1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qarori)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin hamda ular 2014-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ikki oy muddatda :
qo‘mita tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qaror bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning maqsadlarini, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida keng yoritish tadbirlari tashkil etilishini va o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 24-oktabr,
288-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 24-oktabrdagi 288-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda):
“muhandislik ta’minoti yuklamalarini o‘zgartirmasdan obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik bilan ta’minlash, telefon aloqasi) ulanish uchun texnik shartlarni vakolatli organlarda va foydalanish tashkilotlarida rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun turar joy binolarini noturar joy toifasiga o‘tkazishni o‘z vaqtida rasmiylashtirish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishlar tartibi va muddatlarini belgilaydi”.
“6. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, turar joy binolarini noturar joylar toifasiga o‘tkazish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadni ta’mirlash) uchun zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni vakolatli organlarda va foydalanish tashkilotlarida rasmiylashtirish tadbirkorlik subyekti yoki uning muassisining arizasiga ko‘ra Inspeksiya tomonidan ta’minlanadi”.
v) 10-banddagi “obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish” so‘zlari “obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstuksiya qilishga ruxsat berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 25-bandning birinchi xatboshidagi “obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun zarur bo‘lgan” so‘zlari “obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstuksiya qilish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish uchun zarur bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) quyidagi mazmundagi 261-band qo‘shilsin:
“261. Obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishda (fasadini ta’mirlashda), yuklamalari hajmlarini o‘zgartirmasdan turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tkazishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishda (fasadini ta’mirlashda), yuklamalari hajmlarini o‘zgartirmasdan yoki o‘zgartirib turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tkazishda ariza beruvchi tomonidan qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
shaharsozlik normalari va qoidalariga majburiy rioya qilish;
obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash), turar joylarni qurilish loyihasida yoki fasad eskizida ko‘rsatilgan noturar joylar toifasiga o‘tkazish;
yuklamalarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish.
Turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tkazishda quyidagilar qo‘shimcha ruxsat berish talablari va shartlariga kiradi:
xonaning turar joy binosining albatta pastki qavatida joylashgan bo‘lishi;
turar joyning maqsadli yo‘nalishdagi kommunal uy-joy fondiga kirmasligi;
alohida kirish joyi qurish imkoniyatining mavjudligi;
turar joyning avariya holatida emasligi yoki noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun yaroqsiz bo‘lmasligi;
nizo sud tartibida hal etilgungacha — turar joyning sudda ko‘rib chiqish predmeti emasligi.
Noturar joylarni turar joylar toifasiga qayta ixtisoslashtirishda quyidagilar qo‘shimcha ruxsat berish talablari va shartlariga kiradi:
binolarning konstruksiyasiga ularning bardoshliligi kamayishiga olib keladigan o‘zgartirishlar kiritmaslik;
xona binoning yerto‘lasida yoki yarim yerto‘lasida joylashmagan bo‘lishi kerak;
xonani to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshidan oxirigacha yoki burchagidan shamollatishni tashkil etish imkoniyatining mavjudligi, shuningdek qo‘shni turar joy yoki noturar joylardan to‘liq izolatsiyalangan bo‘lishi kerak;
qayta ixtisoslashtirilayotgan xonalar shiftining (maksimum, minimum) balandligi shaharsozlik hamda sanitariya-gigiyena normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak;
zarur sanitariya-texnik va gigiyena sharoitlari yaratish uchun xonalarni moslashtirish imkoniyatining mavjudligi;
xona muhandislik va transport kommunikatsiyalarining, irrigatsiya inshootlarining, daryo va suv havzalarining, ishlab chiqarish korxonalarining, qabristonlarning qo‘riqlanadigan zonalarida, qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berish uchun zaharli ximikatlarni qo‘llash zonalarida joylashmagan bo‘lishi kerak;
xona turar joylarni joylashtirish nazarda tutilmagan zonalarda joylashmagan bo‘lishi kerak, (ushbu zonalar aholi punktining bosh rejasida yoki qishloq (ovul) fuqarolar yig‘ini hududining arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasida belgilanmagan bo‘lsa). Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ko‘rib chiqilayotgan aholi punkti hududini zonalashtirish tegishli bosh loyihalash tashkilotlari tomonidan ular bilan qurilish uchun yer uchastkalarini tanlashni kelishish uchun belgilangan tartibda va muddatlarda aniqlanadi;
nizoni hal etish tugagungacha — xona sudda ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmasligi kerak”;
“B. Obyektlarni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish”;
“40. Muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) uchun ariza beruvchi ushbu Nizomga 1 yoki 1a-ilovalarga asosan shakl bo‘yicha Inspeksiyaga ariza beradi.
Muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma olish uchun arizaga mavjud obyektning kadastr hujjatlari va loyiha hujjatlari (mavjud bo‘lganda) nusxalari ilova qilinadi.
Noturar joy turar joyga qayta ixtisoslashtirilgan hollarda arizaga ariza beruvchining noturar joyga mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish uchun arizaga kamida 30x40 sm. hajmli qog‘ozda chizilgan fasadning eskiz loyihasi ilova qilinadi.
Inspeksiya ariza olingan kundan boshlab bir kundan kechikmay tegishli buyurtmanomani va mavjud obyekt bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasiga (bo‘limiga) yuboradi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi”;
z) quyidagi mazmundagi 401-band qo‘shilsin:
“401. Obyektni qayta ixtisoslashtirish deyilganda obyektning belgilangan maqsadi o‘zgartirilishi, shu jumladan xonalarni (binolarni) uning normativ-texnik yoki loyiha hujjatlarida ilgari nazarda tutilmagan faoliyat turi uchun, muhandislik ta’minoti uchun yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan qayta jihozlash, shu jumladan noturar joyni turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirish tushuniladi.
Obyektni rekonstruksiya qilish deganda obyektning balandligi, qavatlarining soni, maydoni, hajmi parametrlarini o‘zgartirish, shu jumladan obyektga qo‘shimcha qurish, uni qayta qurish, kengaytirish, shuningdek muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan asosiy qurilish konstruksiyalarini almashtirish va (yoki) tiklash tushuniladi.
Bino va inshoot fasadini o‘zgartirish deyilganda asosiy va yon fasadlari arxitekturaviy elementlarining (tsokoli, quyoshdan himoyalash elementlari, pilyastrlar, parapetlar, ustunlar, karnizlar va shu kabilarning) rangi va konfiguratsiyasi va o‘lchamlarini o‘zgartirish tushuniladi.
Obyekt shahar va tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan magistral ko‘chalar (aholi punktlari doirasidagi), xalqaro, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari, bo‘ylab joylashgan hollarda fasadni o‘zgartirishga ruxsatnoma talab qilinadi”;
“41. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) besh kun mobaynida muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) imkoniyatini o‘rganadi.
Muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) imkoniyati, obyektlardan foydalanish maqsadidan, aholi punktining bosh rejasida yoki qishloq (ovul) fuqarolar yig‘ini hududining arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasida nazarda tutilgan tegishli aholi punkti tegishli hududini zonalashtirish va rivojlantirish istiqbolidan kelib chiqqan holda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan aniqlanadi”;
k) quyidagi mazmundagi 411-band qo‘shilsin:
“411. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish uchun mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda, ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan muddat doirasida obyektni o‘rganadi.
Obyektni o‘rganish butun binoni, xonani, inshootni yoki ularning bir qismini hamda ularga birkitilgan yer uchastkasini, tutash hududni va yaqin atrofdagi binolarni, inshootlarni (zarurat bo‘lganda maxsus anjomlar va instrumentlardan foydalangan holda) ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘ladi”;
“42. Muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmlarini o‘zgartirmasdan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish mumkin bo‘lgan taqdirda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) ko‘rsatilgan muddatda Inspeksiyaga tegishli ruxsatnomani yuboradi. Obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishga tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) ruxsatnomasining nusxasi Inspeksiya tomonidan bir kun mobaynida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xo‘jalik hisobidagi xizmatiga (keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy xizmatlari deb ataladi) yuboriladi. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy xizmatlari bir kun muddatda, belgilangan tartibda uni ro‘yxatdan o‘tkazadi (kadastr yig‘majildiga o‘zgartirish kiritadi) va tegishli guvohnoma beradi, u Inspeksiyaga taqdim etiladi”;
m) quyidagi mazmundagi 421-band qo‘shilsin:
“421. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) ushbu Nizomga 8 va 9-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishga amal qilish muddati cheklanmagan ruxsatnoma beradi”;
n) 43 va 44-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“43. Noturar joylar (yoki ularning bir qismi) ko‘p kvartirali turar joy yoki yotoqxona sifatida foydalaniladigan turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirilgan hollarda noturar joyni (uning bir qismini) turar joyga qayta ixtisoslashtirishga tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning ruxsatnomasida, qo‘shni binolardan yong‘inga qarshi va sanitariya masofalarini, kirib kelish yo‘llari, trotuarlar, avtomobillar to‘xtab turish joyi, sport va bolalar maydonchalari, axlat yig‘gichlar va yuvilgan kiyimlarni quritish uchun maydonchalar joylashtirilishini hisobga olgan holda, ko‘p kvartirali turar joyga yoki yotoqxonaga xizmat ko‘rsatish uchun yer uchastkasi maydoni ko‘rsatiladi.
Noturar joylar (yoki ularning bir qismi) yakka tartibdagi turar joy sifatida foydalaniladigan turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirilgan hollarda noturar joyni (uning bir qismini) turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirishga tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning ruxsatnomasida yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida mulkdorga (fuqaroga) birkitiladigan (umrbod meros qilib qoldiriladigan) yer uchastkasi maydoni ko‘rsatiladi.
Turar joyga (ko‘p kvartirali turar joyga, yotoqxonaga, yakka tartibdagi uy-joyga) xizmat ko‘rsatish uchun birkitilgan yer uchastkasining qolgan maydoni turar joyga aylantirilayotgan noturar joyning kadastr yig‘majildida ko‘rsatilgan maqsadlarda, shuningdek qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun mulkdorda qoldiriladi.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning noturar joyni turar joyga qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi ruxsatnomasi nusxasi xonaning mulkdori tomonidan uch kun mobaynida tegishli soliq organlariga, kommunal xizmatlarga va foydalanuvchi tashkilotlarga taqdim etiladi.
44. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma, rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda Inspeksiyaga yozma shaklda yuboriladi. Ariza beruvchi sabablarni bartaraf etishga va hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsat berishning, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishning rad etilishi to‘g‘risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas. Inspeksiya tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishda va rekonstruksiya qilishda ruxsat berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishda (fasadini ta’mirlashda) kelishishga rad etilishining asosliligi o‘rganiladi. Rad etishning asossizligi aniqlangan taqdirda Inspeksiya hujjatlarni arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga qaytaradi, u ruxsatnomani rasmiylashtirish masalasini ikki kun mobaynida hal etishi shart.
Rad etish asoslangan taqdirda Inspeksiya rad etish kunidan keyingi kundan kechikmay ariza beruvchiga ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘zda tutilgan rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani yuboradi (taqdim etadi).
Hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqishda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan Inspeksiya orqali ariza beruvchiga yozma shaklda ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarining ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rad etish sabablarining ko‘rsatib o‘tilishi bundan mustasno”;
o) quyidagi mazmundagi 441—444-bandlar qo‘shilsin:
“441. Obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashga) kelishish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
arizachi tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashga) kelishish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etish;
ariza beruvchining belgilangan talablarga va ushbu Nizomning 261-bandida nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiq emasligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda nohaqiqiy yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi;
ushbu Nizomning 411-bandiga muvofiq o‘tkaziladigan obyektni o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa.
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
442. Obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish, obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish (fasadini ta’mirlashga) yoki ularni berishni rad etish Inspeksiya orqali tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan ariza beruvchining rad etish sabablarini bartaraf etish to‘g‘risidagi arizasi hamda rad etish sabablarining bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
443. Ariza beruvchi tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishni rad etish to‘g‘risidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi hamda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
444. Ariza beruvchi obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishning rad etilishi, shuningdek tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega”;
“45. Agar tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish belgilangan muddat mobaynida ariza beruvchiga Inspeksiya orqali obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishga imkon bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomda nazarda tutilgan muddatlar o‘tgach ariza beruvchi sodir etish va (yoki) amalga oshirish uchun u obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishishni mo‘ljallagan muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Ushbu faoliyatni u Inspeksiya orqali tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ni yozma shaklda xabardor qilgandan keyin amalga oshirish huquqiga ega.
46. Ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan holatda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) ariza beruvchining Inspeksiya orqali yozma xabarnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida unga obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishish shart.
Obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) kelishib olingungacha, qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati hamda ariza beruvchi tomonidan Inspeksiya orqali tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga yuborilgan yozma xabarnoma obyektni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) beriladigan kelishishga tenglashtiriladi va bunday harakatni va (yoki) bunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi”;
“48. Inspeksiya turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish yuzasidan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun tuman (shahar) hokimligiga beradi, u yetti kun muddatda Inspeksiyaga tuman (shahar) hokimining tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) bilan kelishilgan tegishli qarorini beradi”;
s) quyidagi 481—4812-bandlar qo‘shilsin:
“481. Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish mumkin bo‘lmagan taqdirda tuman (shahar) hokimligi Inspeksiyaga rad etishni asoslagan va qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabar qiladi. Inspeksiya tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish rad etilganligining asoslanganligini o‘rganiladi. Rad etishning asoslanmaganligi aniqlangan taqdirda Inspeksiya hujjatlarni tuman (shahar) hokimligiga qaytarishga haqlidir, hokimlik turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish masalasini ikki kun mobaynida hal etishi shart.
Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga buyurtmanomani takroran ko‘rib chiqishda mazkur ruxsatnomani berishda rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha qarorni berishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
482. Ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda ariza beruvchiga yuboriladi (taqdim etiladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
483. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
ushbu Nizomning 47-bandidagi talablarga rioya etilmaganda;
ariza beruvchining ushbu Nizomning 261-bandida nazarda tutilgan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlarning mavjudligi.
Qaror berishning boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sabablari bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
484. Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga belgilangan muddatda ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos hisoblangan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish haqida qaror qabul qilishning yoki qaror qabul qilishning rad etilishi tuman (shahar) hokimligi tomonidan ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
485. Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga tuman (shahar) hokimligi qarorini berishning rad etilganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi va tuman (shahar) hokimligi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
486. Ariza beruvchi turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga tuman (shahar) hokimligining qarorini berishning rad etilishi, shuningdek tuman (shahar) hokimligi mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
487. Agar tuman (shahar) hokimligi turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati mobaynida turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish haqidagi qarorni Inspeksiya orqali ariza beruvchiga bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi bu haqda Inspeksiya orqali tuman (shahar) hokimligini yozma ravishda xabardor qilib, ruxsat etish xususiyatga ega hujjatni olish uchun o‘zi sodir etmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi bo‘lgan xatti-harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
488. Ushbu Nizomning 487-bandida nazarda tutilgan holatda tuman (shahar) hokimligi tadbirkorlik subyektining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berishga majbur. Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati, ular qabul qilingan sana qayd etilgan va Inspeksiya orqali tuman (shahar) hokimligiga ariza beruvchi tomonidan yuborilgan yozma xabarnoma bilan birgalikda turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berishga tenglashtiriladi va u ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun o‘zi sodir etmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi bo‘lgan muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
489. Tuman (shahar) hokimligi amal qilish muddati cheklanmagan holda turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni beradi.
4810. Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun to‘lov undirilmaydi.
4811. Inspeksiya tomonidan taqdim etilgan tuman (shahar) hokimining turar joyni (yoki uning bir qismini) noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori asosida “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli hududiy xizmati tomonidan bir ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi (kadastr hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi) va Inspeksiya orqali tegishli guvohnoma beriladi.
4812. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli hududiy xizmati tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi, jismoniy shaxslardan esa — 10 foizi miqdorida to‘lov undiriladi”;
“Noturar joy toifasiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan bino uchun ishlab chiqilgan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i qiymati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tariflar bo‘yicha aniqlanadi”;
“493. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) ushbu Nizomning 492-bandida nazarda tutilgan hujjatlar Inspeksiya tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab olti kundan oshmaydigan muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari orqali arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (I va II qismlar) ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqishga (I va II qismlar) tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)da vakolatlar mavjud bo‘lgan taqdirda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining buyrug‘i bilan beriladi) arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish (I va II qismlar) bevosita tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning o‘zi tomonidan amalga oshiriladi”;
“obyektni qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruksiya qilish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) uchun ruxsatnoma, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli hududiy xizmati tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;”;
beshinchi xatboshidan “yoki noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ch) quyidagi mazmundagi IV1 va IV2 bo‘limlar qo‘shilsin:
“IV1. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsatnomaning, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning dublikatini berish
551. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga ruxsatnoma, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yo‘qolgan yoki buzilgan taqdirda tadbirkorlik subyektining arizasiga ko‘ra ularning dublikati beriladi.
Tuman (shahar) hokimligi, tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlash) ruxsatnoma, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror dublikatini ariza olingan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda berishga, shuningdek ruxsatnoma yoki qaror yaroqsiz holga kelgan taqdirda ularning asl nusxasi va nusxasini berishga majbur.
552. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsatnoma, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror dublikati berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
IV2. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsatnomaning, tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorining amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish
553. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ruxsatnomaning, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
554. Ruxsat beruvchi hujjatlarda berilgan xatti-harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi yoxud bunday zarar yetkazishning real xavfi tug‘ilishi ruxsat beruvchi xatti-harakatni belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘luvchi ruxsat beruvchi talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga tegishlidir”;
“58. Loyihalash tartibotlari loyihalash tashkiloti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq “bir oyna” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi”;
“ishlab turgan muhandislik kommunikatsiyalariga ulashga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“rekonstruksiya qilish uchun” so‘zlari “qayta ixtisoslashtirish va rekonstuksiya qilish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“rekonstruksiya qilish maqsadi ko‘rsatilsin” so‘zlari “qayta ixtisoslashtirish va rekonstuksiya qilish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) maqsadi ko‘rsatilsin” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ya1) 5a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish SXEMASI
1. Ariza beruvchining obyektni rekonstruksiya qilish uchun arizasi.
2. Inspeksiyaning tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash)ni kelishish buyurtmanomasi yoki asoslangan tarzda rad etish.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (fasadini ta’mirlash) yuzasidan ruxsatnomasini olish.
3. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli hududiy xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazish (kadastr hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish) va tegishli guvohnomani berish. Guvohnomani Inspeksiyaga berish.
4. Ariza beruvchiga quyidagilar:
tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ning obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish yuzasidan ruxsatnomasi;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli hududiy xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi ilova qilingan ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani berish”;
ya2) 5b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish SXEMASI
1. Ariza beruvchining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasi.
2. Inspeksiyaning tuman (shahar) hokimligiga buyurtmanomasi.
Hokimlik tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish imkoniyatini tahlil qilish. Tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilish.
Tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini Inspeksiyaga berish.
3. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli hududiy xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazish va tegishli guvohnomani berish. Guvohnomani Inspeksiyaga berish.
4*. Muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmining o‘zgarishi sababli binoning parametrlari o‘zgargan taqdirda Inspeksiya tomonidan foydalanuvchi tashkilotlarga hokimning turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish uchun muhandislik ta’minoti bo‘yicha yuklamalarning hisoblangan hajmlarini berish.
Foydalanuvchi tashkilotlardan texnik shartlarni olish. Umumiy muddati 3 kun.
5. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga hokimning turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini hamda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni berish.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)dan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini olish.
6. Ariza beruvchiga quyidagilar:
arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (shu jumladan, texnik shartlar);
hokimning turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tegishli hududiy xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi ilova qilingan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi guvohnomani berish”;
ya3) quyidagi mazmundagi 8, 9 va 10-ilovalar qo‘shilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 8-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QO‘MITASI
_______________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)
Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ___________________ da berilgan ____-son RUXSATNOMA
(manzil (pochta manzili), bank rekvizitlari va jismoniy shaxsning pasportiga oid ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda yuridik shaxsning nomi va jismoniy shaxsning F.I.O.)
_____________________________________________________________ ga ______________________________________________________________
(ishlar turlari va obyektning nomi ko‘rsatiladi)
_____________________________________________________bajarish uchun berildi
____________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i
_____________________________________
(imzo, F.I.O.)
��
M.O‘.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 9-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QO‘MITASI
_______________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadini ta’mirlashga) ___________________ da berilgan ____-son RUXSATNOMA
(manzil (pochta manzili), bank rekvizitlari va jismoniy shaxsning pasportiga oid ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda yuridik shaxsning nomi va jismoniy shaxsning F.I.O.)
_____________________________________________________________ ga ______________________________________________________________
(ishlar turlari va obyektning nomi ko‘rsatiladi)
_____________________________________________________bajarish uchun berildi
____________ shahri (tumani) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i
_____________________________________
(imzo, F.I.O.)
M.O‘.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 10-ILOVA
___________________ tumani (shahri) hokimining QARORI
20____ yil _________________
№________
_______________ shahri
Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida
(yuridik shaxsning nomi, jismoniy shaxsning F.I.O)
_________________________ manzilida joylashgan turar joy binosini noturar joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasini va obyektning kadastr hujjatlarini ko‘rib chiqib, qaror qilaman:
(pochta manzili ko‘rsatilgan holda yuridik shaxsning nomi va jismoniy shaxsning F.I.O.)
mulkida bo‘lgan _____ kv. metr turar joy binosi ushbu qarorga ilova qilinadigan binoning kadastr rejasida ko‘rsatilgan chegaralarda _____________________________
________________________________________________________________sifatida foydalanish uchun noturar joy toifasiga o‘tkazilsin.
2. Binoning parametrlari va muhandislik kommunikatsiyalari yuklamalari o‘zgargan taqdirda ______________________________________________________________ga
(yuridik shaxsning nomi, fuqaroning F.I.O.)
arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini va qurilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni ta’minlash va binodan qat’iy maqsadli foydalanish majburiyati yuklansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish hokimning birinchi o‘rinbosari ____________________________________ zimmasiga yuklansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 520-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 45-son, 587-modda; 2015-y., 40-son, 520-modda)