Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
YURIDIK SHAXSLARGA SOLIQLAR, BOJXONA VA MAJBURIY TOʻLOVLARNI BYDJETGA TOʻLASH BOʻYICHA BERILGAN IMTIYOZLARNI RASMIYLASHTIRISH VA BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 2-aprelda 1463-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-noyabrdagi 196-son va Soliq qoʻmitasining 2024-yil 28-noyabrdagi 2024-22-sonli “Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3590, 25.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2002-yil 19-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 52-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2002-21-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 02/8-6-sonli “Budjetga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlar boʻyicha yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2002-yil 25-iyun, roʻyxat raqami 1155 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 11-son) kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-fevral,
29-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-fevral,
2005-25-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-fevral,
01-02/8-3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2005-yil 24-fevralda, 29, 2005-25, 01-02/8-3-son qaror bilan
“TASDIQLANGAN”
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
(yangi tahriri)
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq va yuridik shaxslar tomonidan budjetga toʻlanadigan soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni (keyingi oʻrinlarda — soliqlar va bojxona imtiyozlari) rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirishning yagona tartibini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
1-§. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomning amal qilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va bojxona imtiyozlari berilgan, mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik yurituvchi subyektlar) taalluqlidir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliqlar va bojxona imtiyozlari:
a) boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yoʻnaltirish sharti bilan;
b) boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladi.
3. Boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga toʻlanadigan soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlar hisoblanmaydi va mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi.
4. Soliqlar va bojxona imtiyozlari boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yoʻnaltirish sharti bilan berilganda soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga hisoblash qonunchilik hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Bunda:
a) bojxona boji, aksiz soligʻi, QQS va hokazo turlari boʻyicha hisoblangan bojxona toʻlovlari summalari, ular imtiyoz berilganligi sababli budjetga toʻlanmaydi degan belgi qoʻyilgan holda bojxona yuk deklaratsiyasining 47- va “V” ustunlarida koʻrsatiladi;
b) soliq imtiyozlari berilgan, budjetga hisoblangan soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar, toʻlovchi roʻyxatga olingan joydagi soliq organlariga belgilangan shakllar va muddatlarga muvofiq taqdim etiladi. Mahsulot (tovar, ishlar, xizmatlar) va boshqa aktivlar realizatsiya qilinayotganda soliq solinadigan aylanmaga hisoblangan QQS (QQS toʻlovchilar uchun) va aksiz soligʻi (aksizli tovarlar (mahsulotlar) sotilganda) summasi ajratilgan holda schyot-faktura yoziladi.
5. Boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlari berilganda hisoblagan bojxona toʻlovlari, soliqlar (mazkur soliq toʻlovchilari uchun QQS, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisobga qabul qilinadigan aksiz soligʻidan tashqari) va budjetga majburiy toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
QQS toʻlovchisi hisoblangan va QQS boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan korxonalar xarid qilinadigan (shu jumladan import qilinadigan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) boʻyicha QQS summasini xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda budjetga toʻlanadigan QQSni aniqlashda qoplashga qabul qiladilar.
Oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda xarid qilish qiymati boʻyicha QQS va aksiz soligʻi summasi qoʻshilgan holda aks ettiriladi.
Aksiz soligʻi boʻyicha imtiyoz berilayotganida qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz soligʻi toʻlovchilari hisoblangan korxonalar xarid qilingan (shu jumladan import qilinayotgan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) boʻyicha aksiz soligʻi summasini ularning xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda budjetga toʻlanadigan aksiz soligʻini aniqlashda qoplashga qabul qiladilar.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
6. Soliq va bojxona imtiyozlari miqdori belgilangan tartibda budjetga hisoblangan soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
2-§. Boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
7. Boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlarining buxgalteriya hisobi 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyotida, berilgan soliqlar va bojxona imtiyozlarining turlari boʻyicha yuritiladi.
Soliq va bojxona imtiyozlarini hisoblayotganda batafsil hisobga olish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishchi schyotlar rejasida quyidagi schyotlar ochiladi:
a) budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400) guruhida “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
b) budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6400) guruhida “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
v) sugʻurta boʻyicha va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) guruhida “Davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar — soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
g) turli kreditorlardan qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6900) guruhida “Importda QQS va aksizlar boʻyicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti.
8. Soliq va bojxona imtiyozlari buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni, shu jumladan import qilinadiganlari xarid qilinayotganda xarid qiymatiga kiritiladigan, umumbelgilangan tartibda hisoblangan soliqlar va bojxona toʻlovlari summasiga (mazkur soliq toʻlovchilari uchun QQS, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz soligʻidan tashqari):
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar (1000 — 2900);
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar-moddiy zaxiralarni sotib olganda ushbu soliqni toʻlovchilar uchun QQSdan, shuningdek qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda qoplashga qabul qilinadigan aksiz soligʻi summasiga:
debet “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” yoki 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotlari yoki turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar;
v) import boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarni sotib olganda ushbu soliqni toʻlovchilar uchun QQSdan, shuningdek qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda qoplashga qabul qilinadigan aksiz soligʻi summasiga:
debet “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
kredit “Importda QQS va aksiz boʻyicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
g) tovar-moddiy zaxiralarini importidagi QQS va aksiz soligʻini toʻlashdan ozod qilinishi natijasida boʻshayotgan mablagʻlar summasiga:
debet “Importda QQS va aksiz boʻyicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
kredit 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti;
d) mahsulot (ish, xizmat)larni sotganda hisoblangan QQS, aksiz soligʻi summasiga:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” schyotlari;
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
e) oldin hisoblangan QQS va qonunchilikka muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz soligʻini qoplashga qabul qilish:
debet “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
kredit “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
j) mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdagi QQS va aksiz soligʻini toʻlashdan ozod qilinishi natijasida boʻshayotgan mablagʻlar summasiga:
debet “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
kredit 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti;
z) asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan QQS summasiga:
debet asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200);
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
i) qonunchilikka muvofiq davr xarajatlariga olib boriladigan umumoʻrnatilgan tartibda hisoblangan soliq va budjetga majburiy toʻlovlar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
kredit “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar — soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
k) xoʻjalik yurituvchi subyektlarning foydasi hisobiga olib boriladigan umumoʻrnatilgan tartibda hisoblangan soliq va budjetga majburiy toʻlovlar summasiga:
debet soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar (9800);
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
l) soliqlar, bojxona va budjetga majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinishi natijasida boʻshayotgan mablagʻlar summasiga:
debet “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
debet “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar — soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
kredit 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti.
9. 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyotida hisobga olingan soliq va bojxona imtiyozlari natijasida boʻshayotgan mablagʻlarni summasi quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:
a) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olishga, kredit va qarzlarni qoplashga, asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilganda, imtiyozli davr koʻrsatilgan hollarda — muddatlarning eng kami boʻyicha: imtiyozli davr tugaganda yoki haqiqatdan foydalanilganda, imtiyozli davr koʻrsatilmagan hollarda esa — har yili:
debet 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti;
kredit “Soliq va bojxona imtiyozlari”ni ajratgan holda 8530 “Tekinga olingan mulk” schyoti;
b) joriy majburiyatlarni vujudga kelishiga olib keladigan joriy xarajatlarni qoplashga yoʻnaltirilganda (masalan: ish haqi, ijara, maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar hisoblanganda va boshqalar):
debet 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti;
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” yoki 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar” yoki 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotlari yoki turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar.
3-§. Boʻshayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish nazarda tutilmaganda soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
10. Soliq va bojxona imtiyozlari berilganda boʻshayotgan mablagʻlar summalari, agar ulardan maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan boʻlsa, buxgalteriya hisobining balans schyotlarida aks ettirilmaydi va shu munosabat bilan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda (2-son shakl) aks ettirilmaydi va, tegishlicha, moliyaviy natijalarni shakllantirishga taʼsir qilmaydi.
11. Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlarida boʻshayotgan mablagʻlarning lozim darajadagi buxgalteriya hisobini taʼminlash maqsadida, agar ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan boʻlsa, budjetga toʻlanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy toʻlovlar boʻyicha “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari” alohida balansdan tashqari schyoti ochiladi.
Budjetga toʻlanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy toʻlovlar boʻyicha hisoblangan, boʻshagan mablagʻlar summasi umumbelgilangan tartibda mazkur schyotlar debeti boʻyicha aks ettiriladi.
12. Imtiyoz berilgan davr tugaganidan soʻng “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari” balansdan tashqari schyotlari debetida hisobga olinadigan boʻshagan mablagʻlar summasi ushbu schyotlar kreditiga hisobdan chiqariladi.
13. Doimiy soliq va bojxona imtiyozlarida boʻshayotgan mablagʻlar, agar ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan boʻlsa, budjetga toʻlanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy toʻlov boʻyicha moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida yoritib beriladi.
4-§. Hisob-kitoblarni taqdim qilish muddatlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning javobgarligi
14. Soliq va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlardan maqsadli foydalanganligini tasdiqlash uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar har yili yillik moliyaviy hisobotga qoʻshib davlat soliq xizmati organlariga mazkur nizomga 1-son ilovaga muvofiq shaklda ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisob-kitobni taqdim qiladilar.
15. Mablagʻlardan maqsadga muvofiq foydalanilmaganligi va soliq va bojxona imtiyozlari natijasida boʻshagan mablagʻlar hisobiga xarid qilingan aktivlarning imtiyozli davr tugashiga qadar boshqalarga berilishi (sotilishi) dalillari aniqlanganda ushbu mablagʻlar jarima jazosini qoʻllab, qonunchilik hujjatlariga muvofiq penya hisobga olingan holda budjetga undiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
16. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisob-kitoblar toʻgʻri boʻlishi va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgardir.
Hisob-kitoblar taqdim etilmagan yoki oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo qoʻllanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
5-§. Davlat bojxona va soliq xizmatlari organlari tomonidan nazorat qilish
17. Hududiy soliq organlari taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish sharti bilan soliq imtiyozlari berilgan, shuningdek boʻshayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan soliq imtiyozlari boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuritadilar.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari rasmiylashtirilgan BYDlar asosida boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish sharti bilan bojxona imtiyozlari berilgan, shuningdek boʻshayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan bojxona imtiyozlari boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuritadilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
19. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha, maʼlumot uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga (import qiluvchilarning yuridik manzillari boʻyicha) mazkur Nizomga 2 va 3-son ilovalarga koʻra shakl boʻyicha bojxona imtiyozlari berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuboradilar.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Reyestrda xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi, KTUT kodi, nomi va yuridik manzili, bojxona imtiyozlari berilishiga asos boʻlgan meʼyoriy-huquqiy hujjatning nomi, raqami va sanasi, bojxona yuk deklaratsiyasining raqami, tovar turi, maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan, shuningdek boʻshayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan bojxona toʻlovlari turlari boʻyicha berilgan bojxona imtiyozlari summasi koʻrsatiladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, davlat maqsadli jamgʻarmalari har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan, ularga doir imtiyozlar beriladigan, hisoblab yozilgan soliqlar, majburiy toʻlovlar summasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 20-kuniga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga viloyatlar boʻyicha bojxona toʻlovlari turlariga doir berilgan imtiyozlar toʻgʻrisida, shuningdek har chorakda — bojxona imtiyozlari berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha bojxona toʻlovlari turlariga doir maʼlumotlarni yuboradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizomga (yangi tahrirda)
1-ILOVA

__________________________________
‎(hisob-kitob qabul qiladigan idoraning nomi) ‎‎
‎‎‎__________________________________
(korxonaning toʻliq nomi)
‎________________________________________________
‎‎(‎Javobgar (ijrochi) shaxs familiyasi)‎

‎Tel.: _____________ faks: ___________ ‎

Qabul qilgan idora muhri yoki belgisi
‎‎Olindi
‎20 __ y. “___” __________ ‎‎


‎Soliq, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlashdan ozod etish natijasida boʻshagan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisob-kitob‎

______________________________
‎(hisobot davri) ‎

T/r‎

Toʻlovlarning nomi ‎‎

Summa‎‎‎

Asos, imtiyoz davri‎‎

1‎.

‎‎

‎‎

‎‎

2‎.

‎‎

‎‎‎

‎‎

Jami summaga‎‎ ‎‎‎ ‎‎
Belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar jami‎‎ ‎‎ ‎‎
Shu jumladan, quyidagi maqsadlarga:‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎20___ y. “____” _______________
‎(taqdim qilingan sana )

Rahbar
‎Bosh buxgalter ‎‎
(imzo)
‎(imzo)‎

‎M.Oʻ. ‎
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizomga (yangi tahrirda)
2-ILOVA
Boʻshagan mablagʻlarni maqsadli foydalanish nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning
reyestri

T/r

STIR

KTUT boʻyicha kodi

Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va yuridik manzili

Imtiyoz berishga asos boʻlgan meʼyoriy hujjatning nomi, tartib raqami va sanasi

BYD
t/r

Tovar nomi va TIF TN boʻyicha kodi

Bojxona toʻlovlarining turlari boʻyicha berilgan imtiyozlar summasi (sumda)

bojxona boji

aksiz

QQS

bojxona yigʻimi

jami









Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizomga (yangi tahrirda)
3-ILOVA
Boʻshagan mablagʻlarni maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan bojxona imtiyozlari berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning
reyestri

T/r

STIR

KTUT boʻyicha kodi

Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va yuridik manzili

Imtiyoz berishga asos boʻlgan meʼyoriy hujjatning nomi, tartib raqami va sanasi

BYD
t/r

Tovar nomi va TIF TN boʻyicha kodi

Bojxona toʻlovlarining turlari boʻyicha berilgan imtiyozlar summasi (sumda)

bojxona boji

aksiz

QQS

bojxona yigʻimi

jami









(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 105-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)