Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.04.2016
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOQLARIDA TEZKOR-QIDIRUV TADBIRLARINI TAShKIL ETISh SAMARADORLIGINI OShIRISh MAQSADIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 17-aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi 470-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 33-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“vakolatli organning yozma tasdigʻi boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari”.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”ning 2007-yil 28-iyuldagi 29-30-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-iyul,
OʻRQ-101-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 294-modda, 52-son, 533-modda)