O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me’yorlashtirish Bosh boshqarmasi (“Boshdavekosertifikat”)
Mahsulotlarni ekologik sertifikatlash qoidalari
1. Qo‘llanish sohasi
Mazkur standart, O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-sonli “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida”gi, 2002-yil 21-fevraldagi 62-sonli “O‘ta xavfli yuklarni va harbiy kontingentni O‘zbekiston Respublikasi Hududidan tranzit yo‘li bilan olib o‘tishni davlat nazorati va boshqaruvi to‘g‘risida”gi, 2004-yilning 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonini soddalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash, uni ishlab chiqarishda, transportda tashishda, saqlashda, utillashtirish va yo‘q qilishda Davlat Ekologik Sertifikatlashtirish Tizimi (DEST) va O‘zbekiston Respublikasining Milliy Sertifikatlashtirish Tizimi (MST) talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, Respublika hududiga olib kirilayotgan yoki hududidan olib chiqib ketilayotgan, hududdan tranzit usulida olib o‘tilayotgan mahsulotlarni ekologik sertifikatlashtirishga tayyorlash va ekologik sertifikatlashtirishning umumiy qoidalarini o‘rnatadi.
Mahsulotlarni majburiy ekologik sertifikatlashtirishning o‘ziga xosligini, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining alohida me’yoriy-huquqiy hujjatlarida rasmiylashtiriladi.
2. Me’yoriy havolalar
3. Asosiy qoidalar
3.1 Ekologik sertifikatlashtirish mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
3.2 Ekologik sertifikatlashtirishni tashkil qilish va o‘tkazish qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda akkreditlangan idoralar tomonidan amalga oshiriladi (matnda keyingi o‘rinlarda — ESI).
3.3 Mahsulotni ekologik sertifikatlashtirish chizmalari ushbu Qoidalarning ilovasida keltirilgan. Mahsulotni ekologik sertifikatlashtirishning tavsiyaviy chizmalari ushbu standartning A ilovasida keltirilgan. Har bir aniq holat uchun, buyurtmachining taklifini hisobga olgan holda, ESI sertifikatlashtirishning chizmasini, mahsulotni ishlab chiqarishning o‘ziga xos tomonlarini va ekologik xavfini, sinov usullarini, xo‘jalik faoliyatini yurituvchi obyektni atrof-muhitni muhofazasiga ta’sirini, shuningdek, mahsulotni qo‘llanishida, transportda tashishda, saqlashda, utillashtirish va yo‘q qilishda faraz qilingan (potensial) ekologik xavfini hisobga olib, tanlaydi.
3.4 Ekologik sertifikatlashtirishda, mahsulotni unga o‘rnatilgan me’yoriy hujjatlarda (keyingi o‘rinlarda — MH deb yuritiladi)gi talablarga muvofiqligini, ekologik sertifikatlashtirishga oid ko‘rsatkichlarini tasdiqlash amalga oshiriladi.
3.5 Mahsulotni ekologik sertifikatlashtirishda, shuningdek, me’yoriy-huquqiy va boshqa rasmiy MH larning mahsulotga qo‘yilgan majburiy talablariga ham rioya qilinishi kerak.
3.6 Mahsulotni ekologik sertifikatlashtirishda, tansiflagich guruhiga mansubligini, shu to‘pga mansubligini, mahsulotni kelib chiqishini, texnik hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, uni oddiy sharoitlarda qo‘llanishi, transportda tashish va saqlanishini identifikatsiyalash imkonini beruvchi tavsiflari (ko‘rsatkichlari), sinov usullari qo‘llaniladi va tekshiriladi.
3.7 O‘tkazilgan sinovlarni qaytarilmasligini oldini olish maqsadida, akkreditlangan sinov laboratoriyalari (keyingi o‘rinlarda — ASL) yoki akkreditlangan ekoanalitik laboratoriyalari (keyingi o‘rinlarda — AEAL) ulardan avval boshqa ASL va AEAL tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijalarini tan olishni amalga oshirishga majburdir.
3.8 Ekologik sertifikatlashtirish ishlarini haqini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan tartibda, ariza beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Ekologik sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi
4.1 Ekologik sertifikatalashtirish o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
a) ekologik sertifikatlashtirishga buyurtma berish (V ilovasi) va uni ko‘rib chiqish;
b) buyurtma qilingan mahsulotni MH ga va boshqa taqdim etilgan hujjatlarga mosligini tahlil qilish;
v) buyurtma bo‘yicha qaror qabul qilish;
g) sinovlar dasturini tayyorlash va tasdiqlash;
d) namunalar tanlab olish va ularni yetkazib berish, identifikatlash va ularni sinovlari;
e) namunalar sinovlarini ASL yoki AEAL da o‘tkazish;
j) mahsulot ishlab chiqarishni o‘rganish maqsadida tekshirish;
z) mahsulotni ekologik xavfsizlik talablariga deklaratsiyalash;
i) olingan tahlillar natijalari va ekologik sertifikatni berish imkoni yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror;
k) ekologik sertifikatlarni, ekologik sertifikat berish idorasida va DEST da Davlat reyestriga ro‘yxatga olish.
4.2 ESI quyidagi ma’lumotlarni tayyorlashi va ariza beruvchiga, uning talabiga ko‘ra, taqdim etishi kerak:
a) ekologik sertifikatlashtirilishi majburiy bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati yoki undan ko‘chirma;
b) ESI ning akkreditatsiya sohasi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirishni o‘tkazish qoidalari;
v) ekologik sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlarning narx (tarif)lari;
g) Qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda berilgan, ESI ning akkreditlash attestati.
4.3 Buyurtmachining yozma arizasiga binoan, ESI boshqa tarmoqlar sertifikatlashtirish tizimlarining (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va boshqalar) sertifikatlari va xulosalarini olish bo‘yicha agentlik xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega. Bunda namunalar tanlab olish, ularni tegishli idoralarga taqdim etish mas’uliyatini bu ishlarni bajargan ESI idorasiga yuklatiladi.
Mahsulot to‘pini ekologik sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
transportda tashilayotgan mahsulotning me’yoriy hujjat nusxasi yoki boshqa texnik tavsiflarni o‘z ichiga olgan hujjatlar (zarur bo‘lganda);
mahsulotni yetkazib berish uchun tuzilgan, o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kontraktning nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelgani to‘g‘risidagi belgisi bilan tovar-yo‘l hujjat (invoys, hisob-faktura, tovar-yo‘l hujjati)larining nusxasi;
sotishga rejalashtirilgan mahsulotning sotish muddatlari, to‘pdan foydalanish va iste’molchilar to‘g‘risidagi ma’lumot.
Tranzit yo‘li bilan mahsulotlarni olib o‘tilganida:
yo‘nalish marshruti bo‘yicha ma’lumot;
mahsulot tashuvchi transport-ekspeditor tashkilotining kafolat xati;
mahsulotning yo‘l-tovar hujjatlari va yetkazib berish kontraktining nusxalari (invoys, hisob-faktura, tovar-yo‘l hujjati).
Mahsulotni deklaratsiyalash jarayoni 2005-yil 6-apreldagi 1465-sonli Nizomga asosan amalga oshiriladi.
4.4 Respublika hududiga olib kelinayotgan, sertifikatlashtirilishi majburiy bo‘lgan mahsulot uchun MHlar mavjud bo‘lmagan hollarda, amaldagi qonunchilikka asosan, bunday mahsulotning ekologik certifikatlashtirishni, identifikatlash va o‘xshash bo‘lgan mahsulot turining ekologik xavfsizligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Buyurtmachi tomonidan kerakli me’yoriy hujjatlar yoki ekologik xavfsizligi bo‘yicha texnik tavsiflarni taqdim etmagan hollarda, murojaat qiluvchi ekologik sertifikatlashtirish o‘tkazishni inkor qiladi.
4.5 Buyurtma berilgan vaqtida, buyurtma berilgan mahsulot ESI ning akkreditlash sohasiga kiritilmagan bo‘lsa, berilgan buyurtma markaziy ekologik sertifikatlashtirish idorasida ko‘rib chiqiladi.
4.6 Buyurtma berilayotgan mahsulot uchun bir necha ESI mavjud bo‘lgan hollarda, buyurtmachi ularni ichidan o‘zi hoxlagan idoraga murojaat qilish huquqiga ega.
4.7 ESI ga buyurtma berilganidan keyin, uni ko‘rib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va ariza berilganiga 2 kundan kechiktirmay buyurtmachiga, ekologik sertifikatlashtirishning asosiy shartlari, shu jumladan ekologik sertifikatlashtirishning chizmasi, sertifikatlashtirishni o‘tkazishga asos bo‘luvchi, kerakli MHlar, sinovlar o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ASL yoki AEAL larni o‘z ichiga olgan qarorni ma’lum qiladi.
4.8 Qarorning tavsiyaviy shakli ushbu standartning S ilovasida keltirilgan.
4.9 Mahsulotni ekologik sertifikatlashtirish muddatlari, shu mahsulot va uning sinov usullari uchun amal qilayotgan MHlarda o‘rnatilgan muddatlarga mos kelishi, ammo bir oydan ortmasligi kerak.
4.10 Ekologik sertifikatlashtirishda, MHlarning majburiy talablarini tekshirish zaruriyatini, ESI, har bir holat uchun alohida, o‘zidagi mavjud bo‘lgan qo‘shimcha hujjat (ASL va AEALlarning sinov bayonnomalari, texnik hujjatlar, xavfsizlik ma’lumotlari va boshqalar) larni hisobga olgan holda belgilaydi. Agar qo‘shimcha ma’lumotlarda ASL va AEAL larda o‘tkazilgan sinovlarning muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalari mavjud bo‘lsa, ESI ekologik xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha sinovlarsiz, bu natijalarni qo‘llashi mumkin. Bunda o‘tkazilgan sinovlarning muddatlari hisobga olinadi.
4.11 Ko‘ngilli ekologik sertifikatlashtirishda, ESI bilan ariza beruvchi birgalikda ekologik sertifikatlashtirish tavsiflari ro‘yxatini va ularni aniqlash usullarini belgilaydi.
Agar sinovlar uchun buyurtmachi tanlab olgan ekologik sertifikatlashtirish tavsiflarining ro‘yxati, mahsulot MHsining talablaridan farq qilsa, unda buni buyurtma bo‘yicha qarorda ko‘rsatilishi kerak.
4.12 Ekologik sertifikatlashtirish sinovlari o‘rnatilgan tartibda akkreditlangan ASL va AEAL larda o‘tkaziladi.
4.13 Mahsulot namunasini tanlab olish va uni identifikatlashni ASL va AEAL lar tomonidan, joylarga chiqib, buyurtma berilgan kundan keyin ikki kun kechiktirmay amalga oshiriladi.
4.14 Ekologik sertifikatlashtirishi kerak bo‘lgan mahsulotni identifikatlash, namunalar miqdori, tanlab olish tartibi, saqlash qoidalari, har bir mahsulot uchun amal qilayotgan MHlarda, shuningdek uning sinov usullari uchun MHlarda o‘rnatiladi.
4.15 Ekologik sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulotni identifikatlash mahsulotni identifikatlash bo‘yicha yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi. Agar identifikatlash natijalari bo‘yicha, buyurtmachi taqdim etgan namunalar ekologik sertifikatlashtirishning tur namunalari bo‘lib chiqmasa, namunalar tanlab olinmaydi va buyurtmachiga, mahsulotni ekologik sertifikatlashtirilishga asosli rad javobi taqdim etiladi.
4.16 Bojxona nazoratida saqlanayotgan import tovarlaridan, ekologik sertifikatlashtirish uchun namunalar tanlab olish, bojxona idorasining ruxsati bilan, ESI va ASL (AEAL) vakillari bilan birgalikda, tovar egasi yoki uning vakili ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda, o‘rnatilgan tartibda, 3 nusxada namunalar tanlab olish dalolatnomasi tuziladi, bir nusxasi bojxona idorasiga, ikkinchi nusxasi ariza beruvchiga topshiriladi.
Shuningdek buyurtmachi ESI ga, O‘zbekiston Respublikasi akkreditlash tizimida akkreditlangan yoki tan olingan laboratoriyalarda o‘tkazilgan, mahsulotni ishlab chiqarishga qo‘yilishida, ishlab chiqishdagi sinov bayonnomalarini, sinov hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
4.17 Buyurtmachiga uning so‘roviga binoan, ASL yoki AEALlarda o‘tkazilayotgan sinovlar sharoitlari bilan tanishish imkoni berilishi kerak. Buyurtmachi o‘zining mahsulotining sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega, bunda kasb sirlariga rioya qilinishi choralari ta’minlanishi kerak.
4.18 Namunalarning sinovlari sifati va ishonchliligi, shuningdek, sinov bayonnomalarini saqlanishi uchun mas’uliyatni, bu sinovlarni o‘tkazgan ASL yoki AEALlarga yuklatiladi. Sinov bayonnomalari vakolatli sinovchi-mutaxassislar tomonidan imzolanadi va ASL yoki AEAL rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
4.19 Sinovlar bayonnomalari buyurtmachiga va ESIga taqdim etiladi. Agar har xil sinov laboratoriyalarida har xil ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovlar o‘tkazilgan bo‘lsa, bunda barcha kerakli bayonnomalar natijalari ijobiy bo‘lganida, ekologik xavfsizlik bo‘yicha talabga javob bergan hisoblanadi.
4.20 Sinovlar natijalari qoniqarsiz bo‘lsa yoki taqdim etilgan hujjatlar to‘plami to‘liq bo‘lmagan hollarda, ekologik sertifikat berishga, qonunchilikning muayyan me’yorlarini ko‘rsatilgan holda rad javobi to‘g‘risidagi xulosa beriladi.
4.21 Sinovlar davrida to‘liq buzilgan mahsulot bo‘yicha buyurtmachi yoki uning vakili ishtirokida ro‘yxatdan o‘chirish bo‘yicha dalolatnoma tuziladi. Sinovlarda qisman buzilgan yoki buzilmagan mahsulotni buyurtmachining hoxishiga ko‘ra, qaytarish hujjatiga uning imzosini qo‘ydirib qaytariladi.
4.22 Sertifikatlashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganish maqsadida tahlil qilish ESI ning hujjatlarida belgilanadi.
Tahlil natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, ekologik sertifikat berishda bu dalolatnoma qo‘llaniladi.
4.23 Tahlilni o‘tkazish muddatlari namunalar olingan kunidan boshlab 10 ish kundan ortmasligi kerak.
4.24 O‘tkazilgan tahlil to‘g‘risidagi ma’lumot auditorlik bayonnomasida ko‘rsatiladi. ESI buyurtmachi taqdim etgan, sinovlar bayonomasini, ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganish tahlili natijalarini ko‘rib chiqqanidan so‘ng, natijalar ijobiy bo‘lganida ekologik sertifikat beradi, nomuvofiqliklar aniqlanganida buyurtmachiga, yozma ravishda, qonunchilikning muayyan me’yorlarini ko‘rsatib, ekologik sertifikat berishni rad javobini beradi.
4.25 Ekologik sertifikat MESI o‘rnatgan shaklda davlat yoki rus tillarida rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan sertifikat ESI ning reyestiriga ro‘yxatga olinadi. Ekologik sertifikat, faqat ro‘yxatga olingan raqami mavjud holdagina haqiqiy hisoblanadi. Ekologik sertifikat buyurtmachiga 2-ishchi kuni davomida beriladi, ESI tomonidan ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganilganida esa, ishlab chiqarishni o‘rganish dalolatnomasini tayyorlanganidan va sinovlar natijalari olinganidan so‘ng, besh kun davomida beriladi.
4.26 Transportda tashiladigan mahsulot uchun ekologik sertifikat mahsulot to‘pini transportda tashish muddatlariga, yetkazib berish shartnomalarini hisobga olgan holda beriladi, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot uchun, mahsulotni bevosita atrof muhitga ko‘rsatadigan ta’siri darajasini, shuningdek ushbu mahsulot turini ishlab chiqarishni ekologik xavfi darajasini hisobga olib, bir yildan uch yilgacha muddatga beriladi.
4.27 Kelishmovchiliklarni hal qilish va ESI faoliyatini “O‘zstandart” agentligi tomonidan inspeksion nazoratni amalga oshirish maqsadlarida, ekologik sertifikatlashtirish hujjatlari (namunalar tanlab olish dalolatnomalari, ishlab chiqarishni baholash va tahlil qilish dalolatnomalari, sinovlar bayonnomalarining nusxalari) ekologik sertifikatning amal qilish muddatigacha, ammo bir yildan kam bo‘lmagan vaqt saqlanishi kerak. Hujjatlarni saqlash qoidalari va muddatlarini ESI ning va sinov laboratoriyasining protsedura hujjatlarida ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan hujjatlarning amal qilish muddatlari tugaganidan so‘ng ularni arxivga topshiriladi yoki yo‘q qilinadi.
4.28 Ekologik sertifikatlashtirilgan mahsulotni ishlab chiqaruvchi tomonidan sotilishida, ekologik sertifikatini nusxasi, uni bergan idoraning muhri bilan tasdiqlangan holda boshqa hujjatlar bilan birga taqdim etilishi mumkin. Ekologik sertifikatni asl nusxasini ushlab turuvchi tomonidan berilayotgan ekologik sertifikatning nusxalari mahsulot uchun beriladigan yo‘l hujjatlariga muvofiq ro‘yxatga olib boriladi. Har bir nusxada uning ro‘yxatga olingan raqami va sotilayotgan mahsulotning miqdori ko‘rsatiladi.
4.29 Ekologik sertifikat amal qilayotgan davrda ishlab chiqarilgan mahsulot ekologik xavfsiz (toza) hisoblanadi va qayta ekologik sertifikatlanmaydi. Mahsulotning foydalanish va yo‘l hujjatlaridagi ishlab chiqarilgan vaqti ekologik sertifikatining tasdig‘i bo‘lib xizmat qiladi.
4.30 Buyurtmachi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotiga, ekologik sertifikatining amal qilish muddati tugashiga bir oy qolganidan kechiktirmay, qayta ekologik sertifikatlashtirishga ESI ga ariza berish huquqiga ega. Bunda ESI inspeksion nazorat natijalarini hisobga olgan holda sertifikatlashtirishni chizmasini o‘zgartirishi mumkin.
4.31 Ekologik sertifikatlashtirishda tasdiqlanadigan, mahsulotning ekologik xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, mahsulot tarkibiga kiritiladigan o‘zgartirishlar, ishlab chiqarish texnologiyasidagi o‘zgarishlar, utillashtirish ishlarini rejalashtirilganida, tayyorlovchi ESI ni bular haqida ogohlantiradi, ESI ularni hisobga olgan holda aniqlik kiritish chora-tadbirlari o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
4.32 Seriyali ishlab chiqarishga ekologik sertifikatni bergan ESI, bir yilda bir martadan kam bo‘lmagan vaqtda, mahsulotni sertifikatlashtirish tavsiflarini tasdiqlash maqsadida, inspeksion nazorat o‘tkazadi. Inspeksion nazorat o‘tkazishda, ekologik sertifikatlashtirishning chizmasiga bog‘liq ravishda, mahsulotni ekologik xavfsizligiga sinovlar o‘tkaziladi yoki ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganiladi.
4.33 Inspeksion nazorat natijalari bo‘yicha ekologik sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilishini, to‘xtatishni yoki bekor qilishni tasdiqlash mumkin.
4.34 Ekologik sertifikatlashtirilgan mahsulotni inspeksion nazoratini o‘tkazish tartibi, hajmi inspeksion nazoratni o‘tkazish qoidalarida belgilanadi.
4.35 ESI, tayyorlovchi va Markaziy ekologik sertifikatlashtirish idorasini ekologik sertifikatning amal qilishini to‘xtatish yoki yo‘q qilingani to‘g‘risida ma’lumot berishi zarur.
5. Sertifikatlashtirish chizmalarini qo‘llash
5.1 № 1 chizma - keltirilayotgan mahsulot to‘plarini ekologik sertifikatlashtirishda qo‘llanilib, ekologik xavfsizlik talablari, atrof muhitni muhofazasi bo‘yicha ASL yoki AEALlarda sinovlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Bu chizmada, sertifikatlash tavsiflarini tasdiqlash, uzoq muddatli saqlash shartlariga, shuningdek, mahsulot solingan idishlar (o‘rab joylash) bilan munosabat qismlarini ko‘zda tutadi.
5.2 № 2 chizma - olib chiqib ketilayotgan mahsulot to‘plarini ekologik sertifikatlashtirishda qo‘llanilib, ekologik xavfsizlik talablari, atrof-muhitni muhofazasi bo‘yicha, MH larda o‘rnatilgan sinovlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
5.3 № 3 chizma - ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ekologik sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi. Mahsulotni ekologik xavfsizlik talablarini va atrof-muhitni muhofazasi talablarini tasdiqlash maqsadida, sinovlar o‘tkazishni, shuningdek ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganish tahlillarini ko‘zda tutadi. Bu chizma, korxonada, mahsulot hayotiy siklini baholash va sertifikatlashtirish tavsiflarini tasdiqlash maqsadida inspeksion nazorat o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
5.4 № 4 chizma - ekologik xavfli mahsulotni tranzit usulida olib o‘tilganida qo‘llaniladi.
5.5 № 5 chizma - mahsulotni ekologik sertifikatlashtirishda qo‘llanlab, uni ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofazasi talablariga deklaratsiyalashni ko‘zda tutadi.
6. Ma’lumotlar berish
6.1 ESI berilgan, yo‘q qilingan, amal qilish muddatlari to‘xtatilgan ekologik sertifikatlarni, shuningdek ekologik sertifikat berishni rad etilgan hollar hisobini olib boradi, o‘rnatilgan tartibda, ular to‘g‘risida va ekologik sertifikatlashtirish faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ekologik sertifikatlashtirishning Markaziy idorasiga jo‘natiladi.
6.2 Ekologik Sertifikatlashtirishning Markaziy Idorasi (ESMI) faoliyat ko‘rsatayotgan ASL (AEAL)lar to‘g‘risida ma’lumotni nashr qiladi.
6.3 ESMI mahsulotni ekologik sertifikatlashtirish natijalarini, quyidagilarni o‘z ichiga olgan ma’lumotnomani nashr qiladi:
ekologik sertifikatlarni ushlab turuvchilarning ro‘yxati;
ESI lar, ASL yoki AEAL va ekspert-auditor-ekologlarning ro‘yxati;
yo‘q qilingan va amal qilish muddati to‘xtatilgan ekologik sertifikatlar ro‘yxati.
7. Xorijiy ekologik sertifikatlarni tan olish
7.1 Ekologik sertifikatlashtirish ishlarini tan olishni, ekologik sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni, davlatlararo kengashda (MGS), o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganidan so‘ng amalga oshiriladi.
7.2 Xalqaro tizimlar va kelishuvlar doirasida tan olinadigan ekologik sertifikatlarni tan olish, ushbu xalqaro tizimlar va kelishuvlarda o‘rnatilgan qoidalar asosida, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos ravishda amalga oshiriladi.
Mahsulot uchun ekologik sertifikat, agar MHlardagi mahsulotning ekologik xavfsizligiga qo‘yilgan talablari, O‘zbekiston Respublikasining MHlarida ko‘rsatilgan ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofazasi bo‘yicha talablariga mos kelganida tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasi MH larida ekologik sertifikatlashtirish uchun, zaruriy qo‘shimcha talablar bo‘lganida yoki kontraktda bu haqida aytilgan bo‘lsa, mahsulotni ushbu qo‘shimcha talablarga mos kelishini sinovlari o‘tkazilishi kerak.
7.3 Ekologik sertifikatni tan olinishi uchun buyurtmachi ESI ga buyurtma yuboradi. Buyurtmaning tavsiyaviy shakli ushbu standartning D ilovasida keltirilgan.
Buyurtmaga, ekologik sertifikatning ekologik sertifikatni bergan idoraning muhri bilan tasdiqlangan, asli va nusxasi, shuningdek, ushbu standartning 3.4 bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinishi kerak. Buyurtmachi qo‘shimcha tariqasida, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan MH larning qo‘shimcha talablariga mos kelishini tekshirilgan sinov bayonnomalarini taqdim etishi mumkin.
7.4 Olingan hujjatlar va materiallar asosida ESI ekologik sertifikatni tan olish (tan olmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
ESI tan olish jarayonida, mahsulotni, buyurtmada ko‘rsatilganiga identifikatlashtiradi (bir xilligini tekshiradi).
7.5 Eksport qilgan davlatning ekologik sertifikatlashtirish idorasi tomonidan berilgan ekologik sertifikatini tan olish, uni o‘rnatilgan namunaga binoan qayta rasmiylashtirish va davlat reyestriga kirgazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
8. Appelatsiyalarni ko‘rib chiqish
8.1 Ekologik sertifikatlashtirish natijalaridan norozi taraf, ESIga, Markaziy ekologik sertifikatlashtirish idorasiga, “O‘zstandart” agentligining Appelatsiya kengashiga va bevosita sudga appelatsiya bilan murojaat qilish huquqiga ega.
8.2 Apellatsiyalar O‘z MST ning protseduralarida o‘rnatilgan tartibga asosan, ikki hafta davomida ko‘rib chiqiladi.
8.3 “O‘zstandart” Agentligining Appelatsion kengashining qarori qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda sudda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
A ILOVA
(tavsiyaviy)
Ekologik xavfsizlik talablarini tasdiqlash chizmalari
Chizma
‎№ ‎
Ekologik sertifikatlashtirish obyekti‎ O‘tkazish tartibi‎ Inspeksion nazorat‎
1.‎ To‘plarni olib kirish‎ Iste’molchidan olingan namunalarni sinovlari‎ O‘tkazilmaydi‎
2.‎ To‘plarni olib chiqish‎ Tayyorlovchidan olingan namunalarni sinovlari‎ O‘tkazilmaydi‎
3.‎ Ishlab chiqarish (murojaat)‎ Tayyorlovchidan olingan namunalarni sinovlari. Ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganish tahlili‎ O‘tkaziladi‎
4.‎ Tranzit‎ Tashqi ko‘rinishini tekshirish‎ O‘tkazilmaydi‎
5.‎ Deklaratsiyani taqdim etilayotgan hujjatlar bilan mos kelishini ko‘rib chiqish‎ Takdim etilayotgan hujjatlar bilan solishtirish‎ O‘tkazilmaydi‎
V ILOVA
(majburiy)

_______________________________________
(ekologik sertifikatlashtirish idorasining nomi)

_________________________________________________
‎‎‎(ekologik sertifikatlashtirish idorasining manzili)‎‎


‎‎‎BUYuRTMA
‎ekologik sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha

‎‎__________________________________________________________________

‎‎‎buyurtmachining nomi (tayyorlovchi korxona, yetkazib beruvchi yoki individual tadbirkorning F.I.Sh.)

‎‎__________________________________________________________________

‎(buyurtmachi manzili, aloqa telefoni)

__________________________________________________________________
‎tomonidan_________________________________________________________

‎‎‎(rahbar F.I.Sh.)

�‎quyidagilarga buyurtma ______________________________________________
‎‎‎‎‎‎‎(mahsulot nomi, TIFTN kodi, seriyali ishlab chiqariladi, olib kiradi, olib chiqadi‎‎

__________________________________________________________________

‎‎‎tranzit, miqdori (to‘pga, tranzit)‎‎

‎‎bo‘yicha chiqariladi _________________________________________________

‎‎‎(me’yoriy hujjat nomi)

‎‎‎‎talablariga mos keladi______________________________________________

‎(me’yoriy hujjatlar raqami va nomi)

__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

‎‎va mahsulotni hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga mos kelishiga ekologik sertifikatlashtirishni chizmasi bo‘yicha o‘tkazishingizni so‘raydi_____________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎(sertifikatlashtirish chizmasi raqami)

‎‎Qo‘shimcha ma’lumotlar ______________________________________________
‎‎‎‎(boshqa hujjatlar ko‘rsatiladi (inventarizatsiyalash, PDV va boshqalar))
‎‎__________________________________________________________________
Buyurtmachi‎‎

‎‎____________
‎(shaxsiy imzo)‎

‎‎____________
‎(F.I.Sh.)‎

‎‎“‎___” ______________20___y
S ILOVA
(majburiy)
__________________________

‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎‎(Ekologik sertifikatlashtirish idorasi nomi)

‎‎Ekologik sertifikatlashtirish idorasi rahbari

‎‎__________________________

‎‎(ESI manzili)

‎‎“___” _____________ 20___y. ‎‎____________ ‎‎___________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)

M.O‘.‎

‎‎QAROR
‎Ekologik sertifikatlashtirish buyurtmasi bo‘yicha

‎‎№______ “_____” ____________20___yildan

‎‎Buyurtmani qo‘rib chiqib_____________________________________________

‎‎(tayyorlovchi korxona, yetkazib beruvchi nomi)

ekologik sertifikatlashtirish _______________________________________

(‎‎mahsulot nomi, TIF TN kodi, to‘p o‘lchami)

__________________________________________________________________‎‎
‎‎quyidagilarni ma’lum qilamiz:
‎‎1. Ekologik sertifikatlashtirish chizma bo‘yicha o‘tkaziladi_______________
‎‎__________________________________________________________________

‎‎(sertifikatlashtirish chizmasi raqami)

‎‎2. Ekologik sertifikatlashtirish uchun sinovlarni______________________
____________________________________________________da o‘tkazish kerak

‎‎(akkreditlangan sinov laboratoriyasining yoki akkreditlangan ekoanalitik laboratoriyaning nomi, manzili)

‎‎3. Ekologik sertifikatlashtirish_____________________________________
________________________________________talablari asosida o‘tkaziladi

‎‎(me’yoriy hujjatlar belgisi va nomi)

4. Ishlarni to‘lov shakli_____________________________________________

(xo‘jalik shartnomasi, tarif, to‘lovning boshqa turi)‎‎

‎‎‎‎__________________________________________________________________

‎‎5. Ekologik sertifikatlashtirish maqsadlarida quyidagilari taqdim etilishi kerak______________________________________________________

‎‎(kerakli hujjatlar sanab o‘tilsin)

D ILOVA
(majburiy)
‎‎_______________________________________

‎‎(ekologik sertifikatlashtirish idorasi)

‎‎_______________________________________

‎‎(ESI manzili)


‎‎‎BUYuRTMA
xorijiy ‎ekologik sertifikatni tan olish to‘g‘risida

_______‎‎__________________________________________________ga ekologik

‎‎(ekologik xavfli mahsulot nomi, turi, modeli, rusumi, to‘p o‘lchami)

‎‎sertifikatini tan olish bo‘yicha murojaat qilmoqdamiz
_____________________________________________________‎‎da tayyorlangan

‎‎‎(tayyorlovchi korxona nomi, manzili, mamlakat)

________________________________________________________da sinalgan

‎‎(sinov laboratoriyasining nomi, manzili)

______________________________________________‎‎talablariga mosligini
__________________________________________________________________

‎‎(ekologik sertifikat muvofiqligiga o‘tkazilgan hujjat nomi, belgisi)

‎‎Ekologik sertifikat ________________________________________________

‎‎(ekologik sertifikatni bergan

_________________________________________________‎‎tomonidan berilgan

‎‎idora)

_____________ qoidalar bo‘yicha ______________________________________

‎‎‎��(manzil)‎‎

‎‎‎‎(sertifikatlash tizimi nomi yoki kelishuv soni)

‎‎dan _______________ ‎‎‎‎gacha _________________ muddatga
‎‎Qo‘shimcha ma’lumotlar ______________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎Buyurtmaga quyidagilarni ilova
‎‎‎qilmoqdamiz: ______________________________________________________

‎‎(hujjat va materiallar ro‘yxati)

‎‎Buyurtmachining nomi va manzili _____________________________________
‎‎Buyurtmachi telefoni/faksi __________________________________________
‎‎Shaharlararo telefon aloqasi ________________________________________
‎‎F. I. Sh., buyurtmachi vakilining F.I.Sh., vazifasi va telefoni___________
‎‎‎__________________________________________________________________

‎‎___________________

‎‎“____” ____________ 20___y.

(shaxsiy imzo)

E ILOVA
(majburiy)
‎‎_______________________________________

‎‎(ekologik sertifikatlashtirish idorasi nomi)

‎‎_______________________________________

‎‎(ESI manzili)

‎‎DALOLATNOMA
‎mahsulotni solishtirib ko‘rish (identifikatlash) to‘g‘risida

��‎1. Mahsulot nomi___________________________________________________‎
‎‎2. Buyurtmachining nomi, uning yuridik manzili
__________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎3. Mahsulotning kelib chiqishi_______________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎4. To‘p o‘lchami ______________________________________________________
5. Xavflilik sinfi ________________________________________________
‎‎6. TIF TN kodi ____________________________________________________

‎‎7. Mahsulotni ekologik xavfsizlik tavsiflariga muvofiqlik ko‘rsatkichlarini atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga tahlili __________________________________________________________________

‎‎__________________________________________________________________

‎‎me’yoriy hujjatlar nomi

‎‎
‎‎XULOSALAR:

‎‎Taqdim etilgan mahsulot namuna va tamg‘alanishiga solishtirib ko‘rildi (identifikatsiyalandi) (identifikatsiyalanishi mumkin emas)_____________

‎‎__________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎Ekologik sertifikatlashtirish idorasi vakili ‎

‎‎____________

‎‎________________

‎‎imzo

‎‎F.I.Sh.

M.O‘.‎

9. Bibliografik ma’lumotlar

‎‎O‘zgartirishlarni qayd qilish
‎varag‘i (Majburiy)


‎‎‎O‘zgartirishlarni qayd qilish varag‘i

Nashri‎ Redaksiya‎ O‘zgartirish kiritilgan varaqlar‎ Kiritilgan o‘zgartirishlar mazmuni‎ Sanasi‎
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Boshdavekosertifikat” boshlig‘i‎ ‎ Karimov N.M.‎
‎ANIDI boshlig‘i‎ ‎ ‎Mirraximov M.M.‎
‎ANIDI, ekologik standartlashtirish va metrologiya bo‘lim boshlig‘i‎ ‎ ‎Nabiyeva M.S.‎
‎ANIDI, normakontroli‎ ‎ ‎Bekmirzayeva K.M.‎
‎KELIShILGAN:‎
‎O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Rais o‘rinbosari‎ ‎ ‎Sadikov K.F.‎
‎O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va uni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i‎ ‎ ‎Mamatqulov R.I.‎
‎O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ekologik-huquq bo‘limi boshlig‘i‎ ‎ ‎Tillyayev T.S.‎