28.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3783
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 28.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3783
Kuchga kirish sanasi
02.03.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3783]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor B. YULDASHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 6-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining 2026-yil 6-fevraldagi 8-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yili — oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi natijalarini shakllantirishda inobatga olinadigan kalendar yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
indikator – oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi obyekti hisoblangan taʼlim tashkiloti faoliyatining muayyan mezon boʻyicha sifat va miqdor koʻrsatkichini ifodalovchi hamda raqamli qiymatga ega boʻlgan oʻlchov birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatkichning solishtirma ogʻirlik koeffitsiyenti — muayyan indikator boʻyicha ballni hisoblab chiqarishda foydalaniladigan koʻrsatkichlarning oʻzaro bir-biriga nisbatan ahamiyatini belgilovchi raqamli koʻrsatkich;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus platforma — oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish uchun moʻljallangan, maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va natijalarni avtomatik hisoblash imkonini beruvchi Agentlikning dasturiy taʼminoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy reyting obyekti hisoblangan taʼlim tashkiloti (bundan buyon matnda taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar tashkil etilganligiga uch yil toʻlgan hamda bitiruvchilarga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi (bundan buyon matnda milliy reyting deb yuritiladi) — taʼlim tashkilotlarining faoliyati samaradorligini mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan indikatorlar asosida baholash natijasida ularning reyting tizimida egallagan oʻrnini aniqlash tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotining toifasi — taʼlim tashkilotini uning taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) va talabalar kontingenti xususiyatidan kelib chiqib guruhlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umummilliy soʻrovnoma — taʼlim sifati va sharoitlarini baholash maqsadida talabalar, professor-oʻqituvchilar va ish beruvchilar oʻrtasida Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan sotsiologik tadqiqot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
verifikatsiya — maxsus platformada shakllangan maʼlumotlarning asoslanganligi va ishonchliligini turli manbalar hamda hujjatlar yordamida tasdiqlash jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro obroʻni baholashga qaratilgan soʻrovnoma — taʼlim tashkilotining xalqaro miqyosdagi nufuzini aniqlash maqsadida xorijiy hamkorlar va ekspertlar tarmogʻi oʻrtasida oʻtkaziladigan sotsiologik tadqiqot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar milliy reytingni yuritishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlari oʻrtasida natijaga yoʻnaltirilgan sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish orqali taʼlim va ilmiy faoliyat sifatini uzluksiz oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlarining xalqaro darajadagi nufuzini yuksaltirish, xalqaro miqyosdagi reytinglarga kirishini jadallashtirish hamda talaba va professor-oʻqituvchilarning akademik mobilligini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga ish beruvchilarni faol jalb etish hamda bitiruvchilarning bilim va koʻnikmalarini real iqtisodiyot ehtiyojlariga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlari faoliyati samaradorligini xolis va shaffof baholash orqali keng jamoatchilikka ishonchli axborot taqdim etish hamda sohani rivojlantirish boʻyicha strategik qarorlar qabul qilish uchun asos yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va tijoratlashtirish koʻrsatkichlarini tizimli baholash orqali oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalqaro miqyosda tan olingan THE (The Times Higher Education World University Rankings), QS (Quacquarelli Synonds World University Rankings) va ARWU (Academic Ranking of World Universities) tashkilotlarining xalqaro oliy taʼlim tashkilotlari reytingida (sohalar boʻyicha reytinglar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan oʻrinlarni egallagan taʼlim tashkilotlari boʻyicha milliy reyting alohida yuritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, taʼlim tashkilotiga xalqaro miqyosda tan olingan xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatida keltirilgan ketma-ketlik boʻyicha oʻrinlar belgilanadi. Xalqaro miqyosda tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarida taʼlim tashkilotlarining egallagan oʻrni teng boʻlib qolgan taqdirda ularning xalqaro reytingdagi umumiy baliga asosan oʻrinlar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim tashkiloti xalqaro miqyosda tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining bir nechta roʻyxatiga kirgan taqdirda eng yuqori oʻrin inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Milliy reytingni yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Milliy reyting maʼlumotlarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Milliy reyting maʼlumotlari hisobot yilining oxirgi ish kuni holati boʻyicha ushbu yilning yakuniy natijalariga asosan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hisobot yilidagi “bitiruvchilarning bandlik holati” indikatori boʻyicha koʻrsatkichlarning, istisno tariqasida, oʻquv yili yakunlanganidan keyingi oʻn ikki oy yakuni boʻyicha holati hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Milliy reyting maʼlumotlari maxsus platformada quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlari tomonidan maxsus platformaga kiritiladigan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro maʼlumotlar bazalaridan olinadigan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan umummilliy soʻrovnoma hamda xalqaro obroʻni baholashga qaratilgan soʻrovnoma natijalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik milliy reytingni shakllantirish davomida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan tijorat siri va boshqa konfidensial maʼlumotlarni oshkor etmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar maxsus platformaga ularning tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus platformaga axborot tizimlarini integratsiya qilish imkoni boʻlmagan hollarda maʼlumotlar vazirlik va idoralardan soʻrov asosida olinib, Agentlik tomonidan maxsus platformaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus platformada vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar aks ettirilganda ushbu maʼlumotlarning manbasi va ularni taqdim etgan vazirlik yoki idora nomi taʼlim tashkilotiga koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Taʼlim tashkiloti hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar maxsus platformaga hisobot yili boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni ixtiyoriy ravishda kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy shtatda yoki ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilarning Scopus maʼlumotlar bazasidagi ID raqamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek mahalliy tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan va indikatorlar bilan bogʻliq boʻlgan shartnomalar hamda ushbu shartnomalar boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarning bank kvitansiyalari (elektron bank koʻchirmalari). Bunda gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan taʼlim tashkilotlari uchun shartnomalar boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarning bank kvitansiyalarini (elektron bank koʻchirmalari) maxsus platformaga kiritish talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy almashinuv dasturlarida ishtirok etgan asosiy shtatda yoki ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar va talabalar boʻyicha transkriptlar, taʼlim tashkilotining buyruqlari va kelishuvlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy hamkor hisoblangan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlari va ushbu xodimlar bilan bogʻlanish usullari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taʼlim tashkiloti tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlarning asoslanganligi va ishonchliligi uchun taʼlim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar kiritilmagan maʼlumotlar milliy reytingni shakllantirishda inobatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik taʼlim tashkiloti tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlarni tanlov asosida verifikatsiyadan oʻtkazadi, bundan mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Umummilliy soʻrovnoma talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning taʼlim sifatidan qoniqish darajasi, professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ish beruvchilar oʻrtasida bitiruvchilarning nufuzi hamda taʼlim va boshqaruv faoliyatini raqamlashtirish yoʻnalishlarida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Umummilliy soʻrovnoma hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyuniga qadar hisobot yili boʻyicha tashkil etiladi hamda ushbu soʻrovnomada quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim shaklidan qatʼiy nazar taʼlim tashkilotining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilida oʻqishni yakunlagan taʼlim tashkilotining bitiruvchilarini ishga qabul qilgan ish beruvchilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Umummilliy soʻrovnoma boʻyicha taʼlim tashkilotining natijalari ushbu tashkilotning bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar birgalikdagi jami sonining hamda asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar birgalikdagi jami sonining kamida 20 foizi umummilliy soʻrovnomada ishtirok etgan taqdirda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizdan past ishtirok kuzatilgan taqdirda taʼlim tashkilotiga umummilliy soʻrovnoma asosida aniqlanadigan tegishli indikatorlar boʻyicha ball berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xalqaro obroʻni baholashga qaratilgan soʻrovnoma hisobot yilidan keyingi yilning fevral-may oylari oraligʻida quyidagilar oʻrtasida ovoz berish orqali oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning ekspertlar tarmogʻiga kiritilgan xorijiy mutaxassislar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan THE, QS va ARWU tashkilotlari orqali bogʻlanilgan xorijiy mutaxassislar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotining xorijiy hamkori hisoblangan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan xorijiy hamkor hisoblangan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlari va ushbu xodimlar bilan bogʻlanish usullari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mavjud imkoniyatlar asosida verifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda verifikatsiyadan oʻtgan taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan xorijiy hamkor hisoblangan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlari roʻyxati shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlik ekspertlar tarmogʻiga kiritilgan xorijiy mutaxassislar va taʼlim tashkilotining xorijiy hamkori hisoblangan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning xodimlariga Agentlik tomonidan elektron pochta orqali maxsus platformada ovoz berish imkoniyatini beruvchi havola yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ovoz berish imkoniyati oʻn ish kuni davomida faol holatda saqlab turiladi. Ushbu muddat yakuniga yetganidan soʻng ovoz berish imkoniyati cheklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. THE, QS va ARWU tashkilotlari orqali bogʻlanilgan xorijiy mutaxassislarning ovoz berishi ushbu tashkilotlar va Agentlik oʻrtasida tuzilgan kelishuvlarda koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Milliy reytingni yuritishda taʼlim tashkilotlarini toifalarga ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taʼlim tashkilotlari amaliy fanlar, tibbiyot fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar va ijod (sport) oliy taʼlim tashkilotlari toifalariga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Taʼlim tashkilotlarining toifalari ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq taʼlim sohalari (taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Milliy reyting taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari (taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari) va talabalar kontingenti boʻyicha ularni toifalarga ajratgan holda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Taʼlim tashkilotining talabalari soni hisobot yilining oxirgi ish kuni holatiga koʻra inobatga olinadi hamda ayni bir toifaga tegishli taʼlim sohalari boʻyicha hisoblanganda eng koʻp talabaga ega boʻlgan toifa taʼlim tashkilotining toifasi deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Taʼlim tashkilotida bir nechta toifa boʻyicha talabalar soni teng kelib qolgan taqdirda taʼlim tashkilotiga ushbu toifalardan birini tanlash huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Taʼlim tashkilotlarining qaysi toifaga mansubligi Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar mazkur Nizomning 21-bandiga asosan aniqlanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Milliy reyting natijalarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Milliy reyting natijalari ushbu Nizomning 3-ilovasida koʻrsatilgan Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi indikatorlari hamda ular boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibiga muvofiq koʻrsatkichning solishtirma ogʻirlik koeffitsiyentini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Milliy reyting indikatorlari boʻyicha ballarni hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan koʻrsatkichlarni shakllantirish formulalari asosida barcha indikatorlar kesimida taʼlim tashkilotlarining koʻrsatkichlari shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) boshqa taʼlim tashkilotlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan taʼlim tashkilotiga indikator boʻyicha ushbu Nizomning 3-ilovasida koʻrsatilgan eng yuqori ball beriladi (“ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarning oʻrtacha yoshi” indikatorida eng kichik koʻrsatkichga eng yuqori ball beriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) boshqa taʼlim tashkilotlarining ballari ushbu indikator boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan taʼlim tashkilotining koʻrsatkichiga nisbatan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
It — indikator boʻyicha baholanayotgan taʼlim tashkilotiga berilgan ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bm — indikator boʻyicha ushbu Nizomning 3-ilovasida koʻrsatilgan eng yuqori ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Km — indikator boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega taʼlim tashkilotining koʻrsatkichi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bt — indikator boʻyicha baholanayotgan taʼlim tashkilotining koʻrsatkichi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) har bir indikator boʻyicha hisoblangan ballarning yigʻindisi asosida taʼlim tashkilotining milliy reytingdagi oʻrni aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) indikatorlar boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi teng boʻlgan taʼlim tashkilotlarining milliy reytingdagi oʻrinlari “bitiruvchilarning bandlik holati” indikatori boʻyicha toʻplangan balldan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mazkur indikator boʻyicha ham ballar teng boʻlgan taqdirda ularning har biriga milliy reytingda bir xil oʻrin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Agentlik tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1-sentabriga qadar milliy reyting natijalarini shakllantirish uchun yigʻilgan maʼlumotlar tahlil qilinadi hamda mazkur maʼlumotlarning haqiqiy ekanligiga shubha tugʻilgan hollarda ushbu maʼlumotlar qayta verifikatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agentlik milliy reyting ballarini hisobot yilidan keyingi yilning 1-oktabriga qadar shakllantiradi hamda mazkur Nizomning 5-bobiga muvofiq shikoyatlarni taqdim etish imkoniyatini berish maqsadida taʼlim tashkilotlariga maxsus platforma orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Milliy reyting natijalari hisobot yilidan keyingi yilning 1-noyabriga qadar Agentlikning rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Milliy reytingni yuritish jarayonida taʼlim tashkiloti yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etgan yoki indikatorlarni sunʼiy ravishda oshirgan taqdirda ushbu taʼlim tashkiloti uchun tegishli hisobot yili boʻyicha shakllantirilgan milliy reyting natijalari bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Milliy reyting natijalari yuzasidan shikoyat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Taʼlim tashkiloti milliy reyting natijalari maxsus platforma orqali kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida milliy reyting natijalari yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat Agentlikka maxsus platforma orqali elektron shaklda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Shikoyatda aks ettirilgan masalalar bilan bogʻliq boʻlgan indikatorlar taʼlim tashkiloti tomonidan aniq koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Taʼlim tashkiloti shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Bunda, Agentlik taʼlim tashkilotini shikoyat koʻrib chiqilishidan uch kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida maxsus platforma orqali ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agentlik shikoyatni oʻn besh kun ichida koʻrib chiqadi hamda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼtiroz asossiz deb topilganda milliy reyting natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼtiroz asosli deb topilganda milliy reyting natijalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Agentlikning shikoyat koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni maxsus platforma orqali taʼlim tashkilotiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Masʼullar

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddatlari


 

1-bosqich

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

1. Vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlarni olish.

2. Xalqaro maʼlumotlar bazalaridan maʼlumotlarni olish.

3. Taʼlim tashkilotlarining toifalarini aniqlash.

1-fevralga qadar


 

2-bosqich

Taʼlim tashkiloti

Taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni maxsus platformaga kiritish.

1-fevralga qadar


 

3-bosqich

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

1. Talabalar, professor-oʻqituvchilar va ish beruvchilar oʻrtasida umummilliy soʻrovnomani oʻtkazish.

2. Xalqaro obroʻni baholashga qaratilgan soʻrovnomani oʻtkazish.

1-iyunga qadar

fevral — may oylarida


 

4-bosqich

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

1. Milliy reyting natijalarini shakllantirish uchun yigʻilgan maʼlumotlarni tahlil qilish va verifikatsiyadan oʻtkazish.

2. Milliy reyting ballarini shakllantirish hamda taʼlim tashkilotlariga yuborish.

1-sentabrga qadar

1-oktabrga qadar


 

5-bosqich

Taʼlim tashkiloti

Milliy reyting natijalari yuzasidan shikoyatlar mavjud boʻlgan taqdirda Agentlikka taqdim etish.

oʻn kun


 

6-bosqich

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

1. Taʼlim tashkilotlarining shikoyatlarini koʻrib chiqish.

3. Milliy reyting natijalarini eʼlon qilish.

oʻn besh kun

1-noyabrga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur sxemaning 1 — 3-bosqichlari 2026-yil uchun, istisno tariqasida, 1-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarini taʼlim sohalari (taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha toifalarga ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASNIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Taʼlim tashkilotining toifalari

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari mansub boʻlgan taʼlim sohalari

1.

Amaliy fanlar oliy taʼlim tashkiloti

1. Biologik va turdosh fanlar

2. Atrof-muhit

3. Fizika va tabiiy fanlar

4. Matematika va statistika

5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

6. Muhandislik ishi

7. Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari

8. Qishloq xoʻjaligi

9. Oʻrmon xoʻjaligi

10. Baliq xoʻjaligi

11. Veterinariya

12. Transport xizmatlari

13. Arxitektura va qurilish

2.

Tibbiyot fanlari oliy taʼlim tashkiloti

Sogʻliqni saqlash

3.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar oliy taʼlim tashkiloti

1. Taʼlim

2. Gumanitar fanlar (tillardan tashqari)

3. Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar

4. Jurnalistika va axborot

5. Biznes va boshqaruv

6. Huquq

7. Ijtimoiy taʼminot

8. Xizmat koʻrsatish sohasi*

9. Gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi

10. Tillar

4.

Ijod (sport) oliy taʼlim tashkiloti

1. Sanʼat

2. Xizmat koʻrsatish sohasi**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* turizm va mehmondoʻstlik, logistika, kosmetologiya taʼlim yoʻnalishlari hamda turizm va mehmondoʻstlik, logistika, transport logistikasi, kosmetologiya mutaxassisliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** sport faoliyati, adaptiv jismoniy tarbiya va sport taʼlim yoʻnalishlari hamda sport faoliyati, ommaviy sportni rivojlantirish va sportni targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish, adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassisliklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi indikatorlari hamda ular boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Т/r

Mezonlar va indikatorlar

Amaliy fanlar

Tibbiyot fanlari

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijod (sport)

Koʻrsatkichlarni shakllantirish formulasi

I. Akadеmik faoliyat

30

30

30

30

1.

Ilmiy daraja (unvon)ga ega professor-oʻqituvchilar ulushi

9

9

9

9

K1.1 =

2T1+T2+T3

TP

Bunda:

K1.1 — baholash oʻtkazilayotgan taʼlim tashkilotining koʻrsatkichi;

T1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi akademiklar soni;

T2 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi DSc (fan doktori) ilmiy darajasi yoki professor unvoniga ega professor-oʻqituvchilar soni;

T3 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi PhD (fan nomzodi) ilmiy darajasi yoki dotsent unvoniga ega professor-oʻqituvchilar soni;

TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.

2.

Ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarning oʻrtacha yoshi

2

2

2

2

K1.2 =  

TY

TI

Bunda:

TY — ilmiy darajaga (PhD yoki DSc) ega boʻlgan asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilarning yoshlari yigʻindisi;

TI — ilmiy darajaga (PhD yoki DSc) ega boʻlgan asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilarning umumiy soni.*

3.

Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida olingan ilmiy daraja va magistratura diplomiga ega professor-oʻqituvchilar ulushi

3

3

3

3

K1.3 =

10T1+6T2+4T3+2T4+T5

TP

Bunda:

T1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-100” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega professor-oʻqituvchilar soni;

T2 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-300” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega professor-oʻqituvchilar soni;

T3 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-500” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega professor-oʻqituvchilar soni;

T4 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-1000” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega professor-oʻqituvchilar soni;

T5 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-300” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan magistratura diplomiga ega professor-oʻqituvchilar soni;

TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.

4.

Taʼlim va ilmiy jarayonlarga jalb qilingan xorijiy professor-oʻqituvchilar ulushi

1

1

1

1

K1.4 =

3T1+2T2+T3

TP

Bunda:

T1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda Jahon bankining Yuqori daromadli iqtisodiyotga ega rivojlangan mamlakatlar roʻyxatiga kirgan chet ellik professor-oʻqituvchilar soni;

T2 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda “TOP-500” xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega xorijiy professor-oʻqituvchilar soni;

T3 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda boshqa xorijiy oliy taʼlim tashkilotidan olingan ilmiy darajaga ega xorijiy professor-oʻqituvchilar soni;

TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.

5.

Professor-oʻqituvchilar sonining talabalar soniga nisbati

6

6

6

6

K1.5 =

TP

TT

Bunda:

TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni;

TT — bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni.

6.

Talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar

3

3

3

3

Mazkur indikatorlar umummilliy soʻrovnoma natijalari asosida shakllantiriladi.

7.

Talabalarning taʼlim sifatidan qoniqish darajasi

3

3

3

3

8.

Professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar

3

3

3

3

II. Ilmiy faoliyat

25

25

20

10

9.

Scopus maʼlumotlar bazasining indekslanuvchi jurnallarida nashr etilgan maqolalar

5

5

3

2

K2.1 =

12T1+10T2+8T3+6T4+4T5+T6

TP

Bunda:

T1 — iqtiboslik soni boʻyicha eng nufuzli (Top 1% most cited papers) jurnallarda qayd etilgan maqolalar soni;

T2 — iqtiboslik soni boʻyicha eng nufuzli (Top 10% most cited papers) jurnallarda qayd etilgan maqolalar soni;

T3Q1 kvartilida qayd etilgan jurnallarda chop etilgan maqolalar soni;

T4Q2 kvartilida qayd etilgan jurnallarda chop etilgan maqolalar soni;

T5 Q3 kvartilida qayd etilgan jurnallarda chop etilgan maqolalar soni;

T6Q4 kvartilida qayd etilgan jurnallarda chop etilgan maqolalar soni;

TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.

10.

Xalqaro maʼlumotlar bazalarida iqtiboslik koʻrsatkichi

4

4

4

1

K2.2 =

TS

TP

Bunda:

TSScopus maʼlumotlar bazasida oliy taʼlim tashkilotining affiliatsiya manzili boʻyicha aniqlangan iqtiboslar soni;

TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.

11.

Professor-oʻqituvchilarning “Xirsh” indeksi

(h-index)

3

3

2

1

K2.3 =

Tx

TP

Bunda:

TxScopus maʼlumotlar bazasida qayd etilgan hamda asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilarning individual “Xirsh” indekslari (h-index) yigʻindisi;

TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.

12.

Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun patentlar ulushi

2

2

1

-

K2.4 =

3T1+T2

TP

Bunda:

T1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar tomonidan ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun olingan patentlar soni;

T2 — litsenziya shartnomasiga ega intellektual mulk obyektlari soni;

TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.

13.

Scopus maʼlumotlar bazasida qayd etilgan patentlar

2

2

2

-

K2.5 =

Tm

TP

Bunda:

TmScopus maʼlumotlar bazasida oliy taʼlim tashkilotining affiliatsiyasi manzili boʻyicha koʻrsatilgan patentlar soni;

TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.

14.

Jalb etilgan mablagʻlar

6

6

5

4

K2.8 =

6T1+3T2+T3

TT

Bunda:

T1 — xorijiy va xalqaro tashkilotlardan olingan mablagʻlar;

T2 — ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi tadqiqotlardan olingan mablagʻlar;

T3 — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari asosida olingan mablagʻlar;

TT — bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni.

15.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻyicha kadrlar tayyorlash samaradorligi

3

3

3

2

K2.9 =

TI

TD

Bunda:

TI — falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan izlanuvchilar soni;

TD — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda ilmiy darajaga ega boʻlmagan professor-oʻqituvchilar soni.

III. Xalqaro faoliyat

15

15

15

10

16.

Xalqaro reputatsiya

5

5

5

3

K3.1 =

3TXAL+2TTA+TXH

Bunda:

TXAL — xalqaro miqyosda tan olingan reyting (THE, QS va ARWU) tashkiloti orqali bogʻlanilgan xorijiy mutaxassislar (respondent) tomonidan berilgan ovozlar soni;

TTA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining ekspertlar tarmogʻiga kiritilgan xorijiy mutaxassislar (respondent) tomonidan berilgan ovozlar soni;

TXH — oliy taʼlim tashkilotining xorijiy hamkori hisoblangan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotining xodimlari (respondent) tomonidan berilgan ovozlar soni.

17.

Xorijiy davlat fuqarosi hisoblangan talabalar ulushi

3

3

3

2

K3.2 =

3T1+2T2+T3

TT

Bunda:

T1 — Jahon bankining Yuqori daromadli iqtisodiyotga ega rivojlangan mamlakatlar roʻyxatiga kirgan davlatlarning talabalari soni;

T2 — Markaziy Osiyo davlatlarining talabalari soni;

T3 — boshqa davlatlarning talabalari soni;

TT — bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni.

18.

Talabalarning xalqaro akademik mobilligi

3

3

3

2

K3.3 =

4T1+3T2+2T3+T4

TТ

Bunda:

T1 — “TOP-100” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (outbound, inbound) oflayn ishtirok etgan talabalar soni;

T2 — “TOP-300” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (outbound, inbound) oflayn ishtirok etgan talabalar soni;

T3 — “TOP-500” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (outbound, inbound) oflayn ishtirok etgan talabalar soni;

T4 — “TOP-500” roʻyxatga kirmaydigan xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (outbound, inbound) oflayn ishtirok etgan talabalar soni;

TT — bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni.

19.

Professor-oʻqituvchilarning xalqaro akademik mobilligi

2

2

2

2

K3.4 =

2T1+T2

TP

Bunda:

T1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi hamda xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (outbound) ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilar soni;

T2xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan almashinuv dasturida (inbound) ishtirok etuvchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotning professor-oʻqituvchilari soni;

TP — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilar umumiy soni.

20.

Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari samaradorligi

2

2

2

1

K3.5 =

5T1+4T2+3T3+2T4+T5

TT

Bunda:

T1 — “TOP-100” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar soni;

T2 — “TOP-300” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar soni;

T3 — “TOP-500” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar soni;

T4 — “TOP-1000” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar soni;

T5 — “TOP-1000” roʻyxatga kirmaydigan xorijiy oliy taʼlim tashkiloti bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar soni;

TT — bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni.

IV. Bitiruvchilar sifati va raqamlashtirish

30

30

35

50

21.

Ish beruvchilar oʻrtasida bitiruvchilarning nufuzi

5

5

5

5

Mazkur indikatorlar umummilliy soʻrovnoma natijalari asosida shakllantiriladi.

22.

Bitiruvchilarning bandlik holati

10

10

15

30

K4.2 =

2T1+T2

TB

Bunda:

T1 — yakka tartibdagi tadbirkor yoki taʼsischi sifatida faoliyat koʻrsatayotgan, davlat organi yoki xoʻjalik yurituvchi subyektda ishlayotgan bitiruvchilar soni;

T2 — taʼlimning keyingi bosqichi bilan qamrab olingan, ikki yoshgacha bola parvarishi bilan band boʻlgan, 1-2 guruh nogironligi boʻlgan, oʻzini oʻzi band qilgan bitiruvchilar soni;

ТB — bitiruvchilarning umumiy soni.

23.

Bitiruvchilarning ishga joylashish muddati

5

5

5

5

K4.3 =

3T1+2T2+T3

TB

Bunda:

T1 — bitirganidan soʻng 3 oy ichida ishga joylashgan bitiruvchilar soni;

T2 — bitirganidan soʻng 6 oy ichida ishga joylashgan bitiruvchilar soni;

T3 — bitirganidan soʻng 12 oy ichida ishga joylashgan bitiruvchilar soni;

ТB — bitiruvchilarning umumiy soni.

24.

Bitiruvchilarning oʻrtacha daromadi

5

5

5

5

K4.4 =

Toʻrt

Tref

Bunda:

Toʻrt — ishga joylashgan bitiruvchilarning oʻrtacha oylik daromadi (ish haqi);

Tref — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi.

25.

Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim va boshqaruv faoliyatini raqamlashtirish

5

5

5

5

Mazkur indikatorlar umummilliy soʻrovnoma natijalari asosida shakllantiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Indikatorlar boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblashda xorijiy oliy taʼlim tashkiloti xalqaro miqyosda tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining (THE, QS va ARWU) bir nechta roʻyxatiga kirgan taqdirda, eng yuqori oʻrin hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) * Formula natijasiga koʻra, eng kichik koʻrsatkichga ega oliy taʼlim tashkilotiga eng yuqori ball beriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026 y., № 10/26/3783/0179)