|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.06.2016
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 26 FEVRALDAGI 98-SON VA 1991-YIL 6 MARTDAGI 59-SON QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-iyundagi 210-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiy islohotlarning sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-fevraldagi 98-son qarorining 7-bandidan “goʻsht, choy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-martdagi 59-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“normalashtirilgan tovarlar roʻyxatiga kiritilmagan oziq-ovqat tovarlari bilan taʼminlash mahalliy sharoitlarni, tovar resurslari mavjudligini, isteʼmol bozoridagi talab va taklifni hisobga olgan holda amalga oshirilsin”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 15-sentabr,
467-son