OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN CHIQARISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QOʻMITASI
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2196]
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 27-sentabrdagi 03/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 2196-4, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/2196-4/0814-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-fevral,
1-son
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 10-fevraldagi 1-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yoʻriqnoma isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari (keyingi oʻrinlarda qonunchilik hujjatlari deb yuritiladi) talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 27-sentabrdagi 03/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 2196-4, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/2196-4/0814-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tahlil — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb yuritiladi) xodimlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishi yuzasidan, moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda oʻrganish va/yoki koʻrikdan oʻtkazishga qaratilgan harakatlar majmui;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 25-maydagi 06/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 2196-3, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2196-3/0312-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soʻrov — monopoliyaga qarshi organ rahbari (oʻrinbosari) tomonidan imzolangan, xoʻjalik yurituvchi subyekt, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda fuqarolar tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilishi lozim boʻlgan, tahlil oʻtkazish uchun zarur maʼlumot (hujjat, material)lar roʻyxatini oʻz ichiga olgan yozma talabnoma;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ariza — huquq buzilishi holatlari (belgilari) mavjudligini koʻrsatuvchi yozma ravishda yoki monopoliyaga qarshi organning ishonch telefoniga kelib tushgan fuqarolar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning murojaatlari, davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa organlardan tushgan axborot, shuningdek ommaviy axborot vositalaridagi maʼlumotlar;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrganish — xoʻjalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolardan, shuningdek qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan monopoliyaga qarshi organ soʻroviga asosan taqdim etilgan hujjat va materiallarni yigʻish va koʻrib chiqish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
koʻrik oʻtkazish — maʼlumotlarni yigʻish, shuningdek joyiga chiqqan holda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan reklamani tarqatishga oid xatti-harakatlarini audio va vizual ravishda kuzatish, zarur hollarda foto, audio va/yoki video surʼatga olish yoki qonunda taqiqlanmagan boshqa usulda qayd qilish;
II. Tahlil oʻtkazish
2. Tahlil oʻtkazish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
monopoliyaga qarshi organga kelib tushgan arizalar;
monopoliyaga qarshi organning rahbari (oʻrinbosari) tomonidan tegishli davr uchun tasdiqlangan ish reja;
Oldingi tahrirga qarang.
bevosita monopoliyaga qarshi organ xodimlari tomonidan koʻrik oʻtkazish davomida qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari (belgilari)ni aniqlash;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida topshiriqlari.
3. Tahlil oʻrganish va/yoki koʻrik oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
4. Oʻrganish:
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va fuqarolardan tanishish uchun zarur materiallar va hujjatlarni soʻrab olish, ulardan nusxa koʻchirish hamda ularni ish materiallariga qoʻshib qoʻyish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
zarur hollarda, ariza beruvchi, shuningdek ularga nisbatan ariza berilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari bilan suhbat oʻtkazish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
ariza beruvchidan va ularga nisbatan ariza berilgan shaxslardan ariza bilan murojaat qilishga sabab boʻlgan holatlar (belgilar) boʻyicha yozma yoki ogʻzaki tushuntirishlar olish;
zarur hollarda, arizani oldindan koʻrib chiqish materiallari boʻyicha xulosalar va tushuntirishlar berish uchun vakolatli ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb etish, har tomonlama, toʻliq va obyektiv ravishda koʻrib chiqish maqsadida boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Isteʼmolchilarning huquqlarining kamsitilishi boʻyicha ariza va shikoyatlarni oʻrganish mobaynida, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirishlar oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda), tekshirish oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil xabardor etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2025-yil 12-fevraldagi 562-sonli qarori (roʻyxat raqami 2196-6, 24.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 10/25/2196-6/0185-son)
6. Mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan soʻrovda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
soʻrov joʻnatilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, respublika ijro etuvchi hokimiyat organi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining toʻliq nomi va pochta manzili hamda fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi (yashash joyi);
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
joʻnatish uchun asoslar (ish reja, huquq buzilishi holati (belgisi) yoki ariza);
taqdim etilishi lozim boʻlgan zarur hujjatlar roʻyxati;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarini buzilish holati (belgisi) boʻyicha tushuntirish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan oqilona muddat;
maʼlumot taqdim etmaganlik yoki atayin notoʻgʻri maʼlumot taqdim etganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish;
monopoliyaga qarshi organ rahbari (oʻrinbosari)ning imzosi;
monopoliyaga qarshi organ masʼul ijrochisining familiyasi, ismi, va otasining ismi hamda aloqa maʼlumotlari.
7. Koʻrik monopoliyaga qarshi organ rahbarining (oʻrinbosarining) koʻrik oʻtkazish joyi, vaqti va koʻrikni oʻtkazishga masʼul xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda uning asosi koʻrsatilgan buyrugʻiga asosan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrik oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etish talab etilmaydi. Koʻrik oʻtkazish davrida monopoliyaga qarshi organ xodimlari tomonidan Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish talab etilmaydi.
(7-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2025-yil 12-fevraldagi 562-sonli qarori (roʻyxat raqami 2196-6, 24.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 10/25/2196-6/0185-son)
Koʻrik, uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda qayd etilgan davr mobaynida amalga oshiriladi. Koʻrik oʻtkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarda tarqatiladigan maʼlumotlarning koʻrigi doimiy ravishda, monopoliyaga qarshi organning koʻrik oʻtkazishni maʼlum bir xodimga yuklatish haqidagi buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2025-yil 12-fevraldagi 562-sonli qarori (roʻyxat raqami 2196-6, 24.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 10/25/2196-6/0185-son)
8. Oʻtkazilgan koʻrik natijasida ikki nusxada maʼlumotnoma tuzilib, uning bir nusxasi reklama tarqatuvchi rahbariga (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsiga) beriladi. Maʼlumotnomada quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
monopoliyaga qarshi organning nomi;
koʻrik oʻtkazilgan joy, vaqt va sana;
koʻrik oʻtkazayotgan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
koʻrik oʻtkazish uchun qabul qilingan buyruqning raqami va sanasi;
reklama tarqatuvchining toʻliq nomi va uning masʼul shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi;
aniqlangan huquqbuzilish holatlari (belgilari);
koʻrik oʻtkazgan xodimlarning hamda reklama tarqatuvchining rahbarini (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsining) imzosi.
9. Monopoliyaga qarshi organ xodimlari, koʻrik oʻtkazilayotgan reklama tarqatuvchining tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manziliga oid maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida reklama tarqatuvchining rahbari (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsi) bilan suhbat oʻtkazishi mumkin.
Koʻrik oʻtkazish davrida reklama tarqatuvchidan, har qanday, shu jumladan uning moliya-xoʻjalik faoliyatiga oid hujjatlarni talab etish taqiqlanadi.
Maʼlumotnomaga reklama tarqatuvchining rahbari (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsi) imzo qoʻyishdan bosh tortgan holda, maʼlumotnomaga “imzodan bosh tortdi” degan qayd kiritiladi.
Koʻrik oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi hamda koʻrik natijalari boʻyicha tuzilgan maʼlumotnoma, uni olganligini tasdiqlovchi tilxat asosida reklama tarqatuvchining rahbariga (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsiga) beriladi.
Buyruq nusxasi hamda koʻrik natijalari boʻyicha tuzilgan maʼlumotnomani olganligini tasdiqlovchi tilxatga reklama tarqatuvchining rahbari (u boʻlmagan hollarda uning masʼul shaxsi) imzo qoʻyishdan bosh tortgan holda, maʼlumotnomada “tilxatga imzo qoʻyishdan bosh tortdi” degan qayd kiritiladi.
10. Oʻtkazilgan koʻrik natijasida tuzilgan maʼlumotnoma, monopoliyaga qarshi organda yuritiladigan raqamlangan, ip bilan tikilgan va muhrlangan maxsus jurnalda, koʻrik oʻtkazilgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmasdan roʻyxatga olinishi lozim.
Monopoliyaga qarshi organ, oʻtkazilgan koʻrik natijasida tuzilgan maʼlumotnomada qayd etilgan huquqbuzarlik holatini (belgisini) toʻliq va obyektiv koʻrib chiqish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda soʻrovni amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻtkazilayotgan tahlil davomida huquqbuzarlik holati (belgi)larini mavjudligiga yetarlicha asoslar aniqlangan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va/yoki reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish yoki ish qoʻzgʻatmasdan koʻrsatma berish boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 27-sentabrdagi 03/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 2196-4, 11.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/2196-4/0814-son)
III. Javobgarlik
12. Mazkur Yoʻriqnomaga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik, monopoliyaga qarshi organ rahbari hamda tahlil oʻtkazishga masʼul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
IV. Yakunlovchi qoida
13. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2011-yil 9-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 73-modda; 2013-y., 34-son, 463-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2017-y., 10/17/2196-2/0470-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 01.06.2023-y., 10/23/2196-3/0312-son; 14.10.2024-y., 10/24/2196-4/0814-son; 14.11.2024-y., 10/24/2196-5/0919-son; 26.02.2025-y., 10/25/2196-6/0185-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)