|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.08.2016
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XUSUSIY XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB QILUVChI KORXONALAR UChUN SOLIQ IMTIYOZLARINI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 11-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2312]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24 va 121-sonli “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2822, 26.08.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 15-16-son, 109-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2005-yil 3-avgustdagi 61, 2005-40 va 60-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1524, 2005-yil 28-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 47-48-son, 359-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
80-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
2011-34-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
14-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2011-yil 12-dekabrdagi 80, 2011-34, 14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 15-16-son, 109-modda) muvofiq, to‘g‘ridan to‘g‘rixususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar uchun soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan to‘g‘ridan to‘g‘rixususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etuvchi korxonalar quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2312-1, 04.12.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 554-modda)
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini;
mol-mulk solig‘ini;
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini;
yagona soliq to‘lovini;
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni.
2. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga hisobot yili yakuniga ko‘ra mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishdan tushumning ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 60 foizdan kam bo‘lmagan korxonalar kiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2312-1, 04.12.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 554-modda)
3. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan butun korxonaga tatbiq etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2312-1, 04.12.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 554-modda)
4. Mazkur Nizomning 10, 14 va 15-bandlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3594-son Farmonining 1-bandi birinchi xatboshisi bilan nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilgan korxonalarga ham tatbiq etiladi.
5. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari:
a) to‘g‘ridan to‘g‘rixususiy xorijiy investitsiyalarning hajmi quyidagilarga teng (ekvivalent) bo‘lganda taqdim etiladi:
300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha — 3 yil muddatga;
3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha — 5 yil muddatga;
10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga;
b) quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:
korxonalarni respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish, bundan Toshkent shahri va Toshkent viloyati istisno;
xorijiy investorlar tomonidan xususiy to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni O‘zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etishi lozim;
xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo‘yish;
mazkur imtiyozlarning qo‘llanilishi muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo‘naltirish;
(5-bandining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2312-1, 04.12.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 554-modda)
v) keyingi qonun hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda qancha muddatga berilgan bo‘lsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.
II. Soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash
6. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlarning taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etiladi.
Agar korxona mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlarni taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga ushbu korxona barpo etilgandan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan) keyingi davrlarda muvofiq kelsa, ushbu korxona imtiyozlarni taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi holatlar yuzaga kelgan sanadan boshlab imtiyozni qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi. Bunda, imtiyozdan foydalanish muddatini hisoblash imtiyozni qo‘llash uchun korxona belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan holatlar yuzaga kelgan sanadan boshlab boshlanadi, biroq imtiyozlarni qo‘llash boshlangan sanadan boshlab yetti yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga.
7. Imtiyozga doir huquq faqat qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda ustav kapitallarini (fondlarni) shakllantirgan korxonalarga taqdim etiladi. Bunda korxona mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlarni o‘z ustav kapitalini (fondini) shakllantirishi lozim bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davr uchun qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi.
O‘z ustav kapitallarini (fondlarini) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarda, qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda o‘z ustav kapitallarini (jamg‘armalarini) shakllantirmagan, chet el investitsiyalari qatnashgan korxonalardan soliqlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1144, 2002-yil 27-may) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 10-son) muvofiq imtiyozlar taqdim etilgan soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘liq miqdorda va faoliyatning butun davri uchun imtiyozlarni qo‘llamasdan to‘lash bo‘yicha majburiyatlar yuzaga keladi.
8.Soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha imtiyozlarni taqdim etish natijasida olingan daromadning kamida 50 foizi, ularni qo‘llash muddati mobaynida, korxonani yanada rivojlantirish maqsadida takroriy investitsiyalashga yo‘naltiriladi. Bunda takroriy investitsiyalash deganda taqdim etilgan imtiyozlar natijasida olingan daromadni muassislar o‘rtasida taqsimlamasdan korxonani rivojlantirishga yo‘naltirish tushuniladi. Taqdim etilgan imtiyozlar natijasida olingan daromad deganda soliq solishdan ozod qilish natijasida mablag‘larning bo‘shashi hisobiga olinadigan iqtisodiy naf (korxona tasarrufida qoladigan foydaning ko‘payishi) tushuniladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2312-1, 04.12.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 554-modda)
9. Agar korxona hisobot yili yakuni bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashmasa, u ushbu hisobot davri uchun mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlarni qo‘llamagan holda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2312-1, 04.12.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 554-modda)
Korxona mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlarni taqdim etish uchun belgilangan talablariga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, korxona belgilangan talablarga mos kelmagan davr uchun soliqlar va majburiy ajratmalar umumbelgilangan tartibda, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llagan holda to‘lanadi.
Bunda, agar mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlardan foydalanuvchi korxonada imtiyozlarni qo‘llash davrida kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘rixususiy investitsiyalar summasi kamaymagan holda xorijiy investorning ulushi korxonaning ustav fondida 33 foizdan kamaysa, shuningdek Nizomda belgilangan boshqa talablarga muvofiqligi saqlansa, bunday korxonalar uchun imtiyozlarning amal qilishi saqlanadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2312-1, 04.12.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 554-modda)
10. Korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 14-son, 105-modda) bilan tartibga solinadi.
11. Xorijiy investor tomonidan imtiyozlarning amal qilish muddati mobaynida foydani repatriatsiya qilish va kapitalni olib chiqib ketish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda foydani repatriatsiya qilish va kapitalni xorijiy investor tomonidan olib chiqib ketish faqat foydani repatriatsiya qilish va xorijiy investor tomonidan kapitalni olib chiqib ketishdan oldingi davr uchun taqdim qilingan imtiyozlar summasi budjetga qoplanganidan keyingina amalga oshiriladi.
Imtiyozlar olgan korxonaning faoliyati ular taqdim etilgan muddat tugashidan keyin bir yildan kamroq vaqtda tugatilgan taqdirda foydani repatriatsiya qilish va xorijiy investorning kapitalini xorijga olib chiqib ketish faqat budjetga taqdim etilgan imtiyozlarning summalari qoplanganidan keyingina amalga oshiriladi.
III. Soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha imtiyozlarni taqdim etish
12. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlash uchun korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organini yozma ravishda imtiyozlarni qo‘llash sanasi boshlanishi haqida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qiladi:
adliya organlari tomonidan berilgan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi;
investitsiyalar O‘zbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tasdiqnomasi.
Yangi tashkil etilayotgan korxona, yuqorida aytilgan hujjatlarga qo‘shimcha tarzda, yil mobaynida korxonani ro‘yxatdan o‘tkazgan adliya organining uning to‘liq shakllantirilgan ustav kapitali (fondi) va korxonaning ustav kapitalida (fondida) xorijiy investorning ulushi to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etadi.
13. Davlat soliq xizmati organlari taqdim etilgan hujjatlar o‘rganilgandan keyin mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar tatbiq etiladigan korxonani imtiyozlarga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritib, unda korxonaning nomi, imtiyozli davr muddati va imtiyozlar summasini ko‘rsatadi.
14. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar tatbiq etiladigan korxonalar, hisobot yili yakuni bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish bilan bir vaqtda, davlat soliq xizmati organlariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha tatbiq etilgan imtiyozlar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi.
15. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlarni qo‘llash huquqi yo‘qotilgan taqdirda korxona soliq davri mobaynida ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati organini mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda imtiyoz huquqi yo‘qotilgan sana to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Imtiyozlarga ega bo‘lgan korxonalar yig‘ma reyestrini yuritadi va har yili uni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, hisobot yilidan keyingi yilning 15-apreligacha bo‘lgan muddatda taqdim etadi.
IV. Yakuniy qoidalar
17. Soliq to‘lovchilar taqdim etilgan imtiyozlarni hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish uchun javobgar bo‘ladi.
18. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
19. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri R. GULYAMOV
2011-yil 9-dekabr
Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. TO‘RAYEV
2011-yil 9-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2011-yil 9-dekabr
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlar tatbiq etiladigan iqtisodiyot tarmoqlarining
RO‘YXATI
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasiga butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish:
XXTUT:
14322 — elektr o‘lchov priborlarini ishlab chiqarish (elektron o‘lchov priborlari qismida);
14323 — radio o‘lchov priborlarini ishlab chiqarish;
14331 — hisoblash texnikalari va ularga ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish;
14750 — radiosanoat;
14760 — aloqa vositalari sanoati;
14771 — elektronika sanoati (maxsus texnologik uskunalarni ishlab chiqarish kirmaydi);
14772 — maxsus texnologik uskunalarni ishlab chiqarish (nazorat-sinov uskunalari qo‘shilgan holda).
2. Yengil sanoat:
Tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish.
XXTUT:
17116 — ip gazlama sanoati (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan ip, iplar, momiq, texnik gazlamalar ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi);
17121 — jun sanoati (aholi buyurtmalari bo‘yicha gilamlar va gilam mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘shmagan holda) — (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan jun, adyol, gilamlar va gilam buyumlarini ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi);
17151 — trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda) — (trikotaj gazlama qismida).
Tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va to‘qimachilik galantereyasini ishlab chiqarish.
XXTUT:
17141 — to‘qimachilik attorlik mollarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda);
17151 — trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda) — (qisman, chunki mazkur kod trikotaj gazlama ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi);
17210 — tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda).
Tabiiy terilar ishlab chiqarish.
XXTUT:
17310 — tabiiy terilar ishlab chiqarish.
Ko‘n-galantereya sanoati.
XXTUT:
17341 — tabiiy va sun’iy charmdan yo‘l uchun va galantereya (attorlik) buyumlarini ishlab chiqarish;
17361 — mo‘ynalar va mo‘yna buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda) — (charmdan kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida).
Poyabzal sanoati.
XXTUT:
17371 — poyabzal ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda).
3. Ipakchilik sanoati:
Shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
17131 — ipakchilik sanoati (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan ipak, shoyi iplar va hokazolarni ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi).
Bundan tashqari, mazkur guruhga 17141, 17151, 17210 kodlari shoyi buyumlar qismida kiritilishi mumkin.
4. Qurilish materiallari sanoati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF-3586-son Farmoni 1a-ilovasida ko‘rsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.
XXTUT:
12170 — o‘tga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish (o‘tga chidamli mineral tolali plitalar qismida);
13142 — polimer materiallardan plyonkalar, quvurlar va listlar ishlab chiqarish;
15230 — yog‘och-taxtadan va yog‘och plitalardan qurilish detallarini ishlab chiqarish;
15250 — fanera ishlab chiqarish;
16120 — asbotsement buyumlari ishlab chiqarish;
16162 — qurilishbop sopol ishlab chiqarish;
16170 — polimer xomashyosidan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish;
16212 — tabiiy toshdan qoplovchi materiallar ishlab chiqarish;
16222 — sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish va tabiiylarini qayta ishlash;
16232 — ohak, gips va boshqa mahalliy bog‘lovchi materiallar va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarish;
16240 — issiqlik izolatsiyasi materiallari sanoati;
16271 — tovar beton va qurilish qorishmasini ishlab chiqarish;
16273 — boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqarish.
5. Parranda go‘shti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish:
XXTUT:
21241 — tuxum ishlab chiqaruvchi parrandachilik;
21242 — go‘sht ishlab chiqaruvchi parrandachilik;
21243 — parrandachilik birlashmalari (go‘sht-tuxum).
6. Oziq-ovqat sanoati:
Mahalliy xomashyodan ishlab chiqariladigan tayyor oziq-ovqat mahsuloti qismida (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlaridan tashqari).
XXTUT:
18111 — shakar sanoati;
18113 — non ishlab chiqarish sanoati;
18114 — qandolatchilik sanoati;
18115 — makaron sanoati;
18121 — yog‘-moy sanoati (yuvuvchi vositalarni ishlab chiqarishdan tashqari);
18151 — meva-sabzavot sanoati (meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarishlarsiz);
18152 — meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarish;
18191 — oziq-ovqat konsentratlarini ishlab chiqarish (tayyor mahsulot qismida).
7. Go‘sht-sut sanoati:
Go‘sht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyog‘, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
18211 — go‘sht sanoati (yelimjelatin sanoatisiz);
18221 — yog‘-pishloq, pishloq va sut sanoati (sut konservalarini ishlab chiqarishsiz);
18222 — sut konservalarini ishlab chiqarish.
8. Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.
XXTUT:
18300 — baliq sanoati — (baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash qismida).
9. Kimyo sanoati.
XXTUT:
13101 — tog‘-kimyo sanoati;
13111 — azot sanoati;
13112 — fosfatli o‘g‘itlar va boshqa noorganik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish;
13113 — soda sanoati;
13114 — xlor sanoati;
13115 — yod-brom sanoati;
13116 — asosiy kimyoning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13120 — tola va kimyoviy ip sanoati;
13130 — sun’iy smola va plastik massa sanoati;
13141 — plastmassa buyumlar ishlab chiqarish (gramplastinkalar, magnitofon kassetalari va kompakt-disklar kirmaydi);
13142 — polimer plyonka, quvur va listlar ishlab chiqarish;
13143 — uzluksiz shisha tola va uning mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13144 — shishaplastiklar va uning mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13145 — gramplastinka, magnitofon kassetalari va kompakt-disklar ishlab chiqarish;
13146 — polimer transport taralar ishlab chiqarish;
13150 — lak-bo‘yoq sanoati;
13160 — kimyoviy reaktivlar va alohida sof moddalar sanoati;
13170 — sun’iy bo‘yoqlar sanoati;
13180 — kimyo-fotografiya sanoati;
13190 — maishiy kimyo sanoati;
13199 — kimyo sanoatining boshqa tarmoqlari.
10. Neft-kimyo sanoati.
XXTUT:
13310 — sun’iy kauchuk ishlab chiqarish;
13320 — asosiy organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish;
13330 — texnik uglerod ishlab chiqarish;
13351 — shina ishlab chiqarish;
13361 — rezino-texnik buyumlar sanoati;
13362 — asbest-texnik buyumlar sanoati;
13363 — rezina poyabzal ishlab chiqarish — (rezina poyabzal ishlab chiqarish qismida);
13364 — rezinadan keng iste’mol mollari ishlab chiqarish.
11.Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.
XXTUT:
19310 — kimyo-dorivorlik (farmatsevtika) sanoati;
19320 — tibbiyot texnikasi (anjomlari) sanoati;
19330 — shisha, chinni va plastmassdan tibbiyot buyumlar ishlab chiqarish;
19760 — veterinariya uchun shifobaxsh dori-darmonlarni ishlab chiqarish.
12. Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.
13. Muqobil energiya manbalari negizida elektr stansiyalari qurish.
14. Ko‘mir sanoati.
XXTUT:
11320 — ko‘mirni boyitish;
11330 — ko‘mir briketlarini ishlab chiqarish;
11410 — slanets sanoati.
15. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan elektroferrosplav va metall buyumlarni ishlab chiqarish.
XXTUT:
12150 — elektroferroquymalar ishlab chiqarish;
12190 — ishlab chiqarishga mo‘ljallangan metall buyumlarni ishlab chiqarish.
16. Mashinasozlik va metallga ishlov berish.
Mashinasozlik.
XXTUT:
14101 — og‘ir, energetika va transport mashinasozligi;
14111 — turbinasozlik;
14112 — qozonsozlik;
14120 — dizelsozlik;
14130 — metallurgiya mashinasozligi;
14140 — kon-shaxta va kon-ruda mashinasozligi;
14151 — kranlar ishlab chiqarish (qurilish kranlarisiz);
14152 — qurilish kranlari ishlab chiqarish;
14153 — uzluksiz transport uskunalari ishlab chiqarish;
14154 — lift ishlab chiqarish;
14155 — avto va elektr yuklagichlar ishlab chiqarish;
14156 — boshqa turdagi ko‘tarish-tashish, yuklash-tushirish va omborbop uskunalar ishlab chiqarish;
14160 — temir yo‘l mashinasozligi;
14171 — elektrotexnik mashinalar, uskunalar, apparatura va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan buyumlar ishlab chiqarish;
14172 — kabel sanoati;
14173 — elektrolampa sanoati;
14174 — elektroizolatsiya sanoati;
14175 — akkumulyator va element sanoati;
14176 — elektr payvandlash uskunalarini ishlab chiqarish;
14181 — kimyo mashinasozligi;
14182 — polimer mashinasozligi;
14183 — neft qazish va geologiya-qidiruv, burg‘ulash uskunalari ishlab chiqarish;
14184 — neft va gazni qayta ishlovchi uskunalar ishlab chiqarish;
14185 — sellyuloza-qog‘oz sanoati uskunalarini ishlab chiqarish;
14186 — kompressor mashinasozligi;
14187 — sovitgichlar mashinasozligi;
14191 — vakuumli nasos va agregatlar ishlab chiqarish;
14192 — kislorod va kriogen mashinasozligi;
14193 — metallarga gaz alangasida ishlov berish va buyumlarni metallashtirish uskunalari ishlab chiqarish;
14194 — nasoslar ishlab chiqarish;
14195 — sanoatbop quvurli o‘tkazgich armaturasi ishlab chiqarish;
14196 — gaz tozalash va chang tutish uskuna va apparaturalari ishlab chiqarish;
14197 — bo‘yash uskunalari ishlab chiqarish.
Traktor va qishloq xo‘jalik mashinasozligi.
XXTUT:
14410 — traktor mashinasozligi;
14420 — qishloq xo‘jalik mashinasozligi;
14430 — chorvachilik va ozuqa yetishtirish mashinasozligi.
Qurilish, yo‘l va kommunal mashinasozlik.
XXTUT:
14511 — yo‘lsozlik va yer qazish mashinasozligi;
14512 — qurilish mashinalari ishlab chiqarish;
14520 — qurilish materiallari sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14531 — yog‘och tayyorlash sanoati va melioratsiya ishlari uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14532 — torf sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14541 — kommunal xo‘jalik uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14542 — maishiy xizmat korxonalari uchun uskunalar ishlab chiqarish.
Yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi.
XXTUT:
14611 — to‘qimachilik sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14612 — tikuvchilik va to‘qimachilik sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14613 — poyabzal, charm, mo‘yna va charm-galantereya sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14614 — kimyoviy tolalar ishlab chiqarish uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14620 — oziq-ovqat va omuxta em sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14630 — savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14640 — poligrafiya sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14651 — tikuv va maishiy elektr mashinalari va priborlari ishlab chiqarish (maishiy sovutgich va muzlatgichlar kirmaydi);
14652 — maishiy sovutgich va muzlatgichlar ishlab chiqarish;
14711 — sanitar-texnik uskunalari ishlab chiqarish;
14712 — gaz uskunasi va apparaturalari ishlab chiqarish;
14720 — aviatsiya sanoati;
14730 — mudofaa sanoati;
14740 — kemasozlik sanoati;
14781 — ishlab chiqarishga mo‘ljallangan uskunalar ishlab chiqarish (arava-ulov va oyna sanoati uskunalari kirmaydi);
14782 — montaj qilinadigan yarim mahsulotlar, qism va detallar ishlab chiqarish;
14783 — oyna sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish.
17. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati.
XXTUT:
14210 — metall qirquvchi dastgohlar ishlab chiqarish;
14220 —yog‘ochni qayta ishlovchi uskunalar ishlab chiqarish;
14230 — temirchilik-presslash uskunalari ishlab chiqarish;
14240 — quyuv uskunalari ishlab chiqarish;
14251 — metall va yog‘ochga ishlov beruvchi asboblarni ishlab chiqarish;
14252 — texnologik jihozlar ishlab chiqarish;
14253 — sun’iy olmos, abraziv materiallar va ulardan asboblar ishlab chiqarish sanoati;
14254 — mexanik payvandlash uskunalari ishlab chiqarish;
14291 — yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish;
14292 — umummashinasozlikda qo‘llaniladigan buyumlar ishlab chiqarish;
14293 — qora va rangli metalldan fasonli quymalar tayyorlash uchun qolip materiallari ishlab chiqarish;
14321 — texnologik jarayonlarni nazorat qilish va sozlash priborlari ishlab chiqarish;
14322 — elektr o‘lchov priborlari ishlab chiqarish;
14323 — radio o‘lchov priborlari ishlab chiqarish;
14324 — optik va optiko-mexanik priborlar va apparatlarni ishlab chiqarish;
14325 — mexanik kattaliklarni o‘lchash priborlarini ishlab chiqarish;
14326 — vaqt priborlari ishlab chiqarish;
14327 — injenerlik va boshqaruv mehnatini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish priborlari ishlab chiqarish;
14328 — tabiiy kuzatuvlar uchun priborlar ishlab chiqarish;
14329 — tibbiyot, fiziologiya va biologiyaga oid priborlar ishlab chiqarish;
14331 — hisoblash texnikalari va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish;
14332 — texnik eltuvchilar (nositel) ishlab chiqarish;
14333 — dasturiy vositalar ishlab chiqarish;
14341 — avtomobil, avtobus, trolleybuslar hamda avtomobil va traktorlarga tirkama(pritsep)lar ishlab chiqarish;
14342 — mototsikl va velosiped ishlab chiqarish;
14343 — avtomobil va traktorlar uchun elektr uskunalari va priborlar ishlab chiqarish;
14344 — boshqa uskuna va asboblarni ishlab chiqarish;
14350 — podshipnik sanoati.
18. Shisha va chinni-fayans sanoati.
Shisha sanoati.
XXTUT:
16512 — qurilish va texnik shisha ishlab chiqarish;
16513 — shisha idishlar ishlab chiqarish;
16514 — shisha idishlar va shishadan xo‘jalik-ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqarish;
16515 — elektrotexnik va elektrovakuum shishalarini ishlab chiqarish;
16516 — kimyo-laboratoriya idishlarini ishlab chiqarish.
Chinni-fayans sanoati.
XXTUT:
16551 — chinni va fayansdan xo‘jalik-ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqarish;
16552 — kulolchilik xo‘jalik-ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqarish.
19. Mikrobiologiya sanoati.
XXTUT:
19111 — uglevodorod xomashyosidan ozuqali oqsil moddalari ishlab chiqarish;
19112 — gidroliz sanoati;
19121 — aminokislotalarni va ferment preparatlarini ishlab chiqarish;
19122 — notibbiy maqsaddagi antibiotiklarni, ozuqali darmondorilar (vitamin), premiks, bakteriyali o‘g‘itlar va o‘simliklarni mikrobiologik himoya vositalarini ishlab chiqarish;
19123 — erituvchilarni ishlab chiqarish.
20. O‘yinchoqlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
19770 — o‘yinchoqlarni (rezina o‘yinchoqlardan tashqari) ishlab chiqarish.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2312-1, 04.12.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 554-modda)
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Izoh: mazkur xabarnoma soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ikki nusxada taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qo‘yadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Izoh: mazkur xabarnoma soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ikki nusxada taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qo‘yadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 2-son, 22-modda, 48-49-son, 554-modda)