1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.03.00 Ishsizlar (maqom)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash, ayniqsa mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi mehnatga layoqatli yoshlar, aholi bandligini ta’minlash dasturi samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin va 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab amaliyotga joriy etilsin:
O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansining shakli 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va prognoz balansini ishlab chiqishni tashkil etish sxemasi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisoblash metodikasi 4-ilovaga muvofiq.
2. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Milliy statistika qo‘mitasi bilan birgalikda har yili:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
1-iyulgacha bo‘lgan muddatda — O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot balansi ishlab chiqilishini;
1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda — O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning keyingi kalendar yil uchun prognoz balansini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni prognoz balansini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlariga quyidagi aniq topshiriqlarni nazarda tutsinlar:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish;
mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansining prognoz parametrlariga muvofiq ta’lim muassasalarida kadrlarni kasbga tayyorlash yo‘nalishlarini takomillashtirish va ularga tuzatishlar kiritish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish hisobot va prognoz balanslarining ijrosi monitoringi, tahlili, baholanishi tizimini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi:
bir oy muddatda — 2 va 3-ilovalarga muvofiq taqdim etiladigan ma’lumot shakllarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlab, mutasaddi vazirliklar va idoralarga yuborsinlar;
2018-yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, 2018-yildan boshlab mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yagona idoralararo kompyuterlashtirilgan axborot tizimini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligining anketa materiallarini qayta ishlash bo‘yicha maxsus kompyuter dasturini yangilash bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
6. Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Milliy statistika qo‘mitasiga 2 va 3-ilovalardagi sxemalar va tasdiqlangan shakllar asosida ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etishni;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
aholi bandligini ta’minlash, birinchi navbatda, mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi mehnatga layoqatli yoshlarni ishga joylashtirish hududiy va tarmoq dasturlari ko‘rsatkichlarini shakllantirishda mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning prognoz balansida nazarda tutilgan parametrlar hisobga olinishini ta’minlasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning prognoz balansiga muvofiq holda ishlab chiqilgan aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasini har yili 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-dekabr,
1011-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansi
Ma’lumotlarni taqdim etuvchi vazirliklar va idoralar
Ma’lumotni taqdim etish muddati
Qayerga taqdim etiladi
I. Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish hisobot balansini ishlab chiqish
1.
Asosiy yosh toifalari bo‘yicha doimiy aholi soni.
Yillik yuridik shaxslardagi yollanma ishchilarning o‘rtacha soni.
Milliy statistika qo‘mitasi
1-iyulga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
2.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘quvchilar va talabalar.
Bola tarbiyasi bilan band ishlamaydigan ayollar.
Milliy statistika qo‘mitasi
1-iyulga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
3.
Mehnatga layoqatli yoshdan katta ishlovchi shaxslar soni.
Yoshga doir imtiyozli pensiya oluvchi pensionerlar soni.
Hisobot davrida pensiya tayinlangan shaxslar soni.
1 va 2-guruh nogironlar soni.
Milliy statistika qo‘mitasi
1-iyulga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
4.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar soni (davlat ro‘yxatidan o‘tganlar). O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning o‘rtacha yillik soni
Davlat soliq qo‘mitasi
1-aprelga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi
5.
Dehqon xo‘jaliklaridagi bandlarning yillik o‘rtacha soni.
Iqtisodiyotning norasmiy sektoridagi yillik o‘rtacha bandlarning soni.
Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning yillik o‘rtacha soni.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
1-mayga qadar
Milliy statistika qo‘mitasi
6.
Uy bekalari va ixtiyoriy ravishda ishlashni xohlamaydiganlar, shuningdek, ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad oluvchilarning yillik o‘rtacha soni.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
1-mayga qadar
Milliy statistika qo‘mitasi
7.
Ishga joylashtirishga muhtoj band bo‘lmagan aholi.
Ishsiz sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tganlar.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
1-mayga qadar
Milliy statistika qo‘mitasi
8.
Ishga joylashtirilgan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar haqida ma’lumot.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
1-iyunga qadar
Iqtisodiyot vazirligi
9.
Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish haqida ma’lumot.
Ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan o‘qishni davom ettirayotganlari haqida ma’lumot.
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
1-iyunga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
10.
Tashkil etilgan ish o‘rinlari haqida tuman(shahar)lar va yo‘nalishlar (tarmoq) bo‘yicha ma’lumot.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
1-iyunga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi
11.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari hisobot balansi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
1-iyulga qadar
Vazirlar Mahkamasi
II. Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansini ishlab chiqish
12.
Oxirgi 5 yillik dinamikasi:
asosiy yosh toifalari bo‘yicha doimiy aholi soni;
yuridik va jismoniy shaxslardagi yollanma ishchilarning yillik o‘rtacha soni;
yangi tashkil etilgan va faoliyati tugatilgan korxonalardagi ishlovchilar soni;
yangi tashkil etilgan va faoliyati tugatilgan korxonalardagi ish o‘rinlari soni (fermer xo‘jaliklarisiz).
Milliy statistika qo‘mitasi
1-iyulga qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
13.
Davlat, tarmoq, hududiy, investitsiya va boshqa dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan yangi ish o‘rinlari haqidagi prognoz ko‘rsatkichlar.
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
1-aprelga qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
14.
Mehnatga layoqatli yoshdagi ta’lim oluvchilar soni haqida ta’lim muassasalari bo‘yicha ma’lumot.
Kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bitiruvchilari soni haqida ta’lim muassasalari bo‘yicha ma’lumot.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
1-aprelga qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
15.
Yoshga doir va nogironlik pensiyasiga chiquvchi shaxslar soni haqida ma’lumot.
Ishlovchi pensionerlar soni haqida ma’lumot.
Ishlovchi imtiyozli pensionerlar soni haqida ma’lumot.
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi
1-aprelga qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
16.
Fermer xo‘jaliklari va ajratilgan yer uchastkalari soni haqida ma’lumot.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
1-aprelga qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
17.
Davlat ijtimoiy sug‘urta badalini to‘lovchi shaxslar soni haqida ma’lumot.
Davlat soliq qo‘mitasi
1-aprelga qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
18.
Ko‘rsatilgan davrda bankrotlik va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qayta tashkil etish natijasida bo‘shab qoladigan ishchilar soni haqida ma’lumot.
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
1-aprelga qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
19.
Mamlakatdan ketgan va mamlakatga qaytib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni haqida ma’lumot.
Davlat bojxona qo‘mitasi,
Ichki ishlar vazirligi
1-aprelga qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
20.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari dinamikasi, ushbu subyektlarda iqtisodiyot sohalari bo‘yicha bandlarning o‘rtacha soni (5 yillik dinamikasi).
Milliy statistika qo‘mitasi
1-iyunga qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
21.
Tarmoqlar, iqtisodiyot sohalari va hududlar bo‘yicha mahsulot va xizmatlarning haqiqiy hajmi indekslari
Iqtisodiyot vazirligi
1-iyunga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
22.
Tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
1-mayga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
23.
Ishga joylashtirishga muhtoj band bo‘lmagan aholining hisoblangan soni.
Ish qidiruvchi sifatida mehnat organlarida ro‘yxatda turgan fuqarolar soni.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida band aholining hisoblangan soni.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
1-mayga qadar
Iqtisodiyot vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
24.
Mehnat organlari yo‘llanmasi bo‘yicha ishga joylashtirilgan aholi soni.
Mehnat organlariga taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari soni.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
1-mayga qadar
Iqtisodiyot vazirligi
25.
Keyingi yil uchun mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
1-sentabrga qadar
Vazirlar Mahkamasi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va prognoz balansini ishlab chiqishni
Taqdim etiladigan idoraviy ma’lumotlar shakllarini ishlab chiqish, tahrir qilish va tasdiqlash hamda vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklariga yo‘llash.
har yili 1-martga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi
II bosqich
Mazkur qarorning 4-ilovasibilan tasdiqlangan metodikaga muvofiq bandlik va mehnat bozorini chuqur o‘rganish natijalari asosida ko‘rsatkchilarni shakllantirish.
har yili 1-martga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
III bosqich
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tasdiqlangan shakllarga muvofiq ma’lumotlarni kiritish.
har yili 1-iyunga qadar
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
II. Hisobot balansini ishlab chiqish tadbirlari
IV bosqich
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish hisobot balansini mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan shaklga asosan ishlab chiqish.
har yili 1-iyulga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi
III. Prognoz balansini ishlab chiqish tadbirlari
V bosqich
Taqdim etilgan ma’lumotlarning tahlili asosida O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansini mazkur qarorning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq keyingi yil uchun ishlab chiqish.
har yili 20-avgustga qadar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi
VI bosqich
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
har yili 1-sentabrga qadar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
VII bosqich
Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq mazkur qarorning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq tuman (shahar)lar bo‘yicha keyingi yil uchun prognoz balansini ishlab chiqish va tasdiqlash.
har yili 1-oktabrga qadar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
IV. Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va prognoz balansini amalda qo‘llash
VIII bosqich
Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansi ko‘rsatkichlariga muvofiq holda tuman(shahar)lar va tarmoqlar bo‘yicha prognoz davri uchun aholi bandligi dasturi parametrlarini shakllantirish.
har yili 1-oktabrga qadar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari
IX bosqich
Prognoz davri uchun aholi bandligi dasturi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
har yili 1-oktabrga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar
X bosqich
Hududlar va tarmoqlarning aholi bandligini ta’minlash dasturi, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish prognoz balansi ko‘rsatkichlariga muvofiq aholini, birinchi navbatda, mehnatga layoqatli yoshdagi va mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi yoshlar bandligini ta’minlash.
har yili, har oyda –bandlik holati tahlili
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisoblash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, band bo‘lmagan aholini hisoblash, metodikasi (keyingi o‘rinlarda Metodika deb ataladi) ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo‘lmagan aholi sonini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish, aholi bandligi bo‘yicha o‘rganish va mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish tartibini belgilaydi, shuningdek, mazkur metodika xalqaro standartlarga muvofiq shakllanadigan statistik metodologiya hisoblanib, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish va hisoblab chiqish, hamda har bir navbatdagi kalendar yilga band aholi sonini baholash uchun qo‘llanadi.
2. Ishga joylashtirishga muhtoj, band bo‘lmagan aholi soni va mehnat resurslari balansini hisoblab chiqishda idoraviy statistik ma’lumotlar va bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar natijalaridan foydalaniladi.
3 . Ushbu Metodikada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar) — qonunchilikka muvofiq rasman ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar, shuningdek, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli yoshdagi vaqtincha mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan ishsizlar — 16 yoshdan pensiya bilan ta’minlanish huquqini olish yoshigacha bo‘lgan, mehnat organlarida ish qidiruvchi, ishlashga, kasb bo‘yicha tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan o‘tishga, malaka oshirishga tayyor shaxs sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar;
mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar:
a) yollanib ishlayotganlar, shu jumladan ishlarni to‘liq bo‘lmagan ish vaqti mobaynida yoki uyda ish haqi olib bajarayotgan, shuningdek, haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar;
b) kasallik, ta’til, qayta tayyorgarlik, malaka oshirish, ishlab chiqarishning to‘xtab turishi tufayli, shuningdek, qonunchilikka muvofiq vaqtinchalik ishda bo‘lmagan xodim uchun ish joyi saqlanib qoladigan boshqa holatlarda ish joyida vaqtinchalik bo‘lmagan fuqarolar;
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
v) haq to‘lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan fuqarolar;
g) o‘zini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlovchi fuqarolar, jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, dehqon xo‘jaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari, fermerlar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchilar;
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)
d) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida xizmatni, shuningdek, muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar.
(3-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
e) nodavlat notijorat tashkilotlarida, shu jumladan, o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan diniy tashkilotlarda ishlovchilar;
iqtisodiy faol aholi — mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar va ishsizlar;
iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi — mehnat bilan band deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan o‘quvchilar va talabalar;
uy bekalari va bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar;
ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar;
mehnat resurslari — mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi mehnat bilan band bo‘lgan shaxslar;
mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi — ishlamayotgan birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan va yoshiga ko‘ra imtiyozli shartlarda pensiya oluvchi shaxslardan tashqari, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar);
(3-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
mehnat resurslari balansi — mehnat resurslari soni va tarkibi mavjudligini hamda ularni mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar, ishsizlar va iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi bo‘yicha taqsimlanishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi.
2-bob. Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisoblab chiqish tartibi
4. Ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar (ishsizlar) soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar sonini va iqtisodiy faol bo‘lmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
U = LR — E — EIP, bunda:
U — ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar (ishsizlar);
LR — mehnat resurslari;
E — mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar;
EIP — iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi.
5. Mehnat resurslari soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yig‘indisi sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
6. WAPM soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar) sonidan mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar sonini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ip — mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ip — budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlari;
PP — budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlari.
WTP — statistika organlari va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlari.
7. Mehnat bilan bandlar soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
E = EOs + EIs + LM, bunda:
Eos — iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat bilan bandlar;
EIs — iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlar;
LM — migrant mehnatchilar — chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellardagi O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonalarida ishlovchilardan tashqari.
EIs — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar ma’lumotlari;
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
LM — ichki ishlar, bojxona organlarining hamda mehnat organlari tomonidan bandlik masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘rganishlarning ma’lumotlari.
8. Iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat bilan band bo‘lganlar soni davlat statistika hisoboti, davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lovchilarning davlat soliq hisobi hamda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
9. Iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat bilan band bo‘lganlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lovi bo‘yicha korxona, muassasa va tashkilotlarning soliq hisobotlarida qayd etilgan shaxslar;
harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari xodimlari hamda qonunchilikka muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lovidan ozod etilgan tashkilotlar xodimlari;
yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaligi a’zolari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, qoramol o‘stirish bilan band bo‘lgan va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo‘lganlar, hamda davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lovini majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan band bo‘lganlar.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)
10. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band bo‘lganlar jumlasiga soliq organlarida hisobga turmagan quyidagi shaxslar kiradi:
davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lamasdan haqiqatda dehqon xo‘jaliklarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan dehqon xo‘jaliklari a’zolari;
uyda pulli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagan tadbirkorlarda (enagalar, uy xizmatchilari, uy oshpazlari, avtomobil haydovchilar, qorovullar va boshqalar) yollanib ishlash bilan mustaqil band bo‘lgan shaxslar;
tadbirkorlarga yollanib ishlovchi shaxslar, shu jumladan ularning oila a’zolari hamda davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lovisiz va mehnat munosabatlari rasmiylashtirilmagan jismoniy shaxslar (quruvchilar, yuk tashuvchilar, farroshlar, ishchilar va boshqalar).
11. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlik mezonlariga quyidagilar kiradi:
haftasiga kamida ikki soat iqtisodiyotning norasmiy sektorida haq to‘lanadigan har qanday faoliyat turi bilan bandlik;
bandlik muntazamligi — iqtisodiyotning norasmiy sektoridagi bandlikdan tushgan har haftalik daromadning mavjudligi;
10 sotix yer maydonida shaxsiy yordamchi xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan uy xo‘jaligi boshqaruvidagi yer maydonining mavjudligi.
12. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band bo‘lganlar soni mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq bir yilda to‘rt marotaba mehnat organlari tomonidan o‘tkaziladigan bandlik masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganishlar (keyingi o‘rinlarda o‘rganish deb ataladi) asosida aniqlanadi.
13. O‘rganish ma’lumotlari asosida iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band aholi sonini aniqlash uchun:
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq faoliyatning tegishli turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so‘rab chiqilganlarning umumiy sonidagi salmog‘i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
RDIi = NIi : NI * 100, bunda:
RDIi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar salmog‘i;
NIi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar soni;
NI — mehnatga layoqatli yoshdagi so‘ralganlar soni, hammasi;
b) olingan salmoq ko‘rsatkichi bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shug‘ullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
EIsi = WAP * RDIi : 100, bunda:
EIsi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida iqtisodiy faoliyatning tegishli turi bilan shug‘ullanuvchilar soni;
WAP — mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni.
v) iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlarning umumiy sonini aniqlash uchun iqtisodiy faoliyatning har bir turi bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadi:
EIs = Σ1i EIsi,1, bunda:
EIs — iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlar soni, hammasi.
14. Mehnat resurslarini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar soni hisobga olinadi. Ularning soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 15-maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Sxema bo‘yicha, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi integratsiyalashgan axborotlar moduli asosida aniqlanadi:
a) chet elga ketganlarning soni va maqsadi to‘g‘risida bojxona deklaratsiyasining takomillashtirilgan shakli asosidagi har choraklik statistika hisoboti ma’lumotlari;
b) aholi hisobini yuritish bo‘yicha ichki ishlar organlari ma’lumotlari;
v) mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirish uchun fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar ma’lumotlari;
g) chet eldagi konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar;
d) uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar.
15. Iqtisodiy faol aholi soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
EP = U + E, bunda:
EP — iqtisodiy faol aholi.
16. Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
EIP = PS + IW + VUP, bunda:
EIP — iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi;
PS — ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan o‘quvchilar va talabalar;
IW — bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan ayollar;
VUP — uy bekalari va mustaqil ravishda ish bilan band bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar;
Axborot manbalari:
PS — statistika organlarining ma’lumotlari;
IW — statistika organlarining hisoblangan ma’lumotlari;
VUP — mehnat organlari tomonidan mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar ma’lumotlari.
17. Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni ishga joylashtirishga ehtiyoj sezadigan aholining hisoblangan sonidan hisobot davri oxiridagi holati bo‘yicha tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarida rasman ishsizlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar sonini chiqarib tashlash yo‘li bilan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
US = U — UO, bunda:
US — ish bilan band bo‘lmaganlar, mustaqil ravishda ish qidirayotganlar;
U — ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar);
UO — ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lganlarni aniqlash paytida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishsizlar.
18. Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari ma’lumotlari rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishsizlar bo‘yicha axborot olish manbai hisoblanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
3-bob. Aholining mehnat bilan bandligini o‘rganish tartibi
19. Aholining ish bilan bandligini o‘rganish tanlab olingan uy xo‘jaliklari a’zolaridan so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari xodimlari tomonidan hamda zarurat bo‘lgan holatlarda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘lov shartnoma asosida Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti va boshqa tashkilotlarning maxsus tayyorlangan mutaxassislarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
21. Uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan maxsus anketa so‘rovnomasi orqali amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
22. Uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazishning sifati uchun javobgarlik uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rovni o‘tkazgan xodimga yuklanadi.
23. So‘rovnoma o‘tkazish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari tomonidan quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
uy xo‘jaliklari bo‘yicha anketa so‘rovnomasi o‘tkazish — bir yilda to‘rt marotaba (har chorakda);
ma’lumotlar bazasini shakllantirish — hisobot choragining oxirgi oyidan keyingi anketa so‘rovnomasi o‘tkazish oyining 1-kunigacha;
anketa so‘rovnomasi natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish — hisobot choragining oxirgi oyidan keyingi anketa so‘rovnomasi o‘tkazish oyining oxirigacha;
o‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va jadvallarni tayyorlash — hisobot davridan keyingi oyning 3-kunigacha.
4-bob. Mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqish
24. Mazkur metodikaga muvofiq ishlab chiqilgan ma’lumotlar va hisob-kitoblar asosida mehnat resurslari, aholi bandligi va ishga joylashtirish baholash (hisob-kitob), hisobot va prognoz balanslari tomonidan ishlab chiqiladi.
25. Baholash (hisob-kitob) balansi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi bilan birgalikda har chorakda shakllantiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
26. Baholash (hisob-kitob) balansi asosida aholi bandligini ta’minlash, zarur holatlarda ish o‘rinlari tashkil etish parametrlariga tuzatishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
27. Mehnat resurslarining hisobot balansi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi bilan birgalikda har yili ishlab chiqiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
28. Mehnat resurslarining prognoz balansi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda kelgusi davrga (maqsadga qarab — 1, 5, 10 va hokazo yilgacha) ishlab chiqiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
29. Mehnat resurslarining prognoz balansi ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinadi:
mehnat resurslari sonini va iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi turli toifalarini (o‘quvchilar, 3 yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollar va boshqalar) shakllantiradigan kelgusidagi demografik jarayonlar dinamikasi;
ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan mehnat bilan band bo‘lmagan aholining (ishsizlarning) amaldagi va kutilayotgan soni;
ishlayotganlar sonining belgilangan parametrlari, ish bilan bandlikning o‘sishi va investitsiya dasturlari, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning mo‘ljallangan natijalari munosabati bilan ish bilan bandlikning o‘sishi va uning tarkibiy o‘zgarishi;
kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish;
mehnat resurslari, aholi bandligi va ishga joylashtirish balansining prognoz ko‘rsatkichlariga muvofiq ta’lim muassasalarida kadrlarni kasbga tayyorlash yo‘nalishlarini qayta ixtisoslashtirishni takomillashtirish.
30. Mehnat resurslarining prognoz balansidan hududlarning demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish o‘rinlari tashkil etishga ehtiyojlarni va kelgusida hududiy aholini bandligi dasturlari parametrlarini aniqlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisoblash metodikasiga ILOVA
Bandlik masalalari bo‘yicha uy xo‘jaliklarini bandlik masalalari yuzasidan tanlab o‘rganishlarni o‘tkazish
tartibi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Tartib band bo‘lmagan aholi sonini hisoblash uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lgan fuqarolar sonini aniqlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bandlik masalalari bo‘yicha uy xo‘jaliklarini tanlab o‘rganishlarni (keyingi o‘rinlarda o‘rganish deb ataladi) tashkil etish va o‘tkazish mexanizmini belgilaydi.
O‘rganishni o‘tkazish tartibi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tavsiyalariga asoslanadi.
O‘rganish asosida mehnat resurslarining baholash (hisob-kitob), hisobot va prognoz balanslari hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lgan fuqarolarning sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
uy xo‘jaligi — o‘z daromadlarini butunlay yoki qisman birlashtirish umumiy xo‘jalik yurituvchi birga yashaydigan shaxslar yig‘indisi. Bunda uy xo‘jaligi a’zolarining yaqin qarindoshlik aloqalari mavjudligi talab etilmaydi.
anketa — uy xo‘jaliklarining bandlik masalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun aniq belgilangan savollar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjat;
intervyuyer — o‘rganish jarayonida tanlashga tushgan uy xo‘jaliklarining a’zolaridan so‘rov (intervyu) o‘tkazadigan hududiy mehnat organlari xodimi;
uy xo‘jaligi boshlig‘i — uy xo‘jaligi a’zolari xohishi bo‘yicha tanlanadi. Bunda, uy xo‘jaligi boshlig‘i eng yoshi katta a’zosi yoki xo‘jalik yurituvchi yoxud uy xo‘jaligiga eng ko‘p daromad keltiruvchi a’zosi bo‘lishi mumkin;
respondent — intervyu savollariga javob beradigan o‘rganilayotgan uy xo‘jaligi a’zosi. Respondent uy xo‘jaligining boshlig‘i yoki boshqa eng ko‘p ma’lumotga ega a’zosi bo‘lishi mumkin.
3. O‘rganish har chorakda (mart, iyun, sentabr, dekabrda) o‘tkaziladi.
4. O‘rganish jarayonida uy xo‘jaliklari kuzatuv birliklari hisoblanadi. Uy xo‘jaliklarining 15 yoshdan oshgan a’zolari kuzatuv obyektlari hisoblanadi.
5. Har bir uy xo‘jaligida o‘rganish jarayonida mazkur manzilda doimiy istiqomat qiluvchi, jumladan, so‘rov o‘tkazilayotgan paytda doimiy yashash manzilidan tashqariga vaqtinchalik chiqqan, Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan, turizm safarlarida sayohat qilayotgan, boshqa shaharda ta’lim olayotgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida daromad olish maqsadida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar hisobga olinadi.
6. Uy xo‘jaliklari tarkibida sud qaroriga muvofiq jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan shaxslar hisobga kiritilmaydi.
2-bob. O‘rganishni tanlashni shakllantirish
7. O‘rganish maxsus tanlash orqali tanlangan uy xo‘jaligi a’zolaridan so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
8. Uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rov o‘tkazish har chorak so‘nggi oyining ikkinchi o‘n kunligida tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari xodimlari tomonidan har chorakda o‘tkaziladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
9. So‘rov o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklarini saralash har bir tuman (shahar) bo‘yicha ma’lumotlarning namunaviyligini ta’minlaydigan har bir tuman (shahar) bo‘yicha proporsional tanlashda 0,3% dan kam bo‘lmagan qamrab olish orqali amalga oshiriladi.
10. O‘rganish natijalari namunaviy bo‘lishi lozim:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida — har birida aniqligi 95 foizgacha;
kuzatuv obyektlari bo‘yicha — tanlashning jami yig‘indisi bo‘yicha aniqligi 90 foizgacha;
aholi punkti turlari (shahar, qishloq va boshqalar) bo‘yicha — aniqligi 90 foizgacha.
11. Uy xo‘jaliklarini tanlash ikki bosqichda amalga oshiriladi, birinchi bosqichda har chorakda aholi punktlari saralab olinadi, ushbu jarayon har uch oyda, bir yilda to‘rt marotaba takrorlanadi. Aholi punktlarini saralab olish ehtimoli undagi mavjud uy xo‘jaliklari (yoki aholi) soniga bog‘liq.
12. Saralashning birinchi bosqichidan oldin olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan aholi punktlari ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi. Ro‘yxatdan chiqarishga sabab ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholining respublika umumiy aholisi sonidagi salmog‘i hisoblanadi.
13. Uy xo‘jaliklarini saralash tanlashning ikkinchi bosqichida amalga oshiriladi. Mehnat organlarining hududiy boshqarmalari belgilangan tartibda barcha uy xo‘jaliklari ro‘yxatini (manzil, uy xo‘jaligi boshlig‘ining ismi va familiyasi) saralab olingan aholi punktlari bo‘yicha elektron tarzda shakllantiradi. Ushbu ro‘yxat asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi uy xo‘jaliklarini saralashning ikkinchi bosqichini amalga oshiradi hamda kelgusi uch oydagi o‘rganishda foydalaniladigan uy xo‘jaliklari ro‘yxatini shakllantiradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
14. Har bir o‘rganish o‘tkazilganda tanlanganlarning uchdan bir qismi yangilanadi: har bir ketma-ket o‘rganishda o‘rganilgan uy xo‘jaliklarining uchdan ikki qismi saqlanadi, uchdan bir qismi esa yangilanadi.
15. O‘rganishni metodologik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
16. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi quyidagilarni ishlab chiqadi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
anketa;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha uy xo‘jaliklarini tanlash;
intervyuyerlar uchun ko‘rsatma materiallar;
ma’lumotlar bazasini shakllantirish va kompyuterda qayta ishlash texnologiyasi.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
anketalarni zarur miqdorda ko‘paytirishni ta’minlaydi;
saralab olingan uy xo‘jaliklarining joylashuvidan kelib chiqib har bir intervyuyerlar uchun hisob-kitob uchastkalarini shakllantiradi;
har besh intervyuyerlar bitta supervayzer asosida har bir tumanda (shahar) supervayzerlarni tayinlaydi;
intervyuyerlar ishining tanlash asosida tekshirilishini ta’minlaydi;
18. Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari:
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
intervyuyerlarning familiyasi bo‘yicha ro‘yxatini shakllantiradi;
o‘rganiladigan uy xo‘jaliklarining pochta manzili ko‘rsatilgan intervyuyerlar marshrut varag‘ini shakllantiradi;
intervyuyerlarni tayyorlaydi va ularni zarur anketalar bilan ta’minlaydi;
o‘tkaziladigan o‘rganishlar to‘g‘risida aholiga ma’lumot berishni ta’minlaydi;
o‘rganishlarni o‘tkazishda o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
to‘ldirilgan anketalarni birlamchi nazorat qiladi va kodlashtiradi.
4-bob. O‘rganish anketasi
19. O‘rganish anketasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tasdiqlangan davlat va rus tillaridagi (zarur holatlarda qoraqalpoq tilida) savol va javob variantlari mavjud anketa;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
o‘rganiladigan uy xo‘jaliklarining pochta manzili ko‘rsatilgan intervyuyerlar marshrut varag‘i;
uy xo‘jaliklariga tashrif kartochkasi;
alohida savollar anketasini kodlashtirish bo‘yicha qo‘llanma;
boshqa zarur ko‘rsatma va metodik materiallar.
5-bob. Intervyuyerlarga qo‘yiladigan talablar
20. Intervyuyerlar sifatida uy xo‘jaliklaridan so‘rovnoma o‘tkazish uchun quyidagilar jalb etiladi:
fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari hududlariga biriktirilgan tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari xodimlari;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
zarurat bo‘lganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari hamda tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarining boshqa xodimlari.
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
21. Uy xo‘jaliklariga tashrif buyurganda intervyuyer quyidagilarga amal qilishi kerak:
ozoda kiyingan bo‘lishi;
ismi, familiyasi va ish joyi ko‘rsatilgan beydjigi bo‘lishi;
so‘rovnoma o‘tkazish uchun barcha zarur bo‘lgan anjomlarning (to‘liq anketa to‘plami, ruchka va h.k.) mavjudligi;
respondentlar bilan xushmuomalali va sabrli bo‘lishi;
o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi.
6-bob. Uy xo‘jaliklarida so‘rovnoma o‘tkazish
22. So‘rovnoma intervyuyerning marshrut varaqasida qayd etilgan uy xo‘jalikalarida bevosita bo‘lish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
23. Axborotlar to‘plami faqat intervyuyerlar tomonidan ma’lumotlarni anketaga kiritish yo‘li bilan shakllantiriladi.
24. Barcha kuzatuv birliklari bo‘yicha anketa savollariga javoblar uy xo‘jaligi boshqa a’zolarining bandligini aniqlashda o‘zini vakolatli hisoblaydigan 18 yoshdan kichik bo‘lmagan uy xo‘jaligi a’zosidan olinadi.
25. Intervyuyerlar uy xo‘jaliklariga tashrif buyurganda quyidagilarni amalga oshiradi:
tashrif varaqasini to‘ldiradi;
anketaga muvofiq yoshi belgilangan shaxslar bilan so‘rovlar o‘tkazadi hamda respondentlarning javoblarini anketa blankalarida qayd etadi;
javoblarning birlamchi mantiqiy nazoratini (turli savollarga javoblardagi aniq qarama-qarshiliklarni aniqlashni) amalga oshiradi;
tashriflar davomida to‘ldirilgan anketa va kartochkalarni har ikki kunda bir marotaba Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘iga topshiradi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
26. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari:
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
intervyuyerlar guruhi ishlarini boshqaradi va ular uchun belgilangan ish hajmining bajarilishini nazorat qiladi;
intervyuyerlardan anketalarni qabul qiladi va to‘ldirilgan anketalarning to‘liqligi va sifatini nazorat qiladi;
to‘ldirilgan anketalar uchun ko‘chirish dalolatnomasi tuzadi va imzolab tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘iga yoki uning vakolatli vakiliga topshiradi.
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
27. So‘rovnoma o‘tkazish jarayonida zarurat bo‘lgan respondentlarga anketaning alohida savollari bo‘yicha tushuntirishlar beradi. Bunda tushuntirishlar asoslangan bo‘lishi shart.
7-bob. O‘rganish natijalarini qayta ishlash va ulardan foydalanish
28. O‘rganish natijalarini qayta ishlash anketada aks ettirilgan shaxsiy ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishni taqiqlovchi shartlar bo‘yicha amalga oshirilishi shart.
29. O‘rganish natijalarini qayta ishlash anketa so‘rovlariga olingan shaxsiy ma’lumotlarning anonimligini ta’minlash shartlarida amalga oshiriladi.
30. Anketa so‘rovnoma ma’lumotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari xodimlari tomonidan maxsus kompyuter dasturiga quyidagilarni ta’minlagan holda kiritiladi:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
xatosiz kiritish va kiritilgan ma’lumotlarni nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga ma’lumotlar bazasini taqdim etish;
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
jadval, grafik va diagrammalarni shakllantirish.
31. Axborot tizimidagi ma’lumotlar uy xo‘jaligining har bir a’zosi bo‘yicha zarur demografik va bandlik maqomi ko‘rsatkichlarini o‘zida aks ettirgan ma’lumotlar hisoblanadi.
32. O‘rganish natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy ishlar hududlar bo‘yicha tahliliy hisobot va tezkor balanslarni shakllantirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
33. O‘rganish natijalaridan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
34. Tashrif davomida to‘ldirilgan anketa va kartochka blankalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarida besh yil mobaynida saqlanadi va ushbu muddat tugagach belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
8-bob.O‘rganishlar o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish
35. O‘rganishlar o‘tkazish ishlarini umumiy muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
36. O‘rganishlar o‘tkazish mobaynida olinadigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va sifatliligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlari tomonidan uy xo‘jaliklariga tashrif buyurgan holda tekshiruvlar amalga oshiriladi, bunda har chorakda o‘rganish o‘tkazilgan uy xo‘jaliklarining qariyb 5 foizi tekshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
37. Joylarda o‘rganishlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
38. Tuman (shahar) hududlarida o‘rganishlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun shaxsiy javobgarlik tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari boshliqlariga yuklanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 24-maydagi 106-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 32-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori 1-ilovasining 37-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori 1-ilovasining 20-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 28-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori ilovasining 17-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1011/0456-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 09.07.2019-y., 07/19/566/3396-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)