1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.12.00 Ekologik meʼyorlash]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish, rasmiylashtirish va kelishishga yagona yondashuv yoʻli bilan ekologik normalashtirish tizimini tartibga solish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar dasturi toʻgʻrisida” 2013-yil 27-maydagi 142-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 21-yanvar,
14-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qaroriga ILOVA
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqovalari paydo boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoki xizmatlar koʻrsatishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) tomonidan atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning ekologik normativlari loyihalarini (keyingi oʻrinlarda ekologik normativlar loyihalari deb ataladi) ishlab chiqish va kelishish tartibini belgilaydi.
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish sxemasi ushbu Nizomga muvofiq 1-ilovada keltirilgan.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqishda ilm-fan va texnikaning atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ilgʻor yutuqlari inobatga olinadi, chiqindilarni joylashtirishni, ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishini, oqizilishini kamaytirish boʻyicha eng yaxshi qulay texnologiyalarni joriy etish nazarda tutiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
2. Loyihalarda atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning asoslangan ekologik normativlari (tashlamalar, oqovalar, chiqindilar paydo boʻlishi va ularni joylashtirish normativlari) nazarda tutilgan.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi (keyingi oʻrinlarda — loyihani ishlab chiquvchi) — moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni tashkil etish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini, shuningdek, amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga oid ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi yuridik shaxs;
atrof-muhitni ifloslantirish manbai — ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga tushadigan moddalar yoki moddalar yigʻindisi tufayli paydo boʻladigan ifloslantiruvchi antropogen obyekt;
atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari va oqovalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini normalash — tabiiy oʻzgarishlar jarayonida eng sezgir organizmlar (indikator) yordamida aniqlangan yoʻl qoʻyiladigan chegaralar;
atrof-muhitni taxminiy-xavfsiz ifloslantirish darajasi (TXTD) — sanoat obyektlarini loyihalashtirish uchun hisoblash metodi bilan belgilangan atmosferani ifloslantiruvchi moddaning vaqtincha normativi;
ifloslantiruvchi tashlamalar, oqovalar manbalarini, chiqindilar paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — xatlovdan oʻtkazish) — atrof-muhitga tashlanadigan, ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari, chiqindilar paydo boʻlishi va joylashtirilishini, ularning sifat tarkibini aniqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish, miqdorini, manbalari parametrlarini aniqlash jarayoni;
konsentratsiyaning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdori (KCHM) — odam organizmida reflektor reaksiyalarini paydo qilmasligi kerak boʻlgan havo, suv va tuproqning konsentratsiyasi;
ekologik normativlarni belgilashning gibrid modeli — eng yaxshi qulay texnologiyalarni joriy etish orqali sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari uygʻunligida ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari normativlarini belgilash tizimi;
oqovaning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdori (OCHM) — nazorat punktida suv sifati normalarini taʼminlash maqsadida vaqt birligi hisobiga ushbu punktda belgilangan rejimda ajralishiga maksimal yoʻl qoʻyiladigan oqova suvlardagi moddalar miqdori;
oqova suvlarni chiqarib yuborish — suvni isteʼmol qilish va (yoki) undan foydalanish natijasida hosil boʻladigan hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari orqali oqizib yuboriladigan suv;
sanitariya-himoya zonasi — aholi yashaydigan va tashkilot orasidagi maxsus ajratilgan oʻsimlik va yalanglik zonasi, ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasini zararsiz normagacha tarqalib ketishini taʼminlaydigan hudud;
tashlamalarning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdori (TCHM) — atmosfera havosi uchun belgilangan, yoʻl qoʻyiladigan cheklangan normadan oshmaydigan yer ustidagi konsentratsiyalarni shakllantiruvchi, vaqt birligi hisobiga toʻgʻri keladigan tashlamalardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori;
texnik jihatdan erishiladigan koʻrsatkichlar — oqova suvlarni ifloslantiruvchi moddalardan tozalash qurilmalarining texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda oqova suvlarning koʻrsatkichlari;
chiqindilarni vaqtincha joylashtirish — chiqindilarni tashkilot hududida saqlash uchun moʻljallangan maxsus qurilma yoki boshqa hududlarda ishlatishdan oldingi texnologik ketma-ketlik yoki qayta ishlashga, zararsizlantirishga yoki chiqindilarni doimiy joylashtirish obyektiga joʻnatish;
chiqindining xavflilik klassi — atrof-muhit obyektiga va odamga yetkazilishi mumkin boʻlgan salbiy taʼsir darajasi boʻyicha chiqindi yoki uning komponenti gradatsiyasi;
chiqindilarni joylashtirish limiti — muayyan muddatda joylashtirish uchun ruxsat etilgan chiqindilarning cheklangan miqdori;
chiqindilarning paydo boʻlish normasi — asosiy xomashyoning muayyan massasini qayta ishlashda yoki chiqindilarning paydo boʻlish normativini taʼminlash sharoitlarida tayyor mahsulotni muayyan miqdorda tayyorlashda chiqadigan chiqindi miqdori;
chiqindilarning paydo boʻlish normativi — mahsulot birligini ishlab chiqarishda chiqindilar aniq turining yoki ularning boshlangʻich xomashyo birligiga toʻgʻri keladigan belgilangan miqdori;
ekologik normativlar — atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan hamda ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish va chiqindilarni joylashtirish normativlarini belgilash uchun ekologik ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan hujjatlar;
ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi bayonot — qurilishi (rekonstruksiya, modernizatsiya, kengaytirish) tugallangan obyekt (yoki uning uchastkasini) foydalanishga qabul qilib olinguniga qadar bajariladigan va ekologik normativlarni belgilaydigan atrof-muhitga taʼsirni baholash tartib-taomilining yakuniy bosqichi;
eng yaxshi qulay texnologiya — mahsulot (tovarlar) ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha zamonaviy ilm-fan va texnik yutuqlar hamda ularni qoʻllashning texnik imkoniyatlari mavjud boʻlishi sharti bilan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishish mezonlarini samarali uygʻunlashtirish asosida belgilanadigan texnologiya.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]
4. Ekologik normativlar loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tomonidan ishlab chiqiladi hamda davlat ekologik ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallariga (keyingi oʻrinlarda — Markazning hududiy filiallari) taqdim etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
5. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalari, chiqindilar paydo boʻlishi va joylashtirilish joyi hududiy jihatdan bir-biridan uzoqdagi sanoat maydonchalarida joylashgan taqdirda loyihalarni ishlab chiqish har qaysi sanoat maydonchasi uchun alohida-alohida ishlab chiqiladi. Maydonchalarda joylashgan atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatmasligi maydonchalarning bir-biridan uzoqdalik mezoni hisoblanadi.
II. Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish tartibi Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
6. Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish quyidagi ikki bosqichdan iborat boʻladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
tashlamalar, oqovalarning manbalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
tashlamalar, oqovalar, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini normalash.
7. Xatlovdan oʻtkazish:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
tashlamalar, oqovalar, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishi parametrlarini aniqlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
tashlamalar, oqovalar, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishi normativlarini ishlab chiqish uchun boshlangʻich maʼlumotlarni aniqlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
tashkilotda foydalaniladigan texnologiyalar va materiallarning ekologik tavsiflarini baholash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi]
atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi]
8. Xatlov bevosita tashkilotning oʻzi tomonidan yoxud loyihani ishlab chiquvchini jalb etgan holda oʻtkaziladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Ishlab chiqarish texnologiyasi rekonstruksiya qilinganda va oʻzgarganda ilgari amalga oshirilgan xatlovdan oʻtkazish maʼlumotlari aniqlashtiriladi, uning asosida ekologik normativlarning yangi loyihalari ishlab chiqiladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va majburiyatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi]
9. Tashlamalar, oqovalar manbalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish maʼlumotlarining ishonchliligi uchun tashkilotning rahbari (ekologik normativlar loyihalari buyurtmachisi) qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi]
10. Nomi ishlab chiqarishning texnologik reglamentiga muvofiq boʻlishi kerak boʻlgan tashlamalar, oqovalar manbalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini tekshirish xatlovdan oʻtkazish davomida, texnologik zanjir boʻyicha izchillikda, asosiy ishlab chiqarishdan boshlab yordamchi ishlab chiqarishgacha oʻtkaziladi.
III. Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atmosferaga chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan ekologik normativlari loyihalarini ishlab chiqish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]
11. Atmosferani ifloslantirish manbalarini xatlovdan oʻtkazish ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]
atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini, changdan tozalash va gazni tutib qolish asbob-uskunalarini tekshirish, ularning parametrlarini (balandligini, diametrini) va tashlamalar tavsiflarini (haroratini, tezligini) aniqlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]
tashkilotning sanoat maydonchalari koordinatlarining lokal tizimidagi tashlamalar har qaysi manbalarining joylashgan joyini aniqlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.03.00 Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarishga va atmosfera havosini isteʼmol qilishga ruxsat berish tartibi]
ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga ajralib chiqadigan moddalari va tashlamalari miqdori va tarkibini aniqlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
changdan tozalash asbob-uskunalarining ishlashi va tashkilotning boshqa havoni muhofaza qilish tadbirlari samaradorligini baholash.
12. Xatlovdan oʻtkazish bosqichlari:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]
birinchi bosqichda — atmosferani ifloslantiruvchi manba sifatidagi tashkilot toʻgʻrisidagi, uning joylashgan joyi, tuzilmasi, texnologik jarayonlarining sxemasi va tavsifi, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarning balans sxemalari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash amalga oshiriladi. Unda tashlamalar manbalarining mavjudligi va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yoqilgʻi, xom ashyo va materiallarning yillik sarfi keltiriladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]
ikkinchi bosqichda — ifloslantiruvchi moddalarning ajralib chiqish va tashlamalari manbalarini, changdan tozalash asbob-uskunalari samaradorligini vizual va asbob vositasida tekshirish amalga oshiriladi, ularning tavsiflari aniqlanadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.04.00 Atmosfera havosi sifatini meʼyorlash. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishning normativlari va standartlari]
uchinchi bosqichda — olingan natijalar tahlil qilinadi va tizimlashtiriladi, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tashlamalar manbalarini xatlovdan oʻtkazish blankasining 4 ta boʻlimi toʻldiriladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
13. Atmosferani ifloslantiruvchi ajralmalar va tashlamalarning miqdori va tarkibi asbob-uskunalar bilan oʻlchash va hisoblash usullari majmuasi asosida aniqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.04.00 Atmosfera havosi sifatini meʼyorlash. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishning normativlari va standartlari]
14. Ifloslantiruvchi moddalarning nomlari, ularning ekologik normativlari miqdori KCHMning tasdiqlangan standartlariga muvofiq boʻlishi kerak. Ifloslantiruvchi moddaning KCHM mavjud boʻlmagan taqdirda TXTDni hisobga olish zarur.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]
15. Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari manbalari uchun xatlovni oʻtkazish tartibida ortib boruvchi oraliq tartib raqami joriy etiladi.
Xatlovni aniqlashtirishda tashlamalarning tugatilgan manbalari tartib raqami tushirib qoldiriladi, yangidan joriy etilganlariga oxirgisidan keyingi tartib raqami qoʻyiladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.04.00 Atmosfera havosi sifatini meʼyorlash. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishning normativlari va standartlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
16. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining ekologik normativlarini belgilashning maqsadi atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, atmosfera havosining sifatini belgilangan sanitar-gigiyenik normalardan oshmasligini taʼminlashdan iborat
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 17-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.03.00 Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarishga va atmosfera havosini isteʼmol qilishga ruxsat berish tartibi]
18. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari quyidagilarga asosan meʼyorlanadi:
a) tashlamalar manbaida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyalarini asbob-uskunalar bilan oʻlchash (ekologik baholash) orqali KCHMni aniqlash;
b) tashlamalar manbaida ifloslantiruvchi moddalarning texnologik jihatdan asoslangan darajalarga keltirishga erishishni (texnologik baholash) eng yaxshi qulay texnologiyalar asosida taʼminlash;
v) ekologik va texnologik baholash natijalari oʻrtasida tafovut yuzaga kelganda, ekologik normativning yuqori miqdorini qoʻllash.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]
19. TCHMdan oshib ketishi, agar yil davomida butun tashkilot uchun TCHM miqdorining (tonna/yil)dan koʻp boʻlsa yoxud tashlamaning har qanday manbaidan yoki tashkilotdan bir galgi tashlamaning amaldagi maksimal miqdori (gramm/sekund) belgilangan miqdoridan yuqori boʻlgan taqdirda belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.03.00 Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarishga va atmosfera havosini isteʼmol qilishga ruxsat berish tartibi]
20. Davom etishi yil mobaynida asosiy texnologik uskunaning ishlash soatining 5 foizidan oshmaydigan bitta manbadan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalarning bir yoʻla tashlamasi yalpi tashlamaga mansub boʻladi va normalanmaydi. Yalpi tashlamalar tavsifi ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha jadvalga kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 21-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
IV. Suv havzalari sathida va yer relyefida ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan tashlamalarining ekologik normativlari loyihalarini ishlab chiqish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.07 Suv fondi yerlari]
22. Oqova suvlarning paydo boʻlish manbalarini xatlovdan oʻtkazish ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.06 Boshqa maqsadlarda suvdan foydalanish]
texnologik, xoʻjalik-ichish maqsadlariga, sugʻorishga, yongʻinni oʻchirishga, sarflanadigan boshlangʻich suvning sifati va miqdoriy tavsifi, suvni tozalash usullari, aylanma, takroriy va takroriy-izchil suv taʼminoti toʻgʻrisida ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha maʼlumotlar olgan holda suv taʼminoti natijalari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.06 Boshqa maqsadlarda suvdan foydalanish]
har bir uchastka boʻyicha alohida suv isteʼmoli va suv ajratishning normativ va amaldagi hajmlarini koʻrsatgan holda asosiy, yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlarning texnologik balans sxemalari;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
har bir aniq ishlab chiqarish uchastkasida paydo boʻladigan oqova suvlar ifloslantiruvchi moddalarining texnologik asoslanishi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
ularning sifat tavsifini koʻrsatgan holda (suv sifati tahlili natijalarini ilova qilib) oqova suvlarni chiqarishning qabul qilingan suv ajratish sxemasiga muvofiq asoslanishi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
oqova suvlarni tozalash inshootlarining tarkibi va texnik holatining tozalashdan keyingi tarkibining tahlillari maʼlumotlari boʻyicha ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha oqova suvlarning ularni tozalashgacha boʻlgan holati, ularning ish samaradorligining tavsifi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
har bir suv chiqargichning joylashgan joyida oqova suvlarni qabul qilgichlarni tekshirish natijalari va ularning tavsifi, tavsifda quyidagilar koʻrsatiladi: oqova suvlar chiqarib yuboriladigan suv obyektining nomi, suvdan foydalanish toifasi, topografik va gidrologik tavsifi ushbu Nizomning 10-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladigan suv oqimidagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibiy konsentratsiyalari koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
Oqova suvlar joyning relyefiga tashlanganda suv qabul qilgichning tabiiy tubini tashkil qiladigan tuproqlarning turi, singdiruvchanligi va tozalovchanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 11-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha taqdim etiladi.
23. Joyning relyefiga uning turli past-balandligi, shu jumladan jarliklari, qazilgan ochiq oʻralari, qumliklardagi chuqurlik, soy va ariqlarning quruq oʻzanlari kiradi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
24. Ishlab chiqarish va xoʻjalik-maishiy oqovalar, shuningdek drenaj suvlari bilan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib yuborish miqdorlari normalanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
25. OCHM miqdori, ifloslantiruvchi modda konsentratsiyasini yoʻl qoʻyiladigan chiqarib yuborish hisobiga oqova suvlarning oʻrtacha sutka davomidagi bir soat vaqtdagi miqdori bilan aniqlanadi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
26. OCHM ifloslantiruvchi moddalarni oqizish eng yaxshi qulay texnologiyalarning texnologik koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda normalanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
27. Texnik jihatdan erishiladigan koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda aniqlangan OCHM kelgusida suvni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va Ekologiya qoʻmitasi tomonidan belgilangan muddatlarda, ekologik vaziyatga, chiqarib yuboriladigan oqova suvlar va shu kabilar sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan hamda tasdiqlangan tadbirlarni bajarish muddatlariga qarab normalar bosqichma-bosqich qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
28. OCHM normativlari hisoblash yoʻli bilan tarkibiy konsentratsiyalarni hisobga olib, qoʻllanayotgan texnologiyada foydalaniladigan boshlangʻich suv tarkibini va komponentlarni hisobga olgan holda hisoblash yoʻli bilan yoki tashkilotning suv-moddiy balansi tahlili asosida, loyihadagi maʼlumotlar boʻyicha belgilanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
29. Texnologik jarayonlar bilan oqova suvlarga tushmaydigan normalanayotgan ifloslantiruvchi moddalar roʻyxati ushbu Nizomning 13-ilovasiga muvofiq roʻyxat bilan cheklanadi.
V. Chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishining ekologik normativlari loyihalarini ishlab chiqish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
30. Chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
sifat va miqdoriy tavsiflari toʻgʻrisida maʼlumotlar olgan holda chiqindilarning paydo boʻlish manbalarini tekshirish natijalari, bunda paydo boʻladigan chiqindilar miqdorini aniqlash uchun quyidagilardan foydalaniladi:
amaldagi texnologik jarayonlarga yaqin boʻlgan sharoitlarda chiqindining chiqish miqdorini aniqlashdan iborat boʻlgan tahliliy metod;
chiqindilar paydo boʻlishi sharoitlarini ochib beruvchi statistika usullari va metodlari yigʻindisidan iborat boʻlgan statistika metodi;
asosiy, yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlarning balans va texnologik sxemalari;
xom ashyo (materiallar, yoqilgʻi) tarkibi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turi va hajmlari, texnologik uskunaning ishlash rejimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (rasmiy maʼlumotnoma tarzida taqdim etiladi);
koordinatlar tizimidagi reja-sxema, unga chiqindilarning paydo boʻlish manbalari va ularning joylashtirish (vaqtinchalik toʻplash) joylari;
chiqindilarning har bir turi uchun pasport, unda ushbu Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ularning paydo boʻlish jarayoni, fizik-mexanik, fizik-kimyoviy, sanitariya-gigiyena va isteʼmol xossalari, paydo boʻlish normativi koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
31. Chiqindilarning atrof-muhit uchun xavflilik klassi ushbu Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha chiqindilarning klassifikatsiya katalogi asosida aniqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
32. Ishlab chiqarishda va isteʼmol qilishda paydo boʻladigan barcha chiqindilar boʻyicha olingan maʼlumotlar ushbu Nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha xatlov vedomostiga kiritiladi.
33. Chiqindilarning paydo boʻlishini normalash asosiy va yordamchi ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi (kommunal tusdagi chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishi normalanmaydi).
Chiqindilarning paydo boʻlishi normativlari foydalanilayotgan xom ashyo, materiallar yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdoriga nisbatan massa (hajm) birliklari hisobida aniqlanadi.
Chiqindilar paydo boʻlishining foizlarda baholanadigan normativlari boshlangʻich xom ashyo ega boʻlgan aynan shu fizik-kimyoviy xossalarga ega boʻlgan chiqindilar turlari boʻyicha aniqlanadi.
Boshlangʻich xom ashyoga nisbatan oʻzgartirilgan tavsiflarga ega boʻlgan chiqindilar paydo boʻlishi normativlari: kg/t, kg/m3, m3/ming m3 oʻlchov birliklarida taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Chiqindilar paydo boʻlishi normativlarida quyidagi metodlar qoʻllanadi:
ishlab chiqarishning texnologik reglamenti asosida material-xom ashyo balansi boʻyicha hisoblash metodi;
chiqindilar paydo boʻlishining solishtirma tarmoq normativlari boʻyicha hisoblash metodi, ular tarmoq korxonalari uchun chiqindilar paydo boʻlish normativlarining individual miqdorlarini oʻrtacha miqdorda hisoblash yoʻli bilan va/yoki muayyan (bazaviy) davr uchun hisobot axborotini tahlil qilish, norma hosil qiluvchi eng muhim (ekspert boʻyicha aniqlanadigan) omillarni ajratish hamda ularning rejalashtirilayotgan davr uchun normativlari miqdoriga taʼsirini aniqlash vositasida ishlab chiqiladi;
hisoblash-tahliliy metod mahsulot ishlab chiqarishdagi chiqindi hosil boʻlishida, dastlabki texnologik qurilmani hujjatlashtirishda (texnologik xarita, retseptura, reglamentlar, ishchi chizmalar) ishlatiladi. Xom ashyo (material)ning normadagi sarfiga muvofiq belgilangan bunday hujjatlashtirish asosida chiqindilar paydo boʻlishi normalari, xom ashyo birligi hisobiga xom ashyo (material)ning normadagi sarfi va xom ashyoning muqarrar qaytmaydigan yoʻqotilishidan keyingi hisoblangan sof (foydali) sarfi oʻrtasidagi farq boʻyicha hisoblab aniqlanadi;
tajriba metodi ishlab chiqarish sharoitlarida tajriba oʻlchovlari olib borish asosida chiqindilar paydo boʻlishi normalarini aniqlashdan iborat. Birinchi navbatda xom ashyoning (materiallarning) massa birligida olingan foydali mahsulot ogʻirligi, tajriba oʻlchovlarini statistik qayta ishlash asosida, xom ashyodagi foydali mahsulotning foizlardagi ulushini ifodalovchi koʻrsatkich aniqlanadi. Ushbu koʻrsatkichdan kelib chiqib va xom ashyodan ajratilgan foydali mahsulot miqdoridan chiqindilarning paydo boʻlish miqdori aniqlanadi. Oʻzlashtirish bosqichida aniqlangan mahsulot hisobiga chiqindilar paydo boʻlishi normalari tajriba yoʻli bilan, tipik mahsulotni ishlab chiqarishdagi chiqindi miqdorini oʻlchash asosida aniqlanadi va mavjud turdagi mahsulotning oʻrtacha koʻrsatkichi aniqlanadi;
yordamchi va taʼmirlash ishlari uchun chiqindilar paydo boʻlishining amaldagi hajmlari boʻyicha hisoblash metodi (statistika metodi) bazaviy (3 yillik) davr uchun statistik hisobot axboroti asosida chiqindilar paydo boʻlishi normativlarini aniqlash uchun qoʻllanadi, keyinchalik maʼlumotlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotning material sarfi kamaytirilishini nazarda tutuvchi rejalashtirilayotgan tashkiliy-texnik tadbirlarga muvofiq tuzatishlar kiritiladi. Statistik maʼlumotlar oxirgi uch yil uchun ishlab chiqiladi va ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasini va tashkil etishni rivojlantirish tendensiyalariga muvofiq rejalashtirilayotgan davr uchun solishtirma koʻrsatkichlarga tuzatishlar kiritiladi;
sanoat tarmoqlari boʻyicha chiqindilar paydo boʻlishining solishtirma normativlari maʼlumotnoma jadvali boʻyicha hisoblash metodi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
34. Chiqindilarni joylashtirish limiti tashkilot hududida, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarida paydo boʻladigan chiqindilarni vaqtinchalik joylashtirish massasining cheklangan miqdori, maydoni va muddatining davom etishini belgilaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
35. Chiqindilarni joylashtirish limitlari:
tashkilot loyihasida nazarda tutilgan va uning hududida joylashgan chiqindilarni uzoq vaqt (bir yildan koʻp) saqlash obyektlariga;
chiqindilar doimiy joylashtiriladigan obyektlarga (xazonlar saqlanadigan, koʻmiladigan, qazilgan yerlar va boshqalarga);
yer qaʼriga koʻmiladigan chiqindilarga;
radioaktiv chiqindilarga tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
36. Hisoblash limiti chiqindilarni tashkilot hududida joylashtirish normativi hisoblanadi va ushbu Nizomning 17-ilovasiga muvofiq taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
37. Chiqindilarni vaqtinchalik joylashtirish jarayonini takomillashtirish, ularning odamga va atrof-muhitga xavfli taʼsiri darajasini pasaytirish, shuningdek ularni kelgusida qayta ishlash va utillashtirish imkoniyati masalalarini hal etish maqsadida ushbu Nizomning 18-ilovasiga muvofiq tabiatni muhofaza qilish reja-tadbirlari ishlab chiqiladi.
VI. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish materiallarini koʻrib chiqish tartibi
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
38. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish materiallari elektron rasmiylashtiriladi, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalariga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
39. Moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish materiallarini koʻrib chiqish muddati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari tomonidan ular taqdim etilgan kundan boshlab koʻpi bilan 15 kun etib belgilanadi, ularning ushbu Nizom talablariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda materiallar rasmiy ravishda rasmiylashtirilgan, asoslangan mulohazalar va ularni puxtalashtirish boʻyicha takliflar bilan birga tashkilotga qaytariladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
VII. Ekologik normativlar loyihalarini rasmiylashtirish
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
40. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan xatlovdan oʻtkazish materiallari asosida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning ekologik normativlari loyihalari ishlab chiqiladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
Loyihalar qogʻoz manbada, uch nusxada rasmiylashtiriladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
41. Ekologik normativlarni ishlab chiqishda tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda atrof-muhit muhofazasi sohasidagi fan va texnikaning eng ilgʻor yutuqlari hisobga olinadi, tashlamalar va oqovalarni kamaytirish, chiqindilarni utillashtirish boʻyicha eng zamonaviy texnologiyalarni va texnik vositalarni joriy qilish koʻzda tutiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.03.00 Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarishga va atmosfera havosini isteʼmol qilishga ruxsat berish tartibi]
42. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish materiallarining titul varagʻi ushbu Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha taʼsir koʻrsatish turlari uchun alohida-alohida rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
43. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish daftarlarining mazmuni ushbu Nizomning 20-ilovasidagi shaklga muvofiq boʻlishi kerak.
44. Ekologik normativlar titul varagʻi ushbu Nizomning 21-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
45. Ekologik normativlar loyihalarini rasmiylashtirish ushbu Nizomning 22-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
VIII. Ekologik normativlar loyihalarini koʻrib chiqish muddatlari va ularni kelishish tartibi
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
46. Buyurtmachi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan ekologik normativlar loyihalarini xatlovdan oʻtkazish materiallari bilan birga davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun Markazga taqdim etadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
47. Ekologik normativlar loyihalari davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 48-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 49-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 50-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
51. Ekologik normativlarining tasdiqlangan elektron nusxalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalariga taqdim etiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
52. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari organlari tomonidan atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga rioya qilinishi, shuningdek ekologik normativlar loyihalarida va davlat ekologik ekspertizasi loyihalarida nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan nazorat amalga oshiriladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
IX. Ekologik normativlar loyihalarining amal qilish muddatlari
53. Ekologik normativlar faoliyat koʻrsatayotgan obyektlar uchun besh yil muddatga belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 54-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 55-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish
SXEMASI
Bosqichlar
Tadbirlar
Masʼullar
Muddatlar
1-bosqich
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — xatlovdan oʻtkazish)
Tashkilot yoki jalb qilingan loyihani ishlab chiquvchi
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Xatlovdan oʻtkazish materiallarini tasdiqlash va tashkilot joylashgan joy boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalariga yuborish
Tashkilot rahbari
Tayyorligiga koʻra
3-bosqich
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni oʻrgangan holda, xatlovdan oʻtkazish materiallarini koʻrib chiqish va ularni tasdiqlash yoki qayta ishlash uchun qaytarish (ishonchsiz maʼlumotlar aniqlanganda)
Obyekt joylashgan joy boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan xatlovdan oʻtkazish materiallari asosida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning ekologik normativlari loyihasi ishlab chiqiladi
Tashkilot yoki jalb qilingan loyihani ishlab chiquvchi
Xatlovdan oʻtkazish materiallari tasdiqlangandan keyin
5-bosqich
Ekologik normativlar loyihalari xatlovdan oʻtkazish materiallari bilan birga davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DMga taqdim etadi
Tashkilot rahbari
Xatlovdan oʻtkazish materiallari tayyorligiga koʻra
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Chiqindilar manbalarini xatlovdan oʻtkazish blankasi
I. Ifloslantiruvchi moddalar ajralib chiqishi manbalari
Ishlab chiqarish, sex va uchastkaning nomi
Ajralib chiqish manbaining nomi
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomi (bajariladigan operatsiya)
Ajralib chiqish manbaining ish vaqti, soat
Ifloslantiruvchi mahsulot nomi
Ajralib chiqish: manbadan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddaning miqdori*
sutkada
bir yilda
oʻrtacha mg/kub. m
maksimal
jami, t/yil
mg/kub. m
g/s
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
*Hisoblab chiqish metodikasi mavjud boʻlmaganda jarayonni va moddani aniqlash uchun ajralib chiqish manbaidan chiquvchi ifloslantiruvchi modda miqdori oʻlchov asboblari yordamida aniqlanadi.
II. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari manbai
Ishlab chiqarish, sex va uchastkaning nomi va boshqalar
Ajralib chiqish manbalari
Chiqindi manbaining nomi
Chiqindi manbalarining ish vaqti
Xaritadagi manba raqami
Chiqindi manbaining balandligi
Quvur diametri
Gaz-havo aralashmasining koʻrsatkichlari
Xarita-sxemada manbalarning koordinatlari, m
Ifloslantiruvchi moddaning nomi
Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari
Chiqindining solishtirma miqdori
hajmi, sigʻimi, kub.m/s
tezligi, m/s
harorat, 0S daraja
aniq, yassi chiziqli birinchi oxiri
aniq, yassi chiziqli ikkinchi oxiri
kengligi, m
X1
Y1
X2
Y2
g/s
mg/ kub. m
t/y
mahsulotlar tonna/ birlik
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
III. Chang-gazdan tozalovchi (zararsizlantiruvchi) qurilma ishining koʻrsatkichlari
Chiqindi manbaining raqami
Chang-gazdan tozalovchi (zararsizlantiruvchi) qurilmaning nomi
Ular boʻyicha tozalash amalga oshiriladigan ifloslantiruvchi moddalar nomi
Modda konsentratsiyasi, mg/kub. m
Qurilmalarning FIK, %
Toʻyinganlik koeffitsiyenti, %
Chang-gazdan tozalovchi (zararsizlantiruvchi) qurilmaning holati tasnifi, ta
tozalashga tushishi
tozalashdan keyin
loyihaviy
amalda
normativ
amalda
jami
nosozlari
samarasizlari
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
IV. Atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar jami
Ifloslantiruvchi moddalarning nomi
Manbadan ajralib chiquvchi ifloslantiruvchi moddalar miqdori t/yil
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 3-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 4-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 5-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 6-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Bir yoʻla otilib chiqadigan chiqindilar tavsifi
Sex, boʻlim nomi
Ifloslantiruvchi moddalar ajralib chiqadigan manbalar
Atmosferani ifloslantiruvchi manba nomi
Manbaning xaritadagi raqami
Davriyligi bir marta/yil
Davomiyligi minut/bir
Chiqindi manbaining balandligi, m
Quvur diametri, m
Gaz-havo aralashmasi parametrlari
Manbalarning xarita-sxemadagi koordinatlari
Ifloslantiruvchi moddaning nomi
Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari
nomi
hajmi kv. m/s
tezlik m/s
harorat 0S daraja
X1
Y1
reglament boʻyicha, g/s
amalda, g/s
amalda, t/yil
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
_____ yilda suv olish, berish va foydalanishning miqdoriy tavsifi
ming. kub. m/yil
Suvli obyektdan olingan
KDS dan olingan
Toza suv olinishi
Boshqa suv isteʼmolchilariga berilgan
Foydalanilgan suv
Aylanma suv taʼminoti hajmi
Ish kunlari soni
hammasi
shu jumladan
hammasi
shu jumladan togʻ suvlari
hammasi
shu jumladan
yer usti suvlaridan
yer osti suvlaridan
xoʻjalik isteʼmoli uchun
ishlab chiqarish isteʼmoli uchun
Suv ajratish va oqova suvlarni tozalash usullari
ming. kub. m/yil
Yil
Suv obyektlariga suv oqizish
hammasi
shu jumladan:
normativ toza, tozalanmagan
ifloslangan
inshootlarda
hammasi
shu jumladan:
hammasi
shu jumladan:
tozalanmagan
yetarlicha tozalanmagan
biologik
fizik- kimyoviy
mexanik
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Tozalash inshootlari tavsifi
ming. kub. m/yil
Yil
Tozalash inshootlarining nomi va tarkibi hamda tozalash usuli
Oʻtkazuvchanlik quvvati, kub. m/sut
Tozalash samaradorligi
Oqova suvlarning normativ koʻrsatkichlari
loyihaviy
amalda
ingrediyentlar
loyiha boʻyicha konsentratsiya, mg/l
amaldagi konsentratsiya, mg/l
ETK1
ETK2
ETK3
qabul qilindi
oqizib yuborildi
qabul qilindi
oqizib yuborildi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qaroriga asosan 12-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 14-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Normalashtiriladigan ifloslantiruvchi moddalar
roʻyxati
Muallaq moddalar
Biokimyoviy foydalaniladigan kislorod
Kimyoviy foydalaniladigan kislorod
Nitratlar azoti
Nitritlar azoti
Ammoniy azoti
Xrom (VI)
Xrom (III)
Temir
Mis
Rux
Quruq qoldiq
Sulfatlar
Xloridlar
Fosfatlar
Fenollar
Neft mahsulotlari
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
“Tasdiqlayman”
Tashkilot rahbari ___________________ 20___ yil “___” ___________________
Paxta kunjarasi; tarkibida moy boʻlgan gilni oqartiruvchi chiqindilar; oʻsimlik xom ashyosidan olinadigan gidravlik va surkov moylari chiqindilari; ishlatib boʻlingan oʻsimlik moylari; omixta yem qipiqlari; oʻsimlik va hayvon yogʻlari chiqindilari
4
13.
Paxta taxtakunjarasi
3
Tarkibida oʻsimlik va hayvonlardan olinadigan yogʻli mahsulotlar emulsiyasi va aralashmalari
14.
Oʻsimlik moyi va hayvon yogʻlari ishlab chiqarishda uskunalarni yuvishdagi yogʻsimon emulsiyalar
3
Hayvon va parrandalarni saqlash, soʻyish va qayta ishlash chiqindilari
15.
Hayvonot xoʻjaliklaridagi qoramol va qoʻy-echkilar, otlarning chirigan goʻngi, tovuq tuxumi poʻchogʻi; parranda, hayvonlar goʻshtini ishlatishdan qolgan chiqindilar; pat va par chiqindilari
4
16.
Hayvonot xoʻjaliklaridagi qoramol va qoʻy-echkilar, otlarning yangi goʻngi, choʻchqalarning chirigan goʻngi; tovuq, oʻrdakning chirigan chiqindilari, pat va par chiqindilari
3
17.
Choʻchqaning yangi goʻngi, tovuq, oʻrdak chiqindilari
2
Teri, moʻyna va charm chiqindilar
18.
Kondinsiyalanmagan, qayta ishlanmagan terilar, shuningdek ularning qoldiqlari va qiyqimlari; oshlanmagan teri qoldiqlari; qattiq teri mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqarish qiyqimlari; isteʼmol xossalarini yoʻqotgan teridan ishlangan ish poyabzali
4
19.
Xom teri, oshlangan teri chiqindilari, terini silliqlashda hosil boʻlgan shlamlar
3
20.
Teri qipigʻi (un)
2
Yogʻoch chiqindilari
21.
Oʻz xususiyatini yoʻqotgan, zaharli moddalar bilan ifloslanmagan yogʻoch chiqindilari, tabiiy yogʻoch qadoqlar (qaytarilmaydigan idish); oʻzining isteʼmol xossalarini yoʻqotgan tabiiy yogʻochdan tayyorlangan buyumlar chiqindisi
5
22.
Poʻstloq, tuproq bilan poʻstloq aralashmasi, toza tabiiy yogʻochni randalashdagi shlamlar; fanerning kesilgan boʻlaklari, faner tayyorlashda brak qilingan chiqindilar; tarkibida 0,2% dan 2,5% gacha miqdorda bogʻlovchi qatronlar mavjud boʻlgan yogʻoch payrahalari va/yoki yogʻoch tolali plitalarni qayta ishlash chiqindilari; qurilishda ishlatiladigan yogʻoch-taxta materiallar chiqindilari, shu jumladan imoratlarni buzishda hosil boʻladigan yogʻoch-taxta materiallar chiqindilari; mineral moylar va benzin bilan ifloslangan (tarkibida 15% dan kam moylar va benzin boʻlgan) payraha va yogʻoch qipiqlari;
4
23.
Ishlatib boʻlingan va brak qilingan antiseptik vositalar shimilgan, temir yoʻl yogʻoch shpallari; mineral moylar va benzin bilan ifloslangan (tarkibida 15% va undan koʻp moylar va benzin boʻlgan) payraha va yogʻoch qipiqlari
3
Yogʻoch tayyorlashdagi va daraxtlarni kesishdagi chiqindilar
24.
Kesishdan keyingi shox-shabbalar, toʻnka ildizlari chiqindilari
5
Sellyuloza, qogʻoz va karton, sellyuloza ishlab chiqarish, sellyulozani qayta ishlash chiqindilari, qogʻoz va karton chiqindilari
25.
Ifloslanmagan karton, qogʻoz, gofrokarton chiqindilari; bosma mahsulotlar chiqindilari (qora-oq va rangli bosma); foydalanilmagan, brak qilingan qogʻoz filtrlar; mumlangan qogʻoz chiqindilari
5
26.
Lok surtilgan qogʻoz chiqindilari; yelimlanadigan lenta qogʻozlar, foto qogʻoz
4
27.
Gudron shimdirilgan qogʻozlar va qora qogʻoz, ruberoid chiqindilari
3
Pechka siniqlari, metallurgiya va quyishdagi shagʻal (brak)
28.
Foydalanilmagan kvarstigellari parchalari
5
29.
Aluminiy ishlab chiqarishining ishlatilgan futerovka parchalari
4
30.
Aluminiy ishlab chiqarishining elektr filtrlari changi
3
Isitish qurilmalaridan va termik ishlov qoldiqlaridan chiqqan kul, shlaklar va chang
31.
Koʻmirni (Angren) yoqishdan chiqqan kul-shlaklar
3
32.
Oʻtin va somon kuli
4
Boshqa qattiq minerallar chiqindilari
33.
Shisha tola chiqindilari
2
34.
Quyish ishlab chiqarishining gorn qumi; (metallurgiyada) qumsochish va tozalash qurilmalaridagi qum qoldiqlari; abraziv chang va qora metallarni silliqlash kukunlari (tarkibidagi metall kamida 50%)
3
Keramzit chiqindilari
35.
Keramzitning boʻlak shaklidagi chiqindilari
5
36.
Keramzit changi
4
Keramika chiqindilari
37.
Keramikaning boʻlak shaklidagi chiqindilari; foydali xususiyatlarini yoʻqotgan keramik buyumlar
5
38.
Keramika changi
4
Shisha chiqindilari
39.
Ifloslanmagan shisha siniqlari (eletron-nur trubkalari va lyuminessent lampalardan tashqari)
5
40.
Shisha changi
4
Qurilish shagʻali chiqindilari
41.
Foydali xossalarini yoʻqotgan qurilish shagʻali; yer qazishda paydo boʻlgan, lekin xavfli moddalar bilan ifloslanmagan tuproq
5
42.
Shagʻal changi
4
Asbotsement chiqindilari
43.
Asbotsementning boʻlakli chiqindilari
4
44.
Asbotsement changi
2
Ohaktosh va dolomit chiqindilari
45.
Zarralari 5 mm dan katta boʻlmagan ohaktosh va dolomitning boʻlak shaklidagi chiqindilari; ohak shagʻali (konditsiyasiz skol); shakar ishlab chiqarishlarining filtrlangan choʻkmasi (“shakar defekati”)
5
46.
Ohak va dolomit changi; boʻrning kukun yoki chang shaklidagi chiqindilari
3
Gʻisht chiqindilari
47.
Shamotli va qurilish gʻishti siniqlari; olovga chidamli ohakgil chiqitlari
5
48.
Gʻisht changi
4
Mineral tola chiqindilari
49.
Xavfli moddalar bilan ifloslanmagan aktivlashtirilgan koʻmir chiqindilari
5
50.
Chiqindilar; shlakvata changi; bazaltli oʻta ingichka tola qoldiqlari
4
Tosh, qoʻngʻir va yogʻoch koʻmir chiqindilari
51.
Xavfli moddalar bilan ifloslanmagan ishlatilgan koʻmir elektrodlari; koʻmirning kukun holidagi chiqitlari
5
52.
Koʻmir changi; aluminiy ishlab chiqarishdagi kuygan anodlar qoldiqlari
4
Qum chiqitlari
53.
Xavfli moddalar bilan ifloslanmagan qum chiqindilari
5
54.
Mazut, benzin yoki yogʻ (tarkibida mazut, benzin yoki yogʻ kamida 15%) bilan ifloslangan qum
4
55.
Mazut, benzin yoki yogʻlar (tarkibida mazut, benzin yoki yogʻ 15% va undan koʻp) bilan ifloslangan qum
3
Beton, temirbeton chiqindilari
56.
Beton va temirbeton chiqindilari; tarkibida 30% dan kam chang boʻlgan beton aralashmasi chiqindilari
5
57.
Tarkibida 30% dan koʻp chang boʻlgan beton aralashmalari chiqindilari, beton changi
3
Grafit chiqindilari
58.
Ishlatilgan, xavfli moddalar bilan zararlanmagan grafit elektrodlari
5
59.
Grafit changi
3
Asfaltbeton va asfaltbeton aralashmasining chiqindilari
60.
Asfaltbeton va/yoki asfaltbeton aralashmasining chang yoki boʻlak shaklidagi chiqindilari
4
Asbest chiqindilari
61.
Asbestning boʻlak shaklidagi chiqindilari; asbest qogʻoz chiqindilari; asbest ushoqlari chiqindilari
Chang shaklidagi obraziv materiallar chiqindilari; payvandlash shlagi
3
Koks chiqindilari
67.
5 mm dan katta boʻlmagan mayda koks boʻlaklari
5
68.
Koks changi
4
Sement chiqindilari
69.
Boʻlak shaklidagi sement chiqindilari
5
70.
Sement changi
3
Sir (emal) chiqindilari
71.
Sir (emal) changi
4
Xavfli moddalar bilan ifloslanmagan, ishlatilgan filtrlovchi va shimuvchi massalar
72.
Havo va gazlarni quritishda ishlatilgan seolit, alyumogel, silikagel
4
Xavfli moddalar bilan ifloslangan, ishlatilgan filtrlovchi va shimuvchi massalar
73.
Mineral moylar bilan ifloslanmagan (moy miqdori — kamida 15%), qayta ishlangan aktiv kumit, koʻmirli filtrlar va koksli massa
4
74.
Mineral moylar bilan ifloslangan (moy miqdori — kamida 15% va undan koʻp), qayta ishlangan aktiv kumit, koʻmirli filtrlar va koksli massa
3
Mineral shlamlar
75.
Shakar ishlab chiqarishda q�llanilgan lavlagi sharbatini tozalashdagi ishqor shlamlari; sabzavotlar (lavlagi, kartoshka) yuvilgandan keyingi shlamlar; shakar ishlab chiqarishdagi filtrlash qoldiqlari; kremniy ishlab chiqarishda gaz tozalashdan qolgan mineral shlamlar
5
76.
Aluminiy ishlab chiqarishda gaz tozalashdan qolgan mineral shlam
Qora metalli keramikalar boʻlaklari va chiqindilari
4
Tarkibida choʻyan boʻlgan siniqlar va chiqindilar
79.
Choʻyan boʻlaklari, ifloslanmagan, isteʼmol xossasini yoʻqotgan choʻyan idishlar va upakovkalar; ifloslanmagan choʻyan qirindilari qoldiqlari
5
80.
Ifloslanmagan choʻyan changi
4
Tarkibida metall parchasi va chiqindilar boʻlgan poʻlat
81.
Poʻlat parchalari; ifloslanmagan, isteʼmol xossasini yoʻqotgan poʻlatdan tayyorlangan idishlar, simlar; skrap, qirindilar va parchalar
5
82.
Ifloslanmagan poʻlat changi
4
Poʻlat elektrodlar chiqindilari
83.
Payvandlash poʻlat elektrodlarining qoldiqlari
5
Ifloslanmagan, isteʼmol xossalarini yoʻqotgan qora metall idishlar va upakovkalar
84.
Isteʼmol xossalarini yoʻqotgan temir bochkalar, ifloslanmagan qora metallar skrab va qirindilari
5
85.
Ifloslanmagan qora metallar changi
4
Aralashmali yoki xavfli moddalar bilan ifloslangan qora metallar chiqindilari
86.
Ishlatilgan tormoz kolodkalari
5
87.
Metall oʻqlar bilan ishlov berilgan shlak qobigʻi aralashgan metall; tarkibida 50% va undan koʻp boʻlgan qora metallarni silliqlashdan chiqqan chang yoki kukun
4
88.
Silliqlangan materiallar ishlab chiqarishdagi feroprasli suyuq metalli qattiq mineral boʻlaklari
3
Tarkibida aluminiy boʻlgan parchalar va chiqindilar
89.
Aluminiy parchasi; ifloslanmagan, isteʼmol xossalarini yoʻqotgan va brak qilingan aluminiy idishlar, upakovkalar va simlar; ifloslanmagan aluminiy skrab va qirindilari
5
90.
Ifloslanmagan aluminiy changi; tarkibida kamida 15% yonilgʻi-moylash materiallari mavjud boʻlgan yonilgʻi-moylash materiallari, ifloslangan aluminiy idishlari va upakovkalari; tarkibida 50% va undan koʻp metall boʻlgan, aluminiyni silliqlashdagi changlar yoki kukun
4
Tarkibida qoʻrgʻoshin boʻlgan parchalar va chiqindilar
91.
Ifloslanmagan, sortlarga ajratilmagan, boʻlak shaklidagi qoʻrgʻoshin parchasi; boʻlak shaklidagi qoʻrgʻoshinli chiqindilar, ifloslanmagan qoʻrgʻoshin skrabi va qirindilari
Ifloslanmagan mis qotishmalari, bronza, latun changi; aralashmali yoki ifloslangan mis qotishmalari, bronzalari, latunlar chiqindilari
4
108.
Tarkibida 50% va undan koʻp metall boʻlgan mis qotishmalari, bronzalar, latunlarni silliqlashdagi chang (kukun)
3
Oksid va gidrooksidlar chiqindilari
109.
Olti valentli xrom oksidi, vanadiyoksidlari chiqindilari
1
Tuzlar chiqindilari
110.
Ishqorning qattiq holdagi chiqindilari
4
111.
Qoʻrgʻoshin tuzlarining chiqindilari, qattiq holdagi mis xloridi; ishlatilgan misni yuvish uchun ammiakli eritmalar; tarkibida ftor tuzlari boʻlgan chiqindilar; aluminiy ishlab chiqarishdagi elektrolit eritmasi
2
112.
Margimush tuzlarining qattiq holdagi chiqindilari
1
Noorganik kislotalar chiqindilari
113.
Sulfat kislota elektroliti shlami
3
114.
Ishlatilgan akkumlyator sulfat kislotasi
2
Ishqorlar chiqindilari
115.
rN = 9,0 — 10,0 li natriy va kaliy gidrooksidi chiqindilari
4
116.
rN = 10,1 — 11,5 li natriy va kaliy gidrooksidi chiqindilari
3
117.
rN = > 11,5 li natriy va kaliy gidrooksidi qoldiqlari; ishlatilgan akkumlyatorlar ishqorlari
2
Sintetik va mineral yogʻlar chiqindilari
118.
Ishlatilgan, mexanik ishlov berish uchun motor, avtomobil, dizel, aviatsiya, industriya, transmissiya, kompressor, turbina, silikon, yogʻlash-sovutish moddalari; ishlatilgan, tarkibida galogenlar boʻlgan, polixlorlangan difenillar va terfinillar; ishlatilgan, tarkibida galogenlar va ularning qoldiqlari boʻlmagan gidravlik moddalar chiqindilari
2
119.
Ishlatilgan, tarkibida galogenlar boʻlgan transformator va issiqlik beruvchi yogʻlar; ishlatilgan, tarkibida galogenlar va ularning qoldiqlari boʻlgan gidravlik yogʻlar chiqindilari.
2
120.
Ishlatilgan, tarkibida polixlorlangan difenillar va terfenillar boʻlgan transformator yogʻlari; tarkibida polixlorlangan difenillar va terfenillar, ishlatilgan boshqa yogʻlar chiqindilari
1
Neft mahsulotlari emulsiyalari va aralashmalari chiqindilari
121.
Metallarni silliqlash uchun ishlatilgan, tarkibida kamida 15% yogʻ yoki neft mahsulotlari boʻlgan emulsiyalar va emulsiyali aralashmalar chiqindilari
4
122.
Metallarni silliqlash uchun ishlatilgan, tarkibida kamida 15% va undan koʻp yogʻ yoki neft mahsulotlari boʻlgan emulsiyalar va emulsiyali aralashmalar chiqindilari
3
Neft va neft mahsulotlari shlamlari va chiqindilari
123.
Nefttutqichlar (benzintutqichlar)dan qalqib chiquvchi plyonka; neft ajratuvchi qurilmalar shlami; tarkibida moy boʻlgan silliqlovchi shlam; quvurlar va neftdan chiqqan smola, kislotali qatron idishlarini (bochkalar, konteynerlar, sisternalar, gudronatorlarni) tozalash uchun shlamlar chiqindilari
2
124.
Qattiq holdagi bitum, asfalt chiqindilari
4
Neft mahsulotlari ifloslantirgan, tozalash uchun ishlatiladigan materiallar
125.
Moy bilan ifloslangan (tarkibida 15% dan kam moy boʻlgan) tozalovchi material
4
126.
Moy bilan ifloslangan (tarkibida 15% dan koʻp moy boʻlgan) tozalovchi material
3
Neft va mineral yogʻ mahsulotlari bilan ifloslangan qattiq ishlab chiqarish materiallari chiqindilari
127.
Yogʻ tekkan metall zaki; yogʻ tekkan kanoptola; yogʻlangan asbest-grafit(tarkibida 15% dan kam moy boʻlgan ) salnikli tiqma
4
128.
Yogʻ tekkan metall zaki; yogʻ tekkan kanoptola; yogʻlangan asbest-grafit (tarkibida 15% dan koʻp moy boʻlgan ) salnikli tiqma
3
Galogen boʻlmagan organik suyultirgichlar va ular aralashmalarining chiqindilari
Isteʼmol xossalarini yoʻqotgan krezol qoldiqlari; tarkibida suyultirgichlar boʻlgan shlamlar chiqindilari
1
Plastmassalarning qattiqlashgan chiqindilari
131.
Murakkab poliefirlar chiqindilari; isteʼmol xossasini yoʻqotgan sintetik shnurlar; qolipli qotib qolgan ogʻirliklar (issiqlik reaktiv plastmassalar) chiqindilari; qattiq polistirol, polistirol koʻpigi yoki plyonka chiqindilari; toʻqima va qogʻoz asosda klyonka chiqindilari; qotib qolgan poliuretan, poliuretan koʻpigi yoki plyonka chiqindilari; qattiq penoplast (polivinilxloridlisidan tashqari) polivinil spirti, qotib qolgan poliamidlar, polivinilatsetat chiqindilari; isteʼmol xossasini yoʻqotgan plastmassa shlanglar; qotib qolgan poliakrilat, polikarbonat, organik shisha chiqindilari; toza, plastmassa (sintetik) plyonka chiqindilari; isteʼmol xossasini yoʻqotgan toza plastmassa qop; polivinilatsetal chiqindilari; ichimlik suvini yumshatish uchun isteʼmol xossasini yoʻqotgan suv tayyorlash uchun ion almashinish smolalari; qayta ishlanganlari; misrang, metall qismlari, plyonkalar koʻrinishidagi polietilen va polpropilen chiqindilari; zararlangan polietilen qop; imidofleks chiqindilari; shishaslyudoplast chiqindilari; qotib qolgan birikma, qotib qolgan etrol (sellyuloza efiri asosidagi plastmassa) chiqindilari; qattiq akrilonitrilbutadiyenstirol (plastik ABS), selluloid, sellofan, polietilentereftalat (jumladan uning asosidagi plyonkalar) chiqindilari
4
132.
Plyonkali-sintetik karton, plyonkali-asbestli karton chiqindilari; foto- va kinoplyonka, rentgen plyonkasi chiqindilari; qotgan polivinilxlorid va uning negizidagi penoplast chiqindilari; shishali-lakli mato chiqindilari; qotgan har xil plastmassalar aralashmasi chiqindilari
3
Qotmagan plastmassalar, qoliplaydigan massa va komponentlar chiqindilari, polimer materiallar shlam va emulsiyalari, rezina, shu jumladan eski shinalar chiqindilari
133.
Isteʼmol xossalarini yoʻqotgan ifloslanmagan rezina mahsulotlari; rezina qiyqimlari; granulalangan rezina chiqindilari; rezina uvoqlari, rezinali skrap, rezinali-metalli chiqindilar (shu jumladan ishlatib boʻlingan va brak mahsulotlar); maydalash uskunasidagi polimer materiallar chiqindilari
4
134.
Rezina changi (uni); ishlatib boʻlingan pnevmatik shinalar; ishlatib boʻlingan pnevmatik kameralar; ishlatib boʻlingan pokrishkalar; ishlatib boʻlingan matoh kordli pokrishkalar; ishlatib boʻlingan metall kordli pokrishkalar; rezinali-asbestli chiqindilar (shu jumladan ishlatib boʻlingan va brak mahsulotlar); rezinali shlam va emulsiyalar chiqindilari
3
Toʻqimachilik ishlab chiqarishi, tolalar ishlab chiqarish chiqindilari
135.
Jun tolasi chiqindilari (shu jumladan tarash, yigirish chiqindilari va titilgan xom ashyo); titilgan momiq, chalkashma; aralashma tola chiqindilari; chilvir va arqon chiqindilari; namat bosish mahsulotlari qirqmasi; poliefir, poliakril tola va iplari chiqindilari; sellyuloza tolasi chiqindilari
4
136.
Paxta changi
3
Turar joylardan chiqqan kommunal chiqindilar
137.
Turar joylardan chiqqan yirik gabaritli chiqindilar
5
138.
Turar joylardan chiqqan saralanmagan chiqindilar (yirik gabaritlilardan tashqari)
4
Kommunal chiqindilarga oʻxshash ishlab chiqarishdagi isteʼmol chiqindilari
139.
Tashkilot maishiy xonalaridan chiqqan yirik gabaritli axlat
5
140.
Tashkilot maishiy xonalaridan chiqqan saralanmagan axlat (yirik gabaritlilardan tashqari); binoni buzishdan chiqqan qurilish axlati
4
Oshxonalar va umumiy ovqatlanish tashkilotlari chiqindilari
141.
Oshxonalar va umumiy ovqatlanish tashkilotlarining saralanmagan oziq-ovqat chiqindilari; oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo qiluvchi obyektlar, oʻquv-tarbiya, madaniy-sport muassasalari va tomosha koʻrsatiladigan hududlar va xonalarni tozalash, qabristonlar hududlarini tozalash chiqindilari (axlati)
5
Boshqa bandlarga kiritilmagan chiqindilar
142.
Polixlorlangan difenil va terfenillar, polibromlangan difenillar chiqindilari, shuningdek ulardan iborat boʻlgan modda va mahsulotlar chiqindilari (sintetik va mineral moylar chiqindilaridan tashqari); tarkibiga trixlordifenil, pentoxlordifenil kiruvchi ishlatib boʻlingan kondensatorlar; pentoxlordifenilli ishlatib boʻlingan transformatorlar
1
Mahsulot, uskuna, qurilmalar tarzidagi, boshqa bandlarga kiritilmagan murakkab kombinatsiya tarkibiga ega chiqindilar
143.
Ishlatib boʻlingan va brak elektr qizdirish lampalari; isteʼmol xossalarini yoʻqotgan misli, emallangan va nikel bilan qoplangan sim
Tashlamalar, oqovalar manbalarini, chiqindilarning paydo boʻlishi va joylashtirilishini xatlovdan oʻtkazish materiallarining TITUL VARAGʻI
“TASDIQLAYMAN” Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari _____________________________________ (imzo) _______ (F.I.O.) 20___ yil “___” ______________ M.Oʻ.
____________________________________________ uchun (tashkilot nomi) Ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarish manbalarini (ifloslantiruvchi moddalarni oqova suvlar bilan yer usti suv havzalariga yoki joy relyefiga oqizish) va chiqindilar paydo boʻlishi va joylashtirilishini XATLOVDAN OʻTKAZISH
Xatlovdan oʻtkazildi: Ishlab chiqqan tashkilot rahbari ______________________________ (imzo) ____ (F.I.O.) 20___ yil “____” _______________
shahar (tuman), yil
(19-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 20-ILOVA
Xatlovdan oʻtkazish boʻlimlari nomi
Mundarija
Bajaruvchilar roʻyxati
Annotatsiya
Kirish
Umumiy maʼlumotlar
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish nuqtai nazaridan ishlab chiqarish texnologiyasi tavsifi
Chiqindilar manbalarini xatlovdan oʻtkazish natijalari
Oqovalar tashlash manbalarini xatlovdan oʻtkazish natijalari
Chiqindilar paydo boʻlishi va ularni joylashtirishni xatlovdan oʻtkazish natijalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. “Annotatsiya”da quyidagilar keltiriladi:
obyektning nomi; chiqarib va oqizib tashlash manbalari soni, ulardan — tashkiliy va uyushtirilmagan, chang, gazdan tozalash uskunalari bilan jihozlanganlari; chiqarib tashlanadigan zararli moddalarning nomi sanab oʻtilgan holda, yalpi chiqarib tashlashga ulush boʻyicha ifloslantiruvchi moddalarni darajalarga boʻlish (foizlarda) va yalpi chiqarib tashlashga ulush boʻyicha chiqarib tashlash manbalarini darajalarga boʻlish (foizlarda) bilan birgalikda zararli moddalarning jami chiqarib tashlanishi;
suv isteʼmoli va suv ajratishning qisqacha tavsifi, oqova suvlarni tozalash inshootlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
atrof-muhit uchun xavf darajalari boʻyicha chiqindilar miqdori va turlari.
2. “Kirish”da birinchi marta oʻtkazilayotgan asoslash beriladi yoxud ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda oldin oʻtkazilgan xatlov aniqlashtiriladi, shuningdek xatlovni oʻtkazishda foydalaniladigan xatlov usullari beriladi.
3. “Umumiy maʼlumotlar” boʻlimida sanoat maydonining bosh rejasi keltiriladi, chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar, chiqindilarni vaqtincha saqlash joylari va eksplikatsiyalar qogʻozga tushiriladi. Taʼsir zonasidagi hududning funksional vazifasi batafsil bayon qilingan holda obyektni joylashtirishning vaziyatli rejasi keltiriladi, eng yaqindagi uy-joylargacha boʻlgan masofa koʻrsatiladi, shamollar yoʻnalishi, suv kommunikatsiyalari tarmoqlari, oqova suvlarni tozalash inshootlari, chiqarish va suv olish joylari, suv muhofazasi zonasi koʻrsatiladi. Tashkilot faoliyatining asosiy turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning nomi, xodimlar soni keltiriladi.
4. “Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish nuqtai nazaridan ishlab chiqarish texnologiyasi tavsifi” boʻlimida quyidagilar keltiriladi:
ifloslantiruvchi moddalar ajralib chiqishi manbalari va ularni atmosferaga chiqarib yuborish, ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektlariga va joy relyefiga oqizib yuborish, asoslangan, moddiy-xom ashyo balansi ilova qilingan holda chiqindilar paydo boʻlishi va ularni joylashtirish joylari asoslangan holda ishlab chiqarishning ekologik tahlili;
tarkibiy boʻlinmalar, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar, sexlar, uchastkalar roʻyxati;
ishning asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, amaldagi ifodada ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi;
yoqilgʻi, xom ashyo va materiallarning yillik sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
benzin va dizel ichki yonish dvigatellari bilan avtomashinalarning har xil tipi (yuk avtomashinalari, avtobuslar, yengil mashinalar) soni va yoqilgʻining har bir turi sarfi koʻrsatilgan holda balansdagi mavjud avtomashinalar saroyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Agar oldin oʻtkazilgan xatlov aniqlashtirilsa, oʻzgartirilgan (tuzatilgan) parametrlar tavsifi keltiriladi.
5. “Chiqarib tashlashlar manbalarini xatlovdan oʻtkazish natijalari” boʻlimi ushbu Nizomning 12—16-bandlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
6. “Oqizib yuborish manbalarini xatlovdan oʻtkazish natijalari” boʻlimi ushbu Nizomning 22-23-bandlari talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
7. Chiqindilar paydo boʻlishi va ularni saqlash joylarini xatlovdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish ushbu Nizomning 30—32-bandlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. “Xulosa”da amalga oshirilgan ishlar asosida xulosalar chiqariladi va ekologik normativlar loyihasini ishlab chiqish yoki unga tuzatish kiritish boʻyicha takliflar beriladi.
9. “Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati” boʻlimida mualliflarning toʻliq nomi, familiyalari, nashriyotning nomi, nashr etish joyi va yili koʻrsatilgan holda metodik, normativ va boshqa adabiy manbalar sanab oʻtiladi.
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 21-ILOVA
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I toifasiga kiradigan faoliyat turlari boʻyicha tashkilotlar uchun ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga chiqariladigan yoʻl qoʻyiladigan cheklangan tashlanmalarining ekologik normativlari loyihasining (ifloslantiruvchi moddalarni oqova suvlar bilan yer usti havzalari yoki joy relyefiga oqizishning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdori), (chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishi) TITUL VARAGʻI
“TASDIQLAYMAN” Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi yoki boshqa vakolatli shaxs __________________________________ (imzo) ______ (F.I.O.) 20___ yil “___” ______________
M.Oʻ.
“TASDIQLAYMAN” Tashkilot rahbari _____________________________ (imzo) _____ (F.I.O.) 20___ yil “___” ______________
_________________________________________ uchun (tashkilot nomi) Ekologik normativlar loyihasi
“ISHLAB CHIQILGAN”: Ishlab chiqqan tashkilot rahbari ______________________________ (imzo) _____ (F.I.O.)
20___ yil “____” _______________
shahar (tuman), yil
(B shakl)
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning II va III toifalariga kiradigan faoliyat turlari boʻyicha tashkilotlar uchun ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga chiqariladigan yoʻl qoʻyiladigan cheklangan tashlanmalarining ekologik normativlari loyihasining (ifloslantiruvchi moddalarni oqova suvlar bilan yer usti havzalari yoki joy relyefiga oqizishning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdori), (chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishi) TITUL VARAGʻI
“TASDIQLAYMAN” Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi yoki boshqa vakolatli shaxs
__________________________________ (imzo) ______ (F.I.O.) 20___ yil “___” ______________
_________________________________________ uchun (tashkilot nomi) Ekologik normativlar loyihasi
“ISHLAB CHIQILGAN”: Ishlab chiqqan tashkilot rahbari ______________________________ (imzo) _____ (F.I.O.)
20___ yil “____” _______________
shahar (tuman), yil
(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-avgust)
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 22-ILOVA
Ekologik normativlar loyihasi boʻlimlari nomlari
Ekologik normativlar loyihasi mazmuni
Annotatsiya
Mundarija
Kirish
Obyekt toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar
Atrof-muhitni ifloslantirish manbai sifatida obyektining tavsifi
Obyektni rivojlantirish istiqbollari
Ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarib tashlashni normalashtirish
Ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlashni normalashtirish
Chiqindilarni normalashtirish va ular joylashtiriladigan joylarning tavsifi
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish normativlariga erishish boʻyicha tabiatni muhofaza qilish tadbirlari
Ekologik normativlarga rioya qilinishini ustidan nazorat qilish
Ekologik normativlar
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Ekologik normativlar loyihasiga ilova
1. “Annotatsiya”da quyidagilar keltiriladi:
uning uchun chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilar normalashtiriladigan obyekt nomi;
chiqarib tashlashlar manbalari soni, ulardan — tashkil etilgan va uyushtirilmagan, jami chiqarib tashlashlarga ularning ulushi, chang-gaz tozalagich uskuna bilan jihozlanganligi; ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, nomlari va ularning jami chiqarib tashlashlarga ulushi koʻrsatilgan holda amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalari;
suv isteʼmoli va suv ajratish hajmi, oqimlarning tozalash inshootlari mavjudligi, cheklangan yoʻl qoʻyiladigan oqizib yuborishlarning normalarini hisoblab chiqarish natijalari;
tashkilotda paydo boʻladigan chiqindilarning miqdori (massasi toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar, ularning atrof-muhit uchun xavfliligi darajasi; chiqindilarni vaqtincha toʻplash maydonchalari (joylari)ning (ochiq, yopiq) umumiy soni; chiqindilar borasidagi ishlar sohasida rejalashtirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish boʻyicha tashkilotning toifasi;
ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarib tashlashning, ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektiga va joyning relyefiga oqizib yuborishning amaldagi miqdori hamda umuman obyekt boʻyicha ekologik normativlar.
2. “Kirish”da ular asosida ekologik normativlar loyihasi ishlab chiqilgan. asosiy normativ hujjatlar loyihasi; ushbu obyektda chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilarni normalashtirish ishlarini amalga oshirish keltiriladi.
3. “Umumiy maʼlumotlar” boʻlimida quyidagilar keltiriladi:
obyektning nomi, uning pochta manzili, idoraga qarashliligi;
qisqacha tarixiy maʼlumotnoma (qurilgan yili, kengaytirilishi) va yaqin 5 yil uchun rivojlantirish istiqbollari;
ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash, suv obyektlariga oqizish manbalari, chiqindilar va eksplikatsiyalarni saqlash joylari qogʻozga tushirilgan holda obyekt hududining bosh rejasi;
hududning funksional vazifasi, yaqin turar joylargacha boʻlgan masofa, hisoblab chiqilgan toʻgʻri uchburchakka bogʻlangan koordinatlar masshtabi va tizimi batafsil tavsiflangan, suv muhofazasi zonasi va chiqindilarni joylashtirish zonasi koʻrsatilgan holda obyekt joylashtirilgan shahar (tuman) qismining vaziyatli rejasi.
4. “Atrof-muhitni ifloslantirish manbai sifatida obyektning tavsifi” boʻlimida quyidagilar keltiriladi:
ishlab chiqarish texnologiyasi tavsifi;
chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilar paydo boʻlishi manbalari sifatida atrof-muhitni ifloslantirish nuqtai nazaridan texnologik asbob-uskunalar va texnologik jarayonlar tavsifi. Maʼlumotlar matnli shaklda yoki bloklar — har bir uchastka boʻyicha ishlab chiqarish jarayonlari sxemalari shaklida taqdim etiladi. Bunda har bir blokda-sxemada alohida bloklar shaklida quyidagilar mavjud boʻladi: ishlab chiqarish operatsiyalari; mahsulot natijasida olinadigan xom ashyo, materiallar, zagatovkalar tushishi manbalari (ushbu uchastkaning); hosil boʻladigan chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilar; chiqindilar bilan kelgusidagi operatsiyalar (ularning aynan qayerga tushishi koʻrsatilgan holda);
hosil boʻladigan chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilarning miqdori va tarkibiga taʼsir koʻrsatuvchi foydalaniladigan xom ashyo va materiallar roʻyxati va tavsifi;
mavjud tozalash inshoatlarining qisqacha tavsifi, ularning texnik holati va ish samaradorligi tahlili;
balansdagi chiqindilar poligonlari, saqlash joylarining mavjudligi, ularning tavsifi;
chiqindilarni qayta ishlash, zararsizlantirish boʻyicha qurilmalar va texnologiyalar tavsifi;
chiqindilarni joylashtirish obyektlarida atrof tabiiy muhitining holatini kuzatishni tashkil etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mavjud avariyaga qarshi tadbirlar va hosil boʻladigan chiqindilarning atrof-muhit holatiga taʼsirini pasaytirishga qaratilgan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ishlab chiqarishning qoʻllaniladigan texnologiyasi va chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlarni tozalash, chiqindilarni utillashtirish va qayta ishlash usullarining respublika va chet eldagi ilgʻor ilmiy-texnik darajaga muvofiqligi darajasini baholash.
Ekologik normativlarni hisoblab chiqish uchun foydalaniladigan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini asoslash uchun, texnologik reglament asosida moddiy-xom ashyo balansi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar roʻyxati xatlov oʻtkazishda aniqlanadi.
5. “Rivojlantirish istiqbollari” boʻlimida yaqin besh yil uchun obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi. Rivojlantirish istiqbollarini tavsiflashda unumdorlikning oʻzgarishi, rekonstruksiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, ishlab chiqarishlarni, chiqarib tashlash, oqizib yuborish va chiqindilar paydo boʻlishi manbalarini tugatish, yangi texnologik liniyalar qurish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining asosiy istiqbolli yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlarni, ishlab chiqarishlar, sexlarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish va yangilarini ishga tushirish muddatlarini hisobga olish zarur. Rivojlanish istiqbolini belgilab beruvchi hujjatga havola qilinadi, rekonstruksiya qilish, kengaytirish yoki yangi qurilish uchun loyiha mavjudligi, uni davlat ekologik ekspertizasi organlari bilan kelishish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilar paydo boʻlishining amaldagi solishtirma koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasida va chet elda texnik jihatdan erishiladigan koʻrsatkichlar bilan qiyoslab tahlil qilinadi, eng yaxshi yoʻl qoʻyiladigan texnologiyalar bilan taqqoslanadi. Ifloslantiruvchi moddalar emissiyasi eng yaxshi yoʻl qoʻyiladigan texnologiyalar boʻyicha emissiyalar bilan taqqoslanadi. Chiqindilarni utillashtirish qilish va qayta ishlash boʻyicha ilgʻor texnologiyalar mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
6. “Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni normalashtirish” boʻlimi ushbu Nizomning 16—21-bandlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
7. “Ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga oqizib yuborishni normalashtirish” boʻlimini ishlab chiqish ushbu Nizomning 24—29-bandlari talablari asosida amalga oshiriladi.
8. “Chiqindilarni normalashtirish va ularni joylashtirish joylari tavsifi” boʻlimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan chiqindilar roʻyxati, tarkibi va fizik-kimyoviy tavsiflari bayoni;
ushbu Nizomning 33—37-bandlari talablariga muvofiq paydo boʻladigan chiqindilarning hisob-kitobi va normativlarini asoslash;
“Chiqindilarning tasnif katalogi”ga muvofiq chiqindilarning xavflilik klassini belgilash (ushbu Nizomga 15-ilova);
chiqindilarni toʻplash va saqlash shartlarini tahlil qilish;
chiqindilarni vaqtincha saqlash (toʻplash) joylari tavsifi, chiqindilarni vaqtincha saqlash (toʻplash) miqdorini va chiqindilarni tashib ketishning davriyligini asoslash.
Chiqindilarni joylashtirish limitining hisob-kitobida quyidagilar boʻladi:
ushbu Nizomga 17-ilovaga muvofiq boshlangʻich maʼlumotlar;
ushbu Nizomga 17-ilovaga muvofiq hisob-kitob natijalari jadvali.
Chiqindilarni qayta ishlash, zararsizlantirish boʻyicha qurilmalarga ega boʻlgan yoki ularni ijaraga oluvchi obyektlar “Chiqindilarni qayta ishlash, zararsizlantirish boʻyicha qurilmalar va texnologiyalar tavsifi” kichik boʻlimining chiqindilar hosil boʻlishi normativlari boʻlimiga kiritiladi. Har bir mavjud (ijaraga olingan) qurilma boʻyicha quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: qurilmalarning loyiha tavsiflari, qayta ishlatishning amaldagi hajmi, qayta ishlanadigan yoki zararsizlanadigan chiqindilar turlari, ikkilamchi hosil boʻladigan chiqindilar tavsifi (ikkilamchi hosil boʻladigan chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar birlamchi paydo boʻluvchi chiqindilar bilan birgalikda ekologik normativlar loyihasining boshqa boʻlimlariga kiritiladi).
9. “Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning normativlariga erishish boʻyicha tabiatni muhofaza qilish tadbirlari” boʻlimida normativ darajagacha atrof-muhitga yuklama pasaytirilishini taʼminlaydigan amalda bajariladigan tadbirlar va ularni amalga oshirishning davriyligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi. Boʻlimga:
chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilar hosil boʻlishi miqdorini kamaytirish;
avariyali tashlamalar suv havzalariga tushishining oldini olish;
tozalash qurilmalari ishi samaradorligini oshirish;
chiqindilarni qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish texnologiyalarini joriy etish;
qoʻyiladigan ekologik talablarga javob beradigan chiqindilar saqlash joylarini tashkil etish va toʻliq jihozlash;
oldin toʻplangan chiqindilarni (qayta ishlash, zararsizlantirish, joylashtirish va hokazo maqsadlarda) tashib olib ketish;
chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar manbalarida, chiqindilarni joylashtirish obyektida atrof-muhit monitoringini olib borish;
paydo boʻlgan chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilarning atrof tabiiy muhiti holatiga taʼsirini boshqacha kamaytirish boʻyicha oʻtkaziladigan (rejalashtiriladigan) tadbirlar toʻgʻrisidagi materiallar kiritiladi.
10. “Ekologik normativlarga rioya etilishini nazorat qilish” boʻlimida ekologik normativlarga rioya etilishi nazorat qilinadigan chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar manbalari va chiqindilarni saqlash joylari, shuningdek obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvalga muvofiq nazorat qilinadigan ingrediyentlar nomi asoslanadi.
11. “Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati” boʻlimida ishlarni bajarishda foydalanilgan metodik koʻrsatmalar, normativ hujjatlar, shuningdek boshqa adabiyotlar manbalari keltiriladi.
12. Ilovalar ularni eslatish tartibida joylashtirilgan holda rasmiylashtiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 4-son, 50-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.05.2026-y., 09/26/234/0482-son)