Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-sentabr,
740-son
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 18-sentabrdagi 740-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) maqsadi va asosiy vazifalarini, faoliyatini amalga oshirish va Jamgʻarmani boshqarish tartibini, shuningdek Jamgʻarmaning mablagʻlarini shakllantirish manbalarini va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
2. Jamgʻarma respublika taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini zamonaviy talablarni va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlash, ularni eng ilgʻor oʻquv, tashxis va davolash asbob-uskunalari, axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi hamda Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi negizida tashkil etilgan.
3. Jamgʻarma yuridik shaxs tuzmasdan tashkil etilgan.
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari
4. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari hisoblanadi:
Jamgʻarmaga kelib tushayotgan mablagʻlarni keyinchalik ulardan qonunchilikka muvofiq maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi), shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;
tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq maktabgacha taʼlim muassasalarini, shu jumladan bolalar suhbatlashish joylarini, oʻyin maydonchalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash va hududlarni oʻrash ishlarini moliyalashtirish;
umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni, shu jumladan idoraviy boʻysunuvdagilarni, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shu jumladan, zarur holatlarda oʻquv korpuslarini oʻquv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;
tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;
tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish;
tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq sogʻliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;
zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, taʼlim muassasalarini eng yangi oʻquv-laboratoriya, ilmiy va ishlab chiqarish uskunalari, musiqa cholgʻu asboblari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa elementlari bilan, shuningdek oʻquv mebellari va asbob-anjomlari bilan jihozlashni (toʻliq jihozlashni) moliyalashtirish;
zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, sogʻliqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlashni hamda doimiy ravishda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish;
zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqib, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini eng yangi musiqa va cholgʻu asboblari va maxsus uskunalar, oʻqitishning texnik vositalari, oʻquv mebellari va anjomlari bilan jihozlashni moliyalashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va korpuslarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
3-bob. Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari va tartibi
5. Quyidagilar Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamgʻarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalardan tushadigan mablagʻlar;
“taʼlim” va “sogʻliqni saqlash” sohasi moddalari boʻyicha alohida satr bilan ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari;
xayriya qiluvchilar — yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar (toʻlovchilar) Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan toʻlov obyekti va stavkalaridan kelib chiqqan holda yoʻnaltiradilar.
7. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot tizimida ochiladigan gʻaznachilik hisob raqamlarida jamlanadi.
4-bob. Jamgʻarmani boshqarish
8. Tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarmani boshqarish kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
9. Jamgʻarmani boshqarish kengashi:
umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil qiladi;
Jamgʻarma daromadlari barqaror shakllantirilishi, oʻz vaqtida moliyalashtirilishi va Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi taʼminlanishini doimiy nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tasarrufida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi ishtirokida taʼlim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasining holati muntazam ravishda oʻrganilishini, keyinchalik ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi va Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda taʼlim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yillik dasturlari shakllantirilishini tashkil etadi;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yillik dasturlarini tasdiqlaydi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida, zarurat boʻlganda, Jamgʻarma daromadlari (manbalar boʻyicha) va xarajatlarining prognoz parametrlariga oʻzgartirish va aniqliklar kiritadi;
Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini nazorat qiladi;
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni va notijorat tashkilotlarni jalb qiladi, shuningdek xayriya qiluvchilar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlarini jalb etishda Jamgʻarmaga koʻmaklashadi.
10. Jamgʻarmani boshqarish kengashi majlislari zaruratga koʻra oʻtkaziladi.
Jamgʻarmani boshqarish kengashi qarorlari majlisda qatnashayotgan Jamgʻarmani boshqarish kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolganda Jamgʻarmani boshqarish kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
11. Jamgʻarmani boshqarish kengashining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari va boshqa tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
12. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash;
Jamgʻarmani boshqarish kengashiga daromadlar manbalari bilan bogʻlagan holda Jamgʻarma mablagʻlaridan asosiy yoʻnalishlar (taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha foydalanish yuzasidan takliflar kiritish;
taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning aniq manzilli roʻyxatlarining bajarilishini tahlil qilish va monitoring olib borish hamda tegishli materiallarni Jamgʻarmani boshqarish kengashiga kiritish;
zarurat boʻlganda, joylarga chiqqan holda, taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yillik dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarini oyma-oy tasdiqlash, shuningdek daromadlar parametrlarini mintaqalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining tegishli boʻlinmalariga hamda xarajatlar parametrlarini Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha Moliya vazirligining tegishli boʻlinmalariga va hududiy moliya organlariga yetkazish,
taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini moliyalashtirish nazarda tutilgan Jamgʻarma mablagʻlarining hisobga olinishini taʼminlash.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining mutasaddi oʻrinbosariga yuklanadi.
5-bob. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
13. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga va ushbu Nizomga muvofiq kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihalarini tayyorlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
14. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi har yili navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar tushumlari prognozini tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, tasarrufida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda joriy yil 15-iyungacha keyingi yil uchun Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga barcha yoʻnalishlar boʻyicha Jamgʻarma xarajatlari prognozlarini, Jamgʻarma xarajatlari boʻyicha budjet soʻrovini hamda keyingi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) boʻyicha taʼlim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini taqdim etadilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Ijro etuvchi direksiya:
har yili 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi bilan birgalikda Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun moʻljallangan mablagʻlarni oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
har yili avgust oyigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun uch yillik davrga mablagʻlar ajratish prognoz hajmlarini taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga har oyda tegishli oyning 1-sanasigacha boʻlgan muddatda navbatdagi oy uchun Rivojlanish davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga ajratiluvchi mablagʻlar doirasida mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyuldagi 585-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son)
16. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarmaga tushayotgan mablagʻlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda:
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) dasturining uzil-kesil parametrlarini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan taʼlim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash manzilli dasturlari loyihalari asosida shakllantiradi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun kelgusi yil taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash manzilli dasturi loyihasini Jamgʻarmani boshqarish kengashiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi 10 kun mobaynida Jamgʻarma mablagʻlarini oluvchilarni (Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tasarrufida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan tegishli vazirliklar va idoralarga, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markaziga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalariga ular uchun belgilangan xarajatlar hajmlarini maʼlum qiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
18. Jamgʻarma mablagʻlari:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri gʻaznachilik boshqarmalaridagi (keyingi oʻrinlarda gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari deb ataladi) xizmat koʻrsatiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali:
taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) xarajatlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash xarajatlariga sarflanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining alohida qarorlariga asosan buyurtmachi sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari, shuningdek tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan tegishli vazirliklar va idoralar belgilangan oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash xarajatlariga sarflanadi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida xizmat koʻrsatiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash xarajatlariga sarflanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) xarajatlariga sarflanadi;
buyurtmachi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, belgilangan oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash xarajatlariga sarflanadi;
buyurtmachi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar belgilangan oliy taʼlim muassasalarini jihozlash xarajatlariga sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga saqlab turiladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga sarflanadi.
(18-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
19. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetalari asosida:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha — tender (tanlov) savdolari asosida va kapital qurilish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasi tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan;
oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha — tender (tanlov) savdolari asosida va kapital qurilish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan;
oliy taʼlim muassasalarini jihozlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha — qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tegishli buyurtmachilar tomonidan;
(19-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan smeta xarajatlari asosida:
taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha — tender (tanlov) savdolari asosida va kapital qurilish sohasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan;
taʼlim muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq taʼlimi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
20. Taʼlim va tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash)ning maqsadga muvofiqligi, shuningdek miqdor, sifat va yetkazib berish muddatlari boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringi yuzasidan javobgarlik tender (tanlov) savdolari buyurtmachilari — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan tegishli vazirlik va idoralarga, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boshqarmalari taʼlim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha shartnomalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular boʻyicha qatʼiyan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida hamda taʼlim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning belgilangan tartibda tasdiqlangan aniq manzilli roʻyxatlariga muvofiq xarajatlar toʻlovini amalga oshiradilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
22. Qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha xarajatlarni toʻlash:
taʼlim muassasalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalari boʻyicha — viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarining toʻlov topshiriqnomalari asosida Gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalari boʻyicha — taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning aniq manzilli roʻyxatlari boʻyicha belgilangan limitlar doirasida hamda tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda tuzilgan shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasining toʻlov topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
oliy taʼlim muassasalari boʻyicha — taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning aniq manzilli roʻyxatlari boʻyicha belgilangan limitlar doirasida hamda tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda tuzilgan shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning toʻlov topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻyicha — ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning aniq manzilli roʻyxatlari boʻyicha belgilangan limitlar doirasida hamda tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda tuzilgan shartnomalar boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tegishli buyurtmachilarning toʻlov topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
23. Shartnomalarda:
qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning dastlabki ikki oyi mobaynida teng ulushlar bilan, qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda avans toʻlovlarini amalga oshirish;
har oyda, ajratilgan avansni mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;
shartnomada koʻrsatilgan kafolat muddati tugagach qolgan 5 foizni pudratchiga toʻlash majburiy shartlari nazarda tutiladi.
24. Jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha xarajatlarni toʻlash:
taʼlim muassasalari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq taʼlimi boshqarmalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalarining toʻlov topshiriqnomalari asosida Gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining toʻlov topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan;
oliy taʼlim muassasalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan tegishli vazirlik va idoralarning toʻlov toʻpshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
25. Shartnomalarda:
shartnoma umumiy summasining kamida 30 foizi miqdorida avans toʻlovini amalga oshirish;
har oyda, ajratilgan avans toʻlovlarini ushlab qolgan holda, yetkazib berilgan tovarlarning amaldagi hajmidan kelib chiqib joriy moliyalashtirishni amalga oshirish majburiy shartlari nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda import kontraktlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha xarajatlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
26. Mablagʻlarni (shu jumladan, tovarlarni yetkazib beruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalarini qoʻllashdan olingan mablagʻlarni) xarajatlarning tasdiqlanmagan smetasisiz, shuningdek Jamgʻarma xarajatlari prognozida nazarda tutilmagan tadbirlarga yoki ham umuman xarajatlar smetalari boʻyicha va ham xarajatlarning alohida turlari boʻyicha smetalarda belgilanganidan ortiqcha sarflash taqiqlanadi.
Pudrat tashkilotlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalarni qoʻllashdan tushgan mablagʻlar Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
27. Joriy moliya yili yakunlari, shu jumladan, oldingi yillarda Jamgʻarma mablagʻlari oluvchilarining majburiyatlari boʻyicha qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning aniq manzilli roʻyxatlarida hamda taʼlim va tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan toʻliq moliyalashtirilmagan mablagʻlar Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari balanslanganligi taʼminlanishini hisobga olgan holda kelgusi moliya yilida toʻlanadi.
28. Jamgʻarmaning hisob raqamlaridan mablagʻlarni ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarga oʻtkazish va vaqtinchalik olib qoʻyish taqiqlanadi.
7-bob. Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarning oʻtkazilishi va tushishini hamda jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish, hisobot va nazorat qilish
29. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning tuzilishi va hisobini qonunchilikda belgilangan tartibda yuritadi.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va davlat soliq xizmatining hududiy organlari:
Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan nazoratni;
toʻlovchilar boʻyicha Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar hisobi yuritilishini;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha tekshirishlarning amalga oshirilishini taʼminlaydilar.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga hisobot davridan keyingi oyning 1-kunidagi holati boʻyicha Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarning hisoblangan va tushgan summalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek vazirliklar va idoralar boʻyicha mazkur ajratmalar yuzasidan qarzlar toʻgʻrisida tezkor hisobot taqdim etadi.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar toʻlovlaridan mablagʻlar tushishiga taalluqli qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish huquqiga ega.
32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalariga taqdim etiladi.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun ajratiladigan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash)ga ajratiladigan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq taʼlimi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari tomonidan taʼlim muassasalarini jihozlashga (toʻliq jihozlashga) ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalariga taqdim etiladi.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan tegishli vazirlik va idoralar tomonidan oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ga ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyining 5-kunidan kechikmay Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
361. Ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tegishli buyurtmachilar tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.
(361-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
37. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalari — amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha hisobot taqdim etadilar.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda respublika mintaqalari boʻyicha Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar tushumlaridan Jamgʻarma daromadlar prognozining bajarilishi holatini tahlil qiladi hamda daromadlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻradi.
39. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
40. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasining, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tegishli buyurtmachilar — ilmiy-tadqiqot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlar hamda toʻlangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari asosida;
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq taʼlimi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalarining — taʼlim va tibbiyot muassasalariga oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar va boshqa anjomlarning amalda yetkazib berilganligi hamda toʻlangan mablagʻlar, shuningdek ularning boshlangʻich hujjatlarga (schyot-fakturalarga) va amalda bajarilgan ishlarga (xizmatlarga) muvofiqligi toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari asosida Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilganligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
(40-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Jamgʻarma mablagʻlaridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq qatʼiyan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javobgarlik Jamgʻarma mablagʻlarini oluvchilar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” tegishli injiniring kompaniyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq taʼlimi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tegishli buyurtmachilar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
8-bob. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish
42. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 18-sentabrdagi 740-son qaroriga
2-ILOVA
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tasarrufida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan tegishli vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan taʼlim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash doirasida tashkiliy tartibotlarni va ularning oʻzaro hamkorlik qilish tartibini, shuningdek, funksiyalari va vazifalarini reglamentlaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim va xalq taʼlimi boʻlimlari:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
taʼlim muassasalari binolari, infratuzilma obyektlarining texnik holati va jihozlanganligini tizimli asosda doimiy oʻrganadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
kelgusi yilda rekonstruksiya qilinishi, mukammal taʼmirlanishi va jihozlanishi (toʻliq jihozlanishi) kerak boʻlgan taʼlim muassasalari, shuningdek, kelgusi yilda qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va mukammal taʼmirlanishi lozim boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalari roʻyxatini har yili 1-martgacha aniqlaydilar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha taʼlim boshqarmalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq taʼlimi boshqarmalariga kiritadilar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahri sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari taʼlim va tibbiyot muassasalari binolari, infratuzilma obyektlarining texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda doimiy oʻrganib boradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha taʼlim boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq taʼlimi boshqarmalari (tuman (shahar) maktabgacha taʼlim va xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahri sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boʻlinmalari har yili 1-aprelgacha kelgusi yilda rekonstruksiya qilinishi, mukammal taʼmirlanishi va jihozlanishi (toʻliq jihozlanishi) kerak boʻlgan taʼlim va tibbiyot muassasalarining dastlabki roʻyxatini aniqlaydilar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kiritadilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari bilan har yili 5-aprelgacha, taʼlim va tibbiyot muassasalarining taqdim etilgan dastlabki roʻyxatlari asosida taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) dasturlarini shakllantirish boʻyicha ishchi guruhlar tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishchi guruhlar tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha taʼlim boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq taʼlimi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahri sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalarining, Qurilish vazirligi Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy iqtisodiyot boshqarmalarining, shuningdek, moliya organlarining rahbarlari va masʼul xodimlari kiritiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
6. Ishchi guruhlar taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini shakllantirishda har bir taʼlim va tibbiyot muassasasi binolarining amaldagi texnik holatini va ularning moddiy-texnika jihatidan taʼminlanganligini, shuningdek oʻquv korpuslarining oʻquv ustaxonalari va laboratoriyalari tashkil etish bilan kengaytirishga boʻlgan ehtiyojini, sport zallari va maydonchalari, boshqa infratuzilma obyektlari tashkil etilishini hamda ularning tegishli asbob-uskunalar va anjomlar, shuningdek laboratoriya, tashxis, davolash uskunalari va boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlanishini hisobga oladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har yili 1-iyungacha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markaziga taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning dastlabki dasturlarini taqdim etadilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning taqdim etilgan dastlabki dasturlarini oʻrganadilar, zarurat boʻlganda, joyning oʻziga borgan holda ularni aniqlashtiradilar hamda har yili 15-iyungacha Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga viloyatlar va obyektlar boʻyicha taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning keyingi yil uchun dasturini taqdim etadilar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 15-maygacha Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning keyingi yil uchun dastlabki manzilli dasturini taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 15-maygacha Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning keyingi yil uchun dastlabki manzilli dasturini taqdim etadilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda har yili 15-iyungacha, zarurat boʻlganda, joyiga borgan holda, manzilli dastur loyihasi parametrlarini aniqlashtiradilar.
10. Taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlashning manzilli dasturlarini shakllantirishda binolar tomini taʼmirlash, issiqlik tizimi, elektr va suv taʼminoti, shuningdek hududning tashqi chegarasini oʻrash hamda sanitariya xonalarining texnik holatini texnik talablarga muvofiqlashtirish boʻyicha ish turlari inobatga olinadi.
11. Taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini shakllantirishda ulardan har birining texnik holati, moddiy-texnika jihatidan amalda taʼminlanganligi, smenaliligi va oʻquvchilari soni hisobga olinadi hamda oʻquv-laboratoriya va ishlab chiqarish asbob-uskunalari, mebellar, sport anjomlari, oʻqitishning multimediy vositalari, kompyuter texnikasi, shuningdek tibbiyot uskunalari va boshqa asbob-uskunalarning asossiz ravishda hisobdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarmaga tushayotgan mablagʻlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan takliflarni hisobga olgan holda taʼlim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) dasturining yakuniy parametrlarini shakllantiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlarni loyihasi kiritilishi bilan bogʻlangan muddatlarda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Jamgʻarmani boshqarish Kengashiga kiritadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 18-sentabrdagi 740-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Xom ashyo materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom 55-bandining oltinchi xatboshidagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshidagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 69-modda) 1-ilovada “Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish shuʼbasi” boʻlimi “Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish shuʼbasi” boʻlimi bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-ilova 1-bandining 1.3-kichik bandidagi “budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga ajratma” soʻzlari “budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 10-ilovaning IV boʻlimi 4.1-bandining 4.1.3-kichik bandidagi “budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga ajratma” soʻzlari “budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratma” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2016-yillarda taʼlim muassasalarining chet tillari kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, oʻqitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash)ni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 27-maydagi 143-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 22-son, 283-modda) 2-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi psixiatriya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-iyuldagi 207-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 30-son, 390-modda):
a) 3-banddagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 18-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi tarmogʻi uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumotiga ega boʻlgan kadr tayyorlash tizimini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 11-avgustdagi 222-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 33-son, 416-modda):
4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 1-bandi “Taqdim etiladigan hujjatning shakli, amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat stomatologiya instituti faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, shuningdek, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari stomatologiya fakultetlarining klinik bazalarini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 14-oktabrdagi 287-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 42-son, 522-modda) 9-bandining uchinchi xatboshidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillarda umumtaʼlim maktablarini zamonaviy sport zallari bilan taʼminlash chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2014-yil 3-dekabrdagi 331-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 49-son, 583-modda):
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilari deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash budjetdan tashqari jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha dasturlarni shakllantirishda ularning manzilli qismiga umumtaʼlim maktablari uchun sport zallari qurish loyihalarini kiritsinlar.”
11. Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2019-yillar davrida ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan kompleks holda yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va sizot suvlar sathini pasaytirish, Guliston shahrini arxitekturaviy-rejali qurishni tubdan yangilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi vazifalar toʻgʻrisida” 2015-yil 9-sentabrdagi 262-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 36-son, 480-modda):
a) 7, 9 va 10-ilovalarning “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademlitseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-ilovaning “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Oliy taʼlim muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2016-y., 1-son., 7-modda) 4-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 21-apreldagi 118-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2016-y., 4-son., 27-modda) 8-bandidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasidan” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 17-yanvardagi 15-son qarorida:
2-bandning oltinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 13 va 36-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 17-yanvardagi 16-son qarorida:
2-bandning beshinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning “Moliyalashtirish manbalari” ustunida:
28-bandidagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-banddagi “Kasb-hunar kollejlar, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi 20-son qaroriga 1-ilovaning 40-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 23-yanvardagi 26-son qarorida:
2-bandning beshinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 23 — 26-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 23-yanvardagi 31-son qarorida:
2-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 25 — 28-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona viloyati hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 26-yanvardagi 39-son qaroriga 1-ilovaning “Moliyalashtirish manbalari” ustunida:
17-banddagi “Moliya vazirligi qoshidagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning oʻzaro hamkorlik reglamentining 11-bandi ikkinchi xatboshidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 18-sentabrdagi 740-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
RoʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 66-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 13-iyundagi 172-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 50-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlari)” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 55-modda) ilovaning 18-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini budjetdan tashqari umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ-1645-son qarori)” 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 6-modda) ilovaning 14-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1049-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son)