25.08.2026 yildagi 2500-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 25.08.2026 yildagi 2500-V-son
Kuchga kirish sanasi
25.08.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining 2026-yil I yarim yilligida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon matnda davlat dasturi deb yuritiladi) 2026-yil I yarim yilligida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar tufayli inson salohiyatini roʻyobga chiqarish, barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, aholi farovonligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini mustahkamlash borasida muhim natijalarga erishilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davr mobaynida davlat dasturida belgilangan tadbirlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash boʻyicha tegishli nazorat rejalari hamda kalendar rejalar tasdiqlanib, bu boradagi ishlar qatʼiy monitoring qilingan va ular yuzasidan tanqidiy-tahliliy muhokamalar oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan davlat dasturining ijrosiga ustuvor ahamiyat qaratilib, belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha zarur qonunchilik hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinganligi va ularning ijrosi yuzasidan mutasaddilar ishtirokida muhokamalar oʻtkazib borilganligi ushbu muhim hujjatning sifatli bajarilishida muhim oʻrin tutmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan bir qator qonun loyihalarining ishlab chiqilishida hukumat va parlament yaqin hamkorlikda faoliyat olib borgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalarning majlislarida davlat dasturining bajarilishi holati yuzasidan tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining axboroti eshitib borilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, mahallalarga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Mahallalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish, ularda raqamli boshqaruvni joriy etish va aholi muammolarini mahallaning oʻzida hal qilish kabi vazifalarni amalga oshirishning samarali mexanizmlari yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyunda qabul qilingan “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-116-sonli Farmoni mahalla institutini yanada mustaqil va xalqchil tuzilmaga, jamoatchilik boshqaruvi hamda nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirishga, uning jamiyatdagi nufuzi va rolini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida “Qoʻqon tajribasi” va “Chilonzor tajribasi” joriy etilib, respublika miqyosida tatbiq etilmoqda. Natijada oʻtgan davrda kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan 346 ta mahallada jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmagan, oldi olinishi lozim boʻlgan jinoyatlar soni 2 309 taga kamaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning mol-mulkini ishonchli himoya qilish maqsadida “E-Qoʻriqlash” tizimi yaratilgan, jamoat joylarida xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan aholiga xizmat koʻrsatuvchi “Security office” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini tashkil etish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash dasturlari doirasida 506 ming kishi doimiy ishga joylashtirilgan, kambagʻallik darajasi 5 foizdan 4,5 foizga kamaygan, 2 756 ta mahalla “kambagʻallikdan xoli” hududga aylantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari” orqali 176,3 ming nafar xotin-qizning bandligi taʼminlangan. Tijorat banklari tomonidan 161,7 ming nafar ayolga 12,8 trln. soʻm kredit ajratilgan. “Yoshlar daftari” orqali 12 ming nafardan ziyod fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun 27,2 mlrd. soʻm yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishidagi ustuvor maqsadlarga erishish boʻyicha koʻrilgan zarur chora-tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotning oʻsish surʼati 8,5 foizga, shu jumladan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 8,0 foizga, qurilish ishlari 13,7 foizga, xizmatlar koʻrsatish 16,9 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish 4,7 foizga oʻsgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport hajmi ilk bor 15,9 mlrd. AQSh dollariga yetgan. Iqtisodiyotga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 134 foizga oʻsib, 28,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston erishgan iqtisodiy natijalar xalqaro reyting agentliklari tomonidan eʼtirof etilmoqda. Joriy yilda “Fitch” va “Moodyʼs” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pogʻonaga yaxshilagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvor yoʻnalishlari doirasida suv resurslarini samarali boshqarish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirish, yerlarni lazerli tekislash, agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazish hisobidan 5 mlrd. 123 mln. kub metr suv tejalishiga erishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jami 265 mln. tup daraxt va buta koʻchati ekilgan, 155 ta tuman va shaharda “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari” tashkil qilingan, Orolboʻyi hududida 248 ming gektar “yashil qoplamalar” barpo etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atrof-muhit, atmosfera, yer va suv resurslari muhofaza qilinishini yanada kuchaytirish maqsadida 172 ta sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunalari hamda 75 ta korxonada lokal oqova tozalash inshootlari oʻrnatilgan yoki mavjudlari modernizatsiya qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining oldini olish ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi (OʻRQ-1155-sonli) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmat turlari soni 550 taga yetkazilgan. Aholiga notarial harakatlarni onlayn tarzda amalga oshirish ulushi 7 foizdan oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdagi fuqarolar xavfsizligini Oʻzbekistondan turib taʼminlash maqsadida “Yagona migratsiya” axborot tizimi ishga tushirilgan. Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish imkonini beruvchi “Aqlli migratsiya shoxobchalari” faoliyati 2026-yil 1-maydan boshlab tajriba tariqasida yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan 26 523 ta yer uchastkasiga va ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar eʼtirof etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfsiz va tinchlikparvar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar doirasida xalqaro munosabatlarni yanada rivojlantirish va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan zarur choralar koʻrilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil mart oyida Fargʻona viloyatida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Doʻstlik forumi, may oyida birinchi Toshkent Xalqaro migratsiya forumi, iyun oyida V Toshkent xalqaro investitsiya forumi kabi muhim tadbirlar oʻtkazilganligi Oʻzbekiston global masalalar muhokama qilinadigan xalqaro muloqot maydoniga aylanib borayotganligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umuman olganda, koʻrilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida davlat dasturi doirasida 2026-yil I yarim yilligida bajarilishi belgilangan jami 193 ta vazifadan 158 tasining ijrosi taʼminlangan, 5 tasining ijro etish muddati uzaytirilgan. Shu bilan birga 30 ta vazifaning ijrosini taʼminlash boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, kredit ajratishda “natijaga bogʻlangan imtiyoz” (performance-based subsidy) modelini joriy etishga (6-ilovaning 123-bandi), davlat xaridlarida korrupsiyasiz va adolatli raqobatni taʼminlashga (6-ilovaning 279-bandi), yer resurslarini boshqarishning samarali tizimini tatbiq qilishga (7-ilovaning 13-bandi), aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy himoyasini sugʻurta mexanizmlari orqali kengaytirishga (8-ilovaning 1-bandi), Oʻzbekistonning turistik jozibadorligini oshirish orqali sayyohlar sonini koʻpaytirishga (8-ilovaning 3-bandi) qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha ishlar yakuniga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek davlat dasturida muhim tarmoqlar va sohalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida qabul qilinishi belgilangan qonun loyihalarini sifatli ishlab chiqish hamda oʻz vaqtida parlament muhokamasiga kiritish borasidagi ishlarga alohida eʼtibor qaratish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, davlat dasturi doirasida ishlab chiqilgan “Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar toʻgʻrisida”gi (7-ilovaning 42-bandi), “Muqobil investitsiya jamgʻarmalari toʻgʻrisida”gi (8-ilovaning 4-bandi), tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga (7-ilovaning 50-bandi), intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish tizimini takomillashtirishga (7-ilovaning 30-bandi) qaratilgan qonun loyihalarining Qonunchilik palatasiga qisqa muddatlarda kiritilishini taʼminlash maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetida koʻzda tutilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar samaradorligini oshirish, aholi bandligini taʼminlash, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, kambagʻal oilalarga doimiy daromad manbaini yaratish, qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan samarali foydalanish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish kabi yoʻnalishlar yuzasidan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal etish choralari koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining 2026-yil I yarim yilligida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida ijro muddati uzaytirilgan 5 ta va bajarilishi yakunlanmagan 30 ta vazifaning hamda ijrosi ikkinchi yarim yillikda taʼminlanishi belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan tegishli choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilishi kechikayotgan vazifalar boʻyicha masʼul vazirliklar va idoralarning hisobdorligini kuchaytirish, davlat dasturida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar ijrosini hududlar kesimida tizimli monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining masʼuliyatini yanada oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida koʻzda tutilgan qonun loyihalarini belgilangan muddatlarda parlamentga kiritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning borishi hamda natijalari toʻgʻrisida aholiga keng va xolis maʼlumot yetkazilishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturining bajarilishi yuzasidan hisobotni muhokama qilish jarayonida Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal qilish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida koʻzda tutilgan tadbirlarning joylardagi ijro etilishi holati deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati davomida oʻrganib borilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz majlislarida davlat dasturida ijrosi toʻliq taʼminlanmagan bandlarning bajarilishi holati yuzasidan mutasaddi vazirliklar va idoralar masʼullarining axborotini eshitib borishga alohida eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 25-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2500-V-son