Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Soʻnggi yillarda aholining turmush sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda. Biznes yuritishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda va institutsiyaviy mexanizmlari takomillashtirilmoqda, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish choralari koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, budjet mablagʻlarini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlari saqlanib qolmoqda, bu esa olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Bozor munosabatlarining bugungi rivoji hamda insofli tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish zarurati iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish, “xufyona iqtisodiyot”ning shakllanish mexanizmlarini, chet el valyutasining nazoratsiz chiqib ketish kanallarini oʻz vaqtida aniqlashning shakl va usullarini tubdan qayta koʻrib chiqishni, shuningdek, importni optimallashtirish va milliy tovarlar eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha tizimli ishlarni kuchaytirishni ham talab etmoqda.
Shu munosabat bilan, faoliyati iqtisodiyot rivoji, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy voqelikka toʻliq javob bermayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini tubdan qayta koʻrib chiqish zarurati paydo boʻldi.
Biznesni yuritish va investitsiyalarni jalb etish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish, budjet mablagʻlarini talon-toroj qilish va ulardan samarasiz foydalanish holatlarining oldini olish, shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) etib qayta tashkil qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Departament:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida iqtisodiy va korrupsiyaviy jinoyatlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyati, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni, shuningdek, mazkur jinoyatlar sodir etilishi oqibatida yetkaziladigan iqtisodiy zararning qoplanishini amalga oshiruvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qiluvchi organ;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha vorisi hisoblanadi.
2. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
birinchidan, iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni kompleks tahlil qilish hamda qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
uchinchidan, budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarida debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha choralar koʻrish;
toʻrtinchidan, yoqilgʻi-energetika kompleksida, bank-moliya, soliq, transport, qurilish va ijtimoiy sohalarda iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
beshinchidan, davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyuta mablagʻlari noqonuniy ravishda chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot”ni shakllantirishning turli sxemalari va kanallarini aniqlash;
oltinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar narxlarini manipulyatsiya qilish, ularga boʻlgan sunʼiy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari aylanmasi bilan bogʻliq noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish;
yettinchidan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining samarali ijro etilishini taʼminlash;
sakkizinchidan, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va axborot almashish;
toʻqqizinchidan, iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish boʻyicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish.
3. Departament tuzilmasida:
Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va Aydar-Arnasoy koʻllari tizimi resurslaridan foydalanish sohasidagi iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi negizida Ijtimoiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Iqtisodiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Yigʻma axborot-tahlil boshqarmasi negizida Tizimli tahlil boʻlimi va Tashkiliy-nazorat boʻlimi tashkil etilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2018-yil 1-iyuldan boshlab:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda — Markaz) import shartnomalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari loyihalarini Markaz tomonidan ekspertizadan oʻtkazishda aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisida Departamentga zarur axborotni muntazam ravishda taqdim etadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Departament organlari tomonidan oʻtkazilgan taftishlar va tekshiruvlar natijalari boʻyicha aniqlangan hamda Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasining davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadiga undirilgan davlat organlari va tashkilotlari, budjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy xarajatlarning, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summasining 10 foizi Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
6. Departamentga:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligidan bank hisobvaraqlari va yagona gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha davlat pul mablagʻlarining harakatlanishi bilan bogʻliq maʼlumotlarni soʻrab olish;
tezkor-qidiruv faoliyati natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarini, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarini sarflash masalalari boʻyicha davlat tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarda belgilangan tartibda tekshiruvlarni oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish;
iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, chek qoʻyish va bartaraf etish maqsadida qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qoʻllash;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi.
davlat tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalardan, shuningdek, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlardan budjet mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanish, ularni taqsimlashda suiisteʼmolliklar va korrupsiya holatlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni va tushuntirishlarni talab qilib olish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi maʼlumotlarni qabul qilish, umumlashtirish, tahlil qilish, tekshirish va saqlash, shuningdek, yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida koʻrsatma berish, mazkur funksiyani faqat Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasiga yuklash;
Departament zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan davlat organlari va tashkilotlarning maʼlumotlar bazasidan foydalanish;
milliy va chet el valyutasidagi budjetdan tashqari mablagʻlarni, shuningdek, Departament organlarining depozit hisobvaraqlarida boʻlgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish huquqlari berilsin.
Belgilansinki:
Departamentning hududiy tuzilmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalar boʻyicha xabarlar olish, koʻrsatmalar va soʻrovlar yuborishga haqli emas;
mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromadlar ushbu daromadlarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirgan holda Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar rahbarlari Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) talablari ijrosi uchun shaxsan javobgardir;
Qoidalarga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda Departament tomonidan, jumladan ushbu Qoidalarni tasdiqlagan organlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar yagona markazlashgan hisobni yuritish va qonun hujjatlariga muvofiq choralarni koʻrish uchun zarur boʻlgan valyuta huquqbuzarliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Departamentga taqdim etishi shart;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 170, 171-moddalari, Jinoyat kodeksining 176, 177-moddalari.
soliqlar va yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish holatlari boʻyicha jinoyat ishlari Departament tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt huquqbuzarlik sodir etilganligi va yetkazilgan zarar hajmi toʻgʻrisida Departamentning xabarini olgan kundan boshlab oʻttiz kun oʻtgandan keyingina, shuningdek, ushbu muddat davomida soliqlar va yigʻimlar, jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar shaklidagi davlatga yetkazilgan zarar qoplanmagan taqdirda, shuningdek, savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish oqibatlari bartaraf etilmagan va yetkazilgan moddiy zarar qoplanmaganda qoʻzgʻatiladi. Bunda mazkur talab shunga oʻxshash jinoyatlarni muqaddam sodir etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
9. Departament hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
bir oy muddatda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi shubhali operatsiyalar, shuningdek, chet el valyutasining asossiz chiqib ketishi xavfi yuqori boʻlgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni saralash va qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqsin hamda joriy etsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Departament zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda boshqa idoralarning maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlaridan Departamentning hududiy boshqarmalari foydalanishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbasi etib belgilansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
a) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Departamentning xarajatlar smetalari va shtat jadvaliga mazkur Farmonga muvofiq oʻzgartishlar kiritsin;
yangi tashkil etilayotgan boʻlinmalarni mebel, kompyuter texnikasi va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlasin;
Departament xodimlarini oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarganligi uchun moddiy ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) ikki oy muddatda Departamentning yangi tashkil etilayotgan tarmoqlari tahliliy va tezkor-qidiruv faoliyati boʻyicha yuksak koʻnikmalarga, vatanparvarlik va maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
11. 2018-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5343-son Farmonining 3-bandi birinchi — toʻrtinchi xatboshilari Departament va uning hududiy boʻlinmalari xodimlariga tatbiq etilsin.
Bunda ushbu bandda koʻrsatilgan tadbirlarni ijro etish bilan bogʻliq xarajatlar 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
12. Departament Bank-moliya akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bilan birgalikda Departament xodimlarini moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik, tezkor-qidiruv faoliyati, shuningdek, jismoniy va harbiy tayyorgarlik hamda maxsus texnika vositalaridan va oʻqotar quroldan foydalanish sohalarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha maxsus kurslarni begʻaraz asosda tashkil etish choralarini koʻrsin.
14. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, boshqa vazirlik va idoralarning byulletenlari, statistik axborotnomalari majburiy tartibda joʻnatiladigan reyestrga kiritilsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5019-son Farmoniga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqadigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini kiritsin;
2018-yil yakunlari boʻyicha ushbu Farmonning ijro etilishi samaradorligini oʻrgansin hamda zarurat tugʻilganda Departament faoliyatini va tashkiliy-shtat tuzilmasini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-may,
PF-5446-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi):
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) huzurida iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyati, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni amalga oshiruvchi, shuningdek, mazkur jinoyatlar sodir etilishi natijasida yetkazilgan iqtisodiy zararning qoplanishini taʼminlovchi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qiluvchi organ;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Departamentning qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) buyruq va koʻrsatmalariga amal qiladi.
4. Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyani aniqlash hamda oldini olish boʻyicha protsessual harakatlarning uzviyligi va izchilligi jinoyat ishi qoʻzgʻatishdan boshlab uni sudda koʻrib chiqqunga qadar, Departament va uning hududiy boʻlinmalarining jinoyatlarni tergov qiluvchi hamda ular boʻyicha sudda davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi barcha darajadagi prokuratura organlari bilan oʻzaro uzviy hamkorligi va harakatlarni muvofiqlashtirish natijasida taʼminlanadi.
5. Departament tizimiga quyidagilar kiradi:
Departamentning markaziy apparati;
Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi);
Departamentning tuman (shahar) boʻlimlari.
6. Departament quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchilarga va Bosh prokurorga boʻysunuv va hisobdorlik asosida faoliyat koʻrsatadi.
7. Departament oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
8. Departamentning moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar xisobidan amalga oshiriladi.
Departamentda shakllantirish va foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan budjetdan tashqari jamgʻarmalar tashkil etiladi.
9. Departament yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
2-bob. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarda debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha choralar koʻrish;
yoqilgʻi-energetika kompleksida, ijtimoiy, bank-moliya, soliq, transport va qurilish sohalarida iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyutasi mablagʻlarini gʻayrihuquqiy ravishda chiqib ketishi, olib kirish va olib chiqish, ularning noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot” shakllanishining turli sxemalari va kanallarini aniqlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini samarali ijro etilishini taʼminlash;
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar narxlarini manipulyatsiya qilish, ularga boʻlgan sunʼiy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoxud qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalaga chiqarilishi bilan bogʻliq gʻayrihuquqiy harakatlarga qarshi kurashish;
iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha chet davlatlarining vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va axborot ayirboshlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish;
iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni kompleks tahlil qilish, qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni oldini olish boʻyicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish.
11. Departament oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
2) budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarda debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha choralar koʻrish sohasida:
davlat tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini rastrata qilish, talon-toroj qilish, kamomadlar, noqonuniy sarf qilish, davlat xaridlarida narxlarni oshirish, debitor va kreditor qarzdorliklarni asossiz orttirish holatlarini aniqlash va oldini olish boʻyicha choralar koʻradi;
davlat tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilar faoliyatini tekshirish va taftish qilish jarayonida mol-mulk xatlovini, bajarilgan ishlarning nazorat oʻlchovlarini oʻtkazadi;
3) yoqilgʻi-energetika kompleksida, ijtimoiy, bank-moliya, soliq, transport va qurilish sohalarida iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish sohasida:
a) yoqilgʻi-energetika kompleksining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qoʻyadi:
eksport salohiyatini rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish va ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar va butlovchi buyumlar bilan toʻldirish, tovarlar va mahsulotlarni import qilish, budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish;
xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish, yoqilgʻi-energetika va geologiya-qidiruv tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish;
ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, muqobil energiya ulushi koʻpayishini taʼminlash;
yer qaʼrini geologik tadqiq qilish, yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish samaradorligini oshirish, qidiruv va razvedka ishlarini oʻtkazish;
b) ijtimoiy sohaning quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qoʻyadi:
tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik taʼminlash, oʻz vaqtida va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiyot buyumlari savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning davlat tomonidan narxlarni tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya etishi;
oliy taʼlim muassasalariga kirish va taʼlim olish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, taʼlim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari va jihozlar bilan taʼminlash, sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarning, shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlashni tashkillashtirish;
aholining kam taʼminlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash;
v) bank-moliya va soliq sohalarining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qoʻyadi:
bank-moliya va soliq qonunchiligiga rioya etish, budjet mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish, budjet qoidalari, shuningdek, budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etish;
kredit ajratish, boshqa moliyaviy xizmatlarni taqdim etish, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumati va nohukumati tashkilotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari, shuningdek, davlat kafolati ostida jalb qilinadigan chet el kreditlaridan maqsadli foydalanish;
bank-moliya muassasalari va sugʻurta kompaniyalarining mahalliylashtirish dasturlari, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan taʼminlash va eksport salohiyatini rivojlantirishda ishtirok etishi;
g) qurilish va transport sohalarining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qoʻyadi:
qurilish uchun ajratilgan yerlardan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya faoliyati, davlat kadastrini yuritish, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashda texnika shartlari va reglamentlariga rioya etish, uy-joy va yoʻl qurilish dasturlari ijrosi;
mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan taʼminlash va eksport salohiyatini rivojlantirish;
fuqarolarga, birinchi navbatda, yosh oilalarga va yetim bolalarga arzon uy-joylar ajratilishi, namunaviy loyihalar boʻyicha sifatli uy-joy qurilishini taʼminlash;
mahalliy, respublika va xalqaro ahamiyatga molik avtomobil, temiryoʻl yoʻllari, mahalliy va xalqaro aeroportlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
transport sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, avtomobil, temiryoʻl va havo transportida yuklarni va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlarning daraja va sifatini oshirish, xalqaro logistika markazlarini tashkil etish;
4) davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyutasi mablagʻlarini gʻayrihuquqiy ravishda chiqib ketishi, olib kirish va olib chiqish, ularning noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot” shakllanishining turli sxemalari va kanallarini aniqlash sohasida:
davlat tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashadi;
valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar bilan birgalikda chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishdagi huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish, oldini olish va profilaktika qilish choralarini koʻradi;
chet el valyutasi mablagʻlarining gʻayrihuquqiy chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularni noqonuniy muomalada boʻlish kanallarini oʻrganadi va aniqlaydi;
“xufyona iqtisodiyot” shakllanishining holatlarini aniqlash boʻyicha choralar koʻradi, yashirin ishlab chiqarish, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatiga chek qoʻyadi;
5) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini samarali ijro etilishini taʼminlash sohasida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish alomatlarini aniqlash maqsadida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni tizimli monitoringi va moliyaviy tahlilini olib boradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq maʼlumotlar va axborotni almashish hamda yuborish boʻyicha hamkorlik tartibini huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan birgalikda belgilaydi;
(11-bandning 5-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)
terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali olingan maʼlumotlar asosida terrorchilik faoliyatida yoxud ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish va yuritishni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
yetarli asoslar mavjud boʻlgan hollarda iqtisodiy jinoyatlarni sodir etishda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda, terrorizmni moliyalashtirishda va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishda ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish choralarini koʻradi;
(11-band 5-kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)
ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish xavflarini baholashni tashkillashtirish boʻyicha choralarni koʻradi;
jalb etilgan vazirlik va idoralarning ishini muvofiqlashtiradi, xavflarni (tavakkalchiliklarni) baholash orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining samarali ishlashiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi muammo va kamchiliklarni tizimli tahlil qiladi, ularni kamaytirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlardan kelib tushadigan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qiladi, qayta ishlaydi va maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish uchun ilgʻor dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
6) ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar narxlarini manipulyatsiya qilish, ularga boʻlgan sunʼiy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoxud qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalaga chiqarilishi bilan bogʻliq gʻayrihuquqiy harakatlarga qarshi kurashish sohasida:
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga (mahalliy ishlab chiqarilgan oʻsimlik yogʻi va un, goʻsht, shakar), shuningdek, paxta shroti va sheluxasiga boʻlgan narx-navoni asossiz va sunʼiy oshirishga, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabning vujudga keltirishga qaratilgan gʻayrihuquqiy harakatlarni aniqlash va oldini olish choralarini koʻradi;
markazlashtirilgan resurslar hisobidan oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasini xarid qilish, yetkazib berish va sotishda korrupsiyaga qarshi kurashadi;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga, shuningdek, paxta shroti va sheluxasini sotishda narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini aniqlangan qonun buzilishlari boʻyicha materiallarni qonun hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun vakolatli organlarga yoʻnaltirgan holda tizimli oʻrganadi;
nazorat qiluvchi organlar xodimlari va bozor maʼmuriyati tomonidan korrupsiya holatlari, ularning bozorlar faoliyatini tashkil etishning belgilangan tartibiga rioya etilishini taʼminlamaslik, shu jumladan narx-navolarni asossiz va sunʼiy oshirish, ularning hududida noqonuniy faoliyat yuritayotgan shaxslarga nisbatan choralar koʻrmaslik holatlarini aniqlash choralarini koʻradi;
sifatsiz yoxud qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini muomalasini aniqlaydi va chek qoʻyadi;
7) iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha chet davlatlarining vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va axborot ayirboshlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida:
xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro kelishuv prinsipi asosida iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qiladi va axborotlar ayirboshlashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida qabul qilingan majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi, xalqaro hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, Departament faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini tayyorlash va tuzishda takliflar kiritadi va unda ishtirok etadi;
8) iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni kompleks tahlil qilish, qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilish holatlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyani sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Departament va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatiga oid statistika hisobi va hisobotlarni yuritadi, ularning haqqoniyligini taʼminlaydi;
ishning samarali usullarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi, xodimlarning kasbiy koʻnikmalarini oshirish choralarini koʻradi;
Departament faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiladi va axborot xavfsizligini taʼminlaydi;
Bosh prokuratura rahbariyatiga iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish natijalari va muammolari toʻgʻrisida axborot beradi;
9) iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni oldini olish boʻyicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish sohasida:
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, jamiyatda iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha kompleks choralarni amalga oshiradi;
ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ularni Departament faoliyati natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi, ushbu maqsadlarda seminar, brifing, press-konferensiya, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi.
Departament qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
12. Departament va uning hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklatilgan vazifalar va amalga oshiradigan funksiyalariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari va tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolardan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, ularning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalaridan Departamentga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun zarur axborot, maʼlumotlar, materiallar va hujjatlarni belgilangan tartibda soʻrash va bepul olish. Departament tomonidan olingan axborot faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi va oshkora qilinishi mumkin emas;
fuqarolar va mansabdor shaxslarni Departamentning ish yurituvidagi jinoyat ishlari, tergovga qadar tekshirish materiallari va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha chaqirish, zarur hujjatlar, maʼlumotlar va ularning nusxalarini bepul olish;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligidan bank hisobvaraqlari va yagona gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha davlat pul mablagʻlarining harakatlanishi bilan bogʻliq maʼlumotlarni soʻrab olish;
yuklatilgan vazifalarni bajarishda moliya, soliq, bojxona va boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlarini amaliy ekspert koʻmagi koʻrsatish uchun jalb etish;
tezkor-qidiruv faoliyati natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarini, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarini sarflash masalalari boʻyicha davlat tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarda belgilangan tartibda tekshiruvlarni oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarida tekshirish va taftish qilish jarayonida mol-mulkni xatlovdan oʻtkazish, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarning nazorat oʻlchovlarini amalga oshirish;
davlat tashkilotlari, maqsadli jamgʻarmalar va ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalardan, shuningdek, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlardan budjet mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanish, ularni taqsimlashda suiisteʼmolliklar va korrupsiya holatlarini oʻrganish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va tushuntirishlarni talab qilib olish;
yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda iqtisodiy jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish uchun pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida koʻrsatma berish;
soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob va hisobotlarning buzilishi yoxud ularning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarga aloqadorligi aniqlangan hollarda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning telekommunikatsiya vositalari va kompyuter maʼlumotlar bazalariga kirish, shuningdek, soliq toʻlovchilarning hujjatlari bilan tanishish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi masalasi boʻyicha tekshiruv tadbirlarini amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun buzilishi holatlari haqidagi murojaatlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorlikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzasidan qisqa muddatli tekshiruvlar oʻtkazish;
tekshirish, tadqiqot va ekspertiza oʻtkazish uchun tovarlar, buyumlar, xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalarini, shuningdek hujjatlarni olib qoʻyish;
qonun hujjatlariga muvofiq valyuta nazorati organlariga berilgan funksiyalarni bajarish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxslardan va fuqarolardan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasi narxlarining asossiz va sunʼiy oshirilishi, narx-navoni manipulyatsiya qilish, ularga sunʼiy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiisteʼmolliklar va korrupsiya holatlarini oʻrganish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va tushuntirishlarni talab qilib olish;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga boʻlgan narxlarni asossiz va sunʼiy oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiisteʼmol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash boʻyicha moliyaviy-xoʻjalik faoliyatni tekshirish hisoblanmaydigan tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha vazirlik va idoralarning vakillarini ekspert sifatida, shuningdek xalqaro tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan yalpi majlislar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasini shakllantirishda jalb qilish;
Departament vakolatiga kiritilgan ishlar boʻyicha jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish, tergovga qadar tekshirish va surishtiruv olib borish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish;
Departamentning hududiy boshqarmalarida tergovga kadar tekshiruv va surishtiruv olib borilishini, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga aniqlangan qonun buzilishlari boʻyicha ularni sodir etishga imkon yaratgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
(12-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va axborot almashish;
davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarga rioya qilish sharti bilan tegishli ekspertizalar oʻtkazish, oʻquv dasturlari, metodik hujjatlar, dasturiy va axborot taʼminotini ishlab chiqish, moliyaviy monitoring sohasida axborot tizimlarini yaratish uchun ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarni, alohida mutaxassislarni, shu jumladan, shartnoma asosida ishga jalb qilish;
milliy va xorijiy valyutadagi budjetdan tashqari boʻsh mablagʻlarini, shu jumladan, Departament depozit hisob raqamlarida mavjud mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit raqamlariga joylashtirish.
Departament qonun hujjatlariga asosan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida maʼlumotlarni qabul qilish, umumlashtirish, tahlil qilish, tekshirish va saqlash, shuningdek pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida koʻrsatma berish Departamentda faqat Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Departamentning hududiy boʻlinmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalar boʻyicha xabarlarni olish, koʻrsatma va soʻrovlarni yuborishga haqli emas.
Departament tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari, xususan, tahliliy materiallar, tekshiruv xaridlari yoki nazorat xaridlari natijalari boʻyicha olingan tovar yoki kassa cheklari, shuningdek, qonun buzilishini tasdiqlovchi cheklarni bermaslik holatlari, keyinchalik qonunbuzarlikning keng miqyosini, narxlarni asossiz va sunʼiy oshirish usullari va mexanizmlarini aniqlash maqsadida, zarur hollarda, vakolatli organning maxsus ruxsati talab etilmagan holda moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun asos hisoblanadi.
Departament xodimlari davlat, xizmat, tijorat sirini, jismoniy shaxslarning omonatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sirini va ular oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olgan boshqa axborotni sir saqlashlari shart. Sir oshkor qilingan taqdirda xodim qonunda belgilangan tartibda javob beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46-moddaci, Jinoyat kodeksining 191-moddaci.
Departament hududiy boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq surishtiruv organi boshligʻi huquqlariga ega boʻladi.
14. Bosh prokuror va unga boʻysunuvchi prokurorlar Departament va uning hududiy boʻlinmalarining Departament yuklatilgan funksiya va vazifalarni ijro etish boʻyicha faoliyati ustidan va prokuror vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
15. Departament xodimlari oʻzlarining funksional vazifalarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
16. Xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq tartibga solinadi.
31-bob. Departament xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qoʻllash
161. Departament xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga faqat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega.
Departament xodimi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek, jismoniy kuch ishlatilishi va maxsus vositalar qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun davriy tekshiruvdan oʻtishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.
Jismoniy kuch ishlatilishi va maxsus vositalar qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash boʻyicha tekshiruvdan oʻta olmagan Departament xodimining jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalar qoʻllash bilan bogʻliq tezkor tadbirlarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jismoniy kuch ishlatilishi va maxsus vositalar qoʻllanilishidan avval ularni qoʻllash niyati toʻgʻrisida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni boʻlmagan yoxud ularning qoʻllanilishini kechiktirish fuqarolarning va Departament xodimining hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiradigan hamda boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.
Jismoniy kuch ishlatilishi va maxsus vositalar qoʻllanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda Departament xodimi har qanday zararning imkon qadar kam boʻlishiga intilishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam koʻrsatilishi, shuningdek, imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻrilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma toʻrt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak.
Jismoniy kuch ishlatilgan va maxsus vositalar qoʻllanilgan har bir holat toʻgʻrisida Departament xodimi bevosita boshligʻiga darhol axborot berishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida Departament xodimi tegishli prokurorga darhol xabar beradi.
Departament xodimining jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qoʻllash chogʻida oʻz vakolatlari doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddaci.
Agar jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qoʻllash qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda amalga oshirilgan boʻlsa, Departament xodimi jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qoʻllash chogʻida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.
Agar Departament xodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatilganligi yoki maxsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u halok boʻlsa, Departament xodimi hodisa joyini oʻzgarishsiz saqlashga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
162. Agar kuch ishlatilmaydigan usullar Departament xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlamasa, u quyidagi hollarda shaxsan oʻzi yoki boʻlinma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qoʻllash huquqiga ega boʻladi:
jinoyatlarga va maʼmuriy huquqbuzarliklarga chek qoʻyish uchun;
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni Departament organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
Departament xodimining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatilishini bartaraf etish uchun.
Departament xodimi ushbu Nizomda maxsus vositalar qoʻllanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi, fuqarolarning yoxud Departament xodimining hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
163. Departament xodimi quyidagi hollarda maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega:
fuqaroga yoki Departament xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
jinoyatga yoki maʼmuriy huquqbuzarlikka chek qoʻyishda;
Departament xodimiga qarshilik koʻrsatilishiga chek qoʻyishda;
jinoyatni sodir etish chogʻida yoki uni sodir etganidan keyin darhol koʻrib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni Departament organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borishda;
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlashda.
Departament xodimi quyidagi maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega:
qoʻlkishanlar yoki boshqa bogʻlash vositalari — ushbu bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
elektroshok qurilmalari — ushbu bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
maxsus boʻyovchi va markirovka qiluvchi vositalar — ushbu bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda.
Maxsus vositalarning qoʻllanilishi uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi va (yoki) fuqarolarning yoxud Departament xodimining hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
Departament organlari taʼminotida boʻladigan maxsus vositalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(31-bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)
4-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
17. Departamentga Bosh prokuror taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
18. Departament boshligʻi:
Departament boshligʻining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan tayinlanadigan uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega;
mavqeyi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha Bosh prokuror oʻrinbosariga tenglashtirilgan;
oʻz faoliyatida Bosh prokurorga boʻysunadi va hisobot beradi.
19. Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Departament boshligʻi:
a) Departament faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
b) Departament xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
v) Departamentning hududiy boshqarmalari va boʻlim boshliqlari hisobotlarini eshitadi;
g) Bosh prokurorga quyidagilarni kiritadi (taqdim etadi):
Departament vakolatlariga oid masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari;
Departament, uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari tashkiliy-shtat tuzilmalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida takliflar;
mazkur Nizomning 18-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish toʻgʻrisida taqdimnoma;
Departament xodimlariga darajali unvonlarni berish haqida taqdimnomalar;
Departament xodimlarini ragʻbatlantirish, davlat mukofotlariga taqdim etish haqida takliflar;
Departament faoliyati toʻgʻrisida hisobot;
d) Departament va uning hududiy boʻlinmalari shtat jadvalini, Departamentning markaziy apparati boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
e) oʻz vakolatlari doirasida Departamentning faoliyatini tashkil etish masalalariga oid, ijrosi barcha xodimlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar va farmoyishlar chiqaradi;
j) ajratilgan mablagʻlar doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament xodimlariga ustamalar, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantirishlarni toʻlash tartibi va shartlarni belgilaydi;
z) Departamentga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
i) Departament kuchlarini va mablagʻlarini samarali taqsimlashni tashkil qiladi, shu jumladan ayrim vazifalarni bajaruvchi xodimlarni Departamentga yuklatilgan boshqa ishlarga jalb qiladi;
k) Departament faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tezkor yigʻilishlar oʻtkazadi;
l) chet el davlatlari vakolatli organlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlar va boshqa shartnomalar tuzadi;
m) qonun hujjatlari va mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
20. Departament boshligʻi yoʻqligida vakolatlarini uning oʻrinbosarlaridan biri Bosh prokuror buyrugʻiga koʻra amalga oshiradi.
21. Quyidagilar:
Departament markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan;
Departament markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari Bosh prokuror bilan kelishilgan holda Departament boshligʻi tomonidan;
Departament markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlarining boshqa xodimlari Departament boshligʻi tomonidan;
Departament tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari oʻrinbosarlari Departament boshligʻi bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan;
Departament hududiy boʻlinmalarining boshqa xodimlari Departament hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
211. Departament markaziy apparatining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi bir vaqtning oʻzida Departament boshligʻining matbuot kotibi hisoblanadi.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)
22. Departament xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda, ajratilgan budjet mablagʻlari, Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
23. Departamentning koʻrsatmalari, taqdimnomalari va boshqa hujjatlarini bajarmaslik, shuningdek Departament faoliyatiga aralashish va uning xodimlariga, yuklatilgan vazifa va vakolatlarni bajarishga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi hamda qonunda belgilangan javobgarlikka olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi, Jinoyat kodeksining XVI bobi.
24. Departamentni tugatish va qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida (keyingi oʻrinlarda — Departament) xizmatga qabul qilish va ishdan boʻshatish tartibini, martaba darajalarini berish va undan mahrum etish, Departament xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (keyingi oʻrinlarda — Bosh prokuror) va Departament boshligʻining buyruqlari Departamentda xizmatni oʻtashning huquqiy asoslari hisoblanadi.
Ushbu Nizom Departamentning martaba darajalariga ega boʻlgan barcha xodimlariga (keyingi oʻrinlarda — xodimlar), shuningdek, sinov muddatidan oʻtgan shaxslarga nisbatan amal qiladi.
Departamentdagi xizmat faoliyati qonuniylik, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish va ularga rioya qilish, oshkoralik, nazoratda boʻlish va hisobdorlik tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Departamentdagi xizmatning ichki tartib-qoidalari Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Xodimlar Bosh prokuror tomonidan belgilanadigan tartibda prokuratura organlari oʻquv muassasalari va boshqa oliy oʻquv yurtlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtadi.
2-bob. Departamentda xizmatga qabul qilish va xizmatni oʻtash
4. Departamentga yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida kamida 5 yil ish tajribasiga hamda zarur kasbiy va maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlgan, sogʻligʻining holatiga koʻra xizmat vazifalarini bajarishga qodir boʻlgan mutaxassislar xizmatga qabul qilinadi.
Departamentga xizmatga qabul qilishda nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganish maqsadida tekshiruv, shuningdek, maxsus komissiya tomonidan albatta ularning bilim darajasi, zarur kasbiy koʻnikmalar va ish qobiliyatining mavjudligini aniqlashga qaratilgan suhbat oʻtkaziladi.
Alohida hollarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa organlarning yuqori malakali mutaxassislari majburiy suhbat va sinov muddatini oʻtamasdan Departamentga xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Departamentga xizmatga qabul qilishda sogʻligʻining holatiga koʻra zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishga layoqatli ekanini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
5. Departamentga birinchi marta xizmatga qabul qilinadigan shaxslarga uch oygacha boʻlgan sinov muddati belgilanadi.
Sinov muddati vaqti muayyan davr ishlaganlik uchun ustamalar toʻlash va pensiya tayinlash huquqini beruvchi Departamentdagi ish stajiga qoʻshiladi.
Sinov muddatini oʻtagan shaxslar Departamentdan xizmatdan chetlatilishi mumkin:
agar ularning talablarga mos kelmasligi aniqlansa, Departament boʻlinmalari rahbariyatining tashabbusi bilan;
xizmatga qabul qilingan shaxsning tashabbusi bilan (oʻz xohishiga koʻra, oilaviy sharoiti va boshqa uzrli sabablarga koʻra).
6. Xodimlarni xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Departament boshligʻi yoki Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) vakolati doirasidagi buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.
Departament Markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga muvofiq Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Departament Markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari Bosh prokuror bilan kelishilgan holda Departament boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Departament Markaziy apparatining boshqa xodimlari, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) boʻlimlarining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Departament boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hududiy boshqarmalar boʻlim boshliqlarining oʻrinbosarlari va tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarining oʻrinbosarlari Departament boshligʻi bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hududiy boshqarmalarning boshqa xodimlari hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Xizmatga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq xodimga imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi.
7. Agar shaxs:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmasa;
sudning qarori bilan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa;
sudlangan boʻlsa;
nojoʻya xatti-harakatlar sodir etganligi uchun huquqni muhofaza qiluvchi, sud yoki boshqa davlat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan boʻshatilgan boʻlsa Departamentga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.
Departamentga xizmatga kirishda xodimlar oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga aʼzolikni toʻxtatib turadilar.
8. Departament organlarida oʻzaro yaqin qarindoshlikda boʻlgan xodimlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻil va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari), agar ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan boʻlsa, birgalikda xizmat qilishlari taqiqlanadi.
9. Xodimlar haq toʻlanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullana olmaydi. Ular faqat asosiy ishdan boʻsh vaqtlarida ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin.
10. Xodimlar lavozimlari roʻyxati Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi.
Departament faoliyatining ichki tizimli tashkil etilishi Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadigan Departament Reglamenti hamda hududiy boshqarmalarning Namunaviy reglamenti bilan belgilanadi.
11. Departamentga birinchi marta xizmatga qabul qilingan xodim quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Oʻz xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishlariga qarshi murosasiz kurashishga, fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali ravishda qasamyod qilaman”.
Qasamyod qabul qilish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
Qasamyod matni yozilgan varaq xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildida saqlanadi.
12. Xodimlar Departamentda xizmatni oʻtash davrida Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadigan prokuratura organlari xodimining kasb odobnomasiga rioya qilishlari shart.
Prokuratura organlari xodimining kasb odobnomasi talablarini buzish qonunchilikda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. Qayd etilgan qoidalar buzilishining har bir holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddaci.
Xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi davrida xodim vaqtinchalik, lekin bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Xizmat tekshiruvi oʻtkazish va xodimni vaqtinchalik xizmat vazifalarini bajarishdan chetlatish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
13. Xodimlarning xizmat pogʻonalarida yuqorilab borishi ularning ishchanlik va shaxsiy sifatlari, topshirilgan sohada erishgan natijalari va professional tayyorgarligiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bunda xodimning yuqori lavozimga tayinlanishga roziligi talab qilinmaydi.
14. Poraxoʻrlik va boshqa suiisteʼmolchiliklarning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini, uning faoliyati samaradorligini muntazam oʻrganish, shuningdek, Departament organlari faoliyatining turli yoʻnalishlarida malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida xodimlarning lavozimlarini oʻzgartirish (rotatsiya) oʻtkaziladi.
Xodimlar rotatsiyasi, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan keyin amalga oshiriladi.
Xodimlarni rotatsiya qilish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
15. Xodimlarga Bosh prokuror tomonidan belgilangan shakl boʻyicha va tartibda xizmat guvohnomalari beriladi.
Guvohnoma lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi tegishli buyruq chiqarilgandan keyin prokuratura organi yoki Departament rahbarining yoki ularning oʻrinbosarlari imzosi qoʻyilgan holda beriladi.
Departament boshligʻiga xizmat guvohnomasi oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan beriladi.
Xodim guvohnomadan egallab turgan lavozimda xizmatni oʻtashning butun muddati mobaynida xizmat maqsadlarida foydalanadi. Lavozim yoki martaba darajalari oʻzgargan taqdirda xodimga yangi guvohnoma beriladi.
Guvohnomaning xodim aybi bilan yoʻqotilishi lavozimdagi nojoʻya xatti-harakat hisoblanadi va intizomiy javobgarlik qoʻllanilishiga olib kelishi mumkin. Guvohnoma yoʻqotilishining har bir holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
16. Xodimning egallab turgan lavozimiga xizmat boʻyicha muvofiqligini aniqlash maqsadida Bosh prokurorning buyrugʻi bilan belgilangan tartibda va muddatlarda attestatsiya oʻtkaziladi.
Attestatsiya oʻtkazishda attestatsiyadan oʻtkazilayotgan xodimning kasbiga munosibligi va egallab turgan lavozimiga muvofiqligi, shuningdek, uning bundan buyon xizmat qilishiga va martaba darajalari berishga doir takliflar koʻrib chiqiladi.
Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi attestatsiya komissiyasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda — Bosh prokuratura), Departament boshligʻining va hududiy boshqarmalar boshliqlarining buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadigan xodimlar esa — tegishlicha Departamentning va hududiy boshqarmalarning attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
3-bob. Martaba darajalarini berish va ulardan mahrum qilish
17. Martaba darajalarini berish xodimning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda va egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq izchil tartibda amalga oshiriladi.
18. Xodimlarga quyidagi martaba darajalari beriladi:
kichik martaba darajalari:
3-darajali yurist;
2-darajali yurist;
1-darajali yurist;
yuqori martaba darajalari:
adliya kichik maslahatchisi;
adliya maslahatchisi;
adliya katta maslahatchisi;
oliy martaba darajalari:
3-darajali davlat adliya maslahatchisi;
2-darajali davlat adliya maslahatchisi.
19. Xodimlarga egallab turgan lavozimiga muvofiq quyidagi martaba darajalari beriladi:
2-darajali davlat adliya maslahatchisi — Departament boshligʻiga;
3-darajali davlat adliya maslahatchisi — Departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari va Departament boshligʻining oʻrinbosarlariga;
adliya katta maslahatchisi — Departamentning markaziy apparati boshqarma boshliqlari, boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, maxsus boʻlim katta inspektori, katta kriminalisti, Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlariga;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
adliya maslahatchisi — boʻlim boshliqlarining oʻrinbosarlari, bosh inspektorlar, bosh auditorlar, Departament markaziy apparati bosh surishtiruvchilari, Departament boshligʻining yordamchisi, hududiy boshqarmalar boshliqlarining oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, ichki xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha katta inspektor, kadrlar boʻyicha katta inspektor, maxsus boʻlim katta inspektori, tezkor-qidiruv faoliyatini hisobga olish sektori katta inspektori, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta inspektor, katta kriminalist, murojaatlar bilan ishlash boʻyicha katta inspektori, hududiy boshqarmalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha katta inspektori, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlariga;
adliya kichik maslahatchisi — katta inspektorlar, inspektorlar, katta surishtiruvchilar, katta taftishchilar, Departament markaziy apparati kriminalistlari, boʻlinmalar boshliqlari va boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari, bosh surishtiruvchilar, hududiy boshqarmalar bosh taftishchilari, tuman (shahar) boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlariga;
1-darajali yurist — katta inspektorlar, inspektorlar, katta surishtiruvchilar, surishtiruvchilar, katta taftishchilar, hududiy boshqarmalar taftishchilari va kriminalistlari, katta surishtiruvchilar va tuman (shahar) boʻlimlarining katta inspektorlariga;
2-darajali yurist — tuman (shahar) boʻlimlarining inspektorlar va surishtiruvchilariga;
3-darajali yurist — birinchi marta attestatsiyadan oʻtgan va lavozimga tayinlangan xodimlarga.
Ushbu Nizomning 66-bandida sanab oʻtilgan xodimlarga martaba darajalari ular egallab turgan lavozimdan qatʼi nazar, belgilangan muddatlarda beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida boshqaruv xodimlari sifatida ishlagan davri martaba darajalarini olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga kiritiladi.
Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlariga martaba darajalari Bosh prokuror tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbarining tavsiyanomasiga asosan beriladi.
20. Xodimlarga har bir martaba darajasida boʻlishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
3-darajali yurist — 2 yil;
2-darajali yurist — 2 yil 6 oy;
1-darajali yurist — 3 yil;
adliya kichik maslahatchisi — 3 yil;
adliya maslahatchisi — 3 yil 6 oy;
Xodimlarning 2-, 3-darajali davlat adliya maslahatchisi va adliya katta maslahatchisi martaba darajalarida boʻlish muddatlari belgilanmaydi.
21. 2- va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi martaba darajalari Bosh prokurorning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Boshqa martaba darajalari Departament boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Bosh prokuror tomonidan beriladi.
Departament organlariga birinchi marta xizmatga qabul qilingan va martaba darajalariga ega boʻlmagan xodimlarga 3-darajali yurist martaba darajasi, ular attestatsiyadan oʻtgandan soʻng beriladi.
22. Navbatdagi adliya katta maslahatchisi martaba darajasi, qoidaga koʻra, prokuratura organlari va boshqa davlat organlarining taʼlim muassasalarida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash dasturini muvaffaqiyatli tugatgan xodimlarga beriladi.
Adliya katta maslahatchisi martaba darajasi, istisno tariqasida, fidokorona mehnati va namuna koʻrsatgan xodimlarga alohida xizmatlari uchun ham berilishi mumkin.
23. Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va oʻzga tashkilotlardan Departamentga ishga oʻtgan xodimlarga martaba darajalari ularning Departamentda tayinlangan lavozimi, oldingi unvoni yoki ish tajribasi hisobga olingan holda beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ularga navbatdagi martaba darajasi ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda beriladi.
24. Bosh prokuror, istisno tariqasida, quyidagi huquqlarga ega:
alohida hollarda xodimlarga xizmat majburiyatlarini namunali bajarganligi uchun navbatdagi martaba darajalarini belgilangan muddat tugamasdan avval berish;
yuqoriroq lavozimga tayinlaganda martaba darajasini ketma-ketlikka rioya qilmasdan navbatdan tashqari, lekin xodim egallab turgan martaba darajasidan koʻpi bilan ikki pogʻona yuqori darajani berish;
attestatsiyadan oʻtishi talab etilmaydigan xodimlarga ishda oʻrnak koʻrsatganligi uchun martaba darajalarini berish.
25. Martaba darajalari berilgan xodimlari mazkur darajaga umrbod ega boʻlib qoladilar. Xodim shaʼniga putur yetadigan nojoʻya hatti-harakatlari uchun Departamentdan boʻshatilganda martaba darajasidan mahrum etilishi mumkin. Xodim tomonidan xizmat burchini qoʻpol ravishda buzilganda yoki noloyiq xulq-atvori uchun uning martaba darajasi pasaytirilishi mumkin.
26. Xodimlarni oliy martaba darajalaridan mahrum etish yoki ularning oliy martaba darajalarini pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa martaba darajalari Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi.
Xodimlarni martaba darajalaridan mahrum etish sudning hukmi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
27. Martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi.
28. Martaba darajasiga ega boʻlgan xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarishda prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan farqlovchi belgilari boʻlgan formali kiyim-bosh kiyadilar.
Martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlar bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.
Formali kiyim-bosh bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Xodimlarning formali kiyim-boshni kiyib yurish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
Martaba darajalariga ega boʻlib, pensiyaga chiqishi munosabati bilan xizmatdan boʻshagan, shuningdek, prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan xodimlar oʻtkaziladigan tantanalar va rasmiy tadbirlarda farqlovchi belgilari boʻlgan formali kiyim-boshni kiyib yurish huquqini saqlab qoladi.
4-bob. Ragʻbatlantirish
29. Xodimlar xizmatdagi tashabbuskorliklari va tezkorligi, xizmat majburiyatlarini vijdonan va namunali bajarganliklari uchun ragʻbatlantiriladilar.
30. Ragʻbatlantirishning quyidagi turlari mavjud:
tashakkurnoma;
pul mukofoti;
ilgari berilgan intizomiy jazoni amal qilish muddati tugashidan avval olib tashlash;
faxriy yorliq;
sovgʻa;
qimmatbaho sovgʻa;
navbatdan tashqari martaba darajasi yoki navbatdagi martaba darajasini belgilangan muddat tugagunga qadar yoxud egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar berish;
I, II, III darajali “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
“Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.
Xodimlar quyidagilar bilan ham mukofotlanishi mumkin:
Bosh prokurorning hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorligʻi bilan;
tegishlicha Bosh prokuror, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan prokuratura organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan ragʻbatlantirish turlari bilan.
Xodimlar alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar ragʻbatlantirish turlariga kirmaydi.
Departament boshligʻi buyruq bilan Moliya vazirligi birgalikda tasdiqlangan alohida Nizomga muvofiq oddiy xodimdan boshlab Departament boshligʻi oʻrinbosarigacha xodimlarning lavozim maoshlariga bir yillik lavozim maoshi miqdorida ragʻbatlantirish shaklida mukofotlash ustamalarini belgilash huquqiga ega.
Departament va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish Departament oʻz funksiyalarini bajarishi natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Agar Departament tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar Departamentning ish haqi fondi miqdoridan ortiq boʻlmasa va uning xodimlarining ish haqini qoplamasa xodimlarga mukofotlash ustamalari toʻlanmaydi.
31. Intizomiy jazo olgan xodimlar faqat oldin berilgan intizomiy jazoni olib tashlash shaklida ragʻbatlantirilishi mumkin.
32. Ragʻbatlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
tashakkurnoma eʼlon qilish, pul mukofoti yoki sovgʻa bilan ragʻbatlantirish, muqaddam berilgan intizomiy jazoni amal qilish muddati tugagunga qadar olib tashlash Bosh prokuror, Departament boshligʻi va hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
qimmatbaho sovgʻa, Bosh prokurorning Faxriy yorligʻi bilan taqdirlash, navbatdan tashqari martaba darajasi yoki navbatdagi martaba darajasini belgilangan muddatdan oldin, yoxud egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar berish, “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi”, I, II, III darajali “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlash, shuningdek, Bosh prokuror hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlash, Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etish Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi.
33. Ragʻbatlantirish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi va bu toʻgʻrisida ragʻbatlantirilayotgan xodimga eʼlon qilinadi, zarur hollarda esa Departamentning barcha xodimlari eʼtiboriga yetkaziladi. Ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
34. Departament boshligʻi istisno tariqasida boshqa davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini ragʻbatlantirish huquqiga ega.
5-bob. Intizomiy jazolar
35. Xodimlarga nisbatan intizomiy jazolar oʻz xizmat majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoki Departament xodimi degan nomga dogʻ tushiradigan nojoʻya xatti-harakat sodir etganligi uchun qoʻllaniladi.
36. Quyidagilar intizomiy jazolar hisoblanadi:
hayfsan;
oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi jarima;
lavozimida pasaytirish;
martaba darajasini bir pogʻonaga pasaytirish;
xizmat majburiyatlarini muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun xizmatdan boʻshatish.
Quyidagilar xizmat vazifasini bir marta qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi:
uzrli sabablarsiz progul (shu jumladan ish kuni mobaynida uch soatdan ortiq xizmatda boʻlmaslik);
xizmatga mast holda kelish, shuningdek ish joyida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish;
jinoiy jazolanadigan qilmish yoki nojoʻya xatti-harakat sodir etish;
qasamyodni buzish.
37. Bosh prokuror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan martaba darajalarida pasaytirishdan tashqari intizomiy jazoning barcha turlarini qoʻllashga haqlidir.
Departament boshligʻi va hududiy boshqarmalar boshliqlari oʻz boʻysinuvidagi xodimlarga nisbatan hayfsan va jarima shaklidagi intizomiy jazolarni qoʻllashlari mumkin. Bundan tashqari, ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kelishish qoidalariga rioya qilgan holda xizmatga qabul qilish huquqi oʻz vakolatlariga kiruvchi xodimlarning lavozimini pasaytirishi yoxud ishdan boʻshatishi mumkin.
38. Intizomiy jazo qoʻllash masalasini hal etayotgan rahbar sodir etilgan xatti-harakatni shaxsan oʻzi oʻrganib chiqishi shart. Zarur hollarda xizmat tekshiruvi tayinlanishi mumkin.
Intizomiy jazo qoʻllangunga qadar xodimdan tushuntirish xati talab qilib olinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning sodir etgan nojoʻya xatti-harakati uchun jazo qoʻllashga toʻsiq boʻla olmaydi.
Har bir nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanishi mumkin.
Intizomiy jazo bevosita aniqlangan nojoʻya xatti-harakat uchun, biroq qilmish aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmay qoʻllaniladi, bu muddatga xodimning kasal yoki mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti kirmaydi.
Intizomiy jazo qilmish sodir etilgan kundan boshlab olti oy oʻtgach, xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha esa — u sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan keyin qoʻllanishi mumkin emas. Koʻrsatib oʻtilgan muddatlarga jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish vaqti kirmaydi.
Intizomiy jazo buyruq bilan beriladi va u xodimga maʼlum qilinib, tilxat olinadi hamda uning shaxsiy yigʻma jildiga qoʻshib qoʻyiladi. Xodimga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash haqidagi buyruq Departamentning tegishli boʻlinmasi xodimlariga, zarur hollarda esa barcha xodimlarga ham eʼlon qilinishi mumkin.
Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlangan xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda, intizomiy jazo qoʻllash haqidagi buyruq nusxasi Bosh prokuraturaga yuboriladi.
39. Bosh prokuror, shuningdek, oʻz vakolatlari doirasida Departament boshligʻi, buyruqda oʻz qarorini asoslagan holda, intizomiy jazoni bekor qilish, uni kuchaytirish yoki yengillashtirish huquqiga ega. Agar intizomiy jazo chorasi sifatida asossiz ishdan boʻshatish qoʻllangan boʻlsa, u holda Bosh prokuror yoki Departament boshligʻi ishdan boʻshatishni asossiz deb topib, xodimni ilgarigi lavozimiga tiklash va unga majburiy progul vaqti uchun, biroq koʻpi bilan bir yildan ortiq boʻlmagan davrga oʻrtacha ish haqini toʻlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradilar.
40. Xodim intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida qayta intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Qoʻllanilgan intizomiy jazo agar xodim oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarib, xizmatda oʻrnak koʻrsatsa, bu haqdagi buyruq qabul qilingan kundan kamida olti oy oʻtgach, ushbu jazoni qoʻllagan mansabdor shaxs, Departament boshligʻi yoki Bosh prokuror tomonidan olib tashlanishi mumkin.
41. Intizomiy jazo mavjudligi xodimning lavozim boʻyicha yuqori koʻtarilishiga yoki unga martaba darajasi berilishiga, shuningdek, rahbarlik lavozimlari uchun zaxiraga kiritilishiga (boʻlishiga) toʻsqinlik qiluvchi holat hisoblanadi.
42. Intizomiy jazolar qoʻllashda oʻzlariga berilgan vakolatlarni oshirib yuborgan yoki ularni zarur darajada qoʻllamagan Departament boshligʻi, hududiy boshqarmalar boshliqlari Bosh prokuror oldida javob beradilar.
43. Xodimga nisbatan qoʻllangan intizomiy jazo yuzasidan intizomiy jazo qoʻllanganligi toʻgʻrisidagi buyruq xodimga eʼlon qilingandan keyin ikki hafta muddatda Bosh prokurorga yoki Departament boshligʻiga shikoyat qilinishi mumkin.
Shikoyat u tushgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda, qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda esa — u tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Shikoyat bilan murojaat qilish intizomiy jazo ijrosini toʻxtatmaydi.
44. Xodimlar davlat himoyasida boʻladi.
Xizmat vazifasini bajarish vaqtida xodimni ushlab turishga, shaxsiy tintuv oʻtkazishga, uning narsalarini va foydalanayotgan transportini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xodimlarga, shuningdek, Departamentda xizmat majburiyatlarini bajarish jarayonida sodir etgan qilmishlari uchun xizmatdan boʻshatilgan xodimlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasi hamda Departament organlari xodimlarining maʼmuriy huquqbuzarliklari uchun javobgarlik masalasi Bosh prokuror, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Jinoyat kodeksi.
6-bob. Departamentning kadrlar zaxirasi
45. Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
Kadrlar zaxirasini shakllantirishdan asosiy maqsad Departament organlariga zarur kasbiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslarning xizmatga qabul qilinishi, rahbarlik lavozimlariga yuklatilgan vazifalarni professional va samarali amalga oshirish uchun boshqaruvchilik qobiliyatiga ega xodimlar taqdim etilishini taʼminlash, shuningdek, ularni tarbiyalash, oʻqitish va joy-joyiga qoʻyishdan iborat.
Departament organlarining kadrlar zaxirasini shakllantirish va ular bilan ishlash kollegiallik va xolislik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi.
46. Quyidagilar kadrlar zaxirasini shakllantirish va ular bilan ishlash faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
Departament organlariga ushbu Nizom bilan belgilangan talablarga javob beradigan shaxslarni xizmatga qabul qilish;
xodimlarning nazariy bilimlari, amaliy va axborot-tahlil koʻnikmalarini yuksaltirish, ishchanlik va professional sifatlarini takomillashtirish, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tezkor-qidiruv faoliyatining zamonaviy yutuqlari bilan tanishtirish;
yuqori lavozimlar uchun masʼuliyatli, malakali hamda kasbiy tayyorgarlikka ega xodimlarni tanlab olish va ularni kadrlar zaxirasiga kiritish;
kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarni qayta tayyorlash va tarbiyalash, shuningdek, ularda boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakllantirish;
xodimlarning xizmat pogʻonalarida yuqorilab borishini tizimli rejalashtirish va tashkil etish.
Departament tizimidagi yuqori lavozimlarga, qoidaga k, kadrlar zaxirasida turgan xodimlar tayinlanadi.
Kadrlar zaxirasi bilan ishlash jarayonida, ularni kelgusida Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari lavozimiga koʻtarish maqsadida Departament organlari rahbar xodimlarini tanlash va tayyorlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
47. Departament organlarining kadrlar zaxirasi quyidagilardan iborat:
Departamentga xizmatga qabul qilish uchun nomzodlar zaxirasi;
hududiy boshqarmalar katta inspektorlari, inspektorlari, bosh surishtiruvchilari, katta surishtiruvchilari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari, taftishchilari lavozimlariga tayinlash uchun kadrlar zaxirasi;
hududiy boshqarmalardagi tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari va boshliqlarining oʻrinbosarlari lavozimlariga, shuningdek, ularga tenglashtirilgan lavozimlarga, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zaxirasi;
Departament tarkibiy boʻlinmalarining bosh inspektorlari, katta inspektorlari, bosh surishtiruvchilari, katta surishtiruvchilari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari va katta kriminalisti lavozimlariga tayinlash uchun kadrlar zaxirasi;
Departament boshligʻi, Departament boshligʻining oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, Departament tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zaxirasi.
48. Rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish uchun mezon boʻlib, Departament tizimidagi rahbarlik lavozimlarida yuklatilgan vazifalarni bajara olish uchun zarur koʻnikma va sifatlarga egaligi hisoblanadi.
Bunda Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, Departamentning Markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlari kadrlar zaxirasiga zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini vijdonan bajaradigan, tegishli dunyoqarashga, nazariy bilimlarga, ijobiy shaxsiy va ishchanlik sifatlariga, turli lavozimlardagi amaliy ish tajribasiga, tashkiliy-tahliliy qobiliyatga, qatʼiylik, prinsipiallik va masʼullik hissiga ega boʻlgan xodimlar kiritiladi.
49. Kadrlar zaxirasiga nomzodlar Departament boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, Departament Markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari, shuningdek, prokuratura va Departament organlarining attestatsiya komissiyalari tomonidan taqdim etiladi.
Departamentning kadrlar boʻlimi tomonidan Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi va boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda eng masʼuliyatli, malakali va tayyorlangan xodimlarni xizmat boʻyicha yuqoriga koʻtarishni taʼminlash maqsadida kadrlar zaxirasiga nomzodlarni xolisona tanlash, ularni oʻrganish hamda kasbga tizimli ravishda tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
50. Kadrlar zaxirasi bilan ishlash, mavjud vakansiyalardan qatʼi nazar tizimli asosda olib boriladi. Rahbarlik lavozimlariga zaxira tarkibi bir yilda kamida bir marotaba shakllantiriladi.
Departament boshligʻi, Departament boshligʻining oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalarning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, Departament markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari lavozimlariga tayinlash uchun kadrlar zaxirasi Bosh prokuraturaning Kadrlar boshqarmasi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi va Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentdagi qolgan lavozimlarga kadrlar zaxirasi, tegishli ravishda, Departamentning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining tezkor yigʻilishlarida tasdiqlanadi.
Departamentga xizmatga qabul qilish uchun nomzodlar zaxirasi Departamentning hamda hududiy boshqarmalarning kadrlar boʻlimi tomonidan, ushbu Nizom talablariga javob beradigan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari, Departament organlari ish yurituvchilari hamda mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
51. Departamentning kadrlar zaxirasini shakllantirishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslari kadrlar zaxirasiga nomzodlarni taqdim etish boʻyicha ishlarning toʻgʻri tashkil etilishi va uning xolisona shakllantirilishi uchun toʻliq javobgardirlar.
52. Kadrlar zaxirasini shakllantirish va ular bilan ishlash ushbu Nizom hamda Bosh prokurorning buyruqlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Xodimlarni moddiy va ijtimoiy taʼminlash
53. Xodimlarning pul taʼminoti lavozim maoshi, martaba darajasi uchun har oylik qoʻshimcha toʻlovlar, koʻp yillik xizmat uchun toʻlanadigan ustamalar hamda qonunchilikda va idoraviy hujjatlarda nazarda tutilgan prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan tartib va miqdorlardagi toʻlovlardan iborat.
Xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2065-son qarori normalari tatbiq etiladi.
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari va xodimlarning lavozim maoshlariga mehnatning alohida shart-sharoitlari uchun oylik ustamalar miqdorlari ushbu Nizomga 1 — 5-ilovalarga muvofiq belgilanadi.
Koʻp yillik xizmati uchun ustamani hisoblash huquqini beruvchi maxsus staj Bosh prokurorning buyrugʻi bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.
54. Xodimlarga davomiyligi 30 kalendar kunidan iborat haq toʻlanadigan yillik taʼtil beriladi. 15 yildan ortiq umumiy ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga:
15 yildan ortiq boʻlganda — 5 kalendar kuni;
25 yildan ortiq boʻlganda — 10 kalendar kunidan iborat qoʻshimcha mehnat taʼtili beriladi.
Xodimlarni har yilgi navbatdagi taʼtildan chaqirib olishga xizmat boʻyicha oʻta zarur hollarda, xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Taʼtilning foydalanilmagan qismi kech muddatlarga oʻtkaziladi.
Xodimlar soni yoki shtati qisqarganligi (tashkiliy-shtat tadbirlari), kasalligi, pensiyaga chiqishi munosabati bilan ishdan boʻshatilgan xodimlarga ularning xohishiga koʻra, haq toʻlanadigan navbatdagi yillik mehnat taʼtili beriladi, undan foydalanilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Xodim xizmat oʻtashni tugatganda foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.
55. Oilaviy holatlar, shuningdek, boshqa uzrli sabablar boʻyicha xodimlarga navbatdagi taʼtil hisobiga hisoblanmaydigan ish haqi saqlanmaydigan qisqa muddatli taʼtil berilishi mumkin.
56. Departament xodimlariga turar joy maydonlari qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
Yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan xodimlarga belgilangan tartibda ijtimoiy-moddiy yordam koʻrsatiladi.
57. Xodimlar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
58. Faoliyat koʻrsatayotgan va pensiyaga chiqish munosabati bilan xizmatdan boʻshatilgan xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiy muassasalarida tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish huquqiga ega.
59. Xodimlar xizmat safarlariga yuborilganda barcha turdagi transport vositalariga yoʻl chiptalari va mehmonxonalarda joylarni band qilish, egallash va navbatsiz olish huquqidan foydalanadilar.
Xodimlarni tergov guruhlariga jalb etish Bosh prokuratura rahbariyati, Departament boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining yozma koʻrsatmalari asosida amalga oshiriladi.
Bunda xizmati safari muddati oʻttiz kalendar kunidan ortiqni tashkil qilmaydi.
Zarur hollarda xizmat safari muddati yuqorida koʻrsatilgan rahbarlarning yozma koʻrsatmalari bilan uzaytirilishi mumkin.
Xizmat safarning umumiy muddati, uning muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, xodim boshida jalb qilingan ish boʻyicha dastlabki tergov muddatlaridan oshmasligi kerak.
60. Xodimlarining hayoti va sogʻligʻining majburiy davlat sugʻurtasi, belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
8-bob. Departamentda xizmat oʻtashni toʻxtatish
61. Departamentda xizmat oʻtash xodim ishdan boʻshatilganda tugatiladi.
Departamentda xizmatni oʻtash quyidagi holatlar:
Bosh prokuror va Departament boshligʻining tashabbusi bilan;
xodimning tashabbusi bilan;
taraflarning ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlarda tugatiladi.
Xizmatni oʻtashni taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha bekor qilinishiga quyidagilar asos boʻladi:
xodimning boshqa ishga, shu jumladan saylanadigan lavozimga saylanishi;
xodim harbiy xizmatga chaqirilishi;
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning xizmatga tiklanishi;
xodimning vafot etishi, uning bedarak yoʻqolgan deb topilishi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinishi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda tugatiladi.
Bosh prokuror, Departament boshligʻi va hududiy boshqarmalar boshliqlarining tashabbusi bilan xizmat oʻtashni tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
xizmatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, Departament organlari xodimlarining (shtatlar) soni qisqarishi yoki xizmat xususiyatining oʻzgarishi;
xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiqligi sababli;
xodim tomonidan oʻz xizmat majburiyatlarini muntazam ravishda buzilishi. Xizmat majburiyatlarini muntazam ravishda buzish deb xodim ilgari sodir etgan xizmat vazifalarining buzganligi uchun intizomiy jazoga tortilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida intizomiy qoidabuzarlikni takroran sodir etishi hisoblanadi (agar jazo muddatidan ilgari olib tashlangan boʻlmasa);
xodim tomonidan xizmat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish;
xodimning keyinchalik xizmatni unga taklif etilgan lavozimlarda, shu jumladan yuqori turuvchi lavozimga oʻtish va rotatsiya boʻyicha oʻtashni rad etish sababli xodimning kadrlar boʻlimi ixtiyorida boʻlishidan bir oy oʻtgandan keyin;
ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan faoliyat xodimga ogohlantirish qilinganidan keyin ham davom ettirilishi;
xodimning Departamentda xizmatda boʻlish yoshi chegarasiga yetishi;
xodimning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishi;
Departament xodimining egallab turgan lavozimiga nomunosib nojoʻya xatti-harakat sodir etishi.
62. Departamentda xodimlarning xizmatda boʻlishlari uchun cheklangan yosh chegarasi erkaklar uchun 60 va ayollar uchun 55 yosh.
Xizmatda boʻlishning cheklangan yoshiga yetgan, yuksak kasbiy tayyorgarlikka va egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, sogʻligʻiga koʻra unga yuklangan majburiyatlarni bajarishga qodir boʻlgan xodim Bosh prokurorning roziligi bilan Departamentda xizmatni davom ettirishi mumkin.
63. Egallab turgan lavozimidan ozod etilgan xodim oxirgi xizmat joyidagi oʻrtacha oylik maoshi saqlangan holda kadrlar boʻlimi ixtiyorida qoladi. Uni kelgusidagi xizmat vazifasiga tayinlash masalasi egallab turgan lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilgan paytdan boshlab bir oydan kech boʻlmagan muddatda hal etilishi kerak (ushbu muddatga xodimning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri kirmaydi).
64. Xodimlarning mehnat nizolari Bosh prokuror va Departament boshligʻi tomonidan koʻrib chiqiladi.
65. Pensiyaga chiqqan xodimlarga Bosh prokuror tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha pensiya guvohnomasi beriladi.
66. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylangan (tayinlangan) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga tayinlash yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori yoki taqdimnomasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga oʻtgan yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Rais oʻrinbosari, viloyat, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimi yoki hokim oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan va tasdiqlangan Departament xodimi Bosh prokurorning buyrugʻi bilan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.
Boshqa davlat organlari va tashkilotlariga ishga oʻtgan xodim alohida hollarda, Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi taklifiga asosan Bosh prokurorning buyrugʻi bilan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.
Xodimning ushbu bandda koʻrsatilgan mazkur faoliyat muddati navbatdagi martaba darajasini berish huquqini beruvchi, koʻp yillik xizmati uchun toʻlanadigan ustamani toʻlash, maoshini belgilash, pullik taʼminot va pensiya tayinlash uchun Departamentdagi xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
67. Ushbu Nizomning 66-bandida koʻrsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan xodimlar, ular saylangan yoki tayinlangan organlardagi mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda, prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza qilish choralaridan foydalanadilar.
Ushbu Nizomning 66-bandida koʻrsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan xodimlarga ushbu Nizomning III boʻlimida belgilangan tartibda martaba darajalari va harbiy unvonlar, shuningdek, Bosh prokuror tomonidan belgilangan shaklda prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasi xodimi guvohnomasi beriladi.
Soliq imtiyozlari va moliyaviy imtiyozlar, shuningdek, boshqa moddiy afzalliklarning qoʻllanilishi xodim saylangan yoki tayinlangan organ tomonidan mazkur organda amalda boʻlgan lavozim maoshi va boshqa toʻlovlar miqdori saqlangan holda amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, bunday xodimlarga mavjud martaba darajalari uchun qoʻshimcha toʻlovlar, koʻp yillik xizmati uchun ustamalar hamda Departament xodimlari uchun belgilangan mehnatning alohida sharoitlari uchun har oylik ustamaning oʻrtacha miqdori toʻlanadi.
68. Prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga oʻtkazilgan xizmatni oʻtashni tugatgan xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari bevosita Departament organlarida xizmat oʻtashni tugatgan xodimlar va ularning oila aʼzolari kabi huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar.
69. Ushbu Nizom 66 — 68-bandlarining amal qilishi Departamentdan ushbu Nizomning 67-bandida koʻrsatilgan organlarga avval saylangan yoki oʻtgan xodimlarga ham prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan vaqtdan boshlab tatbiq etiladi.
70. Amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan xodimlarga ularning boshqa davlat organlari va tashkilotlaridagi vakolat muddatlari tugaganidan soʻng, muqaddam Departament organlarida egallagan yoki unga teng lavozim berilishi kafolatlari taʼminlanadi, xodimning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi yoki sogʻligʻi holatiga yoxud mehnat (xizmat) majburiyatlarini bajarmaganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar bundan mustasno.
71. Ishdan noqonuniy boʻshatilgan, boshqa lavozimga oʻtkazilgan, martaba darajasidan mahrum etilgan xodimlar muqaddam egallagan lavozimiga va martaba darajasida qayta tiklanadi yoki boshqa teng lavozimga tayinlanadi.
Departamentga ishga tiklangan xodimlarning majburiy progul vaqti ularga koʻp yillik xizmati uchun ustama belgilash huquqini beruvchi stajga hamda navbatdagi martaba darajasini berish muddatiga qoʻshiladi.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbirlarnomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va idoralararo hamda xalqaro oʻzaro hamkorlikni taʼminlash

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash (keyingi oʻrinlarda — Departament).

Buyruq

2018-yil 1-iyulgacha

Departament

2.

Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar soliq (moliyaviy) tergov organlari rahbarlarining Muvofiqlashtiruvchi Kengashiga aʼzo boʻlish masalasini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-iyulgacha

Bosh prokuratura, TIV, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

3.

Afgʻoniston Islom Respublikasi, Koreya Respublikasi, Indoneziya Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va boshqa mamlakatlarning vakolatli organlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, muzokaralar olib borish va tegishli bitimlar (memorandumlar) imzolashni nazarda tutuvchi axborot almashinuvini kengaytirish.

Tashkiliy-amaliy

chora-tadbirlar

2018-2019-yillar

Bosh prokuratura, TIV, DXX, Adliya vazirligi

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, davlat xavfsizlik xizmati raisi va ichki ishlar vazirining quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshma buyrugʻini ishlab chiqish:

iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashda javobgarlik sohasini chegaralash;

Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari axborot departamentiga Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib oʻtish toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish mexanizmi;

Departamentning tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tezkor tadbirlar koʻruvchi maxsus guruhlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi.

Qoʻshma buyruq

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, DXX, IIV

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va davlat soliqqoʻmitasi raisining quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshma buyrugʻini ishlab chiqish:

soliqhuquqbuzarliklari va jinoyatchilikka qarshi kurashda javobgarlik sohasini chegaralash;

soliq toʻlovchilarni qamrab olish va hisobga olishning toʻliqligini kengaytirishda, soliq toʻlashdan boʻyin tovlash mexanizmlarini, “yashirin iqtisodiyot”ni shakllantirish yoʻllarini aniqlashda oʻzaro hamkorlik tartibi.

Qoʻshma buyruq

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, DSQ

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining quyidagi maʼlumotlar bazalarini Departamentga taqdim etish va muntazam yangilab borish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, jumladan:

“Fuqaroning biometrik pasporti”;

“Yashash guvohnomasi (fuqaroligi boʻlmagan shaxs yoki chet davlat fuqarosi uchun”;

“Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yoʻl hujjati”;

“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi”;

“Vaqtinchalik va doimiy propiska, fuqaroligi boʻlmagan shaxs va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining koʻchirmasi”;

“Yoʻqolgan biometrik hujjatlar haqida maʼlumot”.

Qoʻshma qaror

2018-yil 1-iyulgacha

Departament, IIV, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

7.

Departamentga “E-kalit” elektron kalitlari orqali “Qidirish” tizimiga real vaqt rejimida kirish imkoniyatini taʼminlash.

Bitim

2018-yil 1-iyulgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, Departament, IIV

8.

Departamentning tezkor boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, Departament, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Departamentga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida sotib olinishi zarur boʻlgan texnik va maxsus vositalar roʻyxatini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, IIV, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

10.

Departament faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobot va sharhlarni muntazam ravishda tele - va radio eshittirishlarni tashkil etish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Departamentning rasmiy veb-saytida materiallar va maqolalar chop etish orqali eʼlon qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-avgustgacha

Departament, manfaatdor

vazirlik va idoralar

II. Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularni tanlash hamda joy-joyiga qoʻyish

tizimini yanada takomillashtirish

11.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro tarmoq instituti ishtirokchilarining kelishuvi doirasida moliyaviy razvedka masalalari bilan shugʻullanuvchi Departament xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, Departament, TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Departament xodimlarini moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik, tezkor-qidiruv faoliyati, jismoniy va jangovar tayyorgarlik, maxsus texnik vositalar va oʻqotar qurollardan foydalanish sohalarida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maxsus kurslarni begʻaraz asosda tashkil etishni nazarda tutuvchi Departament, Bank-moliya akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining qoʻshma buyruqlarni ishlab chiqish.

Qoʻshma buyruq

2018-yil 1-iyulgacha

Departament, Bank-moliya akademiyasi, IIV akademiyasi

13.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda eng ilgʻor tizimlariga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha tajriba almashishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-sentabrgacha

Bosh prokuratura, TIV

14.

Departament va uning hududiy boʻlinmalarini huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi, moliya organlari va tashkilotlari tizimida amaliy ish tajribasiga hamda tahliliy fikrlash, tezkor va axborot-tahliliy ish koʻnikmalariga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash.

Tashkiliy-amaliy

chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustgacha

Departament, Bosh prokuratura

III. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni takomillashtirish

15.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xavflarni milliy baholashni yoʻlga qoʻyish va oʻtkazish.

Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-oktabrgacha

Departament, Markaziy bank, Moliya vazirligi, DXX, TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha milliy tizimni oʻzaro baholashni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018-yil 1-iyulgacha

Departament, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

Oʻzbekiston Respublikasining “Egmont” guruhida ishtirok etish doirasidagi majburiyatlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018-yil 1-noyabrgacha

Bosh prokuratura, Markaziy bank, Moliya vazirligi, DXX

19.

Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga rioya etilishini tartibga solish va nazorat qilish chora-tadbirlarini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank, Departament, manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Departament tomonidan nazorat idoralari bilan birgalikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan qoʻshma tekshirishlarni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Departament, manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun

2018-yil 1-avgustgacha

Departament, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

IV. Departament va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

22.

Departamentga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida Departamentning hududiy boshqarmalariga Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 15-iyulgacha

Departament, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, IIV, DSQ, DBQ, Davergeodezkadastr qoʻmitasi

23.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga, shuningdek, chet el valyutasining asossiz chiqishi xavfi yuqori boʻlgan operatsiyalarga qarshi kurashish sohasidagi shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobotlarni saralash va qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun dasturiy mahsulotlarni takomillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-iyulgacha

Departament, Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Departament tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish uchun Departamentning Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini server va boshqa uskunalar bilan taʼminlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-iyulgacha

Departament, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

V. Departament va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va ularning turar joy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash

25.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarini oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish:

jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish huquqini Departament boshligʻiga topshirish;

har yili ijtimoiy kafolatlarga (bir martalik toʻlovlar, yoʻllanmalar, foizsiz qarzlar va boshqalar) jamgʻarma mablagʻlarining 10 foizigacha ajratish;

xizmat faoliyatida samarali natijalarga erishgan xodimlarni 1 dan 10 baravargacha lavozim maoshi miqdorida ragʻbatlantirish;

Departamentning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini moliyalashtirish.

Qoʻshma qaror

2018-yil 1-iyulgacha

Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, DSQ

26.

Departament va uning hududiy boʻlinmalarini kompyuter va ofis texnikasi, zamonaviy aloqa vositalari (raqamli radiostansiyalar, audio, videokonferensaloqa, serverlar, aloqa kabellari va boshqalar), dasturiy taʼminot, axborot xavfsizligini taʼminlovchi maxsus texnik vositalar va uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-2019 yillar

Departament, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son Farmoniga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5019-son Farmoniga kiritilayotgan
oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 4-bandning uchinchi va beshinchi xatboshlarida “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga:
zarur hollarda, prokuratura organlari, shu jumladan Harbiy prokuratura va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida oʻzgartishlar kiritish;
Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan meʼyorlarga muvofiq Majburiy ijro byurosini rivojlantirish Jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan prokuratura organlari uchun qoʻshimcha yordamchi personal shtat birliklarini joriy etish huquqi berilsin.”
3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin”.
4. 1-ilovadagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” bloki “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” bloki bilan almashtirilsin.
5. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Departament boshqaruv xodimlarining umumiy soni 1076 shat birligi
shundan markaziy apparatda 97 shtat birligi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son Farmoniga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi PF-4148-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 291-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 415-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 06/18/5446/1251-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son; 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son; 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)