar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi elektron reyestriga kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764477">21. Litsenziya talabgor tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat yoki toʻlanganligining elektron tasdigʻi taqdim etilib, litsenziya shartnomasi imzolangan kunda beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764479">Litsenziya tuman (shahar) hokimi tomonidan imzolanadi va litsenziatga beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764481">22. Agar, litsenziat unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni yoki toʻlanganligining elektron tasdigʻini taqdim etmagan yoxud litsenziya shartnomasini imzolamagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764483">23. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/acts/-32924#-35217">17-moddasida </a>nazarda tutilgan asoslar boʻyicha litsenziya berish rad etilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764484">Talabgor litsenziya beruvchi organning litsenziya berishni rad etish, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764487">24. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda YIDXP orqali yoʻllanadi, unda rad etish sabablari va litsenziya talabgori ularni bartaraf etgan holda qayta koʻrib chiqish uchun ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlishi zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764489">Litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori arizasi barcha zarur hujjatlarni olgandan soʻng oʻn kundan oshmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764493">Taqdim etilgan hujjatlar va takroriy ekspertiza xulosalari boʻyicha litsenziyalovchi organning litsenziyani berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi protokol qarori tuziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764494">Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilishi uchun yigʻim undirilmaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764504">Talabgorning arizasini qayta koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi avvalgi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764505">Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatdan soʻng berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3764520">5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish. Litsenziya dublikatini berish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764522">25. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi, joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan soʻng bir oy muddatda litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qayd etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764644">Familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan litsenziat — jismoniy shaxs qayta roʻyxatga olingach, bir oy muddatda litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish haqida qayd etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764650">Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita, pochta xizmati yoki YIDXP orqali taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764653">Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatdan oʻtkazilgan sanada bir xil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan litsenziyatlar — yuridik shaxslar qoʻshilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bobda belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764655">Litsenziyalovchi organ qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularning hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizim orqali koʻrsatilgan maʼlumotlarning tasdigʻini oladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764663">Litsenziyalanadigan faoliyatni mazkur bandning talablarini buzgan holatda amalga oshirish faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish qonunchilikda oʻrnatilgan javobgarligini keltirib chiqaradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764666">26. Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyat turini avval berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764669">Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764671">Litsenziyani litsenziatga litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish boʻyicha ariza olingani haqida xabarnoma yoʻllangandan soʻng besh kun mobaynida qayta rasmiylashtiriladi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4716880"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716884">Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziatdan litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716887">YIDXP orqali murojaat qilinganda yigʻim summasining: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716889">11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716892">10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4716895">qolgan qismi litsenziya beruvchi organning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4716908">(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli <a href="/acts/-4699930?ONDATE=15.01.2020 00#-4702511">qaroriga </a>asosan toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764675">Litsenziat arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan summa qaytarilmaydi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda davlat boji undirilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764678">27. Litsenziya yoʻqotilgan taqdirda litsenziatning arizasiga koʻra, ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni davomida litsenziyaning dublikati beriladi. Litsenziyaning dublikati berilayotganda mazkur Nizomning<a href="javascript:scrollText(-3763449)"> 15-bandida </a>nazarda tutilgan yigʻimning yarmi undiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764682">Dublikat ikki nusxada rasmiylashtiriladi (har birida “dublikat” degan belgi qoʻyiladi) va ulardan biri litsenziatga yuboriladi (topshiriladi), ikkinchisi esa litsenziatning litsenziya ishida saqlanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3764686">6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764692">28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish litsenziyalovchi organ tomonidan “<a href="/acts/-28144">Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-31846">Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-2055680">Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida</a>” va “<a href="/acts/-3321352">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida</a>”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764696">29. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764700">moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan xolda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764704">litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlarni oʻtkazishda paydo boʻladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764706">tekshiruvlar natijalari boʻyicha litsenziat tomonidan yoʻl qoʻyilgan muayyan litsenziya talablari va shartlari buzilishini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764709">bajarilishi shart boʻlgan, litsenziat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi koʻrsatmalarni qabul qilish, bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlgan muddatni belgilash; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764710">qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish hamda litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni sudga kiritish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764711">yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar tomonidan litsenziya olmasdan formali kiyim-bosh savdosi bilan shugʻullanish holatlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda choralar koʻrish uchun ularga oid materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3764712">7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764714">30. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/acts/-32924?ONDATE=11.10.2006 00#-1069003">22</a>, <a href="/acts/-32924#-35371">23</a> va <a href="/acts/-32924?ONDATE=11.10.2006 00#-1081828">24-moddalarida </a>nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764717">Amal qilishi toʻxtatib turilgan, toʻxtatilgan, bekor qilingan litsenziyalar haqidagi maʼlumotlar litsenziyalovchi organ tomonidan “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksining elektron reyestriga kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3764719">31. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga ariza berilishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish haqidagi qaror asossiz deb topilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar hisoblanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3764721">8-bob. Litsenziyalar reyestri</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765095">32. Litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksining litsenziyalar reyestrini litsenziyalar reyestrining axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari xamda boshqa davlat axborot tizimlari bilan mos kelishini va hamkorligini taʼminlab beruvchi yagona tashkiliy, metodologik va dasturiy-texnik prinsiplarga asosan yuritadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765096">33. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765097">a) litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765098">tashkilotning nomi va soliq toʻlovchining indentifikatsiya raqami (STIR), tashkiliy-huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765100">yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi va otasining ismi (agar mavjud boʻlsa), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765103">b) litsenziyalanayotgan faoliyat amalga oshiriladigan manzil, ish joyi telefoni, faks;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765105">v) litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765106">g) litsenziyaning amal qilishi muddati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765107">d) litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asoslari va sanasi, uning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va qayta tiklash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765108">e) litsenziyaning amal qilish muddatini tugatish asoslari va sanasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765109">j) litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765110">Litsenziyalar reyestridagi maʼlumotlar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi veb-saytda joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765111">Litsenziyalovchi organ litsenziya berish, litsenziyani mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, litsenziya talablari buzilganligi uchun uni toʻxtatib turish xamda litsenziyaning amal qilinishini tugatish yoki qayta tiklash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilgan kundan boshlab uch kun muddatda litsenziyalar reyestriga tegishli qaydlar kiritadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3765113">9-bob. Litsenziya berilganligi uchun undiriladigan davlat boji</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4893325"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4893326">34. Litsenziya berish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-4680944">Qonunida </a>belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4893327">Davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkaziladi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4893328">(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli <a href="/acts/-4857432?ONDATE=16.06.2020 00#-4858169">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3765123">10-bob. Yakunlovchi qoida</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765124">35. Mazkur Nizomning qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3765125"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3765127">Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="javascript:scrollText(-3763132)">nizomga</a><br />1-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-3765128">Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatini litsenziyalash </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3765129">SXEMASI</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3765130"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-3765131"><img src="/files/3774881" /></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3765132"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3765133">Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="javascript:scrollText(-3763132)">nizomga </a><br />2-ILOVA </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3775060"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-3775064"><img src="/files/3777274" /></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3765134"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3765135">Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 406-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga </a><br />2-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-3765136">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3765806"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765809">1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyxatining “Tumanlar (shaharlar) hokimliklari” <a href="/acts/-269036?ONDATE=18.05.2011 00#-1810204">boʻlimiga </a>quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765810">“Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi”.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765812">2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari <a href="/acts/-973556?ONDATE=15.11.2017 01#-3415839">roʻyxatiga </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) quyidagi mazmundagi 100<sup>1</sup>-pozitsiya qoʻshilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3765815">“100<sup>1</sup>. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri”.</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-3763113">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/406/1294-son, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son) </a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
