O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QA’RINI GEOLOGIK O‘RGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING
buyrug‘i
TOZALANGAN TABIIY MOY KISLOTALARI ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 4-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2274]
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
1. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq B. G‘ULOMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-sentabr,
199-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 5-sentabrdagi 199-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
II bob. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-2, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2274-2/0120-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining V bo‘limi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasi.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari muhitidan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bo‘lgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar Yog‘-moy va tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2113, 2010-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 205-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-23-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2274-2, 10.02.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2274-2/0120-son)
7-§. Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
38. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.
(34 — 38-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 63-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2274-1, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 681-modda)
39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
40. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
41. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
42. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
43. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
44. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
45. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
46. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
47. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
48. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
49. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
50. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, o‘rtacha og‘ir ishda 170 S va og‘ir ishda 160 S dan past bo‘lmasligi kerak.
51. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 220 S dan kam bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Maishiy xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq oqib keluvchi va so‘ruvchi shamollatish tizimi bilan jihozlanishi lozim.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
53. Tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan havo almashtirish tizimi qurilmalarini xavfsiz ishlatish bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanishi lozim. Shamollatish tizimi qurilmalari ishga yaroqli holda saqlanishi, davriy ravishda ko‘rikdan o‘tkazilib, tozalanib turilishi, nosozliklar aniqlanganida esa, zudlik bilan ta’mirlanishi lozim. Tashkilotlarda havo harorati SanQvaM 12.01.005 “Ish zonasidagi havoga umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
10-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
54. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
55. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
56. Ichimlik suvining harorati 80 S dan 200 S gacha bo‘lishi kerak.
57. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
58. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
11-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
59. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
61. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
12-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
62. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos bo‘lishi kerak.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
63. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
64. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
65. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
66. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
67. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
13-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
68. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
70. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
71. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan bo‘lishi kerak.
72. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
73. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
74. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
75. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
76. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
77. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
78. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
14-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
79. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaN 0325-16 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasi sanitariya me’yorlari”, SanQvaN 0326-16 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-14 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-2004 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Tebranma xavfsizlik. Umumiy talablar” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
(79-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
80. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va shu kabilar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.
81. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, shaxsiy eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
15-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
82. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-2, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2274-2/0120-son)
83. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.
84. Yuqori namlik issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik saqlashdan himoyalangan yoki yopiq ijroda bo‘lishi shart.
85. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
86. Ko‘chirib yuruvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi lozim.
87. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
88. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
89. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalari, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
90. Elektr qurilmalari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butligi tashkilotning mas’ul xodimi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
91. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishi hisobga olingan holda tashkilotning mas’ul xodimi ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
92. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
93. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi lozim.
16-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
94. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga bo‘lgan talablar
1-§. Texnologiya jarayonlariga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari
95. Tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
96. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
ishlovchilarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan birlamchi material, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni qo‘llash, agar ushbu talabni bajarishning imkoni bo‘lmasa ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini ta’minlovchi choralar ko‘rish;
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai bo‘lmagan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
ishlab chiqarish uskunalarini to‘g‘ri joylashtirish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish;
birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalanish vositalarini qo‘llash;
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
97. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
98. Ishlab chiqarish jarayonlari soz uskunalar, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob-uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
99. Ishlab chiqarish jarayoni texnologik hujjatlarga muvofiq olib borilishi lozim.
100. Ishlab chiqarish jarayonida birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlar qo‘llanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan oraliq moddalar hosil bo‘lsa xodimlarga oldindan o‘zini bexatar tutish qoidalari haqida ma’lum qilinishi va ular tegishli tartibda o‘qitilishi hamda himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
101. Birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni qo‘llashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigiyenik me’yorlar tasdiqlangandan so‘ng ruxsat etiladi.
2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
102. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari” ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
103. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
104. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
105. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
106. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
107. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim.
108. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
109. Portlashni oldini olish uchun avtoklav, kompressor, nasoslarning podshipniklari hamda mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
110. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
111. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
112. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
3-§. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimiga qo‘yiladigan talablar
113. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi xizmat ko‘rsatish uchun qulay va xavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim. Bu joylarda silkinish, texnologik mahsulotlar bilan ifloslanish, tizimning aniqligi va ishonchliligiga ta’sir etuvchi mexanik va boshqa zararli ta’sirlar bo‘lmasligi lozim.
114. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi ta’mirlanganidan so‘ng sinovdan o‘tkazilishi hamda uning natijalari uskunaning pasporti va maxsus jurnalda qayd qilinishi lozim.
115. Nazorat uskunalari yechilgan holda ta’mirlanayotganda, ushbu uskunalar zudlik bilan tekshirilgan va ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lgan uskunalar bilan almashtirilishi lozim.
116. Nazorat uskunalari va signal lampalarining joylashishi hamda ularning ko‘rsatkichlarini qulay kuzatish imkoniyatini yaratishi lozim.
117. Avtomatik tarzda boshqaruv tarmog‘i markaziy pultida jarayonning texnologik parametri kattaligi, uning ish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kattalikka yetganligi haqida avtomatik tarzda signal beruvchi qurilmalar joylashtirilishi lozim.
118. Bo‘linish chegarasi bo‘lgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish uchun yuqori va quyi sathlar belgilangan ko‘rsatkich qo‘llanishi lozim.
119. Daraja ko‘rsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanishda, ular singanda xodimlarni jarohatlanishdan saqlovchi moslama qo‘llanishi lozim.
120. Havoda va ishlab chiqarish xonasining avtoklav bo‘limida hamda kompressor stansiyalarida portlash xavfi bor gazlar miqdori doimiy nazorat qilinishi lozim.
121. Bo‘linish chegarasi bo‘lgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish lozim. Idishlardagi sath ko‘rsatkichlaridan tashqari ovozli, yorug‘lik va boshqa signalizatorlar qo‘llanishi mumkin.
4-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida o‘z vaqtida xabar berish usullari
122. Yonuvchi gazlar va bug‘lar ajralib chiqishi ehtimoli yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish xonalari ishchi hududi havo tarkibida gazlarning portlash jihatidan xavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun avtomatik signalizatorlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Signalizatorlar avariya shamollatish tizimiga ulangan bo‘lishi hamda chiroqli va tovushli signallar berish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim.
123. Signalizatsiya tizimi, xonalar havosida portlash xavfi bo‘lgan gazlar va bug‘lar miqdori alangalanish past chegarasining 10 foiziga yetganda va so‘ruvchi avariyaviy shamollatish tizimi ishga tushganda, ishlab ketishi kerak. To‘kilgan yuzadagi merkapatanlarning qoldiqlari 10 foizli xlor, ohakli suv eritmasi bilan zararsizlantirilishi lozim.
5-§. Kislota va ishqorlar bilan ishlash jarayoniga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
124. Kislota va ishqorlarni quyish, tushirish va tashish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
125. Oltingugurt kislotasini ishqorli idishlarga quyish taqiqlanadi.
126. Kislota va ishqorlarni idishlarga faqat yuqoridagi lyuklar va quvurlar orqali quyishga ruxsat etiladi.
127. Kislota, ishqor va boshqa agressiv moddalar bilan ishlar bajariluvchi xonalarda o‘ziga-o‘zi yordam berish uchun favvorachali qo‘l yuvgichlar o‘rnatilgan bo‘lishi, va neytrallovchi vositalarning zarur bo‘lgan zaxirasi tayyorlab qo‘yilishi lozim.
128. Yo‘laklar ustidan o‘tgan kislota va ishqor quvurlarining flanetsli birikmalari bo‘lmasligi lozim. Barcha flanetsli birikmalar metall g‘iloflar bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
129. Suyultirilgan oltingugurt kislotasini po‘lat idishlarda, 78 foizdan past darajada suyultirilgan oltingugurt kislotasini faqat kislotaga chidamli yopiq idishlarda saqlashga ruxsat etiladi.
130. Kislotalar boshqa materiallardan alohida saqlanishi lozim. Oltingugurt kislotasi eritmasini tayyorlashda kislotani suvga ohista quyib aralashtirib turish lozim. Oltingugurt kislotasiga suvni quyish taqiqlanadi.
131. Barcha idishlar va o‘lchagichlar sath o‘lchagichlar va zaxiradagi idishga yo‘naltirilgan bo‘shatish quvurlariga ega bo‘lishi lozim. Bo‘shatish quvurlari idishning ustki yuzasidan kamida 0,15 m masofada o‘rnatilishi lozim.
132. O‘yuvchi ishqorlar qopqoqlari doimo yopiq po‘lat rezervuarlarda saqlanishi lozim. Ishqorlarni aluminiy va ruhlangan idishlarda saqlash taqiqlanadi.
133. Qattiq ishqorli barabanlarning qopqoqlari zich yopilgan bo‘lishi, barabanlar quruq xonalarda saqlanishi lozim.
134. Kislota va ishqor ortilgan transport vositasida odamlarni olib yurish taqiqlanadi. Kislota va ishqorlarni boshqa materiallar bilan birga tashishga ruxsat etilmaydi.
135. Kislota va ishqorli idishlar yashiklarga joylashtirilishi va maxsus aravachalarda tashilishi yoki ikki ishchi tomonidan maxsus jihozlangan zambillarda olib yurilishi lozim. Bunda idishlar mahkam berkitilgan va ularga suyuqlikning nomi yozilgan birka osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Kislota va ishqorlarni ochiq idishlarda tashish taqiqlanadi. O‘yuvchi suyuqliklarni korzinkaning dastagidan tutib ko‘tarishga faqat korzinkaning tubi va dastaklarining mustahkamligi tekshirib ko‘rilgandan so‘nggina ruxsat etiladi. Kislota va ishqorlarning sexlardagi zaxirasi bir kunlik ehtiyojdan ortmasligi lozim.
136. Kislota va ishqorli butilka va bochkalarning qopqoqlari sekin-asta yig‘ilib qolgan gazlarni chiqarib yuborgan holda ochilishi lozim. Oltingugurt kislotasi bo‘lgan metall bochkaning qopqog‘ini ochish uchun uchqun hosil qilmaydigan asbobdan foydalanish lozim.
137. Kislota va ishqorlarni sexning texnologik qurilmalariga quyish jarayoni yopiq oqimda bajarilishi va mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
138. To‘kilgan kislota va ishqorlar darhol neytrallanishi va yig‘ishtirib olinishi lozim.
139. Apparatlarni tozalashdan avval ularda qolgan kislota soda eritmasi bilan neytrallanishi, hosil bo‘lgan gaz havo yoki bug‘ bilan siqib chiqarilishi lozim.
140. Kislota va ishqorlar bilan ishlovchi xodimlar belgilangan normalarga muvofiq himoya vositalari, maxsus kiyim, maxsus poyabzallari va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
6-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalari avtomatik o‘chishini ta’minlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlariga xavfsizlik talablari
141. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash uchun hamma texnologik jarayonlar nazorat-o‘lchov asboblari, jarayonni tartibga soladigan avtomatika, tahlil va blokirovka tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
142. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar nazorati avtomatik, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqaruv (boshqaruv tizimlari), avariyaga qarshi avtomatik himoya (bundan buyon matnda AQAH deb yuritiladi) tizimi hamda avariyali vaziyatlar haqida xabar va aloqa, jumladan uskuna bilan komplektli ravishda yetkazib beriladigan tizimlar kimyoviy, neft-kimyoviy ishlab chiqarishlar me’yoriy hujjatlar, loyihalar, reglamentlar, qoidalar talablariga javob berishi va berilgan texnologik parametrlar aniqligini, texnologik jarayonlarning xavfsiz va ishonchli o‘tkazilishini ta’minlashi kerak.
143. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan avariyali ogohlantiruvchi va texnologik signalizatsiya va blokirovkani ko‘zda tutilishi, shuningdek texnologik parametrlar chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan qiymatiga yetganda himoya tadbirlari va texnologik uskunani avariyali uzilishi ko‘zda tutilishi kerak.
144. Tarkibiga regulatorlar, signalizatorlar va boshqa avtomatlashtirish va masofadan boshqarish vositalari kiradigan texnologik jarayonlar quyidagilarni ta’minlashi kerak:
nazorat va jarayonlarni boshqarish xavfsizligini;
chegaraviy qiymatlarga yetganda yoki mexanizm nosoz bo‘lganda blokirovkalar ishlashini;
nazorat qilish va jarayon boshqarilishini markazlashtirishni.
145. Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarishda asosiy texnologik parametrlar me’yordan og‘ganda uskunani xavfsiz holatga avtomatik tarzda o‘tkazish uchun mo‘ljallangan blokirovka sxemalari bo‘lishi kerak.
146. Hisoblash texnikasi vositalari bazasida texnologik jarayonlarning avtomatik boshqaruv tizimi normativ hujjatlarga hamda texnik topshiriqqa muvofiq bo‘lishi va quyidagilarni ta’minlashi kerak:
jarayon parametrlarining doimiy nazoratini va ularning reglamentlovchi qiymatlarini ushlab turish uchun rejimlar boshqaruvini;
AQAH vositalari ishga layoqatli holati nazoratini va ishga tushirilishini ro‘yxatga olinishini;
obyekt chegarasida havo muhiti holatining doimiy nazoratini;
parametrlarning chegaraviy qiymati tomoniga o‘zgarishining doimiy tahlili va avariyaviy ehtimolini istiqbollashni;
boshqaruv vositalari harakatini va xavfli vaziyat rivojlanishini to‘xtatadigan AQAHni;
avariyali vaziyatni lokallashtirish vositalari ishga tushishini, optimal boshqarish ta’sirlarini tanlash va amalga oshirilishini;
avariyasiz ishga tushirish, to‘xtatish operatsiyalari o‘tkazishni va texnologik obyektning qaytadan ishga tushishini;
yuqorida turuvchi boshqaruv tizimiga obyektdagi xavfsizlik holati haqida ma’lumot berilishini.
147. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish sxemalari ayrim avtomatika vositalarining ishdan chiqishi yoki ularning nosozligi ishlab chiqarishda avariya bo‘lishini keltirib chiqarmasligi lozim.
148. Elektr energiyasi uzilgan yoki nazorat va boshqaruv tizimlariga siqilgan havo berilishi to‘xtatilgan taqdirda AQAH tizimlari texnologik obyektni xavfsiz holatga o‘tkazishni va energiya ta’minoti tiklanganda ushbu tizimlarni o‘z-o‘zidan yoqilish ehtimolini yo‘qotilishini ta’minlashi zarur.
149. AQAHning ishlab ketganidan keyin texnologik obyektning ish holatiga qaytarilishi xizmat ko‘rsatadigan xodimlar tomonidan bajarilishi lozim.
150. Portlashga xavflilikning hamma toifalariga ega texnologik obyektlarning loyihalarida, texnologik reglamentlarida va AQAH tizimlari ro‘yxatida parametrlar bo‘yicha himoyalovchi qurilmalar bilan bir qatorda parametrlarning avariyali qiymatlarining chegaralari ko‘rsatilishi kerak.
151. Himoyalash tizimlari qurilmalarining ahamiyati o‘lchov vositalari signal moslamalarining ishlab ketishidagi xatoliklar, tizimning tez ishga tushishi, parametrlar o‘zgarishi mumkin bo‘lgan tezligi va texnologik obyektning portlashdan xavflilik toifasi hisobga olinib aniqlanadi. Qurilmalar ahamiyati loyiha va texnologik reglamentda keltiriladi.
152. Avtomatik tartibga solish, masofadan boshqarish, signalizatsiya vositalariga va blokirovka moslamalariga bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda foydalanish bo‘yicha ijro sxemalari va yo‘riqnomalari tuzilgan bo‘lishi kerak.
153. Portlash xavfi bo‘lgan binolarda joylashgan elektr shchitlari, elektr asboblari va avtomatik tizimlar pultlari, ularga ulangan o‘zgaruvchan yoki doimiy tok kuchlanishidan qat’i nazar, yerga ulanishi kerak.
154. Texnologik jarayonlarning nazorati, boshqaruvi va avariyaga qarshi himoya tizimida qatnashadigan tiqinlovchi va tartibga soluvchi armatura, nazorat tizimlari va ijro mexanizmlari ta’mirlanib, joyiga o‘rnatilishidan avval tez ishga tushishi, mustahkamligi va yopilish zichligi bo‘yicha davriy sinovlardan o‘tkazilishi va bu to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilishi yoki pasport, jurnalga yozilishi lozim.
155. Nazorat o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlar olinishi yoki asboblar almashtirilishi uchun qulay bo‘lgan va xavfsiz joylarda joylashgan bo‘lishi kerak.
156. Foydalanishda bo‘lgan o‘lchov vositasi pasporti va hisobga olish jurnalida, navbatdagi qiyoslashdan o‘tkazish to‘g‘risidagi belgi qo‘yilishi lozim.
157. Nazorat o‘lchov asboblari, avtomatik regulatorlar, ishlab chiqarish signalizatsiyasi va masofadan boshqarish asboblarining sozligi bo‘yicha doimiy nazorat olib borilishi kerak. Asboblar ko‘rsatkichlarining aniqligi ishlab chiqaruvchi zavodning pasport ma’lumotlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
158. Avtomatlashtirish asboblari va vositalarini sozlash va tekshirish ishlariga shu binodagi xavfli ishlar o‘tkazilishi bilan bir vaqtda yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
159. Tashkilot va sex rahbariyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq, zararli ish sharoitlarini bartaraf etishi, baxtsiz hodisalarni oldini olish va ish joylarini tegishli sanitariya-gigiyena holatda saqlanishini ta’minlashi bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rishi shart.
(159-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
160. Agar tekshiruvda o‘lchov vositalarining nosozligi, tashqi shikastlari borligi yoki o‘z vaqtida tekshirilmagani aniqlansa, ularning ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
161. Saqlagich klapanlar soni va ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyati GOST 12.2.085-2002 talablariga muvofiq hisob bo‘yicha tanlangan, sozlangan va tartibga solingan bo‘lishi kerak.
162. Saqlagich klapan ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan pasport va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan yetkazib berilishi kerak.
163. Saqlagich klapanlar xizmat ko‘rsatishga qulay bo‘lgan joylarga o‘rnatilishi lozim.
164. Yo‘l qo‘yilgan me’yordan ortiq bug‘ va zararli gazlar kelishi oqibatida xodimlarga xavf paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish binolari shaxsiy gaz analizatorlaridan ishga tushiriladigan avariyali, tovushli va yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlanishi lozim.
165. Avtomatik namuna olish moslamalari yoki datchiklar tashqaridan yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan bug‘larning kirishi mumkin bo‘lgan, normal muhitli yerto‘la va yarim yerto‘la xonalarda o‘rnatilmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
166. Analizatorlarning o‘lchov asboblari, avtomatik gazoanalizatorlar va unga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi bo‘lgan xonalarda va ochiq portlash xavfi bo‘lgan qurilmalarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini hisobga olgan holda qulflanadigan shkaflarda joylashtirilishi kerak.
(166-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-2, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2274-2/0120-son)
7-§. Korroziyadan himoyalashda xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
167. Bino ichida va ochiq maydonchalarda joylashgan barcha asbob-uskunalarni, kommunikatsiya va metall konstruksiyalarni merkaptanlarni qo‘llashda tashqi korroziyadan himoyalash SHNQ 2.03.11-24 “Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish” shaharsozlik normalari va qoidalari” va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq metall va nometall himoya qoplamalar ishlatish orqali amalga oshirilishi lozim.
(167-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
168. Quvurlarning tashqi yuzasini korroziyadan himoya qilish tizimi va turini tanlash, ularni o‘tkazilish sharoitlari va usullari tashqi muhitning korroziyaga aktivlik darajasi va xususiyati, elektr korroziyaga xavflilik darajasi, tashiladigan moddalarning turlari va parametrlariga bog‘liq holda amalga oshirilishi kerak.
169. Agressiv muhit ta’siriga uchraydigan uskuna, kommunikatsiya va ularning birikmalari korroziyaga uchramaydigan materiallardan qilingan maxsus qoplamalar bilan himoyalangan bo‘lishi kerak.
170. Korroziya keltirib chiqaradigan sharoitlarda ishlaydigan uskunalar holati ustidan davriy reglamentlangan ko‘rikdan o‘tkazish va uskuna devorlari qalinligi va yeyilish kattaligini (tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan jadval bo‘yicha) aniqlash yo‘li bilan bosh mexanik xizmatining maxsus nazorati o‘rnatilishi kerak. Uskunalar holatini tekshirish natijalari maxsus jurnal yoki pasportda qayd qilingan bo‘lishi lozim.
171. Devorlar qalinligini tekshirish usuli, joyi va davriyligi aniq sharoitlarga bog‘liq holda tashkilot bosh mexanigi xizmati tomonidan belgilanadi.
172. Agressiv muhitlar uchun mo‘ljallangan uskunalarni tayyorlash uchun materiallar, shu muhitning agressiv ta’siriga ularning chidamliligini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Kimyo uskunalarini tayyorlash uchun materiallarni tanlashda korroziyaga chidamliligi, mustahkamligi, yuqori haroratga bardoshliligi, materiallarga ishlov berish va payvandlash mumkinligi, uning qulayligi va bahosi hisobga olinishi kerak.
173. Pana joy, havo quvuri, so‘rma shamollatgichlar va boshqa materiallar shamollatish tizimi qurilmalari chiqarib tashlayotgan havo gaz aralashmasi tarkibidagi moddalarga nisbatan korroziyaga chidamli bo‘lishi kerak. Havoni kondensat bilan so‘rib olayotgan shamollatgichlarning g‘ildiragi va g‘ilofi korroziyadan saqlash uchun himoya qoplamalariga ega bo‘lishi kerak.
174. Xonalar havosida agressiv moddalarning bug‘lari mavjudligini hisobga olib, uskunalar sirtini korroziyaga chidamli lak, bo‘yoq va boshqa qoplamalar bilan himoya qilish kerak. Izolyatsiya qoplamalarining tashqi qatlamidagi barcha nuqsonlar tezda kechiktirmasdan bartaraf etilishi zarur.
8-§. Laboratoriyada merkaptanlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
175. Laboratoriya binolarida merkaptanlar bilan ishlash paytida kimyoviy moddalar va materiallarni yong‘in xavfini bilish hamda portlash xavfi bo‘lgan va yong‘in xavfi bor bug‘lar ajralishi bilan bog‘liq hamma ishlar tuzatilgan tortish javonlarida amalga oshirilishi lozim.
176. Tozalangan tabiiy moy kislotalari bilan doimo ish olib boradigan laboratoriya xonalarining shamollatish tizimini havo almashinuvi xavfsizlikni ta’minlashi kerak.
177. Tozalangan tabiiy moy kislotalari qo‘shni xonalarga tarqalib ketmasligi uchun havo bosimi manfiy balansda bo‘lishi lozim.
178. Tozalangan tabiiy moy kislotalari, undan foydalanish qo‘llanmasida ko‘rsatib o‘tilgan idishlarda saqlanishi shart. Tez alanga oluvchi suyuqlik bilan shisha idish maxsus — zich yopiladigan qopqoqli, devor va tagi asbest bilan yopilgan va isitish manbaidan uzoq o‘rnatilgan metalli qutida joylanilishi shart. Qopqoqni ichkari tomonidan tez alanga oluvchi suyuqlikni umumiy mumkin bo‘lgan saqlash me’yori va ko‘rsatilgan nomlanishida aniq yozuv qo‘llanadi. Tez alanga oluvchi suyuqliklarni saqlash me’yori laboratoriya boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
179. Isitish asboblari vazifasida ochiq spiralli eletroplitkaning hamda ochiq alanganing ishlatilishi taqiqlanadi.
180. Laboratoriya binolari va tortish javonlarini elektr yorituvlari portlash xavfi himoyasiga ega bo‘lishi hamda vklyuchatellar tortish javonlaridan tashqarida o‘rnatilishi lozim.
181. Tez alanga oluvchi suyuqliklarning sig‘imi 1 dm3 dan ko‘p bo‘lmagan zichlik probkalari bilan ta’minlangan qalin butilkalarda saqlanishiga yo‘l qo‘yiladi va butilkalar isitish maydonlaridan uzoqda o‘rnatilgan maxsus qutiga joylashtirilishi kerak.
182. Tozalangan tabiiy moy kislotalarining chiqindilarini kanalizatsiyaga to‘kish man etiladi. Ishlatilgan suyuqliklar maxsus zich yopiladigan idishga solinishi, ish kuni oxirida idishdagi chiqindilar laboratoriyada neytralizatsiya qilinib, kanalizatsiyaga oqizilishi lozim.
183. Ish tugaganidan so‘ng ishlatilgan pribor va apparatlar inert gaz bilan puflanishi va zararsizlantirish suyuqligi bilan zararsizlantirilishi kerak.
184. Tozalangan tabiiy moy kislotalari bilan ishlashda ishlatilgan filtr va qog‘ozlar, zichlangan neytral eritmali sig‘imlarga yig‘ilishi yoki shu zahoti yondirib yuborilishi kerak.
185. Tozalangan tabiiy moy kislotalari xodimga tasodifan to‘kilganda, to‘kilgan joyni zararsizlantiruvchi eritma kaliy marganat to‘yingan suvli eritmasi bilan zararsizlantirish hamda ko‘z, og‘iz, burin va terining ustki qismi 2 foizli ichimlik soda eritmasi bilan yaxshilab yuvib tashlanishi kerak.
9-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari
186. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hajm o‘lchamlari ishlarni bajaruvchi texnologik qurilmalar pasportida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lishi lozim.
187. Vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
188. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirish joyida harakat yo‘nalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
189. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlar stellajlari oralig‘idagi yo‘lakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yo‘lakka qo‘shimcha qo‘llaniladigan transport vositalari o‘lchamlari kengligidagi yo‘l bo‘lishi lozim.
190. Tashkilotlar tomonidan chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini qisqartirish, ularni zararsizlantirish, qayta ishlash, saralash, saqlash, ko‘mib tashlash va utillashtirish ishlari belgilangan talablarga rioya qilish orqali amalga oshirilishi lozim.
191. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim.
192. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi kerak.
10-§. Yuk ortish va tushirishda xavfsizlik talablari
193. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
194. Yuk ortish va tushirish ishlari qoidaga ko‘ra mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
195. Yuk ortish va tushirish ishlarining mexanik usuli vazni 50 kg dan oshiq va shuningdek, kam vaznli yuklarni 3 m dan yuqoriga ko‘targanda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Faqatgina yagona yuklar tashilganda bu talablardan chekinishga yo‘l qo‘yiladi.
196. Og‘ir va ulkan yagona yuklarni tashish, yuk ortish va tushirishning xavfsiz usullari ustidan kuzatish ma’muriy-texnik xodimlardan maxsus ajratilgan shaxs rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim.
197. Bochkalarni ortish va tushirish ishlari mexanik usulda (telferlar, yuklagichlar va hokazo) va faqatgina istisno hollarda xodachalar va boshqa usul bilan amalga oshirilishi lozim. Bu kabi ishlarni bajarishda ishchilar ko‘tarilayotgan yoki tushirilayotgan yuk ostida turmasliklari kerak.
198. Tashkilotlar quyidagi talablarga javob beradigan yuk ortish va tushirish maydonchalari bilan jihozlanishi kerak:
maydoncha atmosfera yog‘inlaridan xalos etish uchun 5% dan oshmagan qiyalikka ega bo‘lib, tekis, qattiq qoplamaga ega bo‘lishi (asfalt, beton va boshqalar) va toza saqlanishi kerak. Qish paytida u qor, muzdan tozalanishi va qum yotqizilishi kerak va hokazo;
maydoncha yuk ortish va tushirish ishlarining me’yordagi maydoni hajmini ta’minlaydigan hududga ega bo‘lishi kerak;
transport vositalari orasidagi masofa ular maydoncha atrofida bir-biri ortidan qo‘yilganda (tubga) 1 m dan kam bo‘lmasligi, ular qator qilib qo‘yilganda (front bo‘ylab) 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim;
maydonchada zaruriy soz inventarlar va yoritqich bo‘lishi kerak.
199. Barcha turdagi pol usti qo‘l telejkalari, ular harakatlanish joylarida, ustunlar, kolonnalar yonlarida va eshiklar orasidan harakat qilinganda himoyalovchi uskunalar bilan jihozlanishi kerak.
200. Avtoelektryuklagich qo‘llanishiga faqat qattiq qoplamaga (asfalt, beton va hokazo) ega bo‘lgan tekis maydonchalarda ruxsat beriladi. Chuqurlar paydo bo‘lganda uni to‘ldiradigan shoshilinch ta’mir o‘tkazilishi kerak.
201. Omborxonalar ichki transporti sifatida elektryuklagichlar, elektrokarlar va hokazolar qo‘llanilishi mumkin. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokaralarni ishlab chiqarish binolari va omborlarga kirishi taqiqlanadi.
202. Elektryuklagichlarning vilkali ushlagichlari bitta tekislikda turishi lozim.
203. Yuklagichga yo‘l qo‘yiladigan yuk og‘irligi va og‘irlik markazi bilan yuklagichning pasport ma’lumotlari muvofiqligida belgilanadi.
204. Elektryuklagich bilan 0,5 m dan ortiq yuqoriga ko‘tarilgan yukni tashish taqiqlanadi.
Odamlarni elektryuklagichlar va elektrokaralarda tashish, shuningdek ko‘tarilayotgan va tashilayotgan yuk (konteynerlar va hokazolar) ustida turishi taqiqlanadi.
205. Temir yo‘l tarmog‘ining izchil yuk operatsiyalarida tashkilot hududida kerakli mexanizm va inventarlar bilan (taxta zina, ko‘prikchalar, xodachalar, richag-tirkagichlar) ta’minlanishi lozim.
206. Tashkilotning yoki stansiyaning temir yo‘l tarmog‘ida yuk ortish va tushirish ishlarini olib borishda, bu ishlarga rahbarlik qilish, mazkur Qoidalarni biladigan va temir yo‘l transportida yuk ortish va tushirish ishlari paytida xavfsizlik texnikasining amaldagi qoidalari asosida ishni tashkil qiladigan shaxsga yuklatilishi lozim.
11-§. Ishlab chiqarish chiqindilarini zararsizlantirishda xavfsizlik talablari
207. Tashkilotlarni chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, ko‘mib tashlash va qayta ishlashda belgilangan tartiblarga rioya qilishi majburiydir.
208. Tashkilotlarda majburiy ravishda barcha turdagi chiqindilarning xatlovini o‘tkazishni tashkil etilishi, chiqindilarning inson hayoti va atrof-muhit uchun xavflilik darajasi aniqlanishi lozim.
209. Tashkilotda chiqindilar alohida tashkil etilgan joylarda, yopiq konteynerlarda, yog‘ingarchilik tushmaydigan holda saqlanishi lozim.
210. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim.
211. Chiqindilar ruxsat etilgan joylarda saqlanishi lozim.
212. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi shart.
12-§. Xavfli materiallarni saqlash, ishlatish va tashishda xavfsizlik talablari
213. Tashkilotlar xavfli kimyoviy moddalarni, ularning xavflilik sinfidan va boshqa materiallar bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatidan kelib chiqib, alohida joylashtirilishini va saqlanishini tashkillashtirishi lozim.
214. Xavfli kimyoviy moddalar saqlanuvchi omborxonalar to‘kilib, sochilib ketgan materiallarni tutib qoluvchi va shu bilan tuproqni va yer osti suvlarini ifloslanishdan saqlovchi moslamalarga ega bo‘lishi lozim.
215. Barcha xavfli kimyoviy moddalar va materiallar identifikatsiyalangan bo‘lishi lozim.
216. Barcha kimyoviy moddalar omborxonada, ularning changlanib va to‘kilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan zich yopiq idishlarda saqlanishi lozim. Sochiluvchan moddalarni idishsiz saqlash qat’iyan taqiqlanadi.
217. Xavfli moddalar va materiallar saqlanuvchi joylarda zarur neytrallovchi materiallar, to‘kilib ketgan moddalarni yig‘ishtirib olish uchun jihozlar va yakka himoya vositalari bo‘lishi shart.
218. Barcha xavfli moddalar uchun, ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi shart.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari
219. Ishlab chiqarish asbob-uskunalari GOST 12.2.003-91 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
220. Ishlab chiqarish asbob-uskunalari joylashtirilganda va foydalanilganda ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomasi talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
221. Tozalangan tabiiy moy kislotalarini qo‘llashda asbob-uskunalarning umumiy tuzilishi (komponovka qilinishi) va joylashishi xizmat ko‘rsatish xavfsizligi va qulayligini, ta’mirlash ishlari o‘tkazishni, shuningdek sanitariya qoidalari talablariga muvofiqligini ta’minlashi kerak.
222. Nosoz ishlab chiqarish asbob-uskunalarida ishlash, shuningdek xavfsizlikni ta’minlaydigan blokirovka, nazorat o‘lchov asboblari, to‘siqlari bo‘lmaganda undan foydalanish taqiqlanadi.
223. Sex, bo‘lim, uchastkaning ish joylarida texnologik chizma osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
224. Sxemada berkituvchi moslamalar nomerlangan, mahsulotlarning joyini o‘zgartirish yo‘nalishi strelkalar bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Sxemadagi berkituvchi moslamalar va boshqa belgilar uskunalarga xizmat ko‘rsatish yo‘riqnomalariga mos bo‘lishi lozim.
225. Bino va ochiq maydonchalarda joylashgan uskunalar zichlangan bo‘lishi kerak.
226. Uskunalarni o‘rnatishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
asosiy o‘tish yo‘llari, shuningdek boshqarish shchitlariga xizmat ko‘rsatish maydoni bo‘yicha kengligi 2 m dan kam bo‘lmasligi;
o‘tish yo‘llarining balandligi 2 m dan kam bo‘lmasligi;
doimiy ish o‘rinlarida, boshqarish tarmoqlari, mahalliy nazorat o‘lchov asboblari va hokazolarga ega bo‘lgan uskunalarga (kompressor, nasos, havo purkagichlar) xizmat ko‘rsatish maydonchalaridagi asosiy o‘tish yo‘llarining kengligi 1,5 m dan kam bo‘lmasligi;
aylanma xizmat ko‘rsatish zarur bo‘lganda, uskunalar, shuningdek uskunalar va bino devorlari orasidagi o‘tish yo‘llari 1 m dan kam bo‘lmasligi;
asbob-uskunalarni ko‘rikdan o‘tkazish, davriy tekshirish va rostlash uchun o‘tish yo‘llari 0,8 m dan kam bo‘lmasligi;
alohida turgan nasoslar orasidagi o‘tish yo‘llari 0,8 m dan kam bo‘lmasligi;
kompressorlar oldida boshqarish shchitlari joylashgan hollarda o‘tish yo‘llari 1,5 — 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
2-§. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchilarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
227. Moyli kislotalarni qizdirganda bug‘ yoki elektr qizdirgichli yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi ishlatiladi.
228. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi bug‘ generatorlarini ishga tushirish va foydalanish ishlari, yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchilar bilan ishlovchi bug‘ va suyuqlik qozonlariga bo‘lgan talablarga qat’iy amal qilgan holda bajarilishi shart.
229. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi generatorlardan foydalanishda terini zararlanishidan ehtiyot bo‘lish lozim, agarda u teriga tushsa, zararlangan joyni sovun bilan issiq suvda yuvish kerak.
230. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchining yuqori konsentratsiyali bug‘lari bo‘lgan atmosferada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
231. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchining yonuvchanligini hisobga olgan holda, yong‘inga qarshi choralarni ko‘rish lozim (bug‘ qizdirish naychasi yonganida o‘chirish uchun o‘txonaga bug‘ni uzatkich, shuningdek ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar bo‘lishi kerak).
232. Ta’mirlash va payvandlash ishlarini boshlashdan oldin ta’mirlanadigan obyektdan bug‘ va havo bilan shamollatish yordamida yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchini to‘liq chiqarib tashlash lozim.
233. Foydalanish vaqtida bug‘ generatorlari naychalaridagi yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchining sathini, avtomatik nazorat-o‘lchash asboblarining ko‘rsatkichi to‘g‘riligini muntazam ravishda kuzatish va qurilmadan foydalanish qoidalariga amal qilish lozim.
234. Bug‘ generator avtomat ravishda harakatga keluvchi issiqlik tashuvchining bosimi va harorati oshib ketganligi haqida xabar beruvchi ovoz signalizatsiyasi bilan jihozlanishi shart.
235. Bug‘ generatorlari quyidagi hollarda qizdirgichlarni o‘chirishni ta’minlovchi avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim:
issiqlik tashuvchining bug‘ generatordan chiqishida harorati ko‘tarilganda;
isitgichdagi suyuqlik sathining eng quyi sathdan kamayganida;
issiqlik tashuvchining bosimi berilgan ko‘rsatgichdan ko‘tarilganda.
236. Bug‘ generatorining kollektorida kamida ikkita saqlash klapanlari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
237. Saqlash klapanlaridan yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi bug‘lari yopish tiqinisiz chiqarish quvuri orqali atmosfera bilan bog‘langan kondensat qurilmasiga o‘tkazilishi kerak.
238. Bug‘ o‘tkazgichlar bir-biriga iloji boricha payvanlanishi lozim. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi elektr qizdirgichlarida, armatura va quvur o‘tkazgichlarida cho‘yan va rangli metallardan foydalanish man etiladi.
239. Quyish quvur o‘tkazgichi issiqlik tashuvchini to‘siqlarsiz o‘zi oqib chiqishini va uning isitgichdan to‘liq chiqib ketishini ta’minlashi lozim.
240. Yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi ish vaqtining davomiyligi, harorat sharoiti, qizdirish yuzasining solishtirma issiqlik kuchlanishiga va foydalanish sharoitlariga ko‘ra vaqti bilan qayta tiklanishi lozim.
241. Qayta tiklash va issiqlik tashuvchining parchalanish darajasi orasidagi qozonning ish vaqti ishlab chiqarish qo‘llanmasiga asosan belgilanadi. Issiqlik tashuvchida parchalangan mahsulot miqdori 10 foizdan oshmasligi lozim.
242. Har bir qozon uchun qizdirish yuzasi va uni mumsimon chiqitlardan tozalash jadvali bo‘lishi lozim.
243. Payvandlash yoki ba’zi bir qismlarini almashtirish bilan bog‘liq qozonlar o‘rnatilgandan va ta’mirlangandan so‘ng, inert gazi yoki boshqa gaz yordamida ishchi bosimidan yuqori bo‘lmagan bosim ostida zichligi tekshirilishi lozim.
3-§. Sig‘imlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
244. Tozalangan tabiiy moy kislotalari va xom ashyo aralashmasini saqlash sig‘imlari (rezervuar, bunkerlar va boshqalar) materiallarni yuklash va yuk bo‘shatish paytida chang tutish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Chang tutish moslamalari ishga yaroqsiz bo‘lganda siloslarni ishlatish man etiladi.
245. Sig‘imlarning tepasi perimetri bo‘yicha to‘silgan bo‘lishi va to‘siqlar GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar” talablari bo‘yicha bajarilishi kerak.
246. Sig‘imlar galereyasidagi oynaning romlari ochiq holatda ushlab turish uchun moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Oyna romini ochish galereya polidan turib amalga oshirilishi kerak.
247. Sig‘imlar galereyasi truboprovodlaridan o‘tish uchun o‘tish ko‘priklarini o‘rnatilishi GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
248. Sig‘im ichiga tushish oldidan quyidagi xavfsizlik choralari ko‘rilishi kerak:
sig‘imga ketayotgan hamma pnevmotrassalardagi tiqin jo‘mraklari yopilishi va GOST 12.4.026-76 bo‘yicha “Tiqin jo‘mraklari ochilmasin, odamlar ishlayapti!” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi.
sig‘imga tushayotganlarda ish bajarish uchun asboblar, yakka tartibdagi himoya vositalari, signalizatsiya yoki bog‘lovchi (signal, arqon, gaplashish manbai, radioaloqa) vositalari bilan ta’minlanishi.
249. Kajavali o‘tirgich, oyoq uchun tirgovich, to‘siq va asbob saqlash va qotirish anjomlari bilan jihozlangan (cho‘ntaklar, xomutlar va boshqalar) bo‘lishi lozim.
250. Kajava to‘sig‘ining balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi, qo‘shimcha to‘siq planka balandligi 0,6 m bo‘lishi, lyulkani osib qo‘yish vositalari uning to‘nkarilishini bartaraf qilishi lozim. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunalari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
4-§. Nasoslarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
251. Tozalangan tabiiy moy kislotalarini haydovchi nasoslar konstruksiyasi birikmalarining zichligi ta’minlanishi kerak. Atrof muhitga agressiv suyuqliklarni chiqib ketishining oldi olinishi kerak.
252. Nasos vallari zichlagichlari orqali berkituvchi yoki yuvish suyuqliklarining o‘tib ketishi belgilangan me’yorlardan ortishi mumkin emas.
253. Suyuqliklarni haydash uchun markazdan qochma salniksiz, ikki toretsli zichlagichli yoki boshqa konstruksiyali zichlovchi moslamalari bo‘lgan yuqori ishonchli nasoslar qo‘llanilishi lozim.
254. Nasosxonada joylashgan quvur, nasos va boshqa uskunalardan mahsulot qoldig‘ini yopiq kommunikatsiyalar orqali nasosxona tashqarisiga, ya’ni maxsus mo‘ljallangan sig‘imga, bug‘ va gazlar mash’alaga chiqarilishi lozim.
255. Muftaning dvigatel bilan ulanish joyida to‘siqlar yo‘qligida, ulardan foydalanish va ularni ishga tushirish taqiqlanadi.
256. Nasosxona quvurlarida oqimlar harakatining yo‘nalishi, asbob-uskunalarda texnologik chizma bo‘yicha joylashuv raqami, yurgizgichlarda esa rotor aylanishining yo‘nalishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
5-§. Quvurlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
257. Quvurlarni joylashishi, yotqizish usullari SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur o‘tkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq belgilanadi.
(257-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 19-iyundagi 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2274-3, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)
258. Quvur materiallarini, qismlari va armaturalarini tanlashda, quvurlar tasnif hisobidan tashqari, ularning shartli o‘tish va transportlash tevaragining so‘nggi parametrlarida, ularning agressiv va yemirilish xususiyatini hamda merkaptanni kimyoviy tarkibini hisobga olish lozim.
259. Quvurlarning montajida material sifati, quvur qismlari va armaturalarini ularning sertifikatlari, standartlari, texnikaviy shartlari va boshqa texnik hujjatlarga muvofiqligi kirish nazoratidan hamda bajarilgan ishlar sifati alohida nazoratdan o‘tkazilishi kerak.
260. Tashkilot ishlab chikaruvchining hujjatlarida ko‘rsatilgan (bunday ko‘rsatmalar yo‘qligida — ishlab chiqarish sanasi mobaynida) lekin, kafolat muddati tugagan material va mahsulotlar faqat taftish, nuqsonlarni bartaraf etish, tajriba va boshqa ishlar o‘tkazilganidan keyin montaj ishlarini amalga oshirish uchun topshiriladi.
261. Quvurlar yotqizish (almashtirish) turi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
xavfsiz va ishonchli ishlatishni;
loyiha parametrlariga muvofiq texnologik jarayonlar olib borishni;
yong‘in va portlash oqibatlarini kamaytirishga, montaj va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun texnologik tugunlarda (bloklar) qurilmalarning taqsimlanishini;
ko‘tarma transport vositalarni mo‘ljallangan loyihalarda ishlatish va texnik holatini bevosita kuzatish imkoniyatini;
quvurlardagi payvand choklarini termik qayta ishlash, ularning sinovi va nazorati bo‘yicha barcha turdagi ishlarni bajarish imkoniyatini;
statik elektrdan, chaqmoqdan va korroziyadan himoya va izolyatsiya qilinganligini;
quvurlarda tiqinlar tashkil topishi oldi olinishini;
harakatsiz zonaning tashkil topishi va osilib turishining oldi olinishini;
yotqizishning yanada ko‘proq tejamli usulini;
quvurlarni haroratdan deformatsiyalanishining o‘z-o‘zini kompensatsiyalash imkoniyatini;
yong‘in o‘chirish vositalarini, jihozlarni va yuk ko‘taruvchi mexanizmlarni qiyinchiliksiz joyini o‘zgartirish imkoniyatini.
262. Xodimlarni evakuatsiya qilish yo‘llarida (koridorlarda), kompleks transformator kichik stansiyalarida, taqsimlovchi qurilmalar, elektrpodstansiyani tashqi devorlaridan, maishiy, ma’muriy, xo‘jalik binolari, elektr binolari, texnologik jarayon bilan boshqariladigan binolar, shamollatish kameralari, issiqlik punktlari va shunga o‘xshash boshqa binolardan — yonuvchi, tajovuzkor va zaharli moddalarni transportlantiruvchi texnologik quvurlarning o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
263. A va B kategoriyali yonma-yon binolarini ajratadigan devorlar, bostirmalar va to‘siqlardan tez yonuvchi suyuqliklar bilan texnologik quvurlarni yotqizilishi texnologik jarayon talablariga ko‘ra ruxsat etiladi. Quvurlarning devorlaridan o‘tish joylarida — quvurlarning joyini almashtirish imkoniyatini ta’minlovchi, zichlanadigan, yonmaydigan moslamalar bo‘lishi kerak.
264. Quvurlar va zanglamaydigan po‘lat va ularni tayanchi orasiga prokladka joylashtirish lozim.
265. Ishlab chiqarishning tashqi quvurlarini o‘z ishlab chiqarish binolarini korpus devorlari bo‘yicha kronshteynlarga yotqizish mumkin, quvurlar deraza o‘rnini kesib o‘tmasligi lozim.
266. Quvurlarni idish yoki sex apparatiga to‘liq bo‘shatish imkoniyatini ta’minlanadigan qiyalik bilan loyihalash lozim. Asosli hollarda quvurlarni bo‘shatishini ta’minlaydigan kichkina qiyalik bilan quvurlarning yotqizilishiga yo‘l qo‘yiladi.
267. Sexlarda kirish quvurlarida texnologik tugunlar va o‘rnatishlarda — to‘siqli armatura o‘rnatilishi kerak. Diametri 400 mm va undan ko‘p bo‘lgan tez alanga oluvchi suyuqliklarni transportlash uchun quvurlarda — qo‘l bilan qayta takrorlash va masofadan boshqarish bilan to‘siqli armatura o‘rnatilishi kerak.
268. Quvurlarni belgilanishi va bo‘yalishi, mahsulot harakat yo‘nalishi ko‘rsatgichlari gost 12.4.026-76 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
269. Quvurlardan foydalanishda, quvurlarni tashqi yuzasining ahvoli va uning detallari (armatura, krepej, gardish ulamalari, payvand choklari), korroziyaga qarshi himoyasi va izolyatsiyasi, drenajli moslamalari, moslashtirgichlari, tirgovuch qurilma va boshqalar ko‘rikdan o‘tkazilib turilishi lozim. Ko‘riklar natijalarini jurnalda qayd qilinishi har smenada bir martadan kam bo‘lmasligi kerak.
V bob. Ta’mirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikni ta’minlash talablari
1-§. Ta’mirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikning umumiy talablari
270. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
271. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi hamda ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
272. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rsatilishi lozim.
273. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
274. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim.
275. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
276. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim.
277. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
278. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
279. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
280. Havoza va to‘shamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
281. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi lozim.
282. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
283. Barcha ta’mirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
284. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
285. Ta’mirlash olib borilayotgan joy va barcha o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
286. Ta’mirlash tugagach barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim. Barcha turdagi ta’mirlash ishlari tarmoq (idoraviy) nizomlariga muvofiq tuzilgan va tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy-ehtiyot ta’mirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
287. Yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektr uskunalarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun yetarli tajribaga ega bo‘lgan va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha toifasi IV guruhdan past bo‘lmagan xodim tomonidan 1000 V dan yuqori bo‘lgan kuchlanishdagi va malaka toifasi III guruhdan kam bo‘lmagan xodim tomonidan 1000 V gacha kuchlanishga ega bo‘lgan uskunalar bilan ishlashga ruxsat beriladi.
288. Barcha zararli va portlovchi gazlar bo‘lgan hamda gazlar yig‘ilish ehtimoli bor xonalarda ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek ta’mirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur.
289. Ta’mirlash ishlari vaqtida portlovchan gaz va bug‘lar ajralib chiquvchi jarayonlarni bajarish ishlari taqiqlanadi. Ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bug‘, gaz bor-yo‘qligini tekshirish lozim. Polga, maydonchaga, zinaga va boshqa joylarga metall asboblarni tashlash taqiqlanadi.
290. Vodorod, salomas, tizimidagi oqizish jo‘mraklari tiqilganda va vodorodni tozalash tizimida tiqinlarni ochishga faqat latun yoki mis simlar ishlatilishi lozim.
291. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur o‘tkazgich va mufta qobig‘ida turish taqiqlanadi.
292. Xodimlarning o‘tishi, shuningdek asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarini olib o‘tish uchun mo‘ljallangan yo‘llar sirpanchiq bo‘lmasligi kerak.
293. Zararli va portlovchan moddalar ishlatiluvchi asbob-uskuna va quvur o‘tkazgichlar devorining qalinligi (texnik ko‘rikdan o‘tkazish, parmalash, ultratovush yordamida) belgilangan muddatlarda tekshirib turilishi lozim.
294. Asbob-uskuna va quvur o‘tkazgichlarda ortiqcha bosim borligida boltlarni va shpilkalarni tortish taqiqlanadi.
295. Barcha portlab yonish xavfi bo‘lgan binolarda tortish shamollatish tizimi o‘chirilganda, rejali va ogohlantirish ta’mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
296. Asbob-uskuna (rezervuar)da ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin, unga ulangan barcha quvur o‘tkazgichlardan to‘sqich bilan to‘silgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda o‘tkir bug‘ bilan bug‘lantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan bo‘lishi kerak.
297. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa ta’mirlash ishlari ularni bajarish jarayonida ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay xavfli vaziyat yuzaga keltirish sharoitlari aniqlanganda to‘xtatilishi shart.
2-§. Apparat, sig‘im va quduqlar ichida ta’mirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
298. Apparat, sig‘im va quduqlarni ochish, ularni tekshiruvdan o‘tkazish, tozalash va ta’mirlash ishlari sex boshlig‘ining yozma ko‘rsatmasiga asosan (avariya hollaridan tashqari) muhandis-texnik shaxslarning uzluksiz nazoratida va ishga kirishish ruxsatnomasi to‘ldirilgandan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
299. Xodimlarni apparat (rezervuar) ichiga tushirishdan oldin unga ulangan barcha quvur o‘tkazgichlar to‘sgichlar bilan berkitilgan, texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan, o‘tkir hidli qoldiqlar neytrallashtiruvchilar bilan xavfsizlantirilgan, suv bilan yuvilgan (yoki bug‘langan) hamda 40°S ga qadar sovutilgan va shamollatilgan bo‘lishi kerak.
300. O‘z tuzilishida harakatlanuvchi qismlari bo‘lgan apparatlarga xodimlar tushirilishidan oldin, uni o‘chirish bilan quvvatsizlantirilishi, xavfsizlik qo‘shimchasi olinib, “Yoqilmasin, xodimlar ishlamoqda!” degan ogohlantirish yozuvi ilib qo‘yilishi kerak.
301. Apparat, sig‘im va quduqlarning ichidagi havodan olingan namunaning tahlili ularning ichidagi havoda hajmi bo‘yicha kamida 20 foiz kislorod borligini va ammiak, sirka kislotasi va boshqa zararli aralashmalar yo‘qligini ko‘rsatgan taqdirdagina ularning ichida ishlarni bajarishga ruxsat etilishi lozim.
302. Ishlar mas’ul muhandis-texnik xodimning rahbarligida kamida uch xodim tomonidan bajarilishi, ulardan biri apparat, idish yoki quduqning ichida bo‘lishi, ikkinchisi esa yuqorida turib qutqarish arqonini ushlagan holda ichkarida ishlayotgan xodimni kuzatib turishi va quduqning yonidan ketmasligi lozim.
303. Apparatning ichida ishlayotgan xodimning sog‘lig‘i yomonlashsa, u darhol ishni to‘xtatib, tashqariga chiqishi lozim. Zarur hollarda kuzatib turuvchi va ish rahbari jabrlangan xodimni tashqariga chiqarib olishlari shart.
304. Xodim avariya holatlarida ichida gaz bor yoki havo almashinuvi yetishmaydigan apparatlar, sig‘imlar, quduqlarda ta’mirlash ishlarini boshlashidan oldin shlangli protivogazni kiyishi lozim. Shlangning orqa uchi toza havoli hududga chiqarib, mahkamlanib qo‘yilishi shart.
305. Shlangli protivogazda tanaffussiz ishlash muddati 15 daqiqadan oshmasligi shart, shundan so‘ng xodim 15 daqiqa ochiq havoda dam olishi lozim.
306. Idishlarni, ularning ichiga xodimlarning tushishi bilan bog‘liq ishlarga tayyorlash hamda ishlash paytidagi ko‘riladigan xavfsizlik choralari naryad-ruxsatnomada bayon qilingan bo‘lishi lozim.
307. Ta’mirlash jarayonida yong‘in xavfsizligi choralarini ta’minlash uchun javobgarlik olovli ishlar olib boriladigan sex, tajribaxona, ustaxona, omborxona, bo‘lim rahbarlariga yuklatilishi kerak.
308. Vaqtinchalik payvandlash ishlari va boshqa olovli ishlar bajariladigan joylar obyektning yong‘in xavfsizligi uchun javobgar shaxsning (muassasa, sex, laboratoriya, ustaxona, omborxona va shu kabilarning rahbari) yozma ruxsati bilan aniqlanishi lozim.
309. Olovli ishlar bilan bog‘liq ta’mirlashga yong‘in xavfsizligi talablarini bilishi belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tgan va maxsus ruxsatnoma berilgan xodimlar qo‘yilishi lozim.
310. Olovli ishlarni boshlashdan oldin, ushbu ishlarni bajaruvchi xodimlar mazkur ishlab chiqarishda ishlarni bexatar bajarish qoidalari bilan tanishtirilishi lozim.
311. Ishlab turgan portlash xavfi bor obyektlar va ishlab chiqarish qurilmalariga 25 m gacha bo‘lgan masofadagi hududlarda olovli ishlarni bajarish taqiqlanadi.
312. Olovli ishlar bajarilayotgan ish joylarida xavf yuzaga kelgan zahotiyoq ish to‘xtatilishi shart.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
313. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
314. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
(314-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi, Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
VII bob. Yakuniy qoida
315. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksionerlik temir yo‘l kompaniyasi va “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
2011-yil 28-avgust
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 28-avgust
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 28-avgust
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2011-yil 28-avgust
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
2011-yil 28-avgust
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2011-yil 28-avgust
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2011-yil 28-avgust
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksionerlik temir yo‘l kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2011-yil 28-avgust
“Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi raisi A. BO‘RIYEV
2011-yil 28-avgust
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 441-modda; 2017-y., 28-son, 681-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.02.2022-y., 10/22/2274-2/0120-son; 08.07.2025-y., 10/25/2274-3/0575-son)