|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.03.2026
|
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrug‘i
IQTISODIYOTNING AYRIM TARMOQLARI XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARI UCHUN XODIMLAR SONI VA MEHNATGA HAQ TO‘LASH FONDINING ENG KAM ME’YORLARINI ANIQLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 28-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2173]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 34-2025/V-sonli ““Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2173-3, 28.02.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-fevraldagi 10-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 5-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
193-Q-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 3-dekabrdagi 193-Q-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish tashkilotlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini belgilaydi.
Mazkur Nizom shtat jadvallari davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlariga, shuningdek yakka buyurtmalar bo‘yicha umumiy ovqatlanish sohasida banket asosida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida xodimlarning eng kam soni chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida ishga qancha mehnat kuchi sarflanish me’yorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
2. Qurilish ishlaridagi quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori qurilish ishlarida qancha mehnat kuchi sarflanishi me’yorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
21. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari asosiy xodimlari sonining, shuningdek qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorlarini aniqlashda hosil bo‘lgan kasr sonlar yaxlitlash qoidalariga ko‘ra butun songa yaxlitlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2173-1, 29.07.2011-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 330-modda)
3. Tashkilotlarning ma’muriy va texnik xodimlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib ma’muriy, texnik va yordamchi ishchilar soni shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi, ularning soni belgilangan xodimlar sonining eng kam me’yori tarkibiga kirmaydi.
4. Xodimlarning ish vaqti tartibi va grafigi ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.
Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
II. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida asosiy xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash
1-§. Chakana savdo tashkilotlarida asosiy xodimlar sonining eng kam me’yorlarini aniqlash
5. Olti kunlik ish haftasini har kungi ish muddati 12 soatni (haftasiga jami 72 soatni) tashkil etgan chakana savdo tashkilotlarida asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori uning savdo maydoniga qarab mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
6. Chakana savdo tashkilotining ish vaqti rejimi haftasiga 72 soatdan ortib ketsa, mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq aniqlangan asosiy xodimlar sonining eng kam me’yoriga ko‘paytirish koeffitsiyenti, agarda 72 soatdan kam bo‘lsa, asosiy xodimlar sonining aniqlangan eng kam me’yoriga kamaytirish koeffitsiyenti (kamaytirish koeffitsiyenti 0,8 dan, qishloq hududlarida 0,6 dan kam bo‘lmasligi kerak) qo‘llaniladi. Bunda, koeffitsiyentning miqdori chakana savdo tashkiloti amaldagi ish vaqtining me’yoriy ish vaqtiga nisbatini aks ettiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 76-B-sonli (ro‘yxat raqami 2173-2, 28.01.2013-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 5-son, 58-modda)
2-§. Umumiy ovqatlanish tashkilotlari asosiy xodimlari sonining eng kam me’yorini aniqlash
7. Yetti kunlik ish haftasini har kungi ish muddati 12 soatni (haftasiga jami 84 soatni) tashkil etgan umumiy ovqatlanish tashkilotlarida asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori tashkilotning turiga va xizmat ko‘rsatiladigan stollar sonini inobatga olgan holda mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan har bir lavozim va kasblar bo‘yicha xodimlar sonining eng kam me’yorlarini qo‘shish orqali aniqlanadi.
8. Umumiy ovqatlanish tashkilotining ish vaqti rejimi haftasiga 84 soatdan ortib ketsa, mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq aniqlangan asosiy xodimlar sonining eng kam me’yorlariga ko‘paytirish koeffitsiyenti, agarda 84 soatdan kam bo‘lsa, asosiy xodimlar sonining aniqlangan eng kam me’yoriga kamaytirish koeffitsiyenti (kamaytirish koeffitsiyenti 0,5 dan kam bo‘lmasligi kerak) qo‘llaniladi. Bunda, koeffitsiyentning miqdori umumiy ovqatlanish tashkiloti amaldagi ish vaqtining me’yoriy ish vaqtiga nisbatini aks ettiradi.
3-§. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash
9. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini hisoblab chiqarishda tashkilotlardagi barcha xodimlarning soni (asosiy xodimlar sonining aniqlangan eng kam me’yori hamda ma’muriy va texnik xodimlar) hisobga olinadi.
10. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari ma’muriy va texnik xodimlarining sonini mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan tavsiyalardan foydalangan holda va o‘rindoshlikni hisobga olib, mustaqil ravishda ma’muriy va texnik funksiyalarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilaydi.
Agarda rahbar yoki mulkdor bir vaqtning o‘zida ma’muriy funksiyalarini hamda asosiy xodimning funksiyasini bajarsa, unda ushbu xodim asosiy xodimlar soniga kiritiladi.
11. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
12. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida ishning o‘rtacha razryadi mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan.
13. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorini hisoblashning shartli namunalari mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan.
III. Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash
1-§. Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorlarini aniqlash
14. Quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorlari qurilish ishlarida qancha mehnat kuchi sarflanishini hisobga olgan holda shaharsozlik normalari va qoidalaridan kelib chiqib aniqlanadi.
15. Quruvchi ishchilar eng kam sonining me’yorlari obyektda asosiy qurilish ishini bajarish bilan band bo‘lgan barcha kasbdagi ishchilarni o‘z tarkibiga oladi (pudrat va subpudratchi tashkilotlar bajaradigan ishlarni ham qo‘shgan holda), pudrat va subpudratchi tashkilotlarga loyiha, transport, ekspeditsiya va boshqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar xodimlari bundan mustasno.
Quruvchi ishchilar kasblarining nomenklaturasi va tarif-malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2010-y., 34-son, 291-modda) muvofiq tasdiqlanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
16. Obyektdagi barcha qurilish ishlarida band bo‘lgan quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorlari mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
161. Qurilish tashkilotlari tomonidan bajariladigan hamda qurilish ishlarining texnologik xususiyatlari va bajarish grafigidan kelib chiqadigan oylik mehnat sarfi notekis bo‘lganda, shuningdek qurilish ishlari amalga oshirilayotgan shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smeta hujjatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanmaganda, quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori mazkur Nizomning 7a-ilovasiga muvofiq har bir kalendar oy uchun alohida aniqlanadi. Bu holda qurilish tashkiloti, mustaqil ravishda, ushbu kalendar oyda amalda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib, shaharsozlik normalari va qoidalari asosida mehnat sarfini (odam/soatda) aniqlaydi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smeta hujjatlari tasdiqlangandan so‘ng quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori amalda bajarilgan ishlar hajmi bo‘yicha qayta hisoblanmaydi.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi.
162. Agar ayrim qurilish ishlari bo‘yicha shaharsozlik normalari va qoidalari asosida mehnat sarfi belgilanmagan bo‘lsa, qurilish tashkiloti ushbu ishlarni bajarishga ketgan amaldagi mehnat sarfidan kelib chiqib quruvchi ishchilar sonini mustaqil ravishda aniqlaydi.
(162-band O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2173-1, 29.07.2011-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 330-modda)
17. Agarda obyektdagi alohida turdagi qurilish ishlarini bajarishda bosh pudratchi bilan birgalikda subpudrat tashkilotlari ishtirok etsa, bosh pudratchining quruvchi ishchilari sonining eng kam me’yorlari mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
18. Har bir subpudrat tashkilotidagi quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori mazkur Nizomning 16, 161 va 162-bandlarida belgilangan mezonlar asosida shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan tuzilgan smetaga muvofiq qurilish ishlarini bajarish uchun ketadigan mehnat sarfi me’yoridan va subpudrat shartnomasida ko‘rsatilgan bajariladigan ishning muddatidan kelib chiqib aniqlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2173-1, 29.07.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 330-modda)
2-§. Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash
19. Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan formulaga muvofiq aniqlanadi.
191. Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini hisoblashda butun tashkilot bo‘yicha barcha xodimlar soni hisobga olinadi (quruvchi ishchilar sonining aniqlangan eng kam me’yori, shuningdek boshqaruv va texnik xodimlar soni).
(191-band O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2173-1, 29.07.2011-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 330-modda)
20. Quruvchi ishchilar sonining va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlashda mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan shartli namunalardan foydalaniladi.
IV. Yakuniy qoidalar
21. Mazkur Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.
22. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2010-yil 2-dekabr
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
2010-yil 2-dekabr
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 2-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2010-yil 2-dekabr
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Olti kunlik ish haftasini har kungi ish muddati 12 soatni (haftasiga jami 72 soatni) tashkil etgan chakana savdo tashkilotlarida asosiy xodimlar sonining eng kam
ME’YORLARI
|
Savdo maydoni, m. kv. |
Xodimlar sonining eng kam me’yori, kishi | |
|
shaharlarda |
boshqa aholi punktlarida | |
| 25 gacha | 2 | 1 |
| 26 — 50 | 3 | 1 |
| 51 — 75 | 4 | 2 |
| 76 — 100 | 5 | 3 |
| 101 — 125 | 6 | 4 |
| 126 — 150 | 7 | |
| 151 — 175 | 8 | 5 |
| 176 — 200 |
9 | |
| 200 m. kv.dan oshgan har 50 m. kv. ga |
1 |
1 |
Izoh:
1. Yirik o‘lchamli tovarlarni sotuvchi va ushbu tovarlarni namuna sifatida ko‘rgazmaga qo‘yuvchi (mebel va avtomototransport vositalarini sotish do‘konlari, yirik o‘lchamli maishiy va boshqa texnikalarni namoyish qilish uchun ko‘rgazma maydonlari, savdo zallari, qurilish mollari do‘konlari) savdo zali maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan chakana savdo tashkilotlari uchun savdo zali maydoni 176 dan 200 kvadrat metrgacha bo‘lgan chakana savdo tashkilotlariga belgilangan asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori qo‘llaniladi.
2. Avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalarida yoqilg‘i quyish kolonkalariga xizmat ko‘rsatuvchi asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori yoqilg‘i quyish kolonkasining texnik tavsifnomasida belgilangan me’yorlardan kelib chiqib aniqlanadi. Bunday me’yorlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori yoqilg‘i quyish kolonkalari sonidan kelib chiqqan holda quyidagicha aniqlanadi:
Toshkent shahrida — bitta yoqilg‘i quyish kolonkasi uchun 1 ta xodim;
boshqa aholi punktlarida — ikkita yoqilg‘i quyish kolonka uchun 1 ta xodim.
Avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalari qoshidagi qo‘shimcha (yo‘ldosh) tovarlar bilan chakana savdo qiluvchi do‘konlar (pavilyonlar, salonlar) asosiy xodimlari sonining eng kam me’yori mazkur Nizomning 5 va 6-bandlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
3. Chakana savdo tashkilotlari uchun belgilangan asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ko‘chma (sayyor) savdoni amalga oshirish uchun vaqtincha tashkil etilgan chakana savdo shoxobchalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 76-B-sonli (ro‘yxat raqami 2173-2, 28.01.2013-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 5-son, 58-modda)
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yetti kunlik ish haftasini har kungi ish muddati 12 soatni (haftasiga jami 84 soatni) tashkil etgan umumiy ovqatlanish tashkilotlarida asosiy xodimlar sonining eng kam
ME’YORLARI
|
Umumiy ovqatlanish tashkilotlarining shakli (turi) |
1 stolga (4 o‘ringa mo‘ljallangan standart stol) xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (ofitsiantlarni o‘z ichiga olgan holda) soni | Barmen (bar mavjud bo‘lganda) | Oshpaz | Tarqatishda xizmat qiladigan xodimlar | Oshxona ishchisi | ||
| Toshkent shahri | Boshqa shahar | Boshqa aholi punkti | |||||
| Restoran | 0,35 | 0,25 | 0,2 | 1 | 3 | — | 2 |
| Kafe | 0,25 | 0,2 | 0,1 | 1 | 2 | — | 1 |
| Kafe (o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi mavjud bo‘lgan) | 0,2 | 0,15 | 0,1 | 1 | 2 | 1 | 1 |
| Choyxona | — | — | — | — | 2 | 1 | 1 |
| Oshxona | — | — | — | — | 2 | 1 | 1 |
| Kafeteriy, kichik oshxona, bufet | — | — | — | — | 1 | 1 | 1 |
| Boshqa turdagi tashkilotlar (oshxona mavjud bo‘lmaganda) | 0,2 | 0,15 | 0,1 | 1 | — | — | — |
Izoh:
1. Agar tashkilotdagi oshxonalar mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lganda ushbu me’yorlar qo‘llaniladi.
2. Banket zallariga ega xizmat ko‘rsatuvchi stollar soni 50 tadan ortiq bo‘lgan kafe va restoranlar uchun 50 ta stolga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun belgilangan asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori qo‘llaniladi.
3. Umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun belgilangan asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ko‘chma (sayyor) savdoni amalga oshirish uchun vaqtincha tashkil etilgan obyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 76-B-sonli (ro‘yxat raqami 2173-2, 28.01.2013-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 5-son, 58-modda)
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida xizmatchi va ishchi kasblarning tavsiya etilgan
RO‘YXATI
I. Chakana savdo tashkilotlari
1. Asosiy xodimlar:
sotuvchi (dorixona provizori);
sotuvchi-konsultant;
kassir;
qadoqlovchi;
qassob;
tovar taxlovchi;
bo‘lim, seksiya mudiri;
yoqilg‘i quyish stansiyasi operatori;
yoqilg‘i va yoqilg‘i-moylash mahsulotlari quyuvchisi;
buyum (mebel) yig‘uvchi;
yuk ortuvchi-tushiruvchi.
2. Boshqaruv xodimlari:
direktor (mudir);
direktor (mudir) o‘rinbosari;
bosh hisobchi, hisobchi;
tovarshunos;
ekspeditor;
ombor mudiri (omborchi).
3. Texnik xodimlar:
asbob-uskunalarni ta’mirlovchi va ekspluatatsiya qiluvchi xodim;
rassom-bezovchi;
farrosh;
hovli tozaligiga qarovchi xodim;
qorovul.
II. Umumiy ovqatlanish tashkilotlari
1. Asosiy xodimlar:
ofitsiant;
bosh oshpaz, oshpaz;
bufetchi, bar (mayxona) sotuvchisi;
tayyor mahsulotni tarqatishda xizmat qiladigan xodim;
oshxona ishchisi.
2. Boshqaruv xodimlari:
direktor (mudir);
direktor (mudirning) o‘rinbosari;
zal mudiri;
bosh hisobchi, hisobchi;
kassir;
ekspeditor;
ombor mudiri (omborchi).
3. Texnik xodimlar:
asbob-uskunalarni ta’mirlovchi va ekspluatatsiya qiluvchi xodim;
shveysar (darbon), garderobchi;
qorovul, qo‘riqchi;
farrosh;
hovli tozaligiga qarovchi xodim;
bog‘bon.
Izoh:
Ushbu Ro‘yxatga tashkilotlarda, ularning faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida nazarda tutilgan boshqa lavozimlar ham kiritilishi, shuningdek ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilgan lavozimlar va kasblar chiqarib tashlanishi mumkin.
Asosiy lavozimlar va ishchilar kasblari ro‘yxati ishlab chiqarish, boshqaruv va texnik vazifalarni bajarishga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda tashkilot tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.”.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2173-1, 29.07.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 330-modda)
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash fondining eng kam
me’yorlari
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida oylik mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
MHTF min = KXS x Tk x IHEKM bunda:
MHTF min — mehnatga haq to‘lash fondining oylik eng kam me’yori;
KXS — Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9 va 10-bandlariga ko‘ra aniqlangan tashkilotdagi xodimlar soni;
Tk — hisoblangan tarif koeffitsiyenti. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-ilovasiga muvofiq tarif koeffitsiyentini hisoblash uchun ish haqining yagona tarif setkasidan kelib chiqqan holda ishning o‘rtacha razryadi, tashkilotning turi va shakliga qarab tabaqalashtiriladi (differensiatsiya qilinadi). Masalan: yagona tarif setkasi bo‘yicha ishning o‘rtacha razryadi supermarketda — 3, yagona tarif setkasi bo‘yicha hisoblangan tarif koeffitsiyenti ishning o‘rtacha razryadiga mos ravishda 3,297 ni tashkil etadi;
(4-ilova xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2173-1, 29.07.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 330-modda)
IHEKM — belgilangan ish haqining eng kam miqdori.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida ishning o‘rtacha razryadi
|
Tashkilot nomi |
Yagona tarif setkasi bo‘yicha ishning o‘rtacha razryadi |
| Chakana savdo tashkiloti uchun | 2 |
| Umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun: | |
| Restoran | 4 |
| Kafe | 3 |
| Choyxona | 2 |
| Oshxona | 2 |
| Boshqa turdagi tashkilotlar (oshxona mavjud bo‘lmaganda) | 2 |
| Kafeteriy, kichik oshxona, bufet | 2 |
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 76-B-sonli (ro‘yxat raqami 2173-2, 28.01.2013-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 5-son, 58-modda)
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
6-ILOVA
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini hisoblashning shartli namunalari
1-misol.
Minimarket bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:
savdo zalining maydoni — 126 kv. m;
ish vaqtining rejimi — haftasiga 84 soat;
Savdo zali maydoni 126 kv.m bo‘lgan minimarketda asosiy xodimlarning eng kam soni me’yori 7 ta xodimdan iborat (Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga muvofiq).
Minimarketda ish vaqti rejimi haftasiga 72 soatdan (haftasiga 84 soat) ortib ketganini hisobga olib, belgilangan eng kam me’yorlardagi asosiy xodimlar sonidan kelib chiqib asosiy xodimlarga ko‘paytirish (oshirish) koeffitsiyenti qo‘llaniladi = 84/72 = 1,17.
Shunday qilib, minimarketda asosiy xodimlarning eng kam soni me’yori = 7 × 1,17 = 8 ta xodimni tashkil qiladi.
Minimarketda ishlarning o‘rtacha razryadi yagona tarif setkasi bo‘yicha 2-razryadni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi bo‘yicha hisob uchun olinadigan 2-razryadli ishning tarif koeffitsiyenti 2,725 ni tashkil qiladi.
Belgilangan ish haqining eng kam miqdori (IHEKM) = 79 590 so‘m.
Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS × Tk × IHEKM) minimarketda mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yori = 8 × 2,725 × 79590 = 1 735 062 so‘mni tashkil qiladi.
2-misol.
Kafeda quyidagi ma’lumotlar mavjud:
xizmat ko‘rsatadigan stolning soni — 15 ta;
ish vaqtining rejimi — haftasiga 84 soat;
Xizmat ko‘rsatadigan 15 ta stoli bor kafeda asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori quyidagilardan iborat (Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2- ilovasiga muvofiq).
| 1 stolga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ofitsiantlar soni |
Oshpaz |
Tarqatishda xizmat qiladigan xodimlar |
Oshxona ishchisi |
|
0,25 |
2 |
— |
1 |
Kafeda ish vaqti rejimi haftasiga 84 soatdan ortib ketmaganligini hisobga olib, belgilangan eng kam miqdordagi asosiy xodimlar soni me’yoriga ko‘paytirish (oshirish) koeffitsiyenti qo‘llanilmaydi.
Shunday qilib, kafeda asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori = 0,25 × 15 + 2 + 1 = 7 ta xodimni tashkil qiladi.
Belgilangan ish haqining eng kam miqdori (IHEKM) = 79 590 so‘m.
Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS × Tk × IHEKM) kafeda mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yori = 7 × 2,998 × 79 590 = 1 670 276 so‘mni tashkil qiladi.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 76-B-sonli (ro‘yxat raqami 2173-2, 28.01.2013-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 5-son, 58-modda)
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
7-ILOVA
Obyektdagi barcha qurilish ishlarida band bo‘lgan quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorining aniqlashning mezonlari
Obyektdagi barcha qurilish ishlarida band bo‘lgan quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorlari quyidagi formula asosida aniqlanadi:
XSnorm = SIK / BM / IVF: bunda:
XSnorm — tashkilotdagi quruvchi ishchilarning o‘rtacha oylik eng kam soni me’yori;
SIK — shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq obyektda qurilish ishlarini bajarishda sarflanadigan ish kuchi (har bir odamga/soatbay);
BM — pudrat qurilish shartnomasi asosiga muvofiq qurilish ishlarining bajarish muddati;
IVF — har bir quruvchi ishchiga olti kunlik ish haftasiga o‘rtacha oylik ish vaqtining fondi.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7a-ILOVA
7a-ILOVA
Oylik mehnat sarfi notekis bo‘lgan quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorini aniqlash
MEZONLARI
Obyektdagi qurilish ishlarining texnologik xususiyatlari va bajarish grafigidan kelib chiqadigan oylik mehnat sarfi notekis bo‘lganda, shuningdek qurilish ishlari amalga oshirilayotgan shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smeta hujjatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanmaganda kalendar oy uchun quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(7a-ilovaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
XS norm/oy = MSoy/IVFoy, bunda:
XSnorm/oy — amalda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib aniqlangan kalendar oy uchun quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori;
MSoy — amalda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib shaharsozlik normalari va qoidalari asosida aniqlangan ushbu kalendar oyi uchun mehnat sarfi (odam/soatda);
IVF — ushbu kalendar oyida olti kunlik ish haftasida har bir quruvchi ishchiga to‘g‘ri keluvchi ish vaqti fondi.
(7a-ilova O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2173-1, 29.07.2011-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 330-modda)
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
8-ILOVA
Obyektdagi alohida turdagi qurilish ishlarini bajarishda bosh pudratchi bilan birgalikda subpudrat tashkilotlari ishtirok etganda, bosh pudratchining quruvchi ishchilari sonining eng kam me’yorlarini aniqlashning mezonlari
Obyektdagi alohida turdagi qurilish ishlarini bajarishda bosh pudratchi bilan birgalikda subpudrat tashkilotlari ishtirok etganda, bosh pudratchining quruvchi ishchilari sonining eng kam me’yorlari quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
BPXSnorm = (SIK – QIBSIK) / BM/ IVF bunda:
BPXSnorm — bosh pudratchi quruvchi ishchilarning o‘rtacha oylik eng kam soni me’yori;
SIK — shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq obyektda qurilish ishlarini bajarishda sarflanadigan ish kuchi (har bir odamga/soatbay);
QIBSIK — shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq pudrat shartnomasi asosida subpudrat tashkilotiga topshirilgan obyektda qurilish ishlarini bajarishda sarflanadigan ish kuchi (har bir odamga/soatbay);
BM — pudrat qurilish shartnomasi asosiga muvofiq qurilish ishlarining bajarish muddati;
IVF — har bir quruvchi ishchiga olti kunlik ish haftasiga o‘rtacha oylik ish vaqtining fondi.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA
9-ILOVA
Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yorini aniqlash formulasi
Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
(9-ilovaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2173-1, 29.07.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 330-modda)
MHTFmin= XS (BPXS) x Tk x Kt x IHEKM bunda:
(9-ilovaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2173-1, 29.07.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 330-modda)
MHTFmin — mehnatga haq to‘lash fondining oylik eng kam me’yori;
XS (BPXS) — mazkur Nizomning 191-bandiga muvofiq aniqlangan tashkilot xodimlari soni.
(9-ilovaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2173-1, 29.07.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 330-modda)
Tk — qurilish ishlarida o‘rtacha razryadning tarif koeffitsiyenti. Qurilish ishlarida o‘rtacha razryadning tarif koeffitsiyenti mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasidagi 4 razryadning tarif koeffitsiyentiga mos keladi;
Kt — qurilish ishlarini bajarishda jamoa kelishuviga asosan ish beruvchi tomonidan qo‘llaniladigan mehnat haqini oshiruvchi tarmoq koeffitsiyenti;
IHEKM — belgilangan ish haqining eng kam miqdori.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
10-ILOVA
10-ILOVA
Quruvchi ishchilar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlashning shartli namunalari
1-misol.
Bir qavatli uch xonadan iborat tomorqali uyning namunali qurilishi:
shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq ushbu uyning qurilish ishlarida sarflanadigan ish kuchi 4 799,6 odamga/soat teng;
qurilish ishini bajarish muddatining me’yori — 3 oy;
haftasiga olti kunlik ishda bir oylik o‘rtacha vaqt bir xodimga — 163,1 soatni tashkil qiladi.
Belgilangan formulaga muvofiq (XSnorm = SIK / BM / IVF) quruvchi ishchilarning (XSnorm) ning o‘rtacha oylik eng kam soni me’yori = 4 799,6 / 3 / 163,1 = 9,8 ta xodimni tashkil qiladi.
(10-ilova 1-misolining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2173-1, 29.07.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 330-modda)
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-ilovasiga muvofiq qurilish ishlarida o‘rtacha razryad yagona tarif setkasi bo‘yicha 4 ni tashkil etadi. Yagona tarif setkasi bo‘yicha hisoblash uchun olinadigan 4 razryadli ishning tarif koeffitsiyenti 3,297 ni tashkil qiladi.
Belgilangan ish haqining eng kam miqdori (IHEKM) = 49 735 so‘m.
Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XSnorm (BPXSnorm)× Tk × Kt) quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori (MHTFmin) = 9,8 × 3 ,297 × 1,15 × 49735 = 1 848 013 so‘mni tashkil qiladi.
Shunday qilib, qurilish ishini bajarish muddatining me’yorini (3 oy) hisobga olib, ushbu uyni qurilishidagi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori = 1 848 013× 3 = 5 544 039 so‘mni tashkil qiladi, agarda ushbu davr mobaynida belgilangan ish haqining eng kam miqdori o‘zgarmasa.
2-misol.
270 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktabni qurilishi bosh pudratchi tomonidan qurilishning bir qismini subpudrat tashkilotiga topshirganda:
shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq ushbu obyektni qurilish ishlarida sarflanadigan ish kuchi 35 882 odamga/soat teng undan 12 500 odamga/soati subpudratchi ishiga to‘g‘ri keladi;
qurilish ishini bajarish muddatining me’yori — 9 oy;
subpudrat shartnomasiga ko‘ra subpudratchi tomonidan qurilish ishlarini bajarish muddati — 2 oy;
haftasiga olti kunlik ishda bir oylik o‘rtacha vaqt bir xodimga — 163,1 soatni tashkil qiladi.
Belgilangan formulaga muvofiq (BPXSmin = (SIK — QIBSIK) / BM / IVF) quruvchi ishchilarning (BPXSmin) o‘rtacha oylik eng kam soni me’yori = (35 882 — 12 500) / 9 / 163,1 = 15,9 ta xodimni tashkil qiladi.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-ilovasiga muvofiq qurilish ishlarida o‘rtacha razryadi yagona tarif setkasi bo‘yicha 4 razryadni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi bo‘yicha hisobga olinadigan 4 razryadli ishning tarif koeffitsiyenti 3,297 ni tashkil qiladi.
Belgilangan ish haqining eng kam miqdori (IHEKM) = 49 735 so‘m.
Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XSnorm (BPXSnorm)× Tk × Kt) quruvchi ishchilarning mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori (MHTFmin) = 15,9 × 3 ,297 × 1,15 × 49 735 = 2 998 307 so‘mni tashkil qiladi.
Shunday qilib, qurilish ishini bajarish muddatining me’yorini (3 oy) hisobga olib, ushbu obyekt qurilishidagi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori 2 998 307 × 9 = 26 984 763 so‘mni tashkil qiladi, agarda ushbu davr mobaynida belgilangan ish haqining eng kam miqdori o‘zgarmasa.
Yuqorida keltirilgan shartlar bilan:
subpudrat tashkiloti quruvchi ishchilarining (XSnorm) o‘rtacha oylik eng kam soni me’yori = 12 500 / 2 / 163,1 = 38,3 ta xodimni tashkil qiladi;
subpudrat tashkiloti quruvchi ishchilarining mehnatiga haq to‘lash fondining (MHTFmin) eng kam me’yori = 38,3 × 3 ,297 × 1,15 × 49735 = 7 222 336 so‘mni tashkil qiladi.
Shunday qilib, qurilish ishini bajarish muddatining me’yorini (2 oy) hisobga olib, ushbu obyektni qurilishidagi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondining eng kam me’yori = 7 222 336 × 2 = 14 444 672 so‘mni tashkil qiladi, agarda ushbu davr mobaynida belgilangan ish haqining eng kam miqdori o‘zgarmasa.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 527-modda; 2011-y., 31-son, 330-modda; 2013-y., 5-son, 58-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)