|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.08.2018
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA DAVLAT DON INSPEKSIYASINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Respublikada don etishtirishning ko‘payganligi, uni saqlash va qayta ishlashning moddiy-texnik bazasi kengayganligi munosabati bilan, shuningdek g‘alladan oqilona foydalanish hamda mamlakat ichkarisida xarid qilishda va import bo‘yicha olib kelishda uning sifati ustidan tegishli davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasining Respublika Davlat don inspeksiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi (“O‘zdavdoninspeksiya”) tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)
4. “O‘zdavdoninspeksiya” xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitalari uchun belgilangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlar va mehnatga haq to‘lash shartlari joriy etilsin.
(4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5 va 6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)
7. “O‘zdavdoninspeksiya” “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “O‘zdavstandart” markazi bilan birgalikda bir oy muddatda me’yoriy hujjatlarni va donni saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida taklif kiritsin.
8. “O‘zdavdoninspeksiya” “O‘zdavstandart” markazi bilan birgalikda 3 oy muddatda “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasining barcha korxonalarida ishlab chiqarish-texnologiya laboratoriyalarining zarur priborlar, asbob-uskunalar va inventarlar bilan butlanganligini, shuningdek attestatsiya guvohnomalarining mavjudligini tekshirishdan o‘tkazsin.
9. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “O‘zdavstandart” markaziga donga amaldagi davlat standartlarini qayta ko‘rib chiqish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida bir oy muddatda taklif kiritsin.
10. Belgilansinki, “O‘zdavdoninspeksiya” apparati va uning hududiy organlari joriy faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va xo‘jalik faoliyatidan tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida “O‘zdavdoninspeksiya” xarajatlari, shuningdek uning mintaqaviy laboratoriyalarini zarur inventarlar, priborlar va asbob-uskunalar bilan jihozlashga budjetdan ajratiladigan zarur mablag‘larni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)
12. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “O‘zdavdoninspeksiya”ni va uning hududiy organlarini telefon va teleks aloqasi, shu jumladan markaziy apparat rahbarlari uchun hukumat ATSi aloqasi bilan ta’minlasin.
13. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Respublika Davlat don inspeksiyasi balansida bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasiga tekin bersin.
14. “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasiga xizmat ko‘rsatish uchun 3 ta yengil avtomobil ajratsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zdavdoninspeksiya”ga 3 ta yengil avtomobil xarajatlari uchun limit ajratsin.
15. Respublika Davlat don inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyundagi 311-son qaroriga 1-ilovadan chiqarilsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Q.G‘. Obidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 4-noyabr,
377-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)