O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2850]
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-noyabr,
88-son
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrug‘iga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Yagona g‘azna hisobvarag‘ini (bundan buyon matnda YG‘H deb yuritiladi) qo‘llash orqali O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari (bundan buyon matnda budjet tizimi budjetlari deb yuritiladi), shuningdek boshqa maqsadli jamg‘armalar (bundan buyon matnda BMJ deb yuritiladi) budjetlarining maxfiy xususiyatga ega bo‘lmagan daromad va xarajatlarining g‘azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
BMJ — mablag‘lari qonunchilikda nazarda tutilgan manbalar hisobidan shakllantiriladigan, muayyan sohalarni moliyalashtirish uchun qonunchilik hujjatlari bilan tashkil etiladigan, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga kirmaydigan jamg‘armalar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
BMJ budjetidan mablag‘lar oluvchi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq BMJ budjetidan mablag‘lar oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
BMJ taqsimlovchi organ — qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet va boshqa vakolatlarni amalga oshiruvchi BMJni boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan organ;
(1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli shaxs — g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining tarkibiy bo‘linmasi, budjet tashkiloti, budjet mablag‘lari oluvchi, BMJ budjetidan mablag‘ oluvchi va taqsimlovchi organ rahbari yoki uni o‘rnini bosuvchi, tegishli rahbarlik vazifalari va funksiyalarini bajarish yuklatilgan shaxs;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
davlat xaridlari — budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamg‘armalarini (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) taqsimlovchi organ — qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet va boshqa vakolatlarni amalga oshiruvchi DMJ boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan organ;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
kapital qo‘yilma buyurtmachisi — budjet tashkiloti, budjet mablag‘lari oluvchi, DMJ va BMJ budjetlaridan mablag‘ oluvchi va taqsimlovchi organning yagona buyurtmachi xizmati;
mas’ul xodim — zimmasiga tegishli xizmat vazifalari va funksiyalarni bajarish yuklatilgan xodim;
moliyaviy majburiyatlar — budjet tashkilotlarida va budjet mablag‘lari oluvchilarda, shuningdek BMJ budjetidan mablag‘ oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
buyurtmachi — budjet tashkiloti, budjet mablag‘lari oluvchi va BMJ budjetidan mablag‘ oluvchi;
yuridik majburiyatlar — tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlari asosida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar, shuningdek BMJ budjetidan mablag‘ oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘RIMV” AT — tegishli budjetlarning budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi;
(1-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
G‘aznachilik amaliyot kuni — yagona g‘azna hisobvarag‘iga budjet tizimi budjetlarining daromadlarini qabul qilish va undan xarajatlarni to‘lab berish amaliyotlari amalga oshiriladigan vaqt;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘iga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g‘aznachilik xizmati bo‘linmasi (bo‘linmalari) — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (bundan buyon matnda Iqtisodiyot va moliya vazirligi deb yuritiladi) huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi (bundan buyon matnda G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi deb yuritiladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar G‘aznachilik xizmati boshqarmalari hamda tuman (shahar) G‘aznachilik xizmati bo‘limlari;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“UzASBO” DM — budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy majmua;
(1-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“UzASBO-Faktura” elektron tizimi — buyurtmachilarning elektron hisob-fakturalar hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan elektron tizim.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Qoidalarning amal qilishi budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlarining g‘azna ijrosi jarayonida ishtirok etuvchi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va hududiy iqtisodiyot va moliya organlari, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari va buyurtmachilarga tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan yuridik majburiyatlar, shuningdek ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng kuchga kiradi. Bunda yuridik majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun joriy moliya yilining 25-dekabridan kechiktirmay taqdim qilinadi, mazkur Qoidalarning 85-bandida nazarda tutilgan yuridik majburiyatlar bundan mustasno.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
4. Buyurtmachilarning I va II guruh bo‘yicha xarajatlar to‘lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to‘lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari). Tegishli budjetda I va II guruh xarajatlari to‘lovi uchun zarur mablag‘larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo‘lganda, I va II guruh xarajatlarini to‘liq amalga oshirgan tashkilotlar bo‘yicha III va IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
5. IV guruh bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
oziq-ovqat va dori-darmon;
kommunal xizmatlar;
yonilg‘i va yoqilg‘i-moylash materiallari;
boshqa xarajatlar.
Bunda IV guruh hisobidan amalga oshiriladigan quyidagi xarajatlar I guruh to‘lovlarga tenglashtiriladi va I guruh xarajatlariga belgilangan muddatlarda to‘lanishi mumkin:
pul shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;
yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nafaqalar;
natura shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;
yolg‘iz qariyalar uchun oziq-ovqat sotib olish xarajatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘iga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari asosida to‘lovlarni amalga oshiradi.
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini “UzASBO” DMda shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan elektron to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari qog‘oz shaklida rasmiylashtirilmaydi. To‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarining elektron shaklda rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Xarajatlarni to‘lashga to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga to‘lov amalga oshiriladigan sanadan kechi bilan bir ish kuni oldin taqdim etiladi. Buyurtmachilar elektron to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga “UzASBO” DM orqali to‘lovni amalga oshirish kunida yuborishi mumkin.
Bunda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari o‘ttiz kun muddatgacha amal qiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Buyurtmachilar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalaridan tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar va ularga ilovalarni oladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar ko‘chirmalarni elektron hujjat ko‘rinishida “UzASBO” DMdan oladi va elektron tarzda taqdim qilingan ko‘chirmalar buyurtmachilarga qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. YAG‘H bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtirish g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan ularning bank hisobvaraqlariga mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmasi tomonidan taqdim qilinadigan Budjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomaga asosan YAG‘Hdan amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. YG‘H orqali xizmat ko‘rsatiladigan buyurtmachilar moliyaviy hisobotlarni yuqori turuvchi tashkilotlarga, budjet mablag‘lari taqsimlovchilariga va hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim qilishdan oldin moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlarini tegishli hisobot davrida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlariga muvofiqligini ularga xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari bilan solishtiradi. Buyurtmachilarning hisobotlari to‘g‘ri bo‘lganda ular belgilangan shakldagi shtamp qo‘yilgan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining budjet hisobi bo‘yicha vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi.
Bunda “UzASBO” DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan elektron moliyaviy hisobotlarining qog‘oz ko‘rinishdagi asli g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining shtampi va imzosi bilan tasdiqlanmaydi. Elektron moliyaviy hisobotlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
12. Buyurtmachi rahbarining buyrug‘i bilan g‘aznachilik bo‘linmasi bilan ishlash uchun buyurtmachining mazkur Qoidalar talablari bilan tanishtirilgan mas’ul xodimlari belgilanadi. Buyurtmachining ushbu buyrug‘ining nusxasi tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga buyurtmachining kuzatuv xati bilan taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Budjet tashkilotlari tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishi, ssuda va kreditlar olinishi, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga lizing shartnomalarini tuzish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
131. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari orqali to‘lovlar G‘aznachilik amaliyot kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlariga asosan G‘aznachilik amaliyot kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan faqat daromadlarning g‘azna ijrosi yoki faqat xarajatlarning g‘azna ijrosi uchun belgilanishi mumkin.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
2-bob. YAG‘H va boshqa g‘azna hisobvaraqlari
Oldingi tahrirga qarang.
14. YAG‘H O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i hisoblanadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda o‘zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi), DMJ va BMJ budjetlariga to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlar YAG‘Hga kirim qilinadi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq mos ravishda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlari, DMJ va BMJ budjetlari daromadlarida aks ettiriladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari YAG‘Hga kirim qilinadi va mazkur tashkilotlarga tushumlar sifatida aks ettiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Budjet tizimi va BMJ budjetlari xarajatlari YAG‘H yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligining (g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining) boshqa bank hisobvaraqlaridan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda hamda:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari;
DMJ va BMJ budjetlari;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi.
17. Debitor qarzdorlik summalari, shuningdek deponentlangan mablag‘lar YAG‘Hga:
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarining budjet mablag‘lari bo‘yicha — joriy moliya yilida hamda moliya yiliga qo‘shimcha davr mobaynida;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — joriy moliya yilida tegishli kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning budjet mablag‘lari bo‘yicha debitor qarzdorliklari summalarini kirim qilish uchun “O‘RIMV” ATda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha (4004 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
19. Buyurtmachilarning joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning debitor qarzdorlik summalari YAG‘Hga kirim qilinadi va:
budjet mablag‘lari bo‘yicha — budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning o‘tgan yillarning debitorlik qarzdorligini hisobga olish bo‘yicha budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida ushbu summalarni keyinchalik tegishli budjetlarning joriy moliya yili daromadiga o‘tkazish bilan;
DMJ va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — DMJ va BMJ budjetlarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha — budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida hisobga olinadi.
20. Joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning budjet mablag‘lari bo‘yicha debitor qarzdorliklari summalari budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tegishli budjet daromadiga o‘tkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Debitor qarzdorliklar summalari qoldiqlari o‘z vaqtida yoki hisobot oyi tugaguniga qadar o‘tkazilmagan hollarda mablag‘lar joriy oyning oxirgi ish kunida “O‘RIMV” ATda avtomatlashtirilgan tarzda tegishli budjetlar daromadlariga o‘tkaziladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Budjet tashkilotlarning tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarini sotishdan, shuningdek inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari bo‘yicha tushgan mablag‘lar YAG‘Hga kirim qilinadi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida keyinchalik budjet tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta taqsimlash orqali hisobga olinadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
22. DMJ yoki BMJ budjetlaridan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning debitor qarzdorlik summalari, shuningdek tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari bo‘yicha tushgan mablag‘lari YAG‘Hga kirim qilinadi va tegishli DMJ va BMJ budjetlarida joriy moliya yilining daromadi sifatida hisobga olinadi.
Bunda DMJ yoki BMJ budjetlaridan mablag‘ oluvchilarning budjet mablag‘lari hisobidan sotib olingan tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar tegishli budjetlar daromadiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Naqd pul mablag‘larini olish uchun, shu jumladan buyurtmachilarning xodimlariga ish haqi to‘lash, shuningdek xizmat safari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi to‘lovlar uchun g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan tijorat banklarida mos ravishda 23212 “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi mablag‘lari” va 23214 “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlari ochiladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining 23212 “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi mablag‘lari” va 23214 “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar ularga ilovalar bilan xizmat ko‘rsatuvchi banklardan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan mazkur hisobvaraqlarda mablag‘lar harakatining keyingi ish kunida olinadi. Ko‘chirmalar va ularga ilovalar tegishli banklar tomonidan elektron hujjat ko‘rinishida — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot tizimi (tijorat banklari) va “O‘RIMV” AT ma’lumotlar bazalari o‘rtasida ma’lumot almashish yo‘li bilan taqdim qilinishi mumkin.
Bunda elektron tarzda taqdim qilingan ko‘chirmalar va ularga ilovalar qog‘oz ko‘rinishida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilmaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Budjet tizimi budjetlari, shuningdek BMJ budjetlari daromadlariga kirim qilish uchun asos bo‘lmagan YAG‘Hga kelib tushgan mablag‘lar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan aniqlanmagan tushumlar sifatida qabul qilinadi. Agar uch ish kuni mobaynida ushbu tushumlarni aniqlash hamda ularni tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kirim qilish imkoni bo‘lmasa, uchinchi ish kunida, biroq joriy yilning 31-dekabridan kechiktirmasdan Yagona g‘azna hisobvarag‘idan to‘lanishi (qaytarilishi) lozim bo‘lgan aniqlanmagan tushumlar “O‘RIMV” ATda avtomatlashtirilgan tarzda mablag‘lar qaysi bank hisob raqamlaridan kelib tushgan bo‘lsa shu bank hisob raqamlariga qaytariladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. YAG‘Hdan to‘lovlarni o‘tkazish uchun “Bank-G‘aznachilik” dasturiy majmuasi orqali yuborilgan to‘lov topshiriqnomalarining asli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilmaydi va g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida saqlanadi, bundan “UzASBO” DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan elektron to‘lov topshiriqnomalari mustasno.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. “O‘RIMV” ATda daromadlar va xarajatlar yoyilmasini shakllantirish va ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va kelgusida ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Daromadlar prognozlari, tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, DMJ va BMJ budjetlari hisobini yuritish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari va tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan “O‘RIMV” ATda quyidagilar shakllantiriladi:
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
tegishli budjetlar tasdiqlanguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida vaqtinchalik xarajatlar yoyilmalari;
budjetlar tasdiqlanganidan so‘ng — oylar kesimida daromadlar va xarajatlarning yillik yoyilmalari.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Iqtisodiyot va moliya vazirligi va hududiy iqtisodiyot va moliya organlari “O‘RIMV” ATga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
a) budjet mablag‘lari bo‘yicha:
Oldingi tahrirga qarang.
xarajatlar smetalari Iqtisodiyot va moliya vazirligi va hududiy iqtisodiyot va moliya organlarida ro‘yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida tegishli iqtisodiyot va moliya organlarida ro‘yxatga olingan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;
(29-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xarajatlar smetalari Iqtisodiyot va moliya vazirligi va hududiy iqtisodiyot va moliya organlarida ro‘yxatga olinganidan so‘ng — oylar kesimida tegishli iqtisodiyot va moliya organlarida ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi budjet tashkilotlarining ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni;
(29-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
b) budjet tashkilotlarining tegishli budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha — budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni.
Oldingi tahrirga qarang.
30. DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar “O‘RIMV” ATga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
xarajatlar smetalari ro‘yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro‘yxatga olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;
xarajatlar smetalari ro‘yxatga olinganidan so‘ng — oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni.
4-bob. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi
Oldingi tahrirga qarang.
31. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan, dastlab ularga shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilganida hamda keyinchalik doimiy ravishda moliya yili boshlanishidan kamida besh ish kuni oldin har moliya yili uchun mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda uch asl nusxada tuziladi va tegishli g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga ikki asli taqdim qilinadi. Kartochkaning bir asli yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga oluvchi mas’ul xodimda, ikkinchi asli esa moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga oluvchi va xarajatlar to‘lovini amalga oshiruvchi mas’ul xodimda saqlanadi. Kartochkaning uchinchi asli buyurtmachi yoki kapital qo‘yilma buyurtmachisida qoladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilarining yuqori turuvchi tashkilotlari tomonidan tasdiqlanadi.
Agar buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilarining yuqori turuvchi tashkiloti bo‘lmasa, unda imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi mazkur buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilarining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
32. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasining orqa tomonida buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari raqamlari va nomlari ko‘rsatiladi.
33. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasiga buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilarining rahbari, bosh buxgalteri va uning o‘rinbosari, shuningdek yuriskonsult (yurist) yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslarning imzolari namunalari kiritiladi va buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilarining muhr izi bilan tasdiqlanadi. Agar buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilarida yuriskonsult (yurist) shtati mavjud bo‘lmasa, uning imzosi bo‘lishi talab qilinmaydi.
34. Imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidagi imzolar namunalari tegishli xodimlarning o‘z qo‘llari bilan qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Imzolar namunalari faksimile orqali qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
35. Birinchi imzo huquqi bosh buxgalterga yoki ikkinchi imzo huquqiga ega boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.
Buyurtmachilarda buxgalter lavozimi bo‘lmaganda imzolar namunalari va muhr izi kartochkasining ikkinchi imzo qatorida “Nazarda tutilmagan” yozuvi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Shaxslarga vaqtinchalik birinchi yoki ikkinchi imzo huquqi berilganda, shuningdek rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslardan biri vaqtinchalik almashtirilganda vaqtincha vakolatga ega bo‘lgan shaxsning imzo namunasi bo‘lgan kartochka, amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda uch asl nusxada tuziladi va tegishli g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga ikki asli taqdim qilinadi. Vaqtinchalik kartochka mazkur Qoidalarning 31-bandida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Vaqtinchalik kartochkaning birinchi asli yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga oluvchi mas’ul xodimda, ikkinchi asli esa moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga oluvchi va xarajatlar to‘lovini amalga oshiruvchi mas’ul xodimda saqlanadi. Kartochkaning uchinchi asli buyurtmachi yoki kapital qo‘yilma buyurtmachisida qoladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Buyurtmachi yoki kapital qo‘yilma buyurtmachisining imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida aks ettirilgan muhr o‘zgarganda, imzolardan biri almashganda yoki to‘ldirilganda, mazkur buyurtmachi yoki kapital qo‘yilma buyurtmachisi tasdiqlangan yangi imzolar namunalari va muhr izi kartochkasini taqdim etadi. Amal qilish muddati tugagan imzolar namunalari va muhr izi kartochkalari g‘aznachilik xizmati bo‘linmasida saqlanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidan buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda va hisobga olishda, shuningdek to‘lovlarni amalga oshirishda ulardagi imzolar va muhr izini imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko‘rsatilgan imzolar va muhr izi namunalariga solishtirishda foydalanadi.
Bunda buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilarining g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlarini tasdiqlovchi hujjatlardagi imzolar va muhr izining haqiqiyligiga buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilari rahbarlari va bosh buxgalterlari javobgardir.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
381. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish uchun barcha hujjatlarni faqat elektron shaklda taqdim etadigan “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar va kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilmaydi.
(381-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
5-bob. Budjet tizimi budjetlari daromadlarining g‘azna ijrosi
39. O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti va DMJ budjetlari daromadlarining g‘azna ijrosi Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) muvofiq amalga oshiriladi.
40. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari YAG‘Hga kirim qilinadi va mazkur budjet tashkilotlariga tushumlar yoki budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan avval amalga oshirilgan kassa xarajatlarining tiklanish summalari sifatida ularning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
41. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘larni to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlash uchun banklar tomonidan shakllantiriladigan elektron to‘lov hujjatlarining “to‘lov maqsadi” grafasida mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq To‘lov turlari bo‘yicha ma’lumotnomada ko‘rsatilgan tegishli to‘lov kodlari, shuningdek budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha tegishli budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ko‘rsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larni, shuningdek DMJ va BMJ shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larning qaytarilishi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan budjet tashkilotlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarning yozma murojaatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi, bundan davlat soliq xizmati organlari tomonidan undiriladigan to‘lovlar mustasno.
(42-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“UzASBO” DM ulangan budjet tashkilotlari, DMJ va BMJlar noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larni shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan “UzASBO” DMda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron to‘lov topshiriqnomalarni g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborish orqali qaytaradi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Bojxona organlarining depozit g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni to‘lovchilarga qaytarish faqat to‘lov hujjatlari asosida, davlat soliq xizmati organlarining tegishli budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni to‘lovchilarga qaytarish esa soliq organlarining tegishli xulosalari va to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
6-bob. Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish
1-§. I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
43. I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan shartnomalar va mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar (bundan buyon matnda YUMMR buyurtmalari deb yuritiladi) asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar YUMMR buyurtmasini “UzASBO” DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga elektron hujjat shaklida yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan YUMMR buyurtmalari qog‘oz shaklida rasmiylashtirilmaydi. YUMMR buyurtmalarining elektron shaklda rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Buyurtmachilar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ma’lumotlarini maxsus axborot portali orqali g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradi.
Maxsus axborot portali orqali g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining qog‘oz shaklidagi asl nusxasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining qog‘oz va elektron shaklda rasmiylashtirilishi, ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, o‘zaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM va maxsus axborot portali orqali elektron hujjat shaklida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan YUMMR buyurtmalari va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “O‘RIMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. “UzASBO” DMga ulanmagan buyurtmachilar YUMMR buyurtmalarini qog‘oz shaklida ikki asl nusxada, unda ko‘rsatilgan summalarni to‘lashga to‘lov hujjatlari ilova qilingan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim qiladi.
Bunda mazkur YUMMR buyurtmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari mazkur Qoidalarning 47 — 51-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari YUMMR buyurtmalarini qabul qilganlaridan so‘ng YUMMR buyurtmalariga qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzolarini qo‘yadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari bir ish kuni mobaynida YUMMR buyurtmalarida ko‘rsatilgan summalarni xarajatlarni qoplashga tegishli manbalarning (budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) mavjudligiga, shuningdek ularga ilova qilingan to‘lov hujjatlaridagi summalarni YUMMR buyurtmalarida ko‘rsatilgan summalarga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi.
(48-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kamchiliklar bo‘lmaganida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan YUMMR buyurtmalari:
(48-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — YUMMR buyurtmalarining ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda “Ro‘yxatdan o‘tkazildi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — YUMMR buyurtmalarining ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda “Buyurtma bo‘yicha to‘lovlar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi” yozuvi bilan “Hisobga olindi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan hisobga olinadi.
(48-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. YUMMR buyurtmalarida kamchiliklar aniqlanganida, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari YUMMR buyurtmasida kamchiliklarini ko‘rsatgan holda uni buyurtmachining mas’ul xodimiga qaytaradi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Kamchiliklari ko‘rsatib qaytarilgan YUMMR buyurtmalari to‘g‘risidagi ma’lumot hisobi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan “O‘RIMV” ATda elektron shaklda amalga oshiriladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. YUMMR buyurtmasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so‘ng buyurtmachilarning mas’ul xodimlari YUMMR buyurtmasining ikki asliga qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzosini qo‘yadi va YUMMR buyurtmasining bir asli buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi. YUMMR buyurtmasining ikkinchi asli g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
2-§. III guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
52. III guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari (ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni ham inobatga olgan holda) (bundan buyon matnda shartnomalar deb yuritiladi) asosida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi shart.
(52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Bunda shartnomalarda qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans to‘lovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
53. III guruh xarajatlari bo‘yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechikmasdan tuzilishi lozim, kapital qo‘yilmalar bo‘yicha shartnomalar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
54. Shartnomalar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv mashinasida yozilgan holda to‘ldirilishi lozim. Bunda tuzatishlar, o‘chirib yozishlar yoki to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
55. Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga ko‘ra shartnoma qo‘shimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa ushbu shartnoma bo‘yicha yuridik majburiyatni bekor qilish kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnoma bekor qilinishiga qarshiligi yo‘qligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ushbu yuridik majburiyatni bekor qilishni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari mazkur qoidalarning 59 — 61-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
(55-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
56. Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Kapital qo‘yilma buyurtmachilari yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasi bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning va (yoki) loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlari nusxasi;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pudratchini (loyiha tashkilotini) aniqlash bo‘yicha xarid komissiyasi yig‘ilishining bayoni;
buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati nusxasi;
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur bo‘lganda);
agar qonunchilik hujjatlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, shartnoma va shartnoma bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining (bundan buyon matnda Kompleks ekspertiza qilish markazi deb yuritiladi) tegishli xulosasi (qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno).
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
58. Kapital qo‘yilmaga xarajatlar turli manbalar hisobidan, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida, Davlat budjeti mablag‘lari, kredit mablag‘lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar, ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
59. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari shartnomani mazkur Qoidalarning 57-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilingan holda qabul qilib olishda To‘lovlar jadvalining ikki asliga mazkur hujjatlarni qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzosini qo‘yadi, shartnomalar mazkur Qoidalar talablariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so‘ng esa kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlari To‘lovlar jadvalining ikki asliga shartnomani qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzosini qo‘yadi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnomada ko‘rsatilgan summani shartnomada ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) mavjudligini, tomonlarning zarur rekvizitlari, muhrlari va imzolari, muhrlar va imzolarning kapital qo‘yilma buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko‘rsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini, shuningdek mazkur Qoidalarning 57-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning mavjudligini tekshiradi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Shartnomalarni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar bo‘lmagan hollarda shartnomalar taqdim etilganidan so‘ng to‘rtinchi ish kunidan kechiktirmay g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan:
(61-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
budjetdan ajratilgan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — hisobga olinadi.
(61-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
62. Mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq holda taqdim etilgan shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan yoki hisobga olinmasdan, mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Shartnomalarni qaytarish varaqasida uni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki hisobga olmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma ko‘rsatgan holda qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Qaytarilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumot hisobi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan “O‘RIMV” ATda elektron ko‘rinishda mazkur Qoidalarning 12-ilovasiga muvofiq shaklda Qaytarilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobida yuritiladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko‘rsatilgan barcha kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda avval Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko‘rsatilmagan boshqa kamchiliklar bo‘lmaganda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan shartnomani kapital qo‘yilma buyurtmachilariga takroran qaytarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(65-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatib “Ro‘yxatdan o‘tkazildi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish, shuningdek g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosini va “Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” muhrini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
(65-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga hisobga olish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda “Shartnoma bo‘yicha to‘lovlar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi” yozuvi bilan “Hisobga olindi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish hamda vakolatli shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan hisobga olinadi.
(65-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
66. Shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so‘ng shartnomaning ikkita asli va To‘lovlar jadvalining bitta asli kapital qo‘yilma buyurtmachisiga qaytariladi, ro‘yxatga olingan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi, To‘lovlar jadvalining ikkinchi asli va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq shartnoma bilan taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
67. Manzilli ro‘yxatlar asosida bir necha yil amalga oshiriladigan shartnomalar bo‘yicha joriy moliya yilining yuridik majburiyatlari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan kapital qo‘yilmalarning joriy moliya yili uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxatida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar bo‘yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga maxsus axborot portali orqali taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
(68-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
ilgari g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi;
qo‘shimcha kelishuvning ikkita asli va bitta nusxasi (asosiy shartnoma shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda);
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
manzilli ro‘yxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(68-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Kafolat muddati tugaganidan so‘ng to‘lanadigan obyekt qiymatidan 5 foiz kafolat summasi bo‘yicha yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
(69-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ilgari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan asosiy shartnoma (barcha qo‘shimcha kelishuvlari bilan) nusxasi;
(69-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
qurilish obyektini qabul qilish bo‘yicha tegishli davlat komissiyasining dalolatnomasi nusxasi va obyektdan foydalanuvchi tashkilot ma’lumotnomasi (xati) nusxasi;
kapital qo‘yilma buyurtmachisi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) o‘rtasida tuzilgan solishtirish dalolatnomasi;
manzilli ro‘yxat nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
70. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan shartnomalarga muvofiq yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(70-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan To‘lovlar jadvalining barcha asl nusxalariga (qo‘shimcha kelishuvning barcha varaqlariga) ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatib “Ro‘yxatdan o‘tkazildi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish, shuningdek g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosini va “Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” muhrini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
(70-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan To‘lovlar jadvalining barcha asl nusxalariga (qo‘shimcha kelishuvning barcha varaqlariga) hisobga olish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda “Shartnoma bo‘yicha to‘lovlar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi” yozuvi bilan “Hisobga olindi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish hamda vakolatli shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan hisobga olinadi.
(70-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining buyurtmachi xizmatini saqlab turishga mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish har bir obyekt bo‘yicha tasdiqlangan manzilli va titul ro‘yxatlarida mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida kapital qo‘yilma buyurtmachisi tomonidan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etiladigan:
(71-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
711. “UzASBO” DMga ulangan kapital qo‘yilma buyurtmachilari yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalarini va unga tegishli ilovalarni mazkur Qoidalarning 712 va 714-bandlarida belgilangan tartibda maxsus axborot portaliga joylashtiradi. Ushbu ma’lumotlar “O‘RIMV” ATda avtomatik tarzda shakllanadi.
(711-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
712. “UzASBO” DMga ulangan kapital qo‘yilma buyurtmachilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchini tanlab shartnoma tuzganidan so‘ng eng yaxshi takliflarni tanlash (bundan buyon matnda tanlash deb yuritiladi) yoki tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi hamda shartnoma (qonunchilik hujjatlariga muvofiq bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar bo‘yicha shartnomaga qo‘shimcha kelishuv) ma’lumotlarini maxsus axborot portaliga kiritadi. Ushbu ma’lumotlar “O‘RIMV” ATda avtomatik tarzda shakllanadi.
(712-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus axborot portali ma’lumotlari asosida “O‘RIMV” ATda avtomatik tarzda ma’lumotlari shakllangan shartnomaga oid tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi hamda shartnomaning qog‘oz shaklidagi asl nusxasi, shuningdek shartnoma tuzish uchun asos bo‘lgan hujjatlar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va kapital qo‘yilma buyurtmachilarida saqlanadi.
(712-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan shartnoma tuzishda yetkazib beruvchilarni tanlash tartibotlarini to‘g‘ri o‘tkazilishi, shartnomani rasmiylashtirishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha talablarga rioya etilishi, shartnoma bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli organlar xulosalari va ruxsatlarining mavjudligi, shuningdek tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi va shartnomaning qog‘oz va elektron shaklining o‘zaro muvofiqligi, ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, shartnomaning asli va shartnoma tuzish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun kapital qo‘yilma buyurtmachilari javobgar hisoblanadi.
(712-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
713. “UzASBO” DMga ulangan kapital qo‘yilma buyurtmachilari buyurtmachi xizmatini saqlab turishga xarajatlari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yig‘imlar, badallar, soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan buyurtma qog‘oz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos bo‘lgan hujjatlar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va kapital qo‘yilma buyurtmachilarida saqlanadi.
(713-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Bunda buyurtmaning asosliligi va unga asos bo‘lgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun kapital qo‘yilma buyurtmachilari javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
714. Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining maxsus axborot portali ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda ma’lumotlari shakllangan shartnomalari va “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan buyurtmalari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “O‘RIMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda kapital qo‘yilma buyurtmachilariga qaytariladi.
Elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion, shuningdek, elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar bir ish kuni ichida “O‘RIMV” ATda g‘aznachilik mas’ul xodimining ishtirokisiz avtomatik tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
(714-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
72. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hisobga olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobi “O‘RIMV” ATda mazkur Qoidalarning 13-ilovasiga muvofiq shaklda Shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) kitobida elektron ko‘rinishda yuritiladi.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
3-§. IV guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
73. IV guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar (yig‘imlar, badallar, soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yuridik majburiyatlar) asosida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi shart.
(73-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar va elektron davlat xaridlar orqali tuzilgan shartnomalar bundan mustasno.
(73-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 118-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-2, 15.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son)
Oldingi tahrirga qarang.
74. IV guruh xarajatlari bo‘yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, manzilli ro‘yxatlar asosida muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan kapital ta’mirlash xarajatlari bo‘yicha shartnomalar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
75. Shartnomalar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv mashinasida yozilgan holda to‘ldirilishi lozim. Bunda tuzatishlar, o‘chirib yozishlar yoki to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
76. Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga ko‘ra shartnoma qo‘shimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu shartnoma bo‘yicha yuridik majburiyatni bekor qilish buyurtmachilarning ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilinishiga qarshiligi yo‘qligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda mazkur yuridik majburiyatni bekor qilishni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari mazkur Qoidalarning 98 — 100-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
(76-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
77. Buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
79. Buyurtmachilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, mos ravishda, budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari hajmi bilan chegaralanadi.
(79-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
80. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida tuzilgan asosiy shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tanlash yoki tender savdolari o‘tkazilishi talab qilinmaydigan hollarda mazkur qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha To‘lovlar jadvalida birinchi chorak uchun nazarda tutilgan summa asosiy shartnoma bo‘yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam bo‘lmaslik sharti bilan tuzilishi mumkin.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81. Davriy bosma nashrlarning obunasi va yetkazib berish uchun shartnomalarni buyurtmachilar joriy moliya yilida keyingi moliya yili uchun tuzishi mumkin. Bunda mazkur shartnomalarda ularning amal qilish muddati kelgusi moliya yilining 31-dekabri sifatida belgilanadi, shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda esa “O‘RIMV” ATda ushbu shartnomalar amal qilish muddati joriy yilning 31-dekabri sifatida kiritiladi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
82. Buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga bitta tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi (pudratchi) bilan xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining bir nechta kodi bo‘yicha shartnomalar tuzishda shartnomalarda har bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i va ulardan to‘lov summasi majburiy tartibda alohida ko‘rsatiladi. Mazkur shartnomalar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga vazifa jihatidan tasnifining har bir bo‘limi va kichik bo‘limi alohida ko‘rsatilgan holda ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali bilan birga taqdim etiladi. Bunda mazkur Qoidalarning 87-bandida sanab o‘tilgan va ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun shartnomalarga ilova qilinadigan hujjatlar buyurtmachilar tomonidan bir nusxada taqdim etiladi.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
83. IV guruh bo‘yicha xarajatlarni turli manbalar hisobidan, Davlat budjeti mablag‘lari, kredit mablag‘lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat hamda nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
84. Shartnomalarda yoki ularga ilovalarda tovarlar miqdori (ishlar va xizmatlar hajmi), tovarlar (ishlar va xizmatlar) birligining narxi va umumiy summasi yoki ish hajmi summasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
85. Buyurtmachilarning shartnomalar tuzmasdan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlari (schyotlar, kvitansiyalar, xabarnomalar va boshqa hujjatlar) asosida qabul qilinadigan yuridik majburiyatlarining ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
(85-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar va yig‘imlarni to‘lash;
(85-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
iqtisod qilingan mablag‘larni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasiga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga) o‘tkazish;
tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda budjetdan ajratiladigan mablag‘larni Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa to‘lovlarni to‘lash.
(85-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
86. Mazkur Qoidalarning 85-bandida nazarda tutilgan mablag‘larni o‘tkazish uchun buyurtmachilar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(86-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa to‘lovlarni to‘lashda yuridik majburiyat mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.
(86-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
87. Shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga shartnomaning ikki asli va bir nusxasi bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali (agar shartnoma vazifa jihatidan tasnifning bir nechta kodlari bo‘yicha tuzilgan bo‘lsa, unda budjet tasnifining tegishli kodlari alohida ko‘rsatiladi);
tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravari miqdori va undan oshgan shartnoma va shartnomaga oid qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha Kompleks ekspertiza qilish markazining ekspertiza xulosasi.
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart.
(87-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
88. Quyidagi hollarda shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun mazkur Qoidalarning 87-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) avtotransport, mashina, texnika va uskunalarni joriy, o‘rta va mukammal ta’mirlashda — nuqson dalolatnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) bino va inshootlarni joriy va o‘rta ta’mirlashda — loyiha-smeta hujjatlarini (bajariladigan ishlar summasi O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yuz baravaridan oshgan hollarda) ekspertizadan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xulosa nusxasi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(88-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
v) binolar, inshootlar va ichki xo‘jalik yo‘llarini mukammal ta’mirlashda:
binolar, inshootlar va ichki xo‘jalik yo‘llarini mukammal ta’mirlash manzilli ro‘yxati nusxasi;
loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilganligi bo‘yicha xulosa nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(88-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 118-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-2, 15.09.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(88-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 118-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-2, 15.09.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘iga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(90-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘iga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)
Oldingi tahrirga qarang.
91. Buyurtmachilar yuridik yoki jismoniy shaxslardan bino yoki inshoot sotib olishda shartnomaning ikki asli va bir nusxasi bilan birga g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravari miqdori va undan oshgan shartnoma va shartnomaga oid qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha Kompleks ekspertiza qilish markazining ekspertiza xulosasi.
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
92. Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar bo‘yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
(92-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ilgari g‘aznachilik xizmati bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi;
(92-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
qo‘shimcha kelishuvning ikki asli va bir nusxasi (asosiy shartnoma shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda);
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali.
Bunda qo‘shimcha kelishuvda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(93-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 118-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-2, 15.09.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son)
Oldingi tahrirga qarang.
94. IV guruh xarajatlari hisobiga naqd pul mablag‘lari to‘lash faqat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
95. Buyurtmachilarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda “O‘qitish xarajatlari”, “Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari”, “Boshqa xarajatlar” va xarajatlar smetasining boshqa xarajat moddalaridan naqd pul olish bo‘yicha yuridik majburiyatlari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish tartibi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi:
(95-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
ikki asl nusxada YUMMR buyurtmasi;
buyurtmachilarning (xodimni xizmat safariga yuborish, tadbirni o‘tkazish va boshqalar to‘g‘risidagi) buyrug‘i nusxasi.
Bunda davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarishga iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida mablag‘lar oluvchi buyurtmachilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlari YUMMR buyurtmasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
96. Buyurtmachilar tomonidan mazkur Qoidalarning 95-bandida belgilangan xarajatlarni naqd pul mablag‘lari orqali amalga oshirish mazkur buyurtmachilarning rahbarlari tomonidan tegishli buyruq qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Buyruqda tadbir turi, muddati va o‘tkazilish joyi, ishtirokchilar soni va xarajatlarning umumiy summasi, ishtirokchilarga naqd pul mablag‘lari ko‘rinishida to‘lanishi lozim bo‘lgan summa alohida ko‘rsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
97. Voyaga yetmagan bolalarga (voyaga yetmagan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki fuqarolik pasporti nusxasi asosida) to‘lanishi lozim bo‘lgan naqd pul mablag‘lari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lab beriladi.
(97-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
98. Buyurtmachilar tomonidan mazkur Qoidalarning 86 — 92-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilganidan so‘ng g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari To‘lovlar jadvalining ikki asliga mazkur hujjatlarni qabul qilib olgan sanani ko‘rsatgan holda o‘z imzolarini qo‘yadi, shartnoma yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma mazkur Qoidalar talablariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so‘ng buyurtmachilarning mas’ul xodimlari To‘lovlar jadvalining ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomani yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmani qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzosini qo‘yadi.
(98-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
99. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari buyurtmachilar tomonidan shartnoma yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida:
(99-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
mazkur Qoidalarning 86 — 92-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning mavjudligini;
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda tomonlarning zarur rekvizitlari, muhr va imzolari mavjudligini;
muhr izi va imzolarning buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko‘rsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini;
Oldingi tahrirga qarang.
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda ko‘rsatilgan summani shartnomada yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (budjetdan ajratilgan mablag‘lar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) mavjudligini tekshiradi.
(99-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
100. Buyurtmachilarning shartnomalari va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar bo‘lmagan hollarda shartnomalar yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar taqdim etilganidan so‘ng to‘rtinchi ish kunidan kechikmasdan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan:
(100-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
budjetdan ajratilgan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — hisobga olinadi.
(100-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
101. Mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq holda taqdim etilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan yoki hisobga olinmasdan Shartnomalarni qaytarish varaqasida uni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki hisobga olmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma ko‘rsatgan holda qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
102. Qaytarilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar to‘g‘risidagi ma’lumot hisobi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan “O‘RIMV” ATda elektron ko‘rinishda Qaytarilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobida yuritiladi.
(102-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
103. Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko‘rsatilgan barcha kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda avval Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko‘rsatilmagan boshqa kamchiliklar bo‘lmaganda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan buyurtmachilarga shartnomalarni va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarni takroran qaytarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(103-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
104. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(104-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga, shuningdek mazkur Qoidalarning 85-bandida ko‘rsatilgan yuridik majburiyatlarni To‘lovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatib “Ro‘yxatdan o‘tkazildi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish, shuningdek g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlash va “Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” muhrini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
(104-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga, shuningdek mazkur Qoidalarning 85-bandida ko‘rsatilgan yuridik majburiyatlarni To‘lovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning asli hisobga olish raqami hamda sanasini ko‘rsatgan holda “Shartnoma bo‘yicha to‘lovlar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi” yozuvi bilan “Hisobga olindi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish hamda vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlash yo‘li bilan hisobga olinadi.
(104-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
105. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan yuridik majburiyatlar ro‘yxatdan o‘tkazilganidan yoki hisobga olingandan so‘ng:
shartnomalarning ikki asli va To‘lovlar jadvallarning birinchi asli buyurtmachilarga qaytariladi, ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomalarning nusxasi, To‘lovlar jadvalining ikkinchi asli va buyurtmachilar tomonidan shartnomalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi;
Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning va To‘lovlar jadvalining birinchi asli buyurtmachilarga qaytariladi, ikkinchi asli hamda Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi.
(105-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
106. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hisobga olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobi “O‘RIMV” ATda Shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) kitobida elektron ko‘rinishda yuritiladi.
(106-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
107. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomalar summasiga nisbatan moliyaviy majburiyatlarni kam miqdorda ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlarni qoplashga tegishli manba (budjetdan ajratilgan mablag‘lar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) bo‘yicha ishlatilmagan qoldiq mavjud bo‘lganida buyurtmachilar amal qilish muddati:
(107-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tugamagan shartnomalar bo‘yicha — tegishli hisobot davri uchun shartnoma summasini kamaytirishni va uni mazkur shartnoma bo‘yicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kelishuv tuzishi va g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etishi;
(107-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tugagan shartnomalar bo‘yicha — g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan shartnoma summasini kamaytirilishi va uni mazkur shartnoma bo‘yicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirilishi uchun asos bo‘luvchi mazkur shartnoma bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan solishtirish dalolatnomasini tuzishi va g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etishi zarur.
(107-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
108. Agar shartnomalar bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilishi asosli sabablarga ko‘ra keyingi moliya yiliga o‘tsa, buyurtmachilar mazkur shartnoma muddati tugaguniga qadar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomalari asosida shartnomalar muddatini uzaytirish, joriy moliya yilida qabul qilingan yuridik majburiyatlar summasini yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) summasiga kamaytirish, shuningdek yetkazib berilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yiliga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kelishuvlar tuzishi mumkin. Bunda mazkur qo‘shimcha kelishuvlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) birligi narxining oshishini nazarda tutmasligi va ularning umumiy summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yetkazib berilmagan qismi bo‘yicha yuridik majburiyatlar summasidan oshmasligi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda mazkur qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda “O‘RIMV” ATda ularning amal qilish muddati joriy yilning 31-dekabri sifatida kiritiladi.
(108-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
109. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari mazkur Qoidalarning 108-bandida ko‘rsatilgan buyurtmachilar va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) o‘rtasida tuzilgan qo‘shimcha kelishuvni keyingi moliya yilida quyidagi tartibda:
(109-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — budjet mablag‘larini taqsimlovchilar (O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablag‘ oladigan tashkilotlar bo‘yicha), hududiy iqtisodiyot va moliya organlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarining keyingi moliya yilining xarajatlar smetasida ular tomonidan mazkur qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘lar rejalashtirilganligini tasdiqlovchi xulosasi asosida ro‘yxatdan o‘tkazadi;
(109-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha keyingi moliya yilining xarajatlar smetasida mazkur qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni hisobga olish va to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘lar rejalashtirilganligini tasdiqlovchi budjet tashkilotlarining kafolat xati asosida hisobga oladi.
(109-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1091. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchini tanlab shartnoma tuzganidan so‘ng tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi hamda shartnoma (qonunchilik hujjatlariga muvofiq bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar bo‘yicha shartnomaga qo‘shimcha kelishuv) ma’lumotlarini maxsus axborot portaliga kiritadi. Ushbu ma’lumotlar “O‘RIMV” ATda avtomatik tarzda shakllanadi. Maxsus axborot portali ma’lumotlari asosida “O‘RIMV” ATda avtomatik tarzda ma’lumotlari shakllangan shartnomaga oid tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi hamda shartnomaning qog‘oz shaklidagi asl nusxasi va shartnoma tuzish uchun asos bo‘lgan hujjatlar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
Bunda budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan shartnoma tuzishda yetkazib beruvchilarni tanlash tartibotlarini to‘g‘ri o‘tkazilishi, shartnomani rasmiylashtirishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha talablarga rioya etilishi, shartnoma bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli organlar xulosalari va ruxsatlarining mavjudligi, shuningdek tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi va shartnomaning qog‘oz va elektron shaklining o‘zaro muvofiqligi, ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, shartnomaning asli va shartnoma tuzish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
(1091-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1092. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yig‘imlar, badallar, soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan buyurtma qog‘oz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos bo‘lgan hujjatlar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
(1092-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Bunda buyurtmaning asosliligi va unga asos bo‘lgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
1093. Buyurtmachilarning maxsus axborot portali ma’lumotlari asosida “O‘RIMV” ATda avtomatik tarzda ma’lumotlari shakllangan shartnomalari va “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan buyurtmalari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “O‘RIMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
Elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion, shuningdek, elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar bir ish kuni ichida “O‘RIMV” ATda g‘aznachilik mas’ul xodimining ishtirokisiz avtomatik tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
(1093-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
4-§. Buyurtmachilarning lizing shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
110. Buyurtmachilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan faqat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda lizing shartnomalari tuzish huquqiga egadirlar.
(110-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
111. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan buyurtmachilarning lizing shartnomalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladigan yoki hisobga olinadigan yuridik majburiyatlari hajmi, mos ravishda, budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari hajmi bilan chegaralanadi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
112. Lizing shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga shartnomaning ikki asli va bir nusxasi bilan birga ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali taqdim etadi.
(112-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart.
113. Lizing shartnomalari bo‘yicha joriy moliya yilida yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi lizing to‘lovlari bo‘yicha tasdiqlangan to‘lovlar jadvali asosida joriy moliya yilida to‘lanishi nazarda tutilgan summa doirasida amalga oshiriladi.
Lizing shartnomalari bo‘yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yillarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi lizing bo‘yicha tasdiqlangan to‘lovlar jadvalida nazarda tutilgan mos ravishda keyingi moliya yillarida to‘lanishi lozim bo‘lgan summalardan kelib chiqib ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
114. Lizing shartnomalarini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish mazkur Qoidalarning 98 — 106-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(114-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1141. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilarning lizing shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish mazkur Qoidalarning 1091 — 1093-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(1141-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘iga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)
5-§. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo‘yicha shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
115. Buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo‘yicha shartnomalari, ularga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar ushbu shartnomalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan o‘tganidan va hisobga qo‘yilganidan so‘ng g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi. Bunda shartnomalarda ko‘rsatilgan summalar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi.
(115-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
116. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo‘yicha shartnomalarni (unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ham inobatga olib) ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga shartnomaning bir asli va nusxasi bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(116-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga so‘rovnoma nusxasi.
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
117. Bajarish muddati bir moliya yilidan ortiq muddatni tashkil etadigan import shartnomalari bo‘yicha yuridik majburiyatlarni g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan keyingi moliya yillarida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
(117-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ilgari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatga olingan shartnomaning nusxasi;
(117-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
qo‘shimcha kelishuvning bir asli va nusxasi (asosiy shartnoma shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda);
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga so‘rovnoma nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
118. Buyurtmachilarning import shartnomalarini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish mazkur Qoidalarning 98 — 106-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazilgan va hisobga qo‘yilgan import shartnomalari bo‘yicha buyurtmachilar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga tanlash yoki tender savdolari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmaydi.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
119. Import shartnomalari tashqi kredit mablag‘lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda import shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish tegishli xalqaro shartnomalar bilan o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
120. Konvertatsiya va belgilangan tartibda to‘lov uchun mablag‘lar buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga so‘rovnoma asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ochilgan tegishli bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Xorijiy valyuta kursining ko‘tarilish tomonga o‘zgarishi hollarida milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga qo‘shimcha so‘rovnoma taqdim etiladi.
(120-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
121. Buyurtmachilar import shartnomalari tuzishda va ularni xorijiy valyutada to‘lash sharti bilan majburiyatlarni qabul qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan valyutalar kursi farqlarini qoplash uchun xarajatlarni qoplashga tegishli manbalar (budjetdan ajratilgan mablag‘lar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) zaxirasini nazarda tutishlari lozim.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
122. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan valyuta kursi farqlarini qoplash uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining zarur zaxirasi har bir aniq import shartnomasi bo‘yicha individual tarzda buyurtmachilar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari yoki hududiy iqtisodiyot va moliya organlari ishtirokida shartnoma tuzilgan sana, nazarda tutilayotgan muddat va valyuta kursining kutilayotgan o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda aniqlanadi.
(122-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
123. Import shartnomalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar (akkreditiv ochish, konvertatsiya va boshqa xizmatlar) uchun to‘lovlar buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan ikki nusxada Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma va To‘lovlar jadvali hamda to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
1231. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilarning import shartnomalarini, shuningdek import shartnomalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar (akkreditiv ochish, konvertatsiya va boshqa xizmatlar) uchun to‘lovlar bo‘yicha buyurtmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish mazkur Qoidalarning 1091 — 1093-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda qonunchilik hujjatlariga muvofiq import shartnomalari, ularga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lganida mazkur shartnomalar, ularga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar dastlab vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan o‘tkazilishi va hisobga qo‘yilishi lozim.
(1231-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
7-bob. Buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda va hisobga olishda narx yechimi hamda narxlar monitoringini amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
124. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilayotgan shartnomalarning sifatli ta’minlanishini va narx-navo yechimini nazarda tutuvchi budjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni tanlash yoki tender savdolari o‘tkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlov (tender) ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi nusxasini olish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Bunda buyurtmachilar tanlash yoki tender savdolari o‘tkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlash yoki tender ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash bayonnomalarini maxsus axborot portaliga kiritib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron shaklini shartnoma bilan birga g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradi.
(124-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
125. Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuziladigan shartnomalardagi narx-navo yechimi hamda ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilganligiga javobgardir.
(125-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
8-bob. Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi
1-§. I va II guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi
126. Buyurtmachilarning I va II guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlari YUMMR buyurtmalari, shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
127. Buyurtmachilar budjetga majburiy to‘lovlarni to‘lash, naqd pul mablag‘larini olish yoki xodimlarning plastik kartalariga mablag‘larni o‘tkazish uchun YUMMR buyurtmalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari taqdim etadi.
“Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini mazkur Qoidalarning 7-bandida belgilangan tartibda elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradi.
(127-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
128. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron shaklda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan bir ish kuni ichida g‘aznachilik xizmati bo‘linmasi mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “O‘RMV” ATda to‘lovga qabul qilinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
(128-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
129. “UzASBO” DMga ulanmagan buyurtmachilar to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga qog‘oz shaklda taqdim qiladilar va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari mazkur Qoidalarning 130 — 135-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
(129-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
130. To‘lov topshiriqnomalari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga uch nusxada taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomalarining birinchi nusxasi buyurtmachilarning g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YAG‘Hdan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining “TO‘LANDI” belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan to‘lov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi.
Bunda to‘lov topshiriqnomalarining “Mablag‘larni to‘lovchining nomi” ustunida g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining nomi, “Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i” ustunida — YAG‘H, “To‘lov maqsadi” ustunida — buyurtmachining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjat, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
(130-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
131. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lganda, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, to‘lov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi. To‘lov topshiriqnomalar mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda ularni buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytaradi. To‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari imzolari va g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
132. Bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tkazish uchun buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga uch nusxada g‘aznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan g‘aznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga buyurtmachilarning g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining “TO‘LANDI” belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan g‘aznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma bilan birgalikda buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi.
(132-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Bunda g‘aznachilik memorial orderlarining “To‘lov maqsadi” ustunida To‘lov turlari bo‘yicha ma’lumotnomaga asosan tegishli to‘lov kodi, buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjat, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
133. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan g‘aznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lganda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimi g‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, g‘aznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi. G‘aznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda uni buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytaradi. G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslarining imzolari va g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
(133-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
134. Mablag‘larni bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqasiga o‘tkazishda g‘aznachilik memorial orderlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
iqtisod qilingan budjet mablag‘larini o‘tkazishda — mazkur Qoidalarning 225-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar;
noto‘g‘ri tushgan mablag‘larni qaytarishda buyurtmachilarning xati ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ota-onalarning maktabgacha va qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlari, musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, xodimlardan ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlarni o‘tkazishda va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha hujjatlar ilova qilinmaydi (talab qilinmaydi), biroq to‘lov maqsadida oyi, yili va kimga to‘layotganligi ko‘rsatilishi shart (g‘aznachilik memorial orderi har bir to‘lovchi bo‘yicha alohida rasmiylashtiriladi), shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqasiga mablag‘larni o‘tkazishda ham g‘azna memorial orderiga qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi va to‘lov maqsadida tegishli qonunchilik hujjati va nima maqsadda o‘tkazilayotganligi ko‘rsatilishi shart.
(134-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3718, 01.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 10/25/3718/1118-son)
Oldingi tahrirga qarang.
135. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari I va II guruh xarajatlari bo‘yicha YUMMR buyurtmalari asosida “O‘RIMV” ATga buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini kiritadi hamda ular bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi.
(135-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
136. Naqd pul mablag‘lari olish uchun chek — bu g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining ma’lum naqd pul summasini buyurtmachiga berish uchun elektron topshirig‘idir. Cheklar buyurtmachi tomonidan “UzASBO” DM orqali elektron ko‘rinishda shakllantiriladi. Cheklar o‘n kun davomida (ular bankka yuborilgan kunni hisobga olgan holda) haqiqiy hisoblanadi.
(136-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(137-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
138. Cheklar 23212 va 23214 balans hisobvaraqlarida ochilgan hisobvaraqlarga o‘tkazilgan mablag‘lar doirasida shakllantiriladi.
(138-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
139. Buyurtmachilar 23212 va 23214 balans hisobvaraqlariga mablag‘lar o‘tkazilganidan so‘ng “UzASBO” DM orqali elektron ko‘rinishda shakllantirilgan cheklarni g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradilar. Bunda buyurtmachilar naqd pul to‘lovlari bo‘yicha 23212 va 23214 balans hisobvaraqlarga pul tushganidan so‘ng o‘n kun ichida (cheklar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan kunni hisobga olgan holda) naqd pul mablag‘larini umumiy summa doirasida elektron ko‘rinishda shakllantirilgan chek bilan olish huquqiga ega. Buning uchun buyurtmachilar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga tegishli summaga YUMMR buyurtmasi yoki pul oladigan sanalar va summalarini aniq va alohida ko‘rsatgan holda YUMMR buyurtmasini “UzASBO” DM orqali taqdim etadi.
Bunda bankning mas’ul xodimlari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanib, elektron ko‘rinishda yuborilgan cheklarni ular taqdim qilingan kunda qabul qilishi shart.
(139-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
140. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan “UzASBO” DM orqali elektron ko‘rinishda kelgan chek va YUMMR buyurtmasi summalari muvofiqligi tekshiriladi hamda “O‘RIMV” ATda elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi. Bunda “O‘RIMV” ATda tasdiqlangan chek elektron ko‘rinishda xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuboriladi.
(140-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(141-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(142-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(143-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(144-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(145-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
146. Banklar tomonidan elektron ko‘rinishda kelgan chek belgilangan shaklga muvofiqligi, to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilganligi yuzasidan tekshiriladi, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda buyurtmachiga mazkur chekda ko‘rsatilgan summa beriladi.
Bunda noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan cheklar banklar tomonidan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga chek taqdim qilingan kun oxirigacha elektron hujjat shaklida qaytariladi.
(146-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
147. Naqd pul mablag‘lari berilganidan so‘ng elektron ko‘rinishda kelgan chek ijro etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot banklar tomonidan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga elektron shaklda avtomatik tarzda yuboriladi.
(147-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
148. Banklardan naqd pul mablag‘larini olish uchun buyurtmachilar tomonidan mazkur Qoidalarning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi moddiy javobgar shaxsga (kassirga) “UzASBO” DMda elektron shaklda berilgan Ishonchnoma asosida tegishli g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboriladi. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan “UzASBO” DM orqali elektron shaklda taqdim qilingan Ishonchnoma “DMBAT” DMda elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanib, xizmat ko‘rsatuvchi banklarga yuboriladi.
(148-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(149-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(150-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Buyurtmachilarning xodimlari uchun plastik kartochkalar bir vaqtning o‘zida ikki yoki bir necha bankda ochilgan holda buyurtmachilar g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga tegishli miqdorda to‘lov topshiriqnomalari taqdim qiladi.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
152. Xodimlarining ish haqi summalarini plastik kartochkalarga o‘tkazish uchun buyurtmachilar xizmat ko‘rsatuvchi bankka ikki asl nusxada qog‘oz hamda elektron ko‘rinishda xodimlar ro‘yxatini taqdim qiladi. Bunda:
xodimlar ro‘yxatida xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tabel raqami, plastik kartochkalarining rekvizitlari hamda xodimlarga o‘tkazib berilayotgan summalar ko‘rsatiladi;
xodimlar ro‘yxatining har bir varag‘i tashkilot rahbari, bosh buxgalteri va xodimlar bo‘limining mas’ul xodimi yoki uni o‘rnini bosuvchi xodim tomonidan imzolanadi, tashkilot va xodimlar bo‘limining muhri bilan tasdiqlanadi.
153. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar xodimlarining ish haqi summalarini plastik kartochkalarga o‘tkazish uchun xodimlar ro‘yxatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda banklarga faqat elektron shaklda yuboradi.
154. Banklar buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan xodimlar ro‘yxatnini sinchkovlik bilan tekshiradi va xatolik yoki kamchiliklar aniqlangan hollarda xatolik yoki kamchiliklar aniqlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, elektron shaklda yuborilgan hollarda esa shu kunning o‘zida xatolik va kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun buyurtmachilarga qaytaradi.
155. Xizmat ko‘rsatuvchi banklar xodimlar ro‘yxatining ikkinchi nusxasini mablag‘lar o‘tkazilganligini tasdiqlovchi shtamp bosgan holda buyurtmachilarga xodimlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan mablag‘lar to‘liq o‘tkazilgan kundan keyingi kundan kechikmasdan beradi.
156. Xodimlarning plastik kartochkalariga mablag‘larni o‘tkazilganligini tasdiqlovchi bank shtampi bosilgan xodimlar ro‘yxati buyurtmachilarning buxgalteriyasida buyurtmachilarning o‘z xodimlari oldidagi ish haqi to‘lash bo‘yicha majburiyatlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
157. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirmalar beradi hamda ularni mazkur Qoidalarning 16-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Buyurtmachilarning mas’ul xodimlari Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma olishda Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnaliga ko‘chirmani olganligi to‘g‘risida tegishli belgi qo‘yadi.
(157-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Bunda Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali har bir buyurtmachi bo‘yicha alohida ochiladi va yuritiladi. Buyurtmachilar ko‘chirmalarni “UzASBO” DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali yuritilmaydi.
2-§. III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi
Oldingi tahrirga qarang.
158. III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisobvaraq-faktura o‘rnini bosuvchi hujjatlar (bundan buyon matnda hisobvaraq-faktura deb yuritiladi) asosida qabul qilinadi.
(158-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
159. III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar “O‘RIMV” ATda elektron hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnoma doirasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hisobga olinadi.
(159-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
160. Kapital qo‘yilma buyurtmachilari tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganlaridan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun ularni elektron hujjat shaklida “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali “O‘RIMV” ATga yuborishi lozim. Bunda hisobvaraq-fakturadagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
(160-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
161. Kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali yuborilgan hisobvaraq-fakturalar asosida Moliyaviy majburiyatlar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan “O‘RIMV” ATda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha ro‘yxatga olinadi hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha hisobga olinadi. Ularning ro‘yxatga olinganligi yoki hisobga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kapital qo‘yilma buyurtmachilariga avtomatik tarzda yuboriladi.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
162. Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali “O‘RIMV” ATga yuborilgan hisobvaraq-fakturalarining tegishli shartnomaga muvofiqligi bo‘yicha tekshirish orqali Moliyaviy majburiyatlar “O‘RIMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda kapital qo‘yilma buyurtmachilariga qaytariladi.
(162-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
163. Agar hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi ishlarni bajarish jadvalidan ilgarilab ketish natijasida yuzaga kelgan hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan yoki hisobga olinadigan moliyaviy majburiyatlar tegishli yil uchun rejalashtirilgan mablag‘lardan oshsa, kapital qo‘yilma buyurtmachilari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga mazkur Qoidalarning 160-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga bosh buxgalterlari tomonidan imzolangan ma’lumotnoma taqdim etadi. Ushbu ma’lumotnomada tegishli hisobvaraq-faktura rekvizitlari hamda smeta doirasida joriy yil uchun qabul qilinishi lozim bo‘lgan moliyaviy majburiyat summasi ko‘rsatiladi. Bunda moliyaviy majburiyatlar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan kapital qo‘yilma buyurtmachilarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan summa doirasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
(163-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1631-1632-bandlar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
164. Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “O‘RIMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda kapital qo‘yilma buyurtmachilariga qaytariladi.
(164-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
165. “UzASBO” DMga ulanmagan kapital qo‘yilma buyurtmachilari to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga qog‘oz shaklda taqdim qiladi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari mazkur Qoidalarning 167 — 171-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
(165-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
166. Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining xarajatlar to‘lovi quyidagi talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
to‘lov hujjatida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, kapital qo‘yilma buyurtmachisining nomi va STIRi, budjet tasnifining tegishli kodlari, yuridik majburiyat yuzaga kelishiga asos bo‘lgan hujjat va hisobvaraq-faktura raqami va sanasi, avans (to‘lov) miqdori va to‘lov maqsadi to‘g‘ri ko‘rsatilganida;
Oldingi tahrirga qarang.
qurilishlarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxati asosida va tegishli obyektlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardagi mavjud ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari qoldig‘i doirasida;
(166-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
agar to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida ko‘rsatilgan summa g‘aznachilik xizmati bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatga asosan oldin o‘tkazilgan mablag‘larni hisobga olgan holda to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘laridan oshmasa;
(166-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
hisobvaraq-fakturalar, kapital qo‘yilma buyurtmachisining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarga (pudratchilarga) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans to‘lovlarini o‘tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda;
to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlariga muvofiq bo‘lganida.
Oldingi tahrirga qarang.
167. To‘lov topshiriqnomalari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga uch nusxada taqdim qilinadi. Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomalarining birinchi nusxasi kapital qo‘yilma buyurtmachilarining g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YAG‘Hdan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. To‘lov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining “TO‘LANDI” belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan holda shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlariga qaytariladi.
Bunda to‘lov topshiriqnomalarining “Mablag‘larni to‘lovchining nomi” ustunida g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining nomi, “Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i” ustunida — YAG‘H, “To‘lov maqsadi” ustunida — kapital qo‘yilma buyurtmachisining shaxsiy g‘azna hisobvaraq raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
(167-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
168. Kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lganda, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, to‘lov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi. To‘lov topshiriqnomalar mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda ularni kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlariga qaytaradi. To‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari imzolari va g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
(168-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
169. Bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tkazish uchun kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga uch nusxada g‘aznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan g‘aznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga kapital qo‘yilma buyurtmachilarining g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va kapital qo‘yilma buyurtmachilarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining “TO‘LANDI” belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan g‘aznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma bilan birgalikda kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlariga qaytariladi.
(169-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Bunda g‘aznachilik memorial orderlarining “To‘lov maqsadi” ustunida To‘lov turlari bo‘yicha ma’lumotnomaga asosan tegishli to‘lov kodi, kapital qo‘yilma buyurtmachilarining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjat, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
170. Kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan g‘aznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lganda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, g‘aznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi. G‘aznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda uni kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlariga qaytaradi. G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslarining imzolari va g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
(170-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
171. Mablag‘larni bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqasiga o‘tkazishda g‘aznachilik memorial orderlariga mablag‘larni o‘tkazishga asos bo‘luvchi yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
172. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatlarda nazarda tutilgan, belgilangan tartibda har bir hisobvaraq-fakturadan chegirib qolinadigan, kafolat muddati tamom bo‘lganidan so‘ng to‘lanadigan kafolat summasi to‘g‘risidagi ma’lumot “O‘RIMV” ATga kiritilmaydi.
(172-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
173. Kafolat muddati tugaganidan so‘ng to‘lanadigan obyekt qiymatidan 5 foiz kafolat summasini to‘lash bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish bajarilgan ishlar qiymati to‘g‘risidagi hisobvaraq-faktura va kapital qo‘yilma buyurtmachisi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) o‘rtasida tuziladigan solishtirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
174. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari kapital qo‘yilma buyurtmachilarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma olishda kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlari jurnalga ko‘chirmani olganligi to‘g‘risida tegishli belgi qo‘yadi.
(174-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali har bir kapital qo‘yilma buyurtmachisi bo‘yicha alohida ochiladi va yuritiladi.
(174-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Kapital qo‘yilma buyurtmachilari ko‘chirmalarni “UzASBO” DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali yuritilmaydi.
3-§. IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi
175. IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalari asosida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
176. IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnoma doirasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hisobga olinadi.
(176-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
177. Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganidan so‘ng ularni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun ularni elektron hujjat shaklida “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali “O‘RIMV” Atga yuborishi lozim. Bunda hisobvaraq-fakturadagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
(177-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
178. Buyurtmachilar tomonidan “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali yuborilgan hisobvaraq-fakturalar asosida Moliyaviy majburiyatlar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan “O‘RIMV” ATda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha ro‘yxatga olinadi hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha hisobga olinadi. Ularning ro‘yxatga olinganligi yoki hisobga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kapital qo‘yilma buyurtmachilariga avtomatik tarzda yuboriladi.
(178-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
179. Buyurtmachilarning “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali “O‘RIMV” ATga yuborilgan hisobvaraq-fakturalarining tegishli shartnomaga muvofiqligi bo‘yicha tekshirish orqali Moliyaviy majburiyatlar “O‘RIMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda kapital qo‘yilma buyurtmachilariga qaytariladi.
(179-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1791-1792-bandlar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1793. Buyurtmachilar elektron davlat xaridlari orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilib olganlaridan so‘ng uch ish kuni muddatida bu haqdagi ma’lumotlarni “UzASBO-Faktura” elektron tizimiga kiritishlari va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda “O‘RIMV” ATga yuborishlari lozim.
(1793-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
180. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “O‘RIMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
(180-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
181. “UzASBO” DMga ulanmagan buyurtmachilar to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga qog‘oz shaklda taqdim qiladi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari mazkur Qoidalarning 183 — 187-bandlariga muvofiq ish yuritadi.
(181-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
182. Buyurtmachilarning xarajatlar to‘lovi quyidagi talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
to‘lov hujjatida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, kapital qo‘yilma buyurtmachisining nomi va STIRi, budjet tasnifining tegishli kodlari, yuridik majburiyat yuzaga kelishiga asos bo‘lgan hujjat va hisobvaraq-faktura raqami va sanasi, avans (to‘lov) miqdori va to‘lov maqsadi to‘g‘ri ko‘rsatilganida;
buyurtmachilarning xarajatlar smetasining IV guruhi tegishli moddalari bo‘yicha rejali mablag‘lar, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari qoldiqlari summalari doirasida;
Oldingi tahrirga qarang.
agar to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida ko‘rsatilgan summa g‘aznachilik xizmati bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatga asosan oldin o‘tkazilgan mablag‘larni hisobga olgan holda to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘laridan oshmasa;
(182-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
hisobvaraq-fakturalar, buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans to‘lovlarini o‘tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda;
to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlariga muvofiq bo‘lganida.
Oldingi tahrirga qarang.
183. To‘lov topshiriqnomalari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga uch nusxada taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomalarining birinchi nusxasi, buyurtmachilarning g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YG‘Hdan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining “TO‘LANDI” belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan to‘lov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi.
Bunda to‘lov topshiriqnomalarining “Mablag‘larni to‘lovchining nomi” ustunida g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining nomi, “Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i” ustunida — YAG‘H, “To‘lov maqsadi” ustunida — buyurtmachining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
(183-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
184. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lganda, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, to‘lov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi. To‘lov topshiriqnomalar mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda ularni buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytaradilar. To‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari imzolari va g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
(184-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
185. Bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tkazish uchun buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga uch nusxada g‘aznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan g‘aznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga buyurtmachilarning g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining “TO‘LANDI” belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan g‘aznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma bilan birgalikda buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi.
(185-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Bunda g‘aznachilik memorial orderlarining “To‘lov maqsadi” ustunida To‘lov turlari bo‘yicha ma’lumotnomaga asosan tegishli to‘lov kodi, buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjat, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
186. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan g‘aznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lganda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, g‘aznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi. G‘aznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda uni buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytaradi. G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslarining imzolari va g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
(186-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
187. Mablag‘larni bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqasiga o‘tkazishda g‘aznachilik memorial orderlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
iqtisod qilingan budjet mablag‘larini o‘tkazishda — mazkur Qoidalarning 225-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar;
hisobvaraq-fakturalar yoki buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatlar va tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar.
188. Budjet tashkilotlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida chorak (yil) oxirida qolgan, iqtisod qilingan budjet mablag‘lari (kapital qo‘yilmalar bo‘yicha to‘lovlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari) Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi va sarflanadi. Yil oxirida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarda qolgan iqtisod qilingan budjet mablag‘larini Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi moliya yiliga qo‘shimcha davr mobaynida amalga oshiriladi.
189. Xarajatlar smetasining tegishli moddasida nazarda tutilgan rejali ajratilgan budjet mablag‘lari belgilangan muddatlarda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga shartnomalar tuzilmasdan Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan g‘aznachilik memorial orderi asosida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
190. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Buyurtmachilarning mas’ul xodimlari Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma olishda jurnalga ko‘chirmani olganligi to‘g‘risida tegishli belgi qo‘yadi.
(190-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali har bir buyurtmachi bo‘yicha alohida ochiladi va yuritiladi.
(190-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Buyurtmachilar ko‘chirmalarni “UzASBO” DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali yuritilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
81-bob. Davlat xaridlari sohasida qonunbuzilishi holatlari aniqlanganda, to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatish, shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazmasdan qaytarish va uni bekor qilish to‘g‘risida xabarnoma yuborish
1901. Buyurtmachilar tomonidan G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalariga yuborilgan shartnomalar, Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar, to‘lov topshiriqnomalar va g‘azna memorial orderlarni tekshirish jarayonida davlat xaridlari sohasida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ular G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan yoki hisobga olinmasdan qaytariladi.
Davlat xaridlari sohasida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari “O‘RIMV” ATda uch ish kuni mobaynida shartnoma(lar)ni bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachi(lar)ga hamda qonunbuzilish holatlari mavjudligi to‘g‘risida davlat moliyaviy nazorat organlariga xabarnoma yuboradi.
1902. G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonlari bo‘yicha shubhali holatlar to‘g‘risida davlat moliyaviy nazorat organlarini uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
1903. Jamoatchilik nazorati subyektlari yoki boshqa vakolatli organlardan qonunbuzilish holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushganda yoki mustaqil ravishda xavf(risk)lar aniqlanganda, vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatib turadi (qonunchilikda belgilangan kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlar bundan mustasno).
(81-bob O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
9-bob. Buyurtmachilarning YAG‘Hga mablag‘ undirish bo‘yicha inkasso topshiriqnomalari va to‘lov talabnomalarini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
191. Buyurtmachilarning inkasso topshiriqnomalari va to‘lov talabnomalari O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3229, 2020-yil 13-aprel) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga taqdim etiladi.
Bunda inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasining “Mablag‘larni oluvchining nomi” ustunida “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi”, “Mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i” ustunida — YAG‘H, “To‘lov maqsadida” ustunida — to‘lov kodi, buyurtmachining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i hamda inkasso topshiriqnomasini yoki to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun asos bo‘lgan hujjatlar rekviziti ko‘rsatiladi.
(191-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
192. Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga quyidagicha taqdim etiladi:
to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko‘rsatilganida besh nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi nusxalari g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining beshinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, YAG‘Hga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga qaytariladi;
bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik xizmati bo‘linmasi to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga qaytariladi;
hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik xizmati bo‘linmasi to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan turli hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga qaytariladi.
(192-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
193. Buyurtmachilar tomonidan to‘lov talabnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga quyidagicha taqdim etiladi:
to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko‘rsatilganida to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga qaytariladi.
oluvchi va to‘lovchiga turli banklarda xizmat ko‘rsatilganida to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga qaytariladi.
(193-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
194. G‘aznachilik xizmati bo‘linmasi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasi “Bank-mijoz” dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron tarzda ijro etilganida buyurtmachi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi.
Bunda buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini va to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi buyurtmachining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda buyurtmachining mas’ul xodimiga beriladi.
(194-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
10-bob. Undiruvni Davlat budjeti mablag‘lariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
195. Ijro hujjatida foydasiga davlat budjeti mablag‘lari o‘tkazilishi nazarda tutilgan shaxslar yoxud ularning vakillarining iqtisodiyot va moliya organlariga murojaatini iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan ko‘rib chiqish va ijro hujjatining ijrosi yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 120-son qarori bilan tasdiqlangan Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
(195-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
196. Iqtisodiyot va moliya organlari ijro hujjatini Nizomga muvofiq ko‘rib chiqqanlaridan so‘ng agar ijro hujjatini ijro etmasdan qaytarishga asoslar bo‘lmasa, ariza kelib tushgan kundan boshlab 27 kun ichida:
(196-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
pul mablag‘lari undiruvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladigan tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ini ochadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(196-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘iga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ijro hujjatiga muvofiq mablag‘ni to‘lab berish uchun “O‘RIMV” ATda yuridik majburiyatni shakllantiradi va tasdiqlaydi, shuning bilan birgalikda ushbu yuridik majburiyat asosida to‘lov hujjatini shakllantiradi va ma’qullaydi;
(196-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ijro hujjatining aslini g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etadi.
(196-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Agar ijro varaqasi yoki sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilgan bo‘lsa, uning asl nusxasini taqdim etish talab etilmaydi.
(196-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘iga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)
Oldingi tahrirga qarang.
197. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan ijro hujjatining asli taqdim etilganidan so‘ng ikki ish kuni muddatida iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan “O‘RIMV” ATda ma’qullangan to‘lov hujjatini tasdiqlash va to‘lovni amalga oshirish yo‘li bilan ijro hujjati ijrosini ta’minlaydi va ijro hujjatining aslini tegishli iqtisodiyot va moliya organiga qaytaradi.
Undiruvchining arizasi va ijro hujjatining asli iqtisodiyot va moliya organida saqlanadi.
(197-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(198-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘iga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(199-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘iga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)
Oldingi tahrirga qarang.
200. To‘lovni amalga oshirish uchun tegishli budjetning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida mablag‘lar yo‘q yoki yetarli bo‘lmaganda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari ijro hujjatining ijrosini to‘xtatib turish, kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirishni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartibda amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish uchun yozma ravishda tegishli iqtisodiyot va moliya organini xabardor qiladi.
(200-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
11-bob. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish hamda to‘lovlarni amalga oshirish
201. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
202. Ijro hujjatlarida qarzdor-budjet tashkilotining to‘g‘ri rekvizitlari (YAG‘H, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i yoki bank hisobvarag‘i) ko‘rsatilishi lozim. Qarzdorning rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan ijro hujjatlari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan rekvizitlarni aniqlashtirish uchun qaytariladi.
(202-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
203. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish:
birinchi navbatda budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga;
to‘lanishi lozim bo‘lgan qarz budjet tashkilotining xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlar moddasiga muvofiq bo‘lganda — budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
204. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari ijro hujjatlari hisobini alohida Ijro hujjatlari va sud hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalida “O‘RIMV” ATda elektron ko‘rinishda yuritadi.
(204-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
205. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari ijro hujjatini olganidan so‘ng o‘n kunlik muddatda uning ijrosini quyidagi yo‘l bilan ta’minlaydi:
(205-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasining tegishli moddasi va budjet tashkilotining barcha budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari bo‘yicha to‘lovlarni va shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni yoki hisobga olishni vaqtinchalik to‘xtatish, shuningdek budjet tashkilotining mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha ijro hujjatida nazarda tutilgan cheklovlarni ta’minlash;
ijro hujjatini ilova qilgan holda tegishli xarajatlari vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida budjet tashkilotini yozma xabardor qilish;
budjet tashkilotining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari qoldig‘i doirasida mablag‘larni o‘tkazish, budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamg‘armasida mablag‘lar yo‘q yoki yetarli bo‘lmaganida hamda qarzdorlik budjet tashkilotining xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlar moddasiga muvofiq bo‘lganda — budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
206. Budjet tashkilotlari ijro hujjatini yoki g‘aznachilik xizmati bo‘linmasining tegishli xabarnomasini olganidan so‘ng mablag‘larni o‘tkazib berish uchun ikki ish kuni ichida “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradi.
G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining mas’ul xodimi buyurtmani ikki ish kuni ichida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “O‘RIMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki hisobga oladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini ko‘rsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
(206-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2061. G‘aznachilik xizmati bo‘linmasida buyurtma ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng budjet tashkilotlari bir ish kuni ichida “UzASBO” DMda to‘lov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga elektron shaklini yuboradi.
G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining mas’ul xodimi to‘lov hujjatini “O‘RIMV” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda to‘lovni amalga oshiradi, to‘lov hujjatida kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini ko‘rsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
(2061-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
207. Budjet tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalarning 206 va 2061-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganida yoki muddatida taqdim etilmaganida g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari mazkur Qoidalarning 205-bandida ko‘rsatilgan tartibda va muddatlarda ijro hujjati bo‘yicha to‘lovni mustaqil amalga oshiradi.
(207-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
208. Budjet tashkilotlarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida budjetdan tashqari mablag‘lar yo‘q yoki yetarli bo‘lmaganida ijro hujjati bo‘yicha to‘lov budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasining tegishli moddasidan amalga oshiriladi.
Bunda xarajatlar smetasining tegishli moddasida yuridik majburiyatlar bilan band qilinmagan mablag‘lar mavjud bo‘lmasa, budjet tashkilotlari tegishli modda bo‘yicha qabul qilingan yuridik majburiyatlar summasini kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
209. Budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari va xarajatlar smetasining tegishli moddasi bo‘yicha budjetdan ajratilgan mablag‘lar qoldig‘i yo‘q yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda, g‘aznachilik xizmati bo‘linmasi budjet tashkilotiga xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida talabnoma yuboradi.
(209-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
210. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yoki budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasining tegishli moddalarida mablag‘lar yo‘q yoki yetarli bo‘lmagan holda budjet tashkilotlari tegishli iqtisodiyot va moliya organiga ijro hujjatiga asosan to‘lash uchun budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan mablag‘larni to‘liq to‘lashi bo‘yicha uch ish kuni ichida tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan murojaat qiladi.
(210-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
211. Budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida budjetdan tashqari mablag‘lar yoki budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasining tegishli moddasida rejalashtirilgan mablag‘lar yetarli bo‘lmaganligi sababli ijro hujjati asosida mablag‘lar to‘liq o‘tkazilmagan hollarda keyinchalik budjet tashkilotining budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan, shuningdek budjet tashkilotining budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasining tegishli moddalari bo‘yicha yuridik majburiyatlarni qabul qilish ijro hujjatida ko‘rsatilgan mablag‘lar to‘liq to‘langanidan so‘ng amalga oshiriladi.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)
12-bob. Budjetlararo transfertlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish
212. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjetlararo transfertlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari hamda Toshkent shahri shahar budjeti, shuningdek DMJ budjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladi.
213. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari hamda Toshkent shahri shahar budjetidan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan tumanlar va shaharlar budjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladi.
214. DMJ budjetlaridan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga hamda buning aksicha o‘tkaziladi.
215. Budjetlararo tranfertlarni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjet mablag‘larini o‘tkazish uchun so‘rovnoma va g‘aznachilik memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.
216. Byujetlararo transfertlar bo‘yicha hisob-kitoblar joriy moliya yilida qo‘shimcha vaqt davrini hisobga olgan holda yakunlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
217. Mahalliy budjetdan o‘z muddatida qaytarilmagan budjet ssudalari va o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha yuqori budjet oldidagi qarzdorliklarni so‘zsiz undirish uchun mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek DMJ budjetlaridan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga undirishda Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli boshqarmalari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlariga tuman va shahar budjetlaridan undirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri iqtisodiyot va moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar g‘aznachilik xizmati boshqarmalariga tegishli mazmundagi xat bilan birgalikda ikki nusxada Budjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnoma taqdim etadi.
(217-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
218. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarining mas’ul xodimlari Budjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomalarini qabul qilganlaridan so‘ng so‘rovnomada kamchiliklar aniqlanmasa so‘rovnomalarining ikkala nusxasiga qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzolarini qo‘yadi hamda bir nusxasini Budjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomani yuborgan iqtisodiyot va moliya organiga qaytaradi. Budjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomada kamchiliklar aniqlanganida kamchiliklarni bartaraf etish uchun so‘rovnomaning ikkala nusxasini iqtisodiyot va moliya organiga qaytaradi.
(218-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
219. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari iqtisodiyot va moliya organlarining Budjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomani qabul qilib olganidan so‘ng shu ish kunining o‘zida “O‘RIMV” ATda mablag‘larni so‘zsiz undirish uchun g‘aznachilik memorial orderi shakllantiradi va g‘aznachilik memorial orderi “O‘RIMV” ATda avtomatik tarzda bajariladi.
(219-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
13-bob. Qo‘shimcha vaqt davrida budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi
Oldingi tahrirga qarang.
220. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri bo‘lib, bu davr mobaynida o‘tgan yil uchun budjet tizimi budjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet tizimi budjetlarining qo‘shimcha vaqt davridagi ijrosi bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.
(220-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
221. Qo‘shimcha vaqt davrida iqtisodiyot va moliya organlari, g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari tomonidan joriy moliya yili uchun Davlat budjeti va DMJ budjetlarini ijro etish bo‘yicha operatsiyalar, shu jumladan:
(221-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
budjetlararo munosabatlarni tartibga solish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning kreditorlik qarzlarini to‘lash;
budjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablag‘lar summalarini Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga) o‘tkazish;
Davlat budjeti va DMJ budjetlari mablag‘lari hisobidan boshqa ruxsat etilgan to‘lovlar amalga oshiriladi.
Bunda moliya yili uchun qo‘shimcha vaqt davri budjet tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga tatbiq etilmaydi, iqtisod qilingan mablag‘larni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga) o‘tkazish bundan mustasno.
222. Qo‘shimcha vaqt davrida kreditor qarzdorliklar o‘tgan yilgi xarajatlar smetasining qaysi xarajatlar moddasi bo‘yicha yuzaga kelgan bo‘lsa, shu xarajatlar moddasi bo‘yicha to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
223. Kreditor qarzdorliklarni to‘lab berish uchun buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(223-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) o‘rtasida o‘tgan yil yakuni bo‘yicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi nusxasi;
Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar nusxalari;
to‘lov topshiriqnomalari (bunda to‘lov maqsadida qo‘shimcha ravishda “o‘tgan yilgi kreditor qarzdorlikni to‘lash” ko‘rsatiladi);
o‘tgan yilning dekabr oyi uchun o‘tuvchi kreditor qarzdorlikni to‘lash joriy moliya yilining xarajatlar smetasida (vaqtinchalik xarajatlar smetasini hisobga olgan holda) nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2231. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar kreditor qarzdorliklarni to‘lab berish uchun buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan buyurtma qog‘oz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos bo‘lgan hujjatlar, jumladan buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) o‘rtasida o‘tgan yil yakuni bo‘yicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
(2231-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2232. G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining mas’ul xodimi buyurtmada ko‘rsatilgan kreditorlik qarzdorlikni “O‘RMV” ATda o‘tgan moliya yilida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnoma bilan solishtiradi. Ma’lumotlar muvofiq bo‘lganida va buyurtmada kreditorlik qarzdorlikni to‘lash uchun ko‘rsatilgan mablag‘ mazkur shartnoma bo‘yicha to‘lanmagan mablag‘ miqdoridan oshmasa buyurtmani ikki ish kuni ichida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “O‘RIMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki hisobga oladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini ko‘rsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
(2232-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2233. G‘aznachilik xizmati bo‘linmasida buyurtma ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng budjet tashkilotlari “UzASBO” DMda to‘lov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradi.
G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining mas’ul xodimi to‘lov hujjatini “O‘RIMV” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda to‘lovni amalga oshiradi, to‘lov hujjatida kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini ko‘rsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
(2233-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
224. Qo‘shimcha vaqt davrida kreditor qarzdorlikni qoplash yoki mablag‘larni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armalariga va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari va g‘aznachilik memorial orderlarini to‘ldirishda to‘lov topshiriqnomalari va g‘aznachilik memorial orderlarining to‘lov maqsadida mos ravishda “20__ yil uchun kreditor qarzdorlikni qoplash” yoki “20__ yil uchun iqtisod qilingan mablag‘larni Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga) o‘tkazish” yozuvi yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
225. Iqtisod qilingan mablag‘larni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish uchun budjet tashkilotlari “UzASBO” DMda to‘lov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “O‘RIMV” ATga yuboradi.
Iqtisod qilingan mablag‘larni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish to‘lov hujjati iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan “O‘RIMV” ATda ma’qullanganidan so‘ng g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(225-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
226. O‘tgan yilgi kreditor qarzdorlikni qoplash, shuningdek Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga iqtisod qilingan mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalar yoki g‘aznachilik memorial orderlari g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri tugashidan ikki ish kuni oldin taqdim qilinishi lozim.
(226-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
227. Kreditor qarzdorlikni to‘lash hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida qolgan iqtisod qilingan mablag‘larni o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomalar va g‘aznachilik memorial orderlari moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri tugashidan ikki ish kuni oldin taqdim etilmagan hollarda budjetdan ajratilgan mablag‘lar belgilangan maqsadni yo‘qotadi va tegishli budjetlarning qoldiqlari bo‘lib hisoblanadi.
(227-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)
Oldingi tahrirga qarang.
228. Qo‘shimcha vaqt davrida O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga tegishliligi bo‘yicha o‘tgan yil mobaynida ishlatilmagan:
(228-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 118-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-2, 15.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamg‘armalaridan ajratilgan;
(228-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 118-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-2, 15.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son)
o‘tgan yil uchun davlat tashqi qarzini to‘lash uchun ajratilgan mablag‘larning tiklanishi amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
229. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamg‘armalaridan ajratilgan, shuningdek o‘tgan moliya yili uchun davlat tashqi qarzini to‘lanishiga oldin ajratilgan va o‘tkazilgan mablag‘larning o‘tgan moliya yili mobaynida foydalanilmagan qismining majburiy ravishda tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlariga qaytarib o‘tkazilishi moliya yili yakunlangandan keyin keyingi yilning 10-yanvaridan kechikmagan muddatda amalga oshiriladi.
(229-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 118-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-2, 15.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son)
230. Agar zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega bo‘lsa, foydalanilmay qolgan mablag‘lar oluvchi tomonidan tadbirlar o‘tkazish muddati tugashi bilan o‘n ish kuni mobaynida belgilangan shakldagi hisobotni taqdim etish bilan birga qaytariladi.
14-bob. Qo‘shimcha vaqt davri yakunlanganidan so‘ng kreditor qarzdorlikning to‘lanishi
231. Qo‘shimcha vaqt davri yakunlanganidan so‘ng budjet tashkilotlarining kreditor qarzdorligi birinchi navbatda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
232. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarida mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda yoki yetarli bo‘lmagan hollarda o‘tgan yilning kreditor qarzdorligini joriy moliya yili xarajatlar smetalarida (vaqtinchalik smetalarni hisobga olgan holda) nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan to‘lab beriladi. Bunda joriy moliya yilining xarajatlar smetasida kreditor qarzdorlikni (budjet tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan tasdiqlangan smetalar va yuzaga kelgan kreditor qarzdorlik bo‘yicha tegishli hisob-kitoblar asosida) to‘lash uchun zarur mablag‘lar nazarda tutilganligi to‘g‘risidagi budjet mablag‘larini taqsimlovchilar (O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablag‘ oladigan tashkilotlar bo‘yicha), hududiy iqtisodiyot va moliya organlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarning yozma xulosasi mavjud bo‘lgandagina to‘lovlar amalga oshiriladi.
(232-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Bunda budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy moliya yili uchun xarajatlar smetasining tegishli moddasi bo‘yicha qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar summasi o‘tgan yilning kreditor qarzdorligini to‘lash uchun yo‘naltirilgan summaga kamaytiriladi. Buyurtmachilarning yetkazib beruvchilar bilan davriy asosda tuziladigan shartnomalari bo‘yicha kreditor qarzdorlik summasi shartnomada joriy moliya yili uchun qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar summalari va kreditor qarzdorlik summalari alohida ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
233. Buyurtmachilar o‘tgan moliya yilining kreditorlik qarzdorligini to‘lash uchun tegishli g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(233-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma;
kreditor qarzdorlik to‘lanishi nazarda tutilgan mablag‘lar manbasi, tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i va boshqa rekvizitlar ko‘rsatilgan xat;
ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan o‘tgan moliya yilidagi shartnoma nusxasi;
Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisob-fakturalar nusxasi;
buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomasi (qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshirilgan hisob-kitoblarni inobatga olgan holda);
joriy moliya yilining xarajatlar smetasida kreditor qarzdorlikni (kreditor qarzdorlik budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘langan hollarda) to‘lash uchun zarur mablag‘lar nazarda tutilganligi to‘g‘risidagi mazkur Qoidalarning 232-bandida ko‘rsatilgan yozma xulosa;
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to‘lov topshiriqnomasi va g‘aznachilik memorial orderi (bunda to‘lov maqsadida qo‘shimcha ravishda “o‘tgan yilgi kreditor qarzdorlikni to‘lash” ko‘rsatiladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2331. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar kreditor qarzdorliklarni to‘lab berish uchun “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuborilgan buyurtma qog‘oz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos bo‘lgan hujjatlar, jumladan buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) o‘rtasida o‘tgan yil yakuni bo‘yicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
(2331-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2332. G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining mas’ul xodimi buyurtmada ko‘rsatilgan kreditorlik qarzdorlikni “O‘RIMV” ATda o‘tgan moliya yilida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnoma bilan solishtiradi. Ma’lumotlar muvofiq bo‘lganida va buyurtmada kreditorlik qarzdorlikni to‘lash uchun ko‘rsatilgan mablag‘ mazkur shartnoma bo‘yicha to‘lanmagan mablag‘ miqdoridan oshmasa buyurtmani ikki ish kuni ichida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “O‘RIMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki hisobga oladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini ko‘rsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytariladi.
(2332-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2333. G‘aznachilik xizmati bo‘linmasida buyurtma ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng budjet tashkilotlari “UzASBO” DMda to‘lov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga yuboradi.
G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining mas’ul xodimi to‘lov hujjatini “O‘RIMV” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda to‘lovni amalga oshiradi, to‘lov hujjatida kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini ko‘rsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
(2333-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
234. Buyurtmachilarning tegishli g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hamda hisobga olinmagan shartnomalari bo‘yicha yuzaga kelgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi kreditor qarzdorliklari to‘lab berilmaydi.
(234-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
15-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
235. Budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlarining g‘azna ijrosini amalga oshirish jarayonida buyurtmachilar hamda kapital qo‘yilma buyurtmachilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishiga, iqtisodiyot va moliya organlari va g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligiga va budjet qonunchiligi talablariga rioya etilishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgardir.
Bunda “UzASBO” DM orqali g‘aznachilik xizmati bo‘linmalariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuborilgan elektron hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, hujjatlarning qog‘oz va elektron shaklining o‘zaro muvofiqligi, elektron hujjatlarga asos bo‘lgan hujjatlarning asli, shuningdek shartnoma tuzish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
(235-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
236. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari yuridik va moliyaviy majburiyatlarni o‘z muddatida va to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazilishi va hisobga olinishiga, to‘lovlarning amalga oshirilishi hamda talab qilinadigan hujjatlarning to‘liqliligiga, shuningdek o‘z zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni mazkur Qoidalarga muvofiq bajarishga javobgardir.
G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar bo‘yicha muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklar hisobini yuritadi hamda har chorak yakuni bo‘yicha chorakdan keyingi oyning 10-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etib boradi.
(236-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
237. Mazkur Qoidalar talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(237-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1752-moddasi.
238. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2016-yil 22-noyabr,
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

To‘lov topshiriqnomasi

-sonli

Sana

kk.oo.yyyy

Mablag‘larni to‘lovchining nomi

DEBET

Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i

Mablag‘larni to‘lovchining STIRi

Mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi

Mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank kodi

Summa

Mablag‘larni oluvchining nomi

KREDIT

Mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i

Mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi

Mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank kodi

Summa (so‘z bilan)

To‘lov maqsadi

SHG‘H XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi, STIR XXXXXXXXX, maqsadi

Buyurtmachi rahbari

Buyurtmachi bosh buxgalter

(F.I.O., imzo)

(F.I.O., imzo)

M.O‘.

To‘lov topshiriqnomasi

-sonli

Sana

kk.oo.yyyy

Mablag‘larni to‘lovchining nomi

DEBET

Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i

Mablag‘larni to‘lovchining STIRi

Mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi

Mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank kodi

Summa

Mablag‘larni oluvchining nomi

KREDIT

Mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i

Mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi

Mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank kodi

Summa (so‘z bilan)

To‘lov maqsadi

SHG‘H XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi, STIR XXXXXXXXX, maqsadi

G‘aznachilik xizmati bo‘linmasi rahbari yoki vakolatli shaxsi

Mas’ul xodim

(F.I.O., imzo)

(F.I.O., imzo)

M.O‘.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

______ -sonli g‘azna memorial orderi

Sana

KK.OO.YYYY

To‘lovchi

To‘lovchining nomi

To‘lovching sh.g‘.h.

STIR

Summasi

Oluvchi

Oluvchining nomi

Oluvchining sh.g‘.h.

STIR

Summasi so‘z bilan

To‘lov maqsadi

XXXXX (to‘lov kodi), SHG‘H XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi, STIR XXXXXXXXX, maqsadi

Buyurtmachi rahbari

Imzo

F.I.O.

M.O‘.

Buyurtmachi bosh buxgalteri

Imzo

F.I.O.

______ -sonli g‘azna memorial orderi

Sana

KK.OO.YYYY

To‘lovchi

To‘lovchining nomi

To‘lovching sh.g‘.h.

STIR

Summasi

Oluvchi

Oluvchining nomi

Oluvchining sh.g‘.h.

STIR

Summasi so‘z bilan

To‘lov maqsadi

XXXXX (to‘lov kodi),SHG‘H XXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX, tashkilot nomi, STIR XXXXXXXXX, maqsadi

G‘aznachilik xizmati bo‘linmasi rahbari yoki vakolatli shaxsi

Imzo

F.I.O.

M.O‘.

Mas’ul xodim

Imzo

F.I.O.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Budjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun
 

SO‘ROVNOMA

_____-son

“____” _________20 __ y.

Boshqarma (Bosh boshqarma) nomi ___________________________

Bo‘lim va kichik bo‘lim ___________________________________

Bob ___________________________________________________

Xarajat moddasi _______________________________________

Shaxsiy g‘azna hisobvaraq raqami __________________________
 

Buyurtmachining (hududning*) nomi

Buyurtmachining (hududning*) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i

Maqsadli mablag‘ nomi

Maqsadli mablag‘ni ajratish uchun asos

Summasi
(so‘mda)

Boshqarma (Bosh boshqarma) boshlig‘i

__________

_______________________

(imzo)

F.I.O.

Bo‘lim boshlig‘i

__________

_______________________

(imzo)

F.I.O.

**Kelishildi:

Davlat budjeti
Bosh boshqarmasi boshlig‘i

__________

_______________________

(imzo)

F.I.O.

G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining mas’ul xodimi 20__y. “___” ____________
soat ____dan ____ minut o‘tganda qabul qildi.

__________

_______________________

(imzo)

F.I.O.

* — Budjetlararo maqsadli mablag‘larni ajratishda va maqsadli mablag‘larni so‘zsiz undirishda to‘ldiriladi.
** — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan quyi budjetlar va maqsadli jamg‘armalarga maqsadli budjet mablag‘lari ajratishda va quyi budjetlar va maqsadli jamg‘armalardan maqsadli mablag‘larni so‘zsiz undirishda kelishiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 118-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-2, 15.09.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son)
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

20__ MOLIYA YILI UCHUN IMZOLAR NAMUNALARI VA MUHR IZI
 

___________ SONLI KARTOCHKASI

20__ y. “___” ____________

Buyurtmachi nomi _________________________________________________________________________________________________

(ta’sis hujjatlariga muvofiq to‘liq yoki qisqa nomi)

Yuridik manzil ________________________________________________________

Telefon _______________________________________________________________

G‘aznachilik xizmati bo‘linmasi nomi _____________________________________________

Shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda moliyaviy hujjatlarga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning imzolari namunalari va tashkilotning muhr izi namunasi

Imzo qo‘yish huquqi

Mansabi

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Imzo namunasi

Muhr namunasi

Alohida belgilar (pasport ma’lumotlari, uy manzili va h.k)

1

2

3

4

5

6

Birinchi

Ikkinchi

Yurist (shtatda mavjud bo‘lgan hollarda)

Buyurtmachi rahbari

______________

______________________

(imzo)

(F.I.O.)

Buyurtmachi bosh buxgalteri

______________

______________________

(imzo)

(F.I.O.)

_______________________________________________________________________________

(Vakolat va imzolarni tasdiqlanganligi to‘g‘risida yuqori turuvchi tashkilotning belgisi)

Yuqori turuvchi tashkilot rahbari

______________

______________________

(imzo)

(F.I.O.)

M.O‘.

20__ y. “___” ____________

______________________________________________________________________

(Imzolarni haqiqiyligi haqida tasdiqlovchi yozuv)

______________________________________________________________________

(sana (kun, oy, yil) yozma holda)

Yuqori turuvchi tashkilot bosh buxgalteri

_____________

______________________

(imzo)

(F.I.O.)

Yuqori turuvchi tashkilot ijrochisi (yuristi)

________________ ____________

______________________

(lavozim) (imzo)

(F.I.O.)

20__ y. “___” ____________

Imzolar namunasi va muhr izi

kartochkasining orqa tomoni
 

T/r

Shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i

Shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ining nomi

1.

2.

...

...

...

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
6-ILOVA
To‘lov turlari bo‘yicha
MA’LUMOTNOMA
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

To‘lov kodi

To‘lov turlari

1

09510

Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga to‘lovlar:

  1. Yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga to‘lovlar;
  2. Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish natijasida ijaraga oluvchilarning to‘lovlari;
  3. Maktabgacha va qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida, maktab-internatlar va litseylarda farzandining o‘qishi va ovqatlanishi uchun ota-onalar to‘lovlari;
  4. Xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi uchun hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlar;
  5. Ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lovlar;
  6. Ajratmalar hisobiga to‘lovlar;
  7. Umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi uchun to‘lovlar;
  8. Pensiya jamg‘armasi bo‘linmalari tomonidan ishlovchi pensionerlar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar;
  9. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar tomonidan oldingi yillar shartnomalari bo‘yicha debitorlik qarzlari to‘lovlari;
  10. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko‘rsatiladigan homiylik (beg‘araz) yordamlari;
  11. Yuqoridagilardan tashqari boshqa to‘lovlar.

2

09520

Ortiqcha yoki noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘larning budjet tashkilotlariga qaytarilishi:

  1. 23212 va 23214 balans hisobvaraqlarida ochilgan hisobvaraqlardan mablag‘larning qaytishi;
  2. Ishlatilmagan deponentlarning qaytishi;
  3. G‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tomonidan ilgari o‘tkazilgan mablag‘larni yetkazib beruvchining bankdagi hisobvarag‘i o‘zgarganligi, yopilganligi va boshqa sabablarga ko‘ra banklar tomonidan qaytarish;
  4. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan amaldagi shartnomalar bo‘yicha budjet tashkilotlariga mablag‘larni qaytarish;
  5. Birjaga o‘tkazib berilgan moliyaviy zakalat summalarining budjet tashkilotiga qaytarish;
  6. Boshqa holatlarda mablag‘larni qaytarish.

3

09570

Bojxona organlarining depozit g‘azna hisobvaraqlariga mablag‘larning o‘tkazilishi

4

09580

Davlat soliq xizmati organlarining budjetdan tashqari g‘azna hisobvaraqlariga mablag‘larning o‘tkazilishi

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3718, 01.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 10/25/3718/1118-son)
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
7-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

______________________

I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) _____-sonli buyurtma

_____________________________________

Sana

(tuman, shahar, viloyat)

G‘aznachilik xizmati bo‘linmasi

_______________________

______________________

bo‘yicha _______________ oyi uchun yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga

tuman (shahar, viloyat)

(buyurtmachi nomi)

(oy)

_________________________________________________________________

(So‘m)

Shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i

T/r

Iqtisodiy tasnif kodi

Hisoblangan ish haqi

Hisoblangan ish haqidan ushlanmalar

Jami ushlandi

Plastik kartochkalarga o‘tkazish

23212 yoki 23214 balans hisobvaraqlariga o‘tkazish

Oldingi oylar qarzdorligi

Jami to‘lash uchun

Yagona ijtimoiy to‘lov

(___%)

Jami

shu jumladan: imtiyozli (mod. yordam va boshqalar)

Jismoniy shaxslar daromad solig‘i

Fuqarolarning sug‘urta badallari (____%)

Kasaba uyushmasi badali

Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga badal

Avans

Alimentlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

...

...

..

...

...

...

...

...

...

...

...

...

...

Jami

Izoh: Ushbu so‘rovnomada berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaymiz.
Ushbu shakl buyurtmachi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bank belgilagan grafikdagi naqd pul mablag‘larini olish muddatidan ___ ish kuni oldin taqdim qilinadi.
* Ushbu buyurtmaning “Hisoblangan ish haqidan ushlanmalar” qismida ko‘rsatilgan xodimlarning ish haqidan ixtiyoriy ushlanmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq va xodimlarning yozma roziligi asosida ushlanmoqda. Ish haqidan ixtiyoriy ushlanmalar masalasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yoki yuqoridagi xodimlarning roziligining ishonchsizligi aniqlanganida to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz.

Buyurtmachi rahbari

________

___________

G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining xodimi qabul qildi

________

20__ y “___” ________

(imzo)

(F.I.O.)

(imzo)

Buyurtmachi bosh buxgalteri

________

___________

Buyurtmachi xodimi qabul qildi

________

20__ y “___” ________

(imzo)

(F.I.O.)

(imzo)

(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
8-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

20__ y. “__” __________ dagi __________ va ___________ o‘rtasida

________ so‘m umumiy summaga tuzilgan _______- sonli shartnomaga

TO‘LOVLAR JADVALI*

Bob_________________________________

Shaxsiy g‘azna hisobvaraq_________________________________

(so‘mda)

20__ y. oylar nomi.

Xarajatlar turi**
(budjet tasnifining tegishli kodi)

Jami

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentabr

Oktabr

Noyabr

Dekabr

Jami yil bo‘yicha

Jami ___________ so‘m (___________________________________________)

summa so‘z bilan

Yuqoridagi ko‘rsatilgan summadan _________ so‘m yoki shartnomaning umumiy summasidan ______%*** 20___ ______________ oyida to‘lanishi lozim.

(*) — budjet tashkiloti, budjet mablag‘i oluvchi va BMJ mablag‘i oluvchi tomonidan g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga ikki nusxada taqdim etiladi;
(**) — bo‘lim, kichik bo‘lim va xarajat moddasi ko‘rsatiladi;
(***) — Yuqoridagi ko‘rsatilgan summadan oyiga ______% joriy oyning _____ sanasigacha har oyda oldindan to‘lanishi lozim (ushbu satr budjet tashkiloti, budjet mablag‘i oluvchi va BMJ mablag‘i oluvchi tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish, aloqa xizmatlari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan har oy doimiy ravishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish shartnomalari bo‘yicha oldindan to‘lovni amalga oshirish hollarida to‘ldiriladi).

Buyurtmachi rahbari

__________

_______________________

(imzo)

F.I.O.

M.O‘.

Buyurtmachi
bosh buxgalteri

__________

_______________________

(imzo)

F.I.O.

G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining
xodimi qabul qildi ______________

(imzo)

20___ y. “___” ________________

Buyurtmachi xodimi
qabul qildi _____________

(imzo)

20___ y. “___” ________________

(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
9-ILOVA
Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga)
BUYURTMA

20__ y. “___”___________— son

20__y. ________________ uchun

Buyurtmachi nomi _________________________________________

Budjet tasnifining kodi_________________________________________

Shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i_________________________________________

(so‘mda)

Hujjat raqami

Hujjat sanasi

To‘lovni oluvchining nomi

To‘lovni oluvchining bank rekvizitlari (shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i)

Summasi

Taqdim qilingan sana 20___y. “__”______

M.O‘.

Buyurtmachi rahbari

__________

__________________

(imzo)

F.I.O.

Buyurtmachi bosh buxgalteri

__________

__________________

(imzo)

F.I.O.

O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
10-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Tomonlarning yuridik manzili va rekvizitlari:

‎‎“Ijrochi”

‎‎“Buyurtmachi”

‎‎(yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi)

‎‎(buyurtmachi nomi)

‎‎Manzil:_______________________________________‎‎Manzil:_______________________________________
‎‎Tel./faks _____________________________________‎‎Tel./faks _____________________________________
(h/v yoki shg‘h) ___________________________________
‎_____________________________________________
‎‎shg‘h*_________________________________________
‎_____________________________________________
‎‎Bank nomi ____________________________________‎‎Tashkilotning STIRi ___________________________
‎‎MFO_______________ STIR____________________ IFUT________________________________________ ‎‎IFUT________________________________________
‎‎G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining nomi _____________________________________________
‎‎YAG‘H23 402 000 300 100 001 010
‎‎Bank nomi: Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markazi (HKKM)
‎‎MFO:00014 G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining STIRi________________________________________
‎‎Rahbar________________________________________‎‎Buyurtmachi rahbari_____________________________

‎‎(lavozimi) (F.I.O.)

‎‎(lavozimi) (F.I.O.)

_____________
‎‎‎(imzo)

______________
‎‎‎(imzo)

‎‎M.O‘.

‎‎M.O‘.

Izoh:
* — Buyurtmachilar yoki kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i (yoki shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari) ko‘rsatiladi.
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
11-ILOVA

Shartnomalarni qaytarish

VARAQASI

Buyurtmachi nomi ___________________________________________

Shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ___________________________________

Shartnoma raqami va sanasi _________________________________

Yetkazib beruvchining nomi __________________________________

Shartnomani taqdim etish sanasi 20 __ y. “__” __________

Shartnomani qaytarish sanasi 20 __ y. “__” __________

T/r

Qaytarilish sabablari

1

2

Mas’ul xodim

__________

______________________________

(imzo)

F.I.O.

Bo‘lim boshlig‘i

__________

______________________________

(imzo)

F.I.O.

Buyurtmachi yoki kapital qo‘yilma buyurtmachisi xodimi

_____________________________

(F.I.O.)

qaytarish varaqasini olish sanasi

____________ __________

(kk.oo.yyyy) (imzo)

O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
12-ILOVA
Qaytarilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish
KITOBI*

T/r

Shartnoma,

Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga buyurtma raqami

Shartnoma,

Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga buyurtma sanasi

Nomi va rekvizitlari

Shartnoma, Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga buyurtma qabul qilish sanasi

Shartnoma, Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga buyurtma qaytarilish sababi

Shartnoma, Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga buyurtma qaytarilish sanasi

Summasi

buyurtmachi

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi)

1.

2.

3.

* — “O‘RMV” AT da elektron ko‘rinishda yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
13-ILOVA
Shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish)
KITOBI*
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Shartnoma, Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga So‘rovnoma

Nomi va rekvizitlari

Ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) sanasi

G‘aznachilik xizmati bo‘linmasining

mas’ul xodimi

raqami

sanasi

summasi

buyurtmachi

tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi)

1.

2.


 


 


 

* — “O‘RMV” AT da elektron ko‘rinishda yuritiladi.
(13-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
14-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Shtamp*

‎‎ISHONCHNOMA

‎‎____________________________________________________________________________________________
‎(Buyurtmachi nomi)

‎‎moddiy javobgar shaxsga (kassirga) ishonch bildiradi

‎‎____________________________________________________________________________________________
‎( F.I.O.)

‎‎____________________________________________________________________________________________
‎(pasport raqami, seriyasi, berilgan sana va kim tomonidan berilgan)

‎‎quyidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan naqd pul olishga:
‎‎____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
‎‎Moddiy javobgar shaxsning imzosini _______________ tasdiqlaymiz

‎‎___________________________________________________________________________________________.
‎‎‎( F.I.O.)

Mazkur ishonchnoma 20___ yil _______________________ gacha haqiqiy.
‎‎Buyurtmachi rahbari

__________
‎(imzo)‎

_________________________________
‎(F.I.O.)‎‎

‎‎Buyurtmachi bosh buxgalteri

__________
‎(imzo)‎

‎‎_________________________________
‎(F.I.O.)

‎‎20___ yil “____”____________.
M.O‘.‎
‎‎Rahbar _______________________________________

(g‘aznachilik xizmati  bo‘linmasi nomi)

‎‎______________________
‎(imzo )

M.O‘. ‎

‎‎_________________________________
‎(F.I.O.)

20__y. “_____”________________
* Izoh: buyurtmachi g‘aznachilik xizmati bo‘linmasiga ishonchnomani gerbli blankda taqdim etadi, gerbli blank mavjud bo‘lmaganda esa tashkilotning burchakli shtampi qo‘yilgan holda toza varaqda taqdim etiladi.
(14-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
16-ILOVA
Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish
JURNALI

T/r

Buyurtmachining nomi

Budjet tasnifining kodlari (bo‘lim, bob, kichik bo‘lim)

Ko‘chirma sanasi

Olingan sana

Buyurtmachi vakilining imzosi

Oldingi tahrirga qarang.
(17-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2850-3, 22.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son)
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga
18-ILOVA

Ijro hujjatlari va sud hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
JURNALI*

T/r

Taqdim etilgan sana

Ijro hujjati yoki buyruqning sanasi va raqami

Da’vogar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining nomi

Buyurtmachi — javobgarning nomi

Da’vo summasi, so‘m

Mablag‘ manbasi (budjet, budjetdan tashqari jamg‘armalar)

1

2

3

4

5

6

7




* — “O‘RMV” AT da elektron ko‘rinishda yuritiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 593-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son; 23.10.2025-y., 10/25/2850-3/0966-son; 02.12.2025-y., 10/25/3718/1118-son)