Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.04.2016
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINI TO‘LDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 25-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 834-21]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-sonli “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-sonli “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 345-modda) qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-oktabrdagi 284-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-sonli qarori) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 42-son, 455-modda), 2011-yil 12-dekabrdagi 324-sonli “Iste’mol tovarlarining ayrim guruhlarini O‘zbekiston Respublikasiga chetdan keltirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 50-son, 514-modda) qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 24-sentabrda tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 6-yanvar,
01-02/15-1-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 3-4-son, 36-modda)