Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
“Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3263-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/9-son “Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3263, 2020-yil 30-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3263/1100-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 31-iyul,
17/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 31-iyuldagi 17/2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “Nobank kredit tashkilotlarida” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Yoʻriqnomada:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish, faktoring, kafolatlar berish tashkilotlari (bundan buyon matnda nobank kredit tashkiloti deb yuritiladi), toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari uchun buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibini belgilaydi.”;
d) 1-banddagi “nobank kredit tashkilotlari” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“2. Lombardlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va mazkur Yoʻriqnomaga, mikromoliya tashkilotlari, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari (bundan buyon matnda ipoteka tashkiloti deb yuritiladi), faktoring tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq oʻz hisob siyosatini ishlab chiqishi, tasdiqlashi va amalda qoʻllashi, shuningdek ish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hujjatlar aylanish tartibini belgilashi lozim.
3. Nobank kredit tashkiloti, toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining buxgalteriya operatsiyalarini hisobvaraqlarda aks ettirish mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan Nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga (bundan buyon matnda Hisobvaraqlar rejasi deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladi.”;
f) 4, 5 va 12-bandlardagi “Nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkiloti, toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 8 va 161-bandlardagi “Nobank kredit tashkilotida” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkiloti, toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
h) 34-banddagi “buxgalteriyada bosh buxgalter” degan soʻzlar “tashkilot rahbari belgilagan rahbar lavozimidagi shaxs(lar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 44-banddagi “Yuqori boshqaruv organ qarori asosida tegishli zaxiralar” degan soʻzlar “Tegishli zaxiralar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 56-bandning birinchi xatboshisidagi “topshirilganidan keyingi oydan” degan soʻzlar “topshirilgan (ekspluatatsiyaga kiritilgan) sanadan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
k) quyidagi mazmundagi 1501-band bilan toʻldirilsin:
“1501. Ushbu Yoʻriqnomaning 150-bandida belgilangan hujjatlarni elektron shaklda shakllantirish, saqlash, ruxsatsiz oʻzgartirishlardan himoya qilish, qidirish va taqdim etish imkoniyatini taʼminlovchi dasturiy taʼminot mavjud boʻlgan taqdirda, hujjatlarni qogʻoz shaklida majburiy rasmiylashtirish talab etilmaydi.”;
l) 152-banddagi “Nobank kredit tashkiloti” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkiloti, toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
m) 1-ilovada:
1) ilova belgisidagi “Nobank kredit tashkilotlarida” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”;
3) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi (bundan buyon matnda Hisobvaraqlar rejasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlarining talablari hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, u nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Nobank kredit tashkiloti, toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotida buxgalteriya hisobi ular qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.”;
4) 3-band “kafolatlar berish tashkilotlari,” degan soʻzlardan keyin “toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 6-band “Nobank kredit tashkiloti” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkiloti, toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 2-bobda:
“10101 Kassadagi naqd pullar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 10107 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“10107 Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar”;
“10509 Yoʻldagi naqdsiz mablagʻlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 10511 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“10511 Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
“10513 Boshqa banklarga qoʻyilgan boshqa mablagʻlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 10515, 10519, 10521 va 10525 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“10515 Banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Markaziy bank kliring tizimi
10519 Chiqarilgan elektron pullar miqdorida bankdagi maxsus hisobvaraqqa qoʻyilgan mablagʻlar
10521 Banklarda ochilgan kliring tranzaksiyalar boʻyicha depozitlar
10525 Akkreditiv va kafolat mablagʻlar”;
12500, 12501, 12505, 12509, 12599, 12700, 12701, 12705, 12709, 12799, 14900, 14901, 14909, 14999, 15100, 15101, 15109, 15199, 15703, 15707, 42100, 42101, 42105, 42109, 42300, 42301, 42305, 42309, 44300, 44301, 44309, 44500, 44501, 44509, 44703 va 44707 balans hisobvaraqlarining nomlaridagi “mikrokreditlar” degan soʻz “kreditlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“15505 Ipoteka krediti boʻyicha olingan huquqlar — Muddati oʻtgan toʻlovlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 15551, 15555 va 15559 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“15551 Sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari
15555 Muddati oʻtgan sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari
15559 Shartlari qayta koʻrib chiqilgan sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari”;
“15715 Ipoteka krediti boʻyicha olingan huquqlar boʻyicha sud jarayonidagi kreditlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 15717 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“15717 Sud va ijro jarayonidagi sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari”;
“16323 Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 16325 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“16325 Operatsion ijara boʻyicha hisoblangan foizlar (moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq)”;
“16539 Yigʻilgan eskirish summasi — Mebel, moslama va jihozlar (kontr-aktiv)” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 16541 va 16543 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“16541 Toʻlov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
16543 Yigʻilgan eskirish summasi — Toʻlov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari (kontr-aktiv)”;
“16609 Oʻrnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 16611 va 16613 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“16611 Ijaraga berilgan nomoddiy aktivlar
16613 Yigʻilgan eskirish summasi — Ijaraga berilgan nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)”;
“19933 Muddati uzaytirilgan soliqlar boʻyicha baholangan zaxira (kontr-aktiv)” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 19934 va 19935 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“19934 Pul oʻtkazmalari boʻyicha jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar
19935 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad”;
“19945 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tugatilgan va tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi mablagʻlar (kontr-aktiv)” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 19946 va 19947 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“19946 Agentlarga berilgan avanslar
19947 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Agentlarga berilgan avanslar (kontr-aktiv)”;
“22210 Bosh ofis/filialga toʻlanadigan mablagʻlar — Float” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 22212 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“22212 Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”;
“22512 Boshqa jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 22600, 22612, 22616 va 22640 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“22600 Mijozlarning boshqa depozitlari
22612 “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul oʻtkazmalari va davriy nashrlarga obuna
22616 Jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridagi masofadan turib xizmat koʻrsatish tizimi orqali boshqariladigan mablagʻlar
22640 Elektron pullar boʻyicha majburiyatlar”;
“22896 Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 23500, 23515 va 23517 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“23500 Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum
23515 Bank kartalaridan komissiya hisobga olingan holda yechib olingan toʻlovlar hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar
23517 Toʻlov vositalari orqali komissiya hisobga olingan holda yechib olingan toʻlovlar hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar”;
“29808 Litsenziya badallari boʻyicha hisoblangan mablagʻlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 29816 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“29816 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar”;
“29830 Ustav kapitalini oshirish boʻyicha depozitlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 29834, 29836, 29842 va 29844 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“29834 Jismoniy shaxslarning pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar
29836 Agent va subagentlarning depozitlari
29842 Harakatsiz depozit majburiyatlari
29844 Bank foizlari chegirib tashlangan holda yuridik shaxslarga pul mablagʻlarini oʻtkazish boʻyicha boshqa majburiyatlar”;
“45217 Sotib olingan debitorlik qarzlari boʻyicha daromadlar — Faktoring” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 45265 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“45265 Bank kartalari boʻyicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar”;
“45401 “Spot” bitimi boʻyicha xorijiy valyutalardagi foyda” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 45403 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“45403 Valyuta qoldiqlarini qayta baholashdan olingan foyda”;
“45701 Shuʼba moliya tashkilotlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 45705 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“45705 Qaram xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda”;
“45901 Asosiy vositalarning ijarasidan olingan daromadlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 45903 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“45903 Nomoddiy aktivlarning ijarasidan olingan daromadlar”;
“55196 Boshqa vositachilik va xizmat xarajatlari” balans hisobvaragʻidagi “55196” raqami “55195” raqami bilan almashtirilsin;
“90337 Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tashkilotlarning qayta sotib olingan qimmatli qogʻozlari” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 90400, 90412 va 90414 balans hisobvaraqlari bilan toʻldirilsin:
“90400 Kartalar va infokiosklar
90412 Tashkilot tomonidan muomalaga chiqarilgan kartalar
90414 Tashkilot tomonidan oʻrnatilgan infokiosklar”;
“91505 Boshqa aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari” balans hisobvaragʻining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“91505 Kreditlar, lizing, kafillik va kafolatlar boʻyicha vositachilik haqlari”;
“91505 Kreditlar, lizing, kafillik va kafolatlar boʻyicha vositachilik haqlari” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 91507 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“91507 Boshqa aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari”;
“96300 Balansdan tashqari kontr-hisobvaraqlari” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 96313 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“96313 Tashkilot tomonidan oʻrnatilgan infokiosklar boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
7) 3-bobda:
“10101 Kassadagi naqd pullar” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 10107 balans hisobvaragʻining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“10107 Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning taʼrifi: bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullarning harakati va hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalariga kirim qilingan naqd pul mablagʻlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridan bank kassasiga berilgan naqd pul mablagʻlari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“10509 Yoʻldagi naqdsiz mablagʻlar” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 10511 balans hisobvaragʻining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“10511 Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“10513 Boshqa banklarga qoʻyilgan boshqa mablagʻlar” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 10515, 10519, 10521 va 10525 balans hisobvaraqlarining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“10515 Banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Markaziy bank kliring tizimi
Hisobvaraqning taʼrifi: banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Markaziy bank kliring tizimi boʻyicha joylashtirilgan mablagʻlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Markaziy bank kliring tizimi boʻyicha summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10519 Chiqarilgan elektron pullar miqdorida bankdagi maxsus hisobvaraqqa qoʻyilgan mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: chiqarilgan elektron pullar miqdorida bankdagi maxsus hisobvaraqqa qoʻyilgan mablagʻlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida chiqarilgan elektron pullar miqdorida bankdagi maxsus hisobvaraqqa qoʻyilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10521 Banklarda ochilgan kliring tranzaksiyalar boʻyicha depozitlar
Hisobvaraqning taʼrifi: banklarda ochilgan kliring tranzaksiyalar boʻyicha depozitlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklarda ochilgan kliring tranzaksiyalar boʻyicha depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10525 Akkreditiv va kafolat mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: akkreditiv va kafolatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan akkreditiv va kafolatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan ochilgan akkreditiv va kafolatlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
12500 — 12799-hisobvaraqlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12500 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12501 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12505 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida toʻlanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501, 12509, 14901, 14909 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida toʻlanmagan kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan toʻlangan kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12599 hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12509 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 va 12505 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash 12599 hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12599 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: mikromoliya tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, shu jumladan mikromoliyalar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12700 Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12701 Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha yuridik shaxslarga berilgan kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kreditlar, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12705 Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: Yuridik shaxslarga berilgan muddatida toʻlanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701, 12709, 15101, 15109 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan yuridik shaxslarga berilgan muddatida toʻlanmagan barcha kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 hisobvaragʻi hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan toʻlangan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12709 Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 va 12705 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan qoplangan kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12799 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kreditlar, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
14900 — 15199-hisobvaraqlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14900 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14901 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14909 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14901 va 12505 hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14999 hisobvaragʻidan chiqarilgan kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14999 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15100 Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15101 Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yuridik shaxslarga berilgan kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15109 Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15101 va 12705 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan hisobvaragʻidan chiqarilgan kreditlarning, shu jumladan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15199 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit, shu jumladan mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“15505 Ipoteka krediti boʻyicha olingan huquqlar — Muddati oʻtgan toʻlovlar” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 15551, 15555 va 15559 balans hisobvaraqlarining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“15551 Sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari
15555 Muddati oʻtgan sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari
15559 Shartlari qayta koʻrib chiqilgan sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari
Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning taʼrifi: sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari, shuningdek muddati oʻtgan va shartlari qayta koʻrib chiqilgan sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari, shuningdek muddati oʻtgan va shartlari qayta koʻrib chiqilgan sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, shuningdek muddati oʻtgan va shartlari qayta koʻrib chiqilgan (qayta tasniflangan) va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15599 hisobvaragʻidan chiqarilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
15703 va 15707 balans hisobvaraqlarining nomidagi “mikrokreditlar” degan soʻz “kredit” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“15715 Ipoteka krediti boʻyicha olingan huquqlar boʻyicha sud jarayonidagi kreditlar” balans hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi 15717 balans hisobvaragʻi bilan toʻldirilsin:
“15717 Sud va ijro jarayonidagi sekyuritizatsiya qilingan ipoteka kreditlari”;
“16323 Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 16325 balans hisobvaragʻining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“16325 Operatsion ijara boʻyicha hisoblangan foizlar (moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq)
Hisobvaraqning taʼrifi: operatsion ijara boʻyicha hisoblangan foizlar (moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“16539 Yigʻilgan eskirish summasi — Mebel, moslama va jihozlar (kontr-aktiv)” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 16541 va 16543 balans hisobvaraqlarining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“16541 Toʻlov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
Hisobvaraqning taʼrifi: toʻlov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida toʻlov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalarini sotib olish, olib kelish, oʻrnatish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan toʻlov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalarining qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16543 Yigʻilgan eskirish summasi — Toʻlov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: toʻlov kartalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalarining yigʻilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida koʻrilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida uskunalarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasida koʻrilgan zararlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan uskunalarning yigʻilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“16609 Oʻrnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 16611 va 16613 balans hisobvaraqlarining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“16611 Ijaraga berilgan nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning taʼrifi: ijaraga berilgan nomoddiy aktivlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga berilgan nomoddiy aktivlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga berilgan nomoddiy aktivlar boʻyicha kelib tushgan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir nomoddiy aktivlar shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16613 Yigʻilgan eskirish summasi — Ijaraga berilgan nomoddiy aktivlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: oʻrnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar qadrsizlanishi boʻyicha zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash boʻyicha kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida foydalanishga (ekspluatatsiyaga) berilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi boʻyicha zararlarni hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“19933 Muddati uzaytirilgan soliqlar boʻyicha baholangan zaxira (kontr-aktiv)” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 19934 va 19935 balans hisobvaraqlarining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“19934 Pul oʻtkazmalari boʻyicha jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning taʼrifi: xalqaro pul oʻtkazmalarining shartlari boʻyicha jismoniy shaxslarga amalga oshirilgan toʻlovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarga berilgan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida amalga oshirilgan oʻtkazmalar boʻyicha qoplangan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pul oʻtkazmalarining turlari boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19935 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad
Hisobvaraqning taʼrifi: hisobdor kassirlarga berilgan naqd pullarni qayta sanashda aniqlangan kamomadlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida kamomadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kamomadlarning kelib chiqish sabablari oʻrganilgandan keyin qoplangan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“19945 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tugatilgan va tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi mablagʻlar (kontr-aktiv)” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 19946 va 19947 balans hisobvaraqlarining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“19946 Agentlarga berilgan avanslar
Hisobvaraqning taʼrifi: agentlarga berilgan avanslar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida agentlarga toʻlangan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida berilgan avanslarning qoplangan yoki hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir agent boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19947 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi — Agentlarga berilgan avanslar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: agentlarga berilgan avanslar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir debitor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“22210 Bosh ofis/filialga toʻlanadigan mablagʻlar — Float” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 22212 balans hisobvaragʻining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“22212 Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha bosh ofis/filial tomonidan berilgan naqd pullar boʻyicha pul mablagʻlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha bosh ofis/filial tomonidan berilgan naqd pullar boʻyicha oʻtkazilgan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning bank kartalari boʻyicha bosh ofis/filial tomonidan berilgan naqd pullar boʻyicha qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“22512 Boshqa jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 22600, 22612, 22616, 22640 balans hisobvaraqlarining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“22600 Mijozlarning boshqa depozitlari
22612 “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul oʻtkazmalari va davriy nashrlarga obuna
Hisobvaraqning taʼrifi: “Oʻzbekiston pochtasi” AJ va uning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul oʻtkazmalari va davriy nashrlarga obuna hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oʻtkazma operatsiyalar va davriy nashrlarga obuna boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tarkibiy boʻlinmalariga kelib tushgan naqd pul va naqd pulsiz mablagʻlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsad boʻyicha oʻtkazilgan mablagʻlar, shuningdek “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tarkibiy boʻlinmalariga madad puli sifatida berilgan naqd pul mablagʻlari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob operatsiya turi va “Oʻzbekiston pochtasi” AJning har bir tarkibiy boʻlinmasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22616 Jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridagi masofadan turib xizmat koʻrsatish tizimi orqali boshqariladigan mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridagi masofadan turib xizmat koʻrsatish tizimi orqali boshqariladigan mablagʻlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga kelib tushayotgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda masofadan turib xizmat koʻrsatish tizimi orqali boshqariladigan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning hisobvaraqlaridan chiqarilgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda masofadan turib xizmat koʻrsatish tizimi orqali boshqariladigan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jismoniy shaxs boʻyicha alohida hisobvaraqlarda olib boriladi.
22640 Elektron pullar boʻyicha majburiyatlar
Hisobvaraqning taʼrifi: elektron pullar boʻyicha majburiyatlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan elektron pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan elektron pullar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob elektron pul egalari boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“22896 Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 23500, 23515 va 23517 balans hisobvaraqlarining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“23500 Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum
23515 Bank kartalaridan komissiya hisobga olingan holda yechib olingan toʻlovlar hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: bank kartalaridan komissiya hisobga olingan holda yechib olingan toʻlovlar hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oluvchining hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun bank kartalaridan kelib tushgan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida oluvchining hisobvaraqlaridan oʻtkazilgan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir oluvchi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23517 Toʻlov vositalari orqali komissiya hisobga olingan holda yechib olingan toʻlovlar hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: toʻlov vositalari orqali komissiya hisobga olingan holda yechib olingan toʻlovlar hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oluvchining hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun toʻlov vositalari orqali bank kartalaridan kelib tushgan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida oluvchining hisobvaraqlaridan oʻtkazilgan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir oluvchi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“29808 Litsenziya badallari boʻyicha hisoblangan mablagʻlar” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 29816 balans hisobvaragʻining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“29816 Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar
Hisobvaraqning taʼrifi: toʼlov tashkilotda naqd pullarni qayta sanashda aniqlangan ortiqcha naqd pullarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ortiqcha naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ortiqcha naqd pullar paydo boʻlishining haqiqiy sabablari aniqlangandan keyin hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“29830 Ustav kapitalini oshirish boʻyicha depozitlar” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 29834, 29836, 29842 va 29844 balans hisobvaraqlarining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“29834 Jismoniy shaxslarning pul oʻtkazmalari boʻyicha majburiyatlar
Hisobvaraqning taʼrifi: xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha oʻtkazish uchun jismoniy shaxslardan qabul qilingan va toʻlash uchun kelib tushgan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha joʻnatilgan/toʻlangan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pul oʻtkazmalari va operatsiyalarning turlari boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29836 Agent va subagentlarning depozitlari
Hisobvaraqning taʼrifi: agent va subagentlar foydalanadigan mablagʻlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida agent va subagentlarning depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida agent va subagentlarning depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29842 Harakatsiz depozit majburiyatlari
Hisobvaraqning taʼrifi: mijozlarning qonunchilikda oʻrnatilgan muddat davomida harakatda boʻlmagan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlari, shuningdek oʻrnatilgan muddatda talab qilinmagan boshqa hisobvaraqlarning qoldiqlari (cheklar, veksellar va boshqalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning “harakatsiz depozitlar” turkumiga oʻtkazilgan mablagʻlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlarga toʻlangan hamda boshqa hisobvaraqlarga oʻtkazilgan mablagʻlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29844 Bank foizlari chegirib tashlangan holda yuridik shaxslarga pul mablagʻlarini oʻtkazish boʻyicha boshqa majburiyatlar
Hisobvaraqning taʼrifi: bank foizlari chegirib tashlangan holda yuridik shaxslarga pul mablagʻlarini oʻtkazish boʻyicha boshqa majburiyatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablagʻlar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mablagʻlarni hisobdan chiqarish aks ettiriladi.
Tahliliy hisob operatsiyalar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
42100–42309 balans hisobvaraqlarining nomidagi “mikrokreditlar” degan soʻz “kreditlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
44300–44509 balans hisobvaraqlarining nomidagi “mikrokreditlar” degan soʻz “kreditlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
44703 balans hisobvaragʻining nomidagi “mikrokreditlar” degan soʻz “kreditlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
44707 balans hisobvaragʻining nomidagi “mikrokreditlar” degan soʻz “kreditlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“45217 Sotib olingan debitorlik qarzlari boʻyicha daromadlar — Faktoring” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 45265 balans hisobvaragʻining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“45265 Bank kartalari boʻyicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning taʼrifi: bank kartalari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda mijozlarga koʻrsatilgan xizmatlar yuzasidan tashkilotning vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlovlar boʻyicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.”;
“45401 “Spot” bitimi boʻyicha xorijiy valyutalardagi foyda” balans hisobvaragʻining nomidan keyin quyidagi mazmundagi 45403 balans hisobvaragʻining nomi bilan toʻldirilsin:
“45403 Valyuta qoldiqlarini qayta baholashdan olingan foyda”;
“45701 Shuʼba moliya tashkilotlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda” balans hisobvaragʻining nomidan keyin quyidagi mazmundagi 45705 balans hisobvaragʻining nomi bilan toʻldirilsin:
“45705 Qaram xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda”;
“45901 Asosiy vositalarning ijarasidan olingan daromadlar” balans hisobvaragʻining nomidan keyin quyidagi mazmundagi 45903 balans hisobvaragʻining nomi bilan toʻldirilsin:
“45903 Nomoddiy aktivlarning ijarasidan olingan daromadlar”;
“90337 Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tashkilotlarning qayta sotib olingan qimmatli qogʻozlari” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 90400, 90412 va 90414 balans hisobvaraqlarining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“90400 Kartalar va infokiosklar
90412 Tashkilot tomonidan muomalaga chiqarilgan kartalar
Hisobvaraqning taʼrifi: tashkilot tomonidan muomalaga chiqarilgan kartalar hisobi olib boriladi. Bunda tashkilot tomonidan muomalaga chiqarilgan kartalar “donasi 1 soʻm” boʻlgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida tashkilot tomonidan oʻrnatilgan infokiosklarning “donasi 1 soʻm” boʻlgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkilot tomonidan muomaladan olib qoʻyilgan yoki belgilangan tartibda yoʻq qilib tashlangan kartalarning “donasi 1 soʻm” boʻlgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90414 Tashkilot tomonidan oʻrnatilgan infokiosklar
Hisobvaraqning taʼrifi: tashkilot tomonidan oʻrnatilgan infokiosklar hisobi olib boriladi. Bunda tashkilot tomonidan oʻrnatilgan infokiosklar “donasi 1 soʻm” boʻlgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida tashkilot tomonidan oʻrnatilgan infokiosklarning “donasi 1 soʻm” boʻlgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkilot tomonidan muomaladan olib qoʻyilgan yoki belgilangan tartibda yoʻq qilib tashlangan infokiosklarning “donasi 1 soʻm” boʻlgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.”;
“91505 Boshqa aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari” balans hisobvaragʻining nomi va taʼrifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“91505 Kreditlar, lizing, kafillik va kafolatlar boʻyicha vositachilik haqlari
Hisobvaraqning taʼrifi: kreditlar, lizing, kafillik va kafolatlar bilan bogʻliq vositachilik haqlari, jarima va penyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96335 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida kreditlar, lizing, kafillik va kafolatlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan muddati oʻtgan va/yoki hisoblangan vositachilik haqlari, jarima va penyalarning hisobi summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar, lizing, kafillik va kafolatlar boʻyicha toʻlangan va/yoki hisobdan chiqarilgan vositachilik haqlari, jarima va penyalarning hisobi summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“91505 Kreditlar, lizing, kafillik va kafolatlar boʻyicha vositachilik haqlari” balans hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi 91507 balans hisobvaragʻining nomi va taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“91507 Boshqa aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari
Hisobvaraqning taʼrifi: boshqa aktivlar va vositachiliklar boʻyicha hisobdan chiqarilgan foizlar, vositachilik haqlari, jarima va penyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96335 balansdan tashqari hisobvaraq kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida boshqa aktivlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan muddati oʻtgan va/yoki hisoblangan foizlar, vositachilik haqlari, jarima va penyalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa aktivlar boʻyicha toʻlangan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar, vositachilik haqlari, jarima va penyalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.”;
“96300 Balansdan tashqari kontr-hisobvaraqlari” balans hisobvaragʻining nomidan keyin quyidagi mazmundagi 96311 va 96313 balans hisobvaraqlarining nomi bilan toʻldirilsin:
“96311 Tashkilot tomonidan muomalaga chiqarilgan kartalar boʻyicha kontr-hisobvaraq
96313 Tashkilot tomonidan oʻrnatilgan infokiosklar boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
8) 2, 3, 4 va 5-ilovalarning ilova belgisidagi “Nobank kredit tashkilotlarida” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2026 y., 10/26/3263-4/0873-son)