Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son, “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son farmonlari hamda “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq:
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan davlat oliy taʼlim muassasalariga bakalavriatga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi belgilanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlov undirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda besh kun muddatda 2019/2020 oʻquv yilida bakalavriatga oʻqishga kirish uchun abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazishni davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali tashkil etadigan davlat oliy taʼlim muassasalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taklif kiritsin.
3. Belgilansinki, abituriyentlar tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish belgilanmagan davlat oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan amaldagi tartib saqlab qolinadi.
4. Quyidagilar:
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestrini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 634-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/634/0782-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 634-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/634/0782-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar:
a) qabul parametrlari tasdiqlangan kundan boshlab bir hafta muddatda:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarda oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul rejalarini joylashtirishni;
tizimidagi oliy taʼlim muassasalari huzurida abituriyentlarga oliy taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda mavjud fakultetlar va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari mohiyati, shuningdek joriy oʻquv yili qabul rejalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni olishga yordam beruvchi aloqa markazlari (call-center) tashkil etishni;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda mehnat qonunchiligiga rioya etgan holda, pullik asosda jalb etiladigan masʼul xodimlar, oliy taʼlim muassasalarining masʼul xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentni amalda koʻllash samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlarini doimiy ravishda oʻtkazishni;
v) abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali roʻyxatga olishda amaliy yordam berish maqsadida oʻquv yiliga qabul boshlangunga qadar hududlardagi oliy taʼlim muassasalaridan vakillar ajratilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun mehnat qonunchiligiga rioya etgan holda, koʻngillilar guruhini pulli asosda jalb etishni taʼminlasin.
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator bilan birgalikda 2019-yil 10-iyunga qadar, imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning elektron reyestri vakolatli organlar tomonidan real vaqt rejimida kiritib borilishini taʼminlovchi yagona platforma yaratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning reyestrini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar har yili 10-iyunga qadar, oʻzlari masʼul boʻlgan imtiyozlar boʻyicha oxirgi uch yil ichida imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron reyestrini shakllantirib, qarorning 7-bandida koʻrsatib oʻtilgan yagona platformaga doimiy ravishda maʼlumotlar kiritib borilishini taʼminlasin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 634-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/634/0782-son)
Ushbu vakolatli organlar imtiyozlar haqidagi maʼlumotlarning axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻliq kiritib borilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi hamda axborot tizimiga kiritilmagan maʼlumotlar boʻyicha davlat xizmatlari markazlari tomonidan imtiyozli huquq asosida abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmaydi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda belgilangan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK bilan birgalikda fuqarolarning elektron rasmlari mavjud boʻlgan axborot bazasini 2019-yil 10-iyunga kadar Elektron hukumat idoralararo integratsion platformasi va Davlat test markazining axborot tizimiga integratsiyalashtirish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Belgilab qoʻyilsinki, test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida undiriladigan toʻlov:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish uchun murojaat etganda — joylardagi banklar kassalari tomonidan;
abituriyentlar davlat xizmatlari markazlari orqali roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat etganda — davlat xizmatlari markazlarida joylashgan bank kassalari hamda markazlar xodimlari tomonidan naqd yoki naqd pulsiz koʻrinishida qabul qilinadi.
Mazkur toʻlovlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan dastlabki imtihon iyun oyida oʻtkazilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, oliy taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibini amalga oshirishga doir faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglament talablari buzilganligi uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini belgilangan tartibda qoʻllasin.
14. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-iyun,
468-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qaroriga
1-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament abituriyentlarga Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali respublika davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun hujjatlar topshirish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda davlat xizmati deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Reglament talablari:
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan davlat oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi;
xorijiy, xususiy hamda harbiy oliy taʼlim muassasalariga, oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga, test sinovlarisiz ijodiy imtihonlar orqali oʻqishga qabul qilinadigan oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun, oliy taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan hujjat topshirishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan Markazlar yoki YIDXP orqali kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish belgilanmagan davlat oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Markazlar, Davlat test markazi hamda oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllagan holda faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Abituriyentlar oʻzlarining yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, istalgan Markazga davlat xizmatidan foydalanish uchun murojaat qilishi mumkin.
Abituriyentlar Markazga murojaat etgan hududda (YIDXP orqali murojaat etganda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan hududida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
5. Abituriyentlarga davlat xizmatlari har yili 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham) koʻrsatiladi.
6. Davlat xizmatlarini koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
7. Abituriyent Reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan muddat davomida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Markazga murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va pasport yoshiga yetmaganlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Markazlarga murojaat etadi.
8. Abituriyent oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Markaz xodimi abituriyent nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma boʻyicha maʼlumotlarni Davlat test markazining tizimiga maxsus dastur orqali elektron ravishda kiritadi.
Markaz xodimi tomonidan soʻrovnomaga tegishli maʼlumotlar kiritilishi uchun abituriyent Markaz xodimiga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:
fuqarolik pasporti (ichki ishlar boʻlimlari tomonidan berilgan 09-shakl boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma);
pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan soʻng soʻrovnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish qatʼiyan man etiladi.
Abituriyentdan qoʻshimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Abituriyent bir vaqtning oʻzida, oʻqitishning bir shakli doirasida uchtagacha oliy taʼlim muassasasini (bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari) tanlashi mumkin. Bir nechta oliy taʼlim muassasasini (bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari) tanlashda imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos boʻlishi shart.
9. Soʻrovnomaga zarur maʼlumotlar rasmiylashtirib, kiritilgandan soʻng Davlat xizmatlari markazi xodimi abituriyentga asl hujjatlarni qaytaradi va QR-kod (matritsali shtrix kod) qoʻyilgan soʻrovnomani ikki nusxada chop etib, abituriyentga beradi. Abituriyent maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi,bir nusxasini oʻzida olib qoladi va ikkinchi nusxasini Markaz xodimiga beradi.
Soʻrovnoma abituriyentning imzosi bilan tasdiqlangandan soʻng Markaz xodimining ERIsi bilan tasdiqlangan holda, Davlat test markazining tizimiga avtomatik tarzda kiritiladi.
Davlat test markazi maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlarni avtomatik tarzda qabul qiladi.
10. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun joriy yil bitiruvchilaridan hamda nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslardan davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun toʻlov undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Bunda, davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.
Toʻlovlar Markazlarda joylashgan bank kassalari hamda Markaz xodimlari tomonidan naqd va naqdsiz pul koʻrinishida qabul qilinadi. Toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazlarga oʻzi kelib murojaat etganda:
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
12. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, abituriyentlarning Markazga shaxsan murojaat etmaganligi, shuningdek davlat xizmatlari koʻrsatish uchun mazkur Reglamentning 11-bandida nazarda tutilgan toʻlovni toʻlanmasligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
13. Abituriyent davlat xizmatlarini koʻrsatishning har qanday bosqichida ulardan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Abituriyent davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning maʼlumotlari koʻrilmasdan qoldiriladi.
Bunda davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov summasi qaytarilmaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Tanlov va test sinovlari soʻrovnoma orqali Davlat test markazining tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida oʻtkaziladi.
15. Abituriyent imtihon natijalariga koʻra oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan hujjatlarning asl nusxalarini tegishli oliy taʼlim muassasalariga oʻquv yili boshlangunga kadar taqdim etadi.
16. Markazlar, Davlat test markazi va oliy taʼlim muassasalari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Markazlar Reglament talablarining ijrosi yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati boʻyicha, jumladan YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Abituriyentlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasi.
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Abituriyent

1. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi.

2. Davlat xizmatlarini koʻrsatilgani uchun test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlar tomonidan toʻlov toʻlanadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan. YAIDXI orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda soʻrovnoma boʻyicha maʼlumotlarni Davlat test markazida shakllantiriladigan abituriyentlar bazasiga maxsus dastur orqali elektron ravishda kiritadi.

1. 10 daqiqa mobaynida

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Davlat test markazi

1. Abituriyentlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlarni qabul qiladi.

2. Abituriyentlardan hujjat qabul qilish toʻliq muddati tugagandan soʻng abituriyentni test sinovi oʻtkaziladigan kun. vaqti va joyi haqidagi maʼlumotlarni rasmiy saytida joylashtiradi.

3. Abituriyentlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlar asosida test sinovi va tanlovni oʻtkazadi.

1. Avtomatik tarzda
2. Qabul qilish muddati tugagandan soʻng
3. iyul-avgust oylari

4-bosqich

Abituriyent

Imtihon natijalaridan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, kerakli hujjatlarning asl nusxalarini tegishli oliy taʼlim muassasalariga taqdim etadi.

Oʻquv yilining 2-sentabr kuniga kadar

Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

_________________

(sana)

__________________

(t/r)

Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar:

1.1. F.I.O.:

1.2. Pasportga oid maʼlumotlar (raqami va seriyasi) (mavjud boʻlmasa, ichki ishlar boʻlimlari tomonidan berilgan 09-shakl boʻyicha maʼlumot):

1.3. Pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari

1.4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) (mavjud boʻlsa)

1.5. Manzili:

1.6. Fuqaroligi:

1.7. Millati:

1.8. Telefon raqami:

1.9. Elektron pochta manzili:

II. Qoʻshimcha maʼlumotlar:

2.1. Umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb- hunar taʼlimi muassasasi nomi, manzili, ushbu muassasani tugatganligi haqidagi hujjat seriyasi, raqami va berilgan sanasi:

2.2. Test topshirish tili :

2.3. Oliy taʼlim muassasasining nomi:*

Oliy taʼlim muassasasi nomi

Oliy taʼlim muassasasidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi nomi

2.3.1.

2.3.2.

2.3.3.

2.4. Qaysi chet tilidan test topshirishi (agar chet tilini topshirish zarur boʻlsa)

2.5. Tanlangan yoʻnalish boʻyicha ijodiy imtihon mavjud yoki mavjud emasligi:

2.6. Taʼlim shakli:

III. Imtiyoz borligi haqidagi maʼlumotlar (mavjud boʻlsa)

Tegishli hujjatning rekvizitlari (raqami, berilgan sanasi va sh.k.)

3.1.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan fuqarolar

3.2.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar

3.3.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining farzandlari

3.4.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari

3.5.

Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar

3.6.

Ilgʻor xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlar

3.7.

Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar

3.8.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi tomonidan berilgan tavsiyanoma sohiblari (pedagogika taʼlim yoʻnalishlariga)

3.9.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari

3.10.

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari

3.11.

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi gʻoliblari

3.12.

Tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻoliblari

3.13.

Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari

3.14.

“Nihol” mukofoti sovrindorlari

3.15.

Harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tavsiyanomasiga ega boʻlganlar fuqarolar

3.16.

Navoiy viloyatining olis choʻl hududidan boʻlgan abituriyentlar (Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlari oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirganda)

3.17.

Maqsadli qabul

IV. Abituriyentga xabar berish tartibi

4.1. Imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida SMS orqali (telefon raqami)

4.2. Imtihon oʻtkaziladigan kun, vaqti va joyi haqida Davlat test markazining rasmiy sayti orqali.

Ushbu soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning toʻliq va haqiqiyligini hamda toʻgʻri koʻrsatilganligini tasdiqlayman.

Ariza beruvchining imzosi

Izoh.
Barcha maʼlumotlar abituriyeit hujjatlarining asl nusxalaridan toʻldiriladi.
Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy taʼlim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
* Bir nechta oliy taʼlim muassasasini (bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari) tanlashda imtihon oʻtkaziladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos boʻlishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qaroriga
2-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestrini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Imtiyozlar turlari (toifalari)

Imtiyozlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining farzandlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati,

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya

2.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

3.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

4.

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

5.

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi gʻoliblari,

Tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻoliblari, Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari,

“Nihol” mukofoti sovrindorlari

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi

6.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi tomonidan berilgan tavsiyanoma sohiblari (pedagogika taʼlim yoʻnalishlariga)

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

7.

Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan fuqarolar

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya

9.

Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar

Davlat test markazi

10.

Harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tavsiyanomasiga ega boʻlganlar fuqarolar

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qaroriga
3-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash hamda davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus platforma) orqali qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
4. Ariza beruvchi arizani davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida koʻrib chiqish holatini YIDXP yoki maxsus platforma orqali kuzatib borishi mumkin.
2-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP yoki maxsus platforma orqali roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi YIDXP yoki maxsus platforma orqali mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi hamda unga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
7. Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga besh ish kunidan iborat muddat beriladi. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuborilishi lozim. Davlat xizmatini koʻrsatish muddatining oʻtishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
8. Ariza beruvchi davlat xizmatlarini koʻrsatishning har qanday bosqichida ulardan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
9. YIDXP va maxsus platforma orqali kelib tushgan ariza hamda unga ilova qilingan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan har yili 16-iyuldan 25-avgustga qadar koʻrib chiqilib, tegishliligi boʻyicha oliy taʼlim muassasasi yoki tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik hamda idoralar yoxud Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli komissiyalar) yuboriladi.
10. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash toʻgʻrisidagi arizalar vakolatli komissiyalar tomonidan har yili 6-avgustdan 30-avgustga qadar oʻrganib chiqilib, qaror qabul qilinadi va ariza beruvchiga YIDXP yoki maxsus platforma orqali maʼlum qilinadi.
3-bob. Oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
11. Ariza beruvchi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda har yili 1-iyuldan 30-iyulga qadar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP yoki maxsus platforma orqali roʻyxatdan oʻtadi.
12. Ariza beruvchi YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi hamda unga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
13. Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga besh ish kunidan iborat muddat beriladi. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuborilishi lozim. Davlat xizmatini koʻrsatish muddatining oʻtishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlarini koʻrsatishning har qanday bosqichida ulardan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
15. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishli oliy taʼlim muassasasiga yuboriladi.
16. Tegishli oliy taʼlim muassasasi ariza kelib tushgandan boshlab uch ish kuni davomida ariza beruvchining tugatgan oliy taʼlim muassasasiga (nodavlat oliy taʼlim tashkilotiga) diplom maʼlumotlarini tasdiqlash uchun joʻnatadi, bunda har yili 10-avgustga qadar:
2020/2021 oʻquv yiliga qadar respublika davlat oliy taʼlim muassasasi tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari (oʻrtacha balli bilan) tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlab beriladi;
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasasi tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari (oʻrtacha balli bilan) avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimidan olinadi;
respublikada faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat oliy taʼlim tashkiloti va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari filiallari tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari (oʻrtacha balli bilan) tegishli oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tasdiqlab beriladi.
Ariza beruvchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tugatgan boʻlsa, uning diplom maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Nostrifikatsiya” axborot tizimi orqali tekshirib olinadi va diplom oʻrtacha balli hujjatni qabul qilib olgan oliy taʼlim tashkiloti tomonidan hisoblanadi.
17. Magistraturaga qabul boʻyicha natijalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tasdiqlash uchun kiritiladi.
18. Davlat komissiyasi har yili 25-avgustga qadar oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
19. Oliy taʼlim muassasasi har yili 30-avgustga qadar Davlat komissiyasining qaroriga asosan abituriyentning magistraturaga qabul natijasini YIDXP yoki maxsus platforma orqali abituriyentni xabardor qiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
21. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
22. Mazkur Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
23. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasida (keyingi oʻrinlarda — maxsus platforma) roʻyxatdan oʻtadi.

2. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi.

3. Maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.

Har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

YIDXP yoki maxsus platforma orqali kelib tushgan arizalarni, ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish va tegishli oliy taʼlim muassasasi yoki tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar yoxud Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli komissiyalar) yuboradi.

Har yili 16-iyuldan 25-avgustga qadar

3-bosqich

Vakolatli komissiyalar

Hujjatlarni koʻrib chiqadi, natijasi boʻyicha qaror qabul qiladi hamda YIDXP yoki maxsus platforma orqali xabardor qiladi.

Har yili 6-avgustdan 30-avgustga qadar

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga kirish uchun YIDXP yoki maxsus platformada roʻyxatdan oʻtadi.

2. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi.

3. Maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.

Har yili 1-iyuldan 30-iyulga qadar

2-bosqich

1. YIDXP

2. Maxsus platforma

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning arizalarini, maʼlumotlarini tegishli oliy taʼlim muassasalariga yuboradi.

1. 10 daqiqa mobaynida

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Oliy taʼlim muassasasi

1. Kelib tushgan arizalarni, maʼlumotlarni qabul qiladi. Tegishliligi boʻyicha abituriyentning bakalavr diplomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlash uchun tugatgan oliy taʼlim muassasasiga (nodavlat oliy taʼlim tashkilotiga) yuboradi.

Uch ish kuni davomida

2. Ariza beruvchining diplom maʼlumotlarini tekshirib, tasdiqlaydi.

Har yili 10-avgustga qadar

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi

Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga qabul natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Har yili 25-avgustga qadar

5-bosqich

Oliy taʼlim muassasasi

Davlat komissiyasining qaroriga asosan abituriyentning magistraturaga qabul natijasini YIDXP yoki maxsus platforma orqali xabardor qiladi.

Har yili 30-avgustga qadar

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar

1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi

1.2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSHSHIR maʼlumotlari)

1.3. Fuqaroligi

1.4. Telefon raqami

1.5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ariza beruvchining oʻqiyotgan (oʻqigan) oliy taʼlim muassasasi boʻyicha maʼlumotlar

2.1. Oliy taʼlim muassasasining nomi

2.2. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi shifri va nomi

2.3. Taʼlim shakli

2.4. Taʼlim turi

2.5. Taʼlim kursi

III. Ariza beruvchining oʻqishini koʻchirish (qayta tiklash) istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va oʻqishni koʻchirish (koʻchirib tiklash) sababi boʻyicha maʼlumotlar

3.1. Oliy taʼlim muassasasining nomi

3.2. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi shifri va nomi

3.3. Taʼlim shakli

3.4. Oʻqishni koʻchirish (koʻchirib tiklash) sababi

3.5. Oʻqishni koʻchirish (koʻchirib tiklash) sababini asoslovchi hujjatlar

Ushbu soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning toʻliq va haqiqiyligini hamda toʻgʻri koʻrsatilganligini tasdiqlayman.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti hamda Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari bilan toʻliq tanishdim.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar

1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi)

1.2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSH SHIR maʼlumotlari)

1.3. Fuqaroligi

1.4. Telefon raqami

1.5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ariza beruvchining oʻqigan oliy taʼlim muassasasi boʻyicha maʼlumotlar

2.1. Oʻqigan oliy taʼlim muassasasining nomi

2.2. Oʻqigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi shifri va nomi

2.3. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va uning ilovasi nusxalari

2.4. Xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasi (xorijiy davlatdagi oliy taʼlim tashkilotini tugatgan ariza beruvchilar uchun)

III. Ariza beruvchining magistraturaga kirish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi, xorijiy til sertifikati va imtiyozlari boʻyicha maʼlumotlar

3.1. Magistratura mutaxassisligiga kirish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasining nomi

3.2. Magistratura mutaxassisligi shifri va nomi

3.3. Taʼlim tili

3.4. Qabul koʻrsatkichining turi (maqsadli yoki umumiy)

3.5. Xorijiy til sertifikati

3.6. Imtiyozlarni asoslovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa)

Ushbu soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning toʻliq va haqiqiyligini hamda toʻgʻri koʻrsatilganligini tasdiqlayman.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti hamda Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari bilan toʻliq tanishdim.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 634-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/634/0782-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/468/3259-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 05.10.2024-y., 09/24/634/0782-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)