O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 17-oktabrdagi PQ-3978-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 17-oktabrdagi PQ-3978-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-mart,
216-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 216-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 12-bandidagi “yuridik shaxslarni” so‘zlaridan keyin “va yakka tartibdagi tadbirkorlarni” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Tovar konsignatsiya shartlarida, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sug‘urtalash polisini taqdim etmasdan eksportchi tomonidan chet eldagi korxona nomiga:
Palataga a’zo bo‘lgan eksportchining o‘z mahsulotlari Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga eksport qilinganda;
eksportchining o‘z mahsulotlari ustav jamg‘armasida eksportchining ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda;
vazirliklar, idoralar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadigan korxonalar tomonidan vazirlik, idora, uyushma yoki kompaniyaning, shuningdek, ularning ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari va kompaniyalarining ustav jamg‘armasidagi ulushiga tegishli ravishda kamida 51 foizni tashkil etgan chet eldagi tegishli korxona nomiga eksport qilinganda;
“O‘ztreyd” AJ, “O‘zsanoateksport” AJ, “O‘zagroeksport” AJ yoki “O‘rta Osiyo Trans” AJ tomonidan ustav jamg‘armasida tashkilotlar ulushi tegishli ravishda kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda;
“O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, “O‘zsanoateksport” AJ, “O‘zagroeksport” AJ, “O‘ztreyd”AJ, shuningdek, ularning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar, ustav jamg‘armasida mazkur tashkilotlarning umumiy ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan Qozog‘iston Respublikasidagi savdo uylari manziliga yetkazib berilishi mumkin”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizomda:
a) 2-bandning beshinchi xatboshidagi “tashkilotlar” so‘zi “tadbirkorlik subyektlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 11 va 12-bandlarning uchinchi xatboshilaridagi “iste’molchi tashkilotlarni” so‘zlari “iste’molchilarni” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 4-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

______________tumanida ulgurji iste’molchilar tomonidan dehqon xo‘jaliklari boshliqlari va tomorqa yer egalaridan xarid qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari bo‘yicha 20__ yil _______ holatiga ko‘ra ma’lumot

T/r

Dehqon xo‘jaligi, tomorqa yer egasi (F.I.O.) (xonadon tartib raqami)

Mahsulot turi

Shartnomalar

To‘lanishi zarur bo‘lgan bo‘nak miqdori (ming so‘m)

Amalda to‘langan bo‘nak (ming so‘m)

Amalda topshirilgan mahsulotlar

Oxirgi hisob-kitob uchun hisoblangan (ming so‘m)

Shundan

hajmi (tn)

summasi (ming so‘m)

hajmi (tn)

summasi (ming so‘m)

to‘langani (ming so‘m)

to‘lanishi zarur bo‘lgani (ming so‘m)

a

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

1.

2.

3.

4.

Jami

Izoh. Har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasigacha tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga ma’lumot taqdim etib boriladi.

Ulgurji iste’molchi

__________________________________

(imzo, muhr (mavjud bo‘lgan taqdirda)

F.I.O.

.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/216/2764-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)