|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoni)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq, narxlarni davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 17-iyun,
210-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-iyundagi 210-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Hududiy savdo-ishlab chiqarish konserni toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 8-iyuldagi 313-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Asosiy oziq-ovqat tovarlariga sanoatning ulgurji-berish narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1993-yil 27-martdagi 159-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosiga, chorva mollari va sutga, meva-sabzavot mahsulotlarining ayrim turlariga xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida” 1993-yil 27-maydagi 257-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga sotiladigan oziq-ovqat tovarlarining chakana narxlarini va xizmatlar tariflarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida” 1993-yil 27-maydagi 259-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 259-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1993-yil 8-iyundagi 276-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Savdoni erkinlashtirish va isteʼmol bozorini tovarlar bilan toʻldirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 26-fevraldagi 98-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-fevraldagi 98-son va 1991-yil 6-martdagi 59-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 15-sentabrdagi 467-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 307-modda)