Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI YETISHTIRISH XODIMLARI UCHUN ISHLAR XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 4-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2213]
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 58-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2213-2, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 676-modda)
1. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh,
2011-yil 1-mart,
56-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 1-martdagi 56-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 58-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2213-2, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 676-modda)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish maydonlarini, inshootlarini, saqlash omborxonalarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, agrotexnik tadbirlarni bajarishda va texnologik jarayonlarni amalga oshirishda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Mehnatni muhofaza qilish holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 58-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2213-2, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 676-modda)
II bob. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 58-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2213-2, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 676-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 58-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2213-2, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 676-modda)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 25/YUB-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-4, 24.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2021-y., 10/21/2213-4/1192-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Tashkilotning barcha mutaxassis xodimlari, oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va barcha xodimlari yoʻl-yoʻriqlar olishlari lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining V boʻlimi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar yoki xavfli va zararli omillar paydo boʻlishiga olib keladigan agrotexnik tadbirlar va texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar (kimyoviy preparatlar, pestitsidlar, mineral oʻgʻitlar) bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardirlar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasi.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan meʼyoriy hujjatlar (standartlar va meʼyorlar) talablariga muvofiq jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash, ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
6-§. Kasbiy tanlov
27. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
28. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
29. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 5-dekabrdagi 25/YUB-46-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2213-3, 27.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2019-y., 10/19/2213-3/4236-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlinmalari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
34. Tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiyot xizmati koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
351. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
352. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
(351-352-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 7-avgustdagi 109-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2213-1, 15.08.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 33-son, 428-modda)
8-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tashkilot maydonlari joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
37. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
38. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va maydonlarining koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
39. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va sugʻorish tarmoqlari va inshootlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
40. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
41. Yilning yoz vaqtida meva-sabzavot omborxonalari yoʻlkalariga va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi kerak.
9-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
42. Meva-sabzavot omborxonalari binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Maʼmuriy binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
44. Meva-sabzavot omborxonalari va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
45. Meva-sabzavot omborxonalariga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
46. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatda turishini taʼminlovchi maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
47. Transport vositalari tashkilotga kirishi uchun darvoza eni transport vositasining eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
48. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland boʻlishi lozim.
49. Barcha tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi lozim.
50. Barcha binolar va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Koʻrik xulosalari ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi lozim.
51. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilguncha xavfli hududlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
10-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
52. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
53. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak. Tashkilot boʻyicha isitish va havo almashtirish qurilmalarining texnik holati va nazorati boʻyicha javobgarlik bosh muhandis xizmatiga yoki tashkilot boʻyicha buyruq bilan tayinlangan shaxsga, uchastkalar, omborxonalar, laboratoriyalar va tashkilotning alohida obyektlari boʻyicha javobgarlik esa ana shu boʻlinmalarning boshliqlariga yuklatiladi.
54. Yongʻin yoki portlash xavfi boʻlgan moddalarni soʻrib oluvchi mahalliy havo almashtirish tizimlari, havo almashtirgichga metall yoki qattiq jismlar tushishining oldni olish maqsadida himoya toʻrlari yoki magnit tutib qolgichlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
55. Havo tortish moslamalarining kameralari faqat yonmaydigan materialdan bajarilishi lozim. Portlovchi yoki yonuvchi changni tortib oluvchi havo quvurlari, ularni vaqti-vaqti bilan tozalab turish uchun moʻljallangan moslamalarga (lyuklar, yechiluvchi birlashmalarga) ega boʻlishi lozim.
56. Havo almashtirish kameralarida har qanday uskunalarni, materiallarni va asboblarni saqlash qatʼiyan man etiladi. Bu kameralar doimo qulflangan boʻlishi lozim.
57. Xonadagi gazlar, bugʻlar, suyuqliklar va changni yonib yoki portlab ketishiga olib kelishi mumkin boʻlgan quvurlar, havo quvurlari, isitish — havo almashtirish uskunalarining qizigan yuzasi yonmaydigan material bilan xavfsiz haroratga qadar qoplangan boʻlishi lozim.
58. Chang chiqaruvchi siklondan kamida 2 m masofada eshik va derazalar boʻlmasligi lozim.
59. Havo almashtirish kameralari, siklonlar, filtrlar, havo quvurlari yonuvchi chang va ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalab turilishi lozim.
60. Havo almashtirish kameralari yonmaydigan materiallardan bajarilishi lozim.
61. Qozonxonalar, kalorifer qurilmalari va mahalliy isitish asboblari isitish mavsumi oldidan tekshirib koʻrilishi va taʼmirlanishi lozim. Nosoz pechkalar va isitish qurilmalaridan foydalanish taqiqlanadi.
62. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
63. Meva-sabzavot saqlash omborxonalarida havo harorati saqlanayotgan mahsulotlar meʼyoriy hujjatlarida belgilangan meʼyorlarda, issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulot uchun optimal haroratda boʻlishi lozim.
64. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi lozim.
65. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
11-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
66. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
67. Sugʻoriladigan bogʻ, tokzor va ekin maydonlariga sugʻorish uchun suv kelish ariqlari (kanallari) boʻlishi va chiqarish oqova suvlari tashqi kanallarga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
68. Tozalangandan soʻng suvdagi zararli moddalarning tarkibi ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshib ketishi mumkin emas.
69. Ichimlik suvidan foydalanish uchun ichimlik suvi quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Ichimlik suvi quvurlari yoʻq boʻlganda maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
70. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi lozim.
71. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20 °C gacha boʻlishi lozim.
12-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
72. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi lozim.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
73. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
74. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam boʻlmagan holda va zarurat boʻlganda tozalash lozim.
75. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
76. Sunʼiy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
77. Barcha turdagi omborxonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan himoyalangan holda bajarilishi lozim.
78. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari, hamda uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar) ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi lozim. Barcha koʻchma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam boʻlmagan va metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan boʻlishi lozim.
13-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
79. Dalalarda mehnat qilayotgan ishchilar tushlik qilishlari va dam olishlari uchun dala shiyponlari boʻlib, ularda yetarli shart-sharoitlar yaratilgan boʻlishi lozim.
Yozni issiq kunlari havo harorati 40 °C dan yuqori, qish oylari —30 °C dan past boʻlgan vaqtlarda ochiq dala maydonlarida ishlash tavsiya etilmaydi.
III bob. Meva-sabzavot yetishtirish va saqlash jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan umumiy talablar
80. Meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va tayyorlash, tashish jarayonlarini tashkil etishda agrotexnik talablar, sugʻorish boʻyicha talablar, texnologik yoʻriqnomalar, standartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga amal qilinishi lozim.
81. Meva-sabzavot mahsulotlarini ekishdan oldin ularning urugʻlarini, nihol va koʻchatlarini standartlar talablari asosida tanlash, unib chiqish darajasini aniqlash lozim.
82. Koʻchat xolida ekiladigan meva-sabzavotlar koʻchatlarini tayyorlashda agrotexnik talablarga rioya qilinishi, parnik va issiqxonalarda yetishtirilayotgan koʻchatlarni sovuqdan va issiqdan asrash choralarini koʻrish, parnik va issiqxonalarning harorati va namligi nazorat qilib turilishi lozim.
83. Koʻchatlar ekishga tayyor boʻlgan holda, kechiktirmasdan tayyorlangan maydonlarga ekilishi lozim. Sabzavotlar urugʻlari sepiladigan yoki koʻchatlari ekiladigan maydonlar yumshatilgan, joʻyaklar olingan va begona oʻtlardan tozalangan boʻlishi lozim. Ekilgan koʻchatlarni mavjud tavsiyalar asosida sugʻorish, atrofini yumshatish va kerakli oʻgʻitlar berilishi lozim.
84. Meva-sabzavotlarni texnologik hujjatlarda belgilangan tartibda agrotexnik tadbirlar oʻtkazilishi, shu jumladan oziqlantirilishi lozim.
85. Meva-sabzavot yetishtirish va saqlash jarayonlarining xavfsizligiga quyidagi talablarni amalga oshirish orqali erishiladi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini) amalga oshirish, shuningdek ish usullari va meʼyorlariga amal qilish;
belgilangan talablarga javob beruvchi va ishlovchilar uchun har jihatdan qulay boʻlgan ishlab chiqarish vositalarini qoʻllash;
meva-sabzavot yetishtirish va ularni saqlash maydonlarini tayyorlash;
ishlovchilarga zararli taʼsir koʻrsatmaydigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi materiallarni qoʻllash (ushbu talabni bajarishning imkoni boʻlmagan taqdirda ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini taʼminlovchi choralar koʻrilishi shart);
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai boʻlmagan ishlab chiqarish uskunalarini qoʻllash;
ishonchli va oʻrnatilgan tartibda muntazam ravishda tekshirib turiluvchi nazorat-oʻlchov asboblarini, avariyaga qarshi qurilmalarni, maʼlumotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish vositalarini qoʻllash;
ishlab chiqarish jarayonlarini va avariyaga qarshi tizimlarni boshqarish uchun elektron hisoblash texnikasi va mikroprotsessorlarni qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
uskunalarni toʻgʻri joylashtirish va ish joylarini toʻgʻri tashkil etish;
jismoniy va asabiy zoʻriqishlarni cheklash maqsadida inson va mashina (uskuna) oʻrtasidagi vazifalarni taqsimlash;
xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qoʻllash;
xodimlarni malakasiga qarab tanlab olish, oʻqitish va ularning mehnat xavfsizligi boʻyicha bilim va malakalarini tekshirish;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qoʻllash;
yongʻin va portlashning oldini olish boʻyicha va yongʻinga qarshi texnik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
texnikalar yordamida va zaharli ximikatlar bilan ishlar bajarilayotgan paytda xavfli zonalarni belgilash;
normativ texnik, loyihaviy — konstruktorlik hujjatlariga xavfsizlik talablarini kiritish, ushbu talablarga, shuningdek tegishli xavfsizlik qoidalari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha boshqa hujjatlarning talablariga rioya qilish;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining oʻlchanuvchi parametrlarini nazorat qilish vositalarini qoʻllash;
har bir ish joyida belgilangan tartib, ishlab chiqarish, agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri bajarish, texnologik va mehnat intizomiga rioya qilish bilan taʼminlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
86. GOST 12.1.033-81 talablariga muvofiq ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligiga javob berishi shart.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
87. Meva-sabzavot yetishtirish va saqlash jarayonlarini tashkil etishda atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli standart va normativ hujjatlarda belgilab qoʻyilgan chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan meʼyorlardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
2-§. Zararkunandalar va turli kasalliklarga qarshi ishlatiladigan pestitsid va dori vositalarini tashish, saqlash va ishlatishda amal qilinishi lozim boʻlgan talablar
88. Pestitsidlar GOST 14189 boʻyicha va zararli kimyoviy vositalar meʼyoriy hujjatlarga muvofiq yaxshi yopiladigan idishlarda, xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda tashilishi lozim. Qattiq idishlar quruq, toza va qopqogʻi yoki tiqinlari idishni yaxshi yopilishini taʼminlashi lozim. Pestitsid va ximikatlar koʻtarish uchun bandlari bor boʻlgan yogʻochdan yasalgan yoki toʻqilgan korzinalarda shisha idishlarda tashiladi. Shisha idishlar atrofi yongʻinga qarshi suyuqlik bilan ishlov berilgan payrahalar bilan toʻldiriladi. Quruq dori vositalari polietiliyen, qogʻoz yoki matodan tikilgan qoplarda tashilishi mumkin. Bunda qoplar ogʻzi yopishtirilgan, tikilgan yoki bogʻlangan boʻlishi lozim.
89. Suyuq holdagi kimyoviy vositalar avtotsisternalar, sisternalar, bochkalar, kanistrlarda tashilishi va saqlanishi mumkin. Dori vositalari saqlanadigan idishlar ushbu dori vositasiga nisbatan inert boʻlishi lozim. Kimyoviy dori vositalari solingan idish yorliqlarida mahsulot nomi, ishlab chiqargan korxona nomi, standart nomeri, ishlab chiqarilgan sana, ogʻirligi va “Ehtiyot boʻling, zaharli!” yozuvlari va bosh suyagi bilan kesishgan suyaklar rasmi boʻlishi lozim. Preparatlarni yonish, portlash xususiyatlari boʻlganda “Xavfli yonilgʻi!” yozuvlari, hamda idishda preparatni ishlatish boʻyicha yoʻriqnoma boʻlishi lozim. Namlikka oʻch preparatlar solingan idishlarda “Namlikdan asrang!” degan yozuvi boʻlishi lozim. Kimyoviy mahsulotlar tashuvchi sisternalar qora rangda boʻlib yon tomonlari oʻrtasida eni 500 mm lik sariq yoʻli boʻlishi va unda qora rangda “Xavfli, sirka kislotasi!”, “Kuyishdan saqlaning!” yozuvlari boʻlishi lozim.
90. Kimyoviy preparatlar, zaharli ximikatlar alohida oqim-soʻruvchi ventilyatsiyasi bor omborxonalarda saqlanadi.
91. Agrotexnik tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash uchun:
xodimlarni zararli taʼsir koʻrsatuvchi xom ashyo, materiallar ishlab chiqarish chiqindilari bilan bevosita aloqasini bartaraf qilinishi;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlar va operatsiyalarni bunday omillar boʻlmagan yoki ular yoʻl qoʻyiluvchi chegaralarda boʻlgan jarayonlar va operatsiyalar bilan almashtirish;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud boʻlgan taqdirda agrotexnik tadbirlarni va operatsiyalarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni, ularni masofadan turib boshqarish usulini qoʻllash;
himoyalash vositalarini qoʻllash;
meva-sabzavot yetishtirish jarayonini boshqarish va nazorat qilishni taʼminlovchi tizimlarni ishlab chiqish;
avariya sodir boʻlgan hollarda xavfli va zararli omillarni yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrish;
zararli ishlab chiqarish omillarining manbai boʻlgan chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishini taʼminlash;
GOST 12.4.026 talablari boʻyicha xabar beruvchi ranglarni va xavfsizlik belgilaridan foydalanish;
jismoniy va asabiy — ruhiy kasallanishni oldini olish maqsadida oqilona mehnat va dam olishni optimal rejimlarini qoʻllash;
ob-havoning salbiy taʼsirlaridan himoya qilish.
92. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, tayyorlash ochiq maydonlarda, issiqxonalarda, saqlash soz omborxonalarda soz nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, texnologik asbob va uskunalar, transport vositalari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
93. Agrotexnik ishlarga qoʻyiladigan talablar tegishli hujjatlarda bayon etilgan boʻlishi shart.
94. Agrotexnik tadbirlar qatʼiy ravishda tegishli hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
95. Ishlash paytida zararli nurlanishlar yuzaga keluvchi ishlab chiqarish uskunalari ishlovchilarni ushbu nurlanishlardan himoyalovchi moslamaga ega boʻlishi shart.
96. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va saqlash jarayonida xavfli va zararli omillariga ega boʻlgan oraliq moddalar hosil boʻlsa, ishlovchilarga oldindan oʻzini bexatar tutish qoidalari haqida maʼlum qilinishi, ular ushbu moddalar bilan ishlash boʻyicha oʻqitilishi va tegishli himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
97. Yangi oʻgʻitlar, ximikatlar va pestitsidlarni qoʻllashga belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalar mavjud boʻlganda ruxsat etiladi.
3-§. Yongʻin va portlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
98. Meva-sabzavot yetishtirish tarmogʻida tashkilotlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlashda ushbu Qoidalar va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilinishi lozim.
99. Tashkilotlarning boʻlimlari, omborxonalari va laboratoriyalari uchun yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalari ishlab chiqilgan boʻlishi va koʻrinarli joylarda boʻlishi shart.
100. Tashkilotlar va tarkibiy boʻlinmalarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha javobgarlik shaxsan ularning rahbarlari, ijaraga berilgan hollarda esa ijarachilarning zimmasiga yuklatiladi.
101. Alohida hududlar, binolar, inshootlar, xonalar, omborxonalar, uchastkalar, texnologik uskunalar va jarayonlar, muhandislik uskunalari, elektr tarmoqlari va boshqalar uchun yongʻin xavfsizligi uchun javobgarlikni tashkilot rahbari belgilaydi.
102. Tashkilot xodimlarini yongʻinning oldini olish boʻyicha ishlarga jalb etish maqsadida koʻngilli yongʻin oʻchiruvchilar va yongʻin oʻchirish-texnik komissiyalari tuzilishi lozim.
103. Bino va inshootlardan foydalanish jarayonida barcha yongʻinga qarshi himoya vositalarining sozligi taʼminlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
104. Binolarning tutunga qarshi himoyasi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq bajarilishi lozim. Bunda tutunga qarshi himoya moslamalarining uskunalari (tutun tortib oluvchi klapanlar, zaslonkalar, havo bosimini yuzaga keltiruvchi va tutun tortib oluvchi ventilyatorlar) odatda yongʻin sodir boʻlganda avtomatik ravishda ishga tushishi lozim.
(104-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
105. Yongʻin haqida xabar beruvchi tizim amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi lozim.
106. Avtomatik yongʻin oʻchirish va yongʻindan xabar berish tizimlari normativ hujjatlar talablariga muvofiq nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
107. Yongʻin oʻchirish transport vositalari va motopompalari yongʻin-texnik jihozlar bilan butlangan, yonilgʻi bilan taʼminlangan va soz holatda boʻlishi lozim. Yongʻin oʻchirish texnikasidan oʻzga maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
108. Xonalardan, qavatlardan va binolardan qutqaruv chiqish yoʻllarining soni va kengligi ular orqali olib chiqiluvchi odamlarning eng koʻp soniga va odamlar boʻlishi mumkin boʻlgan joydan (ish joyidan) eng yaqin chiqish joyigacha boʻlgan masofaga bogʻliq ravishda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
109. Ochiq alanga qoʻllanuvchi ishlar “Payvandlash va boshqa olovli ishlar bajarilayotgan paytdagi yongʻin xavfsizligi qoidalari” va SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga rioya qilingan holda bajarilishi lozim.
(109-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
110. Ishga qabul qilinayotgan barcha shaxslar birlamchi yongʻinga qarshi yoʻriqdan oʻtishlari shart. Yongʻinga qarshi yoʻriqdan oʻtmagan shaxslar ishga qoʻyilmaydi.
111. Birlamchi yongʻinga qarshi yoʻriq oʻtkazish uchun zarur koʻrgazmali qurollar (plakatlar, chizmalar, maketlar va boshqalar), shuningdek tashkilotda mavjud boʻlgan birlamchi oʻt oʻchirish vositalari, yongʻinga qarshi jihozlari va aloqa vositalari bilan jihozlangan maxsus xona ajratilgan boʻlishi lozim. Xodimlar bilan yongʻinga qarshi yoʻriq xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriq bilan bir paytda oʻtkazilishi mumkin.
112. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan yongʻinga qarshi kurashish oʻquv dasturi boʻyicha oʻquv mashqlari maxsus jihozlangan sinflardan tashqari bevosita sexlarda, ishlab chiqarish uchastkalarida, laboratoriyalarda ham oʻtkazilishi mumkin. Oʻquv mashgʻulotlari yakuni boʻyicha xodimlarning bilimi tekshirilishi lozim.
113. Tashkilotlarning hududi doimo toza tutilishi lozim. Barcha yonish xavfi mavjud ishlab chiqarish chiqindilari muntazam ravishda olib chiqib ketilishi lozim.
114. Chiqish eshiklari uskunalar va boshqa jihozlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi shart.
115. Meva va sabzavot yetishtirilayotgan maydonlarda ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi.
116. Yongʻinga qarshi yer osti gidrantlari va boshqa yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalariga olib boruvchi yoʻllar, shuningdek, yongʻinga qarshi jihozlari va uskunalariga tashqi yongʻin narvonlariga olib boruvchi yoʻlaklar va evakuatsiya yoʻllari doim boʻsh boʻlishi lozim. Yongʻinga qarshi yer osti gidrantlari va boshqa yongʻinga qarshi suv manbalari, ular joylashgan joyni tezda aniqlab olish imkonini beruvchi yozuv-koʻrsatgichlarga ega boʻlishi lozim.
117. Maʼmuriy binolar, xizmat koʻrsatuvchi uchastkalar va omborxonalar telefon aloqasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
118. Tashkilotlarning tarkibiga kiruvchi alohida xonalar yongʻin va portlash darajasi boʻyicha toifalarga boʻlingan boʻlishi lozim.
119. Yengil alangalanuvchi (past haroratda qaynaydigan moddalarni istisno qilganda) laboratoriya xonalarida tiqini jips yopiladigan devori qalin bankalarda (shisha idishlarda) saqlanishi lozim. Bankalar qopqogʻi jips yopiladigan, devori va tubiga asbest qoplangan maxsus metall yashiklarda saqlanishi lozim.
Yashik tashish uchun qulay, hamda yoʻlaklar va isitish asboblaridan uzoqroq polda joylashtirilishi kerak. Yashik qopqogʻining ichki tomonida yengil alangalanuvchi suyuqliklarning nomlari va saqlashning umumiy meʼyorlari koʻrsatilgan aniq yozuv tushirilgan boʻlishi kerak.
Yengil alangalanuvchi suyuqliklar uchun shisha idishning sigʻimi 1 l dan oshmasligi, sigʻimi kattaroq boʻlganda esa germetik yopiladigan metall gʻilofga ega boʻlishi kerak.
120. Laboratoriya xonalarida dietil efiri, atseton va konsentratsiyasi yuqori kislota va ishqorlarni saqlash qatʼiyan man qilinadi. Ishlar yakunlangandan soʻng ushbu moddalar saqlash uchun maxsus xonaga (omborga) chiqarilishi lozim.
121. Dietil (oltingugurt) efiri boshqa moddalardan ajratilib sovuq va qorongʻi xonada saqlanishi lozim, chunki uni yorugʻda saqlaganda portlovchi modda — etil perekisi hosil boʻladi.
122. Yengil alangalanuvchi moddalarni ombordan laboratoriyaga yopiq, sinmaydigan idishda yoki gʻilofga solingan shisha idishda tashib keltirish zarur.
123. Laboratoriyaning har bir xonasida bir paytda saqlanadigan yongʻindan xavfli suyuqliklarning umumiy miqdori bir sutkalik ehtiyojdan ortmasligi lozim.
124. Yengil alangalanuvchi moddalar va suyuqliklar bilan bogʻliq barcha ishlar ventilyatsiya mavjud, gaz yondirgich va elektr asboblari qatʼiyan oʻchirilgan holatda oʻtkazilishi lozim.
125. Yengil alangalanuvchi moddalar bilan bogʻliq ishlarni bir joyda toʻplash, shuningdek ishlarni amalga oshirishni laboratoriyaning tajribasiz xodimiga topshirish qatʼiyan taqiqlanadi.
126. Past qaynovchi yonuvchi moddalarni (atseton, benzol, efirlar, spirt va hokazo) haydash va qizdirish qiyin eruvchi shishadan qilingan aylana tubli kolbalar, mazkur moddaning qaynash haroratiga bogʻliq (suv, moy) tegishli issiqlik tashuvchilar bilan toʻldirilgan idishlarda amalga oshirilishi kerak.
127. Ichida past qaynovchi mahsulotli va yonuvchan idishlarni ochiq olovda, shuningdek barcha elektr qizdiruv jihozlarida qizdirish qatʼiyan taqiqlanadi.
Yuqoriroq qizish haroratiga ega boʻlgan suyuqliklar yopiq turdagi elektr kolba qizdirgichlarda qizdirilishi lozim.
128. Tez yonuvchan moddalarni qizdirish uchun qoʻllaniladigan barcha apparaturalar soz holda boʻlishi, kontaktlardan uchqun chiqishining oldini olish lozim.
129. Benzol, nitrobenzol, xloroform, dietil efiri, spirt, organik kislotalar efirlari, oltingugurt uglerodi va shu kabi kuchli hidlanuvchi zaharli moddalarning hatto ozroq bugʻlanishi bilan bogʻliq barcha ishlar faqatgina havo tortuvchi shkafda amalga oshirilishi lozim.
130. Portlashning oldini olish uchun dietil efirini quriguncha bugʻlantirish taqiqlanadi. Bugʻlantirish paytida ozgina qismi kolbada qolishi kerak.
131. 0,5 l dan koʻp miqdordagi tez yonuvchan moddalarni qizdirishda asbob ostiga avariya holatida suyuqlikning toʻkilishini oldini olish maqsadida yetarlicha hajmli kyuvet (vannacha) qoʻyilishi kerak.
132. Yoqilgʻi suyuqliklari bilan ishlar amalga oshirilgan idishlar ishlar tugagandan soʻng darhol yuvib tashlanishi kerak.
133. Ishlatib boʻlingan yoqilgʻi suyuqliklarini kun yakunida laboratoriyadan generatsiya yoki bu suyuqliklarni saqlash joylariga olib ketilishi lozim boʻlgan maxsus germetik berkitiluvchi idishga yigʻish lozim. Yoqilgʻi suyuqliklarini kanalizatsiyaga toʻkish taqiqlanadi.
134. Yongʻin va portlash xavfli suyuqliklar tasodifan toʻkilganda gaz gorelkalari, qizdirish asboblari darhol oʻchirilishi, tashqaridagi umumiy elektr oʻchiruvchi bilan xona uzib qoʻyilishi, toʻkilgan moddalar koʻp miqdorda boʻlganda qoʻshni xonalardagi barcha qizdirish asboblari ham oʻchirilishi, toʻkilgan joyga qum sepilishi lozim.
135. Yoqilgʻi moddalarining alanga olgan holatida (yongʻin paydo boʻlganda) maxsus yoʻriqnomaga muvofiq yongʻinni oʻchirish choralari koʻrilishi zarur.
4-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
136. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(136-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 25/YUB-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-4, 24.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2021-y., 10/21/2213-4/1192-son)
137. Elektr qurilmalar bilan ishlaydigan barcha xodimlardan mazkur Qoidalarni mukammal bilishlari va ularga qatʼiy rioya etishlari talab etilishi kerak.
138. Ushbu Qoidalarga asosan elektr xavfsizligi boʻyicha IV-V guruhga ega boʻlgan muhandis-texnik xodimlardan alohida buyruq bilan elektr xoʻjalik boʻyicha masʼul shaxs tayinlanishi lozim. U muassasada elektr xoʻjaligining umumiy holati boʻyicha javobgar boʻlib hisoblanadi.
139. Tashkilotda energetik lavozimi boʻlgan taqdirda, elektr xoʻjalik boʻyicha javobgarlik uning zimmasiga yuklatiladi.
140. Shtatlar jadvalida energetik lavozimi mavjud boʻlmagan tashkilotlarda elektr jihozlaridan foydalanish ixtisoslashgan tashkilotlarga shartnoma asosida topshirish yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi energetikni oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
141. Tashkilotlarda elektr xoʻjaligi boʻyicha javobgar shaxs quyidagilarni taʼminlashi shart:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejaviy taʼmirlash ishlari va profilaktik sinovlar belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini tashkil etishni;
elektr energiya sarfining hisobini olib borishni;
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini.
142. Barcha tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
143. Yoritish va elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi muhit sharoitlariga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos boʻlishi shart.
144. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda boʻlishi shart.
145. Yongʻin xavfi mavjud xonalar, binolar va omborxonalardagi yoritqichlar yopiq chang oʻtkazmaydigan boʻlishi lozim.
146. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 220 V dan yuqori boʻlmagan elektr asbobi, oʻta xavfli xonalarda va xonalardan tashqarida kuchlanish 42 V dan yuqori boʻlmagan elektr asbobi qoʻllanishi lozim.
147. Elektr tarmogʻidagi va elektr qurilmalaridagi uchqun, qisqa tutashuv, kabellar va elektr oʻtkazgichlar izolyatsiyasining haddan tashqari qizishiga olib keluvchi nosozliklar bartaraf etilishi yoki oʻchirib qoʻyilishi lozim.
148. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi tashkilot elektr xoʻjalik boʻyicha masʼul shaxs tomonidan tashqi koʻrikdan oʻtkazish va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirib turilishi lozim.
149. Yangi elektr apparatlari va agregatlarini mavjud elektr tarmogʻiga ulash tashkilot elektr xoʻjalik boʻyicha masʼul shaxs ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
150. Energotaʼminot korxonasi tomonidan berilgan texnikaviy shartlar talablariga zid boʻlgan elektr qurilma va jihozlari hamda shikastlangan elektr kabellar va simlardan foydalanish taqiqlanadi.
151. Qisqa tutashuv toklaridan himoyalash uchun qoʻlbola saqlagichlardan foydalanish va nostandart (qoʻlbola) elektr isitgichlaridan foydalanish taqiqlanadi.
152. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
5-§. Uskunalarning boshqarish tizimiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
153. Boshqarish organlari sovutish va isitish uskunalarining ishini boshqarilishini toʻgʻri tartibini koʻrsatuvchi, operatsiyalarning notoʻgʻri tartibda bajarilishini, uskunaning oʻz holicha ishlab ketishi va oʻchib qolishining oldini oluvchi tizimlarga ega boʻlishi lozim.
154. Uskunani avariya holatida oʻchirish tizimi qizil rangda boʻlishi va shakli boʻyicha boshqa boshqarish elementlaridan farq qilishi, ularning joylashgan joyi koʻrsatkichlarga, vazifasi toʻgʻrisidagi yozuvlarga ega boʻlishi, boshqarish uchun qulay joylashgan va uskunani avariya bartaraf etib boʻlingunga qadar ishga tushirishga imkon bermasligi lozim.
155. Uskunani ishga tushirishni amalga oshiruvchi boshqarish organi qizil rangdan boshqa (qora, kulrang, oq yoki yashil) rangda boʻlishi lozim.
156. Avariyaning oldini oluvchi boshqarish organi sariq rangda boʻlishi lozim.
157. Avariya holatida oʻchirish tugmasi boshqa tugmalardan kattaroq oʻlchamda bajarilishi lozim.
158. Bir necha shaxslar tomonidan boshqariluvchi uskunaning boshqarish organlari bajarilishi lozim harakatlarning zarur boʻlgan tartibini taʼminlovchi tizimga ega boʻlishi lozim.
159. Xabardor qiluvchi elektr lampalari va boshqa xabar beruvchi qurilmalar berilayotgan xabarlarning mazmunini (“Yoqilgan”, “Oʻchirilgan” va boshqalar) bildiruvchi belgi va yozuvlarga ega boʻlishi lozim.
160. Uskuna avtomatik rejimda ishlayotganda sozlash tugmalari va qoʻlda boshqarish organlari (avariyaviy oʻchirish organidan tashqari) oʻchirib qoʻyilishi lozim (texnologik zarurat bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno).
161. Avariya, nosozliklar va boshqa holatlardan xabar berish uchun uskunaning konstruksiyasida signalizatsiya, shuningdek uskunani avtomatik ravishda toʻxtatuvchi va energiya manbaidan uzib qoʻyuvchi vositalar nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
162. Uskunaning boshqarish tizimi operator tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilgan va boshqarish tizimida nosozliklar yuzaga kelgan hollarda xavf tugʻdirmasligi lozim.
163. Ishlab chiqarish uskunasi, uning ishlash rejimi buzilganligi haqida xabar beruvchi signalizatsiyaga, zarur hollarda esa xavfli nosozliklar, avariyalar va xavfli holatlarga yaqin boʻlgan rejimlar yuzaga kelgan taqdirda, uskunani avtomatik ravishda toʻxtatuvchi va energiya manbaidan uzib qoʻyuvchi vositalarga ega boʻlishi lozim.
164. Ishlab chiqarish uskunasining ishchi organlari yoki ularning uzatmalari energiya uzatish butunlay yoki qisman uzilib qolgan hollarda xavf tugʻilishining oldini oluvchi, shuningdek energiya uzatish tiklangach, ishchi organlarining uzatmalari oʻz-oʻzidan ishlab ketishining oldini oluvchi moslamalarga ega boʻlishi lozim.
165. Uskunalarning xavf-xatardan ogohlantiruvchi xabar beradigan (signal) elementlari sifatida tovushli, nurlanuvchan va rangli ogohlantirgichlar qoʻllanishi, ular xizmat koʻrsatayotgan xodimlarning koʻrish va eshitish zonasida oʻrnatilishi va ularning signallari ishlab chiqarish sharoitlarida farqlanuvchan boʻlishi lozim.
166. Uskunalarni qoʻlda boshqarish va sozlash organlarida belgilab qoʻyilganidan boshqa tartibda foydalanish xavfli holatlarga olib kelmasligi yoki blokirovka yordamida bunga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
167. Uzun oʻlchamli yoki koʻzdan kechirish zonasi cheklangan uskunalarda bir nechta avariyaviy oʻchirish tugmalari boʻlishi lozim.
6-§. Omborxonalarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
168. Omborxonalar SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
(168-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
169. Yongʻin chiqish xavfi boʻlgan omborxonalarda elektr isitish moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi.
170. Omborlar, ayvonlar, estakadalar qurilish meʼyorlari va qoidalari, mahsulotlar va materiallarni ochiq saqlash omborlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
171. Yangi tashkilotlarni loyihalash va qurishda hamda rekonstruksiya qilishda omborxonalar SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
172. Pestitsidlar, kimyoviy preparatlar, mineral oʻgʻitlar va boshqa portlovchi moddalarni, yonilgʻilarni saqlash uchun xonalar va maydonchalar qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
173. Omborlardagi odamlar oʻtishi uchun moʻljallangan eshiklarning eni va boʻyi 2 m dan kam boʻlmasligi lozim. Tayyor mahsulot omborlari kamida ikkita eshikka ega boʻlishi lozim.
174. Omborxonalar transporti (telejka, shtabel taxlagichlar, elektr yuk ortgichlar, elektr mashinalar va boshqalar) harakatlanadigan omborlardagi oʻtish yoʻllarining eni yuk ortilgan transport vositalarining oʻlchami hisobga olingan holda qoʻshimcha bir tomonlama harakatlanishda yana 0,8 m, ikki tomonlama harakatlanishda devordan kolonnagacha har ikki tomondan 1,0 m masofa boʻlishi lozim.
175. Ikkinchi va undan yuqori qavatlarda joylashgan omborlarda polning 1 m2 ga ruxsat etilgan yuk ogʻirligi koʻrsatilgan yozuvlar osib qoʻyilishi lozim.
176. Boʻsh qutilar toʻgʻri burchakli shtabellarga ikki metrdan ortiq boʻlmagan balandlikda taxlanishi lozim, soʻngra qutilar ushbu shtabelga piramida koʻrinishida taxlanadi. Piramidaning gorizontga nisbatan qiyaligi 450 dan oshmasligi lozim. Shtabelning umumiy uzunligi 6 m dan ortiq boʻlmasligi lozim. Qutilar “bogʻlanish” usulida taxlanishi zarur.
177. Omborxona binolari va inshootlarini joylashtirishda uchastkalarda ularga avtomobil transportining kelishi koʻzda tutilishi lozim. Temir yoʻl transporti tegishli iqtisodiy asos mavjud boʻlganda koʻzda tutiladi.
178. Ombor binolari asosan binolarning birinchi qavatida joylashtirilishi lozim.
Turli maqsadlarga moʻljallangan omborxonalarni bitta binoda yoki xizmat koʻrsatish boʻlimlari binolari yoki boshqa binolar bilan blokirovka qilish, bu texnologik jarayon shartlariga, sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga zid boʻlmagan va texnik-iqtisodiy mulohazalarga koʻra maqsadga muvofiq boʻlgan barcha holatlarda amalga oshirilishi mumkin.
179. Umumiy maqsadlarga moʻljallangan omborxonalarni yertoʻla va yarim yertoʻla qavatlarda joylashtirishga faqat tegishli asos mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Omborxonalar sovutish tizimiga ega boʻlishi va mahsulotlar saqlashda omborxona boʻlimlarini harorati shu mahsulotni standartlarida belgilangan haroratda saqlash imkonini berishi lozim.
180. Zaharli gaz (sulfidli angidrid va boshqalar) solingan ballonlar tegishli meʼyorlar va qoidalar bilan tartibga solinadigan maxsus yopiq xonalarda saqlanishi lozim.
Boshqa gazlar solingan ballonlar maxsus xonalarda, shuningdek yogʻingarchiliklar va quyosh nuri taʼsiridan himoya qilingan holda ochiq havoda saqlanishi mumkin.
181. Gaz solingan ballonlar saqlanadigan yopiq omborxonalardagi harorat +35 0S dan oshmasligi lozim va ushbu darajadan oshib ketgan holda omborxonalarni sovutish choralari koʻrilishi lozim.
182. Meva-sabzavot mahsulotlari saqlanadigan omborda pestitsidlar, kimyoviy preparatlar, mineral oʻgʻitlar va mahsulotlar xavfsizligiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladigan boshqa moddalarni saqlash man etiladi.
183. Meva-sabzavot mahsulotlari omborxonada mahsulotni saqlash boʻyicha amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq saqlanishi shart.
7-§. Laboratoriya. Oʻyuvchi, zaharli, yongʻin va portlash jihatidan xavfli moddalarning qoʻllanilishi
1. Laboratoriyada ishlashga qoʻyiladigan umumiy talablar
184. Laboratoriya xonalari amaldagi qurilish va sanitariya meʼyorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Umumiy oqma-tortma ventilyatsiyadan tashqari, laboratoriya xonalari havo tortuvchi moslamalar (shkaflar) yoki havoni soʻrib olish uchun ventilyatsiya qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
185. Laboratoriya xodimlari qoʻllanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yongʻin jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari shart. Moddalar va materiallar laboratoriyada qatʼiy turlari boʻyicha saqlanishi kerak. Oʻzaro kimyoviy taʼsiri yongʻin yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalarni birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarning chiqishiga toʻsqinlik qilmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Uskunalar oraligʻidagi eng kam yoʻl qoʻyiladigan masofa 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
186. Zaharli moddalar bilan ishlashga moʻljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilyatsiyasiga bogʻliq boʻlmagan havo tortuvchi moslamalarga ega boʻlishi lozim.
187. Zararli va yonuvchi bugʻ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan tortuvchi shkaflar yuqori va quyi soʻrmalar, shuningdek, suyuqlikning polga oqib tushishini oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak.
Shkafning 15—20 sm ga ochib qoʻyilgan tabaqalari koʻndalang kesimida havoning tezligi 0,5 dan 0,7 m/sek atrofida boʻlishi lozim.
Oʻta zararli moddalar (sariq qonsimon tuz) bilan ishlaganda havoning tezligi 1 dan 1,2 m/sek oraligʻida boʻlishi kerak.
188. Tortuvchi shkaflar germetik gaz oʻtkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning ulagichlari tortuvchi shkafdan tashqarida, shtepsel rozetkalari esa ish stolining qisqa yon tomoni boʻylab tortuvchi shkafdan tashqarida joylashishi kerak.
189. Olov hamda yonish va portlash xavfi mavjud moddalar bilan ishlashga moʻljallangan ish stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan toʻliq qoplangan boʻlishi, kislota va ishqorlar bilan ishlashga moʻljallangani esa zanglamaydigan material bilan qoplanib, yon devori yonmaydigan materialdan boʻlishi kerak.
190. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old devorlari tomonida joylashtirilishi va kranni tasodifan ochib yuborishning imkoni boʻlmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan yuvish xonasi mavjud boʻlib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak.
191. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak. Ulardan biri zararli va hidi kuchli moddalarni yoʻqotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi esa sodali va toza suv bilan yuvish uchun moslangan boʻlishi lozim.
192. Laboratoriyadagi havo almashinuvi shunday hisob-kitob qilinishi lozimki, ishchi xonalarning havosidagi zaharli portlovchi gazlar, bugʻlar va changning amaldagi konsentratsiyasi amaldagi SanQvaM da belgilangan eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyadan ortib ketmasligi kerak.
2. Kislotalar va ishqorlar
193. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yogʻinlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak.
194. Kislota va ishqorlarni podval xonalarda saqlash taqiqlanadi.
195. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar qoʻyiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanib, toʻkilgan kislotani maxsus idishga yoʻnaltiradigan tarnovlar tomon qiyaligi boʻlishi lozim.
196. Kimyoviy moddalar alohida ventilyatsiyaga ega boʻlgan xonada saqlanib, roʻyxatga olingan boʻlishi shart va kimyoviy moddalarning amal qilish muddatlariga alohida eʼtibor berilib, muddati oʻtgan moddalar oʻrnatilgan tartibda utilizatsiya qilinishi shart.
197. Kimyoviy moddalar omborlari toʻkilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
198. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam toʻqilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi lozim, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi.
199. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlarni qoʻlda ikki kishi uzogʻi bilan 25 m masofaga tekis yuza boʻylab tashishga yoʻl qoʻyiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari koʻrilishi lozim.
Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest toʻshalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi.
200. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich koʻzoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qoʻlqoplardan, ayrim paytlarda esa rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari lozim.
Kislota va ishqorlar bilan saqlagich koʻzoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi.
201. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoki qoʻl nasoslari vositasida quyish zarur.
202. Oltingugurt kislotasini tayyorlash uchun uni suvga tizillagan oqim bilan quyib, tinmay aralashtirib turish kerak. Oltingugurt kislotasiga suv quyish taqiqlanadi.
203. Qattiq holatdagi oʻyuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yoʻriq olgan tajribali ishchilar tomonidan ochilishi kerak. Shu maqsadda temir iskana va bolgʻa ishlatish taqiqlanadi.
204. Boʻshagan baraban kristalli qattiq natriyning qoldiqlaridan, soxta tubli alohida bakka ochilgan qopqoqli tomoni pastga qaratib joylashtirilib, erish yoʻli bilan tozalanishi lozim.
Barabanni bakka joylash va uni soxta tubga oʻrnatish koʻtarma mexanizmlar (telfer, tal va shu kabi) yordamida bajarilishi lozim.
Boʻshagan barabanlarni bakdan, ularni faqat suv bilan yuvgandan keyin chiqarishga ruxsat etiladi.
205. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik boʻlaklarini sekin-asta qoʻshib borish zarur, bunda ishqor boʻlaklarini faqat qisqich bilan ushlash darkor. Oʻyuvchi ishqorlarning katta boʻlaklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato (belting) boʻlagi bilan yopib, mayda boʻlaklarga maydalash zarur.
206. Toʻkilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum toʻkilishi, neytrallanishi va shundan soʻnggina yigʻishtirilishi lozim. Shisha siniqlarini choʻtka va xokandoz yordamida yigʻib olish zarur.
207. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida toʻplanishi va neytrallanganidan soʻng kanalizatsiyaga, loyli oʻraga yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, shu maqsadga moʻljallangan boshqa joyga toʻkilishi kerak.
208. Kislota va ishqorlardan boʻshagan idishlar zararsizlantirilib, puxta yuvilishi lozim.
8-§. Yuk ortish va tushirishda xavfsizlik talablari
209. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
210. Yuk ortish va tushirish ishlari qoidaga koʻra mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
211. Yuk ortish va tushirish ishlarining mexanik usuli vazni 50 kg dan oshiq va shuningdek, kam vaznli yuklarni 3 m dan yuqoriga koʻtarganda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Faqatgina yagona yuklar tashilganda bu talablardan chekinishga yoʻl qoʻyiladi.
212. Ogʻir va ulkan yagona yuklarni tashish, yuk ortish va tushirishning xavfsiz usullari ustidan kuzatish lozim boʻlgan maʼmuriy-texnik xodimlardan maxsus ajratilgan shaxs rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim.
213. Bochkalarni yuk ortish va tushirish ishlari mexanik usulda (telferlar, yuklagichlar va hokazo) va faqatgina istisno hollarida xodachalar va boshqa usul bilan amalga oshirilishi lozim. Bu kabi ishlarni bajarishda ishchilar koʻtarilayotgan yoki tushirilayotgan yuk ostida turmasliklari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
214. Yuk ortish va tushirish ishlarini amalga oshirishda mazkur Qoidalardan tashqari yuk ortish va tushirish ishlari va turli yuklarni avtomobil transportida tashishda xavfsizlik texnikasining qoidalariga amal qilinishi lozim, yuk koʻtaruvchi kranlar va liftlarni saqlash va ishlatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(214-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
215. Korxonalar quyidagi talablarga javob beradigan yuk ortish va tushirish maydonchalari bilan jihozlanishi kerak:
a) maydoncha atmosfera yogʻinlaridan xalos etish uchun 5% dan oshmagan qiyalikka ega boʻlib, tekis, qattiq qoplamaga ega boʻlishi (asfalt, beton va boshqalar) va toza saqlanishi kerak. Qish paytida u qor, muzdan tozalanishi va qum yotqizilishi kerak va hokazo;
b) maydoncha yuk ortish va tushirish ishlarining meʼyordagi maydoni hajmini taʼminlaydigan hududga ega boʻlishi kerak;
v) transport-tashish vositalari orasidagi masofa ular maydoncha atrofida bir-biri ortidan qoʻyilganda (tubga) 1 m dan kam boʻlmasligi, ular qator qilib qoʻyilganda (front boʻylab) 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim;
g) maydonchada zaruriy soz inventarlar va yoritqich boʻlishi kerak.
216. Barcha turdagi pol usti qoʻl telejkalari, ular harakatlanish joylarida, ustunlar, kolonnalar yonlarida va eshiklar orasidan harakat qilinganda himoyalovchi uskunalar bilan jihozlanishi kerak.
217. Avtoelektryuklagich qoʻllanishiga faqat qattiq qoplamaga (asfalt, beton va hokazo) ega boʻlgan tekis maydonchalarda ruxsat beriladi. Chuqurlar paydo boʻlganda uni toʻldiradigan shoshilinch taʼmir oʻtkazilishi kerak.
218. Omborxonalar ichki transporti sifatida elektroyuklagichlar, elektrokarlar va hokazolar qoʻllanilishi mumkin. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokaralarni ishlab chiqarish binolari va omborlarga kirishi taqiqlanadi.
219. Elektryuklagichlarning vilkali ushlagichlari bitta tekislikda turishi lozim.
220. Yuklagichga yoʻl qoʻyiladigan yuk ogʻirligi va ogʻirlik markazi bilan yuklagichning pasport maʼlumotlari muvofiqligida belgilanadi.
221. Elektryuklagich bilan 0,5 m dan ortiq yuqoriga koʻtarilgan yukni tashish taqiqlanadi.
Odamlarni elektryuklagichlar va elektrokaralarda tashish, shuningdek koʻtarilayotgan va tashilayotgan yuk (konteynerlar va hokazolar) ustida turishi taqiqlanadi.
222. Temir yoʻl tarmogʻining izchil yuk operatsiyalarida korxona hududida kerakli mexanizm va inventarlar bilan (taxta zina, koʻprikchalar, xodachalar, richag-tirkagichlar) taʼminlanishi lozim.
223. Tashkilotning yoki stansiyaning temir yoʻl tarmogʻida yuk ortish va tushirish ishlarini olib borishda, bu ishlarga rahbarlik qilish, mazkur Qoidalarni biladigan va temir yoʻl transportida yuk ortish va tushirish ishlari paytida xavfsizlik texnikasining amaldagi qoidalari asosida ishni tashkil qiladigan shaxsga yuklatilishi lozim.
9-§. Xom ashyo, materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni omborlarga tashish, joylashtirish
224. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalar qurilma va uskunalari, ularning qurilishi, sanitariya va yongʻinga qarshi meʼyorlar va qoidalar belgilangan tartibda tasdiqlangan, texnologik loyiha meʼyorlari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
225. Ombor va yuk saqlash uchun maydonchalarda barcha yuklash, tushirish va ogʻir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
226. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis boʻlib, chuqurchalarsiz va 5º dan oshmaydigan nishabi boʻlishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yoʻllar qoplamasiga teng boʻlishi lozim. Yilning qish oylarida yuk saqlash uchun maydonchalar doimo qor va muzdan tozalanib, qum, kul yoki shlak sepilishi kerak.
227. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yoʻnalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
228. Yuklash-tushirish ishlariga oʻn sakkiz yoshdan yosh boʻlmagan, xavfsiz mehnat usullari boʻyicha oʻqitilgan, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqdan oʻtgan shaxslar qoʻyiladi.
229. Yuklash-tushirish ishlari xavfsiz joylash qoidalarini, xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini yaxshi biluvchi tayinlangan javobgar shaxsning rahbarligi ostida bajarilishi lozim.
230. Omborxonalarda mahsulotlar turlari va navlari boʻyicha saqlanishi lozim.
231. Omborxonalarda mahsulotlarni saqlash harorati va omborxonadagi namlik darajasi mahsulotlar standartlarida belgilangan meʼyorlarda boʻlishi lozim.
232. Mahsulotlarni joylash va yuklash-tushirish ishlarining bajarilishi uchun javobgar shaxs ishlar boshlanishidan avval yuk koʻtaruvchi va tashuvchi mexanizmlar, takelaj va boshqa yuklash-tushirish jihozlarining sozligini tekshirishi lozim.
233. Vazni yoʻl qoʻyilgan meʼyordan (erkaklar uchun 30 kg) ortiq boʻlgan yukni boshqa yukchilarning yoki mexanizmlarning yordamida tashishga ruxsat etiladi.
234. Gʻaramlash ishlari kamida ikki kishi tomonidan bajarilishi lozim.
235. Omborxonalar ozoda tutilishi lozim.
236. Meva-sabzavot mahsulotlari omborxonalarida javobgar shaxsning nazorati ostida joylashtirilishi lozim.
237. Dalada yigʻilgan mahsulotlar omborxonaga joʻnatilguncha salqin, usti yopiq joylarda yoki maxsus idishlarda saqlanishi lozim.
238. Yuk bilan devor, kolonna, va xona shipi orasidagi masofa kamida 1 m, yuk va yoritqich orasidagi masofa kamida 0,5 m boʻlishi lozim.
239. Omborxonalar va yuklarni vaqtincha saqlash maydonchalarida gʻaramlar orasidagi kenglik kamida 1 m boʻlgan yoʻlaklar va kengligi transport vositalarining, tashilayotgan yuklarning va ortish-tushirish mexanizmlarning oʻlchamlarini hisobga olingan holda yoʻllar bilan taʼminlanishi lozim.
240. Qoʻlda ortish chogʻida gʻaramning balandligi 3 m dan, yuk koʻtarish mexanizmlari qoʻllanilganda esa, 6 m dan ortmasligi lozim.
241. Transport vositasiga yuk ortish paytida yukning balandligi yoʻlning harakatlanish qismida 3,8 m dan, kengligi esa 2,5 m dan ortmasligi shart.
242. Transport vositasining bortlarini ochish va yopishni faqat ikki xodim tomonidan bajarishga ruxsat etiladi. Bunda yukning xavfsiz joylashganiga ishonch hosil qilish lozim.
243. Mahsulotlar solingan qutilarni javonlar yordamida joylashtirish usuli afzal hisoblanadi.
244. Qutilarni ustma-ust taxlashda gidravlik qisqichli avto yuklagichdan foydalanish lozim.
245. Mahsulotlar joylangan yashiklar transport vositasiga pastki qatordagi yashiklar deformatsiyalanmaydigan qilib taxlanishi lozim.
246. Mahsulotlar saqlanuvchi xonalar quruq, toza va yaxshi shamollatiladigan boʻlishi, havosining nisbiy namligi 50+/–10 % boʻlishi lozim.
247. Xonaning poli qattiq qoplamga ega boʻlishi va yer sathidan kamida 50 sm baland boʻlishi lozim. Mahsulot joylangan yashiklar poldan kamida 10 sm baland va havo aylanishi uchun oraliqlarga ega boʻlgan yogʻoch tagliklarga taxlanishi lozim.
248. Mahsulot joylangan yashiklar pastki yashikka putur yetkazmaydigan balandlikda taxlanishi lozim.
249. Mahsulotlar taxlangan yashiklardan issiqlik manbai va devorlargacha boʻlgan masofa 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
250. Meva-sabzavotlar usti yopiq transport vositasida, tashish qoidalariga rioya qilgan holda tashiladi. Qisqa joylarga usti ochiq transport vositasida tashishga ruxsat etiladi.
10-§. Fumigatsiyalash
251. Fumigatsiyalash — bu gaz yoki tez bugʻlanib ketuvchi uchuvchan birikmalar koʻrinishidagi, zararkunandalarni nobud qiluvchi kimyoviy moddalarni (fumigantlarni) ishlatish jarayoni. Ularning muhim xususiyati shuki, ular ishlov berilayotgan materiallarga osonlik bilan singib oladi, ishlov berish tugagach materialga taʼsir koʻrsatmaydi va iz qoldirmaydi. Ular zaharli boʻlib, hayot uchun xavfli, shu sababli xavfsizlikni taʼminlash uchun ulardan qattiq nazorat ostida foydalanish lozim.
252. Fumigatsiyalash maxsus oʻqitilgan, yoʻriqdan oʻtgan, malakali xodimlar tomonidan oʻtkazilishi lozim.
253. Sertifikatga ega boʻlgan fosfin (fosforli vodorod) ajratib chiqaruvchi preparatlardan foydalanish lozim. Fosfinning toʻgʻri miqdorini aniqlash Dreger nayini qoʻllagan holda test sinovi jarayonida oʻtkazilishi lozim.
254. Faqat meva-sabzavotlarni fumigatsiyalash uchun tasdiqlangan reagentlaridan foydalanish lozim.
255. Fumigatsiya qilish boshlanishidan oldin ishlarning oʻtkazilishi uchun javobgar shaxs naryad-ruxsatnoma rasmiylashtiradi.
256. Fumigatsiya oʻtkaziluvchi joy aniqlanadi, bu joy ochiq, odamlar istiqomat qiladigan joydan, ofislar va oziq-ovqat mahsulotlari bor xonalardan uzoqda joylashgan boʻlishi shart.
257. Fumigatsiya oʻtkaziladigan joy har qanday obod qilingan joydan kamida 100 m masofada joylashgan boʻlishi shart.
258. Nafas olish organlarini himoyalash vositalari fumigatsiyalash uchun javobgar shaxs tomonidan ish boshlanishidan oldin tekshirilishi va bu maxsus kitobda qayd qilinishi lozim.
259. Nafas olish organlarini himoyalash vositalarida qoʻllanuvchi mahkamlovchi moslamalar, nafas chiqarish klapanlari, protivogaz qutilari doimiy ravishda tekshirilib turilishi lozim.
260. Barcha mavjud fumigantlar tashkilotda qayd etilgan boʻlishi va ularning ishlatilishi qattiq nazorat qilinishi lozim.
261. Tashkilot rahbari va barcha xodimlar oʻtkazilgan har bir fumigatsiyalash haqida xabardor qilinishi lozim.
262. Materiallarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar olinishi va barcha yoʻriqnomalarga rioya qilinishi lozim.
263. Kutilmagan avariya vaziyatlarida harakat qilish tartibi ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
264. Fumigantlarni transport vositalarida tashish xavfli moddalarni tashish boʻyicha qoida va meʼyorlarga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim.
265. Fosfin ajratib chiqaruvchi moddalarning barcha zaxirasi yopiq va plomba bilan tamgʻalangan konteynerlarda, boshqa omborxonalardan uzoq masofada joylashgan xonalarda, saqlash xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda saqlanishi lozim. Fumigantlarni quruq va yaxshi yoritilgan xonalarda (yoki konteynerlarda) saqlashga ruxsat etiladi.
266. Fumigantlar saqlanadigan va fumigatsiyalash oʻtkaziladigan joylarda ogohlantiruvchi belgilar, saqlash va xavfsizlik boʻyicha eslatmalar osib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
267. Fumigantlarni oziq-ovqat mahsulotlari, qimyoviy faol va oson alangalanib ketuvchi moddalarning yaqinida saqlash taqiqlanadi.
268. Ish paytida foydalanilgan shaxsiy himoya vositalari (qoʻlqoplar, filtrlar), chiqindilar belgilangan tartibda koʻmilishi yoki utilizatsiya qilinishi lozim.
269. Qoʻllanilayotgan ipli maxsus kiyim va poyabzal 24 soat davomida yaxshilab shamollatilishi, soʻng zarurati boʻlsa yuvilishi lozim.
270. Barcha ishlatilgan yordamchi materiallar va uskunalar yigʻib olinishi, tozalanishi va maxsus ajratilgan joyga qoʻyilishi lozim.
11-§. Ishlab chiqarish chiqindilarini zararsizlantirish boʻyicha talablar
271. Tashkilotlarni chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, koʻmib tashlash va qayta ishlashda belgilangan tartiblarga rioya qilishi majburiydir.
272. Tashkilotlarda majburiy ravishda barcha turdagi chiqindilarning xatlovini oʻtkazishni tashkil etilishi, chiqindilarning inson hayoti va atrof-muhit uchun xavflilik darajasi aniqlanishi lozim.
273. Tashkilotda chiqindilar alohida tashkil etilgan joylarda, yopiq konteynerlarda, yogʻingarchilik tushmaydigan holda saqlanishi lozim.
274. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan taʼminlangan holda saqlanishi lozim.
275. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash taqiqlanadi.
276. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Chiqindilarni yigʻish, joylashtirish va tashishni taʼminlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi shart.
12-§. Xavfli materiallarni saqlash, ishlatish va tashishda xavfsizlik qoidalari
277. Tashkilotlar xavfli kimyoviy moddalarni, ularning xavflilik sinfidan va boshqa materiallar bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatidan kelib chiqib, alohida joylashtirilishini va saqlanishini tashkillashtirishi lozim.
278. Xavfli kimyoviy moddalar saqlanuvchi omborxonalar toʻkilib, sochilib ketgan materiallarni tutib qoluvchi va shu bilan tuproqni va yer osti suvlarini ifloslanishdan saqlovchi moslamalarga ega boʻlishi lozim.
279. Barcha xavfli kimyoviy moddalar va materiallar identifikatsiyalangan boʻlishi lozim.
280. Barcha kimyoviy moddalar omborxonada, ularning changlanib va toʻkilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan zich yopiq idishlarda saqlanishi lozim. Sochiluvchan moddalarni idishsiz saqlash qatʼiyan taqiqlanadi.
281. Xavfli moddalar va materiallar saqlanuvchi joylarda zarur neytrallovchi materiallar, toʻkilib ketgan moddalarni yigʻishtirib olish uchun jihozlar va yakka himoya vositalari boʻlishi shart.
282. Barcha xavfli moddalar uchun, ulardan xavfsiz foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi shart.
283. Xavfli materiallardan foydalanuvchi xodimlar oʻqitilgan boʻlishi shart.
284. Xavfli materiallarni transport vositasida tashish “Kimyoviy moddalar va agressiv suyuqliklarni saqlash, hisobga olish, transport vositasida tashish paytidagi xavfsizlik texnika qoidalari”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
13-§. Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish
285. Elektr toki urganda, kislotalar va ishqorlar hamda issiqlik bilan kuyganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar mazkur Qoidalarning 1, 2, 3-ilovalarida keltirilgan.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan umumiy talablar
286. Uskunalarni montaj qilish, foydalanish va taʼmirlash paytida ishlarning xavfsizligini taʼminlashi, yongʻin va portlash xavfidan holi boʻlishi, ulardan foydalanish jarayonida atrof muhitni zararli moddalar bilan sanitariya meʼyorlaridan ortiq miqdorda ifloslantirmasligi va namlik, quyosh radiatsiyasi, mexanik tebranishlar, bosim va haroratning oʻzgarishlari natijasida xavf-xatar yuzaga keltirmasligi lozim.
287. Uskunalarning texnik holati va ulardan xavfsiz foydalanish uchun javobgarlik, ushbu uskunalar tasarrufida boʻlgan boʻlimlar, hamda tashkilotning bosh mutaxassislari va taʼmirlash xizmatlari rahbarlariga yuklatiladi.
288. Uskunalarning elementlari (elektr oʻtkazgichlari, oʻtkazish quvurlari, kabellari va boshqalar), ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan ijroda tayyorlangan boʻlishi lozim.
289. Uskunalarning gaz, bugʻ pnevmatik, gidravlik va elektr tizimlari, ularning ushbu uskuna tarkibida ishlash sharoitlarini hisobga olgan holda, ushbu tizimlarga tegishli boʻlgan standartlarning talablariga mos boʻlishi lozim.
2-§. Himoya toʻsiqlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
290. Uskunalarning harakatlanuvchi qismlari toʻsilgan yoki GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, toʻxtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
291. Uskuna tarkibiga kiruvchi himoya vositalari:
a) uskuna ishga tushirilishidan oldin shunday tayyor holatga keltirilishi kerakki, ular oʻchirib qoʻyilgan yoki nosoz boʻlsa, uskunaning ishlashi mumkin boʻlmasligi lozim;
b) oʻz vazifalarini uzluksiz bajarishi yoki xavf tugʻilgan yoki odam xavfli zonaga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi;
v) faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsiri tugagandan soʻnggina oʻzining himoya vazifasini tugatishni taʼminlashi;
g) himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qoʻshimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalarining himoyalash vazifasini taʼminlashi;
d) xizmat koʻrsatish va nazorat qilish uchun qulay boʻlgan joyda oʻrnatilgan boʻlishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
292. Uskunaning, u ishlayotgan paytda xavf-xatarning oldini olishga moʻljallangan, koʻtarib qoʻyiluvchi va ikki tomonga suriluvchi toʻsiqlari, shuningdek ulardagi yoki uskunaning korpusidagi ochiluvchi eshikchalar, qopqoqlar, qalqonchalar, ularning tasodifan ochilib yoki yechilib ketishidan saqlovchi moslamalarga (maxsus asbob bilan ochiladigan qulflar va shu kabilarga), zarur hollarda esa toʻsiq yechib olingan yoki ochilganda ish jarayonini toʻxtatib qoʻyilishini taʼminlovchi blokirovkalarga ega boʻlishi lozim.
293. Uskunalar oʻtkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin boʻlgan elementlarga, shuningdek toʻsilmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega boʻlmasligi lozim.
294. Uskunalarning konstruksiyasida quyidagi asosiy talablarga javob beruvchi xodimning elektr tokidan zararlanishidan (shu jumladan xodimning xato harakatlari natijasida) himoyalash nazarda tutilgan boʻlishi shart:
a) uskunaning xavf-xatar manbai boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismi ishonchli izolyatsiyalangan yoki toʻsilgan, yoxud xodimlar tega olmaydigan joylarda oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
b) ochiq tok oʻtkazuvchi qismlari boʻlgan elektr uskunalari qulflanuvchi eshikchalari boʻlgan korpuslarning (shkaflarning, bloklarning) ichiga joylangan yoki himoyalovchi gʻilof bilan yopilgan boʻlishi lozim;
v) uskunaning izolyatsiya shikastlanishi natijasida xavfli kuchlanish ostida qolishi mumkin boʻlgan metall qismlari yerga (nolga) ulangan boʻlishi lozim. Shu bilan birga xavfsizlikni taʼminlovchi boshqa choralarni qoʻllashga ruxsat etiladi;
g) uskunaning elektr zanjirlarining sxemasida uni taʼminlayotgan tarmoqdan oʻchirib qoʻyuvchi qurilma nazarda tutilgan boʻlishi lozim. Uskuna oʻzining avtonom elektr energiyasi manbaidan taʼminlangan hollarda kuchlanishni elektr zanjirini uzmasdan taʼminlash manbaini oʻchirib olib tashlashga ruxsat etiladi.
3-§. Pichoq bilan ishlashda xavfsizlik talablari
295. Tigʻi yopiladigan xavfsiz pichoqdan foydalanish lozim. Tokzorlarda toklarni kesishda maxsus tok qaychilarda amalga oshiriladi.
296. Pichoqdan foydalanib ishlayotgan xodimning bevosita yaqinida boshqa xodimlar boʻlmasligi lozim.
297. Pichoq bilan kesayotgan paytda uning holati va harakatlanishiga eʼtibor qaratish lozim. Kesish xodimning roʻparasi tomondagi yoʻnalishda amalga oshirilishi va bu paytda ushbu yoʻnalishda boshqa xodimlar boʻlmasligi lozim.
298. Xodimning tanasi tomon yoʻnalishda kesish taqiqlanadi.
299. Pichoq qoʻllanmaydigan ishlar bajarilayotgan paytda pichoq qiniga joylanib, u uchun ajratilgan joyga qoʻyilishi lozim.
4-§. Rolikli transportyorda ishlashda xavfsizlik talablari
300. Transportlanayotgan ashyolarni transportyorga shunday joylash kerakki, ular transportyor tasmasidan chiqib turmasligi va tushib ketmasligi lozim.
301. Harakatlanayotgan transportyorning roliklariga tegish taqiqlanadi.
302. Transportyorga oʻtirish taqiqlanadi.
303. Transportyorning ustida yurish, undan sakrab oʻtish taqiqlanadi.
304. Transportyor harakatlanayotgan paytda chalgʻimaslik va boshqalarni chalgʻitmaslik lozim.
305. Ish joyini orasta tutish, uni tashilayotgan yuklar, chiqindilar bilan toʻldirib yubormaslik lozim.
306. Boshqarish pultidagi barcha ishga tushiruvchi tugmalar soz holatda boʻlishi lozim.
307. Bugʻ tizimlari izolyatsiyalangan va toʻsiqlar bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
308. Uskuna ishlayotgan paytda yigʻishtirish ishlarini olib borish taqiqlanadi.
309. Barabanning ichidagi yigʻishtirish ishlari naryad-ruxsatnomasi boʻyicha olib borilishi lozim.
310. Silindrning ichiga u sovugandan soʻng kirishga ruxsat etiladi.
311. Barabanni tozalashni boshlashdan oldin “Yoqilmasin, odamlar ishlamoqda!” taqiqlovchi xavfsizlik belgisini osib qoʻyish lozim.
312. Silindrning ichi hoʻl va sirpanchiq boʻlgani sababli yigʻishtirish ishlarini rezina poyabzal kiygan holda bajarish lozim.
313. Silindrning ichiga kirishdan avval uning uzatmasi, uzatma dvigatellari elektr taʼminoti manbaidan oʻchirilgan va qulflab qoʻyilgan boʻlishi shart.
5-§. Konveyerlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
314. Konveyerlarning tuzilishi, konveyerlar orasidagi, shuningdek, galereyadan qurilish konstruksiyalari orasidagi oʻtish joylarining kengligi amaldagi meʼyorlarga mos boʻlishi lozim.
315. Konveyerlar oʻtish joylari va uskunalar ustida joylashgan taqdirda ularning pastki qismi sochilib ketgan materialning tushib ketishining oldini oluvchi yaxlit toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
316. Konveyerdagi zanjirli, tasmali va tishli uzatgichlar, birlashtiruvchi muftalar, uzatma mexanizmlarining barabanlari, tarang tortib turuvchi qurilmalarning troslari va yuklarining elementlari himoya toʻsiqlari bilan toʻsilgan boʻlishi shart. Toʻsiqning konstruksiyasi, uni yechib olmasdan turib qismlarini moylash va podshipniklarining qiziganligini tekshirib turish imkonini berishi lozim.
317. Tasmaning tasmali konveyer barabani bilan tutashuv joyi konveyerning uskunasi boʻylab yon tomonidan kamida 1 m hamda baraban radiusining yigʻindisiga teng boʻlgan masofada toʻsilgan boʻlishi lozim.
318. Konveyerning tasmasi harakatlanayotgan paytida yon tomonga siljimasligi, baraban va tayanch roliklarining chekkasidan chiqib ketmasligi lozim. Tasmaning yon tomonga chiqib ketishining oldini olish uchun konveyerlar tasmaning siljishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
319. Tasmali konveyerlar tasma yoki taranglovchi qurilmalar uzilib ketgan, shuningdek, boʻshatuvchi voronka tarnovlari toʻlib, tiqilib qolgan taqdirda konveyerning uzatmasini toʻxtatib qoʻyuvchi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
320. Koʻchmas konveyerlar, ularning uzunligidan qatʼi nazar, avariya vaziyatlarida ularning uzunasi boʻylab istalgan joydan turib konveyerning uzatmasini toʻxtatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
321. 6° dan ortiq qiyalikka ega boʻlgan tasmali va plastinali konveyerlar, ular toʻxtaganda yuk ortilgan tasmaning teskari tomonga qarab harakatlanishiga yoʻl qoʻymaydigan stopor qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
322. Tasmali konveyerlar tasma va barabanni yopishib qolgan materialdan mexanik ravishda tozalovchi moslamaga ega boʻlishi lozim.
323. Koʻchib yuruvchi konveyerlarning, ularni taʼminlovchi elektr kabellari foydalanishga qulay va oʻtish joylarini toʻsib qoʻymaydigan qilib joylashtirilgan boʻlishi lozim.
324. Tasmali konveyerlar bilan quruq va changlanuvchan materiallar tashilayotgan paytda, ularni ortish va tushirib olish joylari germetizatsiyalangan boʻlishi va ish zonasi havosidagi changning miqdori chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan miqdorlardan ortmasligini taʼminlovchi boshqa choralar koʻrilishi lozim.
Bir nechta ketma-ket oʻrnatilgan konveyerlar yoki texnologik liniyaning boshqa uskunalari bilan bogʻlangan konveyerlar bir vaqtda ishlaydigan boʻlsa, ularning elektr dvigatellari blokirovkalangan boʻlishi lozim.
325. Metall parchalarini olib tashlash uchun konveyerda magnitli metall ajratgichlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
326. Tasmali konveyerlar ostidan toʻkilgan materialni yigʻishtirib olish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim. Materiallarni qoʻlda yigʻishtirib olishga faqat konveyer toʻxtatib qoʻyilgandagina ruxsat etiladi.
327. Konveyerni ishga tushirishdan oldin kamida 5 s davomida konveyerning butun uzunligi boʻyicha eshitiluvchi ogohlantiruvchi tovushli signal berilishi shart.
328. Konveyerlarning ustidan oʻtish uchun galereyalarda har 100 m dan, ishlab chiqarish xonalarida har 30 — 60 m dan soʻng qoʻzgʻalmaydigan koʻprikchalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Oʻtish koʻprikchalari yaxlit toʻshamali, yoritilgan va ularning balandligi kamida 1,8 m boʻlishi lozim.
329. Konveyer ishlayotgan paytda uning har qanday qismini qoʻlda taʼmirlash va tozalash, shuningdek tasmasining ustiga chiqish taqiqlanadi.
330. Tasmaning kengligi 0,8 m dan ortiq boʻlsa, konveyerning uzatma va taranglovchi qurilmalarining ustida taʼmirlash ishlarini bajarish uchun yuk koʻtaruvchi vositalar nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
331. Quruq changlanuvchan materiallarni tashuvchi elevatorlar, shneklar va kurakli konveyerlar butun uzunligi boʻyicha gʻiloflar bilan yopilgan, ularning ortish va tushirish joylari germetizatsiyalangan boʻlishi lozim.
332. Elevatorlarning ishlashini kuzatish uchun uning qobigʻida zich yopiluvchi eshikchali oynalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
V bob. Taʼmirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
1-§. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda xavfsizlikning umumiy talablari
333. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
334. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi taʼmirlashni qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
335. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
336. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi lozim.
337. Taʼmirlash ishlari bajariluvchi zona toʻsilishi, xavfsizlik belgilari oʻrnatilishi lozim.
338. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval, taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻriqdan oʻtkazilishi lozim.
339. Taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar belgilangan meʼyorlar boʻyicha maxsus kiyim, poyabzal va himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
340. Ogʻir yuklarni joyidan koʻchirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi shart.
341. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
342. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
343. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
344. Taʼmirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta toʻshamalarning oʻrnatilishi amaldagi qoidalarning talablariga javob berishi hamda xodimlar balandlikda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart.
345. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40° S gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
346. Barcha taʼmirlash ishlari boʻlim, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
347. Materiallarning uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalangan boʻlishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
348. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan joy va barcha oʻtish joylari belgilangan meʼyorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
349. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi lozim.
2-§. Uskunalarni taʼmirlashga topshirish va ularni foydalanishga qabul qilishda xavfsizlik talablari
350. Uskunalarni davriy koʻrikdan oʻtkazish ishlari sexning taʼmirlash xizmati tomonidan muhandis-texnik xodimning rahbarligi ostida oʻtkazilishi lozim.
351. Koʻrikdan oʻtkazish paytida uskunani normal ishlashiga imkon bermaydigan nuqsonlar topilsa, ularning sababini aniqlash va bartaraf qilish uchun darhol toʻxtatilishi lozim.
352. Yangi ishga tushirilayotgan uskunaning xavfsizlik talablariga mosligini quyidagi tartibda tekshirish lozim:
a) ishga tushirish-sozlash ishlaridan soʻng boʻlim boshligʻi (boshliqning oʻrinbosari), mehnat muhofazasi xizmati vakili, bosh mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan uskunaning mehnat xavfsizligi standartlari va ushbu uskunaga taalluqli boshqa normativ-texnik hujjatlarning talablariga mosligini tekshirishi;
b) aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgach, uskuna takroran komissiyaga qabul qilish uchun taqdim etilishi;
v) qabul qilish tugagach, uskunani foydalanishga topshirish dalolatnomasi tuzilishi lozim.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
353. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(353-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
354. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi bilan kelishilgan:
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2011-yil 24-fevral
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 24-fevral
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 24-fevral
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
2011-yil 24-fevral
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2011-yil 24-fevral
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2011-yil 24-fevral
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2011-yil 24-fevral
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2011-yil 24-fevral
“Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasining raisi S. SAIDJALOLOV
2011-yil 24-fevral
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Elektr toki urganida birinchi tibbiy yordamni koʻrsatish
Elektr toki urganida zarar koʻrgan shaxsda nafas olish va yurak faoliyati toʻxtashi mumkin, bu darhol (bir necha daqiqa) organizmning hayotiy muhim funksiyalarini boshqaruvchi bosh miya nerv hujayralarida qaytarib boʻlmaydigan holatlarning boshlanishiga olib keladi. Shuning uchun voqea sodir boʻlgan joyda zudlik bilan yordam koʻrsatish oʻta muhimdir.
Birinchi yordam koʻrsatishdagi muvaffaqiyatning asosiy sharti — topqirlik va zarar koʻrgan shaxsni elektr tokidan tezda xalos etish.
Hech qachon zarar koʻrgan shaxsga yordam koʻrsatishdan bosh tortish va unda nafas olish, yurak urishi, puls singari hayot belgilari mavjudligi asosida uni oʻlgan deb hisoblash mumkin emas. Elektr toki urganda oʻlim koʻpincha shunchaki tuyuladi, faqat vrach zarar koʻrgan shaxsni jonlantirish boʻyicha keyingi saʼy-harakatlarning foydasizligi haqidagi masalani hal etishi va uning oʻlimi haqida xulosa berishi mumkin.
Kuchlanish ostida boʻlgan elektr toki oʻtkazuvchi qismlarga tegish koʻp holatlarda muskullarning beixtiyor torayishini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida, agar jabrlanuvchi simni qoʻllarida ushlab turgan boʻlsa, barmoqlar shunchalik qattiq siqiladiki, simni qoʻldan tortib olish mumkin boʻlmay qoladi.
Agar jabrlanuvchi elektr tok oʻtkazuvchi qismlarga tekkanicha qolsa, u holda uni tezda elektr toki taʼsiridan xalos etish choralari koʻrilishi lozim. Bunda shuni esda tutish lozimki, ehtiyotkorlik choralarini koʻrmasdan turib elektr toki ostida boʻlgan insonga tegish hayot uchun xavfli.
Birinchi harakat qurilmaning jabrlanuvchi tegib turgan qismini tezda elektr tokidan ajratish kerak.
Agar qurilmani tezda ajratish mumkin boʻlmasa, u holda jabrlanuvchini u tegib turgan elektr tok oʻtkazuvchi qismlardan ajratish choralarini koʻrish lozim.
Jabrlanuvchini elektr tok oʻtkazuvchi qismlardan yoki simdan ajratishda quruq kiyimdan, quruq taxtadan yoki qandaydir elektr tokini oʻtkazmaydigan buyumdan foydalanish lozim. Ushbu maqsadda metall yoki hoʻl buyumdan foydalanish mumkin emas. Jabrlanuvchi simni qoʻli bilan siqqanda va elektr toki uning tanasi orqali yerga oʻtganda, jabrlanuvchini yerdan ajratgan holda elektr tokini uzish oson.
Buning uchun jabrlanuvchining ostiga quruq taxtani, yogʻoch stul suyanchigʻini yoki boshqa elektr toki oʻtkazmaydigan buyumlarni tashlash kerak. Jabrlanuvchini elektr tok oʻtkazuvchi qismlardan ajratib olish uchun jabrlanuvchining kiyimidan, agar u hoʻl boʻlmasa, bir qoʻl bilan tutish zarur.
Sunʼiy nafas oldirish va yurakni tashqaridan uqalashni jabrlanuvchining mustaqil nafas olishi va yuragi ishlay boshlashidan oldin oʻtkazish kerak.
Jabrlanuvchida oʻzining (uqalashsiz) muntazam pulsi paydo boʻlganligiga qarab uning yurak faoliyati tiklanganligi haqida fikr yuritiladi. Buning uchun uqalash 2-3 soniyaga uzib qoʻyiladi va agar puls saqlanib qolsa, u holda bu yurakning mustaqil ishlay boshlaganligini bildiradi. Tanaffus vaqtida puls mavjud boʻlmagan taqdirda zudlik bilan uqalashni davom ettirish lozim.
Jabrlanuvchi jonlanishining boshqa belgilari mustaqil nafas olish, koʻz qorachigʻining torayishi, baʼzan jabrlanuvchining qoʻl va oyoqlarni qimirlatishga urinishlari hisoblanadi.
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Kislotalar va ishqorlar bilan kuyganda birinchi yordam koʻrsatish
Kislotalar (sulfat, azot, fosfor) bilan kuyganda kuygan joy katta miqdordagi suv bilan, soʻngra 5 foizli natriy bikarbonat eritmasi yoki 10 foizli ammoniy karbonat angidrid eritmasi bilan, soʻngra yana suv bilan yuvib tashlanadi.
Ishqorlar bilan kuyganda, kuygan joy katta miqdordagi suv bilan, soʻngra 3 — 6 foizli sirka kislotasi eritmasi yoki 1-2 foizli tuz kislotasi eritmasi bilan, soʻngra yana suv bilan yuvib tashlanadi.
Koʻzlar ishqor bilan kuyganda, koʻzlarni katta miqdorda suv oqizib yuvib tashlash kerak. Bunda koʻzlar (yoki koʻz) mumkin qadar ochiq boʻlishi lozim. Soʻngra koʻzlarni 2 foizli bor kislotasi eritmasi bilan yoki 3 foizli sirka kislotasi eritmasi bilan yuvish zarur. Koʻzlar kislotalar bilan zararlanganda 3 — 6 foizli natriy bikarbonat eritmasi bilan yuvib tashlanadi.
Ogʻiz boʻshligʻi ishqor bilan kuyganda 3 foizli sirka kislotasi eritmasi bilan yoki 2 foizli bor kislotasi eritmasi bilan chayib tashlash lozim. Ogʻiz boʻshligʻi kislota bilan kuyganda 50 foizli natriy bikarbonat eritmasi bilan chayib tashlanadi.
Kislota nafas yoʻllariga tushganida pulverizator yordamida changitilgan 10 foizli natriy bikarbonat eritmasidan, ishqorlar tushganida esa purkalgan 3 foizli sirka kislotasi eritmasidan nafas olish zarur.
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA
Issiqlik bilan kuyganda birinchi yordam koʻrsatish
Olov, bugʻ, issiq buyumlar bilan kuyganda kuygan joyni suv bilan namlash mumkin emas, hosil boʻlgan pufakchalarni hech qachon yorib yubormaslik va kuygan joyni bint bilan bogʻlamaslik kerak.
Kuygan joyni un sepish yoki oʻsimlik yogʻi bilan moylash lozim. Kuygan joyni yangi tayyorlangan 5 foizli tanin eritmasi bilan yaxshilab namlash kerak, buning uchun bir necha qavat qilib taxlangan bint, doka yoki roʻmol qoʻllaniladi. Tanin eritmasi bilan bunday ishlov berishni terining zararlangan uchastkasi jigarrang tusga kirgunga qadar davom ettirish zarur.
Kuyish uchta darajaga ajratiladi:
1 daraja — qizarish. Kuygan joyga etil spirt bilan hoʻllangan momiq bilan ishlov beriladi.
2 daraja — pufaklar. Kuygan joyga birinchi darajali quyishdagi kabi spirt bilan ishlov beriladi. Shuningdek, 5 foizli tanin eritmasi bilan ham ishlov berish mumkin.
3 daraja — teri toʻqimalarining buzilishi. Jarohatni sterilizatsiya qilingan bint bilan bogʻlab, vrach chaqiriladi.
Kuchsiz kuyish hollarida kuyishga qarshi maxsus malham qoʻllaniladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 144-modda; 2014-y., 33-son, 428-modda; 2017-y., 28-son, 676-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2019-y., 10/19/2213-3/4236-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 24.12.2021-y., 10/21/2213-4/1192-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)