Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.07.2003
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARIGA SOLIQ SOLISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyuldagi 300-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi 2002-yil 1-iyuldan boshlab o‘zgarganligi munosabati bilan ushbu korxonalarda o‘sha davrda amal qilgan soliq solish tizimidan kelib chiqqan holda o‘tgan davr uchun soliqlar to‘lash bo‘yicha majburiyatlar saqlanib qoladi.
3. Belgilansinki, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotuvchi ulgurji savdo korxonalari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi:
mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish bo‘yicha nizomlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazsinlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish masalalari bo‘yicha joylarda seminar-kengashlar o‘tkazsinlar.
5. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 10-apreldagi 153-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 14-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 10-apreldagi 153-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1999-yil 14-yanvardagi 20-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 5-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 30-avgustdagi 339-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 55-modda) ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 12-iyul,
249-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 12-iyuldagi 249-son qaroriga
1-ILOVA
Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning amal qilishi aholiga benzin, dizel yonilg‘isi, transport vositalariga quyish uchun gaz sotuvchi hamda savdo korxonalari uchun nazarda tutilgan tartibda yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovchi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga, shuningdek “O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyatining avtomobillar sotish bo‘yicha dilerlari hisoblangan kichik korxonalar va mikrofirmalarga tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
2. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq o‘zida belgilangan fizik ko‘rsatkich birligiga belgilangan daromad miqdoridan (soliq to‘lovchining potensial yalpi daromadidan) kelib chiqib hisoblangan soliqning qat’iy belgilangan summasini ifodalaydi.
3. Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq:
Oldingi tahrirga qarang.
soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llovchi soliq to‘lovchilar uchun — atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari va chiqitlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga joylashtirilganligi yagona soliq o‘rniga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyundagi 270-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 12-son, 92-modda)
soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga o‘tmagan soliq to‘lovchilar uchun — yalpi daromad solig‘i va mulk solig‘i o‘rniga joriy etiladi.
4. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni to‘lovchilar uchun:
bojxona to‘lovlari (bojxona bojlari va yig‘imlari, aksiz solig‘i va tovarlarni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i);
davlat bojlari;
savdo huquqini beruvchi yig‘imlar, shu jumladan tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqiga litsenziya yig‘imlari;
davlat maqsadli fondlariga ajratmalar to‘lashning amaldagi tartibi saqlanib qoladi.
5. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq to‘lovchilarga soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqi joriy etilmaydi.
6. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq to‘lashga o‘tish soliq to‘lovchilarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan buxgalteriya hisobini yuritish hamda soliq organlari va boshqa davlat organlariga buxgalteriya va statistika hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
7. Agar mikrofirmalar va kichik korxonalar asosiy faoliyati — chakana savdodan tashqari faoliyatning boshqa turlari bilan shug‘ullansalar, u holda ular faoliyatning ushbu turlari bo‘yicha alohida hisob yuritishga va faoliyat turiga qarab yoki yalpi tushumdan yagona soliq to‘lashga (ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish) yoxud mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lashga majburdirlar.
II. Soliq to‘lovchilar
8. Chakana savdo sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq to‘lovchilar (keyingi o‘rinlarda “belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq to‘lovchilar” deb yuritiladi) hisoblanadi.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq chakana savdo sohasida xodimlarning o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 5 kishi bo‘lgan korxonalar mikrofirmalar, xodimlarning o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi bo‘lgan korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi.
9. Yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan korxona faoliyati kodi belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq to‘lovchilarni aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi.
III. Soliq solish obyekti
10. Foydalaniladigan umumiy maydon, ijaraga olingan maydon belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq solish obyekti hisoblanadi.
Quyidagi turg‘un maydonlar:
xaridorlarga xizmat ko‘rsatiladigan va bevosita tovarlar sotiladigan savdo zali;
xaridorlarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish joylari (gazlamani bichish bo‘limlari, tayyor ko‘ylakni jussaga moslash ustaxonalari, yangi tovarlarni namoyish qilish zallari, xizmat ko‘rsatish byurosi va saqlash kameralari, o‘yib yozish ustaxonalari va maishiy priborlar va poyabzalni mayda ta’mirlash ustaxonalari, tovarlarni kreditga sotishni rasmiylashtirish xonalari);
tovarlarni qabul qilish, saqlash va sotishga tayyorlash joylari (ombor binolari) soliq solish maqsadlari uchun umumiy foydalaniladigan maydon sifatida tushuniladi.
IV. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish tartibi va uning stavkalari
11. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi:
umumiy foydalaniladigan maydon hajmidan;
bazaviy stavkalardan;
korxonaning joylashgan joyiga va sotiladigan tovarlar turlariga qarab tuzatish kirituvchi koeffitsiyentlardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
12. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqning bazaviy stavkasi va belgilangan (bazaviy) stavkaga tuzatuvchi koeffitsiyentlar miqdorlari savdo shoxobchasining joylashgan joyiga va sotiladigan tovarlar turlariga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Sotiladigan tovarlar turlariga qarab belgilangan stavkaga tuzatuvchi koeffitsiyentlar miqdorlari, va tovarlarning aralash turlari bilan savdo qilishda ularni qo‘llashga misol mazkur Nizomga 1-ilovada keltiriladi.
Savdo yoki ombor maydoni ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni tuzatuvchi koeffitsiyentlarni qo‘llamasdan hisoblab chiqadi.
13. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq stavkalarining aniq miqdorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ularning bazaviy stavkalaridan va savdo korxonasi joylashgan joyga qarab tuzatuvchi (pasaytiruvchi, oshiruvchi) koeffitsiyentlardan kelib chiqib belgilanadi va o‘z hududida joylashgan soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkaziladi.
S=B x Km
bunda:
S — belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan aniq stavkasi;
B — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bazaviy stavka;
Km — savdo korxonasi joylashgan joyga qarab tuzatuvchi koeffitsiyentlar.
Stavkalarning miqdorlarini belgilashda:
savdo faoliyati amalga oshirilayotgan aholi punkti tipi;
aholi punkti ichida savdo faoliyati amalga oshiriladigan joy (markaz, chekka joy, transport chorrahasi va boshqalar);
agar faoliyat aholi punktidan tashqarida amalga oshirilsa, joyning xususiyati (avtomagistral turi va boshqalar);
korxonaning savdo bazalari va ulgurji bozorlardan yiroqligi hisobga olinadi.
14. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
N=PxCxKr
bunda
N — belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi;
P — umumiy foydalaniladigan maydon;
C — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan daromaddan olinadigan yagona soliqning aniq stavkasi;
Kr — sotiladigan tovarlar turlariga qarab tuzatuvchi koeffitsiyent.
Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqishga misol mazkur Nizomga 2-ilovada keltiriladi.
V. Soliq to‘lovchilarni hisobga olish tartibi
15. Chakana savdo sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq to‘lashning belgilangan muddatigacha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza taqdim etish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq to‘lovchi sifatida hisobga turishga majburdirlar. Arizaga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha soliq summasining hisob-kitobi ilova qilinadi.
16. Davlat soliq xizmati organlari belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq to‘lovchi sifatida mikrofirmalar va kichik korxonalarni hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza olingandan keyin hisob-kitobda keltirilgan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqilgan soliq summasi to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirib, mazkur arizani bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqishlari shart.
17. Mikrofirmalar va kichik korxonalarning bir nechta savdo shoxobchalari mavjud bo‘lgan taqdirda, yagona soliq summasi hisobi savdo shoxobchasi joylashgan joy bo‘yicha belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib har bir savdo shoxobchasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda taqdim etiladigan hisob-kitob shaklida har bir savdo shoxobchasi joylashgan joyi ko‘rsatilgan holda alohida satrda ko‘rsatiladi. Soliq bo‘yicha hisob-kitob mikrofirmalar va kichik korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi. Yuridik shaxs hisoblanmagan har bir savdo shoxobchasi hisobga qo‘yilganlikni tasdiqlash uchun soliq hisob-kitobining nusxasiga ega bo‘lishi kerak.
18. Hisob-kitobda ko‘rsatilgan soliq solish obyekti (umumiy foydalaniladigan maydon) soliq stavkasi o‘zgargan taqdirda, eng kam oylik ish haqi va boshqa ko‘rsatkichlar o‘zgarishi munosabati bilan soliq to‘lovchilar davlat soliq xizmati organlariga o‘zgartirilgan hisob-kitobni o‘zgartirilgan shart-sharoitlarda faoliyatni amalga oshirish boshlangungacha taqdim etishlari shart.
VI. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni to‘lash tartibi va muddatlari
19. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq taqdim etilgan hisob-kitob asosida hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay har oyda to‘lanadi va to‘liq miqdorda mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
20. Budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni hisobga olish hisob raqami bo‘yicha yuritiladi (turlar bo‘yicha).
Hisoblangan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi:
davr xarajatlarini hisobga olish hisob raqami debeti;
budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni hisobga olish hisob raqami krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
VII. Yakuniy qoidalar
21. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq to‘lovchilar soliq solishning belgilangan tartibi buzilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
22. Davlat soliq xizmati organlari:
O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni to‘lashning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladilar;
chakana savdo korxonalarida soliq solish obyektining taqdim etilgan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq hisob-kitobiga muvofiqligi yuzasidan tanlab muntazam tekshirishlar o‘tkazilishini nazarda tutuvchi belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqning budjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, shuningdek mazkur soliqning korxonalar faoliyati natijalariga ta’siri va budjet tushumlari monitoringini amalga oshiradilar.
Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibiga
1-ILOVA
Sotiladigan tovarlarning turlariga qarab joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan stavkalarga tuzatuvchi koeffitsiyentlar

T/r‎

Tovarlar nomi‎‎

Koeffitsiyent*‎‎

1.‎ Tamaki mahsulotlari va alkogolli mahsulotlar‎ 1,5‎
2.‎ Avtomobillar, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar va aksessuarlar ‎ 2,0‎
3.‎ Teri va mo‘ynadan yasalgan buyumlar, kiyim-bosh va poyabzal‎ 1,2‎
4.‎ Qurilish, pardozlash materiallari va qurilish uskunalari va instrumentlar‎ 1,2‎
5.‎ Maishiy texnika, tashkiliy texnika, yoritish priborlari, aloqa, �ino va fototexnika vositalari, shuningdek ularga anjomlar‎ 1,5‎
6.‎ Mebel, gilam va gilambop buyumlar‎ 1,5‎
7.‎ Zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar‎ 1,5‎
8.‎ Chinni va billurdan yasalgan idishlar‎ 1,2‎
9.‎ Boshqa tovarlar, shu jumladan oziq-ovqat tovarlari‎ 1,0‎
*) Aralash assortiment bilan savdo qilishda sotiladigan tovarlarning ayrim turlari uchun belgilangan tuzatuvchi koeffitsiyentning eng ko‘p miqdori qo‘llaniladi.

‎‎‎Aralash assortiment bilan sadvo qilishda tuzatuvchi
‎koeffitsiyentlarni qo‘llashga misol:

Sotiladigan tovarlarning turiga qarab tasdiqlangan tuzatuvchi koeffitsiyent‎
Korxona quyidagilarni sotadi:‎
1. Attorlik mollari‎ 1,0‎
2. Tamaki mahsulotlari va alkogolli mahsulotlar‎ 1,5‎
3. Mebel, gilam va gilambop buyumlar‎ 1,5‎‎
4. Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar va aksessuarlar‎ 2,0‎
‎‎Mazkur korxona uchun belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqishda soliqning belgilangan stavkasiga 2,0 miqdorida tuzatuvchi koeffitsiyent, ya’ni sotiladigan tovarlarning mazkur turlari uchun belgilangan tuzatuvchi koeffitsiyentning eng ko‘p miqdori qo‘ll�niladi.
Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibiga
2-ILOVA

‎‎Mebel sotuvchi korxonaning tavsifi:‎‎

1.‎ Umumiy foydalaniladigan maydon 45 kv.m.;‎
2.‎ Joylashgan joyi viloyat shahri;‎
3.‎ Joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan aniq stavka 1 kvadrat metrga oyiga eng kam oylik ish haqining yarmi;‎
4.‎ Sotiladigan tovarlar (mebel) turidan kelib chiqqan holda stavkaning belgilangan miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent 1,5.
‎‎

T/r‎

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi‎‎

Summa‎‎

1.‎ Umumiy foydalaniladigan maydon‎ kv.metr‎ 45‎
2.‎ Bir kv. metrga oyiga joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan stavkaning aniq miqdori‎ Eng kam oylik ish haqi‎ 0.5‎
3.‎ Hisobot oyidagi eng kam ish haqi‎ so‘m‎ 4535‎
4.‎ Sotiladigan mahsulotning turiga qarab stavkaning belgilangan miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent‎ 1,5‎
5.‎ Belgilangan daromadidan olinadigan yagona soliq summasi (1 satr x 2 satr x 3 satr x 4 satr) ‎ so‘m‎ 153056,3‎


‎Shunday qilib, belgilang�n daromaddan olinadigan yagona soliq summasi quyidagiga teng bo‘ladi:

N=45 x 0,5 x 4535 x 1,5= 153056,3 so‘m‎

Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibiga
3-ILOVA
Yuridik shaxs shtampi‎‎ ‎‎
tuman (shahar) _______________________________________
‎____________________________ davlat soliq inspeksiyasiga ‎
soliq organining shtampi yoki qaydi‎
Soliq to‘lovchi _______________________________________ ‎ __________________________________________ da olindi‎

(yuridik shaxsning nomi)‎

(sana ) ‎

Hisob-kitob uchun mas’ul shaxs _________________________ ‎

(lavozimi, FIO)‎

‎‎STIR

‎‎XXTUT

Telefon‎‎ ____________________________________________
To‘lovchining manzili‎ _________________________________
Hisob-kitob raqami‎ ___________________________________

(bank muassasining nomi, kod)‎

‎‎_________________________________________________________________________________ ni belgilangan daromaddan

(yuridik shaxsning nomi)‎

olinadigan yagona soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risida ‎

ARIZA‎

Sizdan‎ _________________________________________________________________________________________________

‎(mikrofirma,

‎_______________________________________________________________________________________________________

kichik korxonaning nomi)‎

belgilangan daromaddan yagona soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishingizni iltimos qilamiz ‎
Korxona rahbari‎‎ ‎‎_________________________________ ‎‎_________________________________

(imzo)‎

(FIO)‎

Bosh buxgalter‎

‎_________________________________ ‎_________________________________

(imzo)‎

(FIO)‎

200__ yil “____” _______________________‎‎
M.O‘.‎
Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibiga
4-ILOVA
Yuridik shaxs shtampi‎‎ ‎‎
________________________________________ tuman (shahar)
‎ davlat soliq inspeksiyasiga‎

soliq organining shtampi yoki qaydi‎

Soliq to‘lovchi‎ _______________________________________ ____________________________________________ olindi‎

(yuridik shaxsning nomi)‎

(sana)‎

Hisob-kitob uchun mas’ul shaxs __________________________
‎____________________________________________________ ‎

(lavozimi,FIO)‎

‎‎STIR

‎‎XXTUT

Telefon‎‎ _____________________________________________
To‘lovchining manzili‎ __________________________________
Hisob-kitob raqami‎ ___________________________________

(bank muassasasining nomi, kod)‎

‎‎Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun
‎belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq

HISOB-KITOBI‎

Savdo shoxobchasi joylashgan joy‎‎

Umumiy foydalaniladigan maydon (kv.metrlarda)‎‎

Joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan yagona soliq stavkasining aniq miqdori (eng kam oylik ish haqi hisobida)‎‎‎

Eng kam oylik ish haqi miqdori (bir oyda)‎‎‎

Sotiladigan mahsulotning turiga qarab stavkaning belgilangan miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent‎‎‎

Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi (so‘m) (2-ustun X 3-ustunX 4-ustun X 5-ustun)‎‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

‎‎Chakana savdo sohasidagi faoliyatni amalga oshirishdan olinadigan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq 200__yil* _____________________________________________________________________ dan boshlab so‘mni tashkil etadi.

(yozuv bilan) ‎

Korxona rahbari‎‎

_________________________________

_________________________________

(imzo)‎

(FIO)‎

Bosh buxgalter‎

_________________________________ ‎

_________________________________‎

(imzo)‎

(FIO)‎

‎‎Ushbu hisob-kitob bo‘yicha soliq to‘lovchining shaxsiy raqamiga har oyda
‎_________________________________________________________________________________________ so‘m o‘tkaziladi.

Soliq inspektori‎

_________________________________ ‎ ‎_________________________________

(imzo)‎ ‎

(FIO)‎ ‎

*) Soliq hisoblanadigan sana ko‘rsatiladi.
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 12-iyuldagi 249-son qaroriga
2-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi chakana savdo sohasida belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq to‘lovchilar hisoblanadigan mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi.
2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar yalpi daromad solig‘i, mulk solig‘i, shuningdek yalpi daromaddan olinadigan yagona soliq to‘lash o‘rniga keyingi o‘rinlarda “yalpi tushumdan yagona soliq” deb ataladigan yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) yagona soliq to‘laydilar.
3. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lovchilar uchun:
bojxona to‘lovlari (tovarlarni import qilishda bojxona bojlari va yig‘imlari, aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i);
davlat bojlari;
savdo huquqi uchun yig‘im, shu jumladan tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya yig‘imlari;
davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar to‘lashning amaldagi tartibi saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 62-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 3-son, 22-modda)
5. Savdo korxonalari ularga Vazirlar Mahkamasi yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari qarorlariga binoan ularga ijaraga berilgan yer uchun ijara to‘lovidan ozod qilinadilar.
II. Soliq to‘lovchilar
6. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb ataladi) yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lovchilar hisoblanadi.
Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan korxona faoliyati kodi yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovchilarni aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi.
Agar korxonalar faoliyatning asosiy turi bilan bir qatorda savdo yoki umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullansa, ular ushbu faoliyat bo‘yicha alohida hisob yuritishga va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lashga majburdir.
III. Soliq solish obyekti va uni hisoblash tartibi
7. Korxonaning yalpi tushumi yalpi tushumdan yagona soliq olish obyekti hisoblanadi.
Yalpi tushum tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
tovarlar sotishdan (ishlar, xizmatlarni amalga oshirishdan) tushum summasi;
Oldingi tahrirga qarang.
sotilgan mol-mulk va boshqa aktivlar qiymati;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa daromadlar. Shu bilan birga, kurs bo‘yicha ijobiy va salbiy tafovut o‘rtasidagi saldo balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan olinadigan daromad hisoblanadi. Salbiy kurs tafovuti summasi ijobiy kurs tafovuti summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda, ortiq bo‘lgan summa yalpi tushumdan yagona soliqni hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
8. Soliq solish maqsadlari uchun yalpi tushumdan quyidagilar chegiriladi:
mahsulotni sotish bo‘yicha aylanmalar uchun hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi*;
* ulgurji savdo korxonalari uchun;
avtotransport vositalariga quyish uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gazdan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslardan olingan soliq summasi*;
* avtomobillarga yonilg‘i qo‘yish shoxobchalari uchun.
to‘lov manbaidan ular bo‘yicha soliq to‘langan dividendlar va foizlar tarzida olingan daromadlar;
davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlar tarzida olingan daromadlar.
Oldingi tahrirga qarang.
qaytariladigan garov idishi qiymati;
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
IV. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq stavkalari
9. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
faoliyat turiga (ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish);
korxonaning joylashgan joyiga (shahar, qishloq, uzoq va tog‘li tumanlar) qarab belgilanadigan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yalpi tushumdan yagona soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
V. Hisoblash tartibi va to‘lash muddatlari
10. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
N = V x S
bunda:
N — yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq summasi;
V — hisobot oyidagi yalpi tushum;
S — yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq stavkasi.
Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliqni hisoblashga misol ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 21-son, 167-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 21-son, 167-modda)
12. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq bo‘yicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq hisob-kitob to‘lovchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay taqdim etiladi.
13. To‘lovchilar yalpi tushumdan olinadigan yagona soliqni hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan muddatdan kechikmay to‘laydilar.
14. Budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi budjetga to‘lovlar (soliq turlari) bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisob raqami bo‘yicha yuritiladi.
Hisoblangan soliq summasi:
soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydadan foydalanishni hisobga olish hisob raqami debeti bo‘yicha;
budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga olish hisob raqami krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Budjetga o‘tkazilgan soliq summasi:
budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga olish hisob raqami debeti bo‘yicha:
pul mablag‘larini hisobga olish hisob raqami krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
VI. Yakuniy qoidalar
15. To‘lovchilar yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Yalpi tushumni (tovar aylanmasi hajmini) yashirish hollari aniqlangan taqdirda soliq to‘lovchidan tushumning yashirilgan jami summasi va ana shu summadagi jarima undiriladi.
16. Davlat soliq xizmati organlari:
yalpi tushumga yagona soliq solishning belgilangan qoidasiga rioya etilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
yalpi daromaddan olinadigan yagona soliqning budjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni ta’minlaydi, ushbu monitoring savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida yalpi tushum hajmining yagona soliq summasi budjetga to‘liq tushishiga muvofiqligi yuzasidan muntazam ravishda tanlab tekshiruvlar o‘tkazishni nazarda tutadi. Aniqlangan tafovutlar yalpi tushumni yashirish deb hisoblanadi va buning uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil30-dekabrdagi 455-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
Iyul oyi uchun yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq
HISOB-KITOBI

T/r‎

Ko‘rsatkichlar‎‎‎

O‘lchov birligi‎‎

1-variant

2-variant‎‎‎

1.‎ Bir oy (iyul)dagi haqiqiy olingan yalpi tushum‎ ming so‘m‎ 20800‎ 18200‎
2.‎ Soliqning belgilangan stavkasi‎ %‎ 5‎ 5‎
3.‎ Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq summasi (4-satr x 5-satr/100)‎ ming so‘m‎ 1040‎ 910‎
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 21-son, 167-modda)
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
Yuridik shaxs shtampi‎‎ ‎‎
_______________________________________tumani (shahri)‎
‎davlat soliq inspeksiyasiga

Soliq organining shtampi yoki belgisi‎

Soliq to‘lovchi‎ _______________________________________ ____________________________________________olindi‎

(yuridik shaxsning nomi)‎

(sana)‎

Hisob-kitob uchun mas’ul shaxs‎ __________________________

(lavozimi, F.I.O.)‎

STIR‎‎

XXTUT‎‎

Telefon‎‎ ____________________________________________
To‘lovchining manzili‎__________________________________
Hisob-kitob raqami‎ ___________________________________

(bank muassasasining nomi, kod)‎

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan olinadigan yagona soliq ‎‎

HISOB-KITOBI‎

200___ yil _________________ uchun‎

(hisobot oyi)‎

T/r‎ Ko‘rsatkichlar‎‎ Summasi‎‎
1.‎ Hisobot oyidagi yalpi tushum (tovar aylanmasi)‎
2.‎ Yalpi tushumdan chegirmalar**
3.‎ Soliq solinadigan tushum (1-satr — 2-satr)
4.‎ Yagona soliq stavkasi (foiz)‎
5.‎ To‘lanadigan yagona soliq summasi‎

Korxona rahbari‎‎

_________________________________‎ ‎‎_________________________________

(imzo)‎

(FIO)‎

Bosh buxgalter‎

‎_________________________________

_________________________________‎

(imzo)‎

(FIO)‎

Soliq inspektori‎

�_________________________________

_________________________________‎

(imzo)‎

(FIO)‎



‎M.O‘.‎

**) Hisob-kitobga yalpi tushumdan aniq chegirmalar ro‘yxati ilova qilinadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 21-son, 167-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 12-iyuldagi 249-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga o‘tgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 15-modda; 1999-y., 11-son, 64-modda; 2000-y., 8-son, 45-modda; 2001-y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibida:
a) I bo‘lim 2-bandining ikkinchi xatboshiga “soliq solishning alohida tartibi belgilangan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno” so‘zlari qo‘shilsin;
b) III bo‘lim 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xarid qiluvchi, ta’minot-sotish korxonalari uchun – yalpi daromad”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’mol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 31-oktabrdagi 433-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 61-modda) 1-bandining birinchi xatboshidagi “vositachilar sonidan qat’i nazar, ko‘pi bilan 25 foiz miqdorida belgilanadigan cheklangan savdo ustamasi qo‘llangan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qarorida:
a) 9-bandning uchinchi xatboshidagi “suyultirilgan” so‘zi chiqarib tashlansin;
b) 12-bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 4 va 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 7-ilova jadvalidagi “savdo (xarid qiluvchi, savdo-vositachilik, ulgurji-sotish, ta’minot) korxonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish” so‘zlari “xarid qiluvchi, ta’minot-sotish korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 10-ilova jadvalidagi 1—3 satrlar, shuningdek izohning 3-bandi chiqarib tashlansin;
e) 18-ilova jadvalidagi “transport vositalari uchun suyultirilgan gaz” so‘zlari “transport vositalari uchun gaz” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qaroriga 4-ilovada:
a) 1.1 va 1.2-bandlardagi “zargarlik buyumlari” pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
b) 1.3-banddagi “zargarlik buyumlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) izohga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Aralash savdo (oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan) pozitsiyasi bo‘yicha 1.1-bandda nazarda tutilgan bazaviy stavkalar va bazaviy stavkaga o‘zgartiruvchi koeffitsiyentlar ushbu bandda alohida ko‘rsatilmagan nooziq-ovqat tovarlari bilan turg‘un savdo shoxobchalari orqali chakana savdoga ham tatbiq etiladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 13-son, 108-modda; 24-son, 200-modda; 21-son, 167-modda; 2003-y., 3-son, 22-modda; 12-son, 92-modda; 13-son, 104-modda)