Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.03.2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PQ-4241-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasida nazorat tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) tashkil etilganligi;
2018-yil 1-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi, Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi, “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi tugatilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2018-yil 1-avgustdan “O‘zstandart” agentligining “O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasi tugatilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Inspeksiya tugatilayotgan tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
tugatilayotgan tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan vazifalari, funksiyalari va vakolatlari Inspeksiyaga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tugatilayotgan tashkilotlar xodimlarining ishga joylashtirilishini ta’minlashga ko‘maklashsin.
4. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi holati;
paxta va don ekinlarining urug‘larini davlat tomonidan buyurtma qilish, tayyorlash, alohida qayta ishlash hamda saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda shakllantirish bo‘yicha talablar bajarilishi;
don ekinlari, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resurslarining sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi ta’minlanishi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi;
qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish orqali qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi;
sun’iy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi;
idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi;
qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining, ularning ekspluatatsiya qilinishi, sifati samaradorligining, servis va ta’mirlash xizmatlarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshirish;
b) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, paxta xomashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazish;
v) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligining:
Inspeksiya huzurida “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi);
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari maqullansin.
Markaz tomonidan Inspeksiyaning nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
6. Belgilansinki:
a) quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
normativ hujjatlar talablariga muvofiq namunalar tanlab olish va mahsulotni identifikatsiyalash;
ko‘rsatilgan akkreditatsiya sohasiga muvofiq tarzda paxta tolasi, paxta momig‘i, paxta va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, shuningdek, don va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sinovlarini tashkil etish hamda o‘tkazish;
muvofiqlik sertifikati berish, o‘lchovlar bir xilligini va metrologik nazoratni amalga oshirishni ta’minlash ishlarini bajarish;
paxta tolasi shiradorligini aniqlash, paxta tolasi va momig‘i toylari massasi nazoratini amalga oshirish;
paxta tozalash va yog‘-moy sanoati korxonalari, paxta mahsulotlarining xaridorlari hamda boshqa tashkilotlar uchun sertifikatlanadigan paxta mahsulotlari tashqi ko‘rinishining standart namunalarini tayyorlash, restavratsiya qilish va ular bilan ta’minlash;
rayonlashtirilgan va istiqbolli qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining nav sofligini tuproqdagi tahlil orqali tekshirish hamda natijalarini manfaatdor tashkilotlarga yuborish;
b) Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Markaz daromadlarining 20 foizi;
qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Inspeksiya vakolatlari doirasida qo‘llanilgan jarima sanksiyalari umumiy summasining 40 foizi;
Inspeksiya xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar miqdorlarining 50 foizi;
traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘zi yurar mashinalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, guvohnomalar, raqam belgilari va texnik pasportlar berish uchun undiriladigan yig‘imlar miqdorining 80 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
7. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarining, tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari 6 — 8-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Inspeksiya boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan soni 1 795 nafar etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga:
zarur hollarda, Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kiritish huquqi berilsin.
9. Belgilab qo‘yilsinki, Inspeksiya:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan boshliq tomonidan boshqariladi;
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga hisobdordir.
Inspeksiya boshlig‘i maqomi, mehnatiga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
10. Belgilansinki:
Inspeksiya ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, shuningdek, tugatilayotgan idoralar, muassasalarning 9 896 ta shtat birligi optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining bo‘shayotgan mablag‘lari hamda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda ish haqi fondi va majburiy ajratmalarni optimallashtirish hisobidan shakllanadigan ish haqi fondining tejalgan summasi Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga hamda boshqa xarajatlariga yo‘naltiriladi;
 LexUZ sharhi
10-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3789-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Inspeksiya xodimlari lavozimlariga oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar (huquqshunoslar, agronomlar, iqtisodchilar, moliyachilar, muhandislar va boshqalar) tayinlanadi;
Inspeksiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa organlardan ishga qabul qilingan xodimlariga darajali unvonlar berish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan hal etiladi;
darajali unvonlarga ega bo‘lgan Inspeksiya xodimlari prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi hamda ularga prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralari tatbiq etiladi;
Inspeksiya organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar ularning qonuniy talabiga ko‘ra bepul taqdim etiladi;
davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar mazkur qarorga muvofiq Inspeksiyaga uning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda har tomonlama ko‘maklashishi shart.
11. Inspeksiya:
2018-2019-yillar davomida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yuqori malakali mutaxassislar va o‘qituvchilarni jalb qilgan holda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslarida, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tarmoq markazlarida yangidan to‘ldirilgan, shu jumladan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etilishini ta’minlasin, shuningdek, keyinchalik qayta tayyorlash va malaka oshirish amaliyotini har uch yilda joriy etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda bir oy muddatda o‘qitishning interfaol va innovatsion usullarini qo‘llashni, sinov laboratoriyalarida, qayta ishlash korxonalarida (zavodlarda) va boshqa obyektlarda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarni tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish uchun auditoriyalar ajratilishi hamda jihozlanishini ta’minlasin.
12. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar tomonidan Inspeksiya xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarning yuklanishi taqiqlanadi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi:
bir hafta muddatda Inspeksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetalarini tasdiqlasin;
bir oy muddatda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarganligi uchun Inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
14. Belgilansinki, Inspeksiya talabnomalari bo‘yicha:
“O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan me’yorlarga muvofiq xizmatda foydalanish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlaydi;
“O‘zbekneftgaz” AJ “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI bilan kelishilgan holda xizmat va maxsus avtotransport vositalari hamda generatorlar uchun kerakli hajmda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi o‘rnatilgan tartibda ajratilishini ta’minlaydi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda tugatilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi, Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi, “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi, “O‘zstandart” agentligining “O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasi balansida turgan va ular tomonidan foydalanilayotgan binolar, inshootlar va boshqa moddiy-texnik qimmatliklar, shuningdek, ularning tegishli ma’lumot bazalari hamda reyestrlari Inspeksiya balansiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
16. Inspeksiya Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Obinazir ko‘chasi, 109-uyda joylashtirilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Inspeksiya, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Inspeksiya hududiy tuzilmalarining to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida ularning joylashtirilishini, jihozlanishini tashkil etsin hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Inspeksiya hamda uning hududiy bo‘linmalarining mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rgansin hamda jihozlanishini ta’minlasin;
Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalarini yuklatilgan vazifalarning yuqori hamda professional darajada bajarilishini ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan, shu jumladan tugatilayotgan tashkilotlar xodimlari orasidan to‘ldirilishini ta’minlasin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha ajratilishini ta’minlasin.
19. Inspeksiya Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axboroti yuborilishi shart bo‘lgan reyestrga kiritilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 2018-yil yakunlari bo‘yicha mazkur qarorni amalga oshirish samaradorligini o‘rgansin hamda, zarurat bo‘lganda, Inspeksiyaning faoliyatini hamda tashkiliy-shtat tuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 10-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
22. 2018-yil 1-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 11-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-may,
PQ-3699-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatining
tashkiliy-shtatlar tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni 98 birlik
* Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtat birliklari soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qaroriga
2-ILOVA
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni 33 — 36 birlik.
* Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida belgilanadi.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarining umumiy soni 444 birlik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qaroriga
3-ILOVA
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Umumiy shtatlar soni 5 — 9 birlik, ulardan boshqaruv xodimlari — 2 birlikni tashkil etadi.
* Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida belgilanadi.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlarining umumiy soni 1 253 birlik, ulardan boshqaruv xodimlari — 320 birlik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) huzuridagi mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi.
3. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.
4. Inspeksiya tizimiga quyidagilar kiradi:
Inspeksiyaning markaziy apparati;
Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari;
Inspeksiyaning tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari.
5. Inspeksiya o‘z faoliyatini quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga, shuningdek, Bosh prokurorga, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar (Quvasoy shahar) prokurorlariga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida amalga oshiradi.
6. Inspeksiya o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
7. Inspeksiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
8. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
2-bob. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi holati;
paxta va don ekinlarining urug‘larini davlat tomonidan buyurtma qilish, tayyorlash, alohida qayta ishlash hamda saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda shakllantirish bo‘yicha talablar bajarilishi;
don ekinlari, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resurslarining sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi ta’minlanishi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi;
qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish orqali qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi;
sun’iy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi;
idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi;
qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining, ularning ekspluatatsiya qilinishi, sifati samaradorligining, servis va ta’mirlash xizmatlarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshirish;
b) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, paxta xomashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazish;
v) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish.
10. Inspeksiya o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi holati ustidan nazorat qilish sohasida:
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarida va Hukumat qarorlarida bayon etilgan talablar va qoidalarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari ijrosining doimiy tizimli tahlilini olib boradi, tahlil natijalari bo‘yicha mazkur sohadagi qonun hujjatlarini va normativ hujjatlarni takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqadi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini joylashtirish, ishlab chiqarish shartnomaviy majburiyatlarining bajarilishi, prognoz ko‘rsatkichlarining ishonchli shakllantirilishi va bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonun hujjatlari talablariga muvofiq barcha tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqarish, olib kirish, saqlash va sotish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
b) paxta va don ekinlarining urug‘larini buyurtma qilish, tayyorlash, alohida qayta ishlash hamda saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi sohasida:
asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari (paxta va g‘alla) uchun ajratilgan ekin maydonlarini muntazam nazorat qiladi, ekin maydonlarining ishlab chiqaruvchilar — fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jaliklar, tumanlar va viloyatlar tomonidan qabul qilingan hamda tasdiqlangan shartnomaviy majburiyatlarga muvofiqligi bo‘yicha tanlab tekshirishlarni amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘ navlarini sinash ishlarini, shuningdek, mazkur sohada qonun hujjatlari ijrosini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reyestrining yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
paxta va don ekinlarining urug‘lari sifatini nazorat qiladi;
paxta va don ekinlarining urug‘lari sifatini aniqlash metodlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va tasdiqlashda ishtirok etadi;
urug‘lik ishlab chiqarish va uning sifatini aniqlash bo‘yicha davlat standartlari, yangi metodikalar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
urug‘chilik sohasidagi jahon yutuqlarini tatbiq etishda, urug‘larning sifatini jahon standartlari asosida aniqlashda, standart urug‘larga sifat sertifikatlarini berishda ishtirok etadi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini joylashtirish, ishlab chiqarish shartnomaviy majburiyatlarining bajarilishi, prognoz ko‘rsatkichlarining ishonchli shakllantirilishi va bajarilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan miqdorda navlar bo‘yicha rayonlashtirish, navlar bo‘yicha joylashtirish va navli urug‘larni tayyorlash rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
v) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda shakllantirish bo‘yicha talablar bajarilishi sohasida:
davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
aholi va boshqa iste’molchilarni yangi meva-sabzavot mahsulotlari bilan yil davomida va uzluksiz ta’minlash maqsadida meva-sabzavot mahsulotlari zaxiralarining davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq hajmlarda shakllantirilishi va uning rejali realizatsiya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
aholini yil davomida va uzluksiz ta’minlash uchun zarur hajmlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat buyurtmasiga mos hajmlarda paxta xomashyosi va don ekinlari yetishtirilishini moliyalashtirish mexanizmini, o‘zaro hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini hamda xizmatlar va moddiy-texnik resurslar bilan to‘liq ta’minlanishini nazorat qiladi;
davlat buyurtmasining rejali realizatsiya qilinishiga muvofiq tarzda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirishning prognoz hajmlari bajarilishini nazorat qiladi;
meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlash va qish-bahor mavsumiga g‘amlash bo‘yicha davlat buyurtmasining to‘liq bajarilishi, shuningdek, respublika aholisi va ijtimoiy soha muassasalari oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari va mavsumiy meva-sabzavot mahsulotlari bilan yil davomida uzluksiz ta’minlanishini nazorat qiladi;
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda paxta xomashyosi davlat resursi, don va undan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resursi va davlat zaxirasi hajmlari hamda balans tuzilmasining to‘g‘ri kelishilganligini, shuningdek, hajmlari va tuzilmasi bo‘yicha takliflar shakllantirilganligini nazorat qiladi;
kredit resurslarining hududlar, oylar va davlat xaridi bo‘yicha don ekinlari va paxta xomashyosi hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan xarajat turlariga ko‘ra taqsimlanishi hajmining bajarilishini nazorat qiladi;
g) don ekinlari, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resurslarining sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi ta’minlanishi sohasida:
paxta tayyorlash punktlari, donni qabul qilish va qayta ishlash korxonalari tomonidan paxta xomashyosi, don ekinlari, urug‘lar va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar tegishli ravishda joylashtirilishini, qayta ishlanishini hamda ularning sifatli saqlanishi ta’minlanishini nazorat qiladi;
paxta xomashyosi, don ekinlari, urug‘, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini aniqlashning, tovar ishlab chiqaruvchilar va boshqa yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning, davlat resursidagi, davlat zaxirasidagi paxta xomashyosi, urug‘lar, don ekinlari, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar hisobini yuritishning ishonchliligini, zararni hisobdan chiqarishning asoslanganligini nazorat qiladi;
davlat resurslaridagi paxta xomashyosi, urug‘lar, don ekinlari, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifati yomonlashishi, nobud bo‘lishi holatlari va sabablarini o‘rganadi, zarur hollarda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi, paxta xomashyosi, urug‘lar, don ekinlari, ulardan qayta ishlangan mahsulotlardan iborat davlat resurslarini saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning holati to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlariga axborot beradi;
don va undan qayta ishlangan mahsulotlarning sarflangan partiyalari yuzasidan tozalash dalolatnomalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
paxta xomashyosi, don ekinlari, urug‘lar va ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni qabul qiluvchi, saqlovchi va qayta ishlovchi korxonalarning texnik holatini nazorat qiladi;
nobudgarchilikning belgilangan normalarining to‘g‘ri va asosli qo‘llanilishi, paxta tayyorlash punktlari, don qabul qiladigan va uni qayta ishlaydigan korxonalarda mahsulotning chiqish normalariga va sifatiga rioya etilishi yuzasidan nazoratini amalga oshiradi;
Inspeksiyaga yuklatilgan vazifalar doirasida tekshirish qoidalarini, sifat sertifikatlari shakllarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
don ekinlari, paxta xomashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifati bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, nazorat sinovlarini o‘tkazadi hamda mamlakat ichida va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy bo‘lgan xulosalar beradi;
d) qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro etilishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash hamda nazorat qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi sohasida:
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishi, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini joylashtirish, navlarini rayonlashtirish va navli urug‘lar tayyorlash rejalari bajarilishini nazorat qiladi;
yuqori sifatli elita urug‘lar, birinchi va keyingi reproduksiyalardan hosil qilingan urug‘lar yetishtirilishini, urug‘larning davlat standartiga, mavjud yo‘riqnomalar va qoidalarga rioya qilgan holda tejab sarflanishini nazorat qiladi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari aprobatsiyasi to‘g‘ri o‘tkazilishini nazorat qiladi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan, g‘o‘za va boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni eksport va import qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligi tashkil etilishini va rivojlantirilishini nazorat qiladi;
tarmoq korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekiladigan urug‘larini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha normativ talablarning xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqilishini nazorat qiladi;
ishlab chiqarishda kimyoviy preparatlarning samarali qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
urug‘chilik bo‘yicha xalqaro va milliy organlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish, urug‘larni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalarni, ushbu sohadagi nou-xaularni joriy etish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
urug‘chilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni olib borishga, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘mak berilishini nazorat qiladi;
akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlashtirish hamda urug‘ va ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
davlat standartiga javob bermaydigan va sertifikatlashtirilmagan urug‘larning tarqatilishini taqiqlaydi;
urug‘ ishlab chiqarishning, sifatini aniqlashning davlat standartlarini, yangi metodikalari va yo‘riqnomalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
ekinlar bo‘yicha urug‘lar arxivining tarkibini, urug‘lar arxivini yuritishni nazorat qiladi;
e) qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
fermer va dehqon xo‘jaliklariga yer ajratish bo‘yicha qonun hujjatlarida hamda me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan tartib buzilishining oldini olishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi, bunda mas’ul shaxslar tomonidan xizmat mavqeyi suiiste’mol qilinishiga, qarindosh-urug‘chilik va oshna-og‘aynigarchilik munosabatlaridan foydalanish hollariga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
erlardan qat’iy ravishda maqsadli foydalanish, sug‘oriladigan ekin maydonlari muomaladan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerdan foydalanish, tuproq unumdorligi saqlanishi va oshirilishini ta’minlash borasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda yer resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlashga, yer munosabatlarini tartibga solishga, yerlardan nooqilona foydalanilishining o‘z vaqtida oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni muntazam tashkil etadi va bajaradi, targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib boradi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida qishloq xo‘jaligi yer resurslarining holati va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
erdan maqsadsiz foydalanilishi, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, ularning hosildorligi pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan boshqa harakatlarning sodir etilishi, shuningdek, tanazzulga yuz tutgan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibi buzilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
j) sun’iy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi sohasida:
suv resurslarini boshqarish sohasida yagona siyosat amalga oshirilishi, shuningdek, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishi, suvning zararli ta’siri oldi olinishi va bartaraf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari suv resurslari bilan doimiy hamda oqilona ta’minlanishini, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilishini nazorat qiladi;
irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suv omborlari, nasos stansiyalari hamda boshqa suv xo‘jaligi va gidrotexnika inshootlarining ishonchli faoliyati ta’minlanishini, suv xo‘jaligining yirik va o‘ta muhim obyektlari muhofazasi tashkil etilishini nazorat qiladi;
suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish uchun suvdan foydalanuvchilar hamda suv iste’molchilari javobgarligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyati darajasini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishini nazorat qiladi;
oqova suvlardan (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tizimlari), suv havzalaridan (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, ko‘llar va boshqalar) hamda boshqa sun’iy suv obyektlaridan olinadigan suvlardan foydalanish va suv iste’moli ustidan nazoratni amalga oshiradi;
suv va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi gidrotexnik va boshqa ishlarning bajarilishi ustidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi;
davlat suv kadastrini yuritishga qo‘yilgan talabga muvofiq uning yuritilishini, suv xo‘jaligi inshootlari va imoratlaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
sun’iy suv resurslaridan nooqilona foydalanishning, irrigatsiya obyektlari va gidrotexnik inshootlardan xo‘jasizlarcha foydalanishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
irrigatsiya obyektlari va gidrotexnik inshootlari qurish hamda rekonstruksiya qilishda belgilangan standartlarga rioya etilishi, shuningdek, ajratilgan budjet mablag‘lari maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
z) idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi sohasida:
nasldor mollar yetkazib beruvchi korxonalar va iste’molchilar tomonidan chorva mollarining sifat (nasl) ko‘rsatkichlari to‘g‘ri aniqlanganligini nazorat qiladi;
naslchilik zavodlari, naslchilik xo‘jaliklari va naslchilik fermalarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazadi;
nasldor mollardan oqilona foydalanish, hayvonlar va ular urug‘larini eksport va import qilish ustidan nazorat qiladi;
chorvachilikda naslchilik ishlari bo‘yicha hisobga olishni nazorat qiladi;
chorvachilikda davlat, idoraviy va xususiy sektorlardagi naslchilik xizmati mutaxassislari faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zoti bo‘yicha rayonlashtirish rejalarining bajarilishini tekshiradi;
nasldor chorvalarni, nasldor xo‘jaliklarni va podalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, seleksiya jarayonida foydalanadigan nasldor resurslarning kelib chiqishi, mahsuldorligi, turi bo‘yicha va boshqa sifatlari bo‘yicha baholanishining ishonchli ro‘yxatga olinishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;
chorvachilikda naslchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarga yer maydonlari ajratilishi va ulardan samarali foydalanilishi, korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem, sheluxa, shrot mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;
naslchilik mahsuloti (materiali) ishlab chiqarish va uning texnologik jarayonlarini tashkil etish muvofiqlashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
i) qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularni ekspluatatsiya qilish samaradorligi, ularning sifati, servis va ta’mirlash xizmatlari sohasida:
mulkchilik shaklidan qat’i nazar traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘ziyurar mashinalar hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi miqdorining hisobini yuritadi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining texnikalari bundan mustasno);
traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘ziyurar mashinalar, uskunalar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish, ularni ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash xizmatlari, saqlash va hisobdan chiqarish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘ziyurar mashinalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi, davlat raqami belgilari va texnik pasportlarni beradi;
traktorchi-mashinist guvohnomasini va ogohlantirish talonlarini berish uchun imtihonlar oladi;
traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘ziyurar mashinalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazadi;
traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘ziyurar mashinalar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarining texnik tayyorligini oshirish, ularni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlashni yaxshilash bo‘yicha ilg‘or tajriba tatbiq etilishini nazorat qiladi;
traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘ziyurar mashinalar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ekspluatatsiya qilishning kafolat muddati mobaynida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va yig‘ib olish bo‘yicha agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishda texnika va agregatlarning butligi hamda ulardan to‘g‘ri foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
mashina-traktor parklarini yangilash bo‘yicha davlat dasturlari ijro etilishini, ekspluatatsiya qilinayotgan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining modernizatsiya qilinishini va yangi namunalari ishlab chiqilishini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalari ishlab chiqilishini va joriy etilishini nazorat qiladi;
qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qiladi;
mashinasozlik va ta’mirlash korxonalarida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini, uskunalarni va ehtiyot qismlarni yuklashdan oldin ularning sifat ko‘rsatkichlari tekshirilishini amalga oshiradi;
k) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, paxta xomashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazish sohasida:
don ekinlari, paxta xomashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatining davlat tomonidan majburiy tekshirilishini amalga oshiradi;
eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, paxta xomashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifati saqlanishini nazorat qiladi;
l) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida:
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritadi, Inspeksiya vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqadi va ma’muriy jazolarni qo‘llaydi;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qiladi, ularning hisobini olib boradi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish choralarini ko‘radi;
Inspeksiya vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazadi;
tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazish, protsessual qarorlar qabul qilish amaliyotini o‘rganib boradi, ularning hisobini yuritadi va bu borada faoliyat samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi.
Inspeksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
11. Inspeksiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlarni va axborotni olish;
davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek, fuqarolarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyati ustidan tekshiruvlarni muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ bilan qo‘shimcha kelishuvsiz tekshirishlarni amalga oshirish;
tekshiruv dalolatnomalarini tuzish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berish;
qishloq xo‘jaligi yerlaridan nooqilona foydalanish va ularni qo‘riqlash, suv resurslari isrofgarchiligi, mineral o‘g‘itlarni, yoqilg‘i-moylash materiallarini o‘g‘irlash, gidrotexnika, melioratsiya inshootlaridan va qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanishda xo‘jasizlik holatlarini aniqlash;
Inspeksiya va uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari darajasida tergovga qadar tekshiruvni boshlashga, jinoyat ishini qo‘zg‘atishga yoki ish qo‘zg‘atishni rad etishga yoxud arizani, xabarni tergovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazish;
Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan sudga yoki boshqa organga murojaat etish;
zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini va ularning vositalarini o‘z majburiyatlarini bajarish jarayonida jalb etish bo‘yicha chora ko‘rish;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yurituvini amalga oshirish, Inspeksiya vakolatiga yuklatilgan ishlarni ko‘rib chiqish, ma’muriy jazo choralarini qo‘llash.
Inspeksiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Inspeksiya quyidagilar uchun javobgardir:
agrosanoat majmui, oziq-ovqat xavfsizligi va suvdan foydalanish holati, mazkur sohaga oid qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish;
paxta va don ekinlari urug‘lari buyurtmasi, tayyorlanishi, alohida qayta ishlanishi va saqlanishiga qo‘yilgan talablarning bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash;
yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali ijro etish.
4-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
13. Inspeksiya Bosh prokurorning taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan boshliq tomonidan boshqariladi.
14. Inspeksiya boshlig‘i:
Inspeksiya boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra Bosh prokuror tomonidan tayinlanadigan to‘rt nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi;
maqomi, mehnatiga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan;
o‘z faoliyatida Bosh prokurorga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.
15. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Inspeksiya boshlig‘i:
a) Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
b) Inspeksiya xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
v) Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari boshliqlarining hisobotlarini eshitadi;
g) Bosh prokurorga quyidagilarni kiritadi (taqdim etadi):
Inspeksiya vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalarini;
Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari tashkiliy-shtat tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni;
ushbu Nizom 17-bandining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni;
Inspeksiyaning tegishli xodimlariga darajali unvonlar berish to‘g‘risidagi takliflarni;
Inspeksiya xodimlarini rag‘batlantirish va ularni O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga tavsiya etish to‘g‘risidagi takliflarni;
Inspeksiya faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni;
d) belgilangan tartibda Inspeksiyaning va uning hududiy bo‘linmalarining shtat jadvalini, Inspeksiya markaziy apparatining boshqarmalari va bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida qo‘shimcha jalb etiladigan mutaxassislar va boshqa shaxslar miqdorini belgilaydi;
e) o‘z vakolatlari doirasida Inspeksiyaning faoliyatini tashkil etish masalalariga doir Inspeksiyaning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ko‘rsatma va farmoyishlar beradi;
j) ajratilgan mablag‘lar doirasida Inspeksiya xodimlariga ustamalar, mukofotlar va boshqa taqdirlash pullari to‘lash tartibi va shartlarini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;
z) Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi uchun shaxsan javob beradi;
i) Inspeksiyaning tegishli xodimlariga maxsus toifalar beradi;
k) Inspeksiyaning kuch va vositalari samarali taqsimlanishini tashkil etadi, shu jumladan, muayyan funksiyalarni bajaradigan xodimlarni Inspeksiyaga yuklatilgan boshqa ishlarga jalb etadi;
l) Inspeksiya faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi;
m) qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
16. Inspeksiya boshlig‘i bo‘lmagan hollarda uning vakolatlarini Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan uning o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
17. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish:
Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari (bosh inspektorlarni istisno etgan holda) Inspeksiya boshlig‘i taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi;
Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari Bosh prokuratura bilan kelishilgan holda Inspeksiya boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi;
Inspeksiya markaziy apparatining boshqa xodimlari, hududiy boshqarmalarning tarkibiy bo‘linmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari boshliqlari Inspeksiya boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi;
Inspeksiyaning tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari Inspeksiya boshlig‘i bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Inspeksiya hududiy bo‘linmalarining boshqa xodimlari Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
18. Inspeksiyaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining boshqaruv xodimlari (moliya-xo‘jalik tuzilmalari bundan mustasno), tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari o‘zining maqomi bo‘yicha prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi. Ushbu xodimlarga darajali unvonlar beriladi va ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xizmatni o‘taydilar.
19. Inspeksiyaning daraja unvonlariga ega bo‘lgan, shuningdek, maxsus toifalar beriladigan mansablarni egallab turgan xodimlari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunadagi tegishli xizmat kiyimi kiyib yuradilar va alohida ko‘rinishdagi belgilarni taqib oladilar.
Xizmat kiyimi buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Xizmat kiyimi bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Inspeksiya ko‘rsatmalari, yo‘l-yo‘riqlari, taqdimnomalari va boshqa hujjatlarini bajarmaslik, shuningdek, Inspeksiya faoliyatiga aralashish hamda yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning qonuniy ijro etilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida Inspeksiya xodimlariga har qanday shaklda ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi va qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
21. Inspeksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi
NIZOM
1. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) vazifalarini samarali amalga oshirish, xodimlarni kasbiy jihatdan rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etilgan.
2. Jamg‘arma quyidagilardan shakllantiriladi:
“Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi daromadlarining 20 foizi;
qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi uchun Inspeksiyaning vakolati doirasida qo‘llaniladigan umumiy jarima sanksiyalarining 40 foizi;
Inspeksiya xodimlari undiradigan jarimalar miqdorlarining 50 foizi;
traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘ziyurar mashinalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, davlat raqam belgilari, texnik pasportlar va guvohnomalar berish uchun undiriladigan yig‘imlar miqdorining 80 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
3. Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va sarflanishi hisobi milliy valyutada amalga oshiriladi.
4. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
Inspeksiyaning vazifalarini samarali amalga oshirish;
Inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
Inspeksiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiya qilish, Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
qonunchilikda taqiqlanmagan Inspeksiya faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlar.
5. Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ko‘ra Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Inspeksiya faoliyati bilan bog‘liq aniq tadbirlarni yoki rivojlantirish dasturlarini bevosita moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi. Tegishli dasturlar, ularni moliyalashtirish limitlari va Jamg‘armaning zaxiraga qo‘yiladigan har yilgi qismi miqdori Jamg‘arma Kengashi tomonidan belgilanadi.
Jamg‘arma Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari boshchilik qiladi, u Kengashning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qarorlar Jamg‘arma Kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamg‘arma Kengashi tomonidan belgilangan limitlar doirasida dasturlar bo‘yicha xarajatlar smetalarini tasdiqlash va tuzatish, shuningdek, Jamg‘armaning zaxira mablag‘laridan foydalanish Inspeksiya boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi.
6. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobot har yili Jamg‘arma Kengashida ko‘rib chiqiladi hamda Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
7. Jamg‘arma mablag‘larini to‘plash va sarflash operatsiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ishlar Inspeksiya markaziy apparati tomonidan amalga oshiriladi. Bu maqsadlarda mustaqil tashkilotlar tuzilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
razryadlari

Lavozimlarning nomlanishi

Razryadlar

Inspeksiya boshlig‘i

19

Inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari*

Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari*

boshqarma boshlig‘i**

18

bo‘lim bosh�ig‘i**

17

bosh hisobchi

17

Inspeksiya boshlig‘i yordamchisi, bosh inspektor

15

katta inspektor

14

bosh mutaxassis

12

yetakchi mutaxassis

11

I-toifali mutaxassis

10

* Inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosariga Inspeksiya boshlig‘i stavkasidan 3%, Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosariga 5% kam miqdorda.
** Inspeksiyaning boshqarma va bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosariga Inspeksiyaning boshqarma va bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
razryadlari

Lavozimlarning nomlanishi

Viloyatlar guruhlari bo‘yicha razryadlar

1-guruh

2-guruh

3-guruh

boshqarma boshlig‘i*

17

16

16

bo‘lim boshlig‘i, bosh hisobchi

16

15

15

bosh inspektor

14

14

14

katta inspektor

13

13

13

inspektor

12

12

12

bosh mutaxassis

11

11

11

yetakchi mutaxassis

10

10

10

I-toifali mutaxassis

9

9

9

* Inspeksiya hududiy boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosariga Inspeksiya hududiy boshqarmasi boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda, Inspeksiya hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosariga Inspeksiya hududiy boshqarmasi boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.

1-guruh

2-guruh

3-guruh

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Andijon viloyati

Navoiy viloyati

Sirdaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Surxondaryo viloyati

Toshkent viloyati

Xorazm viloyati

Farg‘ona viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qaroriga
8-ILOVA
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
razryadlari

Lavozimlar nomlanishi

Razryadlar

bo‘lim boshlig‘i*

14

bosh inspektor

13

katta inspektor

12

inspektor

11

mutaxassis

10

* Inspeksiyaning tuman (Quvasoy shahar) bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosariga tuman (Quvasoy shahar) bo‘limi boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga
9-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha
“Yo‘l xaritasi”

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasida nazorat tizimini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish

1.

Amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan xalqaro standartlarni implementatsiya qilish orqali takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil 1-avgustgacha

Bosh prokuratura,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish, shuningdek davlat nazorati organlarining ushbu sohadagi vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

2019-yil 1-yanvargacha

Bosh prokuratura,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

3.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi, meliorativ texnika va agrotexnika tadbirlarining holati ustidan nazorat o‘rnatish va ularnin� hisobini yuritish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil 1-dekabrgacha

Inspeksiya

4.

Respublika ichida tashishda hamda eksport va import qilishda don, paxta xomashyosi, paxta urug‘i va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini davlat tomonidan majburiy tekshirish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil 1-noyabrgacha

Inspeksiya,
“O‘zdonmahsulot
” AK,
“O‘zpaxtasanoat” AJ, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

II. Qishloq xo‘jaligi texnikasi va agrotexnik tadbirlarning holati ustidan nazorat tizimini takomillashtirish

5.

Texnikaviy normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga javob beradigan va qishloq xo‘jaligida qo‘llashga tavsiya qilingan texnikalar reyestriga kiritish uchun qishloq xo‘jaligi texnikasini tezkor sinovdan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil 1-dekabrgacha

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Inspeksiya, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Agrotexnika tadbirlarini bajarish davrida texnikaning mavjudligi va tayyorligini joriy vaqt rejimida kuzatib borish va boshqa zarur funksiyalarni bajarish imkonini beradigan zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimli va dasturiy ta’minotli server uskunalarini sotib olish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-yanvargacha

Inspeksiya,
Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Axborot xavfsizligi ta’minlanishini hisobga olgan holda idoralararo yagona elektron axborot almashinuvining tegishli veb-servisini ishlab chiqish va joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-yanvargacha

Inspeksiya,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi va meliorativ texnikaning sifat va texnikaviy ko‘rsatkichlarini, uni ta’mirlash va unga servis xizmatlarini ko‘rsatish sifatini tekshirish uchun ko‘p funksiyali asbob-uskuna va anjomlar bilan jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-yanvargacha

Moliya vazirligi,

Inspeksiya

III. Don, paxta xomashyosi, paxta urug‘i va ulardan qayta ishlangan mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash

9.

Don, paxta xomashyosi, paxta urug‘i va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar tabiiy kamayishi normalarining to‘g‘ri qo‘llanishi va balans parametrlari ijrosini nazorat qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil 1-oktabrgacha

Inspeksiya,
“O‘zdonmahsulot” AK,
“O‘zpaxtasanoat” AJ,
manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Don, paxta xomashyosi, paxta urug‘i va ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologik jarayonlarini yuritish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-martgacha

Inspeksiya,
“O‘zdonmahsulot” AK,
“O‘zpaxtasanoat” AJ

11.

Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida import qilinadigan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining sifatini tekshirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-noyabrgacha

Inspeksiya,

Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

IV. Suv resurslaridan va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan foydalanilish�ni nazorat qilish

12.

Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish va suv iste’moli ustidan tekshiruvlar o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining mas’uliyatini oshirish mexanizmlarini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil 1-oktabrgacha

Inspeksiya,

Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

13.

Suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha shartnomalar reyestri hisobini yuritish, shuningdek suvning to‘liq hisobini ta’minlash, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari tomonidan suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish jurnallari yuritilishi uchun dasturiy ta’minot yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil 1-iyungacha

Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Inspeksiya, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

14.

Suvni tejash texnologiyalari va uskunalari, jumladan tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish mexanizmini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-yanvargacha

Inspeksiya,

Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi

15.

Yerlarni sug‘orish va melioratsiya qilishning amaldagi tartibi va normalarini tanqidiy o‘rganish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari bo‘yicha sug‘orish va yerlarni melioratsiya qilish normalarini aniqlashning yangi usulini j�riy etish.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-iyulgacha

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Inspeksiya

16.

Qishloq xo‘jaligi sohasida suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va pasportlashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil 1-dekabrgacha

Suv xo‘jaligi vazirligi, Inspeksiya

V. Inspeksiya va uning bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnika va mexanizmlar bilan ta’minlash, xodimlarini rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

17.

Zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajargan Inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2018-yil 1-iyungacha

Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi,

Inspeksiya

18.

“Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi ustavini ishlab chiqish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, boshqaruv apparatining tuzilmasini tasdiqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil 1-iyungacha

Inspeksiya

19.

“Respublika don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasi” davlat unitar korxonasining kelgusidagi faoliyati maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish.

Tahliliy hujjat

2018-yil 1-avgustgacha

Inspeksiya, “O‘zdonmahsulot” AK

20.

Inspeksiya xodimlarini, birinchi navbatda, tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘linmalari inspektorlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tizimli kurslarni tashkil qilish.

O‘quv dasturlari

2018-yilning sentyabridan boshlab

Bosh prokuratura OO‘K, Inspeksiya, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

21.

Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, zamonaviy texnika va uskunalar bilan ta’minlash, shu jumladan laboratoriya uskunalarini, suv iste’molini hisobga olish asboblarini, videoregistratorli parvoz qiluvchi dronlarni va hokazolarni sotib olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018-yil 1-sentabrgacha

Inspeksiya,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi

VI. Agrosanoat majmuida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish

22.

Don, paxta xomashyosi, paxta urug‘i va ulardan qayta ishlangan mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlariga (navi, toifasi, turi va hokazolarga) qo‘yilgan amaldagi talablarni, sifatini aniqlash tartibi va uslublarini o‘rganish, ularni yanada maqbullashtirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-yanvargacha

Inspeksiya,
“O‘zstandart” agentligi,
“O‘zpaxtasanoat” AJ,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

“O‘zdonmahsulot” AK

23.

Paxta mahsulotlarining mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va ma’lumotlar bazalarini takomillashtirish hamda modernizatsiya qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-martgacha

“O‘zpaxtasanoat” AJ, Inspeksiya,

Moliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

24.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larida genmodifikatsiyalangan organizmlar (GMO) mavjudligini aniqlash uchun uskuna sotib olish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-martgacha

Moliya vazirligi,

Inspeksiya,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

25.

Import qilinadigan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining nav va ekin sifatlarini aniqlash bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-aprelgacha

“O‘zstandart” agentligi, Inspeksiya, manfaatdor vazirlik va idoralar

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlar sohasi va tartibga solish predmetidan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqilishi yoki birlashtirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qaroriga
10-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-son “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida:
a) ilovaning 811-bandi ikkinchi xatboshisidagi “boshqa davlat organlari va tashkilotlariga” so‘zlari “boshqa ishga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 1-ilovaning 7-bandida:
o‘n to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shevronning yuqori qismida “O‘ZBEKISTON” yozuvi, pastki qismida “PROKURATURA” yozuvi tikilgan. Departament, Byuro va Inspeksiya xodimlari uchun formali kiyim bosh shevronining pastki qismida tegishlicha “PROKURATURA DEPARTAMENTI”, “PROKURATURA BYUROSI” va “PROKURATURA INSPEKSIYASI” yozuvi tikilgan”;
yigirma uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgi prokuratura organlari emblemasidan (chap tarafda) — ikkita o‘tkir tig‘lari pastga yo‘naltirilgan diagonal kesishgan qilichlar ustiga tushirilgan qalqon, shuningdek, Departament, Byuro va Inspeksiya organlari xodimlari uchun tegishlicha “O‘ZBEKISTON PROKURATURASI”, “O‘ZBEKISTON PROKURATURA DEPARTAMENTI”, “O‘ZBEKISTON PROKURATURA BYUROSI”, “O‘ZBEKISTON PROKURATURA INSPEKSIYASI” yozuvlaridan iborat”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga 5-ilovada:
a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — Byuro) va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) xizmatga qabul qilish va xizmatni o‘tash, xodimlarga darajali unvonlar berish va ulardan mahrum qilish, rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi”;
2-band “Byuroning” so‘zidan keyin “va Inspeksiyaning” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
3-band “Byuroda”, “Byuro direktorining” so‘zlaridan keyin “va Inspeksiyada” va “va Inspeksiya boshlig‘ining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
4-band “Byuroda” so‘zidan keyin “va Inspeksiyada” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bob nomlanishidagi “Byuroga” so‘zi chiqarib tashlansin;
6-band “Byuroda”, “iqtisodiyot” so‘zlaridan keyin tegishlicha “va Inspeksiyada”, “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari “Byuroga” so‘zidan keyin “va Inspeksiyaga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
8-bandning birinchi xatboshisi “Byuro direktori”, “Byuroning” so‘zlaridan keyin tegishlicha “Inspeksiya boshlig‘ining”, “va Inspeksiyaning” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
9-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari “Byuroga” so‘zidan keyin “va Inspeksiyaga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
10-bandda “Byuro” so‘zidan keyin “va Inspeksiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
birinchi xatboshidagi “Byuro direktori” so‘zlari “tegishlicha Byuro direktori va Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuro va Inspeksiya faoliyatining ichki tizimini tashkil etish tegishlicha Byuro direktori va Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan Byuro va Inspeksiya Reglamentlari hamda hududiy boshqarmalarning Namunaviy reglamenti bilan belgilanadi”;
13-bandning birinchi xatboshisi “Byuro” so‘zidan keyin “va Inspeksiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Xodimlar xizmatni o‘tash davrida tegishlicha Byuro direktori va Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan Byuro, Inspeksiya xodimlarining kasbiy odobnomasiga rioya qilishlari shart”;
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilar “Byuro”, “Byuro direktori” so‘zlaridan keyin tegishlicha “va Inspeksiya”, “va Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
birinchi xatboshi “Byuro” so‘zidan keyin “va Inspeksiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Bosh prokuror bilan kelishilgan holda Byuro direktori” so‘zlari “Byuro direktori va Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi — uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi birinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“17. Byuro va Inspeksiya xodimlariga Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i tomonidan belgilangan shaklda va tartibda xizmat guvohnomalari beriladi.
Byuroning davlat inspektorlariga Byuro direktori tomonidan o‘rnatilgan shaklda va tartibda jetonlar beriladi.
Byuro direktori va Inspeksiya boshlig‘iga xizmat guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzosi qo‘yilgan holda beriladi.
Byuro va Inspeksiyaning Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadigan xodimlariga xizmat guvohnomalari Bosh prokuratura tomonidan beriladi”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi xatboshi “Byuro direktori” so‘zlaridan keyin “va Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) attestatsiya komissiyasi tomonidan, lavozimiga Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i, Byuro va Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar esa — tegishlicha Byuro, Inspeksiya va ularning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi”;
birinchi — to‘rtinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi birinchi — uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“19. Darajali unvonga ega bo‘lgan xodimlar xizmat vazifalarini bajarish davrida prokuratura organlari xodimlari uchun tasdiqlangan namunadagi alohida belgili xizmat kiyimi kiyib yuradilar.
Darajali unvonga ega bo‘lgan xodimlar bepul xizmat kiyimi bilan ta’minlanadi.
Xodimlarning xizmat kiyimini kiyib yurish tartibi tegishlicha Byuro direktori va Inspeksiya boshlig‘i tomonidan belgilanadi”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
birinchi — yettinchi xatboshlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Xodimlarga egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda quyidagi darajali unvonlar beriladi:
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlari;
adliya katta maslahatchisi — Byuro va Inspeksiyaning markaziy apparati boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Byuroning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi direktori (keyingi o‘rinlarda — Markaz), Byuro va Inspeksiyaning hududiy boshqarma boshliqlari;
adliya maslahatchisi — Byuro direktori va Inspeksiya boshlig‘i yordamchilari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari, Byuroning markaziy apparati bosh surishtiruvchisi, bosh revizori, bosh inspektorlari, Markaz direktori o‘rinbosari, bo‘lim boshliqlari, Inspeksiyaning markaziy apparati boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, Byuro va Inspeksiyaning hududiy boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, Byuro hududiy boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektorlari, ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha katta inspektorlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari, bosh inspektorlari, Byuro tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari — katta davlat ijrochilari, Inspeksiyaning tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari boshliqlari;
adliya kichik maslahatchisi — Byuro markaziy apparati katta surishtiruvchilari, katta inspektorlari, katta kriminalisti va kriminalisti, Markaz dasturchilari, ma’murlari, muhandislari, shu’ba mudirlari, veb-dizayneri, axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi, axborot texnologiyalari mutaxassisi, Byuro hududiy boshqarmalarining katta surishtiruvchilari, surishtiruvchilari, katta inspektorlari, inspektorlari, bosh revizorlari, katta revizorlari, axborot texnologiyalari mutaxassislari, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari, Inspeksiya markaziy apparatining bosh inspektorlari, katta inspektorlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining katta inspektorlari, inspektorlari, tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari boshliq o‘rinbosarlari;
1 va 2-darajali yurist — Byuro tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijrochilari, surishtiruvchilari, shuningdek, katta inspektorlari, inspektorlari, tezkor shu’balar kriminalistlari, qidiruv bo‘yicha katta inspektorlari, inspektorlari, Inspeksiyaning tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari”;
24-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Byuro direktorining” va “Byuroga” so‘zlari tegishlicha “tegishlicha Byuro direktorining va Inspeksiya boshlig‘ining” va “Byuro va Inspeksiyaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
26-bandning birinchi xatboshisi “Byuroga” va “Byuroda” so‘zlaridan keyin tegishlicha “Inspeksiyaga”, “Inspeksiyada” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
28-band “Byurodan” so‘zidan keyin “Inspeksiyadan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “Byuro direktori” so‘zlaridan keyin “Inspeksiya boshlig‘i, Byuro va Inspeksiyaning” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi “Byuro direktori” so‘zlaridan keyin “va Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
35-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Rag‘batlantirish haqida buyruq chiqarilib, xodim ishlayotgan Byuro, Inspeksiya tuzilmasi xodimlariga e’lon qilinadi, zarur hollarda esa barcha xodimlar e’tiboriga yetkaziladi”;
351-band “Byuro direktori” so‘zlaridan keyin “Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
36-band “Byuro” so‘zidan keyin “va Inspeksiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
38-band ikkinchi xatboshisining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i, Byuro va Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari bo‘ysunuvidagi xodimlarga nisbatan hayfsan va jarima shaklidagi intizomiy jazolarni qo‘llashlari mumkin”;
39-bandning oltinchi xatboshisidagi “Byuroning tegishli tuzilmasi”, “Byuroning barcha xodimlarga” so‘zlari tegishlicha “tegishli tuzilma”, “Byuroning, Inspeksiyaning barcha xodimlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
40-band “vakolati doirasida Byuro direktori”, “yoki Byuro direktori” so‘zlaridan keyin “Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
41-bandning ikkinchi xatboshisi “Byuro direktori” so‘zlaridan keyin “Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
43-band “Byuro direktori” so‘zlaridan keyin “Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
44-bandning birinchi xatboshisi “Byuro direktoriga” so‘zlaridan keyin “Inspeksiya boshlig‘iga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
441-band “Byuro direktori” so‘zlaridan keyin “Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
45-bandning uchinchi-to‘rtinchi xatboshilaridagi “Byuroda”, “Byuro direktori” so‘zlaridan keyin tegishlicha “Inspeksiyada”, “Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
6-bob nomidan “Byuroning” so‘zi chiqarib tashlansin;
46-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari “Byuroda”, “Byuroga” so‘zlaridan keyin tegishlicha “va Inspeksiyada”, “Inspeksiyaga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
47-bandning ikkinchi, uchinchi va yettinchi xatboshilari “Byuroga”, “iqtisodiy”, “Byuro” so‘zlaridan keyin tegishlicha “Inspeksiyaga”, “qishloq xo‘jaligi, texnikaviy”, “va Inspeksiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilar “Byuro”, “Byuro direktori o‘rinbosarlari” so‘zlaridan keyin tegishlicha “va Inspeksiya”, “Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Byuro va Inspeksiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Byuroning markaziy apparati” so‘zlari “Byuroning, Inspeksiyaning markaziy apparatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Kadrlar zaxirasiga nomzodlar Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i, ularning o‘rinbosarlari, Byuro, Inspeksiya markaziy apparatlari tarkibiy tarmoqlari rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari, shuningdek, prokuratura organlari, Byuro va Inspeksiya attestatsiya komissiyalari tomonidan taqdim etiladi.
Mas’uliyatli, malakali va tajribali xodimlarning xizmat pog‘onasida yuqorilab borishini ta’minlash maqsadida Byuroning, Inspeksiyaning kadrlar boshqarmalari tomonidan ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari va Byuroning, Inspeksiyaning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda kadrlar zaxirasiga nomzodlarni xolisona tanlash, ularni o‘rganish hamda kasbga tizimli ravishda tayyorlash amalga oshiriladi”;
50-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuro, Inspeksiya va ularning hududiy boshqarmalarining rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasi tegishlicha Byuro, Inspeksiya va ularning hududiy boshqarmalarining hay’atlarida tasdiqlanadi”;
53-bandning birinchi xatboshisi “maxsus vositalar bilan” so‘zlaridan keyin “Inspeksiya xodimlari xizmat avtotransporti va maxsus vositalar bilan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Byuro va Inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, tegishlicha Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
8-bob nomidan “Byuroda” so‘zi chiqarib tashlansin;
birinchi — oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“63. Byuro va Inspeksiyada xizmatni o‘tash xodim ishdan bo‘shatilganda tugatiladi.
Xizmatni o‘tash:
Bosh prokuror, Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i, Byuro va Inspeksiya hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan;
xodimning tashabbusi bilan;
taraflarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan hollarda tugatiladi.
Bosh prokuror, Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i, Byuro va Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan xizmat o‘tashni tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi”;
o‘n ikkinchi xatboshi “Byuroda” so‘zidan keyin “va Inspeksiyada” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
64-bandning ikkinchi xatboshisi “Byuro direktorining”, “Byuroda” so‘zlaridan keyin tegishlicha “yoxud Inspeksiya boshlig‘ining”, “va Inspeksiyada” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
66-band “Byuro direktori” so‘zlaridan keyin “Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “boshqa davlat organlari va tashkilotlariga” so‘zlari “boshqa ishga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi “Byurodagi” so‘zidan keyin “va Inspeksiyadagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
68-bandning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari “Byuro” so‘zidan keyin “va Inspeksiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi 691-band bilan to‘ldirilsin:
“691. Ushbu Nizomning 67 — 69-bandlarining amal qilishi xodimlarga ular prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan paytdan boshlab tatbiq etiladi”;
70-71-bandlar “Byuroda”, “Byuro” so‘zlaridan keyin tegishlicha “va Inspeksiyada”, “va Inspeksiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“72. Byuro, Inspeksiya xodimlarining mehnat nizolari Bosh prokuror va Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i tomonidan ko‘rib chiqiladi”;
b) Nizomga ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish Inspeksiyasining darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlari mansab maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustamalar
MIQDORLARI

Bo‘linmalarning nomlanishi

Mansab maoshiga ustamalarning miqdori (foizlarda)

Markaziy apparat

50

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning boshqarmalari

50

Tuman (shahar) bo‘limlari

50

Izoh: alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda xodimlarning mansab maoshi tarkibiga kiritiladi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida:
a) quyidagi mazmundagi 31 va 32-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“31. Quyidagilarning:
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining prokuratura organlari xodimlariga o‘zlarining xizmat vazifalarini operativ va o‘z vaqtida bajarishida ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalari (keyingi o‘rinlarda — avtotransport vositalari) sotib olish uchun kreditlar berish to‘g‘risidagi taklifi;
b) “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha prokuratura organlari xodimlariga avtotransport vositalari sotib olish uchun quyidagi shartlar bilan kreditlar berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
kreditni berish muddati — 10 yil;
dastlabki badal summasi — sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
foizli stavka miqdori — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasidagi amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida;
kredit bo‘yicha ta’minlash — avtotransport vositasi chiqqungacha va u kafolat bo‘yicha rasmiylashtirilgungacha, kreditni qaytarish yuzasidan majburiyatlarni qisqa muddatli sug‘urtalashni hisobga olgan holda kredit bo‘yicha sotib olinayotgan avtotransport vositasi kafolati;
foizlarni hisoblab yozish, asosiy qarzni va kredit bo‘yicha asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni to‘lash, hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha olti oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, bank hisob-kitob metodi bo‘yicha amalga oshiriladi.
32. “O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etiladigan prokuratura organlari xodimlari ro‘yxati asosida ular tomonidan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlasin”;
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
1-ILOVA
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 11 ta”;
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga muvofiq ajratiladigan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi haqini to‘lashdan kelib tushadigan maqsadli mablag‘larga tatbiq etilmaydi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Byuro, shuningdek, prokuratura organlarining Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablag‘larning 50 foizi, qolgan 50 foizi davlat budjetiga o‘tkaziladi. Byuro va prokuratura organlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda, mablag‘larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi “Byuro” so‘zidan keyin “prokuratura organlari va Jamg‘arma direksiyasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
yettinchi, o‘ninchi, o‘n ikkinchi va o‘n beshinchi xatboshilar “Byuro” so‘zidan keyin “va Jamg‘arma direksiyasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin;
“prokuratura organlari xodimlariga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish bo‘yicha kreditlarning dastlabki badalini kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foizsiz qarz berish”;
sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlarga, shuningdek, boshqa prokuratura organlari, shu jumladan prokuratura organlari kadrlar zaxirasiga kiritilgan va hisobda turgan xodimlarning lavozim maoshiga har oylik ustama haqi to‘lashga va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qaroriga asosan ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilishi mumkin”;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozi tushumlar va kelgusi yildagi xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha Byuro va prokuratura organlari tomonidan hisobot yilining 1-noyabr holatiga taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida Jamg‘arma Direksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi. Bunda rejalashtirilayotgan yil boshidagi qoldiq mablag‘lar va qoida tariqasida, so‘nggi 2 yildagi tushumlarning dinamikasi inobatga olinadi”;
10-band “Byuro direktori” so‘zlari “Byuro va prokuratura organlari rahbarlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Xarajatlarni moliyalashtirish Byuro va prokuratura organlari tomonidan Jamg‘arma Direksiyasiga taqdim etiladigan talabnomalar, to‘lovlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi”;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Jamg‘arma, Byuro va prokuratura organlari mablag‘larini sarflash Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning g‘azna hisob raqamlaridan amalga oshiriladi, xato va ortiqcha o‘tkazilganligi uchun qaytarilayotgan mablag‘lar bundan mustasno”;
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumot Byuro va prokuratura organlari tomonidan Jamg‘arma Direksiyasiga har chorak yakuniga ko‘ra, hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi”;
quyidagi mazmundagi 171-band bilan to‘ldirilsin:
“171. Respublika iste’molchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan, shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar bo‘yicha Jamg‘armaning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ortiqcha (xato) o‘tkazilgan mablag‘lar respublika iste’molchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan, shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatishdan kelgusida tushadigan mablag‘lar hisobidan qayta hisob-kitob qilinadi.
Chet el valyutasida to‘langan to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha (xato) o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarish Byuroning asoslantiruvchi hujjatlar bilan Jamg‘armaga taqdim etiladigan xulosasiga ko‘ra Byuroning valyuta hisob raqamlariga o‘tkazib berish orqali amalga oshiriladi”;
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori uning majlislarida a’zolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Zarur hollarda yuzaga kelgan masalalarni tezkor hal etish maqsadida, kengash a’zolarining kamida 2/3 qismining rezolyutsiyasi bo‘lganda, ularning roziliklari va imzolarini yig‘ish orqali Kuzatuv kengashi qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Ovozlar teng bo‘lganda, Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi”;
uchinchi xatboshi “summasi bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “Byuro, tijorat banklari va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘larning maqsadli foydalanilishini monitoring qilish, zarur hollarda tegishli hujjatlarni so‘rab olish”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamg‘arma Kuzatuv kengashi roziligi bilan bo‘sh mablag‘larni milliy va chet el valyutasida O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, shuningdek, chet el valyutasidagi pul mablag‘lari bo‘yicha ayirboshlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish. Bunda Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida joylashtirishdan foizlar tarzida olinadigan daromadlariga soliq solinmaydi”;
sakkizinchi xatboshi “gaz ta’minoti” so‘zlaridan keyin “suv ta’minoti va suv chiqarish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Jamg‘arma Direksiyasi har hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga, Byuroga daromadlari va xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar, shuningdek, Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga yillik hisobot taqdim etadi. Direksiya har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi”;
ikkinchi xatboshidan “(texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bundan mustasno)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Jamg‘arma xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari ikki baravar miqdorda qo‘llaniladi.
Jamg‘arma boshqaruv xodimlariga Byuroning darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlariga belgilangan moddiy-ijtimoiy ta’minot va imtiyozlar beriladi”;
g) 5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qaroriga
5-ILOVA
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi Direksiyasi xodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatiga haq to‘lash
RAZRYaDLARI

Lavozimlar nomi

Razryadlar

Ijro etuvchi direktor

18

Direktor o‘rinbosari — monitoring va tahlil bo‘limi boshlig‘i

17

Bosh buxgalter

17

Katta buxgalter

14

Iqtisodchi-taftishchi

14

Buxgalter

12

Yuriskonsult

14

Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 408-son “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarining namunaviy formali kiyimini va farqlovchi belgilarini hamda maxsus avtotransportlarni bo‘yalishi rangtasvir chizmalari namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida:
a) nomlanishidan “xodimlarining namunaviy formali kiyimini va farqlovchi belgilarini hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
v) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga
11-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotadigan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3179-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-iyuldagi 268-son “Chorvachilikda naslchilik ishlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5 va 6-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-oktabrdagi 393-son “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat Bosh inspeksiyasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 4-noyabrdagi 377-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat don inspeksiyasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-dekabrdagi 553-son “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi to‘g‘risidagi nizomni hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 20-martdagi 122-son ““Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 3-son, 11-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 220-son ““Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-martdagi 93-son “Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-son, 46-modda) 1, 2, 4, 5 va 11-bandlari hamda 1 — 3-ilovalari.
9. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-maydagi 117-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 24-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovasining 56-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 83-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 29-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi hay’ati a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 612-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)