Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar o‘zlarining tizimlaridagi tashkilotlar tomonidan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining talablari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, vazirliklar va idoralar bilan birga o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-noyabr,
712-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qaroriga 1-ILOVA
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar elektr energiyasi iste’molchilari (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilar) elektr qurilmalarini ishonchli, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilishni ta’minlash, shuningdek, ularni ishga yaroqli holatda saqlab turish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish, sozlash va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi muhandis-texnik xodimlar (keyingi o‘rinlarda — MTX) uchun mo‘ljallangan.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
elektr uzatish havo tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda — HT) — simlari yer ustida tayanchlar, izolyatorlar yordamida ushlab turiladigan elektr uzatish tarmog‘i;
binoga biriktirilgan podstansiya — binoning bir qismini egallagan elektr podstansiyasi;
elektr stansiyasining (podstansiyasining) ikkilamchi zanjirlari — elektr stansiyasining (podstansiyasining) boshqaruv, avtomatika, signalizatsiya, himoya va o‘lchov qurilmalarini birlashtiruvchi kabellar va simlar majmui;
dublyorlik qilish (dublyorlik) — dublyorni tayyorlashga javobgar shaxs kuzatuvi ostida ish joyida elektr qurilmani boshqarish va boshqa funksiyalarni bajarish;
yo‘riq berish — xodimlarga xavfsiz mehnatni tashkil etishga va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga qaratilgan asosiy talablar mazmunini yetkazish, yo‘riq olayotganlar ish joylarida yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolarni tahlil qilish, xavfsiz ishlab chiqarish bilimlarini va tajribalarini chuqurlashtirish, Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari (keyingi o‘rinlarda — YOXQ) bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash hamda kengaytirish;
elektr uzatish kabel tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda — KT) — bir yoki bir necha kabellardan tashkil topgan, bevosita yerga, kabel kanallariga, quvurlarga va kabel konstruksiyalariga yotqizilgan elektr uzatish tarmog‘i;
kapital ta’mirlash — qurilma, uskuna yoki buyumning yaroqliligi va resursini to‘liq yoki to‘liqqa yaqin tiklash uchun uning ixtiyoriy, shu jumladan asosiy qismlarini almashtirib yoki tiklab ta’mirlash;
komplekt taqsimlovchi qurilma — ichida o‘rnatilgan uskunalar, boshqaruv, nazorat, himoya, avtomatika va signalizatsiya qurilmalari bor shkaflardan yoki bloklardan tashkil topgan, yig‘ilgan yoki yig‘ish uchun tayyor holda yetkazib beriladigan elektr taqsimlovchi qurilma;
komplekt transformator podstansiyasi — yig‘ilgan yoki yig‘ish uchun tayyor holda yetkazib beriladigan, ichiga transformator va taqsimlovchi qurilmaning boshqa uskunalari o‘rnatilgan blok, shkaflardan tashkil topgan podstansiya;
elektr uzatish tarmog‘i — elektr stansiyasi yoki podstansiyasining tashqarisiga chiquvchi va elektr energiyasini uzatish uchun mo‘ljallangan elektr uzatish tarmog‘i;
neytral — elektr uskunalari cho‘lg‘amlarining (elementlarining) “yulduz” sxemasi bo‘yicha ulangan umumiy nuqtasi;
rejali ta’mirlash — tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiriladigan ta’mirlash;
elektr energiyasi iste’molchisi — energetika qurilmalari, uskunalari elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmog‘iga bevosita ulangan, u bilan elektr tarmoqlarining mansublik chegarasiga hamda elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga ega va ushbu shartnoma asosida elektr energiyasidan foydalanish huquqi va shartlari belgilangan korxona, tashkilot, idora (keyingi o‘rinlarda — korxona);
elektr energiyasini qabul qilgich (elektr qabul qilgich) — undan foydalanish uchun elektr energiyasini energiyaning boshqa turiga o‘zgartiradigan elektr qurilma;
elektr stansiyasining (podstansiyasining) prinsipial elektr sxemasi — elektr stansiyasining (podstansiyasining) elektr qismining ishlash prinsipi haqida dastlabki ma’lumot va tasavvur beruvchi, uskunaning tarkibi va uning bog‘lanishlarini aks ettiruvchi sxema;
ta’mir — qurilmalarning, uskunalarning, jihozlarning, buyumlarning ishlash resurslarini yoki ularning tarkibiy qismlari sozligini hamda ishga yaroqliligini tiklash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yoki tadbirlar majmui;
joriy ta’mir — qurilmalarning, uskunalarning, jihozlarning, buyumlarning ishga yaroqliligini ta’minlash yoki tiklash uchun bajariladigan va ularning alohida qismlarini almashtirish yoki tiklashdan tashkil topgan ta’mir;
texnik xizmat ko‘rsatish — qurilmalardan, uskunalardan, jihozlardan, o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanishda, ularni saqlash va transportirovka qilishda ishga yaroqliligini hamda sozligini saqlab turish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yoki tadbirlar majmui;
tok o‘tkazgich — elektr stansiyasi, podstansiyasi yoki sex doirasida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan, izolyatorlar va ushlab turuvchi konstuksiyalarga ega bo‘lgan shinalar yoki simlar shaklida bajarilgan qurilma;
transformator podstansiyasi — transformator yordamida bir kuchlanishdagi elektr energiyasini boshqa kuchlanishdagi elektr energiyasiga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan elektr podstansiyasi;
elektr stansiyasining (podstansiyasining) boshqaruv paneli — elektr stansiyasini (podstansiyasini) boshqarish, nazorat va himoya qurilmalaridan iborat pultlar va panellarning bir xonada joylashgan to‘plami;
elektr podstansiyasi — elektr energiyasini qabul qilish, taqsimlash va uning parametrlarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan hamda transformatorlardan yoki boshqa elektr qurilmalaridan, shu jumladan o‘zgartirgichlar, boshqarish qurilmalari va yordamchi uskunalardan tashkil topgan elektr qurilma;
elektr tarmog‘i — elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan, podstansiyalar, taqsimlovchi qurilmalar va ularni birlashtiruvchi elektr uzatish tarmoqlari majmui;
neytrali yerga ulangan elektr tarmog‘i — neytrallarning barchasi yoki bir qismi bevosita yoki nol ketma — ketligining qarshiligiga nisbatan kichik qarshilikli qurilma orqali yerga ulash qurilmasi bilan ulangan uskunasi mavjud bo‘lgan elektr tarmog‘i;
neytrali izolyatsiyalangan elektr tarmog‘i — neytrali yerga ulanmagan yoki katta qarshilikli o‘lchov, himoya, signalizatsiya qurilmalari orqali ulangan uskunasi mavjud bo‘lgan elektr tarmog‘i;
elektr taqsimlovchi punkt — podstansiyaning tarkibiga kirmaydigan elektr taqsimlovchi qurilma;
elektr taqsimlovchi qurilma — bir kuchlanishda elektr energiyasini qabul qilish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan hamda kommutatsiya apparatlari mavjud bo‘lgan elektr qurilmasi;
elektr uskunasi — mo‘ljallanishiga ko‘ra umumiy belgilari bilan birlashgan (masalan, vazifasi bo‘yicha — texnologik; qo‘llash sharoitlari bo‘yicha — tropiklarda qo‘llaniladigan, obyektga tegishliligi bo‘yicha — sexga, stanokka tegishli) elektr qurilmalar majmui;
elektr stansiyasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan, elektr energiyasini hosil qiluvchi uskunalar va yordamchi uskunalardan tashkil topgan, qurilish qismi mavjud yoki usiz (ko‘chma elektr stansiyasida) energetik qurilma;
elektr qurilma — elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash yoki iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘langan uskunalar va inshootlar majmui;
ekspluatatsiya qilish — buyumning ishlatiladigan, sifati saqlanib turadigan yoki tiklanadigan hayotiy sikli bosqichi;
stajerlik — ish joyida amaliy mashg‘ulot o‘tish.
2-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishdagi asosiy talablar
1-§. Qoidalarni qo‘llash sohasi va tartibi
3. “Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” (keyingi o‘rinlarda — TEQQ) idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha istemolchilar uchun majburiydir.
4. Iste’molchilarning yangidan montaj, rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan elektr qurilmalari amaldagi Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga (keyingi o‘rinlarda — EQTQ) muvofiq bajarilgan bo‘lishi, shuningdek, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart.
Sertifikatlanmagan elektr uskunalaridan foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish man etiladi.
5. Ushbu Qoidalar iste’molchilarning ishlab turgan, kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalariga tatbiq etiladi. Qoidalarda “kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalari” yoki “kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalari” deyilganda kuchlanishi tegishlicha 220 kV va 1000 V bo‘lgan elektr qurilmalarini ham tushunish lozim.
Ishlab turgan elektr qurilmalari — bu to‘liq yoki qisman kuchlanish ostida bo‘lgan yoki istalgan vaqtda kommutatsion apparatura ulanishi bilan yoki elektromagnit induksiya hisobiga kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan qurilmalar yoki ularning uchastkalari tushuniladi.
6. Elektr xavfsizligi shartlari bo‘yicha elektr qurilmalari kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalariga va kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalariga bo‘linadi.
7. Ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilmagan, alohida ishlab chiqarish shartlariga yoki maxsus elektr qurilmalariga ega bo‘lgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish, sohada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoidalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Soha qoidalari, ushbu Qoidalar va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari (keyingi o‘rinlarda — XTQ) talablariga qarshi bo‘lmasligi va ularni zaiflashtirmasligi shart.
8. Iste’molchilarning kuchlanishi 220 kV dan yuqori bo‘lgan elektr stansiyalari, blok stansiyalari elektr qurilmalariga va boshqa elektr qurilmalariga O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini TEQQ) muvofiq ekspluatatsiya qilinadi.
2-§. Xodimlarning vazifalari, qoidalarning bajarilishi uchun javobgarlik va nazorat
9. Qoidalarning maqsadi iste’molchilar elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarini ishonchli, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilishni ta’minlash hamda ularni ishga yaroqli holatda saqlab turishdan iborat.
10. Ishlab turgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, ularda tezkor almashlab ulashlarni o‘tkazish, ta’mirlash, montaj yoki sozlash ishlarini va sinashlarni tashkil etish va bajarish maxsus tayyorlangan elektrotexnik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Korxonaning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, elektrotexnik xodimlari energetika xizmati tarkibida bo‘lishlari shart.
Korxonada energetika xizmati bo‘lmagan taqdirda, iste’molchilarning elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishni shartnoma bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki boshqa korxonaning (shu jumladan, tadbirkorlar subyektlarining) elektrotexnik xodimlari amalga oshirishi mumkin.
11. Elektrotexnik xodim o‘z korxonasining texnologik xususiyatlarini aniq tasavvur qilishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy rioya qilishi va barcha choralar bilan ularni mustahkamlashi kerak hamda mazkur Qoidalar, XTQ, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlar talablarini bilishi va ularga rioya etishi shart.
12. Mazkur Qoidalar, XTQ va YOXQ ni buzishda aybdor shaxslar o‘z harakatlari yoki harakatsizligining xususiyatiga va ulardan kelib chiqadigan oqibatlarga qarab, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
13. Ushbu Qoidalarning bajarilishini ta’minlash uchun har bir korxonada korxona rahbari yoki egasining buyrug‘i bilan energetika xizmatining MTX orasidan korxona elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari umumiy holatiga javob beruvchi shaxs (keyingi o‘rinlarda — elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs) tayinlanishi shart.
Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tayinlanishi haqidagi buyruq, qoidalar va yo‘riqnomalar bo‘yicha u bilimlar sinovidan o‘tganidan va unga elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishlicha: 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida — V guruh, 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida — IV guruh berilganidan so‘ng chiqariladi.
Korxonada bosh energetik lavozimi bo‘lsa, unga ushbu korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning majburiyatlari yuklanadi. Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning majburiyatlarini o‘rindoshlik asosida bajarishga ruxsat beriladi.
Korxonalarda ular tomonidan o‘z faoliyatida kuchlanishi 400 V va 400 V gacha bo‘lgan, aholiga sotish uchun chakana savdo tarmog‘iga chiqariladigan hamda tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lgan yoritish qurilmalari, elektr asboblari va elektr mashinalaridan foydalanilganda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsni tayinlash yoki ishga yollash imkoniyati bo‘lmaganda, elektr xo‘jaligiga javobgarlik korxona rahbariga yoki egasiga yuklatilishi mumkin.
Bu holda korxona rahbari yoki egasi bilimlar sinovidan o‘tmaydi va unga elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruh berilmaydi. Bunda rahbar yoki egasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘zenergoinspeksiya) hududiy bo‘linmalarida elektr xavfsizligi va elektr uskunalarga xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqdan o‘tishi kerak. Ushbu holat “O‘zenergoinspeksiya”ning 400 V gacha kuchlanishli elektr uskunalari mavjud bo‘lgan individual iste’molchilarni ro‘yxatga olish jurnalida va egasining ariza-majburiyatida rasmiylashtirilishi shart.
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
400 V gacha kuchlanishli yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan xonalarda va qurilmalarda (avtoyoqilg‘i va gazyoqilg‘i quyish stansiyalari va boshqalar) elektr uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi korxonalarda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga ega bo‘lishi hamda bilimlar sinovini ro‘yxatga olish jurnalida rasmiylashtirilishi shart.
Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs uzoq muddat (dam olishda, kasal bo‘lsa, xizmat safarida) bo‘lmasa, uning majburiyatlarini bajarish korxona bo‘yicha buyruq bilan uning o‘rinbosariga (agar bu shtat jadvalida ko‘zda tutilgan bo‘lsa) yoki mazkur Qoidalarning 34-bandi “a” kichik bandiga muvofiq malaka komissiyasida bilim sinovidan o‘tgan energetika xizmatining MTX orasidan boshqa shaxsga yuklanadi.
Ushbu Qoidalarning talablariga mos elektrotexnik xodimlar bo‘lmagan taqdirda, iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish man etiladi.
Korxonada ushbu Qoidalarning talablariga mos elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs va elektrotexnik xodimlarning mavjudligi uchun korxonaning rahbari (egasi) javobgar bo‘ladi. Korxona rahbari, shuningdek, mazkur Qoidalar, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari (keyingi o‘rinlarda — EEFQ), iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTQ va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning talablari bajarilishi uchun zarur bo‘lgan barcha tadbirlarning moddiy ta’minlanishi uchun javobgar bo‘ladi.
14. Korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs quyidagilarni ta’minlashi shart:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr energiyasini tejash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini hamda elektr qurilmalarning xavfsiz ishlashini;
elektr va elektrotexnologik uskunalar va tarmoqlarni, himoya vositalari va yong‘inga qarshi anjomlarning ishga yaroqli holatda saqlanishini, ularning ushbu Qoidalar, iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTQ, EEFQ va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga mos ravishda ekspluatatsiya qilinishini;
energetika uskunalarida profilaktik va ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi tashkil etilishini;
elektrotexnik xodimlar o‘qitilishini, XTQ va TEQQ, lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tishlarini;
foydalanilayotgan energiyaning hisobga olinishi yuritilishini;
atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi texnologiyalar va ish usullari ishlatilishining oldi olinishini;
reaktiv quvvat kompensatsiyasi, mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun energiya sarfi me’yorini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini;
elektr uskunalari ishlashida buzilishlar, baxtsiz hodisalar hisobga olinishini va tahlil qilinishini hamda ularning yuzaga kelishi sabablarini bartaraf etish choralari qabul qilinishini;
iste’mol shartnomasiga muvofiq rejimga rioya etilishini, energetika tizimi yuklamasi maksimal soatlarida dispetcherlik xizmati talablari bo‘yicha iste’mol quvvatining kamaytirilishini;
elektrotexnik xodimlar uchun lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalari ishlab chiqilishini.
15. Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning taklifiga ko‘ra, korxona rahbari tarkibiy bo‘linmalarining elektr xo‘jaliklariga javobgar shaxslarni tayinlashi mumkin.
Agar bunday shaxslar tayinlanmagan bo‘lsa, tarkibiy bo‘linmalar elektr xo‘jaligi uchun javobgarlikni, ularning hududiy joylashuvidan qat’i nazar, bosh korxona elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs olib boradi.
Tarkibiy bo‘linmalar elektr xo‘jaligi uchun javobgarlar va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va majburiyatlarning taqsimlanishi ularning lavozim yo‘riqnomalarida aks ettirilishi shart.
16. Agar korxona rahbari elektr ta’minoti shartnomasini bevosita energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan tuzmagan bo‘lsa, ijaraga berilgan elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish uchun javobgarlikning taqsimlanishi ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi ijara shartnomasida aks ettirilishi shart.
17. Korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs:
ishlab chiqaruvchi zavodlarga — butlanmagan, sifatsiz yoki buyurtma xususiyatiga, davlat standartlariga va texnik shartlarga mos bo‘lmagan uskunalar keltirilganda;
montaj qiluvchi tashkilotlarga — elektr montaj ishlari texnologiyasi buzilganda, sifatsiz montaj qilinganda, loyiha hujjatlaridan chetga chiqilganda va montaj jarayonida uskunalar shikastlanganda;
elektr ta’minoti tashkilotiga — elektr energiyasining sifatsiz parametrlarida va korxona elektr ta’minoti buzilishlarida o‘z vaqtida da’vo (reklamatsiya) berishi shart.
18. Ushbu Qoidalarning buzilishlarini payqagan, shuningdek, elektr qurilmalari yoki himoya vositalarining ishga yaroqsizligini sezgan har bir xodim, zudlik bilan bevosita o‘zining rahbariga, u bo‘lmaganda esa — yuqori turuvchi rahbarga bu haqda xabar berishi shart.
Elektr qurilmadagi nosozlik atrofdagi kishilarga yoki qurilmaning o‘ziga aniq xavf tug‘dirgan hollarda, uni payqagan xodimning o‘zi bartaraf qila olsa, buni zudlik bilan amalga oshirishi, shundan keyin bevosita boshliqni xabardor qilishi kerak. Nosozlikni bartaraf qilish xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
19. Elektr qurilmasining ishidagi har bir buzilish ishlab chiqaruvchi zavodning yo‘riqnomalariga ko‘ra tekshirilishi va hisobga olinishi shart.
Tekshirish materiallari asosida elektr qurilmalarining ishida shunga o‘xshash buzilishlarning oldini olish bo‘yicha avariyaga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
Elektr qurilmalari ishidagi buzilishlar uchun quyidagilar shaxsan javobgardir:
bevosita elektr qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimlar − ularning aybi bilan yuz bergan buzilishlar uchun, shuningdek, ular tomonidan xizmat ko‘rsatish uchastkasida elektr qurilmaning ishidagi buzilishlar noto‘g‘ri bartaraf etilganligi uchun;
uskunani ta’mirlayotgan ta’mirlovchi va tezkor ta’mirlovchi xodimlar — ta’mirlash sifati pastligi tufayli kelib chiqqan ishdagi buzilishlar uchun;
korxonaning, tarkibiy bo‘linmalarning bosh muhandislari va energetiklari, elektr sexi boshliqlari va energetika xizmatining boshqa MTX — ularning aybi bilan elektr qurilmalarni ishlashida yuz bergan buzilishlar uchun, texnologik xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari, elektrotexnologik uskunalarni ekspluatatsiya qilishdagi buzilishlar uchun, shuningdek, o‘z vaqtida va qoniqarli texnik xizmat ko‘rsatish hamda avariyaga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishi ta’minlamagani uchun.
20. Har bir baxtsiz hodisa, shuningdek, XTQ buzilishining boshqa holatlari o‘rnatilgan tartibda sinchiklab tekshirilishi, ularning paydo bo‘lish sabablari, javobgar shaxslar aniqlanishi va bunday holatlarning oldini olish uchun choralar ko‘rilishi shart.
21. Elektr tokidan shikastlanishdan yuzaga kelgan baxtsiz hodisalar uchun bevosita qoidalarni buzgan xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar va baxtsiz hodisalar yuzaga kelishi holatini istisno etuvchi tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishini ta’minlamagan ma’muriy-texnik xodimlar mas’uldir.
22. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi uchun davlat energetika nazorati “O‘zenergoinspeksiya” va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Korxonalarda mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishini tekshirish va nazoratni, “O‘zenergoinspeksiya” va uning hududiy bo‘linmalaridan tashqari, korxonaning xavfsizlik texnikasi bo‘limlari va yuqori turuvchi tashkilotlar amalga oshiradilar.
3-§ . Xodimlarga qo‘yiladigan talablar
23. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish maxsus tayyorlangan elektrotexnik xodimlar tomonidan amalga oshirilishii kerak.
Korxonaning elektrotexnik xodimlari quyidagilarga bo‘linadi:
elektr uskunalarida tezkor almashlab ulashlarni, ta’mirlash, montaj va sozlash ishlarini tashkil qiluvchi va bu ishlarda bevosita ishtirok etuvchi, tezkor, ta’mirlash yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar huquqlariga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimlarga;
tezkor boshqarishni va tezkor almashlab ulashlarni amalga oshirish ruxsat etilgan xodimlar toifasiga va ushbu ishlovchilarni bevosita boshqarish uchun tayinlangan shaxslarga taalluqli tezkor xodimlarga (agar bo‘linishi talab etilmasa, keyinchalik tezkor va tezkor-ta’mirlovchi xodimlar tezkor xodimlar deb ataladi);
elektr uskunalarini ta’mirlash, rekonstruksiya va montaj qilish bo‘yicha barcha ishlarni bajaruvchi ta’mirlovchi xodimlarga. Ushbu toifaga, shuningdek, majburiyatiga sinashlarni, o‘lchashlarni amalga oshirish, elektr apparatlarni sozlash va rostlash hamda boshqa ishlar kiradigan ixtisoslashtirilgan xizmat (masalan, sinash laboratoriyalari, avtomatika va nazorat-o‘lchash asboblari xizmati va boshqalar) xodimlari ham kiradi;
tasdiqlangan hajmda o‘ziga biriktirilgan elektr qurilmalarida tezkor ishlarni bajarish uchun maxsus o‘qitilgan va tayyorlangan, ta’mirlovchi xodimlar toifasidan bo‘lgan tezkor-ta’mirlovchi xodimlarga.
Korxonaning energetika xizmati tarkibiga kirmagan, ishlab chiqarish sexlari va uchastkalarining elektr texnologik qurilmalari ekspluatatsiya qilinishini amalga oshiradigan va elektr xavfsizligi bo‘yicha II va undan yuqori guruhga ega bo‘lgan elektr texnologik xodimlar o‘zlarining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha elektrotexnik xodimlarga tenglashtiriladi hamda texnik jixatdan korxonaning energetika xizmatiga bo‘ysunadilar.
24. Elektr xavfsizligi bo‘yicha II — V guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodimlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
18 yoshga to‘lmagan shaxslarga elektr qurilmalarida mustaqil ishlashga ruxsat etilmaydi;
elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan shaxslar ishlab chiqarishga halaqit beradigan (doimiy shakldagi) kasallikka va mayiblikka ega bo‘lmasligi shart;
elektrotexnik xodimlar tegishli nazariy va amaliy tayyorgarlikdan keyin bilimlar tekshiruvidan o‘tishlari hamda elektr qurilmalarida ishlash uchun ruxsat beruvchi guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.
25. Universitet, institut, kollej, litseyning 18 yoshga to‘lmagan ish o‘rganuvchilarini amalda ishlab turgan elektr qurilmalarida bo‘lishlariga 1000 V gacha kuchlanishli qurilmalarda elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhdan kam bo‘lmagan va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarda — IV guruhdan kam bo‘lmagan elektrotexnik xodimning doimiy nazorati ostida ruxsat etiladi.
18 yoshga to‘lmagan ish o‘rganuvchilarni mustaqil ishlashga qo‘yish va ularga elektr xavfsizligi bo‘yicha III va undan yuqori guruhni berish man etiladi.
26. Ishlab turgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektrotexnik xodimlarning sog‘lomlik holati ishga qabul qilinayotganda tibbiy tekshiruv bilan aniqlanadi va keyinchalik sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilagan muddatlarda davriy tekshirilib turiladi.
27. Elektrotexnik xodimlar mustaqil ishga tayinlangunga qadar yoki elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishga (lavozimga) o‘tganda, shuningdek, ushbu lavozimda 1 yildan ortiq mehnat faoliyatini olib bormaganda, ish joyida ishlab chiqarishni o‘rganishi shart.
Ishlab chiqarishni o‘rganish uchun xizmatchiga uskunalar, apparatura, tezkor sxemalar bilan tanishish bilan bir vaqtda, ushbu lavozim uchun zarur hajmda:
mazkur Qoidalarni, iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTQ, EQTQ, EEFQ;
lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalarini;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni;
ushbu korxonada amal qiluvchi boshqa qoidalar, me’yoriy va ekspluatatsiya hujjatlarini o‘rganishga yetarli bo‘lgan muddat berilishi kerak.
28. Ishlab chiqarishni o‘rganish dasturini qoidalar va yo‘riqnomalarning zarur bo‘limlarini ko‘rsatgan holda ishlab chiqarish bo‘linmasining javobgar shaxsi tuzadi va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs yoki bosh muhandis tasdiqlaydi.
O‘rganayotgan xodim o‘rganishi mobaynida korxona (MTX uchun) yoki bo‘linma (ishchilar uchun) farmoyishi bilan elektrotexnik xodimlar orasidan tajribali xizmatchiga biriktiriladi.
29. O‘rganayotgan xodim tezkor almashlab ulashlarni, ko‘rib chiqish yoki elektr uskunasidagi boshqa ishlarni faqatgina o‘rgatayotgan xodimning ruxsati asosida uning nazorati ostida amalga oshirishi mumkin.
O‘rganayotgan xodimning harakatlari to‘g‘riligiga va ushbu Qoidalarga, shuningdek, xavfsizlik texnikasi Qoidalariga rioya qilinishiga o‘rganayotgan xodimning o‘zi va o‘rgatayotgan xodim javobgar bo‘ladi.
30. Ishlab chiqarishni o‘rganish tugaganidan so‘ng o‘rganayotgan xodim 28-bandda ko‘zda tutilgan hajmda malaka komissiyasida bilimlar tekshiruvidan o‘tishi shart. Unga XTQga ko‘ra tegishli elektr xavfsizlik guruhi (II — V) berilishi kerak.
Boshqa korxonaga ishga o‘tganda, o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashda yoki bir korxona doirasida boshqa ishga (lavozimga) o‘tganda yoki ishda 1 yildan ortiq tanaffus bo‘lganda, bilimlar tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tgan elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan shaxsga komissiya qarori bilan elektr xavfsizligi bo‘yicha boshqa ishga (lavozimga) o‘tgunga qadar o‘rindoshlik yoki ishdagi tanaffusgacha bo‘lgan elektr xavfsizlik guruhi tasdiqlanishi mumkin.
31. Tezkor va tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan har bir xizmatchi, shuningdek, yuqori kuchlanishli sinovlarni o‘tkazuvchi sinov laboratoriyalari xodimlari bilimlar tekshiruvidan o‘tganidan keyin kamida ikki hafta mobaynida tajribali xizmatchi rahbarligida ish joyida dublyorlikdan o‘tishi kerak. Shundan so‘ng u mustaqil tezkor ishlarni bajarishga, yuqori kuchlanish ostida sinashlarni o‘tkazishga qo‘yilishi mumkin.
Stajirovkaga va mustaqil ishlashga ijozat, MTX uchun korxona bo‘yicha ishchilar uchun esa sex bo‘yicha farmoyish bilan rasmiylashtiriladi.
Ta’mirlovchi xodimlar uchun dublyorlik qilish talab qilinmaydi.
32. Davriy bilimlar sinovi quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi shart:
ishlab turgan elektr qurilmalariga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi yoki ularni sozlash, elektr montaj qilish, ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi yoki profilaktik sinovlarni o‘tkazuvchi elektrotexnik xodimlar uchun, shuningdek, ushbu ishlarni tashkil qiluvchi va farmoyishlarni rasmiylashtiruvchi xodimlar uchun 1 yilda 1-marta;
avvalgi guruhga kirmaydigan elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan MTXlar, shuningdek, elektr qurilmalarini nazorat qilishga ruxsat berilgan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislar uchun 3 yilda 1-marta.
Tekshiruv natijasiga asosan xodimlarning davriy bilimlar sinovi muddati malaka komissiyasi tomonidan qisqartirilishi mumkin.
Agar guvohnomaning amal qilish muddati ta’tilga yoki kasallik vaqtiga to‘g‘ri kelsa, bu holda guvohnomaning amal qilish muddatini ishga tushgan kundan boshlab 1 oyga uzaytirishga ruxsat beriladi. Guvohnomani amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi qaror maxsus rasmiylashtirilmaydi.
Qonirqarsiz baho olgan xodim guvohnomasining amal qilish muddati, agar bilimlar sinovini qayd etish jurnalida xodimni elektr uskunalarida ishlashdan vaqtincha chetlatilganligi haqida komissiyaning maxsus qarori chiqarilmagan bo‘lsa, komissiya tomonidan belgilangan ikkinchi yoki uchinchi sinovga qadar bo‘lgan muddatgacha avtomatik tarzda uzaytiriladi.
33. Mazkur Qoidalarni, XTQni yoki ishlab chiqarish yo‘riqnomalarini buzgan shaxslar navbatdan tashqari bilimlar tekshiruvidan o‘tishga jalb etilishlari kerak.
Shuningdek, navbatdan tashqari bilimlar tekshiruvi quyidagi hollarda ham o‘tkaziladi:
bilimlari qoniqarsiz bo‘lganda, malaka komissiyasi belgilagan muddatlarda, lekin oxirgi tekshuruv kunidan 2 haftadan oldin va 1 oydan kech bo‘lmagan muddatda;
yangi texnologiyalar, elektr qurilmalari va uskunalari joriy etilganda;
ishdagi tanaffus bir yildan ortiq bo‘lganda.
boshqa ishga o‘tkazilganda;
mazkur Qoidalarning va XTQning yangi tahriri amalga kiritilganda;
“O‘zenergoinspeksiya” inspektorining yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Bilimlar sinovida uchinchi marta qoniqarsiz baho olgan xodim boshqa, elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishga o‘tkazilishi shart.
34. Ushbu Qoidalar va XTQ bo‘yicha bilimlar sinovi tarkibi kamida 3 kishidan iborat bo‘lgan malaka komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi shart:
a) korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs, uning o‘rinbosari va lavozim yo‘riqnomasiga ko‘ra elektr xo‘jaligini nazorat qiluvchi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandisi uchun bosh muhandis yoki korxona rahbari (komissiya raisi), “O‘zenergoinspeksiya” inspektori va joylardagi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki korxonaning kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakili tarkibidagi komissiya tomonidan;
b) korxonaning ishlab chiqarish sexlari va bo‘linmalarining elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar, elektr ho‘jaligining tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari uchun korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs yoki uning o‘rinbosari (rais), mazkur Qoidalarning ushbu bandi “a” kichik bandiga muvofiq komissiyada bilim tekshiruvidan o‘tgan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis (xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi bo‘limi vakili), energetika xizmati vakili tarkibidan iborat komissiya tomonidan;
v) qolgan muhandis-texnik xodimlar uchun mazkur Qoidalarning ushbu bandi “b” kichik bandiga muvofiq kimissiyada bilim tekshiruvidan o‘tgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga (yoki 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalari uchun IV guruhga) ega komissiya tekshiruvidan o‘tgan shaxs — rais va energetika xizmati, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi yoki kasaba uyushmasi vakilidan iborat komissiya tomonidan;
g) qolgan elektrotexnik xodimlar uchun tarkibi korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan belgilangan va tasdiqlangan bir necha komissiyalar tuzilishi mumkin;
d) korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning bilimlari sinovini “O‘zenergoinspeksiya” inspektori ishtirokida ta’sischi korxona malaka komissiyasida o‘tkazishga ruxsat etiladi;
e) O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) nazoratidagi elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan yoki ularni ekspluatatsiyasini boshqarayotgan rahbarlar va muhandis-texnik xodimlarning bilimlari sinovi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili ishtirokida o‘tkazilishi shart. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakillari komissiyada ishtirok etishi uchun komissiya faoliyati haqida kamida 5 kun oldin xabardor qilinishi kerak. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili kelmagan holda, komissiya uning ishtirokisiz faoliyat ko‘rsatadi.
Birlamchi bilim sinovidan tashqari barcha turdagi sinovlarda kompyuter texnikasidan foydalanishga ruxsat beriladi; bunda bilimlar sinovi jurnalidagi yozuvlar bekor qilinmaydi.
Yuqorida keltirilganlarda:
navbatdagi tekshiruv vaqti bilimlar oxirgi tekshirilgan sanaga mos ravishda belgilanadi;
“O‘zenergoinspeksiya” va mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizmati vakillari “b”, “v” va “g” kichik bandlarda ko‘rsatilgan xodimlar bilimi tekshiruvi komissiyalarida o‘z xohishlariga ko‘ra ishtirok etishlari mumkin;
35. Qoidalar bo‘yicha bilimlar sinovi sinalayotgan xodim ishlayotgan korxona komissiyasida o‘tkazilishi shart. 34-bandning “d” kichik bandida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Biror-bir boshqa komissiyada bilimlar sinovini o‘tkazilishi man etiladi.
36. Har bir xodimning bilimlari sinovi alohida o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi. Bilimlar sinovi natijalari o‘rnatilgan shakldagi jurnalga kiritiladi hamda komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Bilimlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimga elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruh (II — V) berilgan holda bilimlar tekshiruvi haqida belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi.
Guvohnoma u yoki bu elektr qurilmalariga ma’muriy texnik xodim sifatida tezkor, ta’mirlovchi yoki tezkor-ta’mirlovchi huquqlari bilan xizmat ko‘rsatish, tezkor, ta’mirlovchi yoki tezkor-ta’mirlovchi, shuningdek, elektr xavfsizligi bo‘yicha II va undan yuqori guruhga ega elektr-texnolog xodim sifatida xizmat ko‘rsatish huquqini beradi.
Agar tekshirilayotgan xodim bir vaqtning o‘zida maxsus ishlarni bajarish huquqini beruvchi bilimlar tekshiruvidan o‘tgan bo‘lsa, bu haqda bilimlar sinovi jurnalida va guvohnoma grafasida belgilab qo‘yiladi.
Elektr qurilmalariga javobgar shaxsning bilimlarni sinovdan o‘tkazgan komissiyada elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruh hajmida bilimlar sinovidan o‘tgan elektr qurilmalarini nazorat qiluvchi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandisga mazkur korxona elektr qurilmalari ustidan nazorat olib borish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
Mazkur Qoidalar, XTQ va mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlar tekshiruvidan o‘tmagan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandisga, elektrotexnik xodimlarga hech qanday ko‘rsatmalar berishga ruxsat etilmaydi.
37. Ishga yangi qabul qilingan, qoidalar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tmagan yoki muddati o‘tgan bilimlar sinovi guvohnomasiga ega elektrotexnik xodimlar (32-bandda ko‘rsatilgan guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish hollaridan tashqari) elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega shaxslarga tenglashtiriladi.
Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh, shuningdek, elektr tokidan shikastlanish xavfi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, elektrotexnik bo‘lmagan xodimlarga ham beriladi.
38. Elektrotexnik bo‘lmagan xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh har yili korxona, sex, uchastka elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs yoki uning yozma ko‘rsatmasiga binoan III dan past bo‘lmagan elektr xavfsizligi guruhiga ega shaxs tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan qurilmada xavfsiz ishlash usullari tekshirilgandan keyin beriladi. Elektr havfsizligi bo‘yicha I guruh berilishi maxsus jurnalda tekshiruvchi va tekshirilayotgan imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Bunda bilimlar sinovi haqida guvohnoma berilishi talab qilinmaydi.
Ishlash jarayonida I guruh xodimlari har yili bilimlar sinovidan tashqari davriy ravishda yo‘riqdan o‘tadilar.
39. Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega shaxslar, II — V guruhga ega shaxslar o‘tkazayotgan elektrotexnik qurilmalarni ta’mirlash, sozlash va sinash bo‘yicha ishlarda, faqat XTQda ko‘rsatilgan hollarda ishtirok etishlari mumkin.
40. Elektr xavfsizligi bo‘yicha I va undan yuqori guruhga ega elektrotexnologik xodimlar bilimlarining o‘z vaqtida sinalishiga korxonaning uchastka, sex va boshqa tarkibiy qismlari rahbarlari javobgardir.
41. Korxonada elektrotexnik xodimlar bilan ularning malakasini, mazkur Qoidalar, XTQ, EQTQ va mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlarini oshirishga, ilg‘or tajribani va elektr qurilmaga xizmat ko‘rsatishning xavfsiz usullarini o‘rganishga, avariya va shikastlanishning oldini olishga qaratilgan muntazam ish olib borilishi shart.
Tashkil etilayotgan texnik o‘qish hajmini, avariyaga qarshi mashg‘ulotlarni o‘tkazish zarurligini korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs aniqlaydi.
4-§. Elektr xo‘jaligini tezkor boshqarish
42. Korxona — elektr energiya iste’molchisi elektr xo‘jaligini boshqarish tizimi, butun korxonaning boshqaruv tizimiga birlashgan energoxo‘jaligini boshqarishning tarkibiy qismi hisoblanadi va quyidagilarni ta’minlashi shart:
korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun uning elektr ta’minoti tizimini tezkor rivojlantirishni;
mehnat samaradorligini oshirish va energotejamkorlik bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan elektr xo‘jaligining samarali ishlashini;
uskunalarning ishonchli, xavfsiz va avariyasiz ishlashini oshirishni;
texnik qayta qurollanish va elektr xo‘jaligini rekonstruksiya qilish, uskunalarni modernizatsiyalash yo‘li bilan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashni;
yangi texnikani, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash texnologiyalarini, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning samarali hamda xavfsiz usullarini joriy qilish va o‘zlashtirishni;
xodimlarning malakasini oshirishni, mehnatning ilg‘or usullarini, iqtisodiy bilimlarni targ‘ib etishni, ratsionalizatorlik va ixtirochilikni rivojlantirishni;
ta’minlovchi energetika tizimi bilan kelishilgan holda elektr xo‘jaligini, shu jumladan o‘zining elektr energiyasi manbalarini tezkor-dispetcherlik boshqaruvini;
o‘zining elektr qurilmalarining texnik holati va avtonom ishlovchi (blok stansiya hisoblanmaydigan) o‘zining elektr energiyasi manbalarining ekspluatatsiyasini nazorat qilishni;
ta’minlovchi energetika tizimi unga bergan ish rejimlariga korxona tomonidan rioya etilishini nazorat qilishni.
43. Elektr ta’minoti tizimi tarkibida o‘zining elektr energiyasi manbalari, elektr tarmoqlari va elektr energiyasi qabul qilgichlari mavjud bo‘lgan korxonalarda ularning ishini, vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan uzluksiz dispetcherlik boshqaruvi tashkil etilishi kerak:
o‘zining elektr stansiyalari va tarmoqlarining elektr ta’minoti uzluksizligini belgilovchi ish rejimlarini ishlab chiqish, ta’minlovchi energetika tizimi bilan kelishish hamda ularni amalga kiritish;
elektr energiyasi sifatiga bo‘lgan talablarni bajarish;
iste’mol rejimlariga rioya qilgan holda elektr ta’minoti tizimining tejamkor ishlashini va energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;
elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uni energiyaning bir turidan boshqa turiga o‘zgartirishda, uzatishda, taqsimlashda avariyalar hamda boshqa texnologik buzilishlarning oldini olish va bartaraf etish.
Bunday korxonalarda dispetcherlik boshqaruvi, energetika tizimining milliy dispetcherlik xizmati, elektr tarmog‘i korxonalarining dispetcherlik xizmati yoki tuman elektr tarmog‘ining tezkor-dispetcherlik xizmati bilan kelishuv bo‘yicha amaldagi elektr stansiyalari va tarmoqlarining TEQQ talablariga mos ravishda tashkil qilinishi shart.
Shunday dispetcherlik boshqaruvi xususiy elektr energiyasi manbaiga ega bo‘lmagan, lekin o‘zining elektr ta’minoti tizimida mustaqil elektr tarmog‘i korxonalari mavjud bo‘lgan korxonalarda ham tashkil etilishi kerak.
44. Dispetcherlik boshqaruvi iyerarxik tuzilish bo‘yicha tashkil qilinishi kerak. Bunda tezkor nazorat va boshqaruv funksiyalarining bosqichlar o‘rtasida taqsimlanishi, shuningdek, boshqaruvning quyi bosqichdagilarini yuqoridagilarga bo‘ysunuvi ko‘zda tutilishi kerak.
Korxonalar — elektr energiyasi iste’molchilarining elektr ta’minoti sxemasiga qarab ular uchun dispetcherlik boshqaruvning yuqori bosqichi bo‘lib, ta’minlovchi energetika tizimining dispetcher xizmatlari (energetika tizimining milliy dispetcher xizmati, elektr tarmoqlari korxonalarining dispetcherlik xizmati yoki tuman elektr tarmog‘ining tezkor-dispetcherlik guruhi) korxonaning dispetcher xizmati hisoblanadi.
Dispetcherlik boshqaruvi vazifalarini hal etish uchun iste’molchi ta’minlovchi energetika tizimning dispetcherlik punktlari bilan zarur aloqa va telemexanika vositalariga ega bo‘lishi shart.
45. Har bir dispetcher bosqichi uchun uskunalar va inshootlar boshqaruvining ikki toifasi — tezkor boshqaruv va tezkor yurituv belgilangan bo‘lishi shart.
46. Navbatchi dispetcherning tezkor boshqaruvida ular yordamida bajariladigan operatsiyalar bo‘ysinuvidagi tezkor xodimning harakatini muvofiqlashtirishni, bir nechta obyektlarda rejimlarni kelishib o‘zgartirishni talab qiladigan uskuna, elektr uzatish tarmoqlari, tok o‘tkazgichlar, releli himoya qurilmalari, avariyaga qarshi va rejim avtomatikasi tizimining apparaturasi, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatilgan uskunalar va qurilmalarda operatsiyalar navbatchi dispetcher rahbarligida o‘tkazilishi shart.
47. Navbatchi dispetcher tezkor yurituvida turli energetika obyektlarining xodimlari harakatlarini muvofiqlashtirish talab etilmaydigan, lekin ularning holati va rejimi elektr tarmog‘ining rejimiga va ishonchliligiga, shuningdek, avariyaga qarshi avtomatika qurilmalarini sozlashga ta’sir ko‘rsatadigan uskunalar, elektr uzatish tarmoqlari, tok o‘tkazgichlar, releli himoya qurilmalari, avariyaga qarshi va rejim avtomatikasi tizimlarining apparaturasi, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatilgan uskunalar va qurilmalarda operatsiyalar navbatchi dispetcher ruxsati bilan amalga oshirilishi shart.
48. Korxona elektr ta’minoti tizimining barcha elektr uzatish tarmoqlari, tok o‘tkazgichlari, uskunalari va qurilmalari dispetcherlik boshqaruvi bosqichlari bo‘yicha taqsimlanishi shart.
Korxona navbatchi dispetcherining tezkor boshqaruvidagi yoki tezkor yurituvidagi elektr uzatish tarmoqlari, tok o‘tkazgichlar, uskunalar va qurilmalar ro‘yxati ta’minlovchi energetika tizimining tezkor-dispetcherlik boshqaruv bo‘yicha qarorlarini hisobga olgan holda tuzilishi, u bilan kelishilgan bo‘lishi va korxonaning texnik rahbari (bosh muhandisi) tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
49. Dispetcherlik boshqaruvining turli bosqichlaridagi xodimlarning o‘zaro munosabatlari o‘rnatilgan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan tegishli nizomlarda hamda yo‘riqnomalarda tartibga solingan bo‘lishi shart.
50. Elektr xo‘jaligini tezkor boshqaruv tizimiga ega har bir korxona vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan bo‘lishi shart:
talab qilingan, shu jumladan energetika tizimi tomonidan berilgan ish rejimlarini yuritish;
elektr qurilmalarida almashlab ulashlarni amalga oshirish;
avariyali buzilishlarni bartaraf etish va elektr energiyasi iste’molining talab etilayotgan rejimini tiklash;
elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini bajarishga tayyorlash.
51. Tezkor boshqaruvning tashkiliy tuzilishi va shakli korxona rahbariyati tomonidan energetika xizmati haqidagi nizomga muvofiq xizmat ko‘rsatishning hajmidan, uskunalarning murakkabligidan va ishning necha smenaligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
52. Elektr xo‘jaligini tezkor boshqarish boshqaruv panelidan (punktidan), dispetcherlik boshqaruv punktidan yoki ushbu maqsad uchun moslangan boshqa elektrotexnik xonadan amalga oshiriladi.
Tezkor boshqaruv punktlari zarur aloqa vositalari bilan jihozlanadi.
53. Tezkor boshqaruv panellarida (punktlarida) va shu maqsadda moslangan boshqa xonalarda quyidagilar bo‘lishi shart:
korxonaning elektr ta’minoti sxemalari;
tezkor hujjatlar (tezkor jurnal, naryadlar, almashlab ulash blankalari va boshqalar);
tezkor ishni yuritish uchun ro‘yxatlar va yo‘riqnomalar;
yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari va yong‘in haqida avtomatik ravishda xabar berish qurilmalari;
elektr xonalari, kuch panellari, shkaflar va boshqalarning kalitlari uchun qulflanadigan quti, shuningdek, qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa vositalar va hujjatlar.
54. Tezkor xizmat ko‘rsatish quyidagilardan iborat:
barcha elektr uskunalarning holatlari va ish rejimlarini doimiy nazorat qilish;
uskunalarni davriy ko‘rikdan o‘tkazish;
uskunalardagi elektr qurilmalarida rejada ko‘zda tutilmagan, hajmi katta bo‘lmagan ishlarni (joriy ekspluatatsiya qilish tartibida bajariladigan ishlar ro‘yxatiga binoan) bajarish;
tezkor almashlab ulashlarni amalga oshirish;
ta’mirlash brigadalari uchun sxemalar va ish joylarini tayyorlash, ularning ishlashiga ijozat berish, ish paytida ularni nazorat qilish hamda barcha ishlar tugagandan so‘ng sxemani tiklash.
55. Boshqaruv panellarida, shu jumladan telemexanizatsiyalashgan panellarda amaldagi mnemonik sxemalar yo‘q bo‘lsa, barcha apparatlarning haqiqiy holati va yerga ulagichlarning qo‘yilgan joyi, ko‘chma yerga ulagichlarning tartib raqami ko‘rsatilgan holda, elektr birikmalarning tezkor sxemasi yoki sxema-maketi bo‘lishi shart.
Elektr qurilmalarida o‘tkazilayotgan ulanish sxemalarining barcha o‘zgarishlari, shuningdek, yerga ulagichlar qo‘yiladigan joylar operatsiyalar o‘tkazilgandan keyin sxemada aks ettirilishi shart.
56. Biron-bir ishni bajarish uchun elektrotexnik bo‘lmagan xodimning og‘zaki buyurtmasi bo‘yicha o‘chirilgan elektr uskunalari, faqat o‘chirishga buyurtma bergan shaxsning yoki uning o‘rnidagi xizmatchining talabi bo‘yicha ulanadi.
Elektrotexnik bo‘lmagan xodim buyurtmasi bo‘yicha vaqtincha o‘chirilgan elektr uskunani ishga tushirishdan avval tezkor xodim uskunani ko‘zdan kechirishi, uni kuchlanish ostiga qo‘yishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishi va unda ishlayotgan xodimlarni uskuna ishga tushirilayotganligi haqida ogohlantirishi majburiydir.
Elektr uskunani o‘chirishga buyurtmani rasmiylashtirish tartibi elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
57. Har bir elektr qurilma uchun uskunaning normal ish rejimlaridagi barcha kuchlanishlar uchun korxonaning, uchastkaning, sexning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan bir chiziqli elektr ulanish sxemalari tuzilgan bo‘lishi shart.
58. Har bir dispetcherlik punktida, korxona elektr ta’minoti tizimining boshqaruv panelida va doimiy navbatchi xodim mavjud bo‘lgan obyektda, yuqori turgan tezkor-dispetcherlik boshqaruvi organining namunaviy yo‘riqnomalariga muvofiq tuzilgan, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnomalar bo‘lishi shart.
59. Avariyaviy buzilishlarni bartaraf qilishda tezkor-dispetcherlik boshqaruvining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
buzilishlar rivojlanishining oldini olish, xodimlarning elektr tokidan shikastlanishiga va avariya ta’sir qilmagan uskunalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
iste’molchilar elektr ta’minotini va elektr energiyasining normal parametrlarini zudlik bilan tiklash;
korxona va uning alohida bo‘linmalarini elektr ta’minoti tizimining avariyadan keyingi eng ishonchli sxemasini yaratish;
o‘zi o‘chgan va o‘chirilgan uskunalar holatini aniqlash va imkon boricha ularni ishga tushirish.
60. Podstansiyalar, panellar, yig‘malar va taqsimlovchi qurilmalarning (keyingi o‘rinlarda — TQ) elektr sxemalarida almashlab ulashlar ushbu uskunalar boshqaruvida yoki yurituvida bo‘lgan yuqori turuvchi tezkor xodimning farmoyishi bilan yoki xabardorligida, korxonada qabul qilingan tartib bo‘yicha og‘zaki yoki telefon orqali berilgan farmoyish bo‘yicha tezkor jurnalga yozish orqali amalga oshiriladi.
Almashlab ulashlarni bevosita elektr qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodim amalga oshirishi kerak.
Almashlab ulashlar haqidagi farmoyishda ularning ketma-ketligi ko‘rsatilishi shart. Farmoyish — faqat u berilgan shaxs tomonidan ijro etilganligi to‘g‘risidagi xabar olinganidan keyin bajarilgan deb hisoblanadi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda (baxtsiz hodisa, tabiiy ofat, shuningdek. avariyani bartaraf qilishda) mahalliy yo‘riqnomalarga ko‘ra almashlab ulashlarni yuqori turuvchi tezkor xodimning farmoyishisiz yoki xabardorligisiz, keyinchalik unga xabar berish va tezkor jurnalga yozish orqali bajarishga ruxsat beriladi.
Tezkor almashlab ulashlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlaydi.
Tezkor muloqotlar olib borish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga taqdim etiladi.
61. Almashlab ulashni amalga oshirishga farmoyish berayotgan shaxs, tezkor sxema bo‘yicha ko‘zda tutilayotgan operatsiyalar ketma-ketligi to‘g‘riligini oldindan tekshirib ko‘rishi shart. Farmoyish beruvchi faqat bajaruvchi shaxsdan bevosita yoki telefon orqali farmoyish ijro etilgani haqida xabar olganidan keyin uni bajarilgan deb hisoblashi mumkin.
62. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida almashlab ulash quyidagicha o‘tkaziladi:
oddiy almashlab ulashlar, almashlab ulash jarayonida ajratgichlar va yerga ulovchi pichoqlar bilan noto‘g‘ri operatsiyalarga yo‘l qo‘ymaydigan ishlab turgan blokirovka qurilmalari mavjud bo‘lgan barcha almashlab ulashlar, blanklarisiz almashlab ulash;
blokirovka qurilmalari mavjud bo‘lmagan yoki ular nosoz bo‘lgan, shuningdek, murakkab almashlab ulashlar, almashlab ulash blankasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Murakkab almashlab ulashlar ro‘yxatini elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlaydi.
Avariyalarni bartaraf qilishda almashlab ulashlar blanklarsiz, keyinchalik tezkor jurnalga yozish bilan amalga oshiriladi.
Almashlab ulash blankalari raqamlangan bo‘lishi shart. Ishlatilgan blankalar o‘rnatilgan tartibda saqlanadi.
63. Ajratgichlari noto‘g‘ri operatsiyalar amalga oshirilishiga yo‘l quymaydigan ishchi holatdagi blokirovkalari bo‘lgan 1000 V dan yuqori kuchlanishli bitta birikmada bajariladigan, shuningdek, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan panel va yig‘malardagi barcha operatsiyalarning tezkor xodim tomonidan yakka o‘zi, almashlab ulash blankalarini to‘ldirmasdan, lekin tezkor jurnalga yozish sharti bilan amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
64. Elektr uskunalaridagi almashlab ulashlarda quyidagi tartibga rioya qilish shart:
almashlab ulashga topshiriq olgan tezkor xodim uni takrorlashi, tezkor jurnalga yozib qo‘yishi va tezkor sxema yoki sxema-maket bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalar tartibini tuzishi, kerak bo‘lsa almashlab ulash blankasini tuzishi shart. Tezkor xodimlarning muloqotlari imkon boricha qisqa va aniq bo‘lishi shart. Qo‘llanilayotgan tezkor muloqot tili xodimlar tomonidan qabul qilinayotgan xabarlar va berilayotgan farmoyishlarni noto‘g‘ri tushunishga yo‘l qo‘ymasligi shart. Farmoyish beruvchi va uni qabul qiluvchi operatsiyalar tartibini aniq ko‘z oldiga keltirishi shart;
agar almashlab ulashni ikkita xizmatchi bajarsa, buyruq olgan xodim ulanishlarni tezkor sxema bo‘yicha almashlab ulashda ishtirok etadigan ikkinchi xizmatchiga bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalarning tartibi va ketma-ketligini tushuntirishi shart;
bajarilayotgan almashlab ulashlar to‘g‘riligiga shubha paydo bo‘lganda, ularni to‘xtatish va ulanishlarning tezkor sxema bo‘yicha talab qilinayotgan ketma-ketlikni tekshirish kerak;
almashlab ulash bo‘yicha topshiriq bajarilganidan keyin tezkor jurnalga bu haqda yozib qo‘yish shart.
65. Bevosita almashlab ulashlarni bajarayotgan tezkor xodimga o‘zboshimchalik bilan blokirovkalarni ishdan chiqarib qo‘yish man etiladi.
Blokirovka nosozligi aniqlanganda, xodim bu haqda tezkor xodimlardan kattasiga xabar berishi va blokirovkani vaqtincha ishdan chiqarib, bajariladigan operatsiyalarni faqat uning ruxsati va rahbarligi ostida bajarishi mumkin.
66. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalardagi barcha murakkab almashlab ulashlarni ikkita xizmatchi bajarishi shart: bittasi bevosita almashlab ulashlarni bajaradi, ikkinchisi esa operatsiyalar bajarilishining to‘g‘riligini va ketma-ketligini nazorat qiladi.
Almashlab ulash blankasini almashlab ulashni o‘tkazishga farmoyish olgan navbatchi to‘ldiradi. Blankani almashlab ulashni o‘tkazgan har ikki xizmatchi imzolaydi.
Lavozimi bo‘yicha katta xodim almashlab ulashni bajarishda nazorat qiluvchi bo‘ladi.
Barcha holatlarda almashlab ulashning to‘g‘riligi uchun javobgarlik operatsiyalarni bajargan ikkala xizmatchiga yuklanadi.
67. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan komplekt taqsimlovchi qurilmalarda (komplekt transformatorli podstansiyalarda) almashlab ulashlar, shu jumladan uskunalari bor aravachalarni kiritish va chiqarish, shuningdek, 1000 V gacha kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalarda, panellarda va yig‘malarda almashlab ulashlarni ushbu elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan tezkor xodimlardan bo‘lgan bir xizmatchining bajarishiga ruxsat beriladi.
68. Elektr qurilmada kuchlanish avariyaviy yo‘q bo‘lganda, tezkor xodim uning istalgan vaqtda ogohlantirmasdan paydo bo‘lishini bilishi va bunga tayyor bo‘lishi shart.
69. Xodimlarning doimiy navbatchiligi mavjud bo‘lgan elektr qurilmalarini ta’mirlashda yoki sinashda bo‘lgan uskunaga kuchlanish faqat u tezkor xodim tomonidan qabul qilinganidan keyin beriladi.
Xodimlarning doimiy navbatchiligi mavjud bo‘lmagan elektr qurilmalarida ta’mirlashdan yoki sinashdan keyin uskunani qabul qilish tartibi elektr qurilmaning xususiyati va XTQ talablari hisobga olingan holda mahalliy yo‘riqnomalarda belgilanadi.
70. O‘z zanjirida o‘chirgichga ega bo‘lgan ulanmani o‘chirish, kuchlanish ostiga qo‘yish va ishga tushirish o‘chirgich yordamida bajarilishi shart.
Alohidalagichlar, ajratgichlar, komplekt TQlar, shu jumladan tashqi o‘rnatilgan komplekt TQ birikmalarining ajratuvchi kontaktlari bilan quyidagilarni o‘chirishga va ulashga ruxsat beriladi:
110 — 220 kV kuchlanishli kuch transformatorlarining neytrallarini;
6 — 35 kV kuchlanishli yerga ulanadigan yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni, agar tarmoqda yerga tutashuv yo‘q bo‘lsa;
6 — 220 kV kuchlanishli kuch transformatorlarining magnitlovchi tokini;
elektr uzatuvchi havo va kabel tarmoqlarining yerga ulanish tokini va zaryadlanish tokini;
shinalar tizimining zaryadlanish tokini, shuningdek, ulanmalarning zaryadlanish tokini ta’minlovchi energetika tizimining normativ-texnik hujjatlari talablariga rioya etilgan holda.
6 — 10 kV kuchlanishli halqali tarmoqlarda 70 A gacha tenglashtiruvchi toklarni ajratgichlar yordamida o‘chirishga, tarmoqni halqaga tutashishga esa ajratilgan kontakt birikmalarida kuchlanishlar farqi 5 foizdan ko‘p bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
10 kV va undan past kuchlanishli tashqi va ichki o‘rnatilgan, mexanik yuritmali, uch qutbli ajratgich bilan 15 A gacha bo‘lgan yuklama tokini o‘chirishga va ulashga ruxsat etiladi.
Agar o‘chirgichni o‘chirish uning buzilishiga va podstansiyaning toksizlanib qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, bitta o‘chirgich yoki shinalar tizimi boshqa birikmalarining bir nechta o‘chirgichlari zanjiri bilan shuntlangan 220 kV li buzilgan o‘chirgichni ajratgichlari bilan masofadan o‘chirishga ruxsat beriladi.
Ajratgichlar yordamida o‘chiriladigan va ulanadigan toklarning ruxsat etilgan qiymatlari ta’minlovchi energetika tizimining NTHlarida aniqlangan bo‘lishi kerak.
Turli elektr qurilmalari uchun operatsiyalarni bajarish tartibi va shartlari mahalliy yo‘riqnomalar bilan tartibga solingan bo‘lishi kerak.
Quvvati 750 kVA va undan past bo‘lgan transformatorlarning magnitlovchi tokini kuchlanishi 10 kV va undan past bo‘lgan tashqi yoki ichki o‘rnatilgan, mexanik yuritmali, standart uch qutbli ajratgichlar bilan o‘chirishga hamda ulashga ruxsat beriladi.
5-§. Boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari
71. Korxonalarning energiya xo‘jaligida dispetcherlik, ishlab chiqarish-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish uchun ular energiya xo‘jaligi boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — BAT) bilan jihozlanadi.
72. Energiya xo‘jaligining BAT, korxona BAT tizim asosi bo‘lib, ta’minlovchi energetika tizimi bilan kelishilgan hajmda, uning dispetcherlik punktlari bilan zarur aloqa va telemexanika vositalariga ega bo‘lishi shart.
73. Elektr xo‘jaligi BATning energiya xo‘jaligi BATning tarkibiy qismi bo‘lishi kerak hamda o‘z tarkibida elektr ta’minoti va elektr qurilmalarini ta’mirlashning dispetcherlik boshqaruvi tizimlariga, shuningdek, elektr xo‘jaligida ishlab chiqaruvchi-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimlariga ega bo‘lishi mumkin.
74. Elektr xo‘jaligining BAT quyidagi masalalar majmuini hal etishi kerak:
dispetcherlik boshqaruvini;
ishlab chiqarish-texnik faoliyatni boshqarishni;
iste’molning hisobga olinishini va nazoratini;
tarmoqlarning mansublik chegarasida elektr energiyasining sifati nazoratini;
texnik-iqtisodiy prognozlashni va rejalashtirishni;
elektr uskunalarining ta’mirlanishini, elektr energiyasi taqsimlanishini va sotilishini, elektr xo‘jaligining rivojlanishini, moddiy-texnika ta’minotini, kadrlarni boshqarishni;
ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarni tayyorlashni.
75. Har bir elektr xo‘jaligida BAT masalalari majmualari, ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib, mavjud namunaviy amaliy dasturlar paketlari yechimlaridan va texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni hisobga olgan holda bosh muhandis yoki elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan aniqlanadi.
76. BAT texnik vositalarining majmui tarkibiga quyidagilar kirishi kerak:
axborotni yig‘ish va uzatish vositalari (axborot datchiklari, aloqa kanallari, telemexanika qurilmalari, ma’lumotni uzatish apparaturasi va boshqalar);
axborotni qayta ishlash va aks ettirish vositalari (elektron hisoblash mashinalari, analog va raqamli asboblar, displeylar, bosib chiqaruvchi qurilmalar va boshqalar);
yordamchi (elektr ta’minoti, havoni konditsiyalash, yong‘inni avtomatik ravishda o‘chirish va xabar berish) tizimlari.
77. BATni ishga tushirish belgilangan tartibda qabul komissiyasining dalolatnomasi asosida amalga oshirilishi kerak. Sanoat ekspluatatsiyasiga kiritish oldidan undan 6 oydan ko‘p bo‘lmagan vaqtda tajriba asosida foydalanish mumkin.
BATni yaratish va ishga tushirishni navbatma-navbat amalga oshirish mumkin.
BATni sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilish, ishga tushirilayotgan navbat uchun ko‘zda tutilgan barcha masalalar sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilingandan keyin amalga oshirilishi shart.
78. BATni ekspluatatsiya qilishni tashkil etishda texnik vositalar majmuiga xizmat ko‘rsatish, dasturiy ta’minot bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarning majburiyatlari korxona rahbarining buyrug‘i bilan belgilanishi shart.
Bunda kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari bo‘ylab telefon aloqalari va telemexanikaning yuqori chastota kanallari uskunalarini (aloqa kondensatorlari, yuqori chastotali to‘siq reaktorlari, yerga ulovchi pichoqlar, aloqa antennasi qurilmasi, o‘tish izolyatorlari, sozlash elementlari va ulanma filtrlari zaryadsizlagichlari va boshqalar) ekspluatatsiya qilish va ta’mirlashni kuchlanishi 1000 V dan yuqori qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar amalga oshirishi shart.
Kuchlanish va tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘am zanjiriga ulanadigan teleo‘lchashlar datchiklarini (o‘zgartirgichlar) tekshirishni, ularga texnik xizmat ko‘rsatishni himoya vositalari va avtomatika qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda metrologik ta’minot bilan shug‘ullanuvchi tegishli bo‘linmaning xodimlari amalga oshirishi kerak.
79. BATga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar quyidagilarni ta’minlashi shart:
texnik vositalarning, axborot va dasturiy ta’minotning ishonchli ekspluatatsiya qilinishini;
ish jadvaliga binoan tegishli bo‘linmalarga elektron hisoblash mashinalarida ishlov berilgan axborotlar berishni;
amaldagi me’yorlarga muvofiq hisoblash texnikasidan samarali foydalanishni;
yangi masalalarni joriy etgan, foydalanilayotgan dasturlarni modernizatsiyalagan, berilgan ma’lumotlarni yig‘ish va tayyorlashning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan holda boshqaruv tizimini takomillashtirish va rivojlantirishni;
me’yoriy — ma’lumot axborotlarini toifalashni amalga oshirishni;
BATning aloqador iyerarxik bosqichlari bilan o‘zaro ma’lumotlar harakatini tashkil etishni;
BAT faoliyati uchun zarur yo‘riqnoma va uslubiy materiallarni ishlab chiqishni;
BAT ishlarini, uning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinishini, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilishini.
80. Har bir BAT bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan ro‘yxat asosida texnik va ekspluatatsiya hujjatlarini yuritishlari kerak.
81. Podstansiyalar va dispetcherlik punktlarida teleboshqaruvning chiqish zanjirlari ishlashini to‘xtatish uchun maxsus umumiy kalitlar yoki o‘chiruvchi qurilmalar qo‘llanilishi kerak. Teleboshqaruv zanjirini va alohida ulanmalar telesignalizatsiyasini o‘chirish ajratuvchi qisqichlarda yoki individual o‘chirish qurilmasida amalga oshirilishi kerak.
Teleboshqaruv va telesignalizatsiya zanjirlarida teleboshqaruvning umumiy kalitlari va individual o‘chirish qurilmalari bilan barcha operatsiyalarni faqat dispetcherlar ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki unga xabar berib, bajarishga ruxsat beriladi.
82. BATning texnik vositalaridagi ta’mirlash va profilaktika ishlari tasdiqlangan ish jadvallariga muvofiq ravishda bajarilishi shart. Ularni ta’mirga chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tartibi tasdiqlangan nizom bo‘yicha aniqlanishi shart.
Dispetcherlik aloqa vositalarini va telemexanika tizimini ishlashdan to‘xtatish tezkor buyurtma bilan rasmiylashtirilishi shart.
83. Korxona rahbari BAT faoliyatini tahlil qilishni, uni ekspluatatsiya qilish nazoratini, BATni rivojlantirish va takomillashtirish hamda o‘z vaqtida qayta jihozlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishini ta’minlashi kerak.
6-§. Elektr qurilmalarini ta’mirlash
84. Elektr qurilmalarini ishga yaroqli holda saqlab turish, tiklash va ushbu Qoidalar va boshqa NTH talablariga mos holga keltirilishi uchun har bir korxonada texnik xizmat ko‘rsatish, kapital va joriy ta’mirlash, shuningdek, profilaktik sinovlarni o‘tkazish tashkil etilishi kerak.
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi elektr qurilmalarini ta’mirlash ish jadvali korxona rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.
Korxonalar, shuningdek, uzoq muddatga mo‘ljallangan texnik qayta jihozlash va elektr qurilmalarni rekonstruksiya qilish rejalarini ishlab chiqishlari lozim.
85. Elektr uskunani kapital ta’mirlash, uning ishga yaroqligini tiklash va ta’mirlash orasidagi davrda ishonchli hamda tejamli ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Uskunani kapital ta’mirlashda uni qismlarga ajratish, diqqat bilan ko‘zdan kechirish, tekshirish, o‘lchash, sinash, rostlash, aniqlangan nosozliklarni bartaraf qilish, yemirilgan uzel va detallarni tiklash va almashtirish amalga oshiriladi.
Kapital ta’mirlashni o‘tkazishda elektr uskunaning uzluksiz ishlash vaqtini uzaytirishga, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmalar talablari bajarilishi, shuningdek, kerak bo‘lganda ilg‘or ekspluatatsiya tajribasi hisobga olingan holda alohida uzellar modernizatsiya qilinishi shart.
86. Joriy ta’mirlash keyingi rejali ta’mirgacha elektr uskuna va apparatlarning ishlash qobiliyatini ta’minlash uchun o‘tkaziladi.
Uskunani joriy ta’mirlashda quyidagilar bajarilishi shart: ekspluatatsiya qilish davomida yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etgan holda uni ko‘zdan kechirish, tozalash, zichlash, rostlash, alohida uzel va detallarini ta’mirlash.
87. Texnik xizmatlar ko‘rsatish va rejali ogohlantiruvchi ta’mirlashlarning hajmi bosh muhandis yoki elektr ho‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan elektr qurilmalarining ishlash qobiliyatini saqlab turish zarurati maqsadida ularni davriy ravishda tiklash va o‘zgaruvchan ishlash sharoitiga moslashtirishdan kelib chiqib belgilanishi shart.
88. Barcha ta’mirlash turlarining davriyligi va davomiyligi, shuningdek. elektr uskunalarining alohida turlari uchun har yili ta’mir davrida ishlamay turish davomiyligi ushbu Qoidalarga, sohaning amaldagi me’yorlariga va ishlab chiqaruvchi zavod ko‘rsatmalariga binoan belgilanadi.
Me’yoriy muddatlarga nisbatan ta’mirlash davriyligining ortishiga yoki kamayishiga, ta’mir vaqtining ortishiga elektr uskunalar va apparatlarning holatidan va yuqori namunaviy ishlarni o‘tkazish hajmidan kelib chiqib hamda tegishli texnik asoslangan holda, faqat yuqori turuvchi tashkilotning ruxsati bilan yo‘l quyiladi.
Ta’mirlashlar orasidagi davr qisqartirilganda, ta’mirlashlar orasidagi davrni me’yoriy holatga keltirish uchun tadbirlar ishlab chiqiladi va ko‘rib chiqish uchun yuqori tashkilotga taqdim etiladi.
89. Bevosita texnologik agregatlar bilan bog‘liq bo‘lgan elektr uskunalar va apparatlarni ta’mirlash texnologik agregatlarni ta’mirlash bilan bir vaqtda bajarilishi shart.
Energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi uskunalarni ta’mirlash, odatda kuz — qish davrida o‘tkazilishi kerak.
90. Elektr uskunalar va apparatlarni konstruktiv o‘zgartirish faqatgina tasdiqlangan loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’mirlarni bajarishda elektr sxemalarni o‘zgartirish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
91. Elektr uskunani kapital ta’mirlashga chiqarishdan oldin quyidagilar tayyorlanishi shart:
uskunani ochib va ko‘zdan kechirgandan keyin aniqlashtiriladigan nosozliklar ro‘yxati va ishlar hajmi smetasi, shuningdek, ta’mirlash ishlari grafigi tuzilgan bo‘lishi kerak;
nuqsonlar ro‘yxati va ishlar hajmi smetasiga ko‘ra, zarur materiallar va ehtiyot qismlari tayyorlangan bo‘lishi kerak;
kapital ta’mirlash davrida bajarilishi ko‘zda tutilgan rekonstruksiya ishlariga texnik hujjatlar tuzilgan va tasdiqlangan bo‘lishi, ularni bajarish uchun materiallar va uskunalar tayyorlangan bo‘lishi kerak;
asboblar, moslamalar, takelaj uskunalari, yuk ko‘tarish-transport mexanizmlari butlangan va ishga yaroqli holga keltirilgan bo‘lishi kerak;
ta’mirlash uchun ish joylari tayyorlangan, qismlar va detallarning joylashishi ko‘rsatilgan holda maydoncha rejalashtirilgan bo‘lishi kerak;
ta’mirlash brigadalari jamlangan va yo‘riq olgan bo‘lishlari kerak.
92. Korxonada ta’mirlash — ekspluatatsiya qilish ishlarini bajarish uchun o‘rnatilgan elektr uskunalar ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Omborda, sexlarda va uchastkalarda mavjud ehtiyot qismlar va uskunalar hisobga olingan bo‘lishi kerak. Ro‘yxat va ehtiyot qismlarning mavjudligi elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan davriy ravishda tekshirib turilishi kerak.
Elektr uskunalarini kapital ta’mirlash bo‘yicha hujjatlarni korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tuzadi. Korxonaning texnik rahbari (bosh muhandis) tomonidan tasdiqlanadi va ta’mirlash markazlashtirilgan holda bajarilayotgan bo‘lsa, hujjatlar ta’mirlovchi korxonaning javobgar rahbari bilan kelishiladi.
93. Ehtiyot qismlar, zaxira elektr uskunalari va materiallari buzilishdan saqlanishi hamda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqsad bo‘yicha ishlatilishi ta’minlanishi kerak.
Atmosfera sharoiti ta’sirida saqlaganda buziladigan uskuna, ehtiyot qismlar va materiallar yopiq omborlarga joylashtirilishi kerak.
94. Uskunani kapital ta’mirdan qabul qilayotganda, ko‘zda tutilgan barcha ishlarning bajarilganligi tekshirilishi, uskunaning tashqi holati (issiqlik izolyatsiyasi borligi, tozaligi, bo‘yalganligi, panjaralar va maydonchalar holati va boshqalar), ta’mirlash-hisobot-texnik hujjatlarning mavjudligi va sifati tekshirilishi shart.
95. Uskunalar ta’mirdan keyin ishga tushirishda “Elektr uskunalarni sinash qoidalari va me’yorlari”ga (keyingi o‘rinlarda — elektr uskunalarni SQ va M) muvofiq sinalishi shart.
Ekspluatatsiya qilinayotgan uskunalarning maxsus sinovlari elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlagan sxema va dasturlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Sinash me’yorlari to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmaganda, ishlab chiqaruvchi zavod ma’lumotlaridan foydalaniladi.
96. Elektr qurilmalarining asosiy uskunalari kapital ta’mirlashdan dastlabki qabul qilib olinganidan keyin ishlab chiqaruvchi zavod ko‘rsatgan, lekin 24 soatdan kam bo‘lmagan muddatda yuklama ostida ishlatib tekshiriladi.
Ushbu vaqt mobaynida ishlaganda nosozliklar bo‘lmasa, uskuna ekspluatatsiyaga qabul qilinadi. Nosozliklar topilsa, ular bartaraf etilmaguncha va agregat yuklanish ostida keyingi 24 soat maboynida shunday tekshirilmagunga qadar kapital ta’mir tugallangan hisoblanmaydi.
97. Asosiy elektr uskunalarini kapital ta’mirlashda bajarilgan barcha ishlar dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi. Unga ta’mirlash bo‘yicha texnik hujjatlar ilova qilinishi kerak. Dalolatnomalar barcha ilovalari bilan birga uskunalarning pasportida saqlanadi.
Qolgan elektr uskuna va apparatlarni kapital ta’mirlashda bajarilgan ishlar haqida elektr uskunalarining pasportida yoki maxsus ta’mirlash jurnalida batafsil yozib qo‘yiladi.
7-§. Texnik hujjatlarni yuritish
98. Har bir korxonada elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishiga ijozat berish uchun asos bo‘lgan texnik hujjatlar bo‘lishi shart.
Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
qurilishning zichligiga qarab 1:500 yoki 1:200 masshtabdagi bosh plan; unga binolar, inshootlar va yer osti kommunikatsiyalari kiritiladi;
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishilgan loyiha hujjatlari (chizmalar, tushuntiruvchi yozuvlar va boshqalar), keyinchalik kiritilgan barcha o‘zgarishlar bilan;
yashirish ishlarni qabul qilish dalolatnomalari, elektr qurilmalarni ekspluatsiya qilishga qabul qilish dalolatnomalari, elektr uskunalarini sinash, o‘lchash va sozlash dalolatnomalari va bayonnomalari;
birlamchi va ikkilamchi elektr birikmalarning ishchi ijro sxemalari;
asosiy elektr uskunalarining texnik pasportlari;
elektr uskunalar, apparaturalar va elektrotexnik buyumlarning muvofiqlik sertifikatlari;
elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomalar, shuningdek, har bir ish joyi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalari va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar;
korxona elektr ta’minotining umumiy sxemasi.
Bundan tashqari, har bir sex yoki mustaqil ishlab chiqarish uchastkasi quyidagilarga ega bo‘lishi zarur:
elektr uskunalari va himoya vositalarining texnik ma’lumotlari, shuningdek, ularga berilgan inventar raqamlari ko‘rsatilgan ro‘yxat jurnaliga yoki pasport kartalariga (pasport ma’lumotlariga yoki jurnallarga uskunalarni sinash, ta’mirlash va reviziya bayonnomalari va dalolatnomalari ilova qilinadi);
elektr uskunalari, elektr qurilmalari va inshootlarning chizmalariga, ehtiyot qismlar chizmalari komplektiga, havo va kabel trassalarining bajarilgan chizmalari hamda kabel jurnallariga;
yer osti kabel trassalari va yerga ulash qurilmalarining binolar va doimiy inshootlarga bog‘langan chizmalariga, shuningdek, ulash muftalari o‘rnatilgan va boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishish joylari ko‘rsatilgan chizmalarga;
butun korxona bo‘yicha va alohida sexlar yoki uchastkalar (bo‘linmalar) bo‘yicha tuzilgan elektr ta’minotining umumiy sxemasiga;
sexlar, uchastkalarda (bo‘linmalar) elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish asosida ekspluatatsiya qilish yo‘riqnomalariga va har bir ish joyi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalariga va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami energetika obyektining texnik arxivida saqlanadi.
99. Ekspluatatsiya qilish jarayonida elektr qurilmalarida amalga oshirilgan barcha o‘zgarishlar zudlik bilan sxema va chizmalarda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning imzosi, uning lavozimi va o‘zgarish kiritilgan sana ko‘rsatilib, aks ettirilishi shart.
Sxemalarga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlar ushbu sxemalarni bilishi zarur bo‘lgan barcha xizmatchilar e’tiboriga (tezkor jurnalga yozish bilan) yetkazilishi shart.
Sxemalarning amaldagi ekspluatatsiyaga mosligi kamida 2 yilda 1-marta tekshirilganligi haqida belgi qo‘yilib, tekshirilishi shart.
100. Elektr ta’minotining zarur sxemalar to‘plami elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsda, uning ish joyida bo‘lishi shart.
Sex, uchastka (bo‘linma) elektr qurilmalarining va ular bilan elektr bog‘langan boshqa bo‘linmalarning tezkor sxemalari to‘plami ushbu bo‘linmaning navbatchi xodimida saqlanishi shart.
Asosiy sxemalar ushbu elektr qurilma xonasining ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi.
101. Mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilmagan, alohida ishlab chiqarish sharoitlariga yoki elektr qurilmalariga ega iste’molchilarda ushbu elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi elektrotexnik xodimlar uchun ishlab chiqarish xususiyati, uskunalar va texnologiya xususiyatlari hisobga olingan holda, bosh muhandis yoki korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ekspluatatsiya yo‘riqnomalari ishlab chiqilgan bo‘lishi shart.
102. Har bir ish joyi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalarida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart:
ushbu lavozimdagi xizmatchilar uchun bilishi majburiy bo‘lgan uskunalarga xizmat ko‘rsatish yo‘riqnomalari ro‘yxati, NTH, elektr uskunalarning sxemalari;
xodimlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
yuqori turuvchi, bo‘ysunuvchi va ish bo‘yicha aloqador boshqa xodimlar bilan o‘zaro munosabatlar.
103. Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish sharoitlari o‘zgargan hollarda, yo‘riqnomalarga tegishli qo‘shimchalar kiritiladi va bu haqida ushbu yo‘riqnomalarni bilishi shart bo‘lgan xodimlar xabardor qilinib, farmoyishlar jurnaliga yozib qo‘yiladi.
Ish joyi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalari 5 yilda 1-marta, ekspluatatsiya qilish yo‘riqnomalari 3 yilda 1-marta qayta ko‘rib chiqiladi.
104. Har bir ishlab chiqarish uchastkasida, sexida tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha yo‘riqnomalar to‘plami bo‘lishi shart. Sexning, uchastkaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsida yo‘riqnomalarni to‘liq to‘plami va tegishli xodimning ish joyida zarur to‘plam saqlanishi shart.
105. Tezkor xodimlarning ish joylarida (podstansiyalarda, taqsimlovchi qurilmalarda yoki elektr uskunaga xizmat ko‘rsatuvchi xodim uchun ajratilgan xonalarda) quyidagi hujjatlar yuritilishi shart:
tezkor sxema yoki sxema-maket;
tezkor jurnal;
elektr qurilmalarida ishlarni bajarishga naryad blankalari;
almashlab ulash blankalari;
elektr uskunalaridagi nosozliklar jurnali yoki kartotekasi;
nazorat o‘lchash asboblari va elektr energiyasini hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari ro‘yxatlari;
biriktirilgan uchastkada tezkor xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil bajariladigan ishlar ro‘yxati;
ishlab chiqarish yo‘riqnomalarini hisobga olish jurnali;
avariyaga qarshi mashg‘ulotlarni hisobga olish jurnali;
elektr qurilmalarini shaxsan bir o‘zi ko‘zdan kechirishga huquqi bor shaxslar, tezkor farmoyishlar berish huquqiga ega shaxslar, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning javobgar navbatchilari ro‘yxatlari;
releli himoya, avtomatika, telemexanika jurnali va releli himoya hamda avtomatika o‘rnatilgan kartalar;
farmoyishlar jurnali.
Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, tezkor hujjatlar hajmi bosh muhandis yoki elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs qarori bilan to‘ldirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
106. Tezkor hujjatlar, nazorat-o‘lchov asboblarining qayd etuvchi diagrammalari, elektr energiyasini hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari ro‘yxatlari, BAT tezkor-ma’lumot kompleksi tomonidan shakllanadigan chiqish hujjatlari qat’iy hisobga olinadigan hujjatlarga kiradi va belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Tezkor hujjatlarni davriy ravishda (korxonada belgilangan muddatlarda, kamida bir oyda 1-marta) yuqori turuvchi elektrotexnik yoki ma’muriy texnik xodimlar ko‘rib chiqishi shart. Ularning elektr uskunalari ishidagi nuqsonlar va buzilishlarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishlari majburiy.
8-§. Xavfsizlik texnikasi, yong‘in va ekologiya xavfsizligi
107. Elektr qurilmalarining tuzilishi, ularni ekspluatatsiya qilishni tashkil etish hamda ta’mirlashda mehnat muhofazasi standartlari talablariga va XTQga javob berishi shart.
108. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladigan himoya vositalari, moslamalar va asboblar mehnat xavfsizligi bo‘yicha amaldagi NTHga mos ravishda ko‘rik va sinashlardan o‘tishi shart.
109. Elektr xo‘jaligi xodimlari lavozimi (kasbi) uchun majburiy hajmdagi elektr uskunalari va elektr qurilmalarida ishlar bajarilganda, xavfsizlik talablarini belgilaydigan mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga amal qilishlari shart.
110. Elektr xo‘jaligini har bir xizmatchisi xizmat ko‘rsatilayotgan uskunaga taalluqli mehnat xavfsizligi va ish joyida mehnatni tashkil qilish talablarini bilishi va bajarishi shart.
111. Har bir korxonada xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlar ushbu ishlarning xavfsiz bajarilishini va tashkil etilishining yagona tizimini, elektrotexnik, texnologik va boshqa xodimlarning funksional vazifalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini, lavozim bo‘yicha javobgarliklarini belgilaydigan mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi haqidagi nizomga mos kelishi shart.
Korxona rahbari va elektr xo‘jaligiga javobgarlar (bosh energetiklar, bo‘lim va elektr ta’minoti xizmati boshliqlari) elektr xo‘jaligi xizmatchilari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va xodimlarni elektr tokidan shikastlanish hollarining oldini olish bo‘yicha tashkiliy-texnik ishlar uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Korxonalar tarkibiy bo‘linmalarining elektr xo‘jaligiga javobgarlari (elektr sexi, podstansiyalar, xizmatlar, laboratoriyalar boshliqlari, ustalar va boshqalar) xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish, ko‘rgazmali qo‘llanma bilan yo‘riq berishi, xodimlarga xavfsiz ishlash usullarini o‘rgatish, shuningdek, doimiy ravishda uskunaning mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga mos kelishini nazorat qilish, xodimlarning mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilishlarini va bajarilayotgan ish xususiyatidan kelib chiqib, ular himoya moslamalari, maxsus kiyimlar va boshqa shaxsiy himoya vositalari qo‘llashlarini tizimli nazorat qilib borish bo‘yicha tashkiliy hamda texnik tadbirlarni o‘tkazilishini ta’minlashlari shart.
112. Har bir baxtsiz hodisa, shuningdek, mehnat xavfsizligi talablarining buzilishi holatlari, ularning sodir bo‘lish sabablarini va ularni yuzaga keltirgan aybdorlarni aniqlash va bundan keyin bu kabi holatlar takrorlanmasligining oldini olish choralarini ko‘rish uchun sinchiklab tekshirilishi shart.
Baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom.
Baxtsiz hodisalar tekshiruvi to‘g‘ri, o‘z vaqtida o‘tkazilishi va hisobga olinishi, N-1 shaklidagi dalolatnomalar rasmiylashtirilishi va ularda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun rahbarlar, butun korxona va uning tegishli tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar javobgar bo‘ladi.
113. Elektr qurilmalarida yuz bergan baxtsiz hodisalar uchun xavfsizlik yoki mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnoma talablarini bevosita buzgan shaxslar bilan birga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar, shuningdek, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasini ta’minlamagan, mehnat xavfsizligi standartlarini bajarmagan hamda baxtsiz hodisaning oldini olish uchun zarur choralar ko‘rmagan boshqa ma’muriy-texnik xodimlar ham javobgar bo‘ladi.
114. Elektr qurilmalarida guruhli baxtsiz hodisalar va oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarni tekshirish materiallari korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaligi xodimlari bilan birgalikda ishlab chiqilishi shart. Bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun tadbirlar ishlab chiqilishi shart.
115. Korxona tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaliklarining barcha ishlab chiqarish xodimlari elektr toki ta’siriga tushgan odamni qutqarish va unga birinchi yordam berishning amaliy usullariga, shuningdek, boshqa baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish usullariga o‘rgatilgan bo‘lishi shart.
116. Korxonaning ishlab turgan elektr qurilmalarida boshqa tashkilotlar qurilish-montaj, sozlash va ta’mirlash ishlarini o‘tkazayotganda qurilish-montaj, sozlash, ta’mirlash va ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning o‘zaro harakatlarini hisobga oluvchi mehnat xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, portlash va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqilishi shart.
Bitta uskunada yoki inshootda bir vaqtning o‘zida bir nechta tashkilot ish bajarganda, ishlarning birlashgan ish jadvali tuzilishi shart. Ushbu tadbirlar va ish jadvallari korxona elektr xo‘jaligiga javobgar tomonidan tasdiqlanishi shart.
Ish joyini tayyorlash, ishlarning birlashgan ish jadvalini bajarish va mehnat xavfsizligi bo‘yicha birgalikda tuzilgan tadbirlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, ishga qo‘yish uchun korxonaning va tegishli tarkibiy bo‘linmaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslari javobgar bo‘ladi.
Boshqa tashkilotlar rahbarlari ushbu tashkilotlar xodimlari malakasining muvofiqligi uchun ularning xavfsizlik talablariga rioya qilishlari va o‘z uchastkalarida mehnat xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilishlari va bajarishlari uchun javobgar bo‘ladi.
117. Korxona elektr xo‘jaligining har bir bo‘linmasida dori qutilari, dori-darmon va tibbiy vositalar bor birinchi yordam sumkalari bo‘lishi shart.
Xodimlar soha me’yorlariga mos ravishda maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyim va boshqa individual himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart.
118. Ishlab turgan uskunalar bor xonalarda (boshqaruv, releli panellar va shunga o‘xshash qurilmalardan tashqari), ochiq va yopiq taqsimlash qurilmalarida (keyingi o‘rinlarda ― OTQ, YOTQ), quduqlarda, kameralarda, elektr stansiyas, elektr tarmoqlari kanallari va tunellarida, qurilish maydonchalarida, ta’mirlash zonasida bo‘lganida, shuningdek, havo elektr uzatish tarmoqlariga xizmat ko‘rsatayotganda xodimlar himoya kaskalarini kiyishlari shart.
119. Elektr uskunalari, elektr qurilmalari, shuningdek, ular o‘rnatilgan binolar va inshootlarning yong‘in xavfsizligi Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga javob berishi shart.
120. Qonunchilikka muvofiq korxonalar va tashkilotlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun javobgarlik ushbu obyektlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
121. Alohida sexlar, laboratoriyalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida yong‘in xavfsizligi uchun ularning rahbarlari, ular yo‘q bo‘lganda — ularning vazifalarini bajaruvchi xizmatchilar javobgar bo‘ladi.
122. Har bir korxonada yong‘inga qarshi rejim o‘rnatilgan bo‘lishi va ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga oluvchi yong‘inga qarshi tadbirlar bajarilishi shart.
123. YOHQga muvofiq har bir sexda, laboratoriyada, ustaxonada va korxonaning boshqa bo‘linmalarida yong‘in xavfsizligining aniq choralari va yong‘inga qarshi rejim haqida yo‘riqnoma ishlab chiqilishi shart.
Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari haqida yo‘riqnoma bo‘linmalar rahbarlari tomonidan, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muhandis — inspektor yoki korxona rahbari tomonidan buyruq bilan biriktirilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha javobgar shaxs bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Obyektlardagi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari bilan kelishiladi (agar u korxonada mavjud bo‘lgan holda) va korxona rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Yo‘riqnoma ko‘rinarli joyda osib qo‘yiladi.
124. Har bir ishchi-xizmatchi obyektdagi YOHQlari talablarini bilishi va qat’iy bajarishi, yong‘in yoki yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanishni bilishi shart.
125. Amaldagi yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan yoki bajarmagan aybdor shaxslar ularning qilgan harakatlari yoki harakatsizliklari xususiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
126. Korxona rahbari buyrug‘i bilan quyidagilar belgilanishi kerak:
korxonaning barcha ishchi-xizmatchilari kirish, birlamchi (ish joyida), takroriy, rejadan tashqari, joriy yo‘riqnomalaridan, muxandis-texnik xodimlar hamda yong‘inga xavfli ishlarni olib boruvchilar yong‘in-texnik minimumi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tishlari shart.
Bu mashg‘ulotlar korxona rahbari tasdiqlagan dastur bo‘yicha kamida 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi.
127. Obyektda yuz bergan har bir yong‘in yoki yonish holatlari yuzasidan Davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organi tomonidan tergovga qadar surishtiruv o‘tkaziladi, surishtiruv vaqtida ularga har tomonlama ko‘maklashish va amaliy yordam ko‘rsatish zarur.
Korxonalarda yuz bergan yong‘inga elektr qurilmalarining (elektr uskunalarining) aloqasi bo‘lgan hollarda, tekshiruv komissiyasida “O‘zenergoinspeksiya” xodimi ishtirok etadi.
128. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda bevosita yoki bilvosita atrof-muhitga ta’sir qiladigan iflos moddalarni atmosferaga chiqarishni va suv obyektlariga oqova suvlarni chiqarishni kamaytirish yoki yo‘q qilish, tovush bosimini pasaytirish va tabiiy manbalardan suv iste’molini kamaytirish choralari qabul qilinishi shart.
129. Atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, ruxsat etilgan chegaraviy yoki vaqtincha kelishilgan tashlanmalar me’yoridan, suv obyektlariga ifloslantiruvchi moddalarning tashlanishi — ruxsat etilgan chegaraviy me’yorlardan, shovqin ta’siri — har bir obyekt uchun o‘rnatilgan shovqin quvvati me’yoridan oshmasligi shart.
130. Katta hajmdagi moyli elektr uskunalarini (transformatorlarni, moyli reaktorlarni, o‘chirgichlarni va boshqalar) ekspluatatsiya qiluvchi korxonada moyning atrof-muhitga avariyaviy yoki boshqa holda chiqib ketishining oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishi shart.
131. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda zaxarli chiqindilar yuzaga keladigan korxonalarda ularni o‘z vaqtida utilizatsiya qilish, zararsizlantirish va ko‘mish ta’minlanishi shart.
132. Belgilangan sanitariya me’yorlariga va tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilishni ta’minlaydigan qurilmalarsiz yoki ushbu talablarga rioya qilishni ta’minlamaydigan, ishga yaroqsiz qurilmali elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish man qilinadi.
9-§. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun talablar. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari
133. Barcha yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan elektr uzatish havo tarmoqlari (keyingi o‘rinlarda — HT) EQTQ va amaldagi QMQga mos ravishda bajarilishi shart.
134. Yangi qurilgan HTni ekspluatatsiyaga qabul qilishda topshirayotgan tashkilot ekspluatatsiyaga qabul qilayotgan tashkilotga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
qurilish jarayonida kiritilgan, loyiha tashkiloti bilan kelishilgan o‘zgarishlar va hisob-kitoblar bilan HT loyihasini;
simlarning kesimlari va ularning markalari, himoya qiluvchi yerga ulagichlar, yashindan himoya vositalari, tayanch turlari va boshqalar ko‘rsatilgan holda tarmoqning ijro sxemasini;
manfaatdor tashkilot bilan birgalikda tuzilgan, bajarilgan o‘tish va kesishishlarni ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalarini;
ulash qurilmalari va tayanchlarining chuqurligi bo‘yicha yashirin ishlar dalolatnomalarini;
yerga ulashlar konstruksiyasining tavsifini va yerga ulash qurilmasi qarshiligini o‘lchash bayonnomalarini;
belgilangan shaklda tuzilgan tarmoq pasportini;
HTning barcha elementlariga (tayanchlar, izolyatorlar, simlar va boshqalarga) muvofiqlik sertifikatlarini;
HTning yordamchi inshootlari, material va uskunalarining topshirilayotgan avariyaviy zaxirasi ro‘yxatini;
tayanchlar oralig‘ida va kesishishlarda simning solqilik chizig‘i va HT gabaritlarini nazorat tekshiruvi bayonnomasini;
qishloq joylarda yer rusurslari bo‘yicha tuman xizmatlari bergan qarorni;
hududni kadastrli bo‘lishda va yer uchastkalarini kadastrli tasvirlashda shaharlar va posyolkalardagi ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari bergan ruxsatni;
yer uchastkasining kadastr planida HT loyihasi qayd etilgan chizma nusxasini.
135. Ekspluatatsiyaga qabul qilishdan oldin yangi qurilgan yoki kapital ta’mirdan chiqqan HTda quyidagilar tekshirilishi shart:
HTning texnik holati va uning loyihaga mosligi;
yuklamaning fazalar bo‘yicha teng taqsimlanishi;
yerga ulash va yashindan himoya qurilmalari;
simning solqilik chizig‘ini va tayanchlar orasida hamda kesishgan joylarda simning eng pastki nuqtasidan yergacha bo‘lgan vertikal masofa.
136. Yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan HTni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda, shuningdek, tarmoq simlarini almashtirish bilan kapital ta’mirlashdan keyin amaldagi qoidalar hajmida sinovlar o‘tkazilishi, fazirovka qilinishi va tarmoq turtki bilan kuchlanish ostiga qo‘yilishi kerak.
137. HT tayanchlarida EQTQda ko‘zda tutilgan belgilar o‘rnatilgan (chizilgan) bo‘lishi shart.
138. HTni muhofaza qilish uchun shoxoblanish va binolarga kirishdan tashqari chekka simlarining og‘ishgan holatida yer sathidagi proyeksiyasidan har bir tarafga 2 metr masofadagi parallel chiziqlar bilan chegaralangan yer uchastkasi ko‘rinishida qo‘riqlash zonasi belgilanadi.
HTning muhofaza zonasi chegarasida quyidagilar man qilinadi:
sport maydonchalarini, avtomobillar va boshqa transport turlari, mashinalar, mexanizmlar turadigan joylarni tashkil etish, yem-xashak, o‘g‘itlar, yoqilg‘i va boshqa materiallarni saqlash;
daraxtlar (ko‘chat) ekish.
HTning muhofaza zonasi chegarasida HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot egasining yozma ruxsatisiz quyidagilar man qilinadi:
qurilish, montaj, portlatish va sug‘orish ishlarini amalga oshirish, daraxtlarni kesish, yuk ortish va yuk tushirish hamda yer qazish ishlarini bajarish;
mashinaning umumiy balandligi yuk bilan yoki yuksiz, yer sathidan 4,5 metrdan ortiq bo‘lgan mashinalar va mexanizmlar uchun o‘tish yo‘llarini tashkil etish.
139. HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar HT o‘tayotgan zonada joylashgan aholi va tashkilotlar o‘rtasida HTni muhofaza qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishga, shuningdek, muhofaza zonasida boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr ho‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari talablarini buzgan holda ishlar olib borilganda, ishlarni to‘xtatish choralarini ko‘rishlari va ushbu Qoidalar talablarini buzuvchilarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortishlari shart.
140. Umumiy tayanchlarda HT simlari bilan birga turli tashkilotlarga tegishli boshqa mo‘ljalli tarmoqlar osilgan taqdirda, HTga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval har bir tashkilot boshqa tashkilotga ta’mirlashlarni boshlash haqida manfaatdor tashkilotga oldindan xabar berishi shart.
141. HTga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan biron-bir ishlarni bajarayotgan korxona ishlar boshlanishidan kamida 3 kun oldin, ularni amalga oshirishni tarmoqni ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot bilan kelishishi va HT egasidan ruxsat olgandan keyin boshlashi shart.
142. HTni qayta qurish zaruratini keltirib chiqaradigan yoki uni mexanik shikastlanishdan himoya qilishni talab qiladigan ishlarni bajaradigan tashkilotlar HT egasi va uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bilan kelishgan holda, qayta qurish va himoya ishlarini o‘zlarining materiallari va mablag‘lari hisobidan amalga oshirishlari shart.
143. HT tayanchlarini va boshqa elementlarini, shuningdek, tayanchlarni tuproqda mahkamlash usullarini konstruktiv o‘zgartirishlar faqat texnik hujjatlar (asoslar) va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs ruxsati bilan bajarilishi mumkin. Barcha hollarda konstruktiv o‘zgartirishlarning texnik asoslanishi EQTQ, NTH, QMQ, sanitariya normalari va qoidalari talablariga mos kelishi shart.
144. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 1-ilova talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
3-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari
145. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan HT faqat barcha asosiy va yordamchi inshootlar va qurilmalarning qurilishi, montaji tugagandan so‘ng hamda foydalanishga EEFQ talablariga muvofiq kiritilgandan keyin ekspluatatsiyaga qabul qilinishi mumkin.
Kuchlanishi 1000 V dan 220 kV gacha bo‘lgan HTni ekspluatatsiya kilishga qabul qilishda topshiruvchi tashkilot ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) HTning loyihasini qurilish jarayonida loyiha tashkiloti bilan kelishilib kiritilgan hisoblashlar va o‘zgartirishlar bilan;
b) loyihadan chetga chiqishlar ro‘yxatini;
v) loyiha bo‘yicha tugallanmagan ishlar ro‘yxatini;
g) loyihaning energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishilganini;
d) yopilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalarini;
e) o‘tish va kesishish joylarini qabul qilish dalolatnomalarini;
j) HT trassasining masshtabi 1:10000 dan kam bo‘lmagan, barcha tayanchlar sxemalari keltirilgan, ularning turlari va tartib raqami, shuningdek, barcha kesishish va o‘tishlar ko‘rsatilgan ijro rejasini.
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HT uchun — HTning ijro profili;
z) HT trassasi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganini (yer uchastkasi egasi, suv-oqova tarmoqlari, issiqlik tarmoqlari, elektr aloqa tarmoqlari uzeli va boshqalar bilan);
i) o‘ta kuchlanishlardan himoya qurilmalari tuzilishi sxemasini va yashindan himoya qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasini;
k) sinashlar va o‘lchashlar bayonnomalarini;
l) tayanchlar ostiga poydevor qurish bo‘yicha ishlar, tayanchlar yerga ulagichlarining montaji, simlarni ulash, anker uchastkalarida simlar va trosslarning montaji, presslash usuli bilan tortish va ta’mirlash qisqichlarining montaji jurnallarini;
m) HTning barcha elementlariga muvofiqlik sertifikatlarini (tayanchlarga, izolyatorlarga, simlarga, trosslarga, armaturaga va boshqalarga);
n) o‘rnatilgan shakldagi HT pasportini;
o) ekspluatatsiyaga topshirilayotgan uskunalar, materiallar va asboblarning avariyaviy zaxirasi ro‘yxatini;
p) qishloq joylarda yer resurslari bo‘yicha tuman xizmatlari tomonidan, shaharlarda va qishloqlarda ko‘chmas mulkni kadastrli bo‘lishda va yer uchastkalarini kadastrli chizmaga olishda ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan berilgan qarorni;
r) yer uchastkasining kadastr planida HT loyihasi qayd etilganligi nusxasi.
146. HTga kuchlanish berib, tarmoqqa ulash EEFQ talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HTni ulash mazkur HT ulanayotgan elektr qurilma egasi bilan kelishilgan ulash dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi.
147. HTni ekspluatatsiya qilishda quyidagilar amalga oshiriladi: ko‘rikdan o‘tkazishlar, tekshiruvlar, profilaktik o‘lchovlar, ularning ishonchli ishlashini ta’minlashga, saqlab turishga va EQTQning tegishli bo‘limlari talablariga to‘liq hajmda rioya qilinishiga qaratilgan joriy va kapital ta’mirlar.
148. HTni davriy ko‘rikdan o‘tkazish HTni ekspluatatsiya qilishni mahalliy sharoitlari hisobga olgan holda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ko‘riklarning davriyligi quyidagicha bo‘lishi shart:
elektr montyorlar tomonidan 6 oyda kamida 1-marta;
muhandis-texnik xizmatchilar tomonidan 1 yilda kamida 1-marta.
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HTlarida yuqoridagi ko‘riklar simlar va trosslarning qisqichlardagi va distansion tirgaklardagi holatlarini tanlash yo‘li bilan elektr xo‘jaligiga javobgar tomonidan tasdiqlangan ish jadvallari bo‘yicha, lekin 6 yilda kamida 1-marta amalga oshiriladi.
HT yoki uning uchastkalarida navbatdan tashqari ko‘riklar quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
simlar, trosslarda muzlash paydo bo‘lganda yoki simlar qattiq tebranganda, daryolarda muz ko‘chishlar va toshqinlar boshlanganda, trassa zonasida yong‘in bo‘lganda, kuchli bo‘ron, dovul, sovuq bo‘lgandan hamda boshqa tabiiy ofatlardan keyin;
tarmoqning releli himoyasi ta’sirida HT avtomatik o‘chgandan keyin — zudlik bilan, muvaffaqiyatli qayta ulashdan keyin esa zarurat bo‘yicha.
149. HTda o‘tkazilgan yuqoridagi va boshqa ko‘riklar va profilaktik sinashlarda aniqlangan nuqsonlar haqidagi ma’lumot nuqsonlar jurnaliga (yoki nuqsonlar ro‘yxatiga) ularni bartaraf qilish muddatini ko‘rsatib yozib qo‘yiladi. Ushbu ma’lumotlar asosida korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan HTda ta’mirlash ishlarini o‘tkazish rejalari tuziladi.
150. Kuchli ifloslanishga moyil uchastkalardagi izolyatorlarni tozalash ishlari korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlagan ish jadvali bo‘yicha bajariladi.
Izolyatsiya moslamalari qushlar tomonidan kuchli ifloslantiriladigan zonalarda va ularning yoppasiga uyalash joylarida qushlarni girlyandalar ustiga o‘tirishlariga yo‘l qo‘ymaydigan yoki ularni cho‘chitadigan qurilmadan foydalanish kerak.
151. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, odatda kompleks holda, HT ni minimal muddatga o‘chirish bilan tashkil qilinishi kerak. Ular HTni va bir fazani o‘chirib (fazalar bo‘yicha ta’mir) va kuchlanish olinmasdan o‘tkazilishi mumkin.
HTda bir fazani o‘chirib va kuchlanish olinmasdan bajariladigan ishlar maxsus yo‘riqnomalar bo‘yicha amalga oshirilishi shart.
HTga texnik xizmat ko‘rsatishda, uni ta’mirlashda maxsus mashinalar, mexanizmlar, transport vositalari, takelaj, asboblar va moslamalar qo‘llanilishi kerak.
HTda ishlarni bajarayotgan brigadalar o‘z korxonalari va dispetcherlik punktlari bilan aloqa qilish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
HT trassasini davriy ravishda daraxt va butalardan tozalash hamda yong‘inga nisbatan xavfsiz holatda saqlash zarur; loyihada belgilangan so‘qmoq kengligini saqlab turish va daraxtlarni kesib turish kerak.
Simlarga bevosita yaqin o‘sayotgan daraxtlar HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona tomonidan kesiladi.
Simlar va tayanchlarga ag‘anash xavfi bor daraxtlar keyinchalik ushbu o‘simliklar tegishli bo‘lgan tashkilotlarga xabar berilib, kesilishi kerak.
Ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotganda, asossiz va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning ruxsatisiz HT elementlari konstruksiyasini va tuproqda tayanchlarni mahkamlash usullarini o‘zgartirish taqiqlanadi.
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HTda bunday o‘zgartirishlar loyiha tashkiloti bilan kelishilishi shart.
152. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori HT tayanchlariga boshqa maqsadga mo‘ljallangan tarmoqlarni birgalikda osishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tayanchlarda boshqa korxonaga tegishli, kuchlanishi 1000 V dan past, boshqa maqsadga mo‘ljallangan HT simlari birgalikda osilganda, HTni rejali ta’mirlash ushbu korxonalar bilan kelishilgan muddatlarda o‘tkazilishi shart. Avariyalar yuz berganda, ta’mirlash ishlari ushbu korxonalarga xabar berilgan holda o‘tkazilishi kerak.
O‘ziga tegishli simlarda ishlar olib borayotgan boshqa tashkilot ishlar boshlanishidan kamida uch kun oldin HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona bilan ularni o‘tkazilishini kelishib olishi shart.
153. HTni qayta qurish yoki mexanik buzilishdan himoyalash zaruratini keltirib chiqaradigan ishlarni olib boruvchi tashkilot qayta qurishni yoki himoya ishlarini o‘zining materiallari va mablag‘lari hisobidan hamda HTni egasi va uni ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot bilan kelishgan holda amalga oshirishi shart.
154. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish xavo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, mazkur Qoidalarga 2-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. Kabel tarmoqlari
155. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kabel tarmoqlarini (keyingi o‘rinlarda — KT) ekspluatatsiya qilishga topshirishda QMQ “Tugatilgan qurilish obyektlarini ekspluatatsiyaga qabul qilish”, “Elektrotexnik qurilmalar”da va sohaning qabul qilish qoidalarida ko‘zda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagi texnik hujjatlar bor bo‘lishi va buyurtmachi uchun rasmiylashtirilishi shart:
KTning tuzatilgan loyihasi, kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo‘lgan KT uchun kabelni ishlab chiqaruvchi zavod va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan bo‘lishi shart;
ushbu hududda kommunikatsiyalar rivojlanganligidan kelib chiqib, 1:200 yoki 1:500 masshtabda bajarilgan, birlashtiruvchi muftalar o‘rnatilgan joylar ko‘rsatilgan trassaning ijro chizmasini;
kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan va trassasi o‘ta murakkab 6 va 10 kV kuchlanishli KTlarning yo‘llar va boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishish joylari profili chizmasi;
kabellarning barabandagi holati dalolatnomalari, zarur bo‘lganda namunalarni qismlarga ajratish va ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalari (import kabellar uchun qismlarga ajratish majburiy);
kabel jurnali;
KT barcha elementlarining inventar ro‘yxati (kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan KT uchun);
qurilish va yashirish ishlar dalolatnomalari, barcha yer osti kommunikatsiyalar bilan kesishish va yaqinlashish joylari ko‘rsatilgan holda;
kabel muftalarini montaj qilish dalolatnomalari;
xandaqlar, bloklar, quvurlar, kanallar, tunnellar va kollektorlarni montaj uchun qabul qilish dalolatnomalari;
KTni elektr kimyoviy zanglashdan himoyalash qurilmalari montaji dalolatnomalari, shuningdek, loyihaga muvofiq zanglash bo‘yicha sinovlar natijalari to‘g‘risida hujjatlar;
kabel o‘tkazilganidan keyin uning izolyatsiyasini yuqori kuchlanish bilan sinash bayonnomalari (kuchlanishi 1000 V dan yuqori KT uchun);
izolyatsiya qarshiligini o‘lchash natijalari to‘g‘risida hujjatlar;
xandaqlar va kanallarda o‘tkazilgan kabellarni yopishdan oldin ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalari;
past haroratlarda kabellarni o‘tkazishdan oldin ularni barabanda qizdirish dalolatnomalari;
avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari va yong‘in signalizatsiyasini tekshirish va sinash dalolatnomalari.
Kuchlanishi 110 kV va undan yuqori KTni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlardan tashqari, montaj tashkiloti, buyurtmachiga qo‘shimcha quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan, past bosimli, moy to‘ldirilgan kabellar uchun kabelni va uni to‘ldirib turuvchi apparatlarni yuqori ijro belgisini;
tarmoqlarning barcha elementlari moyini (suyuqligini) sinash natijalari hujjatlarini;
shimdirish sinovlari natijalarini;
yuqori bosimli moy to‘ldirilgan kabellar uchun qo‘shimcha moy bilan ta’minlovchi agregatlarni sinash va tekshirish natijalarini;
bosim signalizatsiyasi tizimini tekshirish natijalarini;
kabelni o‘tkazishda tortish kuchlari haqida dalolatnomalarni;
kabellar o‘tkazilgandan keyin himoya qoplamalarini yuqori elektr kuchlanishi bilan sinash haqida dalolatnomalarni;
kabellarni, muftalarni va qo‘shimcha moy bilan ta’minlovchi apparaturalarning zavod sinovlari bayonnomalarini;
tugallovchi muftalarni avtomatik qizdirish qurilmalarini sinash natijalari haqida hujjatlarni;
moy to‘ldirilgan past bosimli kabellarning va 110 kV kuchlanishli plastmassa izolyatsiyali kabellarning har bir fazasi tok o‘tkazuvchi tolalari va qobiqlari (ekranlari) bo‘ylab tokni o‘lchash natijalarini;
kabellar sig‘imini o‘lchash natijalarini;
quduqlarni va tugallovchi muftalarni yerga ulash qarshiligini o‘lchash natijalarini;
kadastrni;
qo‘llanilayotgan elektrotexnik materiallar va apparaturaga muvofiqlik sertifikatlarini.
156. Hududida KT yaqinida yer qazish ishlari o‘tkazilayotgan korxona rahbari KTning butunligini kuzatish uchun javobgar shaxslarni ajratadi.
157. Qaramog‘ida KT bor korxona, elektrlashtirilgan relsli transport boshqarmalari va xizmatlari amaldagi Qoidalar va NTH talablariga muvofiq yerdagi daydi toklar qiymatini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilishi shart.
158. KTni ta’mirlash, uni ko‘rikdan o‘tkazish va sinash asosida ishlab chiqilgan hamda elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha bajariladi.
159. Kabellarda ta’mirlash ishlarini boshlashga faqat u o‘chirilganidan va ikki tomonidan yerga ulangandan keyin ruxsat beriladi.
Yig‘malarda (yacheykalarda) kabelning tugallovchi muftalarini (birikmalarini) ta’mirlash yig‘malar (yacheykalar) to‘liq o‘chirilganda va yerga ulanganda bajariladi.
160. Kabel trassalarini qazish yoki ularga yaqin joylarda yer qazish (kavlash) ishlari, faqat KTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yozma ruxsati bilan o‘tkazilishi kerak. Bunda bajaruvchi barcha ishlar mobaynida kabellarning butunligi ustidan nazoratni ta’minlashi shart. Ochilgan kabellarni ular osilib qolishining oldini olish uchun mahkamlash va mexanik shikastlanishdan himoya qilish shart.
Ish joylarida signal chiroqlari va ogohlantiruvchi plakatlar o‘rnatilishi shart.
161. Qarmog‘ida KT bo‘lgan korxona davriy ravishda kabel trassalari o‘tayotgan hududdagi tashkilotlar va aholini ushbu trassalar atrofida yer qazish ishlarini o‘tkazish tartibi haqida xabardor qilishi shart.
162. KTlar elektr uskunalarni SQ va M talablariga binoan, o‘zgarmas tokning yuqori kuchlanishi bilan davriy ravishda profilaktik sinovdan o‘tishi kerak.
KTlarni navbatdan tashqari sinash zarurligi, masalan, ta’mirlash ishlaridan keyin yoki trassani ochish bilan bog‘liq qazish ishlaridan keyin, shuningdek, KT avtomatik o‘chganidan keyin tarmoq qarmog‘ida bo‘lgan tashkilot rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan KTni sinash faqat elektr ta’minoti tashkiloti ruxsati bilan o‘tkaziladi.
163. Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 3-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Kuch transformatorlari va reaktorlar
164. Mazkur Qoidalar iste’molchilarning yuqori kuchlanish cho‘lg‘ami 220 kV va ungacha bo‘lgan barcha kuch transformatorlariga, avtotransformatorlarga va moyli reaktorlarga (keyingi o‘rinlarda — transformatorlar) taalluqlidir.
165. Transformatorlar amalda EQTQ talablariga muvofiq o‘rnatilishi shart.
166. Transformatorlar va reaktorlarni o‘rnatish EQTQ va podstansiyalarni texnologik loyihalash me’yorlariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
Transformatorlar va reaktorlarni transportirovka qilish, tushirish, saqlash, montaj qilish va ekspluatatsiyaga kiritish ishlab chiqaruvchi zavodning rahbariy hujjatlariga (yo‘riqnomalariga) mos ravishda bajarilishi shart.
167. Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 4-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
6-bob. Elektr dvigatellar
168. Elektr dvigatellarni kapital va joriy ta’mirlash davriyligini korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilaydi. Elektr dvigatellarni ta’mirlash yuritma mexanizmlarini ta’mirlash bilan bir vaqtda o‘tkazilishi shart.
169. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 5-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
7-bob. O‘ta kuchlanishlardan himoya
170. Yashindan himoya qurilmalarini montaj qilingandan keyin qabul qilishda korxonaga quyidagi texnik hujjatlar topshirilishi shart:
tegishli tashkilotlarda tasdiqlangan va energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va Davlat yong‘in nazorati organi bilan kelishilgan yashindan himoyaning texnik loyihasi;
ventilli razryadlagichlar va kuchlanishni nochiziq cheklagichlarni montajdan oldin va keyin sinash dalolatnomalari;
razryadlagichlar va yashin qaytargichlarning yerga ulash qarshiliklarini o‘lchash bayonnomalari.
171. O‘ta kuchlanishdan himoya qilish qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 6-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
8-bob. Kondensator qurilmalari
172. Ushbu Qoidalar iste’molchilar elektr qurilmalarining induktiv elementlariga parallel ulanadigan, 50 Gs chastotali, 0,22 dan 10 kV va ungacha kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanishni rostlash va reaktiv quvvat kompensatsiyasi darajasini oshirish uchun ishlatiladigan kondensator qurilmalariga taalluqlidir.
Qoidalar bo‘ylama kompensatsiyalash kondensator qurilmalariga, maxsus va filtrli qurilmalarga taalluqli emas.
173. Kondensator qurilmalari, ularning himoyasi va joylashtirilishi EQTQ talablariga mos kelishi shart.
Avtomatik quvvat rostlagichiga ega bo‘lmagan kondensator batareyalarini ishga tushirish apparaturasini, boshqa agregatlarni ishga tushirish apparaturasi bilan qo‘shib qo‘llashga, ya’ni quvvatni individual (guruhli) kompensatsiyalashni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
174. Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 7-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
9-bob. Akkumulyator qurilmalari
175. Akkumulyator batareyalarini ko‘rikdan o‘tkazish korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha ko‘riklarni quyidagi davriyligini hisobga olib o‘tkazilishi shart:
navbatchi xodimlar tomonidan 1 sutkada 1-marta;
podstansiya ustasi yoki boshlig‘i tomonidan 1 oyda 2-marta;
doimiy navbatchi xodimlari yo‘q podstansiyalarda ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar tomonidan uskunalarning ko‘riklari bilan bir vaqtda, shuningdek, maxsus ajratilgan shaxs bilan korxonaning bosh energetiki tasdiqlagan ish jadvali bo‘yicha;
elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan 1 oyda 1-marta.
176. Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 8-ilovada keltirilgan talablariga mos ravishda amalga oshiriladi.
10-bob. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan TQlar
177. TQlari, ularda o‘rnatilgan asboblar va apparatlar bilan birgalikda amaldagi EQTQ talablariga mos kelishi shart.
178. Korxonaning TQ xonalari kuchlanish ostidagi uskunalari mavjud boshqa tashkilot xonalariga tutash bo‘lsa, ulardan izolyatsiyalangan bo‘lishi va alohida qulflanadigan chiqishga ega bo‘lishi shart.
179. Ishga tushirish-rostlash apparatlari va himoya apparatlarining tok o‘tkazuvchi qismlari behosdan tegib ketishdan to‘silgan bo‘lishi shart.
Maxsus xonalarda (elektr mashinalar, panellar, stansiya boshqaruvi xonalarida va boshqalar) apparatlarni himoya qobiqlarisiz ochiq o‘rnatishga ruxsat beriladi.
180. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlovchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 9-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
11-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan podstansiyalar va TQlar
181. Podstansiyalar va TQlarni o‘chirmasdan ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi muddatlarda amalga oshirilishi shart:
doimiy navbatchi xodimlari bor obyektlarda 3 sutkada kamida 1-marta;
sutkaning qorong‘i vaqtlarida, razryadlarni va tojlanishni aniqlash uchun 1 oyda kamida 1-marta;
doimiy navbatchi xodimlari yo‘q obyektlarda 1 oyda kamida 1-marta, transformator va taqsimlovchi punktlarida esa 6 oyda kamida 1-marta;
qisqa tutashuv o‘chirilgandan keyin.
Yomon ob-havoda (kuchli tuman, ho‘l qor, muzlash va shunga o‘xshash) yoki OTQda kuchli ifloslanish bo‘lganda, qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazishlar tashkil etilishi shart.
Barcha aniqlangan nosozliklar uskunalar nuqsonlari va buzuqliklari jurnaliga yozilishi shart; bundan tashqari, ular haqidagi ma’lumot elektr xo‘jaligiga javobgarga xabar qilinishi kerak.
Aniqlangan nosozliklar qisqa muddatlarda bartaraf etilishi shart.
182. Kuchlanishi 3 kV va undan yuqori bo‘lgan taqsimlovchi qurilmalarning tezkor blokirovkalari mexanik blokirovkalardan tashqari, doimo plombalangan bo‘lishi shart.
Bevosita almashlab ulashni bajaradigan xodimlarga o‘zboshimchalik bilan blokirovkalarni ishlashdan chiqarish man etiladi.
183. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan podstansiyalar va TQlarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 10-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
12-bob. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar
184. Releli himoya, avtomatika va telemexanika qurilmalariga (keyingi o‘rinlarda — RHA va T) va ularning ikkilamchi zanjirlariga texnik xizmat ko‘rsatishni odatda, markaziy yoki mahalliy releli himoya, avtomatika (keyingi o‘rinlarda — RHA) xizmatlari va o‘lchashlar (laboratoriyalar) yoki korxonaning elektr laboratoriya xodimlari amalga oshirishlari kerak.
RHA va T qurilmalarining alohida turlariga xizmat ko‘rsatishda boshqa xizmatlar ishtirok etgan hollarda, ular orasida xizmat ko‘rsatish zonalari va majburiyatlar mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq chegaralanadi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorati ostidagi obyektlarda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki korxona tashkilotlari sozlash ishlarini bajarayotganda, nomlangan plombalarga va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bergan ruxsatnomaga ega bo‘lishlari shart.
185. Yangi montaj qilingan RHA va T qurilmalarini ishga tushirishdan oldin uskunalar pasportiga yoki mahsus ro‘yxatlarga yozib, ularda sozlash va qabul sinovlari o‘tkazilishi kerak.
186. Qabul qilingan RHA va T qurilmalarini ekspluatatsiyaga kiritishdan oldin quyidagi texnik hujjatlar:
montaj va sozlashda tuzatishlar kiritilgan loyiha materiallari (chizmalar va sxemalar, tushuntirish yozuvlari, kabel jurnali va shunga o‘xshash) montaj qiluvchi va sozlovchi tashkilotlar tomonidan;
zavod materiallari (texnik tavsif va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma, elektr uskuna va apparatlarning pasporti, va boshqalar) montaj qiluvchi tashkilot tomonidan;
sozlash va sinashlar bayonnomalari sozlash tashkiloti yoki korxona laboratoriyasi tomonidan taqdim etilishi shart.
187. Ekspluatatsiyadagi har bir RHA va T qurilmasiga korxonada quyidagi texnik hujjatlar saqlanishi shart:
uskunaning pasporti-bayonnomasi;
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar yoki yo‘riqnomalar;
o‘rnatmalar kartasi yoki jadvali (yoki xarakteristikalari) shaklidagi qurilmalarning texnik ma’lumotlari va parametrlari;
prinsipial, montaj yoki prinsipial-montaj sxemalar.
Qurilmaga texnik xizmat ko‘rsatishdagi davriy tekshirishlar natijalari pasport — bayonnomaga kiritilishi shart (batafsil yozuvlarni, ayniqsa, RHA va Tning murakkab qurilmalari bo‘yicha, ishchi jurnalida yuritish tavsiya etiladi).
188. Rele, apparatlar va RHA va Tning yordamchi qurilmalarini ochishga o‘rnatma qiymatini tezkor xodim o‘zgartiradiganlardan tashqari, faqat ushbu qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xizmatchilarga ruxsat beriladi.
189. RHAning tez harakatlanuvchi qurilmalari va zaxiralash qurilmalari mavjud bo‘lganda, o‘chirgichlar ishdan chiqqanda, ta’mirdan yoki o‘chishdan keyin tarmoqlarni, shinalarni va elektr uskunalarini ulash bo‘yicha barcha operatsiyalar, shuningdek, ajratgichlar va havo uzgichlari bilan operatsiyalar RHA qurilmasi ishga tushgandan keyin amalga oshirilishi shart.
Ularni ishga tushirish imkoni bo‘lmaganda, zaxira himoyalarida tezlanishni ishga tushirish yoki vaqtincha himoyani (shu jumladan, selektiv bo‘lmasa ham) amalga oshirish zarur.
190. RHA va T qurilmalarida ishlarni o‘qitilgan va tegishli qurilmalarga mustaqil texnik xizmat ko‘rsatishga ruxsat berilgan xodimlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda bajarishlari shart.
191. Panellarda (shkaflarda) va releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika boshqaruv zanjirlarida ishlar bajarilganda, uskunalar xato o‘chirilishining oldini olish choralari qabul qilinishi shart.
Ishlar faqat izolyatsiyalangan asbob bilan bajarilishi shart.
Bu ishlarni ijro sxemalarisiz, RHA va Tning murakkab qurilmalarida esa berilgan hajmlar va ketma-ketliklar mavjud bo‘lgan dasturlarsiz bajarish man qilinadi.
Ishlar tugagandan so‘ng tok, kuchlanish zanjirlari va tezkor zanjirlar to‘g‘ri ulanganligi hamda ishga yaroqliligi tekshirilishi shart. RHA tezkor zanjirlari va boshqaruv zanjirlari, odatda amalda sinash yo‘li bilan tekshirilishi kerak.
192. Ulanmalarning (himoya qilinayotgan yoki oraliq birikmalarni) o‘chishiga ishlab ketishi, shuningdek, boshqa ko‘zda tutilmagan ta’sirlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan RHA va T qurilmalaridagi ishlar, buni hisobga olgan holda, ruxsat etilgan talabnoma buyicha amalga oshirilishi kerak.
193. Tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘amlari doimo rele yoki asboblar orqali tutashtirilgan yoki qisqa tutashtirilgan bo‘lishi shart.
Tok va kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlari va yuqori chastotali kanallar ulanmalari filtrlarining ikkilamchi chulg‘amlari yerga ulangan bo‘lishi shart.
194. RHA va T qurilmalarida rejali texnik xizmat ko‘rsatishlar, sinashlar va avariyadan keyingi tekshirishlar tugagandan so‘ng bayonnomalar tuzilishi va releli himoya, elektroavtomatika va telemexanika jurnalida, shuningdek, pasport-bayonnomada tegishli yozuvlar yozilishi shart.
RHA va T sxemalari va o‘rnatma qiymatlari o‘zgarganda, jurnalda va pasport-bayonnomada tegishli yozuvlar kiritilishi shart. Shuningdek, prinsipial va montaj sxemalariga hamda ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarga tuzatishlar kiritilishi shart.
195. Teleboshqarilayotgan uskunalarni avtonom boshqaruvga o‘tkazish va uning teskarisi, faqat dispetcher yoki korxona elektr xo‘jaligiga javobgar ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Podstansiyadagi teleboshqaruvning chiqish zanjirlari ishlashini to‘xtatish uchun umumiy kalitlar yoki o‘chirish qurilmalari qo‘llanilishi shart.
Teleboshqaruv zanjirlarini yoki alohida ulanmalarning telesignalizatsiyasini o‘chirish, ajratish qisqichlarida yoki individual o‘chirish qurilmalarida bajarilishi shart.
Teleboshqaruv va telesignalizatsiya zanjirlarida teleboshqaruvning umumiy kalitlari va individual o‘chirish qurilmalari bilan barcha operatsiyalarni, faqat dispetcher (tezkor xodim) ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki uni xabardor qilib bajarishga ruxsat beriladi.
196. RHA va T qurilmalarining panellarida (shkaflarda) tezkor xodim kalitlar, qoplagichlar, sinash bloklari va boshqa moslamalar yordamida almashlab ulashni amalga oshirayotganda, barcha ishlatilayotgan rejimlar uchun ko‘rsatilgan almashlab ulash qurilmalari holatlarining jadvallari bo‘lishi shart.
Ushbu almashlab ulash bo‘yicha operatsiyalar tezkor jurnalga yozilishi shart.
197. Elektr tarmog‘ini ta’minlovchi elementlarning releli himoyani sozlash shartlari bo‘yicha va mumkin bo‘lgan ekspluatatsiya rejimlarini hisobga olingan va ruxsat etilgan chegaraviy yuklamalari korxona tomonidan energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning dispetcherlik xizmati bilan kelishilishi va davriy ravishda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
198. Tezkor xodim quyidagilarni amalga oshirishi shart:
RHA va T va boshqaruv panellarida (shkaflarida) almashlab ulash qurilmalari va sinash bloklari qopqoqlari holatining to‘g‘riligi nazoratini, shuningdek, RHA va T va boshqaruv zanjirlarida avtomatik o‘chirgichlar hamda saqlagichlarning yaroqliligi nazoratini;
RHA va T qurilmalari holatini mavjud panellar (shkaflar) va apparatlardagi tashqi signalizatsiya qurilmalari bazasida nazorat qilishni;
yuqori voltli o‘chirgich va boshqa apparatlarni, shuningdek, avtomatik qayta ulash qurilmalarini, zaxirani avtomatik ulash va qayd qiluvchi asboblarni (indikatorlarni) ishlatib ko‘rishni;
yuqori chastotali himoya signallari bilan almashuvni va yuqori chastotali teleo‘chirish qurilmalari va avtomatika kanallarining past chastotali apparatlarini, avariyaga qarshi avtomatikaning yuqori chastotali apparatlarining nazorat qilinayotgan parametrlarini o‘lchashni;
avtomatik ossillograflarning avariyaviy yozuv soatlarini yuritib qo‘yishni va boshqalarni.
199. RHA va T qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi korxona xizmati xodimlari asosiy e’tiborni almashlab ulash qurilmalari (kontaktli qoplamalar, boshqaruv kaliti, rubilniklar va boshqalar) va sinash bloklari qopqoqlari holatining to‘g‘riligiga, shuningdek, ularning holati elektr uskunalarining sxemalariga hamda ishlash rejimlariga mosligiga qaratgan holda, davriy ravishda barcha boshqaruv panellari va pultlarini, releli himoya panellarini (shkaflarini), elektroavtomatikani, telemexanikani, signalizatsiyani ko‘rikdan o‘tkazishlari shart.
RHA va T xizmati xodimlari tomonidan davriy ko‘riklaridan o‘tkazilishidan qat’iy nazar, tezkor xodimlar bajarishi ruxsat etilgan operatsiyalarga tegishli RHA va T elementlarining holati to‘g‘riligiga javob beradi.
200. Releli himoya, elektroavtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 11-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
13-bob. Elektr o‘lchash vositalari
201. Har bir korxonada davlat standartlari va idoraviy nizomlarga muvofiq majburiyatlari elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalarini davriy ko‘rikdan o‘tkazish va ularga profilaktik xizmat ko‘rsatishdan, mazkur vositalarning holatini nazorat qilishdan, tekshirishdan iborat bo‘lgan metrologiya xizmati yoki shunday xizmat funksiyasini bajaruvchi bo‘linma tashkil etilishi shart.
Metrologiya xizmati (bo‘linma) “O‘zstandart” agentligining NTH va idoraviy metrologiya xizmati organlari talablariga muvofiq qiyoslovchi va ta’mirlovchi uskunalari va namunaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Mazkur xizmatlarning faoliyati davlar standartlariga va metrologik xizmat haqidagi idoraviy nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi.
202. Podstansiyalar va TQlarda elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalarining ishini, shu jumladan qayd qiluvchi asboblar va avariya rejimida yozuv avtomatik tezlatiladigan asboblar ishlashining kuzatuvini korxonaning rahbariyati (elektr xo‘jaligiga javobgar) qarori bilan aniqlangan bo‘linmalarning navbatchisi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimi olib boradi.
203. Elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalarining tashqi elementlari butunligi hamda tozaligiga ular o‘rnatilgan uskunaga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodim javob beradi.
Elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalari ishidagi barcha nosozliklar haqida xodim zudlik bilan korxonaning metrologik xizmati funksiyasini bajaruvchi bo‘linmasiga xabar berishi shart.
Qayd qiluvchi asboblarning normal yozuvini ta’minlash bo‘yicha ishlar bilan bog‘lanmagan elektr o‘lchash vositalarini ochishga faqat korxonaning metrologiya xizmati funksiyasini bajaruvchi bo‘linma xodimiga, ta’minlovchilar yoki iste’molchilar bilan hisob-kitob uchun o‘rnatilgan o‘lchov vositalarini esa bo‘linma xodimiga ularning vakillari bilan birgalikda ruxsat beriladi.
204. Ikkilamchi zanjirlariga elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan tok va kuchlanish o‘lchov transformatorlarini o‘rnatish va almashtirishni energiya bilan ta’minlovchi tashkilot ruxsati bilan ularni ekspluatatsiya qiluvchi korxona xodimlari bajaradi.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchilar o‘rtasida hisob-kitob o‘tkaziladigan elektr energiyasini hisobga olish asboblari energiya bilan ta’minlovchi tashkilot xodimlari, iste’molchi vakili ishtirokida almashtiriladi.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini qiyoslashni “O‘zstandart” agentligi yoki u vakolat bergan metrologiya xizmati amalga oshiradi.
205. Elektr energiyasini hisobga olish asboblari ishidagi barcha nuqsonlar va ishlamay qolishlar haqida iste’molchi-korxona zudlik bilan energiya bilan ta’minlovchi tashkilotni xabardor qilishga majbur.
206. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot quyidagilarni plombalashi shart:
elektr energiyasining hisob-kitobini hisobga olish zanjirlarini, hisobga olish zanjirlarining oraliq klemmalarini, kuchlanish zanjirlarining avtomatik o‘lagichlarini;
tok transformatorlarini ikkilamchi cho‘lg‘amlarini shuntlash qisqichlari bilan sinash qutilarini va elektr energiyasini hisobga olish asboblarini almashtirish yoki qiyoslash uchun ular o‘chirib qo‘yilganda kuchlanish zanjirlarini ulangan joylarni;
elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlarining yuqori kuchlanish tarafida saqlagichlar o‘rnatilgan kamerasi panjaralarini yoki eshiklarini;
elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlari ajratgichlarining yuritma dastaklaridagi moslamalarni.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlarida saqlagichlarni, ularning butunligini signalli nazoratisiz o‘rnatish man etiladi.
207. Elektr o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 12-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
14-bob. Yerga ulash qurilmalari
208. Iste’molchilar elektr qurilmalarining yerga ulash qurilmalari amaldagi EQTQ talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
209. Yerga ulash qurilmalari odamlar xavfsizligi shartlarini va elektr uskunalarni himoyalashni, shuningdek, ekspluatatsiya ish rejimlarini ta’minlashi shart.
Elektr uskunalarini yerga ulanishi kerak bo‘lgan qismlari yerga ulash qurilmasi bilan yoki ular o‘rnatilgan yerga ulangan konstruksiyalar bilan ishonchli kontakt birikmaga ega bo‘lishi shart.
210. Elektr qurilmalarining yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga topshirishda, montaj tashkiloti ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga mazkur Qoidalarda (7-§. “Texnik hujjatlarni yuritish”da) ko‘rsatilgan texnik hujjatlarni, shuningdek, elektr uskunalarini SQ va Mga ko‘ra qabul qilish-topshirish sinovlari bayonnomalarini taqdim etadi.
211. Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 13-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
212. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 1-ILOVA
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Elektr uzatish havo tarmoqlarining (keyingi o‘rinlarda — HT) trassasi davriy ravishda daraxt novdalaridan va shoxlaridan tozalanib turishi va yong‘inga nisbatan xavfsiz holatda saqlanishi kerak.
Simlarga bevosita yaqin o‘sayotgan daraxtlarlarni kesishni HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot amalga oshiradi.
Daraxt shoxlarini HT simlariga 1 m dan yaqin masofaga yaqinlashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. HTni ekspluatatsiya qilish uning ishonchli ishlashini ta’minlashga qaratilgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini (kapital va joriy) ko‘zda tutadi. Texnik xizmat ko‘rsatishda HLni ko‘rikdan o‘tkazishlar, profilaktik tekshiruvlar va o‘lchovlar o‘tkazilishi, kichik shikastlanish va nosozliklar bartaraf qilinishi hamda boshqa ishlar amalga oshirilishi kerak.
3. HTni ekspluatatsiya qilishda ularni davriy va navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish amalga oshiriladi. Davriy ko‘riklar ish jadvalini elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlaydi.
Ko‘riklar kamida 6 oyda 1-marta, odatda bahor va kuz oylarida o‘tkazilishi kerak.
Yuqoridagi ko‘rikdan o‘tkazish zarurat bo‘yicha o‘tkaziladi.
HT ni navbatdan tashqari ko‘rikdan daryolarda muz ko‘chish va suv toshish davrida, trassa zonasida yong‘in bo‘lganda, kuchli bo‘ronlar, dovullar, sovuqlar va boshqa tabiiy ofatlar yuz berganda o‘tkaziladi.
4. Tarmoqlar va kirish joylarini ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur:
izolyatorlarning kuygan, darz ketgan va singanligiga, sim tolalarini uzilganligi va eriganligiga, bog‘lamlarning butunligiga, simlarning rostlanishiga;
tayanchlarning holatiga va ularning tarmoq bo‘ylab yoki ko‘ndalangiga og‘ishiga, bandajlarning va yerga ulash qurilmalarining butunligiga;
brikmalarning holatiga, unda yerdan turib irg‘itib tashlangan simlar mavjudligiga va simlarni daraxt shoxlariga tegishiga;
kirish shoxobchalari va saqlagichlarning holatiga;
tugallovchi kabel muftalari va tushishlarning holatiga;
trassaning holatiga.
Ko‘rikdan o‘tkazishda bandajlarni tortish, tayanchlarga chiqmasdan gaykalarni, bandajlarning boltli birikmalarini burash, tayanchlarning raqamlanishini tiklash va boshqalarni o‘tkazish zarur.
Avariya tusidagi shikastlanishlar va nosozliklarni darhol bartaraf qilish shart.
5. HTga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ishlashini nazorat qilish maqsadida MTH tomonidan HT trassasi elementlarining holatini, avariyaga qarshi tekshirishlar va boshqa tadbirlarni baholash uchun 1 yilda 1-marta tanlab nazorat ko‘rigi o‘tkazilishi shart.
6. HTda elektr uskunalarini SQ va Mda ko‘zda tutilgan hajmlar va muddatlarda profilaktik tekshiruvlar, o‘lchovlar va sinovlar o‘tkazilishi shart.
7. Tayanchlar bandajlari diametri 4 mm va undan ortiq bo‘lgan ruxlangan yumshoq simlardan qilinishi lozim.
Diametri 5-6 mm bo‘lgan ruxlanmagan simlarni qo‘llashga, agar ular asfalt laki bilan qoplangan bo‘lsa, ruxsat etiladi. Loyihada maxsus ko‘rsatmalar bo‘lmaganda, bandaj o‘ramlarining soni quyidagicha qabul qilinadi: sim diametri 4 mm bo‘lganda — 12; sim diametri 5 mm bo‘lganda — 10; sim diametri 6 mm bo‘lganda — 8.
8. HTni ko‘rikdan o‘tkazishda, profilaktik tekshirishlarda va o‘lchashlarda aniqlangan nuqsonlar maxsus nuqsonlar jurnalida (kartotekasida) qayd qilinadi va xususiyatiga qarab, zudlik bilan yoki rejali (rejadan tashqari) texnik xizmat ko‘rsatishda yoki HLni kapital ta’mirlashda bartaraf etiladi.
9. HTni kapital ta’mirlash uning konstruksiyasiga, elementlarining texnik holatiga va ekspluatatsiya qilish sharoitlariga (tabiiy sharoitlar, atmosfera va tuproq suvlarining yemiruvchanligi, tuproqning holati va boshqalar) qarab, lekin 6 yilda kamida 1-marta o‘tkaziladi. I va II shamol va muzlash hududlarida 0,4 kV kuchlanishli HT tayanchlarining ta’mirlash davriyligini 9 yilgacha uzaytirishga ruxsat beriladi.
10. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, odatda barcha zarur ishlarni bir vaqtning o‘zida bajarish bilan HT o‘chirish muddatini iloji boricha qisqartirib, kompleks usulda amalga oshiriladi.
11. Avariyaviy shikastlanishni o‘z vaqtida bartaraf qilish maqsadida HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona belgilangan me’yorlarga ko‘ra materiallar va detallarning avariyaviy zaxirasiga ega bo‘lishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 2-ILOVA
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Mazkur Qoidalar korxonalarda ekspluatatsiya qilinayotgan kuchlanishi 1000 V dan 220 kV gacha bo‘lgan HTlar uchun taalluqlidir.
Qoidalar — ekspluatatsiya qilinishi maxsus qoidalar bilan belgilangan kontakt tarmoqlarining HT va boshqa maxsus havo tarmoqlari va inshootlariga taalluqli emas.
2. HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona Elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga muvofiq belgilangan qo‘riqlash zonalarida ekspluatatsiya qilishning normal sharoitlarini, baxtsiz hodisalarni, yong‘inlarni bartaraf qilish va boshqalarni ta’minlaydi.
3. HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona (qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlar boshlash muddati haqida xabar olganidan keyin) yerdan foydalanuvchilardan muhofaza zonasiga kiruvchi yer uchastkalarida HLning butligini ta’minlash, ekspluatatsiya qilishning normal sharoitlarini yaratish maqsadida Elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.
4. HT va tok o‘tkazgichlarni ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilarni tekshirish zarur:
trassaning yong‘inga qarshi holatini: HTning muhofaza zonasida begona predmetlar, qurilishlar, pichan g‘aramlari, taxlangan yog‘ochlar, tarmoqqa qulashi mumkin bo‘lgan yoki simlarga xavfli yaqinlashgan daraxtlar, yonuvchan matariallar saqlanishi, gulxanlarni bo‘lmasligini; HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot va egasining yozma ruxsatisiz ularning muhofaza zonasida ishlar bajarilmasligi shart;
poydevor, qo‘shilgan (ulangan) moslamalarning holatini: poydevor atrofida tuproq o‘tirib qolgan yoki qavargan bo‘lmasligi, poydevorda (qo‘shilgan moslamalarda) yoriqlar va shkastlanishlar bo‘lmasligi kerak; yetarli darajada chuqurlikda bo‘lishi shart;
tayanchlarning holatini: ularning og‘ishlari yoki tuproqda siljishlari, yog‘och detallarning kuyganligi va parchalangan bo‘lmasligini, bandajlar, payvandlangan choklar, metall tayanchlardagi boltli va parchin mixli birikmalar yaxlitligi buzilmasligini, metall elementlarning uzilishlari, metall korroziyasi, temir-beton tayanchlarda yoriqlar va nosozliklar, ularda qush uyalari va boshqa begona predmetlar yo‘qligini, tayanchlarda plakatlar va xavfsizlik belgilari bo‘lishi kerak;
simlar va troslar holatini: alohida sim tolalarining uzilishlari va erigan joylari, simlarga va troslarga yerdan turib irg‘itib tashlangan sim bo‘laklari bo‘lmasligini, ular sozlangan buzilish, simlarning solqiligini va simlardan yergacha va obyektlargacha bo‘lgan masofaning ruxsat etilmagan o‘zgarishlarini, HT loyihasida ko‘zda tutilgan titrashlarni so‘ndiruvchi qurilmalar joylaridan siljiganligini;
tok o‘tkazgichlarning egiluvchan shinalari holatini: aylangan, ajralib ketgan va yorilgan simlar bo‘lmasligi shart;
izolyatorlar holatini: shtirli izolyatorlar singan, kuygan, yorilgan, kirlangan, sirlangan yuzalari shikastlangan, shtirga yoki ilgaklarga noto‘g‘ri o‘rnatilgan, himoya shoxlari shikastlangan bo‘lmasligi kerak; gaykalar, qulflar va shplintlar o‘z joyida bo‘lishi shart;
armatura holatini: unda yoriqlar, alohida detallar ishqalanib yemirilgan yoki deformatsiyalangan bo‘lmasligi shart;
razryadlagichlar, HTdagi kommutatsiya apparatlari, tushishlardagi kabellarning tugallovchi muftalari holatini: yerga ulovchi tushishlarni tayanchlarda va yer oldida buzilishlari va uzilishlari, yashindan himoya trossining yerga ulovchi tushish yoki tayanch tanasi bilan boltli birikmalaridagi kontaktlarni buzilishlari, yerga ulovchi qurilma elementlarining zanglashdan yemirilishlari bo‘lmasligi shart.
5. Titrashdan simlarning shikastlanishlari aniqlanganda, HT to‘liq, simlarni ushlab turuvchi qisqichlardan chiqarib, tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Qisqichlardagi sim va trosslar holatini tanlab tekshirishni HTni o‘chirib yoki o‘chirmasdan (izolyatsiyalovchi qurilmalardan) o‘tkazish mumkin.
6. HTda profilaktik tekshiruvlar, o‘lchashlar va sinashlar elektr uskunalarni SQ va M da ko‘zda tutilgan hajmlarda va muddatlarda o‘tkaziladi.
7. HT tayanchlari uchun yog‘ochni EQTQ talablariga qat’iy rioya qilgan holda qo‘llash zarur.
8. Ruxlanmagan metall tayanchlarni, temir-beton va yog‘och tayanchlarning metall elementlarini, shuningdek, po‘lat trosslar va simlar tortqilarini zanglashga qarshi qoplamalari zarurat bo‘yicha tiklanadi.
9. Tez ifloslanadigan HT va tok o‘tkazgichlar uchastkalarida maxsus yoki kuchaytirilgan izolyatsiya qo‘llaniladi. Zarur bo‘lganda, izolyatsiyani tozalash (yuvish), ifloslangan izolyatorlarni almashtirish amalga oshiriladi.
10. HT tayanchlari detallari va boshqa elementlarini chiqitga chiqarishning ekspluatatsion ruxsatlari va me’yorlari Elektr uskunalarining SQ va M ga mos kelishi shart.
11. Yuqori chastotali telemexanika va aloqa kanallari mavjud HLni ta’mirlashda ushbu kanallarni ishchi holatda saqlash maqsadida yerga ulash uchun ko‘chma yerga ulash to‘siqlaridan foydalanish lozim.
12. IV va o‘ta muzlash hududlardan, shuningdek, qattiq shamollar bilan bir paytda tez-tez muzlaydigan, qirovli va qattiq sovuqli II va III hududlardan o‘tadigan HT uchastkalarida muzni elektr toki bilan eritish amalga oshirilishi kerak.
Eritish usulini tanlash HTni ishlash sharoitlariga qarab aniqlanadi (tarmoq sxemasi, iste’molchi yuklamasi, muz hosil bo‘ladigan zona, tarmoqlarni o‘chirish mumkinligi va boshqalar).
13. Yerga kichik tok bilan tutashishadigan elektr qurilmalarida yerga tutashish bartaraf qilinguncha, HLning yerga ulangan faza bilan ishlashiga ruxsat beriladi. Bu holda xodimlar buzilish joyini qisqa muddatlarda aniqlashi va bartaraf qilishi shart.
Generator kuchlanishida bir fazali yerga tutashuv rejimi 2 soat bilan cheklanadi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 3-ILOVA
Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Mazkur Qoidalar kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan yuqori kuchlanish kabel tarmoqlariga (keyingi o‘rinlarda — KT) taalluqlidir.
Barcha KT EQTQ talablarini qondirishi shart.
2. Yangi qurilayotgan KTni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda EQTQ talablariga muvofiq sinovlar o‘tkazilishi shart.
3. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, montaj qiluvchi tashkilot qurayotgan barcha kuchlanishli KT yotqizilayotganda va montaj qilinayotganda texnik nazoratni olib borishlari shart.
Shlang qoplamali zirhsiz kabellar o‘tkazilishini nazorat qilganda va ekspluatatsiya qilishda, asosiy e’tibor shlangning holatiga qaratilishi shart. Teshib o‘tgan uzilishlari, yoriqlari va tirnalgan joylari bo‘lgan shlangli kabellar ta’mirlanishi yoki almashtirilishi shart.
4. Har bir KT mazkur Qoidalarning 155-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni o‘z ichiga olgan pasportga, dispetcherlik raqamiga yoki nomiga ega bo‘lishi shart.
Ochiq o‘tkazilgan kabellar, shuningdek, barcha kabel muftalari yorliqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Tarmoq boshidagi va oxiridagi kabel yorliqlarida tarmoqning markasi, kuchlanishi, kesimi, raqami yoki nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi, ulash muftasi yorlig‘ida esa mufta raqami, montaj sanasi ko‘rsatilishi shart.
Yorliqlar atrof-muhit ta’siriga chidamli bo‘lishi shart. Yorliqlar ochiq o‘tkazilgan kabellarda tarmoqning uzunligi bo‘yicha har 50 metr oraliqda, shuningdek, trassa burilishlarida va olovga chidamli to‘siqlardan hamda yopmalardan kabellarning o‘tish joylarida (har ikkala tomonida) joylashtirilishi shart.
5. Har bir KT uchun ishga tushirishda ruxsat etilgan eng katta tok yuklamalari belgilanishi shart. Yuklamalar eng yomon issiqlik sharoitidagi, uzunligi 10 metrdan kam bo‘lmagan trassa uchastkasi bo‘yicha belgilanishi kerak. Ushbu yuklamalarni oshirishga issiqlik sinovlari asosida kabel tolalarining harorati davlat standartlarida yoki texnik shartlarda davomiy ruxsat etilgan haroratdan ortmaganda ruxsat etiladi. Bunda kabellarni qizishi, trassaning eng yomon sovitish sharoitiga ega bo‘lgan uchastkada tekshirilishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan kabelning o‘rniga kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabeldan foydalanish man etiladi.
6. Avariyani bartaraf qilish davrida kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan shimdirilgan qog‘oz izolyatsiyali kabellarni tok bo‘yicha 30 foizga, 5 sutka mobaynida, sutkada 6 soatdan ko‘p bo‘lmagan, lekin bir yilda 100 soatdan ortiq bo‘lmagan davrda o‘ta yuklanishiga ruxsat beriladi. Agar sutkaning qolgan davrida yuklama ruxsat etilganidan oshmagan bo‘lsa, 15 yildan ortiq ekspluatatsiyada bo‘lgan kabellar uchun o‘ta yuklanish 10 foizgacha kamaytirilishi kerak.
Kuchlanishi 35 kV bo‘lgan qog‘oz izolyatsiyali KT o‘ta yuklanishiga ruxsat berilmaydi.
7. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan moy to‘ldirilgan kabellar uchun tolalarning haroratini 80 oC dan oshirmay o‘ta yuklanishga ruxsat beriladi. Bunda uzluksiz yuklamaning davomiyligi 100 soatdan oshmasligi, davomiylikining yig‘indisi esa yilda 500 soatdan, o‘ta yuklanishlar orasidagi tanaffus — 10 sutkadan kam bo‘lmasdigi kerak. Havoda o‘tkazilgan, kuchlanishi 110 kV bo‘lgan KL uchun tolalarini 80 oC harorat bilan ishlash davomiyligi cheklanmagan.
8. Moy to‘ldirilgan kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan har bir KT yoki uning seksiyalari uchun tarmoqning profiliga bog‘liq ravishda mahalliy yo‘riqnomalar bilan moy bosimining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari belgilangan bo‘lishi shart. Ulardan chetga chiqqanda, KT o‘chirilishi va faqat buzilish sabablari aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyin ulanishi shart. Past bosimli KT uchun kabeldagi moy bosimining ruxsat etilgan bosimi 100 — 300 kPa (1 — 3 kgs/sm2) chegarasida bo‘lishi kerak.
9. Moy to‘ldirilgan kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo‘lgan kabellardan moy va plastmassa izolyatsiyali kabellarning tugallovchi muftalaridan suyuqlik sinash uchun yangi tarmoq ulanishi oldidan, ulangandan keyin 1 yildan so‘ng, keyin 3 yildan so‘ng va keyinchalik har 6 yilda olinishi shart. Moy va suyuqlikning tekshirilayotgan qiymatlari Elektr uskunalarini SQ va M talablariga mos kelishi shart.
10. Neytrali izolyatsiyalangan yoki kompensatsiyalangan tarmoqlarda yerga bir fazali tutashuv sodir bo‘lganda, xodim bu haqida zudlik bilan ta’minlovchi podstansiya navbatchisiga yoki elektr bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmoq bo‘yicha navbatchisiga xabar berishi va keyinchalik ularning ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilishi shart.
Generator kuchlanishi tarmoqlarda, shuningdek, kuchlanishi 35 kV bo‘lgan KTda ko‘rsatilgan rejimda ishlashga 2 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtga ruxsat beriladi. Alohida hollarda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot ruxsati bilan bu muddat 6 soatgacha uzaytirilishi mumkin.
11. KTdagi yuklamalar Elektr uskunalarini SQ va M talablariga mos ravishda belgilangan muddatlarda davriy o‘lchanishi shart. Ushbu o‘lchovlar asosida KL rejimlari va ishlash sxemalari belgilanishi kerak.
12. Kuchlanishi 35 kV gacha bo‘lgan KTni ko‘zdan kechirish quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi kerak:
yerda, estakadalar, tunnellar, bloklar, kanallar, galereyalar va binolar devorlari bo‘ylab o‘tkazilgan kabel trassalari — mahalliy yo‘riqnoma bo‘yicha, lekin kamida 3 oyda 1-marta;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan KTning tugallovchi muftalari 6 oyda 1-marta, 1000 V va undan past kuchlanishli KTning tugallovchi muftalari 1 yilda1-marta;
transformator xonalarida, taqsimlovchi punktlarda va podstansiyalarda joylashgan kabel muftalari boshqa uskunalar bilan bir vaqtda ko‘rikdan o‘tkaziladi:
kabel quduqlari 1 yilda 2-marta;
suv osti kabellari mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq.
Muhandis-texnik xodimlar KT tanlab, davriy ravishda, lekin kamida 6 oyda 1-marta ko‘rikdan o‘tkazilishlari shart.
Podstansiyadagi kollektorlar, shaxtalar va kanallar mahalliy yo‘riqnomalar bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkaziladi (doimiy tezkor xizmat ko‘rsatuvda oyda kamida 1-marta ko‘rik o‘tkazilishi shart). Ko‘rikda aniqlangan nosozliklar haqidagi ma’lumot nuqsonlar jurnaliga qisqa muddatda bartaraf qilish uchun kiritilishi shart.
Navbatdan tashqari ko‘riklar toshqin davrlarida va seldan keyin o‘tkaziladi.
Kabel inshootlarida va boshqa xonalarda doimiy ravishda kabelning issiqlik rejimi, havo harorati va ventilyatsiya qurilmalari ishlashining nazorati tashkil qilinishi shart.
Yozgi vaqtlarda kabel tunnellari, kanallari va shaxtalari ichidagi havo harorati tashqi havo haroratidan 10 oC dan ortiq bo‘lmasligi shart.
13. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan KTlar quyidagi muddatlarda ko‘rikdan o‘tkazilishlari shart:
yerda o‘tkazilgan kabel trassalari 1 oyda kamida 1-marta;
kollektorlarda va tunnellarda o‘tkazilgan kabel trassalari kamida 3 oyda 1-marta;
stoporlaydigan va yarim stoporlaydigan muftali kabel quduqlari 3 oyda 1-marta;
moy (suyuqlik) bosimi signalizatsiyasi mavjud bo‘lgan qo‘shimcha moy bilan ta’minlovchi punktlar kamida 1 oyda 1-marta;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabel muftalarining ko‘rigi elektr uskunaning har bir ko‘rigida o‘tkazilishi shart.
14. Mahalliy yo‘riqnomalar bilan kabel inshootlaridagi mavjud yong‘inni avtomatik ravishda o‘chirish va xabar berish qurilmalarining ishga yaroqliligini tekshirish muddatlari belgilanishi shart.
15. Tunnellar, kollektorlar va boshqa kabel inshootlari toza saqlanishi shart. Kabel inshootlarida o‘tkazilgan kabellarning ruxlanmagan metall zirxlari va kabellar o‘tkazilgan nometall qoplamali metall konstruksiyalar davriy ravishda yonmaydigan zanglashga qarshi tarkib bilan qoplanishi shart.
Kabel inshootlarida biron-bir materiallarni saqlash man etiladi.
Suv tushadigan kabel inshootlari yer osti va yomg‘ir suvlarini chiqarib tashlash vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
16. Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lgan podstansiyalarda tunnellar (kollektorlar), shaxtalar va kanallarning ko‘riklari 1 oyda kamida bir marta o‘tkazilishi shart. Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan podstansiyalarda bu inshootlarning ko‘riklari mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq, korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.
17. KTda metall qobiqning elektr, tuproq yoki kimyoviy zanglash tufayli buzilish xavfi payqalganda, uni bartaraf qilish choralari ko‘rilishi shart.
KLning himoya qurilmalari ustidan mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq kuzatish o‘rnatish shart.
18. Yerda handaqlarni qazish vaqtida sxemada ko‘rsatilmagan quvurlar, noma’lum kabellar va boshqa kommunikatsiyalar aniqlanganda, ishlarni to‘xtatish va bu haqida elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsga xabar berish zarur. Kabellar bor joydagi xandaqlar, chuqurliklar va yer osti inshootlarini o‘ta ehtiyotkorlik bilan 0,4 metr va undan ortiq chuqurlikda esa faqat belkurak bilan qazish kerak.
19. Qishda kabellar o‘tgan joylarda 0,4 metrdan ortiq chuqurlik tuproqni qizdirish orqali qazilishi shart. Bunda qizdirilayotgan qatlam yuzasidan kabelgacha 0,3 metrdan kam bo‘lmagan qalinlikda tuproq qatlami saqlanishini kuzatish zarur. Erigan tuproqni belkurak bilan olib tashlash kerak.
Lom va shunga o‘xshagan asboblarni qo‘llash man etiladi.
20. Kabeldan 1 metrdan yaqin masofada yer kovlovchi mashinalar bilan qazishni amalga oshirish, shuningdek, normal chuqurlikdagi kabellar ustidagi tuproqni yumshatish uchun uruvchi bolg‘alardan, lomlar va cho‘kichlardan 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda foydalanish man qilinadi.
Uruvchi va titrab-ortuvchi mexanizmlarni qo‘llashga kabellardan 5 metrdan kam bo‘lmagan masofada ruxsat beriladi.
Ishlar boshlanmasdan oldin KTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning elektrotexnik xodimlari nazorati ostida trassada kabellar joylashishi va chuqurligini aniqlash uchun nazorat ochishlari o‘tkazilishi kerak.
Portlash ishlarini o‘tkazish uchun qo‘shimcha texnik shartlar berilishi shart.
21. Kuchlanishi 20 — 35 kV bo‘lgan kabellarning vertikal uchastkalarida izolyatsiyaning qurishi natijasida elektrdan teshilishning oldini olish uchun ularni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish yoki stoporlovchi muftalar o‘rnatish zarur.
Oqmaydigan shimuvchi massa va plastmassa izolyatsiyasiga ega bo‘lgan yoki gaz bilan to‘ldirilgan 20 — 35 kV kuchlanishli KT vertikal uchastkalarining izolyatsiya holatini qo‘shimcha tekshirish va ularni davriy almashtirish talab qilinmaydi.
22. Ishlashda izolyatsiyaning elektrdan teshilishi yoki profilaktik sinashlarda shkastlangan kabel namunalari va shikastlangan kabel muftalari laboratoriya tadqiqotlariga shikastlanish sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun berilishi shart. Ishlab chiqaruvchi zavodga e’tiroz bildirilganda, zavod nuqsonlari borligi natijasida shikastlangan namunalar ekspertlar ko‘rigi uchun saqlanishi shart.
23. Xonalarda, tunellarda, kollektorlarda, estakadalar bo‘yicha galereyalarda, kanallarda joylashgan shikastlangan KTlarni kuydirishda, kabel inshootlaridagi kabellarni kuzatish — xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilgan holda olib boriladi.
24. Kuchlanish ostidagi ekskavator va shlang kabellarini xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan rezinali qo‘lqoplar va etiklarda yoki dielektrik dastakli tutqichlar bilan olib yurishga ruxsat beriladi.
Bu holda kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan tarmoqlar shikastlangan KTni bir fazali yerga tutatish holatida o‘chirib qo‘yadigan himoya bilan jihozlangan bo‘lishlari shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 4-ILOVA
Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Transformatorning uzoq vaqt va ishonchli ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash uchun quyidagilar zarur:
harorat va yuklama rejimlariga, kuchlanish darajasiga rioya qilish;
moyning sifat me’yorlariga va izolyatsiya qilish xususiyatlariga qat’iy rioya qilish;
sovitish, kuchlanishni rostlash, moyni himoyalash qurilmalari va boshqalarni ishga yaroqli holda saqlash.
2. Bir fazali transformator va reaktorlarning baklariga fazalar rangi suriladi. Tashqarida o‘rnatilgan uch fazali transformatorning baklarida quvvati va podstansiya bo‘yicha tartib raqamlari ko‘rsatiladi.
3. Transformator punktlari va kameralari eshiklarining tashqi va ichki taraflarida transformatorlarning podstansiya bo‘yicha raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, tashqi tarafida Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari talablariga muvofiq ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi shart. Eshiklar doimo berkitilib, qulflangan bo‘lishi shart.
4. Gazli himoya qurilmasi bilan jihozlangan transformatorlar shunday o‘rnatilishi shartki, bunda ularning kopqog‘i (bakning yechiladigan qismi) gaz relesiga nisbatan yo‘nalishda 1 — 1,5 foizdan kam bo‘lmagan, moy o‘tkazgich esa transformatordan kengaytirishga nisbatan 2 — 4 foizdan kam bo‘lmagan ko‘tarilishga ega bo‘lishi shart.
Chiqarish quvuri membrana bilan jihozlanadi va kengaytirgichning yuqori qismi bilan biriktiriladi. Moy o‘tkazgichda, kengaytirgich va gaz relesi orasida jo‘mrak o‘rnatiladi.
5. Transformatorlarga xizmat ko‘rsatishda moy sathi va gaz relesini kuzatish, shuningdek, moydan namuna olish uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratiladi.
Transformator va reaktorlarning yuqorida (3 metrdan ortiq) joylashgan elementlarini ko‘rikdan o‘tkazish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish statsionar narvonlardan xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, bajarilishi shart.
6. Kengaytirgich bilan jihozlangan barcha moy bilan to‘ldirilgan transformatorlarda moy haroratini o‘lchash uchun termometrlar o‘rnatiladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar moyning yuqori qatlami haroratini kengaytirgichli transformatorlar jihozlangan termosignalizator va termometrlar bo‘yicha kuzatishlari kerak. Shuningdek, sovtol yoki moy bilan to‘ldirilgan germetik transformatorlar jihozlangan manovakuummetrlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuzatishlari kerak. Bakdagi bosim 50 kPadan (0,5 kgs/sm2) ortganda, transformator yuklamasi kamaytirilishi shart.
7. Transformatorli qurilmalar amaldagi EQTQga muvofiq yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlanishi shart.
8. Transformatorlarning ostida moy qabul qiluvchi qurilmalar bo‘lganda, ularning drenajlari va moy quvurlari EQTQ talablariga muvofiq ishga yaroqli holda saqlanishi kerak.
9. Har bir elektr qurilma uchun yuklama grafigiga bog‘liq holda iste’molchilarni ishonchli ta’minlashni hisobga olib, bir vaqtning o‘zida ishlayotgan transformatorlar soni aniqlanishi kerak.
Kuchlanishi 10 kV bo‘lgan taqsimlovchi elektr tarmoqlarida transformatorlarning yuklamasini va kuchlanishini o‘lchash ekspluatatsiya qilishning birinchi yilida kamida 2-marta — maksimal va minimal yuklama davrida, keyinchalik zarurat bo‘yicha o‘tkaziladi.
10. Ishlamayotgan transformator (reaktor) kengaytirgichidagi moyning sathi, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatida belgilangan talablar bo‘yicha transformator (reaktor) moyining shu vaqtdagi haroratiga mos belgida bo‘lishi shart.
11. Sovitish tizimida moyning majburiy sirkulyatsiyasi transformator yuklamasidan qat’i nazar uzluksiz bo‘lishi shart.
Moyning sirkulyatsiyasi majburiy bo‘lgan transformatorlar va reaktorlarni ekspluatatsiya kilishga faqat moy, sovutuvchi suv sirkulyatsiyasi va sovitgichlarga puflash ventilyatorlarning ishlashi to‘xtab qolgani haqidagi signalizatsiya tizimi ishlab turgandagina ruxsat etiladi.
Suv bilan sovitiladigan moy sovutgichlar mavjud bo‘lganda, moy nasosi moyning yurishi bo‘yicha moy sovitgichgacha o‘rnatiladi. Moy sovitgichlardagi moyning bosimi ulardan o‘tkazilayotgan suvning bosimidan ortiq bo‘lishi shart.
Majburiy sovitilidigan transformatorlar uchun moy yoki suv sirkulyatsiyasi yoki puflash ventilyatorlari to‘xtab qolganda, avariyaviy ishlash rejimiga ruxsat beriladi. Ko‘rsatilgan rejimning davomiyligi mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq sinash natijalari yoki zavod ma’lumotlari bo‘yicha o‘rnatiladi.
12. Transformatorlarni moy-suv bilan sovitish tizimi ishga tushirilganda birinchi navbatda, moy nasosi, so‘ngra suv nasosi ishga tushiriladi.
O‘chirishda birinchi suv nasosi, keyin esa moy nasosi o‘chiriladi. Suv nasosi moyning harorati 10oS kam bo‘lmaganda ishga tushiriladi.
Transformatorlarni ekspluatatsiya qilishda moy quvurlari, nasoslari va suv magistrallarini muzlashini oldini olish, shuningdek, moy sovitish tizimida nozichliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnomalarga ko‘ra choralar ko‘zda tutiladi.
13. Transformatorning nominal yuklamasida moyning yuqori qatlami harorati quyidigilardan yuqori bo‘lmasligi shart (agar ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan zavod yo‘riqnomalarida boshqa haroratlar keltirilmagan bo‘lsa):
sovitish tizimi moyli puflab sovutiladigan va moyning majburiy sirkulyatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — DS) bo‘lgan transformatorlarda — 75 oC dan, sovitish tizimlari tabiiy-moyli (keyingi o‘rinlarda — M) bo‘lganda va moyli puflanadigan (keyingi o‘rinlarda — D) bo‘lgan transformatorlarda — 95 oC dan;
moy-suvli sovitish (keyingi o‘rinlarda — S) tizimli transformatorlarda moy sovitgichning kirishida moyning harorati 70 oC dan oshmasligi kerak.
Moyni sovitish tizimi D bo‘lgan transformatorlarda o‘chirilgan holatda puflash bilan ishlashga quyidagi hollarda ruxsat etiladi:
yuklama nominaldan past bo‘lganda va moyning yuqori qatlami harorati 55 oC dan ortiq bo‘lmaganda;
atrof-muhit harorati manfiy bo‘lganda va moyning harorati 45 oC dan ortiq bo‘lmaganda (yuklamadan qat’i nazar).
Puflab sovitish avtomatik tarzda, moyning harorati 55 oC ga yetganda yoki moyning haroratidan qat’i nazar nominal yuklamada ulanishi shart.
14. Cho‘lg‘am shoxobchalarini qo‘zg‘atgichsiz almashlab ulagichlar bilan jihozlangan transformatorlarda transformatsiya koeffitsiyenti tanlanishining to‘g‘riligi 1 yilda kamida 2-marta — yuklamaning qishki maksimumi va yozgi minimumi kirishi oldidan tekshirilishi shart.
15. Yuklama ostida kuchlanishni rostlaydigan qurilma (keyingi o‘rinlarda — YUOR) bilan ta’minlangan transformatorga xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning xodimlari tarmoq kuchlanishi bilan rostlangan shoxobchada o‘rnatilgan kuchlanish muvofiqligini saqlab turishlari shart.
Transformatorlarning uzoq vaqt (mavsum davomida) sxemadan YUOR qurilmasini chiqarib ishlashi man qilinadi.
16. Transformatorlarning YUOR almashlab ulash qurilmasini ishga tushirishga moyning yuqori qatlami harorati minus 20oS va undan yuqori bo‘lganda ruxsat beriladi. Transformator bakidan tashqarida, tayanch izolyatorlarida joylashgan va sun’iy isitish tizimi bilan jihozlangan kontaktorli almashlab ulash qurilmasini esa atrof-muhit harorati minus 45oS va yuqori bo‘lganda ruxsat beriladi.
YUOR qurilmalarini ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalarining talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.
17. Avariya rejimlarida, transformatorlarni barcha sovitish tizimlarida, avvalgi yuklamaning davomiyligi va qiymatidan hamda atrof-muhit haroratidan qat’i nazar, qisqa muddatga, nominal tokdan ortiq o‘ta yuklanishlariga quyidagi chegaralarda ruxsat beriladi:
Moyli transformatorlar
Tok bo‘yicha o‘ta yuklanish, %
30
45
60
75
100
O‘ta yuklanish davomiyligi, min
120
80
45
20
10
Quruq transformatorlar
Tok bo‘yicha o‘ta yuklanish, %
20
30
40
50
60
O‘ta yuklanish davomiyligi, min
60
45
32
18
5
Moyli transformatorlarni nominal tokdan 40 foizgacha o‘ta yuklanishiga sutkada umumiy davomiyligi 6 soatdan ko‘p bo‘lmaganda, transformatorlarning barcha sovitish qurilmalaridan to‘liq foydalanilganda, ketma-ket 5 sutka davomida ruxsat beriladi. Agar bunday o‘ta yuklanishlar ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalari bilan man etilmagan bo‘lsa.
18. Transformatorlar ruxsat etilgandan ortiq yuklanganda, navbatchi xodim mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq harakat qilib, uni yuksizlantirish choralarini qabul qilishi shart.
19. D sovitish tizimli transformatorlar uchun barcha ventilyatorlar avariyaviy o‘chirilganida, atrofdagi havo haroratiga bog‘liq holda nominal yuklama bilan quyidagi vaqt oralig‘ida ishlashga ruxsat etiladi:
Atrofdagi havo harorati, oS
-15
-10
0
+10
+20
+30
Ishlashning ruxsat etilgan davomiyligi, soat
60
40
16
10
6
4
Sovitish tizimlari DS va S bo‘lgan transformatorlar uchun quyidagilarga ruxsat beriladi:
a) sun’iy sovitish to‘xtaganda nominal yuklama bilan 10 minut davomida yoki salt yurish rejimida 30 minut davomida ishlashga, agar quvvati 250 MV.A dan yuqori transformatorlar uchun ko‘rsatilgan vaqt tugaganda moyning yuqori qatlami harorati 80oS ga yetmasa, u holda nominal yuklama bilan ko‘rsatilgan haroratga yetgunga qadar, lekin 1 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda ishlashga ruxsat beriladi;
b) ventilyatorlar to‘liq yoki qisman o‘chirilganda yoki moyning sirkulyatsiyasi saqlanib, suvning sirkulyatsiyasi to‘xtab qolganda, moyning yuqori qatlami harorati 45 oC dan oshmaganda, past yuklama bilan uzoq vaqt ishlashga.
Ushbu bandning talablari, agar ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomalarida boshqalari aytilmagan bo‘lsa, haqiqiydir.
Cho‘lg‘amlarida moy yo‘naltirilgan sirkulyatsiya qilinadigan transformatorlar (sovitish tizimi NS) ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasiga ko‘ra ekspluatatsiya qilinadi.
20. YUOR qurilma bilan jihozlangan transformatorlar o‘ta yuklama bilan ishlaganda, agar yuklama toki almashlab ulagichning nominal tokidan ortiq bo‘lsa, shoxobchalarni almashlab ulashga ruxsat berilmaydi.
21. Kuchlanishi 110 va 220 kV bo‘lgan avtotransformatorlar cho‘lg‘amlarining neytrallari yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash rejimida ishlashlari shart.
Neytrallarini sinash kuchlanishlari mos ravishda 100 va 200 kV bo‘lgan 110 va 220 kV kuchlanishli transformatorlar yerga ulanmagan neytral bilan, agar razryadlagich bilan himoyalangan bo‘lsa, ishlashi mumkin. Tegishli hisoblar bilan asoslangan bo‘lsa, neytrali sinash kuchlanishi 85 kV bo‘lgan va razryadlagich bilan himoyalangan 110 kV kuchlanishli transformatorlarni yerga ulanmagan neytral bilan ishlashiga ruxsat beriladi.
22. Yangi yoki kapital ta’mirlashdan chiqqan transformatorlarni montaj qilish vaqtida ularga kuchlanish berilguncha, ularni ko‘rikdan o‘tkazish va Elektr uskunalarni SQ va Mga muvofiq sinash amalga oshiriladi.
Ko‘rik, sinash va qabul qilish natijalari pasport va bayonnomalarda yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
23. Transformatorlarni quritmasdan kuchlanish ostiga ulash mumkinligi, shuningdek, quritishning zarurligi Rahbariy hujjat 34.51.101 — 90, Rahbariy hujjat 34 — 301 — 202 — 2000 elektr qurilmalari izolyatsiyasini tanlash bo‘yicha yo‘riqnomasida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladigan sinovlar asosida aniqlanadi.
24. Transformatorlarni tarmoqqa ulash, odatda to‘liq kuchlanishga turtki bilan amalga oshiriladi.
25. Quyidagi hollarda transformatorlarda kuchlanishni nominaldan ortishiga ruxsat etiladi:
uzoq muddat — 5 foizga, agar yuklama nominaldan ko‘p bo‘lmaganda va 10 foizga, agar yuklama 0,25 nominaldan ko‘p bo‘lmaganda;
qisqa muddat (sutkada 6 soatgacha) — 10 foizga, yuklama nominaldan ko‘p bo‘lmaganda;
avariya sharoitlarida — transformatorlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha namunali yo‘riqnomaga muvofiq.
Generatorlar va neytrali shoxoblanmagan avtotransformatorlar bilan blokda ishlayotgan transformatorlar uchun va ketma-ket rostlovchi (volt qo‘shuvchi) transformatorlar uchun kuchlanishni uzoq vaqt nominaldan 10 foizga ortishiga yuklama nominaldan ortiq bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
Kuchlanishni rostlash uchun neytralida shoxoblanishi mavjud bo‘lgan yoki ketma-ket rostlovchi transformatorlar bilan ishlashi uchun mo‘ljallangan avtotransformatorlar uchun kuchlanishning ruxsat etilgan ortishi ishlab chiqaruvchi zavod ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
26. Transformator (reaktor) ichki buzilishlaridan himoya (gazli, differensial) ta’sirida avtomatik tarzda o‘chirilganda, shuningdek, muvaffaqiyatsiz avtomatik qayta ulangandan (keyingi o‘rinlarda — AQU) keyin transformatorni (reaktorni) faqat ko‘rikdan o‘tkazilgandan, sinalgandan, gaz, moy tahlili qilingandan va aniqlangan nuqsonlar (shikastlanishlar) bartaraf etilgandan keyin ishga tushiriladi.
Transformator (reaktor) ichki shikastlanishlar ta’siri bilan bog‘liq bo‘lmagan himoyadan o‘chgan holda u tekshirishsiz, tashqi ko‘rikdan o‘tkazilib ishga tushirilishi mumkin.
Gaz relesi ishlagani to‘g‘risida signal paydo bo‘lganda transformator ko‘rikdan o‘tkazilishi, gazning rangi va yonish darajasiga qarab, uni shikastlanish xususiyati aniqlanishi shart. Gaz relesida sariq yoki ko‘k-qora yonuvchan gaz borligi aniqlanganda, transformator zudlik bilan o‘chirilishi shart. Agar reledagi gaz rangsiz va yonmaydigan bo‘lsa, transformator ishda qoldirilishi mumkin.
27. YUOR qurilmasi bilan jihozlangan, yuklanmagan transformatorni salt yurish tokini ajratgich (alohidalagich) bilan o‘chirish zarurati bo‘lganda, iste’molchi tomonidagi yuklama olingandan so‘ng almashlab ulagich normal kuchlanishga mos keladigan holatga qo‘yilishi kerak.
28. Puflab va moyi bilan tabiiy sovitiladigan transformatorlarni to‘liq yuklama orqali sovuq moyi bilan harorat minus 40 oC dan kam bo‘lmaganda ishga tushirishga ruxsat beriladi.
Harorat minus 40 oC dan past bo‘lganda, transformator salt yurish toki bilan yoki nominalning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan yuklama toki bilan minus 40 oC gacha qizdirilishi, so‘ngra yuklama ko‘paytirilishi kerak.
29. Isroflarni kamaytirish maksadida har bir elektr qurilma uchun yuklama grafigidan kelib chiqib, parallel ishlayotgan transformatorlarning optimal sonini aniqlash va unga rioya qilish kerak.
30. Montaj qilingan zaxira transformatorlar doimo ishga tushirilishga tayyor holda saqlanishlari shart.
31. Transformatorlarning parallel ishlashiga quyidagi shartlarda ruxsat etiladi:
cho‘lg‘amlarining ulanish guruhlari bir xil bo‘lganda;
transformatorlar quvvatining nisbati 1:3 dan ortiq bo‘lmaganda;
transformatsiya koeffitsiyentlarining farqi 0,5 foizdan ortiq bo‘lmaganda;
qisqa tutashuv kuchlanishlari parallel ishga tushirilayotgan transformatorlar qisqa tutashuv kuchlanishlarining o‘rta arifmetik qiymatidan 10 foizdan ortiq farq qilmaganda;
ishga tushirishdan oldin transformatorlar fazirovka qilingan bo‘lganda.
32. Qisqa tutashuv kuchlanishi turlicha bo‘lgan parallel ishlayotgan transformatorlar orasida yuklamani tenglashtirish uchun transformatorlardan birontasi ham o‘ta yuklanmaganligi sharti bilan, tarmoqlanishlarni almashlab ulash yo‘li bilan transformatsiya koeffitsiyentini katta bo‘lmagan chegaralarda o‘zgartirishga ruxsat beriladi.
33. Past kuchlanish tarafida, chulg‘amlari nol chiqishli yulduz — yulduz sxemasi bo‘yicha ulangan quruq transformatorlarning neytralidagi tok nominal faza tokining 25 foizidan ortmasligi shart.
34. Transformatorlarni (reaktorlarni) o‘chirmasdan turib ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi muddatlarda bajarilishi shart:
xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi bosh pasaytiruvchi transformatorlarni 1 sutkada bir marta;
xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi qolgan transformatorlarni va xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lmagan podstansiyalar transformatorlarini 1 oyda 1-marta;
transformator punktlarida — oyda 1-martadan kam emas.
Mahalliy sharoitlar va transformator (reaktor) holatiga qarab ushu muddatlar korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish (ko‘zdan kechirish) quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
yomon ob-havo ta’siridan keyin (momoqaldiroq, haroratning keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va boshqalar);
gaz himoyasi signalga ishlaganda, shuningdek, transformator (reaktor) gaz yoki (va) differensial himoya ta’sirida o‘chirilganda.
termometrlar va manovakuummetrlar ko‘rsatkichlari;
transformator korpusining holati, moy oqishining yo‘qligi, kengaytirgichdagi moy sathining harorat belgisiga mosligi va moyli kirishlarda moyning mavjudligi;
moy sovituvchi va moy yig‘uvchi qurilmalarning, shuningdek, izolyatorlarning holati;
shinalar va kabellar holati, kontakt birikmalarda qizishning yo‘qligi;
signalizatsiya qurilmalari va o‘tish saqlagichlarining butligi;
yerga ulash tarmog‘ining holati;
moy uzluksiz regeneratsiyalanadigan moy tozalash qurilmalari, termosifonli filtrlar va nam yutuvchi patronlarning holati;
transformator xonasining holati.
35. YUORsiz transformatorlarni o‘chirib, joriy ta’mirlash quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
markaziy taqsimlovchi podstansiyalarning transformatorlarini kamida 2 yilda 1-marta;
kuchli ifloslanadigan joylarda o‘rnatilgan transformatorlarni mahalliy yo‘riqnomalar bo‘yicha;
barcha qolgan transformatorlarni zarurat bo‘yicha, lekin kamida 4 yilda 1-marta.
YUORli transformatorlar va avtotransformatorlarni joriy ta’mirlash har yili amalga oshiriladi.
Yuklama ostida kuchlanishni rostlovchi qurilmalarni navbatdan tashqari ta’mirlash zavod yo‘riqnomalariga muvofiq, almashlab ulash bo‘yicha operatsiyalarning ma’lum sonidan keyin o‘tkaziladi.
Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ta’mirlash, agar ularning biron-bir elementidagi nuqson ishlamay qolishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak. Transformatorni (reaktorni) ta’mirlashga chiqarish haqidagi qarorni korxona rahbari yoki elektr xo‘jaligiga javobgar qabul qiladi.
D, DS va S sovitish tizimlarining joriy ta’mirlari har yili amalga oshiriladi. Transformatorlarni joriy ta’mirlash bilan bir vaqtda kirish joylarini joriy ta’mirlari ham o‘tkaziladi.
36. Transformatorlarni ishlashdan avariyaviy to‘xtatish quyidagi hollarda zarur:
transformator ichida kuchli notekis shovqin va chirsillash bo‘lganda;
normal yuklamada va sovitish qurilmasining ishlashida, transformatorning normal bo‘lmagan va doimo o‘sayotgan qizishida;
kengaytirgichdan moy tashqariga otilib chiqqanda yoki chiqarish quvuri diafragmasi yorilganda;
moyning oqishi bilan uning sathi moy o‘lchagich shishasining sathidan pastda bo‘lganda.
Transformatorlar laboratoriya tahlillari bo‘yicha zudlik bilan moy almashtirish zarur bo‘lganda ham ishdan to‘xtatiladi.
37. Quvvati 160 kV·A va undan yuqori bo‘lgan transformatorlar moyni termosifonli va adsorbsion filtrlar orqali uzluksiz regeneratsiyalash tizimi bilan ekspluatatsiya qilinishi shart.
Transformator kengaytirgichidagi moy, atrofidagi havo bilan bevosita tegishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
Moy namlanishining oldini oladigan maxsus qurilmalar bilan jihozlangan transformatorlarda, ushbu qurilmalar transformatorning ishlash rejimidan qat’i nazar doimo ulangan bo‘lishlari shart. Mazkur qurilmalarni ekspluatatsiya kilish ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Moy bilan to‘ldirilgan kirishlardagi moy oksidlanish va namlanishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
38. Balansida moy bilan to‘ldirilgan uskunalari bor korxonalar, eng katta sig‘imli apparatning kamida 110 foiz hajmida izolyatsiya moyining kamaymaydigan zaxirasini saqlashi shart.
39. Transformator moylarining Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq profilaktik sinovlari o‘tkazilishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 5-ILOVA
Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Ushbu Qoidalar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr dvigatellariga taalluqlidir.
2. Elektr dvigatellar, ishga tushirish-rostlash apparaturalari, nazorat-o‘lchov asboblari, himoya qurilmalari, shuningdek, barcha elektr va yordamchi uskunalar EQTQ va ishlab chiquvchi zavod talablariga muvofiq tanlanadi va o‘rnatiladi.
3. Elektr dvigatellarda va ular aylantiradigan mexanizmlarda aylanish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi strelka chizib ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
4. Elektr dvigatellarda, ularning kommutatsiya apparatlarida, ishga tushirish-rostlash qurilmalarida, saqlagichlarda va boshqalarda ular tegishli bo‘lgan agregatlar va (yoki) mexanizmning nomi yozilgan bo‘lishi shart.
5. Saqlagichlarning eruvchan kirgizmalari kalibrlangan bo‘lishi va eruvchan kirgizmaning nominal toki ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchi zavod yoki korxona yorlig‘iga ega bo‘lishi shart. Kalibrlanmagan eruvchan kirgizmalarni qo‘llash man etiladi.
6. Loyihaviy qarorlar bilan elektr ta’minotining qisqa muddatli tanaffusida o‘zi ishlab ketish qurilmasi bilan ta’minlanishi kerak bo‘lgan texnologik jarayon mashina va mexanizmlar elektr dvigatellarining ro‘yxati aniqlangan bo‘lishi shart.
Agar loyihada elektr dvigatellarning o‘zi ishlab ketishi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u holda iste’molchilar tarmog‘i barcha elementlarining himoyasi, shuningdek, tugunlarning texnologik blokirovkasi shunday bajariladiki, bunda mas’ul mexanizmlar elektr dvigatellarini o‘zi ishlab ketish holatining oldi olinadi.
7. Agar iqtisod qilish va kabelni tejash shartlari bo‘yicha boshqacha joylashtirish talab qilinmagan bo‘lsa, kommutatsiya apparatlari iloji boricha xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lgan joylarda, elektr dvigatellar yaqinida joylashtirilishi lozim.
Texnologik mexanizmlarning elektr dvigatellari masofadan yoki avtomatik boshqariladigan bo‘lsa, oxirgi mexanizm yaqinida, elektr dvigatelni masofadan yoki avtomatik ulashning oldini oladigan, dvigatelni avariyaviy o‘chirish apparati o‘rnatilishi kerak.
8. Energetika tizimining maksimal yuklama soatlarida sinxron elektr dvigatellar quvvat koeffitsiyentining optimal qiymatida reaktiv quvvatni generatsiya qilish rejimida ishlashi kerak.
Yirik (quvvati 1000 kVt dan ortiq) sinxron elektr dvigatellarning jadallashtirish qurilmalari va qo‘zg‘atishni avtomatik rostlagichlari (keyingi o‘rinlarda ― QAR) doimo ishga ulangan bo‘lishlari shart. QARni o‘chirishga faqat ta’mirlash yoki tekshirish uchun ruxsat beriladi. QAR energetika tizimining ishlash grafigiga muvofiq, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilanib o‘rnatiladi.
9. Zaxiradagi elektr dvigatellar zudlik bilan ishga tushishga doimo tayyor turishi, korxonaning, sexning, uchastkaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsi tasdiqlagan ish jadvali bo‘yicha davriy ravishda ko‘rik va sinovdan o‘tib turishi shart.
10. Texnologik jarayon stator toki bo‘yicha rostlanadigan mexanizmlar, shuningdek, texnologik jihatdan o‘ta yuklanishga moyil mexanizmlar elektr dvigatellari ishga tushirish panelida yoki panelida o‘rnatiladigan ampermetrlar bilan jihozlanishi shart. Ampermetrlar, shuningdek, sinxron dvigatellarning qo‘zg‘atish zanjirida ham ulangan bo‘lishi kerak. Ampermetr shkalasida stator (rotor) tokining uzoq muddat ruxsat etilgan yoki nominal qiymatiga mos qizil chiziq bo‘lishi kerak.
11. Elektr dvigatellarning guruhli yig‘malarida va panellarida kuchlanish borligining nazorati voltmetrlar yoki signal lampalari bilan ko‘zda tutilgan bo‘lishi shart.
12. TQ shinalaridagi kuchlanish nominalning 100 — 105 foizi chegarasida ushlab turilishi kerak. Elektr dvigatellarning uzoq vaqt ishlatilishini ta’minlash uchun ularni kuchlanish nominaldan 110 foizdan ortiq va 95 foizdan kam bo‘lganda ishlatish tavsiya etilmaydi.
13. Har bir podshipnikda o‘lchangan elektr dvigatellarning titrashi, rotorning o‘q bo‘ylab surilishi, havo tirqishi oralig‘i o‘lchami Elektr uskunalarini SQ va Mda keltirilgan kattaliklardan oshmasligi kerak.
14. Elektr dvigatellarning yuklamasi, podshipniklarning harorati, yopiq ventilatsiya tizimiga ega elektr dvigatellarda kiradigan va chiqadigan havo harorati ustidan doimiy nazoratni, podshipniklarga qarash, ishga tushirish, rostlash va to‘xtatish operatsiyalarini mexanizmga xizmat ko‘rsatuvchi elektr texnologik xodim amalga oshiradi.
15. Quyidagi hollarda elektr dvigatel zudlik bilan (avariyaviy) tarmoqdan o‘chiriladi:
odamlar bilan baxtsiz hodisalar yuz berganda;
elektr dvigateldan, shuningdek, uning ishga tushirish-rostlash apparaturasidan va qo‘zg‘atish qurilmasidan tutun yoki olov paydo bo‘lganda;
yuritmaning mexanizmi buzilganda, normal bo‘lmagan taqqillash paydo bo‘lganda;
agregat podshipniklarining titrashi keskin oshganda;
podshipniklar ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasida belgilangan ruxsat etilgan haroratdan ortiq qiziganda.
Mahalliy yo‘riqnomalarda elektr dvigatellar avariyaviy o‘chirilishi shart bo‘lgan boshqa hollar ham ko‘rsatilishi, shuningdek, avariya holatini bartaraf qilish va elektr dvigatellarni ishga tushirish tartibi belgilanishi mumkin.
16. Elektr dvigatellarda profilaktik sinovlar va o‘lchashlar Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq o‘tkazilishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 6-ILOVA
O‘ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Ushbu Qoidalar iste’molchilarga tegishli bo‘lgan 220 kV gacha kuchlanishli o‘zgaruvchan tok elektr qurilmalarini o‘ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi barcha qurilmalarga taalluqlidir.
Himoya qurilmalari amaldagi EQTQ va o‘ta kuchlanishdan himoya qilish bo‘yicha rahbariy hujjatlar talablarini qondirishi shart.
2. Iste’molchilarning bino va inshootlari javobgarlik darajasidan kelib chiqib, yashindan himoya qiluvchi tegishli qurilmalar bilan ta’minlanadi.
Yashinning to‘g‘ridan-to‘g‘ri urishidan himoya o‘zakli yoki trossli yashin qaytargichlar bilan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Yashindan himoya qiluvchi qurilmalarga, shuningdek, yerga ulangan metall tom va metalldan bo‘lmagan tomga tashlangan metall to‘r ham kiradi.
3. Alohida o‘rnatilgan yashin qaytirgichlar yoki ularni ushlab turuvchi konstruksiyalar sifatida tutun quvurlar va inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, ushbu yashin qaytirgichlar himoya qiladigan zonalar chizmasiga ega bo‘lishi shart.
Rekonstruksiya qilinganda va qurilish ishlari bajarilganda himoya zonalarini aniqlashtirish zarur.
4. OTQ konstruksiyalariga, alohida turgan o‘zakli yashin qaytargichlarga, projektor machtalariga, tutun quvurlariga va gradirnyalarga 1000 V gacha kuchlanishli HL simlarini (yorituvchi, telefon va shunga o‘xshash) osish va ushbu tarmoqlarni mazkur inshootlarga olib kelish man etiladi.
Ko‘rsatilgan tarmoqlar — kabel tarmoqlari bo‘lishi shart.
5. Korxonalarda quyidagi tartibga solingan ma’lumotlar saqlanishi shart:
himoya oraliqlarida ventilli va quvurli razryadlagichlarning o‘rnatilishi haqida (razryadlagich turlari, himoya qilinayotgan uskunalargacha masofa), shuningdek, quvurli (naysimon) razryadlagichdan tarmoq ajratgichlar va ventilli razryadlagichlargacha bo‘lgan masofalar haqida;
yashindan himoya qilish vositalari o‘rnatilgan tayanchlar yerga ulagichlarining, shu jumladan troslarning qarshiligi haqida;
elektr uzatish tarmoqlarining podstansiyalarga yaqinlashishida tuproqning qarshiligi haqida;
elektr uzatish tarmoqlarining boshqa elektr uzatish, aloqa va avtoblokirovka tarmoqlari bilan kesishishi, HLdan shoxoblanishlar, tarmoqdagi kabel uchastkalari va boshqa izolyatsiyasi zaif bo‘lgan joylar haqida.
6. Barcha kuchlanishdagi ventilli razryadlagichlar doimo ulangan bo‘lishi shart.
OTTda qishki mavsumda (yoki uning alohidagi oylarida) dovulli shamollar bo‘ladigan, muzlaydigan, harorat keskin o‘zgaradigan va intensiv ifloslanadigan tumanlarda faqat yashindan himoya qilish uchun mo‘ljallangan ventilli zaryadsizlagichlarni o‘chirib qo‘yishga ruxsat beriladi. Avtotransformatorlardagi ventilli razryadlagichlarni o‘chirib qo‘yish mumkinligi ishlab chiqaruvchi zavod bilan kelishiladi.
Barcha kuchlanishli HLda quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlarining uchqun oraliqlarini qishki davrda uzaytirmasdan qoldirishga ijozat beriladi.
7. Ventilli va quvurli razryadlagichlarning Elektr uskunalarni SQ va Mga muvofiq sinovlari o‘tkaziladi.
8. Podstansiyalarda o‘ta kuchlanishdan himoya qilish vositalari quyidagilarda ko‘rikdan o‘tkazilishi shart:
doimiy navbatchi xodimlari bo‘lgan qurilmalarda, navbatdagi ko‘rik vaqtida, shuningdek, chiqib ketuvchi HLning releli himoyasi ishlab ketishini keltirib chiqargan har bir momaqaldiroqdan keyin;
doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan qurilmalarda ― barcha uskunalarni ko‘rikdan o‘tkazishda.
9. HLda o‘rnatilgan quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlari ko‘riklari yerdan turib ko‘rik o‘tkazuvchi tomonidan quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
HLni har bir navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazishda;
momaqaldiroqdan keyin HL o‘chganda yoki AQU qurilmasi ishlaganda, agar izolyatsiya buzilishiga (yerga tutashishga) shubha bo‘lsa.
10. Podstansiyaga kirishda o‘rnatilgan quvurli razryadlagichlarni navbatchi xodim asosiy uskunalar bilan birgalikda davriy, shuningdek, podstansiya joylashgan hududda yoki undan chiqib ketgan elektr uzatish tarmog‘i uchastkalarida sodir bo‘lgan momaqaldiroqdan keyin ko‘rikdan o‘tkazadi.
11. Momaqaldiroq mavsumidan oldin kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLning temir-beton tayanchlariga o‘rnatilgan izolyatorlar ilgaklari va shtirlarini, shuningdek, ushbu tayanchlar armaturalarini yerga ulanishlari sozligi tanlov asosida (elektr ho‘jaligiga javobgar xohishiga ko‘ra) tekshirilishi kerak. Nol sim bo‘lgan taqdirda, ushbu elementlarni nol simga ulanganligi ham tekshiriladi.
12. Yoy so‘ndiruvchi reaktorlar bilan yerga tutashishning sig‘im tokini kompensatsiyalash, sig‘im toki quyidagi qiymatlardan ortganda qo‘llaniladi:
Tarmoqning nominal kuchlanishi, kV
6
10
15 — 20
35
Yerga tutashuvning sig‘im toki, A
30
20
15
10
Tarmoq kuchlanishi 6 — 35 kV bo‘lgan HLdagi temir-beton va metall tayanchlarda, yerga tutashishning sig‘im toki 10 A dan yuqori bo‘lganda yoy so‘ndiruvchi apparatlar qo‘llaniladi.
Tarmoqlarda yerga tutashuvning sig‘im tokini kompensatsiya qilish uchun tokni avtomatik yoki qo‘l bilan rostlovchi yerga ulanadigan yoy so‘ndiruvchi reaktorlar qo‘llanilishi kerak.
Sig‘im toklarini, yoy so‘ndiruvchi reaktor toklarini, yerga tutashuv toklarini va neytral siljish kuchlanishlarini o‘lchashlar, yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni ekspluatatsiyaga tushirishda va tarmoq rejimlari anchagina o‘zgarganda, lekin kamida 6 yilda 1-marta o‘tkazilishi kerak.
Tarmoqda yerga tutashish bo‘lmaganda, neytralning siljish kuchlanishi faza kuchlanishidan 15 foizdan yuqori bo‘lmasligiga uzoq muddat, 30 foizdan yuqori bo‘lmasligiga 1 soat davomida ruxsat beriladi.
Kuchlanish nosimmetriyaligini pasaytirish va neytralni ko‘rsatilgan qiymatlargacha siljitish yerga nisbatan fazalar sig‘imini rostlash bilan amalga oshiriladi (faza simlarini o‘zaro joylashishini o‘zgartirish, shuningdek, tarmoqlar fazalari orasida yuqori chastotali aloqa kondensatorlarini taqsimlash bilan).
Tarmoqqa yuqori chastotali aloqa kondensatorlari va aylanuvchi mashinalarning yashindan himoya qilish kondensatorlari ulanganda, yerga nisbatan fazalar sig‘imlarining nosimmetriyasiga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi tekshirilishi shart.
Neytralda ko‘rsatilgan qiymatlardan ortiq kuchlanish siljishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan elektr uzatuvchi havo va kabel tarmoqlarini fazalar bo‘yicha ulash va o‘chirish man qilinadi.
14. Ayni vaqtda tarmoqda yerga ulanish bo‘lsa, yoy so‘ndiruvchi apparatlarni o‘chirib qo‘yishga ijozat berilmaydi.
15. Sig‘im tokini kompensatsiyasi bilan ishlayotgan tarmoqdan ta’minlanayotgan korxona, energetika tizimining tezkor xodimlarini iste’molchi tarmog‘i sxemasidagi o‘zgarishlar haqida yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni qayta qurish (sozlash) uchun o‘z vaqtida ogohlantirishi shart.
16. Transformatorlar va avtotransformatorlarning ishlatilmayotgan past (o‘rta) kuchlanish cho‘lg‘amlari yulduzga yoki uchburchakka ulanishi va o‘ta kuchlanishdan himoya qilingan bo‘lishi shart.
17. Har yili momaqaldiroq mavsumidan oldin, yashindan himoya qilish sxemalarini ularning qurilmalarida va elektr zanjiri sxemalaridagi bo‘lib o‘tgan yoki bo‘ladigan o‘zgarishlarni hisobga olib, ular yashindan himoya qilish vositalarini joylashtirishning namunaviy sxemalariga mos kelishi uchun tekshirish zarur.
18. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan podstansiyalarda neytralni o‘zidan-o‘zi siljishini yoki xavfli ferrorezonans jarayonlarning oldini olish uchun tezkor harakatlar NKF-110 va NKF-220 kuchlanish transformatorlari bo‘lgan yuklanmagan shinalar tizimiga ulanayotgan transformator neytralini yerga ulash bilan boshlanishi kerak.
19. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan tarmoqlarda transformatorlarning 110 — 220 kV kuchlanishli cho‘lg‘amlari neytralini yerdan ajratish, shuningdek, releli himoya va avtomatikaning harakatini tanlash shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda turli tezkor va avtomatik o‘chirishlarda neytrallari yerga ulangan transformatorlarsiz tarmoq uchastkalari ajralib qolmasligi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 7-ILOVA
Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvati, turi, o‘rnatish joyi va ishlash rejimi loyiha tashkiloti yoki maxsus xizmat tomonidan iste’molchilar elektr qurilmalarini tarmoqqa ulash uchun energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning texnik shartlariga muvofiq tanlanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan tarmoqlarda kondensatorlarni joylashtirish, qabul qilgichlar qisqichlarida kuchlanish darajasini saqlab turish talablari hisobga olingan holda, reaktiv yuklamadan aktiv quvvat yo‘qolishining maksimal kamayishi sharti qondirilishi kerak.
2. Buyurtmachi yangi kondensator qurilmasini olganda, texnik holatini tashqi nazoratdan o‘tkazishi va qabul qilish dalolatnomasini tuzishi kerak. Bunda mahsulot qadoqlanishi holatining butligi, yukning markirovkasi, mexanik shikastlanishlar yo‘qligi, qurilmaning, korpusining, izolyatorlarning, kontakt o‘zaklarining, korpusni yerga ulash uchun boltning (korpus bilan biriktirish uchun chiqarishga ega bo‘lmagan kondensatorlar uchun) sozliligi, texnik ma’lumotlar keltirilgan ishlab chiqaruvchi zavod yorlig‘i borligi, shuningdek, shimuvchi suyuqlik oqmayotganligi tekshiriladi.
Ushbu kondensator qurilmasining pasporti va ishlab chiqaruvchi zavodning ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalari borligiga ishonch hosil qilishi kerak.
alohida kondensatorlarni, ularning bir qismini yoki butun kondensator qurilmasini himoyalovchi saqlagichlarning eruvchan kirgizmalaridagi nominal toki ko‘rsatilgan kondesatorli qurilmaning bir chiziqli prinsipial sxemasi, agar himoya relesi qo‘llanilgan bo‘lsa, shuningdek, maksimal tok relesining o‘rnatma toki;
atrofdagi havo haroratini o‘lchash uchun termometr yoki boshqa asbob;
kondensatorlarni nazorat uchun razryadlash maxsus shtangasi;
yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari — o‘t o‘chirgich, qumli quti va belkurak.
Termometr yoki uning datchigi batareyalarning orasidagi eng issiq joyga shunday joylashtiriladiki, bunda kondensatorni o‘chirmasdan va to‘siqlarni olmasdan uni ko‘rsatkichlarini kuzatish imkoniyati ta’minlanishi kerak.
4. Kondensator batareyasining pasportida, ishlab chiqaruvchi zavod va kondensator batareyasi yorlig‘ida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos bo‘lgan, kondensatorlarning tartib raqami, zavod raqami, o‘rnatish sanasi, nominal kuchlanishi, har bir kondensatorning nominal quvvati hamda sig‘imi ko‘rsatilgan kondensatorlar ro‘yxati bo‘lishi shart.
5. Quvvati 200 kVAr dan ortiq bo‘lgan kondensatorli batareyalar uchun kondensatorlar quvvatini avtomatik rostlovchi qurilma o‘rnatilishi majburiydir.
6. Elektr energiyasini individual qabul qilgichi bilan umumiy kommutatsiya apparatiga ega kondensatorli qurilmani boshqarish qo‘l bilan bir vaqtning o‘zida elektr energiyasi qabul qilgichini ulash yoki o‘chirish bilan amalga oshirilishi mumkin.
7. Ikki smenada ishlaydigan korxona kondensator qurilmalarini kechki soatlarda va dam olish kunlarida, uch smenada ishlaydigan korxona dam olish kunlarida ishda qoldirishi, agar bu energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning maxsus talablari bilan belgilangan bo‘lmasa, man etiladi.
Ushbu talab uzluksiz ish rejimiga ega korxonalarga taalluqli emas.
8. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarida razryadlagich qurilmalari doimo kondensatorlarga ulangan bo‘lishi shart, shuning uchun rezistorlar va kondensatorlar orasidagi zanjirda kommutatsion apparatlar bo‘lmasligi kerak.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan kondensator qurilmalarida elektr energiyasini tejash maksadida razryadlagich qurilmalari doimo ulanmasdan, ularni kondensatorlarni o‘chirish vaqtida avtomatik ravishda ulash bilan ishlatilishi tavsiya etiladi.
Kondensator batareyalarini seksiyalash uchun ularning alohida seksiyalarini kuchlanish ostida o‘chiradigan kommutatsion apparatura qo‘llanilganda, har bir seksiyada alohida komplekt razryadlash qurilmasi o‘rnatiladi.
Ichida zaryadsizlantiruvchi rezistor mavjud kondensatorlar uchun qo‘shimcha tashqi razryadlagich qurilmalari talab etilmaydi.
9. Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarini ajratgichlar yordamida ulash va o‘chirish man etiladi.
Kondensator batareyalarini ulash va o‘chirish bo‘yicha barcha operatsiyalar mazkur Qoidalar va Istemolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTQ talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yig‘ma shinalardagi kuchlanish, ushbu turdagi kondensatorlar uchun ruxsat etilgan eng katta qiymatdan ortgan vaqtda kondensator batareyalarini ulash man etiladi.
10. Kondensator qurilmasini o‘chirishdan oldin tashqi ko‘rik yo‘li bilan razryadlovchi qurilmaning ishga yaroqliligiga ishonch hosil qilish kerak.
11. O‘chirilgan kondensator qurilmasining tok o‘tkazuvchi qismlariga tegish imkoniyati bo‘lgan biron-bir ishlarni bajarish, xavfsizlik texnikasining umumiy talablari bajarilguncha va kondensator batareyasida umumiy razryadlovchi qurilma bo‘lishidan qat’i nazar kondensatorlar nazorat uchun razryadlantirilmaguncha man etiladi.
12. Kondensatorlarni nazorat uchun razryadlash izolyatsiyalovchi shtangaga ishonchli mahkamlangan razryadlovchi metall o‘zak bilan o‘tkaziladi. Ushbu shtanganing o‘lchamlari tezkor almashlab ulashlar uchun kondensator qurilmasidagi kuchlanishga mos kuchlanishda ishlatiladigan izolyatsiyalovchi shtanga o‘lchamlaridek bo‘lishi shart.
13. Alohida kondensatorni, uning qismini yoki butun kondensator qurilmasini himoya qiluvchi saqlagichlar eruvchan kirgizmalarining nominal toki ular himoya qilayotgan kondensatorlar nominal toklari yig‘indisining 160 foizidan oshmasligi shart.
14. Maksimal tok relesi yoki avtomat ajratgichining tok bo‘yicha o‘rnatmasi kondensator qurilmasi nominal tokining 130 foizidan oshmasligi shart.
15. Yuqori garmonikalar mavjudligida kondensator qurilmalarining montaj qilinishi maqsadga muvofiqligi har bir holda alohida aniqlanadi.
16. Kuygan yoki ishga yaroqsiz saqlagichlarni almashtirish, o‘chirilgan kondensator batareyalarida, maxsus shtanga bilan barcha kondensator batareyalari nazorat uchun razryadlangandan keyin amalga oshiriladi.
17. Individual himoya qilishda nazorat uchun razryadlash o‘chirilgan batareya tarkibiga kiruvchi har bir kondensatorning barcha chiqishlarini navbatma-navbat qisqa tutashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Guruhli himoyada kondensatorlarning har bir guruhi razryadlanadi, bitta faqat umumiy himoyada esa batareya shinalaridagi tegishli shinalar qisqa tutashtiriladi.
18. Kondensator qurilmalari himoya tomonidan takror avomatik o‘chirilganda, kondensatorlarni ulashga faqat o‘chirishlarni yuzaga keltirgan sabablar aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyingina ruxsat beriladi.
Kondensator batareyalarini qayta ulashga kuchlanishi 660 V dan yuqori kondensatorlar uchun ular avvalgi o‘chirilgandan so‘ng kamida 5 daqiqadan keyin, kuchlanishi 660 V va undan past kondensatorlar uchun esa kamida 1 daqiqadan keyin, agar batareyada qoldiq kuchlanish 50 V dan ko‘p bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
19. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarini ko‘rikdan (o‘chirmasdan) mahalliy yo‘riqnomalarda belgilangan muddatlarda — quvvati 500 kVAr dan kam bo‘lgan qurilmalar uchun oyda kamida 1-marta va quvvati 500 kVAr dan yuqori bo‘lgan qurilmalar uchun o‘n kunda 1-marta o‘tkaziladi.
to‘siqlar va qulflarning sozligi, begona predmetlarning yo‘qligi;
kuchlanish, tok va atrof-havo harorati qiymatlari, alohida fazalar yuklamalarining bir xildaligi;
apparatlar, uskunalar, kontaktli ulanmalarning texnik holati, izolyatsiyaning butunligi va ifloslanish darajasi;
shimdirilgan suyuqlikning tomchilab oqishi va kondensator korpusi devorlari ruxsat etilmagan darajada bo‘rtib shishganligi yo‘qligi;
o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi va holati.
Ko‘rikdan o‘tkazish natijalari haqida tezkor hujjatlarga tegishli yozuv kiritilishi shart.
21. Kondensator qurilmalarini navbatdan tashqari ko‘rikdan kondensatorlarda razryadlanish (chirsillash) paydo bo‘lganda, qisqichlardagi kuchlanish yoki atrof-havo harorati ruxsat etilgan eng yuqori qiymatlarga yaqin darajagacha ko‘tarilganda va shunga o‘xshash hollarda o‘tkaziladi.
22. Kondensator batareyalarining barcha ko‘rikdan o‘tkazishlari va aniqlangan nosozliklar haqida tezkor hujjatlarda tegishli yozuvlar qilinadi.
23.Ulangan kondensator qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazishda to‘suvchi qurilmalarni olish yoki ochish man qilinadi.
24. Izolyatorlar, kondensatorlar, apparaturalar va karkaslar sirtlarini chang va boshqa ifloslardan tozalash, batareya o‘chirilgan holatda zarurat bo‘yicha, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.
25. Quyidagi holatlarda kondensatorlarni ekspluatatsiya qilish man etiladi:
atrof-havoning harorati kondensatorning ushbu turi uchun ruxsat etilgan eng yuqori va eng past haroratdan ortiq bo‘lganda;
kondensatorlar devorlari bo‘rtib shishganda;
kondensator qurilmasining fazalar bo‘yicha yuklanganligi tokning o‘rtacha qiymatidan 10 foizdan ortiq notekis bo‘lganda;
batareya toki nominal qiymatning 30 foizidan ortganda;
shimdiruvchi suyuqlik tomchilab oqqanda;
chinni izolyator shikastlanganda.
26. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarining joriy ta’miri yilda kamida 1-marta, albatta, qurilmani o‘chirib o‘tkaziladi.
27. Kondensator qurilmalarini joriy ta’mirlashda quyidagilar bajariladi:
kontaktli ulashlarda gaykalarning tortilish darajasini tekshirish;
megoommetr (ommetr) bilan eruvchan birikmalarning butunligini va kondensatorlarning zaryadsizlanish zanjirini tekshirish;
yerga ulash konturiga tarmoqlanishning ulanishi sifatini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish bilan tekshirish;
izolyatorlar yuzasini, kondensatorlar, apparaturalar va karkas korpuslarini changdan va boshqa ifloslanishlardan tozalash;
har bir kondensatorning sig‘imini tekshirish va qiyoslash (1000 V dan yuqori kuchlanishli kondensatorlar uchun) mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
izolyatsiyalangan chiqarmalar va korpus orasida tegib qolgan joylar yo‘qligi holatini tekshirib, kondensatorlar sig‘imini o‘lchash;
shimdiruvchi suyuqlik sizib chiqqan joylarni, shu jumladan kondensatorlar qopqoqlaridagi o‘tish izolyatorlari o‘rnatilgan joylarni yumshoq kavshar bilan kavsharlash;
kondensator batareyalarining nosoz seksiyalarini yoki alohida kondensatorlarini almashtirish;
avtomatik boshqarish va rostlash qurilmalarini, releli himoyani va o‘chirgichlar yuritmalari harakatlarini sinab ko‘rish.
28. Kondensator qurilmalarini kapital va joriy ta’mirlash davriyligi Elektr uskunalarini SQ va M talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
29. Asinxron elektr dvigatelni, kuch transformatorini va shunga o‘xshash elektr qabul qilgichning asosiy uskunasini ko‘rikdan o‘tkazganda yoki ta’mirlaganda (kapital yoki joriy), agar ushbu uskunalar qisqichlariga kondensator yoki kondensatorlar guruhi bevosita ulangan va mazkur uskunalar bilan bir xonada o‘rnatilgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ushbu kondensatorlarni ham ko‘rikdan o‘tkazish yoki ta’mirlash (mos ravishda kapital yoki joriy) kerak.
30. Kondensator qurilmasi alohida elementlarining sig‘imi Elektr uskunalarini SQ va Mda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi shart.
Kondensatorlar sig‘imini o‘lchash natijalari bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Sig‘im quyidagi qiymatlargacha yoki undan ko‘pga ortganda, kondensatorni o‘chirish va almashtirish zarur:
Kondensator
Kondensator sig‘imini ortishi, %, uning nominal kuchlanishida, V
6300
10500
Sintetik suyuqliklar bilan shimdirilganda:
0 gabaritli
25
14
I gabaritli
20
20
II gabaritli
10
10
Mineral moy bilan shimdirilganda:
I gabaritli
20
20
II gabaritli
10
10
Quvvati saqlagichlarni kuyishi natijasida kamaygan, kuchlanishi 1050 V va undan past bo‘lgan kondensatorni qo‘llash texnik maqsadga muvofiqlikni hisobga olib, mahalliy yo‘riqnomalar bilan aniqlanadi.
31. Sanoat chastotali yuqori kuchlanish bilan profilaktik sinovlar kapital ta’mirlash vaqtida o‘tkaziladi.
Sinov kuchlanishi Elektr uskunalarni SQ va Mda keltirilgan qiymatlardan ortmasligi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 8-ILOVA
Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Ushbu Qoidalar sanoat korxonalari va boshqa korxonalarning podstansiyalarida, ishlab chiqarish sexlarida o‘rnatilgan kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarining statsionar qurilmalariga taalluqlidir.
2. Statsionar akkumulyator batareyalari EQTQ talablariga muvofiq o‘rnatilishi shart.
3. Kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarini bir xonada o‘rnatish man etiladi.
4. Akkumulyator xonalarining devorlari, shipi, eshiklari, deraza panjaralari, metall konstruksiyalari, stellajlari va boshqa qismlari kislotaga (ishqorga) chidamli hamda tarkibida spirt bo‘lmagan bo‘yoq bilan bo‘yalishi shart. Ventilyatsiya qutilari va tortuvchi shkaflar tashqaridan va ichki tarafidan bo‘yalishi shart.
5. Akkumulyator batareyali xonalarni yoritish uchun portlashdan himoyalangan g‘ilofda o‘rnatilgan cho‘g‘lanma lampalar qo‘llanishi shart.
Uzgichlar, shtepselli rozetkalar, saqlagichlar va avtomatlar akkumulyator xonasidan tashqarida joylashtirilishi shart. Yoritish tarmog‘ining elektr simlari kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) qobiqli simdan bajarilishi shart.
6. Akkumulyator xonalarida elektr pechlarni o‘rnatish man etiladi.
7. Tezkor tok tarmog‘ida yerga tutashish paydo bo‘lsa (yoki izolyatsiya qarshiligi nazorat qurilmasi ishlab ketishigacha kamaysa), zudlik bilan uni bartaraf qilish choralarini ko‘rish kerak.
8. Tezkor tok tarmog‘ida kuchlanish ostida ishlash, agar ushbu tarmoqda yerga tutashish mavjud bo‘lsa, man etiladi. Tutashish joyini qidirish bo‘yicha ishlar bundan mustasno.
9. Ta’minotida uzilishga yo‘l qo‘yilmaydigan elektr qabul qilgichlar bir shinalar tizimidan yoki seksiyasidan boshqasiga almashlab ulashda, uzluksiz ta’minot bilan ta’minlanishi kerak.
10. O‘zgarmas tokning barcha yig‘malari va halqali magistrallari ikkita ta’minot bilan ta’minlanishi kerak.
11. Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda, ularning uzoq vaqt ishonchli ishlashi hamda normal va avariya rejimlarida o‘zgarmas tok shinalarida kuchlanishning zarur darajasi ta’minlanishi shart.
12. Normal ekspluatatsiya sharoitlarida tezkor o‘zgarmas tok shinalaridagi kuchlanishni tok qabul qilgichlarning nominal kuchlanishidan 5 foiz yuqori ushlab turishga ruxsat beriladi.
13. Akkumulyator batareyasi raqamlangan bo‘lishi shart. Yirik sonlar idishning vertikal devor yuziga kislotaga (ishqorga) chidamli bo‘yoq bilan yoziladi. Batareyadagi birinchi raqam bilan musbat shinaga ulangan element belgilanadi.
14. Akkumulyator qurilmasi quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi shart:
ulanishlarning prinsipial va montaj elektr sxemalari bilan;
elektrolit zichligi va haroratini o‘lchash uchun belgilangan tartibda tekshirilgan densimetrlar (areometrlar) va termometrlar bilan;
belgilangan tartibda tekshirilgan, 0 — 3 V o‘lchash chegarali, o‘zgarmas tok ko‘chma voltmetrlari bilan;
to‘r bilan himoyalangan ko‘chma germetik lampa yoki akkumulyatorli fonar bilan;
elektrolit tayyorlash va uni idishlarga quyish uchun sig‘imi 1,5 — 2 litr bo‘lgan kimyoviy chidamli materialdan yasalgan tumshuqli krujka (yoki ko‘za) bilan;
elementlarni qoplash uchun saqlash oynalari bilan;
kislotali batareyalar uchun sodali eritma va ishqorli batareyalar uchun borli kislota yoki sirka essensiyasi aralashmasi bilan;
batareya elementlarini shuntlash uchun ko‘chma tutashtirgich bilan.
Doimiy tezkor xodimi bo‘lmagan qurilmalar uchun yuqorida aytilganlar olib keltiriladigan to‘plamda bo‘lishiga ruxsat beriladi.
15. Yangi montaj qilingan yoki kapital ta’mirdan chiqqan batareyalarni qabul qilishda quyidagilar tekshirilishi shart:
akkumuluyator batareyasini montaj qilish va kapital ta’mirlash hujjatlarining (texnik hisobotning) mavjudligi;
batareyalar sig‘imi, 3 — 5 A tok yoki 10 soatli zaryadsizlantirish rejimi bilan;
elektrolit sifati;
elektrolit zichligi va batareya zaryadlanishi va zaryadsizlantirishi oxirida elementlardagi kuchlanish;
batareya izolyatsiyasini yerga nisbatan qarshiligi;
alohida elementlarning ishga yaroqligi;
haydovchi-tortuvchi ventilyatsiyaning ishga yaroqligi;
akkumulyator xonalarining qurilish qismi EQTQ talablariga mosligi.
Batareyalar ekspluatatsiya qilishga, ularning nominal sig‘imi 100 foizga yetgandan keyin tushirilishi shart.
16. Akkumulyator qurilmalariga xizmat ko‘rsatish akkumulyator batareyalarini ekspluatatsiya qilish qoidalariga o‘qitilgan mutaxassisga yuklanadi.
Har bir akkumulyator qurilmasida ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini va bajarilgan ishlar hajmini yozish uchun akkumulyator batareyaning jurnali bo‘lishi shart.
17. Ishlayotgan kislotali akkumulyator batareyasidan elektrolit tahlili 3 yilda kamida 1-marta (har yili 1/3 elementdan) tekshirilayotgan elementlardan sinash uchun olingan namunalar bo‘yicha o‘tkaziladi. Tekshiriladigan elementlarning soni akkumulyator batareyasining holatiga qarab, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan belgilanadi.
Nazorat uchun razryadlashda, elektrolitdan namuna olish razryadlash oxirida amalga oshiriladi.
Akkumulyatorlarga quyish uchun tarkibida xlor va temir yo‘qligi tekshirilgan distillangan suv qo‘llanilishi shart.
18. Doimiy zaryadlash yoki zaryadlash — zaryadsizlantirish usuli bilan ishlaydigan kislotali batareyalarda 3 oyda 1-marta, elementiga 2,3 — 2,35 V kuchlanish bilan, barcha elementlarda elektrolitning zichligi belgilangan 1,2 — 1,21 g/sm3 qiymatga yetgunga qadar tenglashtiruvchi zaryadlash (qayta zaryadlash) o‘tkaziladi. Qo‘shimcha zaryadlash davomiyligi batareyaning holatidan kelib chiqib, kamida 6 soat bo‘ladi.
Batareyani, ushbu batareya uchun kafolatlangan, maksimaldan ortiq bo‘lmagan tok bilan zaryadlashga yoki zaryadsizlantirishga ruxsat beriladi.
Elektrolitning harorati zaryadlash oxirida 40 oS dan oshmasligi shart.
Batareyani tenglashtiruvchi zaryadlash vaqtida unga nominalidan uch karradan kam bo‘lmagan sig‘im berish kerak.
Bundan tashqari, podstansiyalarda 3 oyda 1-marta qisqa vaqtda tok ulanganda kuchlanishning pasayishi bo‘yicha batareyalarning ishga yaroqliligi tekshiriladi.
19. Kislotali akkumulyator batareyalarida elektrolit sathi quyidagicha bo‘lishi shart:
yuza-quti plastinali qo‘rg‘oshin-kislota (keyingi o‘rinlarda ― QK) turdagi statsionar akkumulyatorlar uchun elektrodlarning yuqori chekkasidan 10 ― 15 mm ga yuqori;
surkalgan plastinali qo‘rg‘oshin-nikel (keyingi o‘rinlarda ― QN) turdagi statsionar akkumulyatorlar uchun saqlovchi panel ustidan 20 ― 40 mm chegarasida.
Kislotali elektrolitning zichligi 20 oS da quyidagicha bo‘lishi shart:
QK turdagi akkumulyatorlar uchun
―
1,205 ± 0,05 g/sm3
QN turdagi akkumulyatorlar uchun
―
1,24 ± 0,05 g/sm3
20. Doimiy zaryadlash rejimida ishlayotgan kislotali batareyalar zaryadsizlantirish mashqlarisiz va davriy tenglashtiruvchi zaryadlashsiz ekspluatatsiya qilinishi kerak. Batareyalarning holatiga qarab, lekin 1 yilda kamida 1-marta barcha elementlarda elektrolit zichligi ushbu Qoidalarga 8-ilovaning 19-bandida ko‘rsatilgan qiymatga yetguncha batareyalarni tenglashtiruvchi zaryadlash (qo‘shimcha zaryadlash) o‘tkazish kerak.
Tenglashtiruvchi zaryadlash davomiyligi batareyaning texnik holatiga bog‘liq bo‘lib, 6 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Podstansiyalarda batareyaning ishga yaroqliligi turtkili toklarda kuchlanish pasayishi bo‘yicha tekshirilishi shart.
Butun batareyani yoki uning alohida elementlarini tenglashtiruvchi qayta zaryadlash faqat zarurat bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
Batareyani zaryadlash va zaryadsizlantirish, ushbu batareya uchun maksimaldan yuqori bo‘lmagan tok bilan ruxsat etiladi. Zaryadlash oxirida elektrolitning harorati QK turdagi akkumulyatorlar uchun 40oS dan, va QN turdagi akkumulyatorlar uchun 35oS dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
21. Akkumulyator batareyalari xonalaridagi haydovchi-tortuvchi ventilyatsiya batareyalarni zaryadlashdan oldin ulanishi va gazlar to‘liq chiqarib yuborilgandan, lekin zaryadlash tugaganidan kamida 1,5 soat keyin o‘chirilishi shart. Doimiy qayta zaryadlash joylarida esa mahalliy yo‘riqnomalarga ko‘ra, zarurat bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
Doimiy qayta zaryadlash usulida ishlaydigan kislotali batareyalarni ekspluatatsiya qilish zaryadsizlantirish mashqlarisiz va tenglashtiruvchi qayta zaryadlashsiz amalga oshiriladi.
22. Statsionar akkumulyator batareyalarining har bir elementi kuchlanishi, zichligi va elektrolit harorati Elektr uskunalarni SQvaM talablariga muvofiq o‘lchanadi.
23. Batareyadagi har bir elementning kuchlanishi, zichligi va harorati oyda kamida 1-marta o‘lchanishi shart.
Batareyada orqada qoluvchi elementlar 5 foizdan oshmasligi shart. Zaryadsizlantirish oxirida orqada qolgan elementlar kuchlanishi qolgan elementlarning o‘rtacha kuchlanishidan 1,5 foizdan ortiqcha farq qilmasligi kerak.
24. O‘zgarmas tok qurilmalariga kiruvchi akkumulyator batareyali to‘g‘rilovchi qurilmalarga va motor-generatorlarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ushbu qurilmalar turi uchun belgilangan tartibda amalga oshirilishi shart.
25. Akkumulyator batareyalarini joriy ta’mirlashda quyidagilar amalga oshiriladi:
plastinalar holatini tekshirish va zarur bo‘lsa ularning alohida elementlarini almashtirish;
seperatorlarning bir qismini almashtirish;
elementlardagi quyqumni olib tashlash;
elektrolitning sifatini tekshirish;
stellajlar holatini va ularning yerga nisbatan izolyatsiyasini tekshirish;
akkumulyator batareyalarining boshqa nosozliklarini bartaraf qilish;
xonaning qurilish qismini tekshirish va ta’mirlash.
26. Zarurat bo‘lgan hollarda, akkumulyator qurilmasini ta’mirlashni tashkil etish kerak.
Batareyani kapital ta’mirlash (akkumulyatorlarning, plastinalarning, sepatorlarning katta qismini almashtirish, butun batareyani yoki ba’zi qismlarini qismlarga ajratish) uning holatiga qarab, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilib amalga oshirilishi kerak.
Batareyani kapital ta’mirlash zarurligini kapital ta’mir olib boruvchi tashkilot yoki korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilaydi.
27. Akkumulyator uskunalarini kapital va joriy ta’mirlash davriyligi texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash tizimiga mos kelishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 9-ILOVA
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. TTning kabel kanallari yonmaydigan plitalar bilan yopilishi va tozalikda saqlanishi kerak.
2. Navbatchi xodimda kalibrlangan eruvchan kirgizmalar zaxirasi bo‘lishi shart. Kalibrlanmagan eruvchan kirgizmalarni qo‘llash man qilinadi. Eruvchan kirgizmalar saqlagichlar turiga mos kelishi shart.
3. TQning tashqi eshiklarida ularning nomlari ko‘rsatiladi. Barcha simlar, shinalar, kabellar, kontakt qisqichlari va saqlagichlar yagona tizim bo‘yicha markirovka qilinadi (izolyatsiyalangan yorliqlar, qisqich va saqlagichlar ustidagi yoki ostidagi panelda yoki korpusda yozish yoki o‘yib yozish bilan).
Saqlagichlar va saqlagichlar panellarida bundan tashqari, eruvchan kirgizmaning nominal toki ko‘rsatiladi.
TQ panellari ochiq rangga bo‘yaladi, ularda alohida zanjirlar va uzatmalarning vazifalarini ko‘rsatuvchi aniq yozuvlarda bajariladi. Bunday yozuvlar panellarning old va orqa taraflarida bo‘lishi shart.
TQ eshiklarida xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga mos ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi.
4. Barcha kalitlarda, tugmachalarda va boshqaruv dastaklarida ular mo‘ljallangan operatsiyalarni ko‘rsatuvchi yozuvlar bo‘lishi shart (“Ulansin”, “O‘chirilsin”, “Kamaytirilsin”, “Ko‘paytirilsin” va boshqalar).
5. Signal lampalarida va boshqa signal apparatlarida signal xususiyatini ko‘rsatuvchi yozuvlar bo‘lishi shart (“Ulangan”, “O‘chirilgan”, “O‘ta qizish” va boshqalar).
6. TQlarni, panellarni, yig‘malarni, shchitchalarni ko‘rikdan o‘tkazish, chang va ifloslanishdan tozalash 3 oyda kamida 1-marta o‘tkaziladi.
7. TQ uskunalarining profilaktik tekshiruvlari, o‘lchovlari va sinovlari Elektr uskunalarni SQ va Mda ko‘zda tutilgan hajmlarda va muddatlarda o‘tkaziladi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 10-ILOVA
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan podstansiyalar va taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Ushbu Qoidalar kuchlanishi 1000 V dan yuqori, 220 kV gacha bo‘lgan podstansiyalar va TQlarga taalluqlidir.
2. Podstansiyalar va TQlar, ularda o‘rnatilgan asboblar va apparatlar bilan birga amaldagi EQTQ talablariga mos kelishi shart.
3. Barcha turdagi va kuchlanishli podstansiya va TQlarning elektr uskunalari nominal rejimda ishlash bilan bir qatorda, qisqa tutashuv, o‘ta kuchlanish va o‘ta yuklanish rejimlari sharoitlarini ham qanoatlantirishi shart.
Podstansiya va TQga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar normal va avariya sharoitlarida ruxsat etilgan ishlash rejimlari bo‘yicha hujjatlarga ega bo‘lishi kerak.
4. Ishonchli va tejamli elektr ta’minoti uchun podstansiya va TQni ekspluatatsiya qilishda shinalarning barcha seksiyalari va tizimlari (aylanmadan tashqari), shuningdek, zaxiradagidan tashqari barcha elektr uskunalari doimo ishlab turishi shart.
5. Elektr uskunaning izolyatsiya sinfi tarmoqning nominal kuchlanishiga, o‘ta kuchlanishdan himoya qurilmasi esa elektr uskunaning izolyatsiya darajasiga mos kelishi shart.
Elektr uskunalari ifloslangan atmosferada joylashganda izolyatsiyaning ishonchliligini ta’minlovchi ushbu choralar amalga oshirilishi shart:
OTQda izolyatsiyani kuchaytirish, yuvish, tozalash, gidrofob pastalar bilan qoplash;
YOTQda izolyatsiyani chang va zararli gazlar kirishidan himoya qilish;
tashqarida o‘rnatiladigan komplekt taqsimlash qurilmalarida shkaflarni germetizatsiyalash va izolyatsiyaga gidrofob pastalar bilan ishlov berish.
6. 1000 A dan ortiq tok oqib o‘tadigan tok o‘tkazuvchi qismlar yaqinida joylashgan va xodimlarning tegib ketishi mumkin bo‘lgan konstruksiyalar qizishi 50 oS dan yuqori bo‘lmasligi shart. Bunday konstruksiyalar qizishi tekshirilishini davriyligi elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan, lekin kamida 3 oyda 1-marta belgilanadi.
7. YOTQ xonalari ichidagi harorat yoz vaqtlarida 40 oS dan oshmasligi shart. Harorat oshgan hollarda, uskunalar haroratini pasaytirish yoki havoni sovutish choralari ko‘rilishi shart.
8. TQda o‘rnatilgan elektr isitgichlarni ekspluatatsiya qilishda va TQdagi havo harorati ruxsat etilgan qiymatdan pasayishi mumkin bo‘lganda, ular elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlagan ish jadvali bo‘yicha davriy ravishda tekshiruvdan o‘tkaziladi.
9. Elektr isitgichlarni ulash va o‘chirish, odatda avtomatik tarzda amalga oshirilishi kerak.
Elektr isitgichlar ulanishi va o‘chirilishi lozim bo‘lgan harorat qiymatlari mahalliy yo‘riqnomalarga ko‘ra, elektr uskunalarini ishlab chiqaruvchi zavod ko‘rsatmalarini hisobga olib belgilanadi.
Agar moyli o‘chirgichlarni ekspluatatsiya qilish joylarida atrof-havo harorati 1 sutka va undan ortiq vaqt davomida minus 25oS dan past bo‘lsa, ularning baklarining va korpuslarining tubi elektr isitish qurilmalari bilan jihozlanishi shart.
10. O‘chirgichlar, ajratgichlar, bo‘lgichlar, qisqa tutashtirgichlar va ularning uzatmalari mexanizmlarining sharnirli birikmalari, podshipniklari va ishqalanuvchi yuzalariga past haroratda muzlaydigan surtish moylari bilan surtilishi, o‘chirgichlarning hamda boshqa apparatlarning moyli dempferlari esa moy bilan to‘ldirilishi shart. Ushbu moyning muzlash harorati atrof-havoning qishki minimal haroratidan kamida 20 oS past bo‘lishi shart.
11. TQ xonalarida deraza doimo yopiq bo‘lishi, moyi bor apparatlar o‘rtasidagi ochiq joylar o‘rni esa berkitib tashlangan bo‘lishi kerak. Kabellar o‘tish joylaridagi barcha teshiklar zichlanadi. Xonalarning tashqi devorlaridagi barcha teshiklar va darchalar, hayvonlar va qushlar tushishining oldini olish uchun to‘rlar bilan to‘siladi yoki berkitiladi.
12. Havo tayyorlovchi qurilmalarning avtomatik boshqarish, himoya va signalizatsiya qurilmalari, shuningdek, saqlovchi klapanlari davriy ravishda tekshiriladi va rostlab turiladi.
13. Ishchi bosimda siqilgan havoning nominal nisbiy namligi quyidagicha bo‘lishi shart:
nominal bosimi 2 MPa (20 kgs/sm2) bo‘lgan havoli o‘chirgichlar uchun va moyli o‘chirgichlarning hamda boshqa kommutatsiya apparatlarining pnevmatik uzatmalari uchun 50 foizdan ortiq emas;
nominal bosimi 2,6 MPa (26 kgs/sm2) va undan yuqori bo‘lgan havoli o‘chirgichlar uchun 25 foizdan ortiq emas .
Moyli o‘chirgichlar va boshqa kommutatsiya apparatlarining pnevmatik uzatmalari uchun agar quvurlarda va uzatmalarda namlik muzlab qolishi xavfining oldi olingan bo‘lsa, nisbiy namligi 50 foizdan ortiq bo‘lgan siqilgan havodan foydalanishga ruxsat beriladi.
14. Kommunikatsiya apparatlari uchun siqilgan havoni quritish¸ odatda termodinamik usul bilan amalga oshirilishi kerak.
Siqilgan havoni talab etilgan quritish darajasi nominal ishchi bosimi 2 MPa (20 kgs/sm2) bo‘lgan apparatlar uchun kommutatsiya apparatlarining nominal kompressor va nominal ishchi bosimi orasidagi farqning karrali nisbati ikkidan kam bo‘lmaganda va nominal ishchi bosimi 2,6 — 4,0 MPa (26 — 40 kgs/sm2) bo‘lgan apparatlar uchun to‘rtdan kam bo‘lmaganda ta’minlanadi.
Shuningdek, siqilgan havoni quritishning boshqa usullarini, masalan, adsorbsion usulni qo‘llashga ruxsat etiladi.
15. Kompressor bosimi 4,0 — 4,5 MPa da (40 — 45 kgs/sm2) bo‘lgan havo yig‘gichlaridagi namlikni 3 sutkada kamida 1-marta, doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan obyektlarda esa ekspluatatsiya tajribasi asosida tuzilib, tasdiqlangan ish jadvali asosida chiqarib tashlash zarur.
Havo yig‘gichlar tubi va chiqaruvchi jo‘mrak isitilgan bo‘lishi va atrof-havo harorati manfiy bo‘lib namlik chiqarib tashlanayotganda, muzni eritish uchun zarur vaqtga ulanadigan elektr isitish qurilmalari bilan jihozlanishi shart.
Bosimi 23 MPa (230 kgs/sm2) bo‘lgan ballonlar guruhi kondensat yig‘gichlardan namlikni chiqarish kompressorning har bir ishga tushirilishida avtomatik tarzda amalga oshirilishi shart. Namlik muzlab qolishining oldini olish uchun ballonlarning pastki qismlari va kondensat yig‘gichlar elektr isitkichi bo‘lgan issiqlik izolyatsiyalangan kamerada joylashtirilishi shart. Siqilgan havoni tozalovchi bloklardan (keyingi o‘rinlarda — HTB) keyin o‘rnatilgan ballonlar bundan mustasno. HTBning nam ajratkichini puflanishi sutkada kamida 3-marta amalga oshirilishi kerak.
HTBdan chiqishda havoning quritish darajasini — shudring nuqtasini tekshirish sutkada 1-marta o‘tkazilishi shart. Shudring nuqtasi ― atrof-havoning musbat haroratida, minus 50 °C dan va manfiy haroratida, minus 40 oC dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
16. Havoli o‘chirgichlarda va boshqa kommutatsiya apparatlarining uzatmalarida ishlatilayotgan siqilgan havo mexanik aralashmalaridan har bir havoli o‘chirgichning taqsimlovchi shkaflarida yoki har bir apparat uzatmasini ta’minlovchi xavo o‘tkazgichlarda o‘rnatilgan filtrlar yordamida tozalanishi shart.
Havo tayyorlovchi tarmoqning montaji tugaganidan keyin havoli o‘chirgichlar rezervuarlarini va boshqa apparatlar uzatmalarini birinchi bor to‘ldirishdan oldin, barcha havo o‘tkazgichlar puflanishlari shart.
Ekspluatatsiya jarayonida siqilgan havo ifloslanishining oldini olish uchun quyidagi muddatlarda puflashlar o‘tkazilishi shart:
atrof-havo harorati musbat bo‘lganda, magistral havo o‘tkazgichlarda kamida 2 oyda 1-marta;
tarmoqdan taqsimlovchi shkafgacha bo‘lgan shoxobchalar havo o‘tkazgichlarida va shkafdan o‘chirgichning har bir qutbi rezervuarlarigacha va boshqa apparatlarning uzatmalarida ularni apparatdan ajratgan holda, apparatning har bir o‘rta ta’miridan keyin;
havoli o‘chirgichlar rezervuarlarida ularni siqilgan havo bilan har bir to‘ldirishdan oldin; atrof-havoning musbat haroratida kamida 1 oyda 1-marta, shuningdek, haroratning har bir keskin (15 — 20 oS va undan ortiq) pasayganida.
17. Havoli o‘chirgichlar va boshqa apparatlarning rezervuarlari, shuningdek, havo yig‘gichlar va ballonlar bosim ostida ishlayotgan idishlarni o‘rnatish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalarida belgilangan talablarini qanoatlantirishi shart.
Havoli o‘chirgichlar va boshqa yuqori kuchlanish apparatlarining rezervuarlari, O‘zenergoinspeksiya hududiy bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Kompressor bosimili havo yig‘gichlar va ballonlarni, shuningdek, havoli o‘chirgichlar va boshqa apparatlar rezervuarlarini ichki ko‘rikdan o‘tkazishda kamida 4 yilda 1-marta, ularning gidravlik sinovlari esa (havoli o‘chirgichlar va boshqa apparatlar rezervuarlaridan tashqari) kamida 8 yilda 1-marta o‘tkazilishi shart.
Havoli o‘chirgichlar rezervuarlarini gidravlik sinovlari ko‘rikdan o‘tkazishda aniqlangan nuqsonlar, rezervuarlarning mustahkamligiga shubha bo‘lgan hollarda o‘tkazilishi kerak.
Rezervuarlarning ichki yuzalari zanglashga qarshi qoplamaga ega bo‘lishi shart.
18. TQ magistral havo o‘tkazgichlarini puflash va filtrlar to‘ldiruvchisini almashtirish bir yilda kamida 1-marta, havo quritgich to‘ldiruvchisini almashtirish zarurat bo‘yicha amalga oshiriladi.
19. Yuklama o‘chirgichlarining so‘ndiruvchi kameralarini tekshirish, gazni generatsiyalovchi yoy o‘chiruvchi ichquymaning yemirilish va qo‘zg‘almas yoy so‘ndiruvchi kontaktlarning kuyish darajasini aniqlash, korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda, yuklama o‘chirgichlari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar sonidan kelib chiqib, davriy ravishda o‘tkaziladi.
20. Havoli o‘chirgichlarda izolyatorlar ichki bo‘shlig‘i ventilyatsiyasining ishlashi davriy tekshirilishi kerak (ko‘rsatkichi bor o‘chirgichlar uchun).
Tekshirish davriyligi ishlab chiqaruvchi zavod takliflari asosida belgilanishi shart.
21. Elektr uskunalarini sinash Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq o‘tkaziladi.
22. TQ uskunalarini kapital ta’mirlash quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi kerak:
moyli o‘chirgichlarni 6 — 8 yilda 1-marta, ta’mirlar orasidagi davrda uzatmali o‘chirgichning xususiyatlari nazorat qilib borilganda;
yuklama o‘chirgichlarini, ajratgichlar va yerga ulovchi pichoqlarni 4 — 8 yilda 1-marta (konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq holda);
havoli o‘chirgichlarni 4 — 6 yilda 1-marta;
alohidalagichlarni, ochiq pichoqli qisqa tutashtirgichlarni va ularning yuritmalarini 2-3 yilda 1-marta;
kompressorlarni 2-3 yilda 1-marta;
elegazli komplekt taqsimlovchi qurilmalarni 10 — 12 yilda 1-marta;
elegazli va vakuumli o‘chirgichlarni 10 yilda 1-marta;
tok o‘tkazgichlarni 8 yilda 1-marta;
barcha apparatlar va kompressorlarni ekspluatatsiya qilish muddatidan qat’i nazar, resursi tugagandan keyin.
O‘rnatilgan uskunani birinchi marta ta’mirlash ishlab chiqaruvchi zavodning texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkazilishi kerak.
Ichki o‘rnatilgan ajratgichlar zarurat bo‘yicha ta’mirlanishlari kerak.
TQning qolgan apparatlarini (tok va kuchlanish transformatorlarini, aloqa kondensatorlarini va shunga o‘xshash) kapital ta’mirlash ham zarurat bo‘yicha profilaktik sinovlar va ko‘rikdan o‘tkazishlar natijalarini hisobga olib, amalga oshiriladi.
TQ uskunalarini joriy ta’mirlash, shuningdek, ularning ishlashini tekshirish (ishlatib ko‘rish) zarur bo‘lganda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda o‘tkazilishi shart.
Navbatdan tashqari ta’mirlar uskunalar ishlamay qolganda, shuningdek, ularning kommutatsion yoki mexanik resursi tugagan hollarda amalga oshiriladi.
23. Ustunli, machtali transformator podstansiyalarining va almashlab ulash punktlarining ajratkichlari uzatmalari qulflangan bo‘lishi yoki boshqaruv dastagi olib qo‘yilgan va xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimda saqlanishi shart.
Xizmat ko‘rsatish maydonchasining statsionar zinapoyalari ajratgichlar bilan blokirovka qilingan bo‘lishi va qulflangan bo‘lishi shart.
24. TTda quyidagilar bo‘lishi shart:
yetarli miqdorda ko‘chma yerga ulagichlar;
himoya, yong‘inga qarshi va yordamchi vositalar (qum, o‘t o‘chirgichlar);
protivogazlar, respiratorlar va baxtsiz hodisalar tufayli jabrlanganlarga vrach kelguncha tibbiy yordam ko‘rsatish vositalari.
Tezkor-chiqish brigadalari xizmat ko‘rsatadigan TQlar uchun ko‘chma yerga ulagichlar va himoya vositalari tezkor-chiqish brigadalarida bo‘lishi mumkin.
25. Agar sxema bo‘yicha kuchlanish transformatorining ikkinchi tomonida kuchlanish paydo bo‘lish ehtimoli bo‘lsa, kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlari blok-kontaktlar yordamida avtomatik tarzda birlamchi zanjir bilan bir vaqtda o‘chiriladi.
26. TQdagi barcha yozuvlar ushbu Qoidalarga 9-ilova “Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlovchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar” ga muvofiq bajariladi.
27. TQni ko‘rikdan o‘tkazishda asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratish kerak:
xonalarning holatiga, eshik va derazalarning sozligiga, shipda va qavatlar orasidagi to‘siqlarda oqishning yo‘qligiga, qulflarni borligi va sozligiga;
isitish va ventilyatsiya, yoritish va yerga ulash tarmog‘ining sozligiga;
himoya vositalarining mavjudligiga;
apparatlardagi moy sathi, haroratiga va oqishining yo‘qligiga;
past kuchlanish panelidagi kontaktlar, rubilniklar holatiga;
hisoblagich va relelarda plombaning butunligiga hamda hisoblagichning ishlashiga;
izolyatsiyaning holatiga (changlanishi, yoriqlar, razryadlar borligi va shunga o‘xshash);
signalizatsiya tizimining ishlashiga;
havoli o‘chirgichlar baklarida havoning bosimiga;
havo sirqishi yo‘qligiga;
o‘chirgichlar holatlari ko‘rsatkichlarining ko‘rsatishi sozligi va to‘g‘riligiga;
yilning sovuq vaqtlarida elektr isitish qurilmasining ishlashiga;
boshqaruv shkaflari berkitilishining zichligiga;
kommutatsiya apparatlariga va boshqalarga yengil kirish mumkinligiga.
28. TQ uskunalari davriy ravishda chang va iflosdan tozalanishi shart.
Tozalash muddatlarini, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligiga javobgar belgilaydi.
TQ xonalarni yig‘ishtirish va elektr uskunalarini tozalashni o‘qitilgan xodimlar xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, bajarishlari shart.
29. TQdagi zaxira elementlarning (transformatorlar, o‘chirgichlar, shinalar va boshqalar) sozligi mahalliy yo‘qriqnomalarda belgilangan muddatlarda kuchlanish ostiga ulash bilan surunkali tekshirib turilishi shart.
30. Daraxtlar, shuningdek, balandligi 4 metrdan ortiq o‘simliklar bilan taqsimlovchi qurilmalar orasidagi masofa shunday bo‘lishi kerakki, bunda daraxt ag‘anaganda uskunalar shikastlanmasligi lozim.
31. TQga va podstansiyalarga avtomashinalar kirish yo‘llari soz holatda bo‘lishi shart.
32. OTQ va YOTQning kabel kanallari va yer usti kabel lotoklari yonmaydigan plitkalar bilan yopilgan bo‘lishi shart.
Avtotransportning kabel kanallari ustidan o‘tishga ruxsat etilgan joylari belgi bilan ko‘rsatilishi shart.
Tunnellar, kanallar, yerto‘lalar toza saqlanishi, drenaj qurilmalar esa suvni to‘siqlarsiz chiqib ketishini ta’minlanishi kerak.
33. Asosiy izolyatsiya sifatida yoki kirishlar va apparatlarni to‘ldirish uchun ishlatiladigan mastika sovuqqa chidamli bo‘lishi kerak. Moy bilan to‘ldirilgan kirishlardagi moy oksidlanishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
34. Moyli o‘chirgichlardagi, o‘lchov transformatorlari va kirish joylaridagi moy sathi atrof-havoning maksimal va minimal haroratlarida moy ko‘rsatkich shkalasi chegarasida qolishi shart.
Germetik bo‘lmagan kirish joylaridagi moy namlikdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
35. YOTQdagi shinalarning ajraladigan ulashlaridagi qizishlarga doir tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha statsionar va ko‘chma indikatorlar yordamida nazorat amalga oshirilishi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 11-ILOVA
Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Barcha releli himoya, ikkilamchi zanjir, elektr avtomatika, elektr o‘lchash va telemexanika qurilmalari EQTQga muvofiq bo‘lishi shart.
2. Podstansiyalar yoki taqsimlovchi qurilmalarda o‘rnatilgan RHAvaT qurilmalarining ishlashini tahlil qilish va elektr uzatish havo tarmoqlarida shikastlangan joylarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan avariya rejimlarida avtomatik tezlanib yozadigan o‘ziyozar asboblar, avariyaviy yozuvlarning avtomatik ossillograflari, shu jumladan ularni ishga tushuruvchi qurilmalar, qayd qiluvchi asboblar (indikatorlar) va boshqa qurilmalar EQTQ talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
3. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan iste’molchining aloqa tarmoqlaridagi, shuningdek, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot dispetcherining tezkor boshqaruvidagi yoki tezkor nazorati ostidagi iste’molchilar podstansiyalari transformatorlarining (avtotransformatorlarining) o‘rnatmalari qiymati energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning tegishli RHA xizmati bilan kelishilgan bo‘lishi shart.
O‘rnatma qiymatini tanlashda, zaxirani avtomatik ulash va avtomatik qayta ulash qurilmalarining borligi hisobga olinib, harakatning selektivligi ta’minlanishi shart.
Bundan tashqari, selektivlik bo‘yicha o‘rnatma qiymatini aniqlashda sexlardagi agregatlar va mexanizmlarning texnologik avtomatikasi hamda blokirovkasi qurilmalarining ishlashi hisobga olinishi shart.
4. Releli himoya qurilmalarining barcha o‘rnatma qiymatlari korxona va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning minimal elektr yuklamasi sharoitlarida elektr ta’minotining amaldagi sxemasi uchun tekshirilishi shart.
5. Tezkor tok zanjirlarida himoya apparatlari (saqlagichlar va avtomatik o‘chirgichlar) harakatining selektivligi ta’minlanishi shart.
6. Ekspluatatsiya qilishda releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlarning normal ishlashi uchun sharoitlar (ruxsat etilgan harorat, namlik, titrash, ishchi parametrlarning nominaldan chetga chiqishi va boshqalar) ta’minlanishi shart.
7. Elektr tarmog‘ining ish rejimiga va selektivlik shartlariga, vazifalariga va ishlash prinsiplariga ko‘ra ishdan chiqarilgan bo‘lishi lozim bo‘lgan qurilmalardan tashqari ekspluatatsiya qilinayotgan RHAvaT qurilmalari doimo ulangan ishchi holatida bo‘lishi shart.
RHAvaT qurilmalarini rejali ishlashdan chiqarish tegishli buyurtma bilan rasmiylashtirilishi va yuqori turuvchi navbatchi xodimning (mansubligi bo‘yicha) ruxsati bilan amalga oshirilishi shart.
Noto‘g‘ri ishlash xavfi tug‘ilgan holda, RHAvaT qurilmalari yuqori turuvchi navbatchi xodimning ruxsatisiz, lekin keyinchalik unga xabar berib, mahalliy yo‘riqnomaga muvofiq va buyurtma rasmiylashtirilib, ishlashdan chiqarilishi kerak. Bunda ishda qolgan releli himoya qurilmalari elektr uskunalarni va elektr uzatish tarmoqlarini barcha turdagi shikastlanishlardan to‘liq himoyalashni ta’minlashi shart. Agar bunday shartga rioya qilinmasa, vaqtincha himoya qilinishi yoki ulanma o‘chirilishi shart.
8. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan sozlash ishlari bajarilganda, ularni qabul qilishni RHAvaT qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar amalga oshiradilar.
Yangi montaj qilingan qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat releli himoya, avtomatika va telemexanika jurnaliga yozilib, ushbu korxona (yuqori turuvchi tashkilotlar) vakili va sozlash tashkilotining javobgar ijrochisi imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonada RHAvaT qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lmasa, unda ularni yuqori turgan tashkilot xodimlari qabul qiladilar.
9. RHAvaT va signalizatsiya qurilmalari panellari va shkaflarining old va orqa tomonlarida, shuningdek, boshqaruv panellari va pultlarida dispetcherlik nomlariga mos ravishda ularning vazifalarini ko‘rsatuvchi yozuvlar, ularda o‘rnatilgan apparatlarda esa sxemalarga muvofiq yozuvlar yoki markirovka bo‘lishi shart.
10. Qisqich yig‘malariga (qatorlariga) ulangan simlar sxemalarga mos keluvchi markirovkaga ega bo‘lishi shart.
Nazorat kabellarida markirovka ularning oxirlarida, tarmoqlanishida va kabel oqimlarini kesishish joylarida, devor, ship va shunga o‘xshashlar orqali o‘tish joylarida ikki tomonda bo‘lishi shart.
Bo‘sh kabel tolalarining uchlari izolyatsiyalangan bo‘lishi shart.
11. Yerga nisbatan RHAvaT qurilmalarining elektr bog‘langan ikkilamchi zanjirlarining izolyatsiya qarshiligi, shuningdek, elektr bog‘lanmagan turli mo‘ljaldagi zanjirlar o‘rtasidagi (o‘lchash zanjirlari, tezkor tok, signalizatsiya zanjirlari) izolyatsiya qarshiligi har bir birikma uchun 1 MOm dan kam bo‘lmasligi, teleboshqaruvning tashqi zanjirlarida va telemexanika qurilmalarining 220 V kuchlanishli ta’minlash zanjirlarida esa 10 MOm dan kam bo‘lmasligi ta’minlanishi shart.
RHAvaT qurilmalari zanjirlari, teleboshqaruvning chiqish zanjirlari va 220 V ta’minlash zanjirining izolyatsiya qarshiligi 1000 — 2500 V ga mo‘jallangan megaommetr bilan ishchi kuchlanishi 60 V va undan kam bo‘lgan RHA qurilmalari zanjirlari va telemexanika zanjirlari 500 V ga mo‘ljallangan megaommetr bilan o‘lchanadi.
Tarkibida yarim o‘tkazgich va mikroelektronika elementlari bor bo‘lgan RHAvaT qurilmalarining ikkilamchi zanjirlari izolyatsiyasini tekshirishda, ushbu elementlarning shikastlanishining oldini olish choralari ko‘rilishi shart.
12. RHAvaT qurilmalarini montajdan keyin ulashda va birlamchi profilaktik sinovlarida RHAvaT elektr bog‘langan zanjirlarining va har bir ulanmani boshqa barcha ikkilamchi zanjirlarining yerga nisbatan izolyatsiyasi, shuningdek, bitta panel chegarasida joylashgan elektrli bog‘lanmagan zanjirlar orasidagi izolyatsiya, 60 V va undan past ishchi kuchlanishga hisoblangan elementlar zanjirlaridan tashqari, o‘zgaruvchan tokning 1000 V kuchlanishi bilan 1 minut davomida sinalishi shart.
13. RHAvaT qurilmalarining barcha to‘g‘ri va noto‘g‘ri ishlash holatlari, shuningdek, ularga tezkor va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida aniqlangan nuqsonlar (nosozliklar) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan sinchkovlik bilan tahlil qilinishi kerak. Xodimlar barcha nuqsonlarni bartaraf qilishlari shart.
14. RHAvaT qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tishlari shart. Ularning hajmi va davriyligi amaldagi qoidalar bilan belgilanadi.
Noto‘g‘ri ishlab ketishdan keyin qurilmalarning qo‘shimcha (avariyadan keyin) tekshiruvlari o‘tkazilishi shart.
15. Texnik xizmat ko‘rsatishda RHAvaT qurilmalarini tekshirish uchun sinash qurilmalari, ushbu maqsadlar uchun boshqarish panellari xonalariga, podstansiyaning taqsimlovchi qurilmalariga va boshqa joylarga o‘rnatilgan shtepsel rozetkalariga yoki panelchalarga ulanishi kerak.
16. Releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika boshqaruv panellarining (shkaflarining) va pultlarining old tomonini, ularga o‘rnatilgan apparatlarni davriy ravishda maxsus o‘qitilgan xodim changdan tozalashi shart.
Ochiq ishlangan apparatlarni, shuningdek, ushbu panellar (shkaflar) va pultlarning orqa tomonini RHAvaT qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim yoki yo‘riqdan o‘tgan tezkor xodim tozalashi shart.
17. Nazoratning va boshqa operatsiyalarning davriyligi, shuningdek, xodimlarning harakat tartibi mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq obyektlarga xizmat ko‘rsatish tartibi (korxona xodimlari tomonidan, markazlashgan va boshqa) hisobga olingan holda belgilanadi.
18. RHAvaT qurilmalarning bevosita boshqaruv pultlari va panellari (shkaflari) yig‘malarining (qatorlarining) yaqinida bexosdan ulanishi, ulanishni o‘chirilishi yoki ulanishini, tezkor tok zanjirlarida yoki sinxron generatorning (elektr dvigatelning, kompensatorning) qo‘zg‘atish zanjirlarida qisqa tutashuvni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan qisqichlar bo‘lmasligi shart.
19. Metall qobiqli nazorat kabellaridagi shikastlanishlarni bartaraf qilishda yoki ularni uzaytirishda, tolalarni birlashtirish germetik muftalar o‘rnatish bilan yoki bu maqsad uchun mo‘ljallangan qutilar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu muftalar va qutilarni maxsus jurnalda hisobga olinishi yuritilishi kerak.
O‘rta hisobda bitta kabelning har 50 metrga bittadan ko‘p bo‘lmagan yuqorida ko‘rsatilgan birikmalar to‘g‘ri kelishi kerak.
Polivinilxlorid va rezina qobiqli kabellar, odatda epoksidli ulash muftalari yordamida yoki qisqichlarning o‘tish qatorlarida ulanishlari kerak.
20. Agar izolyatsiyasi havo, yorug‘lik va moy ta’siridan yemiriladigan nazorat kabellari qo‘llanilgan bo‘lsa, qisqichlardan tugallash muftalarigacha bo‘lgan tola uchastkalarida bu yemirilishga to‘sqinlik qiluvchi qo‘shimcha qoplama qilinishi shart.
21. Avariyaviy va ogohlantiruvchi signalizatsiya qurilmalari doimo ishga tayyor holatda bo‘lishi va davriy ravishda sinovdan o‘tkazib turilishi shart.
Asosiy e’tiborni tezkor tokning mavjudligiga, ikkilamchi zanjirdagi avtomatik o‘chirgichlar va saqlagichlarning ishga yaroqliligiga, shuningdek, o‘chirgichlarning boshqaruv zanjirlariga qaratish kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 12-ILOVA
Elektr o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Ushbu Qoidalar uskunalarning texnologik parametrlarini tekshirish tizimlariga, ish rejimlarini o‘lchash vositalariga (statsionar va ko‘chma), shuningdek, elektr energiyasini hisobga olish vositalariga (aktiv va reaktiv energiya hisoblagichlariga) taalluqlidir.
2. Elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalarini o‘rnatish, montaj va ekspluatatsiya kilish EQTQ talablariga hamda ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Elektr kattaliklarni o‘lchash vositalari O‘zbekiston Respublikasi standartlariga mos kelishi va EQTQ talablarini qondirishi, shuningdek, o‘lchash vositalarining turini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi shart.
4. Elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalarini davlat va idoraviy qiyoslash muddatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat standartlari, “O‘zstandart” agentligi va idoraviy metrologiya xizmati organlarining NTH bilan belgilanadi.
5. Elektr energiyasini hisobga olishning hisob-kitob vositalarini va namunaviy o‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish davlat standartlarida belgilangan muddatlarda, shuningdek, ushbu vositalar ta’mirlangandan so‘ng o‘tkaziladi.
6. Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslashning tashkil etilishi, uni o‘tkazish usullari va hisobotlari O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlariga, “O‘zstandart” agentligi va idoraviy metrologiya xizmati organlarining NTH talablariga mos kelishi shart.
7. Barcha elektr o‘lchash vositalari ushbu o‘lchov vositalariga standartlar, texnik shartlar va zavod yo‘riqnomalarining talablariga javob beradigan sharoitlarda o‘rnatiladi va ekspluatatsiya qilinadi.
8. Elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalariga pasportlar (yoki jurnallar) tuziladi. Ularda barcha ta’mirlar va qiyoslashlar haqida belgilar qo‘yiladi.
9. Elektr uskunalari va elektr uzatish tarmoqlarining ish rejimlarini nazorat qiluvchi statsionar o‘lchov vositalariga o‘lchanayotgan kattalikning nominal qiymatiga mos belgi qo‘yilishi kerak. Belgilarning o‘lchamlari va qo‘yish usullari o‘lchov asboblarining shkalalariga qo‘yilgan davlat standartlari talablariga mos kelishi shart. Tashqi manbadan elektr ta’minotiga ega asboblar kuchlanish mavjudligini bildiruvchi signalizatsiya qurilmasi bilan jihozlanishi shart.
10. Har bir elektr energiyasini hisoblash vositasida (hisoblash asbobida) elektr energiyasining hisobi olib borilayotgan ulanmaning nomini ko‘rsatuvchi yozuv bo‘lishi shart.
11. Energetika uskunasiga biriktirib o‘rnatilgan elektr o‘lchash vositalarining (tok va kuchlanish tranformatorlarining, shuntlarning, elektr o‘zgartirgichlarning va boshqalar) qiyoslash muddatlari ular o‘rnatilgan uskunalar ishlarining ta’mirlararo davriga mos kelishi shart. Uskunalarni ta’mirlash hajmiga ushbu o‘lchov vositalarini demontaji, qiyoslash va o‘rnatish ham kiritilishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 13-ILOVA
Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Yerga ulanadigan va nol himoya simlarini yerga ulagichlarga, yerga ulovchi konturga va yerga ulovchi konstruksiyalarga ulash payvandlash orqali apparatlar, mashinalar va elektr uzatish havo tarmoqlari tayanchlari korpuslariga ulash esa payvandlash yoki mustahkam boltli birikmalar orqali bajarilishi shart va davlat standarti talablarini qoniqtirishi kerak.
Yerga yoki nol simiga ulanishi kerak bo‘lgan elektr qurilmani har bir qismi yerga ulash yoki nol simiga ulash tarmog‘iga alohida sim orqali ulanishi shart. Elektr qurilmalarining yerga yoki nol simiga ulanuvchi qismlarini yerga yoki nol himoya o‘tkazgichiga ketma-ket ulash man qilinadi.
2. Ochiq o‘tkazilgan, po‘latdan qilingan yerga ulash simlari ajralib turadigan rangga ega bo‘lishi shart.
3. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida yerdan faza yoki nol simi sifatida foydalanish man etiladi.
4. Yerga ulash qurilmasining texnik holatini aniqlash uchun davriy ravishda quyidagilar o‘tkazilishi shart:
yerga ulash qurilmalarning ko‘rinadigan qismlarini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish;
yerga ulagich va yerga ulanayotgan elementlar o‘rtasidagi zanjirni tekshirish bilan ko‘rikdan o‘tkazish (yerga ulovchi qurilma bilan apparatlarni birlashtiruvchi simlarda uzilgan va qoniqarsiz kontaktlar yo‘qligi), shuningdek, transformatorlarning saqlagichlarini tekshirish;
yerga ulash qurilmasining qarshiligini o‘lchash;
faza — nol zanjirini tekshirish;
tabiiy yerga ulash ulashlarining mustahkamligini tekshirish;
yerga ko‘milgan yerga ulash qurilmasining elementlarini ko‘rish uchun tuproqni ixtiyoriy tanlab ochib ko‘rish;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari tayanchlari uchun tuproqning solishtirma qarshiligini o‘lchash.
5. Yerga ulash qurilmasining tashqi ko‘rigi TQ, transformatorli podstansiyalar va taqsimlovchi punktlar, shuningdek, sex elektr uskunalari va boshqa elektr qurilmalarning ko‘rikdan o‘tkazish bilan birga o‘tkaziladi.
Ko‘rikdan o‘tkazishlar, aniqlangan nosozliklar, qabul qilinagan choralar haqidagi tegishli yozuvlar yerga ulash qurilmasining ko‘rikdan o‘tkazish jurnalida yoki tezkor jurnalda qayd etilishi kerak.
6. Yerga ulash qurilmalarining qarshiliklari qiymatini, tegish kuchlanishi amaldagi Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq bo‘lishini ta’minlash maksadida EQTQ talablari bilan aniqlangan darajada saqlab turish shart.
7. Ekspluatatsiyadagi har bir yerga ulash qurilmasi, qurilmaning sxemasi, asosiy texnik ma’lumotlari, uning holatini tekshirish ma’lumotlari, ushbu qurilma konstruksiyasiga kiritilgan ta’mirlar va o‘zgarishlar xarakteri haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan pasportga ega bo‘lishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qaroriga 2-ILOVA
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar elektr energiyasi iste’molchilari (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilar)elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida ishlayotgan xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqarishdagi xavfli omillar ta’sirining oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
elektr uzatish havo liniyasi (keyingi o‘rinlarda — HL) — simlari yer ustida izolyator va tayanchlar yordamida ko‘tarilib turadigan elektr uzatish liniyasi;
elektr xavfsizligi bo‘yicha guruh — xodimning elektr qurilmalarida ishlarni xavfsiz bajarish uchun tayyorgarlik saviyasini belgilovchi malaka darajasi. Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlari hajmi va ish tajribasiga qarab, elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlar I, II, III, IV va V guruhlarga bo‘linadi. Xodimlarga malaka guruhini berish uchun qo‘yiladigan talablar mazkur Qoidalarga 1-ilovada belgilab berilgan;
kommutatsiya apparati — elektr zanjirining kommutatsiyasi va tok o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektr apparat (o‘chirgich, yuklama o‘chirgichi, bo‘lgich, ajratkich, avtomat, rubilnik, paketli o‘chirgich va boshqalar);
mexanik qulf — kalit, olinadigan dastak va boshqalar bilan qulflanadigan qulf;
ish joyini tayyorlash — ish joyida ishning xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha texnik tadbirlarni bajarish;
ulanma — elektrostansiya, podstansiya va boshqalar chegarasida joylashgan, taqsimlovchi qurilma(keyingi o‘rinlarda — TQ), generator, shchitlar, yig‘malar shinalariga ulangan, kuchlanishi, nomi va maqsadi bir bo‘lgan elektr zanjir (uskuna va shinalar). Bitta kuch transformatorining (cho‘lg‘amlar sonidan qat’iy nazar), ikki tezlikli bitta elektrodvigatelning har xil kuchlanishli elektr zanjirlari bitta ulanma hisoblanadi. Ko‘p burchakli, bir yarim va boshqa burchakli sxemalarda liniyani, transformatorni TQga bevosita ulaydigan barcha kommutatsion apparatlar va shinalar ushbu liniya yoki transformator ulanmasiga tegishli;
ish joyi — xodimlar ishlarni bajarishi uchun ijozat beriladigan elektr qurilmasining qismi;
tok uzatuvchi qism — normal holatda kuchlanish ostida bo‘ladigan elektr qurilmasining qismi;
tok o‘tkazmaydigan qism — elektr qurilmasining ishniavariya rejimlarida kuchlanish ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan qismi, masalan, elektr mashina korpusi;
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki energiyani boshqa turga aylantirish, uzatish, taqsimlash yoki iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘langan uskunalar va inshootlar majmuasi;
ishlab turgan elektr qurilmasi — kuchlanish ostida bo‘lgan yoki kommutatsion apparatlarni ulash bilan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmasi yoki uning qismi.
3. Mazkur Qoidalarning talablari — mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, barcha elektr energiyasi iste’molchilari (axolidan tashqari), shuningdek, iste’molchilar elektr qurilmalarida ta’mirlash, qurilish-montaj, sozlash va sinash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Ulardan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir xodim, agar Qoidalarning talablari buzilishini o‘zi bartaraf qilish chorasini ko‘ra olmasa, darhol o‘zining bevosita rahbariga, agar u bo‘lmasa, yuqori turuvchi rahbarlarga aniqlangan, inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan barcha Qoidalar buzilishlari, shuningdek, uskunalarning va ish jarayonida ishlatilayotgan mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar hamda himoya vositalarining nosozligi haqida xabar berishi shart.
Ma’muriy-texnik xodimlar mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, ishlarning xavfsizligini oshiruvchi qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘zda tutishlari lozim. Ushbu chora-tadbirlar mazkur Qoidalarga zid bo‘lmasligi kerak.
4. Mazkur Qoidalar iste’molchilarning ishlab turgan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi, ularda tezkor almashlab ulash ishlarini amalga oshiruvchi, ta’mirlash, montaj, sozlash yoki sinash ishlarini bajaruvchi va tashkil etuvchi xodimlarga taalluqlidir.
5. Ishlab turgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, ularda tezkor almashlab-ulashni o‘tkazish, ta’mirlash, montaj qilish yoki sozlash ishlari va sinovlarni tashkil etish hamda bajarish mazkur Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga ega bo‘lgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan elektrotexnik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir korxonada mazkur Qoidalar elektrotexnik xodimlar tomonidan bajarilishi uchun javobgarlik o‘rnatilgan tartibda ushbu korxona rahbariyati yoki yuqori tashkiloti tomonidan tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalari va nizomlari bilan belgilab beriladi.
6. Har bir xodimning bilimlar sinovi Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlash to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi. Bilimlar sinovining natijalari mazkur Qoidalarga 3-ilovada o‘rnatilgan shakldagi jurnalga kiritiladi.
Bilimlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan har bir xodimga bilimlar sinovidan o‘tganligi, elektr xavfsizligi bo‘yicha (II — V) guruh berilganligi haqida mazkur Qoidalarga 4-ilovada o‘rnatilgan shakldagi guvohnoma beriladi.
Guvohnoma u yoki bu elektr qurilmalari tezkor, ta’mirlovchi, tezkor ta’mirlovchi huquqiga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodim sifatida; tezkor, ta’mirlovchi, tezkorta’mirlovchi, shuningdek, elektr xavfsizligi bo‘yicha II va undan yuqori guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodim sifatida xizmat ko‘rsatish huquqini beradi.
Agar bilimlar sinovidan o‘tayotgan xodim bir vaqtning o‘zida maxsus ishlarni bajarish bo‘yicha bilim sinovidan ham o‘tgan bo‘lsa, bu haqida bilim sinovidan o‘tish jurnalida hamda guvohnomaning “ Maxsus ishlarni olib borish huquqi” ustunida yozib qo‘yiladi.
Elektr qurilmalarini nazarot qiluvchi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislar, elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs o‘tadigan komissiyada elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruh hajmida bilimlar sinovidan o‘tishlari kerak. Bunda ularga ushbu korxonani elektr qurilmalarini nazorat qilish huquqini beruvchi, mazkur Qoidalarga 5-ilovada o‘rnatilgan shakldagi guvohnoma beriladi.
Ushbu Qoidalar, Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (keyingi o‘rinlarda — TEQQ) va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tmagan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislarga elektrotexnik xodimlarga hech qanday ko‘rsatma berishga ruxsat etilmaydi.
7. Noelektrotexnik xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh xizmat ko‘rsatilayotgan qurilmada xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha har yillik bilim sinovidan o‘tgandan so‘ng korxona, tashkilot, sex va uchastkaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan yoki uning yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhdan past bo‘lmagan shaxs tomonidan beriladi. I guruhni berilganligi mazkur Qoidalarga 2-ilovada o‘rnatilgan shakldagi maxsus jurnalda tekshiruvchi va tekshiriluvchining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Ish jarayonida I guruh xodimlari xar yilgi bilim sinovidan tashqari, belgilangan tartibda davriy yo‘riqlaroladi.
8. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi elektrotexnik xodimlarga qo‘yiladigan umumiy talablar TEQQda bayon etilgan.
9. Mazkur Qoidalarga muvofiq qo‘llaniladigan himoya vositalari amaldagi Elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari talablarini qanoatlantirishi lozim.
10. Odamlar bilan baxtsiz hodisalar ro‘y berganda, jarohatlanganni elektr toki ta’siridan qutqarish uchun oldindan ruxsat olmasdan turib, darhol kuchlanishni olishni amalga oshirish zarur.
11. Mazkur Qoidalarning talablariga zid bo‘lgan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man etiladi.
2-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda asosiy xavfsizlik talablari
1-§. Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish Tezkor xizmat ko‘rsatish
12. Elektr qurilmalariga tezkor xizmat ko‘rsatish ushbu elektr qurilmalari yoki elektr qurilmalari guruhi biriktirilgan mahalliy tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Doimiy tezkor xodimlarsiz eksplutatsiya qilinadigan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor ta’mirlash xodimlardan bo‘lgan shaxslarga mazkur Qoidalar va TEQQga muvofiq elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish, tezkor almashlab ulash, ish joyini tayyorlash va brigadalarga ishga ijozat berishda tezkor xodimning barcha huquq va majburiyatlari beriladi.
Tezkor xizmat ko‘rsatish turi — smenadagi yoki elektr qurilmasidagi tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxslarning soni elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan korxona ma’muriyati bilan kelishilgan holda belgilanadi va mahalliy yo‘riqnomalarda ko‘rsatib qo‘yiladi.
13. Elektr qurilmalariga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat tezkor sxemalarni, lavozim va eksplutatsiya qilish yo‘riqnomalarini hamda uskunalarning o‘ziga xos xususiyatlarini biladigan va ushbu Qoidalarning ko‘rsatmalariga muvofiq belgilangan tartibda o‘qitilgan hamda bilimlar sinovidan o‘tgan shaxslarga beriladi.
14. Elektr qurilmalariga biriktirilgan va ularga xizmat ko‘rsatuvchi brigada yoki smenadagi katta xodimlar hamda elektr qurilmasiga yakka xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxslar kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda elektr xavfsizligi bo‘yicha IV dan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda esa III dan past bo‘lmagan guruhga ega bo‘lishi shart.
15. Tezkor xodim korxonaning (tashkilotning) yoki uning tarkibiy bo‘linmasining elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha ishlashi kerak. Zarur bo‘lganda,ish jadvalini tasdiqlagan shaxsning ruxsati bilan bir navbatchini boshqasiga almashtirish mumkin.
Tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs navbatchilikka kelib, o‘zidan oldingi navbatchidan smenani qabul qilib olishi, ish tugallanganidan so‘ng esa smenani ish jadvaliga muvofiq o‘zidan keyingi navbatchiga topshirishi kerak.
Smenani topshirmasdan turib navbatchilikdan ketish taqiqlanadi. Alohida hollarda, tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan yuqori turuvchi shaxsning ruxsati bilan ish joyidan ketish mumkin.
16. Tezkor xodim smenani qabul qilishda quyidagilarga majbur:
a) o‘z uchastkasidagi uskunalarning holati va ishlash rejimini sxema bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan hajmda shaxsan ko‘rikdan o‘tkazish yo‘li bilan tanishib chiqishga;
b) navbatchilikni topshirayotgan xodimdan avariya yoki nosozlikning oldini olish maqsadida e’tibor bilan kuzatish zarur bo‘lgan uskunalar, shuningdek, zaxiradagi yoki ta’mirdagi uskunalar haqida ma’lumot olishga;
v) asbob-uskunalar, materiallar, xonalarning kalitlari, himoya vositalari, tezkor hujjat va yo‘riqnomalarni tekshirib qabul qilib olishga;
g) o‘zining oldingi navbatchiligidan boshlab o‘tgan vaqt ichidagi barcha yozuv va ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqishga;
d) smena qabul qilinganligini jurnalda, qaydnomada yozuv bilan, shuningdek, tezkor sxemada smenani qabul qiluvchi va topshiruvchining imzosibilan rasmiylashtirishga;
e) navbatchilikka kirgani va smenani qabul qilish vaqtida ko‘rgan nosozlik va kamchiliklar haqida smena bo‘yicha katta xodimga ma’lum qilishga.
17. Avariyani bartaraf etish, almashlab ulash yoki uskunani o‘chirish va ulash ishlarini bajarish vaqtida smenani topshirish hamda qabul qilish taqiqlanadi.
Avariyani bartaraf etish vaqti uzoq muddatga cho‘zilib ketgan taqdirda, smenani topshirish ma’muriyatning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
18. Uskunalar ifloslangan hamda xizmat ko‘rsatilayotgan hudud va ish joyi tozalanmagan hollarda smenani topshirish va qabul qilish taqiqlanadi.
Uskuna nosoz bo‘lganda yoki u normal bo‘lmagan rejimda ishlayotgan hollarda, faqat mazkur qurilma uchun javobgar shaxsdan yoki undan yuqori turuvchi shaxsdan ruxsat olib smenani topshirish va qabul qilish mumkin. Bu haqda tezkor jurnalga belgi qo‘yiladi.
19. Tezkor xodim hisoblanadigan shaxs o‘z navbatchiligi davrida unga topshirilgan uchastkadagi barcha uskunalarning avariyasiz ishlashi va ularga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilishi uchun javobgardir.
20. Tezkor xodimlar hisoblanadigan smena bo‘yicha katta xodim yakka o‘zi yoki uchastka, sex, korxona (tashkilot) ma’muriyati bilan birgalikda energiya tizimi dispetcherining o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan va shartnomada nazarda tutilgan “Yuklamani cheklash va pasaytirish jadvallari” asosida elektr yuklamalarini pasaytirish, elektr energiyasi iste’moli sarfini kamaytirish to‘g‘risidagi talablarini bajarishi shart. Shuningdek, tranzit va ta’minlovchi elektr uzatish liniyalarini almashlab ulash haqidagi va energiya ta’minoti tashkilotida avariya holatlarida alohida liniyalarni o‘chirib qo‘yish to‘g‘risidagi energiya tizimi dispetcherining talablarini bajarishi shart.
21. Tezkor xodim hisoblanadigan smena bo‘yicha katta xodim korxonani ta’minlovchi bir yoki bir necha elektr uzatish liniyasining o‘chishiga olib kelgan avariyalar haqida energiya tizimi dispetcherini zudlik bilan xabardor etishi shart.
Energiya tizimi bilan tezkor muloqot olib borish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs belgilashi va uni har yili elektr tarmoqlari korxonasining tegishli tezkor xizmatiga taqdim etishi kerak.
22. Elektr uskunasining ishlash rejimi buzilgan, shikastlangan yoki avriya bo‘lgan holatlarda tezkor xodim mustaqil ravishda va zudlik bilan o‘z qo‘l ostidagi xodimlar yordamida ma’qul ish rejimini tiklashi hamda bu haqda bevosita smena bo‘yicha katta xodimga yoki elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsga xabar berishi shart.
Avariyani bartaraf etish paytida tezkor xodim noto‘g‘ri harakat qilganda, yuqori turuvchi shaxs tezkor jurnalga yozgan holda,navbatchini ishdan chetlashtirishga qadar aralashishi va avariyani bartaraf etish bo‘yicha keyingi ishlar bo‘yicha javobgarlik va rahbarlikni o‘z zimmasiga olishi zarur.
23. Tezkor xodim o‘ziga biriktirilgan uchastkaning ishlab chiqarish xonalarini va uskunalarini aylanib chiqishi va ko‘rikdan o‘tkazishi shart.
Quyidagilar elektr qurilmalarini yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazishi mumkin:
a) ma’muriy-texnik xodim hisoblanadigan elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga ega bo‘lgan shaxs kuchlanishi 1000 V dan yuqori qurilmalarda va IV guruhga ega bo‘lgan shaxs kuchlanishi 1000 V gacha qurilmalarda;
b) mazkur elektr qurilmasiga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodim hisoblangan elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi III dan past bo‘lmagan shaxs.
Yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazish huquqi berilgan ma’muriy-texnik xodimlar hisoblangan shaxslarning ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning farmoyishi bilan belgilanadi.
24. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan TQni, shchitlarni, shinali o‘tkazgichlarni, yig‘malarni ko‘rikdan o‘tkazishda biron-bir ishlarni bajarish, shu jumladan ogohlantiruvchi plakatlar va to‘siqlarni olish, ularning ichkarisiga kirish, tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish hamda ularni artish yoki tozalash, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish man etiladi.
25. Ishlab chiqarish elektr uskunalariga (elektr dvigatellari, elektr pechlari va boshqalar) hamda kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan turli texnologik uskunalarning elektrotexnik qismlariga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimlar hisoblangan shaxslarga ko‘rikdan o‘tkazish uchun shchitlar, ishga tushirish qurilmalari va boshqaruv pultlarining eshiklarini yakka o‘zi ochishiga ruxsat beriladi.
26. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarini yakka tartibda ko‘rikdan o‘tkazishda: to‘siqlar orqasiga o‘tish, TQlarning kamerasiga kirish, biron-bir ishlarni bajarish taqiqlanadi. Kameralarni faqat to‘siq oldidan yoki ostonadan turib ko‘rikdan o‘tkazish mumkin.
Yopiq taqsimlovchi qurilmalar (keyingi o‘rinlarda — YOTQ) kameralarini zarur bo‘lganda, faqat elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan xodimga izolyatorning pastki flanetsidan polgacha bo‘lgan o‘tish masofasi 2 metrdan kam bo‘lmagan hollarda, to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlargacha: kuchlanish 10 kV gacha bo‘lganda — 2,5 metrdan, kuchlanish 35 kV gacha bo‘lganda — 2,75 metrdan va kuchlanish 220 kV gacha bo‘lganda — 4,2 metrdan kam bo‘lmagan to‘siq ortiga o‘tib, ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bunday yacheykalar va kameralarning ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning farmoyishi bilan belgilanadi. Masofa ko‘rsatilgandan kam bo‘lgan taqdirda, to‘siq ortiga o‘tish uchun faqat mazkur Qoidalarga 7-ilovadagi 1-jadval talablariga rioya etilgan holda, kamida III guruhga ega bo‘lgan ikkinchi shaxs ishtirokida amalga oshirilishiga ruxsat etiladi.
27. Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish markazlashtirilgan tartibda obyekt bo‘yicha nazoratni va ishlarni amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan bajariladi. Uning davriyligi mahalliy sharoitlarga qarab, elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan belgilanadi. Ko‘rikdan o‘tkazish natijalari tezkor jurnalda qayd etiladi.
28. Mazkur elektr qurilmasiga xizmat ko‘rsatmaydigan xodimlar tomonidan qurilmani ko‘rikdan o‘tkazishlariga korxona (tashkilot), sex, uchastkani elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning ruxsati bilan ijozat berishdan oldin jurnalga yozib qo‘ygan holda ruxsat etiladi.
29. Elektr qurilmalari xonalarining (shchitlar, yig‘malar va boshqalar) eshiklari doimo qulflangan bo‘lishi kerak.
Har bir elektr qurilmalari xonasi uchun kamida 2 to‘plam kalit bo‘lishi kerak. Ulardan bittasi zaxira to‘plami bo‘lib hisoblanadi. Kalitlar raqamlangan bo‘lishi lozim. TQlar xonalarining kalitlari yacheykalarva kameralarning eshiklariga to‘g‘ri kelmasligi shart.
30. Kalitlar tezkor xodimlar hisobida turishi zarur. Doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida kalitlar boshqaruv punktida tezkor xodimlar hisoblangan smena bo‘yicha katta xodimda bo‘lishi kerak.
Kalitlar tilxat asosida:
a) yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat berilgan xodimlarga — ko‘rikdan o‘tkazish vaqtiga, tezkor ta’mirlovchi, shu jumladan smenada ishtirok etmayotgan shaxslarga — elektr xonalarida ishlarni bajarayotgan vaqtga;
b) naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlar bajarilganda,javobgar rahbar, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchiga ish bajarilayotgan vaqtda berilishi lozim.
Kalitlar har kuni ishga ijozat berishni rasmiylashtirish paytida berilishi va ishlar tamomlanganidan so‘ng naryad bilan birgalikda qaytarilishi shart.
Doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida ish bajarilganda kalitlar ish to‘liq tamomlangan kunning ertasidan kechiktirmay topshirilishi shart. Kalitlarning berilishi va qabul qilib olinishi ixtiyoriy shakldagi jurnalda yoki tezkor jurnalda hisobga olinishi zarur.
Jurnal betlari raqamlangan, varaqlari ip bilan tikilib, korxonaning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
31. Elektr xonalariga kirish uchun shaxsiy kalitlarga ega bo‘lish faqat tezkor xodimlardan hisoblangan shaxsga smenani telefon orqali qabul qiluvchi va topshiruvchiga ruxsat etiladi.
Ishlarni bajarish
32. Elektr qurilmalaridagi ishlar xavfsizlik choralariga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
kuchlanish olinib bajariladigan ishlar;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar.
Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlar bir vaqtda bajariladigan bo‘lsa, ishlarning toifasi kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalariga nisbatan belgilanadi.
33. Kuchlanish olinib, bajariladigan ishlar jumlasiga elektr qurilmasining (yoki uning qismining) tok o‘tkazuvchi qismidan kuchlanish olinib bajariladigan ishlar kiritiladi.
34. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar jumlasiga bevosita ushbu qismlarda hamda ularning yaqinida bajariladigan ishlar kiradi.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida, hamda kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo liniyalarida (keyingi o‘rinlarda — HL) bunday ishlar jumlasiga, tok o‘tkazuvchi qismlardan mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilgan masofadan kam masofada bajariladigan ishlar kiradi.
Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ishlarni kamida ikki kishi bajarishi, ulardan biri ish bajaruvchi — elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, qolganlari — kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.
35. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlarga ish bajarayotgan odamlar hamda ular ishlatayotgan asbob va ta’mirlash jihozlarini tok o‘tkazuvchi qismlardan mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilgandan kam masofaga bexosdan yaqinlashish ehtimoli bo‘lmagan hamda bunday yaqinlashishning oldini olish uchun tashkiliy yoki texnik tadbirlarni (masalan, uzluksiz nazorat qilish) qo‘llash zarurati bo‘lmagan hollardagi ishlar kiradi.
36. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida tok o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar odamni tok o‘tkazuvchi qismlardan yoki yerdan izolyatsiya qilish uchun himoya vositalaridan foydalangan holda bajarilishi shart. Odamni yerdan izolyatsiyalab bajariladigan ishlar zarur xavfsizlik choralari ko‘zda tutilgan maxsus yo‘riqnomalar yoki texnologik kartalarga muvofiq bajarilishi kerak.
37. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlar va ularning yaqinida bajariladigan ishlarda quyidagilar zarur:
bexosdan tegib ketish mumkin bo‘lgan, kuchlanish ostida turgan ish joyi yaqinida joylashgan boshqa tok o‘tkazuvchi qismlar to‘sib qo‘yilishi;
ishlar dielektrik kalishlarda yoki izolyatsiyalovchi taglikdan turib yoxud dielektrik gilamchada turib bajarilishi;
dastaklari izolyatsiyalangan asboblardan foydalanish (bundan tashqari otvertkaning o‘zagi izolyatsiyalangan bo‘lishi shart). Bunday asboblar bo‘lmagan taqdirda, dielektrik qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
38. Kuchlanish olinmasdan, izolyatsiyalovchi himoya vositalari yordamida tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlar amalga oshirilganda quyidagilar shart:
himoya vositalari dastaklarining izolyatsiyalovchi qismini cheklaydigan xalqasiga qadar ushlash;
himoya vositalarining izolyatsiyalovchi qismini shunday joylashtirish kerakki, bunda tok o‘tkazuvchi qismlarning ikki fazasi orasida izolyatsiya yuzasi bo‘ylab tutashish yoki yerga ulanish xavfi paydo bo‘lmasligi;
faqat izolyatsiyalovchi qismi quruq va toza bo‘lgan, lak bilan qoplangan yuzasi shikastlanmagan hamda o‘z vaqtida sinovdan o‘tgan himoya vositalaridan foydalanish.
Himoya vositalarining lak bilan qoplamasi buzilganligi yoki izolyatsiyalovchi qismlarida boshqa nosozliklar hamda o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazilmaganligi aniqlangan taqdirda, ulardan foydalanish zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
39. Elektr himoya vositalaridan (izolyatsiyalovchi shtanga va qisqich, elektr o‘lchov qisqichi, kuchlanish ko‘rsatkichlari) foydalanib ishlar bajarilganda, odamni tok o‘tkazuvchi qismlarga ushbu vositalarning himoyalovchi qismi uzunligida belgilangan masofagacha yaqinlashishiga ruxsat etiladi.
40. Kuchlanish ostidagi elektr qurilmasining izolyatorlariga elektr himoya vositalarini qo‘llamasdan tegish taqiqlanadi.
41. Elektr qurilmalarida egilib ishlash man etiladi. Agar tik turganda tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 2-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lsa.
To‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlarning oldida ishlarni bajarishda, ushbu qismlar orqa tomonda yoki ikki yon tarafda bo‘lib qoladigan holatda bo‘lish taqiqlanadi.
42. Ayrim qismlari to‘silmagan va bexosdan tegib ketish ehtimoli bo‘lgan TQlarga uzun jismlarni (quvur, narvon va boshqalar) olib kirish va ular bilan bajariladigan ishlar ikki shaxs ishtirokida, alohida ehtiyotkorlik bilan ish bajaruvchining doimiy kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.
Ta’mirlash ishlari uchun qo‘llaniladigan narvon va hovozalar davlat standartlari yoki ular uchun texnik shartlar asosida yasalgan bo‘lishi shart. Tekis yuzalarda o‘rnatiladigan narvonning asosi rezina bilan qoplanishi, yerga o‘rnatiladigan narvonning asoslarida esa o‘tkir metall uchlar bo‘lishi kerak. Narvonning yuqori uchlari mustahkam tayanchga ishonchli tayanib turishi kerak. Agar narvon simga tayanishi zarur bo‘lsa, unda narvon yuqori qismida ilgak bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Bog‘langan narvonlarni qo‘llash taqiqlanadi.
Tirama narvonlar kran osti balkalarga, metall konstruksiyalarning elementlariga va boshqalarga o‘rnatilganda, ularning pastki va yuqori qismlari konstruksiyalarga ishonchli mahkamlanishi kerak.
Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda, shuningdek, ularni ta’mirlashda metall narvonlarni qo‘llash taqiqlanadi.
Narvon bilan bajariladigan ishlarni ikki kishi bajarishi va ularning biri pastda turishi shart.
Yashik va boshqa begona narsalar ustida turib ishlash man etiladi.
43. Ochiq taqsimlash qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — OTQ) hududida joylashgan elektr uzatish havo liniyasining oxirgi tayanchlarida bajariladigan ishlar mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 7-bobi talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
OTQga kirishdan oldin liniyani ta’mirlovchi xodimlarga tezkor xodimlar hisoblangan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan shaxs tomonidan yo‘l-yo‘riq berilishi va ish joyiga kuzatib qo‘yilishi lozim. Ish tugatilganidan so‘ng yoki tanaffus vaqtida xodimlarni OTQdan ish bajaruvchining kuzatuvi ostida chiqishiga ruxsat etiladi.
44. OTQda va HLning tayanchlari oralig‘idagi kesishish joylarida kuchlanish ostida bo‘lgan simlardan pastda joylashgan troslarni, simlarni va ularga tegishli bo‘lgan izolyator va armaturalarni almashtirishda, almashtirilayotgan tros, sim ustidan sintetik yoki o‘simlik tolasidan yasalgan arqon tashlanishi kerak. Arqonlar ikki joydan — kesishgan joyning ikkala tarafidan tashlanib, uchlari konstruksiyalar va langarlarga mahkamlanishi zarur.
Simni (trosni) ko‘tarish sekin-asta va ravon amalga oshirilishi kerak.
Kuchlanish ostida turgan simlardan yuqorida joylashgan simlar, troslar va ularga tegishli bo‘lgan izolyatorlar, armaturalardagi ishlarni bajarishga simlarning pastga tushishining oldini olish, hamda ilashgan kuchlanishdan himoyalash choralari ko‘zda tutilgan, korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan ishlarni bajarish loyihasi bo‘lishi sharti bilangina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bunday ishlarda kesishayotgan simlardan kuchlanishni olmay, simlar va troslarni almashtirish taqiqlanadi.
45. Ilashgan kuchlanish zonasidagi HLdagi ishlar, tayanchdan yerga qadar tushirilgan simga (trosga) tegish bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday ishlarni elektr himoya vositalarini (shtanga, qo‘lqop) qo‘llab yoki potensiallarni tenglashtirish uchun ushbu sim (tros) o‘tkazgich bilan ulangan metall maydonchadan turib bajarish zarur. Ishlarni yerdan turib, elektr himoya vositalarini va metall maydonchani qo‘llamasdan, simni (trosni) har bir tegish joyining bevosita yaqinida, ammo ishlayotgan odamlardan 3 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada yerga ulash sharti bilan bajarishga ruxsat etiladi.
46. Momaqaldiroq yaqinlashayotganda HL va OTQda barcha ishlar, YOTQda esa havo liniyalariga bevosita ulangan kommutatsiya apparatlari va ularning kirishlaridagi ishlar to‘xtatilishi shart.
Tuman va yomg‘ir vaqtida izolyatsiyalovchi himoya vositalarini qo‘llashni talab qiladigan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
47. Yerga tutashuv aniqlangan taqdirda, tutashuv joyiga yopiq TQlarda 4 metrdan, ochiq TQlarda 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.
Ushbu joyga ko‘rsatilgan masofadan kamroq masofaga yaqinlashishga,faqat yerga tutashuvni bartaraf etish uchun kommutatsiya apparatida o‘chirish-ulash ishlarini bajarish uchun, shuningdek, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati bo‘lganda ruxsat etiladi.
Bunday holatlarda asosiy elektr himoya vositalari bilan birga qo‘shimcha elektr himoya vositalaridan ham foydalanish zarur.
48. Xodimlar elektr qurilmalardan olingan kuchlanish ogohlantirishsiz qayta berilishi mumkinligini har doim yodlarida tutishlari shart.
49. Saqlagichlarni olish va o‘rnatish odatda kuchlanish olinib bajariladi. Saqlagichlarni kuchlanish ostida, ammo yuklamasiz olish va o‘rnatish sxemasida kommutatsiya apparatlari bo‘lmagan ulanmalarda amalga oshirilishi mumkin. 1000 V gacha kuchlanishli shchitlar va yig‘malarda ulanmaning saqlagichlari vertikal bo‘yicha, birini ustida boshqasi joylashtirilgan (fazalar vertikal joylashtirilganda) hamda kommutatsiya apparatlari bo‘lmagan sxemalarda, saqlagichlarni yuklama ostida olish va o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda ko‘zni himoya qilish vositalari o‘rniga yuzni himoya qilish vositalarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida yopiq turdagi saqlagichlarni va kuchlanish transformatorlari saqlagichlarini kuchlanish hamda yuklama ostida olish va o‘rnatishga ruxsat etiladi.
50. Saqlagichlarni kuchlanish ostida olish va o‘rnatishda quyidagilardan:
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida izolyatsiyalovchi qisqich (shtanga), dielektrik qo‘lqop va himoya ko‘zoynagidan (niqobdan);
kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida izolyatsiyalovchi ombirlar yoki dielektrik qo‘lqoplar, ochiq eruvchan o‘rnatma bo‘lgan taqdirda esa, ularga qo‘shimcha himoya ko‘zoynagidan (niqobdan) foydalanish shart.
2-§. Ishlarning xavfsiz bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
51. Elektr qurilmalaridagi ishlarning xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
a) ishlarni naryad-ijozat (keyingi o‘rinlarda matnda naryad deb yuritiladi), farmoyish yoki joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladigan ishlar ro‘yxati orqali rasmiylashtirish;
b) ishga ijozat berish;
v) ish jarayonida nazorat olib borish;
g) ishdagi tanaffusni, boshqa ish joyiga o‘tkazishni, ish tugatilganligini rasmiylashtirish.
Naryad, farmoyish va joriy ekspluatatsiya
52. Elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar naryad, farmoyish va joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladi.
53. Naryad — bu belgilangan shakldagi maxsus blankada rasmiylashtirilgan hamda ish mazmuni va joyini, uni boshlash va tamomlash vaqtini, xavfsiz bajarilish shartlarini, brigada tarkibini, xavfsiz bajarilishi uchun javobgar shaxslarni va boshqalarni belgilab beruvchi topshiriqdir. Naryad shakli mazkur Qoidalarga 6-ilovada keltirilgan.
54. Naryad bo‘yicha elektr qurilmalarida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
a) kuchlanish olinib;
b) kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida;
v) kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar.
55. Farmoyish — bu ishning mazmunini, joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (agar zarur bo‘lsa) va uning bajarilishi topshirilgan shaxslarni belgilovchi topshiriq. Farmoyish bevosita yoki keyinchalik tezkor jurnalga yozish sharti bilan aloqa vositalari yordamida berilishi mumkin.
Farmoyish bir martalik xususiyatga ega va ijrochilarning ish vaqti bilan chegaralanadi.
56. Joriy ekspluatatsiya — bu tezkor (tezkor ta’mirlovchi) xodimlar tomonidan ularga biriktirilgan uchastkalarda mustaqil ravishda bir smena davomida mazkur Qoidalarning 123-bandida keltirilgan ishlarning bajarilishi.
Ishlar xavfsizligi uchun javobgar shaxslar, ularning majburiyati va huquqlari
57. Ishlarning xavfsizligi uchun quyidagi shaxslar javobgardir:
a) naryad va farmoyish beruvchi;
b) ijozat beruvchi — tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan javobgar shaxs;
v) ishning javobgar rahbari (keyingi o‘rinlarda — javobgar rahbar);
g) ish bajaruvchi;
d) kuzatuvchi;
e) brigada a’zolari.
58. Naryad, farmoyishni beruvchi shaxs ish hajmini va uning bajarilishi zarurligini belgilaydi. Uni xavfsiz bajarilishi mumkinligiga javob beradi va javobgar rahbar, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchining, shuningdek, brigada a’zolarining yetarli malakaga ega ekanligi uchun javob beradi.
Naryad beruvchi shaxs mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilgan holatlarda naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrining mazmunini aniqlab berishga majbur.
Naryad va farmoyishlar berish huquqi korxonaning (tashkilotning) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning farmoyishi bilan vakolatlangan, elektrotexnik xodimlar hisoblangan, bunga tayinlangan shaxslarga beriladi.
Ko‘rsatilgan shaxslar kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga, kuchlanishi 1000 Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarida esa kamida IV guruhga ega bo‘lishlari shart.
Ro‘yxati korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsi tomonidan belgilangan bir qator ishlarni bajarish uchun farmoyish berish huquqi, shuningdek, tezkor xodimlar hisoblangan IV dan past bo‘lmagan guruhga ega shaxslarga ham beriladi.
59. Ijozat beruvchi — tezkor xodimlar hisoblangan javobgar shaxs quyidagilar uchun javobgardir:
a) ishga ijozat berish va ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarining to‘g‘ri bajarilishi, ularni yetarli darajada va ish joyiga hamda uning xususiyatlariga muvofiqligi uchun;
b) jurnallarda yoki naryadlarda rasmiylashtirilgan holda ishga ijozat berishni, ish tamomlanganidan keyin ish joyini qabul qilib olishning to‘g‘riligi uchun.
Mazkur naryad, farmoyish bo‘yicha ishlarni xavfsiz bajarish yoki ish joyini tayyorlash bo‘yicha naryadda ko‘rsatilgan choralarning yetarli ekanligi va to‘g‘riligiga shubha tug‘ilgan paytda bunday tayyorgarlik to‘xtatilishi lozim.
Ijozat beruvchi kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlarni bajarishda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lganda kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.
60. Javobgar rahbar ijozat beruvchidan ish joyini qabul qilib olayotib hamda ishga qo‘yayotib ijozat beruvchi bilan bir qatorda ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarini yetarli darajada ko‘rilgani va ish joyini to‘g‘ri tayyorlangani, shu jumladan naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” ustunida ko‘rsatilgan choralarning yetarli ekanligi uchun javobgardir.
Javobgar rahbarning javobgar rahbar va ish bajaruvchi vazifalarini o‘rindoshlik bilan bajarishidan tashqari hollarda, naryad bo‘yicha bajariladigan ishlarda bevosita ishtirok etishi taqiqlanadi.
Javobgar rahbar etib elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega bo‘lgan elektr texnik xodim hisoblangan shaxs tayinlanadi.
61. Javobgar rahbarni tayinlash zarurati naryad beruvchi tomonidan ishning hajmi, sharoiti va murakkabligiga qarab belgilanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlar naryad bo‘yicha bajarilganida, javobgar rahbarni tayinlash talab qilinmaydi.
62. Ish bajaruvchi ijozat beruvchidan ish joyini qabul qilayotganda uni to‘g‘ri tayyorlanganligi va ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik choralari bajarilganligi uchun javob beradi.
Ish bajaruvchi ish bajarish jarayonida rioya qilinishi zarur bo‘lgan xavfsizlik choralari to‘g‘risida brigadaga yo‘l-yo‘riq berishga va ularning brigada a’zolari tomonidan bajarilishini ta’minlashga majburdir.
Ish bajaruvchining o‘zi mazkur Qoidalarga rioya qiladi va o‘zining brigada a’zolari tomonidan ularga rioya qilinishi uchun javobgar. U asbob-uskuna, takelaj va boshqa ta’mirlash jihozlari ishga yaroqli holatda ekanligini kuzatib turadi. Ish bajaruvchi, shuningdek, ish joyiga o‘rnatilgan to‘siq, plakatlar, yerga ulagichlarning olinmasligini va o‘rni almashtirilmasligini kuzatib turishi shart.
Ish bajaruvchi kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida naryad bo‘yicha ish bajarilganda, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida esa kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.
Ish bajaruvchi farmoyish bo‘yicha bajariladigan barcha elektr qurilmalaridagi ishlarda kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak. Mazkur Qoidalarning 119-bandi “b” kichik bandi va 10-ilovaning 61-bandida keltirilgan ishlar bundan istisno.
63. Kuzatuvchi, quruvchi ishchi brigadalari, turli ishchilar, takelaj ishini bajaruvchilar va elektrotexnik xodimlarga mansub bo‘lmagan boshqa shaxslar elektr qurilmalarida naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlashganida ular ustidan nazorat o‘rnatish uchun tayinlanadi.
Korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsi tomonidan o‘ta xavfli deb topilgan elektr qurilmalarida ishlar bajarilganda, bunday sharoitlardagi elektrotexnik xodimlar ustidan, shu jumladan xizmat safaridagi xodimlar ustidan kuzatuvchi tayinlanadi.
Kuzatuvchi ish joyida o‘rnatilgan yerga ulagichlar, to‘siqlar, plakatlar, qulflash qurilmalarining mavjudligini nazorat qiladi va elektr qurilmasining elektr toki bilan jarohatlanishdan brigada a’zolarining xavfsizligini ta’minlash uchun javob beradi.
Ish texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik uchun brigadaga boshchilik qilayotgan shaxs javobgardir. U, albatta, uning tarkibiga kiritilgan va doimo ish joyida bo‘lishi shart.
Kuzatuvchining ish paytida brigadani nazoratsiz qoldirishi va nazoratni boshqa ishlar bilan o‘rindoshlik asosida amalga oshirishi hamda brigadani nazoratsiz qoldirishi taqiqlanadi.
Kuzatuvchi etib kamida III guruhga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
64. Naryad va farmoyishlar bo‘yicha bajariladigan ishlarda javobgar rahbarlar va ish bajaruvchilar hamda kuzatuvchilar etib tayinlanishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning farmoyishi bilan belgilanadi.
65. Brigadaning har bir a’zosi ishlarni bajarishda mazkur Qoidalarga va ishga quyilayotganda va ish jarayonida olgan yo‘riq ko‘rsatmalariga hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma talablariga rioya etishi shart.
66. Korxona rahbariyatining yozma farmoyishi (buyrug‘i) bilan uning xodimlariga: naryad, farmoyish beruvchi; javobgar rahbar, ijozat beruvchi (tezkor ta’mirlovchi xodimlar hisoblangan; kuzatuvchi, shuningdek, elektr qurilmasi yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazish huquqini berilishi rasmiylashtirilishi lozim.
67. Bir shaxsga o‘rindoshlik yo‘li bilan quyidagi ikki shaxs vazifalarini bajarishga ruxsat beriladi:
a) naryad beruvchi;
b) javobgar rahbar;
v) ish bajaruvchi;
Ushbu shaxsning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi o‘rindoshlik vazifasi talab etadigan guruhdan kam bo‘lmasligi kerak. Doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari bo‘lmagan, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlar naryad asosida bajarilganida, tezkor-ta’mirlash xodimlar jumlasidan bo‘lgan shaxslarga javobgar rahbar va ishga quyuvchi vazifalarini o‘rindoshlik asosida bajarishlariga ruxsat etiladi.
Kuchlanishi 1000Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarida ish bajaruvchi bilan ishga quyuvchi shaxs vazifalarini yoki ijozat beruvchi bilan brigada a’zosi vazifalarini o‘rindoshlik asosida bajarishga ruxsat beriladi.
68. HLda ish joyini tayyorlashda faqat kuchlanish borligini tekshirish va ko‘chma yerga ulagichni kommutatsiya apparatlaridan foydalanmasdan o‘rnatish zarur bo‘lgan hollarda,javobgar rahbar yoki ta’mirlash brigadasi tarkibidan tayinlangan ish bajaruvchi, o‘rindoshlik asosida ijozat beruvchi vazifalarini bajarishi mumkin.
Naryad berish va rasmiylashtirish tartibi
69. Ishlash uchun naryad ikki nusxada yoziladi. Ikkala nusxasini ham aniq va tushunarli yozilishiga rioya etilganda, u ko‘chirgich qog‘oz (kopirka) qo‘yilib to‘ldiriladi. Yozilgan yozuvni o‘chirish yoki tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
70. Naryadni naryad beruvchi shaxs tomonidan javobgar rahbarga yoki ushbu obyektning tezkor xodimidan hisoblangan katta xodimga telefon orqali berilishiga ruxsat etiladi.
Bunda naryad uch nusxada to‘ldiriladi: bir nusxasini naryad beruvchi shaxs to‘ldiradi, ikkita nusxani esa telefon orqali qabul qilayotgan shaxs to‘ldiradi.
Elektr qurilmalarida ishlar doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan va tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi xodim hisoblangan shaxs tomonidan ijozat beruvchi va javobgar rahbar vazifasini o‘rindoshlik asosida bajarganda naryad ikki nusxada yoziladi. Ulardan biri ish bajaruvchiga beriladi, ikkinchisi esa naryad beruvchi shaxsda qoladi.
Naryad telefon orqali berilganda, naryad beruvchi shaxs uning matnini (telefonogramma shaklida) aytib yozdiradi. Matnni qabul qilayotgan shaxs esa naryad blankasini to‘ldirib, qayta tekshirib ko‘radi. Bunda naryad beruvchi shaxsning imzosi o‘rniga uning familiyasi ko‘rsatiladi va matnni qabul qilayotgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Telefon orqali qabul qilingan naryad asosidagi ishga ijozat berish umumiy tartibda amalga oshiriladi.
71. Naryad bitta brigadali bitta ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) yoziladi. Ish bajaruvchining qo‘liga faqat bitta naryad beriladi.
Bitta brigada tomonidan kuchlanishni olmasdan bir nechta ulanmalarda, bir yoki xar hil TQlarda, podstansiyaning har xil xonalarida bajariladigan bir xil turdagi ishlarga navbat bilan ketma-ket bajarish uchun bitta umumiy naryad berilishi mumkin. Bir ish joyidan boshqa ish joyiga o‘tishni faqat bir TQdan boshqasiga, TQning bir qavatidan boshqa qavatiga o‘tilgan taqdirda, rasmiylashtirish talab qilinadi.
72. Bitta javobgar rahbarga bir paytda beriladigan naryadlar soni har bir alohida holatda naryad beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi.
Naryad tezkor xodimga bevosita ish joyini tayyorlash oldidan beriladi.
Naryadni ish bajaruvchiga ishni boshlash arafasida berishga ruxsat etilmaydi.
73. Barcha tok o‘tkazuvchi qismlardan, shu jumladan, HL va kabel liniyalarining (keyingi o‘rinlarda — KL) ning chiqishlaridan kuchlanish olingan va qo‘shni elektr qurilmalariga kirish yopiq (1000 V gacha bo‘lgan yig‘ma va shchitlar kuchlanish ostida qolishi mumkin) bo‘lsa, elektr qurilmasining barcha ulanmalarida bir vaqtning o‘zida ishlash uchun bitta naryad berilishiga ruxsat etiladi.
74. Ish joyi kengaytirilgan yoki ish joylarining soni o‘zgargan taqdirda, yangi naryad berilishi lozim.
75. Brigada tarkibini naryad beruvchi shaxs belgilaydi.
76. Brigada a’zolarining soni va malakasi bo‘yicha tarkibi hamda ish bajaruvchining (kuzatuvchi)malakasi, ish bajaruvchining (kuzatuvchi)brigada a’zolari ustidan yetarlicha nazoratni ta’minlash imkonidan kelib chiqib, ishlarni bajarish sharoitini hisobga olgan holda belgilanadi.
77. Naryad muddatini naryad beruvchi yoki ushbu elektr qurilmasida ishlashga naryad berish huquqiga ega bo‘lgan boshqa xizmatchi uzaytirishi mumkin.
Naryad muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ruxsatnomani ijozat beruvchiga, javobgar rahbarga yoki ish bajaruvchiga telefon, radio yoki kuryer orqali berilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu xodim o‘z imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan xizmatchining ismi va familiyasini yozib ko‘rsatadi.
78. Naryadlar bo‘yicha ishlar bajarib tugatilgandan so‘ng ular 30 kun davomida saqlanishi kerak, keyin esa ularni saqlash talab etilmaydi.
Agar naryad bo‘yicha ishlarni bajarishda avariya yoki elektrdan jarohatlanish sodir bo‘lgan bo‘lsa, bu naryadlar korxonaning arxivida saqlanishi shart.
79. Naryad bo‘yicha ish bajarilganda brigada kamida ikki kishidan — ish bajaruvchi va brigada a’zosidan iborat bo‘lishi kerak. Ish bajaruvchi rahbarlik qiladigan brigada tarkibiga elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan har bir brigada a’zosiga I guruhga ega bo‘lgan bitta elektrotexnik yoki elektrotexnologik xodim kiritilishi mumkin. Ammo brigadadagi I guruhga ega bo‘lgan xodimlarning umumiy soni ikki kishidan oshmasligi kerak.
80. Navbatchilik vaqtida tezkor xodimlar yuqori turuvchi shaxsning ruxsati va tezkor jurnalga yozish sharti bilan naryadga kiritilmasdan, ta’mirlash brigadasida ishlash uchun jalb etilishi mumkin.
Brigadani naryad bo‘yicha ishga quyish
81. Ishga ijozat berishdan oldin javobgar rahbar va ish bajaruvchi ijozat beruvchi bilan birgalikda ish joyini tayyorlash bo‘yicha texnik chora-tadbirlar bajarilganligini tekshirishlari kerak.
Ish joyining tayyorligini tekshirgandan va brigadaga yo‘riq berishdan keyin javobgar rahbar naryad varag‘ining orqa tarafidagi imzo chekishga mo‘ljallangan satrga (faqat birinchi marta ijozat berishda) imzo qo‘yishi kerak.
Javobgar rahbar tayinlanmagan hollarda, ish joyi tayyorligini ish bajaruvchi tekshiradi va naryadga imzo chekadi.
Naryadda ko‘zda tutilgan ish joylarini tayyorlash chora-tadbirlarini o‘zgartirish taqiqlanadi.
82. Texnik chora-tadbirlarning bajarilganligi tekshirilganidan so‘ng brigadani ishga qo‘yishga ijozat beriladi. Bunda ijozat beruvchi quyidagi ishlarni bajarishi shart:
a) brigada tarkibini va unga kiritilgan shaxslar malakalarining naryaddagi yozuvga muvofiqligini tekshiradi. Agar ijozat beruvchi naryadga kiritilgan brigada tarkibidagi shaxslarning familiyalarini va ularning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlarini bilmasa, ularni shaxsiy guvohnomalari orqali tekshirishi kerak;
b) naryad bo‘yicha javobgar rahbarning, ish bajaruvchining, brigada a’zolarining familiyalarini va topshirilgan ish mazmunini o‘qib chiqishi; kuchlanish qaysi joylardan olinganini, yerga ulagichlar qayerda o‘rnatilganini, ta’mirlanayotgan qurilma va qo‘shni ulanmalarning qaysi qismlari kuchlanish ostida qolganini va ishlarni bajarish jarayonida qanday alohida shartlarga rioya etish zarurligini brigadaga tushuntirishi; brigadaga ish joyining chegarasini ko‘rsatib berishi; u tomondan barcha bayon etilganlar brigada tomonidan tushunilganiga ishonch hosil qilishi shart;
v) kuchlanishi 35 kV dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda o‘rnatilgan yerga ulagichlarni ko‘rsatib berishi, kuchlanishi 35 kV va undan past bo‘lgan qurilmalarda, agar o‘rnatilgan yerga ulagichlar ish joyidan ko‘rinmaydigan hollarda shtanga yoki kuchlanish ko‘rsatkichi orqali kuchlanish yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l tegizib kuchlanish yo‘qligini brigadaga isbotlab berishi kerak.
Bevosita ish joyi yaqinida o‘rnatilgan yerga ulagich bo‘lgan hollarda tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l tegizib ko‘rish talab etilmaydi;
g) naryadni har ikkala blankasida sana va vaqtni ko‘rsatgan, shuningdek, uning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida ish bajaruvchi va ijozat beruvchining imzolari bilan rasmiylashtirgan holda ish joyini ish bajaruvchiga topshiradi.
Naryadlar bo‘yicha ishga ijozat berish bevosita ish joyida amalga oshirilishi shart.
83. Ishga ijozat berish amalga oshirilgan naryadning bir nusxasi ish bajaruvchida, ikkinchisi ishlar bajarilayotgan vaqtda tezkor xodim hisoblangan ijozat beruvchida turishi kerak.
Ishdagi tanaffusda, ishdan ketishda va shunga o‘xshash hollarda naryad amaldagi naryadlar jildida saqlanishi kerak.
Brigadaning ishga ijozat berilgan va ishlar tugallangan vaqti naryadning tartib raqami va ishlar mazmuni ko‘rsatilishi bilan tezkor jurnalga kiritib qo‘yiladi.
84. Agar naryadni olayotganida ish bajaruvchi yoki tezkor xodimda biron-bir shubha tug‘ilsa, ular javobgar rahbardan yoki naryad beruvchi shaxsdan tushuntirib berishni talab qilishi kerak.
85. Tezkor xodim, ish bajaruvchi va javobgar rahbarga ma’lum qilmasdan, qurilma sxemasiga xavfsizlik texnikasi borasida ishlarni bajarish shartlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritish huquqiga ega emas, Mazkur Qoidalarning 95-bandidagi holat bundan mustasno.
86. Doimiy tezkor xodimi bo‘lmagan podstansiya va taqsimlash qurilmalarida naryad bo‘yicha ishlar uchun ish joyi birinchi kunda tezkor chiqish yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar tomonidan tayyorlanadi va ular brigadani ishlashi uchun odatdagi tartibda ishga qo‘yadi.
Keyingi kunlarda ushbu naryadlar bo‘yicha ikkinchi bor ishga ijozat berish huquqi javobgar rahbarlarga, ular bo‘lmagan taqdirda ish bajaruvchilarga beriladi.
Ish jarayonida nazorat olib borish, brigada tarkibini o‘zgartirish
87. Brigada ishiga ijozat berilgan paytdan boshlab, xavfsizlik texnikasi talablari buzilishining oldini olish maqsadida uning ustidan nazorat olib borish ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi zimmasiga yuklanadi. Ish bajaruvchi va kuzatuvchi o‘z ishini shunday tashkil etishi kerakki, brigadaning hamma a’zolari ustidan nazorat qila olishi va imkoni boricha xavfli ishlar bajarilayotgan ish joyida bo‘lishi kerak.
Kuzatuvchiga nazorat bilan birga boshqa bir ishni o‘rindoshlik asosida bajarish taqiqlanadi.
Ish bajaruvchi va brigada a’zolari naryad bo‘yicha ko‘zda tutilgan ish joyi maydonidan tashqaridagi boshqa brigada o‘z ishini tamomlashi yoki elektr qurilmasini ulash sxemasi o‘zgarishi oqibatida uning naryadda ko‘zda tutilgan ish joyidan tashqarida bo‘lgan qismlari xohlagan paytda kuchlanish ostida bo‘lib qolishi mumkinligini yodda saqlashlari kerak va shuning uchun ularga yaqinlashish taqiqlanadi.
Ish bajaruvchining ruxsati bilan brigada a’zolaridan biri yoki bir nechtasini qisqa muddatga tashqariga chiqishiga ijozat beriladi. Ish joyida qoladigan brigada a’zolari soni ish bajaruvchini qo‘shib hisoblaganda ikki kishidan kam bo‘lmasligi shart. Qaytib kelgan brigada a’zolari faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan ishga kirishishlari mumkin.
Chiqib ketgan brigada a’zolari qaytib kelishiga qadar ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish joyidan chiqib ketish huquqiga ega emas. III guruhli brigada a’zolari ish joyidan yakka o‘zlari chiqishi va qaytishlari, I — II guruhli brigada a’zolari esa faqat III guruhli brigada a’zosi kuzatuvida chiqishi va qaytishlari mumkin.
88. Yopiq yoki ochiq TQlar ichida ish bajaruvchining yakka o‘zi yoki brigada a’zolarini ish bajaruvchisiz qolishlariga ruxsat etilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
a) brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhli bir yoki bir nechta xodim ishlarni bajarish sharoitlari bo‘yicha (masalan, uzatmalari boshqa xonaga chiqarilgan o‘chirgich yoki ajratkichlarni rostlash, ikkilamchi zanjirlarni tekshirish, ta’mirlash yoki montaj qilish, kabellarni o‘tkazish, uskunalarni sinash, himoyani tekshirish va shunga o‘xshashlar) bir ulanmaning turli ish joylarida, turli xonalarida bo‘lishlari zarur bo‘lgan taqdirda.
Bunda, ish bajaruvchi alohida turgan brigada a’zolarini ish joylariga olib borib qo‘yishi va ularga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berishi shart;
b) bir brigada tomonidan ishlar turli ulanmalarda bajarilgan hollarda (shinalarning differensial himoyasini tekshirish, ajratkich bilan blokirovkalangan o‘chirgichlar zanjirini tekshirish, zaxirani avtomatik ulash (keyingi o‘rinlarda — ZAU) qurilmasini sozlash va rostlash va boshqalar).
Bunday ishlarga, ularni bir vaqtning o‘zida turli ulanmalarda bajarishga bitta naryad yoki ishlarning xususiyatiga qarab, umumiy tartibda rasmiylashtirilgan holda bir ulanmadan boshqa ulanmaga o‘tishga naryad berilishi mumkin.
Kuchlanish olingan TQlarda brigada tarkibidan bittasi ish joyida qolishi va ishni davom ettirishi mumkin.
89. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) qisqa muddatga ish joyidan ketishi zarur bo‘lganda, agar bu vaqtga javobgar rahbar yoki ushbu naryadni bergan shaxs yoki tezkor xodim hisoblangan shaxs uni almashtira olmasa, u brigadani taqsimlash qurilmasidan chiqarishi va o‘zi chiqqanidan so‘ng eshiklarni qulflashi, naryadda tanaffus rasmiylashtirishi zarur.
Agar ish bajaruvchi o‘rnida javobgar rahbar yoki naryad bergan shaxs qolsa, ish bajaruvchi o‘zining ish joyidan ketish vaqtida naryadni unga qoldirishi zarur.
90. Javobgar rahbar va tezkor xodimlar vaqti-vaqti bilan ishlayotganlar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilayotganligini tekshirib turishlari zarur. Xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi yoki ishlayotganlar xavfsizligiga xavf soladigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, naryad ish bajaruvchidan olib qo‘yiladi va brigada ish joyidan chiqarib yuboriladi.
Aniqlangan buzilishlar va kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng tezkor xodim tomonidan umumiy tartibda ishga ijozat berish rasmiylashtirilib, brigada javobgar rahbar ishtirokida ishlashiga ruxsat berilishi mumkin.
91. Brigada tarkibidagi o‘zgarishlar naryad bergan shaxs, u bo‘lmagan taqdirda esa, ushbu elektr qurilmasi bo‘yicha naryad berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan naryadda rasmiylashtirishi zarur. Ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur bo‘lgan taqdirda telefon orqali berilishi mumkin.
Ishdagi tanaffuslarni rasmiylashtirish
92. Ish kuni davomida ishdagi tanaffusda (ishlarni bajarish shartlari bo‘yicha tushlikka chiqqanda) brigada TQdan chiqarilishi kerak. Naryad ish bajaruvchining (kuzatuvchi) qo‘lida qolishi kerak. Plakatlar, to‘siqlar va yerga ulagichlar o‘z joyida qoldiriladi. Tanaffusdan keyin ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi yo‘qligida, brigada a’zolaridan hech biri TQga kirishga haqli emas.
Bunday tanaffusdan so‘ng tezkor xodim tomonidan brigadani ishlashiga ijozat berilmaydi. Ish bajaruvchining (kuzatuvchi) o‘zi brigadaga ish joyini ko‘rsatib beradi.
93. Naryad ish bajaruvchi tomonidan ishni to‘liq tamomlanganligi to‘g‘risidagi belgi bilan qaytarib berilishiga qadar, tezkor xodim ta’mirlashga chiqarilgan elektr qurilmasini ulash yoki sxemaga ishlarni bajarish shartlariga ta’sir ko‘rsatadigan o‘zgartirishlarni kiritish huquqiga ega emas.
Tezkor xodimlar avariya holatlarida, zarur bo‘lganda, quyidagi shartlarga rioya etgan holda brigada yo‘qligida, naryad qaytarilishiga qadar qurilmani tarmoqqa ulashi mumkin:
a) vaqtincha to‘siqlar, yerga ulagichlar va plakatlar olib qo‘yilishi, doimiy to‘siqlar o‘z o‘rniga o‘rnatilishi, “SHU YERDA ISHLANSIN!” plakati “TO‘XTA! KUCHLANISH!” plakati bilan almashtirilishi shart;
b) ish bajaruvchining qaytib kelishi va u naryadni qaytarishiga qadar ishni bajarish joylariga brigada a’zolarini va ish bajaruvchini qurilma ulangani va ishlarni tiklab bo‘lmasligi haqida ogohlantirish uchun xabar beruvchi odamlar qo‘yilishi shart.
94. Ishlar to‘liq tugatilishiga qadar elektr uskunalarini ishchi kuchlanishida sinab ko‘rish uchun ulash quyidagi shartlar bajarilganidan so‘ng amalga oshirilishi mumkin:
a) brigada TQdan chiqarilishi, ish bajaruvchidan naryad olib qo‘yilishi va naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida (3-jadval) tanaffus rasmiylashtirilishi shart;
b) vaqtincha to‘siqlar, yerga ulagichlar va plakatlar olib qo‘yilishi, doimiy to‘siqlar esa o‘z o‘rniga o‘rnatilishi zarur. Ko‘rsatilgan ishlar tezkor xodimlar tomonidan bajarilishi kerak.
Sinab ko‘rilgandan so‘ng ish joyini tayyorlash va brigadani ishlashiga ijozat berish umumiy tartibda,javobgar rahbar ishtirokida amalga oshiriladi va bu naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida (3-jadval) ish bajaruvchining imzosi qo‘yiladigan ustunda uning imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Agar javobgar rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, ishga ijozat berish ish bajaruvchi ishtirokida amalga oshiriladi.
95. Ish kunining oxirida ish joyi tartibga keltirilishi, plakatlar, yerga ulagichlar va to‘siqlar joyida qoldirilishi kerak. Har kungi ish tamomlanishi naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida (3-jadval) ish bajaruvchining imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Doimiy tezkor xodimlari bo‘lgan elektr qurilmalarida har kuni ish tamomlanganidan so‘ng naryad ularga topshirilishi kerak. Doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida ish tamomlanganidan so‘ng naryad amaldagi naryadlar jildida qoldirilishi kerak.
96. Keyingi kuni to‘xtatib qo‘yilgan ishlarga, ish joyi ijozat beruvchi yoki javobgar rahbar va ish bajaruvchi tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganidan hamda xavfsizlik choralarining bajarilganligi tekshirilganidan so‘ng kirishish mumkin. Javobgar rahbarning qayta ishga ijozat berishda ishtiroki shart emas.
97. Keyingi kuni ishga ijozat berish naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida (3-jadval) ijozat beruvchining yoki javobgar rahbarning va ish bajaruvchining imzolari bilan ishni boshlash sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda rasmiylashtiriladi.
Brigadani yangi ish joyiga ko‘chirish
98. Quyidagi shartlarga rioya etilgan bo‘lsa, bir ulanmaning bir nechta ish joylarida ishlar bitta naryad bo‘yicha bajarilishi mumkin:
a) ushbu ulanmaning barcha ish joylari tezkor xodimlar tomonidan tayyorlangan hamda ish bajaruvchi va javobgar rahbar tomonidan ish boshlanishiga qadar qabul qilingan bo‘lsa;
b) ish bajaruvchi brigada bilan birga ulanma ish joylaridan biriga ishga qo‘yilgan bo‘lsa;
v) doimiy tezkor xodimlari bo‘lgan elektr qurilmalarida brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazish ijozat beruvchi tomonidan amalga oshirilsa;
g) doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida ijozat beruvchi bo‘lmagan holda, brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazish javobgar rahbar tomonidan amalga oshirilsa;
d) brigadani yangi ish joyiga o‘tkazish naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va uning tugashi” jadvalida (3-jadval) rasmiylashtirilsa va o‘tkazish javobgar rahbar tomonidan amalga oshirilsa, u jadvalda ijozat beruvchining o‘rniga imzo qo‘ysa.
99. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlar bajarilganda boshqa ish joyiga ishga ijozat berishni rasmiylashtirish faqat brigada bir kuchlanish ostidagi OTQdan boshqa kuchlanish ostidagi OTQga yoki YOTQning bir xonasidan boshqasiga ko‘chirilganida talab etiladi.
Ishni tugatish, ish joyini topshirish va qabul qilib olish. Naryadni yopish va uskunalarni tarmoqqa ulash
100. Ish to‘liq tugallanganidan so‘ng ish joyi tartibga keltiriladi va javobgar rahbar tomonidan qabul qilib olinadi. Ish bajaruvchi brigadani ish joyidan chiqarganidan so‘ng ish tugallangani haqida naryadga imzo chekadi va uni tezkor xodimga topshiradi yoki u bo‘lmagan taqdirda amaldagi naryadlar jildida qoldiradi.
Agar javobgar rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, ish bajaruvchi naryadni tezkor xodimlarga topshiradi.
101. Naryadning yopilishi tezkor jurnalda tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Naryad faqat tezkor xodimlar tomonidan ish joyi va qurilma ko‘rikdan o‘tkazilib, begona jismlar, asbob-uskunalar, odamlar yo‘qligi tekshirilgandan va tegishli tozalik ta’minlangandan keyingina yopilishi mumkin.
Bir ulanmada bir nechta brigada ish bajarganda, bir brigadaning ishi tugallanganini naryadda “Yerga ulagichlar _______-son naryad bo‘yicha bajarilayotgan ishlar uchun qoldirildi” deb ko‘rsatib, naryadni to‘liq yopish mumkin.
102. Naryadni yopish, quyidagi ketma-ketlikdagi ishlar bajarilgandan:
a) vaqtincha to‘siqlar olib tashlangan va “Shu yerda ishlansin!”, “Shu yerdan chiqilsin!” plakatlari olinganidan;
b) amaldagi hisobga olish tartibiga muvofiq tekshirgan holda yerga ulagichlar olingandan, mazkur Qoidalarning 103-bandida ko‘rsatilgan holat bundan istisno;
v) doimiy to‘siqlar o‘z o‘rniga o‘rnatilganidan va ish boshlanishidan avval osilgan plakatlar olib qo‘yilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ta’mirlangan uskunalar izolyatsiyasini bevosita ulashdan oldin tekshirishni, agar bunga zarurat bo‘lgan bo‘lsa, vaqtincha to‘siqlar va ogohlantiruvchi plakatlar olinishidan avval, ko‘chma yerga ulagichlar olingan zahotiyoq amalga oshiriladi.
Uskuna naryad yopilgandan keyin ulanishi mumkin.
Agar o‘chirilgan ulanmada ishlar bir nechta naryad bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, u faqat barcha naryadlar yopilgandan keyingina ishga tushirilishi mumkin.
103. Naryadning amal qilish muddati 5 sutkagacha belgilanadi, mazkur Qoidalarga 8-ilovaning 7-bandida ko‘rsatilgan ishlar bundan istisno. Ishdagi tanaffuslarda, agar bu vaqt ichida sxemalar tiklanmagan va ishni bajarish sharoitlari o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, naryad amalda hisoblanadi.
Naryad uzaytirilgan kundan boshlab 5 kalendar kunidan oshmagan muddatga bir marta uzaytirilishi mumkin.
104. Naryadlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi ustidan nazorat uni beruvchi shaxslar va rahbar elektrotexnik xodimlar hisoblangan shaxslar tomonidan, davriy ravishda tanlov asosida tekshiruv yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ishlarni farmoyish bo‘yicha va joriy ekspluatatsiya tartibida bajarish
105. Elektr qurilmalarida naryadsiz bajariladigan barcha ishlar:
a) buning uchun vakolatli shaxslarning (mazkur Qoidalarning 60-bandi) farmoyishi bo‘yicha tezkor jurnalda rasmiylashtirgan holda;
b) joriy ekspluatatsiya tartibida,keyinchalik tezkor jurnalga yozgan holda bajariladi.
106. Ishni takrorlash yoki davom ettirish zarurati bo‘lsa, uning shart-sharoitlari yoki brigada tarkibi o‘zgargan taqdirda, farmoyish tezkor jurnalda rasmiylashtirilgan holda yangidan berilishi lozim.
107. Farmoyish bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
a) kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan davomiyligi bir smenadan ortiq bo‘lmagan ishlar;
b) ishlab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda, davomiyligi 1 soatgacha bo‘lgan ishlar;
v) kuchlanishi 1000 Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish olingan holda, davomiyligi bir smenadan ortiq bo‘lmagan ishlar.
108. Farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar naryad bo‘yicha bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar (mazkur Qoidalarning 53-bandi) bilan bir xil.
Farmoyish bo‘yicha bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlar naryad beruvchi shaxsning ixtiyoriga ko‘ra naryad bo‘yicha bajarilishi mumkin.
109. Farmoyish beruvchi shaxs ish bajaruvchini (kuzatuvchini) tayinlaydi. Ishlarni xavfsiz bajarish imkonini aniqlaydi hamda buning uchun kerakli texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rsatib beradi.
110. Farmoyish uni beruvchi shaxs yoki uning bevosita yoki aloqa vositasi orqali bergan ko‘rsatmasi bo‘yicha tezkor xodim tomonidan tezkor jurnalga yoziladi. Tezkor xodimning o‘zi bergan farmoyish ham tezkor jurnalga yoziladi.
Tezkor jurnalda farmoyish kim tomonidan berilganligi, ish joyi va mazmuni, xavfsizlik choralariga ko‘ra ish bajarilishining toifasi, tashkiliy va texnik chora-tadbirlar ro‘yxati, ishni bajarish vaqti, ish bajaruvchi (kuzatuvchi) va brigada a’zolarining familiyalari, ismi, otasining ismi, elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Farmoyish bo‘yicha ishlash jarayonida ushbu ishlarni bajarayotgan brigada tarkibini o‘zgartirish taqiqlanadi.
111. Tezkor xodim ish bajaruvchiga farmoyishni ma’lum qiladi, ishning bajarilishiga tayyorligi tasdiqlanganidan so‘ng ish joyini tayyorlashga kirishadi (agar u talab etilsa) va tezkor jurnalga ishlarning xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlash uchun bajarilgan barcha texnik chora-tadbirlarni yozib qo‘yadi.
112. Ish bajaruvchi ishni boshlashdan avval ish joyini qabul qilib oladi va ishning boshlanish vaqtini ko‘rsatgan holda, farmoyishni ijroga qabul qilganligi to‘g‘risida tezkor jurnalga imzo qo‘yadi.
113. Farmoyish bo‘yicha bir smena davomida kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlarga quyidagilar kiradi:
a) xizmat xonalari va yo‘laklarni, YOTQlarni doimiy to‘siqlargacha, boshqaruv shchiti xonalarini, shu jumladan rele, o‘lchov va boshqa turli apparaturalar joylashgan panellar ortini tozalash;
b) OTQ hududini obodonlashtirish va tozalash, o‘t o‘rish, yo‘l va yo‘lkalarni qordan tozalash, avtomashnalarni OTQ hududidan o‘tkazish, yuklarni tashish, tushirish, ortish va boshqalar;
v) kameralar va yacheykalardan tashqarida joylashgan yoritish apparaturasini (yoritish tarmog‘ining ishlar bajarilayotgan uchastkasidan kuchlanishni olgan holda) ta’mirlash va lampalarni almashtirish; telefon aloqasi apparaturasini ta’mirlash; elektr dvigatellarning cho‘tkalarini holatiga qarab turish va ularni almashtirish, elektr mashinalarining kollektor va halqalari holatiga qarab turish, to‘siqlar va jihozlar qobig‘idagi yozuvlarni yangilash va hokazolar;
g) YOTQ binosining qurilish qismini va OTQ hududida joylashgan binolarni ta’mirlash, poydevor va portallarni, kabel kanallari bostirmasini, yo‘llar va devorlarni va shunga o‘xshashlarni ta’mirlash;
d) ulash sxemasidan vaqtincha chiqarilgan transformator va boshqa uskunalarning quritilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sxemadan chiqarilgan uskunalardagi moyni tozalash va quritishda moy tozalovchi hamda boshqa yordamchi apparaturaga xizmat ko‘rsatish;
e) havo qurituvchi filtrlarni tekshirish va ulardagi sorbentlarni almashtirish.
114. Mazkur Qoidalarning 115-bandda ko‘rsatilgan ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodim hisoblangan shaxs yakka o‘zi tomonidan bajarilishi mumkin.
“a” kichik bandi bo‘yicha ishlarni elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan I guruhga ega bo‘lgan shaxslar;
“a” , “b” kichik bandlar bo‘yicha ishlarni joriy ekspluatatsiya tartibida tezkor xodimlar;
“g” kichik bandi bo‘yicha ishlarni tezkor xodimlar yoki elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega maxsus ajratilgan kuzatuvchining kuzatuvi ostida elektrotexnik bo‘lmagan xodimlar tomonidan bajarilishiga ruxsat etiladi.
115. Farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlarga, shuningdek, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalaridagi o‘lchov asboblari, elektr energiyasini hisobga olish asboblari, aloqa, telemexanika, avtomatika, releli himoya qurilmalarini montaj qilish, tekshirish, rostlash, ta’mirlashga yechib olish va o‘rnatish ishlari, kommutatsiya apparatlarning uzatmalarida, ikkilamchi zanjirlarida hamda masofadan va avtomatik boshqaruv sxemalarining elektr uzatmalari zanjirida bajariladigan quyidagi:
a) kuchlanishi 1000 V dan yuqori tok o‘tkazuvchi qismlari bo‘lmagan xonalardagi;
b) kuchlanishi 1000 V dan yuqori tok o‘tkazuvchi qismlari doimiy yaxlit yoki to‘rli to‘siqlar orqasida joylashgan xonalardagi, shuningdek, komplekt taqsimlash qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — KTQ) va komplekt transformator podstansiyalarning (keyingi o‘rinlarda — KTP) nazorat va o‘lchov asboblari o‘rnatilgan bo‘linmalaridagi;
v) 1000 Vdan yuqori kuchlanishli to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlar 35 kV va ungacha bo‘lgan kuchlanishda o‘tish joyidan 2,75 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda, 110 kV kuchlanishda — 3,5 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda joylashganida, YOTQni boshqarish yo‘laklaridagi;
g) OTQning to‘rli to‘siq tashqarisiga chiqarilgan releli himoya shkaflaridagi, agregat shkaflari va o‘chirgichlar uzatmalaridagi ishlar kiradi.
Bunda kuchlanish zanjirini o‘chirib qo‘yish va tok zanjirlarini shuntlash imkonini beruvchi maxsus qisqichlar yoki sinov bloklari bilan jihozlanmagan o‘lchov transformatorlari orqali ulangan elektr o‘lchov asboblari va elektr energiyasini hisobga olish asboblari zanjirlaridagi ishlar naryad bo‘yicha bajariladi.
116. Mazkur Qoidalarning 117-bandida ko‘rsatilgan ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimning yakka o‘zi tomonidan yoki ta’mirlash xodimlari yoki ixtisoslashtirilgan xizmatlarning xodimlari hisoblangan kamida ikki shaxs tomonidan bajarilishi lozim. Ulardan bittasi elektr xavfsizligi bo‘yicha IV dan past bo‘lmagan guruhga, ikkinchisi esa elektr xavfsizligi bo‘yicha III dan past bo‘lmagan guruhga ega bo‘lishi kerak.
117. Ishlab chiqarish zaruratiga ko‘ra, davomiyligi 1 soatgacha bo‘lgan rejadan tashqari quyidagi ishlarni tezkor (tezkor ta’mirlovchi) xodimlarga yoki ularning kuzatuvi ostida boshqa elektrotexnik xodimlarga farmoyish bo‘yicha bajarishga ruxsat etiladi:
a) kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish olinib, yerga ulagichlar o‘rnatib bajariladigan ishlar. Bunday ishlarga alohida turgan elektr dvigatelga kabelni ulash va yechib olish, saqlagichlarni almashtirish, kuch transformatorining shoxobchalarini qayta ulash, uskunalar va shinalarning ayrim kontaktlarini tozalash va tortib mahkamlash, moy to‘ldirilgan kirishlarga moy quyish va ulardagi sizib chiqishni bartaraf etish, alohida apparatlarga moy quyish ishlari kiradi.
Bu ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan kuzatuvchini qo‘shib hisoblanganda,kamida ikki kishi tomonidan bajariladi.
Ishga ijozat berishda, bunday ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, TQda ish joyini to‘sishdan tashqari barcha texnik tadbirlar bajarilishi shart, Bunda TQda ish joyini to‘sishni mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 15-bandi talablaridan chekingan holda bajarmasa ham bo‘ladi;
b) kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan, yerga ulagich o‘rnatilishini talab qilmaydigan ishlar. Bunday ishlarga: uskunalarning g‘ilofida bajariladigan ishlar, g‘ilof armaturasini tozalash va mayda ta’mirlash, transformatorlarning kengaytirgichlaridagi moy sathini ko‘rsatuvchi oynalarni va kuchlanish ostida bo‘lmagan o‘chirgich baklari va shunga o‘xshashlarni tozalash va mayda ta’mirlash, moyni tozalash va quritish uchun apparaturani ulash, elektr o‘lchov qisqichlari bilan o‘lchashlar, saqlagichlarni almashtirish, shtanga bilan kontaktlar qizishini tekshirish, shinalarning titrayotgan joylarini shtanga bilan aniqlash, fazalashtirish, izolyatorlarni va ulovchi qismalarda shtanga yordamida bir marta nazorat operatsiyasini bajarish, kuchlanishi 1000 V dan yuqori HLga o‘rnatilgan yuqori chastotali kanallarning ulama filtrlarini tekshirishdagi o‘lchashlar, agar uskunalarning tuzilishi bu ishlarni xavfsiz bajarish imkonini beradigan bo‘lsa, ularga moy quyish va tekshirish uchun moy olish va shunga o‘xshash ishlar kiradi. Bu ishlarni elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodim hisoblangan shaxsni qo‘shib hisoblaganda, kamida ikki kishi bajarishi shart. Bunda tezkor xodim ishlovchilar ustidan uzluksiz nazoratni amalga oshiradi. Ikkinchi shaxs kamida III guruhga ega bo‘lishi mumkin.
118. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalaridan kuchlanish olinib, bir smena davomida farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlarga: magnitli ishga tushirgichlar, ishga tushirish tugmalari, avtomatik o‘chirgichlar, rubilniklar, reostatlar, kontaktorlar hamda shchit va yig‘ilmalardan tashqarida o‘rnatilgan shularga o‘xshash kommutatsiya apparatlarini ta’mirlash; alohida turgan elektr qabul qilgichlarni (elektr dvigatellarni, elektr kaloriferlarni va shunga o‘xshash), alohida joylashgan magnit stansiyalar va boshqaruv bloklarini ta’mirlash; saqlagichlarni almashtirish; yoritish simlarini ta’mirlash ishlari, elektr ta’minoti bir tomonlama bo‘lgan elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar kiradi.
Ko‘rsatilgan ishlarni, odatda ta’mirlash xodimlaridan ikki kishi bajarishi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga, ikkinchisi kamida II guruhga ega bo‘lishi lozim. Alohida hollarda farmoyish beruvchining roziligi bilan ta’mirlovchi xodimlardan III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxsga ushbu ishlarni bajarishga ruxsat etiladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan ishlar tezkor ta’mirlovchi xodimlar tomonidan joriy ekspluatatsiya tartibida amalga oshiriladi.
119. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) farmoyish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ruxsat olgan vaqtdan boshlab, brigada tarkibiga kiruvchi shaxslar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalarining rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi.
Ishlar tugallanganidan keyin ish bajaruvchi:
a) ishlar kuchlanish olinib yoki kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajarilganda, brigadani ish joyidan chiqarib, tezkor xodimlar hisoblangan shaxs bilan birgalikda ish joyini tekshirib chiqishi va shundan so‘ng tezkor jurnalga imzo chekib, ish tugallanganini rasmiylashtirishi shart;
b) ishlar kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajarilganda, ish joyini shaxsan ko‘rib chiqishi, brigadani chiqarishi va bajarilgan ishlar hajmi hamda ularning tugallangan vaqti to‘g‘risida tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxsga xabar berishi shart.
Ish bajaruvchining ushbu xabari tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs tomonidan tezkor jurnalga ish tugalangan vaqtni ko‘rsatib yozib qo‘yilishi kerak.
120. Farmoyish bo‘yicha bajarilgan ishlarning tugallangani to‘g‘risida tezkor xodim bevosita yoki aloqa vositalari orqali farmoyish bergan shaxsga ma’lum qiladi.
121. Joriy ekspluatatsiya tartibida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
a) mazkur Qoidalar 115-bandining “a”, “b”, “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan, kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar;
b) kuchlanish olinib,mazkur Qoidalarning 120-bandida ko‘rsatilgan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar.
122. Shuningdek, joriy ekspluatatsiya tartibida korxona hududida, yashash va xizmat xonalari, omborlar, ustaxonalar va shunga o‘xshash joylardagi tashqi va ichki yoritish qurilmalariga nominal toki 20 A gacha himoya apparatlari bilan jihozlangan guruh liniyalariga ulangan elektr qabul qilgichlarga maxsus biriktirilgan xodimlar tomonidan xizmat ko‘rsatish ish joyi, ishning boshlanishi va tugallanishi haqida tezkor xodimlarni xabardor etib, u esa bu haqida tezkor jurnalga tegishli yozuv kiritib, amalga oshirilishi mumkin.
123. Elektr qurilmalarida joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
a) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan mazkur Qoidalar 115-bandining “a”, “b”, “v” kichik bandlari va 120-bandida belgilangan va mahalliy sharoitlarga qarab to‘ldirilgan ishlar ro‘yxati tuzilishi va uni korxona bosh muhandisi (rahbari) tomonidan tasdiqlanishi;
b) ish bajaruvchi tomonidan aniq ish bajarilishi zarurati va uning xavfsiz bajarilishi imkoniyati aniqlanishi.
124. Mazkur Qoidalarning 125-bandiga muvofiq ro‘yxatga kiritilgan ishlar turlari doimo ruxsat etilgan va yana qo‘shimcha farmoyishlar rasmiylashtirilishini talab qilmaydigan ishlar bo‘lib hisoblanadi.
3-§. Avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish
125. Avariya holatlarida tiklash ishlarini, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan, qisqa muddatli, qurilmalarda avariyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish ishlarini, keyinchalik tezkor jurnalga yozib qo‘yish sharti bilan naryadsiz bajarish quyidagi xodimlarga ruxsat etiladi:
a) tezkor xodimlarga (kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda — kamida ikki kishi bo‘lib);
b) ta’mirlash xodimlariga tezkor xodimning kuzatuvi ostida, agar naryadni yozish va rasmiylashtirish vaqti avariya oqibatlarini bartaraf etishning cho‘zilishiga olib kelsa;
v) ta’mirlash xodimlariga agar tezkor xodim band bo‘lsa hamda doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim bo‘lmagan hollarda, ushbu qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega (1000 V gacha kuchlanishli qurilmalarda kamida IV guruhga ega) ma’muriy texnik xodimlar nazorati va javobgarligi ostida.
126. Podstansiyalarda naryad yoki farmoyish berish huquqiga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimlar bo‘lmagan taqdirda, avariyaning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlariga naryad yoki farmoyish berish huquqi barcha podstansiyalar va tezkor chiqish brigadalarining elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimlariga beriladi.
127. Barcha holatlarda ishlarni bajarishda, xavfsizlikni ta’minlovchi barcha texnik chora-tadbirlar bajarilishi shart.
128. Avariya oqibatlarini bartaraf etishda tezkor xodimlarning (bevosita, naryadsiz ishlanganda ishlovchilar ustidan kuzatuv o‘rnatish yo‘li bilan) ishtirok etishiga yuqori turuvchi tezkor xodimlarning roziligi bilan ruxsat beriladi. Yuqori turuvchi xodimlar bilan aloqa bo‘lmagan taqdirda, bunday ruxsat talab etilmaydi.
129. Korxonalarning elektr qurilmalarida shahar (tuman) elektr ta’minoti yoki magistral elektr tarmoqlarining navbatchi brigadalari tomonidan har xil turdagi avariya ishlari bajarilganda, masalan, avariyadan shikastlangan kabelni sinash va o‘lchashda, mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq naryad berish vaishga ijozat berishni rasmiylashtirish shart. Bunday holatlarda, korxona podstansiyasida naryad berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs ayni vaqtda bo‘lmagan taqdirda, avariyani tezroq bartaraf etish maqsadida qurilmani (korxonani, sexni) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha naryadni korxonaning navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimi berish huquqiga ega bo‘ladi.
4-§. Xizmat safaridagi xodimlar bajaradigan ishlar
130. Xizmat safaridagi xodimlar — bu iste’molchilarning elektr qurilmalaridagi ishlarni bajarish maqsadida ularning shtat ro‘yxatida bo‘lmagan, boshqa korxona va tashkilotlardan yuborilgan xodimlar.
131. Xizmat safaridagi xodimni ishga quyish ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmat safaridagi shaxslar xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilim sinovidan o‘tganligi va elektr xavfsizligi bo‘yicha guruh berilgani haqidagi belgilangan shakldagi shaxsiy guvohnomaga ega bo‘lishlari shart. Mazkur qoidalar bo‘yicha bilim sinovi doimiy ish joyi bo‘yicha o‘tkaziladi.
132. Xizmat safariga yuborilgan korxona (tashkilot) xizmat safarining maqsadidan tashqari, javobgar rahbar, ish bajaruvchi, nazorat qiluvchi va brigada a’zolari qilib tayinlanishi mumkin bo‘lgan xodimlar haqida, shuningdek, elektr qurilmalarida uzoq muddatli ishlarda naryad berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar haqida yozma ravishda ma’lumot berishi kerak.
133. Xizmat safaridagi shaxslar xizmat safari joyiga ilk bor kelganda, ishlashi kerak bo‘lgan elektr qurilmalarining xususiyatlarini hisobga olgan holda, elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq oladilar. Naryad beruvchi, javobgar rahbar, ish bajaruvchi va nazorat qiluvchi vazifalari yuklatiladigan shaxslar esa ushbu elektr qurilmalarining energiya ta’minoti sxemalari bo‘yicha ham yo‘l-yo‘riq oladilar.
Yo‘l-yo‘riq yo‘riqnomalar jurnalida yozuv, shuningdek, yo‘l-yo‘riq oluvchi va yo‘l-yo‘riq beruvchi shaxslarning imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
134. Xizmat safarining muddati 5 ish kunidan oshmaydigan bo‘lsa, ishlab turgan elektr qurilmalarida bajariladigan ishlarda naryad beruvchi, javobgar rahbar, ish bajaruvchi, kuzatuvchi hamda brigada a’zolari sifatida ishlash huquqi taqdim etilishi xizmat safariga yuborgan tashkilotning xatiga qurilmalarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbariyatining rezolyutsiyasi bilan rasmiylashtiriladi. Xizmat safarining muddati 5 ish kunidan oshgan taqdirda rasmiylashtirish yozma ko‘rsatma orqali amalga oshirilishi lozim.
135. Xizmat safaridagi xodimlarga yo‘l-yo‘riq berilishi ular xizmat safariga yuborilgan korxonaning elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega ma’muriy-texnik xodimi yoki kamida IV guruhga ega tezkor yoxud tezkor ta’mirlovchi xodimi tomonidan o‘tkazilishi zarur.
Yo‘l-yo‘riq mazmuni, ishning xususiyatlari va murakkabligiga, elektr qurilmasining o‘ziga xos xususiyatlari va sxemasiga qarab yo‘riq beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi.
136. Xizmat safariga yuborayotgan korxona (tashkilot) xizmat safariga yuborilgan xodimlarning, ularga elektr xavfsizligi bo‘yicha berilgan guruhlariga hamda ushbu Qoidalarning 134-bandiga ko‘ra ularga taqdim etilgan huquqlarga muvofiqligiga va xodim tomonidan mazkur Qoidalar bajarilishiga javobgardir.
137. Elektr qurilmalarida xizmat safaridagi xodimlar tomonidan ishlar bajarilayotgan korxona (tashkilot) ishlayotganlarning ishchi va ilashgan kuchlanish elektr tokidan shikastlanishidan himoyani ta’minlovchi xavfsizlik choralari bajarilishi uchun javobgardir.
138. Xizmat safaridagi xodimlar uchun ish joyini tayyorlash va ishga ijozat berish barcha hollarda qurilmani ekspluatatsiya qilayotgan tashkilotning tezkor xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
139. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(139-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 1-ILOVA
Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlari
Izoh:
1. Guvohnomasining amal qilish muddati o‘tgan yoki bilim sinovidan o‘tmagan elektrotexnik xodimlar hisoblangan, elektr xavfsizligi bo‘yicha II — V guruhga ega bo‘lgan shaxslar I guruxga tenglashtiriladi.
2. 18 yoshga to‘lmagan amaliyotchilarga I I dan yuqori guruh berishga ruxsat berilmaydi.
3. Elektr qurilmalarini nazorat qiluvchi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis uchun 3 yildan kam bo‘lmagan umumiy ish staji talab etiladi (elektr qurilmalarida bo‘lishi shart emas).
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 2-ILOVA
Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega bo‘lgan xodimlarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tish jurnali
Tekshiriluvchi xodim ishlaydigan sexning, elektr qurilma nomi
Lavozimi, ushbu lavozimdagi ish staji
Oldingi bilimlar sinovining sanasi, bahosi
Mazkur bilimlar sinovining sanasi va sababi
Bilim bahosi
Imzo
Tekshiruvchi
Tekshiriluvchi
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 3-ILOVA
Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilim sinovidan o‘tish jurnali
(egallab turgan lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)
Komissiya a’zolari _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(egallab turgan lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 4-ILOVA
Bilimlar sinovidan o‘tish to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli
1-bet
Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tganlik to‘g‘risida GUVOHNOMA ___________________________________________________________________________________________
2-bet
Vazirlik, birlashma __________________________________________________________________________ Tashkilot, korxona ____________________________________________________________________________ Guvohnoma ________- son F.I.O.______________________________________________________________________________________ Mansabi____________________________________________________________________________________ _________________________________________________(sex) bo‘limida _________________________________________________ sifatida kuchlanishi ________________________________________bo‘lgan elektr qurilmalaridagi ishlarni bajarishga ijozat berildi. Berilgan sana________________________________________________________________________________ Korxonaning elektr xo‘jaligi bo‘yicha javobgar shaxs_________________________________________________
(imzo)
Muhr o‘rni
3-bet Bilimlar sinovining natijasi
Sana
Bilimlar sinovining sababi
Jurnaldagi yozuv raqami
Umumiy baho, elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi
Komissiya raisining imzosi
4-bet
Maxsus ishlarni bajarish huquqiga shahodatnoma
Sana
Ishlarning nomi
Komissiya raisining imzosi
5-bet
Izoh :
Qoidalar yoki yo‘l-yo‘riqlarni buzgan shaxslarga navbatdan tashqari bilim sinovi belgilanadi.
Muhr qo‘yilmagan, sinov natijalari bo‘yicha belgisi bo‘lmagan, malaka komissiyasi raisi va korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning imzolari bo‘lmagan, shuningdek, navbatdagi sinov muddati o‘tib ketgan shaxslarning guvohnomasi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida guvohnoma xodimning yonida bo‘lishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 5-ILOVA
Elektr qurilmalarini nazorat qiluvchi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislar uchun bilimlar sinovidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning namunasi
1-bet Guvohnoma
Iste’molchilarni elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tganlik to‘g‘risida
2-bet
_________________________________________ vazirligi __________________________________________ korxonasi ____________ - son guvohnoma F.I.O._____________________________________ ___________________________________ lavozimda korxona elektr qurilmalarini nazorat qilish uchun ijozat berilgan
M.o‘. Berilgan sanasi 20 ___ yil “___” ______________ Korxona bosh muhandisi ___________________
(imzo)
3-bet
Sana
Tekshirish sababi
Jurnaldagi yozuv raqami
Guruh, baho
Komissiya raisining imzosi
4-bet
Izoh:
Qoidalarni buzganlar navbatdan tashqari sinovdan o‘tishlari shart. Muhr qo‘yilmagan, sinov natijalari bo‘yicha belgisi bo‘lmagan, malaka komissiyasi raisi, korxona bosh muhandisining imzolari bo‘lmagan, shuningdek, navbatdagi sinov muddati (3 yilda 1-marta) o‘tib ketgan shaxslarning guvohnomasi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida guvohnoma xodimning yonida bo‘lishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 6-ILOVA
Naryadning shakli va uni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Elektr qurilmalarida ishlash uchun ___ -son naryad-ijozat
Ish uchun javobgar rahbar ____________________________ ijozat beruvchi _____________________________ ish bajaruvchi ______________________________________ kuzatuvchi_______________________________ga brigada a’zolari bilan________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ topshiriladi: ________________________________________________________________________________ Ishlar boshlansin: sana ___________________
vaqti __________________
Ishlar tugatilsin: sana ___________________
vaqti __________________
Ishlar bajarilsin: kuchlanish olinganda; kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida; kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda (keraklisi ostiga chizilsin).
1-jadval
Ish joyini tayyorlash bo‘yicha choralar
Tarmoqdan uzilishi va yerga ulagichlar o‘rnatilishi lozim bo‘lgan elektr qurilmalarining nomi
Nima tarmoqdan uzilishi va yerga ulagich qayerga o‘rnatilishi kerak
1
2
Alohida ko‘rsatmalar__________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ Naryadni berdi: sana_____________ vaqti_____________ imzo___________ familiyasi___________________ Naryad muddati gacha uzaytirildi: sana___________ vaqti _________ Imzo________ familiyasi__________________ sana_______vaqti________
2-jadval
Ishga ijozat berishga ruxsat berish
Ish joyini tayyorlashga va ishga ijozat berishga ruxsat oldim
Sana, vaqti
Kimdan olindi (familiyasi, lavozimi)
Ijozat beruvchi (imzo)
1
2
3
4
(Naryadning orqa tomoni)
Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi:____________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ Ijozat beruvchi __________________ Ish uchun javobgar rahbar _______________________________________
(imzo)
(imzo)
3-jadval
Kundalik ijozat berish va ishning tugashi
Brigadaga yo‘l-yo‘riq berildi va tayyorlangan ish joyida ishlashga ijozat berildi
Ish tugadi, brigada ish joyidan chiqarildi
Ish joylarining nomi
Sana, vaqti
Imzolar
Sana, vaqti
Brigada o‘rnatgan yerga ulagichlar olingani haqida xabar berildi (kimga)
Ish bajaruvchi (imzo)
Ijozat beruvchi
Ish bajaruvchi
1
2
3
4
5
6
7
4-jadval
Brigada tarkibidagi o‘zgarishlar
Brigada tarkibiga kiritildi
Brigada tarkibidan chiqarildi
Sana, vaqti
Ruxsat berildi (imzo)
1
2
3
4
Ish butunlay tugatildi, brigada ish joyidan chiqarildi, brigada o‘rnatgan yerga ulagichlar olindi _________________________________________ ga xabar berildi.
Ish uchun javobgar rahbar ____________________________
(imzo)
Naryadni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar
1. Naryaddagi yozuvlar tushunarli bo‘lishi shart. Naryad matniga tuzatishlar kiritish man qilinadi. 2. Naryadlarni raqamlash tizimi korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan belgilanadi. 3. Jadvalning to‘ldirilmaydigan kataklariga “Z” belgisini qo‘yish, qatorlarga esa chiziq tortish kerak. 4. “Sana” satriga yozilayotganda avval kun, keyin oy va so‘ngida yilning oxirgi ikki soni ko‘rsatiladi, masalan, 02.11.13, 24.04.13. 5. Naryadda ko‘rsatilayotgan shaxslarning familiyalaridan tashqari, ularning ismi, otasining ismi hamda ijozat beruvchi, mas’ul javobgar rahbar, ish bajaruvchi, kuzatuvchi va brigada a’zolarining elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi ham yoziladi. 6. Naryadda elektr qurilmalarining, ulanmalarning, jihozlarning dispetcherlik nomlanishi ko‘rsatilishi lozim.
Naryadning old tomoni
7. “Bo‘linma” satrida korxonaning elektr qurilmasida ish olib borishi lozim bo‘lgan tarkibiy bo‘limi (sexi, xizmati, uchastkasi) ko‘rsatiladi. 8. Agar ishlarning mas’ul javobgar rahbarsiz bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, “Ish uchun javobgar rahbar” satrida “Tayinlanmaydi” deb ko‘rsatiladi. “Ijozat beruvchi” satrida tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan ijozat beruvchining familiyasi ko‘rsatiladi. “Brigada a’zolari bilan” satrida ish bajaruvchi yoki kuzatuvchidan tashqari barcha brigada a’zolarining hammasi familiyalari ko‘rsatiladi. Familiyalar bosh kelishikda yoziladi. Satrlar yetishmagan hollarda, naryad beruvchi shaxs tomonidan imzolangan brigada a’zolarining ro‘yxati naryadga ilova qilinishi va bu haqda oxirgi satrda “Qo‘shimcha ro‘yxatga qarang” deb yozib qo‘yilishi lozim. 9. “Topshiriladi” satrida: ish bajariladigan joydagi elektr qurilmasining va ulanmalarning nomi, ishning mazmuni ko‘rsatiladi; HL uchun ushbu liniyaning nomi va ish bajarilishi kerak bo‘lgan uchastka chegarasi (tayanchlarning tartib raqami ko‘rsatilib, qaysi tayanchlarda yoki tayanchlar oralig‘ida ish olib borilishi, qaysi tayanchlar oralig‘idagi simlarda ishlash), shuningdek, ishning mazmuni ko‘rsatiladi. Ko‘p zanjirli HL uchun, shuningdek, zanjirning nomi, fazama-faza ta’mirlashda esa tyanchlarda fazalarning joylashishi ko‘rsatiladi. 10. “Ish tugatilsin” satrida ushbu naryad bo‘yicha ishni tugatish sanasi hamda vaqti ko‘rsatiladi (barcha ishlar qachon batamom tugashidan qat’i nazar). 11. Podstansiyalar elektr qurilmalarida va KLda ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar ko‘rsatiladi: 1-ustunda-tarmoqdan uzilishi va yerga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan elektr qurilmalarining nomi; 2-ustunda o‘chirilishi zarur bo‘lgan kommutatsiya apparatlari va yerga ulagichlar hamda to‘siqlar o‘rnatilishi zarur bo‘lgan joylar. 12. HL da ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar ko‘rsatiladi: 1-ustunda naryadning “topshiriladi” satriga yozilgan liniyalar, zanjirlar va simlarning nomi hamda ta’mirlanayotgan HL yoki zanjirdagi ishlarni bajarish bilan bog‘liq holda o‘chirilishi va yerga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan boshqa HL yoki zanjirning nomi; 2- ustunda ijozat beruvchi tomonidan o‘chiriladigan va yerga ulagich o‘rnatiladigan HL uchun TQda va HLning o‘zida o‘chiriladigan kommutatsiya apparatlarining nomi va yerga ulagichlar o‘rnatilishi zarur bo‘lgan joylar. Agar yerga ulagichlar tayanchlarga o‘rnatiladigan bo‘lsa, tayanchlarning tartib raqami ko‘rsatilishi lozim. Ushbu ustunda, shuningdek, mazkur Qoidalarga 9-ilovadagi 42 — 45, 48, 50, 51-bandlarga muvofiq ish joyida simlar va troslarga yerga ulagich o‘rnatilishi shart bo‘lgan tayanchlarning tartib raqamlari yoki tayanchlar oralig‘i ko‘rsatilishi kerak. Agar naryad berish paytida yerga ulagich o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joyni aniqlash mumkin bo‘lmasa yoki bajariladigan ish yerga ulagichni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishini talab qilsa, ushbu ustunda “ish joylarida yerga ulagich o‘rnatilsin” deb ko‘rsatiladi. 2-ustunda, shuningdek, ta’mirlanayotgan HL bilan kesishgan yoki uning yaqinidan o‘ggan havo elektr uzatish tarmog‘iga o‘rnatilishi kerak bo‘lgan yerga ulagichlarning joyi ham ko‘rsatilishi kerak. Agar ushbu HL boshqa korxona tomonidan ekspluatatsiya qilinsa, naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida boshqa korxona xodimlari tomonidan o‘rnatilgan yerga ulagichni tekshirish zarurligi ko‘rsatilishi kerak. 13. 1-jadvalga bevosita ish joyini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan tarmoqdan o‘chirishlar kiritilishi zarur. Ish joyini tayyorlash jarayonida sxemaga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘lik bo‘lgan qayta ulashlar (masalan, ulanmani bir shina tizimidan, boshqa shinalar tizimiga o‘tkazish, tarmoq uchastkasini bir manbadan ikkinchi manbaga o‘tkazish va boshqalar) jadvalga kiritilmaydi. Ish joyini tayyorlash bo‘yicha tezkor ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan ijozat beruvchi tomonidan bajariladigan elektr qurilmalaridagi barcha operatsiyalarni hamda ish joylarini tayyorlash bo‘yicha boshqa choralarni (masalan, kuchlanish yo‘qligini tekshirish, tok o‘tkazuvchi qismlarga to‘siqlar o‘rnatish va boshqalar) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan tezkor o‘chirib-ulash ishlari bo‘yicha maxalliy yo‘riqnomalarga muvofiq 1-jadvalga kiritish mumkin. 14. Ishga ijozat berish uchun tarmoqdan o‘chirish va yerga ulagichlar o‘rnatish talab qilinmaydigan naryadlarda 1-jadvalning 1-ustuniga “Tarmoqdan uzmasdan va yerga ulagichlarni o‘rnatmasdan” deb yozib qo‘yiladi. 15. Agar 1-jadvaldagi satrlar soni ish joyini tayyorlash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish uchun yetarli bo‘lmasa, unda naryadga naryad beruvchining imzosi bilan qo‘shimcha jadval ilova qilishga ruxsat etiladi va bu haqda asosiy jadvalning oxirgi satriga “qo‘shimcha ro‘yxatga qaralsin” deb yozib qo‘yilishi kerak. 16. “Alohida ko‘rsatmalar” satrlarida quyidagilar qayd etiladi: javobgar rahbarning uzluksiz nazorati ostida bajariladigan ishning bosqichlari yoki alohida operatsiyalari (mazkur Qoidalarning 62-bandi); yerga ulagichni vaqtincha olishga ruxsat berish (mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 39-bandi); yuklarni kran bilan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda, ishning xavfsiz bajarilishi uchun javobgar shaxsni tayinlash (mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 141-bandi); mazkur Qoidalarning 46-bandida ko‘rsatilgan ishlar bajarilayotgan joydagi ta’mirlanayotgan liniya ustunlari oralig‘idagi kuchlanish ostidagi HL, kuchlanish ostidagi simlar va ta’mirlanayotgan liniyaning troslari; ta’mirlanayotgan liniyaning boshqa HL ta’sirida ilashgan kuchlanish ostida ekanligi haqida ko‘rsatma. Naryad beruvchining xohishiga ko‘ra, ushbu satrlarga bajarilayotgan ish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘rsatmalarni ham yozishga ruxsat etiladi. “Naryad berdi” va “Naryad muddati uzaytirildi” satrlarida naryad beruvchi uni imzolagan vaqtini va sanasini ko‘rsatishi zarur. 17. 2-jadval tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini o‘rindoshlik asosida bajarayotgan ish bajaruvchi tomonidan ishlashga birinchi bor ishga ijozat berilganda to‘ldiriladi. Ta’mirlanayotgan elektr qurilmasini vaqtincha ulash paytida 2-jadval har bir qayta ishga ijozat berishdan oldin to‘ldiriladi. Ishga ijozat berish navbatchi tomonidan amalga oshirilganda, shuningdek, tezkor ta’mirlash xodimlar jumlasidan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini o‘rindoshlik asosida bajaruvchi ish bajaruvchi tomonidan ishga ijozat berish ish joyiga yetib kelgan zahoti amalga oshiriladigan hollarda 2-jadval to‘ldirilmaydi.
Naryadning orqa tomoni
18. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va KLda ishlaganda “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi” satrlarida ijozat beruvchi ta’mirlanayotgan va ish joyi yaqinidagi qo‘shni ulanmalarning (yoki qo‘shni ulanmalarning uskunalarini) kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarini ko‘rsatadi. Agar bunday qismlar bo‘lmasa, ushbu satrlarda “Qolmadi” deb yozilishi lozim. HLda ishlaganda ushbu satrlarda naryad beruvchi tomonidan “Alohida ko‘rsatmalar” satrida ko‘rsatilgan tok o‘tkazuvchi qismlar, zarur bo‘lganda esa boshqa tok o‘tkazuvchi qismlar ham yozib qo‘yiladi. Ijozat beruvchi va javobgar rahbar “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi” satrlari ostiga faqat birinchi bor ishga ijozat berishda imzo qo‘yadi. 19. 3-jadvalda har kungi ishga ijozat berish va ishning tugatilishi, shu jumladan brigadaning bir ish joyidan ikkinchisiga ko‘chirilishi, shuningdek, elektr qurilmalari vaqtincha ulanganda ishga ijozat berish va ishning tugatilishi rasmiylashtiriladi. Qayta ishga ijozat berishni amalga oshiruvchi shaxs 3-ustunga imzo qo‘yadi. Mazkur Qoidalarning 96-bandiga muvofiq tekshirish uchun elektr qurilmalarini ulash bilan bog‘liq ishlarda 6-ustun to‘ldiriladi. 6-ustunda brigadani ish joyidan chiqarilgani, o‘rnatilgan yerga ulagichlar olingani, ish vaqtincha tugatilgani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasi va lavozimi ko‘rsatiladi. Ishlarning ish kunining tugashi munosabati bilan tamomlanishini ish bajaruvchi 3-jadvalning 5- va 7-ustunlarida rasmiylashtiradi. 20. 4-jadvalda brigada tarkibiga mexanizm haydovchisi yoki kranchini kiritish yoki undan chiqarishda, unga biriktirilgan mexanizm va o‘ziyurar kranning turi ham ko‘rsatiladi. “Ruxsat berdi” satriga brigada tarkibini o‘zgartirishga ruxsat bergan shaxs (familiyasini ko‘rsatib) imzo qo‘yadi. Agar ruxsat telefon yoki radio orqali berilgan bo‘lsa, ish bajaruvchi ushbu ustunda brigada tarkibini o‘zgartirishga ruxsat bergan shaxsning familiyasini ko‘rsatadi. 21. Ish to‘liq tugatilgandan so‘ng ish bajaruvchi naryadni ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan satriga rasmiylashtirish vaqti va sanasini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi. Ish joyini qabul qilib olganidan so‘ng javobgar rahbar ham tegishli satrga imzo qo‘yadi. Agar javobgar rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, ish bajaruvchi uning o‘rniga imzo qo‘yadi. Naryadda ishning to‘liq tugallanganini ish bajaruvchi faqat o‘zidagi naryad nusxasida ish batamom tugallangani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasini va lavozimini hamda xabar berilgan sana va vaqtini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiradi. Agar brigada yerga ulagichlar o‘rnatmagan bo‘lsa, u holda “brigada o‘rnatgan yerga ulagichlar olindi” degan so‘zlar ish to‘liq tugallanganligi to‘g‘risidagi xabar matnidan o‘chirib tashlanadi. 22. Naryad beruvchi shaxs mazkur Qoidalarning 106-bandiga muvofiq naryadning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qiladi va uning oxirida imzo qo‘yadi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 7-ILOVA
1-jadval
Elektr qurilmasining kuchlanishi
Odamlardan va ular ishlatadigan asbob-uskunalar va moslamalardan, vaqtincha to‘siqlardan
Transport va ishchi holatidagi yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlardan, yuk changallovchi moslamalar va yuklarning strop (arqon)laridan
tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa, m
1000 V gacha
HLda 0,6
tegish bo‘lmagan TQda
me’yorlanmaydi
1,0
1,0
3 —35 kV
0,6
1,0
60 —110 kV
1,0
1,5
150 kV
1,5
2,0
220 kV
2,0
2,5
2-jadval
Tuproq
Qazish chuqurligi, m
1,5 gacha
1,5 — 3,0
Qiyalik yo‘nalishi va gorizontal chiziq o‘rtasidagi burchak,
grad
Qiyalik balandligi-
ning asosiga nisbati
Qiyalik yo‘nalishi va gorizontal chiziq o‘rtasidagi burchak,
grad
Qiyalik balandli-gining asosiga nisbati
Tabiiy namlikdagi, uyilgan
76
1:0,25
45
1:1
Qumli va shag‘alli, namli
(to‘yinmagan)
63
1:0,5
45
1:1
Loyli:
qumloq tuproq
qumoq tuproq
loy
76
90
90
1:0,25
1:0
1:0
56
63
76
1:0,67
1:0,5
1:0,25
Sariq (sog‘) tuproq
90
1:0
63
1:0,5
3-jadval
Tuproq shartlari
Xandaq chuqurligi, m
To‘siqlar
Sizot suvlari kichik miqdorda sizib chiqadigan yoki ular yo‘q bo‘lgan tabiiy namlikdagi yopishqoq tuproqlar
3 gacha
Orasi ochiq
Xuddi shuningdek
3 — 5
Yaxlit
Yuqori namlikdagi har xil va qumli tuproqlar
Chuqurligidan qat’i nazar
Yaxlit
Izoh:
Sizot suvlarining kuchli oqimida va mayda tuproqlarning chiqib ketishi sodir bo‘lganda, zichlangan (shpuntlangan) to‘siq ishlatiladi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 8-ILOVA
1-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
1. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori kabel liniyalari (keyingi o‘rinlarda — KL) va podstansiya elektr qurilmalarida naryad bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi shart:
Kuchlanish olinganda;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlar va ularning yaqinida;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda, vaqtincha to‘siqlar o‘rnatish talab etiladigan;
TQda ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarini qo‘llab amalga oshiriladigan
Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan boshqa ishlar, shu jumladan: komplekt taqsimlash qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — KTQ) va tashqarida o‘rnatilgan komplekt taqsimlash qurilmasidagi (keyingi o‘rinlarda — TKTQ), shkafning eshiklari va to‘siqlari yopilgan bo‘lishi sharti bilan aravachalarda shkaflardan tortib chiqarilgan uskunalardagi; kommutatsiya apparatlarining uzatmalari va agregat shkafidagi, ikkilamchi zanjirlar, releli himoya, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalaridagi ishlar farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
2. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan TQ, taqsimlash shchitlari, yig‘malarning yig‘ma shinalarida, shuningdek, ushbu qurilmalarning ular orqali yig‘ma shinalarga kuchlanish uzatilishi mumkin bo‘lgan ulanmalaridagi ishlar naryad bo‘yicha bajarilishi kerak. Boshi berk ulanmalardagi ishlarni farmoyish bo‘yicha bajarishga ruxsat etiladi.
3. Podstansiyalarning elektr qurilmalari va KLda, ularning barcha tok o‘tkazuvchi qismlaridan, shu jumladan HL va KL chiqishlaridan kuchlanishni olgan holda, qo‘shni (kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan yig‘ma va shchitlar kuchlanish ostida qolishi mumkin) elektr qurilmalariga kirish joyi qulflangan bo‘lishi sharti bilan ishlar bajarilganida, barcha ulanmalarda bir vaqtda ishlash uchun bitta naryad berilishiga ruxsat etiladi.
4. Yakka tizimli shina va seksiyalar soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar, 10 kV gacha bo‘lgan TQda seksiyani ta’mirlashga chiqarishda, shinalar va ushbu seksiyaning barcha yoki bir qism ulanmalaridagi ishlarga bitta naryad berishga ruxsat etiladi. Seksiyaning barcha ish joylariga ishlashga bir vaqtda ijozat berilishi mumkin; brigadani ushbu seksiya chegarasida turli ish joylarida tarqalib joylashtirishga ruxsat etiladi.
Naryadlar bo‘yicha ish to‘la tugallanmaguncha seksiyaning biron-bir ulanmasini kuchlanish ostida tekshirib ko‘rish yoki uni ulash uchun tayyorlash taqiqlanadi.
5. Quyidagi hollarda brigadani turli ish joylariga tarqatib, bir ish joyidan boshqa ish joyiga ko‘chirishni rasmiylashtirmasdan, bir yoki bir necha ulanmalarda bir vaqtda yoki navbatma-navbat bajariladigan ishlar uchun bitta naryad berishga ruxsat etiladi:
nazorat va kuch kabellarini o‘tkazishda va ko‘chirib o‘tkazishda, uskunalarni sinashda, himoya, avtomatika, blokirovka hamda shunga o‘xshash qurilmalarni tekshirishda;
uzatmalari boshqa xonada joylashtirilgan kommutatsiya apparatlarini ta’mirlashda;
kotlovan, xandaq, quduq, kollektor, tunnellardagi ayrim kabelni ta’mirlashda;
ish joylarining joylashishi ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) brigada ustidan nazoratni o‘rnatish imkoniyatini beradigan ikki kotlovanda va kotlovanga yaqin joylashgan YOTQda bajariladigan alohida bir kabelni ta’mirlash ishlarida.
6. Ishlar mazkur Qoidaga 8-ilovaning 4-5-bandlariga muvofiq bajarilganda, barcha ish joylari ishga ijozat berishdan oldin tayyorlab qo‘yilishi lozim. Brigada turli ish joylariga tarqatib ishlaganda, brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lganlardan bittasi yoki bir nechtasi ish bajaruvchidan alohida turishiga ruxsat etiladi; bunda ish bajaruvchi, undan alohida joylashtirilishi kerak bo‘lgan brigada a’zolarini ish joylariga boshlab borishi va ishlar xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishi shart.
7. Tezkor chiqish brigadaga bir necha podstansiyalarda, har bir podstansiyaning bir yoki bir necha ulanmalarida, bir xil turdagi ekspluatatsiya ishlarini navbati bilan bajarish uchun bitta naryad berishga ruxsat etiladi.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: izolyatsiyani tozalash, qisqichlarni tortib mahkamlash, moyni tahlilga olish va moy quyib to‘ldirish, transformatorlarning shoxobchalarini qayta ulash, releli himoya, avtomatika, o‘lchov asboblari qurilmalarini tekshirish, chet manbadan yuqori kuchlanish bilan sinash, izolyatorlarni o‘lchov shtangasi bilan tekshirib ko‘rish va shunga o‘xshash ishlar. Bunday naryadlarni amal qilish muddati 1 sutka.
Har bir podstansiya va har bir ulanmada ishga ijozat berish mazkur Qoidalarga 6-ilovada keltirilgan naryadning “Kundalik ishlashga ijozat berish va uning tugashi” 3-jadvalida rasmiylashtirilishi lozim. Ishlar mazkur Qoidalarga 8-ilovaning 3-bandiga muvofiq bajariladigan podstansiyalard ishga ijozat berish barcha ulanmalar uchun bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin, lekin ushbu podstansiyadagi barcha ishlar to‘liq tugallanmaguncha ularni birontasini ham ulashga tayyorlash taqiqlanadi. Podstansiyalarning har birini mazkur naryad bo‘yicha ishlar to‘liq tugallanganidan so‘ng ulashga ruxsat beriladi.
8. TQ ichida joylashgan aloqa qurilmalaridagi ishlar TQga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan beriladigan naryadlar bo‘yicha amalga oshirilishi shart. Ishga ijozat berish ushbu xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
2-§. Elektr uzatish havo liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
9. HLda naryad bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi lozim:
kuchlanish olinganda, shu jumladan ikki tayanch oraliqlari kesishgan joylarda, ilashgan kuchlanish zonasida, shuningdek, tarmoqdan uzilgan ko‘p zanjirli 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLda simlarni montaj qilish va almashtirish bo‘yicha;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda: odam oyog‘i ostidan hisoblaganda yer sirtidan 3 metrdan yuqori balandlikda; tayanchning konstruktiv qismlarini bo‘laklab; tayanch oyog‘ini 0,5 metrdan ko‘p chuqurlikda kavlab ;
qo‘riqlash maydonida, HL trassasini tozalashda kesilayotgan daraxtlarning simga tushishining oldini olish choralarini ko‘rish talab etilgan hollarda; 0,4 — 10 kV HL trassasini tozalashda shox-butalarni kesishda, ularning simlarga tushishi yoki ularni kesish bilan bog‘liq ravishda odamlarni simlarga xavfli masofaga yaqinlashishida, yuk ko‘taruvchi mashina va mexanizmlarni qo‘llab bajaraladigan ishlar. HLdagi qolgan barcha ishlar farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
10. Har bir HLga, ko‘p zanjirli liniyalarda esa uning har bir zanjiriga alohida naryad beriladi, bitta naryad berishga ruxsat etilgan quyidagi hollar bundan mustasno:
ko‘p zanjirli liniyaning bir necha zanjirlarida kuchlanish olinganda va kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bir nechta HLda bajariladigan bir turdagi ishlar;
HLlarning kesishgan joylaridagi ishlar; kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLlarda bir liniyadan boshqasiga o‘tishni rasmiylashtirib, navbatma-navbat bajariladigan ishlar.
11. Ta’mirlanayotgan liniyadan kuchlanish olinganda bajariladigan ishlarga berilgan naryadda uni kesib o‘tgan qaysi liniya uzilishi mazkur Qoidalarning 46-bandiga va yerga ulanishi mazkur Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq yerga ulagich o‘rnatilishi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Agar ishlarni bajarish sharoitlariga ko‘ra ta’mirlanayotgan liniya yaqinidan o‘tayotgan liniyani o‘chirish talab qilinadigan bo‘lsa, naryadda ta’mirlanayotgan HLga tegishli xuddi shunday ko‘rsatma kiritilishi lozim. Bunday hollarda ta’mirlanayotgan liniyani kesib o‘tuvchi yoki uning yaqinidan o‘tayotgan liniyaga yerga ulagich o‘rnatish ishga ijozat berishdan oldin amalga oshirilishi kerak hamda ishlar to‘liq tugallanishiga qadar ulardan yerga ulagichlarni olish taqiqlanadi.
12. Ish kuni tamom bo‘lishi sababli ishdagi tanaffuslarda ish joylariga o‘rnatilgan yerga ulagichlar olinmaydi. Kelgusi kun ishni boshlashda qoldirilgan yerga ulagichlarning butligi va mustahkam ulanganligi tekshirilganidan keyingina brigadani ishlashiga ijozat beriladi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 9-ILOVA
1. Kuchlanish olinib bajariladigan ishlar uchun ish joyini tayyorlash bo‘yicha quyidagi texnik chora-tadbirlar ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart:
a) zarur o‘chirishlarni amalga oshirish va ish joyiga kommutatsiya apparaturasining yanglishib yoki o‘z-o‘zidan ulanib qolishi oqibatida kuchlanish berilishini istisno etuvchi choralarni ko‘rish;
b) qo‘lda boshqariladigan uzatmalarga va masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlarining kalitlariga taqiqlovchi plakatlarni osib qo‘yish;
v) odamlarni elektr tokidan jarohatlanishdan himoya qilish uchun yerga ulanishi zarur bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirish;
g) yerga ulagichni o‘rnatish (yerga ulagich pichoqlarini ulash, ular bo‘lmagan taqdirda, ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish);
d) ogohlantiruvchi va ko‘rsatma beruvchi plakatlarni osib qo‘yish, zarur bo‘lgan taqdirda, ish joyini va kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish. Mahalliy sharoitlarga qarab tok o‘tkazuvchi qismlar, yerga ulagichlar o‘rnatilishidan oldin yoki keyin to‘siqlar bilan ajratib qo‘yiladi.
Elektr qurilmalariga smenada ikki va undan ko‘p shaxs tomonidan tezkor xizmat ko‘rsatilganda, ushbu bandda qayd etilgan tadbirlar ikki kishi tomonidan bajarilishi kerak. Elektr qurilmalariga bitta shaxs tomonidan xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, ularni bir kishi bajarishi mumkin, kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatish (mazkur Qoidalarga 9-ilova 37-bandi) va ajratkichlari noto‘g‘ri harakatlardan blokirovkalash qurilmalariga ega bo‘lmagan kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarning ikki va undan ko‘p ulanmalaridagi almashlab ulashlarni bajarish ishlari bundan mustasno.
1-§. Tarmoqdan o‘chirish ishlarini bajarish
2. Ishlash joyidan kuchlanish olinganda, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida quyidagilar o‘chirilishi shart:
a) ish bajarilishi kerak bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar;
b) tok o‘tkazuvchi qismlarga yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarini, odamlar va ular qo‘llaydigan asbob va ta’mirlash jihozlarini mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilganidan kam masofaga yaqinlashish ehtimoli bo‘lgan to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlar.
3. Mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 2-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan tok o‘tkazuvchi qismlarni uzish mumkin bo‘lmasa, unda ular to‘sib qo‘yilishi kerak.
4. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kommutatsiya apparati orqali ish joyiga kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‘lsa, ularning har bir tomonida shina yoki simlarni uzish yoki ajratish, ajratkichlarni uzish, saqlagichlarni olib qo‘yish, shuningdek, apparatlarning o‘ziga o‘rnatilgan prujina orqali avtomatik ulanadiganlaridan tashqari, bo‘lgichlar va yuklama o‘chirgichlarini o‘chirish yo‘li bilan hosil qilingan ko‘rinuvchan uzilish bo‘lishi shart.
Elektr qurilmasining ishlarni bajarish uchun ajratilgan uchastkasi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchlanish transformatorlari va kuch transformatorlari ham teskari transformatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish tomonidan uzib qo‘yilishi shart.
5. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida kommutatsiya apparatlarini yanglishib yoki o‘z-o‘zidan ulanishini va ular orqali ish joyiga kuchlanish berilishi ehtimolini bartaraf etish uchun:
operativ shtanga bilan boshqariladigan ajratkichlarning ko‘chmas to‘siqlarini mexanik qulf bilan qulflash;
masofadan boshqaruvga ega bo‘lgan, ko‘rsatib o‘tilgan kommutatsiya apparatlarining uzatmalarida kuch va tezkor tok zanjirlarini uzish, pnevmatik uzatmalarda esa, bundan tashqari qisilgan havo berish yo‘lidagi klapanni yopish va mexanik qulf bilan qulflash, hamda siqilgan havoni chiqarib yuborish, bunda havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) ochiq holatda qoldirish;
yukli va prujinali uzatmalarda ulovchi yuk yoki ulovchi prujinalarni ishlamaydigan holatga keltirish.
Tortib chiqariladigan aravachali KTQ va TKTQdagi kommutatsiya apparatlarining yanglishib ulanishini bartaraf etish choralari mazkur Qoidalarga 10-ilovaning III bob “Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish” talablariga muvofiq bajarilishi shart.
6. Bir qutbli ajratkichlar bilan jihozlangan 6 — 10 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida ularni yanglishib ulanishini barataraf etish uchun pichoqlariga maxsus rezina qalpoqlar kiydirishga ruxsat etiladi.
7. Kuchlanishi 1000 V gacha elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar tok o‘tkazuvchi qismlardan qo‘lda bajariladigan uzatmali kommutatsiya apparatlari yordamida hamma tomondan kuchlanish olinishi lozim, sxemada saqlagichlar bo‘lganda esa ularni olib qo‘yish orqali amalga oshirilishi zarur.
Sxemada saqlagichlar bo‘lmagan taqdirda, kommutatsiya apparatlarini yanglishib ulanishini bartaraf etish uchun shkaf eshiklarini yoki dastaklarini qulflash, tugmalarini berkitish, kontaktlar orasiga izolyatsiyalovchi qoplama qo‘yish va boshqa choralar ko‘rish orqali ta’minlanishi lozim. Shuningdek, ulovchi g‘altakning simlarini uzib qo‘yish sharti bilan kuchlanishni masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlari orqali olib tashlashga ruxsat etiladi.
Agar apparatlarning konstruktiv ishlanishi va ish xususiyatlari bo‘yicha imkon bo‘lsa, yuqorida qayd etilgan choralar, shinalarni ajratish yoki kabellar, simlar ishlar bajariladigan kommutatsiya apparatlaridan yoki qurilmalardan ajratish bilan almashtirilishi mumkin.
Sim va kabel uchlarini ajratib olish yoki shinalarni ajratishni ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega shaxs ishga quyuvchi rahbarligi ostida bajarishi mumkin. Ish joyi yaqinidagi bexosdan tegib ketish mumkin bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanish olinishi yoki ular to‘silgan bo‘lishi kerak.
8. Kontaktlarini ko‘rish imkoni bo‘lmagan (tortib chiqarilmaydigan turdagi avtomatlar, paketli o‘chirgichlar, yopiq ishlangan rubilniklar va boshqalar) 1000 V gacha kuchlanishli kommutatsiya apparatlarining o‘chirilgan holati ularning qisqichlarida yoki chiquvchi shinalarda, simlarda yoxud ushbu kommutatsiya apparatlari yordamida ulanadigan uskunalar qisqichlarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish orqali aniqlanadi.
2-§. Plakatlarni osish, ish joyini to‘sish
9. Ish joyini tayyorlash jarayonida kerakli uzishlar amalga oshirilganidan so‘ng 1000 V dan yuqori kuchlanishli uzilgan ajratkichlar, bo‘lgichlar, yuklama o‘chirgichlarining uzatmalarida, ularni masofadan boshqarish tugmalari va kalitlarida, 1000 V gacha kuchlanishli kommutatsiya apparaturasida (avtomatlar, rubilniklar, o‘chirgichlar) “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakati, ishga ijozat berish uchun uzilgan HL va KLlarda esa “ULANMASIN! LINIYADA ISH BAJARILMOQDA!” plakati osib qo‘yilishi shart.
Operativ shtanga bilan boshqariladigan ajratkichlarda plakat to‘siqlarga, qutbli uzatmali ajratkichlarda esa har bir qutb uzatmasiga osib qo‘yilishi zarur.
KTQning yacheykalarida plakatlar mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 3-bobi “Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish” talablariga muvofiq osib qo‘yiladi.
Ajratkichlarning pnevmatik uzatmalarida havo berishni yopadigan klapanlariga “OCHILMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakati osib qo‘yiladi.
Avtomatlari, o‘chirgichlari yoki rubilniklari bo‘lmagan 1000 V gacha kuchlanishli ulanmalarda plakatlar saqlagichlar olib qo‘yilgan va ularni qayta o‘rnatish bilan kuchlanish berish mumkin bo‘lgan joyda osib qo‘yilishi kerak.
10. Ishlarni bajarish uchun HL va KLni uzgan avtomatlar, rubilniklar va boshqa ajratkichlarning uzatmalariga, ishlayotgan brigadalar sonidan qat’i nazar, bitta “ULANMASIN! LINIYADA ISH BAJARILMOQDA” plakati osilishi kerak. Bu plakat ish joyini tayyorlashga, ishga ijozat berishga farmoyish beruvchi va liniyada ishlayotgan brigadalar sonini hisobga oluvchi tezkor xodimning ko‘rsatmasi bo‘yicha osib qo‘yiladi va yechib olinadi.
Elektr qurilmasining liniya ajratkichida va unga taalluqli bo‘lgan liniyada bir vaqtda ishlangan taqdirda, “ULANMASIN! TARMOQDA ISH BAJARILMOQDA!” plakatlari sxema bo‘yicha unga yaqin joylashgan, ular orqali liniya ajratkichiga kuchlanish berish mumkin bo‘lgan ajratkichlarning uzatmalariga osib qo‘yiladi.
11. Ishlarni bajarish vaqtida bexosdan tegib ketish mumkin bo‘lgan o‘chirilmagan tok o‘tkazuvchi qismlar to‘sib qo‘yilishi shart. Vaqtincha to‘siq uchun shchit (pardalar), ekranlar va shunga o‘xshash yog‘ochdan yoki boshqa izolyatsiyalovchi materiallardan yasalgan to‘siqlar qo‘llanishi mumkin. Vaqtinchalik to‘siqlar bilan tok o‘tkazuvchi qismlargacha masofa 1-jadvalning 2-ustunida ko‘rsatilganidan kam bo‘lmasligi shart. 6 — 15 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida bu masofa zarur bo‘lganda 0,35 metrgacha kamaytirilishi mumkin.
Vaqtincha to‘siqlarning zarurligi, ularning turi, o‘rnatish usuli mahalliy sharoitga va ish xususiyatlariga qarab, javobgar rahbar va ish joyini tayyorlashni bajarayotgan shaxs tomonidan aniqlanadi. To‘siqlar alohida ehtiyotkorlik bilan javobgar rahbar ishtirokida o‘rnatiladi.
Vaqtincha to‘siqlarga “TO‘XTA! KUCHLANISH!” plakati mahkamlab qo‘yilishi lozim.
12. Konstruksiyasi ularning xavfsiz o‘rnatilishini ta’minlaydigan turg‘un va ishonchli mahkamlanadigan maxsus ko‘chma to‘siqlarni, qafaslar, qiyshaytirib yasalgan shchit va boshqalarni qo‘llashga ruxsat etiladi.
13. 15 kV gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida hamda tok o‘tkazuvchi qismlarni shchitlar bilan to‘sib bo‘lmaydigan hollarda, uzilgan va kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismlar (masalan, uzilgan rubilnikning, ajratkichning kontaktlari) orasiga joylashtiriladigan izolyatsiyalovchi qoplamadan foydalanishga ruxsat etiladi. Bu izolyatsiyalovchi qoplamalar kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin.
Qoplamalarni kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida V va IV guruhga, 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda IV va III guruhga ega (ulardan biri tezkor, boshqasi ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lishi mumkin) ikki shaxs dielektrik qo‘lqop va izolyatsiyalovchi shtangadan yoki himoya ko‘zoynagini qo‘llab, izolyatsiyalovchi qisqichdan foydalanib o‘rnatishi va olib qo‘yishi lozim.
14. Yopiq elektr qurilmalarida yerga ulagich pichoqlar ulanib yoki ko‘chma yerga ulagich o‘rnatilganidan so‘ng ish joyi bilan qo‘shni va uning ro‘parasidagi yacheykalarning to‘rli yoki yaxlit to‘siqlariga “TO‘XTA! KUCHLANISH!” plakatlari osib qo‘yilishi shart.
Bunday to‘siqlari bo‘lmagan ish joyi yaqinidagi yacheykada hamda qo‘shni va ro‘paradagi yacheykalarda, shuningdek, xodimlarning kirishlari taqiqlangan yo‘lkalar xuddi shunday plakatlar bilan jihozlangan shchitlar (pardalar) bilan to‘sib qo‘yilishi kerak. Ko‘chma shchitlar shunday joylashtirilishi kerakki, bunda xavf paydo bo‘lgan taqdirda, ular xodimlarning chiqib ketishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
15. OTQda poydevorga va alohida konstruksiyalar ustiga o‘rnatilgan uskunalarda yerdan turib ish bajarilganda, ish joyi (o‘tish uchun yo‘lak qoldirilib) ichkariga qaratib “TO‘XTA! KUCHLANISH!” plakatlari osib qo‘yilgan izolyatsiyali elektr sim yoxud o‘simlik yoki sintetik toladan ishlangan yo‘g‘on arqon bilan to‘sib qo‘yilishi kerak.
Yo‘g‘on arqonni osish uchun ish joyi zonasiga kirmaydigan kontruksiyalardan ular to‘silgan maydon chegarasidan tashqarida qolishi sharti bilan foydalanishga ruxsat etiladi.
Liniya ajratkichlaridan tashqari OTQning barchasidan kuchlanish olinganida, liniya ajratkichlari to‘silgan maydon tashqarisiga qaratib osib qo‘yilgan “TO‘XTA! KUCHLANISH!” plakatlari osilgan yo‘g‘on arqon bilan to‘sib qo‘yilishi lozim.
16. OTQning kuchlanish bor bo‘lgan qo‘shni uchastkalariga o‘tish mumkin bo‘lgan joydagi konstruksiyalarning uchastkalariga yaxshi ko‘rinadigan “TO‘XTA! KUCHLANISH!” plakatlari o‘rnatilishi kerak. Bu plakatlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan tezkor ta’mirlovchi yoki ta’mirlash xodimlaridan bo‘lgan shaxs tomonidan ijozat beruvchining rahbarligi ostida o‘rnatilishi mumkin.
Ko‘tarilish ruxsat etilgan konstruksiyalarga qo‘shni bo‘lgan konstruksiyalar pastida “CHIQMA! O‘LDIRADI!” plakati osilishi shart.
Ko‘tarilish ruxsat etilgan ko‘chmas narvonlar va konstruksiyalarga “SHU YERDAN CHIQILSIN!” plakati osib qo‘yilishi kerak.
17. Elektr qurilmalarida HL dan tashqari tayyorlangan barcha ish joylariga yerga ulagich o‘rnatilishi va ish joyi to‘silishidan keyin “SHU YERDA ISHLANSIN!” plakati osib qo‘yilishi lozim.
18. Ishlash vaqtida xodimlarga to‘silgan maydonchalar tashqarisiga o‘tish, o‘rnatilgan vaqtincha to‘siq va plakatlarni olib qo‘yish yoki joyini o‘zgartirish taqiqlanadi. Barcha plakatlar faqat tezkor xodimlarning farmoyishi bo‘yicha osib va olib qo‘yiladi.
3-§. Kuchlanish yo‘qligini tekshirish
19. Elektr qurilmalaridagi kuchlanish olinganda bajariladigan barcha turdagi ishlarni boshlashdan oldin ishlanadigan uchastkada kuchlanish yo‘qligini tekshirish zarur. Elektr qurilmasining ishlash uchun uzilgan qismida kuchlanish yo‘qligini tekshirish taqiqlovchi plakatlar osilganligidan keyin ijozat beruvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim.
20. Elektr qurilmasida kuchlanishning yo‘qligi foydalanishdan oldin soz holatda ekanligi maxsus asboblar orqali yoki yaqinda joylashgan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashtirib aniqlangan, zavodda ishlab chiqarilgan kuchlanish ko‘rsatkichi yordamida tekshirilishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish ko‘rsatkichidan dielektrik qo‘lqoplarda foydalanish zarur.
Kuchlanish ko‘rsatkichining yaroqli ekanligini ish joyida tekshirib ko‘rish uchun yaqin orada avvaldan kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismlar yoki boshqa imkoni bo‘lmagan taqdirda, uni boshqa elektr qurilmasida avvaldan tekshirib qo‘yishga ruxsat etiladi.
Agar bunday yo‘l bilan tekshirib qo‘rilgan kuchlanish ko‘rsatkichi tushirib yuborilgan yoki zarbaga (qattiq silkinishga) uchragan bo‘lsa, uni qayta tekshirmasdan turib qo‘llash taqiqlanadi.
Uzilgan uskunalarda kuchlanish yo‘qligini barcha fazalarda, o‘chirgich va ajratkichda esa oltita kirish qisqichlarining barchasida tekshirish kerak.
Agar ish joyidagi elektr zanjirida uzilish bo‘lsa, kuchlanish yo‘qligi uzilgan joyning ikkala tarafidagi tok o‘tkazuvchi qismlarda tekshiriladi.
Doimiy to‘siqlar bevosita kuchlanish yo‘qligini tekshirishdan oldin ochilishi yoki olinishi kerak.
21. Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish uchun, shuningdek, izolyatsiyalovchi shtangadan ham foydalanish mumkin, buning uchun uni tok o‘tkazuvchi qismlarga bir necha marta tekkizib ko‘rish lozim, bunda chirsillash va uchqun chiqmasligi kuchlanish yo‘qligidan dalolat beradi.
Kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan OTQda kuchlanish yo‘qligini kuchlanish ko‘rsatkichi yoki shtanga bilan faqat quruq ob-havo sharoitida tekshirishga ruxsat etiladi. Nam ob-havo sharoitida kuchlanish yo‘qligini mavjud sxemani sinchiklab kuzatish orqali tekshirishga ruxsat etiladi. Bunday hollarda chiqib ketayotgan liniyada kuchlanish yo‘qligi tezkor xodim yoki dispetcher tomonidan tasdiqlanadi.
Agar sxemani tekshirishda, shinalarda yoki uskunalarda kuchlanish borligini tasdiqlovchi tojlanish yoki liniya ajratkichlarini uzish paytida uning kontaktlari orasida liniyada kuchlanish borligidan darak beruvchi uchqun chiqayotganligi aniqlansa, sxemani qaytadan tekshirib chiqish va liniyaning holati to‘g‘risidagi mulohazalarni tezkor xodimga yoki dispetcherga yetkazish zarur.
Barcha kuchlanishdagi KTP va TKTQda kuchlanish yo‘qligini turli ob-havo sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan maxsus ko‘rsatkich bo‘lmagan hollarda, nam ob-havo sharoitida mavjud sxema bo‘ylab sinchiklab kuzatish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishga ruxsat etiladi.
Mavjud sxema bo‘ylab kuzatish paytida HL va KL kirishlarida kuchlanish yo‘qligi ushbu liniya tezkor boshqaruvi ostida bo‘lgan xodimlar tomonidan tasdiqlanadi.
HLlarda sxema bo‘ylab joyida kuzatish uning yo‘nalishini va tashqi belgilarini tekshirishdan, shuningdek, tayanchdagi belgilarni liniyalarning dispetcherlik nomlariga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
22. 6 — 20 kV kuchlanishli HLning yog‘och va temir beton tayanchlarida hamda teleskopik minora ustida ishlanganda, sig‘im toki oqishi prinsipiga asoslangan kuchlanish ko‘rsatkichi bilan kuchlanish yo‘qligini tekshirishda uning yetarlicha sezgirligi ta’minlanishi shart. Buning uchun ko‘rsatkichning ishchi qismining ko‘ndalang kesimi 4 mm2 dan kam bo‘lmagan sim bilan yerga ulanishi kerak.
23. Simlari turli sathlarda osilgan HLlarda kuchlanish yo‘qligini kuchlanish ko‘rsatkichi yoki shtanga bilan tekshirish va yerga ulagichlarni o‘rnatish, eng pastki simdan boshlab, pastdan yuqoriga qaratib amalga oshirilishi lozim. Gorizontal osilgan simlarda esa tekshirishni eng yaqin joylashgan simdan boshlash kerak.
24. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligi ham fazalar orasida, ham har bir faza bilan uskunaning yerga ulangan korpusi yoki yerga ulanadigan (nol simi) simi orasida tekshirilishi kerak. Avvaldan tekshirilgan voltmetrni qo‘llashga ruxsat etiladi. Nazorat lampalarini qo‘llash taqiqlanadi.
25. Apparatlar, blokirovka qurilmalari, doimiy ulangan vol’tmetrlar va boshqa moslamalarning o‘chganlik holati haqida signal beruvchi qurilmalar faqat qo‘shimcha vositalar bo‘lib hisoblanadi va ularning ko‘rsatkichlari yoki harakatlariga asoslanib kuchlanish yo‘qligi haqida xulosa chiqarish mumkin emas.
Signal beruvchi qurilmalarning kuchlanish borligini ko‘rsatishi ushbu qurilmaga yaqinlashish mumkin emasligidan dalolat beradi.
26. Podstansiyalarning elektr qurilmalarida va TQda kuchlanish yo‘qligini kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, 1000 V gacha qurilmalarda kamida III guruhga ega bulgan shaxsning yakka o‘zi tekshirishiga ruxsat etiladi.
HLlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirishni kuchlanishi 1000 V dan yuqori HLda kamida IV va III guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLda — III guruhga ega bo‘lgan ikki shaxslar amalga oshirishlari kerak.
4-§. Tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulash. Umumiy talablar
27. Tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulash ish joyiga yanglishib kuchlanish berilganda, ishlovchilarni elektr tokidan jarohatlanishdan himoyalash maqsadida bajariladi.
28. Tok o‘tkazuvchi qismlarga yerga ulagichlar bevosita kuchlanish yo‘qligi tekshirilganidan so‘ng o‘rnatilishi kerak. Ko‘chma yerga ulagichlar avval yerga, undan keyin kuchlanish yo‘qligi tekshiriligandan so‘ng tok o‘tkazuvchi qismlarga ulanishi lozim.
Ko‘chma yerga ulagichlarni olish teskari tartibda: avval tok o‘tkazuvchi qismlardan, so‘ngra yerdan ajratib olib amalga oshiriladi.
29. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatish va yechib olish operatsiyalari dielektrik qo‘lqopda, izolyatsiyalovchi shtangani qo‘llagan holda bajarilishi kerak. O‘rnatilgan ko‘chma yerga ulagich qisqichlarini mahkamlash shtanga yordamida yoki bevosita qo‘lda dielektrik qo‘lqop kiyib bajarilishi kerak.
Yerga ulash uchun bu maqsadlarga mo‘ljallanmagan simlardan foydalanish, shuningdek, yerga ulagichni burab ulash taqiqlanadi.
5-§. Podstansiyalarning elektr qurilmalarida va taqsimlash qurilmalarida tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulash
30. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida ish olib borish uchun uzilgan uchastkaga qaysi tomondan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan barcha fazalarga, qutblarga yerga ulagich o‘rnatilishi shart. Ishlarni bajarish uchun uzilgan yig‘ma shinalar bundan mustasno, ularga bitta yerga ulagichni o‘rnatish yetarlidir.
TQda ishlanganda, ushbu qurilmani ta’minlovchi liniyaning qarama-qarshi uchlarida yerga ulagichni o‘rnatish talab etilmaydi. Bunda ishlarni bajarish jarayonida yerga ulagichni olib ishlash zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno.
O‘rnatilgan yerga ulagichlar bevosita ishlar bajarilayotgan tok o‘tkazuvchi qismlardan o‘chirgichlar, ajratkichlar, bo‘lgichlar yoki yuklama o‘chirgichlarining o‘chirilishi, saqlagichlarning olib qo‘yilishi, shinalar yoki simlarning demontaj qilinishi bilan ajratilishi mumkin.
31. Bevosita ish joyidagi tok o‘tkazuvchi qismlarda ushbu qismlar tokdan jarohatlanishga olib keladigan ilashgan kuchlanish (potensial) ostida qolishi mumkin bo‘lsa yoki ularga begona manbadan (payvandlash apparati, yoritish tarmoqlari va shunga o‘xshash) kuchlanishi 42 V o‘zgaruvchan va 110 V o‘zgarmas tok berilishi ehtimoli bo‘lsa, qo‘shimcha yerga ulagichlar o‘rnatilishi lozim.
32. Tok o‘tkazuvchi qismlarga o‘rnatilgan ko‘chma yerga ulagichlar ko‘zga ko‘rinadigan uzilish bilan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratib qo‘yilishi lozim. Yerga ulagichlar bo‘yoqdan tozalangan joyga o‘rnatilishi kerak.
33. YOTQda ko‘chma yerga ulagichlar tok o‘tkazuvchi qismlarning ulash uchun belgilangan joylariga o‘rnatilishi kerak. Bu joylar bo‘yoqdan tozalanib, qora qalin chiziq bilan belgilab qo‘yiladi.
YOTQ va OTQdagi ko‘chma yerga ulagichlarni yerga ulash magistraliga yoki yerga ulangan konstruksiyalarga ulash joylari bo‘yoqdan tozalangan va mahkamlash uchun moslashgan bo‘lishi lozim.
34. Yerga ulagichni o‘rnatishning imkoni bo‘lmasa yoki konstruksiyasiga ko‘ra o‘rnatish xavfli bo‘lgan elektr qurilmalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi qutilarda, alohida turdagi KTQda) yanglishib ish joyiga kuchlanish berilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ish joyini tayyorlashda qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilishi shart. Ushbu choralarga: o‘chirilgan apparatlar va uzatmalarni qulflab qo‘yish; ajratkichlar, rubilniklar, avtomat va boshqalarning yuqori kontaktlarini yoki pichoqlarini rezinali qalpoq yoki izolyatsiya materialidan yasalgan qattiq to‘shama bilan to‘sish; kommutatsiya apparati bilan ketma-ket ulangan saqlagichlarni olib qo‘yish va boshqalar kiradi.
Bu texnik chora-tadbirlar ekspluatatsiyaga oid mahalliy yo‘riqnomada ko‘rsatilishi shart. Ko‘rsatilgan qo‘shimcha choralarni bajarish imkoni bo‘lmagan taqdirda, bevosita ish joyiga TQning, shchitning, yig‘maning ta’minlovchi liniyaning uchlari tarmoqdan uzilishi shart.
Bunday elektr qurilmalarining ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi.
35. Ushbu qurilmada elektr maydon ta’sirida kuchlanish paydo bo‘lmaslik sharti bilan va begona manbadan yoki teskari transformatsiya yo‘li bilan bu qurilmaga kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan simlar, kabellar va shinalar barcha tarafdan ajratib qo‘yilgan hollarda, ushbu elektr qurilmalarida ishlarni bajarishda yerga ulagich o‘rnatish talab etilmaydi. Ajratilgan kabellarning uchlari bunday hollarda bir-biri bilan qisqa tutashtirilgan va yerga ulangan bo‘lishi shart.
36. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida TQning, shchitlarning yig‘ma shinalarida va ushbu shinalarning yig‘malarida (izolyatsiya bilan qoplangan simlardan yasalgan shinalardan tashqari) kuchlanish olinib ishlanganda, bu shinalarga yerga ulagich o‘rnatilishi kerak. Ushbu TQ, shchitlar, yig‘malarning ulanmalariga va ulardan ta’minlanuvchi uskunalarga yerga ulagich o‘rnatish zarurati va imkoni naryad, farmoyish beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi (mazkur Qoidalarning 60-bandi).
37. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida:
yerga ulovchi pichoqlarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan kamida IV guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi bajarishiga ruxsat etiladi;
ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV va III guruhga ega bo‘lgan tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ikki shaxs tomonidan bajarilishi kerak. Kamida III guruhga ega bo‘lgan ikkinchi shaxs ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lishi va u elektr qurilmasining sxemasi bilan tanishib chiqqan hamda yo‘l-yo‘riq olgan bo‘lishi kerak;
yerga ulovchi pichoqlarni uzish va ko‘chma yerga ulagichni olish tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan kamida III guruhga ega bitta shaxs tomonidan bajarilishi mumkin.
38. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida yerga ulagichni o‘rnatish va olib tashlash bo‘yicha barcha operatsiyalarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan bo‘lgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs bajarishiga ruxsat etiladi.
39. Agar bajarilayotgan ishning xususiyatiga ko‘ra talab etilsa (masalan, izolyatsiya qarshiligini o‘lchash va shunga o‘xshash), ish joyini tayyorlash vaqtida o‘rnatilgan yerga ulagichlarni vaqtincha olib turishga ruxsat etiladi. Bunda ish joyi mazkur Qoidalarning talablariga to‘la mos ravishda tayyorlanishi kerak va faqat ishni bajarish vaqtida xalaqit berishi mumkin bo‘lgan yerga ulagichlar olib qo‘yiladi.
Yerga ulagichlarni vaqtincha olib turish va qayta o‘rnatish tezkor xodim yoki uning kuzatuvi ostida elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi tomonidan bajariladi.
Mahalliy tezkor xodimlari bo‘lmagan kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida yerga ulagichni vaqtincha olib turish va qayta o‘rnatish ijozat beruvchi shaxs bo‘lmagan hollarda javobgar rahbar yoki ish bajaruvchi, yoki uning kuzatuvi ostida kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi tomonidan bajarilishi mumkin.
Naryadni topshirish paytida yerga ulagichni vaqtincha olib turishga ruxsat, uning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida bu operatsiya qayerda va qaysi maqsadlar uchun talab qilinishi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi.
6-§. Elektr uzatish havo liniyalarini yerga ulash
40. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori HL taqsimlovchi qurilmalarning barcha uzilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsiya apparatlari oldida yerga ulanishi kerak. Quyidagi hollarda:
shoxoblangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning ikkala uchidan yerga ulanishiga va shu podstansiyalarda yerga ulagichlar tarmoqdan uzilgan liniya ajratkichlaridan keyin (podstansiya tomonidan) o‘rnatilishi sharti bilan yerga ulamaslikka ruxsat etiladi;
6 — 20 kV kuchlanishli HLni faqat bitta TQda yoki seksiyaga ajratuvchi bitta apparat oldida yoki bu qurilmaga yaqin joyda yerga ulagich qurilmasi bo‘lgan tayanchdagi seksiyaga ajratuvchi apparat oldida yerga ulashga ruxsat etiladi. Ushbu kuchlanishdagi boshqa TQda va havo liniyasi tarmoqdan uzilgan joydagi seksiyalarga ajratuvchi kommutatsiya apparatlari oldida HLga ish joyi bilan TQ o‘rtasida yoki seksiyaga ajratuvchi kommutatsiya apparatlari oralig‘ida yerga ulagich o‘rnatish sharti bilan HLni yerga ulamaslikka ruxsat etiladi. Yerga ulagichlar yerga ulash qurilmasi bo‘lgan tayanchlarda o‘rnatiladi. 1000 V gacha kuchlanishli HL uchun yerga ulagich faqat ish joyida o‘rnatilishi yetarlidir.
41. HLning alohida fazalarini ta’mirlashda TQda o‘chirilgan faza simini yerga ulash taqiqlanadi.
42. 40-bandda ko‘rsatilgan yerga ulagichlarga qo‘shimcha ravishda har bir brigadaning ish joyidagi simlar, zarur bo‘lganda esa troslar ham yerga ulanishi kerak.
Tarmoqdan uzilgan va yerga ulangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning bir fazasida yoki navbat bilan har bir fazasida ishlanganda, ish joyida faqat ish bajarilayotgan faza simini yerga ulashga ruxsat etiladi. Bunda qolgan yerga ulanmagan fazalarga mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 2-ustunida ko‘rsatilgandan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.
35 kV va yuqori kuchlanishli HLlardagi boshqa ishlarda, shuningdek, kuchlanishi 35 kV dan past HLlardagi barcha ishlarda hamma fazalarning simlari ish joyida yerga ulanishi kerak.
43. Bir zanjirli HLlarda ish joyidagi yerga ulagichni ish bajarilayotgan tayanchga yoki unga qo‘shni tayanchga o‘rnatish zarur. Yerga ulagichlarni ularning orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan brigada ishlayotgan HL uchastkasining ikkala tomonidan o‘rnatishga ruxsat etiladi.
44. Kuchlanish ostidagi boshqa HL bilan kesishgan oraliqdagi HL simlarida ishlar bajarilganda (mazkur Qoidalarning 46-bandi), yerga ulagich ish bajarilayotgan tayanchga o‘rnatilishi lozim.
Agar bu oraliqda sim yoki tros almashtirilayotgan yoki yangidan tortilayotgan bo‘lsa, almashtirilayotgan sim ham, tros ham, yangidan tortilayotgan sim ham kesishgan joyning ikkala tarafidan yerga ulanishi shart.
45. Tayanchdan izolyatsiyalangan yashin qaytargich troslarida yoki ushbu trossga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashish talab etiladigan tayanch konstruksiyalaridagi ishlarni bajarishda tros yerga ulanishi kerak. Yerga ulagich tayanchdan turib tros izolyatsiya qilingan tarafdagi oraliqqa qaratib yoki ushbu oraliqda o‘rnatilishi zarur.
Agar ushbu oraliqda muz eritish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda ish boshlashdan oldin tros tarmoqdan uzilishi va unga qaysi tomondan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lsa, shu tomonlardan yerga ulanishi zarur.
46. Ish joyidagi elektr zanjirini uzishdan avval (simlarni, troslarni bo‘laklab olish, seksiyaga ajratuvchi ajratkichni uzish) uziladigan joyning ikkala tomonidan yerga ulagich o‘rnatilishi kerak.
47. Ko‘chma yerga ulagichlarni quyidagilarga ulash kerak:
metalldan yasalgan tayanchlarda — uning elementlariga;
yerga ulash simi bilan jihozlangan temir-beton yoki yog‘och tayanchlarda yerga ulovchi simlarga, ularning butunligi tekshirilganidan so‘ng.
Temir-beton tayanchlarda ko‘chma yerga ulagichni tayanchning armaturasiga yoki tayanchning armatura bilan bog‘liq bo‘lgan metall elementlariga ulashga ruxsat etiladi.
Neytrali yerga ulangan 1000 V gacha kuchlanishli elektr tarmoqlarida nol simni qayta yerga ulash bajarilgan hollarda, ko‘chma yerga ulagichlarni nol simga ulashga ruxsat etiladi.
Ko‘chma yerga ulagichlarning yerga ulovchi simlariga yoki konstruksiyaga ulash joylari bo‘yoqdan tozalangan bo‘lishi lozim.
Barcha HLlarda ish joyidagi ko‘chma yerga ulagichlarni chuqurligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan chuqurlikda yerga kiritilgan maxsus yerga ulagichga yoki mahalliy sharoitlarga qarab boshqa turdagi yerga ulagichlarga ulash mumkin.
48. 1000 V gacha kuchlanishli HLlarda ishlar tayanchlardan yoki izolyatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoralardan turib bajarilganda, yerga ulagichlar ta’mirlanayotgan simlar bilan bir qatorda, ushbu tayanchlarga osilgan barcha simlarga, shu jumladan telemexanika va radiotranslyatsiya simlariga ham o‘rnatilishi kerak.
49. HL simlari turli balandliklarda osilgan bo‘lsa, yerga ulagich eng pastdagi simdan boshlab, pastdan yuqoriga qarab o‘rnatilishi, gorizontal osilganida esa — eng yaqin turgan simdan boshlab o‘rnatilishi kerak.
50. Ilashgan kuchlanish zonasidan o‘tadigan yoki boshqa zanjirlari kuchlanish ostida turgan ko‘p zanjirli liniyaning uzilgan zanjiridagi simlarda (troslarda) tayanchda turib olib boriladigan ishlarda, yerga ulagich ishlar bajarilayotgan har bir tayanchga o‘rnatilishi kerak.
Ilashgan kuchlanish zonasi — bu HL o‘qidan 110 kV kuchlanishli HL uchun — 100 metr, 220 kV kuchlanishli HL uchun — 150 metr, 500 kV kuchlanishli HL uchun 200 metr masofada XL bo‘ylab ikki tarafidan vertikal tekislik bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo fazosidagi 110 kV va undan yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tok HLning uzunasi bo‘yicha zona.
51. Ilashgan kuchlanish zonasida izolyatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan yoki odamlarni ko‘tarish uchun ishlatiladigan boshqa mexanizmlardan turib simlarda (trosslarda) ishlar bajarilganda, ularning ishchi maydonchalari ko‘chma yerga ulagich yordamida sim (tross) bilan ulanishi, minora yoki mexanizmning o‘zi esa yerga ulanishi kerak. Bunda sim (tross) yaqin turgan tayanchda yerga ulanishi kerak.
52. HLda ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish va tayanchlarga o‘rnatilgan yerga ulagich pichoqlarni ulash 1000 V dan yuqori kuchlanishli HLda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga va 1000 V gacha kuchlanishli HLda kamida III guruhga ega bo‘lgan tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan shaxslar, ulardan biri ish bajaruvchi, ikkinchisi esa elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi tomonidan bajarilishi kerak. Ko‘chma yerga ulagichlarning kamida III guruhga ega bo‘lgan ikki shaxs tomonidan yechib olinishiga ruxsat beriladi.
Yerga ulagichni o‘rnatishda va yechib olishda bu operatsiyalarni bajaruvchi ikki shaxsdan biri, shu jumladan ish bajaruvchi ham yerda turishi mumkin.
Yerga ulagich pichoqlarni uzishni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
7-§. Yerga ulagichlarni saqlash va hisobini yuritish
53. Ko‘chma yerga ulagichlar komplekti raqamlangan bo‘lishi va ular uchun ajratilgan joyda saqlanishi lozim. Ko‘chma yerga ulagichlarni ilib qo‘yish yoki taxlab qo‘yish uchun ajratilgan maxsus joylar ularning komplektlarida ko‘rsatilgan raqamlarga mos raqamlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
54. Ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish va yechib olish, yerga ulagich pichoqlarni ulash va uzish tezkor yoki mnemonik sxemalarda, tezkor jurnalda va naryadda aks ettirilishi shart.
Barcha ko‘chma yerga ulagichlar ularning turgan joylari ko‘rsatilgan holda raqamlari bo‘yicha hisobga olinishi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 10-ILOVA
Alohida ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari
1-bob. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilish
1. Elektr dvigatellarga yoki aylanuvchi qismlarga va ular orqali harakatga keltiriladigan mexanizmlarga tegish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda, elektr dvigatelni to‘xtatish va uni ishga tushirish qurilmasiga yoki boshqarish kalitiga “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakatini osib qo‘yish zarur.
2. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatelning yoki u orqali harakatga keltiriladigan mexanizmlarning tok o‘tkazuvchi yoki aylanuvchi qismlariga tegish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda, mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 4-bandiga va 10-ilovaga muvofiq elektr dvigateldan kuchlanishni olish lozim.
Elektr dvigatelda ishlanganda, yerga ulagich kabelga (uni elektr dvigateldan ajratib yoki ajratmasdan turib) yoki uning TQdagi ulanmasiga o‘rnatilishi zarur.
Aylanuvchi qismlarga tegish bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki ulash muftasi ajratilgan mexanizmlardagi ishlarni bajarishda, elektr dvigatelni ta’minlovchi kabelni yerga ulash zarur emas.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarda yoki u orqali harakatga keltiriladigan mexanizmlarda ishlashda, kuchlanishni olish va kabelning tok o‘tkazuvchi qismini yerga ulash mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 7, 8 va 36-bandlariga muvofiq bajarilishi lozim.
3. Nasoslar, tutun so‘rgich va shamollatkichlarning elektr dvigatellarida ishga ijozat berishdan oldin, agar elektr dvigatellarga ulangan mexanizmlar orqali ularda aylanish ehtimoli mavjud bo‘lsa, bu mexanizmlardagi surilma klapanlar va shiberlar yopiq holatda va qulflangan, shuningdek, elektr dvigatellarning rotorlarini tormozlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
4. Elektr dvigatellarning aylanuvchi qismlari ishlab turgan vaqtda ularning to‘siqlarini olish man etiladi.
5. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarni qo‘lda boshqariladigan ishga tushiruvchi apparat yordamida ulash va uzish operatsiyalarini izolyatsiyalangan taglik ustida dielektrik qo‘lqopdan foydalanib bajarish kerak.
6. Ishlab turgan elektr dvigatelning cho‘tkali apparatiga xizmat ko‘rsatishni tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs yoki shu maqsadda ajratilgan bunday ishlarni bajarishga o‘qitilgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan shaxs bajarishiga ruxsat etiladi. Bunda quyidagi ehtiyot choralariga rioya etilishi zarur:
ishni bosh kiyimda va tugmalari taqilgan maxsus kiyimda, kiyim mashinaning aylanuvchan qismlariga tortilib ketishidan ehtiyot bo‘lib bajarish;
dielektrik kalish yoki rezina gilamchadan foydalanish;
qo‘l bilan birdaniga ikki qutbdagi tok o‘tkazuvchi qismlarga yoki tok o‘tkazuvchi va yerga ulangan qismlarga tegmaslik.
Aylanayotgan elektr dvigatelidagi rotor halqalarini silliqlash ishlarini faqat izolyatsiyalangan dasta yordamida himoya ko‘zoynagini taqib bajarish kerak.
7. Ishlab turgan katta tezlikdagi elektr dvigatelning ishlatilmayotgan chulg‘ami va uning ta’minlovchi kabeli kuchlanish ostida deb hisoblanishi kerak.
2-bob. Avtomatik uzatmali va masofadan boshqarilidigan kommutatsiya apparatlaridagi (o‘chirgichlar, yuklama o‘chirgichlari, bo‘lgichlar, qisqa tutashtirgichlar, ajratkichlarda) ishlar
8. Masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlarida ishga ijozat berishdan avval:
uzatmaning kuch zanjiri, operativ tok zanjirlari va isitish zanjirlari uzilishi;
o‘chirgichlarning bakiga yoki pnevmatik uzatmasiga havo uzatuvchi quvur o‘tkazgichdagi tambalar yopiq va qulflangan holatga keltirilishi hamda ulardagi havo atmosferaga chiqarilib yuborilishi, shu bilan birga, havo chiqaruvchi tiqin (klapan) ochiq holatga o‘tkazilishi;
ulovchi yuk yoki ulovchi prujinalar ishlamaydigan holatga keltirilishi;
masofadan boshqaruvchi kalitga “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” va yopiq tambalarga “OCHILMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakatlari osib qo‘yilishi kerak.
9. Kommutatsiya apparatini sozlash paytida topshirilmagan naryad bo‘yicha uning ulanishi va uzilishini sinov tariqasida tekshirib ko‘rish uchun operativ tok zanjiriga, uzatmaning kuch zanjiri, signalizatsiya va isitish zanjiriga vaqtincha kuchlanish, shuningdek, o‘chirgichga va uzatmaga havo berishga ruxsat etiladi.
Olib qo‘yilgan saqlagichlarni o‘rnatish, uzib qo‘yilgan zanjirlarni ulash va havo uzatish uchun tambalarni ochish, shuningdek, tekshirib ko‘rish vaqtida “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” va “OCHILMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakatlarini olish tezkor xodimlar yoki uning ruxsati bilan ish bajaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Kommutatsiya apparatini tekshirib ko‘rish uchun masofadan ulash yoki uzishni, sozlashni yoki rostlashni bajarayotgan shaxsga yoki uning talabi asosida tezkor xodim bajarishiga ruxsat etiladi.
Kommutatsiya apparati tekshirib ko‘rilgandan so‘ng ish yana davom ettirilishi zarur bo‘lgan taqdirda, tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs yoki uning ruxsati asosida ish bajaruvchi mazkur Qoidalarga 10-ilova 8-bandiga muvofiq ishlashga ijozat olish uchun talab etiladigan tadbirlarni bajarishi shart.
10. Ishchi bosim ostidagi havoli o‘chirgichga faqat sinash va sozlash (dempferlarni sozlash, vibrogramma olish, simlarni o‘lchov asboblariga ulash yoki uzish, havo chiqayotgan joylarni topish va boshqalar) ishlarini bajarish uchun ko‘tarilishga ruxsat etiladi.
Tarmoqdan uzib qo‘yilgan havo o‘chirgichiga havo bilan to‘ldirilgan ajratkichi ishchi bosim ostida bo‘lganda, ko‘tarilish barcha holatlarda qat’iyan man etiladi.
11. Havoli o‘chirgichlarning nam o‘tkazmasligini (germetik holatini) tekshirish uni ishlab chiqargan korxona yo‘riqnomasiga muvofiq past bosimda bajariladi.
12. Havoli o‘chirgichni sinash va sozlash ishlarini bajarish uchun unga ko‘tarilishdan oldin quyidagilar zarur:
operativ tok zanjirlarini uzish;
mahalliy boshqaruv tugmasini va ishga tushirish klapanini blokirovkalash (masalan, havo o‘tkazuvchi quvurlarni yechib qo‘yish, shkaflarni qulflash va boshqalar) yoki ish bajaruvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha faqat aniq bir shaxs (operativ tok ulangandan so‘ng) uzib-ulash operatsiyalarini bajarishi uchun ishga qo‘yyuvchi yo‘l-yo‘riq olgan brigada a’zolaridan bir xodimni o‘chirgich yoniga qo‘yish.
Bosim ostidagi havoli o‘chirgichda odamlar bo‘lgan vaqtda boshqaruv va taqsimlash shkaflaridagi barcha ishlar to‘xtatiladi.
13. Havoli o‘chirgichni ishlatib ko‘rish, sozlash va sinash uchun uni ulash va o‘chirish vaqtida o‘chirgich yonida odamlarning bo‘lishi taqiqlanadi.
Sinash va sozlash uchun o‘chirgich bilan operatsiyalar bajarilishiga buyruqni ish bajaruvchi (yoki brigada a’zolari jumlasidan bo‘lgan va ish bajaruvchi tomonidan vakil qilingan shaxs) faqat brigada a’zolari o‘chirgichdan xavfsiz masofaga yoki berkinish joyiga uzoqlashtirilganlaridan so‘ng berishi mumkin.
14. Odamlarni havo to‘plagich ichida bo‘lishi bilan bog‘liq ishga ijozat berishdan avval quyidagilar zarur:
havo berilishi mumkin bo‘lgan barcha havo quvurlarining surilma klapanlarini berkitish, qulflab yopish, surilma klapanlariga “OCHILMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakatini osish;
havo to‘plagichdan bosim ostida bo‘lgan havoni chiqarish, uning yuqori qismidagi tiqinni va pastdagi havo chiqaruvchi surilma klapanni ochiq holatda qoldirish;
havo to‘plagichdan havo quvurini ajratish va unga qopqoqni o‘rnatish lozim.
15. O‘chirgichlarning va havo to‘plagichning baklaridagi manometrning nol qiymatini ko‘rsatishi ularda siqilgan havo yo‘qligini isbotlovchi ishonchli dalil bo‘lolmaydi. Darchaga o‘rnatilgan qopqoqlarni yechishda, bolt va gaykalarni bo‘shatishdan oldin havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) yoki surilma klapanlarni ochish yo‘li bilan haqiqatan ham siqilgan havo yo‘qligiga ishonch hosil qilish zarur.
Havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) yoki surilma klapanlarni yopishga faqat darchaga o‘rnatilgan qopqoqni mahkamlab yopuvchi barcha bolt va gaykalar qotirilgandan so‘ng ruxsat beriladi.
16. Kompressor qurilmasiga Gaz quvurlari, havo quvurlarining ko‘chmas kompressor qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalarini biladigan elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan, shu qurilmaga biriktirilgan shaxs xizmat ko‘rsatishi shart.
3-bob. Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish
17. Aravacha bilan tortib chiqariladigan uskunalari bo‘lgan KTQda shinalardan kuchlanishni olmasdan va ularni yerga ulamasdan turib, shinalardan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri KTQlarga ulangan uskunalardan yaxlit metall to‘siq bilan ajratilmagan shkaf bo‘lmalari ichiga kirish taqiqlanadi.
18. Komplekt taqsimlash qurilmasining shkaf bo‘lmasi ichida ishlaganda, aravachani qurilmasi bilan tortib chiqarib qo‘yish, tok o‘tkazuvchi qismlari kuchlanish ostida qolgan bo‘lmadagi to‘siqchani qulflab, “TO‘XTA! KUCHLANISH!” plakatini osish zarur. Ishlanayotgan bo‘lmaga “SHU YERDA ISHLANSIN!” plakatini osib qo‘yish kerak.
19. Yerga ulovchi pichoqlar bilan jihozlangan KTQlarida, boshqa tomondan kuchlanish uzatilishini istisno etuvchi sxemali ulanmalarda bu pichoqlarni shinaga ulashdan oldin kuchlanish bor-yo‘qligini shu joyning o‘zida elektr sxemani ko‘zdan birma-bir kechirib tekshirishga ruxsat etiladi.
20. KTQdan tashqarida undan chiquvchi HL va KLlarda yoki ularga ulangan uskunalarda ishlanganda, o‘chirgichni aravachasi bilan tortib chiqarish, yuqoridagi to‘siqcha yoki eshikchalarni qulflab qo‘yish va “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” yoki “ULANMASIN! LINIYADA ISH BAJARILMOQDA!” plakatlarini osib qo‘yish kerak.
Chiquvchi HLda ishlangan taqdirda, KTQ shkaflarida yerga ulagichlarni o‘rnatishda mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 40-bandi talablari e’tiborga olinishi zarur.
21. KTQlarining shkaflari ichida mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 20-bandidagi ko‘rsatmalarga muvofiq ishlar bajarilganda quyidagilarga ruxsat etiladi:
yerga ulagich pichoqlar bilan o‘chirgichning aravachasi orasida blokirovka bo‘lsa, aravachani ushbu pichoqlar ulangandan so‘ng nazorat holatiga o‘rnatish;
yerga ulagich pichoqlar bilan o‘chirgichning aravachasi orasida blokirovka bo‘lmasa, shuningdek, shkaflar ichida yerga ulagich pichoqlar bo‘lmagan taqdirda, shu holatda qulflab qo‘yish sharti bilan aravachani tortib chiqarilgan holat bilan nazorat holati oralig‘idagi holatga keltirish. Aravacha ulanmaning chiqish qismlari yerga ulanganligi yoki yerga ulanmaganligidan qat’i nazar, oraliq holatda qoldirilishi mumkin.
22. KTQlaridan tashqarida undan chiquvchi HL va KLlarda yoki ularga ulangan uskunalarda elektr dvigatellar bilan ulangan mexanizmlarni ham qo‘shib hisoblaganda ish olib borilmagan hollarda yoki bu ulanmaga KTQning shkafi ichida yerga ulagich o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘chirgichli aravachani nazorat holatiga chiqarib, uning boshqaruv va himoya zanjirida ishlashiga va o‘chirgichni tekshirish uchun ishlatib ko‘rishga ruxsat beriladi.
4-bob. Kabelli elektr uzatish liniyalarida ta’mirlash ishlari
1-§. Yer qazish ishlari
23. Kabellar uchun handaqlar yoki kotlovanlarni qazishdan oldin yer qazish ishlari olib boriladigan hududda ushbu hudud tegishli bo‘lgan tashkilot yoki korxonaning ishlarni bajarish uchun yozma ruxsatini olish hamda mavjud yer osti inshootlari, gaz, suv quvurlari va boshqa kommunikatsiyalarning aniq o‘rnashgan joyi to‘g‘risida ko‘rsatma olish zarur.
Yer qazish ishlari yer osti inshootlari yaqinida va kommunikatsiyalarning muhofaza zonasida olib borilgan taqdirda, kommunikatsiyalar egasi bo‘lgan korxona yoki tashkilot tomonidan ko‘rsatib berilgan ishlash shartlari bajarilishi lozim.
24. Kabellar o‘tgan joydan 1 metrdan kam masofada yer qazish mashinalaridan va 5 metrdan kam masofada pona-bolg‘a yoki shunga o‘xshash kuch bilan uradigan mexanizmlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Yer qazish ishlari kabellar ustida bajarilganda, tuproqni yumshatish uchun parchalaydigan bolg‘alardan va uni qazib chiqarish uchun yer qazuvchi mashinalardan, shuningdek, lom va kirkalardan foydalanish uchun faqat kabelgacha eng kamida 0,3 metr masofa qolishiga qadar qazishga ruxsat etiladi. Yerning qolgan qatlamidagi tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak.
Kabellarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning nazorati ostida yer qazish ishlarini boshlashdan oldin yer qazish ishlarini bajaruvchi tashkilot tomonidan kabellar o‘tgan chuqurlikni va ularning joylashuvini aniqlash maqsadida tuproqning nazorat uchun qazilishi va yer qazish mexanizmlarining ishlash chegaralarini belgilovchi vaqtincha to‘siqlar o‘rnatilishi lozim.
25. Qish faslida tuproqni belkurak bilan qazishni faqat tuproq isitilgandan so‘ng boshlash mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabelga qadar 15 sm masofagacha yaqinlashtirish mumkin.
26. Yer qazish ishlarini bajarishda kabellarning planida va sxemalarida qayd etilmagan quvurlar, yer osti inshootlari aniqlansa, aniqlangan inshootlar va jismlarning xususiyatlari aniqlanishi va tegishli ruxsatnoma olinishiga qadar yer qazish ishlarini to‘xtatib turish va bu haqda javobgar rahbarga ma’lum qilish lozim.
27. Zaharli gazlar paydo bo‘lishi bilan ishlar darhol to‘xtatilishi, ishchilar esa zaharli gaz bilan ifloslanish manbai aniqlanishi va u bartaraf etilishiga qadar xavfli joydan zudlik bilan chiqarib yuborilishi zarur. Zaharli gazlar paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lganda, yer qazish ishlari faqat ishlovchilar gazga qarshi niqob bilan ta’minlanib, ularga gazni aniqlovchi indikator berilgandan keyin davom ettirilishi mumkin. Bunda ishni boshlashdan oldin ishchilarga zaharli gazga qarshi kurashish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
28. O‘pirilish xavfi bo‘lgan bo‘sh yoki nam tuproqli yerlarda handaqlar qazilayotganda, ularning devorlari puxta mahkamlanishi kerak.
To‘kiluvchan tuproqli yerlardagi ishlar zovur devorlarini mustahkamlamasdan, ammo uning chetida tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda bajarilishi mumkin.
29. Yer osti suvlari bo‘lmagan, tabiiy namlikdagi tuproq yerlarda va yer osti inshootlariga yaqin joylashgan yerlarda kotlovanlarni va handaqlarni mustahkamlanmagan tik devorlarining quyidagi chuqurlikdan oshirmasdan qazishga ruxsat etiladi:
uyilgan va shag‘alli yerlarda — 1 m;
qumloq tuproqli yerlarda — 1, 25 m;
qumoq tuproqli va loyli yerlarda — 1,5 m;
o‘ta zich va qoya osti tuproqli yerlarda — 2 m.
Qovushqoq zich tuproqli yerlarda tik devorli handaqlarni rotorli va zovur qazuvchi ekskavatorlar yordamida mustahkamlagichlarni o‘rnatmasdan, 3 metrgacha chuqurlikda qazishga ruxsat etiladi. Bu hollarda ishchilarning zovurlarga tushishiga ruxsat etilmaydi. Zovurlarning ishchilar ichida bo‘lishi zarur bo‘lgan joylarida mustahkamlagichlar o‘rnatilishi yoki qiyaliklar barpo etilishi zarur.
Qish faslida yerning muzlagan qismida (yerning quruq tuproq qismidan tashqari) yer qazish ishlarini mustahkamlagichlar o‘rnatmasdan bajarishga ruxsat etiladi.
30. Yer qazish sharoiti mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida ko‘rsatilgandan farq qiladigan holatlarda kotlovanlar va handaqlarni qazish ishlari tik devorlarni bo‘yi baravar tirgovich yordamida mustahkamlab yoki tabiiy qiyalikni saqlagan holda, devorlarni mustahkamlamasdan bajariladi.
31. Devorlari mustahkamlanmasdan mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida ko‘rsatilgandan kattaroq chuqurlikdagi zovur va handaqlar qiyaliklarining eng katta qiymati mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 2- jadvali bo‘yicha qabul qilinadi.
32. Chuqurligi 3 metrgacha bo‘lgan kotlovanlar va handaqlarning tik devorlari mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 3-jadvalida keltirilgan talablarga muvofiq mustahkamlanishi lozim.
33. Chuqurligi 3 metrgacha bo‘lgan kotlovanlar va handaqlarning mustahkamlanishi odatda inventarli bo‘lishi va namunaviy loyihalarga muvofiq bajarilishi lozim.
34. Kotlovanlar va handaqlarning taxtadan yasalgan mustahkamlagichlari tuproqni o‘raga qayta solinishiga ko‘ra pastdan yuqoriga qarab ajratib olinadi.
Bir vaqtning o‘zida birdaniga olinadigan mustahkamlagich taxtalarning soni uchtadan oshmasligi, sochiluvchan va barqaror tuproqlarda esa bir donadan oshmasligi kerak. Taxtalarning olinishiga qarab, bo‘shagan tirgovichlar boshqa joylarga o‘rnatiladi. Bunda eski o‘rnatilgan tirgovichlar faqat yangisi o‘rnatilgandan keyingina olib tashlanadi.
35. O‘ralar, handaqlar va kotlovanlarni qazishda ishlatiladigan qurilish materiallari hamda kotlovanlar va handaqlardan chiqarib tashlanayotgan tuproq iloji boricha to‘silgan joy ichiga yoki yo‘lovchilar va transportga xalaqit bermaydigan qilib undan chetroqqa joylashtirilishi zarur.
36. Kotlovan, handaq va o‘ra qazish ishlari bajarilayotgan joy ogohlantiruvchi yozuv va belgilar o‘rnatilgan to‘siqlar bilan to‘silishi, tungi vaqtda esa to‘siqlarga ogohlantiruvchi chiroqlar o‘rnatilishi zarur.
37. Yo‘lovchilar va transport o‘tishi uchun handaqlar ustiga ko‘prikchalar tashlanishi kerak.
2-§. Kabel va muftalarni osish hamda mahkamlash
38. Ochiq muftalar handaq ustidan tashlangan ko‘ndalang taxtalarga sim yoki tros yordamida o‘rnatilgan mustahkam to‘singa osilib, quti bilan yopilishi lozim. Qutining bir tomoni yechib olinadigan va mixsiz mahkamlanadigan bo‘lishi kerak.
39. Kabellarni osish uchun qo‘shni kabellardan, quvurlardan va shunga o‘xshash materiallardan foydalanish man qilinadi.
40. Kabellarni shunday osish kerakki, ular keyinchalik joyidan siljimasligi kerak.
41. Qazib ochilgan kabelni yopuvchi qutilar ustiga ogohlantiruvchi “TO‘XTA! KUCHLANISH!” plakati osib qo‘yilishi shart.
3-§. Muftalarni ochish va kabelni kesish
42. Muftalarni ochishdan yoki kabelni kesishdan oldin ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabel haqiqatan ham shu ekanligiga, ish bajarish uchun u uzib qo‘yilganligiga va unda ishlashga ijozat berish uchun kerakli barcha texnik tadbirlar bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
43. Ish joyida ta’mirlanishi zarur bo‘lgan kabel quyidagicha aniqlanishi kerak:
kabel tunnel, kollektor, kanal ichidan imorat devorlari bo‘ylab o‘tkazilgan bo‘lsa — uni trassa bo‘ylab kuzatish bilan, chizma va sxemalar bo‘yicha kabellarning joylashish tartibini solishtirish va kabellardagi yorliqlarni tekshirish orqali;
kabel yer ichidan o‘tkazilgan bo‘lsa — ularning yerdagi joylashishini sxemada ko‘rsatilgan holatlarini solishtirish orqali. Buning uchun oldindan kabel to‘plamidagi barcha kabellar ko‘zga ko‘rinadigan qilib, kabel to‘plamiga ko‘ndalang bo‘lgan nazorat handag‘i (shurf) qazilishi kerak.
44. Ta’mirlanishi zarur bo‘lgan kabelni ishonch bilan aniqlab bo‘lmagan hollarda, kiydirma ramkasi bo‘lgan kabel qidiruvchi apparat qo‘llanilishi kerak.
45. Kabel liniyalarida kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maxsus po‘lat ignali yoki kesuvchi uchli izolyatsiyalovchi shtangali moslama yordamida kuchlanish yo‘qligini tekshirish zarur. Moslama yordamida kabelning zirhi va qobig‘ini tok o‘tkazuvchi fazalarigacha teshish yoki kesish, bir-biriga qisqa tutashtirib, uning yerga ulanishini ta’minlash lozim. Kabelning teshiladigan joyi ustiga oldindan berkituvchi ekran o‘rnatilishi kerak. Tunnellarda, kollektorlarda va quduqlarda bunday moslamani qo‘llash uchun faqat masofadan boshqarish mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi.
46. Kabelning shikastlanishi natijasida uning barcha tok o‘tkazuvchi fazalari ochilib qolgan bo‘lsa, kuchlanish yo‘qligini kabelni teshmasdan kuchlanishni bevosita ko‘rsatuvchi asbobning o‘zi bilan tekshirish mumkin.
47. Kabelni teshish ishlari javobgar rahbar yoki ijozat beruvchi yoxud uning kuzatuvi ostida ish bajaruvchi tomonidan bajariladi.
Kabelni himoya ko‘zoynagini taqib va dielektrik qo‘lqop kiyib teshish lozim. Teshish vaqtida handaq ustidagi izolyatsiyalovchi moslamada va imkoni boricha kabeldan uzoqroqda turish kerak.
48. Teshadigan moslamani yerga ulash uchun kabelning zirhidan yoki 0,5 metr chuqurlikda yerga kiritilgan maxsus moslamadan foydalaniladi. Yerga ulovchi sim zirhga halqasimon qisqich yordamida ulanadi; qisqich ostidagi zirh tasmasi tozalangan bo‘lishi zarur.
Agar zirh tasmasi zanglagan bo‘lsa, u holda yerga ulovchi simni kabelning metall qobig‘iga ulashga ruxsat etiladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan to‘rt tolali kabel liniyasida ishlar bajarilganda, uning nol simi ikkala uchidan ajratib qo‘yiladi.
4-§. Kabel massasini qizdirish va muftaga quyish
49. Muftaga quyiladigan kabel massasi metalldan yasalgan qopqoqli va jo‘mrakli maxsus idishda qizdiriladi.
Ochilmagan bankalardagi kabel massasini qizdirish qat’iyan man qilinadi.
50. Kabel massasini quyishda brezent qo‘lqop kiyib, himoya ko‘zoynagini taqib ishlash lozim.
51. Qaynoq kavsharlash qotishmali qozonchani, shuningdek, qaynoq kabel massasi solingan idishlarni joydan-joyga ko‘chirish va ularni qizdirishda brezent qo‘lqopdan va himoya ko‘zoynagidan foydalanish zarur. Kiyim yenglarining qo‘lqop ustiga chiqarib boylash yoki tirsakkacha yetadigan qo‘lqoplardan foydalanish lozim. Qaynoq birikma va erigan qotishmali idishlarni qo‘ldan-qo‘lga uzatish man qilinadi. Ularni bir-biriga berish uchun yerga yoki mustahkam taglikka qo‘yish zarur.
52. Quyish uchun eritilgan birikma va qotishmani metall tayoqcha yordamida aralashtirish, qizigan qotishma ustidagi qorakuyani esa metall qoshiq yordamida olib tashlash lozim. Metall tayoqcha va metall qoshiq foydalanishdan oldin isitiladi.
Qizigan birikma va qotishma ichiga suv tomishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
53. Yilning sovuq fasllarida qizitilgan birikmani ulovchi va oxirgi muftaga quyishdan oldin muftalar isitilishi zarur.
5-§. Kabellarni o‘tkazish, kabel va muftalarni boshqa joyga ko‘chirish
54. Kabelli baraban g‘ildiratilganda, ishchilarning kiyimlarining baraban qismlariga ilashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi zarur. Barabanlarni g‘ildiratishdan oldin barabandan turtib chiqib turgan mixlar olib tashlanishi va kabel uchlari mahkamlanishi kerak. Kabelli barabanni faqat gorizontal tekislik bo‘yicha qattiq yerda yoki mustahkam to‘shama ustida g‘ildiratishga ruxsat etiladi.
55. Kabel, bo‘sh baraban, mexanizmlar, moslamalar va asbob-uskunalarni bevosita handaq chetiga joylashtirish taqiqlanadi.
56. Barabanlardagi kabelni faqat tormoz moslamasi bo‘lgan taqdirdagina tortib bo‘shatishga ruxsat etiladi.
57. Kabel o‘tkazish qo‘lda bajarilganda, ishchilarning umumiy soni har bir erkak uchun kabel bo‘lagining og‘irligi 35 kg, ayol uchun 15 kg hisobidan belgilanishi kerak. Ish brezent qo‘lqopda bajarilishi zarur.
58. Kabelni o‘tkazish jarayonida ishchilarga qayrilish burchagi ichida turish va trassaning burilish joylarida kabelni qo‘lda ushlab turib uzatish man etiladi. Bunday maqsadlar uchun burchak roliklari o‘rnatiladi.
59. Kabelni elektr toki bilan isitish uchun 380 V dan yuqori kuchlanishdan foydalanish mumkin emas.
60. Kabelni va muftalarni faqat kabel tarmoqdan uzilganidan so‘nggina boshqa joyga ko‘chirish mumkin.
61. Kuchlanish ostidagi kabellarni boshqa joyga qo‘chirishga quyidagi shartlar bajarilgandagina ruxsat etiladi:
qo‘chirilishi kerak bo‘lgan kabelning harorati 5 °C dan kam bo‘lmasligi;
qo‘chirilishi kerak bo‘lgan kabel bo‘lagidagi mufta yog‘och taxtaga halqasimon qisqichlar bilan qattiq mahkamlangan bo‘lishi;
ish mobaynida dielektrik qo‘lqop kiyib, ustidan mexanik shikastlanishdan himoya qilish maqsadida brezent qo‘lqop kiyib ishlanishi;
ishlar kabel o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan ishchilar tomonidan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega bo‘lgan, kuchlanishi 1000 V dan kam bo‘lgan kabellarda esa kamida IV guruhga ega shaxs rahbarligi ostida bajarilishi zarur.
6-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar
62. Quduqlarni ko‘rikdan o‘tkazish va ulardagi ishlar kamida ikki kishi tomonidan bajarilishi kerak. Bunda qopqog‘i ochiq turgan quduqqa tushilganda, quduq oldiga ogohlantiruvchi belgi yoki to‘siq o‘rnatilishi lozim. Quduq ichida elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs ishlashi mumkin. Bu holda quduq yonida ikkinchi shaxs navbatchi bo‘lib turishi kerak.
Quduqqa ehtiyot (monter) kamarisiz va bir uchi quduqdan tashqariga chiqarib qo‘yilgan arqonsiz tushish va unda ishlash taqiqlanadi. Tunnellarni elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs ko‘rikdan o‘tkazishiga ruxsat etiladi.
63. So‘rib oluvchi ventilyatsiya bilan jihozlanmagan tunnel, kollektor va quduqlarda ish boshlashdan yoki ularni ko‘rikdan o‘tkazishdan oldin, yonuvchan va odam uchun xavfli gaz yo‘qligini tekshirib ko‘rish kerak. Tekshiruvni asboblardan foydalanishga o‘qitilgan shaxslar bajarishlari lozim. Bunday shaxslarning ro‘yxati korxona bo‘yicha ko‘rsatma bilan tasdiqlanadi. Gaz yo‘qligini tekshirish zarur bo‘lgan quduqlar va tunnellarning ro‘yxati korxonada tuziladi.
Quduqlarni ochishda (ikkinchi qopqoqlarini) uchqun chiqmaydigan asboblardan foydalanish hamda qopqoqning quduqqa tushadigan joydagi temirga urilib ketishidan saqlash shart.
64. Xavfli gazning bor-yo‘qligini ochiq olov yordamida tekshirish man etiladi.
Quduq, kollektor va tunnellarda gaz paydo bo‘lib qolsa, ish darhol to‘xtatilishi va gaz chiqayotgan manbani topib, u bartaraf etilguncha ishchilar xavfli joydan chiqarilishi shart.
Ish joyida yig‘ilib qolgan gazni chiqarib yuborish uchun tashqaridan ventilyator yoki quduq tubiga 0,25 metr yetkazmasdan kompressor qurilmasiga ulangan uzun yeng yordamida havo berilishi zarur. Ventilyatsiya uchun ballonlardagi siqilgan gazni ishlatish taqiqlanadi.
65. So‘rib oluvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan kollektor va tunellarda ish boshlashdan oldin ular mahalliy sharoitga qarab, ma’lum muddatga ishga tushirilishi kerak. Bunda gaz bor-yo‘qligini tekshirmasa ham bo‘ladi.
66. Kollektor va tunnellar ichida ishlayotgan paytda ularda ikki tomondan eshik ochiq turishi, ishlayotganlar esa ularning o‘rtasida bo‘lishi kerak.
67. Quduqlar ichida ishlagan paytda kavsharlash lampalarini yoqish, propan-butan ballonlarini o‘rnatish, mufta ichiga quyilishi kerak bo‘lgan qotishma va mastikalarni eritish faqat quduqdan tashqarida bajarilishi mumkin. Eritilgan qotishma va qizdirilgan mastikani quduqqa yopiq idishda va maxsus cho‘michda metall trosga karabin bilan mahkamlab, ilgak yordamida sekin-asta tushirish lozim.
Kabellar o‘tkazilgan kollektor, tunnel, kabel yarim qavatlar va boshqa xonalarda propan-butandan foydalaniladigan ishlarni bajarishda, xonada ishlatilayotgan ballonlarning umumiy hajmi 5 litrdan oshmasligi kerak.
Ishlash paytida alanga tarqalishini chegaralovchi olovbardosh materiallardan yasalgan shchitchalardan foydalanish va yong‘inni o‘chirish uchun asbestdan yasalgan mato tayyorlab qo‘yish zarur.
Ish tamom bo‘lgandan so‘ng gazli ballonlar olib chiqilishi va xonalar shamollatilishi lozim.
68. Kabellarning shikastlangan joylarini kuydirish vaqtida ishchilarni quduqlarda turishi taqiqlanadi. Kollektor va tunnellarda esa faqat ikkita ochiq turgan chiqish eshiklari orasida turishga ruxsat beriladi. Kabellarni kuydirish vaqtida ularda ishlash mumkin emas. Kabelning shikastlangan joyini kuydirib bo‘lgandan so‘ng yong‘in chiqishini oldini olish maqsadida kabellarni, albatta, ko‘rikdan o‘tkazish zarur.
69. Kollektor, tunnel va quduqlarda uzoq muddatli ishlar bajarilganda, odamlarning ular ichida bo‘lish vaqtini ishlarni bajarish sharoitlariga qarab, javobgar rahbar yoki naryad beruvchi shaxs belgilaydi.
70. Ishga ijozat berishdan va tunnellarni ko‘rikdan o‘tkazishdan avval ulardagi yong‘inga qarshi himoya qurilmalari avtomatik ishlash tartibidan masofadan boshqariladigan tartibga o‘tkazilishi va boshqaruv kalitiga “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakati osib qo‘yilishi zarur.
71. Quduq, kollektor va tunnellarda hamda ochiq lyuklar yaqinida chekish man qilinadi.
72. Quduqlar va tunnellardagi ish joyini yoritish uchun 12 V kuchlanishli yoritkichlar yoki portlashdan himoyalangan akkumulyator fonarlaridan foydalanish lozim.
7-§. Kavsharlash lampalari bilan ishlash
73. Kavsharlash lampalari bilan ishlanganda, quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilinishi zarur:
a) kavsharlash lampasining rezervuariga kerosin yoki benzin quyganda, rezervuar hajmining 3/4 qismidan oshmasligi;
b) quyish joyidagi tiqin qopqoqni rezbaning kamida to‘rt chizig‘iga burab yopish;
v) lampadagi yonilg‘ini to‘kmaslik yoki lampaga yonilg‘i quymaslik, lampani bo‘laklarga ajratmaslik, lampa bosh qismini burab chiqarish va shunga o‘xshash ishlarni olov yaqinida qilmaslik;
g) kavsharlash lampasini uning gorelkasiga kerosin yoki benzin quyib yoqmaslik;
d) portlab ketishidan saqlanish uchun kavsharlash lampasiga haddan tashqari ko‘p havo yubormaslik;
e) bosim chiqarilmaguncha lampaning gorelkasini bo‘shatmaslik va olmaslik;
j) lampa rezervuaridagi havo bosimini yonilg‘i quyish tiqin qopqog‘i orqali tushirish lampaning gorelkasidagi olov o‘chirilib, u to‘la sovitilganidan so‘nggina amalga oshirilishi lozim;
z) lampada nosozliklar aniqlangan taqdirda (rezervuardan sizib chiqish, yondirgich rezbasidan gaz chiqishi va boshqalar) uni darhol ta’mirlashga topshirish shart;
i) lampani faqat qaysi yonilg‘i turi bilan ishlatilishiga ruxsat berilgan bo‘lsa, shu yonilg‘i turi bilan to‘ldirish shart.
5-bob. O‘lchov asboblari, releli himoya qurilmalari, ikkilamchi zanjirlar, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarini montaj va ekspluatatsiya qilish
Elektr energiyasini hisobga olish asboblari bilan ishlash
74. O‘lchov asboblari va releli himoya qurilmalari zanjirlarida o‘tkaziladigan ishlarning xavfsizligini ta’minlash uchun tok va kuchlanish o‘lchov transformatorla-rining barcha ikkilamchi chulg‘amlari doimiy ravishda yerga ulangan bo‘lishi kerak. Releli himoyaning murakkab sxemalarida tok transformatorlarining bir-biri bilan elektr jihatidan bog‘langan bir guruh ikkilamchi chulg‘amlarini ularning soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar, faqat bir nuqtada yerga ulashga ruxsat etiladi.
Rele va o‘lchov asboblarining tok zanjirini uzish zarurati paydo bo‘lgan taqdirda, tok transformatori ikkilamchi chulg‘amining zanjiri maxsus mo‘ljallangan qisqich yordamida oldindan qisqa tutashtirilib qo‘yilishi kerak.
75. Tok transformatori bilan qisqa tutashtirgich o‘rnatilgan qisqichlar o‘rtasidagi zanjirlarda uzilishga olib kelish mumkin bo‘lgan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
76. Tok transformatorlari yoki ularning ikkilamchi zanjirida ishlash paytida quyidagi xavfsizlik choralariga rioya etilishi lozim:
a) birlamchi zanjirlarning shinalarini montaj ishlarini olib borishda yordamchi tok o‘tkazgichlar sifatida yoki payvandlash ishlarini olib borishda tok o‘tkazuvchi zanjirlar sifatida ishlatmaslik zarur;
b) o‘lchov va himoya zanjirlarini ko‘rsatilgan tok transformatorlarining qisqichlariga ikkilamchi sxemadagi montaj ishlari to‘la tamomlanganidan so‘nggina ulash kerak;
v) qutblarni tekshiruvchi asboblarni tekshirish uchun birlamchi chulg‘amga tok impulsi berishdan oldin birlamchi chulg‘amini ikkilamchi chulg‘am qisqichlariga mustahkam ulab qo‘yilishi zarur.
77. Releli himoya, elektroavtomatika va telemexanika (keyingi o‘rinlarda — RHA va T) qurilmalari zanjirida ishlar ijro sxemalari bo‘yicha bajarilishi kerak. Sxemasiz, xotiraga tayangan holda ishlash qat’iyan man etiladi.
78. RHAvaT qurilmalarida ishlarni bajarishda dastaklari izolyatsiyalangan chilangarlik-montaj asbob-uskunalaridan foydalanish zarur.
79. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmasi xonasida o‘lchov, signalizatsiya, boshqaruv va himoya zanjirlarini tekshirish jarayonida zarur bo‘lgan hollarda ishlash sharoitlariga qarab, brigada tarkibidan bitta shaxs qoldirilishi mumkin (masalan, o‘chirgichlarni rostlash, izolyatsiyasini tekshirish); bunda ish bajaruvchidan ajratilgan shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim; ish bajaruvchi unga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha zarur ko‘rsatmalarni berishi kerak.
80. Kuchlanish transformatorlari zanjirlarida begona manbadan kuchlanish berib ishlanganda, yuqori va past kuchlanish tomonidan o‘rnatilgan saqlagichlar olinishi va ikkilamchi chulg‘amdagi avtomatlar uzib qo‘yilishi lozim.
81. Asosiy uskunalarning ulangan holatida RHAvaT apparaturasida yoki zanjirlarida biror ishlarni bajarish zarur bo‘lsa, uning to‘satdan uzilib qolishiga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rilishi zarur.
82. Rele apparaturasi joylashtirilgan panellarda yoki uning yonida rele apparaturalarining qattiq silkinishiga olib keladigan, relelarning xatolik bilan ishlash xavfini tug‘diradigan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
83. RHAvaT qurilmalarini tekshirish va sozlash uchun zarur bo‘lgan o‘chirgichlarni, ajratkichlarni va boshqa apparaturalarni almashlab ulash, ulash va o‘chirish, agregatlarni ishga tushirish va to‘xtatish, ularning ish rejimini sozlash faqat tezkor xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
84. Boshqaruv shchiti va taqsimlash qurilmasida o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va boshqa o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlarini yozib olish quyidagi shaxslarga ruxsat etiladi:
doimiy tezkor xodimlar (ikki kishilik navbatchilik) bor bo‘lganda, korxonaning tezkor xodimlari jumlasidan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi va doimiy tezkor xodimlar bo‘lmaganda — elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi amalga oshirishi mumkin;
boshqa tashkilotlarning xodimlari elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan mahalliy tezkor xodim kuzatuvi ostida amalga oshirishlari mumkin.
85. O‘lchov transformatorlariga ulangan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va boshqa o‘lchov asboblarini o‘rnatish va yechib olish naryad bo‘yicha kuchlanish olinib, ikki shaxs tomonidan bajarilishi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak
Tok zanjirlarini xavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi maxsus qisqich yoki sinash bloki o‘rnatilgan taqdirda, ushbu elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va yechib olish hamda ularni tekshirish yuqoridagi shaxslar tomonidan farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
86. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va yechib olish elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs tomonidan farmoyish bo‘yicha bajarilishiga ruxsat etiladi.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish yoki yechib olish hamda o‘lchov asboblarini tekshirish uchun ulash ishlari kuchlanish olinib bajarilishi kerak.
87. Bir xonada joylashgan turli ulanmalarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va yechib olish bitta naryad (farmoyish) bo‘yicha bitta ish joyidan boshqa ish joyiga o‘tishni rasmiylashtirmasdan bajarilishi mumkin.
88. “O‘zenergoinspeksiya”ning xodimlari iste’molchilarning elektr qurilmalaridagi elektr energiyasini hisobga olish asboblari zanjirlaridagi ishlarni Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq bajarishi kerak.
89. O‘lchov asboblarini ulash, o‘lchov transformatorlariga elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ulash va yechib olish tok zanjirlarini xavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi sinash bloklari yoki maxsus qisqichlar bo‘lganda, kuchlanish va yuklamani olmasdan bajarilishi mumkin.
6-bob. Taqsimlash qurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanish olinmasdan turib izolyatsiyani tozalash
90. YOTQlarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanishni olmasdan turib, izolyatsiyani tozalash izolyatsiyalangan shtanga bilan ta’minlangan maxsus cho‘tka yoki chang yutgich yordamida bajariladi.
91. YOTQlarining kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolyatsiyani tozalash faqat poldan yoki mustahkam taglikdan turib, chang tozalovchi vositalar bilan bemalol harakatlanish uchun kengligi yetarli darajada bo‘lgan yo‘laklarda bajarilishi mumkin.
92. Izolyatsiyani chang yutgich bilan tozalashda elektr qurilmaning kuchlanishiga mo‘ljallangan maxsus moslamalar o‘rnatilgan g‘ovak izolyatsiyalovchi shtangadan foydalaniladi. Bu shtangalar tutashuvga yo‘l qo‘ymaslik uchun va ichidagi changni yo‘qotish uchun ish boshlashdan oldin va ish davomida muntazam tozalab turilishi zarur.
93. G‘ovak izolyatsiyalovchi shtangalarga o‘rnatilgan qalpoqcha shunday ishlangan bo‘lishi kerakki, unda izolyatsiyani tozalash chog‘ida qo‘shni fazalarga tegib, tutashuv hosil bo‘lmasligi kerak.
94. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolyatsiyani tozalash dielektrik qo‘lqoplarda va botiklarda bajarilishi kerak.
95. Kuchlanish olinmasdan tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolyatsiyani tozalash qanday uslubda bajarilishidan qat’i nazar, kamida ikkita shaxs tomonidan bajarilishi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV, qolganlari — kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu shaxslar maxsus o‘qitilgan va ko‘rsatilgan ishlarni bajarishi uchun ijozat olgan bo‘lishlari va bu haqda guvohnomalarida belgi qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Izolyatorlarni tozalash ish bajaruvchining yoki brigadaning kamida IV guruhga ega bo‘lgan a’zosining uzluksiz nazorati ostida, brigada a’zolaridan faqat III guruhga ega bo‘lgan shaxslardan biri tomonidan bajarilishi mumkin.
96. Izolyatorlarni tozalash ishlari bo‘yicha mahalliy sharoit hamda ish texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha talablarni ko‘zda tutuvchi yo‘riqnoma tuziladi. Yo‘riqnoma korxonaning bosh energetigi tomonidan tasdiqlanadi.
7-bob. Uskunalarda sinash va o‘lchashlarni amalga oshirish
1-§. Tashqi tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash
97. Sinashlar tarkibi ikki kishidan kam bo‘lmagan, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan ish bajaruvchi, qolganlari kamida III guruhga ega bo‘lgan xodimlardan iborat bo‘lgan brigadalar tomonidan amalga oshiriladi.
Sinovlarni faqat maxsus tayyorgarlikdan hamda sinash sxemalari va Qoidalarning ushbu bobi hajmida bilimlar sinovidan o‘tgan, tayyorlanish davrida ishlab turgan elektr qurilmalarida sinov ishlarini o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlargina bajarishlari mumkin.
Mazkur sinov ushbu Qoidalar bo‘yicha bilimlar sinovi bilan bir vaqtda, tarkibiga elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga ega bo‘lgan uskunalarni sinash bo‘yicha mutaxassis kiritilgan komissiyada hamda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Sinov ishlarini o‘tkazish uchun ijozat berilgan shaxsning guvohnomasiga bu haqda belgi qo‘yilishi zarur.
98. 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarda sinovlar naryad bo‘yicha bajariladi. Ta’minlovchi kabeli tarmoqdan uzilgan va uchlari yerga ulangan kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr dvigatellarni sinash farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
99. Sinovlar o‘tkazishga berilgan naryad bo‘yicha ishga ijozat berish va tayyorgarlik ishlarini bajarish, sinash uchun mo‘ljallangan elektr uskunada ishlayotgan boshqa brigadalar ish joyidan chiqarilib yuborilgandan va ular naryadlarini topshirganlaridan keyin amalga oshiriladi.
100. Sinovlarni bajaruvchi brigada tarkibiga tayyorgarlik ishlarini bajarish, sinalayotgan uskunani muhofaza qilish hamda shinalarni bir-biriga ulash yoki bir-biridan ajratish uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega ta’mirlash xodimlaridan bo‘lgan shaxslar kiritilishi mumkin. Sinovlarni boshlashdan oldin ish bajaruvchi bu xizmatchilarga sinovlarni o‘tkazishdagi xavfsizlik choralari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishi lozim.
Uskunalarni ta’mirlash yoki montaj qilish ishlarini bajaradigan brigada tarkibiga sinovlarni bajarish uchun elektr laboratoriyasi yoki sozlash tashkilotining xodimlari kiritilishi mumkin. Bu hollarda sinov ishlariga ish bajaruvchi yoki uning ko‘rsatmasi bo‘yicha laboratoriya yoki sozlash tashkiloti jumlasidan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan shaxs rahbarlik qiladi.
Ta’mirlash yoki montaj ishlarini bajarish jarayonida sinov ishlarini o‘tkazish naryadning “Zimmasiga topshiriladi” satrida alohida qayd etiladi.
101. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalaridan tashqarida turib, tok o‘tkazuvchi qismlari butunlay yoki to‘rli to‘siq bilan yopilgan, eshiklari esa blokirovka bilan jihozlangan stendlardan foydalanib, izolyatsiya materiallarini va buyumlarini (himoya vositalari, har xil izolyatsiya detallari va boshqalar) yalpi sinov ishlarini III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi joriy ekspluatatsiya tartibida bajarishi mumkin.
102. Sinov zanjirini yig‘ish paytida eng avval sinov qurilmasiga himoya va ishchi yerga ulagichlarni o‘rnatish va kerak bo‘lganda, sinaladigan uskuna korpusiga himoya yerga ulagichini o‘rnatish zarur. Sinov qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulashdan oldin uning yuqori kuchlanishli chiqarmasiga yerga ulagich o‘rnatiladi. Chiqarmani yerga ulovchi mis simning kesimi 4 mm2 dan kam bo‘lmasligi zarur.
Uskunaning sinov zanjirini yig‘ishni sinovni o‘tkazuvchi brigada xodimlari bajaradilar.
Ish bajaruvchi sinovni boshlashdan avval zanjirning to‘g‘ri yig‘ilganini va ishchi hamda himoya yerga ulagichlarining ishonchliligini tekshirib chiqishi shart.
103. Elektr qurilmasiga o‘rnatilgan, cinovni o‘tkazishga xalaqit beruvchi yerga ulagichlarni olish va ularni qaytadan o‘rnatish faqat sinov ishlariga rahbarlik qilayotgan shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha bajarilishi mumkin.
104. Sinov joyi, shuningdek, sinov paytida sinov kuchlanishi ostidagi ulovchi simlar to‘siqlar bilan to‘siladi hamda sinov joyi yoniga kuzatuvchi qo‘yiladi. Kuzatuvchi vazifasini o‘lchash sxemasini sinalayotgan uskunaga ulovchi shaxs bajarishi mumkin. To‘siqlarni sinov ishlarini o‘tkazayotgan brigada xodimlari o‘rnatadi. To‘siqlar sifatida shchitlar, to‘siqlar, “SINOV! HAYOT UCHUN XAVFLI!” plakatlari osilgan yo‘g‘on arqonlar yoki shunday yozuvli yorug‘lik tablosi ishlatilishi mumkin. Agar sinov kuchlanishi ostidagi ulovchi simlar kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalari xonasidan tashqarida (yo‘lakda, zinapoyalarda, o‘tish joylarida, hudud ichida) bo‘lsa, to‘siq o‘rnatish bilan bir qatorda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan, naryadga kiritilgan va yo‘l-yo‘riq olgan bir yoki bir nechta shaxsdan iborat qo‘riqchilar qo‘yilishi kerak. Qo‘riqchilik qilayotgan brigada a’zolari to‘siq tashqarisida joylashtirilishi kerak.
Sinalayotgan uskunani qo‘riqlashga qo‘yilgan shaxslar ushbu uskunani kuchlanish ostida deb hisoblashi lozim.
Ish bajaruvchi qo‘riqchilikka tayinlangan shaxslar o‘z postlarida ekanligi va sinash ishlari boshlanganligi haqida xabar topganliklariga ishonch hosil qilishi zarur. Mazkur shaxslar o‘z postlaridan faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan ketishlari mumkin.
105. Sinov qurilmasi va sinalayotgan uskunalar har xil xonalarda yoki TQning har xil uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, izolyatsiya holatini tekshirib turish uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zolari ish bajaruvchidan alohida turishiga ruxsat etiladi. Brigadaning ushbu a’zolari sinov ishlari boshlanishidan oldin ish bajaruvchidan kerakli yo‘l-yo‘riq olishlari va to‘siqdan tashqarida joylashishlari shart.
106. Kabelni sinash jarayonida kabelning qarama-qarshi uchi berkitilgan kamerada, komplekt TQ yacheykasida yoki xona ichida joylashgan bo‘lsa, eshikka yoki to‘siqqa “SINOV! HAYOT UCHUN XAVFLI!” plakati osib qo‘yilishi lozim. Agar bu eshik va to‘siqlar berkitilmagan yoki uchlari trassada ajratilgan ta’mirlanayotgan kabel sinovdan o‘tkaziladigan bo‘lsa, bunday hollarda eshiklarga, to‘siqlarga va uchlari ochiq bo‘lgan kabellarga plakatlar osishdan tashqari, naryadga kiritilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan shaxslardan shu joylarga qo‘riqchi qo‘yilishi shart.
107. Sinov qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulash qurilmani boshqaruv joyida joylashgan, zanjir uzilishi yaqqol ko‘rinadigan kommutatsiya apparati yoki shtepsel vilkasi orqali amalga oshirilishi kerak.
Kommutatsiya apparati ushlab qoluvchi qurilma bilan jihozlan bo‘lishi yoki apparatning qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi kontaktlari orasiga izolyatsiya qoplamasi qo‘yilishi kerak.
108. Sinov uskunasidan kelayotgan simni fazaga, sinalayotgan uskuna qutbiga yoki kabel tolasiga ulash va ajratishni sinov rahbarining ko‘rsatmasi bo‘yicha va faqat ushbu uskuna yerga ulangandan keyingina amalga oshirishga ruxsat etiladi.
109. Sinalayotgan qurilmaga sinov kuchlanishini berishdan oldin ish bajaruvchi quyidagi tadbirlarni bajarishi shart:
hamma brigada a’zolari o‘zlariga ko‘rsatilgan joylarda turganligi, begona shaxslar ish joyidan chiqarilganligi va qurilmaga sinash uchun kuchlanish berish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirishi;
brigadani kuchlanish berilayotgani haqida ogohlantirishi va ushbu ogohlantirishni brigadaning barcha a’zolari eshitganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagichni olishi, keyin unga 380/220 V kuchlanishni berishi.
Sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagich olib tashlangan paytdan boshlab, butun sinov qurilmasi, sinalayotgan uskuna va ular orasidagi simlar kuchlanish ostida deb hisoblanishi hamda sinash sxemasida va sinalayotgan uskunada simlarni qayta ulash man qilinadi.
110. Sinov ishlari tamom bo‘lgandan keyin ish bajaruvchi sinov qurilmasi kuchlanishini nolgacha pasaytirishi, uni 380/220 V kuchlanishli tarmoqdan o‘chirishi va yuqori kuchlanish tomonini yerga ulashi (yoki yerga ulash haqida ko‘rsatma berishi) hamda bu haqda brigada a’zolarini xabardor qilishi kerak. Faqat shundan keyingina simlarni qayta ulash yoki sinov ishlari batamom tugallangan bo‘lsa, sinalayotgan qurilmaning simlari sinov qurilmasidan uzib qo‘yilishi va to‘siqlari olib qo‘yilishi mumkin. KL va HL izolyatsiyasini sinashdan oldin, shuningdek, bu ishlar tamomlangandan keyin KL va HLdan qo‘shimcha qarshilik orqali qoldiq elektr zaryadini olib tashlash, yerga ulagichni ulash va qolgan elektr zaryadi to‘liq olib tashlanganiga ishonch hosil qilish zarur. Shundan keyingina plakatlarni olib qo‘yishga ruxsat beriladi. Zaryadsizlashni bajaruvchi shaxs izolyatsiyalangan taglikda turib, himoya ko‘zoynagini taqib, dielektrik qo‘lqopda ishlashi zarur.
111. Operatorning ish joyida 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanish ulanganligi to‘g‘risida alohida lampali signalizatsiya bajariladi.
112. Ko‘chma laboratoriya sinov qurilmasining yuqori kuchlanishli chiqarmasi kuchlanish ostida bo‘lganda yonadigan lampali signalizatsiya bilan jihozlanadi.
113. Megaommetr yordamida o‘lchash ishlarini bajarishga elektrotexnik xodimlari jumlasidan bo‘lgan, o‘qitilgan shaxslarga ruxsat beriladi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda sinov ishlari naryad bo‘yicha ikkita shaxs tomonidan bajariladi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lishi lozim. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda sinov ishlari farmoyish bo‘yicha ikkita shaxs tomonidan bajariladi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim. Mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 116-bandida ko‘rsatilgan sinov ishlari bundan mustasno.
114. Ikki tarafdan kuchlanish olishi mumkin bo‘lgan liniyalarning izolyatsiyasini sinash ishlari faqat ushbu liniyaning ikkinchi tomoniga ulangan elektr qurilmasining javobgar shaxsidan telefon, kuryer orqali va boshqalar orqali (qaytadan tasdig‘i bilan) o‘chirgich va liniya ajratkichi uzilganligi va “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakatlari osib qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar olingandan keyingina bajarilishi mumkin.
115. Sinov ishlarini boshlashdan oldin elektr qurilmasining sinov asbobi ulangan qismida ishlayotgan odamlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilish, uning yaqinida turgan shaxslarga esa tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l bilan tegishni taqiqlash, zarur bo‘lgan taqdirda esa qo‘riqchi qo‘yish zarur.
116. Elektr mashinalarining izolyatsiya holatini nazorat qilish uchun to‘xtatilgan yoki aylanayotgan, ammo qo‘zg‘atilmagan mashinada metodik ko‘rsatmalar yoki dasturlarga muvofiq megaommetr bilan o‘lchash, tezkor xodimlar tomonidan yoki ularning ko‘rsatmasi bo‘yicha joriy ekspluatatsiya tartibida elektr laboratoriyasi xizmatchilari tomonidan bajarilishi mumkin. Tezkor xodimlarning kuzatuvi ostida bu o‘lchashlar ta’mirlovchi xodimlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. Yakorlar, rotorlar va qo‘zg‘atish zanjirlarining izolyatsiyasini elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs, stator izolyatsiyasini sinashni — kamida ikkita shaxs o‘tkazishi mumkin, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.
117. Megaommetr bilan ishlashda u ulangan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish man etiladi. Ish tamom bo‘lgandan so‘ng tekshirilayotgan uskunalardan qoldiq elektr zaryadi uni qisqa vaqtda yerga ulash yo‘li bilan olib tashlanishi kerak.
118. Megaommetr bilan o‘lchash ishlarini bajarish quyidagi hollarda man qilinadi:
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan ikki zanjirli liniyaning bitta zanjirida, agar boshqa zanjir kuchlanish ostida bo‘lgan vaqtda;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori va ishlab turgan liniyaga parallel o‘tgan bir zanjirli liniyada momaqaldiroq vaqtida yoki u yaqinlashib kelganida.
2-§. Elektr o‘lchov qisqichlari va o‘lchov shtangalari bilan ishlash
119. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida elektr o‘lchov qisqichlari bilan bajariladigan ishlar ikki shaxs tomonidan bajarilishi, bunda ularning biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa — kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim. O‘lchash ishlari ta’mirlovchi xodimlar tomonidan naryad bo‘yicha, tezkor xodimlar tomonidan esa farmoyish bo‘yicha bajariladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida elektr o‘lchov qisqichlari bilan ishlarni elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs farmoyish asosida bajarishi mumkin.
120. O‘lchash uchun ishchi qismiga ampermetr o‘rnatilgan qisqichlardan foydalaniladi. Ampermetri tashqariga chiqarilgan qisqichlardan foydalanish man etiladi. O‘lchash vaqtida o‘lchov transformatorlariga, simlarga, asboblarga tegish, ampermetr ko‘rsatkichini olish uchun unga engashish taqiqlanadi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida o‘lchash ishlari izolyatsiyalangan taglik ustida turib, himoya ko‘zoynagini taqib, dielektrik qo‘lqopda bajarilishi kerak.
121. O‘lchash ishlari olib boriladigan shinalar uchastkalarini shunday tanlash kerakki, ularning konstruktiv bajarilishi va har xil faza tok o‘tkazgichlari orasidagi hamda ular bilan yerga ulangan qismlar oralig‘idagi masofalarni qisqichlarning ishchi qismi hisobiga kamayishi natijasida fazalar o‘rtasida yoki yerga elektr tutashish ehtimoli bartaraf etilgan bo‘lishi lozim.
122. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabellarda elektr o‘lchov qisqichlaridan foydalanish uchun faqat kabelning tolalari izolyatsiyalangan va ular o‘rtasidagi masofa kamida 250 mm dan bo‘lgandagina ruxsat etiladi.
123. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan shinalarda elektr o‘lchov qisqichlari yordamida o‘lchash ishlari poldan yoki maxsus taglik ustida turib bajarilishi lozim.
124. Fazalari gorizontal joylashgan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarning har bir fazasida qisqich yordamida o‘lchash paytida o‘lchash ishlarini boshlashdan oldin har bir fazani izolyatsiyalovchi qistirma bilan to‘sib qo‘yish zarur. Ko‘rsatilgan ishlar dielektrik qo‘lqoplarda bajariladi.
125. Ishlarni bajarish uchun konstruksiyaga yoki teleskopik minoralarga shtangasiz ko‘tarilish zarur. Shtangani arqon yordamida ishchi qismini yuqori holatda saqlab, tik qilib ko‘tarish kerak. Ko‘tarish uchun metalldan ishlangan arqonlardan foydalanish taqiqlanadi. Ko‘tarish paytida shtangani chayqatish yoki qattiq jismlarga tegib ketish mumkin emas. Katta bo‘lmagan balandliklarga ko‘tarish zarur bo‘lsa, shtangani qo‘ldan-qo‘lga uzatish mumkin.
126. Momaqaldiroq, tuman, yomg‘ir yoki ho‘l qor yog‘ayotgan vaqtda o‘lchov shtangalari bilan ishlash taqiqlanadi.
127. Shtanga bilan ishlashda ishlovchi bilan tok o‘tkazuvchi qismlar o‘rtasida mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilgan masofaga rioya etilishi kerak.
128. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL tayanchlarida o‘lchash ishlari tirnoqlarda (lazlarda) turib va tayanchga kamar yordamida mahkamlanib bajarilishi mumkin. HLda narvondan turib o‘lchov ishlarini bajarish taqiqlanadi.
129. Yerga ulagich simlari bo‘lgan havo liniyalari tayanchlarida turib o‘lchash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
8-bob. Elektr asbob-uskunalari, qo‘l elektr mashinalari va qo‘l elektr yoritkichlari
130. Elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalari mazkur Qoidalar talablarini qondirishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
131. Elektr tokidan jarohatlanish xavfi yuqori bo‘lgan xonalarda hamda xonalar tashqarisida I toifaga mansub bo‘lgan elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalari bilan ishlashga elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan xodimlarga ijozat beriladi.
Tarmoqqa yordamchi uskunalarni (transformatorlar, chastota o‘zgartirgichi, himoya — o‘chirish qurilmalari va shunga o‘xshashlarni) ulash va uni o‘chirish III guruhdan kam bo‘lmagan elektrotexnik xodimlar tomonidan bajarilishi kerak.
132. Xonalar elektr tokidan jarohatlanish xavfining darajasi bo‘yicha turiga qarab, elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalarining quyidagi toifalari qo‘llanilishi lozim:
I toifali — ishlab chiqarish sharoitidagi ekspluatatsiyada (qurilish — montaj ishlarini bajarish va unga tayyorgarlik ko‘rish bundan mustasno). I toifali elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalari bilan ishlanganda, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak. Agar I toifali elektr asbob-uskunasi yoki qo‘l elektr mashinasi faqat bitta bo‘lib, u ajratuvchi transformatorga, avtonom dvigatel-generator qurilmasiga yoki chulg‘amlari ajratilgan chastota o‘zgartirgichga, yoki himoya o‘chirish qurilmasi orqali ulangan bo‘lsa, himoya vositalaridan foydalanilmasdan ishlashga ruxsat berilishi mumkin;
II va III toifali — ishlab chiqarish sharoitidagi ekspluatatsiyaning barcha hollarida, ammo qurilish-montaj ishlarini tayyorlash va bajarishda yuqori xavfli sharoitli xonalarda va xona tashqarisida ishlatilishi mumkin. II va III toifali mashinalarni, individual himoya vositalaridan foydalanmasdan ishlatish mumkin. Qurilish-montaj ishlarini bajarishda va unga tayyorgarlik ko‘rishda II toifali elektr asbob-uskunalari va elektr mashinalari bilan individual himoya vositalari yordamida ishlash shart bo‘lgan hollar bundan mustasno;
III toifali — haddan tashqari noqulay ishlash sharoitlarida (idishlar ichida, apparatlar va boshqa metalldan yasalgan, operatorning chiqishi va yurishi chegaralangan sig‘imlarda), shuningdek, qurilish-montaj ishlari va ularga tayyorgarlik haddan tashqari xavfli sharoitlarda bajarilganda ishlatilishi mumkin.
Bunday sharoitlarda qurilish-montaj ishlarini bajarish va unga tayyorgarlik ko‘rish uchun III toifali qo‘l elektr mashinalari va asbob-uskunalaridan faqat individual himoya vositalarini qo‘llagan holda foydalanishga ruxsat etiladi.
Qo‘l elektr mashinasi yoki III toifali asbob-uskuna bo‘lmagan taqdirda, elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs bir dona I va II toifali mashina yoki asbob-uskunani qo‘llashga ta’minot avtonom dvigatel-generator qurilmasidan, ajratuvchi transformatordan, chulg‘amlari bo‘lingan chastota o‘zgartirgichdan bo‘lganida yoki himoya o‘chirish qurilmasi mavjud bo‘lgandagina ruxsat berilishi mumkin.
133. Yuqori xavfli va o‘ta xavfli xonalarda ishlanganda, kuchlanishi 42 V dan yuqori bo‘lmagan qo‘l elektr yoritkichidan foydalanish zarur.
O‘ta noqulay sharoitlarda ishlanganda, kuchlanishi 12 V dan yuqori bo‘lmagan qo‘l elektr yoritkichlari ishlatilishi kerak.
Kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan yoritkichlarning elektr manbalari sifatida pasaytiruvchi transformatorlar, mashinali o‘zgartirgichlar, generatorlar, akkumulyator batareyalari ishlatilishi mumkin. Bunday maqsadlar uchun avtotransformatorlardan foydalanish taqiqlanadi.
134. Qo‘l elektr mashinalari, qo‘l yoritkichlari va elektr asbob bilan ishlashdan oldin quyidagilar bajarilishi zarur:
ularning butunligini va detallarining mahkamlanganligini tekshirish;
shtepsel vilkasi, kabel (shnur), uning ustki himoyalovchi qobig‘i yaroqli ekanligini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish;
korpusning izolyatsiya detallarini, tutqichni va cho‘tka tutqichning qopqog‘i butunligini tekshirish, himoyalovchi g‘iloflar borligini va ularning yaroqli ekanligini ko‘zdan kechirib chiqish;
o‘chirgichning aniq ishlashini tekshirish;
salt yurishda ishlashni tekshirib ko‘rish;
I toifali mashinalarda bundan tashqari (shtepsel vilkasidagi yerga ulovchi kontakt bilan mashina korpusi orasidagi) yerga ulash zanjirining sozligini tekshirish.
Nuqsoni bo‘lgan qo‘l elektr mashinalari, qo‘l yoritkichlari, elektr asboblari va ularning yordamchi uskunalarini ishlatish uchun berish man etiladi.
135. Elektr asboblari, qo‘l elektr mashinalari va qo‘l yoritkichlaridan foydalanilganda, ularning kabellari yoki simlari iloji boricha osib qo‘yilishi lozim. Kabel va simlarni issiq, nam va moylangan metall yuzalarga yoki jismlarga bevosita tegib turishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Biror nosozlik aniqlanganda, qo‘l elektr mashinalari yoki qo‘l elektr yoritkichlarini ishlatishni darhol to‘xtatish kerak.
136. Qo‘l elektr mashinalari, elektr asboblari, qo‘l yoritkichlari va ularning yordamchi qurilmalari sozligini va saqlanishini nazorat qilish maqsadida Elektr uskunalarini sinash qoidalari va me’yorlari bilan belgilangan muddatlarda davriy tekshiruvlar va sinovlardan o‘tkazilishi kerak. Mashinalar, asbob-uskunalar va yoritkichlarni sinovdan o‘tkazish maxsus shu ishlarni bajarish uchun biriktirilgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
137. Elektr uskunalarini ishlatish jarayonida elektr toki uzilib qolgudek bo‘lsa yoki ishdagi tanaffuslarda, elektr asbob-uskunasi elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi kerak.
138. Elektr asbob-uskunalaridan va qo‘l elektr mashinasidan foydalanuvchi shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
a) qo‘l elektr asbob-uskunalari va elektr mashinasini qisqa muddatga bo‘lsa ham, boshqa shaxslarga berib turish;
b) qo‘l elektr mashinalarini va elektr asbob-uskunalarini qismlarga ajratish va o‘zboshimchalik bilan biron bir (faqatgina elektr asbob-uskunasi yoki qo‘l elektr mashinasining o‘zidagina emas, balki uning shtepsel ulagich simlari va boshqalarda) ta’mirlash ishlarini bajarish;
v) qo‘l elektr mashinasini yoki elektr asbobining simlarini ushlash yoki aylanuvchan kesuvchi asbobga tegish;
g) qo‘l elektr mashinasi to‘liq to‘xtashiga qadar va u ishlab turgan paytda qipiq yoki qirindini qo‘l bilan tozalash;
d) tirama narvonlardan turib ishlash. Bu ishlarni bajarish uchun mustahkam havoza yoki taxta tushama barpo etilishi lozim;
e) qozonlarning barabanlari, metall rezervuarlar va shunga o‘xshashlar ichiga ko‘chma transformatorlarni va chastota o‘zgartirgichlarni olib kirish;
j) qo‘l elektr mashinalarini va elektr asboblarini elektr tarmog‘iga ulangan holda nazoratsiz qoldirish.
9-bob. Mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalarini qo‘llab bajariladigan ishlar
139. OTQ hududi bo‘ylab va HL ostidan o‘tayotganda, yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarning yuk ko‘taruvchi va surilma qismlari transport holatida bo‘lishi lozim.
Yuk ko‘tarish mashinalarining ish joyi doirasida teleskopi ko‘tarilgan, ammo surib chiqarilmagan holda yoki strelasi yoxud boshqa ishchi qismi ko‘tarilmagan holda, ko‘tariladigan yoki surib chiqariladigan qismda yuksiz va odamlarsiz tekis joyda yurishiga ruxsat etiladi, agar bunday yurish zavod yo‘riqnomasida ruxsat etilgan bo‘lsa.
OTQ hududi bo‘ylab va HLning muxofaza zonasida yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarni mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 141-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning yoki ma’muriy-texnik xodimlar jumlasidan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega bo‘lgan shaxsning bevosita nazorati ostida, OTQ hududi bo‘ylab esa kamida IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimning nazorati ostida harakatlanishiga ruxsat beriladi.
OTQ hududi bo‘ylab harakat tezligi mahalliy yo‘riqnoma bo‘yicha aniqlanadi, ammo 10 km/soatdan oshmasligi kerak.
HL ostida yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari simlarning eng kam osilgan joyidan (tayanchlar yaqinidan) o‘tishlari lozim.
140. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari yurayotganda ularning ko‘tariladigan va surilma qismlaridan, stroplardan, yuk iladigan moslamalardan, yuklardan tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi, ushbu mexanizmlarda ishlashda esa ko‘tariladigan va surilma qismlarda turib ishlayotgan odamgacha bo‘lgan masofa ham 1 jadvalning 3-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi shart.
Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining ishlash jarayonida strelani, teleskop minorasini yoki surilma narvonni tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida ko‘rsatilganidan kam bo‘lgan balandlikka va burchakka ko‘tarish va burish man etiladi. Yuk ko‘taruvchi mashina strelasining, yoki boshqa surilma. yoki ko‘tariladigan qismining gorizontal tekislikdagi eng ko‘p mumkin bo‘lgan burilish burchagi zarur holatlarda, qizil bayroqchalar yoki fonarlar o‘rnatilgan tayoqchalar yordamida belgilab qo‘yilishi lozim.
141. OTQda va HLning muhofaza zonasida strelali kranlar ishlatilganda, yuklarni kranlar bilan xavfsiz ko‘chirilishi uchun javobgar shaxs kran strelasi ishchi holatiga keltirilishidan oldin kran o‘zi tarafidan ko‘rsatilgan joyga to‘g‘ri o‘rnatilganini tekshirib, so‘ng kranni ishlatishga ruxsat berishi shart. Kranlar bilan yuklarning xavfsiz ko‘chirilishi uchun javobgar shaxslarni tayinlash tartibi, ularning vazifalari hamda elektr xavfsizligi bo‘yicha texnik tadbirlar (kranni yerga ulash, tashqariga chiquvchi tayanchlarni o‘rnatish va boshqalar) tegishli normativ-texnik hujjatlarda belgilab berilgan.
Yuklarning kranlar bilan xavfsiz ko‘chirilishi uchun javobgar shaxs tayinlangani haqida naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida yozib qo‘yiladi. Bunday shaxs sifatida naryad beruvchi, javobgar rahbar yoki O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) hududiy inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan ish bajaruvchi belgilanishi mumkin.
142. Strelali yuk ko‘tarish kranlarida turib ishlash va ularni bevosita 0,4 — 35 kV kuchlanish ostidagi HL simlari ostida o‘rnatish man etiladi.
143. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining haydovchilari hamda ilgaklarga yuk iluvchilar (tushiruvchilar) OTQ va HL ostida ishlashi uchun ishga ijozat berishdan oldin ular harakatlanish va ushbu qurilmalarda ishlash tartibi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari kerak.
144. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining haydovchilari elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga, ilgaklarga yuk iluvchilar esa I guruhga ega bo‘lishlari kerak.
145. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari OTQda va HLni qo‘riqlash zonasi doirasida kuchlanish olinmasdan bajariladigan barcha ishlarda yerga ulanadi. Yerga ulovchi simlarning ko‘ndalang kesimi ushbu elektr qurilmasi uchun qabul qilingandan kam bo‘lmasligi shart. Gusenitsali yuk ko‘tarish mashinasi bevosita yer ustida turganida uni yerga ulanishi talab etilmaydi.
146. Agar tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish yoki elektr razryadi hosil bo‘lishi oqibatida yuk ko‘taruvchi kran yoki mexanizm kuchlanish ostiga tushib qolsa, kuchlanish to‘la olinishiga qadar unga tegish, undan yerga tushish yoki unga ko‘tarilish taqiqlanadi.
Yuk ko‘tarish mashinasi yoki mexanizm yongan taqdirda, haydovchi uni qo‘li bilan ushlamasdan, baravariga ikki oyog‘i bilan yerga sakrab tushishi va bir oyoqda sakrab yoki oyoq kafti uzunligidan oshmagan mayda qadam bilan yurib, undan eng kamida 8 metr masofaga uzoqlashishi zarur.
147. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari yordamida ish bajarilganda, ko‘tarilayotgan yuk, tortilayotgan sim, tortuvchi tros va tortkich, teleskopik minora kajavasi ostida, shuningdek, tortilayotgan tomondan tayanchlar va tirgovichlarga bevosita yaqin joylarda odamlarning turishi taqiqlanadi.
148. Teleskopik minoradan (gidroko‘targichdan) turib ishlaganda, mashina haydovchisi bilan teleskopik minora kajavasidagi brigada a’zosi bir-birini ko‘rib turishi zarur. Bunday aloqa bo‘lmaganda, teleskopik minora yaqinida kajavani yuqoriga ko‘tarish yoki pastga tushirish to‘g‘risidagi buyruqni haydovchiga yetkazib turuvchi uchinchi brigada a’zosi qo‘yilishi shart.
149. Har doim ish boshlashdan oldin ish bajaruvchi yuk ko‘taruvchi mashinalar, mexanizmlar va yordamchi yuk iladigan moslamalarning sozligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Tashqariga chiqarib o‘rnatiladigan tayanchlar bilan jihozlangan yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari ish jarayonida o‘rnatilishi shart.
Teleskopik minora va gidroko‘targichlar yordamida ishlarni bajarishdan oldin ularning surilma va ko‘tariladigan qismlari amalda tekshirib ko‘rilishi, teleskopik minoralarda esa bundan tashqari ko‘taruvchi qismi tik holatga keltirilib, shu holatda mahkamlab qo‘yilishi shart. Teleskopik minoradan (gidroko‘targichdan) turib ishlashda, kajava polida turish va himoya kamarining arqoni bilan kajavaga bog‘langan holda turish zarur.
Kajavadan (osma belanachakdan) tayanchga yoki uskunaga o‘tish va qayta orqaga o‘tish faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan amalga oshirilishiga ruxsat etiladi.
150. Burchak tayanchlardagi izolyatorlarni va simlarni almashtirish hamda armaturalarni ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarishda teleskopik minorani (gidroko‘targichni) simlardan hosil bo‘lgan burchak ichiga o‘rnatish man etiladi.
151. Yuk ko‘tarish mashinasi yordamida yuklarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan arqon yoki trosning xavfli masofaga (yuksiz) chayqalishini keltirib chiqaradigan shamol esganda ishlarni bajarish taqiqlanadi.
10-bob. Elektr qurilmalarida balandlikka chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar
152. Balandligi yerdan yoki bostirmadan 1 metr va undan yuqori bo‘lgan ishlar yuqorida bajariladigan ishlar hisoblanadi. Bunday ishlarni bajarishda ishlovchilarning yuqoridan qulab tushishining oldini olish choralari ko‘rilgan bo‘lishi zarur.
153. Himoya kamari qulab tushishning oldini oluvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladigan yer, bostirma yoki ishchi tushama yuzasidan 5 metrdan yuqori balandlikda, havoza, taxta tushama ustida turib bajariladigan ishlar balandlikka chiqib bajariladigan ishlar hisoblanadi. Balandlikka chiqib bajariladigan ishlarni bajarishga ruxsat etilgan shaxslarning sog‘ligi ushbu ishlarni bajarish uchun belgilangan tibbiy talablarga javob berishi kerak.
Balandlikda bajariladigan ishlarni amalga oshirishga berilgan ruxsat haqidagi maxsus yozuv bilimlar sinovi guvohnomasining “Maxsus ishlarni bajarish huquqiga guvohnoma” jadvalida qayd etilishi zarur.
154. Agar himoya kamarining stropini tayanchga, konstruksiyaga mahkamlashning imkoni bo‘lmasa, unda tayanch detalga, konstruksiyaga oldindan mahkamlab qo‘yilgan xavfsizlik arqonidan foydalanish kerak. Ushbu ishni ikki shaxs bajarishi zarur, bunda ikkinchi shaxs xavfsizlik arqonini zarur bo‘lsa, sekin-asta ko‘tarishi yoki tushirishi kerak.
155. Kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismlar tagida joylashgan konstruksiyalar ustida ish bajarilgan hollarda, asbob-uskunalar va ta’mirlash moslamalarining tushirib yuborilishidan saqlash uchun ular bog‘lab qo‘yiladi. Bunday hollarda metall zanjirli himoya kamaridan foydalanish man etiladi.
156. Konstruksiya yoki qurilma ustiga ko‘tarish zarur bo‘lgan detallarni “uzluksiz halqa” uslubidagi yo‘g‘on arqon yordamida ko‘tarish lozim. Pastda turgan xizmatchi yo‘g‘on arqonni tebranib ketmasligi va tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketmasligi uchun ushlab turishi zarur.
157. Portallarda, konstruksiyada, tayanchlarda va boshqalarda ishlovchi xodimlar tanasini qismaydigan va harakatni cheklamaydigan kiyimdan foydalanishi zarur. Uning shaxsiy asbob-uskunalari sumkasida turishi kerak.
158. Balandlikda yoki balandlikka ko‘tarilib bajariladigan ishlarni bajaruvchi brigada a’zolarini kuzatib turuvchi shaxslar yerda joylashishlari mumkin.
159. Ko‘prikli kran aravachasida turib, mashina zali va sexlar shiplaridagi yoritish qurilmalariga xizmat ko‘rsatish ishlari kamida ikki shaxs tomonidan bajarilishi kerak, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lishi lozim. Ikkinchi shaxs ishlovchi yonida turib, uning xavfsizlik choralariga yetarli darajada rioya etayotganligini kuzatib turishi shart. Ishlar ta’mirlovchi xodimlar tomonidan bajarilgan taqdirda ularga naryad berilishi kerak.
Vaqtincha taxta tushama, narvon va shunga o‘xshashlarni aravacha ustiga o‘rnatish man etiladi. Ishlarni bevosita aravacha tushamasi ustida yoki qoplama tepasiga o‘rnatilgan statsionar (doimiy) taxta tushama ustida turib bajarish zarur.
Aravachaga ko‘tarilishdan oldin trolley simlaridan kuchlanishni olib tashlash shart. Ishlash jarayonida himoya kamaridan foydalanish kerak.
Kran ko‘prigini yoki aravachasini kran haydovchisi faqat ish bajaruvchining buyrug‘i bilan yurgizishi kerak. Ko‘prik krani harakatlanishi jarayonida ishlovchi shaxslar kranchi kabinasida yoki ko‘prik to‘shamasida turishlari zarur. Ishchilar aravachada turgan paytida ko‘prikli kranni va aravachani bir joydan ikkinchi joyga yurgizish man etiladi.
11-bob. Akkumulyator batareyalari va zaryadlovchi qurilmalar
160. Akkumulyator batareyalari joylashgan xona har doim qulflangan bo‘lishi shart. Ushbu xonalarni ko‘zdan kechiruvchi va ularda ishlovchi shaxslarga kalitlar umumiy tartibga muvofiq beriladi.
161. Akkumulyator xonasida chekish, u yerga olov bilan kirish, uchqun berishi mumkin bo‘lgan elektr isitish asboblari, apparat va uskunalardan foydalanish man etiladi, istisno holatlari mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 170-bandida keltirilgan.
162. So‘rib oluvchi vetilyatsiyaga ega bo‘lgan akkumulyator xonasida u zaryadlovchi qurilma ulanishidan oldin ishga tushirilishi va zaryadlovchi qurilma o‘chirilganidan so‘ng kamida 1,5 soat o‘tgandan, hosil bo‘lgan gaz to‘la chiqarib yuborilganidan so‘ng to‘xtatilishi kerak.
163. Har bir akkumulyator xonasida quyidagilar bo‘lishi shart:
elektrolit tayyorlash va uni idishlarga quyishga mo‘ljallangan 1,5 — 2 litr hajmli tumshuqli, bandli shisha yoki chinni idish (ko‘za);
kislotali batareya uchun ichimlik sodasining neytrallashtiruvchi (5 foizli) eritmasi va ishqorli batareya uchun bor kislotasi yoki sirka essensiyasining bir qismiga sakkiz qism suvli eritmasi.
164. Ichida elektrolit, distillangan suv va neytrallashtiruvchi eritma bo‘lgan barcha idishlarda ushbu suyuqlik nomlarini ko‘rsatuvchi yozuv bo‘lishi shart.
165. Kislota og‘zi zich yopiladigan tiqin bilan berkitilgan shisha idishlarda saqlanishi va suyuqlik nomi yozilgan yorliq bilan jihozlanishi shart. Batareyalarni ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan, ichida kislotasi bo‘lgan idishlar va bo‘sh idishlar akkumulyator batareyasiga tegishli bo‘lgan alohida xonada saqlanishi zarur. Idishlar polda maxsus savatlarga yoki yog‘och qutilarga solib saqlanishi kerak.
166. Kislota, ishqor va qo‘rg‘oshin bilan bog‘liq barcha ishlarni maxsus o‘qitilgan shaxslar bajarishi zarur.
167. Ichida kislota va ishqor bo‘lgan shisha idishlarni ikki ishchi tashishi shart. Shisha idishlar savati bilan birgalikda dastakli maxsus yog‘och qutilarda yoki o‘rtasida chuqurchasi bo‘lgan, atrofi yog‘och katak bilan o‘ralgan va ichida shisha idish kamida 2/3 qismi balandligi baravarida turadigan maxsus zambilda tashilishi kerak.
168. Elektrolit tayyorlashda kislota ichida distillangan suvi bo‘lgan issiqqa chidamli yoki chinni idishga asta-sekin (eritmani tez qizishining oldini olish maqsadida) ingichka qilib jildiratib quyilishi kerak. Bunda elektrolitni har doim tayoqcha yoki shisha naycha, yoki kislotabardosh plastmassadan yasalgan qorg‘ich bilan aralashtirib turish kerak.
Kislotaga suv quyib, elektrolit tayyorlash man etiladi. Tayyor elektrolitga suv quyishga ruxsat etiladi.
169. Kislota va ishqor bilan ishlaganda (kislota uchun dag‘al jun matodan yoki ishqor uchun paxtadan tayyorlangan) kostum, rezinali fartuk, rezinali etik (shim ostiga) yoki kalish, himoya ko‘zoynagi va rezinali qo‘lqoplarni kiyib ishlash kerak.
O‘yuvchi ishqorlarni maxsus ajratilgan joyda qop-qanorlarga o‘rab maydalash lozim.
170. Akkumulyator xonalarida quyidagi sharoitlarda plastinalarni kavsharlash ishlarini bajarishga ruxsat etiladi:
zaryadlash tamom bo‘lganidan kamida 2 soatdan keyin kavsharlashga ruxsat etiladi. Doimiy zaryadlanish tartibida ishlovchi batareyalarda kavsharlash ishlarini boshlashdan 2 soat ilgari ular zaryadsizlantirish holatiga o‘tkazilishi va xona ish boshlashdan oldin shamollatilishi shart;
kavsharlash vaqtida xona uzluksiz shamollatib turilishi kerak;
kavsharlash ishlari o‘tkazilayotgan joy o‘tga chidamli shchitlar bilan boshqa batareyalardan to‘sib qo‘yilishi kerak;
qo‘rg‘oshin yoki uning birikmalari ta’siridan zaharlanishning oldini olish uchun maxsus ehtiyot choralari ko‘rilishi va ish tartibi akkumulyator batareyalarini ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash yo‘riqnomalariga muvofiq belgilanishi zarur.
171. Akkumulyator batareyalariga xizmat ko‘rsatish maxsus tayyorlangan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
172. Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan akkumulyator batareyalari ularga qo‘yiladigan talablarga muvofiq ekspulatatsiya qilinishi zarur.
12-bob. Elektr uzatish havo tarmoqlari
1-§. Tayanchlarda ishlash
173. Tayanchga chiqishga va unda ishlashga ruxsat faqat tayanchning, ayniqsa, uning asosi mustahkamligiga ishonch hosil qilingandan keyingina berilishi mumkin. Tayanchni mustahkamlash uslubi va zarurati ish bajaruvchi yoki javobgar rahbar tomonidan ish joyida aniqlanishi kerak.
174. Quyidagi brigada a’zolariga tayanchga ko‘tarilishga ruxsat etiladi:
elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lganlarga tayanchning yuqorisigacha barcha turdagi ishlarni bajarishga;
elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lganlarga kuchlanish olinib amalga oshiriladigan ishlarni, kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda amalga oshiriladigan ishlarda esa pastki simlar sathiga kamida 2 metr qolgunga qadar ishlarni bajarishga;
I guruhga ega bo‘lganlarga barcha ko‘rinishdagi ishlarda yerdan oyoqlarigacha 3 metrgacha ko‘tarilishga ruxsat etiladi.
175. Shtirli izolyatorlar bilan jihozlangan burchak tayanchlarining ichki burchak tomonidan ko‘tarilish va ishlash taqiqlanadi.
176. Tayanchning tik qismida ishlaganda shunday joylashish lozimki, bunda kuchlanish ostida bo‘lgan eng yaqin turgan simlar e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
177. Tayanchlarga ko‘tarilishda himoya kamarini stropi ustun orqasidan aylantirib o‘tkazib olinishi, temir beton tayanchlarda esa tirnoqqa (lazga) mahkamlanishi zarur. Tayanchda ishlaganda himoya kamaridan foydalangan holda ikkala tirnoqqa (lazga) tiralib ishlash kerak.
178. Zanjirlari gorizontal joylashgan ko‘p zanjirli HLda uning bitta zanjiridan kuchlanish olinib ishlashga faqat ushbu zanjir tarafidan ruxsat etiladi. Kuchlanish ostida turgan zanjirlarni ushlab turuvchi travers uchastkalariga o‘tish taqiqlanadi.
179. Zanjirlari bir-birining ustida joylashgan ko‘p zanjirli HLning o‘chirilgan zanjirida ishlashga faqat ushbu zanjir kuchlanish ostida turgan boshqa zanjirlar ostida joylashgandagina ruxsat etiladi. Tayanchga faqat o‘chirilgan zanjir tarafidan ko‘tarilishga ruxsat beriladi. O‘chirilgan zanjirdagi simlarni almashtirish va qayta tortish taqiqlanadi.
180. 220 kV va undan yuqori kuchlanishli ko‘p zanjirli HL tayanchlarida bir zanjirdan kuchlanish olinib ishlar bajarilganda, yer sathidan 2 — 3 metr balandlikda ustunlarning kuchlanish ostida qolgan zanjirlari tomonidan qizil bayroqchalar o‘rnatilishi shart. Bayroqchalarni ish bajaruvchi, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi bilan birgalikda o‘rnatishi kerak.
181. Tayanchda, izolyatsiyalangan bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minorada yoki odamlarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan boshqa mexanizmlarda turib ishlar bajarilganda, odamdan yoki u ishlatayotgan asboblar va moslamadan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL, radiotranslyatsiya, telemexanika simlarigacha bo‘lgan masofa 0,6 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Agar ishlash paytida ko‘rsatilgan simlargacha ushbu masofani saqlashning imkoni bo‘lmay, oraliqdagi masofa kamayishi xavfi tug‘ilsa, ular tarmoqdan o‘chiriladi va ish joyida yerga ulanadi.
182. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori HL bilan birga tayanchlarda tortilgan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL simlarini almashtirish va qayta tortish ishlari faqat kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori barcha HL o‘chirilib, simlar ish joyida yoki ish uchastkasining ikki tomonida yerga ulanganidan so‘ng bajarilishi mumkin.
183. Tros va simlarni bir tarafga qarab tortishga mo‘ljallanmagan tayanchlarda shunday vaqtincha tortish zarur bo‘lsa, tayanchlarning qulab tushishining oldini olish uchun ular mahkamlanishi shart.
184. Tayanchlarning detallari almashtirilayotganda, uning siljishi yoki qulab tushishi ehtimoli istisno etilgan bo‘lishi zarur.
185. P va AP turidagi tayanchlarning bittalik yoki ikkitalik qo‘shimcha tirgaklarini almashtirishda, baravariga tayanchning ikkala oyog‘i ostini kavlab olish taqiqlanadi.
Tirgaklarni o‘rnatishni tayanchning bir oyoqlisidan boshlash zarur va faqat undagi tirgaklar almashtirilib, bandaj bilan mahkamlanganidan hamda yerdagi tuproq zichlanganidan keyin tayanchning boshqa oyog‘idagi tirgaklarni almashtirishga kirishish mumkin. Ikkitasi birlashtirilgan tirgaklarni navbatma-navbat almashtirish kerak.
Tirgaklarni chiqarib olish yoki uni tushirish vaqtida handaqda turish man etiladi.
186. Tayanchlarni qulatish va o‘rnatish uslublari, og‘ishining oldini olish uchun ularni mahkamlash zarurati va usullari javobgar rahbar tomonidan, u tayinlanmagan holda esa, naryad beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi.
187. Mexanik jihatdan mustahkamligi (yog‘ochning chirishi, betondagi darzlar va boshqalar) shubha tug‘diradigan tayanchlardagi tros va tortqilarni mahkamlash zarurati paydo bo‘lganda, ushbu ishlar bevosita tayanchga ko‘tarilish talab etilmagan holda, tayanch yoniga barpo etilgan maxsus mahkamlovchi qurilmalardan yoki odamlarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan boshqa mexanizm, yoki teleskopik minoradan foydalanib bajarish zarur.
Ko‘tarilgan tayanchdagi tros va tortqilarni faqat tayanch yerga yoki poydevorga mahkamlangandan keyin yechish mumkin.
188. Agar ilgakli tortqilar qo‘llanilgan bo‘lsa, ular himoya qulflari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
189. Izolyatorlar shodalarida ishlaganda, quyidagi hollarda ular bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladi:
bir zanjirli, shuningdek, ikki va undan ko‘p zanjirli ko‘tarib turuvchi shodalar bo‘ylab;
ikki va undan ko‘p zanjirdan tashkil topgan tortib turuvchi shodalar bo‘ylab.
Bir zanjirli tortib turuvchi shodalarda maxsus moslamalardan foydalanib, ular bo‘lmagan taqdirda esa, shodalar ustiga yotib va tana holatini o‘rnashtirish uchun oyoqlarni traversga ilashtirgan holda ishlashga ruxsat etiladi.
190. Ushlab turuvchi shodada ishlagan paytda himoya kamarining stropi traversga mahkamlanishi kerak. Agar osma uzunligi yetarli bo‘lmasa, belga mahkamlangan ikkita xavfsizlik arqonidan foydalanish zarur. Bu holda bitta arqon traversga bog‘lanadi, ikkinchisi esa oldindan traversning orqasidan o‘tkazilib brigada a’zolaridan biri xavfsizlikni ta’minlash uchun zaruratga qarab uni asta-sekin tortib yoki bo‘shatib turadi.
191. Tortib turuvchi shodada ishlaganda, himoya kamarining osmasi traversga yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan moslamaga mahkamlanishi zarur.
192. Ushlab turuvchi va tortib turuvchi ikki va undan ko‘p zanjirli shodalarda himoya kamarining stropini ish bajarilmayotgan zanjirning biriga mahkamlashga ruxsat etiladi. Strop osmasini ish bajarilayotgan shodaga mahkamlash taqiqlanadi.
193. Shodalarni bir-biridan ajralib ketishiga olib boruvchi nosozliklar aniqlanganda, ish to‘xtatilishi shart.
194. Simlarni, troslarni, izolyatorlarni traversga ko‘tarayotgan yoki tushirayotgan vaqtda yuk ko‘tarayotgan traversda yoki tayanchning bu traversi ostidagi qismida turish man etiladi.
Yuk ko‘tarish sxemasini tanlash va ko‘taruvchi bloklarni joylashtirish shunday hisoblanishi kerakki, unda tayanchga shikast yetkaziladigan kuch paydo bo‘lmasligi lozim.
195. Tayanchni bo‘yash paytida izolyator va simlarga bo‘yoq tegib ketmasligining oldini olish choralarini ko‘rish (masalan, taglik qo‘llash) zarur.
2-§. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ishlash
196. Kuchlanish ostida turgan simga bevosita tegish bilan bog‘liq ishlar odamni izolyatsiyalovchi qurilmalar: izolyatsiyalangan bo‘g‘inli teleskopik minora, izolyatsiyalovchi maydoncha, narvon va shunga o‘xshash qurilmalar yordamida yerdan izolyatsiyalash sharti bilan bajarilishi mumkin. Bunda odam simga tegishidan oldin izolyatsiyalangan qurilmaning ish maydonchasi simdagi potensial bilan bog‘langan bo‘lishi kerak, buning uchun ish maydonchasiga oldindan ulab qo‘yilgan sim izolyatsiyalovchi shtanga yordamida kuchlanish ostida turgan simga ulanishi zarur.
Bu ishlarni bajarishda odamdan yerga ulangan qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 2-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi shart.
197. Shodalarda ish boshlashdan avval o‘lchash shtangasi yordamida osma izolyatorlarni ishga yaroqli ekanligi va armaturadagi barcha qulflar va shplintlar butligini tekshirish shart. Agar shodalardagi izolyatorlar sirg‘alib chiquvchi qisqichlar bilan jihozlangan bo‘lsa, ular ish bajariladigan tayanchga hamda trassa relyefi bo‘yicha talab qilinadigan hollarda, shuningdek, qo‘shni tayanchlarga tortib, pona yordamida mahkamlanishi kerak.
198. Izolyatsiyalovchi qurilmalar yoki traversalardagi monterlar tomonidan shodalarni qayta osish, shodalardagi alohida izolyatorlarni, armaturalarni almashtirish ishlarini shodadagi yoki sim va uni ajratish moslamasi o‘rtasidagi ishga yaroqli izolyatorlar soni quyidagidan kam bo‘lmaslik sharti bilan bajarishga ruxsat etiladi:
HL kuchlanishi,
kV
Yaroqli izolyatorlar
soni , dona
HL kuchlanishi,
kV
Yaroqli izolyatorlar
soni, dona
15
2
110
6
35
4
220
10
199. Traversadan turib shodalarni qayta osish ishlarini bajarishda zarur moslamani shodaga o‘rnatish va uni traversadan bo‘shatish dielektrik qo‘lqoplarda amalga oshirilishi kerak.
Bunda 35 kV kuchlanishli HLda shodadagi ikki izolyator ishga yaroqli bo‘lganda, birinchisining qalpog‘iga, kuchlanishi 110 kV bo‘lgan HLda esa birinchisi va ikkinchisining qalpog‘iga tegish mumkin. Izolyatorlarni hisoblash traversdan boshlanadi.
200. Sim potensiali ostida turgan izolyatsiyalovchi qurilma maydonchasida turib ishlagan paytda simdagidan boshqa potensialga ega bo‘lgan shoda armaturalarga va izolyatoriga tegish, shuningdek, ushbu ish maydonchasida turmayotgan shaxslardan asbob-uskuna yoki moslamalarni olish yoki unga uzatish man etiladi.
Ta’mirlanayotgan har xil potensial ostidagi faza elementlarini (masalan, sim va shodalarni) ulash yoki ularni bir-biridan ajratishda dielektrik qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
201. Izolyatsiyalovchi qurilmadan uning ish maydonchasiga o‘tish va qayta o‘tish uchun faqat maydoncha montyori bilan birgalikda simdan, kuchlanishi 110 kV bo‘lgan HLda 0,5 metrdan ortiq masofaga, kuchlanishi 150 — 220 kV bo‘lgan HLda esa 1 metrdan ortiq masofaga uzoqlashtirilib, ishchi maydonchasidan potensial olingandan so‘ng ruxsat etiliadi.
202. Kuchlanishi 35 — 110 kV bo‘lgan HLda kuchlanish ostida naysimon zaryadsizlantirgichni uning tashqi elektrodi bilan sim orasida belgilangandan kam masofaga yaqinlashishi imkoniyatini istisno etadigan izolyatsiyalovchi osma gabaritnikdan foydalanish sharti bilan o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Zaryadsizlantirgichni olish paytida zaryadsizlantirish elektrodini burish yoki uning tashqi elektrodini simga yaqinlashtirishda gaz otilib ketishi mumkin bo‘lgan zonada turish man etiladi. Zaryadsizlantirgichning tashqi elektrodini simga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish faqat izolyatsiyalovchi shtanga yordamida bajarilishi zarur.
203. Tayanchdan izolyatsiyalangan yashin qaytargich trosga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashish man etiladi. Muz eritish sxemasida trosdan foydalanilganda, trosga yaqinlashish mumkin bo‘lgan masofa eritish kuchlanishiga qarab belgilanadi.
204. Kuchlanish ostida turgan HLda kunning qorong‘u vaqtida, yomg‘ir va qor yog‘ayotganda, momaqaldiroq va tuman paytida, shuningdek, tayanchda ishlarni qiyinlashtiradigan shamol paytida ishlash taqiqlanadi.
Kesib o‘tish oraliqlarida, ilashgan kuchlanish zonasida, 35 kV va undan yuqori kuchlanishli ko‘p zanjirli HLda bir zanjiri o‘chirilganda, simlarni hamda trosslarni montaj qilish va almashtirish
205. Sim va trosslarni montaj qilish va almashtirish paytida siltamasdan, yoyish va osish zarur. Arqon shunday yo‘naltirilishi kerakki, unda osilayotgan sim siltangan yoki uzilib ketgan taqdirda, kuchlanish ostida turgan simga yaqinlashmasligi yoki unga ilashib qolmasligi kerak. Zarur bo‘lganda, odatda ip-gazlamadan yoki kaprondan yasalgan maxsus tortqichlar qo‘llaniladi. Arqonlar iloji boricha kalta bo‘lishi va tarang tortilib turishi, ularning uchlari osilib qolishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak. Metalldan yasalgan yo‘g‘on arqonlar yoki chig‘irlar yerga ulanadi.
206. Simlarni (trosslarni) yoyishdan oldin har bir barabandagi sim yerga ulanishi kerak. Agar simlar (trosslar) yoyish aravachasidan yozilsa, simning (trossning) qo‘zg‘almas uchi yerga ulanishi kerak.
Bir joyda turgan barabandagi simni (trossni) yoyishda, yerga ulash uchun uning uchi baraban vtulkasiga, barabanning vali esa barabanga yaqin turgan tayanchga yoki yerga ulagichga ulanishi zarur.
207. Montaj ishlarini boshlashdan oldin (xom chiziq tortish, sim tortish, simni rolikdan qisqichlarga o‘tkazish), yozilgan sim (tross) ikki joyda: boshlang‘ich anker tayanchining tortuvchi qisqichi yaqinida va sim tortilayotgan oxirgi tayanchda yerga ulanishi kerak.
Bundan tashqari, sim (tross) va ish olib borilayotgan joydagi har bir oraliq tayanch ham yerga ulanishi zarur.
208. Metalldan yasalgan osma roliklarda yoki qisqichlardagi simlar uchun roliklarning (qisqichlarning) gardishini yerga ulash yetarlidir. Rolikning (qisqichning) metall gardishi bilan metalli yoki armaturali temir-beton tayanch o‘rtasidagi tabiiy metalli kontakt mavjud bo‘lsa, metalldan yasalgan rolikni (qisqichni) yerga ulash uchun qo‘shimcha tadbir talab qilinmaydi.
209. Kuchlanish ostida turgan HL bilan kesishgan oraliqlarda osilayotgan sim kesishgan liniyaning (tross) ikkala tarafidan yerga ulanishi lozim.
210. Odamlarni ko‘tarishga mo‘ljallangan mexanizmdan yoki izolyatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan, shuningdek, tayanchda turib simlarda bajariladigan va tayanchdan batamom yerga qadar tushirilgan simlardagi ishlar mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 50 va 51-bandlariga muvofiq bajarilishi kerak.
211. Ankerlar oralig‘idagi simlarni osish ishlari tamomlangandan so‘ng simlar boshlang‘ich anker tayanchida yoki biron-bir oraliq tayanchda yerga ulanishi kerak. Keyingi anker oralig‘ida ishlayotgan odamlarning tayyor bo‘lgan oldingi anker oralig‘idagi sim orqali yashin razryadidan jarohatlanmasliklari uchun simni oxirgi anker tayanchida yerga ulash taqiqlanadi.
212. Anker tayanchida shleyflarni ulash faqat bu tayanchga tegishli bo‘lgan yonma-yon ankerlar oralig‘idagi montaj ishlari tamomlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
110 kV va undan yuqori kuchlanishli HL shleyflari ulanishiga qadar simga yoki tortib turuvchi shodalarga traversadan hisoblanganda to‘rtinchi izolyatorgacha, 35 kV va undan kam kuchlanishga ega bo‘lgan HLda faqat simga mahkamlab qo‘yilishi zarur.
213. Ishlar tugatilgan HL uchastkalarida anker tayanchlardagi shleyflar ulab bo‘lingandan keyin sim boshlang‘ich anker tayanchida va oxiriga yaqin bo‘lgan tayanchlardan birida yerga ulanishi kerak. Oxirgi anker tayanchida ushbu simlarni yerga ulash man etiladi.
3-§. Turli ishlar
214. Fazalar bo‘yicha ta’mirlashda, o‘chirilgan fazaning simiga ish joyida faqat bitta yerga ulagich o‘rnatiladi. Ushbu simda yerga ulagichdan 20 metrgacha bo‘lgan masofada ishlashga ruxsat etiladi.
Bir necha brigadalar bir vaqtda ishlaganda, o‘chirilgan sim elektr jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan uchastkalarga ajratib bo‘linishi zarur. Har bir brigada uchun bitta yerga ulagich o‘rnatilgan alohida uchastka ajratiladi.
215. Kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo‘lgan HLda fazalar bo‘yicha ta’mirlash ishlari bajarilganda, yerga ulagichni o‘rnatish yoki olishdan oldin razryad yoyi tarqalmasligi uchun yoy so‘ndiruvchi moslama bilan jihozlangan shtanga yordamida simni oldindan yerga ulab qo‘yiladi. Shtanganing yerga ulovchi simi oldindan yerga ulagichga ulanadi. Bu shtanga faqat ko‘chma yerga ulagich o‘rnatilgandan (yoki olingandan) so‘ng olinishi mumkin.
216. Simlari gorizontal joylashgan HLni fazalar bo‘yicha ta’mirlash ishlari bajarilganda, kuchlanish ostida turgan simlarni ushlab turuvchi traversalar uchastkalariga o‘tish taqiqlanadi.
217. Tayanchning yerga ulanish qarshiligini o‘lchash paytida yashin qaytaruvchi trosning yerga ulagichga ulovchi simini ulash yoki olib qo‘yish dielektrik qo‘lqopda yoki trosni oldindan yerga ulagichga ulab qo‘yilgandan keyin bajarilishi lozim.
218. Kesimi 240 mm2 dan kam bo‘lmagan simlarda va kesimi 70 mm2 dan kam bo‘lmagan troslarda xodimlarning harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Ajratilgan simlarda va trosslar bo‘ylab harakatlanganda, himoya kamari ilgaklari simlarga, maxsus aravachadan foydalanilganda esa, aravachaga mahkamlanishi zarur.
219. HLni yoki havo almashlab-ulash punktini ko‘rikdan o‘tkazishda konstruksiya yoki tayanchga ko‘tarilish taqiqlanadi.
220. O‘tish qiyin bo‘lgan joylarda va noqulay ob-havo sharoitida HLni ko‘rikdan o‘tkazish ikki kishi tomonidan bajarilishi, bunda ularning biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lishi kerak. Boshqa hollarda II guruhga ega bo‘lgan shaxs ko‘rikdan o‘tkazishni yakka o‘zi o‘tkazishi mumkin.
Kunning qorong‘u vaqtlarida ko‘rikni sim ostida yurib o‘tkazish taqiqlanadi.
Shikastlangan joyni izlash paytida HLni ko‘zdan kechiruvchi shaxslarda nosozlik topilgan joylarga o‘rnatish uchun ogohlantiruvchi plakatlar bo‘lishi kerak.
221. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan HLning uzilib yerda yotgan simlariga 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi. Bunday sim yaqinida odamlar va hayvonlarning yaqinlashishini oldini olish uchun nazoratchilar imkoni bo‘lgan hollarda ogohlantiruvchi plakatlar qo‘yishi va bu haqda elektr tarmoqlari korxonasiga xabar berishi hamda ta’mirlash brigadasi yetib kelguncha kutib turish zarur.
222. Kuchlanish ostidagi 6 — 35 kV HLning temir-beton tayanchlariga, ularda izolyatorlarning ishdan chiqishi, simlarning tayanchga tegib turishi va boshqa sabablar natijasida yerga tok o‘tayotganlik alomati sezilsa (namlikning yerdan bug‘lanib ko‘tarilishi, tayanchda va tayanchning yerga kirgan joyida elektr yoyining hosil bo‘lishi va boshqa belgilar), tayanchlarga 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish man etiladi.
223. HLning transport magistrallari (temir yo‘llar, kema qatnovchi daryolar va kanallar) bilan kesishgan uchastkalarida ish olib borish uchun vaqtincha transport harakatini to‘xtatish yoki transport harakati tufayli HLda olib borilayotgan ishlarni to‘xtatib turish talab qilinsa, naryad beruvchi shaxs ish joyiga transport magistrallari harakati xizmatining vakilini chaqirishi kerak. Bu vakil zarur muddatga transport harakati to‘xtatib turilishini ta’minlashi yoki tarmoqda ishlayotgan brigadani yaqinlashayotgan transport to‘g‘risida ogohlantirishi shart. Transportni o‘tkazib yuborish uchun halaqit berayotgan simlar xavfsiz balandlikka ko‘tarib qo‘yiladi.
224. HLning asosiy va qishloqlararo yo‘llar bilan kesishgan yoki bevosita yaqinlashgan uchastkalarida ish olib borilganda, transport haydovchilarini ogohlantirish yoki transport harakatini to‘xtatish uchun Davlat avtomobil nazorati bilan kelishilgan holda ish bajaruvchi asosiy va boshqa yo‘llarga signal beruvchilarni qo‘yishi, shuningdek, “Ta’mirlash ishlari” yo‘l belgisini o‘rnatishi zarur. Zarur bo‘lganda, Davlat avtomobil nazoratining vakili chaqirtirilishi lozim.
Signal beruvchilar HL bilan yo‘lning kesishgan yoki yaqinlashgan joyidan har ikki tomonda 100 metr uzoqlikda turishlari va ularda kunduzi qizil bayroqchalar, kechasi esa qizil chiroqlar bo‘lishi kerak.
225. Barcha turdagi tayanchlarga yoki kronshteynlarga o‘rnatilgan, shuningdek, tortilgan troslarga osilgan barcha xildagi yoritgichlarni tozalash va lampalarini izolyatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lgan teleskopik minoradan turib almashtirish ishlari simlardan kuchlanishni olmasdan turib, farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
Yerga ulagich simi yog‘och tayanch bo‘ylab tushirilmagan va faza simidan pastda o‘rnatilgan yoritgichlarda bunday ishlar tayanchdan turib yoki yog‘och narvonni qo‘yib bajarilishi mumkin.
Ishni ish bajaruvchi elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan bir yoki bir nechta brigada a’zolari bilan birga bajarishi zarur.
226. Yerga ulagich simi tayanch bo‘ylab tushirilgan yog‘och tayanchlardagi, temir-beton va metalldan yasalgan tayanchlardagi va kronshteynlardagi yoritgichlarni izolyatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan yoki tayanchdan turib yoxud yog‘och narvonni qo‘yib tozalash va lampalarini almashtirish naryad bo‘yicha, tayanchga osilgan barcha simlardan kuchlanishni olib tashlab, ularga yerga ulagich o‘rnatilgandan keyin bajarilishi zarur.
Ushbu bandda va mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 225-bandida ko‘rsatilgan ishlarni bajarishda yoritgichlarga faqat ish bajaruvchi yoki elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi ko‘tarilishiga ruxsat etiladi.
227. Gazorazryadli lampalarning ishga tushirish-rostlash apparatlarida ishlaganda, uni yoritgichning umumiy sxemasidan o‘chirishdan oldin simni tarmoqdan uzib, statik kondensatorlarini (zaryadsizlovchi qarshiliklar bo‘lishidan qat’iy nazar) zaryadsizlash zarur.
4-§. Trassani daraxtlardan tozalash
228. Daraxtlarni qulatishdan oldin ish joyi tozalangan bo‘lishi kerak. Qish paytida qorga qulatilayotgan daraxt tagidan tez qochish maqsadida uning qulaydigan tarafiga qarama-qarshi tarafga burchak qilib, 5-6 metr uzunlikda tozalangan ikkita yo‘lakcha ochilishi kerak.
229. Ish bajaruvchi ish boshlashdan oldin barcha brigada a’zolari qulatilayotgan daraxtlar, yo‘g‘on arqonlar va boshqalarning HL simlariga yaqinlashishi xavfli ekanligi haqida ogohlantirilishi shart.
230. Daraxtlar simlarning ustiga qulashining oldini olish uchun ular chopishdan oldin tortqi bilan tortib qo‘yilishi zarur.Chopilayotgan yoki arralanayotgan daraxtlar ustiga chiqish taqiqlanadi.
231. Daraxt simlarga qulagan taqdirda, HLdan kuchlanish olinmaguncha, unga 8 metrdan kam bo‘lgan masofaga yaqinlashish man etiladi.
232. Kesilayotgan daraxtning qulashi to‘g‘risida arrakashlar boshqa ishchilarni ogohlantirishi shart. Daraxt qulashi mo‘ljallangan tomonda hamda uning qarama-qarshi tomonida turish taqiqlanadi.
233. Daraxtning ma’lum qismini chopmasdan yoki arralamasdan qulatish man etiladi. Shuningdek, daraxtni yalpisiga arralab qulatish ham taqiqlanadi. Qiyshaygan daraxtni egilgan tarafiga qulatish zarur.
234. Ishdagi tanaffus yoki boshqa daraxtni kesishga o‘tish vaqtida kesilayotgan yoki arralanayotgan daraxtlarni qulatmasdan qoldirish man qilinadi.
235. Chirigan va qurigan daraxtni qulatishdan oldin uning mustahkamligini tekshirish, shundan so‘ng qulatish uchun arralashni boshlash zarur. Bunday daraxtlarni chopib qulatish taqiqlanadi.
236. Bir necha daraxtlarni oldindan ma’lum qismini arralab bir yo‘la va birini ustiga birini ag‘anatish yo‘li bilan qulatish taqiqlanadi. Birinchi navbatda, chirigan, kuygan va qurigan daraxtlar qulatilishi kerak.
13-bob. Elektrod qozonlari. Elektr filtrlari
237. Izolyatsiyalangan korpusli, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektrodli qozonning g‘ilofi qulflanib yopilishi shart. Qozondan kuchlanish olingandan keyingina g‘ilofni ochishga ruxsat beriladi.
238. Ishlab turgan elektrodli qozonga ulangan quvurlarda ularning yerga himoya ulagichlarini buzish yoki ularni ajratish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
239. Quvurlarni ajratishdan avval elektr payvandlash yordamida bo‘laklar orasida mustahkam metall kontakt bo‘lishini ta’minlash lozim. Bir-biridan ajratilishi baypas aylanmasi bilan jihozlangan quvurlarni bo‘laklari orasida bunday kontaktni ta’minlash talab etilmaydi.
240. Elektr filtrlarini ekspluatatsiya qilishda quyidagilar man etiladi:
javobgar rahbarning naryaddagi alohida ko‘rsatmasi bo‘yicha naryadda ko‘rsatilgandan tashqari hollarda odamlarning elektr filtri ichida bo‘lgan paytlarida silkitish mexanizmini ulash;
elektr filtrlarining bunker va seksiyalarida bir vaqtda baravariga ta’mirlash ishlarini olib borish;
ta’minlovchi agregatlarning blokirovka qurilmalari nosoz bo‘lgan paytda elektr filtrining seksiya teshiklari, izolyator g‘iloflari va lyuklarni yopuvchi zulfinlar va shunga o‘xshash moslamalarda nosozlik bo‘lmasa, elektr filtrlarga hamda uni ulovchi kabellarga kuchlanish berish.
241. Qozon elektr filtrining har qanday maydonchasida, zaxiradagi shinada, elektr filtrini manbaga ulovchi har qanday kabelda ishlanganida, ushbu elektr filtrini barcha ta’minlovchi agregatlari uzilishi va yerga ulanishi kerak.
242. Elektr filtri seksiyalarida odamlar ishlashiga ijozat berishdan oldin seksiyalar shamollatilishi va bunkerdagi kul (chang) olib tashlanishi shart. Havo harorati esa 45 °C dan oshmasligi zarur.
243. Elektr filtri o‘chirilgandan keyin undan va uni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi kabellardan 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr agregatlarini yerga ulash yo‘li bilan elektrostatistik zaryad olib tashlanishi zarur. Elektr filtrini yerga ulanmagan qismidan zaryad olib tashlanishiga qadar unga tegish taqiqlanadi.
244. Korxonalarda mavjud kul (chang) ushlaydigan qurilmaning alohida xususiyatlariga qarab, elektr filtrlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma ishlab chiqilishi kerak.
Yo‘riqnomada sexlar o‘rtasida xizmat ko‘rsatish chegaralari o‘rnatilishiga qarab, naryad va ishlashga ijozat berish tartibi belgilanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 09/20/712/1502-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)