

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.06.2023
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3400020" id="-3400020">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3400021" id="-3400021">Qaror</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3400022" id="-3400022">Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3400024" id="-3400024"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-6537240" id="-6537240">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-6523582?ONDATE=23.06.2023 00#-6523785">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400028" id="-3400028">Sud-tergov amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi, shuningdek qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/acts/-68532#-70640">17-moddasiga </a>asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400029" id="-3400029">1. Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasiga</a> muvofiq mulk uning barcha shakllarida daxlsizdir va unga nisbatan har qanday tajovuz qonun bilan taʼqib etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400031" id="-3400031">2. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkka tajovuz qilish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar orasida oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilish tariqasidagi jinoyatlar oʻsishi tendensiyasi kuzatilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400032" id="-3400032">3. Firibgarlik oʻzganing mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qonunga xilof ravishda va tekin qoʻlga kiritishda ifodalanib, buning taʼsirida mulkdor (uning vakili), mulkning boshqa egasi yoki vakolatli organ mulkni yoki unga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga beradi, yoinki ushbu mulk yoki unga boʻlgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qoʻyilishiga imkoniyat beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400033" id="-3400033">4. Firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan yolgʻon maʼlumotlar xabar qilinishi yoki ish holati boʻyicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga maʼlum qilinishi lozim boʻlgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400034" id="-3400034">Firibgarlikda yolgʻon maʼlumotlarga jabrlanuvchini yanglishtirishga olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday holatlar, jumladan, yuridik fakt va voqealar, mulkning sifati, narxi, aybdorning shaxsi, uning vakolati, niyati (masalan, aybdor shaxs oʻzini mansabdor shaxs yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida koʻrsatishi) taalluqli boʻlishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400035" id="-3400035">Firibgarlikda jabrlanuvchini yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etiladigan harakatlar jumlasiga, masalan, bitim yoki toʻlov predmetini soxtalashtirish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻynash chogʻida aldov usullarini qoʻllash va h.k. kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400036" id="-3400036">5. Firibgarlikda ishonchni suiisteʼmol qilish deganda, aybdorning mulkdor, mulkning boshqa egasi yoki mulkni uchinchi shaxslarga berib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli boshqa shaxslar bilan ishonchli munosabatlardan gʻarazli maqsadlarda foydalanishi tushunilishi lozim. Ishonchga turli holatlar, masalan, aybdor shaxsning xizmat mavqeyi yoki uning jabrlanuvchi bilan shaxsiy yoki qarindosh-urugʻlik munosabatlari sabab boʻlishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6085940" id="-6085940"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6085943" id="-6085943">6. Sudlarga tushuntirilsinki, firibgarlikda aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish mulkni yoki unga boʻlgan huquqni aybdor mulkdorligi yoki egaligiga ixtiyoriy ravishda beradigan aqli raso shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlishi shart. Aybdor tomonidan, bila turib, aqli noraso shaxsni yoki voqelik mohiyatini anglash qobiliyatiga ega boʻlmagan (masalan, kichik yoshdagi bolaligi (14 yoshga toʻlmaganligi), koʻzi ojizligi, ruhiy jihatdan norasoligi, alkogol, giyohvandlik vositasi, ularning analoglari yoki psixotrop modda taʼsirida ogʻir darajada mastligi tufayli) shaxsni aldash va undan mulkini olish firibgarlik tariqasida emas, balki oʻgʻirlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim, chunki bunday hollarda shaxs mulk uning egaligidan chiqib ketayotganligini anglamaydi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6085955" id="-6085955">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069393">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400067" id="-3400067">7. Mulkni egallashga qaratilgan firibgarlik, mazkur mulk aybdor yoki boshqa shaxslarning gʻayriqonuniy egaligiga oʻtgan va ular undan xohlagan tarzda foydalanish yoki tasarruf etish real imkoniyatiga ega boʻlgan paytdan tugallangan deb topiladi. Qonunga koʻra, shaxs bankdagi pul mablagʻlarini ular uning bankdagi hisob varaqasiga kelib tushgan (oʻtkazilgan) paytdan boshlab real tasarruf qilish imkoniyatiga ega boʻlganligi tufayli, jinoyat bu mablagʻlar ularni mablagʻ egasi hisob varaqasidan aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan olgan shaxsning yoki boshqa shaxsning bankdagi hisob varaqasiga oʻtkazilgan paytdan tugallangan deb topish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400068" id="-3400068">Oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni egallashga qaratilgan firibgarlik, aybdorda oʻzganing mulkiga egalik qilish yoki tasarruf etish uchun yuridik jihatdan tasdiqlangan imkoniyat paydo boʻlgan paytdan (masalan, koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi yoki qonunga muvofiq roʻyxatga olinishi shart boʻlgan boshqa mulkka nisbatan huquq roʻyxatga olingan paytdan; shartnoma tuzilgan vaqtdan; mulkka nisbatan shaxsning huquqi tan olingan sud qarori kuchga kirgan kundan; vakolatli davlat organi aybdorda yoki boshqa shaxslarda mulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish uchun asoslar mavjudligi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan) tugallangan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400069" id="-3400069">8. Agar shaxs oʻzganing mulkini yoki unga boʻlgan huquqni mazkur mulk yoki huquq unga berilishi sharti bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmaslik niyatida olgan yoki egallagan boʻlsa, qilmish aybdorda oʻzganing mulkini yoki unga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritishga nisbatan qasd faqat oʻzganing mulki yoki unga boʻlgan huquq qoʻlga kiritilgunga qadar paydo boʻlgan holdagina firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Oʻzganing mulkini talon-toroj qilishga qaratilgan qasd mavjudligi toʻgʻrisida, jumladan, aybdor tomonidan soxta hujjat yoki kafolat xatlaridan foydalanish, qarz mavjudligi yoki mulk garov ostidaligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni yashirish, bitimda taraflardan biri sifatida ishtirok etishi uchun soxta korxona (tashkilot) tuzilishi, kredit mablagʻlaridan maqsadga zid foydalanish yoxud ularni naqdlashtirish kabilar guvohlik berishi mumkin. Qayd etilgan holatlar oʻz oʻzidan shaxsni firibgarlik sodir etishda aybdor deb topish uchun asos boʻlmaydi, shu tufayli, shaxsning oʻz majburiyatlarini bila turib bajarish niyati boʻlmaganligi har bir muayyan holda ishning barcha holatlaridan kelib chiqib aniqlanishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400070" id="-3400070">Agar oʻzganing mulkini egallashga nisbatan qasd aybdorda mulk qabul qilingandan keyin yuzaga kelgan boʻlsa, shaxsning harakatlari firibgarlik tarkibini tashkil etmaydi va muayyan holatlarni inobatga olgan holda oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish (masalan, shaxsning oʻziga xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish, ishonchli boshqarish, yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish va h.k. maqsadida qonuniy berilgan mulkni qonunga xilof tarzda va haqini toʻlamay oʻzining yoki boshqa shaxsning mulkdorligiga qaratishi) sifatida baholanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400071" id="-3400071">Agar shaxs oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini uni ijro etish jarayonida ayrim obyektiv sabablarga koʻra (masalan, mulkiy nochorligi, shartnoma tuzishda taraflar uchun asos boʻlgan vaziyatning jiddiy oʻzgarishi, ogʻir kasalligi, favqulodda holat tufayli) bajara olmasa yoki oʻzganing mulkini egallashga nisbatan qasd mavjudligini isbotlashning imkoni boʻlmasa, bunday holatlar fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizo sifatida baholanib, fuqarolik, iqtisodiy sud ishi yurituvi tartibida hal etiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3400241" id="-3400241"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6086027" id="-6086027"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6086045" id="-6086045">9. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalarga asoslangan fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik ham, bunday holda oʻzgalar mulkini egallashda huquqqa xiloflilik belgisi boʻlmaganligi tufayli firibgarlik deb baholanishi mumkin emas, chunki mulk bitim, shartnoma boʻyicha bir tarafdan ikkinchi tarafga, jumladan taraflar uchun oʻzaro moddiy manfaatni nazarda tutuvchi muayyan shartlar bilan beriladi. Agar bitim, shartnoma shartlari bajarilmasa, qonunga koʻra (FK <a href="/acts/-111189#-150079">2</a>, <a href="/acts/-111189#-153174">9</a>, <a href="/acts/-111189#-155274">24-boblari</a>, FPK II boʻlimining <a href="/acts/-3517337#-3522067">2-kichik boʻlimi</a>, IPK <a href="/acts/-3523891#-3530437">18-bobi</a>) buzilgan huquq faqat fuqarolik yoki iqtisodiy ish yurituvi tartibida tiklanishi mumkin boʻlib, ularda majburiyatlar ijrosini taʼminlash uchun yetarli huquqiy vositalar mavjud.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6086239" id="-6086239">(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069396">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400256" id="-3400256">Shu munosabat bilan, qonun talablariga muvofiq tuzilgan fuqarolik-huquqiy bitim, shartnoma boʻyicha jinoyat belgilari mavjud boʻlmagan barcha hollarda, nizo fuqarolik, iqtisodiy ishlar boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400258" id="-3400258">Tushuntirilsinki, agar bitim, shartnoma tuzilishi paytida taraflar xohish-irodasi erkin ifoda etilgan boʻlib, uning shakliga nisbatan <a href="/acts/-111189">Fuqarolik kodeksida </a>belgilangan quyidagi talablar bajarilgan boʻlsa, u qonun talablariga muvofiq tuzilgan hisoblanadi, yaʼni:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5298973" id="-5298973"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5298974" id="-5298974">ogʻzaki shakl — tuzilayotgan vaqtning oʻzidayoq bajariladigan (jeton, patta, kvitansiya va h.k. olish paytida) bitim, hadya shartnomasi yoki fuqarolar oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasi (agar shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlmasa) tuzilayotganda;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5298975" id="-5298975">(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli <a href="/acts/-5294278?ONDATE=19.12.2020 00#-5294461">qarori </a>tahririda) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5298976" id="-5298976"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5298977" id="-5298977">oddiy yozma shakl (tilxat, xat, hujjatlar va h.k.) — quyidagi shartnomalar: garov, kafillik, zakalat, mahsulot yetkazib berish, energiya taʼminoti, koʻchmas mulkni sotish, hadya (agar hadya beruvchi yuridik shaxs boʻlsa yoki shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlsa), mulk ijarasi (agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa), prokat, yuridik shaxslar oʻrtasidagi bino ijarasi, lizing, yuridik shaxslar oʻrtasidagi uy-joy ijarasi, pudrat, haq evaziga xizmat koʻrsatish, yoʻlovchi tashish, fuqarolar oʻrtasidagi qarz shartnomasi (agar shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq yoki taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa), kredit, bank omonati, topshiriq, vositachilik, mol-mulkni ishonchli boshqarish, omonat saqlash, sugʻurta tuzilayotganda; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5298978" id="-5298978">(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli <a href="/acts/-5294278?ONDATE=19.12.2020 00#-5294461">qarori </a>tahririda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400261" id="-3400261">notarial tasdiqlangan shakl — quyidagi shartnomalar: davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab etiladigan avtomototransport, yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mulk oldi-sotdisi, ayirboshlash, koʻchmas mulk va avtomototransport hadyasi, renta, uy-joy (kvartirani) boshqa shaxsga berish, koʻchmas mulk ijarasi, korxona, avtomototransport vositalari bino (fuqarolar oʻrtasida) ijarasi, fuqarolar oʻrtasidagi uy-joy ijarasi tuzilayotganda. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400263" id="-3400263">10. Agar qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalar yuzasidan nizoni sudda koʻrish natijalari boʻyicha javobgarda oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritishga nisbatan qasd mulkni yoki unga boʻlgan huquqni egallashdan oldinroq paydo boʻlganligi aniqlansa, sud manfaatdor taraflarga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishi mumkinligini tushuntiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400264" id="-3400264">11. Qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalardan kelib chiqadigan arizalar sudni chetlab surishtiruv, dastlabki tergov organlariga tushganda, ular JPK <a href="/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-1562985">329-330-moddalarida </a>nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqilishi va jinoyat belgilari mavjud boʻlmagan taqdirda, manfaatdor shaxslarga nizo fuqarolik sud ishi yurituvi tartibida hal etilishi zarurligi tushuntirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400266" id="-3400266">Shuni nazarda tutish lozimki, sudning aynan bir masala boʻyicha fuqarolik, iqtisodiy sud ishi yuritish tartibida chiqarilib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorining mavjudligi, JK <a href="/acts/-111453#-310589">168-moddasi </a>bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga va uning jinoyat sudlov ishini yuritish tartibida koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400296" id="-3400296">12. Ijtimoiy toʻlov, nafaqa, boshqa pul toʻlovlari (masalan, kompensatsiyalar, sugʻurta toʻlovlari)ni yoki boshqa mulkni tegishli qaror qabul qilishga vakolatli ijro hokimiyati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, muassasa yoki tashkilotlarga, qonunga koʻra toʻlovlar yoki mulkni olish uchun asos boʻladigan holatlar mavjudligi (jumladan, oluvchining shaxsi, nogironligi, boqimandalari borligi, urush harakatlarida qatnashganligi, ishga joylashtirish imkoniyati yoʻqligi, sugʻurta hodisasi roʻy berganligi) toʻgʻrisida bila turib, yolgʻon maʼlumotlar taqdim etish yoʻli bilan olish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400297" id="-3400297">Ijtimoiy toʻlov, nafaqa yoki boshqa pul toʻlovlarini mazkur toʻlovlarni olish uchun qonuniy asoslar tugaganligi toʻgʻrisida tegishli organlarga qasddan xabar bermay, ularni olishni davom ettirgan shaxsning harakatlari ham shu tarzda kvalifikatsiya qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400302" id="-3400302">13. Firibgarlik jinoyatidan aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish jinoyatini (JK <a href="/acts/-111453#-265012">170-moddasi</a>) farqlash lozim, chunki bunday holda shaxs oʻzganing mulkini bevosita olib qoʻymasdan va unga nisbatan huquqqa ega boʻlmasdan, qonunga (shartnomaga) koʻra mulkdor egaligi yoki tasarrufiga oʻtishi lozim boʻlgan tovar-pul qimmatliklarini oʻzlashtiradi va ular hisobiga boyiydi (masalan, avtomobillarga texnik yordam koʻrsatish shoxobchasi xodimi naryadda koʻrsatilmagan ishlarni bajarib yoki vagon kuzatuvchisi yoʻlovchini chiptasiz tashib, mijozdan olingan haqni oʻzlashtiradi, bosmaxona bosh injeneri buyurtma qilingan mahsulotning hisobga olinmagan tiraji uchun olingan haqni oʻz mulkdorligiga qaratadi va h.k.). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400304" id="-3400304">14. Agar aldov shaxs tomonidan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritishni yengillatish maqsadida ishlatilgan boʻlib, mulkni olib qoʻyish jarayonida mulkdor, mulk egasi yoki boshqa shaxs uning asl niyatini sezib qolgan, aybdor buni anglasada, biroq mulkdor yoki mulk egasining erkiga zid ravishda mulkni ushlab turishni davom ettirgan boʻlsa, qilmish talonchilik, mulkdor yoki mulk egasiga bildirmasdan mulk bilan yashiringan hollarda esa, firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400305" id="-3400305">15. Firibgarlik yoʻli bilan korxona, muassasa, tashkilotlar, mulkini talon-toroj qilish uchun jinoiy javobgarligi, faqat, talon-toroj qilingan mulk summasi MJtK 61-moddasi <a href="/acts/-97664#-2122503">uchinchi qismida </a>koʻrsatilgan miqdordan oshgan holdagina kelib chiqadi (jumladan kvalifikatsiyalovchi belgilar mavjud boʻlganda ham). </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5298979" id="-5298979"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5298980" id="-5298980">Agar korxona, muassasa, tashkilotlarning firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilingan mulki summasi bazaviy hisoblash miqdorining MJtK 61-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan miqdoridan oshmasa, maʼmuriy huquqbuzarlik tarkibi mavjud boʻladi. Bunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganda ham, agar talon-toroj summasi koʻrsatilgan miqdordan oshmasa, maʼmuriy javobgarlik kelib chiqadi. Bunda oz miqdorda talon-toroj necha marta sodir etilganligi ahamiyat kasb etmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5298981" id="-5298981">(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli <a href="/acts/-5294278?ONDATE=19.12.2020 00#-5294461">qarori </a>tahririda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400310" id="-3400310">Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, MJtK 61-moddasi <a href="/acts/-97664#-2122619">toʻrtinchi qismiga </a>muvofiq ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan korxona, muassasa, tashkilotlar xodimlari ularning mol-mulkini firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilganda, faqat ularning rahbari, mulkdori yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka tortilishi mumkin. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5299860" id="-5299860"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5299861" id="-5299861">16. Shuni taʼkidlash joizki, qonunga koʻra fuqarolar mulkini firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj miqdoridan qatʼiy nazar kelib chiqadi. Ayni paytda, talon-toroj miqdori bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan har bir holda surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsiga va moddiy zarar qoplanishiga oid maʼlumotlarni inobatga olgan holda JK <a href="/acts/-111453#-195050">65</a>,<a href="/acts/-111453#-1723499"> 66</a>, <a href="/acts/-111453#-195165">70</a>, <a href="/acts/-111453#-1723505">71-moddalarini </a>qoʻllash masalasini muhokama etishlari shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5299909" id="-5299909">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli <a href="/acts/-5294278?ONDATE=19.12.2020 00#-5294461">qarori </a>tahririda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3400312" id="-3400312">17. Jinoyat predmeti boʻlgan mulkning qiymatini aniqlashda, uning mulkdor tomonidan qay yoʻsinda sotib olinganligiga qarab, jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan chakana, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Narx mavjud boʻlmaganda va talon-toroj miqdori toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan hollarda, mulk qiymati ekspert xulosasiga asosan aniqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401581" id="-3401581">Aybdor tomonidan talon-torojni yashirish maqsadida talon-toroj qilingan mulk oʻrniga boshqa, qiymati kamroq mulk almashtirib qoʻyilgan hollarda ham qilmish talon-toroj qilingan mulk qiymatidan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi. Bunda talon-toroj qilingan mulk oʻrniga taqdim etilgan mulk qiymati aybdordan moddiy zararni undirish, shuningdek jazo turi va miqdorini belgilash chogʻida hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401582" id="-3401582">18. Aybdorning harakatlarida koʻp yoki juda koʻp miqdorda firibgarlik sodir etilishi kabi kvalifikatsiyalovchi belgi mavjudligi toʻgʻrisidagi masala JK <a href="/acts/-111453#-271724">sakkizinchi boʻlimida </a>bayon etilgan tushuntirishlarga muvofiq hal etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401583" id="-3401583">Bir necha epizoddan iborat umumiy qasd va yagona maqsadga yoʻnaltirilgan davomli firibgarlik sodir etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda sudlar talon-toroj miqdorini jami talon-toroj qilingan mulk qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlashlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401584" id="-3401584">Agar aybdor tomonidan bir emas, balki bir necha firibgarlik harakatlari sodir etilib, ularning har birida oʻzganing mulkini olishga yoʻnaltirilgan mustaqil qasd amalga oshirilgan boʻlsa, talon-toroj qilingan mulk qiymatini qoʻshib hisoblashga yoʻl qoʻyilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401585" id="-3401585">Agar shaxsning qasdi oʻzganing mulkini koʻp (juda koʻp) miqdorda egallashga yoʻnaltirilgan boʻlib, u aybdorga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oxiriga yetkazilmagan boʻlsa, qilmish haqiqatda talon-toroj qilingan mulk qiymatidan qatʼi nazar, qasd yoʻnaltirilganligidan kelib chiqib, koʻp (juda koʻp) miqdordagi firibgarlikka suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401586" id="-3401586">19. Sudlarga tushuntirilsinki, qalbaki hujjatdan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik, basharti hujjat aybdor tomonidan tayyorlangan yoki soxtalashtirilgan boʻlsa, jinoyatlar majmui tarzida JK <a href="/acts/-111453#-310589">168-moddasi </a>va 228-moddasi <a href="/acts/-111453#-266927">birinchi</a> yoki <a href="/acts/-111453#-266931">ikkinchi qismlari </a>bilan kvalifikatsiya qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401587" id="-3401587">Shaxs firibgarlik maqsadida oʻzi tomonidan tayyorlangan qalbaki hujjatdan foydalangan, biroq unga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oʻzganing mulkini ololmay yoki mulkka nisbatan huquqqa ega boʻlolmay qolgan hollarda qilmish jinoyatlar majmui tarzida JK 25-moddasi <a href="/acts/-111453#-179932">ikkinchi qismi</a>, JK <a href="/acts/-111453#-310589">168-moddasi </a>va JK <a href="/acts/-111453#-266926">228-moddasi </a>tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401588" id="-3401588">Boshqa shaxs tomonidan tayyorlangan qalbaki hujjatdan foydalangan holda firibgarlik sodir etgan shaxsning harakatlari JK <a href="/acts/-111453#-310589">168-moddasi </a>tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi va JK 228-moddasi <a href="/acts/-111453#-266953">uchinchi qismi</a> bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi, chunki bunday holda hujjat aybdor tomonidan oʻz maqsadiga erishish uchun aldash vositasi sifatida foydalanilgan boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401589" id="-3401589">20. Tushuntirilsinki, kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib firibgarlik sodir etish (JK 168-moddasi ikkinchi qismi <a href="/acts/-111453#-3090272">“v” bandi</a>) deganda, moliya, bank muassasalari, fondlar va sh. k. larda boʻlgan mulkni aldov yoʻli bilan kompyuter texnikasi vositalari yordamida manipulatsiya qilish orqali amalga oshiriladigan talon-toroj tushuniladi. Bunday firibgarlik kompyuter tizimida ishlov beriladigan, tegishli axborot tashuvchilarda saqlanadigan yoki maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari boʻyicha beriladigan axborotni oʻzgartirish yoʻli bilan ham, kompyuter tizimiga yolgʻon axborot kiritish yoʻli bilan ham sodir etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401590" id="-3401590">Agar shaxs kompyuter texnikasi yordamida qalbaki hujjat tayyorlab, soʻngra undan mulkni qoʻlga kiritish uchun foydalangan boʻlsa, qilmishni JK 168-moddasi ikkinchi qismi <a href="/acts/-111453#-3090272">“v” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilib boʻlmaydi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6086246" id="-6086246"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6086250" id="-6086250">21. Xizmat mavqeyidan foydalanib firibgarlik sodir etganlik (JK 168-moddasi uchinchi qismi <a href="/acts/-111453#-263760">“v” bandi</a>) uchun javobgarlik shaxs oʻz xizmat mavqeyidan faqat aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish uchun foydalanib, oʻzganing mulkini yoki unga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish maqsadida oʻz xizmat vakolatlari doirasiga kirmaydigan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirgan hollardagina vujudga keladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6086284" id="-6086284">(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069397">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401592" id="-3401592">22. Mansabdor shaxs tomonidan u mansab vakolati yoʻqligi yoki oʻz xizmat mavqeyidan foydalana olmasligi tufayli aslida amalga oshira olmaydigan muayyan harakat (harakatsizlik) uchun pul, qimmatli qogʻoz va boshqa moddiy qimmatliklar olinishi, unda mazkur qimmatliklarni egallashga nisbatan qasd mavjud boʻlgan taqdirda, firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401593" id="-3401593">Agar shaxs (shu jumladan mansab vakolati yoʻqligi yoki oʻz xizmat mavqeyidan foydalana olmasligi tufayli muayyan harakat (harakatsizlik)ni aslida amalga oshira olmaydigan mansabdor shaxs), goʻyoki mansabdor shaxsga pora sifatida berish uchun pul yoki boshqa qimmatliklarni olib, biroq aslida bunday niyati boʻlmasdan, ularni oʻzlashtirsa, qilmish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401595" id="-3401595">Agar qimmatliklarni egallash maqsadida ularning egasi aybdor tomonidan pora berishga dalolat etilgan boʻlsa, uning harakatlari firibgarlikdan tashqari pora berishga dalolat etish sifatida qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Qimmatliklar egasining harakatlari esa, bunday hollarda, pora berishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401596" id="-3401596">Agar pora berish tashabbusi pora beruvchi tomonidan bildirilgan boʻlsa, bunday holda shaxsning harakatlari faqat firibgarlik jinoyati sifatida kvalifikatsiya qilinib, qoʻshimcha ravishda JK <a href="/acts/-111453#-266420">211-moddasi </a>bilan kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401597" id="-3401597">23. Firibgarlik natijasida olingan, shuningdek ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan jabrlanuvchiga tegishli pul va boshqa qimmatliklar JPK 211-moddasi<a href="/acts/-111460#-254575"> 4-bandiga </a>koʻra, oʻz egasiga qaytarib berilishi lozim, pul va boshqa qimmatliklar ular egasining tashabbusi bilan, bila turib, pora predmeti sifatida berilgan hollar bundan mustasno. Pul va boshqa qimmatliklar topilmagan hollarda ularning summasi yoki pul birligidagi qiymati sud tomonidan jabrlanuvchi yoki davlat foydasiga undiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401598" id="-3401598">24. Firibgarlikni iqtisodiyot sohasidagi qator jinoyatlardan, shu jumladan, oʻzganing mulkini talon-toroj qilishning boshqa shakllaridan farqlamoq lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401599" id="-3401599">Firibgarlikning oʻgʻrilikdan (JK <a href="/acts/-111453#-263768">169-moddasi</a>) farqi shundaki, firibgarlikda aybdor mulkni oʻzganing egaligidan olib qoʻymaydi, balki u tomonidan yanglishtirilgan jabrlanuvchining oʻzi mulkni yoki mulkka boʻlgan huquqni berishiga erishadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401601" id="-3401601">Tovlamachilikdan (JK <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-262708">165-moddasi</a>) firibgarlik shu bilan farqlanadiki, tovlamachilikda jabrlanuvchi qoʻrquv taʼsiri ostida harakat qiladi, erki sindirilgan boʻladi, firibgarlikda esa aldov natijasida jabrlanuvchining erki yanglishtirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401602" id="-3401602">Firibgarlik jinoyatidan oʻtkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalari, shuningdek qimmatli qogʻozlar yoki chet el valyutasi yoxud chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish (JK <a href="/acts/-111453#-311220">176-moddasi</a>) qasd yoʻnalishi va soxtalashtirish xususiyati bilan farqlanadi. Bunda pul belgisi yoki chet el valyutasi pul aylanmasiga kiritish uchun soxtalashtiriladi. Qimmatli qogʻozlarni qalbakilashtirish bilan bogʻliq firibgarlikda esa, (masalan, pul kupyurasiga bir necha nol raqamlarini qoʻshib yozish, suvenir banknotlarni, banknot yoki qimmatli qogʻozlarning foto-kseronusxalarini ishlatish va h.q.) qasd muayyan shaxsni aldash va mulkiy foyda olishga qaratilgan boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401603" id="-3401603">Agar aybdor bila turib, qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalari, shuningdek qimmatli qogʻozlar yoki chet el valyutasi yoxud chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlardan foydalangan holda oʻzganing mulkini qoʻlga kiritsa, uning harakatlari JK<a href="/acts/-111453#-311220"> 176 </a>va <a href="/acts/-111453#-310589">168-moddalari </a>bilan kvalifikatsiya qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401605" id="-3401605">25. JPK <a href="/acts/-111460#-256313">415-moddasiga </a>muvofiq sud ayblovni oʻzgartirishi va sudlanuvchining harakatlarini <a href="/acts/-111453">JK</a> boshqa moddasi (qismi, bandi)ga kvalifikatsiya qilishga, shuningdek, jinoyatning ayrim (sudlanuvchining aybiga kiritilgan harakatlardan) epizodlarini sudlanuvchiga ayb eʼlon qilinmagan JK moddasiga kvalifikatsiya qilishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401607" id="-3401607">Shundan kelib chiqib, firibgarlik oʻzganing mulkini talon-toroj qilish shakllaridan biri ekanligini inobatga olib, sud aybdorning harakatlarini JK <a href="/acts/-111453#-310589">168-moddasidan </a>JK<a href="/acts/-111453#-308094"> 167-moddasiga </a>qayta kvalifikatsiya qilishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401609" id="-3401609">26. JK 168-moddasi <a href="/acts/-111453#-3090285">beshinchi qismiga </a>muvofiq, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplanishi ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllashni istisno etadi, shu sababli, zarar toʻliq qoplanmagan hollarda sudlar aybdorga nisbatan ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning maqsadga muvofiq-muvofiq emasligi masalasini muhokama qilishlari shart.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6086292" id="-6086292"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6086318" id="-6086318">Agar operativ-qidiruv tadbiri oʻtkazilishi natijasida ish boʻyicha moddiy zarar yetkazilishining oldi olingan boʻlsa, JK 168-moddasi <a href="/acts/-111453#-3090285">beshinchi qismida</a> nazarda tutilgan qoida qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6086322" id="-6086322">(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069400">qaroriga </a>asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401610" id="-3401610">27. Sudlar qonunda belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishgan shaxslarga nisbatan qonunga xilof ravishda firibgarlik toʻgʻrisida jinoyat ishi qoʻzgʻatish amaliyotiga barham berish yuzasidan choralar koʻrishlari lozim. Shu maqsadda nizolashayotgan taraflar orasida kelib chiqqan haqiqiy munosabatlar xususiyati sinchkovlik bilan aniqlanishi lozim boʻlib, bu aybsiz shaxslar qonunga zid ravishda sudlanishi hollariga chek qoʻyilishiga olib keladi. Ish boʻyicha shaxs qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi fakti aniqlangan holda sud bunga tegishli munosabat bildirib, jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401612" id="-3401612">28. Qator hollarda muayyan maqsadlariga qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etmagan holda erishishni istagan jabrlanuvchilarning xulq-atvori firibgarlik sodir etilishiga shart-sharoit yaratib berayotganligini eʼtiborga olgan holda, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar bunday gʻayriqonuniy harakatlarga nisbatan tegishli huquqiy baho berishlari, shuningdek, kelajakda firibgarlik holatlarining oldini olish uchun bunday harakatlardan kelib chiqqan oqibatlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritishlari lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6086325" id="-6086325"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6086329" id="-6086329">29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi firibgarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar boʻyicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6086333" id="-6086333">(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069402">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3401614" id="-3401614">30. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-iyuldagi “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 8-sonli <a href="/acts/-1615247">qarori </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3401624" id="-3401624">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3401630" id="-3401630">Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi I. ALIMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3401633" id="-3401633">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3401634" id="-3401634">2017-yil 11-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3401635" id="-3401635">35-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
