Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.09.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QO‘MITASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MULKNI BAHOLASh MILLIY STANDARTI (8-SON MBMS) “XUSUSIYLAShTIRISh MAQSADIDA MULK QIYMATINI BAHOLASh”NI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-oktabrda 2025-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan vaqtdan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Rais D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-oktabr,
01/19-18/20-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining 2009-yil 6-oktabrdagi 01/19-18/20-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”
Mazkur Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
I-bob. Umumiy qoidalar
1. 8-son MBMSning maqsadi xususiylashtirish obyektlari qiymatini aniqlash va baholash natijalarini aks ettirish me’yorlari va qoidalarini belgilashdan iboratdir.
2. 8-son MBMSning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xususiylashtirish obyektlarini baholashning standart tushunchalari va qoidalaridan foydalanish orqali baholovchilar harakatlarining muvofiqligini ta’minlash;
baholashning xolisonaligiga va uning sifatini oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan tartibotlarni belgilash;
boshlang‘ich dastlabki axborotga, baholash to‘g‘risidagi hisobot mazmuniga va materialni bayon etishga quyiladigan baholash to‘g‘risidagi hisobotlar har xil talqin qilinishini istisno etadigan talablarni belgilash;
mulkni baholashning samarali milliy tizimini shakllantirishga ko‘maklashish.
II-bob. Atamalar va tushunchalar
3. 8-son MBMSda quyidagi atamalar va tushunchalar qo‘llaniladi:
analog — asosiy iqtisodiy, jismoniy va boshqa tavsiflarga ko‘ra baholash obyekti bilan o‘xshash, narxi o‘xshash shartlarda tuzilgan bitimdan yoki raqobatli bozorda qilingan taklifdan ma’lum bo‘lgan boshqa obyekt;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
baholash sanasi — baholash obyektining qiymati aniqlangan sana;
pul oqimi — daromad keltirayotgan mulkdan foydalanishda va (yoki) uni sotishdan tushumlar va chiqimlar (xarajatlar)dan hosil bo‘ladigan haqiqiy yoki hisobiy davriy daromad;
diskontlash — baholash obyektidan kutilayotgan bo‘lg‘usi pul oqimlarini diskontlashning tegishli stavkasidan foydalanib joriy qiymatga keltirish;
farazlar — baholovchining haqqoniy deb hisoblanadigan taxminlari. Farazlar tekshirish va tasdiqlash mumkin bo‘lmagan baholash obyektiga yoki baholash yondashuvlariga ta’sir etadigan faktlar, shartlar yoki vaziyatlarni o‘z ichiga oladi;
eskirish (qadrsizlanish) — jismoniy eskirish, funksional va tashqi (iqtisodiy) qadrsizlanish kabi turli sabablar ta’sirida mulk qiymatining yo‘qolishi;
narxlarning qimmatlashish indekslari — sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning tegishli grafa bo‘yicha baholash obyektining har bir pozitsiyasiga ko‘ra (qurilish materiallari, mashinalar, asbob-uskunalar, texnika va texnologiyalar va h.k.) narxlar indekslari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichining sanoat faoliyati bo‘yicha (V, S, D, E) sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning narxlari indekslari;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
kapitallashtirish — baholash obyektidan kutilayotgan tushumlarni uning joriy qiymatiga aylantirish;
nazorat ulushi — mulkda qatnashish (korxona ustav fondida ulush) bo‘lib, uning egasiga korxona ustidan nazorat qilish imkoniyatini ta’minlaydi;
multiplikator — korxonaning narxi yoki boshqa qiymat negizi va uning faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy, ishlab chiqarish va moddiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi koeffitsiyent.
cheklovchi shartlar — qonunchilik, buyurtmachi yoki baholovchi tomonidan baholashga qo‘yilgan cheklashlar;
tavakkalchilik — baholash obyekti qiymatiga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan prognoz qilinayotgan natijalarga erishmaslik yoki ulardan har qanday chetlash;
ixtisoslashtirilgan mulk — o‘zining (mazkur mulk xususiyati yoki uning tuzilishi, konfiguratsiyasining xususiyatlari, o‘lchami, joylashgan yeri va boshqalar bilan belgilangan) xususiyatiga ko‘ra foydalanish doirasi cheklangan mulk;
diskontlash stavkasi — bo‘lg‘usi pul oqimlarini joriy qiymatga o‘zgartirish uchun ishlatiladigan unumlilik stavkasi
kapitallashtirish stavkasi — odatda foiz hisobida ifodalangan ma’lum davr uchun daromad miqdorini qiymatga o‘zgartirishda ishlatiladigan bo‘luvchi
III-bob. Qo‘llanish sohasi
4. Quyidagilar xususiylashtirish maqsadida baholash obyektlari (keyingi o‘rinlarda matnda baholash obyekti deb yuritiladi) hisoblanadi:
mulkiy majmualar sifatidagi davlat unitar korxonalari yoki davlat muassasalari (keyingi o‘rinlarda matnda korxonalar deb yuritiladi);
davlat mulkida bo‘lgan ko‘chmas va ko‘char mulk;
davlatga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar;
yuridik shaxslarning ustav fondlarida davlatga tegishli bo‘lgan ulushlar va mulkiy paylar;
davlatga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlar (intellektual mulk obyektlaridan tashqari).
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va birgalikda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda mulkiy majmuadan iborat davlat aktivlari barcha aktivlar bozor qiymatining yig‘indisi sifatida baholanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
5. 8-son MBMS baholovchi tashkilotlar, baholovchilar hamda baholash xizmatlarining buyurtmachilari uchun mo‘ljallangan va xususiylashtirish maqsadida baholash obyektlari qiymatini baholash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda va xususiylashtirilayotgan mulkni baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini tekshirishda qo‘llanilishi majburiydir.
Bir paytning o‘zida bir korxonaning davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalari (ulushlari) va davlatga tegishli bo‘lmagan aksiyalari (ulushlari) ham baholanishi kerak bo‘lgan taqdirda, baholash 8-son MBMS talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
6. 8-son MBMS:
bankrotlik tartibotlari doirasida realizatsiya qilinayotgan baholash obyektlari;
xususiylashtirilayotgan davlat turarjoy fondi (bozor qiymati bo‘yicha xususiylashtiriladigan davlat turarjoy fondi obyektlari bundan mustasno);
havo va suv transporti vositalari;
alohida baholash obyektlari sifatida xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan intellektual mulk obyektlari qiymatini baholashga tatbiq etilmaydi.
(6-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
7. Baholash obyektining 8-son MBMSga muvofiq aniqlangan qiymati xususiylashtirish obyektining boshlang‘ich narxini belgilashda tavsiya etiladigan qiymat hisoblanadi. Xususiylashtirish chog‘ida tuzilgan bitimda belgilangan narx baholashni amalga oshirish chog‘ida aniqlangan qiymatdan farq qilishi mumkin.
8. 8-son MBMSni amaliyotda qo‘llashda ushbu 8-son MBMSning ilovasida keltirilgan Uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanish lozim.
IV-bob. Buxgalteriya hisobi standartlari bilan aloqadorlik
9. Baholash amaliyotida “eskirish” atamasining mazmunini buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan shunday atama (amortizatsiya ajratmalari) mazmunidan farqlash lozim. Shu tufayli ham, “eskirish” yoki “hisoblangan eskirish” atamalarini baholovchilar O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (1-son MBMS)da (ro‘yxat raqami 1604, 2006-yil 24-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 302-modda) aks ettirilgan baholashning umumiy prinsiplari va tushunchalariga muvofiq qo‘llashlari lozim.
“Asosiy vositalar”, “tovar-moddiy zaxiralari”, “nomoddiy aktivlar”, “boshlang‘ich qiymat”, “joriy qiymat”, “qoldiq (balans) qiymati” tushunchalari ular buxgalteriya hisobida qaysi ma’noda qo‘llanilsa, shu ma’noda tushunilishi lozim.
10. Moliyaviy hisobot hujjatlaridan MBMSning asosiy farqi shu bilan belgilanadiki, baholash obyektini baholashda qo‘llaniladigan qiymatning puldagi ifodasi tarixiy fakt emas, balki muayyan davrda obyektning foydaliligiga qiymatning tanlangan turiga muvofiq berilgan baho hisoblanadi. Qiymatning bu bahosi moliyaviy hisobotda aks ettirilgan qiymatdan farq qilishi mumkin.
V-bob. Standart talablari
11. Baholash obyektining qiymatini xususiylashtirish maqsadida baholash quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
baholash haqidagi vazifani belgilash va baholash obyektini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish;
baholash obyektini identifikatsiya qilish;
axborot yig‘ish va uni tahlil qilish;
baholash obyektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili (8-son MBMSda nazarda tutilgan hollar uchun);
baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash;
baholash natijalarini, qo‘llanilgan baholash yondashuvlarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini hisoblash;
baholash haqidagi hisobotni tuzish.
1-§. Baholash haqidagi vazifani belgilash va baholash obyektini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish
12. Baholash haqidagi vazifa buyurtmachi tomonidan baholovchi tashkilot bilan birgalikda tuziladi va baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. Baholash haqidagi vazifada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
baholash obyektining nomi va tavsifi;
baholash sanasi;
baholash maqsadi (maqsadlari) va baholash natijalaridan foydalanish mo‘ljali;
baholash maqsadiga muvofiq bo‘lgan qiymat turi;
cheklovchi shartlar;
buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etishi lozim bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar ro‘yxati;
baholash ishlarini bajarish muddatlari.
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab baholash haqidagi vazifa qo‘shimcha shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
13. Davlat korxonasi yoki muassasasini xususiylashtirishda, agar davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchining qarorlari bilan o‘zgacha tartib o‘rnatilgan bo‘lmasa, baholash obyektining bozor qiymati aniqlanadi. Baholash maqsadlariga qarab bozor qiymati bilan bir qatorda bozor qiymatidan farq qiluvchi boshqa qiymat aniqlanishi ham mumkin. Bozor qiymatidan farq qiluvchi boshqa qiymatini aniqlash zarur hollarda, aniqlanayotgan qiymatning qo‘llanish sabablari va uning bozor qiymatidan farqi baholash to‘g‘risidagi hisobotda ochib berilishi va tavsiflanishi lozim.
14. Aniqlanadigan qiymat turi baholash haqidagi vazifada belgilanishi va keyinchalik baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilishi va tushuntirilishi lozim.
2-§. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
15. Baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi baholash obyektini va unga bo‘lgan huquqlarning amaldagi holatini taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini aniqlaydi. Shuningdek, baholash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan farazlar va cheklovchi shartlar tahlili amalga oshiriladi.
16. Baholash obyektini identifikatsiya qilish baholovchi tomonidan buyurtmachi va (yoki) uning vakili taqdim etgan hujjatlar asosida baholash obyektini ko‘zdan kechirish, o‘lchash, fotosuratga olish (zarur holda), uning amalda mavjudligi va holatini tekshirish, obyekt nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, jismoniy tarkibi, texnik tavsifini va baholash obyektining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tavsifini o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
17. Aksiyalar, ulushlar (paylar)ni baholashda baholovchi mulkdorning mazkur obyektlarga bo‘lgan huquqlarini buyurtmachi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga, ya’ni: korxona (emitent)ning ta’sis hujjatlariga hamda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va investitsiya vositachisining ma’lumotlariga muvofiqligini identifikatsiyadan o‘tkazishi kerak.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
18. Buyurtmachi bilan kelishgan holda, baholash obyektini (uning tarkibiy qismlarini) identifikatsiya qilish baholash obyekti faoliyatining xususiyati va (yoki) asosiy vositalar birligining miqdoridan kelib chiqqan holda cheklangan xususiyat kasb etishi mumkin.
Baholash obyektini identifikatsiya qilishning cheklangan xususiyati baholash haqidagi vazifada cheklovchi shartlar bilan bir qatorda ko‘rsatiladi.
19. Taqdim etilgan hujjatlar bilan baholash obyekti va unga bo‘lgan mulkiy huquqlarning amaldagi holati o‘rtasidagi tafovutlar aniqlangan taqdirda, baholovchi bu haqda buyurtmachiga va (yoki) hujjatlarni taqdim etgan shaxsga xabar berishi va ularga tegishli tuzatishlar kiritishni talab qilishi shart.
Buyurtmachi va (yoki) hujjatlarni taqdim etgan shaxs ularni baholovchining talablari bilan muvofiq holatga keltirishni rad etgan yoki ularga zaruriy tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘lmagan holda, baholovchi baholashni amalga oshirishdan bosh tortishi yoki baholashni baholash obyektining amaldagi holatidan kelib chiqib, taqdim etilgan hujjatlar va baholash obyektining holati o‘rtasida tafovut mavjudligini baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirgan holda amalga oshirishi mumkin.
3-§. Axborot yig‘ish va uni tahlil qilish
20. Axborot yig‘ish va uni tahlil qilish:
baholash obyektiga oid huquqni belgilovchi hujjatlarni;
baholash obyektiga oid buxgalteriya hisobi va hisobot ma’lumotlarini;
baholash obyektining tuzilishi, baholanayotgan huquqlar tarkibi va mazkur huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni;
baholash obyektiga oid qo‘shimcha yuklamalar va servitutlar haqidagi ma’lumotlarni;
baholash obyektidan foydalanishga cheklovlarni;
baholash obyekti va uning tarkibiy qismlarining texnik tavsifini;
baholash obyekti mansub bo‘lgan bozorning holati va dinamikasi haqidagi axborotni;
boshqa xil axborotni olish va o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Korxonalar (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni baholashda korxona (emitent) tavsifi va rivojlanish rejalari qo‘shimcha tarzda o‘rganiladi.
21. Baholash obyektlarini baholashda quyidagilardan foydalaniladi:
buyurtmachi yoki uning vakilidan olingan dastlabki ma’lumotlardan, shuningdek baholovchi tomonidan buxgalteriya, birlamchi va statistik hisob ma’lumotlaridan olingan, baholash obyekti rahbari (balans saqlovchi, emitent) imzosi bilan tasdiqlangan ma’lumotlardan;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 27-fevraldagi 01/10-10/51-sonli (ro‘yxat raqami 2025-4, 11.03.2019-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2025-4/2736-son)
ishlarni bajarishga jalb qilingan uchinchi shaxslardan olingan, ularning imzosi bilan tasdiqlangan axborotdan;
ixtisoslashgan tashkilotlardan olingan (tarmoqqa oid, analitik sharhlar, fond bozori sharhlari), shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e’lon qilingan axborotdan;
boshqa xil (so‘rov, intervyu natijalariga ko‘ra va boshqa manbalardan olingan) axborotdan, bunda mazkur axborotdan foydalanish uchun javobgarlik baholovchiga yuklatiladi.
22. Quyidagilar baholash obyektini baholashda buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etadigan dastlabki axborot hisoblanadi:
xususiylashtirilayotgan korxonalar (aksiyalar, ulushlar, paylar) uchun:
yuridik shaxsning amaldagi ustavi yoki ta’sis shartnomasi, aksiyadorlar reyestridan ko‘chirma (reyestr saqlovchining ma’lumotnomasi);
sho‘ba va tobe jamiyatlar haqida axborot, ularga oid huquqni belgilovchi va moliyaviy hujjatlar;
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
oxirgi uch yil uchun va oxirgi hisobot sanasiga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra buxgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z ichiga oluvchi buxgalteriya hisobi va hisobot ma’lumotlari, balans moddalariga izohlar;
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va uzoq muddatli qo‘yilmalar ro‘yxati;
5 yildan kam bo‘lmagan muddatga mo‘ljallangan korxonaning rivojlanish rejasi;
uchastkadagi yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan uchastkaning hududiy chegarasi haqida ma’lumotlar (geodezik plan/chizma yoki yer uchastkasining u joylashgan yer ko‘rsatilgan va tavsiflangan xaritalari nusxalari, yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida qaror);
binolar va inshootlarga oid kadastr hujjatlari;
baholash obyektidan foydalanishga oid qo‘shimcha yuklamalar va cheklovlar, shu jumladan uzoq muddatli ijara mavjudligi haqida ma’lumotlar (vakolatli organ ma’lumotnomasi);
oxirgi hisobot yili uchun auditor xulosasi (agar auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan bo‘lsa);
ko‘chmas mulk uchun:
uchastkadagi yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan uchastkaning hududiy chegarasi haqida ma’lumotlar (geodezik plan/chizma yoki yer uchastkasining u joylashgan yer ko‘rsatilgan va tavsiflangan xaritalari nusxalari, yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida qaror);
binolar va inshootlarning kadastr hujjatlari;
servitutlar va uzoq muddatli ijara shartnomalari mavjudligi haqida ma’lumotlar (vakolatli organ ma’lumotnomasi);
binolar va inshootlar miqdori va texnik holati, ko‘kalamzorlar, hududni obodonlashtirish va muhandislik kommunikatsiyalari haqida axborot;
baholash obyekti tarkibida baholanishi lozim bo‘lgan mulk haqida ma’lumotlar;
baholanishi lozim bo‘lgan mulkning boshlang‘ich va qoldiq (balans) qiymatlari;
korxona (emitent)dan joriy foydalanish haqida axborot;
mashinalar va uskunalar uchun:
obyektning to‘liq nomi: rusumi, modeli, seriyasi;
ishlab chiqaruvchi zavod (firma);
baholanayotgan uskunani xarid qilish, ijaraga olishga yoki unga nisbatan o‘zga huquqqa oid hujjatlarning nusxalari;
ishlab chiqarilgan yil va ishga tushirilgan sana;
obyektning texnik tavsifi (texnik hujjatlarga binoan);
baholash obyektining texnik holatiga oid aktlar;
inventar raqami, baholash sanasidan oldin oxirgi hisobot sanasiga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra boshlang‘ich va qoldiq (balans) qiymatlari;
konservatsiya va ta’mirlash haqida ma’lumotlar (uzellar, agregatlarni almashtirish, takomillashtirish);
transport vositasi texnik pasportining nusxasi.
23. Dastlabki axborotdan tashqari baholovchi korxona faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklar, baholanayotgan korxona va (yoki) tarmoq korxonalari aksiyalarining kotirovkalari va aksiyalar kurslarining o‘zgarishlari, aksiyadorlar o‘rtasida aksiyalarning taqsimlanishi, aksiyalarning aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi, o‘xshash mulk bo‘yicha bitimlar, o‘xshash mulkni ijaraga berishning bozor stavkalari haqida qo‘shimcha axborotni yig‘adi va tahlil qiladi.
Yig‘iladigan axborotning xususiyati va hajmini baholovchi baholash haqidagi vazifaga, baholash obyektining xususiyatlari va baholash natijalarining qo‘llanilishiga qarab belgilaydi.
24. Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot ishonchli va baholovchi narxni belgilovchi eng muhim omillarni aniqlashi uchun yetarli bo‘lishi lozim.
Buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etgan axborot (shu jumladan ma’lumotnomalar, jadvallar, buxgalteriya balanslari), shuningdek baholovchining o‘zi bevosita yiqqan axborot shu axborotni taqdim etgan tashkilot rahbari tomonidan imzolangan holdagina ishonchli deb hisoblanadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 27-fevraldagi 01/10-10/51-sonli (ro‘yxat raqami 2025-4, 11.03.2019-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2025-4/2736-son)
25. Baholovchi, agar taqdim etilgan axborot hajmi va sifati 8-son MBMS talablariga muvofiq baholashni amalga oshirish va baholash haqida hisobot tayyorlash uchun yetarli bo‘lmasa, baholash ishlarini bajarishdan bosh tortish huquqiga ega.
26. Baholashni o‘tkazish vaqtida baholovchi olgan barcha axborot va hujjatlardan maxfiylik sharoitida, qonunchilik talablarini hisobga olgan holda foydalanilishi lozim.
27. Yig‘ilgan axborot asosida baholovchi tomonidan baholash obyektiga mansub bo‘lgan bozor va tarmoq hamda moliyaviy hisobot tahlil qilinadi, shuningdek zarur holda unga tuzatish kiritiladi. Bunda, tuzatilgan hisobotdan faqat baholash haqidagi vazifada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalaniladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
4-§. Baholash obyektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili
28. Baholash obyektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili faqat baholashning alohida obyekti hisoblangan ko‘chmas mulkni baholash chog‘ida amalga oshiriladi.
29. Baholash obyektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili baholash obyektidan eng daromadli va raqobatli foydalanish yo‘lini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
30. Mavjud foydalanish sharoitida (baholash obyektlari faoliyat turi saqlangan holda xususiylashtirilganda) baholash obyektining qiymati aniqlangan holda baholash obyektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili o‘tkazilmaydi.
31. Baholash obyektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishni aniqlash baholovchi o‘z tahliliy malakasi yordamida chiqargan xulosalar va amalga oshirgan hisob-kitoblar mahsuli hisoblanadi va so‘zsiz faktni emas, balki uning fikrini ifoda etadi.
32. Obyektdan eng maqbul va eng samarali foydalanishning variantini aniqlashda tahlilning quyidagi mezonlaridan foydalaniladi:
qonunchilik nuqtai nazaridan ruxsat etilganlik — mo‘ljallangan foydalanishning xususiyati baholash obyekti mulkdorining harakatlarini cheklovchi qonunchilikka zid bo‘lmasligi lozim;
jismoniy imkoniyat — baholash obyektidan eng maqbul va eng samarali foydalanish;
moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiqlik — obyektdan foydalanish baholash obyektining mulkdoriga daromadni ta’minlashi lozim;
mumkin qadar yuqori darajadagi samaradorlik — eng maqbul va eng samarali foydalanish yo mulkdorning sof foydasini mumkin qadar ko‘paytirishni, yo baholash obyektining eng katta qiymatiga erishishni nazarda tutadi.
5-§. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash
33. Baholash obyektining qiymatini xususiylashtirish maqsadida baholashda baholovchi daromad, xarajat va qiyosiy yondashuvlardan foydalanadi. Biron-bir yondashuvni qo‘llash mumkin emasligi yoki qo‘llashning cheklanishi baholovchi tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotda asoslanishi lozim.
34. U yoki bu yondashuvni qo‘llashda baholovchi 8-son MBMSda belgilangan baholash usullarining biridan foydalanadi. Baholashning eng maqbul usulini tanlash baholovchining mulohazalariga muvofiq amalga oshiriladi va baholash natijalaridan foydalanishning maqsadi, aniqlanayotgan qiymat turi, baholash obyektining xususiyatlari va axborot manbalari bilan belgilanadi.
35. Daromad yondashuvi baholash obyektining qiymatini mazkur obyektdan foydalanishdan olish kutilayotgan daromadlarning joriy qiymatini aniqlashga asoslanadi. Baholash xaridor mazkur obyektni xarid qilishdan olishi mumkin bo‘lgan bo‘lg‘usi daromadlarning prognoziga muvofiq shakllantiriladi.
36. Daromad yondashuvi doirasida to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli yoki pul oqimlarini diskontlash usuli qo‘llaniladi.
Daromad yondashuvi usullari bilan baholash diskontlash stavkasi va (yoki) kapitallashtirish stavkasidan foydalanishni nazarda tutadi.
Diskontlash stavkasi pul oqimining qo‘llaniladigan modelidan kelib chiqib belgilaniladi.
(36-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
37. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish usuli baholash obyektidan foydalanishdan har yili teng miqdorda pul oqimlarini olish mo‘ljallanganda amaldagi aktivlarni baholash uchun qo‘llaniladi.
Usul baholash obyektidan yil davomida foydalanishdan olingan pul oqimini kapitallashtirish stavkasidan foydalangan holda qiymatga aylantirishga asoslanadi.
38. Pul oqimlarini diskontlash usuli pul oqimlari beqaror bo‘lgan obyektlarni baholashda qo‘llaniladi va bo‘lg‘usi pul oqimlari joriy pul oqimlaridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin, degan farazga asoslanadi.
Mazkur usul bo‘lg‘usi daromadlar prognozini shakllantirishni, daromadlarni olish bilan bog‘liq tavakkalchilikka baho berishni va daromadlarni olish vaqtini aniqlashni nazarda tutadi.
Bo‘lg‘usi daromadlarni aniqlashda korxona faoliyatining kutilayotgan muddati ikki davrga bo‘linadi. Prognoz davri deb ataladigan birinchi davr uchun pul tushumlarining batafsil yilma-yil prognozi tuziladi. Prognoz davri tugaganidan so‘ng korxona pul tushumlarining o‘sish sur’atlari umuman olganda barqaror bo‘lib qoladigan va ularni oldindan aytish mumkin bo‘ladigan mutanosib holatga erishishi lozimligi (prognozdan keyingi davr) faraz qilinadi.
39. Qiyosiy yondashuv oldi-sotdi bozor narxlarini va (yoki) ular mavjud bo‘lmagan holda taklif narxlarini baholash obyektiga qiyosiy (o‘xshash) obyektning tegishli tuzatishlarini hisobga olib taqqoslashga asoslanadi.
Analoglarni tanlashning asosiy mezonlari bo‘lib, baholash obyekti bilan o‘xshash jismoniy va iqtisodiy tavsiflar, analogning baholash obyekti bilan ayni bir bozor segmenti va (yoki) tarmoqqa mansubligi, baholash obyekti va analogdan foydalanishning o‘xshashligi hisoblanadi.
40. Baholash obyekti qiymatini qiyosiy yondashuvda baholashda kapital bozori usuli (kompaniya-analog usuli), bitimlar usuli, bozorga oid taqqoslashlar usuli, baholash obyekti bilan oldingi bitimlar usuli va analog bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri taqqoslash usuli (mashinalar, uskunalar va transport vositalari qiymatini baholash uchun) qo‘llaniladi.
41. Kapital bozori usuli (kompaniya-analog usuli) taqqoslash uchun asos sifatida bozorda vujudga kelgan ma’lum oldi-sotdi narxidan foydalanishni nazarda tutadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
42. Bitimlar usuli aksiyalar nazorat paketining va umuman korxonaning narxlari haqidagi axborotga asoslanadi. Usuldan aksiyalarning nazorat paketlarini yoki korxonalarni baholashda foydalaniladi.
43. Bozorga oid taqqoslashlar usuli baholanayotgan ko‘chmas mulk bilan jismoniy va iqtisodiy tavsiflarga ko‘ra o‘xshash bo‘lgan ko‘chmas mulkni sotishga doir bitimlarning bozor narxlarini yoki taklif narxlarini tahlil qilishga asoslanadi. Usul “talab va taklif” prinsipiga asoslanib, mazkur prinsipga muvofiq obyekt narxi shu joyda, shu vaqtda va shu bozorda analogga bo‘lgan talab va taklifning o‘zaro aloqasi natijasida aniqlanadi.
44. Baholash obyekti bilan oldingi bitimlar usulini qo‘llashda baholash obyekti bilan ilgari tuzilgan bitimlarning narxlari axborot manbai hisoblanadi. Bunda, baholovchi vaqt omilini, shuningdek, iqtisodiy muhit va tarmoqdagi holatlarning o‘zgarishlarini hisobga olib tuzatishlar kiritadi.
45. Analog bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri taqqoslash usuli asosan taqqoslashning o‘xshash obyektlari xususidagi bozorga oid axborotdan hamda baholash obyektining aniq nusxalariga doir axborotdan foydalanishga asoslanadi. Usul analoglarning narxlariga ularning joylashgan yeri va bitim sanasini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi.
46. Qiyosiy yondashuv usullaridan foydalanish o‘xshash obyektlarning jismoniy va iqtisodiy tavsiflari, narxlari va bitimlarning sanalari, joylashgan yeri, bajarilishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turdoshligi va o‘xshash obyektlarning boshqa tavsiflari haqida axborotning mavjudligini nazarda tutadi. Baholanayotgan obyekt o‘xshash obyektdan qay darajada farq qilsa, ayni shu darajada o‘xshash obyekt narxiga u baholash obyekti bilan ayni bir tavsifga ega bo‘lgan holda qanday narxda sotilishi mumkinligini aniqlash uchun tuzatishlar kiritiladi.
47. Qiyosiy yondashuv usullari bilan baholash barcha analoglar bo‘yicha hisoblanadigan va ayni bir ko‘rsatkichga ko‘paytiruvchi sifatida qo‘llaniladigan multiplikatorlardan foydalanishga asoslanadi.
48. 8-son MBMS maqsadlarida ikki xil multiplikator: oraliqli va momentli multiplikatorlardan foydalaniladi. Qo‘llanilgan multiplikatorni tanlash baholovchi tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotda asoslanishi lozim.
49. Xarajat yondashuvi umumiy eskirish yoki qilingan xarajatlar (majburiyatlar) hisobiga qadrsizlanishni hisobga olib obyektni tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni aniqlashga asoslanadi.
(49-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Xarajat yondashuvi daromadli obyektni baholashga nisbatan birdan-bir yagona yondashuv sifatida qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
50. Xususiylashtirilayotgan korxona (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni baholashga nisbatan xarajat yondashuvining asosiy usuli sof aktivlar usulidir. Ayrim hollarda, davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchining tugatilayotgan korxona mulkini (tarkibiy birliklarini) xususiylashtirish to‘g‘risida qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, xususiylashtirish obyektini baholashga nisbatan xarajat yondashuvi qo‘llanilganda tugatish qiymati usulidan foydalanilishi mumkin.
51. Sof aktivlar usuli qo‘llanilganda baholanayotgan mulk tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
korxona balansidagi va qonunchilikda belgilangan xususiylashtirish tartibotlari doirasida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan asosiy vositalar, ularning texnik holatidan qat’i nazar, amaldagi (shu jumladan vaqtinchalik kapital ta’mirlashda bo‘lgan va modernizatsiya qilinayotgan obyektlar, tugallanmagan qurilish obyektlari) va konservatsiya qilingan, zaxira yoki rezervdagi obyektlar (o‘rnatilmagan asbob-uskunalar), ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik o‘simliklar va boshqa turdagi, shuningdek, boshqa korxonalar va tashkilotlarga foydalanish uchun, ijaraga berilgan asosiy vositalar;
xususiylashtirilayotgan korxona (binolar, inshootlar, obyektlar) joylashgan yer uchastkalaridan (agar ular bo‘lsa) foydalanish huquqi va korxona faoliyati uchun zarur bo‘lgan ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanishga bo‘lgan huquq;
boshqa uzoq muddatli aktivlar, shu jumladan nomoddiy aktivlar;
joriy aktivlar;
boshqa aktivlar.
52. Mulkni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) quyidagilarning tiklanish qiymati aniqlanadi:
ko‘chmas mulkning (binolar va inshootlarning) tiklanish qiymati loyiha-smeta hujjatlari asosida yoki qurilish-montaj ishlarining qimmatlashishini inobatga oluvchi indekslarni, shuningdek narxlarning qimmatlashishi indekslarini qo‘llash orqali binolar va inshootlar tiklanish qiymatini aniqlashning yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlari asosida;
mashinalar, uskunalar va transport vositalarining (havo va suv transporti vositalari bundan mustasno) tiklanish qiymati almashtirish xarajatlari yoki aniq nusxasini yaratish xarajatlari negizida, yoxud ularning boshlang‘ich balans qiymatini ishlab chiqaruvchi zavodlarning narxlari, preyskurantlar, prays-varaqlar qiymatiga muvofiq bo‘lgungacha qayta baholash yoki baholash sanasiga asosiy fondlarni Hukumat qarori bo‘yicha so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab narxlarning qimmatlashish indekslarini qo‘llash orqali;
qolgan asosiy vositalarning tiklanish qiymati ularning boshlang‘ich balans qiymatini ishlab chiqaruvchi zavodlarning narxlari, preyskurantlar, prays-varaqlar qiymatiga muvofiq bo‘lgungacha qayta baholash yoki baholash sanasiga asosiy fondlarni Hukumat qarori bo‘yicha so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab narxlarning qimmatlashish indekslarini qo‘llash orqali;
qurilishi tugallanmagan obyektlarni baholash ko‘chmas mulk obyektlari sifatida xarajat yondashuvi usullari bilan konstruktiv elementlari bitkazilganligi darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi (mavjud bo‘lganda);
o‘rnatilmagan asbob-uskunalarni baholash xarajat yondashuvi usullari bilan mashinalar, uskunalar, transport vositalarini baholash tartibida amalga oshiriladi;
b) eskirish hajmi aniqlanadi:
ko‘chmas mulk, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar uchun — umumiy eskirish (jismoniy, funksional va tashqi);
mashinalar, uskunalar va transport vositalari uchun — umumiy eskirish (jismoniy, funksional va tashqi);
qolgan asosiy vositalar uchun — jismoniy eskirish yoki normativ (balans bo‘yicha qabul qilingan) eskirish;
o‘rnatilmagan asbob-uskunalar uchun — funksional va tashqi eskirish.
Ko‘chmas mulk, mashina va uskunalar, shuningdek transport vositalari umumiy eskirishining hisoblangan miqdori o‘lchami balansda saqlovchining buxgalteriya hisobiga binoan inobatga olinadigan eskirishdan yuqori natijani bergan hollarda baholovchi 8-son MBMSni qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarda belgilangan tartibda baholash obyektining amaldagi holatidan kelib chiqib umumiy eskirish qiymatini xisobga oladi.
Baholovchi tomonidan qolgan asosiy vositalarning har bir pozitsiyasi bo‘yicha aniqlangan eskirish hajmi davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan Komissiya tomonidan belgilangan normativ eskirish miqdoridan yuqori bo‘lishi mumkin emas.
Agar yangi aniqlangan obyektlar va balans qiymatiga ega bo‘lmagan obyektlar baholanishi lozim bo‘lsa, eskirish miqdori baholovchi tomonidan ekspertiza asosida baholash sanasidagi haqiqiy holatidan kelib chiqib belgilanadi;
(52-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 5-fevraldagi 01/19-10/09-sonli (ro‘yxat raqami 2025-3, 01.03.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 10/18/2025-3/0833-son)
v) 10 foizdan kamroq qoldiq qiymatga ega bo‘lgan asosiy vositalar bo‘yicha baholash vaqtida ularning tiklanish qiymatining 10 foizi miqdoridagi qiymati kiritiladi;
g) intellektual mulk obyektlari O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ga (ro‘yxat raqami 2371, 2012-yil 18-iyun) muvofiq baholanadi;
d) uzoq muddatli investitsiyalar qiymatini baholash belgilangan tartibda bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi;
e) baholash chog‘ida tovar-moddiy zaxiralariga taalluqli inventarlar va xo‘jalik buyumlarining qiymati balans qiymatiga teng holda qabul qilinadi;
j) qolgan uzoq muddatli va joriy aktivlar qiymati, shuningdek korxonaning majburiyatlari korxonaning oxirgi (baholash sanasidagi) hisoboti korxonaning buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida balans qiymati bo‘yicha belgilanadi.
Bunda muddati kechiktirilgan xarajatlar va daromadlar qiymati quyidagi tarzda belgilanadi:
agar ular buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bersa, ularning qiymati balans qiymatiga teng holda qabul qilinadi;
agar ular buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bermasa, ularning qiymati to‘lanadigan foyda solig‘i (muddati kechiktirilgan daromad uchun) yoki mazkur soliqdan tejalgan summa (muddati kechiktirilgan xarajatlar uchun) bo‘yicha hisoblanadi.
(52-band “j” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 5-fevraldagi 01/19-10/09-sonli (ro‘yxat raqami 2025-3, 01.03.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 10/18/2025-3/0833-son)
To‘lanadigan soliq summasi yoki uning tejash summasi ushbu soliqning amaldagi stavkasini muddati kechiktirilgan xarajatlar va daromadlarning balans qiymatiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi;
(52-band “j” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 5-fevraldagi 01/19-10/09-sonli (ro‘yxat raqami 2025-3, 01.03.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 10/18/2025-3/0833-son)
z) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qiymatini baholash yer rentasi asosida amalga oshiriladi.
Buxgalteriya balansi korxona tomonidan yiliga bir martalik davriylikda tuzilganda, agar baholash sanasi buxgalteriya balansini tuzish sanasidan uch oydan ortiq muddatga ortda qolgan bo‘lsa, hisob-kitoblar uchun asos sifatida oxirgi (baholash sanasidan oldingi) chorak yakuni bo‘yicha oraliq balans olinadi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
53. Asosiy vositalar qiymatini baholashda ularning baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan qiymati korxona buxgalteriyasida ko‘rsatilgan va korxona balansida aks ettirilgan balans qoldiq qiymatidan kam bo‘lmasligi kerak.
54. Baholash obyekti korxonada ishtirok etish ulushi (aksiya paketi, ulushi, payi) bo‘lgan hollarda balansda saqlovchi (emitent) asosiy vositalari qiymatini baholash yuqoridagiga o‘xshash tartibda amalga oshiriladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
541. 8-son MBMS doirasida har bir yondashuv bo‘yicha usullar yaxlit korxonaning yoki 75 foizdan yuqori nazorat ulushi qiymatini baholash shartlarini nazarda tutadi. 75 foiz va undan kam bo‘lgan aksiyalar paketlari (ulushlar, paylar)ning qiymatini baholash tegishli chegirmalarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Chegirmalarni qo‘llash 8-son MBMSni qo‘llash bo‘yicha Uslubiy ko‘rsatmalarda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(541-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
6-§. Qo‘llanilgan baholash yondashuvlari natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini hisoblash
55. Baholash obyektining yakuniy qiymatini hisoblash uchun baholovchi, qo‘llanilgan baholash yondashuvlari natijalarini muvofiqlashtirish (o‘lchash)ni amalga oshiradi.
56. Muvofiqlashtirish jarayonida baholovchi barcha omillar, shu jumladan qabul qilingan farazlar va cheklashlar tahlili asosida har bir yondashuvning afzalliklari va kamchiliklari nisbatini, baholashning yakuniy natijasiga ularning ta’siri darajasini turli yondashuvlarni qo‘llashda olingan natijalarga beriladigan o‘lchov koeffitsiyentlarini tahlil qilish yo‘li bilan miqdor jihatidan aks ettirishi lozim.
57. Turli xil yondashuvlar bilan olingan eng katta va eng kichik natijalar o‘rtasida jiddiy (30 foizdan ortiq) tafovut mavjud bo‘lgan taqdirda, mazkur tafovut sabablari tahlil qilinib, uning natijalari baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi va muvofiqlashtirish uchun baholovchi fikriga ko‘ra eng ishonchli bo‘lgan natijalar tanlanadi.
58. Baholash obyektining yakuniy qiymatini hisoblashda baholovchining barcha mulohazalari va farazlari asoslanishi lozim.
59. Baholashga yondashuvlarni qo‘llash natijalari muvofiqlashtirilganidan keyin baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan baholash obyektining yakuniy qiymati yagona kattalik sifatida ifodalanishi lozim.
7-§. Baholash to‘g‘risidagi hisobotni tuzish
60. Yozma tarzda tuzilgan baholash to‘g‘risidagi hisobot baholovchi tashkilot baholash obyekti qiymatini aniqlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Baholovchi tashkilot tomonidan baholash obyekti qiymatini aniqlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib, baholash to‘g‘risidagi hisobot hisoblanadi.
61. Baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholash obyektiga tavsif beriladi, yig‘ilgan axborot, amalga oshirilgan tahlil bosqichlari va hisob-kitoblar aks ettiriladi, olingan natijalar asoslanadi, baholash obyektining yakuniy qiymati, baholash bazasining tasdig‘i, baholash maqsadi, shuningdek baholash natijalarini to‘liq va bir xilda talqin qilishni ta’minlovchi barcha farazlar va cheklovchi shartlar ko‘rsatiladi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan dastlabki ma’lumotlar tarkibi va amalga oshirilgan baholash jarayonini bayon etishning ketma-ketligi baholash obyekti qiymatini hisoblashni to‘liq aks ettirish imkonini berishi va o‘xshash natijalarga olib kelishi lozim.
62. Hisobot faqat baholash jarayonida hisoblash va tahlil qilishda foydalanilgan axborot va ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan, baholashni amalga oshirish chog‘ida foydalanilgan yoki hisoblashlar natijasida olingan axborotga axborot manbaiga ishora qilish yo‘li bilan izoh berilishi lozim.
63. Baholash to‘g‘risidagi hisobot quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim:
titul varag‘i;
mundarija;
umumlashtiruvchi qism (ilova xat);
qisqartmalar, shartli belgilar, simvollar, birliklar va atamalar ro‘yxati;
kirish;
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan manbalar ro‘yxati;
ilovalar.
64. Baholash to‘g‘risidagi hisobot raqamlangan va baholovchi (baholovchilar) tomonidan sahifama-sahifa imzolangan, ipdan o‘tkazilgan, shuningdek baholash buyurtmachisi shartnoma tuzgan baholovchi tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanishi lozim.
(64-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/34-sonli (ro‘yxat raqami 2025-1, 01.06.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 22-son, 255-modda)
65. Baholash to‘g‘risidagi hisobotga ilovada baholovchi foydalangan va baholash obyektining miqdor va sifat tavsiflarini belgilovchi hujjatlarning nusxalari, shuningdek texnik inventarizatsiya hujjatlari va boshqa zarur hujjatlar keltirilishi lozim. Agarda bu baholash haqida vazifada belgilangan bo‘lsa, baholash obyektining uning baholash sanasidagi joriy holatini aks ettiruvchi fotosuratlari mavjudli majburiydir.
Ilovada baholovchi tashkilot litsenziyasi, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisining nusxalari ham keltirilishi lozim.
66. Baholovchi tashkilot baholashning baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan natijalari uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Baholovchi tashkilot ko‘rilgan zararlar yoki baholash obyektining sud tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan qiymat haqqoniy emas deb topilganligi uchun, agar ular baholash buyurtmachisi yoki uchinchi shaxslar tomonidan ishonchsiz axborot berilishi oqibatida vujudga kelgan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.
VI-bob. Axborotni oshkor etishga qo‘yiladigan talablar
67. Baholash jarayonida foydalanilgan axborotni baholash to‘g‘risidagi hisobotda oshkor etish shunday amalga oshirilishi lozimki, baholash haqidagi hisobotdan foydalanuvchilar baholash jarayoni mantiqini va baholash obyektining qiymatini aniqlash uchun baholovchi ko‘rgan choralarni tushuna olsinlar.
68. Baholash jarayonida qo‘llanilgan barcha axborot oshkor etilishi lozim, maxfiy xususiyatga ega bo‘lgan axborot bundan mustasno. Maxfiy axborotni baholovchi faqat buyurtmachi va (yoki) mazkur axborotni taqdim etgan shaxslar bilan kelishgan holda yoki sudning tegishli qaroriga binoan oshkor etadi. Foydalanilayotgan axborotning maxfiylik darajasi buyurtmachi va (yoki) mazkur axborotni taqdim etuvchi yoki unga bevosita aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan belgilanadi.
69. Baholash to‘g‘risidagi hisobotda barcha farazlar va cheklovchi shartlarning mohiyati, shuningdek, axborotni oshkor etishga qo‘yiladigan har qanday talablar ochib beriladi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotga mazkur standartga va qabul qilingan boshqa mulkni baholash standartlariga rioya qilinganligi haqidagi bayonot kiritilishi, standartlarning talablaridan har qanday chetga chiqish ko‘rsatilishi va bunday chetga chiqishga izoh berilishi lozim.
70. Baholash obyektining 8-son MBMS talablariga muvofiq tuzilgan baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan yakuniy qiymatidan, agar baholash haqidagi hisobot tuzilgan sanadan baholash obyektini xususiylashtirish maqsadida uning boshlang‘ich narxi tayinlangan sanagacha 6 oydan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, xususiylashtirish maqsadida foydalanilishi mumkin.
Baholash o‘tgan (baholashni amalga oshirish sanasiga mos kelmaydigan) sanaga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra amalga oshirilgan taqdirda, baholash obyektining qiymati haqidagi xulosa baholash amalga oshirilgan sanadagina haqiqiy bo‘ladi.
VII-bob. Standartdan chetga chiqish shartlari
71. Me’yoriy qoidalar yoki davlat mulkini tasarruf etuvchilarning qarorlari baholovchiga 8-son MBMS talablariga to‘liq yoki qisman rioya qilish imkoniyatini bermasa, baholovchi qiymatni aniqlash bo‘yicha mos keluvchi hisoblashlarni va tegishli baholash tartibotlarini qo‘llashi lozim. Bunda, baholash haqidagi hisobotda aniqlanishi lozim bo‘lgan qiymatni ko‘rsatish bilan bir qatorda 8-son MBMS talablaridan chetga chiqish sabablari dalillar bilan asoslanishi lozim.
Mulkni baholash Milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”ga
ILOVA
8-son MBMS “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”ni qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
8-son MBMSni qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar (keyingi o‘rinlarda uslubiy ko‘rsatmalar deb yuritiladi) 8-son MBMSni amalda qo‘llash maqsadida ishlab chiqilgan.
I-bob. Atamalar va tushunchalar
1. Uslubiy ko‘rsatmalarda quyidagi atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:
tashqi (iqtisodiy, ekologik) eskirish — tashqi vaziyat o‘zgarishi (shu jumladan ko‘chmas mulk bozoridagi o‘zgarishlar, ijtimoiy, moliyaviy, qonunchilik, ekologik va boshqa sharoitlarning o‘zgarishi) natijasida mulk qiymatidagi yo‘qotishlar;
umumiy eskirish — jismoniy, funksional va tashqi eskirish natijasida aktivni tiklanish qiymatining yoki almashtirish qiymatining kamayishi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
bartaraf etib bo‘lmaydigan eskirish — kelib chiqish sabablarini bartaraf etish xarajatlari ularni bartaraf etish natijasida obyekt qiymatiga qo‘shiladigan qiymatdan ko‘proq xarajatga ega eskirish;
pul oqimining prognozdan keyingi davri — prognoz davri tugaganidan keyin biznesning daromadlari barqarorlashadigan va qolgan davrda barqaror uzoq muddatli o‘sish sur’atlari yoki cheksiz bir maromdagi daromadlar kuzatiladigan davr. Uzoq muddatli o‘sish sur’atlari 2 foiz miqdorida qabul qilinadi;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
nazorat uchun mukofot — nazorat elementlari mavjudligini aks ettiradigan qo‘shimcha qiymat;
reversiya — prognoz davrining oxirida kapitalning qaytishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
likvidlilikning pastligi uchun chegirma — obyekt lozim darajada likvid emasligini aks ettirish uchun uning bozor qiymati kamaytiriladigan mutlaq yoki nisbiy kattalik;
xususiy kapital — korxonaning barcha majburiyatlari chegirib tashlanganda qoladigan aktivlar;
almashtirish qiymati — o‘xshash darajada foydali bo‘lgan yangi yaxshilanishlarning joriy narxlardagi qiymati;
jismoniy eskirish — tabiiy qarish, noto‘g‘ri foydalanish, loyihalash vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar yoki foydalanish qoidalarining buzilishi natijasida obyekt (uning elementlari) foydalanishga yaroqlilik xususiyatlarini qisman yoki to‘la yo‘qotishi bilan bog‘liq bo‘lgan qiymatdagi yo‘qotishlar;
funksional eskirish — xohishlar, texnik innovatsiyalar yoki bozor standartlari o‘zgarishi natijasida obyekt qiymatidagi yo‘qotishlar.
II-bob. Baholash haqida vazifani belgilash va baholash obyektini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish
2. Baholash haqidagi vazifani belgilash buyurtmachi tomonidan baholovchi tashkilot bilan birgalikda amalga oshiriladi. Baholash haqidagi vazifada baholash obyektini baholashning asosiy shartlari, shuningdek, baholashni o‘tkazishning cheklovchi shartlari belgilanadi va ta’riflanadi.
3. Baholash haqidagi vazifa quyidagi shaklda tuziladi:

Baholash obyekti (nomi va qisqacha tavsifi)*

Balansda saqlovchi (nomi, rekvizitlari)

Baholash obyekti (korxona, emitent) joylashgan manzil

Buyurtmachi va uning rekvizitlari

Baholovchi tashkilot va uning rekvizitlari

Baholashni o‘tkazish uchun asos

Baholash obyektining tashkiliy-huquqiy shakli

Baholashning maqsadi va vazifalari

Aniqlanayotgan qiymat turi

Cheklovchi shartlar

Baholash sanasi

Baholashni o‘tkazish grafigi (muddatlari)

Baholash to‘g‘risidagi hisobotni buyurtmachiga taqdim etish sanasi

* Biznesni baholashda baholash obyektining tavsifi davlatga tegishli baholanadigan qimmatli qog‘ozlarning soni, ulush va mulkiy payning miqdorini o‘z ichiga olishi kerak.
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab baholash haqidagi vazifa qo‘shimcha shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
4. Baholash haqida, vazifa baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. Shartnomaga baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan, buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etadigan hujjatlar ro‘yxati ilova qilinishi ham mumkin.
III-bob. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
5. Yig‘ilgan (buyurtmachidan yoki uning vakillaridan olingan) birlamchi hujjatlarga ega bo‘lgan holda, baholovchi buyurtmachining vakili yoki baholash obyektining balansda saqlovchisi (emitent) vakili bilan birga baholash obyektini ko‘zdan kechirish, uning amaldagi holatini o‘rganish, uni tavsiflash, o‘lchash va fotosuratga olishni hamda baholash obyektini identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni bajaradi.
6. Baholash obyektini identifikatsiya qilish vaqtida baholash obyektining amaldagi holatidan kelib chiqib uning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining buyurtmachi va (yoki) uning vakili taqdim etgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi aniqlanadi.
Shuningdek, baholash obyektiga bo‘lgan amaldagi mulkiy huquqlarning mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi o‘rganiladi.
Zarur holda baholovchining so‘roviga binoan hujjatlarni taqdim etgan shaxs tegishli hujjatlarga aniqliklar (izohlar)ni qo‘shimcha ma’lumotnomalar sifatida rasmiylashtiradi.
Baholash obyektini identifikatsiya qilish bo‘yicha bajarilgan barcha ishlarni baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiradi.
7. Korxonani baholashda baholash to‘g‘risidagi hisobotda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
korxonaning nomi va yuridik manzili;
tarmoqqa mansubligi va asosiy faoliyat turi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana va reyestr raqami;
tashkiliy-huquqiy shakli;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va bank rekvizitlari;
mulk tarkibi va tuzilishi;
filiallar va vakolatxonalar;
mulkiy huquqlar, cheklashlar, qo‘shimcha yuklamalar va servitutlar, ijara shartnomalari;
korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holati.
Baholanayotgan korxonaning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash vaqtida uning faoliyat yo‘nalishlarini, korxona tarixi, ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi va boshqaruv xodimlari haqidagi retrospektiv ma’lumotlarni, ichki moliyaviy axborotni (buxgalteriya balansi ma’lumotlarini, oxirgi uch yil uchun moliyaviy natijalar va pul mablag‘larining harakati haqidagi hisobotlarni) o‘rganish va ularga tavsif berish lozim.
8. Ko‘chmas mulkni baholash vaqtida quyidagilarni tavsiflash va identifikatsiya qilish lozim:
nomi, foydalanish yo‘nalishi va joriy foydalanish;
baholash obyekti joylashgan yer, uning jismoniy va huquqiy tavsifi;
baholash obyektining iqtisodiy xususiyatlari va daromad keltirish qobiliyati;
ko‘chmas mulk hisoblanmaydigan, lekin baholashga kiritiladigan har qanday mulk yoki nomoddiy aktivlar;
baholash obyektiga aloqador bo‘lgan har qanday ma’lum servitutlar, cheklashlar va qo‘shimcha yuklamalar.
9. Mashinalar va uskunalarni baholash vaqtida, baholash maqsadiga qarab, quyidagilarni identifikatsiya qilish lozim:
mustaqil foydalaniladigan mashinalar, agregatlar va qurilmalarni;
texnologik jarayonga muvofiq texnologik mashinalar va yordamchi moslamalarni birlashtiruvchi texnologik majmualarni;
ishlab chiqaruvchi tarkibiy bo‘linmaning inventar obyektlar to‘plamidan iborat bo‘lgan mashinalar yoki dastgohlar parkini;
transport vositalarini.
Mashinalar va uskunalarni identifikatsiya qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda baholanayotgan uskunalarning inventar ro‘yxati tahlil qilinadi, ularning texnik-iqtisodiy tavsiflari aniqlanadi. Mazkur axborot manbai bo‘lib inventar kartochkalari, texnik pasportlar, tavsifnomalar, foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar, nomenklatura ma’lumotnomalari va boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Ikkinchi bosqich baholash obyekti o‘rnatilgan joyda amalga oshiriladi va uning amaldagi holatini o‘rganishni nazarda tutadi.
Mashinalar va uskunalarni identifikatsiya qilish quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi:
yakka tartibda identifikatsiya uskunalar (mashinalar yoki transport vositalari)ning har bitta birligini alohida o‘rganish, tashqi ko‘zdan kechirish va asbob, moslama, jihoz va inventarni amalda butligini, shuningdek ularning ish qobiliyatini va foydalanish uchun tayyorligini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yakka tartibda identifikatsiya mashinalar, uskunalar va transport vositalari alohida baholash obyektlari yoki korxonalarning ustav fondiga kiritish uchun mo‘ljallangan obyektlar hisoblangan yoki baholanayotgan korxona tarkibida bo‘lgan, miqdori 300 birlikdan kam bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi;
ommaviy identifikatsiya baholash obyektlarining turdosh guruhlarini (turlar yoki rusumlar yoki foydalanish yo‘nalishi yoki boshqalarga ko‘ra) shakllantirish prinsipiga binoan amalga oshiriladi. Ommaviy identifikatsiya mashinalar, uskunalar va transport vositalari ko‘chmas mulk tarkibida uning ajralmas qismi sifatida baholangan yoki baholanayotgan korxona tarkibida bo‘lgan, miqdori 300 birlikdan kam bo‘lmagan hollarda o‘tkaziladi.
Mashinalar, uskunalarni va transport vositalarini identifikatsiya qilish usullaridan qat’i nazar, identifikatsiya taomilida quyidagi axborotni aks ettirish talab etiladi:
nomi, modeli (rusumi) mazkur turdagi baholanayotgan obyektlar sonini ko‘rsatgan holda;
ishlab chiqaruvchining nomi;
obyektning yo‘nalishi;
asosiy texnik tavsifi;
tayyorlangan yil va (oxirgi) foydalanishga topshirish sanasi;
poydevorga o‘rnatilishi va kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi haqida ma’lumotlar;
obyektning ta’mirlanishi va unga texnik xizmat ko‘rsatilishi, uning ayrim uzellari va agregatlari almashtirilishi haqida ma’lumotlar.
10. Mulkni identifikatsiya qilish vaqtida baholovchi zaharli yoki xavfli materiallarning mavjudligi yoki o‘zgacha ta’sirini, aniq yoki yashirin nuqsonlarni aniqlash uchun tegishli organlar tomonidan biron-bir tekshiruv o‘tkazilgani yoki o‘tkazilmaganini baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatishi lozim.
IV-bob. Axborot yig‘ish va uni tahlil qilish
11. Baholash obyektlarini baholash uchun axborot yig‘ish tartibi:
zarur ma’lumotlar tarkibini aniqlash;
axborot manbalarini tanlash;
zarur axborotni yig‘ish;
ma’lumotlarni tizimga solish, ularni ishlash va tahlil qilish;
axborotni baholash to‘g‘risidagi hisobotda bayon etishni o‘z ichiga oladi.
12. Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot baholovchiga narxni shakllantiruvchi eng muhim omillarni aniqlash va baholash obyektining yakuniy qiymati haqida asosli xulosa chiqarish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
13. Baholovchi baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni yig‘ishni amalga oshiradi, baholash obyektining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganadi, baholash obyektining qiymatini aniqlash uchun muhim bo‘lgan axborotni, shu jumladan:
baholash obyektining qiymatiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ekologik va boshqa omillar haqidagi axborotni;
baholash obyekti mansub bo‘lgan bozordagi talab va taklif haqidagi axborotni;
baholash obyekti haqidagi axborotni, shu jumladan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni, baholash obyektidan joriy foydalanish haqidagi, baholash obyekti bilan bog‘liq qo‘shimcha yuklamalar haqidagi ma’lumotlarni, baholash obyektining jismoniy xususiyatlari, uning texnik va foydalanishga oid ko‘rsatkichlari, eskirishi, oldingi va kutilayotgan daromadlar va xarajatlar haqidagi axborotni, baholash obyektiga doir buxgalteriya hisobi va hisobot ma’lumotlarini, shuningdek, baholash obyektining qiymatini aniqlash uchun ahamiyatga molik bo‘lgan boshqa axborotni baholashni o‘tkazish vaqtida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan yondashuvlar va usullar yordamida tahlil qilishni amalga oshiradi.
14. Korxonalar (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni baholash vaqtida baholovchi yig‘ilgan buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti asosida korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining tahlilini amalga oshirishi lozim.
15. Baholovchi axborotning yetarliligi va haqqoniyligini tahlil qilishni buning uchun unga ma’lum bo‘lgan vositalar va usullardan foydalanib amalga oshirishi lozim.
Agar qo‘shimcha axborotdan foydalanish baholash obyektining yakuniy qiymatini sezilarli darajada o‘zgarishiga olib kelmasa, yig‘ilgan axborot baholash maqsadi uchun yetarli deb hisoblanishi mumkin. Axborot yetarli emasligi baholash obyekti qiymatini baholashning yakuniy natijasiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, bu hol baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.
V-bob. Baholash obyektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili
16. Baholash obyektidan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili ko‘chmas mulk bozor qiymatini hisoblashning ajralmas qismidir.
Eng maqbul va eng samarali foydalanish ko‘chmas mulkdan foydalanishning qonun yo‘li bilan ruxsat etilgan, jismoniy jihatdan ro‘yobga chiqarish va moliyaviy jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan, ko‘chmas mulkning funksional imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish va uning eng katta qiymatini ta’minlash imkoniyatini beradigan ehtimol tutilgan yo‘li sifatida aniqlanadi.
17. Baholash obyektidan foydalanish, agar u qonunga muvofiq ta’qiqlangan yoki uni jismoniy jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, eng samarali deb qaralishi mumkin emas. Hatto foydalanish qonunda ruxsat etilgan va jismoniy jihatdan uni amalga oshirish mumkin bo‘lgan holda ham baholovchi oqilona mulohazalarga ko‘ra bunday foydalanish amalda mumkinligi haqidagi o‘z fikrini asoslashi lozim.
Tahlil foydalanishning bir yoki bir nechta varianti bo‘lishi mumkinligini namoyish etganidan so‘ng, moliyaviy nuqtai nazardan ularning asosliligi tekshiriladi. Baholash obyektining eng katta qiymatini ta’minlaydigan va boshqa talablarga javob beradigan foydalanish eng samarali deb hisoblanadi.
Foydalanishning qonunda ruxsat etilgan va jismoniy jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan barcha variantlari orasidan baholash obyektiga kiritilgan investitsiyalarga zarur miqdordagi daromadni va baholash obyektining eng katta qiymatini ta’minlaydigan foydalanish varianti tanlanadi.
18. Baholash obyektidan foydalanishning ehtimol tutilgan variantlarini tanlashga uning jismoniy tavsifi, servitutlar va boshqa qo‘shimcha yuklamalar, yaxshilashlarni amalga oshirish mumkin emasligi, obyekt joylashgan yer hamda baholovchi aniqlashi shart bo‘lgan boshqa omillar muayyan cheklashlar belgilashi mumkin.
Eng samarali foydalanishning bir necha turlarini aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda baholovchi foydalanishning barcha muqobil variantlarini undan foydalanish natijalariga ta’sir etuvchi barcha ichki va tashqi omillar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishi lozim.
19. Baholash obyekti uning faoliyat turi va asosiy yo‘nalishini saqlash sharti bilan xususiylashtirilayotgan bo‘lsa, eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili o‘tkazilmaydi. Keyinchalik uning qiymatini hisoblashda baholovchi baholash obyektidan uning joriy foydalanilishiga muvofiq foydalaniladi degan farazdan kelib chiqishi lozim.
Bozorga oid axborot yetarli emasligi eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlilidan voz kechilishiga va baholash obyektidan foydalanishning joriy turi eng maqbul deb e’tirof etilishiga sabab bo‘ladi.
Eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlilini amalga oshirishdan voz kechish baholovchi tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotda asoslanishi lozim.
VI-bob. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash
1-§. Daromad yondashuvi
20. Baholash obyektlari qiymatini daromad yondashuvi bilan baholash pul oqimlarini diskontlash usuli yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli yordamida amalga oshiriladi.
Korxonalar (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni baholash
21. Pul oqimlarini diskontlash usuli (keyingi o‘rinlarda matnda POD usuli deb yuritiladi) pul oqimlari beqaror bo‘lgan korxonalarni baholash uchun qo‘llaniladi va baholash obyektining qiymatini prognoz va prognozdan keyingi davrlarda (davrning oxirida) undan kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatlarini qo‘shish yo‘li bilan aniqlashga asoslanadi.
Hisoblashlar quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
, bu yerda:
PV — joriy qiymat;
CF — n-chi davr pul oqimi;
FV — reversiya, prognozdan keyingi davrda korxonaning qoldiq qiymati;
DR — diskontlash stavkasi;
n — prognoz davrining oxirgi yili.
22. Prognoz yilining o‘rtasida pul oqimlarini olish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa (ishlab chiqarish mavsumiy bo‘lganda, daromad yil mobaynida bo‘lib-bo‘lib olinganda), pul oqimi prognoz davrining o‘rtasidan boshlab diskontlanadi.
Hisob-kitob quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
Agar baholash sanasi moliyaviy yilning boshlanishi bilan mos kelmasa, u holda yillik pul oqimi quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi:

SFn =

k*CFi

+

(4 — k)*CFi+1

4

4

bu yerda:
SFn — yillik pul oqimi har bir hisob davri uchun,
k — baholash sanasidan boshlab moliyaviy yil yakuniga qadar choraklar soni,
Cfi — tegishli moliyaviy yilning pul oqimi.
Mazkur formulani qo‘llashda oxirgi prognoz yili uchun pul oqimining prognoz ko‘rsatkichi pul oqimining uzoq muddatli o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda prognozdan keyingi davridagi kabi hisoblab chiqiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
23. Quyidagilar korxona (aksiyalar paketlari, ulushlar, paylar)ni POD usuli bilan baholashning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
a) pul oqimi modelini tanlash;
b) prognoz davrining davom etish muddatini aniqlash;
v) retrospektiv tahlil, tushum, xarajatlar va investitsiyalarni prognoz qilish;
g) har bir davr uchun pul oqimi miqdorini hisoblash;
d) diskontlash stavkasini aniqlash;
e) prognozdan keyingi davrdagi qiymat (reversiya qiymati) miqdorini hisoblash;
j) bo‘lg‘usi pul oqimlari va reversiya joriy qiymatlarini qo‘shish;
z) yakunlovchi tuzatishlar kiritish.
24. Xususiylashtirilayotgan korxona (aksiyalar paketlari, ulushlar, paylar)ni baholash vaqtida xususiy va investitsiya qilingan kapital uchun pul oqimlarining modellari qo‘llaniladi.

Xususiy kapital uchun pul oqimi

Harakat belgisi

Ko‘rsatkich

Plyus

Soliqlar to‘langandan keyingi sof foyda

Plyus

Amortizatsiya ajratmalari

Plyus (minus)

Xususiy aylanma kapitalning kamayishi (o‘sishi)

Plyus (minus)

Aktivlarni sotish (kapital qo‘yilmalar)

Plyus (minus)

Uzoq muddatli qarzning o‘sishi (kamayishi)

Minus

Imtiyozli aksiyalar uchun dividendlar

Jami:

Xususiy kapital uchun pul oqimi

Uzoq muddatli majburiyatlarning ulushi baholash sanasi holatiga barcha aktivlar balans qiymatining 30 foiz va undan ortig‘ini tashkil etgan taqdirda investitsiyalangan kapital uchun pul oqimi modeli qo‘llaniladi.

Investitsiyalangan kapital uchun pul oqimi

Harakat belgisi

Ko‘rsatkich

Plyus

Soliqlar to‘langandan keyingi sof foyda

Plyus

Amortizatsiya ajratmalari

Plyus (minus)

Xususiy aylanma kapitalning kamayishi (o‘sishi)

Plyus (minus)

Aktivlarni sotish (kapital qo‘yilmalar)

Minus

Imtiyozli aksiyalar uchun dividendlar

Plyus

Uzoq muddatli qarzdorlik bo‘yicha ilgari sof foydani hisoblashda chegirib tashlangan foizlarni to‘lash

Minus

Foizlarni to‘lash summasiga to‘g‘ri keladigan foyda solig‘i qismi

Jami:

Investitsiyalangan kapital uchun pul oqimi

(24-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
25. Prognoz davrining davom etish muddatini aniqlash korxonaning rivojlanish rejalarini, qiymat ko‘rsatkichlari (tushum, tannarx, daromad, narxlar va boshqalar) dinamikasini, talab, ishlab chiqarish va sotuv hajmlarining o‘zgarish tendensiyalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Prognoz davrining davom etish muddati besh yil qilib belgilanadi. Baholash haqidagi vazifada prognoz davrining bundan kattaroq muddati belgilanishi mumkin.
Korxonaning mavjudligini tugatish uchun obyektiv sabablar bo‘lmasa, u nomuayyan muddat mavjud bo‘lishi mumkinligi faraz qilinadi. Korxonaning keyingi mavjudlik muddati ikki qismga: baholovchi pul oqimlari dinamikasini prognoz qiladigan prognoz davriga va pul oqimi o‘sishining uzoq muddatli sur’atlari hisobga olinadigan prognozdan keyingi davrga bo‘linadi.
26. Retrospektiv tahlil va prognoz korxona va umuman tarmoq faoliyatining retrospektiv ko‘rsatkichlari bilan mantiqan mos kelishi lozim.
Yalpi tushum tahlili va prognozi quyidagi omillarni o‘rganishni talab etadi:
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasini;
ishlab chiqarish hajmlari va mahsulot narxlarini;
korxonaning o‘sish sur’atlarini;
mahsulotga bo‘lgan talabni;
mavjud (shu jumladan hali ishga solinmagan) ishlab chiqarish quvvatlarini;
kapital qo‘yilmalarning imkoniyatlari va ehtimol tutilgan oqibatlarini;
korxonaning rivojlanish rejalarini.
27. Xarajatlarni prognoz qilishda baholovchi:
retrospektiv ma’lumotlar va tendensiyalarni hisobga olishi;
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlar tuzilishini o‘rganishi;
bir martalik va alohida (zaruriy) xarajatlar moddalarini o‘rganishi;
kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lash uchun xarajatlarni qarzdorlikning prognoz qilinayotgan darajalariga muvofiq hisoblashi;
prognoz qilinayotgan xarajatlarni raqib korxonalarning tegishli ko‘rsatkichlari yoki tarmoqdagi o‘rtacha o‘xshash ko‘rsatkichlar bilan taqqoslashi;
eskirgan uskunalarni almashtirish uchun xarajatlar (qo‘yilmalar) qilish zarurligini prognoz qilishi va asoslashi;
aktivlarning amortizatsiya ajratmalarini ularning o‘sishi va hisobdan chiqarilishini hisobga olib aniqlashi lozim.
28. Investitsiyalarni (investitsiyalar, moliyalash manbalari, investitsiyalar siyosatiga bo‘lgan ehtiyojni) tahlil va prognoz qilishda baholovchi:
mablag‘lar jalb qilish (kreditlar olish, qarzlar va h.k.)ga bo‘lgan zaruriyatni tahlil qilishi;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
ortiqcha yoki yetishmayotgan aylanma vositalarni aniqlashi;
asosiy kapital eskirishiga qarab uni almashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish maqsadida kapital qo‘yilmalarning zaruriy miqdorini aniqlashi;
uzoq muddatli qarzdorlikning o‘zgarishi (ko‘payishi yoki kamayishi)ni hisoblashi lozim.
29. Prognoz davrining har bir yiliga pul oqimi miqdorini hisoblash uchun bilvosita va bevosita usullar qo‘llaniladi.
Bilvosita usul faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha pul mablag‘lari harakatining tahliliga yo‘l qo‘yadi. U daromaddan foydalanish va mavjud pul mablag‘larini investitsiyalashni amalda namoyish etadi.
Bevosita usul kirim va chiqim moddalari, ya’ni buxgalteriya schyotlari bo‘yicha pul mablag‘lari harakatining tahliliga asoslanadi.
Pul oqimi hajmini hisoblashda baholovchi korxonaning rivojlanish rejalarini o‘rganadi va zarur holda ularga tuzatish kiritadi.
30. 8-son MBMS doirasida baholash usullarini qo‘llash vaqtida diskontlash stavkasi pul oqimining modeliga qarab belgilanadi: xususiy kapital uchun pul oqimi va investitsiyalangan (qarzga olingan) kapital uchun pul oqimi.
Xususiy kapital uchun pul oqimidagi diskontlash stavkasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
DReq = K * R
bu yerda:
DReq — Xususiy kapital uchun pul oqimidagi diskontlash stavkasi;
R — baholash sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi;
K — baholash obyektiga investitsiyalash tavakkalchiligi uchun ustamani inobatga oluvchi koeffitsiyent (tavakkalchilik koeffitsiyenti).
Tavakkalchilik koeffitsiyenti korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati holati asosida balli tizim bo‘yicha aniqlanadi:

Ball

1

2

3

Xususiy kapitalning baholash sanasidagi balans qiymati

10 mlrd. so‘mdan yuqori

10 dan (shu jumladan)
1 mlrd.so‘mgacha

1 mlrd. so‘m va kamroq

Balans bo‘yicha asosiy vositalarning baholash sanasidagi eskirganlik darajasi

20 foizdan kam

20 foizdan 50 foizgacha (shu jumladan)

50 foizdan yuqori

Joriy likvidlilikning ko‘rsatkichi

So‘nggi 3 yil ichida
2 ga teng yoki ko‘proq

Faqat so‘nggi yilda 2 ga teng yoki qo‘proq

2 dan past yoki pasayish tendensiyasi kuzatiladi

Faoliyat rentabelligi

So‘nggi 3 yil uchun daromad o‘sishining barqaror tendensiyasi

So‘nggi 3 yil uchun daromadning beqaror tendensiyasi

Ziyon qo‘riladigan faoliyat

Tarmoq

Moliyaviy soha

Ishlab chiqarish

Xizmatlar va savdo

Tavakkalchilik koeffitsiyenti quyidagi shkala bo‘yicha aniqlanadi:

Ballar summasi

K Koeffitsiyenti

5 gacha (shu jumladan)

2

5 dan 10 gacha (shu jumladan)

2,25

10 dan yuqori

2,5

Investitsiyalangan kapital uchun pul oqimidagi diskontlash stavkasi kapitalning o‘rtacha olingan qiymati usuli bilan xususiy kapital va qarzga olingan mablag‘larga nisbatan sermahsullikning o‘lchangan stavkalarini qo‘shish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi. Salmoq sifatida qarzga olingan va xususiy mablag‘larning kapital tuzilishidagi ulushlari qabul qilinadi. Hisoblashlar quyidagi formulaga binoan amalga oshiriladi:
DRic = KD * (1 — TC) * WD + KP * WP + KS * WS
bu yerda:
DRic — investitsiyalangan kapital uchun pul oqimidagi diskontlash stavkasi;
KD — qarz mablag‘lar bo‘yicha bankning foiz stavkasi;
TC — korxona foydasiga soliq stavkasi;
KP — imtiyozli aksiyalar bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi;
KS — yuqorida ta’riflangan uslubiyatga muvofiq oddiy aksiyalar bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi;
WD — korxonaning kapitali tuzilishidagi qarzga olingan kapital ulushi;
WP — korxonaning kapitali tuzilishidagi imtiyozli aksiyalarning ulushi;
WS — korxonaning kapitali tuzilishidagi oddiy aksiyalarning ulushi.
Kapitallashtirish stavkasi sifatida:
korxonalar qiymatini baholashda, shu jumladan korxonalarning ustav fondidagi davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar, ulushlar, paylarni foizdagi nisbatini baholashda, pul oqimining uzoq muddatli o‘sish sur’atlarining 2 foiz miqdorini ayirgan holdagi diskontlash stavkasi;
qo‘chmas mulk va/yoki yer uchastkalaridan foydalanish huquqlarini baholashda — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan miqdorda qabul qilinadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
31. Prognoz davridagi reversiya qiymatini hisoblash korxonaning barcha aktivlari tuzilishiga qarab amalga oshiriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Korxona aktivlari asosan uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalar, investitsiyalar va boshqalar)dan iborat bo‘lsa, reversiya qiymati prognozdan keyingi davr sanasidagi korxona sof aktivlarining bozor qiymatini diskontlash yo‘li bilan hisoblanadi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Bunda, prognozdan keyingi davrda korxona sof aktivlarining bozor qiymati sifatida korxona qiymatini xarajat yondashuvi bilan hisoblash natijasi olinadi.
Hisoblashlar quyidagi formulalar bo‘yicha amalga oshiriladi:
S1 = V * I * (1-A)‎
S2 = S1 * I * (1-A)‎
S3 = S2 * I * (1-A)‎
Sn = Sn-1 * I * (1-A)
FV = Sn * 1,02 , bu yerda:
S1, S2, S3, …, Sn — sof aktivlarning tegishli prognoz davrlaridagi bozor qiymati;
V — baholash sanasida korxona sof aktivlarining bozor qiymati;
I — narxlarning qimmatlashish indekslari;
(31-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
A — asosiy vositalar amortizatsiya ajratmalarining o‘rtacha hajmini 5 foiz miqdorida belgilovchi 0,05 koeffitsiyenti;
FV — prognozdan keyingi davrda kutilayotgan qiymat (reversiya qiymati);
n — prognoz davrlari soni.
Korxona aktivlari asosan joriy aktivlar (pul mablag‘lari, tayyor mahsulot, tovarlar va boshqalar)dan iborat bo‘lgan holda, reversiya qiymati prognozdan keyingi birinchi davr pul oqimini pul oqimi o‘sishining uzoq muddatli sur’atlarini hisobga oluvchi kapitallashtirish stavkasi bo‘yicha hisoblanadi. Hisoblashlar quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
FV — prognozdan keyingi davrda kutilayotgan qiymat (reversiya qiymati);
CFr — prognozdan keyingi (qoldiq) davrning birinchi yilidagi pul oqimi (oxirgi prognoz davrining pul oqimi 1+t ga ko‘paytiriladi);
DR — diskontlash stavkasi;
t — qoldiq davrda pul oqimi o‘sishining uzoq muddatli (shartli ravishda o‘zgarmas) sur’atlari.
32. Xususiylashtirish maqsadida baholash obyektlarini baholash vaqtida POD usuli qo‘llanilganda prognozdan keyingi davrda pul oqimi o‘sishining uzoq muddatli sur’atlari yiliga 2 foiz hajmida belgilanadi.
33. Prognoz davrida pul oqimlari va reversiya joriy qiymatini hisoblash ularning ko‘rsatkichlarini birlik joriy qiymatining tegishli koeffitsiyenti (diskontlash omili) bo‘yicha diskontlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
POD usulini qo‘llaganda baholash obyekti prognoz davrida keltiradigan davriy pul oqimlarining joriy qiymatlari va baholash obyektining prognozdan keyingi davrdagi joriy qiymatini qo‘shish lozim.

‎‎Pul oqimlari va reversiya joriy qiymatini hisoblash

Ko‘rsatkich

1-chi prognoz
‎yili‎

2-chi prognoz
‎yili‎

…‎

n-chi prognoz yili‎

Prognozdan keyingi davr‎

Pul oqimi (CFn, CFr) ‎

CF1‎

CF2

…‎

CFn

CFr

Reversiya qiymati (FV)‎

—‎

—‎

—‎

—‎

FV‎

Joriy qiymat koeffitsiyenti (Kn)‎

Pul oqimlari va reversiya joriy qiymati (PVn)‎

PV1= CF1* K1

PV2= CF2* K2‎

...

PVn= CFn* Kn

PVr= FV* Kn

Korxona qiymati (V)‎

‎‎V = PV1 + PV2 + … + PVn + PVr

34. Bo‘lg‘usi pul oqimlari va reversiya joriy qiymati aniqlanganidan so‘ng zarur holda yakunlovchi tuzatishlar kiritiladi.
Qiymatni POD usuli bilan hisoblashda korxonaning ishlab chiqarishda va daromad olishda ishtirok etmaydigan (shu jumladan konservatsiya qilingan) aktivlari qiymatini hisobga olish lozim.
Shuningdek, xususiy aylanma kapitalning haqiqatdagi miqdoriga tuzatish kiritish zarur: ortiqcha xususiy kapital boshlang‘ich qiymat miqdoriga qo‘shilishi, taqchillik esa — undan ayrilishi lozim.
Hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
xususiy aylanma kapitalning balans qiymati baholash sanasi holatiga joriy aktivlar (390 balans qatori) va joriy majburiyatlar (600 balans qatori) o‘rtasidagi tafovut tarzida belgilanadi;
xususiy aylanma kapitalning normativi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 108-sonli “Vazirliklar, idoralar va korxonalarning aylanma mablag‘lari normativlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlarini yig‘indisini chiqarish bilan aniqlanadigan xarajatlar ulushi sifatida aniqlanadi;
baholash sanasidagi xususiy aylanma kapital balans qiymati va birinchi prognoz yilidagi xususiy aylanma kapital normativ miqdori o‘rtasidagi tafovut aniqlanadi.
Salbiy tafovut bo‘lganda biznesning daromad yondashuvi bilan olingan qiymatidan tafovut ayiriladi. Ijobiy tafovut bo‘lganda ortig‘i natijaga qo‘shiladi.
Agar korxonaning xususiy kapitalini hisoblash uchun investitsiyalangan kapitalning pul oqimidan foydalanilsa, uzoq muddatli qarzdorlik miqdori ayiriladi.
Korxonani POD usuli bilan baholash natijasida likvidli korxonaning yoki korxonadagi likvidli nazorat (75 foizdan ortiq) ulushning qiymati olinadi. Agar 75 foizdan kam bo‘lgan ulush baholanayotgan bo‘lsa, nazorat huquqlarining yetishmagan qismiga chegirma qilinishi lozim. Tuzatishlar nazorat elementlarining yetishmasligidan kelib chiqqan xolda kiritiladi, hisoblar quyidagicha amalga oshiriladi:

Baholanayotgan paket miqdori, %

Nazorat elementlari yo‘qligiga chegirma, %

100 dan 75 gacha + 1 ta aksiya

0

75 dan 50 gacha +1 ta aksiya

5

50 dan 25 gacha +1 ta aksiya

10

25 dan 10 gacha +1 ta aksiya

15

10 dan va kamroq

20

(34-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
35. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish usuli xo‘jalik faoliyatining daromadli tarixiga ega bo‘lgan, aktivlarni jamg‘arishga ulgurgan va barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni baholash uchun qo‘llaniladi. Usul baholash sanasidan keyingi birinchi yil mobaynida olinadigan bo‘lg‘usi daromadni kapitallashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
36. Daromadni kapitallashtirish usuli bosqichlari:
a) daromadlar olishning barqarorligini asoslash;
b) kapitallashtiriladigan daromad turini tanlash;
v) kapitallashtiriladigan daromad miqdorini aniqlash;
g) kapitallashtirish stavkasini hisoblash;
d) daromadni kapitallashtirish;
e) yakuniy tuzatishlarni kiritish.
37. Daromadlar olishning barqarorligini (nisbiy barqarorlikni) asoslash tuzatilgan moliyaviy hisobot tahlili asosida amalga oshiriladi.
38. Kapitallashtiriladigan daromad sifatida tushum baholash sanasidan keyin keladigan to‘liq prognoz yili uchun xususiy kapitalga pul oqimi (ishlayotgan korxonalar, aksiyalarning paketlari, ulushlar uchun) qabul qilinadi. Pul oqimini kapitallashtirish korxona uzoq vaqt mobaynida taxminan bir xil miqdorda daromad olishi kutilayotgan vaziyatlarga mos keladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
39. Kapitallashtirish lozim bo‘lgan daromad sifatida quyidagilar tanlanishi mumkin:
baholash sanasidan keyin bir yilga prognoz qilingan miqdor;
retrospektiv va balki, prognoz (uch yil uchun) ma’lumotlari asosida hisoblangan, tanlangan turdagi o‘rtacha o‘lchangan miqdor.
Pul oqimiga tuzatish kiritish, ya’ni bir martalik og‘ishlarni bartaraf etish lozim.
40. Kapitallashtirish stavkasining miqdori 8-son MBMSning 36-bandiga muvofiq aniqlanadi.
41. Pul oqimini kapitallashtirish quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
V = CF / CR, bu yerda:
V — kapitallashtirilgan qiymat;
CF — pul oqimi;
CR — kapitallashtirish stavkasi.
42. Korxona (aksiyalar paketlari, ulushlar, paylar) qiymatini to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli bilan hisoblashda korxonaning ishlab chiqarishda va daromad olishda ishtirok etmaydigan (shu jumladan konservatsiya qilingan) aktivlari qiymatini hisobga olish lozim.
Shuningdek, xususiy aylanma kapitalning amaldagi miqdoriga tuzatish kiritish zarur: ortiqcha xususiy kapital boshlang‘ich qiymat miqdoriga qo‘shilishi, taqchillik esa — undan ayrilishi lozim.
Korxonani to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli bilan baholash natijasida likvidli korxona qiymatini yoki korxonadagi likvidli aksiyalarning nazorat (50 foizdan ortiq) paketining (ulushning, payning) qiymati olinadi. Agar nazorat paketi baholanayotgan bo‘lmasa, nazorat huquqlarining yetishmagan qismiga chegirma qilish lozim. Chegirma POD usulida qo‘llangan tartibda kiritiladi.
Ko‘chmas va ko‘char mulkni baholash
43. Ko‘chmas mulkni daromad yondashuvi bilan baholash to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli bilan amalga oshiriladi. Bunda, daromad ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olinadigan tushumlardan tarkib topishi nazarda tutiladi, chunki obyektni ijaraga berish ayniqsa barqaror pul oqimini ta’minlaydi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish metodini qo‘llash jarayonida ijara stavkalari miqdori, ijara shartlari, operatsion xarajatlarning miqdorlariga oid bozor axborotidan foydalaniladi. Bunda, foydalanilayotgan ijara stavkasi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan davlat mulki obyektlari uchun belgilangan ijara stavkasidan past bo‘lmasligi kerak.
Hisoblashlar quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
xususiylashtirilayotgan bino (uning bir qismi) umumiy maydoni uchun ijara haqi sifatidagi potensial yalpi daromad prognoz qilinadi;
maydon to‘la yuklanmasligi va tushumlarning boy berilishi bilan bog‘liq yo‘qotishlar hisoblanadi;
haqiqiy yalpi daromad potensial yalpi daromad va yo‘qotishlar o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi;
operatsion xarajatlar chegirib tashlanadi va ayirma sifatida sof operatsion daromad olinadi;
kapitallashtirish koeffitsiyenti mazkur uslubiy ko‘rsatmalarning 30-bandiga muvofiq hisoblanadi;
(43-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
ko‘chmas mulk qiymati sof operatsiya daromadining kapitallashtirish koeffitsiyentiga nisbati sifatida baholanadi.
44. Ko‘chmas mulkni to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli bilan baholashda mazkur mulk tarkibida xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan aktivlar qiymatini hisobga olish talab etiladi.
45. Mashinalar, uskunalar, avtotransport vositalari va nomoddiy aktivlar, shuningdek, boshqa ko‘char mulk (aksiyalar, ulushlar, paylar, intellektual mulk obyektlari bundan mustasno) daromad yondashuvi bilan baholanmaydi.
2-§. Qiyosiy yondashuv
46. Baholash obyektlarini xususiylashtirish maqsadida baholashda qiyosiy yondashuv qo‘llanilganda quyidagi usullarning biridan foydalaniladi:
baholash obyekti bilan oldingi bitimlar usuli;
kapital bozori (kompaniya-analog) usuli;
bitimlar usuli;
bozorga oid taqqoslashlar usuli;
analog bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri taqqoslash usuli.
Bunda, baholash metodining tanlanishini baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotda asoslashi lozim.
47. Qiyosiy yondashuv bilan baholashda, qo‘llanilayotgan baholash metodidan qat’i nazar (baholash obyekti bilan oldingi bitimlar usulidan tashqari), analoglar ro‘yxati kamida uch obyektni o‘z ichiga olishi lozim.
Korxona (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni baholash
48. Korxona (aksiyalar, ulushlar, paylar) qiymatini baholash quyidagi metodlarning biri: kapital bozori usuli, bitimlar usuli yoki baholash obyekti bilan oldingi bitimlar usulini qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
49. Kapital bozori usuli va bitimlar usuli amalda bir-biriga mos keladi, ularning farqi baholash obyektining xususiyati va narxga oid dastlabki ma’lumot turidadir.
Kapital bozori usuli ochiq bozorda vujudga kelgan narxlar haqidagi axborotdan foydalanishga asoslanadi va aksiyalarning nazorat qilish vakolatlarini bermaydigan paketlari (ulushlar, paylar)ni baholash uchun qo‘llaniladi.
Bitimlar usuli umuman korxonaning yoki aksiyalar nazorat paketi (ulushlar, paylar)ning xarid narxlari haqidagi axborotdan foydalanishga qarab mo‘ljal oladi. Bu korxonani yoki aksiyalar nazorat paketi (ulushlar, paylar)ni baholashda mazkur usulning eng optimal qo‘llanish sohasini belgilaydi.
50. Kapital bozori va bitimlar usullari quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) axborot yig‘ish va uni tahlil qilish;
b) qiyosiy analoglarni tanlash;
v) tegishli moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;
g) multiplikatorlar tanlash va ularning kattaligini hisoblash;
d) baholash obyekti qiymatining boshlang‘ich miqdorini aniqlash;
e) yakunlovchi tuzatishlar kiritish.
51. Baholash obyektining analoglarini aniqlash uchun baholovchi baholash obyekti bilan o‘xshash bo‘lgan obyektlar (aksiyalar paketlari, ulushlar, umuman korxonalar)ning haqiqiy oldi-sotdi narxlari, baholash obyekti bilan o‘xshashlikni aniqlash va zaruriy tuzatishlarni kiritish imkoniyatini beradigan buxgalteriya va moliyaviy hisobot haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishi lozim.
52. Kapital bozori va bitimlar usullarini qo‘llash vaqtida baholovchi xorijiy analoglar to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishi mumkin. Bu holda tegishli tuzatishlar kiritiladi: hisobot aylantiriladi va mamlakatga xos tavakkalchilik darajasiga qarab multiplikatorning hisoblanadigan qiymatiga tuzatish kiritiladi.
53. Baholash obyekti va analoglarni taqqoslashning asosiy mezoni bo‘lib tarmoq mansubligi hisoblanadi. Bunda baholash obyekti va analoglar faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro taqqoslanadigan bo‘lishi shart.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
54. Qiyosiy obyektlarni tanlash jarayoni quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
tarmoqqa oid o‘xshashlik — potensial qiyosiy analoglar ro‘yxati tarmoqning bir segmentiga mansub bo‘lishi lozim;
miqdor — realizatsiya qilingan mahsulot hajmi, daromad miqdori kabi va boshqa parametrlar solishtiriladi;
o‘sish istiqbollari — baholanayotgan korxonaning analoglarga nisbatan raqobatdagi ustunliklari va kamchiliklarini o‘rganish;
moliyaviy tavakkalchilik darajasi — kapital tuzilishini yoki xususiy va jalb qilingan mablag‘lar nisbatini taqqoslash, likvidlilikni yoki joriy majburiyatlarni joriy aktivlar bilan to‘lash imkoniyatini o‘rganish, qarzni to‘lay olish qobiliyatini tahlil qilish;
mo‘ljallanayotgan bitimning qiyosiyligi — bitim shakli, moliyalash shartlari, haq to‘lash shartlari va boshqalar.
Qiyoslash mezonlarining yuqorida keltirilgan ro‘yxati asosiy hisoblanadi, lekin u to‘liq emas va baholovchi ro‘yxatni qo‘shimcha omillar bilan mustaqil ravishda to‘ldirishi mumkin.
55. Baholovchi mezonlar tahlili asosida quyidagi xulosalardan birini qabul qilishi va asoslashi lozim:
analog bir qancha tavsiflarga ko‘ra baholash obyekti bilan qiyosiy va multiplikatorlarni hisoblash uchun undan foydalanilishi mumkin;
analog baholash obyekti bilan lozim darajada qiyosiy emas va baholash jarayonida undan foydalanilishi mumkin emas.
56. Kapital bozori usuli va bitimlar usulini qo‘llash vaqtida baholovchi balanslarni, daromadlar va xarajatlar haqidagi hisobotlarni, qo‘shimcha axborotni tahlil qiladi, moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblaydi. Moliyaviy tahlil analoglarning baholash obyekti bilan qiyosiyligini aniqlashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Moliyaviy tahlil natijalariga ko‘ra “Moliyaviy koeffitsiyentlarning yig‘ma jadvali” tuziladi. Bu jadvalda quyidagi axborot aks etishi lozim:

‎‎Nomi

‎‎Moliyaviy koeffitsiyentlar

1.‎ 1-chi analog‎
2.‎ 2-chi analog‎
3.‎ 3-chi analog‎
4.‎ …‎
5.‎ n-chi analog‎
6.‎ O‘rtacha arifmetik qiymat‎
7.‎ Mediana‎
8.‎ Baholash obyekti‎
9.‎ Baholash obyektining o‘rni‎
Jadval erkin tarzda tuziladi, lekin u eng muhim moliyaviy koeffitsiyentlar, chunonchi:
realizatsiyadan olingan tushumda sof foyda ulushi;
barcha aktivlarning umumiy summasida xususiy kapital ulushi;
likvidlilik;
aktivlarning aylanuvchanligini o‘z ichiga olishi lozim.
Analoglar va baholash obyektiga doir ko‘rsatkichlarning qiymatlari sezilarli darajada farq qilishi mumkinligi tufayli, keyingi qarorlarni qabul qilish uchun analoglar va baholash obyekti bo‘yicha moliyaviy koeffitsiyentlarning haqiqiy hisobiy qiymatlaridan tashqari jadvalga o‘rtacha arifmetik qiymat va mediana kabi yordamchi ko‘rsatkichlarni kiritish talab etiladi. Moliyaviy tahlilning yakunlovchi bosqichida baholovchi baholash obyekti ifodalangan ko‘rsatkichlarning har biri bo‘yicha tanlangan analoglar orasida egallagan o‘rinni aniqlashi lozim. Egallangan o‘rinlar yig‘indisi baholash obyektining yakuniy reytingini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur jadval materiallaridan baholovchi baholash obyekti uchun multiplikator qiymatini tanlash bosqichida foydalanadi.
57. Kapital bozori usuli va bitimlar usulidan foydalanilganda multiplikatorni hisoblab topish uchun:
tanlangan barcha analoglar (korxona, aksiyalar paketi, ulushlar, paylar analoglari) bo‘yicha narxni aniqlash;
yoki muayyan davr uchun, yoki baholash sanasiga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra moliyaviy bazani aniqlash;
tegishli multiplikatorlarni hisoblash lozim.
Muayyan davr uchun moliyaviy baza haqida axborot baholash sanasidan oldingi to‘liq hisobot yili yakunlariga ko‘ra olinadi.
Analoglar narxi baholash sanasidan oldingi to‘liq hisobot yili va choraklar mobaynida tuzilgan bitimlar haqidagi axborotga muvofiq olinadi. Bunda, ayni bir analoglar bo‘yicha narxlar haqidagi axborot eng katta va eng kichik qiymatlar o‘rtasida o‘rtacha qiymat sifatida olinishi mumkin.
58. Kapital bozori va bitimlar usullarini qo‘llash vaqtida quyidagi multiplikatorlardan foydalanilishi mumkin:
oraliq multiplikatorlar — narx/foyda, narx/pul oqimi, narx/dividendlar, narx/sotishdan kelgan tushum;
momentli multiplikatorlar — narx/balans qiymati, narx/aktivlar (moddiy va nomoddiy) sof qiymati.
Narx/foyda, narx/pul oqimi multiplikatorlari narxni aniqlashning eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi, chunki baholash obyekti va o‘xshash korxonalar daromadi haqidagi axborot eng ochiq axborotdir. Multiplikator uchun moliyaviy baza sifatida foydaning har qanday ko‘rsatkichidan (sof daromad, soliq solingunga qadar bo‘lgan daromad, foizlar va soliqlar to‘langunga qadar bo‘lgan daromad va boshqa ko‘rsatkichlardan) foydalanilishi mumkin.
Analoglar haqida qaysi axborot ochiq ekanligiga qarab, turli multiplikatorlardan foydalanilishi mumkin. Baholash obyekti qiymatini qiyosiy yondashuv bilan hisoblashda narxni shakllantiruvchi eng muhim omillarni hisobga olish uchun bir nechta multiplikatorlardan foydalanish tavsiya etiladi.
59. Multiplikator qiymatini tanlash har bir koeffitsiyent bo‘yicha o‘rtacha va mediana qiymatlari tahliliga, shuningdek, baholash obyektining taqqoslash elementi bo‘yicha pozitsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Shundan so‘ng baholashga “Moliyaviy koeffitsiyentlarning yig‘ma jadvali”da aks ettirilgan moliyaviy tahlil natijalari jalb qilinadi. Muayyan turdagi multiplikator qiymatini tanlash uchun baholovchi qiymat jihatidan baholash obyekti koeffitsiyentlariga eng yaqin bo‘lgan moliyaviy koeffitsiyentlardan foydalanadi.
60. Baholovchi baholash obyektining muayyan sharoitlari, maqsadlari va turiga, u yoki bu axborotga bo‘lgan ishonch darajasiga qarab har bir multiplikatorga va, tegishli ravishda, qiymat variantiga solishtirma og‘irlik belgilaydi.
Bunday o‘lchash natijasida qiymatning boshlang‘ich miqdori olinadi va undan keyingi tuzatishlarni kiritish uchun asos sifatida foydalanilishi mumkin.
Qiymatning boshlang‘ich miqdorini o‘lchash.
Qo‘llash uchun tanlangan multiplikatorlar‎ Multiplikatorlar miqdori‎ Qo‘llanilayotgan multiplikatorlar tipiga qarab baholash obyekti ko‘rsatkichlari‎ Multiplikator qo‘llanganidan keyin baholash obyektining qiymati‎ Solishtirma og‘irlik‎ Oraliq natijalar‎
1.‎
2.‎
3.‎
Qiymatning boshlang‘ich miqdori‎
61. Qiymatning yakuniy miqdorini aniqlashda multiplikatorlar qo‘llanganidan keyin olingan natijaga (zarur holda) nazorat darajasiga qarab tuzatish kiritiladi.
(61-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Nazorat darajasiga qarab tuzatish kiritish (ko‘paytirish yoki kamaytirish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
baholanayotgan obyekt (korxona, aksiyalar paketi, ulush, pay) va analog o‘rtasida miqdor jihatidan farq 10 foizgacha (ichiga olib) bo‘lsa, 1,02 koeffitsiyenti qo‘llaniladi;
baholanayotgan obyekt (korxona, aksiyalar paketi, ulush, pay) va analog o‘rtasida miqdor jihatidan farq 10 foizdan ortiq bo‘lsa, har 10 foiz tafovut uchun qo‘llaniladigan 1,02 koeffitsiyentiga 0,02 koeffitsiyenti qo‘shiladi.
62. Baholash obyekti bilan oldingi bitimlar usuli aksiyalar paketlari, ulushlar, paylarni baholashda qo‘llaniladi. Mazkur usulni qo‘llashda baholash obyekti tegishli bo‘lgan emitentning aksiyalari, ulushlari va paylari bilan ilgari tuzilgan, muddati bir yildan oshmaydigan bitimlari haqidagi ma’lumotlar axborot manbai hisoblanadi.
63. Oldingi bitim tuzilgan vaqtdan boshlab emitentda jiddiy o‘zgarishlar (tarmoq, faoliyat sohasi, ishlab chiqarish quvvatlari va boshqalar) yuz bergan hollarda emitent aksiyalari, ulushlari va paylari bilan ilgari tuzilgan bitimlarning narxlari haqidagi axborotdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
64. Mazkur usulni qo‘llashda baholovchi baholash obyekti bilan ilgari tuzilgan bitim narxiga (narxlariga) vaqt omilini, shuningdek baholash obyektining iqtisodiy va tarmoqqa oid muhitidagi holatlarning o‘zgarishini hisobga olib tuzatish kiritishni amalga oshiradi.
Shuningdek, mazkur uslubiy ko‘rsatmalarning 61-bandida keltirilgan tartibda nazorat darajasiga (chegirmalar/mukofotlar) tuzatishlar kiritiladi.
(64-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
65. Baholash obyektining ilgari tuzilgan bitim bo‘yicha narxiga tuzatishlar buxgalteriya hisobi bo‘yicha tegishli xarajatlar va daromadlar moddalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olib kiritiladi. Shuningdek, baholash obyektining natural ko‘rsatkichlar (ishlab chiqarish quvvati, ishlab chiqarish hajmi, moddiy aktivlarning eskirganligi va h.k.) bo‘yicha haqiqiy natijalariga ham tuzatish kiritilishi lozim.
Ko‘chmas mulk (binolar, inshootlar)ni baholash
66. Ko‘chmas mulk qiymatini yoki ko‘chmas mulk obyektlaridan iborat mulkiy majmualar qiymatini baholashda bozorga oid taqqoslashlar usulidan foydalaniladi.
Baholash obyekti qiymatini bozorga oid taqqoslashlar usuli bilan aniqlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
a) bozorni o‘rganish va baholanayotgan obyektga o‘xshash obyektlarni sotish bo‘yicha bitimlar yoki takliflar haqida axborot yig‘ish;
b) taqqoslash elementlarini tanlash va asoslash;
v) baholash obyekti bozoriga xos bo‘lgan taqqoslash birliklarini tanlash;
g) qiyosiy analoglarni baholash obyekti bilan taqqoslash birliklariga ko‘ra solishtirish va baholash obyekti bilan taqqoslanayotgan har bir obyekt narxiga tuzatishlar kiritish;
d) analoglar narxlarining tuzatish kiritilgan qiymatlarini muvofiqlashtirish.
67. Taqqoslash elementlari sifatida faqat narxni belgilaydigan va analoglar narxiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan elementlar quyidagilar orasidan olinadi:

Omillar guruhi‎

Oldi-sotdi bitimlari uchun taqqoslash elementlari‎

1. Mulkiy huquqlar‎‏ 1.1. Obyektning ijara shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha yuklamalari ‎
1.2. Servitutlar va ijtimoiy qo‘shimcha yuklamalar ‎
1.3. Obyekt tarkibidagi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar‎
2. Moliyalash shartlari‎‏‏ 2.1. Sotuvchining xaridorni imtiyozli kreditlashi ‎
2.2. Pul mablag‘lari ekvivalenti bilan to‘lov‎
3. Alohida shartlar‎‏ 3.1. Sotuv narxining ijara stavkasi bilan bozorga oid bo‘lmagan aloqasi ‎
3.2. Rivojlanish uchun subsidiya yoki imtiyozlar‎
4. Bozor shartlari‎‏ 4.1. Narxlarning vaqtda o‘zgarishi ‎
4.2. Taklif narxining bitim narxidan farqi‎
5. Joylashgan yeri‎‏ 5.1. Hududning nufuzliligi‎
5.2. Ishga oid faollik va hayot ta’minoti markazlariga yaqinlik‎
5.3. Obyektga (transportda va piyoda) yetishning qulayligi‎
5.4. Atrof muhit sifati (rekreatsiya va ekologiya)‎
5.5. Obyekt atrofidagi imoratlarning holati‎
6. Jismoniy tavsiflar‎‏ 6.1. Yer uchastkasining tavsifi ‎
6.2. Hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv tavsifi‎
6.3. Imoratlarning eskirishi va ularni ta’mirlashga bo‘lgan ehtiyoj‎
7. Iqtisodiy tavsiflar‎‏ 7.2. Eng maqbul va eng samarali foydalanish shartlariga obyektning muvofiqligi‎
7.1. Resurslarni tejash va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish imkoniyatlari‎
8. Servis va qo‘shimcha elementlar 8.1. Aloqa va kommunal xizmatlar bilan ta’minlanganlik‎
8.2. Muhandislik va en�rgetik kommunikatsiyalarga yer uchastkasining ulanish imkoniyatlari‎
8.3. Avtotransport uchun to‘xtash joyi va (yoki) garaj mavjudligi‎
8.4. Xavfsizlik tizimining holati‎
8.5. Ko‘chmas mulk tarkibida qo‘shimcha uskunalar mavjudligi‎
68. Baholashni mazkur metod bilan o‘tkazishda baholovchi obyektning yakuniy qiymatiga ta’sir etuvchi boshqa elementlarni ham ko‘rib chiqishi mumkin. Baholovchi buni baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirishi va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlashda hisobga olishi lozim.
69. Mazkur usulni qo‘llashda foizli va qiymatga oid tuzatishlardan foydalaniladi.
Foizli tuzatishlar analogning sotuv narxini analog bilan baholash obyekti tavsiflaridagi tafovut darajasini aks ettiruvchi tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan kiritiladi.
Qiymatga oid tuzatishlar analog narxini analog bilan baholash obyekti tavsiflaridagi tafovutning baholangan muayyan summasiga o‘zgartirish yo‘li bilan kiritiladi. Qiymatga oid tuzatishlar taqqoslash birligi narxiga yoki analogning umumiy narxiga kiritiladi.
Taqqoslanayotgan obyektlarning tuzatish kiritilgan sotuv narxlarining yakuniy qiymatlari mos kelmasligi mumkin. Shu tufayli tuzatish kiritilgan sotuv narxini tanlash kiritilgan tuzatishlar qiymati yoki miqdori eng kam bo‘lgan analog (analoglar)ning tuzatish kiritilgan narxidan foydalanishga asoslanadi.
70. Tuzatishlar har bir taqqoslash elementi bo‘yicha alohida — analog narxining oldingi, tuzatish kiritilgan qiymatiga nisbatan kiritiladi. Tuzatishlar kiritish ketma-ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
taqqoslash elementlarining birinchi guruhidan to‘rtinchi guruhigacha tuzatishlar doim ko‘rsatilgan ketma-ketlikda kiritiladi, har bir tuzatishdan keyin taqqoslanayotgan obyektning sotuv narxi qaytadan hisoblanadi (keyingi tuzatishlarga o‘tilgunga qadar);
keyingi (taqqoslash elementlarining to‘rtinchi guruhidan keyin) tuzatishlarni kiritish istalgan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Bunda, avval foizli tuzatishlar, so‘ngra qiymatga oid tuzatishlar kiritiladi.
71. Analog va baholash obyekti uchun taqqoslash birligi sifatida qaysi birliklar haqida bozorga oid axborot mavjud bo‘lsa, shu birliklardan foydalaniladi.
Yaxshilanmagan yer uchastkasi uchun solishtirma tavsiflar (solishtirma narxlar)dan foydalaniladi:
yer uchastkasi maydoni birligi narxi: kvadrat metr; “sotix” (100 kv. m); gektar (10 000 kv. m);
uzunlik birligi narxi: pogon metri;
mazkur turdagi funksional foydalanish uchun standart bo‘lgan maydonli uchastka narxi.
Yaxshilangan yer uchastkasi uchun solishtirma tavsif sifatida butun obyekt qiymatiga eng katta hissa qo‘shuvchi mulk komponenti uchun narxni shakllantiruvchi omil miqdori o‘lchov birligining solishtirma narxi olinadi. Imorat qiymati yer uchastkasi qiymatidan katta ekanligi ayon bo‘lsa, butun obyekt uchun taqqoslashning asosiy birligi sifatida imoratning solishtirma narxidan foydalaniladi:
imoratning foydali (ijaraga berilgan, umumiy) maydoni birligi (kv. m) narxi;
imorat hajmining birligi narxi;
kvartira yoki xona narxi (noturar joy sifatida rasmiylashtirilgan);
obyektning daromad keltiradigan bir elementi narxi (restoran yoki teatrdagi o‘rin, mehmonxonadagi o‘rin yoki nomer).
72. Analoglarning narxlariga tuzatishlarni hisoblashda tahlil vositalari va analoglar bitimlarining narxlarini baholash obyektining qiymatiga keltirish usullari bilan ajralib turadigan texnikalarning ikki guruhidan foydalanilishi mumkin:
miqdor jihatidan tahlil texnikalari guruhi: narxlarga kompensatsion tuzatishlar kiritish texnikasi va omilli tahlil texnikasi;
sifat jihatidan tahlil texnikalari guruhi: narxlarni sifat jihatidan taqqoslash texnikasi va kvalimetrik modellashtirish texnikasi.
73. Analoglarning narxlariga tuzatishlar kiritish yakunlariga ko‘ra har bir analog bo‘yicha taqqoslash birligining tuzatilgan narxi aniqlanadi va olingan (tuzatilgan) natijalarning barchasi tegishli taqqoslash birligi bo‘yicha qiymatning yagona miqdoriga keltiriladi.
Baholash obyektining yakuniy qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
S = Ped. * Sed., bu yerda:
S — baholash obyektining yakuniy qiymati;
Ped. — baholash obyekti taqqoslash birligining umumiy ko‘rsatkichi (jami yuza, jami hajm, jami uzunlik va h.k.);
Sed. — yagona qiymatga keltirilgan (tuzatishlar kiritilgan) analoglarning taqqoslash birligi qiymati.
Mashinalar, uskunalar va transport vositalarini baholash
74. Mashinalar, uskunalar va transport vositalari qiymatini qiyosiy yondashuv bilan baholash bozor narxlari asosida analog bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri solishtirish usuli yordamida amalga oshiriladi. Taqqoslash:
ikkilamchi bozorda sotilayotgan mutlaq analog bilan;
mutlaq analog bo‘lmasa, ikkilamchi bozorda sotilayotgan taxminiy analog bilan, tuzatishlar kiritish orqali;
ikkilamchi bozor bo‘lmasa, yangi o‘xshash uskuna bilan, eskirishga tuzatishlar kiritish orqali amalga oshiriladi.
75. Mashinalar, uskunalar va transport vositalari qiymatini analog bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri solishtirish usuli bilan baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
a) analoglar bozorining tahlili;
b) mos keluvchi taqqoslash birliklarini tanlash;
v) mos keluvchi taqqoslash elementlarini aniqlash;
g) baholash obyekti va analog o‘rtasidagi farqlarga qarab tuzatishlar kiritish;
d) baholash obyektining yakuniy qiymatini hisoblash.
76. Analoglar asosiy ko‘rsatkichlar: funksional yo‘nalishi, konstruktiv va parametrik o‘xshashliklarga ko‘ra tanlanadi.
Funksional analoglar yo‘nalish jihatidan o‘xshashlik bilan tavsiflanadi, ya’ni ular bir xil funksiyalar (operatsiyalar, amallar, jarayonlar)ni bajarishga qodir. Maqsadi bir bo‘lgan va muayyan darajada bir-birining o‘rnini bosa oladigan funksional analoglar tuzilishi, amal qilish prinsipi, foydalanish vaqtida iste’mol qiladigan resurslarga ko‘ra farq qilishi mumkin. Funksional o‘xshashlik — qiyosiy yondashuv bilan baholashning zaruriy, lekin yetarli bo‘lmagan sharti.
Konstruktiv analoglar mashinalar, uskunalar va transport vositalari turi (turkumi)ga ko‘ra o‘xshashlik bilan tavsiflanadi va yaqin (yoki deyarli bir xil) va tuzilish jihatidan o‘xshash analoglarga bo‘linadi.
Parametrik analoglar asosiy ishlab chiqarish va foydalanish ko‘rsatkichlari (ishlab chiqarish quvvati, og‘irlik, gabaritlar va boshqalar) bo‘yicha o‘xshashlik bilan tavsiflanadi.
Mashinalar, uskunalar va transport vositalarini analog bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri solishtirish usuli bilan baholashda baza sifatida parametrlari qiymat jihatidan baholanayotgan obyektga mumkin qadar yaqin bo‘lgan yaqin (deyarli bir xil) analoglarni tanlash lozim.
Analoglarni tanlashda baholash obyekti bilan ayni bir ishlab chiqaruvchi tomonidan va ayni bir mamlakatda ishlab chiqarilgan mashinalar, uskunalar va transport vositalarining birliklariga ustunlik beriladi.
77. Analoglarni realizatsiya qilish narxlariga tegishli tuzatishlar, chunonchi: sotuv shartlaridagi farqlarga ko‘ra narxlarga tuzatish (tijorat tuzatishi); texnik jihatdan qiyosiylikka tuzatish (texnik tuzatish) kiritiladi.
Tijorat tuzatishi:
Skor = S + y * (Mb – Mn), y = (P1 – P2) / (N1 – N2), bu yerda:
Skor — tuzatish kiritish yo‘li bilan tuzatilgan narx;
S — boshlang‘ich narx;
y — parametr birligi “narxi”, ya’ni parametr uning o‘lchash birligiga nisbatan o‘zgarganida narx qancha pul birligiga o‘zgarishini ko‘rsatuvchi qiymat;
Mb — baholash obyektining konstruktiv-funksional parametri (quvvat, unumdorlik va h.k.) ko‘rsatkichi;
Mn — tanlangan analogning konstruktiv-funksional parametri (quvvat, unumdorlik va h.k.) ko‘rsatkichi;
R1, R2 — analoglarning narxlari;
N1, N2 — analoglarning narxni shakllantiruvchi parametrlari.
Texnik tuzatish:
Rb = Rn * (Mb / Mn) x , x = log (P1 / P2) / log (N1 / N2) , bu yerda:
Rb — baholash obyektining qiymati;
Rn — analog obyektining sotuv narxi;
x — baholash obyekti qiymatining obyekt parametrlari qiymatlariga bog‘liqligini tavsiflovchi daraja koeffitsiyenti (narxning to‘xtash koeffitsiyenti).
Daraja koeffitsiyentini aniqlashda bir nechta analoglardan (kamida uch xil analogdan) foydalanish tavsiya etiladi. Koeffitsiyentning yakuniy qiymatini o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida aniqlash mumkin.
Analogning sotuv sanasi baholash sanasi bilan mos kelmagan holda, analog qiymati baholash sanasiga keltirilishi lozim. Analog qiymatini keltirish mashinalar, uskunalar va transport vositalarining tegishli mansubligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha asosiy fondlar qiymati qimmatlashishi koeffitsiyentlarini qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
78. Mashinalar, uskunalar va transport vositalarini analog bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri solishtirish usuli bilan baholashda, agar analoglar baholash obyektini baholash amalga oshirilayotgan hududdan (mamlakatdan) tashqarida joylashgan bo‘lsa, tanlangan analoglar qiymatiga ham tuzatish kiritilishi lozim. Bu holda analog qiymatiga transport va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlarini kiritish talab etiladi.
Tanlangan analoglarning qiymat ko‘rsatkichlariga boshqa tavsiflar bo‘yicha ham tuzatishlar kiritilishi mumkin, agar mazkur tavsiflar analoglar qiymatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa.
79. Boshqa turdagi ko‘char mulk (intellektual mulk obyektlari, aksiyalar, ulushlar, paylar, mashinalar va uskunalar, shuningdek, transport vositalaridan tashqari) qiyosiy yondashuv usullari bilan baholanmaydi.
3 §. Xarajat yondashuvi
80. Xarajat (mulkiy) yondashuvi baholash obyekti qiymatiga qilingan xarajatlar nuqtai nazaridan yondashadi va xususiylashtirish maqsadida mulkni baholashda sof aktivlar usuli yordamida amalga oshiriladi.
81. Ayrim hollarda baholash obyektini xarajat yondashuvi bilan baholashda tugatish qiymati usulidan foydalanilishi mumkin. Tugatish qiymati baholash obyektining bozor qiymatidan tugatish uchun qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlarni (shu jumladan shoshilinch va majburiy sotish bo‘yicha vaqt omilini) ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Korxona (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni baholash
82. Korxona (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni baholashda sof aktivlar usuli, korxona aktivlari va majburiyatlarining balans qiymati ularning bozor qiymatiga mos kelmasligi mumkin bo‘lgani tufayli, buxgalteriya balansining ayrim moddalarini bozor qiymati darajasigacha tuzatish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
83. Korxona qiymatini hisoblashning bazaviy formulasi:
Xususiy kapital = aktivlar – majburiyatlar
84. Korxona (aksiyalar, ulushlar, paylar)ni sof aktivlar usuli bilan baholashda aktivlarning bir qismi bozor qiymati bo‘yicha olinadi, aktivlarning qolgan qismi va majburiyatlar balans qiymati bo‘yicha olinadi.
Har bir aktiv va majburiyat qiymati aktivlar — passivlarning har bir turkumi uchun alohida-alohida aniqlanadi:
Sof aktivlar qiymatini hisoblash
T/b‎ Ko‘rsatkich ‎ Balans bo‘yicha ko‘rsatkich qiymati‎ Tuzatilgan balans bo‘yicha ko‘rsatkich qiymati ‎
I. Aktivlar‎

Ko‘rsatkichlarning qiymatlari oxirgi hisobot sanasidagi (baholash sanasidagi) korxona balansidan ko‘chirib olinadi ‎‏

Baho ko‘rsatkichlarning qiymatlarini baholovchi aniqlaydi. Olinadigan qiymatlar balansda ko‘rsatilgan qiymatlarga mos kelishi ham, ulardan ancha farq qilishi ham mumkin ‎‏

1.‎ Asosiy vositalar‎
shu jumladan balansda hisobga olinmagan asosiy vositalar (alohida satrda ko‘rsatiladi)‎
2.‎ Nomoddiy aktivlar**
3.‎ Uzoq muddatli investitsiyalar‎
4.‎ O‘rnatilishi lozim bo‘lgan uskunalar (o‘rnatilmagan uskunalar)‎
5.‎ Kapital qo‘yilmalar (tugallanmagan qurilish)‎
6.‎ Yer uchastkasidan foydalanish huquqlari‎
7.‎ Uzoq muddatli debitorlik qarzlari*
8.‎ Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar*‎
9.‎ Tovar-moddiy zaxiralarga tegishli bo‘lgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari‎
10.‎ Tovar-moddiy zaxiralar (inventar va xo‘jalik buyumlarini hisobga olmaganda)*
11.‎ Boshqa joriy aktivlar*‎
12.‎ Jami aktivlar‎
II. Passivlar‎
13.‎ Uzoq muddatli majburiyatlar*‎
14.‎ Joriy majburiyatlar*
15.‎ Jami passivlar‎
16.‎ Sof aktivlarning qiymatlari (12-satr — 15-satr) ‎
* Balans qiymati bo‘yicha hisoblashda ishtirok etadigan aktivlar va majburiyatlar, bundan 8-son MBMSning 52-bandi “j” kichik bandiga muvofiq inobatga olinishi shart bo‘lgan kechiktirilgan xarajatlar va daromadlar mustasno.
** Nomoddiy aktivlar balans qiymati bo‘yicha baholashda ishtirok etadi, bundan intellektual mulk obyektlari mustasno.
Korxona balansida aks ettirilgan, xususiylashtirish (sotib olish) paytida gudvill sifatida korxona xususiy kapitalining balans qiymati va baholash qiymati o‘rtasidagi farq tarzida yuzaga kelgan nomoddiy aktivlar baholashga kiritilmaydi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
85. Baholash obyektini xususiylashtirish maqsadida baholashda sof aktivlar usulidan foydalanilganda korxona aktivlarining hisoblangan qiymati balans bo‘yicha aks ettirilgan ko‘rsatkichdan past bo‘lmasligi kerak. Aktivlarning hisoblangan (bozor) qiymati aktivlarning balans (qoldiq) qiymatidan past bo‘lgan holda baholash vaqtida asos sifatida aktivlarning balans (qoldiq) qiymati olinadi.
Sof aktivlar usuli bilan korxonani baholash natijasida likvid korxona yoki korxonadagi nazoratli (75 foizdan ortiq) likvidli ulush qiymati olinadi. Agar 75 foizdan kam bo‘lgan ulush baholanayotgan bo‘lsa, u holda yetishmayotgan nazorat qilish huquqiga nisbatan chegirma qilish zarur bo‘ladi. Tuzatish quyidagi tarzda hisoblanadigan nazorat elementlari yo‘qligi chegirmasini qo‘llash yo‘li bilan kiritiladi:

Baholanayotgan paket miqdori, %

Nazorat elementlari yo‘qligiga chegirma, %

100 dan 75 gacha +1 aksiya

0

75 dan 50 gacha +1 aksiya

5

50 dan 25 gacha +1 aksiya

10

25 dan 10 gacha +1 aksiya

15

10 dan va kamroq

20

Bunda chegirma qo‘llangandan keyin baholanayotgan ulushning qiymati xususiy kapitalning tegishli ulushining balans qiymatidan kam bo‘lishi mumkin emas.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
86. Asosiy vositalar qiymatini baholash ularning haqiqiy holatidan kelib chiqib asosiy vositalarning har bir birligi uchun alohida-alohida amalga oshiriladi va keyinchalik ularning qiymati baholash haqidagi hisobotda aks ettiriladi.
Asosiy vositalar qiymatini baholash jarayonida baholovchi balansda hisobga qo‘yilmagan asosiy vositalar bo‘yicha axborotni baholash to‘g‘risidagi hisobotda alohida aks ettiradi.
Korxonada chet el valyutasiga xarid qilingan asosiy vositalar mavjud bo‘lsa, baholovchi mazkur xarajatlarni ulardan hisoblashlarda foydalanishning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganishi lozim.
Ko‘chmas mulk (binolar, inshootlar) qiymatini baholash
87. Ko‘chmas mulk qiymatini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mulkning tiklanish qiymati loyiha-smeta hujjatlariga binoan aniqlanadi. Loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo‘lmasa, ko‘chmas mulk tiklanish qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Ko‘chmas mulkning tiklanish qiymati amaldagi narxlardagi smeta qiymati asosida davlat qabuli hujjatlarida (davlat qabuli hujjatlari bo‘lmaganda ko‘chmas mulkning loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi) belgilangan ko‘chmas mulk qiymatiga nisbatan tegishli narxlarning qimmatlashish indekslarini qo‘llash yo‘li bilan aniqlanadi:
Cd.s.s. = Cc * Ismr * I1 * I2 * I3 * … *Iy
bu yerda:
Sd.s.s. — ko‘chmas mulkning amaldagi narxlardagi tiklanish qiymati;
Cs — ko‘chmas mulkning loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha qurilish smeta qiymati;
Ismr — qurilish-montaj ishlari qiymatining qimmatlashish indeksi;
I1,I2,I3, … Iy — narxlarning qimmatlashish indekslari.
Tiklanish qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlari asosida ko‘chmas mulkning tiklanish qiymati quyidagi tartibda aniqlanadi.
Ko‘chmas mulkning tiklanish qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
S v.s. = S * Ss.e. * K1 * K2 * K3 * … Ky * Ismr * I1 * I2 * I3 * … Iu
bu yerda:
S v.s. — ko‘chmas mulk obyektining tiklanish qiymati;
S — ko‘chmas mulk obyektining o‘lchov birligi (hajm, yuza, pogon metri va h.k.);
Ss.e. — tiklanish qiymatining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichi;
K1, K2, K3, … Ku — tuzatish koeffitsiyentlari (kapitallik guruhi, hududning zilzilabardoshligi, hududiy koeffitsiyent va h.k.);
Ismr — qurilish-montaj ishlari qiymatining qimmatlashish indeksi;
I1,I2,I3, … Iy — narxlarning qimmatlashish indekslari.
Qurilish-montaj ishlari qiymatining qimmatlashish indeksi 1991-yil narxlarida belgilangan qurilish smeta qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Joriy narxlar asosida aniqlangan ko‘chmas mulkning smeta qiymatiga nisbatan qurilish-montaj ishlarining qimmatlashish indeksi qo‘llanilmaydi.
Ko‘chmas mulkning tiklanish qiymatiga ko‘chmas mulk tiklanish qiymatining joriy narxlardagi 10 foizi miqdoridagi tadbirkorlik foydasi summasi qo‘shiladi.
Yangi aniqlangan ko‘chmas mulk va qurilishi tugallanmagan obyektlarni baholash xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
(87-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
88. Ko‘chmas mulkning umumiy eskirishi jismoniy, funksional va tashqi eskirish ko‘rsatkichlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Eskirish foiz va qiymat hisobida o‘lchanadi.
89. Jismoniy eskirish ko‘chmas mulk alohida konstruktiv elementlari eskirish ko‘rsatkichlarining yig‘indisi sifatida aniqlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
bu yerda:
Ii — i-chi konstruktiv elementning jismoniy eskirishi, % hisobida;
Ki — ko‘chmas mulk umumiy massasida i-chi konstruktiv element ulushi;
i — konstruktiv elementlar soni.
Har bir konstruktiv elementning jismoniy eskirishi hajmini baholovchi ularning haqiqiy holatiga qarab qurilish normalariga muvofiq (ko‘zdan kechirish jarayonida) aniqlaydi.
90. Funksional eskirish bartaraf etiladigan va bartaraf etilmaydigan bo‘ladi. Bartaraf etiladigan funksional eskirish:
ilgari mavjud bo‘lmagan yangi elementni qo‘shishni talab etadigan kamchiliklar;
eski elementni yangiga almashtirishni yoki zamonaviylashtirishni talab etadigan kamchiliklar;
o‘ta takomillashtirishlar (ortiqcha qiymat) bilan belgilanadi.
Bartaraf etilmaydigan funksional eskirishga biron-bir element nuqsoni yoki o‘ta takomillashtirishlar sabab bo‘lishi mumkin.
Ilgari mavjud bo‘lmagan yangi elementni qo‘shishni talab etadigan kamchiliklar ushbu elementlarni qo‘shish, shu jumladan ularni o‘rnatish qiymati bilan o‘lchanadi.
Eski elementni yangiga almashtirishni yoki zamonaviylashtirishni talab etadigan kamchiliklar mavjud elementlarning ularning jismoniy eskirishi hisobga olingan qiymati, minus materiallarni qaytarish qiymati (sotish), plyus mavjud elementlarni demontaj qilish qiymati va plyus yangi elementlarni o‘rnatish qiymati sifatida o‘lchanadi.
Ko‘chmas mulk obyektida bor bo‘lgan va mavjudligi hozirgi vaqtda zamonaviy foydalanish standartlariga mos kelmaydigan elementlar o‘ta takomillashtirishlar hisoblanadi. Ular o‘ta takomillashtirishlar pozitsiyalarining joriy tiklanish qiymati, minus jismoniy eskirish, plyus demontaj qiymati va minus materiallarni qaytarish qiymati, agar u mavjud bo‘lsa (yoki tugatish qiymati) sifatida o‘lchanadi.
Bartaraf etilmaydigan funksional eskirish ijara haqidagi yo‘qotishlar summasini yoki ko‘chmas mulk obyektini lozim darajada saqlash uchun ortiqcha ekspluatatsion xarajatlar summasini kapitallashtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
91. Tashqi eskirishni aniqlash ijara haqidagi yo‘qotishlarni kapitallashtirish yo‘li bilan yoki juft sotuvlar usuli yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Tashqi eskirishni ijara haqidagi yo‘qotishlarni kapitallashtirish yo‘li bilan aniqlash bartaraf etilmaydigan funksional eskirishni hisoblash tartibi bilan bir xil.
Tashqi eskirish juft sotuvlar usuli bilan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ivnesh. = [(Abel. – As) – R – Szem.] / As, bu yerda:
Abel. — baholash obyektining tashqi eskirish belgilari mavjud bo‘lmagan analogi;
As — baholash obyektining tashqi eskirish belgilari mavjud bo‘lgan analogi;
R — o‘xshash obyektlarning jismoniy va boshqa farqlaridagi tafovut;
Szem. — yer uchastkasi qiymati.
92. Umumiy eskirish quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Is = 1 – (1 – Ifiz. / Svost.) * (1 – Ifunk. / Svost.) * (1 – Ivnesh. / Svost.), bu yerda:
Is — umumiy eskirish;
Ifiz. — jismoniy eskirish;
Ifunk. — funksional eskirish;
Ivnesh. — tashqi (iqtisodiy) eskirish;
Svost. — ko‘chmas mulk obyektining tiklash qiymati.
Ko‘chmas mulk obyektini xususiylashtirish maqsadida baholashda, agar hisoblangan umumiy eskirish 70 foizdan ortiq bo‘lsa, eskirishning bazaviy ko‘rsatkichi sifatida 70 foiz olinadi.
93. Ko‘chmas mulk qiymatini loyiha-smeta hujjatlariga yoki yiriklashtirilgan normativlarga muvofiq hisoblash balans (qoldiq) qiymatidan past natija bergan holda, balans (qoldiq) qiymatga Hukumat qarori bo‘yicha so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab narxlarning qimmatlashish indeksini qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirilgan qiymatning hisobi asos sifatida olinadi.
(93-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Yer uchastkasidan foydalanish huquqlari qiymatini baholash
94. Yer uchastkasidan foydalanish huquqlari qiymatini baholash u korxona balansida hisobga qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganidan qat’i nazar, huquqni tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Yer uchastkasidan foydalanish huquqlari qiymati baholash to‘g‘risidagi hisobotda alohida satr bilan ko‘rsatiladi.
Yer uchastkasidan foydalanish huquqlari qiymatini baholash, baholash sanasidagi yer solig‘iga teng bo‘lgan yer rentasi stavkasini kapitallashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda kapitallashtirish stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng qilib belgilanadi.
(94-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(94-bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Baholashning mazkur tartibi yer uchastkasidan foydalanish huquqlari baholashning yakka tartibdagi obyektlari hisoblanganda, shuningdek yer uchastkalaridan qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanilgan hollarda qo‘llanilmaydi.
Mashinalar, uskunalar va transport vositalarini baholash
95. Mashinalar va uskunalarni baholash baholash obyektining aniq nusxasini yaratish yoki uni o‘xshashiga almashtirish xarajatlarining jismoniy eskirish chegirib tashlangan xolda hisoblashga asoslanadi.
Tiklanish qiymatini aniqlashda barcha sarflar, shu jumladan transport xarajatlari hamda montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari uchun xarajatlar hisobga olinadi.
Transport xarajatlari amalda qilingan sarflarga ko‘ra olinadi. Montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari uchun xarajatlar tiklanish qiymatining 10 foizi miqdorida olinadi.
Mashina va uskunalar import analoglar qiymatidan foydalanilgan holda baholangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan bojxona bojlari, soliq va boshqa to‘lovlar inobatga olinadi.
(95-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
96. Mashinalar va uskunalar qiymatini hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
a) tiklanish qiymatini yoki almashtirish qiymatini aniqlash;
b) jismoniy eskirishni aniqlash;
v) bozor qiymatini hisoblash.
Tiklash qiymati quyidagi metodlarning biri yordamida hisoblanadi:
turdosh obyekt narxi bo‘yicha hisoblash usuli;
elementma-element hisoblash usuli;
indeks usuli.
Bunda, turdosh mashinalar va uskunalar bo‘yicha umumiy metod qo‘llaniladi.
97. Bir xil (yangi) mashinalar va uskunalarni realizatsiya qilish narxi ma’lum bo‘lgan hollarda ularning tiklanish qiymatini aniqlashda mazkur axborot bazaviy axborot sifatida olinadi.
98. Turdosh obyekt narxi bo‘yicha hisoblash usulidan foydalanishni baholovchi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiradi:
ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatilgan materiallar va tuzilishiga ko‘ra o‘xshash, narxi ma’lum bo‘lgan turdosh obyekt tanlanadi;
turdosh obyektning ishlab chiqarish tannarxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu yerda:
Sp.od — turdosh obyektni ishlab chiqarish tannarxi;
Sod — turdosh obyekt narxi;
Nds — qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi (koeffitsiyent sifatida qo‘llaniladi);
Npr — foyda solig‘i stavkasi (koeffitsiyent sifatida qo‘llaniladi);
Kr — mahsulotning rentabellik ko‘rsatkichi.
Talab katta bo‘lgan mahsulotlar uchun rentabellik ko‘rsatkichi 0,25—0,35 oralig‘ida, talab darajasi o‘rtacha bo‘lgan mahsulotlar uchun 0,1—0,25 oralig‘ida, past rentabelli mahsulotlar uchun 0,05—0,1 oralig‘ida olinadi.
Turdosh obyekt tannarxiga obyektlar massasidagi farqlarni hisobga oluvchi tuzatishlar kiritiladi:
bu yerda:
Sp — turdosh obyektni ishlab chiqarish tannarxi;
Go — baholash obyekti konstruksiyasining massasi;
Gtur. — turdosh obyekt konstruksiyasining massasi.
Baholash obyektining tiklanish qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu yerda:
Sv — baholash obyektining tiklanish qiymati. Talab mavjud bo‘lmagan mashinalar va uskunalar baholanayotgan bo‘lsa, ularning qiymati tannarx darajasida olinadi.
99. Turdosh obyektlarning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga oluvchi tuzatishlarni kiritish (zarur hollarda) qiyosiy yondashuv bilan hisoblashda analog narxiga kiritiladigan tuzatishni hisoblash bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi.
100. Elementma-element hisoblash usuli baholash obyekti alohida tugallangan uzellar (bloklar)dan iborat bo‘lgan, yig‘ish mutaxassislar aralashuvini talab etmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Obyekt qiymati uzellarni xarid qilish, transportda tashish va foydani hisobga olgan xolda yig‘ish xarajatlari, shuningdek, soliq va boj to‘lovlari va yig‘imlari bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Mazkur usuldan foydalanilganda:
baholash obyektining butlovchi uzellari va agregatlari ro‘yxati tuziladi;
butlovchilar narxiga doir axborot yig‘iladi;
baholash obyektining tiklanish qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Cp = Sel+V, bu yerda:
Sp — obyektning tiklanish qiymati;
Sel — butlovchi uzellari yoki agregatlar xarid qilish uchun xarajatlar summasi;
V — boshqa xarajatlar (transportda tashish, yig‘ish, turli yig‘imlar).
101. Indeks usuli qo‘llanilganda baholash obyektining boshlang‘ich balans qiymatini joriy narxlarga keltirish Hukumat qarori bo‘yicha asosiy fondlarni so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha asosiy fondlar qiymati qimmatlashishi koeffitsiyentlarini qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Baholash obyekti (butlovchi uzellari, komponentlar va boshqalar)ning tannarxini shakllantiruvchi xarajatlarni indeksatsiya qilish amalga oshirilishi mumkin.
102. Mashinalar va uskunalarni xususiylashtirish maqsadida baholashda baholash obyektlarining jismoniy eskirishi jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq ekspert yo‘li tarzda bilan aniqlanadi:
Holatning bahosi‎ Texnik holat tavsifi‎ Eskirish‎
Yangi‎ Yangi (shu jumladan o‘rnatilgan, lekin foydalanishga kiritilmagan), a’lo holatda.‎ 5% gacha‎
Juda yaxshi‎ Nosozliklarsiz ishlayotgan, oz muddat foydalanilgan, nuqsonlar va nosozliklar aniqlanmagan uskuna‎. 5%—20%‎
Yaxshi‎ Ish qobiliyatini cheklamaydigan kichik foydalanish nuqsonlariga ega bo‘lgan uskuna. Kapital ta’mirlashdan chiqqan, yaxshi holatdagi uskuna‎. 20%— 50%‎
Qoniqarli‎ Qoniqarli holatdagi uskuna. Ish rejimlarini tanlashda ta’mirlashlar orasida xizmatlar ko‘rsatish yoki joriy ta’mirlash vaqtida bartaraf etiladigan ba’zi bir cheklashlar bo‘lishi mumkin‎. 35%—50%‎
Shartli ravishda yaroqli‎ Uskuna ishida bartaraf etish uchun rejadan tashqari ta’mirlashlar o‘tkazish talab etiladigan nosozliklar kuzatiladi. Ish rejimlarini tanlash va eng katta yuklanishlarga cheklashlar bor. Asosiy qismlarini jiddiy ta’mirlash yoki almashtirish talab etiladi‎. 50%—75%‎
Qoniqarsiz‎ Tez-tez buzilib turadigan, asosiy uzellarni kapital ta’mirlashni talab etadigan, yomon holatdagi uskuna‎. 75%—90%‎
Foydalanish uchun yaroqsiz‎ Asosiy yo‘nalishi bo‘yicha foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan uskuna. Hali ishlayotgan asosiy materiallar qiymati bo‘yicha sotishdan boshqa aqlga muvofiq imkoniyatlar yo‘q. 90% dan ortiq‎
103. Transport vositalari qiymatini xususiylashtirish maqsadida baholash ham shu tartibda amalga oshiriladi.
Transport vositalari qiymatini baholashda baholash obyektining eskirishini transport vositalari ulardan foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab (transport vositasi kapital ta’mirlangan yoki asosiy agregatlar va uzellar almashtirilgan hollarda — kapital ta’mirlash o‘tkazilgan vaqtdan boshlab) bosib o‘tgan masofasidan kelib chiqib aniqlashga yo‘l qo‘yiladi. Bunda eskirish ko‘rsatkichi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
I — eskirish;
Pf — baholash sanasida transport vositasining haqiqiy yo‘l bosishi (yoki yoshi, xizmat muddati), km yoki yil (moto-soat) hisobida;
Pn — transport vositasining hisobdan chiqarilgungacha bo‘lgan (kapital ta’mirlangungacha) vaqtga qadar normativ yo‘l bosishi (yoki yoshi, xizmat muddati), km yoki yil (moto-soat) hisobida.
Transport vositalari qiymatini mazkur uslubiy ko‘rsatmalarga asosan baholash uslubiyoti faqat yer usti transport vositalari qiymatini baholash uchun qo‘llanilishi mumkin. Boshqa turdagi (uchuvchi (havo), suv) transport vositalarini baholash uchun maxsus uslubiyotlardan foydalaniladi.
Transport vositalarining import analoglari qiymatidan foydalanilgan holda baholangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan bojxona bojlari, soliq va boshqa to‘lovlar inobatga olinadi.
(103-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Boshqa asosiy vositalar, inventar va xo‘jalik buyumlari qiymatini baholash
104. Asboblar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari (mebelsiz), ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik o‘simliklar, kutubxona fondlari va boshqa asosiy vositalar qiymatini baholash ularning boshlang‘ich balans qiymatini joriy bozor narxlariga (ishlab chiqaruvchi zavodlar, prays-varaqlar, preyskurantlar narxlariga va boshqalarga) muvofiq bo‘lgungacha qayta baholash yo‘li bilan yoki Hukumat qarori bo‘yicha asosiy fondlarni so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha asosiy fondlar qiymatining qimmatlashishi koeffitsiyentlarini tegishli toifa bo‘yicha qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ushbu asosiy vositalarning eskirishi ularning haqiqiy holatidan kelib chiqib ekspert yo‘li bilan yoki buxgalteriya hisobi normalariga muvofiq aniqlanadi. “Mahsuldor hayvonlar” va “Kutubxona fondlari” guruhlari bo‘yicha eskirish hisoblanmaydi.
105. Tovar-moddiy zaxiralarga mansub bo‘lgan inventar va xo‘jalik buyumlarining qiymati balans qiymati bo‘yicha qabul qilinadi.
(105-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
106. Baholanayotgan korxonaga tegishli foydalanishda bo‘lgan, balansdan tashqari hisobda turgan xo‘jalik inventari balansdan tashqari hisobida ko‘rsatilgan qiymati bo‘yicha 50 foiz eskirishni ayirib tashlagan holda baholanadi.
(106-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar qiymatini baholash
108. Baholanayotgan korxonada qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar), mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli (shu jumladan xorijiy) jamiyatlarning ustav kapitalidagi ulushlar, mulkiy paylar, sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari sifatidagi uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (investitsiyalar), boshqa uzoq muddatli investitsiyalar mavjud bo‘lsa, baholovchi ularni baholashi lozim.
1081. Fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati tegishli qimmatli qog‘ozlar birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan fond birjasidan qimmatli qog‘ozlarning kotirovkasini so‘rab olish (yoxud ochiq foydalanishda bo‘lgan boshqa manbalardan foydalanish) yo‘li bilan belgilanadi va qonun hujjatlariga muvofiq kotirovka qilinadi.
Agar qimmatli qog‘ozlar fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilmagan bo‘lsa, baholash mazkur uslubiy ko‘rsatmalarining 109 – 112-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(1081-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
109. Miqdori 75 foiz va undan kam bo‘lgan aksiyalar paketlari qiymatini baholash quyidagi uslublardan biri bilan amalga oshiriladi:
egalariga dividendlar ko‘rinishida (naqd, naqdsiz shaklda yoki aksiyalar ko‘rinishida) daromad keltiradigan aksiyalar paketlarini baholash baholash sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha oxirgi uch yil uchun dividendlar ko‘rinishidagi o‘rtacha yillik daromadni kapitallashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
adekvat daromad keltirmaydigan aksiyalar paketlari qiymatini baholash quyidagi hisoblash formulasiga binoan xususiy kapital miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi:
Sak = Bin * Ssk / Suf * (1-Kkontr)
bu yerda:
Sak — aksiyalar paketining hisoblangan qiymati;
Bin — aksiyalar paketining balans qiymati;
Ssk — balans bo‘yicha xususiy kapitalning miqdori (xususiy mablag‘lar manbalari);
Suf — balans bo‘yicha ustav kapitali miqdori;
Kkontr — nazorat koeffitsiyenti.
Aksiyalarning qiymatini hisoblashda baholanayotgan aksiyalar paketining nazorat darajasini inobatga olish zarur. Nazorat elementlari yo‘qligi chegirmasi mazkur uslubiy ko‘rsatmalarning 34-bandiga binoan hisoblanadi.
Aksiyalar paketlarining yakuniy qiymati sifatida qiymatning eng ko‘p miqdorini beruvchi hisob-kitoblar qabul qilinadi. Bunda aksiyalar paketlari qiymatining bahosi balans qiymati ko‘rsatkichidan kam bo‘lishi mumkin emas.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
110. 75 foizgacha miqdordagi mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlardagi (chet el kapitali ishtirokidagi jamiyatlardan tashqari) ulushlar va mulkiy paylar qiymatini baholash 75 foiz minus bir oddiy aksiya miqdoridagi aksiyalar paketlari qiymatini baholash uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
111. Sho‘ba va tobe xo‘jalik yurituvchi subyektlarga investitsiyalar, 75 foizdan (ichiga olib) ortiq miqdordagi aksiyalar paketlari (qimmatli qog‘ozlar 75 foizdan (ichiga olib) ortiq miqdordagi mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlardagi ulushlar va mulkiy paylar, shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga qo‘yilmalar (ustav fondida ishtirok etish ulushidan qat’i nazar) qiymatini baholash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
S = [(So.s. * I) + (I * 0,1 * I) + (Stmz * I) + Sb.ak] – Sb.o., bu yerda:
S — uzoq muddatli investitsiyalarning hisoblangan qiymati;
So.s. — investitsiyalar kiritilgan korxonalar asosiy vositalarining umumiy balans qoldiq qiymati;
I — korxona asosiy vositalari eskirishining balans bo‘yicha umumiy summasi;
I — narxlarning qimmatlashish indeksi;
(111-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Stmz — tovar-moddiy zaxiralarning balans qiymati (balans satri bo‘yicha umumiy summasi);
Sb.ak. — qolgan barcha (uzoq muddatli va joriy) aktivlarning balans qiymati;
Sb.o. — majburiyatlarning balans qiymati.
112. Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarda uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar qiymatini baholashda baholovchi mazkur qo‘yilmalarning baholash sanasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblangan valyuta qiymatini hisobga olishi lozim.
O‘rnatiladigan uskunalar va tugallanmagan qurilish qiymatini baholash
113. O‘rnatiladigan uskunalar qiymatini baholash “Mashinalar va uskunalar” guruhi bo‘yicha asosiy vositalar qiymatini baholash uchun nazarda tutilgan tartibda, sozlash-ishga tushirish xarajatlarini hisobga olmasdan amalga oshiriladi.
Agar uskuna sotib olingan sanasidan boshlab 5 yildan ortiq bo‘lgan muddatda o‘rnatilmagan bo‘lsa, uning jismoniy va funksional eskirishini inobatga olish zarur:

O‘rnatilmaganlik muddati

Eskirish

5 yildan ortiq

10 yilgacha

10 yildan ortiq

Jismoniy

5 %

10%

Funksional

10 %

15 %

Tashqi

5 %

10 %

O‘rnatilmagan uskunaning qiymatini baholashda baholovchi tomonidan jismoniy, funksional va tashqi eskirish alomatlari aniqlangan taqdirda qiymatga nisbatan jismoniy, funksional va tashki eskirish qo‘llaniladi. Baholovchining mulohazalari baholash to‘g‘risidagi hisobotda (zarur bo‘lganda mutaxassislarning texnik xulosalarini ilova qilgan holda) asoslantirib berilishi kerak.
(113-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
114. Qurilishi tugallanmagan obyektlar (kapital qo‘yilmalar) qiymatini baholash ko‘chmas mulkni baholash uchun nazarda tutilgan tartibda 8-son MBMS va mazkur uslubiy ko‘rsatmalar talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
(114-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/06-sonli (ro‘yxat raqami 2025-2, 19.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 375-modda. 2017-yilning 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
4-§. Qo‘llanilgan yondashuvlar doirasida olingan natijalarni muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini hisoblash
115. Baholash obyekti qiymatining yakuniy natijasi baholashning uch yondashuvi natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati hisoblanmaydi. Har bir yondashuv ahamiyati baholanayotgan mulk turi, baholash maqsadi bilan, shuningdek, mazkur yondashuv daliliy ma’lumotlar bilan qay darajada quvvatlanayotgani bilan belgilanadi. Baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotda o‘zining harakatlariga aniq asoslashlar va tegishli dalillar keltirgan xolda bir (yoki hatto ikki) yondashuv natijalarini hisobga olmaslikka haqli.
116. Qiymatning yakuniy miqdorini hisoblash olingan natijalarni har bir yondashuvning muhimlik darajasini hisobga olgan holda o‘lchash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Muvofiqlashtirish jarayonida baholovchi u yoki bu yondashuv bilan olingan natijaning baholash yakuniy natijasiga ta’siri darajasini belgilaydigan o‘lchov koeffitsiyentlarini tahlil qiladi. Quyidagilar o‘lchov koeffitsiyentlarini baholash uchun (muvofiqligiga ko‘ra) asosiy mezonlar hisoblanadi:
bozorga oid axborotdan foydalanish;
asosiy vositalarning eskirganligi;
baholash obyektining funksionalligi va ixtisoslashuvi;
yer uchastkasi va qo‘shimcha hudud mavjudligi;
baholash obyekti joylashgan yer;
baholash obyektining hajmi;
baholash obyektining sifat turkumi.
117. Muayyan mezonlarni ularga tegishli ko‘rsatkichlarni biriktirish yo‘li bilan baholagach, baholovchi har bir baholash yondashuvi bo‘yicha o‘lchov koeffitsiyentlarini aniqlashi lozim. Mezonlarni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Bozorga oid axborotdan foydalanish.
Xarajat yondashuvi bilan hisoblash uchun:
binolar (inshootlar)ning kamida 30 foizi ularning loyiha-smeta hujjatlaridan foydalangan holda baholanadi;
‎baholash obyekti asosiy vositalarining kamida 30 foizi (binolar, inshootlardan tashqari) bozorga oid axborotdan foydalangan holda baholanadi; ‎
1‎
binolar (inshootlar)ning kamida 60 foizi ularning loyiha-smeta hujjatlaridan foydalangan holda baholanadi;
‎ baholash obyekti asosiy vositalarining kamida 60 foizi (binolar, inshootlardan tashqari) bozorga oid axborotdan foydalangan holda baholanadi; ‎
2‎
binolar (inshootlar)ning kamida 90 foizi ularning loyiha-smeta hujjatlaridan foydalangan holda baholanadi;
‎baholash obyekti asosiy vositalarining kamida 90 foizi (binolar, inshootlardan tashqari) bozorga oid axborotdan foydalangan holda baholanadi. ‎
3‎
Mezonlarning binolar (inshootlar) va boshqa asosiy vositalar bo‘yicha o‘rnatilgan chegaralari mazkur asosiy vositalarning pozitsiyalari miqdori va ularning boshlang‘ich (balans) qiymati summasiga bo‘lgan nisbatdan kelib chiqib qo‘llaniladi.
Baholash obyekti qiymatini xarajat yondashuvi bilan baholash yuqorida ko‘rsatilgan mezonlarga mos kelmagan taqdirda, muvofiqlashtirish jarayonida xarajat yondashuvi bilan hisoblash natijasiga ballar berilmaydi.
Daromad yondashuvi bilan hisoblash uchun:
balansda saqlovchi (emitent) moliyaviy prognozlaridan foydalanilgan‎ 1‎
balansda saqlovchi (emitent) prognozlaridan foydalanishdan tashqari, baholovchi bo‘lg‘usi daromadlarning qo‘shimcha tahlilini amalga oshirgan‎ 2‎
qo‘shimcha tahlilni amalga oshirish va balansda saqlovchi (emitent) prognozlaridan foydalanishdan tashqari, ixtisoslashgan moliyaviy institutlar va boshqa tashkilotlar tayyorlagan prognozlar haqidagi axborotdan foydalanilgan‎ 3‎
Qiyosiy yondashuv bilan hisoblash uchun:
3 analog bilan bitimlar haqidagi bozorga oid axborotdan foydalanilganda ‎ 1‎
4—6 analog bilan bitimlar haqidagi bozorga oid axborotdan foydalanilganda‎ 2‎
6 dan ortiq analoglar bilan bitimlar haqidagi bozorga oid axborotdan foydalanilganda‎ 3‎
Asosiy vositalarning eskirganligi
Asosiy vositalarning eskirganlik koeffitsiyenti balans bo‘yicha asosiy vositalar eskirish summasining ularning boshlang‘ich balans qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi:

Ko‘rsatkichlar

Xarajat yondashuvi‎

Daromad yondashuvi‎

Qiyosiy yondashuv‎

Baholash sanasida koeffitsiyent 0,5 qiymatidan ortiq‎ 1‎ 3‎ 2‎
Baholash sanasida koeffitsiyent 0,2 dan 0,5 gacha (ichiga olib) natija beradi‎ 2‎ 3‎ 1‎
Baholash sanasida koeffitsiyent qiymati 0,2 dan past‎ 3‎ 2‎ 1‎
Baholash obyektining funksionalligi va ixtisoslashuvi:

Ko‘rsatkichlar

Xarajat yondashuvi‎

Daromad yondashuvi‎

Qiyosiy yondashuv‎

Ko‘p miqdorda kapital qo‘yilmalarsiz qayta ixtisoslashtirish imkoniyati mavjud emas‎ 3‎ 1‎ 2‎
Baholash obyekti oz miqdorda xarajatlar bilan qayta ixtisoslashtirilishi mumkin‎ 1‎ 3‎ 2‎
Yer uchastkasi va qo‘shimcha hudud mavjudligi:

Ko‘rsatkichlar

Xarajat yondashuvi‎

Daromad yondashuvi‎

Qiyosiy yondashuv‎

Hududning yarmidan ko‘prog‘i imoratlar bilan band etilgan‎ 3‎ 1‎ 2‎
Hududning yarmidan kamrog‘i imoratlar bilan band etilgan‎ 2‎ 3‎ 1‎
Hududning yarmidan kamrog‘i imoratlar bilan band etilgan, shuningdek, alohida joylashgan qo‘shimcha hudud mavjud‎ 1‎ 3‎ 2‎
Baholash obyekti joylashgan yer:

Ko‘rsatkichlar

Xarajat yondashuvi‎

Daromad yondashuvi‎

Qiyosiy yondashuv‎

Baholash obyekti viloyat markazida (shu jumladan Toshkent shahrida) yoki viloyatga bo‘ysinuvchi shaharda joylashgan‎ 3‎ 2‎ 1‎
Baholash obyekti tuman markazida yoki tumanga bo‘ysinuvchi shaharda joylashgan‎ 2‎ 3‎ 1‎
Baholash obyekti qishloqda, tog‘li hududda, boshqa uzoq va ovloq hududda joylashgan‎ 2‎ 1‎ 3‎
Baholash obyektining hajmi:

Ko‘rsatkichlar

Xarajat yondashuvi‎

Daromad yondashuvi‎

Qiyosiy yondashuv‎

Baholash obyekti 100 foizli aktiv yoki nazorat elementlariga ega (aksiyalarning nazorat paketlari va ulushlarga)‎ 3‎ 2‎ 1‎
Baholash obyekti nazorat elementlariga ega emas (aksiyalarning nazorat paketlari va ulashlarga)‎ 2‎ 3‎ 1‎
Baholash obyektining sifat turkumi:

Ko‘rsatkichlar

Xarajat yondashuvi‎

Daromad yondashuvi‎

Qiyosiy yondashuv‎

Baholash obyektining texnik mansubligi — industrial‎ 3‎ 2‎ 1‎
Baholash obyektining texnik mansubligi — noindustrial‎ 2‎ 3‎
118. Turli yondashuvlar bilan olingan baholash natijalarining amalga oshirilgan tahlili asosida baholovchi asosiy mezonlar bo‘yicha har bir yondashuv uchun o‘lchovlarni aniqlaydi.
№‎

Mezonlar‎

Xarajat yondashuvi‎ Daromad yondashuvi‎ Qiyosiy yondashuv‎
1.‎ Bozorga oid axborotdan foydalanish‎ S1z S1d S1s
2.‎ Asosiy vositalarning eskirganligi‎ S2z S2d S2s
3.‎ Baholash obyektining funksionalligi va ixtisoslashuvi‎ S3z S3d S3s
4.‎ Yer uchastkasi va qo‘shimcha hudud mavjudligi‎ S4z S4d S4s
5.‎ Baholash obyekti joylashgan yer‎ S5z S5d S5s
6.‎ Baholash obyekti hajmi‎ S6z S6d S6s
7.‎ B�holash obyektining sifat turkumi‎ S7z S7d S7s
Barcha mezonlar bo‘yicha ballar yig‘indisi‎ Σ Si z, i=1-7 Σ Si d, i=1-7 Σ Si s, i=1-7
Barcha yondashuvlar bo‘yicha ballar yig‘indisi‎ S = Σ Si z + Σ Si d + Σ Si s
Tegishli yondashuvlar bo‘yicha solishtirma o‘lchov koeffitsiyentlari‎
119. Baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdori tegishli ravishda turli yondashuvlar bilan olingan hisoblash natijalariga tegishli o‘lchov koeffitsiyentlari qo‘llanilganidan keyin yondashuvlarning natijalarini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi:
S = γz * Kz + γd * Kd + γs * Ks, bu yerda:
S — baholash obyekti qiymatining muvofiqlashtirilgan yakuniy miqdori;
γz, d, s — baholash obyekti qiymatini xarajatga oid, daromadga oid va qiyosiy yondashuvlar bilan hisoblash natijalari.
120. Baholash obyektining yakuniy qiymati yagona kattalik sifatida ifodalanadi.
VII-bob. Baholash to‘g‘risidagi hisobotni tuzish
121. Baholash to‘g‘risidagi hisobot baholovchining baholash obyekti qiymati xususidagi yig‘ilgan axborot va hisoblashlar asosida tasdiqlangan xulosasini o‘z ichiga olgan hujjatdir.
Baholashni amalga oshirish vaqtida baholovchi baholash obyektining bozor qiymatidan farq qiluvchi boshqa qiymatini aniqlagan bo‘lsa, baholash obyektining bozor qiymatini aniqlashdan chetga chiqish sabablari baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilishi va baholash obyektini baholash jarayoni aks ettirilishi lozim.
122. Baholash to‘g‘risidagi hisobotni tuzishda baholovchi quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim:
baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholash obyektining qiymati nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan barcha axborot bayon etilishi kerak;
baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan, baholashni amalga oshirish vaqtida foydalanilgan yoki hisoblashlar natijasida olingan axborot tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
baholash to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni mazkur hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itishi, shuningdek, har xil talqinga yo‘l qo‘ymasligi kerak;
baholash to‘g‘risidagi hisobotda ifodalangan materiallar tarkibi va ketma-ketligi hamda baholash jarayonining tavsifi qiymatni hisoblashni to‘liq tasvirlash imkoniyatini berishi va uni ayni shu natijalarga olib kelishi lozim;
baholash to‘g‘risidagi hisobot baholashni amalga oshirish vaqtida oraliq va yakuniy natijalarni aniqlashda foydalanilmagan axborotni, agar u baholash faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga muvofiq majburiy bo‘lmasa, o‘z ichiga olmasligi kerak.
123. Baholash obyektining turidan, shuningdek baholash maqsadlaridan (qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlardan tashqari) qat’i nazar, baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilish jihatidan quyidagi bo‘limlar va ularning qismlaridan tarkib topishi lozim:
a) I-bo‘lim “Titul varag‘i” — baholash to‘g‘risidagi hisobotning birinchi sahifasi hisoblanadi va hujjatni izlash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Titul varag‘ida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
baholovchi tashkilot nomi;
baholash to‘g‘risidagi hisobotning ro‘yxatga olish raqami;
ishning nomi;
baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilgan sana.
Baholash to‘g‘risidagi hisobot ikki yoki undan ortiq kitobdan iborat bo‘lsa, har bir kitob birinchi kitobning titul varag‘iga muvofiq bo‘lgan va mazkur kitobga daxldor ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan o‘z titul varag‘iga ega bo‘lishi lozim. Kitob raqami titul varag‘ida qo‘yiladi.
b) II-bo‘lim “Mundarija” tegishli sahifalarning raqamlari ko‘rsatilgan barcha bo‘limlar, kichik bo‘limlar, bandlar (agar ular nomlangan bo‘lsa) va ilovalar nomini o‘z ichiga oladi.
Ikki yoki undan ortiq kitobdan iborat bo‘lgan baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilganda ularning har birida o‘z mundarijasi bo‘lishi lozim. Bunda birinchi kitobda baholash to‘g‘risidagi hisobotning kitob raqamlari ko‘rsatilgan umumiy mundarijasi, keyingi kitoblarda — faqat tegishli kitob mundarijasi joylashtiriladi. Birinchi kitobda keyingi kitoblar mundarijasi o‘rniga ularning nominigina ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.
v) III-bo‘lim “Ilova xat (umumlashtiruvchi qism)” buyurtmachiga baholashni amalga oshirish natijalari haqidagi erkin shaklda (ish uslubida) bayon etilgan xabarni o‘z ichiga oladi. Xatda quyidagilar ko‘rsatiladi:
baholashni amalga oshirish uchun asos;
baholash obyektining nomi va joylashgan manzili;
bajarilgan ishlarning qisqacha bayoni;
qiymat aniqlangan sanaga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra baholash obyektining qiymati haqida xulosa;
baholash to‘g‘risidagi hisobot qaysi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarga muvofiq tayyorlangan bo‘lsa, shu hujjatlarga havola;
ilova xat baholash to‘g‘risidagi hisobotga asosan tayyorlangani va faqatgina hisobotning to‘liq matniga bog‘liq ravishda, ya’ni hisobotda qabul qilingan barcha farazlar va cheklashlarni hisobga olgan holda talqin qilinishi mumkinligiga ko‘rsatma.
Ilova xat baholovchi tashkilotning firma blankasida rasmiylashtiriladi, rahbari tomonidan imzolanadi va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(123-bandning “v” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/34-sonli (ro‘yxat raqami 2025-1, 01.06.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 22-son, 255-modda)
g) IV-bo‘lim “Qisqartmalar, shartli belgilar, simvollar, birliklar va atamalar ro‘yxati” baholash to‘g‘risidagi hisobotda qabul qilingan, keng tarqalgan va ta’riflari bilan birga keltirilishi lozim bo‘lgan qisqartmalar, shartli belgilar, simvollar, birliklar, maxsus (professional) atamalarni o‘z ichiga oladi.
Agar qisqartmalar, shartli belgilar, simvollar, birliklar va atamalar baholash to‘g‘risidagi hisobotda ikki martadan kam takrorlangan bo‘lsa, alohida ro‘yxat tuzilmaydi, balki ularga izoh bevosita matnda birinchi marta zikr etilganda beriladi.
d) V-bo‘lim “Kirish” baholash to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanuvchiga baholovchi amalga oshirgan ish natijalari haqida to‘liq axborot olish imkoniyatini beradigan asosiy faktlar va xulosalarning qisqacha bayonini o‘z ichiga oladi. Mazkur bo‘limga quyidagi qismlar kiritilishi lozim:
asosiy faktlar va xulosalar, bu yerda quyidagilar ko‘rsatiladi:
baholash obyekti haqida umumiy axborot;
baholash to‘g‘risida shartnoma nomi, uning raqami va sanasi, taraflarning to‘liq nomi, vakolatli organ qarori (hukumat qarorlari, baholashni amalga oshirish uchun asos hisoblanadigan boshqa hujjatlar);
turli yondashuvlarni qo‘llash yo‘li bilan olingan baholash natijalari;
baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdori;
baholash to‘g‘risidagi hisobotga so‘nggi tuzatish kiritilgan va hisobot taqdim etilgan ko‘rinishda rasmiylashtirilgan kalendar sanaga muvofiq bo‘lgan baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilgan sana;
hisobotning tartib raqami;
baholash haqida vazifa,. u mazkur uslubiy ko‘rsatmalar talablariga muvofiq axborotni o‘z ichiga olishi lozim;
baholash buyurtmachisi haqida (nomi, yuridik manzili), baholovchi tashkilot haqida (tashkiliy-huquqiy shakli, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi hujjatdagi kabi to‘liq nomi, identifikatsion ma’lumotlar (davlat reyestridagi qayd raqami, STIR va h.k.), yuridik manzili (agar manzillar bir nechta bo‘lsa, ularning hammasi ko‘rsatiladi), fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash haqidagi ma’lumotlar, baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziya raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati; bank rekvizitlari) va baholovchi tashkilot bilan mehnat shartnomasiga binoan ishlaydigan baholovchi haqida (familiyasi, ismi, otasining ismi, baholashni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat raqami va berilgan sanasi, mehnat shartnomasi raqami va sanasi) ma’lumotlar. Shuningdek, baholashni amalga oshirish va baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashga jalb qilingan barcha tashkilotlar va mutaxassislar haqida axborot ularning malakasi va baholash obyektini baholashni amalga oshirishda ularning ishtirok etish darajasini ko‘rsatgan holda keltirilishi lozim;
baholash natijalariga ta’sir ko‘rsatgan farazlar va cheklovchi shartlar. Xususiylashtirish maqsadida mulkni baholashga nisbatan farazlar va cheklovchi shartlar ro‘yxati quyidagicha bo‘lishi mumkin:
mazkur hisobot to‘la hajmda va unda ko‘rsatilgan maqsadlardagina ishonchlidir;
baholovchi tashkilot baholash obyektiga bo‘lgan huquqlarning yuridik tavsifi uchun javobgar bo‘lmaydi. Baholanayotgan huquqlar, baholash to‘g‘risidagi hisobotda aytib qo‘yilgan cheklashlardan tashqari, har qanday e’tirozlar yoki cheklashlardan holi deb qaraladi;
baholovchi, baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan omillardan tashqari, baholash natijalariga ta’sir etadigan yashirin omillarning yo‘qligini nazarda tutadi. Baholovchi tashkilot bunday omillarning mavjudligi va ularni aniqlash zaruriyati uchun javobgar bo‘lmaydi;
baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashda foydalangan dastlabki ma’lumotlar ishonchli manbalardan olingan bo‘lishi va haqqoniy deb hisoblanishi lozim. Baholovchi tashkilot ularning mutlaqo aniqligini kafolatlay olmaydi, shu bois baholash to‘g‘risidagi hisobotda axborot manbalariga havolalar keltirilishi lozim;
baholovchi tashkilot ushbu sanadan keyin vujudga kelishi va baholash obyektining bozor qiymatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy, yuridik va boshqa omillarning o‘zgarishi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi;
buyurtmachi ham, baholovchi tashkilot ham baholash to‘g‘risidagi hisobotdan faqat baholash to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan tartibda foydalanishlari mumkin;
baholash to‘g‘risidagi hisobot baholovchi tashkilotning obyekt qiymati xususidagi fikrini o‘z ichiga oladi va obyekt erkin bozorda obyektning mazkur baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan qiymatiga teng bo‘lgan narxda sotilishini kafolatlamaydi;
baholash faoliyatining qo‘llanilayotgan standartlari, bu yerda 8-son Mulkni baholash Milliy standartidan, baholash obyektini baholashni amalga oshirishda qo‘llaniladigan boshqa standartlardan foydalanilgani haqida axborot keltirilishi lozim.
e) VI-bo‘lim “Asosiy qism” quyidagi majburiy qismlarni o‘z ichiga olishi lozim:
baholash jarayoni bosqichlari, bu yerda baholovchi o‘zi bajargan ishlar ketma-ketligini bosqichma-bosqich bayon etadi. Har bir bosqichda baholash obyektini baholash bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi (bajarilgan ishlarning oddiy ro‘yxatini keltirishga yo‘l qo‘yiladi). Amalga oshirilgan tahlil va hisoblashlarning batafsil tavsifi baholash obyektining xususiyatlari, baholash vazifasi va mavjud axborot hajmiga muvofiq navbatdagi qismlarda keltiriladi;
baholash obyektining tavsifi (uni identifikatsiya qilish) ,. bu yerda baholash obyektini ko‘zdan kechirish, dastlabki va huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, baholash obyektining texnik, moliyaviy, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bunda, baholovchi baholash obyekti haqidagi barcha moliyaviy va texnik axborotni, qo‘shimcha yuklamalar va cheklashlar, baholash obyektidan joriy foydalanish haqidagi ma’lumotlarni va baholash obyektiga taalluqli bo‘lgan, uning qiymatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadigan boshqa omillar va ko‘rsatkichlarni yoritib beradi.
Amalga oshirilgan ko‘zdan kechirishning barcha natijalarini baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotda bosqichma-bosqich bayon etadi. Ko‘chmas mulkning hajmiy-rejalashtirish ko‘rsatkichlarini o‘lchash amalga oshirilganida, biron-bir parametr qiymatini tasdiqlash yoki belgilash zaruriyati tug‘ilgan holda, baholovchi buni baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatib o‘tadi.
Baholovchi baholashni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish jarayonini ham axborotni olishning aniq manbalarini ko‘rsatgan holda baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiradi. Baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholovchi baholash obyektini baholashda foydalanilgan (buyurtmachi, balansda saqlovchidan va boshqa manbalardan olingan) barcha hujjatlarni ularning nomi, raqami, sanasini va hujjatni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sanab o‘tadi.
Buyurtmachi yoki uning vakili so‘ralayotgan axborotni taqdim etishdan bosh tortgani baholash natijalarining aniqligi va (yoki) haqqoniyligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, bu holat baholash to‘g‘risidagi hisobotda qayd etiladi.
Baholash obyektining tavsifi baholash to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanuvchi baholash obyekti haqida baholanayotgan mulkning qiymatiga ta’sir etadigan barcha jihatlardan aniq tasavvur hosil qilishi uchun imkoniyat yaratishi lozim;
baholash obyekti bozorining tahlili baholash obyektiga bevosita taalluqli bo‘lmagan, lekin uning qiymatiga ta’sir etadigan barcha omillar tahlilini o‘z ichiga olishi lozim. Ushbu bo‘limda baholash obyekti qiymatini aniqlashda foydalanilgan narxni shakllantiruvchi barcha omillar haqida axborot keltirilishi va ularning qiymatlari asoslanishi lozim.
Baholovchi baholash obyektining mintaqadagi holatini (maqomini) belgilovchi vaziyatga umumiy tavsif beradi. Bozorning faolligi o‘xshash obyektlarning talab va taklifi hajmi va dinamikasi nuqtai nazaridan, ochiqlik darajasi hamda baholash obyektining jozibadorligi yoki noyobligini belgilovchi boshqa ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Chiqarilgan tahliliy xulosalarni quvvatlovchi miqdor va sifatga oid barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Tarmoq tavsifi tarmoq hajmi va tuzilishi, bozorning asosiy ishtirokchilari va tarmoqning rivojlanish istiqbollari tahlilini o‘z ichiga oladi.
Ko‘rib chiqilayotgan ko‘rsatkichlarning aniq ro‘yxati har bir holda bajarilayotgan baholashning asosiy vazifalariga mos kelishi, baholash to‘g‘risidagi hisobot ortiqcha axborot bilan yuklanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Bozordagi vaziyat tahlili natijasi baholash obyektining bozordagi tutgan o‘rni haqida aniq tasavvur hosil qiladi. Bunda, baholovchi mazkur holatni aniqlashda qaysi mezonlarga amal qilganini ko‘rsatadi;
eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlili,. bu yerda baholovchi baholash obyektidan foydalanish natijasida uning qiymatini mumkin qadar oshirish imkoniyati haqidagi o‘z mulohazalarini bayon etadi va ularni asoslaydi.
Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlili muqobil foydalanish variantlarini tanlashni nazarda tutadi,. shu tufayli ham baholash obyektining funksional yo‘nalishi, konstruktiv yechimlarning to‘liq yoki qisman o‘zgarishi, huquqlar tarkibi va boshqa parametrlar o‘zgarishi mumkinligini hisobga olib variantlar ro‘yxatini keltirish lozim.
Baholovchi foydalanilgan barcha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ham baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirishi darkor;
baholash jarayoni tavsifi baholash obyekti qiymatini aniqlashning baholash to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanuvchiga baholash jarayoni mantiqini va baholovchi baholash obyekti qiymatini aniqlash yo‘lida tashlagan qadamlarning muhimligini tushunish imkoniyatini beruvchi ketma-ketligini o‘z ichiga olishi lozim.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholovchi xarajat, qiyosiy va daromad yondashuvlari doirasida qo‘llagan usullarning tanlanishi asoslangan bo‘lishi kerak. Baholovchi baholash obyektini baholashga nisbatan muayyan yondashuvni qo‘llashdan voz kechilganligi sabablarini dalillar bilan asoslab berishi lozim.
Har bir yondashuv doirasida baholovchi o‘zi qilgan barcha tahlillar, hisoblashlar, fikr-mulohazalar, farazlar va cheklashlarni keltiradi. Qabul qilingan yondashuvlar doirasida baholash usullarini qo‘llab baholashni amalga oshirishda baholovchining har bir harakati lozim darajada asoslangan bo‘lishi kerak.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda hisoblashlar tavsifi keltirilishi, hisoblashlarga baholovchi baholashni amalga oshirish vaqtida qo‘llanilgan yondashuvlar va usullar doirasida olgan yoki ko‘rsatgan xulosalar va natijalarni tekshirish imkoniyatini ta’minlovchi tushuntirishlar berilishi lozim.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda, shuningdek, baholovchi fikriga ko‘ra baholash obyekti qiymatini hisoblashning u qo‘llagan usulini to‘la aks ettirish uchun muhim hisoblangan har qanday ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin.
j) VII-bo‘lim “Xulosa” quyidagi qismlardan tarkib topishi lozim:
turli yondashuvlar yordamida olingan baholash natijalarini muvofiqlashtirish. Baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotda muvofiqlashtirish tartibining tavsifini, qo‘llanilgan yondashuvlarning yaroqliligi, aniqligi va asosliligi borasida tanlangan mezonlar ahamiyatining tavsifini keltirishi, bu yondashuvlarda dastlabki ma’lumotlardan qay darajada foydalanilishi va baholash obyektining yakuniy qiymatiga olib kelishini ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Baholash yondashuvlarining har biri bilan olingan natijalar o‘rtasidagi jiddiy tafovut uning ehtimol tutilgan sabablari xususidagi asoslantirilgan sharhlar bilan tushuntirilishi kerak.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotdan baholash obyekti bozor qiymatining yakuniy ko‘rsatkichi qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olishi yoki olmasligi aniq bo‘lishi lozim;
sifat to‘g‘risida bayonot — baholovchining baholash to‘g‘risidagi hisobot amaldagi qonunchilik va foydalanilayotgan baholash standartlari talablariga muvofiq ekanligi haqidagi rasmiy bayonoti. Baholash to‘g‘risidagi hisobotning sifati to‘g‘risidagi bayonotning tarkibiy qismi sanaluvchi qoidalar ro‘yxati quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
mazkur baholash to‘g‘risidagi hisobotda bayon etilgan barcha faktlar to‘g‘ri va haqqoniydir;
amalga oshirilgan tahlil, bildirilgan fikrlar va chiqarilgan xulosalar baholovchilarning o‘ziga qarashli va faqat mazkur baholash to‘g‘risidagi hisobotda aytib qo‘yilgan farazlar va cheklovchi shartlar doirasida haqiqiydir;
baholash obyektida baholovchining joriy manfaatlari ham, bo‘lg‘usi manfaatlari ham mavjud emas va u bitimdan manfaatdor taraflarga nisbatan xolisona va beg‘araz ish ko‘rgan;
baholovchiga to‘lanadigan haq baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdoriga, shuningdek, buyurtmachi yoki uchinchi taraf mazkur baholash to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanishi natijasida yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealarga bog‘liq emas;
tahlil, fikr-mulohazalar va xulosalarni olish, mazkur hisobotni tuzish O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va 8-son MBMS “Xususiylashtirish maqsadida mulkni baholash” talablariga to‘la muvofiq tarzda amalga oshirilgan;
z) VIII-bo‘lim “Foydalanilgan manbalar ro‘yxati” baholash obyektini baholashni amalga oshirishda foydalanilgan ma’lumotlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda foydalanilgan adabiyotlar va axborot manbalariga havolalar hisobot matnida keltirilishi lozim, bu manbalarning nomlari to‘liq ifodalangan ro‘yxat esa hisobotning alohida bo‘limida (ilovada) keltiriladi.
Manbalar jumlasiga quyidagilar kiradi: qonunchilik va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ma’lumotlar va uslubiy adabiyotlar, uslubiy tavsiyalar, ishga oid adabiyotlar, ma’lumotlar bazalari, Internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlar va h.k;
i) IX-bo‘lim “Ilovalar” baholashni amalga oshirishda foydalanilgan bosma shakldagi barcha axborotni (shu jumladan internet-sahifalarni) o‘z ichiga oladi. Baholash to‘g‘risidagi hisobot ilovalarida chetdagi tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar va bunday so‘rovlarga olingan javoblarning nusxalari ham keltirilishi lozim.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotga ilova qilingan barcha hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim (vakolatli shaxs tomonidan imzolangan va hujjatlarni taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak, Internet tarmog‘idan olingan axborotdan tashqari).
Huquqni tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligi baholash to‘g‘risidagi hisobotni haqqoniy emas deb topish uchun bevosita asos hisoblanadi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotga ilovalar baholovchi tashkilot litsenziyasi, baholovchining baholashni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalarini, fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish polisining nusxasi va zarur fotomateriallarni ham o‘z ichiga olishi lozim.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda ilova hujjatlarining to‘liq ro‘yxati keltirilishi lozim.
Baholash to‘g‘risidagi hisobot nusxasini baholovchi tashkilot hisobot tuzilgan sanadan e’tiboran qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlashi lozim.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 474-modda; 2016-y., 22-son, 255-modda; 2017-y., 20-son, 375-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 10/18/2025-3/0833-son; 12.03.2019-y., 10/19/2025-4/2736-son)