|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.10.2008
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON O‘QUVChI YoShLARINI TAQDIRLASh VA MODDIY
RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli“O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi Farmonini bajarish va respublika yoshlarini faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari aspirantlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaroriga muvofiq tayinlanadi.
Aspirantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari to‘g‘risidagi nizom va ularni tayinlash tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaroriga muvofiq tayinlanadi.
Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari to‘g‘risidagi nizom va ularni tayinlash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Respublika oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun 1992-93 o‘quv yiliga 105 ta nomli, shu jumladan, Beruniy nomli — 35 ta, Ibn Sino nomli — 20 ta, Navoiy nomli — 32 ta, Ulug‘bek nomli 18 ta davlat stipendiyalari ta’sis etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir hafta muddat ichida, yuqori kurslarda ta’lim olayotgan talabalarning haqiqiy soni, o‘qitishning belgilangan normativi yo‘nalishidan kelib chiqqan holda, davlat stipendiyalarini oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha taqsimlanishini tasdiqlasin.
Belgilab qo‘yilsinki, kelgusida davlat stipendiyalarining umumiy soni va ularni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlash har o‘quv yili boshida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat stipendiyalari to‘g‘risidagi nizom va ularni tayinlash Tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini aspirant va talabalarga tayinlash 1993-yildan boshlab, nizomlarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi;
nomli davlat stipendiyalarini talabalarga tayinlash 1993-yil mart oyidan boshlab, keyinchalik esa har o‘quv yili boshida amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki hafta muddat ichida O‘zbekistonning intellektual va ma’naviy boyligi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan atoqli fan va madaniyat arboblari sharafiga ta’sis etilgan nomli stipendiyalar to‘g‘risidagi Nizomni va ularni oliy o‘quv yurtlarida tayinlash Tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida oliy o‘quv yurtlari va maktablar bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda:
olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar topshiriqlarining murakkabligiga, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga qo‘yiladigan talablarning muvofiqligini ta’minlasinlar;
o‘n kun muddat ichida, keyinchalik esa har yili, o‘quv yili boshida olimpiada, tanlov va musobaqaning har qaysi to‘g‘ri uchun oliy o‘quv yurtlarining xalqaro va respublika bellashuvlarining g‘oliblari test va qo‘shimcha imtihonlarsiz qabul qilinadigan mutaxassisliklari ro‘yxatini tasdiqlasinlar.
7. Quyidagilar tasdiqlansin:
respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida Nizom 4-ilovaga muvofiq;
xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan maktab va bilim yurtlari o‘quvchilarini taqdirlash Tartibi 5-ilovaga muvofiq;
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yildan boshlab, vazirliklar va idoralarning hisob-kitoblari bo‘yicha, qayd etilgan maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar ajratishni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radio eshittirish kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari shaxsning umumiy madaniyati shakllanishida ma’naviy qadriyatlar va professional tayyorgarlikning katta ahamiyatini keng yoritsinlar.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 25-mart,
157-son
Aspirantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
davlat stipendiyalari to‘g‘risida
nizom va ularni tayinlash
davlat stipendiyalari to‘g‘risida
nizom va ularni tayinlash
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining so‘nggi o‘quv yili aspirantlariga — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaroriga binoan tayinlanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
2. Aspirantlarga tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kvotasi (beshta) davlat ilmiy-texnika siyosatining eng muhim yo‘nalishlariga muvofiq quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha, har biriga bitta stipendiya hisobidan taqsimlanadi:
respublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish;
dehqonchilik sanoati majmui;
energetika, resurslar, sanoat;
sog‘liqni saqlash va ekologiya;
axborot texnologiyalari va boshqaruv.
Oldingi tahrirga qarang.
Har yilning boshida Vazirlar Mahkamasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi taqdimnomasiga binoan, yo‘nalishlar bo‘yicha stipendiyalar taqsimotiga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
3. Aspirantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarning bajarilishi belgilanadi:
barcha nomzodlik minimumlarini “a’lo” bahoga topshirish;
davlat tilini va kamida ikkita xorijiy tilni bilish;
xalqaro konferensiyalarda qatnashish;
yetakchi ilmiy nashrlarda (kamida ikkita) ilmiy maqolalar e’lon qilish;
kompyuterni bilish;
O‘zbekiston tarixini bilish.
Tillar, informatika, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilimlarga talab darajasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilanadi, shu maqsadda komissiya aspirantlarning mustaqil tayyorlanishlari uchun maxsus dastur ishlab chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun maxsus sinovlar (imtihonlar) topshiradilar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod ko‘rsatadigan muassasalar, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda, nomzodlar ishlarining dolzarbligini, ularning shaxsiy hissasini, o‘tkazilgan tadqiqotlarning muhimligini oldindan tekshiradilar, dissertatsiyalar mavzusi bo‘yicha aspirantlar ilmiy axborotlarining ommaviy muhokamasini tashkil qiladilar, ularning umumiy ilmiy tayyorgarligini, ma’naviy-madaniy sifatlarini baholaydilar va har bir nomzod bo‘yicha asoslangan xulosa qabul qiladilar.
5. Ilmiy-tadqiqot ishlarining mufassal sharhlari mashinkada yozilib, ikki nusxada, matnga tegishli ko‘rgazmalar bilan birga muassasa ilmiy kengashiga dastlabki ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ishga quyidagilar ilova qilinadi:
mazkur soha yetakchi mutaxassislarining fikr-mulohazalari;
ilmiy ishlar ro‘yxati;
ilmiy ma’ruzalar ro‘yxati;
ilmiy maqolalarining bosma nusxasi, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy ish natijalaridan foydalanish haqidagi dalolatnomalar.
Ishning (annotatsiyaning) har bir nusxasi yuqorida qayd etilgan hujjatlar bilan birga muqovalangan yoki jildga joylangan bo‘lishi kerak. Muqovada yoki jildda ishni taqdim qilayotgan muassasaning nomi, talabgorning ismi, familiyasi va otasining ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi.
Boshqa hujjatlar, qo‘shimcha chizmalar, sxemalar, xaritalar, albomlar, suratlar va shu kabilar bir nusxada taqdim etiladi.
6. Ilmiy kengashlar yopiq ovoz berish yo‘li bilan, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy kengashlarning qarorlari vazirliklar va idoralar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida tavsiyanomalar jo‘natish uchun asos hisoblanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini aspirantlarga tayinlash, qaysi muassasaga mansubligidan qat’i nazar, tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarori bilan amalga oshiriladi.
Stipendiyalarni tayinlashdan avval talabgorlarning maxsus va umumilmiy tayyorgarlik darajalari hamda bilimlarining belgilangan mezonlarga mos kelishi puxta tekshiriladi.
Shu maqsadda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi olim va mutaxassislardan iborat maxsus tanlov komissiyasi tuzadi, uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar o‘rtasida saralash tanlovi o‘tkazish yuklatiladi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi aspirantlarning ilmiy ishlarini ekspertizadan o‘tkazadi, respublika O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda informatika, til va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha maxsus sinovlar imtihonlar o‘tkazish muddatlarini belgilaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tanlov komissiyasi talabgorlarning so‘nggi tanlovlarini yopiq ovoz berish yo‘li bilan hal qiladi va har bir ishga ovoz berishga qatnashgan komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi ma’qullab ovoz bergandagina nomzod aspirantlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tayinlash uchun tavsiya qiladi.
Ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni belgilangan o‘rinlar kvotasidan ko‘p bo‘lgan taqdirda ustunlik ko‘p ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.
(8-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar uchun aspirantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqida buyruqlarni rasmiylashtirishda asos bo‘ladi.
Stipendiyalar har yili 1-yanvardan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilgan holda tayinlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vazirlik va idoralarning aspirantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqidagi tavsiyalarini ko‘rib chiqadi va yiliga bir marta, dekabr oyida ular bo‘yicha qaror qabul qiladi. Hujjatlar 1-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi, informatika, chet tillar, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha sinovlar (imtihonlar) 1-noyabrdan 30-noyabrgacha topshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sovrindorlari bo‘lgan aspirantlarga ko‘krak nishonlari va “Prezident stipendiyasining sovrindori” guvohnomasi beriladi. Ko‘krak nishonlari va guvohnomalar aspirantning o‘qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sovrindorlari bo‘lgan aspirantlar o‘qishni bitirganlaridan so‘ng uch yil mobaynida o‘qishni davom ettirish va tajriba orttirish uchun xorijga jo‘natishda imtiyozli huquqni saqlab qoladilar.
13. Shaxsiy rejalarni bajarmagan va ilmiy odob-axloqqa rioya qilmagan aspirantlar oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy kengashlari tavsiyalariga binoan, vazirlik va idoralarning buyruqlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Baholi masalalar, ariza va shikoyatlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ko‘rib chiqadi. Ularni ko‘rib chiqish muddati 1 oydan oshmasligi kerak.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
davlat stipendiyalari to‘g‘risida
nizom va ularni tayinlash
davlat stipendiyalari to‘g‘risida
nizom va ularni tayinlash
TARTIBI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy o‘quv yurtlari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qaroriga binoan tayinlanadi.
2. Talabalarga tayinlash uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (o‘nta) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha har bir yo‘nalishga bitta stipendiya hisobidan taqsimlanadi:
qishloq xo‘jaligi, shu jumladan, irrigatsiya;
texnika va informatika;
tibbiyot, shu jumladan, dorishunoslik va jismoniy tarbiya;
ijtimoiy mutaxassisliklar;
fizika-matematika va kimyo-biologiya mutaxassisliklari;
iqtisodiyot;
pedagogika;
madaniyat va san’at;
chet tillar;
huquq va xalqaro munosabatlar.
Ushbu ro‘yxatga Vazirlar Mahkamasi har o‘quv yili boshida, ta’lim yo‘nalishlaridagi ustuvorliklarni o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda, o‘zgarishlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasiga binoan o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
3. Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
nashr etilgan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
til bilish — davlat tilini va kamida ikkita chet tilini bilish, mutaxassisligi chet tili bo‘lgan ayrim hollarda yana bitta tilni bilish qo‘shimcha ravishda talab qilinadi;
kompyuterni bilish;
O‘zbekiston tarixini bilish.
Tillarni, informatikani, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar bilim darajalarini aniqlash uchun ushbu fanlar bo‘yicha sinov (imtihon)lar topshiradilar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar nomzodini ko‘rsatish nomzodlikka talabgorlarning o‘qishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan so‘ng, oliy o‘quv yurtlari ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:
sinov daftarchasidan ko‘chirma;
dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi,
rahbarning fikr-mulohazalari;
ilmiy (ijodiy) ishga taqriz,
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari.
Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har qaysi nusxasi jildga joylanadi. Har bir jild muqovasida taqdim qilayotgan muassasaning nomi, talabgorning ismi va familiyasi, ishning nomi ko‘rsatilgan bo‘ladi
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar
Ilmiy kengash qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasini tayinlash haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tavsiyanoma yuborish uchun vazirliklar va muassasalarga asos bo‘lib hisoblanadi.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi.
Hujjat qabul qilish muddati 1—10-sentabrgacha, sinov o‘tkazish muddati — 1—20-sentabrgacha, oxirgi marta ko‘rib chiqish muddati — 21—25-sentabrgacha.
7. Oliy o‘quv yurtlari talablariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash, idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan amalga oshiriladi.
Stipendiya tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasi puxta sinovdan o‘tkaziladi.
Shu maqsadda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar orasidan tanlab olish uchun maxsus tanlov komissiyasi tuzadi;
yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish uchun ekspert guruhlari tuzadi;
informatika, O‘zbekiston tarixi chet tillar bo‘yicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlari va sinov (imtihon)lar savollarini tasdiqlaydi;
komissiya va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi;
sinov (imtihonlar)ni o‘tkazish muddati va joyini, qabul qilish sanalarini va tanlov komissiyasi majlislarini o‘tkazish muddatlarini belgilaydi.
8. Tanlov komissiyasi nomzodlarning so‘nggi tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazadi, talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya a’zolari uchdan ikki qismidan ortig‘i ovoz berganda nomzod talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi
Agar ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni belgilanganidan ko‘p bo‘lsa ustunlik ko‘p ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining qarori tasarrufida oliy o‘quv yurtlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar uchun talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tayinlash va pul to‘lash haqida buyruq tayyorlashda asos bo‘ladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari talabalarga har yili, bir o‘quv yili uchun 1-sentabrdan boshlab belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga kerak nishonlari va “Prezident stipendiyasining sovrindori” guvohnomalari beriladi.
Ko‘krak nishonlari va guvohnomalar talabalarga ular ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlarida tantanali ravishda topshiriladi.
12 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sovrindorlari oliy o‘quv yurtini bitirgach, ikki yil davomida, agar aspirantura va ularning mutaxassisligi to‘g‘ri kelsa, aspiranturaga imtihonlarsiz qabul qilinadi, aks holda kirish imtihonlari faqat aspirantura mutaxassisligi bo‘yicha topshiriladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sovrindorlari o‘qishni bitirgandan so‘ng, ikki yil mobaynida chet el aspirantura va doktoranturalarida o‘qishlarini davom ettirish uchun yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibida bo‘lishda imtiyozli huquqni saqlab qoladilar.
14. Kundalik darslarni o‘zlashtirmaydigan, o‘quv intizomi va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalar oliy o‘quv yurtlari ilmiy kengashlarining tavsiyasiga binoan, stipendiyalarni tasdiqlagan tegishli vazirliklar va idoralarning buyruqlari asosida o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinadilar.
15. Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risidagi ariza va shikoyatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish muddati 1 oydan oshmasligi kerak.
Davlat stipendiyalari to‘g‘risida nizom va ularni tayinlash
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyalari, qaysi mamlakat fuqarosi bo‘lishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy o‘quv yurtlari talabalariga tayinlanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 224-son qarori tahririda)
2. Har o‘quv yili boshida davlat stipendiyalari sonini belgilash va ularni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlash Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha nomli stipendiyalarni taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan, oliy o‘quv yurtlarining ta’lim ixtisosi va talabalar sonini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
3. Stipendiyalarni tayinlashda quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
tillarni bilish (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun) — davlat tilini va ikkita chet tilni, mutaxassislik chet tili bo‘lgan ayrim hollarda esa qo‘shimcha yana bitta chet tilni bilish.
Tillarni bilish bo‘yicha umumiy talablar darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan, oliy o‘quv yurtlarining tillar bo‘yicha ixtisoslashmagan mutaxassisliklar uchun chet tillarga bo‘lgan talablar hajmida belgilanadi.
Davlat nomli stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida o‘qish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan o‘tadilar.
4. Davlat nomli stipendiyalarini tayinlash uchun nomzodlar ko‘rsatish oliy o‘quv yurtlari ilmiy kengashlari tomonidan, talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatlarini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.
Davlat nomli stipendiyasiga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni taqdim qiladilar:
imtihon daftarchasidan ko‘chirma;
dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi;
tillar kafedrasining suhbat natijalari haqidagi ma’lumotnomasi.
Barcha hujjatlar jildga tikilgan holda taqdim etiladi. Muqovada davlat nomli stipendiyasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi ko‘rsatiladi.
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan oddiy ko‘pchilik ovoz bo‘yicha qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlarning qarorlari oliy o‘quv yurtlari qarashli bo‘lgan vazirliklar va idoralar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga davlat nomli stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida tavsiyalar jo‘natishda asos bo‘ladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish muddati — 1-sentabrdan 10-sentabrgacha.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori oliy o‘quv yurtlari qarashli bo‘lgan vazirliklar va idoralar uchun talabalarga davlat nomli stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishda asos bo‘ladi.
Stipendiyalar 1-sentabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qat’iy muvofiq holda tayinlanadi. Stipendiyalarni yangi muddatga qayta tayinlash ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi.
8. Davlat nomli stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga ko‘krak nishonlari va quyidagi guvohnomalar beriladi:
“Beruniy davlat stipendiyasining sovrindori”;
“Ibn Sino davlat stipendiyasining sovrindori”;
“Navoiy davlat stipendiyasining sovrindori”;
Oldingi tahrirga qarang.
“Ulug‘bek davlat stipendiyasining sovrindori, Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasi sovrindori”;
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 224-son qarori tahririda)
Ko‘krak nishonlari va guvohnomalar talabalarning o‘qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.
9. Davlat nomli stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar o‘qishni tugatganlaridan so‘ng bir yil mobaynida, agar aspirantura va ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi bir-biriga to‘g‘ri kelsa, aspiranturaga imtihonlarsiz qabul qilinadilar, aks holda kirish imtihonlari faqat aspirantura mutaxassisligi bo‘yicha topshiriladi.
10. Davlat nomli stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar o‘qishni tugatganlaridan so‘ng, bir yil mobaynida chet el aspirantura va doktoranturalarida o‘qishni davom ettirish uchun yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritishda ustunlikka ega bo‘lish huquqini saqlab qoladilar.
11. Kundalik darslarni o‘zlashtirmaganlik, o‘quv intizomi va ilmiy odob-axloqni buzganlik uchun talabalar o‘quv yili davomida, oliy o‘quv yurtlari tavsiyalariga binoan, davlat stipendiyalarini tayinlagan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan davlat nomli stipendiyalaridan mahrum qilinadilar.
12. Talabalarning davlat nomli stipendiyalarini tayinlash bo‘yicha ariza va shikoyatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport
musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida
musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi qarorlariga ko‘ra o‘tkaziladigan respublika musobaqalarini — umumta’lim fanlari bo‘yicha maktab o‘quvchilari olimpiadalarini, badiiy-ijodiy ixtisosliklar bo‘yicha o‘quvchilar tanlovlarini, sportning shaxsiy va komanda turlari bo‘yicha sport musobaqalarini tashkil etishning umumiy prinsiplarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
2. Maktab o‘quvchi yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan olimpiadalar, tanlovlar, sport musobaqalarining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
maktab o‘quvchilarining iste’dodini va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish;
o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishni oshirish;
o‘quvchilarning kelajakdagi kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish;
o‘quv-tarbiya jarayonini, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini takomillashtirish, ular tomonidan qobiliyatli o‘quvchilar bilan maqsadga yo‘naltirilgan individual ishlarni o‘tkazish.
3. Respublika olimpiadalari har yili maktablarning ΙX-X-XΙ sinflari hamda hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Olimpiadalarga kiritiladigan umumiy ta’lim fanlari ro‘yxati, ularni o‘tkazish tartibi va o‘tkazilish muddatlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi,
Olimpiadalar to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich — o‘qish joyi bo‘yicha;
2-bosqich — tuman, shuningdek, hududi tumanlarga bo‘linmagan shahar bo‘yicha;
3-bosqich — viloyat bo‘yicha, shu jumladan, Qoraqalpog‘istonda va Toshkent shahrida;
4-bosqich — respublika bo‘yicha.
Olimpiyadaning birinchi bosqichida maktablar va bilim yurtlarining barcha o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin, navbatdagi bosqichlarda esa faqat oldingi bosqichlarda I, II, III o‘rinni egallab, g‘olib bo‘lganlar qatnashadilar.
Olimpiadalarning barcha bosqichlarida g‘oliblar fanlar bo‘yicha ham, yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘quv sinflari (kurslari) bo‘yicha ham alohida-alohida aniqlanadi.
Olimpiadalar bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’uliyat tegishli ravishda maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, mahalliy xalq ta’limi organlari rahbarlari, yakunlovchi to‘rtinchi bosqich bo‘yicha esa Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga yuklanadi.
4. Ijodkor yoshlar respublika tanlovlari ikki guruhda:
bolalar muzika maktablari va san’at maktablari;
o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va maxsus muzika-badiiy maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi ixtisosliklar ro‘yxatini va tanlovlar shartlarini tasdiqlaydi:
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Bolalar muzika maktablari va san’at maktablari o‘quvchilarining muzika fanlari bo‘yicha tanlovlari har uch yilda bir marta quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1-bosqich — tuman, shuningdek, hududi tumanlarga bo‘linmagan shahar bo‘yicha;
2-bosqich — viloyat bo‘yicha, shu jumladan, Qoraqalpog‘istonda va Toshkent shahrida;
3-bosqich — respublika bo‘yicha.
Tanlovlarning birinchi bosqichida o‘z o‘quv yurtlaridagi hisobot konsertlarida eng katta e’tibor qozongan o‘quvchilar ishtirok etadilar,
Ikkinchi bosqichda g‘oliblar (I, II, III o‘rinlar), uchinchi yakunlovchi bosqichda esa tanlovga tavsiya etilgan har qaysi ixtisoslik bo‘yicha faqat birinchi o‘rinni olgan o‘quvchilar ishtirok etadilar.
O‘rta maxsus o‘quv yurtlari va maxsus muzika-badiiy maktab-internatlari o‘quvchilarining ijodiy tanlovlari muzika ijrochilari o‘rtasida har ikki yilda bir marta, uch turda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu tanlovlarga saralab olish va yuborish hisobot konsertlari yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlov turlari Madaniyat va sport ishlari vazirligi belgilagan tartibda o‘tkaziladi. G‘oliblar (I, II, III o‘rinlar) faqat so‘nggi tur yakunlari bo‘yicha aniqlanadi.
(4-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘quvchilarning ijodiy tanlovlari bosqichlari va turlarini tashkil etish uchun mas’uliyat tegishli ravishda o‘quv yurtlarining rahbarlari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklatiladi.
(4-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
5. Respublika sport musobaqalari har yili sportning har xil turlari bo‘yicha umumta’lim maktablari, hunar-texnika bilim, yurtlari va olimpiya rezervlari bilim yurtlari komandalari o‘rtasida, o‘quv yili davomida, quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1-bosqich — o‘qish joyi bo‘yicha;
2-bosqich — tuman, shuningdek, hududi tumanlarga bo‘linmagan shaharlar bo‘yicha;
3-bosqich — viloyat bo‘yicha, shu jumladan, Qoraqalpog‘istonda va Toshkent shahrida;
4-bosqich — respublika bo‘yicha.
Sport musobaqalarining har bir bosqichi eng kuchli sportchilarni saralash xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sport turlari, musobaqalar o‘tkazish muddatlari va musobaqa dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining birgalikda qabul qilingan qarori bilan belgilanadi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
G‘oliblar (I, II, III o‘rinlar) sportning har bir turi bo‘yicha aniqlanadi. Sport musobaqalarini tashkil etish uchun mas’uliyat tegishli ravishda maktablar, bilim yurtlari, madaniyat va sport ishlari mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari, to‘rtinchi final bosqichi bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
6. G‘oliblarni taqdirlash xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan maktab o‘quvchilarini va bilim yurtlari o‘quvchilarini rag‘batlantirish Tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Respublika musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda ularning joylardagi organlari o‘z buyrug‘lari bilan tashkiliy qo‘mitalar, jyurilar, hakamlar hay’atlari, apellatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar.
Tashkiliy qo‘mitalar olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni ta’minlaydilar, jyurilar, hakamlar hay’ati, apellatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalar tarkibini shakllantiradilar va tasdiqlaydilar, testlar va sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etadilar, baholash mezonlari va yakun chiqarish tartiblarini tasdiqlaydilar, qatnashchilarning musobaqaga kelishi bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qiladilar.
Jyuri, hakamlar hay’atlari g‘oliblarni aniqlaydilar va olimpiada, tanlov va musobaqalar yakunlarini protokol qarori bilan rasmiylashtiradilar.
Apellatsiya komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar qatnashchilarining shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqadilar. Komissiyalarga, zarurat bo‘lganda, jyuri, hakamlar hay’atlari qarorlarini bekor qilish va ularga o‘zgartishlar kiritish huquqi beriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
8. Olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning o‘tkazilish muddatlari va joylari tegishli hokimliklar bilan kelishiladi, ular qatnashchilarni turar joy, oziq-ovqat bilan ta’minlashda va boshqa tashkiliy masalalarni hal etishda yordam ko‘rsatadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘quvchilar musobaqalarini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan smetalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari
bo‘lgan maktab va bilim yurti o‘quvchilarini rag‘batlantirish
bo‘lgan maktab va bilim yurti o‘quvchilarini rag‘batlantirish
TARTIBI
1. Rag‘batlantirish to‘g‘risidagi mazkur tartib umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning rasmiy xalqaro va respublika olimpiadalari, badiiy-ijodiy ixtisosliklar bo‘yicha maktablar, san’at va madaniyat bilim yurtlari o‘quvchilarining tanlovlari, sport musobaqalari g‘oliblariga nisbatan qo‘llanadi hamda oliy o‘quv yurtiga imtiyozli kirish va pul mukofotlari olish tartibini belgilaydi.
2. Xalqaro (1—5-o‘rinlar) va respublika (1-o‘rin) tanlovlari va musobaqalarining individual turlarida g‘olib chiqqan maktablar va bilim yurtlarining bitiruvchi o‘quvchilari oliy o‘quv yurtlariga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
3. Xalqaro (1—5-o‘rinlar) va respublika (1-o‘rin) tanlovlari va musobaqalarining jamoa turlari g‘oliblari o‘z komandalari tarkibidan — maktablar va bilim yurtlari bitiruvchilaridan oliy o‘quv yurtlariga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar.
4. Xalqaro (1—5-o‘rinlar) va respublika (1-o‘rin) shaxmat va shashka turnirlari g‘oliblari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlariga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
5. Umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarida (1—3-o‘rinlar) g‘olib chiqqan maktablar va bilim yurtlarining bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlariga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
6. Xalqaro tanlovlar va musobaqalarning o‘tkazish muddatlari test sinovlarini o‘tkazish kuni bilan o‘quv yili boshlanishi o‘rtasidagi davrga to‘g‘ri kelib qolgan ayrim hollarda tanlovlar va musobaqalar qatnashchilarini oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish alohida belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tegishli vazirliklar va idoralarning iltimosnomalari bo‘yicha qabulga belgilangan kvotalardan ana shu toifa abituriyentlar uchun ma’lum o‘rinlar sonini ajratadi hamda oliy o‘quv yurtlariga abituriyentlar qabul qilishning boshqa qoidalarini o‘zgartirmagan holda test sinovlari o‘tkazish va qo‘shimcha imtihon topshirishning aniq muddatlarini belgilaydi.
7. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblarini oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli qabul qilish oliy o‘quv yurtlari ixtisosliklari bilan olimpiada fanlari, tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining ixtisos bo‘yicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
8. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblarini test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ta’sis etadigan maxsus guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
Maxsus guvohnomalar ana shunday imtiyozlarga ega bo‘lgan g‘oliblarga beriladi va bu guvohnomalar oliy o‘quv yurtiga kirish uchun zarur hujjatlar bilan birga qabul komissiyasiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligiga ular erishgan natijalarni tasdiqlovchi diplomni (1—3-o‘rin) yoki jyuri qarorini (4—5-o‘rin) maxsus guvohnoma berilishiga asos sifatida taqdim etadilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi nazorat tartibida g‘oliblarga berilgan maxsus guvohnomalarning reyestri bilan bitiruvchilar ro‘yxatini test sinovlari o‘tkaziladigan kundan oldin oliy o‘quv yurtlariga abituriyentlar qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga taqdim etadilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
11. Xalqaro badiiy-ijodiy tanlovlar, Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a birinchiligi musobaqalarining g‘oliblari o‘zlarining oliy o‘quv yurtlariga kirish bo‘yicha imtiyozli huquqlaridan uch yilgacha, respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari esa bu tadbirlar o‘tgan kundan boshlab bir yil davomida foydalanishlari mumkin.
12. Xalqaro (1—5-o‘rinlar) va respublika (1—3-o‘rinlar) olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblariga sportning ham individual, ham jamoa turlari bo‘yicha diplomlar bilan birga egallagan o‘rinlariga muvofiq belgilangan miqdorlarda pul mukofotlari topshiriladi.
G‘oliblarga pul mukofotlari, tashkilotchilar ta’sis etgan sovrinlardan qat’iy nazar, topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblarini moddiy rag‘batlantirish uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi smetalarida nazarda tutiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. G‘oliblarga diplomlar, maxsus guvohnomalar va pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
15. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinganlaridan keyin chet mamlakatlar o‘quv yurtlariga yuboriladigan guruhlar tarkibiga imtiyozli kirish huquqini oladilar.
16. Maxsus guvohnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan tartib raqamiga ega bo‘lib, qat’iy hisobot hujjatlari toifasiga kiradi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida saqlanadi va zarur bo‘lgandagina Madaniyat va sport ishlari vazirligiga beriladi.
G‘olibning surati bo‘lmagan guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Maxsus guvohnoma yo‘qolib yoki yaroqsizlanib qolgan taqdirda uning o‘rniga dublikat berilmaydi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. G‘oliblarning oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli kirish masalalari yuzasidan ariza va shikoyatlarini oliy o‘quv yurtlariga abituriyentlar qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi, boshqa masalalar yuzasidan tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi ko‘rib chiqadilar, arizalarni ko‘rib chiqish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda)