Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.12.2017
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IShGA JOYLAShTIRIShGA MUHTOJ MEHNAT BILAN BAND BO‘LMAGAN AHOLINI HISOBGA OLISh METODIKASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-sonli “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini bajarish yuzasidan hamda mehnat bozoridagi vaziyatni sifatli va xolisona baholash, ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholining amaldagi sonini xalqaro standartlarga muvofiq aniqlash, mehnat bilan bandlikni ta’minlash yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish metodikasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ko‘rsatib o‘tilgan Metodika 2007-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
tasdiqlangan Metodika asosida ishsizlarning (ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarning) sonini mintaqalardagi tumanlar va shaharlar bo‘yicha aniqlanishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2007-yilning III choragida bandlik va mehnat bozori masalalari bo‘yicha mintaqaviy amaliy seminarlar o‘tkazsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tasdiqlangan Metodika asosida olingan ishsizlar va ish bilan ta’minlanmaganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlardan ish o‘rinlari yaratish parametrlarini ishlab chiqish va ularga tuzatish kiritishda hamda hududiy bandlik dasturlarining bajarilishini baholashda foydalansinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
4. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Aholining ish bilan ta’minlanganligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 31-yanvardagi 42-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 61-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-may,
106-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 24-maydagi 106-son qaroriga
ILOVA
Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish
METODIKASI
1. Umumiy qoidalar
Ushbu Metodika O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi sonini mintaqalar bo‘yicha hisoblab chiqish va shu asosda mehnat resurslarining tegishli balansini ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan belgilangan normalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlash va mehnat bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi.
Ushbu metodikada “ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi” tushunchasi xalqaro standartlarda nazarda tutilgan “ishsizlar” tushunchasiga teng deb qaraladi.
Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqishda va mehnat resurslari balansini tuzishda axborot bazasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistika ma’lumotlaridan hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan ish bilan ta’minlash masalalarini o‘rganib chiqish natijalaridan foydalaniladi.
(to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
2. Metodikada foydalaniladigan asosiy atamalar va tushunchalar
Ushbu Metodika maqsadlari uchun quyidagi asosiy atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:
Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar) — qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar, shuningdek haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli yoshdagi vaqtincha mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar.
Rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan ishsizlar — 16 yoshdan pensiya bilan ta’minlanish huquqini olish yoshigacha bo‘lgan, ish, ish haqi va daromadga ega bo‘lmagan, mehnat organlarida ish qidiruvchi, ishlashga, kasb bo‘yicha tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan o‘tishga, malaka oshirishga tayyor shaxs sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar.
Ish bilan band bo‘lganlar:
a) yollanib ishlayotganlar, shu jumladan ishlarni to‘liq bo‘lmagan ish vaqti mobaynida yoki uyda ish haqi olib bajarayotgan, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar;
b) kasallik, ta’til, qayta tayyorgarlik, malaka oshirish, ishlab chiqarishning to‘xtab turishi tufayli, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq vaqtinchalik ishda bo‘lmagan xodim uchun ish joyi saqlanib qoladigan boshqa hollarda ish joyida vaqtinchalik bo‘lmagan fuqarolar;
v) o‘zini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlovchi fuqarolar, tadbirkorlar, shu jumladan yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, kooperativlar a’zolari, fermyerlar, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida mehnat bilan band bo‘lganlar, bevosita mol o‘stiruvchilar, chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va sotuvchilar, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolar toifalarining ishlab chiqarishda qatnashadigan oila a’zolari;
g) Qurolli Kuchlarda, Milliy xavfsizlik hamda ichki ishlar organlari va qo‘shinlarida xizmatni, shuningdek muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar;
d) jamoat birlashmalarida va diniy tashkilotlarda ishlayotgan, o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan fuqarolar.
Iqtisodiy faol aholi — mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar va ishsizlar.
Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi — mehnat bilan band va ishsiz deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar va talabalar;
ishlamayotgan uchinchi guruh nogironlari;
uy bekalari hamda bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar;
ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar;
ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar.
Mehnat resurslari — mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlayotgan shaxslar.
Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi — ishlamayotgan birinchi va ikkinchi guruh nogironlaridan hamda va yoshiga ko‘ra imtiyozli shartlarda pensiya oluvchi shaxslardan tashqari, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar).
Mehnat resurslari balansi — mehnat resurslari mavjudligini hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi.
3. Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi sonini hisoblab chiqish tartibi
Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar (ishsizlar) soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar sonini va iqtisodiy faol bo‘lmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
MM = MRA – B – IFA, bunda:
MM — ishga joylashtirishga muhtoj band bo‘lmagan aholi (ishsizlar);
MR — mehnat resurslari;
B — bandlar;
IFA — iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi.
3.1. Mehnat resurslari sonini aniqlash
Mehnat resurslari soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yig‘indisi sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
MR = MLA + IO‘P, bunda:
MR — mehnat resurslari;
MLA — mehnatga layoqatli yoshdagi aholi;
IO‘P — ishlayotgan o‘smirlar va pensionyerlar.
MLA soni mehnatga layoqatli yoshidagi aholi (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar) sonidan mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari, shuningdek imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar sonini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi:
MLA = E(16—60) + X(16—55) – Nog – Pi, bunda:
E(16—60) — 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar;
X(16—55) — 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar;
Nog — mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari;
Pi — imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi pensionyerlar.
Axborot olish manbai:
E(16—60), X(16—55) bo‘yicha — aholining jins va yosh tarkibi to‘g‘risidagi davlat statistika ma’lumotlari;
Nog bo‘yicha — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnatga layoqatli yoshdagi nogironlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlari;
(o‘n to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Pi bo‘yicha — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi pensionyerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari;
(o‘n beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
IO‘P bo‘yicha — davlat statistika ma’lumotlari.
3.2. Mehnat bilan bandlar sonini aniqlash
Mehnat bilan bandlar soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
IT = ITr + ITnr + MM, bunda:
ITr — iqtisodiyotning rasmiy sektorida ishlovchilar;
ITnr — iqtisodiyotning norasmiy sektorida ishlovchilar;
MM — migrant mehnatchilar — chet ellarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, ularning mazkur mamlakatda ro‘yxatga olingan yoki olinmaganligidan qat’i nazar.
Axborot olish manbai:
ITr bo‘yicha — davlat statistika ma’lumotlari;
ITnr bo‘yicha — mehnat bilan bandlikni o‘rganib chiqish ma’lumotlari;
MM bo‘yicha — statistika, bojxona organlarining hamda mehnat organlari tomonidan maxsus savolnoma bo‘yicha bandlik, mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘rganishlarning ma’lumotlari.
3.2.1. Rasmiy sektorda band bo‘lganlar sonini aniqlash
Rasmiy sektorda band bo‘lganlar davlat statistika hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi va hisoblab chiqiladi hamda quyidagilardan iborat bo‘ladi:
yollanib (mehnat shartnomasi bo‘yicha), shu jumladan saylanadigan lavozimlarda ishlayotgan doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar;
harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari;
kooperativlar va shirkatlar a’zolari;
xususiy korxonalar egalari (ish beruvchilar), shu jumladan fermyerlar;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro‘yxatga olingan fuqarolar;
yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dehqon xo‘jaliklari a’zolari hamda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda va dehqon xo‘jaliklarida qoramol o‘stirish bilan band bo‘lgan shaxslar;
nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari.
3.2.2. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar sonini aniqlash va hisoblab chiqish
Xalqaro mehnat tashkiloti normalaridan kelib chiqib hamda Davlat statistika qo‘mitasining hisobga olish va tasniflash amaliyotiga muvofiq iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lganlar jumlasiga ijtimoiy sug‘urta va soliq organlarida hisobga turmagan quyidagi shaxslar kiradi:
yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dehqon xo‘jaliklari a’zolari;
uyda pulli xizmatlar ko‘rsatish bilan band bo‘lgan shaxslar (enagalar, uy xizmatchilari, uy oshpazlari, avtomobil haydovchilar, qorovullar va boshqalar);
jismoniy shaxslardan haq olib ishlovchi shaxslar;
oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari;
tegishli ro‘yxatdan o‘tmay ishlovchi tadbirkorlar.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band shaxslar soni mehnat organlari tomonidan bandlik masalalari bo‘yicha har chorakda amalga oshiriladigan o‘rganib chiqish asosida aniqlanadi.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholi sonini aniqlash uchun bandlik masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish ma’lumotlari asosida:
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so‘rab chiqilganlarning umumiy sonidagi salmog‘i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
SChSi = SSi : SS x 100, bunda:
SChSi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar salmog‘i;
SSi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar soni;
SS — mehnatga layoqatli yoshdagi so‘ralganlar soni, hammasi;
b) olingan salmoq ko‘rsatkichi bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
ITNRi = MLA x SChSi : 100, bunda:
ITNRi — iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchilar soni;
MLA — mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni to‘g‘risida axborot olish manbai — aholining jinsi va yoshi bo‘yicha tarkibi to‘g‘risidagi davlat statistika ma’lumotlari;
v) iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlarning umumiy sonini aniqlash uchun faoliyatning har bir aniq turi bo‘yicha ITNR to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadi:
ITNR = Σ1i ITNR1i, bunda:
ITNR — iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar soni, hammasi.
3.2.3. Mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslar sonini aniqlash
Mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslar soni quyidagi tartibda bosqichma-bosqich aniqlanadi:
1) Birinchidan, ishga joylashtirishga muhtojlarni aniqlash maqsadi uchun mehnat organlari tomonidan mehnat emigratsiyasi bo‘yicha savolnomaga muvofiq, mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlarni o‘tkazish paytida migrant mehnatchilar sifatida chet elda turganlar soni aniqlanadi. Buning uchun:
a) uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha (mehnat emigratsiyasi moduliga binoan) har chorakdagi o‘rganishlar ma’lumotlari asosida mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslarning so‘ralganlar umumiy sonidagi salmog‘i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
MMS = KMMS : SS* 100, bunda:
MMS — migrant mehnatchilarning so‘ralganlarning umumiy sonidagi salmog‘i;
KMMS — mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslarning (migrant mehnatchilarning) mehnat bilan bandlik masalasi bo‘yicha uy xo‘jaliklarini o‘rganish davomida aniqlangan soni;
SS — mehnatga layoqatli yoshdagi so‘ralganlar soni, hammasi.
Izoh. Chet eldagi migrant mehnatchilarning uy xo‘jaliklarini o‘rganishda bevosita qatnashmasligini (so‘rov paytida bo‘lmasligini) hisobga olib, ushbu shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar so‘ralayotgan uy xo‘jaliklari vakolatli a’zolaridan so‘ralgan holda olinadi.
b) migrant mehnatchilarning so‘ralganlarning umumiy sonidagi salmog‘i bo‘yicha migrant mehnatchilarning mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi tarkibidagi umumiy soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
MM = MMS* MLA : 100, bunda:
MM — migrant mehnatchilar soni, hammasi;
MLA — mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni.
v) zarurat bo‘lganda, mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotganlarning soni jo‘nab ketgan yo‘nalishi (mamlakati) bo‘yicha aniqlanadi.
Buning uchun:
o‘rganishlar ma’lumotlari bo‘yicha har qaysi mamlakatdagi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan migrant mehnatchilarning so‘ralganlar umumiy sonidagi salmog‘i aniqlanadi;
mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi umumiy soniga nisbatan salmoqni proporsional ravishda hisoblab chiqish va jamlash yo‘li bilan muayyan mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan migrant mehnatchilar soni aniqlanadi.
2) Ikkinchidan, umuman respublika bo‘yicha mehnat resurslarini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar soni hisobga olinadi. Ularning soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 15-maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Sxema bo‘yicha, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi integratsiyalashgan axborotlar moduli asosida aniqlanadi:
a) chet elga ketganlarning soni va maqsadi to‘g‘risida bojxona deklaratsiyasining takomillashtirilgan shakli asosidagi har choraklik statistika hisoboti ma’lumotlari;
b) mehnat emigratsiyasi masalalari bo‘yicha har yilgi sotsiologik o‘rganishlar ma’lumotlari;
v) mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirish uchun fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar ma’lumotlari;
g) Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar;
d) uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha har choraklik o‘rganishlar ma’lumotlari.
3.3. Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi sonini aniqlash
IFA = O‘ + A + IN + IBB, bunda:
IFA — iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi;
O‘ — ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan hamda ish haqi va mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar va talabalar;
A — uy bekalari va bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan ayollar;
IN — ishlamaydigan uchinchi guruh nogironlari;
IBB — ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmagan shaxslar, shuningdek ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar.
Axborot olish manbai:
O‘ bo‘yicha — davlat statistika ma’lumotlari;
A bo‘yicha — statistika hisobotlari, ish bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar ma’lumotlari;
IN bo‘yicha — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlari;
(o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
IBB bo‘yicha — ish bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar ma’lumotlari.
3.4. Mustaqil ravishda ish qidirayotgan shaxslar sonini aniqlash
Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni ishga joylashtirishga ehtiyoj sezadigan aholining hisoblangan sonidan (mazkur Metodikaning 3-bandida ko‘rsatilgan formula bo‘yicha aniqlangan) hisobot davri oxiridagi holati bo‘yicha aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlarida rasman ishsizlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar sonini chiqarib tashlash yo‘li bilan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
IM = IB – RR, bunda:
IM — ish bilan band bo‘lmaganlar, mustaqil ravishda ish qidirayotganlar;
IB — ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar);
RR — ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lganlarni aniqlash paytida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishsizlar.
Aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari ma’lumotlari rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishsizlar bo‘yicha axborot olish manbai hisoblanadi.
(oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
4. Aholining mehnat bilan bandligini o‘rganish tartibi
Aholining ish bilan bandligini o‘rganish maxsus tanlab olingan uy xo‘jaliklari a’zolaridan so‘rab chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Uy xo‘jaliklarini so‘rab chiqish har choraklik asosida aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari xodimlari tomonidan har chorakning oxirgi oyi ikkinchi o‘n kunligi mobaynida o‘tkaziladi.
(ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
So‘rab chiqilishi kerak bo‘lgan uy xo‘jaliklarini tanlash har bir tuman bo‘yicha ma’lumotlarning reprezentativligini ta’minlaydigan har bir tuman (shahar) bo‘yicha uy xo‘jaliklarining kamida bir foizini so‘rov bilan qamrab olish hisobga olingan holda proporsional tanlov bo‘yicha o‘tkaziladi.
Uy xo‘jaliklarini so‘rab chiqish aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari bilan birgalikda to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
(to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
a) birinchi bosqichda har bir tuman bo‘yicha o‘rganilishi kerak bo‘lgan uy xo‘jaliklari soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
UXS = UX * 1%, bunda:
UXS — har bir tuman (shahar)da so‘rab chiqilishi kerak bo‘lgan uy xo‘jaliklari soni;
UX — tuman (shahar)dagi uy xo‘jaliklari soni;
b) ikkinchi bosqichda uy xo‘jaliklari o‘rganiladigan aholi punktlari aniqlanadi, bunda:
tanlab olingan aholi punktlari yonma-yon chegaralarga ega bo‘lmasligi kerak;
tuman markazlari va ulardan yiroqda joylashgan aholi punktlari majburiy tartibda o‘rganilishi kerak;
har bir tumanda kamida 5 ta aholi punkti (tuman markazi ham shu jumlaga kiradi) o‘rganilishi kerak;
har bir shaharda yonma-yon chegaralarga ega bo‘lmagan kamida 5 ta mahalla o‘rganilishi kerak.
Aholi punktlarini tanlash tuman (shahar) statistika bo‘limi bilan kelishgan holda aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan amalga oshiriladi;
(o‘n to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
v) uchinchi bosqichda har bir aholi punktida o‘rganilishi kerak bo‘lgan uy xo‘jaliklari soni aniqlanadi;
g) to‘rtinchi bosqichda aholi punktlarida (mahallalarda) mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari ro‘yxatlari asosida o‘rganilishi kerak bo‘lgan uy xo‘jaliklarining aniq ro‘yxati aniqlanadi.
Bunda tanlashning quyidagi tartib-qoidasini nazarda tutadigan “proporsional bosqichma-bosqich tanlash” usulidan foydalaniladi:
— mazkur aholi punktida (mahallada) joylashgan uy xo‘jaliklarining hisoblangan sonini o‘rganilishi kerak bo‘lgan uy xo‘jaliklarining hisoblangan soniga bo‘lish yo‘li bilan “tanlash bosqichi” aniqlanadi (masalan, tanlab olingan aholi punktida 300 ta uy xo‘jaligi mavjud bo‘lib, o‘rganiladigan uy xo‘jaliklari soni esa 30 tani tashkil etishi kerak bo‘lsa, “tanlash bosqichi” “10” ni (300:10) tashkil etadi);
— uy xo‘jaliklarining umumiy sonidan “tanlash bosqichi”ga bir karra har bir uy xo‘jaligiga tartib raqami beriladi va tanlab olinadi.
Uy xo‘jaliklari so‘rovi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan maxsus so‘rovnoma bo‘yicha amalga oshiriladi.
(yigirmanchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Uy xo‘jaliklarining mehnatga layoqatli yoshdagi barcha a’zolaridan so‘rab chiqilishi kerak, ular hozir bo‘lmagan taqdirda esa hozir bo‘lmagan uy xo‘jaliklari a’zolariga tegishli javoblarni uy xo‘jaligining boshqa vakolatli a’zosidan olishga yo‘l qo‘yiladi.
So‘rovni amalga oshirgan xodimlardan uy xo‘jaliklari so‘rovining to‘ldirilgan so‘rovnomalarini qabul qilish aholi bandligiga ko‘maklashish markazining ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan aholini hisobga olish va ular bo‘yicha ma’lumotlar bankini shakllantirish bo‘limi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
(yigirma ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
To‘ldirilgan so‘rovnomalarni qabul qilishda:
so‘rab chiqqan xodim tomonidan uy xo‘jaliklari so‘rovining aniq tarzda tanlanishiga rioya qilinganligi;
so‘rovnoma savollari to‘liq to‘ldirilganligi;
so‘rovnoma savollariga javoblarning mantiqliligi va bir-biriga zid emasligini tekshirish ta’minlanishi kerak.
Uy xo‘jaliklari so‘rovi o‘tkazilishining sifati uchun javobgarlik uy xo‘jaliklari so‘rovini o‘tkazgan xodimga va so‘rovnomani qabul qilib olgan shaxsga yuklanadi.
So‘rovnoma materiali qabul qilib olingandan keyin uni qayta ishlash maxsus kompyuter dasturi yordamida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish (ma’lumotlarni kompyuterga kiritish) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(yigirma sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ma’lumotlar kompyuterga to‘liq kiritilgandan keyin ma’lumotlar bazasi har bir tuman bo‘yicha alohida fayllar shaklida keyinchalik uzil-kesil puxta ishlash va tahlil qilish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuboriladi.
(yigirma to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ma’lumotlarni puxta ishlash va tahlil qilish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
ma’lumotlar bazasini shakllantirish (kompyuterga kiritish) — hisobot choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 1-kunigacha;
har bir tuman bo‘yicha yig‘ma jadvallarni puxta ishlash va olish — hisobot choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 10-kunigacha;
tekshirish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va tahliliy jadvallar tayyorlash — hisobot choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 15-kunigacha.
5. Mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqish
Ma’lumotlar va mazkur Metodikaga muvofiq amalga oshirilgan hisob-kitoblar asosida mazkur Metodikaga 1-ilovada keltirilgan ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha mehnat resurslarining hisob-kitob, hisobot prognoz balanslari ishlab chiqiladi.
5.1. Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi
Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi mehnat bozorining holati va mehnat bilan bandlik to‘g‘risida tezkor va xolisona axborot olish hamda tumanlar va shaharlar bo‘yicha alohida mintaqalar bo‘yicha, shuningdek umuman respublika bo‘yicha ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan shaxslar sonini aniqlash maqsadida mehnat organlari, statistika organlari, iqtisodiyot organlari tomonidan birgalikda ishlab chiqiladi.
Hisob-kitob balansi asosida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (hokimliklar) tomonidan aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan hududlar bo‘yicha ish o‘rinlari tashkil etish parametrlarini ishlab chiqish va, zarurat bo‘lganda, unga tuzatishlar kiritish, shuningdek ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlariga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslar hajmini aniqlash amalga oshiriladi.
Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi quyidagilardan kelib chiqqan holda yilning har choragida ishlab chiqiladi:
mazkur Metodikaning 3.2.1-bandida ko‘rsatilgan ish bilan band bo‘lganlar toifalarining soni to‘g‘risida davlat statistika hisobotining dastlabki ma’lumotlari;
3.2.2-bandga muvofiq aniqlangan norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan shaxslar soni va mazkur Metodikaning 3.2.3-bandiga muvofiq aniqlangan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar soni;
mazkur Metodikaning 3.3-bandiga muvofiq aniqlangan iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi soni;
mazkur Metodikaning 3 va 3.4-bandlariga muvofiq aniqlangan ish bilan band bo‘lmagan aholi soni;
mazkur Metodika 3.2.3-bandining “b” qismiga muvofiq aniqlangan emigrant mehnatchilar soni. Bunda tumanlar, shaharlar, viloyatlar bo‘yicha mehnat resurslari balansi hisob-kitobida ish bilan bandlik bo‘yicha uy xo‘jaliklarini o‘rganib chiqishga kiritilgan mehnat emigratsiyasi yuzasidan modul savollariga javoblar bo‘yicha olingan chet eldagi migrant mehnatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.
Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi mazkur Metodikaga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq hududlar bo‘yicha ishlab chiqiladi.
Mehnat resurslari hisob-kitob balansini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadilar.
(o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Tumanlar (shaharlar) bo‘yicha mehnat resurslarining hisob-kitob balansi tegishli Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan hisobot choragining oxirgi oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay ishlab chiqiladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga, shuningdek Davlat statistika qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
(o‘n birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hududiy boshqarmalarga taqdim etiladigan hisob-kitob balansiga tumanlar va shaharlar bo‘yicha uy xo‘jaliklarini o‘rganib chiqish natijalarining tartibga solingan ma’lumotlari (jadval shakllarida) ilova qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, bandlik bosh boshqarmalari, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda olingan ma’lumotlar asosida va mazkur Metodikada nazarda tutilgan tartib-qoidalarga muvofiq har bir tuman (shahar) bo‘yicha hisob-kitob balanslarini ishlab chiqadilar. Bunda umuman respublika bo‘yicha mehnat resurslari yig‘ma balansini ishlab chiqishda takomillashtirilgan bojxona deklaratsiyasi bo‘yicha statistika hisoboti ma’lumotlari, mehnat emigratsiyasi masalalari bo‘yicha o‘rganishlar materiallari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik muassasalari ma’lumotlari asosida olingan emigrant mehnatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.
(o‘n uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
5.2. Mehnat resurslarining hisobot balansi
Mehnat resurslarining hisobot balansi har bir yil yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Mehnat resurslarining hisobot balansi davlat statistika hisoboti ma’lumotlari aniqlashtirilishi hisobga olingan holda hisob-kitob balanslari ma’lumotlariga asoslanadi.
5.3. Mehnat resurslarining prognoz balansi
Mehnat resurslarining prognoz balansi bo‘lajak davr uchun (maqsadlarga bog‘liq holda — 1 yilga, 5, 10 yilga va hokazo) Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
(birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Mehnat resurslarining prognoz balansini ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinadi:
ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan mehnat bilan band bo‘lmagan aholining (ishsizlarning) amaldagi va kutilayotgan soni;
ishlayotganlar sonining belgilangan parametrlari, ish bilan bandlikning o‘sishi va investitsiya dasturlarini, tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning mo‘ljallangan natijalari munosabati bilan ish bilan bandlikning o‘sishi va uning tarkibiy o‘zgarishi;
mehnat resurslari sonini va iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi turli toifalarini (o‘quvchilar, bola parvarishi bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollar va boshqalar) shakllantiradigan kelgusidagi demografik jarayonlar dinamikasi.
Mehnat resurslarining prognoz balansidan mintaqalarning demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish o‘rinlari tashkil etishga ehtiyojlarni va kelgusida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlari parametrlarini aniqlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalaniladi.
Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish metodikasiga
1-ILOVA
Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar) toifalarini hisobga olish shakllari

T/R‎

Toifalar va ko‘rsatkichlar nomi‎

Hisobga olish shakllari‎

I. Ish bilan ta’minlangan aholi

1. Iqtisodiyotning rasmiy sektori

1.1.‎

Yollanib ishlaydiganlar.‎

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t, 1-t (qx), 1-mb, 1-mb (sx), 1-mb (ves), 1-ved, 1-fermer shakllari.‎

1.1.1.‎

Doimiy ishchilar.‎

�ehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t, 1-t (qx), 1-mb, 1-mb (sx), 1-mb (ves), 1-ved, 1-fermer shakllari.‎

1.1.2.‎

Vaqtinchalik ishchilar.‎

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t, 1-t (qx), 1-mb, 1-mb (sx), 1-mb (ves), 1-ved, 1-fermer, shu jumladan fuqaroviy-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlaydigan ishchilar, shakllari.‎

1.1.3.‎

Mavsumiy ishchilar.‎

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t, 1-t (qx), 1-mb, 1-mb (sx), 1-mb (ves), 1-ved, 1-fermer shakllari.‎

1.2.‎

Xususiy korxonalar egalari (ish beruvchilar), shu jumladan fermyerlar.‎

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t, 1-t (qx), 1-mb, 1-mb (sx), 1-mb (ves), 1-ved, 1-fermer shakllari.‎

1.3.‎

Kooperativlar va shirkatlar a’zolari.‎

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t (qx) shakli.‎

1.4.‎

Yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari a’zolari.‎

Davlat statistika hisoboti (№1-dehqon shakli), aholi bandligiga ko‘maklashish tumanlar (shaharlar) markazlari ma’lumotlari.‎

1.5.‎

Nodavlat notijorat tashkilotlar ishchilari. ‎

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t shakli.‎

1.6.‎

Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqarolar.‎

Soliq organlarida (DSQ) ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari, ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish ma’lumotlari.‎

1.7.‎

Harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlar ishchilari.‎

Ma’muriy hisobot ma’lumotlari.‎

2. Iqtisodiyotning norasmiy sektori

2.1.‎

Yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan dehqon xo‘jaliklari a’zolari.‎

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) ma’lumotlari.‎

2.2.‎

Uyda pulli xizmatlar ko‘rsatish bilan band bo‘lgan shaxslar (enagalar, uy �izmatchilari, uy oshpazlari, haydovchilari, qorovullari va boshqalar).‎

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) ma’lumotlari.‎

2.3.‎

Jismoniy shaxslarda haq to‘lash hisobiga ishlaydigan shaxslar.‎

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) ma’lumotlari.‎

2.4.‎

Oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatiga yordam beradigan oila a’zolari.‎

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) ma’lumotlari.‎

2.5.‎

Tegishli ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlaydigan tadbirkorlar.‎

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) ma’lumotlari.‎

3. Ish bilan ta’minlangan aholining boshqa toifalari

3.1.‎

Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar.‎

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish va mehnat emigratsiyasi masalalari bo‘yicha maxsus o‘rganib chiqish ma’lumotlari (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi); Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ma’lumotlari; umuman respublika bo‘yicha mehnat resurslari balansini hisob-kitoblashda foydalaniladigan Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlari. ‎

II. Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar)‎

II.1.‎

Haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli yoshdagi vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan shaxslar.‎

Statistika ma’lumotlari va ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish ma’lumotlari (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) asosida hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. ‎

II.2.‎

Rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishsizlar.‎

Aholi bandligiga ko‘maklashish tumanlar (shaharlar) markazlari ma’lumotlari.‎

III. Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi

III.1.‎

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar va talabalar.‎

Davlat statistika hisoboti ma’lumotlari (Davlat statistika qo‘mitasi). ‎

III.2.‎

Uy bekalari va bolani parvarish qiluvchi ishlamaydigan ayollar.‎

Davlat statistika hisoboti ma’lumotlari (Davlat statistika qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi).‎

III.3.‎

Ishlamaydigan uchinchi guruh nogironlari.‎

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlari.‎

III.4.‎

Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmagan, shuningdek mol-mulk va ko‘chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar.‎

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) ma’lumotlari.‎

IV. Mehnat resurslari

IV.1.‎

Mehnat resurslari.‎

Meh�atga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yig‘indisi sifatida aniqlanadi (Davlat statistika qo‘mitasi).‎

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish metodikasiga
2-ILOVA
Mehnat resurslari balansi va uning ko‘rsatkichlarini hisoblash sxemasi
T/r‎ Ko‘rsatkichlar nomi‎ Hisoblash metodi ‎ O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami, ming kishi‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi ‎ Andijon viloyati‎ Buxoro viloyati‎ Jizzax viloyati‎ Qashqadaryo viloyati‎ Navoiy viloyati‎ Namangan viloyati‎ Samarqand viloyati‎ Surxondaryo viloyati‎ Sirdaryo viloyati‎ Toshkent viloyati‎ Farg‘ona viloyati‎ Xorazm viloyati‎ Toshkent shahri‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎
01‎ Mehnat resurslari jami‎ 02 + 11-satrlar yig‘indisi‎
shu jumladan:‎
02‎ Iqtisodiy faol aholi‎ 03 + 08-satrlar yig‘indisi‎
shundan:‎
03‎ Ish bilan band aholi‎ 04 + 05 + 06 + 07 satrlar yig‘indisi‎
shu jumladan iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha:‎
04‎ Rasmiy sektorda‎ statistika hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha‎
05‎ Norasmiy sektorda‎ o‘rganib chiqish ma’lumotlari bo‘yicha‎
06‎ Xorijga ishga �etganlar‎ idoraviy hisob va o‘rganib chiqish ma’lumotlari bo‘yicha‎
07‎ Boshqalar ‎ ma’muriy hisob ma’lumotlari bo‘yicha‎
08‎ Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar)‎ 09 + 10-satrlar yig‘indisi‎
shundan:‎
09‎ Ishsiz sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilganlar‎ Bandlikka ko‘maklashish markazlar hisobi ma’lumotlari bo‘yicha‎
10‎ Mustaqil ish qidiruvchilar‎ statistika va o‘rganib chiqish ma’lumotlari bo‘yicha hisoblash‎
11‎ Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi‎ 12 + 16 + 14 + 15-satrlar yig‘indisi‎
shundan:‎
12‎ Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar va talabalar.‎ statistika �a’lumotlari bo‘yicha‎
13‎ Uy bekalari va bolani parvarish qiluvchi ishlamaydigan ayollar.‎ statistika va o‘rganib chiqish ma’lumotlari bo‘yicha‎
14‎ Ishlamaydigan uchinchi guruh nogironlari.‎ idoraviy hisob ma’lumotlari bo‘yicha‎
15‎ Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmagan, shuningdek mol-mulk va ko‘chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar.‎ o‘rganib chiqish ma’lumotlari bo‘yicha‎
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 21-son, 216-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda)