1-ILOVA
1. | Eshmuratov Аbdulhakim Xushbokovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari |
2. | Saidjanov Dilshod Madraximovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti shoʻba mudiri, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
3. | Ikramov Muzraf Muborakxodjayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
4. | Mamatov Abror Alisherovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi katta prokurori |
5. | Fayziyev Omonulla Lutfullayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi |
6. | Giyasov Shoxrux Kamalitdinovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, Axborot xizmati rahbari |
7. | Fayazova Mukaddas Shavkatovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi matbuot kotibi — direktorning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi |
8. | Saparov Sherzod Baxtiyarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Davlat tili boʻyicha maslahatchisi, Axborot xizmati rahbari |
9. | Muratova Nozima Faxritdinovna | — | Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori |
10. | Аslanova Sadoqat Farxodovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi matbuot kotibi — rektorning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi |
11. | Oripov Shuxratjon Orip oʻgʻli | — | Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi |
12. | Аzimov Jahongir Baxodir oʻgʻli | — | Oʻzbekiston milliy mass-medialarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori |
13. | Mamaturdiyev Dilshod Nematovich | — | Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
14. | Аzimova Nigora Аnvarovna | — | Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Xorijiy aloqalar boʻlimi boshligʻi |
15. | Izzatillayev Otabek Olimjonovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi mudiri |
16. | Zokirov Аbdulkarim Ilxom oʻgʻli | — | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Oʻzbekiston manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi |
17. | Аbdurazakov Аkbarjon Аbdujabbarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat qarzi departamenti bosh mutaxassisi |
18. | Bozorov Gʻayrat Nazarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Axborot sohasida monitoring va nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi |
19. | Narzullayev Dilshod Norullayevich | — | Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz boshligʻining oʻrinbosari |
20. | Ahtamov Shamsinur Apsamat oʻgʻli | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi yuridik boʻlim boshligʻi |
2-ILOVA
T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish tartibi va mexanizmlari | Amalga oshirish muddatlari | Masʼul vazirlik va idoralar |
Siyosiy holat indikatori | ||||
1. | Matbuot erkinligi indeksida Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlarning xolis yoritilishini taʼminlash va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish. | 1. OAV va soʻz erkinligi sohasidagi islohotlar, qonunlar, sud qarorlari hamda jurnalistlar holatiga oid maʼlumotlarni ingliz tilida rasmiy saytlardagi alohida boʻlimlarda va choraklik dayjestlar orqali muntazam eʼlon qilish. | doimiy | Oʻzbekiston milliy mass-medialarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi (kelishuv asosida), Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining 2026-yilgi hisobotidagi faktik xatolar yuzasidan dalillar asosida yozma murojaat yuborish. | 2027-yil fevral | |||
3. “Chegara bilmas muxbirlar”, “Maison des journalistes” va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillarini Oʻzbekistondagi konferensiya va davra suhbatlariga taklif etish hamda mustaqil jurnalistlar bilan erkin uchrashuvlarini tashkil etish. | 2027-yil mart — dekabr | |||
2. | Ichki ishlar organlari faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni oshirish hamda jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirish. | 1. Viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari rahbarlarining kriminogen vaziyat, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi koʻrilayotgan choralar yuzasidan aholiga muntazam murojaatlarini tashkil etish. | doimiy | Ichki ishlar vazirligi |
2. Mazkur murojaatlarni OAV, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka yetkazish. | 2027-yil yanvar | |||
3. | Jurnalist va blogerlarga oid maʼmuriy va jinoyat ishlari boʻyicha ochiq maʼlumotlar reyestrini shakllantirish va yuritish. | 1. Jurnalist va blogerlarga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy va jinoyat ishlari hamda sud qarorlari va hukmlari boʻyicha huquqiy maʼlumotnomalar tayyorlash. | 2027-yil fevral | Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi |
2. Mazkur maʼlumotlarni alohida elektron reyestrda eʼlon qilish va muntazam yangilab borish. | 2027-yil may | |||
4. | Jurnalist va blogerlarga nisbatan jinoiy taʼqib holatlarini oʻrganish hamda ozodlikka chiqqan jurnalistlarning huquqiy maqomi va reabilitatsiyasi masalalarini koʻrib chiqish. | 1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan jurnalistlarning huquqiy maqomi tiklanganligi va reabilitatsiya qilinganligi holatlarini oʻrganish. | 2027-yil fevral | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud |
2. Oʻrganish natijalari, aniqlangan muammolar va koʻrilgan choralar boʻyicha hisobot tayyorlash hamda jamoatchilikka eʼlon qilish. | 2027-yil avgust | |||
5. | Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jurnalistlar bilan ishlashning yagona ochiqlik standartlarini ishlab chiqish, tashkilot rahbarlarining ochiqlikni taʼminlash va oʻzlariga yuklatilgan vazifalar doirasidagi ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish boʻyicha faoliyatini KPI asosida baholash tizimini joriy etish. | 1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jurnalistlar bilan ishlashi hamda ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilishi boʻyicha yagona standartlarni ishlab chiqish. | 2027-yil aprel | Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonun asosida ochiqlikni baholovchi yagona elektron monitoring platformasini ishga tushirish. | 2027-yil iyul | |||
3. Monitoring natijalari asosida tashkilot rahbarlarining ochiqlikni taʼminlash boʻyicha faoliyatini KPI koʻrsatkichlari orqali baholash. | 2027-yil sentabr | |||
6. | Ijtimoiy tarmoqlarda korrupsiya holatlarining erkin yoritilishini taʼminlash hamda korrupsiyaga oid axborotlarning ochiqligini oshirish. | 1. Davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarning korrupsiyaga oid ochiq maʼlumotlar, xizmat tekshiruvlari natijalari hamda jurnalistik soʻrovlarga javob berish amaliyotini xatlovdan oʻtkazish, aniqlangan kamchiliklar va kechikishlar reyestrini shakllantirish hamda asoslantirilgan takliflarni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashiga kiritish. 2. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tekshiruv natijalari, davlat xaridlari, manfaatlar toʻqnashuvi va koʻrilgan choralar haqidagi ochiq maʼlumotlarni muntazam yoritish uchun OAV bilan doimiy muloqot kanallarini yoʻlga qoʻyish, bunda shaxsga doir maʼlumotlar va tergov sirini himoya qilish talablariga rioya etish. | 2027-yil aprel | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi |
7. | Ijtimoiy tarmoqlarda korrupsiyaga oid xabarlarga munosabat bildirish va ularning OAVda ochiq yoritilishini taʼminlash. | 1. Ijtimoiy tarmoqlar va norasmiy OAVda tarqatilayotgan korrupsiyaga oid xabarlarni tizimli monitoring qilish hamda vakolatli organlarning ularga munosabatini oʻrganish. | 2027-yil fevral | Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Korrupsiyaga qarshi kurrashish agentligi, Oʻzbekiston milliy mass-medialarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi (kelishuv asosida) |
2. Xabarlarda koʻrsatilgan holatlarni tekshirishga masʼul organlarni aniqlash va ular tomonidan koʻrilgan choralar hamda natijalar yuzasidan ochiq maʼlumotlarni tahlil qilish. | 2027-yil aprel | |||
3. Jamoatchilik ahamiyatiga molik korrupsiya holatlari boʻyicha qonunchilik doirasida rasmiy axborot berilishi va ushbu maʼlumotlarning OAVda yoritilishini monitoring qilish. | doimiy | |||
8. | Oʻzbekistonda soʻz erkinligi, jurnalistik faoliyatga noqonuniy aralashish va cheklash holatlari, shuningdek, davlat organlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida rezonans keltirib chiqargan mavzularda tezkor va majburiy ravishda aholiga rasmiy axborot berish tizimini takomillashtirish. | 1. Soʻz erkinligi, jurnalistik faoliyatga noqonuniy aralashish va cheklash holatlari hamda jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab boʻlgan masalalar yuzasidan masʼul davlat organlari vakillari ishtirokida ochiq muloqotga asoslangan teleloyihalar ishlab chiqish. 2. Teleloyihalar doirasida masʼul davlat organlari vakillarining dolzarb masalalar yuzasidan rasmiy munosabat bildirishini va aholiga tezkor axborot berishini tashkil etish. 3. Teleloyihalarda koʻtarilgan masalalar va masʼul idoralar tomonidan koʻrilgan choralarni OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish. | doimiy | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar |
9. | Oʻzbekistonda soʻz va axborot erkinligi hamda OAV sohasidagi islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishni kuchaytirish. | 1. Soʻz va axborot erkinligi hamda OAVni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar boʻyicha xorijiy tillarda axborot materiallarini tayyorlash. 2. Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali mazkur materiallar asosida muntazam axborot kampaniyalarini tashkil etish. | doimiy | Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Tashqi ishlar vazirligi |
Iqtisodiy shartlar indikatori | ||||
10. | OAV faoliyatiga iqtisodiy bosimni kamaytirish hamda ularni moliyalashtirishda shaffoflikni taʼminlash. | 1. Mustaqil OAVni moliyalashtirish, jumladan xorijiy va mahalliy grantlar ajratishga doir qonunchilikni tahlil qilish va mavjud cheklovlarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2027-yil yanvar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (kelishuv asosida), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (kelishuv asosida) |
2. Davlat organlari va davlat ulushi mavjud tashkilotlarning OAV, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari bilan axborot xizmatlari boʻyicha shartnomalar tuzish tartibi va mazmunini oʻrganish. | 2027-yil aprel | |||
3. Oʻrganish natijasida OAVga iqtisodiy bosim va noqonuniy moddiy ragʻbatlantirish xavflarini kamaytirish, moliyalashtirish shaffofligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2027-yil avgust | |||
11. | Davlat organlarining reklama va axborot xizmatlariga oid buyurtmalarini OAV oʻrtasida ochiq va raqobatli taqsimlash tizimini joriy etish. | 1. Davlat organlari va tashkilotlarining 2025-2026-yillarda reklama, ijtimoiy reklama va axborot xizmatlariga sarflagan mablagʻlarini OAV turlari va mulkchilik shakllari kesimida xatlovdan oʻtkazib, tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. | 2027-yil may | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi |
2. Davlat buyurtmalarini joylashtirish uchun auditoriya qamrovi, narx-sifat nisbati va samaradorlikka asoslangan yagona shaffof mezonlarni ishlab chiqish hamda tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. | 2027-yil avgust | |||
3. Buyurtmalarni davlat xaridlarining maxsus axborot portali orqali ochiq tanlov asosida joylashtirish, barcha OAV va onlayn nashrlarning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar teng ishtirokini taʼminlash. | 2027-yil oktabr | |||
4. Buyurtmalar taqsimoti natijalarini har yili Ochiq maʼlumotlar portalida eʼlon qilish va raqobat qonunchiligiga rioya etilishini monitoring qilish. | 2027-yil dekabr | |||
Huquqiy baza indikatori | ||||
12. | Matbuot erkinligi indeksi boʻyicha masʼul davlat organini belgilash. | Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tugatilgani munosabati bilan Matbuot erkinligi indeksida Oʻzbekiston natijalarini yaxshilash maqsadida axborot sohasidagi vakolatli davlat organlari sifatida Raqamlashtirish vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasini, Prezident Аdministratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazini hamda Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazni belgilash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish. | 2026-yil dekabr | Oliy Majlis Senati, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi |
13. | OAV va blogerlar faoliyati erkinligini kafolatlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish. | 1. OAV va blogerlar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlar asosida xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish. | 2026-yil dekabr | Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi |
2. Tahlil natijalari boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish hamda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashiga kiritish. | 2027-yil fevral | |||
14. | Jurnalistlar va tahririyatlarga mustaqil huquqiy yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi huzurida mustaqil advokatlar ishtirokida huquqiy maslahat va himoyaga yoʻnaltirish xizmatini tashkil etish, murojaat kanallari, maxfiylik qoidalari va yordam mezonlarini belgilash. | 2027-yil yanvar | Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (kelishuv asosida), Advokatlar palatasi (kelishuv asosida), Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Adliya vazirligi, mustaqil advokatlar va tahririyatlar (kelishuv asosida) |
2. Jurnalistik faoliyatga oid nizolar, axborot olishning rad etilishi va faoliyatga aralashish holatlari boʻyicha Uyushmaga aʼzolikdan qatʼi nazar bepul dastlabki maslahat berish hamda zarur hollarda advokat xizmatlarini subsidiyalash. | 2027-yil fevral | |||
3. Har chorakda shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor etmagan holda hisobot eʼlon qilish, natijalarni murojaatlar soni, yordam koʻrsatish muddati va hal etilgan masalalar ulushi asosida baholash. | har chorakda | |||
15. | Milliy qonunchilikni UNESCOning “Media Development Indicators” (MDI) koʻrsatkichlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Milliy qonunchilikni MDI koʻrsatkichlari asosida tahlil qilib, mavjud kamchiliklar va huquqiy boʻshliqlarni aniqlash. | 2027-yil fevral | Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz |
2. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish hamda aniqlangan kamchilik va huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2027-yil aprel | |||
3. Ishlab chiqilgan takliflarni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashiga kiritish. | 2027-yil may | |||
16. | Xususiy tele-radioeshittirish faoliyatini rivojlantirish, OAVning tahririy mustaqilligini mustahkamlash va tanqidiy materiallarni erkin yoritish uchun sharoitlarni yaxshilash. | 1. Davlat va nodavlat tele-radiokanallarning litsenziyalanishi, davlat roʻyxatidan oʻtishi va faoliyati boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash. 2. Davlat va nodavlat OAV, jumladan bosma va elektron nashrlarning soni, ixtisosligi hamda axborot tarqatish tillari boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish. 3. Davlat va nodavlat bosma nashrlar hamda radiokanallarda yoritilayotgan materiallarni mavzular kesimida tahlil qilish. 4. 2025-2026-yillarda xususiy OAV faoliyatining qonunchilik buzilishi yoki tanqidiy materiallar bilan bogʻliq holda davlat organlari tashabbusi bilan toʻxtatilganligi holatlarini oʻrganish. 5. Oʻrganish natijalari boʻyicha RSF hisobotidagi tanqidiy holatlarga oid asoslantirilgan tahliliy maʼlumotlarni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashiga kiritish. | 2027-yil iyun | Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz, Oliy sud |
Ijtimoiy-madaniy kontekst indikatori | ||||
17. | Hududiy jurnalistlarning surishtiruv, faktlarni tekshirish va kasbiy xavfsizlik boʻyicha amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash. | 1. Hududiy tahririyatlar ehtiyojlarini oʻrganib, jurnalistning kasbiy faoliyatiga oid qonunchilik normalari, huquq va majburiyatlari, korrupsiyani yoritish, ochiq maʼlumotlar va davlat xaridlarini tahlil qilish, axborot soʻrovi tuzish, manbalarni himoya qilish, raqamli xavfsizlik va sunʼiy intellekt yaratgan kontentni tekshirish boʻyicha dastur ishlab chiqish. | 2027-yil yanvar | Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (kelishuv asosida), Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida bittadan, jami 14 ta amaliy seminar oʻtkazish. Ochiq tanlov asosida kamida 140 nafar jurnalistni qamrab olish. | 2027-yil mart — noyabr | |||
18. | Nufuzli ommaviy axborot vositalari, blogerlar va inflyuyenserlar bilan hamkorlikni kuchaytirish. | 1. Chet el mamlakatlaridan yuqori auditoriya qamroviga ega boʻlgan yetakchi OAV, bloger va inflyuyenserlarni aniqlash hamda ular bilan maqsadli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 2027-yil yanvar | Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Auditoriyasi kamida 1 million kuzatuvchidan iborat boʻlgan 10 ta yetakchi bloger va inflyuyenser bilan aloqalar oʻrnatish, ularning Oʻzbekistonga press-tur va tanishuv safarlarini tashkil etish, shuningdek, mamlakatimiz haqida turkum materiallar, videokontent va ijtimoiy tarmoqlarda maqsadli publikatsiyalar tayyorlash. | 2027-yil aprel | |||
19. | Oʻzbekistonda soʻz erkinligi, OAV va jurnalistika sohasidagi islohotlarni ilmiy tadqiqotlar asosida rivojlantirish. | 1. “Oʻzbekistonda soʻz erkinligi, ommaviy axborot vositalari va jurnalistika sohasida yangi islohotlar” nomli maqsadli amaliy tadqiqot oʻtkazish maqsadida Innovatsion rivojlanish agentligidan grant uchun buyurtma olish. | 2027-yil mart | Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Innovatsion rivojlanish agentligi |
2. Ajratilgan grant mablagʻlari asosida amaliy tadqiqotni bosqichma-bosqich tashkil etish va oʻtkazish. | 2027-yil mart — sentabr | |||
3. Tadqiqot natijalari boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish hamda tadqiqot jarayoni va natijalarini OAVda keng yoritish. | 2027-yil oktabr-noyabr | |||
Xavfsizlik indikatori | ||||
20. | Soʻz erkinligini mustaqil monitoring qilish, OAVning oʻzini oʻzi tartibga solish mexanizmlarini rivojlantirish va media ombudsman institutini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi huzurida mustaqil jurnalistlar, tadqiqotchilar va NNT vakillaridan iborat ekspert guruhini shakllantirish. 2. Davlat organlari aralashuvisiz, ochiq metodologiya asosida soʻz erkinligi holati boʻyicha mustaqil yillik hisobotni oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash va eʼlon qilish hamda jurnalistlar mustaqilligi xaritasini ishlab chiqish. 3. Jurnalistlar uyushmasi huzuridagi etika komissiyasining murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini ochiq eʼlon qilish, qabul qilingan qarorlarni shaxsga doir maʼlumotlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan sirlarni oshkor etmagan holda yoritib borish. | 2027-yil mart | Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (kelishuv asosida), Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, nodavlat notijorat tashkilotlar (kelishuv asosida) |
4. Xalqaro tajribani oʻrganish asosida davlatdan mustaqil media ombudsman institutini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 5. Tahririyatlarning ixtiyoriy roziligi asosida media ombudsman mexanizmini sinovdan oʻtkazish, murojaatlar, koʻrib chiqilgan nizolar va kelishuv asosida hal etilgan masalalar yuzasidan ochiq hisobot tayyorlash. | 2027-yil aprel | |||
21. | Jurnalist va blogerlarga nisbatan bosim, onlayn taʼqib va tahdidlarning oldini olish hamda ularning xavfsizligini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish. | 1. Har yili jurnalistlar oʻrtasida oʻz-oʻzini senzura, bosim va xavfsizlik masalalari boʻyicha mustaqil tashkilotlar yoki xalqaro hamkorlar ishtirokida anonim soʻrovnomalar oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish. | 2027-yil fevral | Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (kelishuv asosida), Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi |
2. Jurnalist va blogerlarga, xususan ayol jurnalistlarga nisbatan onlayn taʼqib, haqorat, tahdid va akkauntlarni asossiz bloklash holatlari yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tezkor murojaat kanallarini yoʻlga qoʻyish. | 2027-yil aprel | |||
3. Hududiy jurnalistlar uchun raqamli va jismoniy xavfsizlik boʻyicha muntazam treninglar tashkil etish. | doimiy | |||