1-ILOVA
2-ILOVA
“ |
|
|
|
VIII1. | VIII1. Davlat xaridlarida ishtirok etish uchun davlat xaridlari elektron tizimlarida ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha. | ||
81-1 | Davlat xaridlari elektron tizimlarida ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishga rozimisiz? | Ha √ | Yo‘q √ |
|
|
| ”; |
“ |
|
|
|
1-20-3. | Davlat xaridlari elektron tizimlarida ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishga rozimisiz? | Ha √ | Yo‘q √ |
|
|
| ”. |
66-ILOVA
1. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: | Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma |
2. | Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): | Davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxslar |
4. | Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
5. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | 1. Ariza. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili; yuridik shaxs rahbarlari va mutaxassislari to‘g‘risidagi axborot; xavfsizlik tizimlari, nazorat mexanizmlari hamda elektron tizimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish, boshqaruv, ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari haqida ma’lumotlar; tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish yoki bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar tavsifi; operator davlat xaridlari elektron tizimiga joylashtirilgan raqamli ma’lumotlar bazalarining zaxira nusxalarini shakllantirish uchun texnik vositalar ma’lumotlari; operatorda raqamli ma’lumotlar bazalarining zaxira nusxalarini shakllantirishda shifrlovchi, shuningdek, axborotni o‘zgartirish yoki buzib ko‘rsatishning oldini oladigan tarzda saqlaydigan asbob-uskunalar va dasturiy-texnik vositalar ma’lumotlari. 2. Bazaviy hisoblash miqdorining 350 ming baravaridan kam bo‘lmagan va to‘liq shakllantirilgan ustav fondi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar. Bunda ustav fondi yuz milliard so‘m mablag‘ ko‘rinishida shakllantirilganini tasdiqlovchi hujjatlar talab etiladi. 3. Operator faoliyatining xususiyati hamda hajmini inobatga olgan holda, texnik quvvati yetarli bo‘lgan funksional uskunalar (kompyuter, kommunikatsiya, ma’lumotlarni saqlash va to‘lov tizimi ishlashini ta’minlaydigan boshqa texnik uskunalar) va dasturiy ta’minotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar. 4. Davlat xaridlari elektron tizimining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalarida joylashganini tasdiqlovchi hujjatlar. 5. Axborot tizimi va resurslarining kiberxavfsizlik talablariga muvofiq kompleks ekspertizadan o‘tkazilgani haqidagi xulosa. 6. Davlat xaridlari elektron tizimini rivojlantirish dasturi: talabgor tomonidan taqdim etiladigan rivojlantirish dasturida quyidagilar nazarda tutiladi: yaqin ikki kalendar yil uchun davlat xaridlari elektron tizimini rivojlantirish, shu jumladan, operator faoliyatini tashkil etishning maqsadlari va rejalashtirilayotgan natijalari; faoliyatning normal va barqaror ishlashini ta’minlash uchun mavjud tizim hamda jarayonlar, texnik va moliyaviy resurslardan foydalanishni nazarda tutadigan asoslangan hisob-kitoblar, ikki yil davomida daromad va xarajatlar prognozi; ko‘rsatilishi rejalashtirilayotgan xizmatlar hajmi va qiymati, mijozlar soni, narxlar, rentabellikning kutilayotgan o‘sishi kabi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot; moliyaviy ko‘rsatkichlar va asosiy vositalarning tasnifi; davlat buyurtmachilari va ishtirokchilarni jalb qilish yuzasidan reklama kampaniyalari o‘tkazilishi, seminar-treninglar tashkil etish bo‘yicha marketing rejasi; faoliyatni amalga oshirish uchun texnik vositalar va zarur manbalar tavsifi, shu jumladan, tegishli axborot tizimlari, hisob-kitoblar va buxgalteriya tizimlari. 7. Buxgalteriya balansi va oxirgi hisobot davriga doir moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. 8. Xavfsizlik siyosati haqidagi hujjat. 9. Qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan Odob-axloq qoidalari. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Yig‘im undirilmaydi |
7. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgani uchun undiriladigan yig‘im: | Yig‘im undirilmaydi |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddati: | 20 ish kuni. Vakolatli organ qaror qabul qilishda arizani ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda, uni ko‘rib chiqish muddatini 10 ish kuniga uzaytirish huquqiga ega. Arizani ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganda, bu haqida talabgor tegishli tartibda xabardor qilinadi. |
9. | Ruxsat etishga oid talab va shartlar: | Umumiy talablar Operatorlar faoliyatini tashkil etish va samarali amalga oshirish uchun quyidagi talab va shartlarga javob berishi lozim: a) qonunchilik hujjatlarida va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan texnik yo‘riqnomada belgilangan talablarga javob beradigan davlat xaridlari elektron tizimining mavjudligi hamda mazkur tizimning operatorga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lishi; b) davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotni joylashtirishni va unga kirishni, davlat xaridlari bo‘yicha statistika ma’lumotlarini qayta ishlash, davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yagona milliy klassifikatoridan foydalanishni, elektron davlat xaridlarini amalga oshirish, elektron xarid qilish tartib-taomillari natijalariga ko‘ra shartnomalar tuzishni va hisob-kitob-kliring palatasi orqali majburiyatlarni bajarish kafolatlarini ta’minlaydigan axborot tizimining mavjudligi; v) davlat xaridlarining elektron tizimini O‘zbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalarida joylashtirishi; g) davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlarini ko‘rsatish, boshqaruv, ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlarining samarali ishlashi uchun malakali va tajribali xodimlarga, shu jumladan, elektron tijorat hamda axborot texnologiyalari sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar malakali xodim hamda call-markaz mavjudligi; d) operator rahbarlarni tayinlash haqida vakolatli organni xabardor qilishi; e) to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qo‘llanmagani; j) vakolatli organga davlat xaridlari elektron tizimining ishlashi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda taqdim etib borishi; z) qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan Odob-axloq qoidalariga rioya etishi; i) operatordan davlat xaridlari elektron tizimida xarid qilish tartib-taomillari bilan bog‘liq, shuningdek, davlat xaridlari elektron tizimi ishlashi to‘g‘risidagi axborotlarni maxsus axborot portaliga real vaqt rejimida yuborishi; k) o‘ziga tegishli bo‘lgan zamonaviy server uskunalari bilan jihozlangan va ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy markazning mavjudligi, unda: infratuzilmani tashkil etish uchun kamida 5 ta server uskunasi, har bir server uskunasi 2 ta protsessor va kamida 100 TB xotiraga ega bo‘lishi, bunda server uskunalarining kamida 1 tasi alohida ma’lumotlarni saqlash tizimi bo‘lishi; bir vaqtning o‘zida axborot tizimining kamida 5 000 ta so‘rovini qayta ishlash tezligini ta’minlay olishi; kodli qulflar yoki biometrik tizim bilan himoyalangan kirish eshiklariga ega bo‘lishi; yonmaydigan materiallardan ko‘tarilgan pollar (falshpol) bilan jihozlangan bo‘lishi; isitilgan va namlikni yo‘qotuvchi toza havo oqimini ta’minlovchi tizimga ega bo‘lgan, 24/7 rejimida ishlovchi asosiy va zaxira sovitish texnikalari bilan jihozlanishi; kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi; kamida 2 soat elektr ta’minoti uzluksizligini (generator ishga tushirilgunga qadar) ta’minlovchi quvvat manbaiga (UPS) ega bo‘lishi; maxsus gaz yordamida avtomatik yong‘in o‘chirish tizimiga ega bo‘lishi; ma’lumotlarni qayta ishlash markazining 60 foizi quvvat bilan kamida 2 sutka davomida ishlashini ta’minlovchi generator uskunasiga ega bo‘lishi; axborotlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishi; l) operator ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortiq umumiy ulushi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan ta’sischilar (aksiyadorlar) va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli bo‘lishi, shuningdek, rahbari hamda davlat xaridlari elektron tizimini yuritish va axborot xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi; m) davlat xaridlari to‘g‘risidagi hamda kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilishi*; n) axborot xavfsizligini ta’minlashi, bunda*: dasturiy servis va ilovalarning uzluksiz ishlashini ta’minlovchi internet, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i hamda boshqa asosiy va zaxira aloqa tarmoqlariga ulangan bo‘lishi; ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini himoya qilish uchun chegara zonalarini IDS (Intrusion Detection System) va IPS (Intrusion Prevention System) funksiyalari, antivirus, spam filtrlari va boshqalarga ega apparat xavfsizlik devorlari bilan jihozlashi; dasturiy ilovalardagi axborotlarni shifrlangan holda uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi yechimlarga ega bo‘lishi; veb dasturiy ilovalar amaldagi SSL (Secure Sockets Layer) sertifikatlari bilan himoyalangan bo‘lishi; ma’lumotlar bazalarini dastur ishlab chiquvchilar va administratorlar tomonidan o‘zgartirilishidan himoya qilish uchun PAM tizimiga ega bo‘lishi; elektron tizimni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi; xodimlar tomonidan ma’lumotlarning sizib chiqishini nazorat qilish uchun DLP (Data Loss Prevention) tizimiga ega bo‘lishi; o) davlat xaridlari elektron tizimida davlat xaridlari jarayonidagi barcha tegishli ma’lumotlarni va hujjatlarni, shu jumladan, elektron hujjatlarni saqlash muddati shunga o‘xshash maqsadga mo‘ljallangan qog‘oz hujjat uchun qonunchilikda belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi, biroq moliya yilidan keyin kamida besh yil bo‘lishi kerak; p) quyidagilarni amalga oshirish va natijalari yuzasidan vakolatli organga taqdim etishi*: har uch yilda operator moliyaviy faoliyati va axborot tizimlari xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan mustaqil auditdan o‘tkazilishi; har yil yakunidan so‘ng belgilangan tartibda davlat xaridlari elektron tizimining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi. |
10. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: | Mavjud emas |
11. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
12. | Izoh: | * qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talablar va shartlar. |