Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.07.2002
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARIGA SOLIQ SOLISh TARTIBI TO‘FRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-sonli “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadga solinadigan soliq bo‘yicha budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda:
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadga solinadigan soliq bo‘yicha budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibini soliq to‘lovchilarga yetkazsin;
bir oy muddatda normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 20-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. Vazirlar Mahkamasining “Savdo korxonalari va tashkilotlariga soliq solishdagi ayrim o‘zgarishlar to‘g‘risida” 1994-yil 16-martdagi 138-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 10-aprel,
153-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
10-apreldagi 153-son qaroriga
ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadga solinadigan soliq bo‘yicha budjet bilan hisob-kitob qilishi
TARTIBI
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadga solinadigan soliq bo‘yicha budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibini belgilab beradi.
2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromad (foyda) solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, ekologiya solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘lash o‘rniga (mulk solig‘idan tashqari) budjetga yalpi daromad solig‘i to‘laydilar.
Mazkur qoida yuqorida aytib o‘tilgan korxonalar tomonidan olinadigan barcha daromadlarga tatbiq etiladi, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlar bundan mustasno.
Agar savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari savdo faoliyati bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullansa, u holda ular alohida hisobni yuritishlari kerak hamda ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha qonun hujjatlari bilan korxonalarning mazkur toifasi uchun nazarda tutilgan soliqlar va yig‘imlarni to‘lovchilar hisoblanadi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari mulk solig‘i, boj to‘lovlari, davlat bojlari, litsenziya yig‘imlari, budjetdan tashqari fondlarga ajratmalarni umumiy belgilangan tartibda to‘laydilar.
Savdo korxonalari Vazirlar Mahkamasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan berilgan yer uchun ijara haqidan ozod qilinadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 339-sonli qaroriga muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Soliq to‘lovchilar
3. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar yalpi daromad solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi.
Davlat statistika organining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasida ko‘rsatilgan korxona faoliyati kodi yalpi daromad solig‘i to‘lovchini aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi.
4. 3-bandda ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar keyingi o‘rinlarda “korxonalar” deb ataladi.
Soliq solish obyekti va soliqni hisoblab chiqish tartibi
5. Korxonaning yalpi daromadi daromad solig‘i solish obyekti hisoblanadi. Yalpi daromad tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
sotilgan tovarlarning xarid va sotish qiymati o‘rtasidagi tafovut;
Oldingi tahrirga qarang.
Operatsiyalar o‘tkazish bilan bog‘liq daromadlar, tushumlar. Bunda savdo korxonalarining yalpi daromadida savdo maydonlari ijarasidan tushgan daromadlar ijara xarajatlari chiqarib tashlangan holda aks ettiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 339-sonli qarori tahririda)
moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar (saldo);
favqulodda daromadlar.
6. Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqishda 5-bandda nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqilgan yalpi daromad;
ssudalar va qarzlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobga olish stavkalari doirasida va undan ortiqcha foizlar to‘lash;
qimmatli qog‘ozlar chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar o‘rniga tiklanadi.
Soliq solinishi kerak bo‘lgan dividendlar va foizlar sifatida olinadigan daromadlar ular to‘lanadigan manbada yalpi daromaddan chiqarib tashlanadi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan to‘lanadigan dividendlar va foizlarga (bank krediti uchun foizlardan tashqari) umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi.
Yalpi daromad solig‘i stavkalari
7. Yalpi daromad solig‘i:
korxona faoliyati turiga (ulgurji savdo, chakana savdo, umumiy ovqatlanish);
korxona joylashgan joyga (shahar, qishloq, olis va tog‘li tumanlar);
yalpi daromadning tovar oborotiga nisbati sifatida aniqlanadigan korxonaning daromadlilik darajasiga bog‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.
Bunda asosiy stavkalar daromadlilikning belgilangan darajasiga muvofiq keluvchi yalpi daromadga nisbatan qo‘llaniladi.
8. Daromadlilik darajasini belgilashda soliq solish maqsadida:
“Mahsulot sotish”;
“Asosiy vositalarni sotish va boshqa shaklda hisobdan chiqarish”;
“Boshqa aktivlarni sotish”;
jarimalar, penyalar va olingan neustoykalar yuzasidan “Foyda va zararlar” schyotlari bo‘yicha kredit oborotlari tovar oboroti tarkibiga kiritiladi.
Konsignatsiya shartlarida, shuningdek vositachilik shartlarida tovarni sotuvchi hamda keyinchalik naqd pul mablag‘larini komitentlarga beruvchi korxonalar daromadlilik darajasini belgilashda soliq solish maqsadida tovarning sotilishi qiymatini tovar oborotiga kiritadilar.
9. Faoliyatning bir nechta turini (ulgurji savdo, chakana savdo, umumiy ovqatlanish) amalga oshiruvchi korxonalar faoliyatning tegishli turlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq to‘laydilar. Faoliyatning ayrim turlari bo‘yicha mustaqil hisobga olish mavjud bo‘lmagan taqdirda korxonalar ular tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlariga belgilangan eng yuqori stavkalar bo‘yicha soliq to‘laydilar.
Yalpi daromad solig‘ini hisoblab chiqish tartibi va to‘lash muddatlari
10. Yalpi daromad summasi yalpi daromad miqdoridan, daromad olish darajasidan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda soliq to‘lovchilar tomonidan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda savdo korxonalarining yalpi daromad solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash har oyda o‘sib boruvchi yakun bo‘yicha amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 339-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
11. Yalpi daromad solig‘i bo‘yicha hisob-kitob soliq to‘lovchilar tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay har oyda taqdim etiladi.
Yalpi daromad solig‘i hisob-kitobi shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarga yetkaziladi.
12. Soliq to‘lovchilar yalpi daromad solig‘ini hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay to‘laydilar.
13. Budjet bilan hisob-kitob qilishning buxgalteriya hisobi “Budjet bilan hisob-kitoblar” schyoti, “Yalpi daromad solig‘i” subschyoti bo‘yicha yuritiladi. Belgilangan tartibda hisoblab chiqilgan soliq “Budjet bilan hisob-kitoblar” schyoti krediti, “Hisoblangan soliqlar” schyotidagi “Yalpi daromad solig‘i” subschyoti bo‘yicha aks ettiriladi.
Soliq summasining o‘tkazilishi “Budjet bilan hisob-kitoblar” schyoti debeti, “Yalpi daromad solig‘i” subschyoti, “Hisob-kitob schyoti” schyoti krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Soliq to‘lovchilarning javobgarligi
14. Soliq to‘lovchilar soliqning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Davlat soliq xizmati organlarining nazorat qilishi
15. Soliqlar haqidagi qonunlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1998-y., 4-son, 14-modda)