Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qaroriga
7-ILOVA|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼul bajaruvchilar |
|
I. Aholi bandligini taʼminlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish | ||||
|
1. |
“Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish va kiritish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: “Elektron mehnat daftarchasi” joriy etilishini hisobga olgan holda xodimlarning mehnat daftarchasini yuritish tartibini oʻzgartirish; muayyan muddatga mehnat shartnomasi (muddatli mehnat shartnomasi) tuzishda ish beruvchilar va xodimlarning huquqlarini kengaytirish; mustaqil bandlik va kasanachilik mehnatining huquqiy maqomini belgilash; ayrim toifadagi xodimlar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga yollanib ishlayotgan xodimlar, sportchilar, trenerlar, repititorlar va boshqa toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari. |
Qonun loyihasi |
2017-yil noyabr |
Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
|
2. |
“Aholi bandligiga koʻmaklashuvchi nodavlat tashkilotlari” (rekruting agentliklari) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish, unda aholini ishga joylashtirish va bandligiga koʻmaklashish sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanayotgan shaxslar va nodavlat tashkilotlarning huquq va masʼuliyati belgilanishi nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2017-yil noyabr |
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
|
3. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni tasdiqlash: Jamgʻarma, uni shakllantirish manbalari va tashkiliy tuzilmasi toʻgʻrisidagi nizom; Vaqtincha band boʻlmagan aholini jamoat ishlariga jalb etish (safarbar qilish) toʻgʻrisidagi nizom, unda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan jamoat ishlariga jalb etilgan shaxslar ish haqidan majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinishi nazarda tutiladi. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil 1-sentabr |
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
4. |
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan ishsiz fuqarolarga ishsizlik boʻyicha nafaqa oʻrniga yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini roʻyxatga olish boʻyicha birinchi navbatdagi sarf-xarajatlarni bir yoʻla maqsadli subsidiya qilib berish tartibini joriy etish va shartlarini belgilashni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va tatbiq etish. |
Maʼlumot xati |
2017-yil noyabr |
Mehnat vazirligi, DSQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, |
|
5. |
Yangi ish joylarini yaratayotgan, shuningdek, ijtimoiy madadga muhtoj aholi toifasi, avvalo kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari, imkoniyatlari cheklangan shaxslar, sobiq harbiy xizmatchilarni ishga joylashtirayotgan ish beruvchilarga ularning yutuqlarini tasdiqlovchi sertifikat topshirish yoʻli bilan ijtimoiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil noyabr |
Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, MTRK |
|
6. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, unda: chet ellarda fuqarolarni ishga joylashtirish sohasida xizmat koʻrsatayotgan nodavlat tashkilotlarini litsenziyalash, ularning koʻmagida ishga joylashgan fuqarolarga nisbatan mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlar taʼminlanishi uchun ana shu tashkilotlar javobgarligining qatʼiy shartlari nazarda tutiladi. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil avgust |
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura Iqtisodiyot vazirligi, DSQ |
|
7. |
Ish beruvchilar tomonidan mavjud boʻsh ish oʻrinlari (vakansiyalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibini takomillashtirish, barcha ish beruvchilar — yuridik shaxslar tomonidan shunday maʼlumotlarni berish majburiyligi hamda ularni elektron holida yetkazib berish mexanizmlarini nazarda tutish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil oktabr |
Mehnat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP |
|
8. |
Ish beruvchilar uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun minimal miqdordagi ish oʻrinlarini belgilash tartibini takomillashtirish, mazkur toifadagi shaxslarning ishga joylashtirilishini taʼminlash nazorati va javobgarligini kuchaytirish choralarini nazarda tutish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil oktabr |
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, SSP, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
|
II. Bandlik va ish joylarini yaratish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish | ||||
|
9. |
Yangi ish joylarini yaratish va mehnat bozorining joriy hamda istiqboldagi talab-ehtiyojlarini inobatga olgan holda kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi tasdiqlanishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil sentabr |
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
10. |
Ishga joylashishga muhtoj aholi sonini belgilash metodikasini takomillashtirish, shu jumladan bandlik masalalari boʻyicha uy xoʻjaliklarini tekshirish metodikasini takomillashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil sentabr |
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi |
|
11. |
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha faol badal toʻlovchilar soni va jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlayotgan jismoniy shaxslar soni oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida yaratilgan ish joylari, shu jumladan doimiy ish oʻrinlari sonini belgilash toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil iyul |
Mehnat vazirligi, DSQ, Moliya vazirligi |
|
12. |
Mikrofirma yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati shaklidagi oʻz biznesini roʻyxatdan oʻtkazgan kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilariga lizing tashkilotlari tomonidan texnologik uskunalarni taqdim etish xizmatlari hajmini kengaytirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va qabul qilish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
doimiy |
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, lizing tashkilotlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, SSP |
|
13. |
Jismoniy shaxslarning daromad soligʻini va davlat ijtimoiy sugʻurta badallarini faol toʻlab keluvchi fuqarolar soni oʻsishining belgilangan prognoz koʻrsatkichlarini bajarish yuzasidan mahalliy ijro hokimiyati organlari harakatlar samaradorligini har chorakda tahlil qilishni taʼminlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga axborot |
har chorakda |
Mehnat vazirligi, DSQ, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi |
|
III. Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining ishga joylashtirilishini taʼminlash | ||||
|
14. |
Akademik litseylar bitiruvchilarining tayyorgarlik yoʻnalishlarini inobatga olgan holda ular tomonidan egallangan kasb va lavozimlar roʻyxatini belgilangan tartibda tasdiqlash. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2017-yil iyul |
Mehnat vazirligi, OʻMKHTM |
|
15. |
Yagona ijtimoiy toʻlov stavkasini pasaytirish huquqini beruvchi, tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil mart |
DSQ, Moliya vazirligi, OʻMKHTM |
|
16. |
Kollej bitiruvchilarining iqtisodiyot va moliya organlari hududiy boʻlinmalarining hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi OʻMKHT Markazining ular ishga joylashtirilishi uchun javobgar boʻlgan aniq bir xodimiga shaxsan biriktirib qoʻyilishini, bu ishning barcha darajalardagi hokimlarning birinchi oʻrinbosarlari tomonidan muvofiqlashtirilishini taʼminlash. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
har yili fevralgacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Mehnat vazirligi, OʻMKHTM, vazirlik va idoralar |
|
17. |
Kasb-hunar kollejlari negizida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazishning namunaviy reglamentini tasdiqlash va oʻz tadbirkorligini boshlashga koʻmaklashish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil oktabr |
Mehnat vazirligi, DSQ, Markaziy bank, Tijorat banklari, OʻMKHTM,SSP |
|
18. |
Quyidagi jadvallarni tasdiqlash: Kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari, boshlovchi tadbirkorlar va yosh mutaxassislarning istiqbolli, amaliyotda sinovdan oʻtgan biznes loyihalaridan, zamonaviy texnologik uskunalar, moliyaviy, lizing va axborot xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash nazarda tutilgan 28 ta yirik shaharlarda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashuvchi doimiy faoliyat yuritadigan mintaqaviy markazlarni tashkil etish; har bir tuman (shahar)da kasb-hunar kollejlari negizida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mikrokreditlar hamda murakkab boʻlmagan texnologik uskunalar va asboblarni lizingga taqdim etgan holda har yili biznes-loyihalar yarmarkalarini oʻtkazish. |
Jadvalni tasdiqlash |
jadvalga muvofiq |
Mehnat vazirligi, DSQ, Markaziy bank, tijorat banklari OʻMKHTM, SSP, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
19. |
Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga ishchi kasblari boʻyicha malaka razryadlari (darajalar) berish tartibini takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil fevral |
Mehnat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
20. |
Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejalariga intervyu berish, qisqa xulosalarni toʻldirish va taqdim etish koʻnikmalariga, mehnat huquqi asoslariga hamda ish beruvchilar va xodimlarning majburiyatlariga oʻqitish darslarini kiritish. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2017-yil sentabr |
Mehnat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻMKHTM, |
|
21. |
Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning barcha oʻquvchilarini soliq toʻlovchilar sifatida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyib, ularga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) berish va haq undirmasdan Elektron raqamli imzo (ERI) taqdim etish. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2018-yil 1-yanvardan, doimiy |
DSQ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
22. |
Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olinganlik uchun toʻlovdan ozod qilish shaklida maqsadli subsidiyalar berish, shuningdek, mikrokredit olinganda sugʻurta haqini toʻlash xarajatlarining bir qismini bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash tartibi va shartlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maʼlumotnoma xati |
2017-yil noyabr |
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, �ikrokreditbank |
|
IV. Mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
|
23. |
Mehnat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish maqsadida har oy asosida (har ikkinchi seshanbada) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytida, ayrim OAVlarda mehnat va bandlik bozorining holati, shu jumladan mehnat organlariga ish izlab murojaat qilgan fuqarolar, ishga joylashganlar soni, ochilgan vakansiyalar, yaratilgan ish oʻrinlari hamda ish beruvchilar, investorlar va aholi uchun ahamiyatli boʻlgan koʻrsatkichlar toʻgʻrisida eʼlon qilishni taʼminlash. Mehnat va bandlik bozori holatining eʼlon qilinishi lozim boʻlgan aniq koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ularni taqdim etish formatini belgilash. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2017-yil iyun 2017-yil iyul |
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
24. |
Ekspertlar, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining keng miqyosli funksional tahlilini oʻtkazish. |
Bajaruvchilar qarori |
jadvalga muvofiq, 2017-yil oxirigacha |
Mehnat vazirligi |
|
25. |
Oʻtkazilgan funksional tahlil asosida mehnat organlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari reinjiniringini amalga oshirish |
Davlat xizmatlari koʻrsatishning yangi reglamentlarini joriy etish |
2018-yil mart |
Mehnat vazirligi |
|
26. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xizmatlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, taʼlim muassasalari, jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish hisobiga foydalanish nuqtalarini kengaytirish. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2018-yil mart |
Mehnat vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
|
27. |
Samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari boʻyicha ish samaradorligi va sifatini baholash asosida mehnat organlari xodimlarining ayrim toifalar mehnatiga haq toʻlashning ragʻbatlantiruvchi (ishbay, mukofot) tizimini joriy etish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil mart |
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
28. |
Mehnat organlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish. Mehnat organlari tizimi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni belgilangan tartibda tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
jadvalga muvofiq, 2017-yil oxirigacha |
Mehnat vazirligi |
|
29. |
Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan ishga joylashishga muhtoj shaxslar, jumladan imkoniyatlari cheklangan shaxslar hamda kam taʼminlangan oilalar bilan ishlashga nisbatan qoʻyilayotgan zamonaviy talablarni inobatga oluvchi malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil iyul |
Mehnat vazirligi |
|
30. |
Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashishi markazlari joylashgan binolar va xonalarni xatlovdan oʻtkazish va uning natijalariga koʻra bino va xonalarning namunaviy loyihalarini tasdiqlash, bandlik sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha “yagona darcha” rejimida ularning faoliyat yuritishini taʼminlaydigan binolarni qurish hamda kapital taʼmirlash dasturlari va jadvallarini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil dekabr |
Mehnat vazirligi, “Davarxitektqurilish”, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
V. Zamonaviy axborot-kompyuter texnologiyalarini mehnat organlari faoliyatiga keng joriy etish | ||||
|
31. |
Quyidagilarni taʼminlovchi apparat-dasturiy kompleksini yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: interaktiv davlat xizmatlarining Yagona portalida butunjahon Internet tarmogʻi orqali, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytida “Ishga joylashtirish boʻyicha shaxsiy yordamchi” va “Onlayn mehnat huquqiy inspektori” interaktiv xizmatlarini elektron shaklda joylashtirib, vakant (boʻsh) ish oʻrinlari hisobini yuritish; tomonlarning raqamli imzolariga asoslangan, xodimlar bilan ish beruvchilar oʻrtasida elektron shakldagi mehnat shartnomalari (kontraktlarini) tuzish va roʻyxatga olish; xodimlarning mehnat stajini, shu jumladan xodimlar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasiga davlat sugʻurtasi boʻyicha toʻlangan badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida imtiyozli pensiya taʼminoti huquqini beruvchi ish davrlarini hisobga olish, xodimlarning “elektron mehnat daftarchasi”ni shakllantirish va yuritish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2018-yil yanvar |
Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi |
|
32. |
Yaratilayotgan va hisobdan chiqarilgan ish oʻrinlarini hisobga olish va nazorat qilish boʻyicha “NewJob-2” apparat-dasturiy kompleksini tatbiq etish. |
Apparat-dasturiy kompleks |
2017-yil oktabr |
Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
33. |
Moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilab, kompyuter hamda boshqa zarur orgtexnika va uskunalarni bosqichma-bosqich yangilab borish jadvalini tasdiqlagan holda aholining bandligi koʻmaklashish tuman (shahar) markazlarining zamonaviy kompyuterlar hamda boshqa orgtexnika va uskunalar bilan jihozlanganlik holatini xatlovdan oʻtkazish. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2017-yil iyul |
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi |
|
34. |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jamoat joylarida oʻrnatiladigan axborot kiosklari va terminallari uchun mavjud vakant joylar toʻgʻrisida axborot berilishini taʼminlaydigan zarur dasturlarni ishlab chiqish va tatbiq qilish. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2018 — 2021-yillar |
Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
35. |
Call-center faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan telefon orqali murojaatni baholash, uning natijalarini rasmiy veb-saytda aks ettirish tizimini joriy qilish. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2017-yil iyun |
Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
36. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini shaxsiy yordamchi uchastkalar va dehqon xoʻjaliklarida yetishtirish orqali aholi bandligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish shart-sharoitlari va metodlari toʻgʻrisida axborot beruvchi tomorqa.mehnat.uz, maxsus saytini tashkil etish. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2017-yil iyun |
Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP |
|
37. |
interaktiv davlat xizmatlarining Yagona portali orqali koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari hamda vakansiyalar bazasini kengaytirishga, shuningdek, “Kadrlar” TISni yanda rivojlantirishga qaratilgan ish.mehnat.uz, saytini takomillashtirish. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2017-yil avgust |
Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
VI. Kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish monitoringini tashkil etish hamda oilalarni kam taʼminlanganlikdan chiqarish boʻyicha yakka tartibdagi dasturlarni ishlab chiqish | ||||
|
38. |
Mehnat organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlarning ijro etuvchi apparatlari bilan kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha oʻzaro mustahkam hamkorlikni tashkil etish. |
Birgalikdagi tadbirlar rejasi |
2017-yil iyul |
Mehnat vazirligi, Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi |
|
39. |
Kam taʼminlangan oilalarning ehtiyojlari va iqtisodiy imkoniyatlarini tahlil qilish asosida ularni kam taʼminlanganlikdan chiqarish maqsadida kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy madadni tashkil etishning namunaviy variantlari va dasturlarini ishlab chiqish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil iyul |
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi |
|
40. |
Ishga joylashtirish hamda kam taʼminlanganlikdan chiqarish yuzasidan yakka tartibdagi dasturlarni ishlab chiqish boʻyicha, shu jumladan kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar tayyorlash va toʻlash hamda moddiy yordam koʻrsatish masalalarida inspektorning yangi funksiyalari va vakolatlarini belgilash. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2017-yil iyun |
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi |
|
41. |
Kam taʼminlangan oilalar registri va maʼlumotlar axborot bazasini shakllantirish va yuritish boʻyicha takliflar kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil dekabr |
Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi |
|
42. |
Kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga nafaqalar tayinlash va toʻlash hamda moddiy yordam koʻrsatish mexanizmlarini chuqur va tanqidiy tahlil qilish, zamonaviy talablarni inobatga olgan holda kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy madad koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maʼlumotnoma xati |
2017-yil dekabr |
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi |
|
VII. Bandlikda teng sharoitlarni taʼminlash va erishish oson boʻlgan muhitni yaratish | ||||
|
43. |
Imkoniyatlari cheklangan shaxslarning bandligi va ijtimoiy integratsiyasi muammolarini chuqur tahlil qilish va ularni ishga joylashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2017-yil noyabr |
Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati (BMT agentliklarining madadida) |
|
44. |
Barcha darajalardagi davlat boshqaruvi tuzilmalarida xotin-qizlarning keng koʻlamda bir xil va teng darajada ishtirok etishlarini taʼminlaydigan, insonning fundamental huquqlariga rioya etish asosini tashkil etuvchi iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi gender tengligi rivojlantirilishini taʼminlash nazarda tutilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va qabul qilish. |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2017-yil noyabr |
Mehnat vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
|
45. |
Quyidagilarga qaratilgan kompleks qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash: nogironlar va aholining kam harakatlanuvchi boshqa guruhlari hayot faoliyatining asosiy sohalarida ustuvor obyektlar va xizmatlardan foydalanishlarini taʼminlash; reabilitatsiya va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza davlat tizimi sohasida xizmatlar koʻrsatish mexanizmini takomillashtirish; ixtisoslashtirilgan ijtimoiy korxonalar, shu jumladan nogironlar uchun moʻljallangan korxonalar barpo etish, bunday korxonalarga imtiyoz va preferensiyalar berilishini nazarda tutish. |
Qoʻshimcha chora- tadbirlar kompleksini tasdiqlash boʻyicha bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
2018-yil mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, DSQ, SSP |
|
46. |
3 yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga shu davrda kasb-hunarga oʻqish, qayta tayyorlanish, malakasini oshirish imkoniyatini berish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish. |
Bajaruvchilar qarori |
2017-yil oktabr |
Mehnat vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, OʻMKHTM |
|
VIII. Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlik va bahamjihat harakat qilish | ||||
|
47. |
2017 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti (HMT) konvensiyalarini amalga oshirish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrilishini va tegishli Respublika idoralararo komissiyasi tuzilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil mart |
Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
48. |
HMTning quyidagi Konvensiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish imkoniyatini oʻrganish: 17-son ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarda mehnatkashlarga tavon toʻlash toʻgʻrisidagi; 81-son sanoat va savdoda mehnatni inspeksiya qilish toʻgʻrisidagi; 97-son mehnatkash-migrantlar toʻgʻrisidagi (qayta koʻrib chiqilgan); 129-son qishloq xoʻjaligida mehnatni inspeksiya qilish toʻgʻrisidagi; 132-son haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisidagi (1970-yilda qayta koʻrib chiqilgan); 144-son xalqaro mehnat normalarini qoʻllashga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi; 156-son erkak va ayol xodimlar uchun teng imkoniyatlar va ularga teng munosabatda boʻlish (oilaviy majburiyatlari boʻlgan xodimlar) toʻgʻrisidagi; 177-son kasanachilik mehnati toʻgʻrisidagi; 183-son onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi 1952-yilgi Konvensiyani qayta koʻrib chiqish haqidagi; 187-son mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashuvchi asoslar toʻgʻrisidagi; 29-son majburiy mehnat toʻgʻrisidagi Konvensiyaga 2014-yilgi qoʻshimcha protokoli. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maʼlumotnoma xati |
2017 — 2020-yillar |
Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, TIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
|
49. |
Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan HMT Konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha respublikada olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida xorijiy sheriklar bilan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari orqali keng koʻlamdagi axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish. |
Axborot materiallarini tayyorlash |
doimiy |
Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, TIV |
|
50. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasida Mehnatni normalash va ishchilarning asosiy kasblari boʻyicha malakasini baholash byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqish va kiritish, uning vazifalari etib quyidagilarni belgilash: texnika, texnologiyalar rivoji va ishlab chiqarishni tashkil etishning hozirgi holatini inobatga oluvchi ilmiy asoslangan mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy etish; korxonalar va tashkilotlar organlarining buyurtmanomalariga koʻra kasbiy-malaka tavsiflari va talablarini, shuningdek, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish; ishchilarga malaka razryadlarini bergan holda asosiy ishchi kasblari boʻyicha malakani mustaqil ravishda baholash. |
Tahliliy maʼlumotnoma xati |
2018-yil mart |
Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, Moliya vazirligi, Davlat test markazi |
|
51. |
HMT Byurosining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun javobgarlik zonasiga kiruvchi davlatlarda ishlab chiqarishdagi shikastlanish, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldin olish holati toʻgʻrisidagi axborot ayirboshlashni amaliyotga joriy etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maʼlumotnoma xati |
2017 — 2020-yillar |
Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, TIV |
|
52. |
Xalqaro mehnat normalari va standartlarini, shuningdek, HMTga aʼzo mamlakatlarning ilgʻor amaliyotlarini milliy qonunchilikka tatbiq etish maqsadida HMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning tavsiyanomalari boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganishni tashkil etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maʼlumotnoma xati |
doimiy |
Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP |
|
IX. Aholi bandligi masalalari yuzasidan televideniye va radio orqali keng tushuntirish ishlarini olib borish | ||||
|
53. |
Aholi bandligi masalalari boʻyicha “Mahalla” teleradiokanalida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish yuzasidan har yili mediarejalar, shu jumladan mavzuga oid studiyaviy va sayyor tele hamda radio eshittirishlar, realiti-shou, tok-shou, ijtimoiy tele va radio roliklar hamda boshqa turkumlar rejalarini tuzish va tasdiqlash. |
Mediarejani tasdiqlash |
har yili, yanvarda |
MTRK, Mehnat vazirligi |
|
54. |
Respublikaning shahar va tumanlarida aholi bandligini taʼminlash masalalarni yoritish boʻyicha realiti-shoularni tashkil etish, jumladan: “Tadbirkor boʻlmoqchiman” realiti-shousi, jumladan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilari tomonidan oʻz tadbirkorlik ishini tashkillashtirish, shu jumladan biznes-gʻoyani shakllantirish va amalga oshirish, ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, biznesni tashkil etish uchun joy va xonalarni tanlash, biznes-rejalarni tayyorlash, tijorat banklarida kredit olish, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun uskunalar, asboblar va materiallar sotib olish, muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish, marketing va reklama masalalari hamda boshqa masalalarni aniq misollar asosida yoritish; shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan “Tomorqam — xazinam” realiti-shousi, jumladan urugʻlik va oʻgʻitlar, sabzavot va mevali daraxtlar (limon, unabi, yongʻoq, intensiv mevali daraxtlar) koʻchatlarini sotib olish, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik, quyonchilikni rivojlantirish, issiqxonalar tashkil etish, bogʻda ishlatiladigan anjom va asboblarni xarid qilish, tijorat banklarida mikrokreditlar olish, shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi, shu jumladan yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlash, saqlash va sotish boʻyicha agrofirmalar va boshqa tegishli tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish. |
Mavzuga oid jadvalni tasdiqlash |
2017 — 2020-yillar |
MTRK, Mehnat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, SSP, OʻMKHTM, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, DSQ, Markaziy bank, tijorat banklari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻisto� Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
55. |
“Yoshlarga ish bering” studiyaviy va sayyor tok-shouni tashkil etib, yoshlarni ishga joylashtirish, band boʻlmagan yoshlar, shu jumladan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilari, Qurolli Kuchlar safidan boʻshagan yoshlar, ularning ota-onalari, ish beruvchilar, mehnat organlari, boshqa manfaatdor idoralar va tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur sohada yuzaga keladigan toʻsiqlar va muammolarni hal etish yoʻllarini xolisona tahlil qilish va muhokama etish. |
Mavzuga oid jadvalni tasdiqlash |
2017 — 2020-yillar |
MTRK, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻMKHTM, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
56. |
Mavzuga oid tele va radio eshittirishlar turkumini hamda fuqarolarning ishga joylashish va mehnat huquqlarini himoya qilish, “Tadbirkorlik — qonun himoyasida”, “Harakatda barakat”, “Tahlil va talqin”, “Biznes va taraqqiyot”, “Mehnat huquqi”, “Reporter”, “Qonunchilikdagi yangiliklar” kabi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ruknlar tashkil etish, jumladan tadbirkorlik faoliyatini yuritish boʻyicha imtiyozlarni, mehnat nizolarini hal etish mexanizmlarini yoritish, boʻsh ish oʻrinlariga joylashish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, mehnat haqini hisoblab chiqarish va toʻlash, soliq majburiyatlari, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish imtiyozlari va boshqa masalalarni yoritish. |
Mavzuga oid rejani tasdiqlash |
2017 — 2020-yillar |
MTRK, Mehnat vazirligi, Bosh prokuratura, DSQ, DBQ, SSP, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi |
|
57. |
Muvaffaqiyatlarga erishayotgan tadbirkorlar, turli tarmoqlarning professionallari tomonidan biznesni yaratish va rivojlantirishdagi tajribasini yoritish, yoshlarni tadbirkorlikka va kasb mahoratiga erishishga undan va ragʻbatlantirish maqsadida ular bilan “Muvaffaqiyatim sirlari” maxsus tele va radio intervyu turkumini tashkil etish. |
Intervyu jadvalini tasdiqlash |
2017 — 2020-yillar |
MTRK, Mehnat vazirligi, SSP, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi |
|
58. |
Quyidagi ijtimoiy teleradioroliklarni yaratish: Tadbirkorlik faoliyatining turli sohalarini ommalashtirish, oʻz tadbirkorligini ochish masalalarini yoritish, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi imkoniyatlar va imtiyozlar toʻgʻrisida axborot berish boʻsh ish oʻrinlariga joylashish tartibini tushuntirish, kadrlarni tanlash va oʻqitishda biznes va taʼlim muassasalarining hamkorligi; kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi biznes-loyihalarni tijorat banklari tomonidan moliyalashtirish tajribasi (tikuv sexi, goʻzallik saloni, avtoservis punkti, sartaroshxona, nonvoyxona, issiqxona, mebel, qurilish materiallari, qandolat mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqalar); Respublikaning turli shaharlari va tumanlarida shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirishning ijobiy tajribasini yoritish. |
Mavzuga oid rejani va ijodiy kreativ guruhlar tarkiblarini tasdiqlash |
2017 — 2020-yillar |
MTRK, Mehnat vazirligi, SSP, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
59. |
Mehnat bozori, bandlik rivojlanishi, ishbilarmonlik faolligining oʻsishi, kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport va hokazolarni kengaytirish dinamikasini aks ettiruvchi infografika va boshqa koʻrgazmali materiallarni yaratish hamda efir vaqtida keng namoyish etish. |
Mavzuga oid rejani va ijodiy kreativ guruhlar tarkiblarini tasdiqlash |
2017 — 2020-yillar |
MTRK, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, SSP, Davlat statistika qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, DBQ, DSQ |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qaroriga
8-ILOVAOʻzbekiston Respublikasining mehnat kuchi haddan ziyod boʻlgan tumanlarida band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradigan tayanch kasb-hunar kollejlarining
|
T/r |
Mehnat kuchi haddan ziyod boʻlgan tumanlar nomi |
Tayanch kasb-hunar kollejlari nomi |
Band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlarining nomi* |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | |||
|
1. |
Moʻynoq tumani |
Moʻynoq sanoat-transport kolleji |
Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik ishi, chilangarlik ishi |
|
2. |
Toʻrtkoʻl tumani |
Toʻrtkoʻl qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Tikuvchilik ishi, payvandlash ishi, qishloq xoʻjaligi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, chilangarlik ishi |
|
3. |
Shumanay tumani |
Shumanay qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Tikuvchilik ishi, payvandlash ishi, qishloq xoʻjaligi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, chilangarlik ishi |
|
Andijon viloyati | |||
|
4. |
Ulugʻnor tumani |
Ulugʻnor qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, qishloq xoʻjaligi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik ishi |
|
5. |
Paxtaobod tumani |
Paxtaobod qurilish va kommunal xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji |
Suv-gaz taʼminoti, tikuvchilik ishi, payvandlash ishi |
|
6. |
Qoʻrgʻontepa tumani |
Qoʻrgʻontepa qurilish kolleji |
Qurilish, boʻyoqchilik ishi, tikuvchilik ishi, yigiruvchilik ishi |
|
Buxoro viloyati | |||
|
7. |
Olot tumani |
Olot qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Toʻqish ishi, tikish ishi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash |
|
8. |
Romitan tumani |
Romitan sanoat kasb-hunar kolleji |
Payvandlash ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik ishi, elektr taʼminoti |
|
Jizzax viloyati | |||
|
9. |
Baxmal tumani |
Baxmal qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Qishloq xoʻjaligi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik ishi |
|
10. |
Forish tumani |
Forish qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Qishloq xoʻjaligi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik ishi |
|
11. |
Yangiobod tumani |
Yangiobod qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasi kasb-hunar kolleji |
Qishloq xoʻjaligi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik ishi |
|
Qashqadaryo viloyati | |||
|
12. |
Dehqonobod tumani |
Dehqonobod agrosanoat kasb-hunar kolleji |
Payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish ishi |
|
13. |
Mirishkor tumani |
Jeynov sanoat kasb-hunar kolleji |
Payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish ishi, elektr taʼminoti |
|
14. |
Chiroqchi tumani |
Chiroqchi qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasi kasb-hunar kolleji |
Qishloq xoʻjaligi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish |
|
Navoiy viloyati | |||
|
15. |
Xatirchi tumani |
Xatirchi xizmat koʻrsatish sohasi va servis kasb-hunar kolleji |
Tikuvchilik ishi, buxgalteriya, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish |
|
Namangan viloyati | |||
|
16. |
Mingbuloq tumani |
Oʻzgarish maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji |
Kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarini taʼmirlash, qurilish, tikuvchilik ishi, elektr montaj |
|
17. |
Toʻraqoʻrgʻon tumani |
Toʻraqoʻrgʻon qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish |
|
Samarqand viloyati | |||
|
18. |
Bulungʻur tumani |
Bulungʻur milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji |
Duradgorlik va pol joylash, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, Kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarini taʼmirlash |
|
19. |
Qoʻshrabot tumani |
Qoʻshrabot xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji |
Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik ishi |
|
20. |
Narpay tumani |
Oqtosh qurilish va kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Qurilish, boʻyoqchilik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish |
|
21. |
Paxtachi tumani |
Paxtachi qurilish va kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarini taʼmirlash, payvandlash ishi, chilangarlik ishi |
|
Sirdaryo viloyati | |||
|
22. |
Xovos tumani |
Gulbahor qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik ishi |
|
Surxondaryo viloyati | |||
|
23. |
Boysun tumani |
Boysun qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji |
Qurilish, boʻyoqchilik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik ishi |
|
24. |
Qiziriq tumani |
Qiziriq qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarini taʼmirlash, payvandlash ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish ishi, tikuvchilik ishi |
|
25. |
Uzun tumani |
Uzun maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji |
Tikuvchilik ishi, kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarini taʼmirlash |
|
Toshkent viloyati | |||
|
26. |
Bekobod tumani |
Dalvarzin maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji |
Tikuvchilik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, maishiy texnikani taʼmirlash |
|
27. |
Boʻka tumani |
Boʻka maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji |
Sartaroshlik ishi, tikuvchilik ishi, maishiy texnikani taʼmirlash, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish |
|
28. |
Chinoz tumani |
Chinoz xizmat koʻrsatish sohasi va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji |
Chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, payvandlash ishi elektr taʼminoti, maishiy texnikani taʼmirlash |
|
Fargʻona viloyati | |||
|
29. |
Uchkoʻprik tumani |
Uchkoʻprik qurilish va xizmat koʻrsatish sohasi kasb-hunar kolleji |
Qurilish, boʻyoqchilik ishi, sartaroshlik ishi, tikuvchilik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish |
|
30. |
Soʻx tumani |
Soʻx ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kolleji |
Tikuvchilik ishi, buxgalterlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish |
|
31. |
Yozyovon tumani |
Yozyovon qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Tikuvchilik ishi, payvandlash ishi, qishloq xoʻjaligi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish |
|
Xorazm viloyati | |||
|
32. |
Qoʻshkoʻpir tumani |
Qoʻshkoʻpir agrosanoat kasb-hunar kolleji |
Chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, payvandlash ishi, tikuvchilik ishi |
|
Gʻazavat maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji |
Oshpaz, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik ishi, payvandlash ishi, servis xizmatlari va radioteleapparatlarni taʼmirlash | ||
|
33. |
Yangiariq tumani |
Yangiariq qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji |
Tikuvchilik ishi, payvandlash ishi, qishloq xoʻjaligi mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish |
|
34. |
Yangibozor tumani |
Yangibozor sanoat kasb-hunar kolleji |
Non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik ishi |