Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
buyrugʻi
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobi, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2684-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 380-son “Voyaga yetmagan shaxslarga ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobi;
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 26-oktabrdagi 31-mh-son “Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2684-3, 2021-yil 6-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2021-y., 10/21/2684-3/1031-son) ilovaning 2 va 3-bandlari;
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 2-mh-son “Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2684-4, 2023-yil 23-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2023-y., 10/23/2684-4/0421-son) ilovaning 2-bandi “d” kichik bandi.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir E. KARIMOVA
Toshkent sh.,
2026-yil 17-avgust,
44-mh-son
Kelishildi:
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
2026-yil 5-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri E. ADILOV
2026-yil 31-iyul
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
2026-yil 30-iyul
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.09.2026-y., 10/26/2684-6/0882-son)