Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2850-4]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-son “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 210-son “2025 — 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2025-yil 30-iyuldagi 476-son “Davlat xaridlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish hamda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2850, 2016-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 593-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 26-avgust,
396-son
Kelishildi:
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
2026-yil 27-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-avgustdagi 396-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
oʻn oltinchi xatboshidagi “budjet tashkilotlari” degan soʻzlar “gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan tashkilotlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn yettinchi xatboshidagi “hisob-fakturalar” degan soʻz “hisobvaraq-fakturalar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Buyurtmachilar tomonidan har oyda takror amalga oshiriladigan xarajatlar (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ish haqi boʻyicha boʻnak toʻlovlari, ijtimoiy soliq, kommunal toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, aloqa, internet va boshqa xarajatlar) boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari “OʻRIMV” ATda “yashil yoʻlak” orqali gʻaznachilik masʼul xodimining ishtirokisiz avtomatik tarzda toʻlab berilishi mumkin.”.
4. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Daromadlar prognozlari, tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, DMJ va BMJ budjetlari hisobini yuritish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari va tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan “OʻRIMV” ATda tegishli budjetlar tasdiqlanganidan soʻng oylar kesimida daromadlar va xarajatlarning yillik yoyilmalari shakllantiriladi.”.
5. 29-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) budjet mablagʻlari boʻyicha — oylar kesimida tegishli iqtisodiyot va moliya organlarida roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar, shuningdek budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi budjet tashkilotlarining roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar boʻyicha maʼlumotlarni;”.
6. 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar xarajatlar smetalari roʻyxatga olinganidan soʻng “OʻRIMV” ATga oylar kesimida xarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar boʻyicha maʼlumotlarni kiritadi.”.
7. 38-banddan va 7-bobning nomidan “va hisobga olishda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. 43-bandning birinchi xatboshisidan “(hisobga olishga)” va “yoki hisobga olinadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. 45, 67-bandlardan, 714-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan, 1093-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan, 162, 164, 180-bandlardan “yoki hisobga olinadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11. 46-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oʻtkazish yoki hisobga olishda” degan soʻzlar “oʻtkazishda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
12. 48-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kamchiliklar boʻlmaganida gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari tomonidan YUMMR buyurtmalari budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, BMJ mablagʻlari hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
13. 51-banddan “yoki hisobga olinganidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
14. 52-bandda:
birinchi xatboshidan “yoki hisobga olinishi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “tanlov savdolari” va “tutiladi” degan soʻzlar tegishli ravishda “eng yaxshi takliflarni tanlash (bundan buyon matnda tanlash deb yuritiladi) va tender” va “tutiladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 54 va 55-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“54. Shartnomalar tomonlarning elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda elektron shaklda tuziladi, xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar bundan mustasno.
55. Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga koʻra shartnoma qoʻshimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu shartnoma boʻyicha yuridik majburiyatni bekor qilish tovarlar (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnoma bekor qilinishiga qarshiligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi yozma yoki elektron xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.”.
16. 57-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlarni belgilangan tartibda maxsus axborot portaliga joylashtiradi:”;
ikkinchi xatboshidan “ikki asl nusxada” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi va beshinchi xatboshilardan “nusxasi” degan soʻz chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “shartnomasi nusxasi” degan soʻzlar “sugʻurta polisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati;”;
sakkizinchi xatboshidagi “xulosasining nusxasi” degan soʻzlar “xulosasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi huzuridagi “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 60 — 62-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan shartnoma maxsus axborot portali orqali yuborilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnomada koʻrsatilgan summani shartnomada koʻrsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) mavjudligini, tomonlarning zarur rekvizitlari, shuningdek mazkur Qoidalarning 57-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligini tekshiradi.
61. Shartnomalarni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar boʻlmagan hollarda shartnomalar maxsus axborot portali orqali yuborilganidan soʻng toʻrtinchi ish kunidan kechiktirmay gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
62. Mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq holda maxsus axborot portali orqali yuborilgan shartnomalar roʻyxatdan oʻtkazilmasdan, “OʻRIMV” ATda uni roʻyxatdan oʻtkazmasdan qaytarishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda elektron shaklda qaytariladi.”.
18. 64-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“64. Qaytarilgan shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan barcha kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek maxsus axborot portali orqali qayta yuborilgan shartnomalarda avval koʻrsatilmagan boshqa kamchiliklar boʻlmaganda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan shartnomani kapital qoʻyilma buyurtmachilariga takroran qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
19. 68-bandda:
birinchi xatboshidan “yoki hisobga olish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi” degan soʻzlar “asosiy shartnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “kelishuvning ikkita asli va bitta nusxasi” degan soʻzlar “kelishuv” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidan “ikki asl nusxada” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidan “nusxasi” degan soʻz chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda keyingi moliya yillaridagi qoʻshimcha kelishuvlar asosiy shartnoma lotiga bogʻlangan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.”.
20. 69-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“69. Kafolat muddati tugaganidan soʻng toʻlanadigan obyekt qiymatidan 5 foiz kafolat summasi boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga maxsus axborot portali orqali qoʻshimcha kelishuv yoki mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etish asosida amalga oshiriladi:”;
ikkinchi xatboshidan “yoki hisobga olingan” va “nusxasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “ikki asl nusxada” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va oltinchi xatboshilardan “nusxasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, qoʻshimcha kelishuv asosiy shartnoma lotiga bogʻlangan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.”.
21. 71-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining buyurtmachi xizmatini saqlab turishga mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish har bir obyekt boʻyicha tasdiqlangan manzilli roʻyxatda mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida kapital qoʻyilma buyurtmachisi tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etiladigan:”;
ikkinchi xatboshidan “ikki asl nusxada” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “ikki asl nusxada” va “(hisobga olishga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
22. 712-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“712. “UzASBO” DMga ulangan kapital qoʻyilma buyurtmachilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchini tanlab shartnoma tuzganidan soʻng mazkur Qoidalarning 57, 68 yoki 69-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni maxsus axborot portaliga joylashtiradi. Ushbu maʼlumotlar “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda shakllanadi.
Maxsus axborot portali maʼlumotlari asosida “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda shakllangan mazkur Qoidalarning 57, 68 yoki 69-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning qogʻoz shaklidagi asl nusxalari gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va kapital qoʻyilma buyurtmachilarida saqlanadi.”.
23. 72-banddan “va hisobga olingan”, “(hisobga olishga)” va “(hisobga olish)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
24. 73-bandning birinchi xatboshisidagi “yoki hisobga olinishi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
25. 75 va 76-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“75. Shartnomalar tomonlarning elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda elektron shaklda tuziladi, xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar bundan mustasno.
76. Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga koʻra shartnoma qoʻshimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu shartnoma boʻyicha yuridik majburiyatni bekor qilish tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilinishiga qarshiligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi yozma yoki elektron xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.”.
26. 81-banddagi “oʻtkazish yoki hisobga olishda” degan soʻzlar “oʻtkazishda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
27. 82-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“82. Buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga bitta tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi (pudratchi) bilan xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining bir nechta kodi boʻyicha shartnomalar tuzishda shartnomalarda har bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi va ulardan toʻlov summasi majburiy tartibda alohida koʻrsatiladi. Mazkur shartnomalar buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga maxsus axborot portali orqali har bir shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va ular boʻyicha toʻlov summalarini nazarda tutuvchi asosiy shartnoma shaklida elektron tarzda yuboriladi.
Bunda, mazkur Qoidalarning 87-bandida sanab oʻtilgan va roʻyxatdan oʻtkazish uchun shartnomalarga ilova qilinadigan hujjatlar buyurtmachilar tomonidan maxsus axborot portali orqali asosiy shartnoma bilan birga elektron tarzda yuboriladi.”.
28. 85 va 118-bandlarning birinchi xatboshisidan, 119-banddan, 1231-bandning birinchi xatboshisidan hamda 160, 173, 177-bandlardan “yoki hisobga olish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
29. 86-bandning uchinchi xatboshisidan, 102, 123 va 189-bandlardan, 7 va 9-ilovalarning nomlaridan “(hisobga olishga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
30. 87-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“87. Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga maxsus axborot portali orqali shartnoma bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron tarzda yuboradi:
Toʻlovlar jadvali;”;
toʻrtinchi xatboshidagi “ekspertiza xulosasi” degan soʻzlar “ekspertiza xulosasi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31. 88-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“88. Quyidagi hollarda shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun mazkur Qoidalarning 87-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar maxsus axborot portali orqali elektron tarzda yuboriladi:
a) avtotransport, mashina, texnika va uskunalarni joriy, oʻrta va mukammal taʼmirlashda — nuqson dalolatnomasi;
b) bino va inshootlarni joriy va oʻrta taʼmirlashda — loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xulosa, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
c) binolar, inshootlar va ichki xoʻjalik yoʻllarini mukammal taʼmirlashda:
binolar, inshootlar va ichki xoʻjalik yoʻllarini mukammal taʼmirlash manzilli roʻyxati;
loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligi boʻyicha xulosa.”.
32. 92-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“92. Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar boʻyicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida roʻyxatdan oʻtkazish buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga maxsus axborot portali orqali taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
ilgari gʻaznachilik xizmati boʻlinmasida roʻyxatdan oʻtkazilgan asosiy shartnoma;
qoʻshimcha kelishuv (asosiy shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda);
Toʻlovlar jadvali.
Bunda qoʻshimcha kelishuvda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
Keyingi moliya yillaridagi qoʻshimcha kelishuvlar asosiy shartnoma lotiga bogʻlangan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.”.
33. 95-bandda:
birinchi xatboshidagi “yoki hisobga olish” va “yoki hisobga olinadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “yoki hisobga olinadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
34. 98 — 101-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“98. Buyurtmachilar tomonidan mazkur Qoidalarning 86-bandida koʻrsatilgan hujjatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga taqdim etilganidan soʻng, gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarining masʼul xodimlari Toʻlovlar jadvalining ikki asliga mazkur hujjatlarni qabul qilib olgan sanani koʻrsatgan holda oʻz imzolarini qoʻyadi. Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma mazkur Qoidalar talablariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng, buyurtmachilarning masʼul xodimlari Toʻlovlar jadvalining ikki asliga roʻyxatdan oʻtkazilgan Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmani qabul qilib olgan sanasini koʻrsatgan holda oʻz imzolarini qoʻyadi.
Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng, Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmaning va Toʻlovlar jadvalining birinchi asli buyurtmachilarga qaytariladi, ikkinchi asli hamda Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa gʻaznachilik xizmati boʻlinmalarida saqlash uchun qoladi.
99. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari buyurtmachilar tomonidan shartnoma yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida:
mazkur Qoidalarning 86 — 92-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligini;
budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tegishli oy uchun “OʻRIMV” ATga kiritiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlaridan yuqori emasligini;
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarda tomonlarning zarur rekvizitlari, muhr va imzolari mavjudligini;
muhr izi va imzolarning buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida koʻrsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini (hujjatlar qogʻoz shaklda taqdim etilganda);
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarda koʻrsatilgan summani shartnomada yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarda koʻrsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (budjetdan ajratilgan mablagʻlar, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) mavjudligini tekshiradi.
100. Buyurtmachilarning shartnomalari va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar boʻlmagan hollarda shartnomalar yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar taqdim etilganidan soʻng toʻrtinchi ish kunidan kechikmasdan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
101. Mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq holda maxsus axborot portali orqali yuborilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar roʻyxatdan oʻtkazilmasdan, “OʻRIMV” ATda ularni roʻyxatdan oʻtkazmasdan qaytarishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda elektron shaklda qaytariladi. Bunda Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar qogʻoz shaklda taqdim qilingan taqdirda mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarni qaytarish varaqasida uni roʻyxatdan oʻtkazmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma koʻrsatgan holda qaytariladi.”.
35. 103-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“103. Qaytarilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalar boʻyicha koʻrsatilgan barcha kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarda avval koʻrsatilmagan boshqa kamchiliklar boʻlmaganda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan buyurtmachilarga shartnomalarni va Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarni takroran qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
36. 106-banddan “va hisobga olingan”, “(hisobga olishga)” va “(hisobga olish)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
37. 107-bandning birinchi xatboshisidan “yoki hisobga olingan” va “yoki hisobga olinishi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
38. 108-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oʻtkazish yoki hisobga olishda” degan soʻzlar “oʻtkazishda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
39. 109-bandda:
birinchi xatboshi “quyidagi tartibda” degan soʻzlardan keyin “roʻyxatdan oʻtkazadi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshidan “roʻyxatdan oʻtkazadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha — vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha keyingi moliya yilining xarajatlar smetasida mazkur qoʻshimcha kelishuv boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablagʻlar rejalashtirilganligini tasdiqlovchi budjet tashkilotlarining kafolat xati asosida.”.
40. 111-banddan “yoki hisobga olinadigan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
41. 112-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“112. Lizing shartnomalari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga “UzASBO” DM orqali Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtma yuboradi.”.
42. 113-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan “yoki hisobga olinishi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
43. 1141-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1141. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilarning lizing shartnomalari boʻyicha yuridik majburiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Qoidalarning 1092 va 1093-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.”.
44. 115-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“115. Buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalari, ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ushbu shartnomalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan oʻtganidan va hisobga qoʻyilganidan soʻng gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda shartnomalarda koʻrsatilgan summalar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida roʻyxatdan oʻtkaziladi.”.
45. 116-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“116. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalarni (unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ham inobatga olib) roʻyxatdan oʻtkazish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalariga maxsus axborot portali orqali shartnoma bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuboradi:”;
ikkinchi xatboshidan “ikki asl nusxada” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “nusxasi” degan soʻz chiqarib tashlansin.
46. 117-bandda:
birinchi xatboshidan “yoki hisobga olish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “shartnomaning nusxasi” degan soʻzlar “asosiy shartnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “kelishuvning bir asli va nusxasi” degan soʻzlar “kelishuv” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidan “ikki asl nusxada” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidan “nusxasi” degan soʻz chiqarib tashlansin.
48. 129-banddagi “oʻtkazish yoki hisobga olishda” degan soʻzlar “oʻtkazishda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
49. 161-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“161. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali yuborilgan hisobvaraq-fakturalar asosida Moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan “OʻRIMV” ATda roʻyxatga olinadi. Ularning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot kapital qoʻyilma buyurtmachilariga avtomatik tarzda yuboriladi.”.
50. 163-banddan “yoki hisobga olinadigan” va “yoki hisobga olinadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
51. 165-banddagi “oʻtkazish yoki hisobga olishda” degan soʻzlar “oʻtkazishda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
52. 166-bandning toʻrtinchi xatboshisidan, 172-banddan va 182-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “yoki hisobga olingan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
53. 178 va 179-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“178. Buyurtmachilar tomonidan “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali yuborilgan hisobvaraq-fakturalar asosida Moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan “OʻRIMV” ATda roʻyxatga olinadi. Ularning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot buyurtmachilarga avtomatik tarzda yuboriladi.”.
179. Buyurtmachilarning “UzASBO-Faktura” elektron tizimi orqali “OʻRIMV” ATga yuborilgan hisobvaraq-fakturalarining tegishli shartnomaga muvofiqligi boʻyicha tekshirish orqali Moliyaviy majburiyatlar “OʻRIMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.”.
54. 181-banddagi “oʻtkazish yoki hisobga olishda” degan soʻzlar “oʻtkazishda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
55. 1901-banddan “(hisobga olishga)” va “yoki hisobga olinmasdan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
56. Quyidagi tahrirdagi 1904-band bilan toʻldirilsin:
“1904. Budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tegishli oy uchun “OʻRIMV” ATga kiritiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlaridan yuqori ekanligi aniqlangan taqdirda gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan mazkur shartnomalar roʻyxatdan oʻtkazilmasdan qaytariladi.”.
57. 205-bandning ikkinchi xatboshisidan “yoki hisobga olishni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
58. 206-bandning ikkinchi xatboshisidan, 2232 va 2332-bandlardan “yoki hisobga oladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
59. Quyidagi mazmundagi 2141-band bilan toʻldirilsin:
“2141. DMJ uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hamda transfertlar ularning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi oʻzlashtirilmagan mablagʻlar qoldigʻini va har bir oy uchun kassa rejasida nazarda tutilgan mablagʻlarni hisobga olgan holda oʻtkazib beriladi.”.
60. 215-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“215. Budjetlararo transfertlarni oʻtkazish gʻaznachilik memorial orderlari asosida amalga oshiriladi. Bunda, gʻaznachilik memorial orderlari tegishli iqtisodiyot va moliya organi tomonidan elektron hujjat shaklida gʻaznachilik xizmati boʻlinmasiga taqdim etiladi.”.
61. Quyidagi mazmundagi 2161-band bilan toʻldirilsin:
“2161. Davlat budjeti mablagʻlari doirasida ajratiladigan ssuda va kredit liniyalari boʻyicha toʻlov hujjatlari iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan “resurs.imv.uz” platformasida tegishli ssuda va kredit shartnomalari toʻliq rasmiylashtirilgandan (imzolangandan) soʻng shakllantiriladi hamda “OʻRIMV” ATga elektron tarzda yuboriladi.
“OʻRIMV” ATga elektron tarzda kelib tushgan toʻlov hujjatlari boʻyicha toʻlovlar gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
62. 217-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“217. Mahalliy budjetdan oʻz muddatida qaytarilmagan budjet ssudalari va oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha yuqori budjet oldidagi qarzdorliklarni soʻzsiz undirish uchun mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek DMJ budjetlaridan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga undirish Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli boshqarmalari, hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining soʻroviga asosan gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi.”.
63. 219-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“219. Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli boshqarmalari, hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining soʻroviga asosan budjet mablagʻlarini soʻzsiz undirish uchun “OʻRIMV” ATda gʻaznachilik memorial orderi shakllantiradi va gʻaznachilik memorial orderi “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda bajariladi.”.
64. 223-bandda:
uchinchi xatboshidan “Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidan “(vaqtinchalik xarajatlar smetasini hisobga olgan holda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
65. 232-bandning birinchi xatboshisidan “(vaqtinchalik smetalarni hisobga olgan holda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
66. 233-bandda:
ikkinchi xatboshidan “(hisobga olishga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar nusxasi;”.
67. 234-banddan “hamda hisobga olinmagan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
68. 236-bandning birinchi xatboshisidan “va hisobga olinishiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga
11-ILOVA
11-ILOVA
Yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmalarni qaytarish VARAQASI | |
Buyurtmachi nomi ___________________________________________ Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ___________________________________ Buyurtma raqami va sanasi ____________________ Yetkazib beruvchining nomi __________________________________ Buyurtmani taqdim etish sanasi 20 __ y. “__” __________ Buyurtmani qaytarish sanasi 20 __ y. “__” __________ | |
T/r | Qaytarilish sabablari |
1. | |
2. | |
… | |
Masʼul xodim | __________ | ______________________________ | |
(imzo) | (F.I.O.) | ||
Boʻlim boshligʻi | __________ | ______________________________ | |
(imzo) | (F.I.O.) | ||
Buyurtmachi yoki kapital qoʻyilma buyurtmachisi xodimi | _____________________________ (F.I.O.) | ||
Qaytarish varaqasini olish sanasi | ____________ __________ (kk.oo.yyyy) (imzo)”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026 y., 10/26/2850-4/0979-son)