OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
BAKTERIYALI VA VIRUSLI PREPARATLAR ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2239]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-may,
29-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-maydagi 29-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining V boʻlimi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim. Ishlab chiqarishdagi zararli omillar roʻyxati GOST 12.1.005-88, SanQvaM 0046-95, SanQvaM 012-01, SanQvaM 0122-01, SanQvaM 0119-01 talablariga javob berishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi farmatsevtika tarmogʻiga oid roʻyxatlarga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan mehnatni muhofaza qilishga oid standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Xodimlar Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1861, 2008-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 402-modda) muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
28. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
29. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
30. Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarishda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkazilishi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
38. Bakteriya va virusli preparatlarni ishlab chiqarish va yaratishga bevosita aloqasi bor barcha ishga qabul qilinayotgan xodimlar, shuningdek steril xonalarda ishlaydigan xodimlar oshqozon-ichak guruhi infeksiyalari mikroblari va boʻgʻma (difteriya) kasalligi mikroblari, shuningdek zotiljam bilan kasallanmaganliklarini aniqlash maqsadida bakteriologik tibbiy koʻrikdan oʻtishlari lozim.
39. Ochiq turdagi zotiljamga, teri va tanosil (venerik) aʼzolarining shilliq qavatlarining yuqumli kasalliklariga chalingan, shuningdek boʻgʻma (difteriya) va oshqozon-ichak guruhi infeksiyalari bilan zararlangan bemorlar bakteriya va virusga qarshi ishlab chiqariladigan preparatlar bilan ishlashiga ruxsat berilmaydi.
40. Tashkilotning barcha xodimlari hech qanday istisnosiz asosiy yuqumli infeksion kasalliklarga qarshi vaksinalar bilan emlash orqali immunizatsiya etilgan boʻlishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
41. “Bacterium Calmetta-Guerin” (keyingi oʻrinlarda BSJ deb yuritiladi) vaksinasini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan xodimlar har uch oyda bir marta zotiljam va oshqozon-ichak guruhi bakteriyalari bilan zararlanmaganliklarini aniqlash maqsadida davriy majburiy tibbiy tekshiruvdan va klinik koʻrikdan oʻtishlari zarur. Bir yilda bir marta oʻpka va nafas olish yoʻllarini rentgenoskopiya tekshiruvidan oʻtkazish bilan birgalikda xodimlar toʻliq koʻrikdan oʻtkazilishlari lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
42. Ish tabiatidan kelib chiqqan holda laboratoriyalarga tashrif buyuruvchi va tashkilot jamoasiga xizmat koʻrsatuvchi, shuningdek 1, 2 va 3 guruh infeksiyalari bilan faoliyat yurituvchi xodimlar, ular qaysi turdagi infeksiyalar bilan yaqin aloqa etish holatlarini hisobga olgan holda immunizatsiya qilinishlari lozim.
Bunda 1, 2 va 3 guruh infeksiyalari quyidagilardan iborat:
1 guruh — yuqori kontagioz kasalliklar (oʻta xavfli infeksiyalar): oʻlat, vabo, virus B, ornitozlar;
2 guruh — sibir yarasining tashuvchilari, tulyaremiya, brutsellez, tabiiy chechak, quturish (koʻcha virusi), sapa, melioidoza, ensefalitlar (limfotsitar xoriomeningit, gemorragik bezgak, sariq bezgak), rikketsiozlar (tepkili terlama, sutsugamush, togʻlar bezgagi, KU bezgagi), traxoma virusi, prokaza;
3 guruh — ich terlamasining qoʻzgʻatuvchilari, paratif A va V, dizenteriya, listerellez, sil, boʻgʻma, botulizm, gaz gangrenasi, qotib qolish, qaytariluvchi terlama (burgali va kanali), leptospiroz, toksoplazmoz, pappatachi bezgagi, epidemik gepatit, poliomiyelit, epidemik parotit, oqsim, zaxm, trixofit, qoʻtir, kelib chiqishi hayvon va bakteriyali zaharli mahsulotlar (toksin).
43. Immunoklinik va vivariylar (hayvonlar tajribadan oʻtkaziladigan maxsus joy)ni ishchi xodimlarga bir yilda ikki marta belgilangan tartibdagi jurnalga majburiy qayd etish bilan takroriy instruktaj (ish faoliyatini yuritish boʻyicha koʻrsatma) oʻtkazilishi lozim.
44. Instruktaj (ish faoliyatini yuritish boʻyicha koʻrsatma) barcha holatlarda uning oʻtkazilishiga mutasaddi va javobgar boʻlgan ushbu tashkilotning rahbari tomonidan oʻtkazilishi lozim.
45. Xodimda taxminan 1 va 2 guruh patogenik kasallik qoʻzgʻatuvchilari keltirib chiqargan kasallik alomatlari kuzatilsa, epedimiyaga qarshi qoʻllanadigan choralar, diagnostik (tashxis) hamda bemorni ahvolini yaxshilovchi profilaktik amaliy davo chora-tadbirlari tashkilotning tezkor (operativ) rejasiga muvofiq yoki oʻta xavfli infeksiyalar oʻchoqlarini zararsizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha tuzilgan hududiy kompleks rejali chora-tadbirlar asosida oʻtkazilishi lozim.
46. Xodimda oʻzi ishlagan joyida kasallik qoʻzgʻatuvchi orqali yuqqan infeksion kasalliklarga xos alomatlar paydo boʻlsa, xodim tashkilot rahbarini yoki tashkilot navbatchisini bu holatdan xabardor etishi kerak.
47. Bir qator bakteriyalar, viruslar, toksinlar yoki hayvonot olamiga mansub ogʻular bilan ishlagan xodim kasallikka chalinganda epedimiologik anamnez (bemorni oʻz dardi haqida olingan maʼlumot) holatini aniqlash hamda uni zararsizlantirish, izolyatsiya qilish muhimligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish maqsadida tashkilot (sogʻliqni saqlash punkti, tibbiy sanitar boʻlimlari) shifokorini zudlik bilan bemorning uyiga joʻnatish kerak. Tashrif natijalari jurnalga qayd etilishi hamda tashkilot rahbariga maʼlum qilinishi lozim.
48. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyena talablari
49. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
50. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
51. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
9-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
52. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
53. Yoritgichlarning konstruksiyasi va tuzilishi elektr tarmoqning nominal kuchlanishi va tashqi muhitga mos xolda bajarilishi kerak.
54. Binodan tashqarida oʻrnatilgan, nam, oʻta nam, chang muhitli xonalardagi yoritqichlarning ishga tushirish apparatlari tashqi muhitdan himoyalangan usulda bajarilgan boʻlishi kerak.
55. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
56. Oʻta xavfli boʻlmagan xonalarda barcha statsionar yoritqichlarga 220 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanishdan foydalanishga ruxsat etiladi.
57. Choʻgʻlanma lampali mahalliy statsionar yoritqichlar uchun quyidagi kuchlanish qoʻllanishi lozim:
yuqori xavfli boʻlmagan xonalarda — 220 V dan yuqori boʻlmagan;
yuqori xavfli va oʻta xavfli xonalarda — 42 V dan yuqori boʻlmagan.
58. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
59. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
60. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
61. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
62. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
63. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda koʻchma elektr yoritqichlardan foydalanilganda kuchlanish 36 V dan yuqori boʻlmasligi kerak. Oʻta xavfli xonalarda (ishlab chiqarish uskunalari, bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalarni ichki sirtini) yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlar uchun tarmoqdagi kuchlanish 12 V dan oshmasligi kerak.
64. Elektr yoritish tarmoqlari poldan 2,5 m dan past boʻlmagan balandlikdan oʻtgan boʻlishi kerak.
10-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
65. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos boʻlishi kerak.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
66. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
67. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
68. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
69. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
70. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
71. Vivariylar (hayvonlar ustida tajriba oʻtkaziladigan maxsus joy) va immunoklinik binolar shu hudud uchun mos muayyan bir joyda esuvchi shamollar yoʻnalishini koʻrsatadigan tasvir asnosida joylashtirilishi, bino shamol esadigan tomonga qaratilishi, laboratoriya va ishlab chiqarish binolaridan kamida 100 m masofadagi uzoqlikda joylashgan boʻlishi lozim. Vivariylar (hayvonlar ustidan tajriba oʻtkaziladigan maxsus joy) va ishlab chiqarish-laboratoriya binolari oraliq atrofida kengligi 10 m boʻlgan yashil hudud (zona) tashkil etilishi lozim.
72. Tashkilot hududida, vivariylar (hayvonlar ustida tajriba oʻtkaziladigan maxsus joy) va immunoklinik binolar yaqinida tajriba qilinadigan hayvonlarning kirib-chiqishi uchun maxsus ajratilgan maydonlar boʻlishi kerak.
73. Virus va bakteriyalarga qarshi ishlab chiqariladigan preparatlar bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar kasallikka chalingan hayvonlar uchun maxsus izolyatorlar (toʻsiqlar) bilan jihozlanishi mumkin. Bunday izolyatorlar (toʻsiqlar) tajriba qilinadigan hayvonlarning kirib-chiqishi uchun maxsus ajratilgan maydonlardan kamida 100 m masofadagi uzoqlikda joylashgan boʻlishi lozim. Bunday izolyatorlar alohida darvozali panjara yoki devor toʻsiqlar bilan aylantirib oʻralgan boʻlish shart.
74. Tajriba qilinadigan yirik va katta hayvonlar uchun moʻljallangan karantin binolar vivariylar (hayvonlar ustidan tajriba oʻtkaziladigan maxsus joy)dan kamida 100 m masofadagi uzoqlikda joylashgan boʻlishi lozim. Karantin binolar devor yoki panjara toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi lozim. Karantin binosining devoridagi darvoza shunday joylashtirilishi zarurki, karantin qilinishi lozim boʻlgan hayvonlar tashkilot hududidan oʻtmasdan, bevosita karantin maydoniga olib kirilishi mumkin boʻlishi kerak.
75. Tashkilotning umumiy ovqatlanish xonasi virus va bakteriyalarga qarshi ishlab chiqariladigan preparatlar bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar hududi tashqarisida joylashgan boʻlishi lozim.
76. Ish shart-sharoitlariga koʻra begona shaxslarning tashrifi uchun moʻljallangan maʼmuriy-xoʻjalik binolari joylashuvi shunday boʻlishi kerakki, binolarning kirish va chiqish joylari ishlab chiqarish hududidan alohida toʻsilgan boʻlishi kerak.
11-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
77. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi kerak.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
78. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi lozim.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
79. Ishlab chiqarish idishlari yuviladigan va termik qayta ishlov beriladigan yuvish xizmati boʻlimlari gidroizolyatsiyaviy qavat asosida joylashtirilgan pollarga ega boʻlishi kerak. Pollar metlax (polga yotqiziladigan koshinlar) yoki kafel plitkalari bilan qoplangan boʻlishi kerak. Yuvish apparatlari, transporter va boshqalarning aylanuvchi qism va mexanizmlari maxsus toʻsiqlarga ega boʻlishlari lozim.
80. Pollar toʻkilgan suvni chiqarib yuborilishini taʼminlaydigan maxsus nishablik va yoʻlaklarga ega boʻlishi lozim.
81. Yuvish rakovinalari yonidagi ish joylar xodimlarni oyoqlari hoʻl boʻlmasligi va sovuq tortmasligi uchun yogʻochli toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
82. Ishlab chiqarish binolari oʻrnatilgan tartibda tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi va yaxshi yoritilgan boʻlishi lozim.
83. Steril ishlar uchun alohida xonalar (bokslar) va boshqa steril binolarni devor va shiftlari silliq qoplamalarga ega boʻlishi, pollar esa hech qanday choklarsiz materiallar bilan qoplangan, yon tarafi 25 sm balandlikda boʻlgan, devor ichiga kirgan hamda dumaloq burchaklarga ega boʻlishi kerak. Devor, shift va pollarni qoplash uchun moʻljallangan materiallar suv singdiruvchi, zaharli boʻlmagan, korroziyaga chidamli hamda dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida kundalik tozalash ishlariga imkon beruvchi xususiyatga ega boʻlishi lozim. Devorlarni choklarsiz kafel bilan qoplashga ruxsat beriladi.
84. Nopatogen materiallarni sterillash uchun barcha alohida xonalar (bokslar) steril kondensatsiyalangan havoni tortuvchi ventilyatsion moslamalar bilan jihozlangan boʻlishlari hamda ular keragidan ortiqroq bosimga ega boʻlishi lozim. Steril havoni yetkazib berish soatiga kamida V x 20 boʻlishi kerak, bu yerda V — xona (boks) hajmini anglatadi. Havoni taqsimlanishi tezligi 0,3 m/soniya boʻlgan yaqin laminar oqim yordamida belgilanadi.
85. Xonaga undan alohida ajratilgan oynali toʻsiqqa va eshikka ega boʻlgan “xonacha” (predboksnik) qoʻshilgan boʻlishi kerak. Ushbu xonachada bakteriya va urugʻlarni koʻpaytirish uchun moslangan muhit, ish uchun zarur asbob anjomlar, steril idishlar, sterillangan qoʻshimcha kiyimlar saqlanadi, shuningdek bu xonachada qoʻshimcha ishlar ham bajariladi.
86. Yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilar bilan ishlash uchun alohida xonalar, oqib kelish va soʻrib oluvchi sterillovchi filtrli ventilyatsiya bilan jihozlanishi kerak. Xonalar maʼlum miqdorda zararsizlantiruvchi moslamalar bilan jihozlanishi kerak.
87. Infeksion materiallar bilan ish olib boriladigan xonalar va boshqa binolar eshiklari ostonasida dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan toʻyintirilgan gilamlar toʻshab qoʻyilgan boʻlishi lozim. Eshiklar germetik (zich yopilgan, havo oʻtkazmaydigan) qistirmalarga ega boʻlishi lozim.
88. Steril xonalarda ishlovchi xodimlarni maishiy-hordiq chiqarish binolari, shuningdek patogenik mikroorganizmlar bilan ishlaydigan xodimlarning binolari ham belgilangan tartibdagi ushbu binolarga qoʻyilgan talablarga muvofiq kelishi lozim.
89. Axlat va mayda laboratoriya hayvonlarining jasadlarini yoqish uchun moʻljallangan pechlar (maxsus oʻchoqlar) har bir laboratoriya uchun alohida qurilgan boʻlishi lozim.
90. Zararlangan material va idishlarni sterilizatsiya qilish ikki tabaqali ochiq shakldagi avtoklav (narsalarni yuqori bosim ostida qizdirish uchun ishlatiladigan germetik qopqoqli apparat)lardan foydalanish zarur. Ushbu avtoklav (narsalarni yuqori bosim ostida qizdirish uchun ishlatiladigan germetik qopqoqli apparat)larni ortuvchi eshiklari zararlangan material va idishlarni qabul qilish uchun maxsus izolyatsiyaviy binoga kirishlari lozim. Ushbu binoning pollari zararli suyuqlikni polga tushgan holatlarda suyuqlikni tarqalib sizib ketmasligini oldini olish maqsadida gidroizolyatsiyaviy qavat asnosida yotqizilgan hamda metlax va kafel plitalari bilan qoplangan boʻlishi lozim. Zararsizlantirilgan idishlarni boʻshatish va tushirish avtoklav (narsalarni yuqori bosim ostida qizdirish uchun ishlatiladigan germetik qopqoqli apparat)ning ikkinchi eshigi orqali alohida xonaga olib kirish orqali amalga oshirilishi lozim.
91. Avtoklav (narsalarni yuqori bosim ostida qizdirish uchun ishlatiladigan germetik qopqoqli apparat) va zararlangan materialni qabul qilish uchun moʻljallangan binolar oʻng yon devori (borti) 100 mm dan kam boʻlmagan balandlikdagi maxsus metall moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Probirkalar, flakonlar, Bobrov apparatlari hamda toksinlar va bakteriyalar bilan zararlangan boshqa mayda idishlar qopqogʻi yopiq maxsus metall baklarga joylashtirilgan holda avtoklavlarda sterilizatsiya qilinadi.
92. Yilning issiq kunlarida ventilyatsion shamollatish qurilmalari orqali tashqaridan hasharotlarni kirib qolish imkoniyatlarini cheklash va oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrilishi lozim.
93. 1 va 2 guruh infeksion kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilar bilan ishlovchi ishlab chiqarish boʻlimlari yoki alohida binolarga joylashtirilishi kerak yoki ishlab chiqarish binosini oʻzida kirish va chiqish joylarini mujassam etgan alohida seksiyalarga joylashtirilishi lozim. 3 guruh infeksion materiallari bilan ishlovchi ishlab chiqarish boʻlimlarini joylashtirishda infeksiyani boshqa binolarga va xonalarga tarqalishiga toʻsqinlik qiluvchi barcha kerakli chora-tadbirlarni koʻrish lozim.
94. 1, 2 va 3 guruh infeksion materiallar bilan shugʻullanuvchi ishlab chiqarish boʻlimlarida tortuvchi ventilyatsiya shamollatish tizimi tashkilotning boshqa barcha ventilyatsion shamollatish tizimlaridan butunlay ajratib qoʻyilgan boʻlishi lozim. Soʻrib olinadigan ventilyatsiya shamollatish qurilmasining havoni chiqarish moslamasi soʻnggi element sifatida, chiqayotgan havoni mikroorganizmlardan xalos etuvchi filtrlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
95. 1, 2 va 3 guruh infeksion materiallar bilan shugʻullanuvchi ishlab chiqarish boʻlimlaridagi oqova suvlarni zararsizlantirish uchun maxsus oʻrnatilgan tartib asosidagi ularga termik ishlov berish natijasida toʻliq zararsizlantirish imkonini beradigan oqova suvlarni maxsus zararsizlantiruvchi moslamalar (toʻxtovsiz ravishda muntazam ishlaydigan sterilizatorlar) oʻrnatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
96. 1, 2 va 3 guruh bakteriyali moddalarni oʻzida mujassam etgan barcha suyuq chiqindilar va ularning toksinlari oqova suvlarga (kanalizatsiyaga) yuborilishidan oldin laboratoriyalarda termik va kimyoviy ishlov berish usuli orqali oqova suvlar tizimida sterilizatsiya uskunalarining borligiga qaramasdan toʻliq zararsizlantirilishi lozim.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
97. 1, 2 va 3 guruh kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilari bilan ishlovchi ishlab chiqarish boʻlimlari mazkur qoʻzgʻatuvchilar bilan ishlovchi har bir boʻlim uchun moʻljallangan alohida kishi va narsalarni sanitariya koʻrigidan oʻtkazadigan joylarga ega boʻlishlari lozim.
98. 1, 2 va 3 guruh infeksion kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilari bilan ishlovchi ishlab chiqarish boʻlimlarining suv taʼminoti tizimi maxsus jarayon asosida tashkil etilishi kerak, oʻstirish va eslatib oʻtilgan qoʻzgʻatuvchilarga ishlov berishning boshqa jarayonlarida uskunani bogʻlash tizimi shunday oʻrnatilgan boʻlishi kerakki, mikrobli suspenziyalarning suv tarmogʻi (vodoprovod) trubalariga soʻrilib sizib ketishi ehtimolini yoʻqotish zarurdir. Bu holat ushbu trubalarda toʻsatdan yuzaga keluvchi vakuum (boʻshliq) natijasida yoki uskunadagi bosim suv tarmogʻi tizimiga ulangan apparatdagi suv bosimidan katta boʻlish oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
99. Maxsus uskuna va mashina qurilmalariga ega sexlar va boʻlimlar uchun asbob-uskunalarni rejalashtirish, maydonlar tanlash, yoritilganlik meʼyorlari va uskunalarni joylashtirish amaldagi tegishli meʼyoriy hujjatlar asosida yuritilishi kerak.
100. Ishchi asboblar va uskunalardan foydalanishda amaldagi texnik qoidalardan foydalanish kerak boʻladi.
101. Ampulaga solish va qadoqlashning barcha jarayonlari uchun moʻljallangan binolar bloki mavjud xavfsizlik qoidalariga muvofiq tarzda qurilgan boʻlishi kerak.
102. Yangi tashkilotlarni loyihalashtirishda, shuningdek laboratoriya va ishlab chiqarish boʻlimlarini mavjud binolarga joylashtirishda yoki boʻlimlarni boshqa binolarga koʻchirishda tayyor mahsulotni kontaminatsiya (aralashib ketishi)ga butunlay toʻsqinlik qiladigan bir qator kompleks chora-tadbirlarni nazardan qochirmaslik kerak.
103. Amaldagi boʻlimlar, sexlar va laboratoriyalar binolarining rejalashtirilishini oʻzgartirishda yoki koʻrsatib oʻtilgan boʻlimlarni yangi binolarga koʻchirib oʻtkazishda yangi rejalashtirilgan sxema dastlab sanitariya epidemiologik nazorat idoralari tomonidan muvofiqlashtirilishi lozim. Boʻlimlar, sexlar va laboratoriyalarning ishga tushirilishi va oʻzgartirilgan yoki zarurat yuzasidan boshqa binolarga joylashtirilgan binolarning rejalashtirilgan sxemasi sanitariya epidemiologik nazorat idoralarining ruxsati bilan tegishli rasmiy bayonnoma (rasmiy hujjat) tuzish orqali amalga oshiriladi.
12-§. Maishiy binolarga, ularning miqdori, holati va joylashuviga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
104. Bakteriya va viruslarga qarshi ishlab chiqariladigan preparatlar bilan shugʻullanadigan va immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi har qanday tashkilotda sanitar maishiy va qoʻshimcha binolar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga hamda mazkur Qoidalarga muvofiq tarzda qurilishi kerak.
(104-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Maishiy va qoʻshimcha binolarni loyihalashtirish va qurish ishlab chiqarish obyektlari bilan bir vaqtda ish yuritilishini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak.
105. Maishiy binolar va qurilishlarning tarkibi mahsulot ishlab chiqarish turiga qarab belgilanadi.
106. Maishiy binolarni iloji boricha ish joylariga yaqin atrofga joylashtirish kerak.
107. Steril va nosteril binolarda ishlaydigan xodimlar uchun umumiy sanitar-maishiy binolar qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
108. Xavfli va oʻta xavfli infeksion materiallar joylashgan binolarda ishlaydigan xodimlar uchun maxsus maishiy binolar ajratilishi kerak.
109. Zararsizlantirilgan (aseptik) binolarga kirish maxsus maishiy binolar — dushxona, kiyinish xonasi orqali amalga oshirilishi lozim.
110. Ishchi kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan kiyinish xonalari (garderoblar), hojatxonalar, dushxonalar ayollar va erkaklar uchun alohida boʻlishi lozim.
111. Garderob va dush xonalari oʻlchamlari, dushxonalarning setkalari, oyoq vannalari, yuz yuvadigan moslamalar, ichimlik suvi taʼminoti, hojatxonalar va boshqalar sonini koʻp ishchi smenalar sonini nazarda tutgan holda eʼtiborga olish zarur.
112. Ishlab chiqarish tabiatidan kelib chiqqan holda 40 % miqdordagi hisobga koʻra yuz-qoʻl yuvgichlarni ishlab chiqarish binolarida ish joylariga yaqin atrofda (peshayvonda yoki hojatxonalarda) joylashtirishga ruxsat beriladi.
113. Yuvinish va choʻmilish uchun har bir moslama sovuq va issiq suv bilan taʼminlovchi quvurga ulangan boʻlishi lozim.
Yuvinish va choʻmilish binolarida oyna, kiyimlarni osib qoʻyish uchun ilgich, elektr quritish moslamasi, suyuq va qattiq sovun solinadigan idishlar boʻlishi kerak, shuningdek eng koʻp ishlovchi smenada har bir 40 nafar ishchiga bitta moslama hisobidan kelib chiqqan xolda xlor eritmasida qoʻl yuvish uchun moslama nazarda tutilishi lozim.
114. Maxsus kiyimlarni tozalashda tashkilotlarda kir yuvish xonalarning boʻlishi nazarda tutilishi kerak. Kir yuvish xonalarining tarkibi va binolar maydoni aholiga maishiy xizmat koʻrsatish tashkilotlarini loyihalashtirish qoidalari va qurilish meʼyorlariga muvofiq tarzda amalga oshirilishi lozim.
115. Kiyinish xonalari (garderoblar) koʻcha va ish kiyimlarini saqlash uchun moʻljallangan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
116. Ish kiyimlarini saqlash uchun moʻljallangan kiyinish xonalari (garderoblar) koʻcha kiyimlari saqlanadigan kiyinish xonalaridan alohida joyda boʻlishi kerak. Maishiy xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga muvofiq tortuvchi ventilyatsiya shamollatish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
(116-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
117. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
(117-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
118. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
119. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi kerak.
120. Ish joylarida havo harorati mikroiqlim koʻrsatkichlari SanQvaM 0203-06 talablariga mos kelishi kerak.
121. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam boʻlmasligi kerak.
122. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
14-§. Elektr qurilmalari va ularni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasiga qoʻyiladigan talablar
123. Tashkilotda rahbarning buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun masʼul shaxs tayinlangan boʻlishi va bu shaxs elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
124. Kuchlanish 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishda elektr xoʻjaligi uchun masʼul shaxs elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishda IV malaka guruhiga ega boʻlish talab etiladi. Masʼul shaxs hamda tashkilotdagi elektr uskunalarga xizmat koʻrsatuvchi elektrotexnik xodimlar davriy ravishda oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha bilim sinovidan oʻtishlari shart.
125. Tashkilotning elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs quyidagilarni taʼminlashi shart:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejali taʼmirlash ishlari va profilaktik sinovlarni belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini tashkil etishni;
elektr energiya sarfining hisobini olib borishni;
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini.
126. Elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatuvchi barcha elektrotexnik xodimlar kerakli himoya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishlari talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
127. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(127-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
128. Energotaʼminot korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar talablariga zid boʻlgan elektr qurilma va jihozlaridan hamda shikastlangan elektr kabellar va simlardan foydalanish taqiqlanadi.
129. Yoritqichlar, elektr qurilmalar hamda elektr tarmoqlari xonalarning muhit sharoitlariga va u yerdagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos xolda tanlanishi kerak.
130. Elektr qurilmalarda izolyatsiyaning ishdan chiqishi natijasida xodimlarning elektr tokidan jarohatlanishini oldini olish maqsadida barcha elektr qurilmalar zaminlangan yoki nollangan boʻlishi kerak.
Elektr qurilmalarni zaminlash yoki nollash quyidagi holatlarda amalga oshirilishi lozim:
kuchlanish 380 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda barcha elektr qurilmalarda;
nominal kuchlanish 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda — faqat yuqori xavfli, oʻta xavfli xonalardagi va tashqi qurilmalarda.
Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarni zaminlash yoki nollash talab etilmaydi. Umumiy metall konstruksiyaga oʻrnatilgan, kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda ishlaydigan va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan kontrol kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi chulgʻamlari bundan mustasno.
131. Yerga tok oʻtkazuvchi konstruksiyalar konturga payvandlangan, elektr uskuna, mashina va apparatlarning korpuslari koʻp tolali egiluvchan sim orqali zanglamaydigan bolt bilan konturga biriktirilgan boʻlishi kerak.
132. Elektr dvigatellarning aylanadigan qismlari va elektr dvigatelni mexanizmlar bilan bogʻlovchi qismlari (mufta, shkiv) toʻsiq bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
133. Nostandart elektr isitgichlardan hamda nostandart (qoʻlbola) saqlagichlardan foydalanish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15-§. Suv taʼminoti va oqova suvlar tizimiga qoʻyiladigan talablar
(15-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
134. Suv bilan taʼminlash va oqava suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” hamda OʻzMSt133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga mos kelishi kerak.
(134-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
135. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
136. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
137. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiqlik va oqova suvlar tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(137-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
138. Tashkilotda oqava suvlar tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarini mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(138-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
139. Oqova suvlarini hosil qilish va suv havzalariga tushirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son “Kommunal xoʻjaligi tizimida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2014-yil 21-yanvardagi 14-son “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 22-noyabrdagi 26-son “Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0083-24-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 321, 2024-yil 13-dekabr) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(139-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
140. Tashqi oqova suvlarning barcha tizimi yopilgan boʻlishi kerak. Suv yuvib ketadigan va jala suvlarini qaytarish uchun ochiq maydonlarda maxsus moslamalarni oʻrnatishga ruxsat beriladi.
Ishlab chiqarish sexlari ichkarisidagi zararlangan ishlab chiqarish oqova suvlar tizimi yopilgan boʻlishi kerak.
(140-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
141. Ishlab chiqarishning suyuq chiqindilari tizimini suyuqlikni teskari oqimi boʻylab oqishini oldini olish maqsadida ularning oʻtish joylari tegishli ventilyatsion moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
142. Maxsus zararlangan hamda tozalashga yaroqsiz oqova suvlar yoʻq qilinadi yoki maxsus uzoq joylarga yuboriladi.
143. Har bir tashkilot sanoat va maishiy oqar suvlarning effektiv faol tarzda tozalanishining muntazam ravishdagi nazoratini taʼminlashi lozim.
16-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
144. Xodimlarning ish vaqti, dam olish payti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Texnologik hujjatlarda inobatga olinishi lozim boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
145. Tashkilotlarda texnologik jarayonlar TSt 19-02-2003 “Tibbiyot va mikrobiologiya sanoati mahsulotlari. Ishlab chiqarishning texnologik reglamentlari. Mazmuni, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi” talablariga muvofiq texnologik jarayonlarni tashkil etish boʻyicha sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar, mehnat xavfsizligi standartlari talablari hamda xavfsizlik texnikasi boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(145-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
146. Texnologik jarayonning harorat, bosim va boshqa parametrlari, shuningdek yuklanayotgan xom ashyo miqdori, seriyalar raqamlari, chiqish maʼlumotlari hamda alohida izohlar texnologik daftarlar va operatsion varaqlarida aks ettirilishi lozim.
147. Ish joylarida va sex boshligʻida texnologik yoʻriqnomalar va xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi va sanoat sanitariyasi boʻyicha yoʻriqnomalar boʻlishi lozim.
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
148. Ishlab chiqishda oʻrganilmagan yongʻin va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qoʻllash taqiqlanadi.
149. Texnologik jarayonni ishlab chiqish, unga apparaturani kiritish, nazorat va boshqaruvni amalga oshirishda, shuningdek avariyaga qarshi himoya vositalarining tanlovida yongʻin va portlash xavfsizligi taʼminlanishi lozim.
150. Texnologik obyektlarning portlash xavfliligi holati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatiladi.
151. Texnologik jarayonlar joylashtirilgan binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 20-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir aniq holat uchun alohida aniqlanadi.
152. Bir marotaba ishlab chiqarishda, sex yoki qurilmada bir vaqtning oʻzida yoki navbatma-navbat bitta idishda va quvurlarda hamda bitta uskunalarda etil va metil spirtini qoʻllash taqiqlanadi.
153. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof-muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va shu kabilar) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan shart-sharoitlar taʼminlanishi lozim.
154. Barcha ishlab chiqarish sexlari, xom ashyo va tayyor mahsulot omborxonalari, maʼmuriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
155. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
156. Kuch va yoritish tizimi tarmoqlarining elektr asbob-uskunalari hududlar tasnifi hamda binolar va xonalarning toifasiga binoan talab qilinadigan meʼyorlarga javob berishi lozim.
3-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalari avtomatik oʻchishini taʼminlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
157. Portlash jihatidan xavfli texnologik jarayonlar uchun texnologik uskunalarda avariyaga qarshi himoya tizimlari nazarda tutilishi lozim.
Avariyaga qarshi himoya tizimlari texnologik jarayonni boshqarishning umumiy tizimiga ulangan holda boʻlishi kerak.
158. Avariyalarning oldini olish maqsadida texnologik tizimlarda avariyaga qarshi qurilmalarni, jumladan qulflash, qulflash-tartibga solish temirini, klapanlarni, ajratuvchi va boshqa oʻchiruvchi qurilmalarni hamda bosim qiymati oshib ketishiga qarshi saqlovchi qurilmalarini qoʻllash tavsiya qilinadi.
159. Texnologik jarayonni olib borish xavfsizligi aniq bir parametrlar (harorat, bosim, rN va boshqalar) bilan belgilanadigan barcha apparatlarda (signal beruvchi asboblar, rostlovchi asboblar, oʻziyozar asboblar va koʻrsatuvchi asboblar) oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
160. Mehnat sharoitlari xavfsizligini taʼminlash va texnologik jarayonning fizikaviy-kimyoviy parametrlarini nazorat qilish uchun ishlab chiqarishlar nazorat-oʻlchov asboblari, avariya, ogohlantiruv va texnologik signalizatsiyalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
161. Apparatlar ichidagi toksik tez oʻt oladigan va oʻyuvchi suyuqliklarning sathini oʻlchash ishlari sath oʻlchagich yordamida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
162. Tashkilot va sex rahbariyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq zararli ish sharoitlarini bartaraf etish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining tegishli sanitariya-gigiyena holatda saqlanishini taʼminlash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrishi shart.
(162-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
4-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishi haqida oʻz vaqtida xabar berish usullari
163. Yonuvchi gazlar, tez oʻt oladigan suyuqliklar bugʻlari ajralib chiqishi ehtimoli boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida havo tarkibida bugʻlar va gazlarning portlash jihatidan xavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun (bugʻlar va gazlarning ajralish ehtimoli yuqori boʻlgan joylarda) avtomatik signalizatorlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Signalizatorlar avariya ventilyatsiyasiga ulangan boʻlishi zarur.
Yonuvchi gazlar va bugʻlarining portlash jihatidan xavfli darajalari haqida darak beruvchi signalizatsiya tizimlari (chiroqli va tovushli) signallashtirilgan boʻlishi lozim.
164. Avariya yoki boshqa nosozliklar aniqlangan holda, avariya vaziyati masʼul shaxslar tomonidan baholanishi, shuningdek sexda avariya holati eʼlon qilinishi hamda bu toʻgʻrisida tashkilotning rahbari xabardor qilinishi lozim.
5-§. Texnologik jarayon buzilgan holatda xodimlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar
165. Quyidagi holatlar vujudga kelganda texnologik apparatlarning ishi zudlik bilan toʻxtatiladi:
avariya haqida darak beruvchi signalda;
uskunalar va quvurlarning germetikligi shikastlanganda;
toʻsatdan zararli ishlab chiqarish mahsulotlarining hidi yoki koʻzga koʻrinarli miqdori paydo boʻlishida;
xavfli va oʻta xavfli bakterial, virusli materiallar, toksinlar va hayvonlarga oid zaharlar boʻlgan ampulalar buzilganda;
yongʻinda;
baxtsiz hodisada.
166. Ishlab chiqarish xonalarining ish joylarida zararli gazlar, bugʻlar va chang miqdori ruxsat etiladigan eng yuqori konsentratsiyalaridan ortiq boʻlmasligi lozim.
167. Ampulalarni kavsharlash hududlarida ishlashda gorelka nosoz yoki gaz magistrali teshik boʻlganda mashinada ishlash taqiqlanadi.
168. Ishlab turgan gorelkani qarovsiz qoldirish va tez oʻt oluvchi materiallarni gorelkaga yaqin joyda saqlash taqiqlanadi.
6-§. Xom ashyo, yordamchi materiallarga qoʻyiladigan talablar
169. Ishlab chiqarishga kelib tushayotgan xom ashyoga uning analitik pasporti ilova qilinishi lozim.
170. Xom ashyo va yordamchi materiallarni sohaga taalluqli ilmiy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq texnik va sifatini nazorat qilish boʻlimlarining xulosasi olingandan hamda laboratoriya tekshiruvi oʻtkazilganidan soʻng ishlab chiqarishga qoʻyiladi.
171. Xom ashyoga uning toksikologik va yongʻin tavsifi ilova qilinishi shart.
172. Xom ashyo zavodning birlamchi oʻramida omborxonalarda saqlanishi kerak.
7-§. Xom ashyo, yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transportda tashish usullariga qoʻyiladigan talablar
173. Xom ashyo va yordamchi materiallar umumiy zavod omborxonalarida saqlanadi va bir-ikki sutkalik zaxirani taʼminlaydigan miqdorda sexga uzatiladi.
174. Yangi loyihalashtirilayotgan ampula sexlaridagi omborxonalarni shisha droti, shisha ampulalari, kartonaj buyumlari va bunday ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan boshqa materiallar zaxiralarini bevosita sex yonida saqlash imkoniyatini moʻljallagan holda loyihalashtirish maqsadga muvofiqdir.
175. Xom ashyo va yordamchi materiallar ularning bir-biriga erkin yaqinlashish imkoniyatini taʼminlaydigan usulda joylashtirilishi lozim.
176. Oʻt olish harorati 450° va undan past boʻlgan tez oʻt oluvchi suyuqliklar rezervuarlarda saqlanishi lozim.
177. Tez oʻt oluvchi va yonuvchi suyuqliklar metall idishlarda saqlanishi lozim. Ayrim hollarda toza va korroziyani yuzaga keltiruvchi suyuqliklarni (spirtlar, efirlar, kislotalar) shisha idishlarda, zichlagich materiali bilan obreshetkalarda sigʻimi 80 litrgacha boʻlgan yopiq butillarda saqlash mumkin.
178. Oʻzaro taʼsir etishi mumkin boʻlgan kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni bitta xonada saqlash taqiqlanadi.
179. Kislotalar va boshqa agressiv suyuqliklar uchun rezervuarlarni oʻrnatishda va ularni taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik va qulaylik taʼminlanishi zarurligi hisobga olinishi lozim.
180. Tayyor mahsulotni saqlash immunobiologik preparatlarni but saqlanishini taʼminlaydigan xonalarda amalga oshirilishi lozim.
181. Zarur hollarda saqlanayotgan mahsulotni davriy asosda koʻrikdan oʻtkazish muddatlariga, joylashtirish usuli talablariga hamda zaharli va kuchli taʼsir etuvchi, tez oʻt oluvchi, portlash jihatidan xavfli mahsulotlar va saqlash muddati cheklangan mahsulotlarni saqlash yuzasidan maxsus talablar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
182. Zaharlarni sex omborxonalarida saqlash taqiqlanadi.
Kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar masʼul shaxslarning nazorati ostida maxsus omborxonalarda saqlanishi lozim.
183. Omborxonadagi xonalarining tashqi yuzalari tozalash va dezinfeksiyalash uchun qulay boʻlishi kerak.
184. Saqlash xonalari yetarli darajada sodda, toʻgʻri yoritilgan, saqlanayotgan materiallarni quruq, toza va tartibli joylashtirishni taʼminlaydigan tarzda jihozlangan hamda yetarli miqdorda stellajlar, shkaflar va poddonlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
185. Omborxona qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Omborxonaga begona kishilarning kirishi taqiqlanadi.
186. Barcha boshlangʻich immunobiologik preparatlarni, yordamchi moddalar va idish-oʻram materiallari sohaga tegishli meʼyoriy hujjatlarga javob berishi lozim.
187. Kislotalar va ishqorlarni oqim-tortish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan alohida xonada, germetik yopiq idishda saqlash lozim.
188. Oziq-ovqat xom ashyolarini (shakar, kraxmal, un va boshqalar) sanoat oʻramida, nomiga koʻra alohida, omborxonaning boshqa xonalaridan izolyatsiyalangan, quruq va shamollanadigan xonalarda saqlash lozim.
189. Boshlangʻich immunobiologik preparatlarni, yordamchi moddalarni va idish-oʻram materiallarini tashish uchun tozalikda saqlanishi zarur boʻlgan maxsus transport zarur. Jalb qilingan yoki yoʻlovchi transportdan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
190. Tashish jarayonida boshlangʻich immunobiologik preparatlarni, yordamchi moddalar va idish-oʻram materiallari pana joyda saqlash yoki maxsus qoplama yordamida quyosh nurlaridan, atmosfera yogʻinlari va changdan himoyalangan boʻlishi lozim.
191. Yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni saqlash uchun moʻljallangan omborxona xonalarini sanoat korxonalarini loyihalashtirishning yongʻinga qarshi va sanitariya meʼyorlariga binoan jihozlash va saqlash zarur.
192. Xom ashyoni qabul qilish, saqlash, berish va tayyorlash xonalarida immunobiologik moddalarini tortish uchun moʻljallangan va havo tortish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan ish joyi ajratilishi kerak.
8-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining manbasi boʻlgan ishlab chiqarish chiqindilarini oʻz vaqtida chiqarib yuborish va zararsizlantirish yuzasidan talablar
193. Texnologik chiqindilar ularni atmosferaga chiqarib yuborishdan oldin zararli mahsulotlardan tozalanishi yoki tizimga qaytarilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
194. Tashkilot hududida yetarli miqdorda axlat va chiqindilarni yigʻish uchun metall yoki plastik konteynerlar oʻrnatilgan talablarga mos ravishda jihozlangan maydonchalar boʻlishi lozim. Maxsus jihozlangan axlat tashuvchi mashinalarda axlat va chiqindilarni tizimli ravishda markazlashtirilgan holda olib chiqib ketish taʼminlangan boʻlishi lozim. Bunday maydonchalarga yongʻin brandspoytini ulash koʻzda tutilgan suv quvuri va suv tushirib yuboriladigan oqova suvlar tizimi keltirilgan boʻlishi lozim.
(194-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Avtotransport oʻtishi uchun moʻljallangan barcha oʻtish joylari va yoʻllar asfaltlangan boʻlishi lozim.
195. Ishlab chiqarish chiqindilarini va boshqa chiqindilarni muntazam ravishda maxsus moʻljallangan pechlarda yoqib yuborish orqali yoʻq qilish yoki tashkilotlardan maxsus belgilangan joyga olib chiqish lozim.
Axlatni mahalliy tarzda tashkilot hududida yoʻq qilinishi uchun majburiy tarzda maxsus pech bilan jihozlangan boʻlishi lozim boʻlib, u quruq va nam chiqindilarni, shuningdek tajribada boʻlgan hayvonlar jasadlarini yoqib yuborish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim. Bunday pech boʻlmagan taqdirda axlatni shahar chiqindixonalariga chiqarib tashlash, tajribada boʻlgan hayvonlar jasadlari esa — hayvonlar jasadlarini yoʻq qilishga ixtisoslashgan korxonalarga topshirilishi lozim.
196. Tashkilotda yoʻq qilinishi lozim boʻlgan oʻram va belgi qoʻyish materiallarining, shuningdek boshlangʻich xom ashyo va yaroqsiz deb eʼtirof qilingan mahsulotlarning oʻgʻirlanishini oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilgan boʻlishi lozim.
9-§. Xodimlarning xom ashyo, yordamchi materiallar, yarim mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va xodimlarga zararli taʼsir koʻrsatadigan ishlab chiqarish chiqindilari bilan bevosita aloqada boʻlishining oldini olish boʻyicha choralar
197. Ishlab chiqarish xonalarida infeksion materiallar bilan ishlash bu xonalarning zararlanish imkoniyatini tugʻdirmasligi lozim.
198. Toksik, tez oʻt oluvchi va agressiv suyuqliklar uchun sigʻimli apparaturadagi sathlarni oʻlchash ishlari apparatlarning qopqogʻini ochish zaruratini istisno etuvchi sathoʻlchagichlar yordamidagina amalga oshirilishi kerak.
10-§. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan himoya qilishni taʼminlash boʻyicha talablar
199. Texnologik jarayonlarning tashkil etilishi va ishlab chiqarish uskunalari xodimlarning uskunalarga xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda taʼsir qiluvchi (qoʻzgʻatuvchi) hamda zararli va agressiv moddalar bilan aloqada boʻlishi ehtimolini istisno etishi lozim.
11-§. Bakteriyali va virusli preparatlarni ishlab chiqarish
200. 1, 2 va 3 guruh infeksion materiallar bilan ishlaydigan boʻlinmalar joylashgan xonalarga begona shaxslarning kirishi qatʼiyan man etilishi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
201. Barcha ishlab chiqarish boʻlinmalarida Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1861, 2008-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 402-modda) muvofiq maxsus kiyimlarda ishlashi lozim.
202. 1, 2 va 3 guruh infeksion kasalliklar qoʻzgʻatuvchilari bilan ish olib boriladigan boʻlinmalarda xodimlar quyidagilarga rioya etishga majbur:
respirator infeksiyalari bilan ishlaganda soʻzsiz olti qavatli dokali sterillangan niqob yoki respiratorlarni taqishi lozim;
ish tugagandan soʻng maxsus sanitariya koʻrigidan oʻtish joyida ishlovdan oʻtish;
uy kiyimi va maxsus kiyimni alohida shkaflarda saqlashi;
davriy ravishda garderobdagi oʻz individual shkaflarni dezifeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantirib turishi;
oʻz ish boʻlinmasi xonasidan boshqa boʻlinmalarga chiqishda, xodimlar ish kiyimini yechishi va boshqa toza xalat kiyishlari shart. Bunday xalatdan oʻz ishlab chiqarish boʻlinmasida ishlash uchun foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
203. Mazkur infeksion kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilar bilan bevosita ishlaydigan 1, 2 va 3 guruhlarga mansub xodimlar boshqa boʻlinmalar joylashgan xonalarga, ayniqsa barcha ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatuvchi boʻlinmalarga (toza idishlar, steril materiallar omborxonalari, tayyor mahsulotni quyish va boshqalar) kirishi man etiladi.
204. 1, 2 va 3 guruh infeksiya qoʻzgʻatuvchilari bilan ishlaydigan qattiq chiqindilar, laboratoriyadagi tajribada boʻlgan hayvonlar jasadlari maxsus pechlarda yoqib yuborilishi kerak. Zararlangan chiqindi va tajribada boʻlgan hayvonlar jasadlari qozonxonalarning oʻtxonasida va umumiy foydalanishga moʻljallangan axlatni yoqish pechlarida yoqib yuborish qatʼiyan man etiladi.
205. 1, 2 va 3 guruh infeksion materiallar bilan ishlaydigan boʻlinmalar bilan band boʻlgan xonalardan yarim tayyor mahsulotlar, idishlar va hokazolarni olib chiqishda ularning yuza qismini dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan artish yoʻli bilan zararsizlantirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilishi lozim.
206. Barcha ishlab chiqarish xonalarida hamda ilmiy-tadqiqot ishlari uchun moʻljallangan xonalarida sichqon, suvarak va boshqalarning paydo boʻlishi va tarqalish imkoniyatini yoʻq qiluvchi choralar koʻrilishi lozim.
207. Xalat kiygan xodimlarning ovqatlanish xonalarida, konferens-zallarda va boshqa umumiy foydalanish uchun moʻljallangan xonalarda boʻlishi qatʼiyan man etiladi.
208. Barcha ishlab chiqarish — laboratoriya xonalarida ovqatlanish va chekish qatʼiyan man etiladi.
209. Yuqumli materiallar yoki hayvoniy kelib chiqishga ega boʻlgan zaharlar bilan ishlaganda tegishli asboblardan foydalanish lozim. Ushbu asboblardan foydalangandan soʻng ular gorelka alangasida kuydirish, qaynatish va boshqa toʻliq zararsizlantirishni taʼminlovchi usul bilan zararsizlantirilishi lozim.
210. Suyuq yuqumli materiallarni pipetkalarga soʻrib olish qatʼiy man etiladi. Bunday ishni bajarish uchun rezina grusha kiydirilgan pipetkalardan yoxud bir martalik uchliklari boʻlgan dozatorlardan foydalanish lozim.
211. Yuqumli materialni bir idishdan boshqasiga quyish yoki uni pipetka yoki dozatorga soʻrib olish ishlari dezinfeksiyalovchi eritma quyilgan maxsus metall lotok ustida amalga oshirilishi lozim.
212. Bakterial mikroorganizmlar va toksinlar solingan shisha idishlar termostatlarda yoki boshqa xonalarda boʻlishi lozim va ular maxsus metall lotoklarga oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Ushbu lotoklarning bortlari balandligi shunday boʻlishi lozimki, idishda tasodifan tirqish hosil boʻlishi natijasida undan toʻkilgan suyuqlik lotokka sigʻishi va undan toʻkilib oqib ketmasligi kerak.
213. Agar bunday xonada qoʻzgʻatuvchilar yoki mikrobli toksinlari boʻlgan suyuqlik tasodifan toʻkilsa, bu xona zararlangan hisoblanadi. Zararlangan xonada boʻlgan barcha xodimlar zararsizlantirish vositalari yordamida zararlangan sohalarni zararsizlantirish choralarini koʻrishlari kerak. Shu vaqtning oʻzida boʻlinma rahbari va sanitar-epidemiologik rejim qoidalarining bajarilishi uchun masʼul boʻlgan shifokorni ham xabardor qilish lozim. Shifokor voqea sodir boʻlgan joyda zararsizlantirish boʻyicha koʻrilgan choralarning toʻliqligi va taʼsirga ega boʻlganligini tekshiradi va shundan keyin xodimlarga zararlangan xonadan chiqishga ruxsat beradi.
214. Qoʻzgʻatuvchilar yoki mikrobli toksinlari boʻlgan suyuqlik xodimlarning kiyimi, poyafzali yoki badanining biror qismiga quyib yuborilsa yoki sachrab ketsa, qoʻshimcha ravishda tezkor shaxsiy profilaktika, shuningdek zararlangan kiyim va poyafzalni zararsizlantirish choralari koʻrilishi lozim. Yuqorida qayd etib oʻtilgan suyuqliklar ogʻiz boʻshligʻiga yoki shilliq qobiqlarga tushish holatlarida shifokor koʻrsatmasiga binoan maxsus profilaktik choralar koʻrilishi kerak.
215. Yuqumli materiallar bilan ish olib boriladigan barcha xonalar har kuni nam usul bilan, dezinfeksiyalovchi eritma yordamida yigʻishtiriladi.
216. Steril ishlar uchun ajratilgan alohida xonalar davriy ravishda dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida zararsizlantirilishi lozim. Bundan tashqari, har kuni bakteritsid chiroqlar yordamida qoʻshimcha zararsizlantirish ishlarini ham amalga oshirish zarur.
217. Xonalar havosini bakteritsid chiroqlar yordamida zararsizlantirish xonada kishilar boʻlganda ham, boʻlmaganda ham amalga oshirilishi mumkin.
218. Koʻrish sohasida joylashgan bakteritsid chiroqlar bilan ishlaganda, koʻzlarni oddiy oynali koʻzoynaklar bilan himoyalash zarur va yuz hamda qoʻllar terisining ochiq sohalarini nurlanishdan saqlash uchun qoʻlqop va dokali bogʻlamalardan foydalanish kerak.
219. Steril ishlar uchun maxsus ajratilgan xonalar havosini zararsizlantirish odamlar yoʻqligida bakteritsid chiroqlar yordamida 5-6 soat davomida amalga oshirilishi lozim.
Ish boshlanishidan kamida 30-60 daqiqa oldin bakteritsid chiroqlar oʻchirilishi lozim va bu davrda bokslarning steril shamollatish tizimi ishga tushirilishi lozim.
220. Maxsus texnologik muzlatgich kameralarida manfiy haroratlarda ishlovchi xodimlar bepul maxsus kiyim ajratishning sohaga oid meʼyorlarida koʻzda tutilgan issiq kiyim, poyafzal, bosh kiyimidan foydalanishlari zarur.
221. Xonalarni yigʻishtirishda xizmat koʻrsatuvchi personal majburiy ravishda rezinali texnik qoʻlqoplardan, zarur hollarda respiratordan foydalanishi zarur.
222. Bakterial toksinlar bilan texnologik amaliyotlarni bajarish toksinlar bilan bevosita aloqa holatini butunlay istisno qiluvchi sharoitlarda amalga oshirilishi darkor. Quruq toksinlar bilan ishlash germetik yopiq stol usti bokslarida, maxsus qurilmalar bilan amalga oshirilishi kerak.
223. Preparatlarni sublimatsion quritib olish ishlari ehtimoliy nomutanosiblik holatini eʼtiborga olgan holda amalga oshirilishi zarur. Bunda preparatlar, misol uchun tirik sibir kuydirgisi vaksinasi, BSJ vaksinasi va boshqalarni buning uchun alohida xonalarda oʻrnatilgan maxsus ajratilgan apparatlarda quritib olish zarur.
12-§. 1, 2 va 3 guruh bakteriyalar va viruslar kulturalarini sublimatsion tarzda quritishda xavfsizlik talablari
224. Predboksnik bilan ishlagandagi quritish steril ishlar uchun maxsus izolyatsiyalangan boksda amalga oshirilishi lozim.
225. Quritish boksida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya haqida ogohlantiruvchi va boshqa shaxslarning kirishi uchun qoʻngʻiroq boʻlishi lozim.
226. Quritish boksida kollektor yoki kamerali tipdagi sublimatsion — quritish moslamasi, metall lotoklar, ikkita qoʻshimcha stol, sochiqlar osgich, bitta vintli stul, bachok va dezrastvorlik idish (5% lizol eritmasi, 3% vodorod peroksidi eritmasi, 3 — 5% fenol eritmasi, 3% ishqor eritmasi va hokazolar), vakuum ostidagi ampula karuselini kavsharlash, ampulalik kassetalarni muzlatuvchi sovuqlik saqlanadigan idish.
227. Predboksnikda telefon, texnik jihozlar, spirt, maxsus kiyimi va avtoklav bilan yozuvni amalga oshiruvchi navbatchining stoli turishi lozim. Navbatchining stoli ustida boshqaruv pulti va sublimatsion — quritish nazorat moslamasi turishi lozim. Predboksnikda 3% karbola kislotasi yoki boshqa dezinfeksiyalovchi eritma bilan namlangan gilamcha boʻlishi lozim.
228. Quritish vaqtida boksda biror bir buyumni avvaldan zararsizlantirmasdan olib chiqib ketish mumkin emas.
229. Oʻta xavfli materialni kollektor tipidagi taroqsimon ampulalarda quritishga ruxsat etiladi. Taroqlar va ampulalar infeksion materialning quyilishidan avval diqqat bilan quritish nazoratchisi tomonidan vakuumga chidamliligi tekshirilishi lozim.
230. Oʻta xavfli materialni kameralik tipdagi moslamalarda quritishni paxta va dokadan tayyorlangan maxsus kassetalarda va ikkita qopqoq bilan yopilgan moslamalarda bajarishga, birinchi qopqoq — metall toʻr sifatida, ikkinchisi esa, kasseta ustining mustahkam qilib yopilganligi tarzida ruxsat etiladi.
231. Oʻrta tibbiy va texnik mutaxassislarni quritish ishlariga kirishlariga ruxsat esa, faqatgina ular tomonidan maxsus oʻqish kurslaridan oʻtganlaridan va tajriba malakalariga ega boʻlgach va maxsus jurnalda imtihon topshirganligi qayddan oʻtgachgina beriladi.
232. Preparatorlar va ishchi laboratoriyalar muntazam ravishda boʻlim boshliqlari tomonidan texnika xavfsizligi va shaxsiy profilaktika hamda tajribaviy jihatdan oʻzlashtirilishiga nisbatan nazorat qilib borilishi lozim.
233. Quritish boʻlimidan biror bir xodimning ishga kelmasligi holatida, alohida ajratilgan xodim uning uyiga borib, kelmasligining sababini aniqlashi lozim va uni albatta jurnalda qayd etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
234. Xodimda infeksion (yuqumli) kasallikning borligi haqida gumon qilinsa, bu haqida yaqinroqda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlariga tegishli choralarni koʻrish uchun xabar qilish lozim.
(234-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
235. Quritish uchun infeksion material faqatgina mustahkam yopilgan konteynerlarda qabul qilinadi. Kamerali quritish uchun idish, konteyner yoki kasseta ichidagi quritish taroqlaridagi ampulalar lizol eritmasi yoki boshqa dezinfeksiyalovchi vositaga toʻyintirilgan toʻrt qavat dokaga oʻralgan boʻlishi lozim.
236. Quritish binosiga kirishdan avval xodimlar maxsus sterillangan ish kiyimini kiyishlari lozim (ustki xalat, paypoqlari birga qoʻshib tikilgan kombinezon, qalpoq, charm qoʻlqoplar, olti qavat dokali niqob, koʻzoynak, uzun paypoqlar (chulki) va shippaklar) va faqatgina shundan keyin quritish uchun materialni qabul qilish — topshirish ishlarini boshlashlari mumkin.
237. Infeksion materialni quritish uchun topshirayotgan xodim oʻzida materialning pasportini laboratoriya boshligʻi tomonidan imzo chekilgan va ikki nusxada, shuningdek bu pasportda virus nomi, shtamm, har bir ampuladagi virus miqdori va ampulalar soni koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
238. Pasportning birinchi nusxasi quritish laboratoriyasida laboratoriya boshligʻida qoladi, ikkinchi nusxasi esa, laboratoriyaning bosh xodimi imzosi bilan materialni toʻliq tarzda quritishga topshirgan xodimga uni tasdigʻi sifatida qaytarib beriladi.
239. Muzlatish, quritish, kavsharlash va boshqa hamma shunga aloqador operatsiyalar maxsus kiyim kiygan ikkita laborant tomonidan amalga oshiriladi.
240. Materialni quritish vaqtida kamerali sublimatsion quritish moslamalarida maxsus muzlatish idishlarida amalga oshiriladi.
241. Shuningdek, bitta laborant dokali qadoqdagi ampulalarni ochadi va uni darhol dezinfeksiyalangan eritmaga soladi, ikkinchisi esa, ampulali kassetalarni muzlatiladigan sigʻimga joylashtiradi.
242. Muzlatilishdan keyin laborantlarning biri kassetalarning ustki qopqoqlarini ochadi va uni darhol dezinfeksiyalangan eritmaga soladi, kassetani sublimatsion quritish kamerasiga soladi, ikkinchisi esa moslama kamerasini tezlik bilan yopadi.
243. Kollektor moslamalarida quritish vaqtidagi muzlatishning amalga oshirilishida bitta laborant berilgan haroratni, ikkinchisi esa infeksion material solingan ampulalarning bevosita muzlatilishini tekshirib turishi lozim.
244. Taroqlarni moslamaga ulanishi vaqtida bitta laborant vakuumni kuzatib turishi lozim, ikkinchisi esa taroqlarni ulashi lozim.
245. Dezinfeksiyalaydigan sigʻim eritma bilan qoʻshimcha stol ustida moslama oldida turishi lozim. Ulashda yordam koʻrsatayotgan laborant esa, paxtali tamponni taroqdan pinset bilan olishi lozim va uni dezinfeksiyalaydigan eritmaga solishi lozim.
246. Kollektor moslamaga ampulalarning ulanishidan soʻng yoki kassetalarning kamera moslamasiga joylashtirilishida xodimlar pinsetni qaynatib, zararsizlantirishlari lozim, qoʻlqopni esa, dezinfeksiyalangan eritmaga ularni solishi va ustki xalatni, qoʻlqop, niqob, koʻzoynakni yechishi lozim va qoʻllarini yuvishi shart. Ustki xalat va niqob avtoklavda qaynatilishi lozim, va shundan keyingina umumiy kir yuvilishiga berilishi lozim. Koʻzoynaklar spirt bilan artiladi, qoʻlqoplar esa, dezinfeksiyalangan eritma bilan tozalanadilar. Oyoqlarni dezinfeksiyalangan gilamchaga artish lozim.
247. Ichki xalatlar va kombinezonlar zarurat tufayli almashtirilishi lozim, va ular har 2 kunda kamida bir marta almashtirilishi maqsadga muvofiq.
248. Quritish kollektor moslamasi oldidagi navbatchilikni bitta xodim amalga oshirishi lozim (shifokor yoki mutaxassis laborant). Navbatchi har doim quritish boksida turishi va quritish vannalaridagi belgilangan haroratni va vakuumni nazorat qilib turishi lozim.
249. Kamera turidagi moslamalarning berilgan vazifa boʻyicha quritish jarayoni va quritish jarayonining nazorati navbatchi tomonidan predboksingda joylashgan boshqaruv pulti orqali amalga oshiriladi.
250. Navbatchi ikkita xalat kiygan, va xodim paypoqlar (chulki) va shippaklarda boʻlishi lozim. Charm qoʻlqoplar, olti qavatli doka niqob, fartuk, koʻzoynak, gigroskopik paxta va dokali salfetkalar, shuningdek dezinfeksiyalangan eritmalar mavjud bankalar qoʻshimcha stol ustida boksda turishi lozim. Kalishlar stol ostida predboksnikda turishi lozim.
251. Navbatchi niqobsiz, koʻzoynaksiz va qoʻlqoplarsiz moslamaga kelishga haqli emas.
252. Ornitoz va psittakoz viruslari bilan ishlash vaqtida olti qavatli doka niqob oʻrniga dokali paxtali niqobdan foydalanish lozim.
253. Oʻta xavfli infeksiyalar laboratoriyalar binosidan ish kiyimida tashqariga chiqish qatʼiyan man etiladi.
254. Kollektor usulida ampulalarni kavsharlashining quritilishi tugaganidan keyin quritishlar taroqlarda vakuum ostiga yuboriladi, kamerali uslubda esa, ampulali kassetalar esa vakuumli kavsharlash karuseliga oʻtkaziladi.
255. Ampulalarning kavsharlanishini maxsus ish kiyimidagi ikkita laborant bajarishi lozim. Birinchi laborant gorelka yordamida kavsharlaydi, ikkinchisi esa, vakuumni vakuum oʻlchagich bilan nazorat qiladi va quritilgan viruslar solingan ampulalarni karton qutilar kataklariga joylashtiradi. Kavsharlash nihoyalanganidan soʻng, ampulali qutilar metall konteynerlarga joylashtiriladilar.
256. Ampulalar maxsus asbob yordamida quritish xonasida vakuumda tekshirib koʻrilishi lozim.
257. Vakuumda tekshirilgan ampulalar tashqarisidan dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan artilishi va maxsus rangdagi nitrolak bilan boʻyalishi lozim. Shundan keyin quritishga kelgan material ampulalar laboratoriya xodimiga tilxat bilan berilishi lozim. Xodim quritish materialini olganligini jurnalga qayd etishi va quritishda qoladigan pasportning birinchi nusxasiga ham imzo chekishi lozim.
258. Kollektor quritish moslamasi quritishning va kavsharlash nihoyalanganidan keyin avtoklav orqali zararsizlantirilishi lozim. Avtoklavlashdan avval quritish boʻlimi xodimi quyidagi ishlarni maxsus ish kiyimida amalga oshirishi lozim:
Polni qayta ishlangan tiqin taroqlar bilan almashtirishi lozim, bunda olingan taroqlarni dezinfeksiyalashtirilgan eritma solingan idishga solishi va soʻngra tiqinlarni olishi lozim:
qopqonni nasosdan chiqarib olish va tirqishni dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan toʻyintirilgan paxta tamponi bilan yopish lozim;
kollektorni dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan toʻyintirilgan paxta tamponi bilan har ikkala tirqishni yopgan holda qopqondan boʻshatib olish;
qopqon qopqogʻidagi vintlarni yaxshilab boʻshatish;
dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan toʻyintirilgan kollektor va qopqonni alohida choyshabga oʻrab qoʻyish;
shundan keyin laborantlar bakteritsid lampalarni yoqishlari lozim va ish stolini dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan tozalab chiqishlari lozim, shuningdek dezinfeksiyalashtirilgan eritma yordamida boksni nam yigʻishtirish-dezinfeksiyasini bajarishi lozim;
qoʻlqoplarni dezinfeksiyalashtirilgan eritma solingan togʻoraga solib diqqat bilan tozalash, soʻngra esa, kollektor va qopqonni qoʻshimcha qogʻozga oʻrab qoʻyish lozim.
Mazkur ishlar bajarib boʻlingandan soʻng, laborantlar oʻzlarining qoʻshimcha kiyimlarini yechishlari, kollektor va qopqonni ularni sterilizatsiya qilinadigan joy — avtoklavga oʻtkazishlari lozim.
259. Quritish va kavsharlash tugaganidan keyin, sublimatsion — quritish moslamasini dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan tozalab olish lozim.
260. Buning uchun har ikkala maxsus kiyim kiygan laborant sublimatsion — quritish moslamasini dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan yaxshilab tozalab oladilar. Ish tugaganidan keyin, qoʻlqoplarni dezinfeksiyalashtirilgan eritma solingan togʻoraga solib diqqat bilan tozalash, soʻngra qoʻshimcha kiyimni yechish lozim.
261. Agarda kollektor moslamasida vakuum yomon boʻlib qolgan boʻlsa, u holda, navbatchi zudlik bilan niqobni, koʻzoynak va charm qoʻlqoplarni kiyishi, taroqdan moslamaga boradigan rezinali qoʻshilish joylarini qisqich bilan mahkamlab qoʻyishi, vannaga quruq muzni qoʻyishi va undan keyingina havo oʻtadigan joyni qidirishi lozim.
262. Agarda havo oʻtish joyi ampula yoki taroq ichida boʻlsa, u holda bunday ampula yoki taroq qisqich bilan olinishi va dezinfeksiyalashtirilgan eritma solingan idishga solinishi lozim va ularning oʻrniga tiqinlar tiqib qoʻyilishi lozim. Qoʻlqop kiygan qoʻllarni dezinfeksiya eritmasi solingan bankada yuvilganidan soʻng qisqichlar olinishi lozim. Vannadagi quruq muzga yaxshilab lizol eritmasi quyilishi lozim va 30 daqiqadan soʻng vannani boshqasiga almashtirish kerak.
263. Avariya bartaraf etilganidan soʻng, navbatchi dezinfeksiya eritmasi bilan qoʻlqop kiygan qoʻllarini tozalashi lozim va boshqa qoʻlqop kiyishi hamda niqob va koʻzoynakni yechishi lozim.
264. Agarda ampula muzlatish jarayonida yoki kollektor quritish moslamasiga yoxud kavsharlash karuseliga ulanayotgan vaqtida sinib ketsa, (bu operatsiyada ikkita laborant — xodim ishlashi lozim) quyidagi ishlarni bajarish lozim:
ampulani sindirib qoʻygan laborant darhol himoya koʻzoynaklarini taqishi va joyida qolishi lozim. Ikkinchi laborant esa, bakteritsid chiroqlarini yoqishi, kalish kiyishi va yigʻishtirish jihozidan foydalangan holda zararli materialni yigʻishtirishni boshlashi lozim. Yigʻishtirish jihozi (dezinfeksiya eritmasi solingan bochkalar, paxta tamponlar, doka salfetkalar va pinsetlar) doimo quritish xonasida belgilangan joyda turishi lozim;
avariya sodir boʻlgan joydagi pol 5% lik lizol eritmasi bilan tozalanishi lozim;
zararli materialning suyuq qismini paxta tamponi bilan pinset yordamida yigʻib olish zarur. Ishlatilgan tamponlarni lizolning 5% lik eritmasi solingan bochkaga solish lozim;
ampulaning boʻlaklarini pinset va doka salfetkalar bilan yigʻib olish, ampula boʻlaklari va ishlatilgan salfetkalarni lizolning 5% eritmasi solingan bochkaga solish lozim;
avariya sodir boʻlgan joyni albatta dezinfeksiya eritmasi bilan toʻyintirilgan olti qavatlik doka salfetkalar bilan kamida 2 soatga yopib qoʻyish lozim;
dezinfeksiya eritmasi bilan butun binoning dezinfeksiyasini gidropult yordamida tozalab chiqish lozim.
265. Agarda ampula kavsharlash vaqtida yorilib yoki sinib ketsa, u holda shifokor va laborantlar bunday avariya vaqtida virus suspenziya koʻrinishida butun xonani toʻldiradi. Bunday vaqtda quyidagilarni bajarish lozim:
eshiklarni ochmasdan barcha bakteritsid chiroqlarni yoqish;
bakteritsid chiroqlar avariyadan keyin butun xonani va predboksnikni 3 soat vaqt mobaynida nurlantirishi lozim. Undan keyin mazkur qoidalarning 264-bandida taʼkidlanganidek harakat qilish lozim.
266. Avariya joyini zararsizlantirish faqatgina laborant yoki shifokor tomonidan amalga oshiriladi (faqatgina maxsus kiyimda). Preparator zararsizlantirishdan keyin faqatgina qoʻshimcha va yigʻishtirish ishlarini qilishi lozim.
267. Avariya vaqtida xonada boʻlgan xodimlar dezinfeksiya eritmasi bilan qoʻlqoplarini tozalashlari va shundan keyingina toza qoʻlqop kiyishlari, xalatini, poyafzalini, chulkisini yechishlari mumkin va faqat shundan keyingina binodan chiqishlari mumkin. Xodimlar yechgan barcha kiyimlar darhol zararsizlantirilishi lozim.
268. Zararli materialning koʻz yoki shilimshiq pardaga tushishi xavfini tugʻdirgan har qanday avariyada zudlik bilan shifokorni profilaktik choralarni koʻrishi uchun chaqirish lozim. Shifokor kelguniga qadar zararlangan qoʻlqoplarni tashlab yuborib, boshqasini kiyish va undan keyin koʻzni margansovka kaliy 1:10000 eritmasida chayish lozim. Agarda virus ogʻiz boʻshligʻiga tushgan boʻlsa, u holda, ogʻizni 0,5% namakob eritmasida chayish lozim.
269. Agarda avariya kanakunjut ensefalit virusi bilan ishlash vaqtida sodir boʻlgan boʻlsa, u holda, jabr koʻrganni zudlik bilan kasalxonaga olib borish lozim va shifokor nazorati ostida 1 doza miqdorida ensefalitga qarshi gamma-globulinni 2-3 kun davomida badanga yuborish lozim. Kelgusida jabr koʻrganning tana harorati kuniga tekshirib boriladi. Bezgak reaksiyasining sezilishida esa, uni zudlik bilan kasalxonaga yotqizish lozim.
270. Quturish virusi bilan ishlash vaqtidagi avariyada esa, mutaxassisning maslahatiga koʻra antirabik immunoglobulin yuboriladi va shundan keyin antirabik emlash kursi maxsus poliklinikalarda oʻtkaziladi.
271. Agarda avariya ornitoz va psitakkoz viruslari bilan ishlash vaqtida yuz bersa, u holda shifokor tavsiyasiga koʻra, antibiotiklarni profilaktik maqsadlar uchun ichiladi.
272. Agarda avariya yuqorida qayd etilmagan boshqa virus va bakteriyalar bilan ishlash vaqtida sodir boʻlsa, u holda zudlik bilan shifokorni chaqirish lozim hamda profilaktik va davolash choralarini uning koʻrsatmasiga koʻra amalga oshirish lozim (infeksiya turiga koʻra).
273. Xodimlarning zararlanishi kelib chiqadigan barcha avariyalarda jabr koʻrganlar maʼlum bir inkubatsion davr ichida shifokor nazorati ostida boʻlishlari lozim.
13-§. Vakuum ostida boʻlgan 1, 2 va 3 guruh quritilgan bakteriyalar va viruslar kulturalari mavjud ampulalarni ochishda xavfsizlik talablari
274. Ampulalarning ochilishini stol ustidagi boksda amalga oshirish lozim.
275. Ampulalarni ochish uchun qoʻshimcha sterillangan kiyim — ustki xalat, rezina qoʻlqoplar, yengcha, paxta-doka niqob va koʻzoynak kiyish lozim.
276. Boksdagi ampulani tunuka konteynerdan olish lozim va kyuvetga qoʻyish kerak.
277. Bir vaqtning oʻzida 2 tadan ortiq ampulani ochish mumkin emas.
278. Har ikkala ampulaning boʻynini gorelka ustida qizdirib olish lozim va quruq sterillangan paxtaga oʻrab qoʻyish kerak. Soʻngra ampulalarni dezinfeksiya eritmasi bilan toʻyintirilgan va yaxshilab siqib chiqilgan olti qavatlik doka salfetkaga oʻrab qoʻyish lozim.
279. Ampula boʻynini salfetka bilan Koxer qisqichi yoki pinset bilan sindirib olish mumkin.
280. Boʻyni sindirilgan ampulalarni salfetkadan ajratib olish lozim va siniq boʻlaklarini paxta va salfetka bilan dezinfeksiya eritmasi solingan bankaga solish kerak va ampulaga kerakli erituvchini qoʻshish lozim. Suyuq, oʻta xavfli material bilan oʻtkaziladigan kelgusi ishlar tasdiqlangan koʻrsatmalar asosida amalga oshirilishi lozim.
14-§. Yirik va kichik laboratoriya hayvonlari bilan ishlash
281. Yirik laboratoriya hayvonlariga qarash uchun (otlar, qoramol, eshaklar) maxsus koʻrsatmaga va ish tajribasiga ega boʻlgan xodimlar qoʻyiladilar.
282. Yirik hayvonlarni qarash uchun masʼuliyat tashkilotning bosh veterinar shifokori zimmasiga yuklatiladi, bunday lavozimning shtat jadvalida yoʻqligida esa, bunday masʼuliyat kerakli sex va boʻlim boshliqlari zimmasida boʻladi.
283. Ish vaqtida xodimlar maxsus kiyimni, sankiyimni va himoya qilish vositalarini kiyishlari lozim.
284. Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan va ularning tashuvchisiga aylangan yirik hayvonlarga qarashda va ular bilan birga ishlashda, albatta hayvonlarni vaboga qarshi emlash tashkilotlari xodimlari uchun koʻzda tutilgan maxsus kiyim, sankiyim va himoya qilish vositalarini kiyishlari lozim.
285. Yirik hayvonlar maxsus binolarda (immunoklinikalarda) saqlanishi lozim, bu binolar otxonalarning maxsus boʻlmalari bilan jihozlangan boʻlishlari lozim. Otxonalarning maxsus boʻlmalarini oʻtish joylarining kengligi va boshqalar immunokliniklarning namunaviy loyihasiga mos kelishi lozim.
286. Otning orqa oyoqlari zarbidan saqlanish uchun otxona koʻndalang toʻsiqlar yoki panjara bilan oʻralgan boʻlishi lozim
287. Har bir otga toza, alohida arqonli boʻyinturuq bilan tortiladigan noʻxta engak simi bilan kiydirilgan boʻlishi lozim. Otlarni bogʻlash uchun poʻlat zanjirlardan foydalanish lozim. Otxonalarda bogʻlanmagan otlarni saqlash mumkin emas.
288. Otlarni tashqariga olib chiqilganda, otxona ochiq boʻlishi lozim. Goʻngning, ozuqa qoldigʻining, ostiga qoʻyiladigan materiallarning yigʻilib qolishi, shuningdek yoʻlni yopib qoʻyadigan predmetlar otxonada boʻlishi qatʼiyan man etiladi.
289. Ot va qoramolni ogʻilxonadan alohida-alohida olib chiqish lozim. Hayvonlarning oʻtish joylarida yigʻilib turishi mumkin emas.
290. Otlarni immunoklinika xodimlari olib chiqqanlarida mustahkam tizgindan foydalanishlari shart. Otlarning tizginidan ushlab turish uchun karabinlardan foydalanish zarur.
291. Immunoklinika xodimi otni muolajaga olib borishi uchun hayvonni orqasidan haydab turish uchun yana bitta xodim berilishi lozim.
292. Emlash va operatsiya stollari oʻz vaqtida tuzatilishi va sozlangan holatda turishi lozim.
293. Yirik hayvonlarni emlash va operatsiya stolida bogʻlash uchun arqon, choʻzish va boshqa vositalar, shuningdek tizgin va tugunlar har kuni veterinar shifokor tomonidan nazorat qilinishi lozim. Mazkur vositalarning mustahkamligini pasaytiruvchi yoriq, kesilish va boshqa kamchiliklar aniqlanganida, ular darhol almashtirilishlari va tuzatilishlari lozim.
294. Mayda laboratoriya hayvonlari bilan ishlaydigan xodimlar (quyonlar, dengiz choʻchqasi, kalamush va boshqalar) uchun shu hayvonlar inson uchun zararli boʻlgan infeksiyalarni yetkazuvchi boʻlib hisoblanadilar. Ayniqsa, bu hollarda hayvonning tishlab olishi xavflidir. Bunday xavfning oldini olish uchun yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi va bu kasalliklarning tarqab ketishining oldini olish choralarini koʻrishi va xodimlar laboratoriyaning sanitariya-epidemiyaga qarshi rejim qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari lozim.
295. Odam uchun xavfsiz boʻlgan yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi mayda hayvonlarga qarashda tashkilot xodimlari uchun koʻzda tutilgan amaldagi qoidalar ishlab chiqarish va sanitariya-gigiyena kiyimlaridan foydalanishi lozim.
296. Hayvonlarga qarash vaqtida texnik rezina qoʻlqoplarni kiyish maqsadga muvofiqdir.
297. Odam tanasi uchun xavfli boʻlgan yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar bilan ishlashda, dokali niqob yoki sterillangan respiratordan foydalanish shart.
298. Mayda hayvonlarni operatsiya qilishdan avval ularga narkoz qilish tavsiya etiladi. Narkoz qilish mumkin boʻlmagan holatlarda esa, xodimlarni hayvon tishlab olmaydigan maxsus operatsiya stolidan yoki boshqa vositalardan foydalanish zarur.
299. Agarda ish vaqtida xodim hayvonni qoʻli bilan ushlab turishi lozim boʻlsa, u holda, xodim charm qoʻlqop yoki sirpanmaydigan anatomik maxsus rezina qoʻlqop kiyishi lozim.
300. 1, 2 va 3 guruh yuqumli kasalliklar tarqatuvchi mayda hayvonlar murdalari qafasdan olingan vaqtida maxsus metall patnisga qoʻyilishi, lekin pol va stellajlarga qoʻyilmasligi zarur. Patnis foydalanib boʻlingach, zararsizlantirilishi lozim.
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlikning umumiy talablari
301. Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarishida qoʻllaniladigan uskunalar GOST 12.2.003-91 talablariga javob berishi shart.
302. Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish va ularning sifatini nazorat qilish uchun qoʻllaniladigan uskunalarni ularni ishlatishga tayyorlash, foydalanish va xizmat koʻrsatish ishlarini imkon qadar yengillashtirish maqsadini koʻzlagan holda qurish va joylashtirish lozim.
303. Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish va sifatini nazorat etish uchun qoʻllaniladigan uskunalar ularni ishga tayyorlash, foydalanish va xizmat koʻrsatishni maksimal darajada osonlashtiradigan tarzda oʻrnatilishi va joylashtirilishi lozim.
304. Uskunalar va nazorat-oʻlchov asboblarning koʻrinishi, oʻlchami va texnik koʻrsatkichlari oʻtkaziladigan texnologik jarayonlarga muvofiq boʻlishi lozim.
305. Ishlab chiqarish va nazorat-oʻlchov uskunalari shunday joylashtirilishi kerakki, ularning xizmat koʻrsatiluvchi qismlari texnologik jarayonlarni kuzatib borish uchun yetarli darajada yoritilganligi taʼminlanishi lozim.
306. Immunobiologik preparatlarni tayyorlash va ularning sifatini nazorat etish uchun qoʻllaniladigan barcha oʻlchov asboblari davriy ravishda kalibrlash va oʻrnatilgan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim.
307. Immunobiologik mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sifatini nazorat qilishda kompyuter texnikasidan foydalanish maqsadga muvofiq.
308. Sexlardagi ishlab chiqarish va nazorat-oʻlchov uskunalari shunday joylashtirilishi kerakki, ularga erkin kirish taʼminlanishi lozim.
309. Immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalar konstruksiyasiga quyidagi talablar qoʻyiladi:
uskunalarning xom ashyo, yordamchi materiallar, yarim mahsulot, yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulot tegadigan yuzalari dezinfeksiyalash vositalari bilan ishlanishga chidamli boʻlgan silliq va toksik boʻlmagan, korroziyaga bardoshli materialdan tayyorlangan boʻlishi zarur;
uskunalarning ishlab chiqarish mahsulotlari bilan aloqa qiladigan barcha qismlari ularni yuvish, dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlash yoki sterillashtirish ishlarini yengillashtirish uchun yechiladigan va ajraladigan boʻlishi zarur;
tayyor mahsulotlar ifloslanishi va ularning sifati salbiy tomonga oʻzgarishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, uskunalar ulardan foydalanish uchun qoʻllaniladigan materiallar (masalan, moylash materiallari) bilan ifloslanmasligi lozim;
barcha texnologik idishlarni, apparatlarni va boshqa uskunalarni davriy asosda tozalash, yuvish va dezinfeksiyalash jadvallari tuzilgan va ularda yuvuvchi hamda dezinfeksiyalovchi vositalar koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Bunday jadvallar sex boshligʻi tomonidan ishlab chiqilishi va bunga vakolatli boʻlgan maʼmuriy shaxs tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Oʻrnatilgan texnologik uskunalardan tegishli ravishda foydalanish uchun uskunani profilaktik koʻrikdan oʻtkazish va tashkilotning vakolatli shaxsi tomonidan tasdiqlangan jadvallar boʻyicha barcha zarur taʼmirlarni amalga oshirish lozim.
310. Uskunani ishga tayyorlashni uni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlash yoki sterillashtirish boʻyicha yoʻriqnomaga binoan amalga oshirish lozim.
311. Uskuna dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlanganida yoki uning ishchi qismlari sterillashtirilganidan soʻng belgilangan tartibga binoan uskunaning ishlashga tayyorlik sifati nazorat qilinishi lozim.
312. Faqat bir turdagi immunobiologik preparatni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan uskuna shunday tarzda tozalanishi kerakki, bunda turli seriyadagi preparatlarning aralashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
313. Turli xildagi immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan uskuna yuvuvchi suvlarda boshqa immunobiologik preparatlarning asoratlari toʻliq yoʻq boʻlmagunga qadar puxta tozalanishi lozim.
2-§. Ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirishda xavfsizlik talablari
314. Uskuna shunday joylashtirilishi kerakki, bunda quyidagilar taʼminlanishi lozim:
boshlangʻich xom ashyo, materiallar oqimini optimizatsiyalash, xodimlarning bir joydan boshqa joyga oʻtish zaruratini imkon qadar kamaytirish;
ishlab chiqarish jarayonida immunobiologik preparatlarning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik;
texnologik uskunalarning yuvilishi, ishlov berish, foydalanish va xizmat koʻrsatilishni osonlashtirish;
ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanish;
ish joylarini tashkillashtirishda mehnat muhofazasi meʼyorlari va qoidalariga javob berilishi.
315. Uskunalarni oʻrnatishda quyidagilar koʻzda tutilishi lozim:
ishchilarning doimiy turish joylarida hamda boshqarish joyida xizmat koʻrsatish boʻylab asosiy yoʻlaklar — 2 m;
mashinalarga, hajm apparatlari, mahalliy oʻlchov vositalariga xizmat koʻrsatish boʻylab yoʻlaklar — 1,5 m;
apparatlarga xizmat aylanasiga koʻrsatilishi zarur boʻlsa, apparatlar oʻrtasidagi hamda apparatlar bilan xona devorlari oʻrtasidagi yoʻlaklarning kengligi — kamida 1 m;
apparatlar va asboblarni koʻrikdan oʻtkazish va davriy asosda tekshirish hamda rostlash uchun yoʻlaklarning kengligi — kamida 0,8 m.
316. Steril mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun moʻljallangan aseptik xonalarda faqat bevosita texnologik jarayonni taʼminlaydigan asosiy texnologik uskunalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Yordamchi uskunalarni aseptik xonalarga yondosh xonalarda oʻrnatilishi lozim.
317. Pol ustidan oʻtkaziladigan quvurlar oʻtish joylari bilan kesishish yerlarida ariqchaga yotqizilgan yoki oʻtish koʻprikchalari (panduslar) bilan qoplangan boʻlishi lozim.
318. Quvurlar ularning moʻljallangan maqsadiga qarab GOST 14202-69 ga muvofiq boʻlishi lozim.
319. Yongʻinga qarshi quvurlarni ularning ichida nima boʻlishidan qatʼi nazar, qulflash-rostlovchi temir qismlarida va shlanglar hamda yongʻinlarni oʻchirish uchun boshqa qurilmalar ulangan joylarida qizil rangga boʻyash lozim.
320. Uzib qoʻyish qurilmalarida yakuniy (ochiq-yopiq) holatlarni koʻrsatuvchi belgilar boʻlishi lozim.
321. Yer ustidan oʻtkazilgan quvurlar xavfli egilishi va deformatsiyalanishi oqibatida avariya sodir boʻlishi va mahsulotlar oʻtib ketishi xavfining oldini olish maqsadida quvurlarning ilgaklari va poylarining holati yuzasidan nazorat taʼminlanishi lozim. Quvurlarning ilgaklari va poylarida aniqlangan har qanday nosozliklar darhol bartaraf etilishi shart.
322. Barcha bosim moslamalari va apparatlar hamda quvurlarning armaturalari kapital taʼmirdan soʻng mexanik chidamlilikka va germetiklikka siqilgan havo bosimi yordamida gidravlik sinovlardan oʻtkazilishi lozim. Bu sinovlar joy-joyiga moslab oʻrnatish ishlari hamda chilangarlik-mexanik ishlov berilgandan soʻng oʻtkaziladi.
323. Agressiv, zararli va portlash jihatidan xavfli moddalar bilan tranzit texnologik quvurlarni binolar, inshootlar va qurilmalar ustidan va ostidan oʻtkazish taqiqlanadi.
324. Ishlamayotgan apparatlar va quvurlarning surma qopqoqlarni ochiq qoldirish man etiladi.
325. Vaqtinchalik ishlamayotgan apparatlar va quvurlar ishlayotgan apparatlar yoki quvurlardan uzib qoʻyilishi lozim.
Muzlab qolgan quvurlarni ochiq oʻt yordamida isitish mumkin emas.
326. Quvurlarni joylashtirish va oʻtkazish usuli ularni oʻrnatish va taʼmirlashda, shuningdek quvurlar, bosim va sozlash armaturalariga, shuningdek quvurlarga bevosita ulangan yoki ularning yaqinida joylashgan uskunalarga xizmat koʻrsatishda xavfsizlik va qulaylikni taʼminlashi lozim.
3-§. Ish joylariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
327. Bakteriyali va virusli preparatlarni ishlab chiqarishdagi doimiy ish joylari tegishli mebel, kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari, tibbiyot aptechkalari, ishlab chiqarish yoʻriqnomalari toʻplamlari, yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalari va boshqalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
328. Sexlardagi ish joylari, oʻtish joylari, yurish joylari xom ashyo, yordamchi materiallar, yarim mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar va boshqa preparatlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi lozim.
329. Texnologik uskunalarni ichki koʻzdan kechirish va tozalash tuynuklariga erkin kira olish imkoniyati yaratilgan boʻlishi lozim.
330. Metall korroziyasiga olib keluvchi muhitli idishlar har 12 oydan kam boʻlmagan muddatda ichki koʻrikdan oʻtkazilishi lozim.
331. Portlash xavfi boʻlgan va zaharli preparatli apparatlarni yuvish va havo oqimi bilan tozalash uchun, taʼmirlash va sinashdan oldin suv, bugʻ yoki inert gaz tarmogʻini ulash uchun shtutser koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
332. Idish va saqlagich klapani oʻrtasida qulflash qurilmasi boʻlmasligi lozim.
333. Avtoklavlarni oʻrnatish va foydalanish, shuningdek avtoklav oʻrnatiladigan maxsus xonani loyihalashtirish va undan foydalanish amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
334. Avtoklavdan foydalanishda quyidagilarni taʼminlash lozim:
xavfsiz harorat rejimini oʻrnatish (avtoklavlar devorlari haroratining yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan koʻtarilish va pasayish tezliklari);
avtoklavlarni ishga tushirish va toʻxtatishdagi issiqlik koʻchishi imkoniyatlarini yaratish va harakatlanuvchi tirgaklarning siqilib qolishiga yoʻl qoʻymaslik nazorati;
ishga tushirish va ish jarayonida avtoklavlarda hosil boʻladigan kondensatni uzluksiz chiqarib yuborishni taʼminlash;
kamida toʻrt yilda bir marotaba barcha payvandlangan choklarni va chok sohasidagi metallni toʻliq tekshirishdan oʻtkazish (magnit-kukunli defektoskopiya yoki boshqa zarar yetkazmaydigan uslub bilan);
avtoklavlardan xavfsiz foydalanishga masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan, maxsus jurnallarda tegishli yozuvlarni amalga oshirish yoʻli bilan, avtoklavlar holati ustidan kundalik nazorat oʻrnatilishini taʼminlash.
335. Apparaturaning harakatlanuvchi yoki aylanuvchi qismlari, kamarli va tishli oʻtkazmalar, vallarning chiqib turuvchi qismlari, elektr uskunalarining kontaktlari va shu kabilar yechiluvchi toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
336. Toʻsiqlarni yechishga faqatgina apparatlarni taʼmirlash uchun, mexanizmlar uzilgandan soʻng va toʻliq toʻxtagandan soʻng ruxsat etiladi.
337. Taʼmirlash, koʻrikdan oʻtkazish, tozalash va shu kabilardan keyin, toʻsiqlar joyiga oʻrnatilgach va barcha qismlar mahkamlanganidan soʻng mexanizmlarni ishga tushirishga ruxsat etiladi.
338. Barcha oʻtish joylari, bostirmalardagi montaj tuynuklari kamida 0,9 m balandlikka ega boʻlgan panjaralar va pastki qismidan 0,14 m lik otbortovka bilan boʻlishi kerak.
339. Apparatlarning mexanizmini tozalash va taʼmirlash uchun panjaralar oson yechiladigan yoki ochiladigan boʻlishi lozim.
340. Barcha elektr uskunalari, elektr asboblar va shitlar qoʻllaniladigan kuchlanishidan qatʼi nazar yerga ulanishi lozim.
341. Barcha sexlar telefon aloqasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda qoʻyilgan xavfsizlik talablari
1-§. Taʼmirlash ishlarini olib borish sharti va tartibi
342. Uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash ishlarini tashkil etish, oʻtkazish shartlari va tartibi uskunalardan foydalanishning aniq shart-sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish tizimi texnik xizmat koʻrsatish va rejali — ehtiyotdan qilinadigan taʼmirlash ishlari majmuiga asoslanadi.
343. Texnik xizmat koʻrsatish har bir taʼmirlash oʻrtasidagi davrda uskunalardan foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli normativ texnik hujjatlar talablariga binoan xizmat koʻrsatuvchi (mashinistlar, apparatchilar, operatorlar va boshqalar) hamda texnik xodimlar (usta yordamchilari, navbatchi chilangarlar, elektriklar) tomonidan amalga oshiriladi.
344. Texnik xizmat koʻrsatish hajmiga quyidagilar kiradi:
foydalanish jarayonida parvarishlash — artish, tozalash, muntazam ravishda tashqi koʻrikdan oʻtkazish, barcha nosozliklarni aniqlash, moylash, podshipniklarning moylovchi va sovituvchi tizimlarini tekshirish, mustahkamlash detallari va birikmalari holatini kuzatish hamda yerga ulangan sim sozligini tekshirish;
uskunada mayda taʼmirlash ishlarini bajarish — mayda nuqsonlarni bartaraf etish, mustahkamlangan joylarni va kontaktlarni tortib qoʻyish, saqlagichlarni va prokladkalarni almashtirish, qisman rostlash, izolyatsiyaning umumiy holatini aniqlash va boshqalar.
345. Uskuna ishida aniqlangan barcha nosozliklar foydalanuvchi xodimlar tomonidan smena daftarida qayd qilinishi va foydalanuvchi hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan imkon qadar qisqa muddatda bartaraf etilishi shart.
346. Uskuna uchun masʼul sifatida biriktirilgan xizmat koʻrsatuvchi xodimlar foydalanuvchi xodimlar tomonidan smena daftarida qayd qilingan yozuvlarni muntazam ravishda koʻrib chiqishi va koʻrsatilgan nosozliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.
347. Uskunalarni texnik xizmat koʻrsatish maqsadida toʻxtatish zarurati, davri va muddati texnologik jarayonning xususiyati va ishlarni xavfsiz oʻtkazish imkoniyatiga qarab tashkilot tomonidan belgilanadi. Mashina uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish (koʻrikdan oʻtkazish) ishlar tarkibiga qarab uskunani toʻxtatgan yoki toʻxtatmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
348. Uskuna tarkibiy qismlarining shikastlanish va yemirilish xususiyatiga hamda taʼmirlash ishlarining mehnattalablilik darajasiga qarab xizmat koʻrsatish tizimida joriy, oʻrta va kapital taʼmirlashni oʻtkazish nazarda tutilgan.
349. Joriy taʼmirlashning asosiy ishlari texnik xizmat koʻrsatish operatsiyalarini amalga oshirish, tez yemiriluvchan detallar va tugunlarni almashtirish, futerovkalar va korroziyaga qarshi qoplamalarni taʼmirlash, izolyatsiya oʻrovini qisilgan havo yordamida tozalash, uning qarshiligini oʻlchash va boshqalardan iborat.
350. Aniq turdagi uskunani joriy taʼmirlashda bajarilishi lozim boʻlgan ishlarning namunaviy roʻyxati tashkilotning bosh mexanigi tomonidan tasdiqlanadi va taʼmirlash daftarining majburiy ilovasi hisoblanadi.
351. Murakkab uskunani joriy taʼmirlash uchun nuqsonlar qaydnomasini tuzish tavsiya qilinadi.
352. Oʻrta taʼmirlash uskunalar resursini qisman tiklash maqsadida, uning ayrim qismlarini, tugunlarini almashtirish yoki tiklash hamda ularni rostlash bilan amalga oshiriladigan taʼmirlash ishlari tizimidan iborat boʻladi.
353. Kapital taʼmirlash uskunalarning yaroqlilik holatini tiklash va ularning resurslarini toʻliq yoki deyarli toʻliq tiklash maqsadida, ularning istalgan qismlarini, shu jumladan, asosiy qismlarini almashtirish yoki tiklash hamda rostlash bilan amalga oshiriladigan taʼmirlash ishlari tizimidan iborat boʻladi.
2-§ Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish muddatlari, masʼul shaxslarni tayinlash, taʼmirlash ishlarini bajaruvchi shaxslar malakasiga qoʻyiladigan talablar
354. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun uskunalar va qurilmalarni taʼmirlash yillik reja-jadvali, uskunalar va qurilmalarni taʼmirlash oylik reja-jadvallari, oylik reja — ehtiyotdan taʼmirlash jadvallari, nuqsonlar qaydnomalari, sarf-xarajatlar smetalari, ishlarni bajarish jadvallari, ishlarni tashkil etish rejasi, naryad-ruxsat hujjatlari va boshqa hujjatlar tuzilishi lozim.
355. Oylik reja — ehtiyotdan taʼmirlash jadvallari rejalashtirilayotgan sanadan oldingi oyning yigirma bir kunidan kechiktirmagan holda tuziladi.
356. Nuqsonlar qaydnomasi qurilma boshligʻi va mexanigi tomonidan tuziladi hamda qurilma muhandis texnik xodimlar majlisida muhokama qilinadi, shundan soʻng kapital taʼmirlashdan kechi bilan toʻqson kun hamda joriy taʼmirlashdan oʻttiz kun oldin tegishli boʻlimlarga muhokama qilish uchun taqdim etiladi.
357. Taʼmirlash ishlarining rahbari taʼmirlashga tayyorlangan uskunalarni sex boshligʻidan yoki u tomonidan tayinlangan boshqa shaxsdan, uskunani taʼmirlashga topshirish dalolatnomasini tuzgan holda qabul qiladi.
358. Kapital taʼmirlangan uskuna sinovdan va ishlatib koʻrish muddatidan oʻtkazilganidan soʻng sex boshligʻi yoki u tomonidan tayinlangan shaxs tomonidan ishlatib koʻrish muddati tugaganidan soʻng kamida uch kunlik vaqt oʻtgach uskunani kapital taʼmirlashdan topshirish dalolatnomasini tuzgan holda qabul qilinadi.
3-§. Taʼmirlanayotgan uchastkani ajratish (toʻsish) zarurati va taʼmirlashdan oldingi ishlarni bajarish va taʼmirlash ishlarining xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha maxsus talablar
359. Taʼmirlash ishlarini bajaruvchi (pudratchi, taʼmirlash xizmati) taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfli boʻladigan joylarda ogohlantiruvchi plakatlarni osib qoʻyishi, uskunalarni va materiallarni sex ichidagi taʼmirlash zonasiga uzatish uchun moʻljallangan devordagi teshiklarni toʻsib qoʻyishi shart. Sexlar ichida ishlarni bajarish jarayonida qazilgan quduqlar va oʻralar taʼmirlash ishlarini bajaruvchi tomonidan toʻsib qoʻyiladi.
360. Tashkilot hududida va sexlarda odamlar oʻtadigan joylarda qazilgan transheyalardan oʻtish uchun suyanchiqli koʻprikchalar quriladi. Toʻsiqlarda ogohlantiruvchi yozuvlar va belgilar, tungi vaqtda esa — maxsus yoritish moslamalari oʻrnatiladi.
361. Sex maʼmuriyati sex xodimlarini obyekt taʼmirlash uchun toʻxtatilishi haqidagi buyruq (farmoyish) bilan tanishtirishi shart. Xavfi ayniqsa yuqori boʻlgan obyektlarga xavfsiz holat va obyektni taʼmirlash boʻyicha tegishli yoʻriqnomalar tuzilishi lozim.
362. Pudratchining xodimlari tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgan taqdirda, sex maʼmuriyati ishlarni toʻxtatib qoʻyishga va qoida buzuvchi shaxsni yoki butun brigadani ishlarni bajarishdan chetlashtirishga haqlidir.
363. Taʼmirlash ishlarini xavfsiz olib borish boʻyicha oʻqitish va yoʻriqnoma berish ishlarini tashkil etish, ushbu tashkilot tomonidan belgilangan tartibda, pudratchining maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
364. Taʼmirlash ishlarini bajarishda pudratchi sexlarga va yongʻin joʻmraklariga transport uchun oʻtish yoʻllari hamda sexlar atrofi va ichidagi hudud turli xil uskunalar, materiallar va qurilish chiqindilari bilan toʻsib qoʻyilmasligini taʼminlashi zarur.
365. Taʼmirlash jarayonida:
xodimlarni xavfli zonadan toʻliq chiqarib yubormagan va maxsus tadbirlarni ishlab chiqmagan holda apparatlar va quvurlarni sinash;
oʻt bilan bogʻliq ishlarni portlash jihatidan xavfli yoki yonuvchan mahsulotlar chiqishini yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan (uskunalarni, quvurlarni ochish, ularni havo yordamida tozalash va shu kabilar) ishlarni bir vaqtda bajarish taqiqlanadi.
366. Taʼmirlashda qatnashuvchi barcha shaxslar belgilangan namunadagi maxsus kiyimda boʻlishi shart.
367. Taʼmirlash uchun topshirilayotgan uskuna texnologik mahsulotdan tozalangan, yuvilgan, zarur hollarda — neytrallashtirilgan boʻlishi lozim.
368. Bosim ostida ishlovchi quvurlarda:
taʼmirlashga topshirilgan uskunalardan quvurlarni uzib qoʻyish;
taʼmirlash ishlarini oʻtkazish uchun masʼul shaxs ishtirokida uzib qoʻyilayotgan uchastkaning ikkala tomonidagi surma klapanlar va ventillarni hamda uning tarmoqlari tomonidan drenaj va aylanma tarmoqlar, shuningdek koʻtarmalarni berkitib qoʻyish;
tarmoqning taʼmirlanishi lozim boʻlgan qismini oʻchirib qoʻyadigan surma qopqoqlar va ventillarga “Yoqish man etiladi. Odamlar ishlayapti!” yozuvli plakatlarni osib qoʻyish;
quvurning oʻchirilgan qismidagi bosimni tushirish;
oʻchiradigan surma qopqoqlar va ventillar keraklicha zich boʻlmagan holda, taʼmirlanayotgan uchastka yoki uskunalarni, tiqinlarni oʻrnatish daftarida qayd qilinadigan tiqinlarni (zaglushkalarni) oʻrnatish orqali oʻchirish lozim. Tiqinlar aniq koʻrinadigan dumchali boʻlishi va dumchalarini tepaga qaratib oʻrnatilishi lozim.
369. Ogʻir texnologik uskunalarni taʼmirlash ishlarini taʼminlash uchun sex va uchastkalar tegishli ogʻirlikda yuk koʻtarish qobiliyatiga ega yuk koʻtaruvchi mashinalar va mexanizmlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
370. Yuk koʻtargich mashinalari va mexanizmlarda ishlash uchun yuk koʻtargich mexanizmlarida ishlash uchun ruxsat berilganligi haqidagi guvohnomaga ega boʻlgan va maxsus yoʻriqnomalarni olgan taʼmirlovchi xodimlar qoʻyiladi.
371. Turli xil yuklarning joyini oʻzgartirish ishlarini amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:
nosoz boʻlgan yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlarida ishlash;
markalanmagan, nosoz va koʻtarilayotgan yuk ogʻirligi va xususiyatiga koʻra nomuvofiq boʻlgan yuk koʻtarish moslamalari va idishlarni ishlatish;
bosh mexanik yoki uning oʻrinbosari tomonidan berilgan yozma ruxsatnomasiz yuk koʻtargich mexanizmlari va moslamalarini mustahkamlash uchun binoning bostirmalari, ustunlari va boshqa konstruksiyalaridan foydalanish;
yuk koʻtarish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qoidalarini hamda tashkilotda joriy etilgan qoidalarni buzish.
372. Ogʻirligi 50 kg dan yuqori boʻlgan yuklarni 1,5 m dan balandga koʻtarishda tegishli ogʻirlikdagi yuklarni koʻtarish qobiliyatiga ega yuk koʻtarish uskunalarini qoʻllash yoki chidamliligi hisob-kitoblar asosida tekshirilgan va kerakli ogʻirlikdagi avtomatik ravishda tormozlanadigan tallar osilgan chorpoyalar va balkalarni oʻrnatish lozim.
373. Balandligi 4 m dan yuqori boʻlgan havozalar inventar hisobida boʻlishi shart.
374. Taxtasupalarni yoki toʻsiqlarni oʻrnatmagan holda balandligi 1,5 m dan yuqori boʻlgan tepalikda qisqa muddatli ishlarni bajarish zarur boʻlganida saqlovchi kamarlar qoʻllanilishi shart.
375. Taʼmirlash ishlari uchun qoʻllaniladigan zinalar chidamli, ishonchli boʻlishi va quyidagi talablarga javob berishi shart:
zinaning uzunligi 5 m dan yuqori boʻlmasligi lozim;
zina pogʻonalari yon tomonlarining oʻyiqlariga oʻrnatilgan boʻlishi lozim;
narvonlarning uzunligi uning yuqori uchidan kamida 1 m lik masofada boʻlgan pogʻonada turib ishlash imkonini taʼminlashi kerak;
narvonning quyi uchi, surilib ketishining oldini olish maqsadida, oʻtkir metall tirnoqli boʻlishi kerak;
qandaydir narsalarni ushlab turish yoki joyidan olish zarur boʻlgan ishlarda ikki yoqqa ochiladigan narvondan foydalanish lozim, bunda ushbu narvonning yuqori maydonchasi uch tomonidan kamida 1 m balandlikdagi suyanchiqlar bilan oʻralgan boʻlishi lozim;
ikki yoqqa ochiladigan narvonlarda ish vaqtida ochilib ketishga yoʻl qoʻymaydigan moslamalar boʻlishi kerak;
transport yoki odamlar yuradigan uchastkada narvon oʻrnatilgan joy toʻsib qoʻyilishi yoki qoʻriqlab turilishi lozim;
balandligi 5 m dan ortiq boʻlgan osma metall narvonlar vertikal bogʻichli metall dugalar bilan toʻsilgan va konstruksiyalar yoki uskunalarga mustahkam mahkamlangan boʻlishi yoki pastdan xavfsizlikni taʼminlayotgan shaxs tomonidan ushlab turilishi lozim;
taʼmirlash jarayonida ishlatiladigan doimiy maydonchalarda taramlangan temirli toʻshama, pastidan 150 mm lik uzluksiz yon devorcha va balandligi kamida 1 m ni tashkil etadigan suyanchiqlar boʻlishi lozim.
376. Devorga qoʻyiladigan va ikki yoqqa ochiladigan narvondan foydalanishda:
narvonning ikkita eng yuqori pogʻonasida ishlash;
qoʻyiladigan narvonga yoki ikki yoqqa ochiladigan narvonning bitta tomoniga ikkita ishchi chiqishi;
bir vaqtda ikkita va undan koʻp odam koʻtarilishi yoki tushishi;
narvonni aylanayotgan vallar, shkivlar va uzatmalarning boshqa harakatlanuvchi qismlari oldida oʻrnatish;
narvon tagida turish yoki ishlash taqiqlanadi.
377. Balandlikdagi quvurlar va mexanizmlarni taʼmirlash uchun naryad-ruxsat rasmiylashtirilishi lozim.
378. Taʼmirlash ishlari xavfsizlik talablariga binoan tayyorlangan kerakli chilangarlik asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
379. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
380. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(380-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi, Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
VII. Yakuniy qoidalar
381. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi direktori A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
“Oʻzfarmsanoat” DAK Boshqaruvi raisi M. DUSMURATOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 277-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)