

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.06.2016
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-478146" id="onLBC-478146">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7010"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-478146" id="onLS-478146">[<b>TSZ:</b><div id="LS3742"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-478148" id="-478148">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-478149" id="-478149">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-478150" id="-478150">HUDUDIY SAVDO-IShLAB ChIQARISh KONSERNI TOʻgʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-478151" id="-478151"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-2991652" id="-2991652">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-iyundagi 210-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoni)”gi <a href="/acts/-2989608?ONDATE=27.06.2016 00#-2989629">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478152" id="-478152">Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478153" id="-478153">1. Ilova qilinayotgan hududiy savdo-ishlab chiqarish konserni toʻgʻrisidagi Namunaviy <a href="/acts/-478146#-478160">nizom </a>tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478154" id="-478154">2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR xalq deputatlari oblast, rayon, shahar, shahardagi rayon Soveti ijroiya komitetining boʻlimlari va boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1983-yil 9-sentabrdagi 523-son qarori 1-bandining “i” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (Oʻz SSR QT, 1983-y., 9-son, 37-modda).</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-478155" id="-478155">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-478156" id="-478156">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-478158" id="-478158">1992-yil 8-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-478159" id="-478159">313-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-478160" id="-478160"></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-478165" id="-478165">Vazirlar Mahkamasining <br />1992-yil 8-iyuldagi 313-son <a href="/acts/-478146#-478148">qarori  </a>bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-478166" id="-478166">Hududiy savdo-ishlab chiqarish konserni toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-478168" id="-478168">NAMUNAVIY NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-478169" id="-478169"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-478170" id="-478170">I. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478171" id="-478171">1. Hududiy savdo-ishlab chiqarish konserni<a href="/acts/-478146#-478173">*</a> Oʻzbekiston Respublikasining “Mulkchilik toʻgʻrisida”, <a href="/acts/-75878">“Tadbirkorlik haqida”</a>, <a href="/acts/-127010">“Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”</a>gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligini “Savdo” Oʻzbekiston davlat aksionerlik (“Oʻzbeksavdo”) uyushmasiga aylantirish haqidagi Farmoniga asosan tuzilgan boʻlib, mulkchilikning turli shakllaridagi (davlat korxonasi, aksionerlik jamiyati, ijara korxonasi, xususiy tadbirkorlik) korxona va tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasidir. Yangi tuzilma “Oʻzbeksavdo” davlat aksionerlik uyushmasiga taʼsischi huquqi bilan kirib, jumhuriyat aholisini meʼyoriy ravishda eng zarur oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, shuningdek, konsernga kiruvchi qatnashchilar xoʻjalik faoliyati samarasini oshirish uchun xizmat qiladi. Hududiy savdo-ishlab chiqarish konserni oʻz faoliyatini toʻliq, xoʻjalik hisobi va oʻz-oʻzini boshqarish asosida konsern Ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Konsern Ustavi “Oʻzbeksavdo” uyushmasi bilan kelishilgan holda mazkur Nizom asosida ishlab chiqilgan.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-478173" id="-478173">* Bundan keyin “konsern” deb ataladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478175" id="-478175">2. Konsern oʻz aʼzolarining birgalikdagi hamkorligi faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularning manfaatlarini davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, boshqa tashkilotlar va idoralarda himoya qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478176" id="-478176">Konsern “Oʻzbeksavdo” uyushmasi bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlari boʻyicha uyushma oldida oʻz majburiyatlari va vazifalarini bajarish uchun javobgardir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478178" id="-478178">3. Konsern yuridik shaxs boʻlib, jamoa mulkchiligi huquqidagi alohida mulkka ega, oʻz nomidan mulkiy huquqlari sotib olish va unga javobgar boʻlishi mumkin, mustaqil balans, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlarga, shuningdek, oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478179" id="-478179">4. Konsern tarkibidagi korxonalar, shuningdek, konsern va uning qatnashchilari (aʼzolari) oʻrtasidagi munosabatlar amaldagi qonunchilik aktlari, ushbu Nizom, Ustav, oʻzaro munosabatlar haqidagi shartnoma bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478181" id="-478181">5. Konsern oʻziga tegishli mulkiy majburiyatlar boʻyicha qonunchilik tomonidan jazo berilishi mumkin boʻlgan hollarda javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478182" id="-478182">Konsern oʻz aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaganidek, uning aʼzolari ham konsern majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478184" id="-478184">6. Konsern oʻz tarkibiga kirgan korxonalar tomonidan berilgan vakolatlar doirasida Nizomga asosan faoliyat koʻrsatadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-478186" id="-478186">II. KONSERNNING FUNKSIYALARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478189" id="-478189">7. Taʼsischilar tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq Konsernning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478190" id="-478190">— aholini meʼyoriy ravishda eng zarur oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478191" id="-478191">— konsern tarkibiga kiruvchi savdo korxonalari uchun tovar resurslarini izlab topish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478193" id="-478193">— mehnatkashlarning, birinchi navbatda, ish va oʻqish joylarida umumiy ovqatlanishini, shuningdek, isteʼmolchilarni past sifatli mahsulot sotilishi bilan bogʻliq boʻlgan noqulay holatlardan himoya qilishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478194" id="-478194">— savdo korxonalari va umumiy ovqatlanish korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda, ularni taʼmirlash va texnikaviy qayta jihozlashda qatnashchilarga yordam berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478195" id="-478195">— konsern aʼzolari va uchinchi shaxslar oʻrtasida tovar ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazish va rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478197" id="-478197">— konsern aʼzolarini axborot bilan taʼminlash va ularga yuridik masalalar, buxgalteriya hisobini olib borishda amaliy yordam koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478198" id="-478198">— konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar mehnat jamoalarining ijtimoiy masalalarini hal etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478199" id="-478199">— boshqa tashkilotlar va korxonalar bilan munosabatlarda konsern aʼzolarining manfaatlarini himoya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478201" id="-478201">— konsern qatnashchilari tomonidan belgilangan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa vazifalarni bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478203" id="-478203">— kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478204" id="-478204">8. Konsern faoliyati ixtiyoriylik, oʻz-oʻzini boshqarish va oshkoralik asosida quriladi. Konsern tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va korxonalar oʻz xoʻjalik mustaqilligini, huquqiy shaxs maqomini saqlab qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478205" id="-478205">9. Konsern zimmasidagi vakolatlar doirasida oʻz nomidan shartnomalar tuzishi, bank kreditlaridan foydalanishi mumkin. Amaldagi tartibda eksport-import operatsiyalarini va boshqa tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi, qimmatdor qogʻozlar bozorida qatnashishi, qoʻshma korxonalar barpo etishi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan boshqa barcha ishlarni bajarishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478207" id="-478207">10. Konsern xodimlarining ish, dam olish, maishiy sharoitini yaxshilash, ularning sogʻligʻini mustahkamlash va himoya qilish tadbirlarini amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-478209" id="-478209">III. KONSERNNING MULKI, MABLAGʻI, MOLIYAVIY-XOʻJALIK FAOLIYATI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478211" id="-478211">11. Konsern korxona va tashkilotlar tomonidan ixtiyoriy ravishda berilgan mulkka egalik qilish, shuningdek, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olgan mol-mulkka egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478213" id="-478213">12. Konsern mulki quyidagi manbalar hisobiga tashkil topadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478214" id="-478214">konsern aʼzolarining kirish badallaridan iborat boʻlgan ustav jamgʻarmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478216" id="-478216">qatnashuvchi korxonalarning ishlab-chiqarish, ilmiy-texnika va ijtimoiy rivojlanish dasturlari hamda aniq muammolarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun ixtiyoriy ravishda amalga oshiradigan maqsadli badallari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478217" id="-478217">boshqaruv va korxonalar oʻrtasidagi shartnomalar asosidagi ajratmalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478219" id="-478219">bank kreditlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478220" id="-478220">oʻzining ishlab chiqarish, xoʻjalik va moliyaviy faoliyati natijasida tushgan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478221" id="-478221">qimmatdor qogʻozlar (aksiya va obligatsiyalar) sotishdan tushgan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478223" id="-478223">sotib olingan, shuningdek, xorijiy kompaniyalardan ham xarid qilingan qimmatdor qogʻozlar boʻyicha tushgan dividendlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478224" id="-478224">qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478226" id="-478226">13. Konsern aʼzolari konsern qatnashchilari shartnomasida belgilangan tartib va muddatda Ustav jamgʻarmasiga oʻz hissalarini qoʻshadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478227" id="-478227">14. Ustav jamgʻarmasi hajmini oʻzgartirish xoʻjalik faoliyatidan tushgan foyda (daromad) yoki qatnashchilarning qoʻshimcha mablagʻ hissalari evazi hisobiga, qatnashchilar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478229" id="-478229">15. Qonunchilikda koʻzda tutilgach budjet soliqlari va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin hamda konsern jamgʻarmasini toʻldirishga amaldagi tartibda ajratmalar oʻtkazilgandan soʻng konsern foydasi Ustav jamgʻarmasi qatnashchilari hissalariga teng ravishda qatnashchilar oʻrtasida taqsimlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478231" id="-478231">16. Kengash qaroriga koʻra mablagʻlar quyidagilarga ishlatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478232" id="-478232">— konsern qatnashchilari boʻlgan korxonalar ishlab chiqarishini va ijtimoiy rivojlanishini mablagʻ bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478233" id="-478233">— yangi ishlab chiqarishlar barpo etish, korxonalarni texnik qayta jihozlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478235" id="-478235">— konsern Kengashi tasdiqlagan maqsadli dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash (shu jumladan, dastur qatnashchilari uchun foydadan belgilangan tarzda sarflangan xarajatlarni toʻlash sharti bilan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478236" id="-478236">— aksionerlik jamiyatlari uchun zaxira (sugʻurta) jamgʻarmasi barpo etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478239" id="-478239">— tashqi iqtisodiy faoliyatni mablagʻ bilan taʼminlash uchun valyuta jamgʻarmasini tashkil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478240" id="-478240">— konsern faoliyati uchun zarur boʻlgan tijorat infrastrukturasini barpo etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478242" id="-478242">— marketing va reklama faoliyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478243" id="-478243">— boshqaruv apparatini saqlash va boshqa maqsadlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478245" id="-478245">17. Konsern quyidagi jamgʻarmalarni tashkil etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478246" id="-478246">— rivojlanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478247" id="-478247">— zaxira;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478248" id="-478248">— ijro organlarining ish haqini toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478249" id="-478249">— ijtimoiy-madaniy tadbirlar va uy-joy qurish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478251" id="-478251">— valyuta va boshqa jamgʻarmalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478252" id="-478252">Boshqaruv taqdimiga muvofiq konsern Kengashi jamgʻarmalarni tashkil etish va sarflash tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478254" id="-478254">18. Konsern amaldagi tartibda taqdim muddati va shakli boʻyicha buxgalterlik hisobi hamda statistika hisobotini olib boradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-478256" id="-478256">IV. KONSERN AʼZOLARI (QATNAShChILARI), ULARNING HUQUQ VA VAZIFALARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478257" id="-478257">19. Konsern Nizomini tan olgan, uning maqsad va vazifalariga mos keluvchi faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan har qanday korxona va tashkilotlar (shu jumladan, chet el firmasi bilan hamkorlikda tuzilganlari ham) konsernga aʼzo boʻlib kirishi mumkin Konsernga kirish haqidagi qaror davlat korxonasi mehnat jamoasi, aksionerlar, ijarachilar umumiy yigʻilishi yoki shaxsan xususiy tadbirkor tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478258" id="-478258">Konsernga aʼzolik haqidagi qarorni Kengash qabul qiladi. Yangi qatnashchining konsernga qabul sharti uning oldindan konsern Ustavi va shartnoma qoidalariga roziligi haqidagi yozma arizasidir. Aʼzolik yangi qatnashchi va qatnashchilar oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha hissa mablagʻining hajmi va tarkibi aniqlangan vaqtdan boshlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478259" id="-478259">20. Konsern qatnashchilari quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478260" id="-478260">— konsernda birgalikdagi faoliyatdan tushgan oʻz foyda (daromad) hissasini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478261" id="-478261">— boshqaruv va nazorat organlariga saylash va saylanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478262" id="-478262">— oʻz faoliyati doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha konsern organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish, konsern organlarining amaliy majlislari va maslahatlarida, yigʻilishlarida ushbu masalalar muhokama etilayotganda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478263" id="-478263">— konsern Kengashi yigʻilishi (konferensiyasi)da muhokama qilish uchun kiritilgan masalalar boʻyicha ovoz berishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478264" id="-478264">— konsern xizmatlaridan, uning tashkiliy, xoʻjalik va ijtimoiy yordamlaridan birinchi navbatda va imtiyozli shartlarda foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478265" id="-478265">— konsern faoliyati haqida toʻliq axborot olish, buxgalterlik hisobi maʼlumotlari bilan tanishish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478266" id="-478266">21. Konsern qatnashchilari quyidagilarni bajarishga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478267" id="-478267">— Konsern Ustavi va Taʼsis shartnomasiga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478268" id="-478268">— shartnomada koʻzda tutilgan hissa mablagʻni qoʻshish, shuningdek, konsern Kengashi belgilagan tartib va hajmda konsern va uning tarkibiy boʻlimlari koʻrsatgan xizmatlar uchun xarajatlarni toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478269" id="-478269">— konsern qarorlari va taʼsis hujjatlari qoidalariga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478270" id="-478270">— konsern boshqaruvida qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478271" id="-478271">— konsernga nisbatan olgan majburiyatlarini koʻzda tutilgan tartibda bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478273" id="-478273">— konsern faoliyatiga tegishli yashirin axborotlarni oshkor etmaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478274" id="-478274">— konsernga oʻz faoliyatini amalga oshirishda koʻmaklashish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478276" id="-478276">22. Konserning har bir aʼzosi uning tarkibidan erkin ravishda chiqishi mumkin, faqat bu haqda 6 oy muddatdan kechikmagan holda yozma xabar berilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478277" id="-478277">Konserndan chiqish ilgari imzolangan va hali muddati tugamagan hujjatlar boʻyicha olingan majburiyatlarni toʻliq bajarishdan, shuningdek, ularni risoladagidek yoki toʻliqsiz ijro etish javobgarligidan ozod etmaydi. Korxonaning chiqishi haqidagi qaror konsern Kengashi bayonnomasida rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478279" id="-478279">23. Agar qatnashchining faoliyati konsern Ustaviga zid boʻlsa, shuningdek, toʻlanishi zarur boʻlgan belgilangan badallar yoki boshqa summalar toʻlagan hollarda har qanday qatnashchining konsernga aʼzoligi konsern Kengashi qaroriga muvofiq toʻxtatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478283" id="-478283">24. Konsern qatnashchilari quyidagilarga javobgar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478285" id="-478285">— ushbu Nizom va taʼsis shartnomasida koʻzda tutilgan majburiyatlar bajarilmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478286" id="-478286">— konsern mulkiga (undan foydalanishda) zarar yetkazilsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478288" id="-478288">— konsern mablagʻlarini oʻz muddatida qaytarish majburiyati bajarilmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478289" id="-478289">— konsern yoki uning har qandan qatnashchisi bilan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Qonunchiligi hamda shartnomalar asosida belgilagan majburiyatlar bajarilmasa.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-478291" id="-478291">V. KONSERNNING BOShQARUV ORGANLARI VA NAZORAT</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478292" id="-478292">25. Konsernni boshqarish demokratik asosda, uning tarkibiga kiruvchi barcha aksionerlik jamiyatlari, korxonalar mustaqilligi huquqlariga qatʼiy rioya qilingan holda iqtisodiy usullarni qoʻllab amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478294" id="-478294">26. Konsern boshqaruvining oliy organi konsern Kengashi hisoblanadi. Kengashning navbatdagi yigʻilishlari yiliga kamida 2-marta chaqiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478295" id="-478295">Yuqori boshqaruv organining navbatdan tashqari yigʻilishlari Kengash raisi yoki taftish komissiyasining talabi, yoxud konsern Kengashining 30 foizdan kam boʻlmagan aʼzolari arizalari boʻyicha chaqiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478297" id="-478297">27. Konsern Kengashi konsern faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha qaror qabul qilishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478298" id="-478298">Kengashning alohida vakolatlari quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478299" id="-478299">— Ustavni tasdiqlash, unga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478301" id="-478301">— konsern jamgʻarmalarini tashkil etish va foydalanish tartibini aniqlash hamda konsern foydasini taqsimlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478303" id="-478303">— Ustav jamgʻarmasi hajmini oʻzgartirish va belgilash, qatnashchilarning hissa mablagʻlari hajmini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478304" id="-478304">— Kengash, Boshqaruv, uning raisi, taftish komissiyasi aʼzolarini saylash va ozod qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478306" id="-478306">28. Kengash raisi konsern boshqaruviga rahbarlik qiladi, Boshqaruv raisi viloyat (Toshkent shahar) hokimliklari taqdimnomasi boʻyicha Konsern Kengashiga saylanadi va “Oʻzbeksavdo” uyushmasi Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478307" id="-478307">Konsern raisi alohida ishonch qogʻozi boʻlmasa ham, barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlarida, muassasalarda konsern nomidan ish koʻradi, qonun doirasida konsern mablagʻlari va mulkini ushbu Nizomga asoslanib boshqaradi, konsern nomidan bitim va operatsiyalar tuzadi, shartnoma imzolaydi, ishonch qogʻozlari beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478309" id="-478309">Ushbu Nizomdan kelib chiquvchi barcha masalalar konsern Kengashiga, Boshqaruv Raisiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478310" id="-478310">29. Konsern Kengashi qarori, agar uning uchun aʼzolarning yarmidan koʻprogʻi ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Kengash yigʻilishi aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashsagina huquqiy kuchga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478312" id="-478312">30. Konsern Kengashi, Boshqaruv raisining qarori konsern tarkibiga kiruvchi barcha aksionerlik jamiyatlari, korxona va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478313" id="-478313">31. Kengash yigʻilishlari oʻrtasidagi davrda konsernga rahbarlikni Boshqaruv amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478315" id="-478315">32. Konsern va uning tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari korxona va tashkilotlarning moliyaviy xoʻjalik faoliyatlari nazorati konsern Kengashi saylagan taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Konsernning moliyaviy faoliyati taftish komissiyasi, shuningdek, “Oʻzbeksavdo” taftish komissiyasi tomonidan yiliga kamida bir marta tekshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478317" id="-478317">33. Konsern maʼmuriyati xodimlariga ish haqi toʻlash konsern aksionerlik jamiyatlari, korxona va tashkilotlari foydasi (daromadi)dan olingan ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi, konsern maʼmuriyati xodimlari soni va ularga haq toʻlash Kengash tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478318" id="-478318">34. “Oʻzbeksavdo” boshqaruvi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari savdo-ishlab chiqarish konserni, mulkchilik shakli qanday boʻlishidan qatʼi nazar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining ijro etishlari uchun majburiydir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-478320" id="-478320">VI. KONSERNNING TUGATILIShI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478322" id="-478322">35. Konsern quyidagi hollarda oʻz faoliyatini toʻxtatishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478323" id="-478323">— “Oʻzbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi qaroriga asosan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478325" id="-478325">— manfaatdorlik qolmaganda yoki konsern aʼzolari bittagacha kamayganda, qatnashchilarning birgalikdagi qarori boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478326" id="-478326">— xalq sudi yoki hakamlik sudi qarori bilan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-478328" id="-478328">36. Konsern tugatilayotganda uning qatnashchilari Ustav jamgʻarmasiga qoʻshgan mablagʻi miqdorida oʻz mulkiy hissasini oladilar.</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
