Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.09.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QO‘MITASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MULKNI BAHOLASh MILLIY STANDARTI (13-SON MBMS) “INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARI QIYMATINI BAHOLASh”NI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 18-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2371]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ–843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 18-son, 145-modda) va 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-sonli “2011–2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 48-son, 442-modda) qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-dekabrdagi 322-sonli “Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 52-son, 567-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Rais v. b. A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-may,
01/19-18/09-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2012-yil 22-maydagi 01/19-18/09-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash” (keyingi o‘rinlarda 13-son MBMS deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ–843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 18-son, 145-modda) va 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-sonli “2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) qarorlariga muvofiq intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlarni baholash sohasida O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatining normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. 13-son MBMSning maqsadi intellektual mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar qiymatini baholashning tushunchalarini, axborotga qo‘yiladigan talablarni, baholashni amalga oshirish tartibini, baholash yondashuvlari va usullarini, baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarni o‘rnatuvchi normalar va qoidalarni belgilash.
2. 13-son MBMSning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
intellektual mulk obyektlarini baholashning standart tushunchalari va qoidalaridan foydalanish orqali baholovchilar harakatlarining muvofiqligini ta’minlash;
baholashning xolisligi va uning sifatini oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan tartibotlarni belgilash;
boshlang‘ich axborotga, baholash to‘g‘risidagi hisobot mazmuniga va materialni bayon etishga qo‘yiladigan baholash to‘g‘risidagi hisobotlar har xil talqin qilinishini istisno etadigan talablarni belgilash;
intellektual mulk obyektlarini baholashning samarali milliy tizimini shakllantirishga ko‘maklashish.
3. 13-son MBMSda quyidagi atama va tushunchalardan foydalaniladi:
intellektual mulk obyekti (keyingi o‘rinlarda IMO deb yuritiladi) — jismoniy yoki yuridik shaxsning intellektual faoliyatning natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mutlaq huquqi;
nomoddiy aktivlar (keyingi o‘rinlarda NMA deb yuritiladi) — tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan identifikatsiyalanuvchi mol-mulk obyektlari.
II bob. Qo‘llanish sohasi
4. Quyidagi obyektlar 13-son MBMS qoidalari tatbiq etiladigan baholash obyektlari hisoblanadi:
fan, adabiyot va san’at asarlari;
ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari;
ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar;
elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;
integral mikrosxemalar topologiyasi;
seleksiya yutuqlari;
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau, geologik va tabiiy muhit haqidagi boshqa tijorat axboroti);
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi tarkibida firma nomlari;
tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, shuningdek tovar chiqarilgan joy nomlari.
IMOga yoki NMAga bo‘lgan huquqlarni sotib olish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan litsenziya, mualliflik yoki boshqa shartnomalar bilan muhofazalangan boshqa NMA va IMOlar ham baholash obyektlariga kiritilishi mumkin.
5. Baholash obyektlari qiymati ularga bo‘lgan mulkiy huquqlar, ularga boshqa shaxslar talablarining yuklanishi va cheklashlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
6. 13-son MBMS baholash tashkilotlari, baholovchilar hamda baholash xizmatlarining buyurtmachilari uchun mo‘ljallangan hamda NMA va IMO qiymatini baholash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda hamda NMA va IMO qiymatini baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazishda qo‘llanilishi majburiy.
7. 13-son MBMSni amaliyotda qo‘llashda 13-son MBMSning ilovasida keltirilgan Uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanish lozim.
III bob. Buxgalteriya hisobi standartlari bilan aloqadorlik
8. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari nomoddiy aktivlarni hisobga olish tartibini va ularni bunday deb e’tirof etish uchun nomoddiy aktiv mos bo‘lishi shart bo‘lgan mezonlarni belgilaydi.
9. Baholash amaliyotida “NMA va IMOning eskirishi” atamasini buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan NMA va IMOning “amortizatsiyasi” atamasidan mazmuni bo‘yicha farqlash zarur.
Buxgalteriya hisobida NMAning qiymati ulardan nazarda tutilayotgan foydalanish muddati mobaynida taqsimlanishi lozim. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan “amortizatsiya” atamasi NMAning eskirishi yoki uning bozor qiymatining pasayishi deb emas, balki NMAning qiymatini ularning foydali ishlashi vaqti mobaynida hisobdan chiqarilishi deb tushuniladi.
10. Baholash va buxgalteriya hisobi standartlaridagi tafovutlar, shuningdek, mulkni baholashda qo‘llaniladigan qiymatning puldagi ifodasi tarixiy fakt emas, balki NMA va IMOning vaqtning aniq bir paytidagi foydaliligi bahosi ekanligidan iborat. Bu baho u yoki bu bitimlarda qayd etilgan va buxgalteriya hisobi tizimida aks ettirilgan real narxlardan farq qilishi mumkin.
IV bob. Standart talablari
11. NMA va IMOning qiymatini baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
baholashga oid vazifani belgilash va baholash obyektini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish;
baholash obyektini identifikatsiya qilish;
axborotni yig‘ish va uni tahlil qilish;
baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash;
turli baholash yondashuvlarini qo‘llashda olingan natijalarni muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash;
baholash to‘g‘risida hisobot tuzish.
1-§. Baholashga oid vazifani belgilash
12. Baholashga oid vazifa buyurtmachi tomonidan baholash tashkiloti bilan hamkorlikda tuziladi va baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
Baholashga oid vazifa quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
baholash obyektining nomi;
huquq egasining nomi;
baholash sanasi;
baholash maqsadi (maqsadlari) va baholash natijalaridan foydalanish mo‘ljali;
baholash maqsadiga muvofiq bo‘lgan qiymat turi;
farazlar va cheklovchi shartlar;
buyurtmachi yoki boshqa vakolatli shaxs taqdim etishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich axborot ro‘yxati;
baholash ishlarini bajarish muddatlari.
Baholash maqsadi va baholash obyektining xususiyatlariga qarab baholashga oid vazifa qo‘shimcha shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
13. NMA va IMOning qiymatini baholashda baholash obyektining bozor qiymati aniqlanishi zarur, agarda baholash to‘g‘risidagi shartnoma yoki normativ-huquqiy hujjatga muvofiq o‘zgacha tartib o‘rnatilgan bo‘lmasa. Bozor qiymatidan farq qiluvchi boshqa qiymatni aniqlash zarur bo‘lgan hollarda, aniqlanayotgan qiymatning qo‘llanish sabablari va uning bozor qiymatidan farqi baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilishi va izohlanishi lozim.
Baholash obyektining bozor qiymati oldi-sotdi bitimini tuzish xarajatlari va bitim bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlarni hisobga olmasdan aniqlanadi.
2-§. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
14. Baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi taqdim etilgan hujjatlarning baholash obyekti va unga bo‘lgan huquqlarning haqiqiy holatiga muvofiqligini aniqlaydi. Shuningdek, baholash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan farazlar va cheklovchi shartlar tahlili amalga oshiriladi.
15. Baholash obyektini identifikatsiya qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
baholash obyekti va unga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarning mavjudligi faktini aniqlash;
baholash obyektiga bo‘lgan mulkiy huquqlarning turini aniqlash;
baholash obyektidan foydalanishning maqsadlarini, usullarini va boshqa muhim faktlarini aniqlash;
foydalanish boshlanadigan sanani aniqlash.
16. Baholash obyektini identifikatsiya qilish yakunlari bo‘yicha baholash tashkiloti tomonidan buyurtmachi bilan hamkorlikda baholash obyektining identifikatsiya varaqasi (boshlang‘ich ma’lumotlar varaqasi) tuziladi va tasdiqlanadi.
3-§. Axborotni yig‘ish va tahlil qilish
17. Baholovchi baholash yondashuvlari va usullarini asosli ravishda tanlash va qo‘llash uchun zarur va yetarli bo‘lgan hajmda baholash obyekti to‘g‘risida axborot va bozor haqida axborotni yig‘ish va tahlil qilishni amalga oshiradi.
18. Quyidagilar baholash obyekti haqidagi axborot manbalari hisoblanadi:
buyurtmachi yoki o‘zga vakolatli shaxs tomonidan taqdim etiladigan boshlang‘ich axborot;
baholash obyekti bilan tanishish jarayonida hamda baholash obyektiga bo‘lgan huquq egasi va (yoki) foydalanuvchisi bilan suhbatlashish natijalariga ko‘ra olingan axborot;
uchinchi shaxslardan olingan, shuningdek ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e’lon qilingan chop etilgan axborot.
19. Boshlang‘ich axborot quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim:
baholash obyekti to‘g‘risida ushbu obyektni bir xilda identifikatsiya qilish imkonini beruvchi, shu jumladan NMA va IMO biriktirilgan moddiy tashuvchisining tavsifi to‘g‘risidagi ma’lumot;
baholash obyektining huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumot;
NMA va IMO ni yaratishga sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumot;
NMA va IMO keltiradigan afzalliklar to‘g‘risidagi ma’lumot;
NMA va IMO dan foydalanishdan keladigan daromad to‘g‘risidagi ma’lumot;
baholash obyektidan foydalanishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumot.
NMA va IMO huquq egasining moliya xo‘jalik faoliyati bo‘yicha hisobotlari.
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab, baholovchi boshlang‘ich axborot ro‘yxatini kengaytirishi yoki baholashni o‘tkazish jarayonida kerakli axborotni talab qilib olishi mumkin.
20. Baholovchi qo‘shimcha ravishda NMA va IMO mansub bo‘lgan bozor/bozor segmenti to‘g‘risidagi axborotni yig‘ishi va tahlil qilishi lozim.
21. Baholashni o‘tkazishda baholash obyektlarining xususiyatlari va ulardan foydalanish bilan bog‘liq barcha alohida holatlar va cheklovlar aniqlanishi zarur.
4-§. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash
22. Baholash obyektini baholashdan o‘tkazishda baholovchi baholashning daromad, qiyosiy va xarajat yondashuvlaridan foydalanishi (yoki foydalanishdan voz kechish sabablarini asoslashi) lozim.
23. Har bir baholash yondashuvi doirasida 13-son MBMSda belgilangan usullarni tanlash baholovchi tomonidan baholash maqsadi, baholash obyektining xususiyatlari, cheklovchi shartlar, axborot bazasi mavjudligi va uning to‘liqligini hisobga olgan holda mustaqil tarzda amalga oshiriladi.
24. Baholash obyekti qiymatini daromad yondashuvi bilan baholash uchun baholovchi tomonidan baholash obyektidan kutilayotgan daromadlarni baholash sanasidagi qiymatning yagona miqdoriga aylantirishga asoslangan quyidagi usullardan biri qo‘llanadi:
to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli;
pul oqimlarini diskontlash usuli.
25. NMA va IMOdan foydalanishdan daromad (foyda) olinganda daromad yondashuvidan foydalanish mumkin. NMA va IMO huquq egasining ulardan foydalanish huquqini vaqtning muayyan davrida boshqa shaxslarga berishi natijasida olinadigan pul tushumlari va pul xarajatlari (keyingi o‘rinlarda pul oqimlari deb yuritiladi) o‘rtasidagi farq NMA va IMOdan foydalanishdan olinadigan daromad hisoblanadi.
26. Vaqtning teng davrlari mobaynida NMA va IMOdan foydalanishdan miqdor bo‘yicha o‘zaro teng bo‘lgan yoki bir xil sur’atlarda o‘zgaradigan pul oqimlarini keltiradigan baholash obyektlari uchun qiymatning miqdori kelgusidagi pul oqimlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli bilan aniqlanadi.
27 Bozor qiymatini to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli bilan aniqlash quyidagi bosqichlardan iborat:
baholash obyektidan foydalanish orqali hosil bo‘ladigan pul oqimlarini aniqlash;
baholash obyektidan foydalanishdan olinadigan pul oqimlarini kapitallashtirishning tegishli stavkalari miqdorini aniqlash;
baholash obyektidan foydalanishdan olinadigan pul oqimlarini kapitallashtirish yo‘li bilan baholash obyektining bozor qiymatini hisoblab chiqish.
28. NMA va IMO dan foydalanishdan keladigan pul oqimlari bir maromda bo‘lmagan taqdirda qiymat miqdori pul oqimlarini diskontlash usuli bilan aniqlanadi.
29. Bozor qiymatini pul oqimlarini diskontlash usuli bilan aniqlash quyidagi bosqichlardan iborat:
baholash obyektidan foydalanishdan olinadigan pul oqimlarining miqdori va tuzilmasini aniqlash;
diskontlashning tegishli stavkasi miqdorini aniqlash;
baholash obyektidan foydalanish bilan bog‘liq barcha pul oqimlarini diskontlash yo‘li bilan baholash obyektining bozor qiymatini hisoblab chiqish.
30. NMA va IMOdan foydalanishdan olinadigan daromad (pul oqimlari)ni tuzish uchun baholovchi tomonidan quyidagi usullardan biri qo‘llaniladi:
a) baholanayotgan obyektdan foydalanishdan haqiqiy texnik-iqtisodiy samara olinayotganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan holatlar uchun:
foydadagi ustunlik usuli;
sotish hajmidagi ustunlik usuli;
tannarxdan yutish usuli;
haqiqiy litsenziya to‘lovlarini hisoblash usuli;
foydalanish xarajatlarini tejash usuli;
b) baholanayotgan obyektdan foydalanishdan haqiqiy texnik-iqtisodiy samara olinayotganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan holatlar uchun:
royaltidan ozod qilish usuli;
litsenziat foydasida litsenziar ulushini ajratish usuli;
ekspert orqali foyda ulushini ajratish usuli.
31. NMA va IMOdan yaratilayotgan pul oqimlari uchun kapitallashtirish stavkasi NMA va IMOni sotib olish uchun investitsiya qilingan kapital va bu kapitalning qaytishini diskontlash (kapitaldan unum) stavkasi miqdorini hisobga olishi zarur.
32. Diskontlash stavkasi quyidagi usullardan biri bilan hisoblab chiqiladi:
kumulyativ tuzish usuli;
kapitalning o‘rtacha o‘lchangan qiymati usuli;
kapital aktivlarni baholash usuli.
33. Qiyosiy yondashuv o‘xshash turdagi NMA va IMOlar faol sotilayotgan va xarid qilinayotgan samarali faoliyat ko‘rsatuvchi bozor tamoyiliga asoslangan. Qiyosiy yondashuv baholash obyektiga o‘xshash obyektlar bo‘yicha tuzilgan bitimlarga oid ma’lumotlarini qiyoslashni nazarda tutadi.
34. Qiyosiy yondashuvda baholash obyekti bozorda sotilgan shunga o‘xshash obyektlar bilan solishtiriladi.
Qiyosiy yondashuvni qo‘llash baholash obyekti o‘xshashlarining (keyingi o‘rinlarda analoglar deb yuritiladi) narxlari haqidagi ishonchli va to‘liq axborot hamda ular bilan amalga oshiriladigan bitimlarning haqiqiy shartlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda bitimlar narxlari, taklif va talab haqidagi axborotdan foydalanilishi mumkin.
35. Baholash obyektining qiymatini qiyosiy yondashuv usuli bilan baholashda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
sotib olish qiymati usuli;
sotuvlarni qiyosiy tahlil qilish usuli.
36. Qiyosiy yondashuv bilan baholash obyektining qiymatini aniqlash quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
baholash obyektini analoglari bilan taqqoslashni amalga oshiriladigan elementlarini (keyingi o‘rinlarda taqqoslash elementlari deb yuritiladi) aniqlash;
baholash obyektidan har bir analogning har bir taqqoslash elementi bo‘yicha tavsifi va farqlari darajasini aniqlash;
baholash obyektidan har bir analogning taqqoslash elementlari bo‘yicha tegishli tavsiflari va farqlari darajasiga mos ravishda analoglar narxlariga tuzatishlarni aniqlash;
har bir analogning har bir taqqoslash elementlari bo‘yicha narxini uning baholash obyektidan farqi bo‘yicha tuzatish;
analoglarining tuzatishlar kiritilgan narxlarini asoslangan holda umumlashtirish orqali baholash obyekti qiymatini hisoblash.
37. Taqqoslash elementlariga o‘zgarib turishi baholash obyekti qiymatiga va analog obyektlarga oid bitimlar bozorida vujudga kelgan tavsiflarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Quyidagilar qiyoslash uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng muhim taqqoslash elementlari hisoblanadi:
baholash obyekti va analogga nisbatan baholanayotgan mulkiy huquqlarning hajmi;
baholash obyekti va analogiga oid bitimlarni moliyalashtirish shartlari (shaxsiy va qarzga olingan mablag‘larning nisbati, qarz mablag‘larini taqdim etish shartlari);
analog bilan bitim tuzish sanasidan boshlab baholashni o‘tkazish sanasiga qadar davrda baholash obyekti narxlarining o‘zgarishi;
baholash obyekti va analogdan foydalanilgan yoki foydalaniladigan soha;
baholash obyekti va analogga taqdim etiladigan huquqlar amal qiladigan hudud;
baholash obyekti va analogning funksional, texnologik, iqtisodiy tavsiflari;
baholash obyekti va analogdan foydalanish orqali ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotga bo‘lgan talab;
baholash obyekti va analogdan foydalanish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (ish, xizmat) sotishning hajmi;
baholash obyekti va analogdan foydalanish muddati;
baholash obyekti va analogni o‘zlashtirishga qilingan xarajatlar;
baholash obyekti va analog bilan bog‘liq bitimlarni tuzishdagi to‘lov shartlari;
baholash obyekti va analog bilan bog‘liq bitimlar tuzish holatlari.
38. Xarajat yondashuvining asosida NMA va IMOning qiymatini ularni qayta tiklash xarajatlarini hisobga olish yo‘li bilan eskirish xarajatlarini chegirib tashlagan holda daromad hajmini (agar, NMA va IMOning tavsifi bunday qayta tiklanishga yo‘l qo‘ysa) inobatga olgan tarzda aniqlash yotadi.
Xarajat yondashuvi — baholash obyektining eskirishini hisobga olib, uni tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni aniqlashga asoslangan baholash obyektining qiymatini baholash usullari majmuidir. Ushbu mol-mulkning o‘rnini bosuvchisi sifatida aslining nusxasi bo‘lgan yoki bir xilda foydali bo‘la oladigan boshqa mol-mulkni yaratish imkoniyati taxmin qilinadi.
Agar tiklash baholanayotgan NMA va IMOni to‘la takror ishlab chiqilishini nazarda tutsa, takror ishlab chiqish xarajatlari qiymati usuli qo‘llaniladi. Agar baholanayotgan obyekt kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan boshqa NMA va IMO mavjud bo‘lsa, uni shartli ravishda baholanayotgan obyektning analogi deb hisoblash va almashtirish qiymati usulini qo‘llash mumkin.
39. Quyidagilar xarajat yondashuvining asosiy usullari hisoblanadi:
yaratish qiymati usuli;
takror ishlab chiqish xarajatlari qiymati usuli;
almashtirish qiymati usuli.
Xarajat yondashuvi usullarini qo‘llash NMA va IMOning tashkilot foydasiga qo‘shadigan hissasi NMA va IMOni tiklashga sarflanadigan xarajatlardan ortib ketishini nazarda tutadi.
40. NMA va IMOni xarajat yondashuvi asosida baholashda xarajatlarning quyidagi turlarini inobatga olish lozim:
NMA va IMOga bo‘lgan mulkiy huquqlarni olish xarajatlari;
NMA va IMOni yaratish xarajatlari, shu jumladan laboratoriya tadqiqotlari, ilmiy-tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik, loyiha-qidiruv ishlari sarf-xarajatlari;
baholash obyektini yaratish ishlarida ishtirok etadigan tashkilot asosiy fondlarining amortizatsiya xarajatlari;
NMA va IMOni ishlab chiqarishda foydalanishga tayyor holatga yetkazish xarajatlari;
NMA va IMOdan foydalanish orqali tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarishni tashkil etish yoki NMA va IMOni sotish xarajatlari;
NMA va IMOni huquqiy va boshqa xil muhofazalash xarajatlari;
boshqa ehtimoliy xarajatlar.
41. Xarajatli yondashuv bilan NMA va IMOni baholashda quyidagi ishlar bajariladi:
baholash sanasida NMA va IMOni yaratish, sotib olish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlar aniqlanadi;
NMA va IMOning eskirish miqdori aniqlanadi;
tadbirkorning foydasi aniqlanadi;
NMA va IMOning qiymati tadbirkorning foydasiga ko‘paytirilgan xarajatlar miqdori va eskirish miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
5-§. Qo‘llanilgan baholash yondashuvlari natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash
42. Baholovchi baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash uchun qo‘llanilgan yondashuvlar doirasida olingan natijalarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Turli xil yondashuvlar bilan olingan baholash natijalari o‘rtasida jiddiy tafovut mavjud bo‘lsa, baholovchi olingan tafovut sabablarining tahlilini baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirishi lozim. Baholash natijasining yuqori chegarasidan 30 foizdan ortiq qiymatga ega bo‘lgan tafovut jiddiy tafovut deb hisoblanishi lozim.
43. Muvofiqlashtirish, qoida tariqasida, turli baholash yondashuvlari bilan olingan baholash natijalari uchun solishtirma o‘lchovlarni aniqlash orqali amalga oshiriladi, bunda baholovchi:
baholash maqsadini va baholash natijalaridan foydalanish mo‘ljalini;
baholash obyektining xususiyatini;
qiymat turini;
baholash yondashuvlarini qo‘llashda foydalanilgan axborot hajmi va sifatini inobatga olishi lozim.
44. Muvofiqlashtirish usuli va solishtirma o‘lchovlarning tanlanishi, shuningdek bunda baholovchining barcha mulohazalari va farazlari baholash to‘g‘risidagi hisobotda asoslanishi lozim.
45. Baholash obyektining yakuniy qiymati pul hisobida yagona kattalik sifatida ifodalanishi lozim.
6-§. Baholash to‘g‘risidagi hisobotni tuzish
46. Baholash natijalari baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan va baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymati xususidagi yig‘ilgan axborot va hisob-kitoblar asosida tasdiqlangan professional mulohazasini o‘z ichiga olgan baholash to‘g‘risidagi hisobot ko‘rinishida rasmiylashtirilishi lozim.
47. Hisobot milliy baholash standartlari talablariga muvofiqlik to‘g‘risidagi bayonotni va ulardan har qanday chetga chiqish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim.
48. Baholash to‘g‘risidagi hisobotni tuzishda quyidagi qoidalarga rioya etish lozim:
baholash obyekti qiymatini aniqlash uchun yetarli bo‘lgan barcha mavjud axborot hisobotda bayon etilishi lozim;
baholash to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni mazkur hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itmasligi, shuningdek har xil talqinlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak;
baholash to‘g‘risidagi hisobotda ifodalangan materiallar tarkibi va ketma-ketligi, baholash jarayoni tavsifi, hisob-kitoblar va ularga izohlar baholash to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanuvchiga qiymatni hisoblashni amalga oshirish imkoniyatini berishi va uni ayni shu natijalarga keltirishi lozim;
baholash jarayonida oraliq va yakuniy natijalarni aniqlashda foydalanilmagan axborot, agar u baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga binoan majburiy bo‘lmasa, baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilmasligi lozim.
49. NMA va IMOning qiymatini baholash to‘g‘risidagi hisobot quyidagi asosiy bo‘limlardan iborat bo‘lishi lozim:
titul varag‘i;
mundarija;
umumlashtiruvchi qism (kuzatuv xat);
baholashga oid vazifa hamda asosiy faktlar va xulosalar;
qabul qilingan farazlar va cheklovchi shartlar;
baholash obyektining tavsifi;
baholash obyekti bozorining tahlili;
baholash yondashuvlari va usullarini tanlash va qo‘llanishning tavsifi;
hisob-kitob qismi;
baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash;
ilovalar.
50. Baholash to‘g‘risidagi hisobot baholovchi (baholovchilar) tomonidan sahifama-sahifa raqamlangan va imzolangan, tikilgan, shuningdek baholovchi tashkilot rahbarining imzosi va shu tashkilot muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanishi lozim.
(50-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/38-sonli (ro‘yxat raqami 2371-1, 01.06.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 22-son, 259-modda)
51. Baholash to‘g‘risidagi hisobotga ilovalar baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash jarayonida foydalangan hujjatlarning nusxalarini, shuningdek baholovchi tashkilot litsenziyasi, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik javobgarligining sug‘urta polisi nusxalarini o‘z ichiga olishi lozim.
52. Gudvill qiymatini aniqlashda, gudvill NMA bo‘lib, uni tashkilotdan alohida identifikatsiya qilish va baholash mumkin bo‘lmagan turli omillar ta’siri natijasida vujudga kelishini inobatga olish kerak, shu sababli gudvill O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (9-son MBMS) “Biznes qiymati baholash”ga (ro‘yxat raqami 2026, 2009-yil 28-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 44-son, 475-modda) muvofiq baholanadi.
V bob. Axborotni oshkor etishga qo‘yiladigan talablar
53. Baholash jarayonida foydalanilgan axborotni baholash to‘g‘risidagi hisobotda oshkor etish shunday amalga oshirilishi lozimki, baholash faoliyati sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lmagan hisobotdan foydalanuvchilar baholash jarayoni mantiqini va baholash obyekti qiymatini aniqlash uchun baholovchi bajargan amallarning ahamiyatini tushunishi lozim.
54. Baholash jarayonida qo‘llanilgan axborot oshkor etilishi lozim, maxfiy xususiyatga ega bo‘lgan axborot bundan mustasno. Maxfiy axborot baholovchi tomonidan faqat buyurtmachi va (yoki) mazkur axborotni taqdim etgan shaxslar bilan kelishgan holda yoki sudning tegishli qaroriga binoan oshkor etiladi. Foydalanilayotgan axborotning maxfiylik darajasi buyurtmachi va (yoki) mazkur axborotni taqdim etuvchi yoki unga bevosita aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan belgilanadi.
55. Baholashda foydalanilgan va baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan axborotning manbasiga havola qilingan bo‘lishi lozim, bunda mazkur manba yozma yoki og‘zaki bo‘lishi ahamiyatsiz.
VI bob. Standartdan chetga chiqish shartlari
56. 13-son MBMSning baholash jarayoni va olingan natijani bayon etish, baholashga va yakuniy qiymat to‘g‘risidagi xulosaga daxldor bo‘lgan har qanday farazlar va cheklovchi shartlarni oshkor etish bilan bog‘liq talablaridan biron-bir tarzda chetga chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
57. Baholash talablari mazkur standart talablaridan farq qiladigan normativ-huquqiy hujjatga muvofiq amalga oshirilgan taqdirda, baholovchi mazkur farqlarni, aniqlanayotgan qiymat turini tanlashga ularning ta’sirini aniqlashi va olingan natijani qo‘llashga cheklashlar belgilashi lozim.
58. Mazkur Mulkni baholash milliy standarti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, O‘zbekiston Baholovchilar jamiyati, Baholash tashkilotlari uyushmasi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi Sh. SALIXOV
2012-yil 20-may
Intellektual mulk agentligi Bosh direktori birinchi o‘rinbosari Z. GIYASOV
2012-yil 20-may
O‘zbekiston Baholovchilar jamiyati Raisi N. MIRZARAXIMOVA
2012-yil 20-may
Baholash tashkilotlari uyushmasi Raisi v.v.b. A. ISLAMOV
2012-yil 20-may
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ni qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ni amalda qo‘llash maqsadida ishlab chiqilgan.
I bob. Baholashga oid vazifani belgilash
1. Baholashga oid vazifani belgilashda baholovchi baholash sanasi baholash maqsadlaridan kelib chiqib belgilanishini hisobga olishi lozim. Baholovchi faqat baholash sanasida mavjud bo‘lgan holatlarni va baholash sanasiga qadar yuz bergan voqealarni e’tiborga olishi kerak.
2. Baholash shartnomasi shartlariga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab mulkdorlik huquqini to‘liq yoki alohida mulkiy huquqlarni baholash belgilanishi mumkin.
II bob. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
3. Baholash obyektiga bo‘lgan huquqlarni identifikatsiya qilishda baholovchi mulkiy huquqlarga qonuniy egalik qilinishini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim. Bunday hujjatlarga quyidagilar kiradi:
muhofaza qiluvchi hujjatlar (patentlar, guvohnomalar);
litsenziya shartnomalari, huquqlarni boshqaga o‘tkazish shartnomalari, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalari;
boshqa tashkilotlar yoki tashkilotning bo‘linmalari tomonidan baholash obyektini yaratishga buyurtma (moliyalashtirish) shartnomalari;
xizmat vazifasi sifatida tashkilotning o‘zida baholash obyektini yaratishga buyurtmalar;
tashkilot va baholash obyektining ishlab chiquvchilari o‘rtasidagi kontraktlar va mualliflik litsenziya shartnomalari;
baholash obyektiga bo‘lgan huquqlarni pulli yoki bepul topshirishdagi qabul qilish-topshirish dalolatnomalari;
tashkilotlarni qayta tashkil qilish, bankrot deb e’lon qilish, xususiylashtirishda IMO va NMAlar bo‘yicha davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar;
mulkiy huquqlarni identifikatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar.
4. Mazkur bosqichda buyurtmachi baholovchi bilan birgalikda baholash uchun identifikatsiya varaqasini (boshlang‘ich ma’lumotlar varaqasini) to‘ldiradi.
5. Identifikatsiya varaqasi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
baholash obyektining, u qaysi IMO (NMA)ga mansubligi ko‘rsatilgan, to‘liq nomi to‘g‘risidagi axborot;
baholanayotgan huquqlar to‘g‘risidagi axborot;
huquq egalari va ishlab chiquvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
baholash obyektining huquqiy muhofazasi to‘g‘risidagi axborot, muhofaza qiluvchi hujjat va uning amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda, agarda bunday hujjat mavjud bo‘lsa;
baholash obyektidan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish boshlanadigan muddatlar to‘g‘risidagi axborot;
baholash obyektining ishlab chiqarishga tayyorligi darajasi, uning foydaliligini belgilovchi texnik-iqtisodiy tavsiflari to‘g‘risidagi axborot;
yaratilishida baholash obyektidan foydalaniladigan, texnik, iste’mol, ekologik va iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan mahsulotlar, xizmatlarning tavsiflari;
baholanayotgan NMA va IMOdan foydalanishdan olinadigan tushum, tannarx, daromadning haqiqiy ko‘rsatkichlari, agarda mavjud bo‘lsa;
baholash obyektiga bo‘lgan huquqlarni topshirish bo‘yicha litsenziya shartnomalari mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risidagi axborot;
baholash obyektiga bo‘lgan huquqlarni yaratishga (qo‘lga kiritishga) sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi axborot;
tushumning rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlari, tannarx, daromad, ishlab chiqarishga tayyor holatga keltirish xarajatlari, soliq solish to‘g‘risidagi hamda baholashni o‘tkazish uchun ahamiyatli bo‘lgan baholash obyektidan ishlab chiqarishda foydalanish xususiyatlarini tavsiflovchi boshqa axborot.
Baholash obyektining xususiyatiga qarab mazkur axborot to‘ldirilishi mumkin.
6. Identifikatsiya varaqasi belgilangan tartibda buyurtmachi va baholovchi tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
III bob. Axborot yig‘ish va uni tahlil qilish
7. Baholash yondashuvlari va usullarining asosli tanlanishi va qo‘llanishi uchun baholovchi axborotni yig‘ish va tahlil qilishni amalga oshiradi. Baholash obyektini tahlil qilish uchun zarur axborot turi va hajmi baholovchi tomonidan baholash maqsadi, aniqlanayotgan qiymat turi, baholash obyektining xususiyatlari, farazlar va cheklovchi shartlarga qarab aniqlanadi.
8. Baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholovchi makroiqtisodiy axborotning tahlilini, shu jumladan:
iqtisodiy o‘sish sur’atlari (yalpi ichki mahsulotning);
sanoat ishlab chiqarishi hajmi;
inflatsiya darajasi;
bank foiz stavkalari darajasi;
fond bozori ko‘rsatkichlarini keltirishi lozim.
Baholash obyektining xususiyatiga va baholash maqsadlariga qarab baholovchi ko‘rib chiqiladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ro‘yxatini kengaytirishi mumkin.
9. Baholovchi baholash obyekti mansub bo‘lgan bozorni aniqlashi, va agarda imkon bo‘lsa, uni tahlil qilishi lozim. Quyidagilar baholash to‘g‘risidagi hisobotdagi bozorga oid asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lishi lozim:
baholash obyekti mansub bo‘lgan tarmoqning o‘sish sur’atlari;
tarmoqdagi daromadlilikning o‘rtacha ko‘rsatkichlari;
tarmoqni segmentlarga ajratish va baholanayotgan tashkilot mansub bo‘lgan segmentni aniqlash;
tarmoqning normativ-huquqiy tartibga solinishi va tarmoqda tashkilotlar faoliyati uchun o‘ziga xos cheklashlar.
10. NMA va IMO qiymatini aniqlashda uning ilmiy-texnik, tijorat va huquqiy tavsiflari, maqsadlari, shartlari va marketing tadqiqotlari vositasida olingan foydalanish natijalari, agarda ular baholash buyurtmasida mavjud bo‘lsa, tahlil qilinadi.
IV bob. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash
1-§. Daromad yondashuvi
11. NMA va IMO o‘z egasiga mahsulot ishlab chiqarishdagi (xizmatlar ko‘rsatishdagi) kelajakdagi foydasini ta’minlaydi. Kelajakdagi pul oqimlarining o‘zgarishi hajm jihatidan quyidagilarga bog‘liqdir:
mazkur NMA va IMOdan foydalanuvchi tashkilotning ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyatlari;
mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishni baholash obyekti ishtiroki bilan orttirish rejalari;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ortib borayotgan hajmi iste’moli bo‘yicha bozor imkoniyatlari.
12. Daromad yondashuvi NMA va IMOga huquqlarga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxs olayotgan yoki olishi mumkin bo‘lgan foydalar miqdorini aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda NMA va IMOni baholash uchun qo‘llanadi.
13. NMA va IMOdan foydalanishdan olinadigan foydalarning asosiy shakllari quyidagilardir:
mahsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini tejash va/yoki asosiy va aylanma mablag‘larga investitsiyalarni, shu jumladan xarajatlarni amalda pasaytirish, NMA va IMOdan foydalanish huquqlarini olishdagi xarajatlarning yo‘qligi (masalan, litsenziya to‘lovlarining yo‘qligi, foydadan litsenziarning ehtimoliy ulushini ajratish zaruratining mavjud emasligi);
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmatlar) donasi narxining oshishi;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmatlar) sotuvlari jismoniy hajmining oshishi;
baholash obyektidan foydalanishdan keladigan pul oqimi tuzilishining yaxshilanishi;
ko‘rsatilgan shakllarning turli xil jamlanmalari.
14. Baholash obyektini ishlatishdan olinadigan foydalar NMA va IMOni ishlatishdan tushadigan pul oqimining hajmi, tavakkalchiligi va vaqtini, huquq egasi NMA va IMOni ishlatmasdan olishi mumkin bo‘lgan pul oqimining hajmi, tavakkalchiligi va vaqti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri solishtirish asosida aniqlanadi.
15. NMA va IMOdan foydalanish huquqi taqdim etilganligi uchun to‘lovlar hajmi bitim taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan tarzda oqilona harakat qilganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p ehtimoliy qiymat asosida hisoblanadi, to‘lovlar hajmida esa hech qanday favqulodda holatlar aks etmaydi.
16. NMA va IMOdan foydalangan holda mahsulot birligining tannarxi va narxini hisoblashda xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar narxlari elementlarini, tovarni ishlab chiqarish va sotishdagi oylik maoshni, boshqa xarajatlarni, shu jumladan binolar ijarasi, kommunal to‘lovlar, asbob-uskunaning eskirishi va hokazolarni aniqlash zarur.
17. NMA va IMOni ishlatishdan tushadigan pul oqimini tuzish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi.
Agarda baholash obyektidan haqiqiy texnik-iqtisodiy samara to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda:
foydadagi ustunlik usuli;
sotish hajmidagi ustunlik usuli;
tannarxidagi yutuq usuli;
haqiqiy litsenziya to‘lovlarini hisoblash usuli;
ekspluatatsion xarajatlar tejamkorligi usuli.
Baholash obyektidan haqiqiy texnik-iqtisodiy samara to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hollarda:
royaltidan ozod qilish usuli;
litsenziatning foydasida litsenziarning ulushini ajratish usuli;
ekspert orqali foyda ulushini ajratish usuli.
18. Foydadagi ustunlik usuli baholash obyektidan foydalanishdan olingan qo‘shimcha daromadni hisobga olishga asoslangan. Foydadagi ustunlik deganda NMA va IMOdan iborat mahsulotni sotayotgan tashkilotning NMA va IMOdan foydalanish sharti bilan olayotgan, o‘xshash mahsulotni ishlab chiqarayotgan yoki o‘xshash xizmatlar turini ko‘rsatayotgan, lekin bunday NMA va IMOga ega bo‘lmagan tashkilot foydasiga nisbatan qo‘shimcha sof foyda tushuniladi. O‘xshash tashkilotlar bo‘yicha bunday axborot bo‘lmaganda, baholanayotgan tashkilotning NMA va IMOdan foydalanishdan avvalgi va keyingi faoliyatining natijalarini bir tashkilot doirasida solishtirish orqali qiyoslash mumkin.
19. NMA va IMOdan foydalanish natijasida vujudga keladigan foydadagi ustunlikni shakllanish manbasi quyidagilar bo‘lishi mumkin:
mahsulotlar (xizmatlar) birligini sotish narxlarining oshirilishi;
mahsulotlar (xizmatlar) sotish hajmining natural ifodada oshirilishi;
mahsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va/yoki sotilishi bilan bog‘liq xarajatlarning qisqartirilishi.
20. Ustunlik ham retrospektiv, ham NMA va IMOga bo‘lgan huquqlardan foydalanishning samarali muddatining qolgan davrida foydaning kutilayotgan ko‘rsatkichlariga asoslanadi.
21. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
NMA va IMOdan foydalanish bilan ishlab chiqarilgan mahsulotning (xizmatning) narxini NMA va IMOdan foydalanmasdan ishlab chiqarilgan mahsulotning (xizmatning) narxi bilan solishtirma tahlili amalga oshiriladi;
NMA va IMOdan foydalanish bilan mahsulotni (xizmatlarni) sotishdan olinishi kutilayotgan qo‘shimcha daromad aniqlanadi;
ushbu ustunlik kutilayotgan vaqt davri aniqlanadi.
22. NMA va IMOga bo‘lgan huquqlardan foydalanishdan keladigan daromad (pul oqimi) baholash obyektidan foydalanish bilan amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan foydaning bunday faoliyatni baholash obyektidan foydalanmagan holda amalga oshirishdan olingan foyda o‘rtasidagi tafovut sifatida shakllanadi.
23. Foydadagi ustunlik quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ADPi = Vi *[(P before – SP before) (Pafter – SPafter)], bu yerda:
ADPi — i-chi yilda olingan foydadagi ustunlik (qo‘shimcha foyda);
Vi — i-chi yilda NMA va IMOdan foydalanish bilan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
Pafter, before — NMA va IMOdan foydalanish bilan ishlab chiqarilgan mahsulotning narxi hamda tegishlicha NMA va IMOdan foydalanish boshlangunga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotning narxi;
SP after, before — tegishlicha NMA va IMOdan foydalanish bilan ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi hamda NMA va IMOdan foydalanish boshlangunga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi.
24. Sotish hajmidagi ustunlik usuli baholash obyektidan foydalanmasdan mahsulot sotilishi bilan solishtirganda baholash obyektidan foydalanishda mahsulot sotilishining katta hajmi ta’minlangan hollarda qo‘llaniladi. Bu, qoida tariqasida, mahsulot mashhur tovar belgisi ostida sotilayotganda va ustunlik ushbu tovar belgisiga bog‘liq bo‘lganda sodir bo‘ladi. Ayrim hollarda NMA va IMOdan foydalanish tufayli mahsulotning yuqori sifati ta’minlanadi yoki unda mahsulot birligining o‘sha narxi, tannarxi yoki foydasi ko‘rsatkichlarida yangi iste’molchilik xususiyatlari paydo bo‘ladi.
25. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning sotish hajmini undan foydalanmasdan ishlab chiqarilgan mahsulotning sotish hajmi bilan qiyosiy tahlili amalga oshiriladi;
litsenzion mahsulotni sotish hajmidagi ustunliklardan olingan foyda miqdori aniqlanadi;
baholanayotgan NMA va IMO aniqlangan ustunlikni ta’minlaydigan davri aniqlanadi.
26. Sotish hajmidagi ustunlik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
ADSi = Pi *[( V i after — V i before)] — Si, bu yerda:
ADSi — i-chi yilda olingan sotish hajmidagi ustunlik;
Vi after , before — i-chi yilda tegishlicha NMA va IMOdan foydalangan va foydalanmagan holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
Pi — i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot narxi;
Si — NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq xarajatlar.
27. Tannarxdagi yutuq ishchi kuchi, xomashyo va materiallar, energiya manbalari va boshqa xarajatlarni tejash bilan yaratilishi mumkin. Bunday hollarda NMA va IMOning qiymati tannarxdagi yutuq usuli bilan NMA va IMOdan foydalanish natijasidagi xarajatlarni tejashni aniqlash orqali o‘lchanadi.
28. Ushbu usulni qo‘llash NMA va IMOning foydali xizmat qilish muddatining qolgan davridan ko‘p bo‘lmagan muayyan davrda tannarxdagi yutuq hajmini topishni anglatadi.
29. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini NMA va IMOdan foydalanmasdan ishlab chiqarilgan o‘xshash mahsulot (xizmat)ning tannarxi bilan solishtirma tahlili amalga oshiriladi;
NMA va IMOdan foydalangan holda mahsulotlarni (xizmatlarni) sotishdan olinishi kutilayotgan tannarxni tejash miqdori aniqlanadi;
ushbu tejash kutilayotgan vaqt davri aniqlanadi.
30. NMA va IMOga bo‘lgan huquqlardan foydalanishdan keladigan daromad (pul oqimi) baholash obyektidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan tannarxni bunday faoliyatni baholash obyektidan foydalanmagan holda amalga oshirishdan olingan tannarxni tejashdagi tafovut sifatida shakllanadi.
31.Tannarxdagi yutuq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
SPi = Vi *( SP before – SP after), bu yerda:
SP i — i-chi yilda olingan tannarxdagi yutuq;
Vi — i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmatlar) hajmi;
SP after, before – tegishlicha NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning hamda NMA va IMOdan foydalanish boshlangunga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotning (xizmatning) tannarxi.
32. Haqiqiy litsenziya to‘lovlarini hisoblash usuli NMA va IMOning huquq egasi NMA va IMOdan foydalanish huquqlarini mutlaq yoki nomutlaq litsenziya shartlarida boshqa shaxslarga topshirayotganda NMA va IMO qiymatini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Mutlaq litsenziya litsenziatga (xaridorga) sotib olingan litsenziya asosida mahsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishga bo‘lgan mutlaq huquqqa egalik qilish imkonini beradi. Bunday huquq uchun litsenziat litsenziarga royalti – joriy to‘lovlar shaklida haq to‘laydi.
33. Baholovchi bunday royaltilar kelib tushishining muddatlari, tartibi, davriyligi hamda litsenziya shartnomasi shartlaridan kelib chiqqan holda ularning joriy narxlardagi summasini belgilashi mumkin.
34. Foydalaniladigan huquqlar bahosining hisoblash qiymati ushbu holda topshirilayotgan huquqlar hajmi, royalti stavkasi, NMA va IMOga investitsiyalar qo‘yishning tavakkalchilik darajasini aks ettiruvchi foiz stavkasiga bog‘liq bo‘ladi. Mutlaq litsenziyaning qiymati oddiy nomutlaq litsenziyaning qiymatidan qimmat bo‘lishi lozim.
35. NMA va IMOdan foydalanish uchun to‘lanadigan litsenziya to‘lovlaridan tushadigan daromaddan (pul oqimidan) muhofaza qiluvchi hujjatning amal qilishini (agarda ular mavjud bo‘lsa) ta’minlash hamda NMA va IMOdan foydalanishga bo‘lgan huquqlarni taqdim qilish to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga muvofiq litsenziar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni chiqarib tashlash zarur.
36. Muhofaza qiluvchi hujjatning amal qilishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar quyidagilar hisoblanadi:
patentni kuchida saqlab turish uchun patent bojlari;
litsenziya shartnomasini O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bojlar;
litsenziya shartnomasi matniga o‘zgartishlar kiritish bilan bog‘liq bojlar (zarurat bo‘lganda).
37. Haqiqiy litsenziya to‘lovlaridan tushgan sof daromad (pul oqimi) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Pi — NMA va IMOga bo‘lgan huquqlardan foydalanish uchun haqiqiy litsenziya to‘lovlaridan i-chi yilda olingan sof daromad (pul oqimi);
Mi — i-chi yilda taqdim qilingan NMA va IMOdan foydalanish huquqlari uchun litsenzion to‘lovlar;
S i — i-chi yilning muhofaza qiluvchi hujjatning amal qilishini (agarda ular mavjud bo‘lsa) ta’minlash va (yoki) NMA va IMOdan foydalanishga bo‘lgan huquqlarni taqdim qilish to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga binoan litsenziar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi bilan bog‘liq xarajatlar;
TR i — i-chi yilda foyda solig‘i stavkasi;
1,..n — qilingan xarajatlar miqdori.
38. NMA va IMOning huquq egasi va litsenziat o‘rtasidagi litsenziya shartnomasida litsenziya to‘lovlarini bir yilda, bir chorakda yoki bir oyda bir marta to‘lash davriyligi nazarda tutilgan taqdirda bunday davriylik baholovchining hisob-kitoblarida o‘z aksini topishi lozim.
39. Baholash obyektidan xo‘jalikda foydalanish baholanayotgan NMA va IMOdan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotni ekspluatatsiya qilish jarayonida qilinadigan xarajatlarni tejashga imkon beradigan xollarda ekspluatatsion xarajatlar tejamkorligi usuli qo‘llaniladi. Ushbu usulning qo‘llanilishi baholash obyektidan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotni ekspluatatsiya qilish vaqti davridagi ekspluatatsion xarajatlarni tejash miqdorini topishni anglatadi.
40. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
baholanayotgan NMA va IMOdan foydalanishdan oldin ishlab chiqarilgan mahsulotning ekspluatatsiya xarajatlarini baholanayotgan NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning ekspluatatsiya xarajatlari bilan solishtirma tahlilini amalga oshirish;
mahsulotni ishlab chiqarish davrida olinishi kutilayotgan ekspluatatsion xarajatlardagi tejamkorlik o‘lchami aniqlanadi;
baholanayotgan NMA va IMOdan foydalangan holda unga bo‘lgan huquqlardan foydalanishning samarali muddati davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmi aniqlanadi;
NMA va IMOdan samarali foydalanish muddati davrida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar hajmi bo‘yicha ekspluatatsion xarajatlardagi tejamkorlik sifatida pul oqimi aniqlanadi.
41. Ekspluatatsion xarajatlardagi tejamkorlik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
E i = Q i * (ECi before — ECi after), bu yerda:
E i — i-chi yilda olingan ekspluatatsion xarajatlardagi tejamkorlik;
Q i — NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan i-chi yilda ekspluatatsiya qilinayotgan mahsulotning miqdori;
ECi before — baholanayotgan NMA va IMOdan foydalanmasdan ishlab chiqarilgan mahsulot birligi hisobi bo‘yicha ekspluatatsiya xarajatlari;
ECi after — i-chi yilda baholanayotgan NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot birligi hisobi bo‘yicha ekspluatatsiya xarajatlari;
42. Royaltidan ozod qilish usuli NMA va IMOga bo‘lgan mulkiy huquqlar litsenziya shartnomasi bo‘yicha boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga taqdim qilingan yoki taqdim qilinishi mumkin bo‘lganda qo‘llaniladi.
43. Ushbu usul NMA va IMOning huquq egasi agarda u baholash obyektining egasi bo‘lmaganda, NMA va IMOga bo‘lgan huquqlardan foydalanganligi uchun uning egasiga royalti — davriy to‘lovlarini to‘lashga majbur bo‘lganini taxmin qiladi. Biroq bunday to‘lovlar o‘tkazilmaydi va natijada hosil bo‘lgan tejash baholash obyekti bilan yaratiladigan qo‘shimcha foydaga tenglashtiriladi.
44. Royaltidan ozod qilish usulida ehtimoliy yillik to‘lovlarning miqdori NMA va IMOni qo‘llagan holda chiqarilgan mahsulotlarni (xizmatlarni) sotishdan tushgan yillik tushumni royalti stavkasiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu to‘lovlar — royalti NMA va IMOdan foydalanish bilan olinadigan sof daromad (pul oqimi) sifatida qabul qilinadi.
45. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
royalti to‘lanishi kutilayotgan davridagi baholanayotgan NMA va IMOga bo‘lgan huquqlarning samarali foydalanish muddati aniqlanadi;
NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmatlar) hajmining qiymat va natural ifodadagi prognozi tuziladi. Bu ko‘rsatkichlarning qiymatlari ehtimoliy royalti to‘lovlarining hisobi uchun baza hisoblanadi;
royalti stavkasi aniqlanadi;
yillik to‘lovlar (royalti) litsenzion mahsulotlarni (xizmatlarni) sotish hajmidan foiz ajratmalarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi;
muhofaza qiluvchi hujjatni kuchda saqlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar hamda baholanayotgan NMA va IMOdan foydalanishni tashkiliy-huquqiy ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar aniqlanadi, agarda mavjud bo‘lsa;
muhofaza qiluvchi hujjatni kuchda saqlab turish bilan hamda baholanayotgan NMA va IMOning tashkiliy-huquqiy ta’minlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni ayirib tashlash yo‘li bilan royalti bo‘yicha sof to‘lovlar oqimlari hisoblab chiqiladi.
46. Royaltidan ozod qilish usuli bilan NMA va IMOdan olingan daromad (pul oqimi) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
PRi = (Vi * P i * R) – S i, bu yerda:
PR i — i-chi yilda NMA va IMOdan olingan daromad (pul oqimi);
Vi — i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
P i — i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning narxi;
R — royalti stavkasi;
S i — muhofaza qiluvchi hujjatni kuchida saqlab turish bilan hamda baholanayotgan NMA va IMOdan foydalanishni tashkiliy-huquqiy ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, agarda mavjud bo‘lsa.
47. Royaltini to‘lash bazasi sifatida quyidagilar ishlatiladi:
yalpi daromad (sotishdan tushadigan tushum, sotish hajmi);
soliq solishgacha bo‘lgan sof daromad (foyda);
soliq solishdan keyingi sof daromad (foyda);
NMA va IMOni sotib olgan yoki foydalanayotgan tashkilotda vujudga keluvchi qo‘shimcha foyda;
mahsulot (xizmatlar) birligining (partiyasining) narxi;
tannarx;
ishlab chiqarish quvvati.
48. Royalti stavkasi quyidagi usullar asosida aniqlanadi:
muayyan mahsulot yoki sanoat tarmog‘i bo‘yicha yuzaga kelgan hamda ommaviy axborot vositalarida chop etiladigani royaltining standart stavkalaridan foydalanishga asoslangan usul;
litsenziar bilan avval tuzilgan litsenziya shartnomalaridan olingan analoglarni tahlil qilishga asoslangan usul;
ushbu sanoat tarmog‘i uchun o‘xshash mahsulotlar bo‘yicha avval tuzilgan litsenziya shartnomalardan olingan royalti stavkalarini qo‘llashga asoslangan usul;
litsenziatning qo‘shimcha foydasi miqdorini hisoblash (shuningdek “eng so‘nggi royalti” deb ham ataladi) usuli;
litsenziarning litsenziat yalpi daromadidagi hissasini hisobga olishga asoslangan royalti stavkasini hisoblab chiqish usullari;
solishtirma xarajatlar ko‘rsatkichlarini hisobga olishga asoslangan royalti stavkasini hisoblab chiqish usuli.
Baholovchi, shuningdek litsenziya shartnomasi loyihasi shartlaridan kelib chiqqan holda royalti stavkasini belgilashi mumkin.
49. Ekspert orqali foyda ulushini ajratib olish usuli quyidagi holatda qo‘llanadi: NMA va IMOning qadr-qimmatini aks ettiruvchi NMA va IMOning umumiy daromaddagi ishtiroki koeffitsiyentlari asosida tashkilotning umumiy daromadidan NMA va IMOga to‘g‘ri keluvchi foyda ulushini ajratib olish baholovchi tomonidan amalga oshiriladi.
50. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
baholanayotgan NMA va IMOga bo‘lgan huquqlardan mahsulotlar (xizmatlar) chiqarilishi kutilayotgan davrida foydalanishning samarali muddati aniqlanadi;
ushbu NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining prognozi tuziladi;
NMA va IMOdan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish chiqimlarini ayirib tashlash yo‘li bilan ishlab chiqarish foydasi aniqlanadi;
NMA va IMOning olingan daromadga ta’siri koeffitsiyentlari aniqlanadi;
baholanayotgan NMA va IMOdan tushadigan daromad (pul oqimi) hisoblab chiqiladi.
51. Agarda NMA va IMO aniq mahsulotni (xizmatni) ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy sof daromadga ta’sir qilsa, u holda uni tashkilotning umumiy daromadidan quyidagi tarzda ajratib olish mumkin:
PR i = (Vi * P i – S) * K, bu yerda:
PR i — i-chi yilda olingan NMA va IMOga to‘g‘ri keluvchi foyda;
Vi — i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
P i — i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot narxi;
S— mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ishlab chiqarish chiqimlari summasi;
K — NMA va IMOning foydadagi ishtiroki koeffitsiyenti.
52. NMA va IMOning foydadagi ishtiroki koeffitsiyentini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
K = k1 * k2 * k3, bu yerda:
k1— erishilgan natija koeffitsiyenti;
k2 — hal qilingan texnik vazifaning murakkablik koeffitsiyenti;
k3 — yangilik koeffitsiyenti.
53. Tashkilotning daromadiga ta’sir qiluvchi koeffitsiyentlar miqdorining qiymati mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 1-ilovasida keltirilgan jadvallardan aniqlanadi.
54. NMA va IMOning tashkilot daromadiga ta’siri koeffitsiyentlari baholash obyekti qo‘llanadigan tarmoqda bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislar – ekspertlarni jalb qilgan holda aniqlanishi mumkin. Koeffitsiyentlarni aniqlashda ekspertlarning xolisligini ta’minlash uchun baholanayotgan obyektni qo‘llashda erishilgan natijani tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlarini, hal qilingan texnik vazifaning murakkabligini hamda baholanayotgan NMA va IMOning yangiligini ushbu koeffitsiyentlar qiymatlarini avvaldan ko‘rsatmagan holda aniqlash imkonini beruvchi savollardan tarkib topgan ekspert so‘rovi anketalari tuziladi.
55. Litsenziatning qo‘shimcha foydasidan litsenziarning hissasini ajratib olish usuli, agarda NMA va IMOdan keluvchi daromadni (pul oqimini) ajratib olishning boshqa usullarini qo‘llash imkoni bo‘lmagan holdagina qo‘llanilishi mumkin.
56. Litsenziatning qo‘shimcha foydasidagi litsenziarning hissasi 25 foiz darajasida eng maqbul hisoblanadi.
57. Pul oqimini aniqlashning ushbu usulini qo‘llash shartlarida litsenziat o‘zining yashirin ko‘rsatkichlarini oshkor qilishga manfaatdor emas, shu bois daromad ko‘lamini ikki yildan ortiq bo‘lmagan davr bo‘yicha baholash mumkin. Bunda biznesning yangi sohasi hamda noaniq daromad miqdori uchun daromad taqsimlash mutanosibligini litsenziatning foydasiga oshirish mumkin, chunki u yuqori tavakkalchilikka yo‘liqadi. Ushbu oshirish baholovchi tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotda asoslanishi lozim.
58. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
litsenziat litsenziya bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ahd qilgan davri va tegishlicha litsenziya to‘lovlari to‘lanishi kutilayotgan litsenziya shartnomasining amal qilish muddati aniqlanadi;
litsenziat baholash obyektidan foydalanishdan olishni kutayotgan qo‘shimcha foyda aniqlanadi;
litsenziatning qo‘shimcha foydasidagi litsenziarning hissasi 25 foiz darajasida belgilanadi;
agarda ushbu hissa qiymatiga tuzatish kiritishning asoslangan zarurati mavjud bo‘lgan taqdirda baholovchi tomonidan litsenziatning qo‘shimcha foydasidagi litsenziarning hissasiga tuzatishning asosi va hisob-kitobi keltiriladi;
NMA va IMO keltiradigan daromad (pul oqimi) aniqlanadi.
59. Daromad hisoblangandan va NMA va IMO tomonidan keltirilayotgan rejalashtirilayotgan pul mablag‘lari oqimi tahlil qilingandan keyin ular joriy qiymatga aylantirilishi lozim.
60. NMA va IMOdan keladigan har yillik daromadning uning qiymatiga aylantirilishi NMA va IMOdan foydalanishdan keladigan daromadni to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish yoki NMA va IMOdan foydalanishdan keladigan pul oqimlarini diskontlash orqali o‘tkaziladi.
61. Pul oqimlarini diskontlash usuli kelgusidagi pul oqimlarining darajasi bir me’yorda bo‘lmaganda, joriylaridan jiddiy farq qilganda, prognoz qilinayotgan kelgusidagi pul oqimlari ko‘pgina prognoz yillari uchun ijobiy miqdor hisoblanganda ishlatiladi.
62. Pul oqimlarini diskontlash usulini amaliy qo‘llash quyidagi asosiy bosqichlarni nazarda tutadi:
diskontlanadigan pul oqimining miqdorini aniqlash;
diskontlash stavkasini hisoblash;
diskont ko‘paytiruvchilarini har yillik daromadlar tushishi davrlariga muvofiq hisoblash;
NMA va IMO qiymati miqdorini NMA va IMOdan keluvchi har yillik daromadlarga tegishli diskont ko‘paytiruvchisi bo‘yicha ko‘paytirish orqali aniqlash.
63. Diskontlash stavkasi — bu qo‘yilgan kapital bo‘yicha kutilayotgan daromad stavkasi bo‘lib, investitsiyalarning baholash sanasidagi tavakkalchilik darajasi bilan taqqoslanadigan mavjud muqobil variantlari bo‘yicha daromad stavkasi sifatida hisoblanishi mumkin. Diskontlash stavkasini hisoblash qo‘llanilayotgan (soliq to‘langunga qadar yoki soliq to‘langanidan keyingi) pul oqimiga mos keladigan asosda, qiymatda (nominal yoki real qiymatda) va hisoblash valyutasida amalga oshirilishi lozim.
64. Baholash obyekti tomonidan yaratiladigan pul oqimlari uchun diskontlash stavkasi quyidagi usullar bilan aniqlanishi mumkin:
kumulyativ tuzish usuli;
kapitalning o‘rtacha o‘lchangan qiymati usuli;
kapital aktivlarni baholash usuli.
65. Kumulyativ tuzish usuli bilan diskontlash stavkasini hisoblashda investitsiyalarning tavakkalsiz stavkasi NMA va IMOdan xo‘jalikda foydalanish tavsifiga mos keluvchi tavakkalchilikka ko‘paytirilishi lozim. NMA va IMOni boshqarishda eng ko‘p uchraydigan tavakkalchiliklar quyidagilar hisoblanadi:
NMA va IMOga qo‘yiladigan investitsiyalardan keladigan daromad investor tomonidan avvaldan hisoblab chiqilgan daromaddan kam bo‘lganligi tufayli yuzaga keluvchi investitsion tavakkalchilik;
NMA va IMOdan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishda yuzaga keluvchi tavakkalchilik, shu jumladan bekor turib qolishlar, xomashyo, materiallar yetishmovchiligi va boshqalarni aks ettiruvchi ishlab chiqarish tavakkalchiligi;
baholash obyektining foydaliligi prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblashda yuzaga keluvchi foydani prognoz qilish tavakkalchiligi;
obyektni sotishdagi bozor ekspozitsiyasining (marketing vaqti) davomliligiga tuzatishni yoki taxmin etilayotgan investorni qidirish vaqtini ifodalovchi baholanayotgan NMA va IMOning ularning tijoriy sotilishidagi yuzaga keluvchi past likvidlilik tavakkalchiligi.
66. Kapitalning o‘rtacha o‘lchangan qiymati usuli faoliyati qarz va shaxsiy mablag‘lar yordamida moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun ishlatiladi.
Kapitalning o‘rtacha o‘lchangan qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
WACC= EWc — DWz * (1— NP), bu yerda:
WACC — kapitalning o‘rtacha o‘lchangan qiymati;
E — shaxsiy kapital qiymati;
Wc — tashkilot kapitalidagi shaxsiy mablag‘lar ulushi;
D — qarz mablag‘lar qiymati;
Wz — tashkilot kapitalidagi qarz mablag‘lar ulushi;
NP — foyda solig‘i stavkasi.
67. Kapital aktivlarni baholash usuli (SARM) bilan diskontlash stavkasini hisoblash erkin muomala qilinadigan aksiyalar daromadliligining o‘zgarishiga taalluqli bo‘lgan fond bozori ma’lumotlarini tahlil qilish asosida quyidagi formula bo‘yicha o‘tkaziladi:
D = Rf + β*(Rm – Rf) + S1 + S2 + C, bu yerda:
D — diskontlash stavkasi;
Rf — tavakkalsiz stavka;
β — beta koeffitsiyenti, tizimli tavakkalchilik ko‘rsatkichi;
Rm — butun bir bozorning umumiy daromadliligi (o‘rtacha bozor daromadliligi me’yori);
S1 — kichik korxonalar uchun qarzni to‘lashga qodirlik yetarli emasligi hamda yirik korxonalar bilan taqqoslaganda katta bo‘lmagan miqdordagi ustav fondiga ega bo‘lgan korxonalarning moliyaviy barqarorligi bilan shartlangan tavakkalchilik mukofoti;
S2 — aniq tashkilotga investitsiyalash tavakkalchiligi uchun mukofot (tizimsiz tavakkalchiliklar);
S — kapital aktivlarni baholash usuli bo‘yicha barcha tarkibli qismlari sifatida faqat boshqa mamlakatlar bozori bo‘yicha ma’lumotlarning hisoblanishi formulasini ishlatishda inobatga olinuvchi mamlakatga oid tavakkalchilik.
68. Daromadni to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli kelgusi sof daromadlar joriy daromadlarga teng bo‘lishi kutilganda yoki ularning o‘sish sur’ati mo‘tadil va bashorat qilsa bo‘ladigan hollarda ishlatiladi. Sof daromadni kapitallashtirish baholanayotgan NMA va IMOni ishlatishdan tushadigan daromad barqaror bo‘lgan hollarda yetarli aniqlik bilan NMA va IMOning qiymatini aniqlashga imkon beradi.
69. Kapitallashtirish usulidan foydalanishda sof daromadlar miqdori NMA va IMOni ishlatishdan tushgan sof daromadlarni uning qiymatiga qaytadan hisob-kitob qilish uchun kapitallashtirish koeffitsiyentiga bo‘linadi.
70. Kapitalizatsiya stavkasi diskontlash stavkasi summasi (investitsiyalar uchun daromad me’yorlari) va bu investitsiyalarni qaytarish stavkasi sifatida hisoblanishi mumkin.
71. NMA va IMO bilan yaratiladigan pul oqimlari uchun kapitallashtirish koeffitsiyenti shuningdek, o‘xshash NMA va IMO bilan yaratiladigan pul oqimi miqdorini uning narxiga bo‘lish orqali ham aniqlanishi mumkin.
2-§. Xarajat yondashuvi
72. Xarajat yondashuvi baholanayotgan NMA va IMOni tiklash xarajatlari miqdorini NMA va IMOni yaratish uchun rag‘batlantirish sifatida kalkulatsiyaga qo‘yiladigan tadbirkorlik daromadini inobatga olgan holda eskirishni chegirgan tarzda joriy narxlarda hisoblab chiqishdan iborat.
73. Xarajat yondashuvining asosiy usullari quyidagilar hisoblanadi:
yaratish (boshlang‘ich xarajatlar) qiymati usuli;
tiklash xarajatlari qiymati usuli;
almashtirish qiymati usuli.
74. Yaratish qiymati usuli doirasida o‘tmishda amalda sarflangan baholanayotgan NMA va IMOni yaratish xarajatlari indeksatsiya qilish orqali joriy qiymatga keltiriladi. NMA va IMOning qiymati joriy narxlarda baholangan va investitsiya uchun daromad stavkasiga ko‘paytirilgan barcha xarajatlarni jamlash bilan aniqlanadi.
75. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
baholanayotgan NMA va IMOni yaratish va harakatga keltirish bilan bog‘liq barcha haqiqiy xarajatlar, jumladan uni foydalanishga yaroqli holatga keltirish bo‘yicha xarajatlar aniqlanadi;
baholash sanasi holatiga xarajatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab narxlar (inflatsiya) indeksi miqdorida xarajatlar tuzatiladi;
tuzatilgan xarajatlar jamlanadi va qabul qilingan rentabellilik koeffitsiyentiga (investitsiya uchun daromad stavkasiga) ko‘paytiriladi;
NMA va IMOning eskirish miqdori aniqlanadi;
tuzatilgan xarajatlar summasi hamda NMA va IMOning eskirish miqdori o‘rtasidagi farq sifatida NMA va IMOni yaratish qiymati aniqlanadi.
76. NMA va IMOning qiymati ushbu usul asosida quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
Val — NMA va IMOning qiymati;
Ci — i-chi yilda ishlab chiqarilgan NMA va IMOni yaratish xarajatlari;
n — NMA va IMOni yaratilgan paytdan boshlab baholash sanasigacha o‘tgan yillar soni;
KIndi — i-chi yildagi xarajatlarning baholash sanasiga indeksatsiya koeffitsiyenti;
Rate — investitsiyalar uchun daromad me’yori;
Kt — NMA va IMOning eskirish koeffitsiyenti.
77. NMA va IMOni yaratish haqiqiy xarajatlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
S= S1 + S2 + S3, bu yerda:
S — NMA va IMOni yaratish haqiqiy xarajatlari;
S1 — NMA va IMOni yaratish haqiqiy xarajatlari rentabellilikni inobatga olgan holda hisoblab chiqilgan ilmiy tadqiqot ishlarini to‘liq hajmda bajarish hamda texnik hujjatlarning (masalan eskizdan boshlab ish loyihasigacha) barcha bosqichlarini ishlab chiqish uchun amalda sarflangan xarajatlar summasi hisoblanadi. Bunda ilmiy-tadqiqot ishlari uchun xarajatlar qidiruv ishlari, jumladan muammoni dastlabki o‘rganib chiqish, nazariy tadqiqotlar, tajribalarni o‘tkazish va hisobotni tasdiqlash hamda boshqa shu kabi xarajatlardan tashkil topadi. Texnik hujjatlarni ishlab chiqish xarajatlari: eskiz, texnik va ish loyihalarini bajarish, hisob-kitoblarni bajarish, sinovlar o‘tkazish, begona tashkilotlarning xizmatlari, muallif nazoratini o‘tkazish va h. k.lar uchun xarajatlardan iboratdir. Texnologik va loyiha hujjatlari qisman bajariladigan yoki NMA va IMOni yaratishdan oldin faqat ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkaziladigan hollarda NMA va IMOning qiymatini hisoblash amalda bajarilgan ishlar xarajatlari bo‘yicha amalga oshiriladi, tovar belgilari va sanoat namunalari uchun bu dizaynga oid xarajatlar bo‘lishi mumkin;
S2 — NMA va IMOni huquqiy muhofaza qilishning haqiqiy xarajatlari (patent (guvohnoma) olish uchun buyurtma materiallarini rasmiylashtirish, buyurtma bo‘yicha yozishmalar, buyurtma topshirish, ekspertiza o‘tkazish, muhofaza qiluvchi hujjatni olish va uni kuchda saqlab turish va h. k.lar uchun bojlar to‘lash);
S3 — NMA va IMOni sanoatda ishlab chiqarishga va tijoriy sotishga tayyor holga yetkazish uchun haqiqiy xarajatlar hamda boshqa shu kabi xarajatlar.
78. Indeksatsiya koeffitsiyenti — nisbiy ko‘rinishda muayyan vaqt davrida tovarlar narxlarining o‘zgarishini tavsiflovchi iqtisodiy va statistik ko‘rsatkichdir. Indeksatsiya qilishni o‘tkazishda xarajatlarning elementlari bo‘yicha narxlar o‘zgarishi indekslariga amal qilish lozim. Xarajatlar elementlari bo‘yicha narxlar o‘zgarishi indekslari to‘g‘risida olish oson bo‘lgan ishonchli axborot mavjud bo‘lmaganda tegishli sanoat tarmoqlari bo‘yicha narxlar o‘zgarishi indekslari yoki boshqa tegishli indekslar ishlatilishi mumkin bo‘ladi. Indeksatsiya qilishning tegishli koeffitsiyenti oylik maoshning o‘zgarishi, eng barqaror valyutaning o‘zgarishi, materiallar, butlovchi qismlar narxlarining o‘zgarishi yoki tayyor mahsulot narxining o‘zgarishini aks ettiruvchi ko‘rsatkich sifatida hisoblanishi mumkin.
79. Umumiy holatlarda indekslash koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Kind = P1 / P0, bu yerda:
Kind — indekslash koeffitsiyenti;
P1 — tovarlar narxlari, oylik maosh miqdori yoki baholash sanasidagi valyutalar kursining o‘zgarishi;
P0 — tovarlar narxlari, oylik maosh miqdori yoki xarajatlarni amalga oshirish sanasidagi valyutalar kursining o‘zgarishi.
80. Tadbirkorning daromadi (Rate) uning investitsiyalash tavakkalchiligi darajasi bo‘yicha ehtimoliy o‘xshash bo‘lgan, masalan sanoatning tegishli tarmog‘idagi kapital uchun unumdorlik stavkalaridan kelib chiqib hisoblab chiqilishi mumkin.
81. NMA va IMOning eskirishi yanada taraqqiy topgan o‘xshash NMA va IMOlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’naviy eskirishdan iborat. Ma’naviy eskirish sotuvlarning tushishi va NMA va IMO daromadliligining pasayishi bilan baravar yuz beradi.
82. NMA va IMOning eskirishi NMA va IMOni foydali ishlatish muddati va muhofaza hujjatining qolgan muddati asosida aniqlanishi mumkin. Bunda NMA va IMOni foydali ishlatish muddati shartnoma bo‘yicha NMA va IMOdan foydalanish huquqi berilishi mumkin bo‘lgan muddat sifatida yoki NMA va IMO huquq egasining shaxsiy ishlab chiqarishida (biznesida) ishlatilishi mumkin bo‘lgan muddat sifatida aniqlanadi.
83. NMA va IMOning eskirishi koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Kt = 1 – FP/ LP, bu yerda:
Kt — NMA va IMOning eskirishi koeffitsiyenti;
FP — huquqiy muhofazasiga ega bo‘lgan baholash obyektlari uchun ustuvorlik sanasidan (muhofaza qiluvchi hujjatga binoan) baholash sanasigacha bo‘lgan haqiqiy muddat yoki huquqiy muhofazasiga ega bo‘lmagan baholash obyektlari uchun NMA va IMOdan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish boshlangandan haqiqiy muddat;
LP — huquqiy muhofazasiga ega bo‘lgan baholash obyektlari uchun huquqlarning (muhofaza qiluvchi hujjatga binoan) nominal amal qilish muddati, yoki huquqiy muhofazasiga ega bo‘lmagan baholash obyektlari uchun ishlab chiqarish faoliyatida foydalanishning muddati.
84. Tiklanish qiymati usulining asosida tashkilot daromadi miqdorini inobatga olgan holda tiklash xarajatlarini hisoblash asosida NMA va IMOga bo‘lgan huquqlarning qiymatini aniqlash yotadi. Bunday tiklash baholanayotgan NMA va IMOni baholash sanasi holatiga joriy narxlarda yaratish kalkulatsiyasini to‘liq aslicha tiklashni (modellashtirishni) nazarda tutadi.
85. Bu usul baholash obyektini yaratish uchun haqiqiy ma’lumotlar bilan hujjatli tasdiqlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda eng maqbul usul hisoblanadi. Ushbu usulni ishlatishda NMA va IMOning tiklanish qiymati (tiklash qiymati) uning yangi aniq nusxasini yaratish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. Ushbu xarajatlar aynan o‘xshash xomashyo, materiallar, energiya manbalari, tarmoqdagi o‘rtacha mehnatga haq to‘lash va boshqa xarajatlarga nisbatan baholash sanasidagi amaldagi narxlar asosida hisoblanishi lozim.
86. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
NMA va IMOni yaratish va rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanishga tayyor holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha zarur xarajatlar aniqlanadi;
baholash sanasi holati bo‘yicha xomashyo, materiallar, energiya manbalari, butlovchi buyumlar, tarmoqda tegishli malakaga ega bo‘lgan ishchilarning mehnatiga o‘rtacha haq to‘lash bo‘yicha axborot hamda baholanayotgan NMA va IMO uchun xos bo‘lgan boshqa narsalarga nisbatan narxlar belgilanadi;
NMA va IMOni yaratish qiymatining kalkulatsiyasi aniqlanadi;
NMA va IMO qiymatining tiklanish qiymati tadbirkor daromadiga (investitsiya uchun daromad stavkasi) ko‘paytirilgan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi;
NMA va IMOni ehtimoliy eskirish miqdori hisoblanadi;
baholash obyektining qiymati NMA va IMOning tiklanish qiymati hamda eskirish miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
87. Almashtirish qiymati usuli baholanayotgan NMA va IMOning yangi aniq nusxasini aslicha yaratish mumkin bo‘lmaganda, lekin iste’molchilik xususiyatlari bilan baholanayotgan NMA va IMOga o‘xshash bo‘lgan, biroq albatta tashqi ko‘rinishi va uning tarkibiy elementlari bo‘yicha aynan bir xil bo‘lmagan analogi bilan almashtirilishi mumkin bo‘lganda qo‘llaniladi.
88. NMA va IMOni almashtirish qiymati o‘zining iste’molchilik, funksional, iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash obyektining teng qimmatli o‘rnini bosuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan, undan eng samarali foydalanilishini ta’minlay oladigan NMA va IMOning analogini yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish xarajatlarining baholash sanasi holati bo‘yicha joriy qiymati to‘g‘risidagi axborotga asosan aniqlanadi.
89. Almashtirish qiymati usulidan foydalanishda NMA va IMO qiymati o‘xshash foydaliligi yoki o‘xshash iste’molchilik qiymatiga ega bo‘lgan NMA va IMOni sotib olishda to‘lanishi lozim bo‘lgan narxi bilan aniqlanishiga asoslangan almashtirish tamoyilidan foydalaniladi.
90. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
bozor o‘rganib chiqiladi va NMA va IMOning o‘xshash foydaliligi yoki o‘xshash xususiyatlariga ega bo‘lgan analoglari aniqlanadi, ularning bozor qiymati yoki ularni yaratish xarajatlari summasi belgilanadi;
analoglar qiymatlari (yoki yaratish xarajatlari), agarda analogni sotish (yoki taklif etish) sanasi baholanayotgan NMA va IMOni baholash sanasidan farq qilsa, baholash sanasi holatiga indeksatsiya yo‘li bilan keltiriladi;
baholash obyektining analogiga nisbatan baholash obyektining eskirishi miqdorini aniqlash;
baholash obyektining bozor qiymatini baholash obyektiga o‘xshash bo‘lgan yangi obyektni yaratish xarajatlaridan baholash obyektining eskirish miqdorini chegirib tashlash yo‘li bilan hisoblash yoki teng foydalilikka ega analogni sotib olishda to‘lanishi lozim bo‘lgan eng kam narxdan kelib chiqib NMA va IMOning qiymatini aniqlash.
91. Baholash obyektiga o‘xshash yangi obyektni yaratish xarajatlari summasi analogni yaratish hamda uni foydalanish uchun tayyor holatga keltirish bilan bog‘liq bevosita va bilvosita xarajatlarni, shuningdek tadbirkor daromadi – NMA va IMOni yaratishga investitsiya uchun eng ehtimoliy mukofot miqdorini o‘z ichiga oladi.
3-§. Qiyosiy yondashuv
92. NMA va IMOning bozor qiymatini qiyosiy yondashuvdan foydalangan holda aniqlash analoglar narxlariga ularning baholanayotgan NMA va IMOdan farqini bartaraf qilish imkonini beruvchi tuzatishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
93. Qiyosiy yondashuv tegishli solishtirish elementlari asosida tanlab olinadigan analoglar narxlaridan foydalangan holda qo‘llaniladi. Solishtirish elementlariga o‘zgarib turishi baholash obyektining bozor qiymatiga ta’sir qiluvchi omillar hamda bozorda yuzaga kelgan NMA va IMO bilan bog‘liq bitimlar tavsiflari taalluqlidir.
94. Eng muhim solishtirish elementlari quyidagilar hisoblanadi:
NMA va IMOga bo‘lgan baholanayotgan mulkiy huquqlar hajmi;
NMA va IMO bilan bog‘liq bitimlarni moliyalashtirish shartlari (shaxsiy va qarz mablag‘larining nisbati, qarz mablag‘larini taqdim qilish shartlari);
analog bilan bog‘liq bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash o‘tkazilgan sanagacha bo‘lgan davrda NMA va IMO narxlarining o‘zgarishi;
NMA va IMO foydalanilgan yoki foydalanilishi mumkin bo‘lgan sanoat tarmog‘i;
NMA va IMO hamda analogga bo‘lgan taqdim etilayotgan huquqlar amal qiladigan hudud;
baholash obyektining analogga nisbatan funksional, texnologik, iqtisodiy tavsiflari;
NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilishi yoki sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulotga talab;
raqobatlashuvchi takliflarning mavjudligi;
NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) sotishning nisbiy hajmi;
NMA va IMO hamda analogdan foydali foydalanish muddati;
ishlab chiqarishda NMA va IMOni hamda analogni o‘zlashtirish xarajatlarining darajasi;
to‘lov shartlari hamda NMA va IMO bilan bog‘liq bitimlarni tuzish holatlari.
95. Tuzatishlar miqdorlari quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
bir solishtirish elementi bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi analoglar narxlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri juft-jufti bilan solishtirish, hamda shunday tarzda olingan axborot asosida ushbu solishtirish elementi bo‘yicha tuzatishlarni aniqlash;
bir solishtirish elementi bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi ikkita analoglarning daromadini (foydasini) to‘g‘ridan to‘g‘ri juft-jufti bilan solishtirish, hamda daromadlardagi farqlarni kapitallashtirish yo‘li bilan ushbu solishtirish elementi bo‘yicha tuzatishlarni aniqlash;
analogning baholash obyektidan farq qiladigan solishtirish elementi tavsifining o‘zgarishi bilan bog‘liq xarajatlarni aniqlash orqali;
analoglar narxlariga tuzatishlarni ekspert yo‘li bilan asoslash.
96. NMA va IMOni baholashning qiyosiy yondashuvi doiralarida baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
sotib olish qiymati usuli;
sotuvlarning qiyosiy tahlili usuli.
97. Sotib olish qiymati usuli baholash obyektining analogi uning bozor qiymatini aks ettirayotgan narx bo‘yicha bozorda sotib olinishini nazarda tutadi. U baholanayotgan NMA va IMOning bozor qiymatini hisoblash uchun foydalanilishi mumkin, bunda baholanayotgan NMA va IMO hamda bozorda mavjud analogining taqqoslanishini ta’minlovchi tuzatishlar kiritiladi.
98. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
o‘xshash NMA va IMOlar bo‘yicha tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborot to‘planadi;
NMA va IMOni tanlab olingan analoglari bilan taqqoslanishi o‘tkaziladigan solishtirish elementlari ro‘yxati aniqlanadi;
baholanayotgan NMA va IMO bilan solishtirish elementlari qiymatlarini hisobga olgan holda tuzilgan bitimlarning haqiqiy narxlari tuzatiladi;
taqqoslanayotgan bitimlar bo‘yicha tuzatilgan haqiqiy ma’lumotlar asosida baholanayotgan NMA va IMOning qiymati aniqlanadi.
99. Sotuvlarning qiyosiy tahlili usuli NMA va IMOning qiymatini taqqoslash uchun tanlab olingan o‘xshash obyektlar sotuvlari narxiga tuzatishlar kiritish yo‘li bilan hisoblashga imkon beradi.
100. Analog hamda NMA va IMOning taqqoslanuvchi parametrlari aynan bir bozordagi sotilish sanasi yoki taklif sanasi, iqtisodiy shartlari, fizik tavsiflari va raqobatdoshligiga nisbatan o‘xshash bo‘lishi lozim, ya’ni talab va taklif jihatdan ular taxminan bir xil holatda bo‘lishi lozim. Aks holda taqqoslanayotgan analogdan qiymat ko‘rsatkichlarini ko‘chirish noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi mumkin.
101. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
baholash obyektiga o‘xshash bo‘lgan obyektlar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi, ularning sotilishi takliflari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish maqsadida bozorni o‘rganish o‘tkaziladi;
NMA va IMO hamda uning analogi taqqoslanishi o‘tkaziladigan solishtirish elementlari ro‘yxati aniqlanadi, taqqoslanayotgan obyektlar farqlanuvchi xususiyatlarining ularning qiymatiga ta’siri darajasi aniqlanadi;
baholash obyektini tanlab olingan bozorda sotilgan yoki sotishga taklif qilinayotgan obyektlar – analoglar bilan alohida ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtirilishi o‘tkaziladi;
analog obyekt qiymatiga nisbatan solishtirish elementlari bo‘yicha tuzatishlar aniqlanadi;
analog – obyektning qiymatiga tuzatishlar kiritish asosida NMA va IMOning qiymati aniqlanadi.
102. Sotuvlarning qiyosiy tahlili usuliga binoan NMA va IMOning bozor qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
V = Vkor ± Kor, bu yerda:
V — NMA va IMOning bozor qiymati;
Vkor —– analog qiymatining tuzatilgan miqdori;
Kor — baholash sanasi holatiga taqqoslanayotgan analogning tuzatilgan qiymati miqdoriga umumiy tuzatishlar miqdori.
NMA va IMO analogining tuzatilgan qiymati miqdori narxning amal qilishi sanasi holatiga quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Vkor= Pa * Kinf - A bu yerda:
Pa — sotuv kuni holatiga taqqoslanayotgan obyektning (analogning) sotilish narxi;
Kinf — analog bilan bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash sanasiga qadar bo‘lgan davr uchun inflatsiya indeksining o‘zgarishlarini inobatga oluvchi koeffitsiyent;
A — analog bilan bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash sanasiga qadar bo‘lgan davr uchun quyidagi formulaga binoan aniqlanadigan hisoblangan amortizatsiya miqdor:
A= Pa * Pt/ PerA, bu yerda:
Pt — analog bo‘yicha bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash sanasiga qadar bo‘lgan davr (oylarda);
PerA— baholanayotgan NMA va IMOning ehtimoliy xizmat muddatidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan amortizatsiyaning to‘liq muddati (oylarda).
103. NMA va IMOning iste’molchilik xususiyatlari ko‘p sonli parametrlar bilan aniqlanadi, va baholash sanasi holatiga uning to‘liq analogi yoki o‘xshash obyektlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha axborot umuman bo‘lmasligi mumkin. Sotuvlarning qiyosiy tahlilini o‘tkazishda mutlaqo bir xil bo‘lgan NMA va IMOlar bo‘lmasligi hamda ulardan bir xilda foydalanish shartlari bo‘lmasligini tushunish lozim.
V bob. Qo‘llanilgan baholash yondashuvlari natijalarini muvofiqlashtirish va yakuniy qiymatni aniqlash
104. Baholashning turli yondashuvlari bilan olingan baholash natijalarini muvofiqlashtirish (umumlashtirish) bunday natijalarni o‘lchash va taqqoslash yo‘li bilan baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
105. Hisoblashlar natijalarini umumlashtirish baholovchi tomonidan u tomondan tanlab olingan umumlashtirish mezonlariga asosan har bir mezonlar bo‘yicha hisoblashlar natijalarini bir-biriga o‘zaro taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
106. Muvofiqlashtirish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
baholovchi amalga oshiradigan tahlil asosida, barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda solishtirma o‘lchovlarni tanlashdan iborat bo‘lgan mantiqiy muvofiqlashtirish usuli bilan. Baholovchi tomonidan ustuvor yondashuv aniqlanadi, qolgan yondashuvlarning natijalaridan esa ustuvor yondashuv yordamida olingan natijani tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalaniladi;
matematik o‘lchash usulida turli baholash yondashuvlari bilan olingan natijalarning solishtirma o‘lchovlarini aniqlash uchun bir necha mezonlardan foydalaniladi va ularning yordamida qo‘llanilgan hisoblash usulining afzalliklari yoki kamchiliklari aniq obyektni baholash xususiyatlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi.
107. Solishtirma o‘lchovlarni aniqlashda baholovchi quyidagi asosiy omillarni:
tahlil va hisoblashlarga asos bo‘lgan axborotning ishonchliligi va yetarliligini;
baholash yondashuvi baholash obyektiga xos bo‘lgan narx belgilovchi omillar tuzilishini hisobga olishga qodirligini;
yondashuvning baholash obyektiga o‘xshash obyektlarning odatdagi xaridorlari va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligini;
baholash yondashuvining qiymatni baholashning turiga va maqsadiga muvofiqligini tahlil qilishi lozim.
108. Muvofiqlashtirishni o‘tkazish uchun quyidagi usullar qo‘llanadi:
o‘rtacha arifmetik miqdorni aniqlash usuli;
o‘rtacha o‘lchangan miqdorni aniqlash usuli.
109. O‘rtacha arifmetik miqdorni aniqlash usulida quyidagi hisoblash formulasidan foydalaniladi:
S = Σ turli yondashuvlar bilan olingan qiymatlar / yondashuvlar soni, bu yerda:
S — qiymatning yakuniy bahosi.
110. O‘rtacha o‘lchangan qiymatni aniqlash usuli har bir usullarga (hisoblashlar natijalariga) muayyan o‘lchov (foiz yoki rang)ni berishni nazarda tutadi. O‘lchovlar ekspert yo‘li bilan beriladi.
111. Ranglarga ajratish (ranjirlash) usulida ranglar 1 dan 3 gacha raqamlanadi. Eng kichik hisoblash natijasiga — Smin eng kichik rangi beriladi, eng yuqori hisoblash natijasiga — Smax eng yuqori rang beriladi va o‘rtacha natijaga — o‘rtacha. Turli yondashuvlar bilan olingan qiymat miqdorlarini muvofiqlashtirish uchun quyidagi hisoblash formulasidan foydalaniladi:
S = (Smin * 1 + Ssr * 2 + Smax * 3) / Σ ranglar miqdori, bu yerda:
Smin — baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning eng kichik miqdori;
Smax — baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning eng katta miqdori;
Ssr — baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning o‘rtacha miqdori;
112. Nisbiy xatoliklarni hisobga olish usuli turli yondashuvlarni qo‘llash natijasida kelib chiqadigan hisob-kitoblardagi xatoliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Daromad yondashuvida xatoliklar sotuvlar, daromadlar, soliqlar hajmini prognozlashda, tavakkalchiliklar miqdorlarini hisob-kitob qilishda, alohida iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini noaniq prognozlashda va boshqalarda paydo bo‘lishi mumkin.
Sotuvlarning qiyosiy tahlilida xatoliklar analogning tavsiflarini to‘g‘ridan to‘g‘ri taqqoslashni o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganligi tufayli paydo bo‘lishi mumkin, chunki ularning baholanayotgan obyekt bilan o‘xshashlik darajasi taxminiydir va analogning qiymati faqat bitim sanasi holatigagina haqqoniy bo‘lishi mumkin.
Xarajat yondashuvida xatoliklar xarajatlarni indeksatsiya qilishda, eskirishlar miqdorlarini va boshqalarni aniqlashda paydo bo‘lishi mumkin. Shu bois baholashning har bir yondashuvi yordamida hisoblashlardagi ushbu xatoliklarni hisobga olish uchun o‘rtacha o‘lchangan miqdorni aniqlashning quyidagi formulalari qo‘llaniladi.
Yakuniy miqdorni aniqlash uchun baholashning uchala yondashuvidan foydalanishda quyidagi formulalar qo‘llaniladi.
1) Agarda quyidagi shartlar bajarilsa va hisoblash xatoliklari:
Smin — baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning eng kichik miqdori;
Smax — baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning eng katta miqdori;
Ssr — baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning o‘rtacha miqdorini tashkil qilsa,
u holda qiymatning yakuniy miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin:
S = Ssr
2) Agarda quyidagi shartlar bajarilsa va hisoblash xatoliklari:
ni tashkil qilsa, u holda qiymatning yakuniy miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
3) Agarda quyidagi shartlar bajarilsa va hisoblash xatoliklari:
ni tashkil qilsa, u holda yakuniy miqdor quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
4) Agarda quyidagi shartlar bajarilsa va hisoblash xatoliklari:
ni tashkil qilsa, u holda yakuniy miqdor quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Baholashning ikkita yondashuvidan foydalanilganda yakuniy miqdorni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
113. Iyerarxiyalarni tahlil qilish usuli baholashning turli yondashuvlari bilan olingan natijalarni muvofiqlashtirish hamda natijalarni muvofiqlashtirishning muammolarini qism-qismlarga bo‘lish va uni iyerarxiya ko‘rinishida taqdim etishni ifodalaydi.
Natijalarni muvofiqlashtirish maqsadlari uchun quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan uch darajali iyerarxiyadan foydalaniladi:
yuqori daraja — maqsad — bozor qiymatini baholash;
oraliq daraja — muvofiqlashtirish mezonlari;
quyi daraja — alternativlar — turli usullar bilan olingan baholash natijalari.
Baholash maqsadlari uchun muvofiqlashtirishning quyidagi mezonlaridan foydalaniladi:
potensial investor, xaridor yoki sotuvchining haqiqiy maqsadlarini aks ettirish imkoniyati;
tahlil o‘tkazilishiga asos sanalgan ma’lumotlarning turi, sifati, kengligi;
foydalanilayotgan usullar parametrlarining konyunktura tebranishlarini hisobga olishga qodirligi;
obyektning qiymatiga ta’sir qilayotgan o‘ziga xos xususiyatlarini (joylashgan joyi, miqdori, potensial daromadliligini) hisob olishga qodirligi.
Natijalarni muvofiqlashtirish muammolari qism-qismlarga bo‘lingandan va iyerarxiya ko‘rinishida taqdim qilingandan keyin quyidagi izchillikdagi harakatlar bajariladi:
mezonlardagi ustuvorliklar juft-jufti bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Buning uchun teskari simmetrik matritsa quriladi, juft-jufti bilan taqqoslash uchun esa quyidagi nisbatlar shkalasidan foydalaniladi:
Baholash parametrlarining muhimligi‎

“1-9”‎

Bir xil muhimlik‎ 1.‎
Sezilarsiz ustunlik‎ 3.‎
Sezilarli ustunlik‎ 5.‎
Yaqqol ustunlik‎ 7.‎
Mutlaq ustunlik‎ 9.

‎‎2, 4, 6, 8 – oraliq miqdorlar.

kelgusida har bir mezon uchun quyidagi formula bo‘yicha o‘lchov aniqlanadi:
j — mezon o‘lchovi;
P — indekslar ko‘paytmasi;
aij — mezonning (indeksning) muhimligi;
n — mezonlar soni;
olingan o‘lchovlar quyidagi formula bo‘yicha me’yorlanadi:
Shunday tarzda olingan miqdorlar har bir mezonlarning yakuniy o‘lchov qiymatini ifodalaydi. Shundan keyin quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
har bir mezon bo‘yicha har bir alternativa uchun ustuvorliklarni aniqlashning tavsiflangan tartib-jarayonlarini amalga oshirish o‘tkaziladi, har bir alternativaning o‘lchov miqdorlari aniqlanadi;
har bir alternativaning narx belgilovchi omillar o‘lchovlarining ko‘paytmalari summasiga teng bo‘lgan hamda ularning har bir omillar bo‘yicha alternativalari o‘lchovlariga muvofiq bo‘lgan yakuniy o‘lchovlarini hisoblash o‘tkaziladi;
alternativalar o‘lchovlari ko‘paytmalari summasiga teng bo‘lgan va ularning o‘lchovlariga mos keluvchi bozor qiymatini hisoblash o‘tkaziladi.
VI bob. Baholash to‘g‘risidagi hisobotni tuzish
114. Baholash to‘g‘risidagi ishonchli hisobotni tayyorlashning zaruriy sharti uning quyidagi mezonlarni qanoatlantirishi hisoblanadi:
baholash to‘g‘risidagi hisobotning baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi;
baholash to‘g‘risida hisobot foydalanuvchida baholash obyekti to‘g‘risida uning qiymatiga ta’sir qiluvchi barcha muhim jihatlari haqida xolis tasavvurni shakllantirishi lozim;
baholash to‘g‘risidagi hisobot foydalanuvchi mustaqil ravishda baholash obyekti qiymatini aniqlashning butun jarayonini (jumladan alohida ko‘rsatkichlar hisobini) qaytara oladigan ko‘rinishda taqdim qilinishi lozim;
baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholashning aniq yondashuvlarini, baholash usullarini va alohida ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarini tanlash aniq asoslangan bo‘lishi lozim;
baholash to‘g‘risidagi hisobotda foydalaniladigan ma’lumotlar tekshira olinadigan bo‘lishi lozim, ya’ni hisobotda ko‘rsatilgan barcha faktlarning ishonchliligini tekshirishning obyektiv imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim;
baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholash jarayonida e’tiborga olingan barcha holatlar, farazlar, cheklovlar o‘zining aksini topgan bo‘lishi lozim.
115. Baholash to‘g‘risidagi hisobotning titul varag‘ida quyidagilar ko‘rsatiladi:
baholash to‘g‘risidagi hisobotning ro‘yxat raqami;
baholash obyektining nomi va aniqlanayotgan qiymat turi ko‘rsatilgan ishning nomi;
aniqlanayotgan qiymati turi;
baholash sanasi;
baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilgan sana;
buyurtmachi va baholovchining nomi.
116. Mundarijada baholash to‘g‘risidagi hisobotning sahifalari raqamlari ko‘rsatilgan barcha bo‘limlari va kichik bo‘limlari sarlavhalari sanab o‘tiladi.
117. Kuzatuv xat qisqacha shaklda tuziladi va quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
xat raqami va sanasi;
baholanayotgan mulkiy huquqlar ko‘rsatilgan baholash obyektining nomi;
baholashni o‘tkazish uchun asos;
baholash maqsadi;
baholash sanasi;
baholanayotgan qiymat turi;
eng muhim farazlar va cheklovchi shartlar;
baholash natijasi.
Kuzatuv xat firma blankasida rasmiylashtiriladi, baholovchi tashkiloti rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(117-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/38-sonli (ro‘yxat raqami 2371-1, 01.06.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 22-son, 259-modda)
118. “Umumiy ma’lumotlar” bo‘limi baholash to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanuvchiga o‘tkazilgan baholashning asosiy holatlarini qisqacha shaklda taqdim qilishga mo‘ljallangan. Bo‘limda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
baholashni o‘tkazish uchun asos;
baholash sanasi;
baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilgan sana;
baholash maqsadi va baholash natijalaridan mo‘ljallangan foydalanish;
aniqlanayotgan qiymat turi;
baholash obyektining yakuniy qiymati;
axborot olish manbalari;
baholash bo‘yicha ishlarni o‘tkazishda va NMA va IMOni baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashda foydalanilgan normativ hujjatlar va standartlar;
qabul qilingan atamalar;
hisoblash bazasi va aniqlanayotgan qiymat turi;
baholash obyekti qiymatini aniqlashning ketma-ketligi;
ishni bajargan baholovchi(lar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
NMA va IMOning egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
119. “Qabul qilingan farazlar va cheklovchi shartlar” bo‘limi baholash obyekti qiymatini aniqlashga asos bo‘lgan shartlar to‘g‘risidagi axborotdan iboratdir. Ushbu shartlar baholash obyekti va foydalanilayotgan axborotni ishlatish bilan bog‘liq holatlardan (qonunchilik, miqdor va sifat tavsiflari) kelib chiqib, umumiy qabul qilingan shartlardan farq qilishi mumkin.
120. “Baholash obyektining tavsifi” bo‘limi baholash obyektining sifat va miqdor jihatlarini tavsiflash uchun mo‘ljallangan va quyidagi axborotni o‘z ichiga oladi:
baholash obyektining to‘liq nomi (obyekt turi: nomoddiy aktiv, intellektual mulk obyekti);
baholanayotgan huquqlar to‘g‘risidagi axborot;
huquqlar egalari va mualliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
baholanayotgan obyektning huquqiy muhofazasi to‘g‘risidagi axborot, muhofaza qiluvchi hujjat va uning amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda, agarda mavjud bo‘lsa;
baholash obyektidan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanishning boshlanishi muddatlari to‘g‘risidagi axborot;
ishlab chiqarishga tayyorligi darajasi to‘g‘risidagi axborot;
baholash obyektining o‘zini hamda uning foydaliligini yanada batafsilroq tushunish imkonini beruvchi baholash obyektining texnik-iqtisodiy tavsiflari;
baholash obyektidan foydalaniladigan texnik (iste’molchilik), ekspluatatsion, ekologik va iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan mahsulotlar, xizmatlarning tavsiflari;
baholash obyektini ta’riflovchi boshqa tavsiflar.
121. “Baholash obyekti bozorining tahlili” bo‘limi baholash obyekti qiymatiga ta’sir etadigan bozordagi vaziyat omillarining tahlilidan iborat.
122. Bozorning haqiqiy vaziyatini tushunish uchun ushbu bo‘limda yalpi ichki mahsulotning hajmi, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ishlab chiqarishi hajmi, mintaqa iqtisodiyotining tuzilishi, iste’molchilik narxlari indeksi, aholining daromadlari darajasi va boshqalar singari ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqish bilan mintaqadagi umumiy iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning qisqacha sharhi nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
123. Intellektual mulk va nomoddiy aktivlar bozori rivojlanmagan bo‘lishi mumkin, va ko‘pincha baholash obyekti uchun analogni tanlab olish bunday obyektlar bilan bitimlar to‘g‘risidagi axborot yopiq bo‘lganligi sababli amalda ilojsizdir. Bunday holatlarda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan oxirgi mahsulot bozorini tahlil qilishga yo‘l qo‘yiladi. Baholanayotgan NMA va IMO ishlatiladigan sanoat tarmog‘i, shuningdek rivojlanishi baholashda qo‘llanilayotgan alohida ko‘rsatkichlarning hisob-kitoblariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turdosh tarmoqlar va moliyaviy bozorlar tahlil qilinadi.
124. NMA va IMOni, NMA va IMOdan tashkil topgan mahsulotni yoki NMA va IMOdan foydalaniladigan ishlab chiqarishlarni sotish bozorini aniqlashda baholash obyektining funksional belgilari va (yoki) qo‘llanish usuliga ko‘ra qo‘llanish sohasi va yo‘nalishlari, sotish geografiyasi, sotish bozorining hajmi, raqobatlashuvchi tovarlarning sotilish hajmi, baholash obyekti uchun eng maqbul yoki kafolatlangan sotish hajmi aniqlanishi zarurdir.
125. “Baholash usulini tanlashni asoslash” bo‘limi quyidagilardan iborat:
baholash yondashuvlari va usullarining qisqacha sharhi;
baholash yondashuvlari va usullarini tanlash va ularning qo‘llanilishini asoslash yoki baholashning biron-bir yondashuvidan foydalanish rad etilganligini asoslash.
126. Aniq NMA va IMOni baholash usullarini tanlash baholovchi tomonidan mustaqil ravishda hisoblashlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlar bor-yo‘qligidan, shuningdek ushbu aniq shartlar uchun ushbu usulning o‘rinliligi (qo‘llash mumkinligi) mulohazalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
127. “Hisob-kitoblar qismi” bo‘limi xarajat, daromad va qiyosiy yondashuvlar doirasida tegishli hisob-kitoblar keltirilgan qo‘llanilgan usullarning tavsifidan iboratdir.
128. “Baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash” bo‘limi quyidagilardan iborat:
baholashning foydalanilgan yondashuvlari doiralarida olingan natijalarni muvofiqlashtirish tartibi va usullarining qisqacha tavsifi;
natijalar tafovutlarini tekshirish, olingan tafovutlar sababini tahlil qilish;
qo‘llanilgan baholash yondashuvlarining yaroqliligi, aniqligi va asosliligiga nisbatan ahamiyatlilik mezonlarini tavsiflash;
baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash.
129. Hisobotning ilovalarida hisob-kitoblar o‘tkazilishi va baholash obyektining qiymati to‘g‘risidagi xulosalar qilishiga asos qilib olingan hujjatlar va materiallarning nusxalari keltirilishi lozim. Shuningdek, “Ilovalar” bo‘limi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning nusxasi;
baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashda ishtirok etgan baholovchilarning malaka sertifikatlari nusxalari;
baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarliligining sug‘urta polisi nusxasi.
130. Baholash to‘g‘risidagi hisobot baholash obyektining o‘ziga xos xususiyatlari hamda baholash maqsadlariga qarab ushbu Uslubiy ko‘rsatmalarda ko‘rsatilmagan boshqa bo‘limlar va ma’lumotlardan ham iborat bo‘lishi mumkin.
Baholash to‘g‘risidagi hisobot raqamlangan va baholovchi (baholovchilar) tomonidan betma-bet imzolangan, tikilgan, shuningdek baholovchi tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
(130-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/38-sonli (ro‘yxat raqami 2371-1, 01.06.2016-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 22-son, 259-modda)
VII bob. Alohida obyektlarni baholashning xususiyatlari
131. Tijorat foydalarini olish uchun ishlatilmaydigan, asosan ekologik, ijtimoiy, ilmiy yoki ta’lim vazifalarini echishda foydalaniladigan noyob NMA va IMOlarni baholashda ularning bozor qiymatini baholashning yagona yondashuvi xarajat yondashuvi hisoblanadi.
132. Tovar belgisini baholashning xususiyatlari shundan iboratki, tovar belgisi kabi obyektlarni baholash uchun huquqlarning qiymatini belgilash uchun ko‘rsatkichlarni tanlab olishda butun NMA va IMOning qiymatini baholash asoslanadigan fundamental tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarning qiymati faqat ushbu huquqlardan mavjud yoki eng yaxshi foydalanishda ularning egasiga keltiriladigan daromadlar bilan aniqlanadi.
133. Tovar belgisini xarajat yondashuvi asosida baholashda xarajatlar sifatida quyidagi xarajatlar turlari hisobga olinadi:
tovar belgisini yaratish xarajatlari;
tovar belgisini huquqiy va boshqa muhofazasi xarajatlari;
baholanayotgan tovar belgisi ostidagi mahsulotlarning (xizmatlarning) marketing tadqiqotlari xarajatlari;
reklama tadbirlari xarajatlari.
134. Amaldagi tovar belgisini baholashdan o‘tkazish uchun tashkilotning so‘nggi bir necha yillar uchun moliyaviy hisobotlarining tahlili o‘tkaziladi. Bunda baholash to‘g‘risidagi hisobotga “Faoliyatning moliyaviy ko‘rsatkichlari tahlili” bo‘limi kiritiladi.
135. Tovar belgisidan olinadigan daromadlarni daromad yondashuvi doirasida baholashda quyidagi asosiy usullar qo‘llaniladi:
foydadagi ustunlik usuli;
ortiqcha foydalar usuli;
tovar belgisidan olinadigan qo‘shimcha daromadni ajratib olish usuli;
royaltidan ozod qilish usuli.
136. Daromad yondashuvidan foydalanishda, qoida tariqasida, tovar belgisi mahsulotlar (xizmatlar) qiymatini yaratishda boshqa aktivlar (ko‘chmas mulk, asbob-uskuna va b.) bilan birgalikda ishtirok etishi taxmin qilinadi. Mashhur tovar belgisi o‘xshash tovarlarga bo‘lgan o‘rtacha bozor narxi bilan taqqoslaganda narxni oshirish imkonini beradi. Aynan shu farq foydadagi ustunlik usulidan foydalanish asosida hisoblab chiqilishi mumkin bo‘lgan tovar belgisidan foydalanish hisobiga yaratiladigan qiymat hisoblanadi. Baholovchidan rentabellilikning qo‘shimcha foizini hisoblash, tashkilotning sotuvlari prognozini tuzish va qo‘shimcha foydaning joriy summasini aniqlash talab qilinadi.
137. Ortiqcha foyda usuli iqtisodiy ma’no jihatidan avvalgi usulga o‘xshashdir, biroq, qoida tariqasida, gudvill qiymatini baholash uchun qo‘llaniladi. Undan, shuningdek tovar belgisini baholash uchun foydalanish ham mumkin. Asosiy farqi shundan iboratki, tashkilot tomonidan tovar belgisini ishlatishdan olinadigan qo‘shimcha foyda alohida tovarlar va xizmatlarga nisbatan emas, balki shaxsiy kapitaldan foydalanish rentabelliligini aniqlash yo‘li bilan hisoblab chiqiladi. Rentabellilikning hisoblab chiqilgan foizi o‘rtacha tarmoq foizi bilan solishtiriladi, olingan farq shaxsiy kapital miqdoriga ko‘paytiriladi — bu esa ortiqcha foyda yoki tovar belgisining bozor qiymatidir.
138. Tovar belgisidan olinadigan qo‘shimcha daromadni ajratib olish usuli bilan foydani (pul oqimini) topishda, qiymatni hisob-kitob qilish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
P = Kad * Pei * Rate, bu yerda:
R — foyda (pul oqimi);
Kad — tovar belgisini qo‘llash bilan bog‘liq qo‘shimcha foydani inobatga oluvchi va tovar belgisi ostida mahsulotlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) tavsifiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsiyent. Ushbu koeffitsiyentning qiymati mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarga 2-ilovada keltirilgan shkala bo‘yicha aniqlanadi;
Pei — i-chi yilda sotilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmini i-chi yildagi mahsulotlar (xizmatlar) birligining ehtimoliy narxiga ko‘paytirish natijasi sifatida aniqlanadigan i-chi yildagi tovar belgisini ishlatishdan olingan tushum (yalpi foyda);
Rate — investitsiyalar uchun foyda me’yori.
139. Xarajat yondashuviga muvofiq tovar belgisini baholashda boshlang‘ich xarajatlar usulidan foydalanishda mos ravishda tovar belgisining uni yaratish xarajatlarini hisobga olishdagi xususiyatlarini tavsiflovchi bir qator koeffitsiyentlarni inobatga olish lozimdir.
140. Ushbu usul asosida tovar belgisining qiymati quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Val — tovar belgisi qiymati;
Ci — i-chi yilda qilingan tovar belgisini yaratish va rivojlantirish (shu jumladan dizayni, huquqiy muhofazasi, marketing, reklama va boshqalarga) xarajatlari;
n — tovar belgisidan foydalanish boshlangan paytdan boshlab baholash sanasiga qadar o‘tgan yillar soni;
KInd — xarajatlarni indeksatsiya qilish koeffitsiyenti;
Rate — investitsiyalar uchun foyda me’yori;
Kt — tovar belgisidan foydalanish vaqti koeffitsiyenti;
Km — tovar aylanmasi hajmi bo‘yicha aniqlanadigan tovar belgisidan foydalanishning ko‘lamliligi koeffitsiyenti;
Ke — estetik qabul qilish koeffitsiyenti.
141. Ko‘lamlilik va estetik qabul qilish koeffitsiyentlari qiymatlari mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarga 2-ilovada keltirilgan.
142. Tovar belgisidan foydalanish vaqti koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin:
Kt = 1 + FP/ LP, bu yerda:
Kt — tovar belgisidan foydalanish vaqti koeffitsiyenti;
FP — tovar belgisining haqiqiy xizmat muddati;
LP — tovar belgisining nominal xizmat muddati (muddatni 10 yil qilib ko‘rsatish maqsadga muvofiq, chunki tovar belgisiga beriladigan guvohnoma shu muddat davriga, guvohnomaning muddatini uzaytirishni hisobga olmagan holda beriladi).
143. IMOga bo‘lgan huquqlardan g‘ayriqonuniy foydalanganligi uchun zararlar miqdori bunday obyektdan g‘ayriqonuniy foydalanish natijasida kontrafakt mahsulotni ishlab chiqarish va/yoki sotish hajmlaridan kelib chiqqan holda IMOning huquq egasi va/yoki litsenziatning ololmagan foydaning (daromadning) to‘planishi baholash protsedurasini qo‘llash orqali baholash sanasi holatiga aniqlanadi.
144. IMOdan g‘ayriqonuniy foydalanilganligi oqibatidagi zarar deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
huquqi buzilgan shaxs tomonidan qilingan yoki qilinishi lozim bo‘lgan xarajatlar;
ushbu shaxs odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitlarida, agarda uning huquqi buzilmaganda olishi mumkin bo‘lgan (boy berilgan foyda), olinmagan daromadlar.
145. Huquq egasining xarajatlariga uning dalillar to‘plash bilan bog‘liq chiqimlari, turli xildagi ekspertizalar o‘tkazish (shu jumladan, zararni va boy berilgan foydani baholash bo‘yicha) xarajatlari, sud xarajatlari, ma’muriy chiqimlari (shu jumladan notarial tasdiqlatish) va boshqa xarajatlari kiradi. Xarajatlarning jamlangan miqdori tasdiqlovchi hujjatlarga asosan aniqlanadi.
146. Zararlar quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
U = RU + MB, bu yerda:
U — zararlar;
RU — huquq egasining buzilgan huquqni tiklash bo‘yicha haqiqiy yoki zaruriy xarajatlari (sud xarajatlari, turli turdagi ekspertizalarni o‘tkazishni qo‘shgan holda, shu jumladan qiymat ekspertizasini);
MB — qoidabuzarning daromadlari (MB1) yoki huquq egasi ololmagan daromadlar (MB2) bilan aniqlanadigan boy berilgan foyda.
147. Qoidabuzarning daromadlari bilan tavsiflanuvchi boy berilgan foyda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
MB1 = Cont * Rent, bu yerda:
MB1 — boy berilgan foyda;
Cont — fuqarolik muomalasiga baholash obyektiga bo‘lgan huquqlarni buzgan holda kiritilgan kontrafakt mahsulotning (xizmatning) natural va qiymat ifodasidagi miqdori;
Rent — bir turdagi mahsulotning (xizmatning) sotuvlari rentabelliligi.
148. Huquq egasining ololmagan daromadlari bilan tavsiflanuvchi boy berilgan foyda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
MB2 = Incomef + Rekl/Sales * Cont, bu yerda:
MB2 — boy berilgan foyda;
Incomef — baholash obyektiga bo‘lgan huquqlardan foydalanishning qiymat ifodasidagi huquq egasi (jabrlanuvchi) olishi mumkin bo‘lgan, lekin uning baholash obyektiga bo‘lgan huquqlari buzilganligi tufayli olinmagan potensial daromadi miqdori;
Rekl — huquq egasining baholash obyekti reklamasining t (oy, yil) vaqti uchun qiymat ifodasidagi hajmi;
Sales — huquq egasining o‘rtacha yillik tushumi.
149. Davlat daromadiga o‘tkazish lozim bo‘lgan mulkni muomaladan chiqarish, sotish yoki yo‘q qilish maqsadlarida IMOdan iborat bo‘lgan kontrafakt mahsulotni baholashda ularning qiymati o‘xshash litsenzion (kontrafakt bo‘lmagan) IMOning baholash sanasi holatidagi o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib ichki bozorning talab va taklif konyunkturasi bo‘yicha mavjud ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ni qo‘llash bo‘yicha Uslubiy ko‘rsatmalarga
1-ILOVA

Erishilgan natijaning koeffitsiyenti (K1)

T/r‎

Erishilgan natija‎

Qiymat‎
1. NMA (IMO) muayyan mahsulot (texnologik jarayon), retseptura va boshqalar uchun aniqlovchi hisoblanmagan ayrim berilgan ikkilamchi texnik tavsiflarga erishishga imkon beradi.‎ 0,5
2. NMA (IMO) hujjatlarda (texnik shartlar, yo‘riqnomalar, pasportlar va h. k.) qayd qilingan ayrim texnik tavsiflarga erishishga imkon beradi. ‎ 0,6
3. Hujjatda qayd etilgan aniq mahsulot (texnologik jarayon) uchun aniqlovchi hisoblanuvchi asosiy texnik tavsiflarga erishish.‎ 0,7
4. NMA (IMO) hujjatda qayd etilgan mahsulotning (texnologik jarayonining) yangi asosiy texnik tavsiflariga erishishga imkon beradi.‎ 0,8
5. NMA (IMO) mashhur o‘xshash turlar orasida yuqori asosiy texnik tavsiflarga ega bo‘lgan yangi mahsulotni (texnologik jarayonni) olishga erishishga imkon beradi‎ 0,9
6. NMA (IMO) xalq xo‘jaligida birinchi marta o‘zlashtirilgan va sifatli yangi texnik tavsiflarga ega bo‘lgan yangi mahsulotni (texnologik jarayonni) olishga erishishga imkon beradi.‎ 1

‎‎Hal qilingan texnik vazifaning murakkablik koeffitsiyenti (K2)

T/r‎

Texnik vazifani hal qilishning murakkabligi

Qiymat‎
1.

NMA (IMO) bir oddiy detalning konstruksiyasi bilan bog‘liq birgina oddiy yechimiga, oddiy jarayonning bir parametrining o‘zgarishiga, jarayonning bir operatsiyasiga, bir dasturga, retsepturaning bir ingrediyentiga, asosiy bo‘lmagan uzelning, mexanizmning konstruksiyasiga, asosiy bo‘lmagan parametrlarning, murakkab bo‘lmagan jarayonlarning o‘zgarishiga, retsepturaning asosiy bo‘lmagan ingrediyentlarining o‘zgarishi va hokazolar daxl qiladi.

0,6
2.

NMA (IMO) mashinalar uzellari, mexanizmlari, jarayonlar qismlarining, retseptura va h. k.larning qismlarining, yoki bir necha asosiy uzellar konstruksiyasi, texnologiyaning asosiy jarayonlari hamda retsepturaning (asosiy) qismi va h. k. bilan bog‘liq yechimlarga daxl qiladi.

0,7
3.

NMA (IMO) mashinalar, uskunalar, stanoklar, apparatlar, inshootlar, texnologik jarayonlar, retseptura va h. k.ning konstruksiyasi bilan bog‘liq yechimlarga to‘liq daxl qiladi.

0,8
4.

NMA (IMO) mashina, uskuna, stanok, apparat, murakkab kinematikali inshoot, radioelektron sxemali nazorat apparati konstruksiyasi bilan bog‘liq, kuchli mashinalar, dvigatellar, agregatlar, kompleks texnologik jarayonlar, murakkab retsepturalar, dasturlar majmui va h. k.lar bilan bog‘liq yechimlarga daxl qiladi.

0,9
5.

NMA (IMO) yangi turdagi asbob-uskunalardan, yangi boshqaruv va tartibga solish tizimlaridan, yangi murakkab kompleks texnologik jarayonlaridan, yangi dasturiy majmualardan, alohida murakkablikdagi yangi retsepturadan va boshqalardan iborat bo‘lgan mashinaning, apparatning, avtomatik uzluksiz liniyalarini nazorat qilish murakkab tizimiga ega inshootning konstruksiyasi bilan bog‘liq yechimlarga daxl qiladi.‎

1,1
6.

NMA (IMO) asosiy tarzda fan va texnikaning yangi bo‘limlariga taalluqli alohida murakkablikdagi konstruksiyalar, texnologik jarayonlar va retsepturalar bilan bog‘liq bo‘lgan yechimlarga daxl qiladi.‎

1,25

Yangilik koeffitsiyenti (K3)‎‎

T/r‎

Yangilik‎

Qiymat‎

1. Baholanayotgan NMA (IMO)ning yangiligi mashhur texnik yechimlar va vositalarni yangi vazifasi bo‘yicha qo‘llashdan iborat.‎ 0,5
2. Baholanayotgan NMA (IMO)ning yangiligi berilgan texnik natijani ta’minlovchi, ya’ni prototip bilan taqqoslaganda ajralib turuvchi xususiyatlari mashhur elementlar orasidagi yangi aloqalarga, operatsiyalarning o‘zgacha izchilligiga yoki ingrediyentlarning o‘zgacha �oizli tarkibiga ishora qiluvchi ko‘rsatmalarga ega bo‘lgandagi mashhur texnik yechimlarning yangi majmuidan iborat.‎ 0,6
3. NMA (IMO) shunday vazifani hal qiluvchi, lekin hujjatda qayd etilgan ajralib turuvchi o‘ziga xos belgilari bo‘lgan prototipga ega.‎ 0,7
4. NMA (IMO) yangi vazifa yoki mashhur vazifa prinsipial tarzda yangi usul (pioner kashfiyot) bilan echiladigan, ya’ni prototipiga ega bo‘lmagan, jiddiy farqlarning majmui bilan tavsiflanadi.‎ 0,8
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (13-son MBMS) “Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ni qo‘llash bo‘yicha Uslubiy ko‘rsatmalarga
2-ILOVA
Tovar belgisini qo‘llash bilan bog‘liq qo‘shimcha daromadni hisobga oluvchi Kad koeffitsiyenti qiymati:
Kad = 0,1 gacha — yakka tartibda ishlab chiqarish;
K ad = 0,1-0,2 — kichik seriyali ishlab chiqarish;
K ad = 0,2-0,3 — seriyali ishlab chiqarish;
K ad = 0,3-0,4 — yirik seriyali ishlab chiqarish;
K ad = 0,4-0,5 — ommaviy ishlab chiqarish.
Ke estetik qabul qilish koeffitsiyenti qiymati:
Ke = 1,3 — 10 yildan ortiq ishlatishda, dunyo miqyosidagi iste’molchilar orasida mashhurlik;
Ke = 1,2 — 5 yildan ortiq ishlatishda, keng miqyosda taniqli bo‘lish;
Ke = 1,1 — 5 yildan kam ishlatilganda, iste’molchilarning ishlab chiqaruvchi to‘g‘risida barqaror tasavvuri;
Ke = 1,05 — kamida 3 yil ishlatilganda;
Ke = 1 — 1 yil mobaynida ishlatishda.
Tovar aylanmasining quyidagi hajmida tovar belgisining ishlatilishi ko‘lamliligi Km koeffitsiyenti qiymati:
oyiga 10 ming AQSh dollarigacha Km = 1,0
oyiga 10 — 50 ming AQSh dollarigacha Km = 1,2
oyiga 50 — 100 ming AQSh dollarigacha Km = 1,4
oyiga 100 — 500 ming AQSh dollarigacha Km = 1,6
oyiga 500 ming AQSh dollaridan — 1 mln AQSh dollarigacha Km = 1,8
oyiga 1 mln AQSh dollaridan yuqori Km = 2,0
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 25-son, 279-modda; 2016-y., 22-son, 259-modda)