O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, bandlik masalalarini kompleks hal etish, band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish chora-tadbirlari natijadorligini kuchaytirish, kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, mehnat bozorining muvozanatiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
ish o‘rinlarini tashkil etishga davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, davlat buyurtmasining shakllantirilishini muvofiqlashtirish:
ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash metodikasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasining prognoz ko‘rsatkichlari o‘z vaqtida va sifatli shakllantirilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-oktabr,
877-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-oktabrdagi 877-son qaroriga
1-ILOVA
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom bandlik masalalarini kompleks hal etishni ta’minlash, band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish chora-tadbirlarining natijadorligini kuchaytirish, kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish va mehnat bozorining muvozanatiga erishish maqsadida mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlari tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ish o‘rinlarini tashkil etishga davlat buyurtmasi — ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish uchun zarur tashkiliy-texnik tavsiflarga ega bo‘lgan muayyan miqdorda ish o‘rinlarini tashkil etishni ta’minlash yuzasidan ish beruvchilarga berilgan topshiriq;
kadrlar tayyorlash uchun davlat buyurtmasi — mehnat bozori ehtiyojini malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun zarur kasbiy malaka xususiyatlariga ega bo‘lgan mutaxassislarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta, shu jumladan nodavlat ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) berilgan topshiriq;
tashkil etilgan ish o‘rni — ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar) hajmini kengaytirish, shuningdek ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va qayta jihozlash munosabati bilan bo‘shab qoladigan ish o‘rinlarini to‘ldirish uchun ish beruvchi tomonidan yangi yoki mavjud ishlab chiqarish quvvatlarida tashkil etilgan ish o‘rni;
Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi — respublika hududlarida, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash prognoz ko‘rsatkichlari, shuningdek tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlariga erishish chora-tadbirlarini, ularni bajarishning aniq muddatlarini va mas’ul ijrochilarni o‘z ichiga olgan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan hujjat;
kadrlar tayyorlash prognoz ko‘rsatkichlari — belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ta’lim muassasalariga qabul qilish kvotalari.
3. Quyidagilar ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mutaxassislar tayyorlashning oldindan belgilangan kasbiy-malaka tuzilmasi hamda ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan band bo‘lmagan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda band bo‘lmagan shaxslar deb ataladi) ishga joylashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olib, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kafolatli ishga joylashtirish uchun maqsadli ish o‘rinlarini tashkil etishni ta’minlash;
mehnat bozoridagi mutaxassislarga oldindan belgilangan ehtiyojini hisobga olib, ta’lim muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlashning prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash yo‘li bilan kadrlar tayyorlash tuzilmasini maqbullashtirish.
2-bob. Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan ish o‘rinlari tashkil etishga davlat buyurtmasini shakllantirish
4. Ish o‘rinlari tashkil etishga davlat buyurtmasida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga, hududlarni kompleks rivojlantirish va tarmoqlarni modernizatsiya qilish dasturlariga (keyingi o‘rinlarda rivojlantirish dasturlari deb ataladi) kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni aniqlash orqali oldindan belgilangan ish o‘rinlari soni aniqlanadi.
5. Ish o‘rinlari tashkil etish davlat buyurtmasi mehnat resurslarini jalb etish ehtiyojlaridan kelib chiqib rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish hamda band bo‘lmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun kelgusi yil uchun shakllantiriladi.
6. Rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning joriy va istiqboldagi tahlili asosida tashkilotlar har yili 1-sentabrgacha yuqori turuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ish o‘rinlarini tashkil etish ehtiyojining birlamchi ko‘rsatkichlarini taqdim etadi.
7. Ish o‘rinlari tashkil etishga ehtiyojning birlamchi ko‘rsatkichlari:
rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish yoki mavjud quvvatlarni kengaytirish;
xizmat ko‘rsatish va servis, yangi turar joylar qurilishi sohalaridagi obyektlar hamda ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini ishga tushirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish evaziga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishni kengaytirish, yangi bog‘lar va tokzorlarni barpo etish, chorva mollari sonini ko‘paytirish;
aholining tadbirkorlik faolligi o‘sishi, yangi tadbirkorlik va hunarmandchilik subyektlarini tashkil etish, tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kreditlarini ajratish;
ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun foydalanilmayotgan binolarni investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar asosida “nol” qiymatda taqdim etish hamda davlat mulkini ijaraga berish orqali investitsiya loyihalari va xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish munosabati bilan zarur ish o‘rinlarini aniqlash asosida hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari idoraviy mansub tashkilotlardan olingan ish o‘rinlari tashkil etish ehtiyojlarining birlamchi ko‘rsatkichlari asosida har yili 1-oktabrgacha ish o‘rinlari tashkil etish davlat buyurtmasini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi va ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq aholi bandligiga ko‘maklashish Davlat dasturiga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tushuntirish xati bilan yuboradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili 20-oktabrgacha ish o‘rinlari tashkil etish davlat buyurtmasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini va Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi loyihasiga kiritilishini ta’minlaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi har yili 1-noyabrdan kechikmay Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini tasdiqlash, amalga oshirish va bajarilishini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3-bob. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ish o‘rinlari tashkil etishga davlat buyurtmasining shakllantirilishi
12. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ish o‘rinlari tashkil etishga davlat buyurtmasini yuqori turuvchi tashkilotlarga ega bo‘lmagan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) bo‘yicha hududiy rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqib shakllantiradi. Ish o‘rinlari tashkil etish ehtiyojlarining birlamchi ko‘rsatkichlari ushbu Nizomning 4 — 9-bandlarida qayd etilgan tartiblarga muvofiq ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shakllantiriladi, aniqlashtiriladi va tasdiqlanadi.
13. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ish o‘rinlari tashkil etish davlat buyurtmasini shakllantirilish mintaqa hududida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning ishlab chiqarish (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hajmlari kengaytirilishi va oshirilishi uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, yangi xususiy va kichik tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish tendensiyalarini tahlil qilish hamda tashkilotlarning takliflari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkilotlardan olingan ish o‘rinlari tashkil etish ehtiyojining birlamchi ko‘rsatkichlari asosida har yili 1-oktabrgacha ish o‘rinlari tashkil etish davlat buyurtmasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturiga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tushuntirish xati bilan yuboradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi har yili 1-noyabrgacha ushbu Nizomning 10 va 11-bandlarida belgilangan tartibda ish o‘rinlari tashkil etishga davlat buyurtmasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini, Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturiga kiritilishini va Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi loyihasi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
4-bob. Kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish
16. Kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, faoliyatning yangi yo‘nalishlarini, texnologiyalarni va investitsiyalarni joriy etish hamda kadrlar qisqarishini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan idoraviy mansub tashkilotlarning kadrlar tarkibini to‘ldirish uchun ta’lim muassasalarida mutaxassislik va malaka bo‘yicha kadrlar tayyorlash tuzilmasi va hajmi aniqlanadi.
17. Kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashtirish xodimlarning son va sifat tarkibining o‘rtacha yillik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, korxonalarni rivojlantirish biznes-rejalari va strategiyalari, bozor konyunkturasining marketing tadqiqotlari, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish tendensiya va dinamikasidan kelib chiqib tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
18. Kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ta’lim muassasalari bo‘yicha boshqaruv, ishlab chiqarish, texnik va yordamchi xodimlar bilan to‘ldirish uchun ishlab chiqiladi.
19. Kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish maqsadida tashkilotlar har yili 1-oktabrgacha ushbu Nizomga 4-ilovada nazarda tutilgan shaklga muvofiq kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga hamda bo‘ysunuvda bo‘lgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etadi.
20. Kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj haqidagi ma’lumotlar hududlarning joriy holati va ularni rivojlantirish istiqbollari hisobga olingan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining istiqboli hisobga olingan holda esa — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan aniqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aniqlashtirilgan ma’lumotlarga asosan yillar bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni alohida ko‘rsatgan holda, ta’lim darajasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini har yili 1-noyabrga qadar kelgusi prognoz yili uchun shakllantiriladi va ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
22. Huquqni muhofaza qilish organlari Qurolli Kuchlar, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, davlat bojxona xizmati organlariga kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar (mutaxassislik yo‘nalishlari) bo‘yicha buyurtmani shakllantiradi.
23. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatoriga kiritilgan mutaxassisliklar (mutaxassislik yo‘nalishlari, ixtisoslik), malakalar (ishchi kasblari, xizmatchilar lavozimlari) asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Davlat organlari kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini amalga oshirishda zarurat tug‘ilganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga yangi kasblarni (mutaxassisliklarni) kiritish yoki talab bo‘lmagan mutaxassisliklarni (mutaxassislik yo‘nalishlari, ixtisoslik), kasblarni (ishchi kasblari, xizmatchilar lavozimlari) bekor qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga kiritadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-dekabrga qadar kelgusi prognoz yili uchun ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantiradi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ta’lim muassasalari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash prognoz ko‘rsatkichlarini tasdiqlash va tasdiqlangan ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5-bob. Davlat buyurtmasiga muvofiq ish o‘rinlarini tashkil qilish va kadrlar tayyorlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
27. Ish o‘rinlarini tashkil qilish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini olgan tashkilotlar va ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan foizsiz ssuda tarzidagi qaytariladigan subsidiya ajratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Ssuda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qaroriga asosan:
yangi ish o‘rinlarini tashkil qiluvchi korxona, tashkilotlarga — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan;
ta’lim muassasalariga — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda beriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
29. Ssuda uch yil muddatgacha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Ssuda miqdori ish o‘rinlarini tashkil etish uchun davlat buyurtmasi dasturiga muvofiq yaratilgan bitta ish o‘rni yoki davlat buyurtmasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil qilingan bitta o‘quvchining o‘rniga qarab, qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 12 barobaridan oshmagan holda hisoblanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-sonli “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni.
31. Ssuda ajratish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim bo‘ladi:
tashkilot yoki ta’lim muassasasi ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi dasturiga kiritilgan bo‘lishi;
tashkilot yoki ta’lim muassasasining soliq qarzdorligi, tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kechiktirilgan qarzlari bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ssuda ajratish to‘g‘risidagi qarorni tayyorlash uchun tashkilot yoki ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
ssuda olish uchun ariza;
ssuda berilishining maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asoslash va uning qaytarilishi kafolati;
oxirgi hisobot davri uchun soliqdan qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida soliq organlari ma’lumoti, shuningdek, muddati o‘tgan kredit qarzlari mavjud emasligi haqida xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidan ma’lumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
ssuda qaytarilishini ta’minlash, shu jumladan garov, kafillik, bank kafolati yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ta’minlash turlari.
(32-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish asosida ssuda ajratish to‘g‘risidagi qarorni yangi ish o‘rinlarini tashkil qilgan tashkilotlar bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, ta’lim muassasalari bo‘yicha esa — Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kelishish uchun yuboradi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
34. Ssuda kelishilgan va tasdiqlangandan so‘ng tashkilot yoki ta’lim muassasasining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
35. Ssuda olishning imtiyozli huquqi band bo‘lmagan shaxslar uchun, shuningdek ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan tumanlarda ish o‘rinlari yoki ta’lim muassasalarida o‘quvchi o‘rinlari tashkil etuvchi tashkilotlar yoki ta’lim muassasalariga beriladi.
36. Ssuda faqat uni olish uchun arizada ko‘rsatilgan maqsadlar uchun, shu jumladan ish o‘rinlarini tashkil qilishda va fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, texnika, maxsus jihozlar sotib olish va o‘rnatish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Maqsadli foydalanilmagan yoxud ularni olish uchun boshqa shartlarni buzgan holda foydalanilgan ssudalar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qo‘llash bilan qoplanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Ish o‘rinlarini tashkil etish ehtiyojning prognoz ko‘rsatkichlari

_____________________________________________
‎(tashkilot nomi)
_____________________________________________
(joylashgan joyi)
‎_____________________________________________
(iqtisodiy faoliyat turi kodi)

Kasb (lavozim) nomi

XALIKK-2017*
‎bo‘yicha kodi

Yillar bo‘yicha ish o‘rinlarini
‎tashkil ehtiyoji, kishi

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‎ ‎‎

Jami:

‎‎ ‎‎
‎* O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori.
Tashkilot rahbari‎ ________________________________‎

(imzo, muhr)‎

Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Ish o‘rinlarini tashkil etishga davlat buyurtmasi*
‎__________________________________________________________
‎(davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi nomi)
__________________________________________________________
‎(joylashgan joyi)

Iqtisodiy faoliyat turi kodi

‎‎‎‎Ish o‘rinlari toifasi

‎‎Ish o‘rinlarini tashkil etish prognoz parametrlari, kishi

‎Xodimlarning amaldagi soni‎‎

‎‎‏
‎‎‏
‎‎‏

Boshqaruv xodimlari‎‎

‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎

‎‎

‎‎

Texnik xodimlar‎‎

‎‎

‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎

‎‎ ‎‎

‎‎‏
‎‎
‎‎

Boshqaruv xodimlari‎‎ ‎‎

‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎ ‎‎

‎‎

‎‎

Texnik xodimlar‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎

‎‎

‎‎


‎‎Jami:
‎‎

Boshqaruv xodimlari‎‎ ‎‎‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎ ‎‎‎‎

Texnik xodimlar‎‎ ‎‎‎

‎‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎ ‎‎

‎‎‎
* Shaklga har bir tashkilot bo‘yicha qo‘shimcha ehtiyojning aniqlashtirilgan prognozi Nizomga 1-ilovaga muvofiq ilova qilinadi. ‎
‎‎Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbari _______________________________‎

(imzo, muhr)‎

Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎‎‎Ish o‘rinlarini tashkil etishga davlat buyurtmasi*
‎__________________________________________________________
‎(mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi nomi)
‎‎

‎‎‎‎Tashkilotning nomi va joylashgan manzili

Iqtisodiy faoliyat turi kodi

‎‎‎‎Ish o‘rinlari toifasi

‎‎Ish o‘rinlarini tashkil etish prognoz parametrlari, kishi

‎Xodimlarning amaldagi soni‎‎

‎‎‏
‎‎‏
‎‎‏
‎‎
‎‎‏
‎‎‏
‎‎‏

Boshqaruv xodimlari‎‎

‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎

‎‎

‎‎

Texnik xodimlar‎‎

‎‎

‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎

‎‎ ‎‎
‎‎‏‏
‎‎‏
‎‎

‎‎‏
‎‎
‎‎

Boshqaruv xodimlari‎‎ ‎‎

‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎ ‎‎

‎‎

‎‎

Texnik xodimlar‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎

‎‎

‎‎

‏ ‎‎Jami: ‎‎ ‎ ‎‎‏
‎‎‏
‎‎

Boshqaruv xodimlari‎‎ ‎‎‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎ ‎‎‎‎

Texnik xodimlar‎‎ ‎‎‎

‎‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎ ‎‎

‎‎‎
‎‎* Shaklga har bir tashkilot bo‘yicha qo‘shimcha ehtiyojning aniqlashtirilgan prognozi Nizomning 1-ilovaga muvofiq ilova qilinadi.‎ ‎
‎‎Mahalliy ijro hokimiyati organi rahbari _______________________________‎

(imzo, muhr)

Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

Kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida ma’lumot

_____________________________________________
‎(tashkilot nomi)
_____________________________________________
(joylashgan joyi)
‎_____________________________________________
(iqtisodiy faoliyat turi kodi)

Kasb (lavozim) nomi

XALIKK-2017* bo‘yicha
‎kodi

Yillar bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, kishi

‎‎‎ ‎‎
‎‎

Jami: ‎‎

‎‎
‎‎ ‎‎
* O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori.
‎Tashkilot rahbari‎ _______________________________‎

(imzo, muhr)‎

Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish o‘rinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA

Kadrlar tayyorlashga bo‘lgan davlat buyurtmasi‎
__________________________________________________________________________________________________
(Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy ijro hokimiyati organi nomi)

Kasb (lavozim) nomi

XALIKK-
‎2017* bo‘yicha
‎kodi

Yillar bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, kishi


‎‎

‎‎
‎‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎

Tarmoq bo‘yicha jami:‎‎

‎‎
‎* O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori. ‎
‎‎‎‎Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organ rahbari ‎
‎_______________________________‎

(imzo, muhr)‎

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-oktabrdagi 877-son qaroriga
2-ILOVA
Ish o‘rinlarini tashkil etishga davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-oktabrdagi 877-son qaroriga
3-ILOVA
Ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash
SXEMASI
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2017-y., 09/17/877/0190-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)