Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
HAYVONOT PARKLARI (HAYVONOT BOGʻLARI) VA SIRK XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2340]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Hayvonot parklari (hayvonot bogʻlari) va sirk xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-fevral,
6-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 14-fevraldagi 6-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Hayvonot parklari (hayvonot bogʻlari ) va sirk xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar hayvonot parklari (hayvonot bogʻlari) va sirk xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
I bob. Umumiy qism
1. Mazkur Qoidalar Hayvonot parklari (hayvonot bogʻlari) va sirklarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining V boʻlimi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar, yirtqich, agressiv va yomon xulqli hayvonlarni saqlash hamda ishlash bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni belgilangan talablarga muvofiq rejalashtirishga, tashkillashtirishga va xavfsiz bajarishga toʻla javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
24. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
25. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
26. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul taʼminlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
27. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
28. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
29. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har-yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
37. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablari
38. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi, Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
39. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlash;
(39-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
40. Tashkilot xodimlari barcha ustki kiyim, poyabzal, bosh kiyim va shaxsiy narsalarni garderobda (kiyim almashtiradigan maxsus xona) qoldirishi, ish jarayoni boshlanishidan oldin va tugaganidan soʻng qoʻllarini yuvishi, toza sanitar kiyimini kiyishi va kiyimi ifloslanganda almashtirishi hamda ish joylarida ovqat isteʼmol qilmasliklari lozim.
9-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
42. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
43. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
44. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
45. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
46. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
47. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va toʻsiqlar boʻlishi lozim.
48. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
49. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
50. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorongʻi paytida esa yoritilishi kerak.
51. Tashkilot joylashgan maydon butun chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
10-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi lozim.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
54. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
55. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
56. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi kerak.
57. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
58. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
59. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
60. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
61. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
62. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
63. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
64. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
65. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2m balandlikda bajarilishi lozim.
66. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmaslik lozim.
67. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21o S, oʻrtacha ogʻir ishda 17o S va ogʻir ishda 16o S dan past boʻlmasligi kerak.
68. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 22o S dan kam boʻlmasligi kerak.
69. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
12-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(12-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
71. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
72. Ichimlik suvining harorati 8o S dan 20o S gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
73. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
74. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarini mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
13-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
75. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
76. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
77. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
78. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
79. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
80. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
81. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazkichlar qoʻllanishi lozim.
82. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
83. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
84. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarning ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
14-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
85. Tashkilot maishiy xonalar, ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
86. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
87. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
15-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga boʻlgan talablar
88. Tashkilot atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
89. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
90. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan taʼminlanishi, konteynerlar chiqindilardan boʻshatilgandan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
16-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
91. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Tashkilotlarda faoliyat olib borish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
92. Tashkilotlarda hayvonlarni nazorat qilib turadigan masʼul xodimlar tayinlanishi lozim.
93. Tashkilotlarda hayvonlar va parrandalardan himoyalanadigan barcha zaruriy vositalar mavjud va ular soz boʻlishi lozim.
94. Xodimlar ish boshlashdan oldin barcha hayvonlarning oʻz joyidaligiga, qafaslar, volyerlar, baryerlar, haydash vositalari, tirgaklar (qulflar) va boshqalarning mavjudligiga va sozligiga ishonch hosil qilishlari lozim.
95. Yirik tuyoqli hayvonlar, fil, yirik yirtqichlar, zaharli ilon, timsoh, tuyaqushi va boshqalarga hayvonot bogʻida bir vaqtda kamida 2 ta xodim xizmat qilishi lozim.
96. Hayvonlarga xizmat qilish vaqtida chekish, ovqatlanish, inventarlarni tuzatish va ularga yozish hamda boshqa chalgʻituvchi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
97. Ish joyiga va hayvonlarga xizmat qilishda yordam koʻrsatish uchun begonalarning kirishlari taqiqlanadi.
98. Hayvonlarga bosh kiyimsiz, sochni mahkam bogʻlamay (beret, kosinka kiymasdan) xizmat qilish taqiqlanadi.
99. Ixota va baryerlarga ogohlantiruvchi taxtacha ustiga ushbu yozuvlar ilingan boʻlishi shart: “Baryerga tirmashib chiqmang”, “Hayvonlarni gʻashiga tegish va ovqatlantirish taqiqlanadi”.
100. Hayvonlarning toʻsatdan oʻz joylaridan tashqariga chiqib ketishini oldini olish maqsadida hayvonot bogʻida yirtqich, shoxli, yirik kemiruvchilar, yirik qushlar, maymunlar, krokodillar, boʻgʻma ilonlar, fillar va boshqa turdagi xavfli hayvonlar saqlanadigan har bir obyektni tegishli anjom va jihozlar jamlanmasi boʻlishi lozim.
101. Hayvonlarni xonalardan chiqarish va yosh hayvonlarni qoʻlga olish, saylga olib chiqish yoki biror yerga olib ketish faqat xizmat boʻyicha boshliqning ruxsati bilangina amalga oshirilishi lozim.
102. Hayvonlarga xizmat qiluvchi xodimlar ular bilan tajribalar oʻtkazishi qatʼiyan taqiqlanadi.
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
103. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
104. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
105. Binolar va xonalarning portlash jihatdan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari” ga muvofiq har holat uchun alohida aniqlanishi lozim.
106. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
107. Binolar va xonalar dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
108. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
109. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻin vositalari va asbob-uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
110. Portlashni oldini olish uchun mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
111. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
112. Binolar va xonalar uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
113. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
3-§. Tashkilotlarda elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
114. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(114-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
115. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asbob-uskunalari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
116. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yopiq holatda boʻlishi shart.
117. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirilib turilishi lozim.
118. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holatda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus moslamalarda oʻrnatilishi lozim.
119. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi tashkilotning muhandis -elektriklari tomonidan muntazam koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
120. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun javobgar shaxsning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
121. Bitta elektr shtepseliga bir nechta moslamalarni ulash taqiqlanadi.
122. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi kerak. Havo quvurlarining materialdan tayyorlangan filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va toʻr yer bilan ulangan boʻlishi shart.
123. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar bilan himoyalangan boʻlishi kerak. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi kerak. Bundan tashqari, har doim momaqaldiroqdan soʻng yashin qaytargichlarning elementlari tekshirib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(124-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4-§. Parrandalar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
125. Tuyaqush va kazuarlar saqlanadigan xonalarga kirish man etiladi. Ular saqlanayotgan xonalarda koʻchirma uskunalar, yonma-yon qafaslar boʻlishi lozim.
126. Yirtqich qushlarning xonasiga koʻpayish vaqtida kirish taqiqlanadi.
127. Yirtqich qushlarni tutish va fiksatsiya qilishda toʻr, toʻr xalta, remenli halqadan foydalanish lozim.
128. Suvda suzadigan qushlarga gʻoz, oʻrdak, oqqush, kazarka va boshqalarga xizmat qilishda yoz paytlarda hovuzda, koʻlda, kanalda, basseynda xizmat qiluvchi xodim qayiq, qutqaruv belbogʻi va chambarak, arqon, dastasi uzun changak bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
129. Qushlarni ovqatlantirishda qulaylik uchun asbob-uskunalar, hovuzlarda maxsus kichkina koʻpriklar boʻlishi lozim.
130. Hovuzlarni tozalashda rezinali oyoq kiyimlardan foydalanish lozim.
131. Suvda suzuvchi yirik qushlarga xizmat qilishda qanotlari va tumshuqlari zarbidan saqlanish choralari koʻrilishi lozim.
132. Toʻtiqushlarni (mayda turlaridan tashqari) qoʻldan ovqatlantirish, yelka, bosh va tizzalarga qoʻyishga hamda ularga panjara va toʻrlar orqali qoʻl uzatishga ruxsat berilmaydi.
5-§. Sudralib yuruvchi hayvonlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
133. Sudralib yuruvchilar bilan ishlashda ularni zaharli ekanligini, muskul kuchi, tishlash qobiliyati, timdalashi, dumi bilan kuchli zarba berishi, boʻgʻish va boshqa xavfi borligini hisobga olish lozim.
134. Yirik toshbaqalarni koʻchirishda zambil toʻr, toʻr xaltalardan foydalanish lozim.
135. Suv bilan toʻldirilgan hovuzda timsohlarga xizmat qilish taqiqlanadi.
136. Hovuzlar qirgʻoqlarining balandligi 1,2 m dan kam boʻlmagan mustahkam devor bilan oʻralgan boʻlishi lozim.
137. Timsohlarni qoʻldan ovqatlantirish, hovuzdan ovqat qoldiqlarini qoʻl bilan chiqarib olish va ularni qirgʻoqqa tashlash taqiqlanadi.
138. Timsohlarni boshqa joyga koʻchirish va olib oʻtishda mustahkam quti, qulay tutqichli zambildan yoki chuqur brezentli toʻr xaltadan foydalanish lozim.
139. Kutilmaganda va shiddatli zarba berishdan himoyalanish uchun oʻtkir muguzli plastinka (taxtacha), yogʻoch qalqonlar, dastasi uzun nayza yoki haydaydigan vositalarni qoʻllash tavsiya etiladi.
140. Timsohlarni tutishdan oldin yoki ularni joyida fiksatsiya qilish zaruriyati tugʻilganda hovuzdan suv butunlay chiqarilishi hamda tumshugʻining koʻrinishini chegaralash uchun ularni ustiga yumshoq namli mato yoki kanop (surp) yopish lozim.
141. Timsohlarga qarash joylarida bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan 2 ta kirish eshigi boʻlishi lozim. Tozalash vaqtida eshiklar ochiq boʻlishi shart.
142. Zaharli kaltakesaklarga xizmat qilish paytida xuddi zaharli ilonlarga xizmat qilgandek xavfsizlik talablariga rioya qilish lozim.
143. Mayda zaharsiz 1,5 m gacha uzunlikdagi ilonlarga xizmat qilishda tozalash asboblaridan, mahkamlab qoʻyilgan dasta, qisqichli toʻr xaltalardan foydalanish lozim.
144. Oʻrta zaharsiz 1,5—2,0 m uzunlikdagi ilonlarga xizmat qilishda koʻchirma uskunalar, himoyalash asbob-uskunalari va himoyalash kiyimlaridan foydalanish lozim.
145. Katta zaharsiz ilonlarni terrariumda boqishda ularga bir vaqtning oʻzida 2 kishi xizmat qilishi kerak.
146. Yirik zaharsiz ilonlarni qoʻl bilan ovqatlantirish taqiqlanadi.
147. Yirik ilonlarni xonalarda saqlashda ikkita kirish-chiqish eshiklar qarama-qarshi tomondan boʻlishi lozim.
148. Yirik ilonlarni fiksatsiya qilish vaqtida ularni boshini boʻynigacha (doirasida) mahkam ushlab olish lozim.
149. Ilonlarni zoʻrlik bilan majburiy sunʼiy ozuqani ogʻiz boʻshligʻiga qoʻllarini kirgizib oziqlantirish mumkin emas, buning uchun meditsina yoki veterinariya zondlari va qisqichlarni qoʻllash lozim.
150. Zaharli ilonlar (kaltakesaklar)ni saqlash uchun hamma xonalarda maxsus mustahkam sinmaydigan oynalar va himoyalanish toʻrlari boʻlishi lozim. Zaharli ilonlarni toʻrlar va panjaralar orqali oynalarsiz koʻrsatish taqiqlanadi.
151. Zaharli ilonlar, kaltakesaklarni ochiq volyerlarda saqlash taqiqlanadi.
152. Terrarium va boshqa xonalarni tozalashdan oldin zaharli ilonlar (kaltakesaklar)ni saqlash uchun belgilangan boshqa joyga koʻchirilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
153. Zaharli ilonlarni saqlash uchun hamma terrariumlar va boshqa xonalarga yonma-yon qoʻshni koʻchirma xonalarning boʻlishi, mustahkam zulfin, eshikcha, moʻri qopqogʻi va boshqalar boʻlishi lozim.
154. Halok boʻlgan zaharli ilonlar (kaltakesaklar)ni xonalaridan chiqarib olish, ularni ichki yorishni ehtiyotkorlik bilan bajarish va zaharli tishlaridan jarohatlanishning oldini olish lozim.
Xonalarning tomoshabinlar zalida va xizmat qilish xonalarida hamma terrarium va qafaslarga “Diqqat, ehtiyot boʻling, zaharli ilonlar (kaltakesaklar)!” ogohlantiruvchi yozuvlar osib qoʻyilishi lozim.
6-§. Ham quruqlikda ham suvda yashovchi hayvonlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
155. Ham quruqlikda ham suvda yashovchi hayvonlar (qurbaqa, choʻlbaqa, triton, salamandr va boshqalar) oʻzidan suyuqlik va soʻlak ajratib chiqarishini inobatga olgan holda, ularni parvarishlashda ehtiyotkorlik choralarini koʻrish lozim.
156. Ham quruqlikda ham suvda yashovchi hayvonlarni boshqa joyga oʻtkazishda rezinali qoʻlqoplar, xonalarni tozalashda choʻtka, kurakcha, qashlagʻich va boshqa uskunalardan foydalanish lozim.
Ham quruqlikda ham suvda yashovchi hayvonlarga xizmat qilishda (bahaybat salamandrlar, toshbaqalar va boshqalar), ularning tishlashidan himoyalanish vositalari (toʻrsimon toʻr xalta, qalpoqlar) qoʻllanilishi lozim.
7-§. Baliqlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
157. Oʻtkir tishli, tikanli suzgichli baliqlarni boshqa joyga oʻtkazish, ishlab chiqarish hamda ilmiy maqsadda yoki davolash tartibi (protsedurasi) faqat toʻr xalta yordamida bajarilishi kerak. Zaruriyat yuzasidan ularni qoʻlga olishda himoyalangan qoʻlqoplardan foydalanish lozim.
158. Yirik yirtqich baliqlarni qoʻldan ovqatlantirish taqiqlanadi.
159. Ovqat qoldiqlari va axlatlarni himoyalanmagan rezinali qoʻlqoplar bilan terish taqiqlanadi.
160. Akvariumlarda xizmat qilayotgan xodimga yorituvchi va qizituvchi asbob-uskunalarni ishlatish, akvariumda havoni toʻldirishning xavfsiz usullari oʻrgatilgan boʻlishi lozim.
8-§. Umurtqasiz hayvonlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
161. Hayvonot bogʻi va sirklarda umurtqasizlarni parvarish qilishda mavjud xavf-xatar darajasi boʻyicha, yaʼni zaharli boʻlishi, chaqish va tishlash qobiliyati borligi, batsilla tarqatishi va boshqalar toʻgʻrisida xizmat qiluvchi xodimlar ogohlantirilishi lozim.
162. Hayvonot bogʻi va sirklarda umurtqasiz hayvonlar uchun xonalar, ularning xususiyatlaridan kelib chiqib mustahkam boʻlishi va xizmat qiluvchilarning xavfsizligi toʻliq taʼminlanishi lozim.
163. Hayvonot bogʻi va sirklarda umurtqasiz hayvonlarni parvarish qilish uchun hayvonot bogʻining maxsus ajratilgan shtat xodimi ularning biologiyasi bilan tanishgan boʻlishi hamda unga xizmat qilish xususiyatlarini bilishi kerak.
164. Hayvonot bogʻi va sirklarda umurtqasiz hayvonlarning chaqishiga qarshi zardob va boshqa dori-darmonlar boʻlishi kerak. Bosh veterinar vrach va tibbiyot mutaxassislari bilan kelishgan holda dorilar roʻyxati belgilanishi lozim.
9-§. Yirtqich hayvonlarni parvarishlashda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
165. Yirtqich hayvonlar saqlanayotgan joylarga kirish taqiqlanadi. Hayvonot bogʻida mavjud xavfli hayvonlarning roʻyxati tuzilishi lozim.
166. Xavfli hayvonlarga xizmat qilishda faqat koʻchma asbob-uskunalar qoʻllaniladi.
167. Xavfli hayvonlarni ovqatlantirayotgan xodimda maxsus ayri, nayza va boshqa asboblar-uskunalar boʻlishi va ularning uzunligi ularga yaqinlashmasdan ovqatlantirishga imkoniyat yaratishi lozim.
168. Qoʻlga oʻrgatilgan hayvonlarni parvarishlash uchun ularni mashgʻulot paytida muntazam ishlaydigan xodimlargagina ruxsat etiladi.
169. Ish boshlashdan avval hayvonlarni baland lekin, yoqimli ovozda chaqirib diqqatini jalb qilish, ularni hurkitmasdan muloqotda boʻlish, xatti-harakatini kuzatib turish kerak.
170. Xizmat joyidagi oʻtish yoʻllari, dahlizlar va boshqa maydonlar hayvonlar saqlanadigan qafaslarga tutash boʻlishi, xizmatchilarning hayvonlarga qarashiga xalaqit bermasligi, ularning erkinligi va xavfsizligini taʼminlashi zarur.
10-§. Hayvonlarni tutish va fiksatsiyalash jarayoniga boʻlgan xavfsizlik talablari
171. Hayvonlarni tutish, fiksatsiyalash, qafasga joylashtirish va boshqa shu kabi xavfli harakatlar tajribali mutaxassis rahbarligida amalga oshirilishi kerak.
172. Yovvoyi hayvonlarni tutishda toʻrlar, tuzoqlar, sirtmoqlar, arqonlar, transportirovka qafaslari, tutish yoʻlagi, harakatlanuvchi kameralar va maxsus moslamalar ishlatilishi lozim.
173. Hayvonlarni tutish hamda ularni fiksatsiyalash vaziyatdan kelib chiqib belgilanishi lozim.
174. Hayvonlarni fiksatsiyalash uchun qoʻllaniladigan statsionar uskunalar asosiy xonada yonma-yon joylashgan boʻlishi, hayvonlar tanasini gorizontal va vertikal siqa olishi lozim. Uskunalarning bosh qismi uchli va gʻovakli boʻlishi mumkin emas.
175. Fiksatsiyalash qurilmalarini amalda qoʻllash oldidan uni har tomonlama, ayniqsa uning mexanik qurilmalari va qulflari tekshirilishi kerak.
11-§. Sirkda mashgʻulot va mashqlar oʻtkazishda xavfsizlik talablari
176. Sirk xodimi tryuk bajarishda vujudga keladigan xavfli holatlarni, ulardan chiqish yoʻllarini bilishi lozim.
177. Batutda tryuklar gorizontal siljimasdan bajarilishi kerak.
178. Toʻsiqdan sakrash mashgʻulotlari uni olib qoʻyib bajarilishi lozim.
179. Akrobat-sakrovchilar sakrashdan avval taxta yoki tramplinda yetarli darajada amortizatsiya borligini tekshirib koʻrishlari lozim.
180. Ijrochi velosiped yoki mototsiklda ishlash chogʻida muvozanat yoʻqotilsa mashinani yonga tashlab mushaklarni taranglashtirib oʻzini yiqilishga tayyorlashi lozim.
181. Umumiy va maxsus mashqlar 15 minut atrofida bajarilishi lozim.
182. Sovuq xonada mashqlar uzoqroq bajariladi. Issiq paytlarda va namlik yuqori boʻlganda mashqlar qisqartirilishi mumkin.
183. Chiqishdan avval 40 — 45 minut davomida manej inspektori mashq bajarayotgan xodimlarga sharoit yaratib berishi lozim.
184. Tomosha rahbari va manej inspektori mashq oʻtkazilishini nazorat qilib borishi kerak.
12-§. Sirkda hayvonlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
185. Koʻchma maydonlar, klublar va boshqa joylardagi chiqishlarda hayvonlar sahna yoki esktra (ochiq sahna)da yaqinidagi alohida xonalarda joylashtirilishi lozim.
186. Yirtqich hayvonlarni manejlarga olib chiqish va ular bilan ishlash paytida ular boqilayotgan xonadan manejgacha boʻlgan oʻtish joylarida begona shaxslar va boshqa chiqishlarda ishtirok etuvchi xodimlar turishi man qilinadi. Tomoshabin zaliga oʻtish joylarida maxsus libos kiygan kontrolyorlar yoki hayvonlarga qaraydigan xodimlar turishi lozim.
187. Otlarni manejga chiqishga tayyorlash (noʻxtalash, oyogʻiga doka oʻrash va boshqalar), shuningdek ularni manejgacha va otlar turar joyigacha kuzatish ishlarini ot oʻrgatuvchi yoki bereytor (otga qarovchi) tomonidan amalga oshirilishi lozim.
188. Otlarda chiqishlar koʻrsatishga tomosha rahbari tomonidan egar, uzangi va qorinbogʻining sozligi tekshirilganidan keyingina ruxsat etiladi.
189. Shambarer bilan ishlayotgan xodim hayvonlarni oʻrgatish boʻyicha bilim va tajribaga ega boʻlishi lozim.
190. Koʻchma sirklarda otlar bilan tezlikda tomosha koʻrsatish chogʻida otliqlar balandligida ularning talablariga koʻra machtalarga yumshoq amortizatsiya beruvchi (porolon, xashak) qoplar oʻrnatib qoʻyilishi lozim.
191. Faqatgina tajribali passirovkachilar boʻlgandagina otliqlarga lenta va halqalar bilan ishlashga ruxsat etiladi.
192. Xavfli hayvonlar bilan koʻrsatiladigan tomoshalar ular bilan mashgʻulot oʻtkazish vaqtidagiga mos oʻtkazilishi lozim (bunda hayvonlar oʻrganib qolgan liboslarda xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ular bilan munosabatda boʻladi, hayvonlar oʻrganib qolgan rekvizit, gilam yoʻlakchalar va boshqalardan foydalaniladi).
193. Manej qafasi ichida foydalaniladigan rekvizit qulay va yengil, tumba va piramidalar mustahkam boʻlishi lozim. Hayvon oʻrgatuvchining ishorasi boʻlmasa qafasdagi rekvizitni jildirish mumkin emas.
194. Mushuklar oilasiga mansub boʻlgan yirtqich hayvonlar bilan mashgʻulot va chiqishlar manej qafasining har qanday joyida turgan hayvon oʻrgatuvchiga darhol yordam berishni taʼminlovchi sharoitda oʻtkazilishi kerak. Buning uchun qafasning tashqi tomonida butun tomosha yoki mashgʻulot davomida oʻqlangan otish quroli yoki elektr uxlatish qurilmasi bilan qurollangan maxsus oʻqitilgan assistent navbatchilik qilib turishi kerak. Bulardan tashqari manej qafasining ikki tomonida uzun panshaxa, nayza, olov, shuningdek uch atmosferadan kam boʻlmagan bosimli suvi boʻlgan oʻt oʻchirish moslamasi doimiy tayyor turishi lozim. Hayvon oʻrgatuvchining oʻzida ham himoya quroli boʻlishi kerak.
195. Hayvon oʻrgatuvchi xodim ogʻzidan hayvonlarga ovqat berishi taqiqlanadi.
196. Ayiqlar manejga faqat tumshuqband va karabin halqali boʻyinbogʻ bilan chiqarilishi kerak.
197. Ayiqlarni toʻsiq ortiga chiqarish taqiqlanadi.
198. Ayiq toʻsiq yonida boʻlganda hayvon oʻrgatuvchi yoki bereytor uni arqonda ushlab turishi va yetaklovchi arqon zanjir yoki mustahkam qayishdan tayyorlangan boʻlishi kerak.
199. Oʻrgatilmagan ayiqlar bilan mashgʻulotlar uchida halqasi boʻlgan, bambuk tayoqchalari ichidan oʻtkazilgan arqonlar bilan oʻtkazilishi lozim.
200. Maxsus qurollangan assistent ishtirokida boʻgʻma ilonlar bilan ishlash lozim.
201. Bir necha zaharli ilonlar bilan ishlayotganda tomosha koʻrsatishdan boʻshagan ilonlarni manejning oʻzida bevosita mustahkam yashiklarga solish va berkitib qoʻyish lozim.
202. Xavfli boʻlmagan hayvonlarni manejga arqon, himoya kamari va tumshuqbandlarda olib chiqish mumkin.
13-§. Sirkda manej va havodagi chiqishlarda xavfsizlik talablari
203. Manej va sahna maydonida quyidagilar taqiqlanadi:
ayollarning tosh koʻtarishi va ogʻir yuklar bilan jonglyorlik qilishi;
aʼzolarni boʻlib tashlash, yonuvchi suyuqliklarni, tirik jonivorlar yoki boshqa xavfli narsalarni yutish bilan bogʻliq tryuklarni bajarish;
haqiqiy pichoq yoki boshqa oʻtkir ashyolar mahkamlangan halqadan sakrash mashqlarini bajarish;
oʻzining sheriklariga qaratib sopol, shisha, metall mahsulotlari, oʻtkir va ogʻir jismlarni otish;
kuchi yetmaydigan va mahorati toʻgʻri kelmaydigan tryuklarni namoyon etish;
velosipedda tomosha koʻrsatuvchi xodimlarga nam yoki hoʻl boʻlgan uskuna va pol ustida yurish;
tomoshabinlar ustida xavfsizlik moslamalarisiz tryuklar namoyon etish;
ogʻir rekvizitlar, sirk uskunalari yoki boshqa yuklar tushirilayotganda ularning tagida turish.
204. Motopoyga atraksionlarida, manejlarida va sahna maydonlarida mototsikl va avtomobillarni haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan xodimlarga berilishi lozim.
205. Xavfli hayvonlar bilan ishlashda kamida bir yillik tajribaga ega boʻlgan xodimlarga ruxsat etilishi lozim.
206. Kuchli jismoniy ogʻirlik talab etiladigan tomoshalarni namoyish etuvchi xodimlarning mashgʻulotlari va chiqishlari orasidagi tanaffus kamida uch soat boʻlishi lozim.
207. Tomoshalar orasida xodimlarga kamida ikki yarim soat tanaffus berish zarur.
208. Motopoygalarda ayrim xodimlarning chiqishlari miqdori kuniga yigirma seansdan ortmasligi kerak. Agar seans oʻn minutdan ortiq davom etsa, ularning miqdori kamaytirilishi hamda motopoygachi xodimlarga seanslar orasida yigirma minut tanaffus berilishi lozim.
209. Navbatdagi seans bino havosini almashtirilgandan keyingina davom ettirilishi kerak.
210. Xavfli yoki balandlikda ijro etiladigan tryuklar toʻr, lonj, ilmoq, matlar va boshqa himoya moslamalarini qoʻllagan holda amalga oshirilishi kerak.
211. Xodimlar tanasining koʻp qismini qoplaydigan grimlash kuniga ikki martadan ortiq boʻlmasligi, terining koʻp qismini ( 20 %dan koʻp) grim bilan qoplash tomoshadan 30 minut avval amalga oshirilishi, tomosha tugagach tanadagi grim olib tashlanishi kerak.
212. Murakkab tryuklarni tanani chiniqtirgandan keyingina bajarish lozim.
213. Manej va uning ustidagi harakat odatda uning ustidan qaralganda soat strelkasiga qarshi bajarilishi kerak.
214. Rekvizitlar va sirk uskunalarining barcha aylanadigan murvatlari tebranganda va markazdan qochganda tushib ketmasligi uchun yaxshilab mahkamlanishi va himoyalanishi zarur.
215. Maʼlum bir xodim tishlashi uchun moʻljallangan tishlagichni oʻzga xodimlar tomonidan qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
216. Maxsus kurash koʻrpachasi mavjud boʻlganda kurashga ruxsat beriladi.
217. Akrobatik tomoshalarni mashgʻulot qilish va ishlash manejda gilam va unga 6x6 m yoʻlak hamda 1,5 m dan kam boʻlmagan uzunligi 16 m boʻlgan yugurish yoʻlagi boʻlgandagina ruxsat etiladi.
218. Turnikchilar kaftlari qavarib ketmasligi uchun mustahkam charmdan yasalgan qoʻlqopdan foydalanishi kerak.
219. Turnik, trapetsiya, halqa va boshqa shunga oʻxshash sirk uskunalarida mashq bajarishda ularning ustidagi namlik quritilishi kerak.
14-§. Sirkda chiqishlarni himoya va passirovka qilishda xavfsizlik talablari
220. Sirk rahbariyati xodimlarning balandliklarda bajariladigan mashgʻulot va chiqishlarida yiqilishdan himoya qilish hamda yumshoq yiqilishlarini taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.
221. Xodimlarni himoyalash turi va usullari ish beruvchi tayinlagan komissiya tomonidan belgilanadi. Komissiya xulosasi sirk uskunasi yoki ijodiy pasportga kiritiladi.
222. Uch va undan ortiq metr balandlikdan ijrochilarni tushadigan joyiga kamida ikkita passirovkachi qoʻyilishi lozim.
223. Uchish oʻyinlarida passirovkachilar soni xodimlar soniga qarab belgilanadi.
224. Artistlarni passirovkalash va himoyalash faqat tajribali kishilargagina topshirilishi kerak.
225. Yotgan holatda mashq bajarayotgan xodimni ikki kishi, ikkita xodimni esa, uch kishi himoya qiladi.
226. Himoya kamaridan foydalanishdan avval uning sozligi, ishonchliligi, mustahkamliligiga ishonch hosil qilish kerak.
227. Himoya kamarida turgan xodimlar charm qoʻlqopdan foydalanishi va uning boshqa uchiga oyoq qoʻymasligiga rioya qilinishi lozim.
228. Himoyachi himoyalanuvchining harakati ritmiga qarab himoya kamarini osilib ketishi va ortiqcha taranglashishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
229. Ijrochi birdan tushib ketsa himoya kamari asta-sekin tortilishi lozim. Passirovkachilar doimo sergak turishlari lozim.
230. Guruhli tomoshalarni himoyalash va passirovkalash paytida har bir passirovkachi oʻz burchi va joyini aniq bilishi kerak.
231. Salto ijro qilayotgan xodimlarni akrobatik sakrashga oʻrgatishda himoya kamari bilan himoya qilishi kerak, passirovkaga aniq bajarishdan keyin oʻtiladi.
232. Tomosha paytida tryukdagi sheriklarni himoyalash (manejga kirish va boshqalar) tomosha rahbari va manej inspektori bilan kelishgan holda ishonchli passirovka bilan almashtirilishi mumkin.
233. Dorda oʻynayotgan dorbozlarni himoya kamari yordamida himoyalash kerak.
234. Machta bilan biriktirilgan ren halqasida tryuk bajarishda tayoq yuqorisi markaziy himoya kamariga mahkamlanishi, xodim oyoqlari esa aylanayotgan ren halqasiga ishonchli qilib biriktirilishi zarur.
15-§. Muz ustida sirk tomoshalari koʻrsatishda xavfsizlik talablari
235. Muzda figurali uchuvchi xodimlar uchun poyabzal oyogʻining hajmini hisobga olib tanlanadi. Tryuk va duet tomoshalarida band boʻlgan xodimlarni tashkilot rahbariyati buyurtma asosida tayyorlangan poyabzallar bilan taʼminlashi lozim.
236. Konkilar oliy sifatli va poyabzalga yaxshi mahkamlangan, toʻgʻri charxlangan boʻlishi lozim.
237. Tashkilot rahbariyati xodimlarni muz maydoni ortiga oʻtayotganda yoki aksincha harakatlanayotganda bir-biriga xalaqit bermaydigan sharoit yaratishi kerak.
238. Xodimlarning chiqishlari uchun moʻljallangan muz maydoni tekis boʻlishi lozim. Tirnalgan, turtilib ketadigan, darz ketgan boʻlmasligi kerak.
239. Muz maydoniga qarovchi va unga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, rekvizitorlar, liboschilar va grimchilar maxsus issiq va sirpanmaydigan poyabzal bilan taʼminlanishi lozim.
240. Orkestr yoki konsertmeysterlar muz maydonidan kamida 2 metr masofada joylashishi lozim.
241. Xodimlarni tanaffus va dam olish paytida muz ustida boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
242. Tashkilot rahbariyati muz maydonida hamda kulis ortida yelvizak boʻlmasligini taʼminlashi lozim.
243. Tashkilot rahbariyati xodimlarning umumiy va jismoniy tayyorgarligini, shuningdek figurali uchishda ularning kasb mahoratini oʻsishiga sharoit yaratishi zarur.
244. Xodimning bir sutkada, mashgʻulot vaqtida 3,5 soatdan oshiq muz ustida boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
16-§. Sahna va atraksionlarda mototsirkka xavfsizlik talablari
245. Sahna va atraksionlarda chiqishlar qilishdan oldin ularning nosozliklari tekshirilishi va lyuklari yopilishi zarur.
246. Sahna mashinisti yoki uning uchun javobgar boʻlgan masʼul xodimning ruxsatisiz xodimlar bezak yoki sofitlarni koʻtarib tushirishi, halqalar va yoritish uskunalari yoniga borishi taqiqlanadi.
247. Bezaklar, raduga, arka, sahna orti, yon, orqa bezaklar, pardalar va yoritish uskunalarining joylashuvi xodimlar ishiga xalaqit bermasligi kerak.
248. Har bir motopoygachi xodim yakka figurali va juft boʻlib uchish uchun alohida tryuk mototsikllariga ega boʻlishi zarur.
249. Tryuk mashinalarini zapravka qilish uchun etil spirti qoʻshilmagan toza aviatsiya benzinidan foydalanish lozim.
250. Motopoygachi xodimning ixtisosligidan kelib chiqib quyidagi tryuklarni ijro etishga ruxsat beriladi:
tekis poyga (doira boʻylab harakat);
rulni qoʻlda boshqarmay yoki uni oyoq bilan boshqarib haydash;
harakat yoʻnalishiga teskari qilib haydash;
chap yoki oʻng yon bilan;
ilon izi boʻylab haydash (tana bilan tebranib);
balandlikdan tushishda harakatni tik yoʻnalish boʻylab oʻzgartirishsiz;
figurali-akrobatik harakat (arabeska, qoʻllarini yoyib turish, koʻzini boylab, bayroq bilan haydash va boshqa tryuklar);
bir mototsiklda sherik bilan haydash;
251. Juft boʻlib haydash faqat tajribali motopoygachi xodimlarga ruxsat etiladi. Ikki yoqlama harakatda harakat balandligini saqlagan xoldagina ruxsat etiladi.
252. Mototsiklda uch yoki undan ortiq ijrochilar bilan tryuklar bajarilganda pokrishkalar obodoklarga uch joyidan qoʻshimcha qisqichlar bilan mahkamlanishi kerak.
253. Barabanni yaxshilab shamollatgandan keyingina motopoygachi xodimlarni qayta chiqishlariga ruxsat berilishi lozim.
254. Motopoygachi xodimlar himoya shlemlari, tirsakband, tizzabandlardan foydalanishlari lozim.
255. Tik devorga chiqishlar chogʻida quyidagilar taqiqlanadi:
qarama-qarshi harakat;
tryuk mashinasining harakati qizil chiziqdan yuqorida boʻlishi;
motopoygachilarning inersion ogʻirligini toʻrt marta ortiqcha qilib yuborish (yaʼni tezlikni 60 km/s dan ortiqcha qilib yuborish);
xodimlarning hayvonlar bilan birga yurishi.
IV bob. Asbob-uskunalarga boʻlgan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
256. Asbob-uskunalarni masʼul xodim tomonidan koʻzdan kechirganidan soʻng ishlatishga ruxsat etiladi.
257. Asbob-uskunalarni rostlash va moylash ishlari asbob-uskuna ishlashdan butunlay toʻxtaganidan soʻng amalga oshirilishi lozim.
258. Tashkilotlarda quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
xodimlar soz, oʻtkirlangan va ishlab chiqarishning tegishli sharoitlariga mos asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi;
asbob-uskunalarning oʻz maqsadi boʻyicha ishlatilishi;
asbob-uskunalarning toʻgʻri saqlanishi va sinchkovlik bilan koʻrikdan oʻtkazilishini hamda nosoz asbob-uskunalardan foydalanmaslik.
259. Asbob-uskunalarni saqlash uchun har bir uskuna va dastgoh yonida ish sharoiti boʻyicha zarur quti yoki shkafchalar boʻlishi kerak.
260. Asbob-uskunalarni olib yurish uchun maxsus gʻiloflar, sumka yoki qutilardan foydalanish lozim.
261. Asbob-uskunaga oʻrnatilgan detalni dastgoh ishlab turgan paytda qoʻl bilan ushlash taqiqlanadi.
262. Asbob-uskunalarning asosiy qismlarini ishonchli ushlash va qisish, shuningdek kesuvchi asbob-uskunaga materiallarni toʻgʻri uzatishi hamda uzatish paytida siljib va qiyshayib ketmasligini taʼminlashi kerak.
263. Asbob-uskunalarga detallarni oʻrnatish, qistirish va yechish qoʻlda bajariladigan moslamalar konstruksiyasi, koʻrsatilgan operatsiyalarni bajarish uchun toʻla xavfsizlikni, shuningdek qirindilarning erkin chiqishi va asbob-uskunalardan uni oson olib tashlanishini taʼminlashi kerak.
264. Har bir asbob-uskuna yoqish va oʻchirish uchun ishonchli moslamalarga ega boʻlishi, ular ish oʻrinlarida qulay va xavfsiz foydalanishni taʼminlashi hamda oʻz-oʻzidan ularning ishlab ketmaslik ehtimolining oldi olinishi lozim.
265. Asbob-uskunalarni yurgizish moslamalari uning tezkorligi va ravonligini taʼminlashi kerak.
266. Qayta ishlanayotgan detal va asbob-uskunalarni qotirish uchun barcha moslamalarning konstruksiyalari ishonchli qotirilishi va ish davomida oʻz-oʻzidan buralib chiqib ketmaslik ehtimolining oldi olinishi kerak.
267. Asbob-uskunalar ishlayotgan vaqtda uni tozalash, artish, sozlash yoki gaykalarni tortish, zanjirlarni kiydirish va iflos narsalarni olib tashlash taqiqlanadi.
268. Asbob-uskunalardagi qisqichlarning oʻqi orasidagi masofa ishlov berilayotgan detal oʻlchamiga muvofiq boʻlishi va qisqichlarning detalni ishonchli qisib turishini taʼminlashi kerak.
269. Asbob-uskunalardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
2-§. Tashkilotlarda yuk ortish va tushirishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
270. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
271. Yuk ortish va tushirish mexanizmlariga oʻrnatiluvchi sim arqon (kanat)larni sinov yuki bilan koʻzdan kechirish va sinovdan oʻtkazish mexanizmni umumiy tekshiruvdan oʻtkazish bilan bir paytda amalga oshirilishi lozim.
Yuk ortish va tushirishdagi arqon (kanat)lar va asbob-uskunalar mavsum boshlanishi arafasida doimiy ravishda sinovdan oʻtkazilishi hamda natijalar sinaluvchi kanat qoʻllanilayotgan moslama pasportiga kiritilishi kerak.
3-§. Sirkdagi asbob-uskunalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
272. Asbob-uskunalarning tuzilishi texnik shartlar talablariga javob berishi kerak.
273. Asbob-uskunalarning ayrim qismlari va murvatlarini almashtirish texnika xavfsizligi muhandisi ruxsati bilangina amalga oshirilishi lozim.
274. Uskunaning va mexanizmning aylanadigan qismi himoya toʻsiqlari bilan toʻsib qoʻyilishi kerak.
275. Asbob-uskunalar mahkamlanadigan joylar foydalanish uchun qulay va mustahkam boʻlishi lozim. Bu joylar sirk xodimlarining kuzatuvlari uchun qulay boʻlishi kerak.
276. Asbob-uskunalar va jihozlarni mahkamlash uchun moʻljallanmagan joylardan (toʻsiqlar, boʻrtma joylar va boshqalar) foydalanish taqiqlanadi.
277. Pollarda joylashgan uskunalar va jihozlarni mahkamlash joylari ularning yuzasidan pastroq boʻlishi va qopqoq bilan yopilishi zarur. Lyuk qopqoqlari tekis boʻlishi kerak.
278. Asbob-uskunalarni ilish uchun halqalarda 150 mm dan kam boʻlmagan diametrli astar tagiga joylashgan quvurdan 2 ta halqasi boʻlishi kerak.
279. Gumbazda tashqi va ichki tomonidan sirk uskunalarini mahkamlash uchun maxsus teshik ochilgan halqa yoki quvurlar boʻlishi kerak.
280. Oʻtish joylarining devorlariga uskunalar, himoya kamarlari va boshqalarni tortish uchun mahkamlangan halqali qoziqlar oʻrnatiladi.
281. Koʻchma va ochiq joylarda ishlaydigan sirklarda machtalar, fermalar va machta masofali poʻlat arqonlar, tortish uchun joylar, yakerlar va boshqa yerga qoqilgan metallar uskunalar ilish uchun joy vazifasini oʻtashi mumkin. Koʻchma sirklarning texnik pasportlarida sirk uskunalarini osish paytidagi taxminiy ogʻirlik koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
282. Arqon tortish qurilmalari (talrep, polispast) boʻylab arqonlarni tarang tortilganda kaltaroq boʻlgan qoʻshimcha (himoyaviy) arqonlar oʻrnatiladi. Polispastni tortishda arqon iplari bir-biriga tegib qolmasligi va aralashib ketmasligiga eʼtibor berish lozim.
283. Bir yuzada uch yoki undan ortiq arqonlarni birlashtirish oʻrgimchaksimon travers orqali amalga oshirilishi kerak.
284. Arqon va tugunlarning uchini mustahkamlash faqat tajribali mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim.
285. Arqon tortish uskunalari tartibli harakatlantirilishi lozim.
286. Turniklar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
monejdan yuqori sterjen chetigacha 245 dan 255 sm gacha, sterjen va sharnir markazi orasidagi uzunlik 240 sm boʻlishi;
turniklar va trapetsiyalar yuqori qismi nisbiy uzayishi 5 foiz boʻlishi;
turniklarning tortilishi, halqalarning osilishi va boshqalar faqat poʻlat arqonlarga va zanjirlarga osib bajarilishi kerak.
287. Bukiladigan batutlar (sakraydigan moslama) toʻrining eni 1,2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
288. Batut ramkasining barcha yon tomoni yumshoq mato bilan qoplanishi kerak. Toʻrni toʻqishda chetki qismlari iplarining rangi yorqinroq rangda qilinib uning markaziy qismi ajralib turishi va toʻr butun ramka boʻylab tekis tortilishi lozim.
289. Teleskopik birlashmalarda murvatlarning oʻzaro siljishi agar bu nazarda tutilmagan boʻlsa, ortiqcha tebranishga ega boʻlmasligi kerak.
290. Koʻtarilish va tushish uchun arqonlar, shuningdek kordeparellar paxta yoki sintetik arqonlardan 25—28 mm qilib eshilishi zarur.
291. Turnik va trapetsiya osilish joyi 25—35 mm diametrli boʻlishi kerak.
292. Sakraydigan taxta va tramplinlar yorilmagan, butoqsiz boʻlgan qattiq navli yogʻoch taxtalardan yoki plastikali oynadan qilinishi kerak.
293. Velosiped, rolik uchun pol, toʻshama va stollar, shuningdek muz maydonlar yaxlit va tekis boʻlishi lozim.
294. Ijrochilar (akrobat, suvga shoʻngʻuvchilar va boshqalar) kiradigan va chiqadigan koʻprik, tramplin va taxta yoʻlaklar rezina bilan yoki boshqa sirpanmaydigan material bilan qoplanishi kerak.
295. Odamlarni koʻtarishga moʻljallangan qoʻl bilan aylantiriladigan chigʻirlar faqat aylanganda koʻtarib tushiradigan xavfsiz dastakka ega boʻlishi shart.
296. Qilich, xanjar, rapira va boshqalar butaforiya (yasama) boʻlishi lozim. Ularning haqiqiysini ishlatishga tigʻi oʻtmaslashtirilishi va yoy oʻqi uchi yumshoq qilingan holda ruxsat etiladi.
4-§. Himoya kamarlari va moslamalariga boʻlgan xavfsizlik talablari
297. Sirklarda markaziy himoya kamarlari va sirk uskunasi bilan ishlaydiganlar favqulodda holatlarda zarur boʻladigan avariya arqon zinalar boʻlishi lozim. Muqim sirklarda bulardan tashqari 4x4 m hajmdagi himoya toʻri boʻlishi kerak.
298. Himoya kamarlariga talablar, tomoshalar va tryuklarni ijro etish xususiyatlarini hisobga olgan xolda bajarilishi lozim.
299. Bir lonjga osiladigan yuklarning ogʻirligi 700 kg dan oshmasligi kerak, ishchi holatida belboqqa tushadigan kuch esa, 1500 kgs dan ortiq boʻlmasligi lozim.
300. Himoya belbogʻi eni 30 mm dan ingichka boʻlmasligi va ijrochiga yaxshi moslangan boʻlishi zarur.
301. Himoya moslamalarining metall qismlari va murvatlari (lonj halqasi, toʻqasi va boshqalar) zanglashga qarshi qoplamadan boʻlishi zarur.
302. Himoya toʻrining oʻlchami har qanday holatda xodimni halokatlardan asray olishi, dorboz uchun 6 m, guruhli uchishlar uchun 5 m va yakka tartibda uchish uchun 4 m dan kichik boʻlmasligi lozim.
303. Toʻr yoki uning tortilish balandligi eng koʻp xodim tushganda toʻr va manej toʻshamasi orasida 1 m masofa qolish darajasida choʻzilishi mumkin.
304. Himoya toʻrini taʼmirlashda oʻsha toʻrning materialidan boʻlgan sifatli ashyodan foydalanish lozim.
305. Ikki yoki undan ortiq kishilar parvozini ushlab qolish uchun zanjirlar poʻlat arqonga maxsus xom teridan ishlangan belboqqa mahkamlangan boʻlishi zarur. Belbogʻlarda himoya tugmachalari boʻlishi lozim.
306. Bambuk, persh va boshqa sirk uskunalarining oyoq va qoʻl tugunlari uncha katta boʻlmagan poʻlat arqonlar bilan ehtiyotlanishi kerak.
307. Kurashchilar gilami yumshoq, tekis va toʻla tiqinlangan boʻlishi kerak. Brezent toʻshamalar qoʻllanilmaydi. Toʻshamalarda teshiklar va qoʻpol choklar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Toʻshama tortilganda buklangan yoki tirishgan boʻlmasligi kerak.
308. Gilamdan manej toʻsigʻigacha 1,75 m ochiq joy boʻlishi lozim.
309. Akrobatik yoʻlakcha 1,5 m enlikda boʻlishi lozim.
310. Gimnastika matlarining sunʼiy charmdan gʻilofi boʻlishi kerak.
311. Sakrovchi akrobatlarning mashgʻulot va chiqishlari 12 m uzunlikdagi gimnastika yoʻlakchasi va 6x6 m hajmdagi manej gilamida amalga oshirilishi lozim.
5-§. Sirk asbob-uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik talablari
312. Sirk uskunalari, yuk koʻtarish qurilmalari va saqlagich moslamalarni bu maqsadga moʻljallanmagan qurilma murvatlariga osish va tortish taqiqlanadi.
313. Klublar, teatr va boshqa sahna maydonlarida sirk uskunalarini osish va mahkamlash joylari bu maydonlardan foydalanish boʻyicha masʼul xodimlar bilan kelishilishi lozim.
314. Sahna ustida halqalar boʻlmaganda sirk uskunalari quyi qatlam toʻsinlariga osilishi lozim.
315. Shiftdagi arqon oʻtkaziladigan teshiklar ularni erkin oʻtishi va harakatlanishiga xalaqit bermaydigan boʻlishi kerak.
316. Ilgich arqonlar, tortma murvatlar va uskunalarining oʻzi ham elektr uskunalari va yoritish qurilmalarining tok oʻtadigan qismlariga tegib qolmasligi va xodimlar tryuklarini xavfsiz bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi zarur.
317. Uskunani koʻtarish yoki tushirish paytida xodimlar uning tagida boʻlmasligi kerak.
318. Sirk uskunalarini osishda arqonlar sakkiz shaklidagi tugunlar yoki harakatdagi tigʻlar bilan eshiladi. Tugunning oʻzi uskuna osiladigan quvur yoki toʻsinning yon tomonida boʻlishi zarur. Arqonlarning boʻsh qolgan uchlari sirtmoq qilib bukib yumshoq sim bilan bogʻlanadi yoki qisib qoʻyiladi.
319. Osilgan yoki oʻrnatilgan uskunalarning mahkamligini taʼminlash uchun manejga simmetrik joylashgan va hisob-kitobga mos keladigan qilib bir xil burchakda tortilgan koʻp miqdordagi arqonlardan foydalaniladi.
320. Shtambertlar, mostiklar, trapetsiyalar, turniklar va boshqa uskunalar gorizontal koʻrinishda osilishi kerak.
321. Bir qancha turniklarning osiladigan joylari bir gorizontal yuzada tekis boʻlishi shart.
322. Mototsirk atraksioni mexanigi har bir seansdan avval bakda yonilgʻi borligini, mototsikl zanjiri tarangligini, shinalarda kerakli bosim mavjudligini, moyni oqmayotganligini, shuningdek pokrishkalar holatini koʻzdan kechirishi lozim. Rama va uning barcha qismlari holatiga alohida eʼtibor berish kerak.
323. Ishdan chiqqan arqonlarni soz arqonlar bilan birga saqlash taqiqlanadi.
324. Rezina mahsulotlarni (amortizatsiya ishlari va boshqalar) isitish asboblari yaqinida, quyosh nuri tushadigan va moy tegadigan joyda saqlash taqiqlanadi.
325. Sirk uskunalari va arqonlar yogʻoch yashiklarda yoki brezent gʻiloflarda tashilishi zarur.
V bob. Taʼmirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
326. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
327. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi taʼmirlashni qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
328. Pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi taʼmirlash va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
329. Taʼmirlash ishlari bajarilayotgan hududlar toʻsilishi, xavfsizlik belgilari oʻrnatilishi lozim.
330. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval, taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻriqdan oʻtkazilishi lozim.
331. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda va mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
332. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
333. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
334. Taʼmirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta toʻshamalarning oʻrnatilishi xavfsizlik talablariga javob berishi hamda xodimlar balandlikda ishlash uchun himoya kamarlaridan foydalanishlari shart.
335. Barcha taʼmirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
336. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan joy va barcha oʻtish joylari belgilangan meʼyorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
337. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar oʻz joyiga oʻrnatilishi lozim.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
338. Tashkilotlarni (xonalarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
339. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(339-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
340. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilgan.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
2012-yil 8-fevral
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T.NARBAYEVA
2012-yil 8-fevral
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2012-yil 8-fevral
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B.GULYAMOV
2012-yil 8-fevral
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2012-yil 8-fevral
Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2012-yil 8-fevral
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2012-yil 8-fevral
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
2012-yil 8-fevral
Madaniyat va sport ishlari vaziri T. QOʻZIYEV
2012-yil 8-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 125-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)