|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.04.2016
|
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSIGA VA “BOJ TARIFI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 33-MODDASIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 28-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ- 138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi to‘g‘risida”gi 470-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; 2007-yil, № 7, 322-modda) 33-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
o‘n to‘qqizinchi—yigirma beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi o‘n to‘qqizinchi—yigirma to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha quyidagi maqsadlarda olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa:
O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida;
yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, shuningdek ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun;
lizingga topshirish uchun;
chet ellik investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan xususiylashtirilayotgan korxonalar uchun”;
yigirma oltinchi xatboshisi yigirma beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Yangi texnologik jihozlar (butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ular texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlariga muvofiq yetkazib berilgan bo‘lsa) olingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil mobaynida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, ushbu modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun bojxona bojini to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi”;
ikkinchi—to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi—beshinchi qismlar deb hisoblansin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 21-sentabrdagi 188 (4341)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-sentabr,
O‘RQ-112-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 380-modda, 52-son, 533-modda)