Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 20.11.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3783-1
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI TAʼLIM SIFATINI TAʼMINLASH MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 20-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3783-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining 2026-yil 6-fevraldagi 8-son “Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3783, 2026-yil 28-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., № 10/26/3783/0179) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor B. YULDASHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 26-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 5-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining 2026-yil 26-oktabrdagi 17-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buyruqning nomi va 1-bandi “milliy reytingini yuritish” degan soʻzlardan keyin “va ragʻbatlantirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) nomi, muqaddima va 4-band “milliy reytingini yuritish” degan soʻzlardan keyin “va ragʻbatlantirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 1-bandning oltinchi xatboshisidagi “bitiruvchilarga ega boʻlgan” degan soʻzlar “bakalavr darajasiga ega bitiruvchilari mavjud boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkilotlarining “TOP-1000” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Taʼlim tashkiloti hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyuniga qadar maxsus platformaga hisobot yili boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “1-fevraliga qadar” degan soʻzlar “1-iyuniga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 14-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda taʼlim tashkilotining xalqaro obroʻsini aniqlashda xorijiy hamkor hisoblangan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlardan jami 200 nafargacha xodim jalb etilishi mumkin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 23-banddagi “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” degan soʻzlar “Taʼlim va ilm-fan vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3) boshqa taʼlim tashkilotlarining ballari ushbu indikator boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan taʼlim tashkilotining koʻrsatkichiga nisbatan proporsional normallashtirish asosida hisoblanadi hamda quyidagi formuladan foydalaniladi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-kichik banddagi “milliy reytingdagi oʻrinlari “bitiruvchilarning bandlik holati” indikatori boʻyicha” degan soʻzlar “milliy reytingdagi oʻrinlari “Bitiruvchi sifati indeksi” boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 29-banddagi “indikatorlarni” degan soʻz “indikatorni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) quyidagi mazmundagi 41-bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41-bob. Taʼlim tashkilotlarini milliy reyting natijalari asosida ragʻbatlantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
291. Milliy reyting natijalari asosida taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish ularning milliy reytingdagi oʻrniga (darajasiga) muvofiq moliyaviy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
292. Taʼlim tashkilotlari ular tegishli boʻlgan toifa doirasida milliy reyting natijalariga koʻra egallagan oʻrinlarning ketma-ketligi asosida darajalarga ajratiladi. Bunda ayni bir toifadagi taʼlim tashkilotlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki 20 foizi — 1-darajaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi 40 foizi — 2-darajaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻnggi 40 foizi — 3-darajaga mansub hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
293. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi natijalariga koʻra ularni ragʻbatlantirish tartibida qayd etilgan miqdorlar asosida 1 va 2-darajadagi davlat oliy taʼlim tashkilotlari ragʻbatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy reyting natijalari asosida ragʻbatlantirish davlat oliy taʼlim tashkilotiga nisbatan quyidagicha qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim tashkilotiga davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida taʼlim olayotgan bir nafar talabani oʻqitishni moliyalashtirish miqdoriga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anʼanaviy tartibda moliyalashtiriladigan davlat oliy taʼlim tashkiloti uchun xarajatlarni qoplashga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlariga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
294. Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi ragʻbatlantirish toʻlovi sifatida ajratilgan mablagʻlarni milliy reytingning yakuniy natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida tegishli taʼlim tashkilotlarining budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
295. Taʼlim tashkilotiga ragʻbatlantirish sifatida ajratilgan mablagʻlardan foydalanish boʻyicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati beriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ilovasi belgisi “milliy reytingini yuritish” degan soʻzlardan keyin “va ragʻbatlantirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-pozitsiyaning “Koʻrsatkichlarni shakllantirish formulasi” ustunidagi “professor-oʻqituvchilar umumiy soni” degan soʻzlar “professor-oʻqituvchilar umumiy soni**” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 4-boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
IV. Bitiruvchilar sifati va raqamlashtirish
30
30
35
50
21.
Ish beruvchilar oʻrtasida bitiruvchilarning nufuzi
5
5
5
5
Mazkur indikator umummilliy soʻrovnoma natijalari asosida shakllantiriladi.
22.
Bitiruvchi sifati indeksi
20
20
25
40
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 525-son qarori bilan tasdiqlangan “Bitiruvchi sifati indeksi”ni shakllantirish va uning natijalariga koʻra oliy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq hisoblab chiqarilgan “Bitiruvchi sifati indeksi” natijalari asosida shakllantiriladi.
23.
Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim va boshqaruv faoliyatini raqamlashtirish
5
5
5
5
Mazkur indikator umummilliy soʻrovnoma natijalari asosida shakllantiriladi.
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) izoh qismi quyidagi mazmundagi 3-kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3) ** asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilarning umumiy soni ularning shtat birliklari yigʻindisidan iborat boʻladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2026 y., 10/26/3783-1/1147-son)