Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 20-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ-393-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118 modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149 modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536 modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish va bekor qilish”;
2) 42-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddalarni koʻmib tashlashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlganda, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat sanitariya va konchilik nazorati organlari bilan kelishilganda yoʻl qoʻyiladi”;
3) 45-moddaning uchinchi qismidagi “tabiatni muhofaza qilish davlat organlarining ruxsati bilan” degan soʻzlar “davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1076-sonli Qonuniga asosan 5-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 31-oktabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)
6-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863–XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 31-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31-modda. Davlat aviatsiyasi aerodromlarini roʻyxatga olish
Davlat aviatsiyasi aerodromlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida roʻyxatga olinishi lozim.
Davlat aviatsiyasi aerodromi reyestrga kiritilganidan soʻng ekspluatantga davlat aviatsiyasi aerodromi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Davlat aviatsiyasi aerodromlarini roʻyxatga olish va ular roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnomalar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi”;
2) 44-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ekspluatant sertifikatini berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda ekspluatant sertifikati berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ushbu sertifikatni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
3) 94-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Aviatsiyada yuk va yoʻlovchi tashish uchun litsenziyasi” degan soʻzlar “Ekspluatant sertifikati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 95-moddaning birinchi qismidagi “tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma” degan soʻzlar “ekspluatant sertifikatini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 96-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi”;
6) 97-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
7) 129-moddaning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
8) 130-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar” degan soʻzlar “ekspluatant sertifikati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 131-moddadagi “Konkret turdagi aviatsiya ishlari uchun tegishli ruxsatnoma” degan soʻzlar “Ekspluatant sertifikatini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi 935–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 335-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda) 8-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
yettinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son)
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi 1004–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 15-moddaning birinchi qismi:
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 18-modda chiqarib tashlansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 56, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 17-moddaning toʻrtinchi qismi “123” raqamidan keyin “1251” raqami bilan toʻldirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 1251-modda bilan toʻldirilsin:
“1251-modda. Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud toʻrt oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 473-modda bilan toʻldirilsin:
“473-modda. Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, —
eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 22715-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 22724-moddaning dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —”;
4) 245-moddaning birinchi qismi “472” raqamidan keyin “473” raqami bilan toʻldirilsin;
5) 262-moddaning birinchi qismidagi “22715-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 2-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Bankni roʻyxatga olish va unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi.
Bankni roʻyxatga olish va unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda bankni roʻyxatga olishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha roʻyxatga olishni va litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bankni roʻyxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-noyabrdagi OʻRQ-731-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 03/21/731/1095-son)
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi 279–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 142-modda) 16-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi, oltinchi, yettinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 353–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 52-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishni tartibga solish
Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga koʻra belgilanadigan normativlarga muvofiq yoʻl qoʻyiladi”;
2) 12-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 13-moddaning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining xulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablarni buzish bilan bogʻliq faoliyat mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi, zararli taʼsir koʻrsatish sabablarini bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin”;
4) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”;
5) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ruxsati bilan” degan soʻzlar “davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi OʻRQ-850-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-940-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 9-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2024-y., 03/24/940/0596-son)
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 490-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) 19-moddasining toʻrtinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsati bilan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) 24-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻsimlik dunyosi obyektlari oʻsadigan muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanishga, yangi texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, foydali qazilmalarni qazib olishga, chorva mollar oʻtlatiladigan hamda qishloq xoʻjaligi hayvonlari haydab oʻtiladigan joylarni belgilashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda yoʻl qoʻyiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga koʻra nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin”;
2) 17-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikohlanuvchi shaxslar ellik yoshdan oshgan boʻlsa, shuningdek ushbu Kodeks 13-moddasining beshinchi qismida koʻrsatilgan alohida hollar mavjud boʻlganda tibbiy koʻrikdan oʻz roziligi bilan oʻtkaziladi”;
3) 53-moddaning matni “jabrlanuvchi” degan soʻzdan keyin “(uning qonuniy vakillari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 107-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Voyaga yetmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har biridan mazkur bola foydasiga ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda alimentlar undiradi. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola nomiga ochilgan bank hisobvaragʻida jamlanadi va u voyaga yetganda toʻlanadi”;
5) 151-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini koʻzlab yoʻl qoʻyiladi.
Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga koʻra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yoʻl qoʻyilmaydi, farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno”;
6) 155-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda aniqlanadi”;
7) 159-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoxud ota-ona yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan boʻlishi kerak, shuningdek farzandlikka olish toʻgʻrisida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkin.
Sud tomonidan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olishga haqli”;
8) 163-modda chiqarib tashlansin;
9) 164-moddaning:
birinchi qismidagi “Farzandlikka olish toʻgʻrisida qaror chiqarilgandan keyin” degan soʻzlar “Sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Farzandlikka oluvchilar bolaning tugʻilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida koʻrsatilgan boʻlsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak”;
10) 165-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olingan taqdirda, uning manfaatlarini koʻzlab, bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar farzandlikka oluvchi erkak boʻlsa, onasining iltimosiga koʻra yoki, agar farzandlikka oluvchi ayol boʻlsa, otasining iltimosiga koʻra saqlanib qolishi mumkin.
Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan otaning yoki onaning ota-onasi (buva yoki buvi) iltimosiga koʻra bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar bolaning manfaatlari shuni talab etsa, vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolishi mumkin”;
11) 168-modda chiqarib tashlansin;
12) 171-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“171-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish tartibi
Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi. Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni hal qilishda oʻn yoshga toʻlgan bolaning fikri hisobga olinadi.
Sudning farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab sud uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan koʻchirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi roʻyxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart”;
13) 172-moddaning:
nomidagi “Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “Sud tomonidan farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “Farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) 210-moddaning matnidagi “Tuman, shahar hokimining farzandlikka olish toʻgʻrisidagi qaroriga” degan soʻzlar “Sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 211-moddaning:
nomidagi “yoki u haqiqiy emas deb topilganida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
matnidagi “yoki u haqiqiy emas deb topilganida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
16) 237-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi chet davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ruxsati oldindan olingan boʻlsagina Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi”.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi 678–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
1) 12-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqidagi arizani takroran koʻrib chiqishda mazkur guvohnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha uni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
2) 17-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498)
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi 725–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruxsatnomasiga ega boʻlgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
radiochastota berish — radiochastota organi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomada koʻrsatiladigan aniq radiochastota”;
2) 8-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, ishlab chiqarish, loyihalash, qurish (oʻrnatish), olish (berish), olib kirish, ishlatish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazishda radiochastota spektridan foydalanish belgilangan tartibda radiochastota organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi”;
4) 14-moddaning birinchi qismidagi “radiochastota spektridan foydalanish uchun ruxsatnoma” degan soʻzlar “radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi 770–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) 39-moddasidagi “va mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-1015-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ–328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda) 9-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi 120–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 4, 98-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning toʻrtinchi xatboshisi “zararsizlantiruvchi” degan soʻzdan keyin “utilizatsiya qiluvchi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin”;
2) 7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “manbalarini ishlatish” degan soʻzlar “manbalari muomalasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10-modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etishni, ular uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofaza qilish vositalarini yaratish va tayyorlashni;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olishni, ishlab chiqarishni, hosil qilishni, qayta ishlashni, ulardan foydalanishni, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatishni, ularni tashishni, zararsizlantirishni, utilizatsiya qilishni va koʻmib tashlashni”.
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 215–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 11-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanayotgan shaxslar mazkur moddada nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi, shu jumladan biror-bir cheklovlarsiz xatlar yozish va olishga, posilkalar, banderollar va pul joʻnatmalari olishga, telefondan foydalanishga, eng zarur narsalarga ega boʻlish va ularni olishga, oʻz kiyim-boshidan foydalanishga haqli”;
ikkinchi — yettinchi qismlari tegishincha uchinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 121, 122 va 123-moddalar bilan toʻldirilsin:
“121-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan shaxsni davolash
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanser hisobida turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan shaxs sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga sudning hal qiluv qarori asosida gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizilishi kerak.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi. Ariza sudga shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan yoxud uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.
122-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishi muddatlari
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanadi.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda turgan shaxs oʻzining mazkur muassasadan chiqarilishi yoki ushbu muassasada yotishi muddati uzaytirilishi masalasi hal etilishi uchun oʻzidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi nuqtai nazaridan har oyda kamida bir marta belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxs davolanishda boʻlgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida sudga beriladi.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkin.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlgan shaxs mazkur muassasadan quyidagilar asosida chiqarilishi kerak:
oʻzidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi barqaror ravishda tugagan taqdirda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tibbiy komissiyasining xulosasi;
sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish muddatini uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlgan shaxs mazkur muassasadan chiqarilganidan keyin yashash joyida dispanser kuzatuvida boʻlish va davolanishni davom ettirish uchun yuboriladi.
123-modda. Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini ijro etish
Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini ijro etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi 269–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2009-yil, № 10, 381-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“moddiy madaniy meros obyektlarini asrash boʻyicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazish uchun ruxsatnomalar berish”;
2) 24-moddaning:
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi OʻRQ-730-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–155-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda) 18-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismdagi “maxsus vakolatli davlat organining va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni qabul qilib oluvchi sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi lozim. Sugʻurtalovchining majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻziga oʻtkazilayotgan majburiyatlarni qabul qilib olishi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan, bajarilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarining buzilishiga sabab boʻlmasligi kerak”.
41-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ–163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 16-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishuvga binoan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 39-modda beshinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“emitent tomonidan yirik bitimlar va manfaatdor shaxslar bilan bitimlar tuzilganligi”.
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar toʻgʻrisida”gi OʻRQ–177-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning:
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 15-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 16-aprelda qabul qilingan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–210-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 137-modda) 23-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-939-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 9-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2024-y., 03/24/939/0595-son)
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–301-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
toʻrtinchi qism beshinchi qism deb hisoblansin.
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ–327-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda) 21-moddasining ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
47-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
48-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 23-moddasining 3—24-bandlari 2013-yilning 1-iyunidan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2013-yil 1-maydagi 83-84 (5757-5758)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-aprel,
OʻRQ-352-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 18-son, 233-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son, 26.11.2021-y., 03/21/731/1095-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son, 08.06.2022-y., 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son, 03/22/776/0498, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 08.08.2024-y., 03/24/939/0595-son; 08.08.2024-y., 03/24/940/0596-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)